Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ushbu bandni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar budjet mablagʻlaridan saqlanadigan xodimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, qolgan xodimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash boʻyicha razryadlar 4 — 6-ilovalarga muvofiq belgilansin.
Belgilansinki, mazkur qarorga asosan belgilangan mehnatga haq toʻlash tartibi davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq toʻlashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar amal qiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-fevral,
66-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisida

NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
2. Agentlik koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlovchi vakolatli respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) boʻysunadi.
3. Agentlik Davlat soliq qoʻmitasi tizimiga kiradi.
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasining qarorlariga (buyruqlariga) va Hayʼat qarorlariga amal qiladi.
5. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, xorijiy va xalqaro hamda nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga va bank hisobvaraqlariga egadir.
8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, qisqartirilgan nomi — Kadastr agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo po kadastru pri Gosudarstvennom nalogovom komitete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po kadastru;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Cadastre Agency under the State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Cadastre agency.
9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, “S” mavzesi, 100097.
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
Agentlikning tuman (shahar) boʻlimlari;
Davlat kadastrlari palatasi;
Respublika aerogeodeziya markazi;
Davlat kartografiya-geodeziya fondi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi;
“Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji;
Oldingi tahrirga qarang.
Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
11. Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Agentlikka boʻysunadi.
3-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulklarni koʻchmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish;
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son — 2021-yil 23-dekabrdan kuchga kiradi)
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish;
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini taʼminlash;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan davlat kadastr nazoratini amalga oshirish;
g) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
d) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
13. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida:
a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashda:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatining ustuvor rivojlanish yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish faoliyatini ilmiy-texnologik va metodik taʼminlashni tashkil etadi;
b) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadi va nazorat qiladi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga oʻtishi, cheklanishi, bekor boʻlishi va koʻchmas mulkka doir boshqa bitimlar toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini tashkil qiladi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning shaffof va ommaga ochiq tizimi ishlashini tashkil qiladi;
kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
kadastr muhandislari faoliyatini metodik qoʻllab-quvvatlaydi;
koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etadi;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi va metodik qoʻllab-quvvatlaydi;
v) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda:
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri yuritilishini tashkil etadi;
yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini taʼminlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band 1-kichik bandining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
yer fondi toifalarining yer turlari boʻyicha Milliy hisobot Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) kiritadi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash loyihalarini ishlab chiqadi;
yer fondi holatidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band 1-kichik bandining yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
er hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʻyicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil etadi;
foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlashni tashkil etadi;
g) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirishda:
erlardan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga qaratilgan yer nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratni amalga oshiradi;
yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni masofadan turib zondlashni, shuningdek, geodezik oʻlchov uskunalari yordamida yerlarni oʻrganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
kadastr yigʻmajildi (pasporti) belgilangan tartibda shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
2) geodeziya va kartografiya sohasida:
a) geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashda:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, xoʻjalik birlashmalarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi;
geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga doir talablarni belgilaydi;
b) aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirishda:
aerokosmik suratga olishga, topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa tekshiruvlarni hamda qidiruv ishlarini amalga oshiradi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek, ularni yaratish tartibini belgilaydi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi;
Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamik tadqiqotlarini amalga oshiradi;
sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yaratadi;
Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratadi, rivojlantiradi va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
Davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilaydi;
Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi;
umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid xaritalarni va boshqa mavzuli xaritalarni, shuningdek, tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslarni, kartografiya oʻquv qoʻllanmalarini yaratadi hamda nashr etadi;
geografik obyektlarning nomlarini belgilashni, meʼyorlashtirishni, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, ulardan foydalanishni va ularni saqlashni, shuningdek, Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritishni amalga oshiradi;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni bajaradi;
davlat boshqaruvi organlarini, xoʻjalik birlashmalarini, yuridik va jismoniy shaxslarni geodeziya, kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlaydi;
geodeziya, kartografiya va kadastrga oid ishlarni metrologik jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
geodezik va kartografiya sohasida qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni taʼmirlaydi, metrologik attestatsiyaga tayyorlaydi, ularni qiyoslashni amalga oshiradi;
