|
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining ““Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-582-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Huquqiy maqomi
Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank — oʻz sarf-xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
Markaziy bank va uning muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga ega.
2-modda. Mol-mulki
Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat boʻlib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II boʻlimi va “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
3-modda. Bosh maqsadi va asosiy vazifalari
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolarini nazorat qilish, qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
(3-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qoʻshgan holda, saqlash va tasarruf etish;
davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.
4-modda. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari
Markaziy bank:
moliyaviy yordam koʻrsatish bilan shugʻullanishga;
tijorat faoliyati bilan shugʻullanishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining, valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini taʼminlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas.
(4-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
5-modda. Hisobdorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. Oliy Majlisning Senati:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga koʻra Markaziy bank Boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini koʻrib chiqadi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Markaziy bank pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida har yili matbuotda maʼruza eʼlon qiladi.
6-modda. Markaziy bankning mustaqilligi
Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir.
Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, basharti, ular oʻz zimmalariga bunday majburiyatlarni olmagan boʻlsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
7-modda. Normativ hujjatlar
Markaziy bank oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
8-modda. Tashkiliy tuzilishi
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etadi.
Markaziy bank Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan bosh boshqarmalar tuzadi.
Markaziy bankka qarashli xizmatlar va muassasalar Markaziy bank Boshqaruvi (bundan buyon matnda — Boshqaruv) tasdiqlaydigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat
Markaziy bank:
boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga;
moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan chet el hukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati koʻrsatishga;
xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga;
Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga haqlidir.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1883, 23.12.2008-y.).
Markaziy bankning boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
II. BANKNING MOLIYAVIY AHVOLI
10-modda. Markaziy bankning ustav kapitali
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning ustav kapitali miqdori ikki milliard soʻmdan iborat. Ustav kapitali miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga muvofiq oshiriladi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaxslarga berilishi yoki undan zakalat sifatida foydalanilishi mumkin emas.
11-modda. Foydani aniqlash va taqsimlash
Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun:
ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan soʻng;
umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek aktivlar va passivlar amalda baholanganidan soʻng aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Markaziy bankning foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi.
Boshqaruvning qaroriga muvofiq aniq maqsadli turli rezervlar va fondlar shakllantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan rezervlar va fondlar belgilangan tartibda toʻldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladi.
(11-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Yillik hisobot koʻrib chiqilmaguncha foydaning respublika budjetiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
13-modda. Hisobot berish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning hisobot davri 1-yanvar — 31-dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15-maydan kechiktirilmay Oliy Majlis Senati koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
14-modda. Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi
Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi mustaqil auditor tashkilotlar tomonidan har yili oʻtkaziladi.
III. MARKAZIY BANKNI BOShQARISh
15-modda. Markaziy bank Boshqaruvi
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi.
16-modda. Boshqaruv tarkibi
Boshqaruv (oʻn bir) kishidan iborat boʻladi. Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari, shuningdek bankning asosiy boʻlinmalari rahbarlari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv aʼzolarini (Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga koʻra Oliy Majlis Senatining Kengashi tasdiqlaydi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
17-modda. Boshqaruvning vakolatlari
Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega:
monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlarini, shu jumladan Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari koʻlami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;
banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini oʻtkazish, buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini koʻrib chiqadi;
(17-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bank faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyati, shuningdek qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;
(17-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini koʻrib chiqadi;
Markaziy bankning tarkibiy boʻlinmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda maʼruzalarini tinglaydi;
Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan boʻshatish, ularning mehnatiga haq toʻlash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.
18-modda. Boshqaruvning majlislari
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta oʻtkazib turiladi.
Boshqaruv majlislarini Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek Boshqaruvning kamida uchta aʼzosining talabnomasi boʻyicha chaqirilishi mumkin.
Boshqaruv majlislariga Markaziy bank Raisi, u boʻlmagan paytlarda esa, oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Boshqaruv aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelgan taqdirda Markaziy bank Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Boshqaruv majlislari, qoida tariqasida, yopiq tarzda oʻtadi.
19-modda. Boshqaruvning qarori
Boshqaruvning toʻxtami qaror shaklida qabul qilinadi.
