Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoni hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son va “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar)larda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi oʻrinda — Markaz) tashkil etilganligi;
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinda — hokim yordamchilari) lavozimi taʼsis etilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga muvofiq:
Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi;
hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi “Onlayn mahalla” elektron platformasini ishga tushurish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Agentlikning maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari hamda faoliyat yuritish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Markaz faoliyatini tashkil etish, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va javobgarligini belgilashni nazarda tutuvchi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
hokim yordamchilarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
“Onlayn mahalla” elektron platformasiga maʼlumotlar bazasi integratsiya qilinadigan hamda ushbu integratsiyalashgan tizimdan real vaqt rejimida (onlayn) foydalana oladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Agentlik Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (10, 11, 12-qavatlar) manzilidagi Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” shuʼba korxonasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Bunda, tekin foydalanish huquqi asosi ajratilgan binoni (10, 11, 12-qavatlar) saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Agentlikning Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Agentlikka jami 16 ta, shu jumladan markaziy apparatiga 1 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta maxsus avtotransport vositasi hamda Agentlikning hududiy boshqarmalariga 14 ta yengil avtotransport vositasini saqlashga tegishligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan limit ajratilishini;
Agentlikning asoslantirigan hisob-kitoblariga muvofiq hokim yordamchilarining “Onlayn mahalla” axborot platformasidan foydalanishi uchun xarid qilinayotgan planshet qurilmalarini rasmiylashtirish, bojxona toʻlovlari va ular bilan bogʻliq boshqa xarajatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
5. Agentlik Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan hokim yordamchilari “Onlayn mahalla” elektron platformasidan foydalanish uchun planshet qurilmalarini 30 foiz oldindan va qolgan 70 foizini akkreditiv toʻlov asosida xarid qilishni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalaridan real vaqt rejimida (onlayn) foydalanish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Mazkur qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlariga elektron maʼlumotlar bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, maʼlumotlar hamda elektron koʻrinishdagi hujjatlarni oʻz muddatida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
hokim yordamchisi tomonidan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlari boʻyicha kelib tushayotgan har bir murojaatni chuqur oʻrgangan holda, uch ish kunida murojaat muallifiga va tegishli tashkilotga belgilangan tartibda ijobiy tavsiya yoki rad etish toʻgʻrisida xulosani yuboradi;
hokim yordamchilari beradigan tavsiyalar tegishli idora va tashkilot tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi hamda tavsiyalarni qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Bunda, rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etishning sabablari aniq va batafsil bayon etilgan holda hokim yordamchilariga xulosa yuboriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-aprel,
195-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari hamda javobgarligini belgilaydi.
2. Agentlik respublika davlat boshqaruvi organi boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) boʻysunadi.
3. Vazirlik Agentlik faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi.
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Vazirlik qarorlariga (buyruqlariga) amal qiladi.
5. Agentlik oʻz faoliyatini vakolatlari doirasiga kiritilgan masalalar boʻyicha Vazirlik, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr, blankalar, mustaqil balans, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga egadir.
8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
qisqartirilgan nomi — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Agency for Working Mahallabay and the development of Yentrepreneurship Under the Ministry of Economic Development and Poverty Reduction of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agency for Working Mahallabay and the development of yentrepreneurship;
v) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo po rabote Maxallabay i razvitiyu predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomicheskogo razvitiya i sokrasheniya bednosti Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agentstvo po rabote maxallabay i razvitiyu predprinimatelstva.
9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (10, 11, 12-qavatlar), pochta indeksi 100027.
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlikning markaziy apparati;
Agentlikning hududiy boshqarmalari;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) markazlari);
har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi).
11. Tuman (shahar) markazlari Agentlikka, tegishliligiga koʻra Agentlikning hududiy boshqarmalariga hamda tuman (shahar) hokimliklariga boʻysunadi.
12. Agentlik Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari hamda hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
3-bob. Agentlik hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari vazifalari va funksiyalari
1-§. Agentlikning vazifa va funksiyalari
13. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
14. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:
respublikada mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi, bu borada davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga amaliy koʻmaklashadi;
tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga binoan hamda oʻz tashabbusiga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Vazirlik orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida Agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi;
b) mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish sohasida:
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida mahalladagi iqtisodiy holatni, “xonadonbay” oʻrganishni, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlarini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishlarini va ehtiyojlarini tahlil qilish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish uchun belgilangan tartibda subsidiya ajratilishini tashkil etadi;
aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilishning boshqa shakllarini ragʻbatlantirish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
aholida tadbirkorlik sohasida zarur koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻqitish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini keng jalb qiladi;
hududlar kesimida aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantiradi va nazorat qilib boradi;
v) vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining masʼul xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — respublika vakillari) va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
respublika vakillari va hokim yordamchilarini ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilish va tadbirlarga jalb qilish, faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabning amalda ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, respublika vakillari va hokim yordamchilari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
g) iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
hududlarning xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tadbirkorlikni kengaytirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan vositalarni joriy etishga doir ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganadi hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mahallalarda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
hududlarda mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni, “yetakchi” tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish choralarini koʻradi;
d) hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish sohasida:
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini taʼminlash, oʻz vakolati doirasida hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshiriladigan islohotlarning maqsadlari va ustuvorliklaridan kelib chiqib, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli dasturlarni tayyorlash va amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash, mavjud muammolarni hal etish orqali aholini kasb-hunarga oʻqitish, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish, “drayver” loyihalarni amalga oshirish boʻyicha yangi yoʻnalishlarining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi;
e) aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sohasida mavjud talablar va tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha muntazam ravishda oʻrganishlar oʻtkazadi, muammolarni chuqur oʻrganish va aniqlangan byurokratik toʻsiqlar, gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
j) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash sohasida:
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishda, shuningdek, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik koʻmagini jalb etish yuzasidan hamkorlik olib boradi;
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda ishtirok etadi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifa va funksiyalari
15. Quyidagilar Agentlikning markaziy apparatining vazifalari hisoblanadi:
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlash;
Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilariga, yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash;
Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini samarali taʼminlash, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yaratish;
Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) markazlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Agentlik vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-axloq hamda maʼnaviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda qatnashish;
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼi rioya etadi;
Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-419-son Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etadi;
Vazirlik orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;
Agentlik faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy taʼminlashni amalga oshiradi;
Agentlik vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shugʻullanadi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Agentlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
3-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifa va funksiyalari
17. Quyidagilar Agentlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
hududiy davlat boshqaruvi organlari, tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosarlari bilan birga tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalariga tegishli boʻlgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlash;
tuman (shahar) markazlari va hokim yordamchilarining faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.
18. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlaydi;
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼi rioya etadi;
Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
oʻz vakolati doirasida tashkiliy, moliyaviy, kadrlar va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
4-bob. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
1-§. Agentlikning huquq va javobgarligi
19. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tadbirkorlik masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ular boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini berish;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublikaning chet eldagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan tegishli maʼlumotlarni (bank siriga kiruvchi maʼlumotlar bundan mustasno) oʻrnatilgan tartibda soʻrash va olish;
davlat statistika organlaridan zarur statistik maʼlumotlarni bepul olish;
Agentlikka yuklangan vazifalardan kelib chiqib, tadbirkorlik sohasida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Vazirlik bilan kelishgan holda, kontrakt asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish;
Agentlikning faoliyatini keng yoritish maqsadida oʻz rasmiy saytlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini yaratish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻxshash xorijiy tadbirlarda ishtirok etish;
tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni tuzish, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etish;
tadbirkorlik subyektlariga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarning moliyaviy va texnik yordamini jalb qilishda koʻmaklashish;
Agentlikning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
qonunchilikka muvofiq Agentlik xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha ishlarni olib borish;
Agentlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
20. Agentlik:
unga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining amalda yuritilishi;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
2-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining huquq va javobgarligi
21. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻziga yuklangan vazifalar amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar soʻrab olish;
tadbirkorlik masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda oʻz takliflarini berish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻxshash xorijiy tadbirlarda ishtirok etish;
tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni tuzish;
boshqarmalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Agentlikning hududiy boshqarmalari:
unga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi faoliyatni yuritilishi;
oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosi yuzasidan javobgar hisoblanadi.
5-bob. Agentlik rahbariyatining funksional majburiyatlari
23. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq Agentlik va uning hududiy boshqarmalari rahbarlariga quyidagi funksional majburiyatlar yuklatiladi:
a) Agentlik direktori:
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir;
Agentlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlari va Agentlikning hududiy boshqarmalarini boshqarish uchun direktor oʻrinbosarlari va Agentlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
oʻz vakolati doirasida Agentlik tizimi xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Agentlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va xodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlaydi;
Agentlik markaziy apparati, Agentlikning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga belgilangan shtatlar doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Agentlik xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼi rioya etish;
Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-419-son Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni konsultant sifatida jalb qiladi;
sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻzining faol ishtiroki, aholining turmush darajasini yaxshilash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tashabbuslari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan, oʻziga biriktirilgan mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida samarali mehnat qilayotgan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslarni “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni taqdirlash boʻyicha tavsiyalar beradi;
Agentlik direktori qonunchilikka muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni amalga oshiradi;
b) direktor oʻrinbosarlari:
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼi rioya etish;
Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) markazlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi bilan tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;
oʻzlari boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, bevosita boshqarish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini oʻzi boshqaradigan yoʻnalish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
direktor oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiritilgan Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni direktor tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etadi;
oʻzlari boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
oʻzlari boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
direktor nomenklaturasiga kiritilgan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritadi;
mutasaddi boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
v) Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
mutasaddi tarmoqlar, iqtisodiy sohalar va hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholashni olib boradi va ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini Agentlik rahbariyatiga taqdim etadi;
g) Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari:
Agentlikning hududiy boshqarmasi faoliyatini, jumladan, boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va mutaxassislarining ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq ishlarini tashkil etadi;
hududning rivojlanish holatini sifatli baholashni olib boradi va Agentlik rahbariyatiga uni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritadi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajaradi.
6-bob. Agentlik rahbariyatining javobgarligi
24. Direktor quyidagilar uchun masʼul:
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, shuningdek, Agentlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Agentlikda, uning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalarida ijro intizomiga qatʼi rioya qilish.
25. Direktor oʻrinbosarlari quyidagilar uchun masʼul:
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan topshiriqlarning natijadorligi;
masʼullik qiladigan yoʻnalishlar boʻyicha tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi amalga oshirilayotgan choralarning natijadorligi va samaradorligi.
26. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari quyidagilar uchun masʼul:
qonunchilik hujjatlari, Agentlik rahbariyati topshiriqlarining oʻz muddatida va sifatli bajarilishi;
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash;
hududda mahallabay ishlash va tadbirkorlik sohasidagi tahliliy maʼlumotlarni Agentlikka oʻz vaqtida taqdim etish;
oʻziga yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkillashtirish
27. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Direktor iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri tomonidan lavozimga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikkita oʻrinbosarga, jumladan, birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarga ega.
28. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish quyidagicha amalga oshiriladi:
Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari Agentlik direktori tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Agentlikning hududiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Agentlikning hududiy boshqarmasi boshligʻi tavsiyasiga koʻra Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Tuman (shahar) markazlar boshliqlari Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
29. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan quyidagi masalalar boʻyicha uzviy hamkorlikni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari soʻrovlarining oʻz vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning oʻz muddatida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Agentlikning hududiy boshqarmalari davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining boʻlinmalari bilan mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro aloqalarni taʼminlash;
hududda tadbirkorlik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida monitoringni olib borish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar amalga oshirish, ularni amalga oshirishda tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish.
8-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
30. Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi, Agentlik jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan tushumlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
31. Agentlik boshqaruv xodimlariga nisbatan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
32. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalar, uzoq muddat xizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlari, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, transport va ovqatlanish xarajatlari uchun har oylik toʻlovlarni amalga oshirishning manbai boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi, Agentlikning Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan tushumlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va boshqa qonunchilik hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Agentlik xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar saqlanib qoladi.
Agentlik xodimlariga transport va ovqatlanish xarajatlari, bayram munosabati bilan toʻlanadigan mukofot pullari hamda xodimlar uchun ustamalar berish tartibi Agentlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
33. Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini saqlash va moliyalashtirish (shu jumladan, moddiy ragʻbatlantirish va koʻp yillik xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish) Vazirlikning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Agentlik direktori Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining xodimlariga tegishli buyruq asosida Agentlikning Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlari hisobidan har oylik ustamalar hamda bayram munosabati bilan toʻlanadigan mukofot pullarini ajratish huquqiga ega.
34. Agentlikka jami 16 ta, shu jumladan markaziy apparatiga 1 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta maxsus avtotransport vositasi hamda Agentlikning hududiy boshqarmalariga 14 ta yengil avtotransport vositasini xarid qilish va saqlashga respublika va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan limit ajratiladi.
Zarur hollarda, Agentlikning qoʻshimcha yengil avtotransport vositalarini xarid qilish va saqlash xarajatlari oʻrnatilgan tartibda Agentlikning Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan tushumlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
9-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
35. Agentlik direktori va oʻrinbosarlarining faoliyati Vazirlik tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
36. Agentlikning tarkibiy boʻlinma boshliqlari, Agentlikning hududiy boshqarma boshliqlari va oʻrinbosarlari, shuningdek, Agentlik xodimlarining faoliyati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Agentlik muntazam ravishda Vazirlikka oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot beradi.
38. Agentlik qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qaroriga
2-ILOVA
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maqomi, faoliyatini tashkil etish, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va javobgarligini belgilaydi.
2. Markaz yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tuman (shahar) hokimligi tarkibida tashkil etiladi.
3. Markaz faoliyati tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Agentlikning hududiy boshqarmasi) tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Markaz tegishliligiga koʻra tuman (shahar) hokimliklariga hamda Agentlikning hududiy boshqarmalariga boʻysunadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot beradi.
4. Markaz mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtiradi.
5. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, tuman (shahar) hokimliklari farmoyish va qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
6. Markaz oʻz vakolati doirasida tuman (shahar) hokimligining tarkibiy boʻlinmalari, hokim yordamchilari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
2-bob. Markazning vazifa va funksiyalari
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:
Agentlikning hududiy boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir tuman (shahar) hokimligining tarkibiy boʻlinmalari, hokim yordamchilari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorlik qilish;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini monitoringi va nazorat qilish;
hokim yordamchilarining xizmat faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan vazifalar va ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
hokim yordamchilariga mahallalarni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishida takliflar berish;
aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda hokim yordamchilariga amaliy koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan beriladigan subsidiyalar boʻyicha hokim yordamchilarining tavsiyalari yuzasidan xulosalar berish;
hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda aniqlangan mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga boʻlgan talabidan kelib chiqib, ishsizlarni boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirishda hamkorlik qilish;
tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tuman (shahar) hokimligi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish;
hokim yordamchilari faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish choralarini koʻrish;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish, moddiy yordam berish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish;
amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻzining faol ishtiroki, aholining turmush darajasini yaxshilash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tashabbuslari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan, oʻziga biriktirilgan mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida samarali mehnat qilayotgan hokim yordamchilarini “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid nomzodlar boʻyicha dastlabki takliflarni tayyorlash.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar boʻyicha quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun tuman (shahar) hokimligining tarkibiy boʻlinmalari, hokim yordamchilari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda maʼlumot soʻrash va olish;
oʻz vakolati doirasida seminarlar, koʻrgazmalar, uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq faoliyat yoʻnalishlari bajarilishida hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan taqdimnoma kiritish;
hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlar tuzish;
mahallalarda aniqlangan muammo va kamchiliklarning ijrosi yuzasidan monitoring olib borish.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Markaz:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish talablariga rioya etilishini taʼminlash;
hokim yordamchilari va Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Agentlikning hududiy boshqarmasiga maʼlumot kiritib borish;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
10. Markaz faoliyatiga boshligʻi rahbarlik qiladi.
Markaz boshligʻi Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Markaz xodimlari tuman (shahar) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
11. Markaz boshligʻi:
Markaz faoliyatiga shaxsan javob beradi;
tuman (shahar) hokimligining tarkibiy boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tuman (shahar) hokimligining tarkibiy boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan munosabatlarda Markaz nomidan ish yuritadi;
mahallalar kesimida toʻplangan muammolar va murojaatlarni muvofiqlashtirib, ularni hal etishda tuman (shahar) hokimining tegishli oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;
Markaz xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
oʻz vakolati doirasida xodimlar tomonidan ijro etilishi shart boʻlgan tegishli koʻrsatmalar beradi;
oʻz vakolati doirasida boshqa funksiyalarni bajaradi.
Amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida hisobot berib boradi.
12. Markaz (yillik, choraklik) ish rejasi va Markaz boshligʻining shaxsiy ish rejasi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Markaz xodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlari uchun belgilangan va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
14. Markaz tuzilmasiga muvofiq Markaz shtat jadvali tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
15. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qaroriga
3-ILOVA
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi) vazifa va funksiyalari, huquqlari, faoliyatini tashkil etish hamda javobgarligini belgilaydi.
2. Hokim yordamchisining faoliyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3. Hokim yordamchisi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy Nizomga va qonunchilikka amal qiladi.
2-bob. Hokim yordamchisining vazifa va funksiyalari
4. Hokim yordamchisining asosiy vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat:
mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay oʻrganish, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish;
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik boʻyicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash;
doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini oʻrganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv markazlariga yoʻnaltirish hamda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga yordam berish;
mahalladagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga boʻlgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda koʻmaklashish;
mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shugʻullanish tajribasiga ega boʻlmagan fuqarolar oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun ularga biriktirish;
aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urugʻchilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
mahalladagi ish bilan band boʻlmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanishini yoʻlga qoʻyish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, qishloq xoʻjaligi kooperativiga aʼzo boʻlish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara toʻlovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqishi uchun subsidiyalar olishda koʻmaklashish;
kreditlar va subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur oʻrgangan holda masʼul idora va tashkilotlarga oʻz tavsiyasini berish;
mahalladagi boʻsh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratish boʻyicha masʼul idora va tashkilotlarga takliflar kiritish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun ajratish va boshqalar) masʼul idora va tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish;
mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib borish;
hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining masʼul xodimlari (respublika vakillari) bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish.
Hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Hokim yordamchisining huquq va javobgarligi
5. Hokim yordamchisi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar boʻyicha quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining tuman (shahar) boʻlinmalari hamda masʼul idora va tashkilotlardan maʼlumotlar soʻrab olish;
oʻz vakolati doirasida seminarlar, koʻrgazmalar, uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar yuzasidan tuman (shahar) hokimligi va Markazga takliflar kiritish;
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishida mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlik olib borish;
davlat tomonidan imtiyozli kredit asosida loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha dastur loyihalarini shakllantirish jarayonida qatnashish;
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishida barcha vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari birinchi rahbarlaridan amaliy yordam soʻrash;
hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Hokim yordamchisi:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
mahallani rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqiladigan “yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash;
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman (shahar) hokimiga hamda Markazga maʼlumot kiritib borish;
“Onlayn mahalla” elektron platformasiga barcha maʼlumotlarni kiritib borish;
faoliyatining natijalari boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot berib borish;
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali ijrosi yuzasidan javobgar hisoblanadi.
4-bob. Hokim yordamchisi faoliyatini tashkil etish
7. Hokim yordamchisi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shuʼba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlaridan tayinlanadi.
8. Hokim yordamchisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
9. Hokim yordamchisi lavozimiga nomzodning intiluvchanligi, maqsadga yoʻnalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham qabul qilinishi mumkin.
10. Hokim yordamchisining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida toʻlab boriladi.
11. Hokim yordamchisiga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, yetishmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan kompensatsiya qilib boriladi.
12. Hokim yordamchisi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan kerakli mebel bilan jihozlangan alohida xona, internet tarmogʻiga ulangan kompyuter jamlamasi bilan taʼminlanadi.
13. Faoliyati davomida yuqori samaradorlik koʻrsatkichlariga erishgan hokim yordamchisi “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
14. Mazkur Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qaroriga
4-ILOVA
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinda — Agentlik) tarkibida aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun subsidiya ajratish maqsadida tashkil etilgan.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmasdan respublika va mahalliy darajada tuziladigan davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi.
4. Respublika va mahalliy darajada tashkil etilgan Jamgʻarmaning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Gʻaznachiligi boshqarmalari tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar;
ijtimoiy soliq tushumlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan har yili ajratiladigan transfertlar;
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushgan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari bilan (keyingi oʻrinlarda — Agentlikning hududiy boshqarmalari) yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha, sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha subsidiyalar ajratish;
ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiyalar ajratish;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratish;
“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratish;
2022-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmagan miqdorda bir martalik subsidiya ajratish;
tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha, xotin-qizlarga 10 million soʻmgacha subsidiyalar ajratish;
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun uch oy davomida toʻlab beriladigan subsidiya — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha etib belgilash va uch oyga teng taqsimlangan holda har bir oy uchun toʻlab borish;
hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun aʼzolik badali miqdorida subsidiya ajratish;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni toʻlashda bir martalik subsidiyalar berish;
“usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki bararvaridan kam boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratish;
shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga — internet saytlarini tashkil etish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratish;
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan dasturiy taʼminot ishlab chiqish;
Agentlik xodimlarining mamlakat ichida va tashqarisiga xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan xalqaro va milliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va treninglar oʻtkazish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, xorijiy hukumatlar, davlat organlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Agentlik xodimlarini xorijga yuborish, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va milliy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Agentlik xodimlarini hamda uning hududiy boshqarmalari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushgan daromadlarini yoʻnaltirish.
Jamgʻarma mablagʻlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.
7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan subdiyalar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining tavsiyasi asosida beriladi.
8. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun Agentlik:
Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida ijtimoiy soliqdan tushgan tushumlar boʻyicha mablagʻlarning jamlanishini;
aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun subsidiya qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqish va toʻlanishini;
Jamgʻarmaning moliyaviy holati muntazam tahlil qilinishi va prognozlashtirilishini, shuningdek, uning moliyaviy barqarorligini qoʻllab-quvvatlash uchun ogohlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini;
ijtimoiy soliq tushumlari hajmini belgilash toʻgʻrisida takliflar tayyorlanishini;
kelgusi davrga moʻljallangan budjet soʻrovi ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilishini;
Jamgʻarmaning keyingi yilga moʻljallangan daromad manbalari va mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha prognoz loyihasi ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
9. Agentlik jamgʻarmasining davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar, ijtimoiy soliqdan tushgan ajratmalar va boshqa manbalar hisobiga shakllanadigan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi hamda Agentlik tomonidan mahalliy darajada tashkil etilgan Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hududiy boshqarmalarning talabnomalari asosida har chorakda moliyalashtirib boriladi.
10. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan tasdiqlangan Jamgʻarma budjetining asosiy parametrlarini olganidan keyin, Jamgʻarmaning tushumlar manbalari mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha xarajatlarning smetalarini bir hafta muddatda tasdiqlaydi va ushbu tasdiqlangan smeta doirasida xarajatlarni amalga oshiradi.
11. Hududiy boshqarmalarning talabnomalari mavjud boʻlmaganda jamgʻarmaning mavjud boʻsh mablagʻlari tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi.
12. Zarur hollarda, mahalliy darajada tashkil etilgan Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi Agentlik qarori bilan keyinchalik taqsimlash uchun respublika darajasiga yoʻnaltirilishi mumkin.
13. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
3-bob. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi
14. Quyidagilar Jamgʻarmaning ijro etuvchi organlari hisoblanadi:
respublika darajasida — Agentlikning Aholi va tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak berishni muvofiqlashtirish boshqarmasi;
hududiy darajada — Aholi va tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak berishni muvofiqlashtirish boʻlimi.
15. Ijro etuvchi organ:
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha prognozni va hisobot balanslarini belgilangan tartibda shakllantiradi;
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini ijro etish boʻyicha hisob va hisobot yuritilishini taʼminlaydi, Jamgʻarma mablagʻlari taqsimlovchi tomonidan tasdiqlandan soʻng hisobotni tegishli moliya organlariga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Jamgʻarma moliya hisobotining ishonchliligini taʼminlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari boʻyicha izohlar beradi.
4-bob. Jamgʻarmaning tushumini va mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish hamda javobgarlik
16. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiyan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
17. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qaroriga
5-ILOVA
“Onlayn mahalla” elektron platformasiga maʼlumotlar bazasi integratsiya qilinadigan hamda ushbu integratsiyalashgan tizimdan real vaqt rejimida (onlayn) foydalana oladigan davlat organlari va tashkilotlarining
ROʻYXATI

T/r

Vazirlik va idoralar nomi

Integratsiya qilinadigan maʼlumotlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1. Ish bilan taʼminlangan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlar

2. Ishsizlik roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlar

3. Kasb-hunarga oʻqitilgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlar

4. Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilgandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlar

5. Hududlardagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot.

6. Tashqi va ichki mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar.

7. Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan subsidiya olganlar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar toʻgʻrisida maʼlumotlar

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

1. “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan kreditlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

2. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan kreditlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

3. Hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha ajratilgan kreditlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

4. Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan kreditlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

5. Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan kreditlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

7.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Aholi tasarrufidagi tomorqa yerlari va ulardan oqilona foydalanish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

1. Boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

2. Ijaraga beriladigan transport, asosiy vositalar va yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

“E-AUKSION” elektron savdo platformasiga kiritilgan koʻchmas mulk, avtotransport, maxsus texnikalar va yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

1. Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2. Oʻz oʻzini band qilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Mulkdorlarga tegishli bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va bitiruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilar va bitiruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Jismoniy yoki yuridik shaxslar nomidagi qishloq xoʻjaligi texnikalari haqida maʼlumotlar

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari uchun toʻlovlar, shuningdek, pensiya va nafaqa tayinlanganlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

16.

“Hunarmand” uyushmasi

Hunarmandlar va shogirdlarga ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 320-modda):
10-bandning 2-kichik bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-ilovaning 8-bandda:
yigirma yettinchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oʻttizinchi — oʻttiz toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yigirma yettinchi — oʻttiz oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻttizinchi — oʻttiz oltinchi xatboshilar tegishincha yigirma toʻqqizinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisidagi, 16-bandning yigirma birinchi xatboshisidagi “qabulxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalaridan” soʻzlari “qabulxonasidan” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovaning 1-ilovasi 17-pozitsiyasining “Maʼlumotlarni kiritish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan Bandixon tumani hokimligining tashkiliy masalalari hamda 2020-2022-yillarda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi 58-son qarorining 1-ilovasidan 15-pozitsiya chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning 16-bandi yigirma uchinchi xatboshi va 17-bandi yigirma birinchi xatboshisidagi “qabulxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalaridan” soʻzlari “qabulxonasidan” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 904-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 09/25/904/0005-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyati tarkibida Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-sentabrdagi 584-son qarorining 2-ilovasidan 20-pozitsiya chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida davlatobod tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 12-noyabrdagi 718-son qarorining 2-ilovasidan 20-pozitsiya chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qarori bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxati 70-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

70.

Bugʻ qozonlari, markaziy isitish qozonlari, gazgeneratorlar yoki tozalash qurilmalari bilan yoki ularsiz suvli gaz generatorlari; atsitelenli gazgeneratorlari va tozalash uskunalari bilan yoki ularsiz shunga oʻxshash gaz generatorlari; ichki yonish dvigatellari turboreaktiv gidroturbinalar, kuch qurilmalari, suyuqlik va havo nasoslari, kompressorlar, havo tortish ventilyatorlari va shkaflari, havoni konditsionerlash uchun qurilmalar, yoqish gorelkalari, sanoat yoki laboratoriya pechkalari va kameralari, sovitgichlar va muzlatgichlar, sterilizatorlar, distillyatorlar (elektr va elektr boʻlmagan isitish bilan sanoat yoki laboratoriya mashinalari, uskunalari), markazga intilma quritgichlar bilan sentrifugalar; suyuqliklar yoki gazlarni filtrlash va tozalash uchun uskunalar va qurilmalar, idish-tovoq yuvish mashinalari; butilkalar ki boshqa sigʻimlarni yuvish yoki quritish uchun uskunalar; butilkalar, bankalar, yashiklarni, qoplarni yoki boshqa sigʻimlarni yopish, toʻldirish, tiqinlash uchun uskunalar, ularni tamgʻalash yoki etiketkalash uchun; butilkalar, bankalar, tubiklar va shunga oʻxshash sigʻimlarni qalpoqlar yoki qopqoqlar bilan zichlab tiqinlash uchun uskunalar; qadoqlash yoki tiqinlash uchun uskunalar (termik siqish yoʻli bilan mahsulotlarni oʻrash uchun ishlatiladigan uskunalar); ichimliklarni gazlantirish uchun uskunalar: (oldin foydalanilgan, kemalar va fuqarolik aviatsiyasida ishlatiladiganlaridan tashqari), mahsulotlarni tortish uchun uskunalar; suyuqliklar yoki kukunlarni supurish, sepish yoki sochish uchun mexanik qurilmalar (qoʻlda boshqarish yoki usiz); oʻqlangan yoki oʻqlanmagan oʻt oʻchirgichlar; pulverizatorlar va shunga oʻxshash uskunalar; bugʻoqimli yoki qumoqimli va shunga oʻxshash uskunalar: koʻtarish talilari va koʻtargichlar, turli xildagi koʻtarish kranlari, avtoyuklagichlar, yuklarni koʻchirish uchun mashinalar va uskunalar, qishloq xoʻjaligi va avtoyoʻl texnikasi, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va ovqat tayyorlash uchun qurilmalar va apparatlar (inkubatorlardan tashqari), toʻquvchilik stanoklari, nusxa olish-koʻpaytirish mashinalari, savdo avtomatlari

8402 11 000 — 8402 20000 9 (8402 11 000 1, 8402 12 000 1,8402 19 100 1, 8402 19 900 1,

8402 20 000 1 dan tashqari),

8403 10, 8405 10 000 0,

8407* (8407 10 000 0, 8407 21,

8407 34 100 0, 840734300,

8407 90 500 0 dan tashqari),

8410 11 000 0, 8410 12 000 0,

8410 13 000 0, 8412 10-8412 80,

8413 11 000 0 — 8413 81 000 0

(8413 20000 0, 8413 30 200 1,

8413 30 800 1dan tashqari),

8414 10 — 8414 80 (8414 30 200 1,

8414 30 810 1, 8414 30 810 5, 8414 30 890 1,

8414 80 110 0, 8414 80 190 0 dan tashqari),

8415 10 — 8415 83 0000 (8415 20 000 1 dan tashqari),

8416 10 — 8416 20 800 0,

8417 10 000 0*-8417 80 700 0*,

8418 10 — 8418 69 000,

8419 11 000 0 — 8419 89,

8421 11 000 0 — 8421 39,

8422 11 000 0 — 8422 40 000 8,

8423* — 8424 89 000 9* (8423 90 ehtiyot qismlaridan tashqari),

8425 — 8430 (8425 39 000 2 dan tashqari) (bunda 8426;

8428 20 800 1; 8428 33 000 0; 8428 90);

8432 10 000 0* — 8432 80 000 0*,

8433 11 — 8433 60 000 0

(bunda 8433 30 000 0;

8433 40 000;

8433 51 000; 8433 52 000 0;

8433 59; 8433 60 000 0),

8434 10 000 0, 8434 20 000 0,

8435 10 000 0,

8436 10 0000 — 8436 80 900 0

(8436 21 000 0 dan tashqari),

8437 10 000 0, 8437 80 000 0,

8438 10 — 8438 80 990 0,

8439 10 000 — 8439 30 000 0*,

8440 10* — 8440 10 900 0*,

8443 31* — 8443 39 390 0* (8443 32100 dan tashqari),

8444 00* — 8447 90 000 9*,

8450 11 — 8450 20 000 0,

8452 10 — 8452 29 000 0 (faqat dvigatelli mashinalar),

8471 30 000 0, 8471 41 000 0,

8471 49 000 0, 8471 50 000 0

8472 10 000 0,

8476 21 000 0 — 8476 89 000 0,

8481 10 050 0 — 8481 80 990 7

”.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarorida:
a) 1-ilovaning 18-bandi 22-kichik bandidagi, 19-bandi 21-kichik bandidagi, 20-bandi 18-kichik bandidagi “qabulxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalaridan” soʻzlari “qabulxonasidan” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 24-bandi 20-kichik bandidagi, 25-bandi 22-kichik bandidagi, 26-bandi 19-kichik bandidagi, 27-bandi 19-kichik bandidagi “qabulxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalaridan” soʻzlari “qabulxonasidan” soʻzi bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qarorining 6-bandidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 258-son qarorining 1-ilovasidan “Xalq qabulxonalari” soʻzlaridan keyingi “, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-maydagi 293-son qarori 2-ilovasidan 15-pozitsiya chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “2021-2022-yillarda Namangan viloyatidagi mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-maydagi 305-son qarorining 4-bandidagi “Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimi orqali 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-iyundagi 337-son qarorida:
a) 5-banddagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadan 1.6-pozitsiya chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “vakolatli ofislarining” soʻzlari “boshqarmalarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
14-bandi birinchi xatboshisidagi “vakolatli ofislariga” soʻzlari “boshqarmalariga” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-bandi uchinchi xatboshisidagi “vakolatli ofislari” soʻzlari “boshqarmalari” soʻzi bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Jamgʻarma” soʻzi “vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Jamgʻarmaga” soʻzi “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi, oltinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “Jamgʻarma” soʻzi “vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Jamgʻarmadan” soʻzi “vakolatli davlat organidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovada:
2-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “vakolatli ofislariga” soʻzlari “boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga” soʻzlari “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14, 15 va 16-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Jamgʻarma” soʻzi “Vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Jamgʻarmadan” soʻzi “Vakolatli davlat organidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Jamgʻarma” soʻzi “vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-band beshinchi xatboshisidagi “Agentlik huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining” soʻzlari “vakolatli davlat organining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada:
2-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Agentlikka” soʻzi “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Agentlik” soʻzi “Vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Agentlikka” soʻzi “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Agentlik” soʻzi “vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Agentlikning” soʻzi “vakolatli davlat organining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 11, 15 va 17-bandlardagi “Jamgʻarma” soʻzi “vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Agentlikka” soʻzi “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Jamgʻarmaga” soʻzi “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada:
1-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqichda:
“Subyektlar” ustunidagi “Agentlik” soʻzi “Vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Agentlikning” soʻzi “vakolatli davlat organining” soʻzlari bilan almashtirilsin
3-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Agentlikka” soʻzi “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)” soʻzlari “Vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqich “Subyektlar” ustunidagi hamda 9-bosqich “Subyektlar” ustuni va “Tadbirlar” ustunidagi “Jamgʻarma” soʻzi “Vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Agentlikka” soʻzi “vakolatli davlat organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qarorida:
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari roʻyxatining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Nizomga ilovaning 37 — 39-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovaning Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari roʻyxatining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 6-ilovaning 9-bandi “e” kichik bandining oʻn oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa investitsiya banki ishtirokida “Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 31-avgustdagi 554-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 556-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlik va idoralar, tijorat banklari va boshqa tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishning maqsadli parametrlarida “Tashkilot nomi/yoʻnalishi” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
22. Vazirlar Mahkamasining “Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tizimini joriy qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-sentabrdagi 596-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 4-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 821-son qaroriga ilovaning 1 va 2-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-oktabrdagi 848-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-fevraldagi 77-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-martdagi 152-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 189-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 2021-yil 4-maydagi 276-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay ishlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-iyundagi 398-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 2-avgustdagi 482-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-oktabrdagi 631-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida tomorqachilikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi 798-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623; 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 03.01.2025-y., 09/25/904/0005-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)