Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpogʻiston ASSR”, “Qoraqalpogʻiston MSSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli boʻlgan mol-mulkni saqlash va koʻpaytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi va 65-moddasining ikkinchi hamda uchinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Mulkiy huquq
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
2. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ixtiyoriga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xoʻjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasi.
3. Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat oʻzi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyish vazifasi yuklanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 168-moddasining uchinchi qismi, 207-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 29, 30 va 42-moddalari.
4. Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar va doira chegarasida oʻziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos boʻlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan taʼminlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunchilik
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solib turiladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Mulkiy huquq obyektlari
(3-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar mulk obyektlaridir:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
(3-moddaning birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 169-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, sanʼat asarlari, axborot, ilmiy gʻoyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi.
(3-moddaning 2 va 3-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4. Mol-mulkdan xoʻjalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Mulkiy huquq subyektlari
(4-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va oʻzga birlashmalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha boʻgʻindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 168-moddasi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Mulk shakllari
(5-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda boʻladi:
xususiy mulk;
shirkat (jamoa) mulki;
Oldingi tahrirga qarang.
maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (munitsipal mulkdan) iborat davlat mulki;
(5-modda 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
aralash mulk;
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.
2. Oʻzbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 167-moddasi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish
(6-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1. Yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha haq undirib olish mulk huquqi, toʻla xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli boʻlgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.
Mulkdor oʻzi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Jismoniy shaxslar oʻz majburiyatlari boʻyicha mulkiy huquq asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradilar.
Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar daʼvolariga binoan haq undirish tarzida olib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
II BOʻLIM. XUSUSIY MULK
7-modda. Xususiy mulk
1. Xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qoʻllashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻz mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qoʻygan mablagʻlaridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlardan, meros boʻyicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan oʻzga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega boʻlishlari hisobiga hosil etiladi va koʻpayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yoʻl qoʻyiladi.
4. Fuqaro oʻzining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning aʼzosi foydalanish uchun oʻziga berib qoʻyilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom toʻlagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qoʻlga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Toshuyjoyjamgʻarmabank”ning egasi koʻrsatilgan obligatsiyalariga ega boʻlgan shaxs imtiyozli kreditni toʻliq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini toʻliq toʻlasa, ana shu kvartiraning huquqini qoʻlga kiritadi;
(7-modda beshinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila aʼzolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
6. Xususiy mulk oʻz mol-mulkini sarmoya sifatida oʻrtaga qoʻyish, davlat, kooperativ va oʻzga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yoʻl qoʻyiladigan oʻzga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qoʻyiladi.
(7-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.
(7-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III BOʻLIM. SHIRKAT (JAMOA) MULKI
(III-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Umumiy qoidalar
1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kollektiv mulkning hosil boʻlishi va koʻpayib borishi mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar, boshqa xoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy ravishda birlashtirish bilan taʼminlanadi.
(8-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 11-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Oilaviy mulk
Oila aʼzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila aʼzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-roʻzgʻor va yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, oʻzga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va isteʼmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Oilaviy mulk huquqi oʻz subyektlarining har biriga aynan tegishli boʻlgan xususiy mulkdan iborat boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 225-moddasi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 12-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. Mahalla mulki
1. Ijtimoiy oʻz-oʻzini boshqarishning boshlangʻich boʻgʻinlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yoʻsinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.
2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. Oʻzi saylab qoʻygan organlar — mahalla mulkini toʻla xoʻjalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 13-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Kooperativ mulk
1. Xoʻjalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shugʻullanish uchun aʼzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir.
2. Kooperativ mulk uning aʼzolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va koʻpayib boradi.
3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 14-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Ijaraga olingan korxona mulki
(12-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablagʻi hisobidan qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi aʼzolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining ijara toʻgʻrisidagi qonunchiligi asosida belgilanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Kollektiv korxonasining mulki
(13-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kollektiv korxonasining mulki ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qoʻlga kiritilgan taqdirda yuzaga keladi.
(13-modda 1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qoʻshgan hissalar belgilab qoʻyiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos boʻlgan ijaraga olingan korxona mulkiga qoʻshgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini koʻpaytirishga qoʻshgan ulushlari kiradi.
(13-modda 2-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Xodimning mol-mulkni koʻpaytirishga qoʻshgan ulushi miqdori korxona faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xoʻjalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va toʻlanadi.
Korxona bilan mehnat munosabatlarini toʻxtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qoʻshilgan hissasining qiymati beriladi.
Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) budjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki
1. Yuridik shaxs hisoblangan xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qoʻshgan hissasi hisobidan, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi.
2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, oʻzga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xoʻjalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari boʻlishi mumkin.
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiya egalari boʻlishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 14-moddaning 4-bandi uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15 va 16-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Xoʻjalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Korxona va tashkilotlarning xoʻjalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va hududiy birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir.
(15-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
2. Xoʻjalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas.
3. Xoʻjalik uyushmasining faoliyati toʻxtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar oʻrtasida kelishuv asosida hamda ularning qoʻshgan hissalarini (ulushlarini) eʼtiborga olgan holda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki
(16-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan taʼminlash uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va mol-mulk boʻlishi mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablagʻlari hisobidan ularning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham boʻlishi mumkin.
Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari aʼzo boʻlish va aʼzolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; oʻtkazilgan lotereyalardan tushgan mablagʻlar; ishlab chiqarish-xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat uyushmalari oʻz ustavlarida yozib qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzga davlatlardan keladigan pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin.
(16-modda 1-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Siyosiy maqsadlarni koʻzlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar oʻzga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va oʻzga moddiy yordam olishga haqli emaslar.
(16-moddaning birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan koʻzda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
(17-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk boʻlishi mumkin.
Diniy tashkilotlar oʻz mablagʻiga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar.
Diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida boʻlgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yoʻl qoʻyiladi.
Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni soʻrab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar.
(17-moddaning birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 13 va 29-moddalari.
IV BOʻLIM. DAVLAT MULKI
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkiga maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (maʼmuriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.
(18-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasining, maʼmuriy-hududiy tuzilmaning budjet yoki boshqa mablagʻlari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻi hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining mulki yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmaning mulki boʻladi.
(18-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz maʼmuriy-hududiy tuzilmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Maʼmuriy-hududiy tuzilma esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
(18-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xoʻjalik faoliyati natijalariga har bir davlatning maʼlum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.
Davlatlararo manfaatlarga daxldor boʻlgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 20-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Davlat mulkining obyektlari
1. Oʻzbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:
Oldingi tahrirga qarang.
yer ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
(19-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni irida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki;
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;
jumhuriyat budjetining mablagʻlari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sugʻurta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy taʼlim tashkilotlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi boshqa mol-mulklari kiradi.
(19-modda 1-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
2. Davlat talab-ehtiyojlarini taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 21-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Davlat mulkining subyekti
Oʻzbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 22-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi subyektlarining respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan boʻlsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq meʼyorlari bilan tartibga solib turiladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulki (munitsipal mulk) obyektlari
(22-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan oʻtkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik boʻlgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar munitsipal mulk hisoblanmaydi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining subyektlari (munitsipal mulk)
(23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli maʼmuriy-hududiy tuzilmaning aholisi munitsipal mulkning subyektidir. Mulkiy huquqni roʻyobga chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 24-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 25-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
(26-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1. Davlat mulki boʻlgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qoʻyilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 180-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat budjetida turuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻlgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻladilar.
(26-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻz egaligidagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablagʻi yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha tegishli mulkning egasi javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi.
V BOʻLIM. ARALASH MULK
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Aralash mulk huquqi
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablagʻlarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek oʻz mablagʻlarini birlashtirgan mulkdorlar oʻrtasida daromadlarni qoʻshgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aralash mulkning oʻz mablagʻlarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 23, 28-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27-1-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, davlat ulushlari (aksiyalari) va davlat muassasalari davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida jismoniy hamda nodavlat yuridik shaxslarga toʻliq yoki qisman xususiy mulk qilib realizatsiya qilinishi mumkin, bundan davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno.
(271-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
VI BOʻLIM. AJNABIY FUQAROLAR, TASHKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI
(VI-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Chet el fuqarolarining mulki
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 33-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30-modda. Chet el yuridik shaxslarining mulki
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan taʼminlanadi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki
Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 35-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
VII BOʻLIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYA QILINISHI
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Mulkiy huquqning kafolati
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(32-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 36-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi
(33-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mulkdor oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.
(33-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.
(33-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
(33-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda toʻxtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʻxtatib qoʻyishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda mulk huquqi toʻxtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʻlanadi.
(34-modda 1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkdor norozi boʻlgan taqdirda nizo sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining toʻxtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq barcha masalalar ham nizoni koʻrib chiqish jarayonida hal etiladi.
(34-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qoʻyilishiga mulkdorning majburiyatlari boʻyicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yoʻl qoʻyiladi.
(34-modda 2-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda roʻy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʻzlagan holda mulkdordan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʻyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati toʻlanadi.
(34-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.
(34-moddaning 2-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi
(35-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof boʻlgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning oʻzlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi.
Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablagʻ hisobidan toʻla-toʻkis qoplanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
36-modda. Davlat organlarining mulkdor oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari mulkdorga yoxud bevosita boshqarish huquqi boʻyicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qoʻyishga huquqli emas.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar boʻladilar.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent sh.,
1990-yil 31-oktabr,
152-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 31-33-son, 371-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda; 1993-y., 5-son, 235-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)