20-modda. Markaziy bank Raisi
Markaziy bank Raisi:
Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar boʻladi;
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, ushbu Qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqaradi;
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha Markaziy bank nomidan ish koʻradi;
ayrim masalalarni hal qilishni oʻzining oʻrinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi.
Markaziy bank Raisining vakolat muddati — besh yil.
Markaziy bank Raisi boʻlmagan paytda uning vazifalarini oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
21-modda. Markaziy bank Raisini egallab turgan lavozimidan ozod qilish uchun asoslar
Markaziy bank Raisi quyidagi asoslar boʻyicha:
vakolat muddati tugaganida;
isteʼfoga chiqishni soʻrab, sabablarini koʻrsatgan holda yozgan shaxsiy arizasiga koʻra;
jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;
oʻzining xizmat vazifalarini salomatligiga koʻra bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
egallab turgan lavozimiga munosib boʻlmagan xatti-harakatlar qilganida, shu jumladan ushbu Qonunni qoʻpol ravishda buzganida va Markaziy bank manfaatlariga katta zarar yetkazganida egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
22-modda. Markaziy bank Raisining oʻrinbosarlari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 12--son, 23-modda)
IV. MARKAZIY BANKNING PUL-KREDIT OPERATSIYALARI
23-modda. Monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda axborot beradi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari:
iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istiqbol koʻrsatkichlarini;
muomalada boʻlgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;
pul massasi yillik oʻsish surʼatining aniq maqsadli koʻrsatkichlarini, shu jumladan Markaziy bank ichki aktivlarining oʻzgarishini;
valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yoʻnalishlarini;
pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishining aniq maqsadli moʻljallari
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishlarining aniq maqsadli moʻljallarini belgilashi mumkin.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
25-modda. Ochiq bozordagi operatsiyalar
Markaziy bank davlatning qimmatli qogʻozlari, shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi mumkin.
Markaziy bank har qanday darajadagi budjetlarni moliyaviy taʼminlash uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishi, shuningdek davlat qimmatli qogʻozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishi mumkin emas.
Ochiq bozordagi operatsiyalar limitini boshqaruv tasdiqlaydi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1829, 18.06.2008-y.).
26-modda. Markaziy bankning hisob operatsiyalari
Markaziy bank qiymati toʻlanishini banklar kafolatlagan qisqa muddatli xazina veksellari, shuningdek tijorat veksellari hisobini yuritishi mumkin.
Hisob operatsiyalarini oʻtkazish shartlarini, shu jumladan hisob stavkasi miqdorlarini Markaziy bank belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Markaziy bank operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari
Markaziy bank oʻz operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
28-modda. Majburiy rezerv talablari
Markaziy bank oʻzi belgilagan eng kam miqdorda rezervlar saqlash toʻgʻrisida banklarga koʻrsatma beradi. Markaziy bankda depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlarning eng kam miqdori Markaziy bankning normativ hujjatlari bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bogʻliq boʻladi. Majburiy rezervlarning miqdorlari jalb etilgan mablagʻlar va omonatlarning har bir toifasi boʻyicha barcha banklar uchun bir xildir.
Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar koʻrinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga oʻtkaziladi.
Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani yoki oʻzgartirilgani toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarda kamida bir oylik muddat koʻrsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi normativlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart.
Markaziy bank majburiy rezervlar boʻyicha foizlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
29-modda. Majburiy rezerv talablari normasini bajarmaganlik uchun sanksiyalar
Bank majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish toʻgʻrisidagi 28-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qatʼiy tartibda bu bankdan yetishmayotgan mablagʻ summasini, shuningdek qayta moliyaviy taʼminlashning ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi.