texnik-oʻlchash vositalarini samarali joriy etishda asos boʻluvchi metrologik taʼminotga oid qiyoslash va taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni, shu jumladan, xaritalar va chegaralar chizigʻi tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari koordinatalarining katalogini tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini (keyingi oʻrinlarda — Davlat chegarasi) dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha chegaradosh davlatlar bilan muzokaralar jarayonida ishtirok etadi hamda ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan geodeziya, kartografiya va gidrografiyaga oid ishlarni amalga oshiradi, ular asosida materiallar (maʼlumotlar) tayyorlaydi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari boʻyicha aerokosmik suratlar, geodeziya maʼlumotlari, erni masofadan zondlash, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan taʼminlaydi;
Davlat chegarasi bilan bogʻliq arxiv materiallarini oʻrganishda ishtirok etadi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qiladi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini kelishib olish uchun xaritalar tayyorlaydi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda uni yuritadi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini va ularga doir talablarni tasdiqlaydi hamda navbatchi xaritalarni yuritadi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning qoʻshni chegaralari koʻrsatilgan xaritalarni kelishib olish uchun tayyorlaydi;
maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyida marza belgilari bilan belgilash boʻyicha yer tuzish, geodeziya va kartografiya ishlarini bajaradi;
uchuvchisiz uchish qurilmalarini, butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etadi, ulardan foydalanishda eng zamonaviy texnologiyalar va xorijiy tajriba joriy etilishini taʼminlaydi, shuningdek, uning funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etadi;
uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun konstruktiv elementlarni ishlab chiqarishni va dasturiy taʼminot yaratishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirishni tashkil etadi;
uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish sohasida sinov operator mutaxassislarini tayyorlaydi;
operatori boʻlmagan uchuvchisiz uchish qurilmalarini faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ega boʻlgan davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, iqtisodiyot tarmoqlaridagi boshqa tashkilotlarga operator bilan ijaraga beradi;
uchuvchisiz uchish qurilmalarini taʼmirlaydi va ularga texnik xizmatlar koʻrsatadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish qurilmalarini qoʻllash va ulardan foydalanishni metodik qoʻllab-quvvatlaydi;
uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarishda va foydalanishda eng yangi texnologiyalarni, shuningdek, xorijiy tajribani joriy etadi;
uchuvchisiz uchish qurilmalariga oʻrnatilgan aerofotokameralarning kalibrovka parametrlarini aniqlaydi;
geoaxborot tizimlari uchun yuqori pretsizion qurilmalar va butlovchi elementlarni ishlab chiqaradi;
iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish qurilmalarini qoʻllash va ulardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
v) davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritishda:
kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritadi;
davlat kartografiya-geodeziya fondi shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etadi;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning davlat hisobini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining navbatchi maʼlumotnoma tarzidagi xaritasini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini belgilash masalalari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlarni roʻyxatga olishni amalga oshiradi;
grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari va rejalarini yaratadi, yangilaydi hamda nashr etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi normalarini belgilaydi hamda ularning joylashgan erini aniqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining hisobini yuritadi;
g) davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda:
davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi;
geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini oladi, ularni aniqlaydi va bartaraf etadi;
geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
kartografiyaga doir materiallarda hamda boshqa hujjatlarda Davlat chegarasi va hududi toʻgʻri aks ettirilganligi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
geodeziya punktlarini hisobga oladi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlaridagi geodeziya punktlarining, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa geodeziya punktlarining but saqlanishi va ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari materiallarining (maʼlumotlarining) saqlanishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari davlat tizimlarining hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatori, mahalliy koordinatalar hamda boshqa koordinatalar tizimlarining qoʻllanilishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirilishi, shuningdek, mazkur subyektlarning ushbu fonddan olingan materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanishi ustidan nazorat qiladi;
geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlarga doir talablarni belgilaydi;
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazadi;
mahalliy koordinatalar tizimlarini belgilaydi va ulardan foydalanish tartibini aniqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq solish maqsadlarida yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik ishlari Agentlikning Respublika aerogeodeziya markazi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududlararo boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
(13-band 2-kichik bandining yetmishinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
3) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
a) davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashda:
davlat kadastrlarini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va taʼminlaydi;
davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
b) davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlari Milliy geoaxborot tizimiga taqdim etib borilishi monitoringini olib boradi;
davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur boʻlgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi;
v) Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrini yuritishda:
Davlat kadastrlari yagona tizimini va hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini taʼminlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yigʻish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda oʻzaro elektron axborot almashuvini taʼminlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geoaxborot tizimida shakllantiradi;
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, yuridik va jismoniy shaxslarga axborot taʼminoti va fazoviy maʼlumotlarni, shu jumladan, davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi axborotni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etadi;
geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-texnologik va metodik taʼminotini tashkil etadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi, Milliy geografik axborot tizimini yaratadi, yangilaydi va rivojlantirilishini tashkil etadi;
g) davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirishda:
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishi ustidan nazorat qiladi;
4) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish sohasida:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
mulkni roʻyxatdan oʻtkazish sohasiga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan baholarni oʻrganadi va tahlil qiladi;
