1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturini bajarish hamda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat organlarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini ishsizlarni va band boʻlmagan fuqarolarni ishga joylashtirishda faol koʻmaklashganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda u 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish har bir organini, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalarini butunjahon Internet tarmogʻiga ulagan holda kompyuter bilan hamda Boʻsh ish oʻrinlarning milliy bazasidan foydalanish imkonini beradigan konfiguratsiya bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasiga boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va fuqarolarni ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirish uchun Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasidan foydalanish koʻnikmalariga oʻqitishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fuqarolarni ishga joylashtirilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tasdiqlangan toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi boʻsh ish oʻrinlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimi 2018-yil 1-apreldan boshlab joriy etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 5-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
964-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish (keyingi oʻrinlarda oʻzaro hamkorlik qilish tartibi deb ataladi) tartibini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga joylashtirish boʻyicha agent — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalarining aholini ishga joylashtirishda koʻmaklashuvchi xodimlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “Ishga joylashtirish” AAT deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga joylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, u ishga joylashtirish boʻyicha agentlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda ABKM deb ataladi) aholini ishga joylashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida oʻzaro hamkorlik qilishni taʼminlash imkonini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasi (keyingi oʻrinlarda boʻsh ish oʻrinlari deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning onlayn bazasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar ABKM bilan tuzilgan bitimlar asosida aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarni quyidagi yoʻllar bilan ishga joylashtirishga koʻmaklashish ishlarini amalga oshiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli hududiy organlarida (keyingi oʻrinlarda FOʻO deb ataladi) yashaydigan va ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan shaxslarni, shuningdek, salohiyatli ish beruvchilarni, birinchi navbatda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari jumlasidan boʻlgan ish beruvchilarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlarning yagona axborot bazasini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh ish oʻrinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi boʻsh ish oʻrinlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashganlik uchun bitimlar tuzgan ishga joylashtirish boʻyicha agentlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda toʻlovlar deb ataladi) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozoridagi real vaziyatdan va respublikaning har bir aniq tumani (shahri)dagi bandlik dinamikasidan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ish qidiruvchi shaxslar jumlasiga 16 yoshdan boshlab, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega boʻlmagan, tegishli FOʻO hududida yashaydigan, “Ishga joylashtirish” AATga, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlinmalariga murojaat qilgan shaxslar kiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Aholini ishga joylashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzaro hamkorlik qilish tartibi “Ishga joylashtirish” AAT asosida taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. ABKM tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha agentga tegishli roʻyxatdan oʻtkazishdan keyin “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish imkoniyati beriladi, ushbu imkoniyat ularga quyidagi huquqlarni beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh ish oʻrinlari bazasidan, shu jumladan boʻsh ish oʻrinlari bazasidagi vakansiyalar toʻgʻrisidagi axborotni kiritish, oʻzgartirish va chiqarish imkoniyatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsizlarni va band boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirishga yoʻllanmani rasmiylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish uchun ishga joylashtirish boʻyicha agentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ABKMga quyidagi maqsadda taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ABKM bilan ishga joylashtirish boʻyicha agentlar oʻrtasida bitim tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishga joylashtirish” AATga ishga joylashtirish boʻyicha agentlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni (F.I.O., lavozimi va ish joyi, pasportining raqami, STIR, telefon raqami va elektron pochta manzilini) kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazish va boʻsh ish oʻrinlari bazasidan foydalanish uchun ishga joylashtirish boʻyicha agentlar majburiy tartibda elektron raqamli imzoni rasmiylashtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan ishsizlar va band boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish quyidagi majburiy tartibotlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga joylashtirish boʻyicha agentni indentifikatsiya qilish (ERI va maxfiy kod yordamida tizimga kirish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish qidirayotgan band boʻlmagan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, uning F.I.O.sini, pasporti raqamini, STIRni, yashash manzilini, jinsi, tugʻilgan sanasi va joyi, oilaviy ahvoli, qaramogʻidagilarning mavjudligi, taʼlim boʻyicha olingan maʼlumoti, malakasi va oldingi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchilardan olingan boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish, unda aniq boʻsh lavozim, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori, maʼlumoti darajasiga nisbatan talablar, malakasi, ish tajribasi, shuningdek, tashkilotning majburiy tartibda STIR aniq koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning, shuningdek, boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻri kiritilganligi tekshiriladi va belgilangan tartibda ABKMning masʼul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boʻsh ish oʻrinlari bazasida mavjud boʻlgan ishga joylashtirishga band boʻlmagan shaxsni yuborishni rasmiylashtirish “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan maʼlumotlarga muvofiq avtomatik ravishda generatsiya qilinadi, soʻngra boʻsh ish oʻrni besh ish kuni mobaynida (ishga joylashtirishga berilgan yoʻllanmaning amal qilish sanasiga) zaxira qilib qoʻyilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishga joylashtirishga berilgan yoʻllanma boʻyicha ishga qabul qilingan taqdirda ishga joylashtirish boʻyicha agent boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning tartib raqamini kiritishi shart, unda ishni boshlash sanasi koʻrsatiladi hamda shu vaqtdan boshlab boʻsh ish oʻrni toʻldirilgan hisoblanadi va boʻsh ish oʻrinlari bazasidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi besh kun mobaynida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda ishga joylashtirishga yoʻllanma avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotadi, boʻsh ish oʻrni esa takroran boʻsh ish oʻrinlari bazasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Band boʻlmagan shaxsni ishga joylashtirishning haqqoniyligi ishga joylashtirish boʻyicha agent tomonidan “Ishga joylashtirish” AATda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining har oyda toʻlangani toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organlaridan muntazam ravishda olingan maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda agar sugʻurta badallari ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi axborot “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan sanadan boshlab kamida olti oy mobaynida toʻlangan taqdirda, har oylik sugʻurta badallari esa qonunchilikda belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan summada toʻlangan taqdirda band boʻlmagan shaxs ishga joylashtirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlarni moddiy ragʻbatlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlarga ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlov ishga joylashtirish boʻyicha agent tomonidan quyidagilar taʼminlangan taqdirda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishga joylashtirish” AATga va boʻsh ish oʻrinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi boʻsh ish oʻrinlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, keyinchalik band boʻlmagan shaxs koʻrsatilgan boʻsh oʻringa ishga joylashsa — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan toʻlov summasining 100 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
band boʻlmagan shaxs mavjud boʻsh ish oʻrinlari bazasida ishga joylashtirilganda, koʻrsatib oʻtilgan boʻsh ish oʻrniga kiritish ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilgan boʻlsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan toʻlov summasining 70 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh ish oʻrinlari bazasiga boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar kiritilganda, bunda band boʻlmagan shaxsni koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrniga ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilganda — ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan toʻlov summasining 30 foizi miqdorida toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqorida koʻrsatilgan barcha holatlarda toʻlovlar boʻsh ish oʻrniga ishga joylashtirilayotgan shaxs har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddatga muvofiq toʻlaganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ishga joylashtirish boʻyicha agentga toʻlovlar quyidagi holatlarda amalga oshirilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh oʻrinlar bazasiga belgilangan tartibga muvofiq boʻsh ish oʻrinlari bazasiga kiritish uchun tegishli maʼlumotlarni majburiy tartibda taqdim etishi kerak boʻlgan tashkilotlar boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishga joylashtirish” AATga aynan u yoki bu shaxs takroran har xil tashkilotlarga oldingi ishga joylashtirilgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida takroran ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborot yoxud aynan u yoki bu tashkilotdagi turli lavozimlarga bir necha marta ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborot kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
band boʻlmagan shaxslar tegishli maʼlumotlarni boʻsh ish oʻrinlari bazasiga kiritmasdan ishga joylashtirilganda yoxud maʼlumotlar amalda ishga joylashtirilgandan keyin kiritilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
______________________________________________________________ Aholini bandlikka koʻmaklashish markazining nomi
Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida MAʼLUMOTLAR
___________________________________________________________________________________________________________________________boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmasining nomi
_____________________________________________________________________ (Ishga joylashtirish boʻyicha agentning F.I.O.)
T/r
Vakansiyalar haqida maʼlumotlar (ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz kiritilgan)
Ishga joylashtirilgan shaxslar haqida maʼlumot
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy sugʻurta badallari haqidagi maʼlumot (ishga qabul qilingandan keyin 6 oydan kam boʻlmagan muddatda)
Toʻlovlar (belgilangan miqdorining 100 foizi)
Lavozim nomi
Tashkilotning nomi va manzili
F.I.O.
Yashash joyi va manzili
STIR raqami
Ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqami
1-oy
2-oy
3-oy
4-oy
5-oy
6-oy
Jami toʻlovlar: __________________________________________________________________________________________________
summasi raqamda va yozma shaklda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
______________________________________________________________ Aholini bandlikka koʻmaklashish markazi nomi
Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida MAʼLUMOTLAR
___________________________________________________________________________________________________________________________boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmasining nomi
_____________________________________________________________________ (Ishga joylashtirish boʻyicha agentning F.I.O.)
T/r
Vakansiyalar haqida maʼlumotlar (ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz kiritilgan)
Ishga joylashtirilgan shaxslar haqida maʼlumot
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy sugʻurta badallari haqidagi maʼlumot (ishga qabul qilingandan keyin 6 oydan kam boʻlmagan muddatda)
Toʻlovlar (belgilangan miqdorining 70 foizi)
Lavozim nomi
Tashkilotning nomi va manzili
F.I.O.
Yashash joyi va manzili
STIR raqami
Ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqami
1-oy
2-oy
3-oy
4-oy
5-oy
6-oy
Jami toʻlovlar: ____________________________________________________________________________________________
summasi raqamda va yozma shaklda
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
___________________________________________________________________ Aholini bandligiga koʻmaklashish markazining nomi
Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOTLAR
__________________________________________________________________________________________________________________________boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmasining nomi
_____________________________________________________________________ (Ishga joylashtirish boʻyicha agentning F.I.O.)
T/r
Kiritilgan boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar
Ishga joylashtirilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligi toʻgʻrisida axborot (ishga qabul qilingandan keyin kamida 6 oy muddatda)
Toʻlovlar belgilangan miqdorning 30 foizi
Lavozimning nomi
Tashkilotning nomi va manzili
F.I.O.
Yashash joyi va manzili
STIR raqami
Ishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va №
1-oy
2-oy
3-oy
4-oy
5-oy
6-oy
Toʻlovlarning hammasi ____________________________________________________________________________________________
summasi — raqamda va yozma shaklda
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 09/17/964/0367-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)