30-modda. Markaziy bankning banklarni qayta moliyaviy taʼminlashi
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank oʻzi belgilagan shartlarda banklarga kredit berishga haqli, bunda quyidagi aktivlar garovga qoʻyilishi mumkin:
(30-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;
davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari;
Markaziy bankda depozitga oʻtkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul boʻlgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan yoki Markaziy bank ular bilan ushbu Qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar oʻtkazishi mumkin boʻlgan aktivlar;
toʻlanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2201, 23.02.2011-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Banklarda likvidlilik tanqisligi yuzaga kelgan va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov aktivlari mavjud boʻlmagan hollarda, Markaziy bank banklarga Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda qisqa muddatli taʼminotsiz kreditlar berishga haqli.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini ommaviy axborot vositalarida va oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
31-modda. Markaziy bankning mijozlarga xizmat koʻrsatishi
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, shuningdek Markaziy bankka qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
V. PUL TIZIMI HAMDA PUL MUOMALASINI TAShKIL ETISh
32-modda. Pul tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasi tashkil etilishini va uni tartibga solishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. Bir soʻm yuz tiyindan iborat.
(32-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Soʻm Oʻzbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi.
33-modda. Markaziy bankning pul belgilarini chiqarishdagi vakolatlari
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Ularni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Muomalada boʻlgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning qatʼiy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan taʼminlanadi.
Markaziy bank yoʻq qilib yuborilgan, yoʻqotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yoʻqotgan banknotlar va tangalarning oʻrnini qoplamaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(33-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga koʻra bir nominal qiymatdagi banknot va tangalarni boshqasiga hech qanday toʻlovsiz yoki vositachilik haqisiz ayirboshlab beradi.
34-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash
Markaziy bank banknotlar bosilishi va tangalar zarb qilinishi, muomalaga chiqarilmagan pul belgilari saqlanishini, shuningdek bosma qoliplar va boʻyoqlar saqlanishi hamda yoʻq qilinishini taʼminlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yoʻq qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
35-modda. Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida toʻlovlarning barcha turlarida yozilgan qiymati boʻyicha qabul qilinishi, shuningdek hisobvaraqqa, omonatga oʻtkazish va joʻnatma sifatida oʻtkazish uchun qabul qilinishi majburiydir.
36-modda. Toʻlovlarni amalga oshirish
Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar koʻrinishida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini belgilaydi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalari Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) bilan belgilangan.
Markaziy bank yuridik shaxslarning kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qarang: “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (roʻyxat raqami 2687, 22.06.2015-y.), “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” (roʻyxat raqami 904, 01.03.2000-y.), “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (roʻyxat raqami 1719, 24.09.2007-y.).
37-modda. Shikastlangan pul belgilari
Markaziy bank pul belgilarining foydalanishga yaroqliligini aniqlash hamda putur yetgan banknotlar va tangalarni almashtirish tartibini belgilaydi. Pul belgilari yaroqliligini aniqlash va ularni almashtirib berish tartibi eʼlon qilinishi lozim.
Banklar putur yetgan banknotlar va tangalarni belgilangan qoidalarga muvofiq cheklovsiz ayirboshlab beradi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 3028, 29.06.2018-y.).
38-modda. Naqd pul mablagʻlarini muomalaga chiqarish
Naqd pul mablagʻlarini muomalaga chiqarish va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi.
39-modda. Pul belgilarini muomaladan qaytarib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday banknot va tangalarni muomaladan qaytarib olishga haqli. Bunga Markaziy bankning ayirboshlash tartibi va muddati koʻrsatilgan normativ hujjat asos boʻlib xizmat qilishi kerak.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Markaziy bank ayirboshlash uchun belgilagan muddat tugaganida ayirboshlanishi kerak boʻlgan banknot va tangalar qonuniy toʻlov vositasi sifatidagi oʻz kuchini yoʻqotadi.
VI. VALYUTANI TARTIBGA SOLISh VA XALQARO REZERVLARNI BOShQARISh
40-modda. Valyutani tartibga solish
Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir.
Markaziy bank:
ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun majburiy boʻlgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarga chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
(40-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi;
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
banklar uchun ochiq valyuta mavqeyi chegaralarini va boshqa iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va boshqaradi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasi.
41-modda. Xalqaro kliring va toʻlov bitimlari
Markaziy bank oʻz nomidan yoki Hukumat topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring muassasalari bilan kliring hamda toʻlov bitimlari, shuningdek har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir.
42-modda. Xalqaro rezervlar
Markaziy bank oʻzining balans hisobvaraqlarida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar quyidagilarni:
oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
naqd chet el valyutasini;
chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasi qoldiqlarini;
chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki kafolatlagan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni oʻz ichiga oladi.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek xalqaro operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni taʼminlash uchun yetarli boʻlgan darajada xalqaro rezervlar saqlab turilishiga yordam beradi.
