O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2003-YILNING 1-APRELIDAN BOSHLAB UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TO‘LASH BO‘YICHA BERILADIGAN IMTIYOZLAR O‘RNIGA KOMPENSATSIYA PUL TO‘LOVLARINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlarning aniq yo‘naltirilishini kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilsin (ilovaga muvofiq).
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 06/22/58/0078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining summasi jismoniy shaxslarning jami daromad tarkibiga kiritilmasligi hamda pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda:
respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchilarga — pensiya tayinlangan tashkilot orqali;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) hisobidan pensiya oluvchilarga — Pensiya jamg‘armasi orqali;
nafaqa oluvchilarga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lanishi belgilab qo‘yilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan birinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya yoki nafaqa olmaydigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya puli 2022-yil 1-martdan boshlab Pensiya jamg‘armasi orqali pensiyalar to‘lanadigan muddatlarda to‘lanadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Respublika Davlat budjeti mablag‘lari ushbu Farmonga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalash manbai etib belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 558-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. 2003-yilning 1-aprelidan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshi va 4-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur Farmonga muvofiq holga keltirilishini ta’minlasin.
7. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
PF-3227-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Farmonning ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 13-apreldagi PF-3596-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamlari, 2005-y., 15-16-son, 110-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 56-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 110-modda; 2009-y., 52-son, 558-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 06/22/58/0078-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)