Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
buyrugʻi
UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASH BOʻYICHA KOMPENSATSIYA PUL TOʻLOVLARINING MEXANIZMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2175]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 319-sonli ““Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-9, 19.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimchachora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
1. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-noyabr,
102-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya (bundan buyon matnda — kompensatsiya deb yuritiladi) pul toʻlovlarining mexanizmini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
I. Imtiyozli shaxslar toifasi va kompensatsiya pul toʻlovlari miqdorlari
1. Quyidagilar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari hisoblanadi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
a) 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar. Urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
v) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
g) fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
d) Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
e) koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
(1-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
j) Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
z) yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar.
(1-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
11. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
2. Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari deb 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 81-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-5, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
II. Kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi va muddatlari
3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari jami daromad tarkibiga kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda — Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) orqali pensiyalar toʻlanadigan tartib va muddatlarda toʻlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga kompensatsiyalar pensiyalarni toʻlash muddatlarida pensiya tayinlangan tashkilot orqali toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
5. Kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Bunda, ushbu Nizomning 1-bandi “e” va “z” kichik bandlarida keltirilgan imtiyozli shaxslar tomonidan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza berilganda, arizaga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilish talab etilmasdan ushbu shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron koʻrinishdagi maʼlumotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining roʻyxati asosida aniqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
7. Bir necha asosga koʻra kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga ularning tanlashi boʻyicha eng koʻp miqdordagi bitta kompensatsiya toʻlanadi.
8. Mehnat taʼtilida, taʼlim olish munosabati bilan taʼtilda, homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtilda boʻlish vaqti uchun, shuningdek vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri, bola ikki yoshga yetishiga qadar uni parvarish qilish boʻyicha xodimlar taʼtilda boʻlgan davr uchun ham kompensatsiyalar toʻlanadi.
9. Oluvchiga tegishli boʻlgan va uning vafot etishi munosabati bilan toʻliq olinmay qolgan kompensatsiya summasi u vafot etgan kunda birga yashagan oila aʼzolariga toʻlanadi. Mazkur holda kompensatsiya vafot etgan kuniga qadar toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
11. Tayinlangan kompensatsiyani toʻlash:
pensiya (nafaqa) toʻlash muddati tamom boʻlganda;
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida kompensatsiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot orqali kompensatsiya olinmaganda;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 81-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-5, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda;
fuqaro ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa toʻlovi toʻxtatib turilgani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar kelib tushganida;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
kompensatsiyani toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida fuqaro tomonidan ariza berilganda toʻxtatib turiladi.
Tayinlangan kompensatsiyani toʻlash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham toʻxtatib turilishi mumkin.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Kompensatsiyani toʻlash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan kundan boshlab tiklanadi.
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
Fuqaroning sud hukmi boʻyicha ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan vaqti uchun kompensatsiya toʻlanmaydi. Fuqaro ozod boʻlgandan keyin kompensatsiya toʻlash kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
111. Tayinlangan kompensatsiyani toʻlash:
fuqaro vafot etganda;
tayinlangan kompensatsiyaga huquqlar yoʻqolganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa toʻlovi toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar kelib tushganida;
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda toʻxtatiladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 15-oktabrdagi 45-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-6, 06.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 10/20/2175-6/1478-son)
13. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qonunchilik hujjatlariga koʻra alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar oʻrniga oylik kompensatsiya pul toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Bunda koʻrsatilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
III. Yakuniy qoidalar
14. Kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlash ustidan nazorat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-8, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)
15. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda; 2011-y., 45-46-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 20-modda, 18-son, 231-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2175-4/0601-son, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son; 06.11.2020-y., 10/20/2175-6/1478-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son; 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)