43-modda. Chet el valyutasidagi operatsiyalar
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududi va uning tashqarisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda xalqaro amaliyotga muvofiq chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.
VII. MARKAZIY BANKNING HUKUMAT BILAN MUNOSABATLARI
44-modda. Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar boʻyicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati boʻyicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan maʼruzani taqdim etadi.
45-modda. Davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida toʻlanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari toʻgʻrisida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar toʻgʻrisida Markaziy bankka xabar beradi.
Shuningdek, qarang Oʻzbekiston Respublikasining “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasi.
46-modda. Depozitariy va kassirning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank hukumatning, shuningdek Moliya vazirligining ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda boshqa davlat organlarining pul mablagʻlarini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablagʻlarini va valyuta qimmatliklarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank koʻrsatib oʻtilgan depozitlar yuzasidan foizlar toʻlashi mumkin.
(46-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
47-modda. Fiskal agentning vazifalari
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, Oʻzbekiston Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:
Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini joylashtirish, bu joylashtirishlarni roʻyxatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish;
koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qogʻozlarning qiymatini, ular boʻyicha foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash;
koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir toʻlov operatsiyalarini bajarish;
koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish borasida faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qogʻozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga taʼsiri va monetar siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
48-modda. Hukumatga kredit berish
Oldingi tahrirga qarang.
Kreditlar hukumatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan va bir yil ichida qiymati toʻlanadigan aktivlar garovga qoʻyilishi sharti bilan beriladi.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Kredit berish hukumat va Markaziy bank oʻrtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, toʻlanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank hukumatga obuna boʻyicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga aʼzoligidan kelib chiquvchi boshqa toʻlovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas.
49-modda. Hukumat bilan Markaziy bank oʻrtasida axborot almashuvi
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
VIII. BANKLAR, MIKROKREDIT TAShKILOTLARI LOMBARDLAR VA KREDIT BYuROLARI FAOLIYATINI, ShUNINGDEK QIMMATLI QOGʻOZLAR BLANKALARI IShLAB ChIQARIShNI TARTIBGA SOLISh HAMDA NAZORAT QILISh
(VIII boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini, shuningdek qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
(50-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini roʻyxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklarni, kredit byurolarini roʻyxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir.
(50-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Banklarni davlat roʻyxatiga olish daftari, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolariga hamda qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(50-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
51-modda. Markaziy bankning nazorat vazifalarini bajarishga doir vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank:
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar Rejasi” (roʻyxat raqami 773-17, 13.08.2004-y.), “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1834, 11.07.2008-y.) va “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1419, 25.10.2004-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan lombardlar va kredit byurolari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni belgilaydi.
(51-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-321-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Qarang: “Lombard tomonidan oʻz faoliyatini va operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” qoidalar (roʻyxat raqami 1290, 10.12.2003-y.).
Markaziy bank:
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolarining hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari toʻgʻrisida axborot soʻrash hamda olish;
(51-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va mikrokredit tashkilotlarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bogʻlangan shaxslarning, shuningdek lombardlar va kredit byurolarining faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2217, 14.04.2011-y.) va “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2209, 14.03.2011-y.).
(51-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilash;
(51-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-321-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Qarang: “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizom (yangi tahrirda) (roʻyxat raqami 992-1, 20.04.2004-y.).
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar oʻrnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
Qarang: “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2696, 14.07.2015-y.).
ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;
(51-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obroʻ-eʼtibori haqida axborot soʻrash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv aʼzolari hamda bosh buxgalterlariga, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qoʻyish huquqiga ega.
(51-modda ikkinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
(51-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-54-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 373-modda)
Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank oʻz qarori toʻgʻrisida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi.
Qarang: “Bankning ustav fondi miqdorini, aksiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini oʻzgartirish, ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 573, 19.12.1998-y.) 3-boʻlimi.
(51-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan bank auditi bilan bogʻliq har qanday maʼlumotlarni bevosita olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy boʻlgan ichki nazorat qoidalarini tasdiqlaydi.
