Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2021 01.05.1998 yildagi 618-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni

“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi O‘RQ-699-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 186-modda; 1993-yil, № 9, 334-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
618-I-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasida vijdon erkinligini va diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlashga oid munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Vijdon erkinligi huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.
(3-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab ularning huquqlarini har qanday cheklash va ularga bevosita yoki bilvosita imtiyozlar belgilash, dushmanlik va adovat uyg‘otish yoxud ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlash, diniy ziyoratgohlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kim diniy e’tiqodini ro‘kach qilib qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishga haqli emas. Qonunga muvofiq bajarilishi majburiy bo‘lgan bir vazifani diniy e’tiqodi tufayli boshqasi bilan almashtirishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Dinning davlatdan ajratilganligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi, ularning qonunchilikka zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini hamda dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlamaydi.
(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakati, shuningdek respublikadan tashqarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va bo‘limlarini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar amaldagi qonunchilik talablariga rioya etishlari shart. Dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi.
(5-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, mansabdor shaxslarga tazyiq o‘tkazishga qaratilgan har qanday urinish, shuningdek yashirin diniy faoliyat qonun bilan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Davlat organlarining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabat borasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklanadi. Qo‘mitaning huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududlarda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi uchun qonun bo‘yicha javobgardirlar.
(6-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Ta’lim tizimi va din
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar ta’min etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Diniy tashkilotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilot O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari (bundan keyin — markaziy boshqaruv organlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasining kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlari vakillari ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yoki uning joylardagi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi va qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli diniy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diniy tashkilotlarning rahbarlari bo‘lishlari mumkin. Diniy tashkilotlar rahbarligiga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Diniy o‘quv yurtlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o‘rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslar diniy ta’lim olgan bo‘lishlari va o‘z faoliyatlarini tegishli markaziy boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshirishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tartibda diniy ta’lim berish man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Diniy tashkilotning ustavi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotning ustavi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilotning nomi, turi, joylashgan manzili, qaysi dinga mansubligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatni tashkil etish va tugatish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilishi va boshqaruv organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablag‘lari manbai hamda ushbu tashkilot ichidagi, shuningdek undan tashqaridagi mulkiy munosabatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustavga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu diniy tashkilotga taalluqli boshqa ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy boshqaruv organlariga ega bo‘lgan diniy tashkilotlarning ustavlari mazkur boshqaruv organlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlarini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni esa tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari bo‘lgan, yuz nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilotning ustavi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis yig‘ilishining bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilayotgan diniy tashkilot joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boji to‘langani to‘g‘risidagi hujjat.
(11-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organini ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi)ning raisi va kotibi imzo qo‘ygan ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilotlar markaziy boshqaruv organining ustavi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi)ning bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sischilar vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbar organ joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boji to‘langani to‘g‘risidagi hujjat.
(11-moddaning uchinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar hamda ularning markaziy boshqaruv organlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organlari qo‘shimcha materiallar talab qilib olishga hamda tegishli organlarning ekspert xulosasini olishga haqli. Bunday holda qaror ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch oylik muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotning ustaviga kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartishlar diniy tashkilotni ro‘yxatga olish kabi tartib va muddatlarda ro‘yxatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar rahbarlarining tashkilot ustavini davlat organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
(11-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotning faoliyati o‘z ustaviga muvofiqligini nazorat qilish diniy tashkilotni ro‘yxatga olgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(11-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Diniy tashkilotni ro‘yxatga olishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar diniy tashkilot ustavining qoidalari va boshqa hujjatlari ushbu Qonun yoki O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga zid bo‘lsa, uni ro‘yxatga olish rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotni ro‘yxatga olish rad etilganda rad etish asoslari ko‘rsatilgan qaror yozma ravishda arizachilarga yuboriladi. Diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari ustavlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirganlaridan so‘ng, ustavni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli tarzda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki uning joylardagi organlariga qaytadan murojaat etish huquqiga ega.
