22.04.2013 yildagi O‘RQ-350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 15-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 22-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-350-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi tushunchasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni oʻz manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda oʻzini oʻzi boshqarishga doir oʻz konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yigʻinlari (fuqarolar vakillarining yigʻilishlari) orqali amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bevosita yoki oʻzlarining saylanadigan vakillari orqali oʻzini oʻzi boshqarishda teng huquqlarga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi oʻzaro yordam, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odatlar va anʼanalarni hisobga olishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish hududlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining hududiy birliklaridir (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish hamda ularning nomini oʻzgartirish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlari (bundan buyon matnda fuqarolar yigʻini deb yuritiladi) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun hujjatlari bilan berilgan oʻz vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Fuqarolar yigʻini
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini organlari quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini kengashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taftish komissiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini oʻzi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinining hududi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini va uning organlari vakolatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini kengashini tuzish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash, tasdiqlash va tayinlash tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini tugatish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini taftish komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tugatish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) va uning maslahatchilarining vakolatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini masʼul kotibining, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining vakolatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini faoliyatining iqtisodiy asosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻini:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va aʼzolarini saylaydi;

fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining va fuqarolar yigʻini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻinining masʼul kotibini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini kengashi va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlashga, tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining hisobotlarini eshitadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha uchastka saylov komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga, shuningdek referendum oʻtkazish boʻyicha uchastka komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni referendum oʻtkazish boʻyicha tegishli okrug komissiyalariga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻylar va boshqa marosimlarni oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yigʻinlarining hisobotlar toʻgʻrisidagi bayonnomalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadi, fuqarolar yigʻinlarining murojaatlari koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz mablagʻlarini shakllantiradi, fuqarolar yigʻini mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, moliyaviy mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hududda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan sartaroshxonalar, poyabzal taʼmirlash va tikish boʻyicha ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarni tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi (ularning faoliyatini tugatadi);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash, kam taʼminlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini taʼmirlashda, shuningdek kommunal xizmatlari haqini toʻlashda yordam koʻrsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablagʻ yigʻish, yuridik shaxslarning mablagʻlaridan shartnoma asosida foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guzarlar barpo etish masalalarini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini oʻzgartirish, mahallalar, koʻchalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish tuman, shahar komissiyasiga oʻz vakilini yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir dehqon xoʻjaligini xoʻjalik kitobiga kiritib, unda dehqon xoʻjaligining tarkibi toʻgʻrisidagi, xoʻjalik boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xoʻjaligining tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etib qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal toʻlovlar undirilishini taʼminlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh tuzishda va toʻy tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatadi;

tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahardagi mahalla, shuningdek tarkibida mahallalar tuzilmagan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻini ushbu moddada nazarda tutilgan vakolatlardan tashqari, fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashadi, ularning markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yigʻini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va aʼzolarini saylaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari va fuqarolar yigʻini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻinining masʼul kotibini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining hisobotlarini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tadbirlar rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh tuzishda va toʻy tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yigʻini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Fuqarolar yigʻini kengashining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yigʻinlari oraligʻidagi davrda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining kengashi shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, masʼul kotib, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;

fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, homiylik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻini kengashining devonini shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ular oʻz saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda, tegishli hududning, suv taʼminoti manbalarining, turar joylarning, taʼlim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati, yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga, savdo qoidalari va fuqarolarga xizmat koʻrsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlariga koʻmaklashadi;
(13-moddaning uchinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqiga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbirlarni koʻradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolarga patronaj yordami shu maqsadda ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan koʻrsatilishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda yashovchi fuqarolar bandligini taʼminlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududdagi aholining obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar sport maydonchalarini jihozlash, moddiy madaniy meros obyektlarini yaroqli holda saqlash, dafn etish joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va yaroqli holda saqlashga doir ishlarda ixtiyoriylik asosida qatnashishini tashkil etadi, ana shu maqsadlarda tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organi ajratadigan moddiy mablagʻlardan va boshqa vositalardan, oʻz mablagʻlaridan foydalanadi, jamoatchilik yordamini (hasharni) uyushtiradi, koʻriklar va tanlovlar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam koʻrsatadi;
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy fondidan foydalanish va uning saqlanishini taʼminlashda fuqarolarga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida tushishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻliq va oʻz vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda toʻlashlarini kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi kommunal xizmatlar haqini toʻliq toʻlashini taʼminlaganligi uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtkaziladigan mablagʻlarni belgilangan tartibda kam taʼminlangan oilalarga kommunal xizmatlar haqini toʻlashda yordam berish, fuqarolar yigʻinlari organlarining xodimlarini ragʻbatlantirish uchun, shuningdek obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga oid ishlarni oʻtkazishga ishlatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni fuqaro muhofazasiga doir tadbirlarni oʻtkazishga jalb etishga, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni xabardor etish hamda mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqirishni tashkil qilishga koʻmaklashadi, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarida ularning shaxsiy-birlamchi hisobi yuritilishini taʼminlaydi, mudofaa ishlari boʻlimi bilan kelishgan holda harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga aʼzolar qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisini tayinlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarni, yolgʻiz keksa fuqarolarni, pensionerlarni va nogironlarni moliya organlari va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda aniqlaydi;
(13-modda uchinchi qismining yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli):
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻiniga — masʼul kotibining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va aʼzolarining nomzodlarini, shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻini kengashiga — harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini va uning organlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga, shuningdek qarorlarni ijro etishga doir ishlarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yigʻinining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yigʻini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha boʻlmagan yolgʻiz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning mol-mulkini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining profilaktika boʻyicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bogʻliq ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy madaniy meros obyektlari haqida maʼlumotlar soʻraydi va oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega boʻladi. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan oʻlimni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) belgilangan tartibda oʻlimni qayd etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olishga ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli choralar koʻrilishi uchun davlat organlariga murojaat etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar boʻyicha soʻrovlar yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashishi va qonun hujjatlariga muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahat markazlari yuridik shaxs boʻlmaydi. Maslahat markazlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari maslahat markazlari faoliyatini tashkil etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashadi, maslahat markazlari oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun fuqarolar yigʻinlariga belgilangan tartibda binolar beradi. Tegishli hududda joylashgan taʼlim muassasalari fuqarolar yigʻini soʻroviga binoan maslahat markazlariga qisqa muddatli kurslarni oʻtkazish uchun oʻquv jarayonlaridan boʻsh boʻlgan oʻquv xonalarini berib turishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar maslahat markazlarining ishida qatnashishi, xususan, qisqa muddatli kurslarda taʼlim berishi, tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatlar berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahat markazlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi boʻlgan, tegishli hududda yashovchi fuqarolarni iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asoslarini oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etadi, shuningdek ularga tadbirkorlik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar haqida maʼlumot beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bandlikka koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda yoshlarning tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga joylashishiga, ularning ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek hunarmandlarga biriktirilishiga koʻmaklashadi;
(17-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalardan foydalanishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahat markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahat markazi toʻgʻrisidagi nizom fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarashtirish komissiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari taʼminlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi koʻrsatilgan shaxs fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish komissiyasi fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish komissiyasi oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yigʻiniga hisobdor boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻini boshqa organining aʼzosi boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi oʻz faoliyatini fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlarining majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, tegishli hududda joylashgan yuridik shaxslar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoxud sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda esa — muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli kengashlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli kengashlarni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), kengashi tomonidan zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yigʻini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini fuqarolar yigʻinida qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha aholining yarmidan koʻprogʻi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yigʻinni fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan sanasi, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yigʻinining bayonnomasi va qarori fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va masʼul kotibi tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoʻqligida, fuqarolar yigʻinining bayonnomasi va qarori raisning maslahatchilaridan biri va masʼul kotib tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, fuqarolar yigʻini kengashi fuqarolar vakillarining yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Tarkibida mahallalar mavjud boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar vakillarining yigʻilishiga mahallalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Vakillik normasini fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, koʻchalar va mahallalardagi vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir hamda ushbu Qonunda fuqarolar yigʻinlarini oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari oʻz faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Fuqarolar yigʻini kengashining ish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan zaruratga koʻra, lekin oyida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi, agar uning ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yigʻini kengashining hozir boʻlgan aʼzolaridan yarmidan koʻprogʻi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini kengashining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonunda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qoʻpol ravishda buzuvchi, rais (oqsoqol) maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yigʻini obroʻsiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojoʻya ishlar sodir etgan, shuningdek oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan qaror qabul qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u vafot etganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Fuqarolar yigʻini organlarining faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash raisning (oqsoqolning) taqdimi boʻyicha fuqarolar yigʻini tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning miqdor tarkibi fuqarolar yigʻini tomonidan belgilanadi. Masʼul kotib va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini), fuqarolar yigʻini kengashi majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yigʻinining, fuqarolar yigʻini kengashining va fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) qarorlari ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi, ish yuritishni olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari fuqarolar yigʻinining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan barpo etilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy obyektlar va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlar, shuningdek transport vositalari, xoʻjalik anjomlari va boshqa koʻchar hamda koʻchmas mol-mulk ularning mulkidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz mulki boʻlgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda oʻz tasarrufidan chiqarishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ushbu obyektlar bilan bogʻliq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kommunal xizmatlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, mahalliy budjetlar mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalaridan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bank hisobvaragʻidagi moliyaviy mablagʻlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil tasarruf etadi. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy mablagʻlari olib qoʻyilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining kengashi moliyaviy mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida har chorakda fuqarolar yigʻini oldida hisob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga nodavlat notijorat tashkilotlar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hisobi va hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat statistika va soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari koʻrib chiqilishining shartligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunda belgilangan muddatda koʻrib chiqilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish maʼmuriy-hududiy birliklar va mahalla birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda, chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolar yigʻinining qaroriga koʻra qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Nizolarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 219-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son; 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 06.10.2023-y., 03/23/870/0753-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 12.02.2025-y., 03/25/1027/0132-son; 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)