(51-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
52-modda. Iqtisodiy normativlar
Markaziy bank banklar uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:
kapitalning monandlik koeffitsiyentini;
Qarang: “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2693, 06.07.2015-y.).
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini;
Qarang: “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2707, 05.08.2015-y.).
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng koʻp miqdorini;
likvidlilik koeffitsiyentlarini;
aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
Qarang: “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2696, 14.07.2015-y.).
qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvaragʻiga kiritishga doir talablarni;
Qarang: “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1306, 30.01.2004-y.).
ochiq valyuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.
Qarang: “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalari” (roʻyxat raqami 1497, 15.07.2005 g.)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
(52-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida kamida bir oy oldin eʼlon qiladi.
53-modda. Markaziy bank qoʻllaydigan choralar va sanksiyalar
Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni olti oygacha boʻlgan muddatga cheklab qoʻyish huquqiga ega.
Agar yoʻl qoʻyilgan tartib buzilishlar yoki bank oʻtkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tugʻdirgan boʻlsa, Markaziy bank:
banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
bankdan bankni moliyaviy sogʻlomlashtirish, shu jumladan aktivlar tuzilmasini oʻzgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar toʻlashni toʻxtatish tadbirlarini koʻrishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, shu jumladan bank kengashi rahbarlari va aʼzolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga;
(53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha oʻzgartirishga;
bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha boʻlgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha muddatga taqiqlab qoʻyishga;
bankni moliyaviy sogʻlomlashtirish yoki Markaziy bank koʻrsatmalarini bajarish uchun zarur boʻlgan davrda mansabdor shaxslar va aksiyadorlar ega boʻlgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
Tijorat banklarga vasiylik qilish shartlari, asoslari va tartibi “Banklarga vasiylik qilish toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 570, 19.12.1998-y.) bilan belgilangan.
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olishga haqlidir.
Bank filiallari toʻlovlarni oʻz vaqtida oʻtkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda boʻlgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qatʼiy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanksiyalar qoʻllashga haqli.
(53-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:
mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;
lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.
Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(53-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
54-modda. Xalqaro hamkorlik
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi.
(54-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
IX. BANKLAR BILAN OʻZARO MUNOSABATLAR
55-modda. Javobgarlikni cheklash
Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari boʻyicha javobgar emas, ular shunday javobgarlikni oʻz zimmasiga oʻzlari olgan hollar bundan mustasno.
56-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari
Markaziy bankka banklarning hisobvaraqlarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruxsat etiladi.
57-modda. Kliring va hisob-kitoblarni tashkil etish
Markaziy bank banklarga banklararo toʻlovlarga hisob-kitob-kliring xizmatini, shu jumladan cheklar va boshqa toʻlov hujjatlari orqali haq toʻlashni tashkil etishda yordam koʻrsatish, shunday operatsiyalarni oʻtkazish tartibini oʻz ixtiyoriga koʻra belgilash va tegishli koʻrsatmalar berishga haqlidir.
58-modda. Bank axborot tarmogʻi va statistik axborot yigʻish
Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun axborot tarmogʻini yaratadi va saqlab turadi.
Markaziy bank statistik axborotni tegishli organlardan yoki bevosita iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oladi.
Markaziy bank statistik axborotni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish qoidalari hamda amaliyotini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olishda oʻz vakolatlari doirasida qatnashadi.
59-modda. Markaziy bankning imtiyozli huquqi
Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldiqlari hamda uning Markaziy bankdagi boshqa aktivlari hisobidan oʻzining barcha talablarini qondirishdan iborat qatʼiy imtiyozli huquq berilgan, majburiy rezervlar sifatida Markaziy bank depozitida turgan banklar mablagʻi bu aktivlarga kirmaydi.
Markaziy bank oʻzining imtiyozli huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va tushumdan sotish xarajatlarini chegirib tashlagandan keyin oʻziga tegishli boʻlgan miqdordagi toʻlovni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.
60-modda. Markaziy bankning qarorlari ustidan shikoyat qilish
Markaziy bankning qarorlari va harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
154-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2006-y., 37-38-son, 373-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda)