Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
“UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASh BOʻYIChA KOMPENSATSIYA PUL TOʻLOVLARINING MEXANIZMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI HAMDA UNGA KIRITILGAN OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1232-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6 son, 47-modda), 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 558-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2003-yil 3-apreldagi 49, 45-son “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1232, 2003-yil 15-aprel) (Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2003-yil 4-iyundagi 49-1, 55-son “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1232-1, 2003-yil 10-iyun) (Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 11-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2005-yil 26-apreldagi 43, 98-son “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1232-2, 2005-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 172-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2005-yil 9-sentabrdagi 86, 104-soni “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1232-3, 2005-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 327-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-sentabr,
76-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-sentabr,
165-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 532-modda)