mulkni roʻyxatdan oʻtkazish sohasiga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan baholarga sabab boʻlgan omillar va muammolarni kompleks oʻrganadi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mulkni roʻyxatdan oʻtkazish sohasiga oid xalqaro reyting va indekslarni tuzuvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyadi va hamkorlik qiladi;
5) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash sohasida:
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirilishini taʼminlaydi;
kadrlar zaxirasini yaratish, ularni qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtishini tashkil etadi, Agentlik va idoraviy mansub tashkilotlar, korxonalar va muassasalarda kadrlar tanlovini amalga oshirish va ularni joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi.
4-bob. Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
14. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
1) Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni kiritish;
2) oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
3) Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish;
5) davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga, shuningdek, jismoniy shaxslarga davlat kadastrlarini yuritish, davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar va koʻrsatmalar kiritish;
6) davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
7) davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga va jismoniy shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash;
8) Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallarini bosqichma-bosqich tugatish;
9) Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, uning tuman (shahar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalariga Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
10) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
11) malakali xorijiy mutaxassislarni, ularga istisno tariqasida Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy valyutada ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
12) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlik va Davlat kadastrlari palatasiga ishga jalb etish;
13) boshqa davlat organlari va mansabdor shaxslardan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, statistik maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
14) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, shuningdek, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini jalb etish;
15) tekshirish davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlarini, shuningdek, jismoniy shaxslarni chaqirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;
16) Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi, Davlat soliq qoʻmitasi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
17) Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida, hududiy boshqarmalar, Davlat kadastrlari palatasi va idoraviy mansub tashkilotlarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Agentlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish va ularni minimallashtirish hamda profilaktikasini amalga oshirish;
18) Agentlikning hududiy boshqarmalari, Davlat kadastrlari palatasi va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan pullik xizmat koʻrsatiladigan roʻyxat va tariflarni belgilash hamda tasdiqlash;
19) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
20) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish;
21) oʻz vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
22) Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
23) oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
24) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya va kartografiya, davlat kadastrlarini yuritish, yerlarning hisobini yuritish hamda davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarni tuzish;
25) Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va daʼvolarni kiritish;
26) oʻz vakolati doirasida geodeziya faoliyatini ruxsat etuvchi hujjat asosida amalga oshiradigan yuridik shaxslarga aniqlangan qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etishni yuklovchi koʻrsatmalar berish;
27) Agentlikning va uning idoraviy mansub tashkilotlarining davlatga tegishli mol-mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida tekin foydalanish huquqi asosida bir tarkibiy boʻlinmadan boshqa tarkibiy boʻlinmaga oʻtkazish;
28) Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan oʻz sohasida ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
29) davlat er, kadastr va geodeziya nazorati boʻyicha buyurtmanomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalarning muhokamasini tashkil etish va oʻtkazish;
30) oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
31) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqishda Davlat soliq qoʻmitasi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining hayʼat majlislarida ishtirok etish;
32) rieltorlik tashkilotlariga koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislarini intizomiy javobgarlikka tortish masalasini kiritish;
33) koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga malaka shahodatnomalarini berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish;
34) oʻz vakolati doirasida xorijiy davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va saqlash;
35) qonunchilikda belgilangan tartibda Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari jamgʻarmasini shakllantirish;
36) Agentlik xodimlarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
37) budjetdan tashqari mablagʻlarni hamda Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari depozit hisobvaraqlarida joylashgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlarida milliy va xorijiy valyutada joylashtirish. Bunda mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromad Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari budjetdan tashqari hisobvaraqlariga ushbu daromadlar moddiy-texnik bazani takomillashtirishga, ijtimoiy rivojlantirishga, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan holda oʻtkaziladi;
38) Agentlik faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tegishli tuzilmalarni tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash;
39) davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Agentlik:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, geodeziya va kartografiya, davlat kadastrlarini yuritish, yerlarni hisobga olish hamda davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
16. Agentlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
1) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
2) davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga, shuningdek, geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlariga hamda koʻchmas mulk obyektining mulkdorlariga (balansda saqlovchilariga) davlat kadastrlarini yuritish, davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
3) tegishli maʼlumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
4) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni davlat boshqaruvi organlaridan va tashkilotlaridan va ularning mansabdor shaxslaridan bepul soʻrash va olish;
5) Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirokida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish;
6) Agentlikning hududiy boshqarmalari, Davlat kadastrlari palatasi va hududiy boshqarmalari, shuningdek, Agentlikning idoraviy mansub boshqa tashkilotlari rahbarlariga tezkor hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
7) Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
8) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;
9) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qarorlari, buyruqlari va boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va tekshirish;
10) Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni ularning xohishiga koʻra hamda shartnoma asosida jalb etish;
11) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya va kartografiya, davlat kadastrlarini yuritish, yerlarning hisobini yuritish hamda davlat er, kadastr va geodeziya nazoratining yillik hamda istiqbolli rejalarini tasdiqlash va ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
12) sohada korrupsiya illatlarining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha choralar koʻrish;
13) Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
14) qonun hujjatlarida Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
15) Agentlikka yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini jalb etish;
16) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalarining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish.
Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
17. Agentlik markaziy apparati:
Agentlikning hududiy boshqarmalari, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya va kartografiya, yerlarning hisobini yuritish, davlat kadastrlarini yuritish hamda davlat er, kadastr va geodeziya nazoratini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha Agentlik boʻlimlarining faoliyatini tashkil etish;
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
5-bob. Agentlik rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
18. Quyidagilar Agentlik direktorining (keyingi oʻrinlarda — direktor) asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya va kartografiya, davlat kadastrlarini yuritish, yerlarning hisobini yuritish hamda davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilish holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Davlat soliq qoʻmitasi raisining topshiriqlarini bajarish;
5) oʻz oʻrinbosarlari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
6) Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya va kartografiya, davlat kadastrlarini yuritish, yerlarning hisobini yuritish hamda davlat er, kadastr va geodeziya nazorati sohalarini rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
8) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
9) Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
11) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq Agentlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
12) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
13) oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish;
14) Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
15) oʻz oʻrinbosarlarining faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy oʻrganish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
16) Agentlikning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
17) Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
18) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
19) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
20) Agentlik ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
21) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
22) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
(18-bandning 22-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
23) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
24) Agentlik tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomni, lavozim yoʻriqnomalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning nizom, tuzilma va ustavlarini hamda Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
(18-bandning 24-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25) Agentlik markaziy apparati xodimlarini (direktor oʻrinbosarlari, Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, uning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi raisi va oʻrinbosarlaridan tashqari) tayinlash, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari boshliqlari, Respublika aerogeodeziya markazi direktori, Davlat kartografiya-geodeziya fondi boshligʻi, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, “Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK rahbari, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji direktori hamda Agentlik tizimidagi tashkilotlarning komplaens-nazorat xizmati xodimlarini Davlat soliq qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
(18-bandning 25-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
26) Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, uning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi raisi va oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi raisiga tavsiyanoma kiritish;
27) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
28) xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarining shtatlar jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar va muassasalarning shtatlar jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash;
29) Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, uning tuman (shahar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, shuningdek, Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni Davlat soliq qoʻmitasi raisiga kiritish;
30) Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Davlat soliq qoʻmitasi raisiga kiritish;
31) Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish boʻyicha takliflarni Davlat soliq qoʻmitasi raisiga kiritish;
32) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlik va Davlat kadastrlari palatasiga ishga jalb etish boʻyicha takliflarni Davlat soliq qoʻmitasi raisiga kiritish;
33) Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan buyruqlari va qarorlarini (koʻrsatmalarini) bekor qilish;
34) alohida oʻzini koʻrsatgan xodimlarni ularga davlat mukofotlari berish uchun ularning nomzodlarini belgilangan tartibda taqdim etish;
35) Agentlik faoliyatiga oid sohalarda xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
19. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) direktor vaqtincha boʻlmaganda direktorning buyrugʻi asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
8) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati, Davlat soliq qoʻmitasi raisi va Agentlik direktorining qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Agentlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda direktorning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
11) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish va boʻlish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
14) Agentlik faoliyatiga oid tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish hamda ushbu sohalardagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
16) Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
17) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) Agentlik faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni direktorga kiritish;
19) davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilishi sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
20) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
21) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
(19-bandning 21-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
22) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
20. Quyidagilar Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) tegishli tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi chora-tadbirlarini koʻrish;
6) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasi raisi hamda direktor va uning oʻrinbosarlari qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati sohasiga oid masalalar boʻyicha amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktorning mutasaddilik qilinadigan oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Agentlik rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish va boʻlish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
14) Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
15) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
16) soha faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
(20-bandning 18-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
19) davlat siri sirasiga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
21. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
22. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Ushbu Nizomning 15-bandida tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
23. Direktor oʻrinbosarlari:
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
24. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;
Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
25. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining javobgarligi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Agentlik rahbariyati
26. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Agentlik direktori Davlat soliq qoʻmitasi raisining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Agentlik direktori Davlat soliq qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar maslahatchiga ega boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Agentlik direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari Agentlik direktorining buyrugʻi bilan uning oʻrinbosarlaridan biriga yuklatiladi.
Agentlik direktori, uning oʻrinbosarlari maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish boʻyicha tegishli ravishda vazirga, vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Agentlik direktorining maslahatchilari mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra Agentlik direktorining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
29. Direktor lavozimi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati tarkibiga kiritiladi.
2-§. Agentlikning Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi
30. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari hamda Davlat soliq qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
31. Agentlikning Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi bevosita Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari tomonidan taʼminlanadi.
32. Agentlikning Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Davlat soliq qoʻmitasi raisining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar rais oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Agentlikning boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
33. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-§. Agentlikning hayʼati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari
34. Agentlikda Agentlik direktori (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, uning faoliyati asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
341. Agentlikda uning asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlik direktori oʻrinbosari (kengash raisi), Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat Tarmoq ilmiy-texnik kengashi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
35. Tarmoq ilmiy-texnik kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
36. Agentlikda Agentlik direktorining buyrugʻi bilan kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
Agentlikda tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(7-bobning 4-paragrafi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
37. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
38. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
39. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
40. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalar, uzoq muddat xizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan, ragʻbatlantirish toʻlovlari, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlaridan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
41. Agentlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar direktor tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari hamda Davlat kartografiya-geodeziya fondi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
43. Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiradi:
Agentlik organlari tomonidan koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarga asosan undiriladigan jarimalarning 100 foizi;
fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarda oʻz vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻimning 10 foizi;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlarning 10 foizi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
44. Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan:
Agentlikni, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejini moddiy-texnik taʼminlash;
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining binolarini qurish hamda binolar va asbob-uskunalarni taʼmirlash va qayta taʼmirlash;
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun uy-joy qurish, sanatoriy-kurortda davolanish va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondi xodimlarining lavozim maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi boʻyicha 1,7 baravar miqdorida koeffitsiyent qoʻllanilgandagi xarajatlar;
(44-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondi xodimlariga ustamalar, martaba darajalari va uzoq muddat xizmati uchun qoʻshimcha haq toʻlash;
(44-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash;
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar toʻlash;
Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga asosan va erishilgan yakuniy natijalardan kelib chiqib mukofotlash;
xizmat vazifalarini bajarish chogʻidagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarni bajarishlarini, bilimlari darajasini, ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan oʻtkazish asosida belgilanadigan maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar;
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji xodimlarining malakasini oshirish, ularni oʻqitish va stajirovka oʻtishini, shu jumladan, ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi;
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;
(44-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini saqlab turish, shuningdek Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish;
(44-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish, shuningdek, davlat yer nazoratini amalga oshirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji hamda idoraviy mansub tashkilotlarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
(44-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
45. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining funksional vazifalarni bajarish, bilim darajasi, ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlarini test sinovidan oʻtkazish natijalari boʻyicha beriladigan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 50 foizgacha miqdorda maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni har yili test sinovidan oʻtkazish asosida qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va uning tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari hamda Davlat kartografiya-geodeziya fondining xodimlariga har oyda Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan uzoq muddat xizmati uchun (ish stajiga koʻra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga (lavozim maoshiga nisbatan ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)