(12-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotni ro‘yxatga olishni rad etilganligi yoxud adliya organlari tomonidan ushbu Qonun talablari buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotning faoliyati u o‘zini o‘zi tarqatib yuborganda yoki ushbu Qonunning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonunchilik hujjatlarining qoidalari buzilgan taqdirda tugatilishi mumkin.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilot faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qaror uni ro‘yxatga olgan organ tomonidan qabul qilinadi. Ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Diniy urf-odatlar va marosimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar ibodat qilish yoki diniy rasm-rusumlar o‘tkazish uchun qulay joylar tashkil etish va ularni saqlab turish, shuningdek ziyoratgohlarni saqlab turish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosimlar diniy tashkilotlar joylashgan manzildagi ibodatxonalarda va ularga tegishli hududlarda, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, zarur hollarda fuqarolarning ixtiyoriga binoan ularning uylarida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasalxonalarda, gospitallarda, keksalar va nogironlar uylarida, dastlabki qamoq va jazoni o‘tash joylarida ibodatlar va diniy rasm-rusumlar shu yerdagi fuqarolarning iltimoslariga binoan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy marosim va ibodat binolaridan tashqarida o‘tkaziladigan ommaviy ibodatlar, diniy rasm-rusumlar va marosimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar dindorlar majburiy pul yig‘imlari va to‘lovlar undirishga, shuningdek ularga nisbatan shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi choralarni qo‘llashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olingan yoki yaratilgan, fuqarolar, jamoat birlashmalari ehson qilgan (vasiyat qilib qoldirgan) yoxud davlat tomonidan berilgan shuningdek chet elda joylashgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan, o‘z faoliyatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolar, imoratlar, ibodat qilish anjomlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya inshootlari, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklar ularning mulki bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning mulkiy huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Davlat mulki bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar o‘z ehtiyojlari uchun davlat organlari tomonidan shartnoma asosida beriladigan binolar va mol-mulkdan foydalanishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy madaniy meros obyektlarini diniy tashkilotlarga foydalanish uchun berish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar uchun yer ajratish hamda ibodat binolari qurish tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ustavdagi maqsadlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, noshirlik, ishlab chiqarish, ta’mirlash-qurilish, qishloq xo‘jalik korxonalari va boshqa korxonalarni, shuningdek xayriya muassasalarini (yetimxonalar, kasalxonalar) ta’sis etishga haqlidir.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Faoliyatini tugatgan diniy tashkilotlarning mol-mulkini tasarruf etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning faoliyati tugatilgandan keyin ularga foydalanib turish berilgan mol-mulk o‘z egalariga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning faoliyati tugatilgan taqdirda, ularga qarashli mol-mulkka egalik qilish ularning ustavi va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Kreditorlarning talablarini qondirish uchun undirish qaratilishi mumkin bo‘lmagan ibodatga oid mol-mulk ro‘yxati diniy tashkilotlarning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy vorislari bo‘lmagan mol-mulk davlat mulki hisobiga o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Diniy adabiyot va diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqlidir.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet elda nashr etilgan diniy adabiyotlarni olib kelish va tarqatish, ularning mazmuni qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tegishli litsenziya olgandan so‘ng diniy ibodat buyumlarini ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga faqat ular ega bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan matbaa nashrlarini, kino, foto, audio, video mahsulotlarini va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Diniy tashkilotlarning xayriya faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar xayriya va mehr-muruvvat faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Diniy tashkilotlarda mehnatga oid huquqiy munosabatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlarda mehnat shartnomalari (kontraktlari) bo‘yicha ishlayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligi tatbiq etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy tashkilotlar muqaddas joylarni ziyorat qilish yoki boshqa diniy tadbirlarda ishtirok etish maqsadida qonunchilikka muvofiq xalqaro aloqalar o‘rnatish va olib borishga haqlidir.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar, diniy tashkilotlarning xizmatidagilar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 99-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )