1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani boshqarish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda pensiya ta’minoti tizimini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Kuzatuvchilar kengashi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro apparati tuzilmasiga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tuzilmalariga tasdiqlangan xodimlar umumiy sonining cheklangan doirasida o‘zgartirish kiritishga ruxsat berilsin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlar va majburiyatlar qismida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ijtimoiy ta’minot organlarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamg‘armasining yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo‘linmalari xodimlarining tegishli soni hisobiga, o‘tkaziladigan attestatsiya natijalariga qarab to‘ldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati xodimlari tibbiy va ijtimoiy himoya qilish shartlariga ko‘ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori Pensiya jamg‘armasi Kuzatuvchilar kengashining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlarining xodimlariga tegishli ravishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy iqtisodiyot va moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining fuqarolar pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo‘linmalaridagi fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari yig‘majildlari, buxgalteriya hujjatlari, arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va mol-mulklar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazilishi va Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalariga topshirilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Pensiya jamg‘armasining yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlash uchun bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, xalqaro tajribani hisobga olib, mehnatga layoqatsizlikni e’tirof etishning ilg‘or usullarini joriy etishni nazarda tutgan holda, tibbiy-mehnat ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek tibbiy-mehnat eksperti komissiyalari sonini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida tegishli bo‘limlar tashkil qilinishi munosabati bilan ulardagi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining nazorat-taftish bo‘linmalarini va Pensiya jamg‘armasining Nazorat inspeksiyasini tugatish hisobiga 61 nafar, shu jumladan markaziy apparatdagi xodimlar soni 11 nafarga ko‘paytirilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qarorining 3-bandi va 1 — 3-ilovalari 2010-yilning 1-yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 30-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1252-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY TUZILMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv Kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)lar bo‘limlari
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kuzatuv kengashi raisi
O.R. Fazilkarimov
—
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari
B.A. Musayev
—
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
J.I. Abruyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari
X.X. Meliyev
—
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari
Sh.D. Kudbiyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi
Lavozimi bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi direktori, Kuzatuv kengashining mas’ul kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 07/23/353/0819-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 563-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son; 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son, 31.10.2020 g., № 06/20/6099/1450; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son; 01.11.2023-y., 07/23/353/0819-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)