Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2009-yil 30-oktabrdagi 1083-I-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2009-yil 4-dekabrdagi 693-I-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-dekabr,
PF-4158-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2010-yil 1-yanvardan kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 16-iyundagi PF-871-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshidagi “ijtimoiy sugʻurta” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son Farmoni 3-bandidan “va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilning 1-mayidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2005-yil 13-apreldagi PF-3596-son Farmoni bilan tasdiqlangan, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxatidan 1 va 2-bandlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PF-6112-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 06/20/6112/1517-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 558-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 06/20/6112/1517-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)