Ish staji

Lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)

1 yildan 3 yilgacha

0,1

3 yildan 5 yilgacha

0,2

5 yildan 10 yilgacha

0,4

10 yildan 15 yilgacha

0,5

15 yil va undan ortiq

0,6

Oldingi tahrirga qarang.
47. Uzoq muddat xizmati uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik direktori tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tartibga muvofiq har oyda hisoblab chiqiladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
48. Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va umumiy foydalanish boʻyicha axborot tizimlarini joriy etish, dasturiy vositalar bilan taʼminlash hamda Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy ragʻbatlantirish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qoʻshimcha manba sifatida Agentlikning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy organlari hamda tizimga kiruvchi tashkilotlarning jami bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorida ajratmalar oʻtkazishi hisobiga shakllantiriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Agentlik boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddat xizmati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
10-bob. Agentlikning hisobot berishi
51. Direktor muntazam ravishda Agentlikning faoliyati toʻgʻrisida Davlat soliq qoʻmitasiga hisobot beradi.
52. Davlat soliq qoʻmitasi Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
53. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga

2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
2. Davlat kadastrlari palatasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishni amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi vakolatli organ hisoblanadi va oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) boʻysunadi.
3. Davlat kadastrlari palatasi Kadastr agentligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
4. Davlat kadastrlari palatasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) va Kadastr agentligining qarorlari va buyruqlariga amal qiladi.
5. Davlat kadastrlari palatasi oʻz faoliyatini Davlat soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi va ularning boʻlinmalari, shu jumladan, ularning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, xorijiy va xalqaro hamda nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Davlat kadastrlari palatasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, buyruqlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar), tuman (shahar) filiallari va ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish komissiyalari tashkil etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
7. Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.
8. Davlat kadastrlari palatasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi, qisqartirilgan nomi — Davlat kadastrlari palatasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Palata gosudarstvennix kadastrov Agentstva po kadastru pri Gosudarstvennom nalogovom komitete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Palata gosudarstvennix kadastrov;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi — Chamber of State Cadastres of the Cadastral Agency under the State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Chamber of State Cadastres.
2-bob. Davlat kadastrlari palatasining tuzilmasi
9. Davlat kadastrlari palatasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati;
Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari.
3-bob. Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
davlat kadastrlarini yuritish;
geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
11. Davlat kadastrlari palatasi oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadi;
(11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Milliy geoaxborot tizimi) davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini taʼminlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
yer fondi toifalarining yer turlari boʻyicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini amalga oshiradi;
yer fondi holatidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
er hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʻyicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi;
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga oʻtishi, cheklanishi, bekor boʻlishi va koʻchmas mulkka doir boshqa bitimlar toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini (pasportini) tayyorlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishda teng sharoitlar yaratadi;
kadastr muhandislari va roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning reyestrini yuritadi;
koʻchmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda Davlat kadastrlari palatasining tarkibiy tuzilmalari hamda kadastr muhandislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini amalga oshiradi;
koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritadi;
koʻchmas mulk obyektlariga obyektning geografik bogʻliqligini taʼminlovchi geokodlar beradi;
respublika darajasida koʻchmas mulk obyektlari geokodlari koʻrsatilgan holda elektron kartalarni shakllantiradi;
koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridan maʼlumotlar beradi;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmalar beradi;
foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlaydi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumotlarning shaffofligi va ochiqligini taʼminlovchi axborot tizimini yaratadi, qoʻllab-quvvatlaydi va rivojlantiradi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning shaffof va ommaga ochiq tizimining ishlashini taʼminlaydi;
kadastr muhandislari faoliyatini metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini, Milliy geoaxborot tizimini, Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Integratsion axborot tizimi) yaratadi, yangilaydi va rivojlantirishni tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestri, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri samarali yuritilishini taʼminlaydi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-tadqiqot va metodik taʼminotini tashkil etadi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat yordami va axborot beradi;
koʻchmas mulk obyektlari kadastr hujjatlarining arxiv hujjatlarini raqamlashtirilgan holda yuritadi;
b) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi va hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini taʼminlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geoaxborot tizimida shakllantiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlari Milliy geoaxborot tizimiga taqdim etib borilishi monitoringini olib boradi;
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan soha faoliyatiga oid axborotlarni yigʻish, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash va yangilash yoʻli bilan Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
Milliy geoaxborot tizimini yuritadi;
Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining bazaviy fazoviy maʼlumotlar banki, maxsus fazoviy maʼlumotlar va metamaʼlumotlar bazalari shakllantirilishini amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro elektron aloqalar orqali geofazoviy maʼlumotlar almashinuvini amalga oshiradi;
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, yuridik va jismoniy shaxslarga axborot taʼminoti va fazoviy maʼlumotlarni, shu jumladan, davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi axborotni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etadi;
koʻchmas mulkka oid geoportallarni yaratadi, yuritadi va qoʻllab-quvvatlaydi;
kadastr muhandislariga geoaxborot tizimlari orqali ishlash va davlat kadastrlari yagona tizimi maʼlumotlaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratadi;
doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻini boshqarish, ular monitoringi va takomillashtirilishini amalga oshiradi;
geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiradi;
davlat va maxsus geoaxborot tizimlarini ishlab chiqadi;
geofazoviy maʼlumotlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat beradi;
geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-tadqiqot va metodik taʼminotini tashkil etadi;
v) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat kadastrlarini yuritish va geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va qatnashadi.
Davlat kadastrlari palatasi qonun hujjatlarga muvofiq boshqa funksiyalarga ham ega boʻlishi mumkin.
2-§. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari bilan birgalikda Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
2) xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, hududlar davlat kadastrini yuritish, kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda Davlat kadastrlar palatasi sohasiga oid davlat xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishni tashkil etish va ularni koʻrsatish sifati monitoringini olib borish;
(12-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
3) Davlat kadastrlari palatasi, shu jumladan, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
4) axborot tizimlarini yaratish, uni texnik taʼminlash va yuritish;
5) Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalarga muvofiq soha faoliyatini rivojlantirishning rejalarini ishlab chiqish, kutilayotgan istiqboldagi va joriy koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining faoliyatini tashkil etish;
6) Kadastr agentligi tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) va Adliya vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Kadastr agentligiga kiritiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash;
7) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
8) kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishda teng sharoitlar yaratish;
9) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
13. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat kadastrlarini yuritish, geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanishdagi texnologiyalar va jarayonlarni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
2) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlaydi;
3) Kadastr agentligi direktorining qarorlari va buyruqlari hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining buyruqlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilishini taʼminlaydi;
4) Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiradigan tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shugʻullanadi;
5) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati monitoringini olib boradi, nazorat va tahlil qiladi;
6) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini taʼminlaydi;
7) sohaga oid davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahat yordami beradi;
8) Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
9) hududiy boshqarmalar hamda ularning tuman (shahar) filiallarini moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi;
10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
11) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat kadastrlarini yuritish va geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
3-§. Hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Davlat kadastrlar palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
2) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
3) hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etish va amalga oshirish;
4) foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlash.
15. Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining qarorlari, buyruqlari ijrosini taʼminlaydi;
2) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
3) yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni Milliy geoaxborot tizimida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlaydi;
4) yuridik va jismoniy shaxslarga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmalar beradi;
5) koʻchmas mulk obyektlariga obyektning geografik bogʻliqligini taʼminlovchi geokodlar beradi;
6) viloyat, tuman (shahar) darajasida koʻchmas mulk obyektlari geokodlari koʻrsatilgan holda elektron kartalarni shakllantiradi;
7) koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridan maʼlumotlar beradi;
8) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat yordamini koʻrsatadi va axborot beradi;
9) bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi;
10) hududlar davlat kadastrini yuritilishini taʼminlaydi;
11) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi;
12) kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatilishini tashkil etadi;
13) tuman (shahar) filiallarining faoliyatini boshqaradi, nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
14) kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishda teng sharoitlar yaratadi;
15) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
16) hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
17) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hududlar kadastrini yuritish, shuningdek, hududiy boshqarmalar va ularning tuman (shahar) filiallari faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
18) kadastr muhandislari tomonidan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan tayyorlangan elektron kadastr yigʻmajildini axborot tizimi orqali qabul qiladi hamda geoaxborot tizimlarida hisobini yuritadi;
19) yer uchastkasining chegarasini chizmalarda qayd etadi va naturada (joyning oʻzida) belgilaydi;
20) yer uchastkalarini belgilangan tartibda boʻlish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
21) yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil qiladi;
22) foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
23) yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini taʼminlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirilishini taʼminlaydi;
24) yer fondi toifalarining yer turlari boʻyicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini taʼminlaydi;
25) yer fondi holatidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga oshirilishini taʼminlaydi;
26) yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini taʼminlaydi;
27) har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʻyicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirilishini taʼminlaydi;
28) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda hududlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va axborotlarni tuman (shahar) filiallari tomonidan Integratsion axborot tizimiga kiritish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan 23 — 28-kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
4-§. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari va funksiyalari
16. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlari koʻrsatish;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash.
17. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
koʻchmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan qatʼiy nazar, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlari koʻrsatadi;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda hududlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
yer uchastkasining chegarasini chizmalarda qayd etadi va naturada (joyning oʻzida) belgilaydi;
yer uchastkalarining chegaralariga aniqlik kiritadi, yer uchastkalarini boʻlish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi;
Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat va tariflarga muvofiq qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini taʼminlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirilishini taʼminlaydi;
yer fondi toifalarining yer turlari boʻyicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini taʼminlaydi;
yer fondi holatidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga oshirilishini taʼminlaydi;
er hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini taʼminlaydi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʻyicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirilishini taʼminlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
4-bob. Davlat kadastrlari palatasi va uning tuzilmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Davlat kadastrlari palatasining huquqlari va javobgarligi
18. Davlat kadastrlari palatasi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va Kadastr agentligiga kiritish;
2) Davlat kadastrlari palatasi vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
3) Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalariga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligiga kiritish;
4) Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
5) malakali xorijiy mutaxassislarni ularga istisno tariqasida Davlat kadastrlari palatasining mablagʻlari hisobidan xorijiy valyutada ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
6) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Davlat kadastrlari palatasiga ishga jalb qilish;
7) davlat organlari va mansabdor shaxslardan Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, statistik maʼlumotlarni soʻrash va tekin olish;
8) Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshirigʻiga (taqdimnomasiga) muvofiq tekshirishlar oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, shuningdek, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek, davlatning boshqa tashkilotlari vakillarini chaqirish va jalb etish;
9) Davlat kadastrlari palatasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Kadastr agentligiga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
10) Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarida komplaens-nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish va ularni minimallashtirish hamda profilaktikasini amalga oshirish;
11) Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan pullik xizmat koʻrsatiladigan roʻyxat va tariflarni belgilash boʻyicha takliflarni Kadastr agentligiga kiritish;
12) Kadastr agentligi bilan kelishgan holda Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish, idoralararo xususiyatiga ega boʻlgan xalqaro shartnomalarni tuzish;
13) Kadastr agentligi bilan kelishgan holda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan Davlat kadastrlari palatasining vakolati doirasida hamkorlik qilish;
14) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
15) oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
16) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarni tuzish;
17) Davlat kadastrlari palatasining vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va daʼvolarni kiritish;
18) Davlat kadastrlari palatasining hamda hududiy boshqarmalarning mol-mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan bir tarkibiy boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga oʻtkazish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligiga kiritish;
19) Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan oʻz sohasida ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish;
20) kadastr muhandislarini intizomiy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni vakolatli organlarga kiritish;
21) kadastr muhandislariga berilgan malaka shahodatnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish;
22) Davlat kadastrlari palatasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
23) Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallarini bosqichma-bosqich tugatib borish haqidagi takliflarni Kadastr agentligi rahbariyatiga kiritish;
24) davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish;
25) koʻchmas mulk boʻlgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni hududiy boshqarmalar koʻchmas mulk obyekti boʻyicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflarga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga notoʻgʻri axborot kiritish oqibatida koʻrgan zararlarni sugʻurtalash orqali qoplash ishlarini amalga oshirish.
Davlat kadastrlari palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Davlat kadastrlari palatasi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishni samarali amalga oshirish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Davlat kadastrlari palatasi tarkibiy boʻlinmalarining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha ishlarning tashkil etilishi;
Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga oid ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
2-§. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
20. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
2) tegishli maʼlumotlar bazalariga, davlat axborot tizimlariga va davlat organlarining axborot resurslariga belgilangan tartibda kirish huquqini olish;
3) yuridik va jismoniy shaxslarga qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha takliflarni Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;
4) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yaratish;
5) oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda qatnashish;
6) Davlat kadastrlari palatasining vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
7) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari boshliqlari ishtirokida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasini takomillashtirish masalalari boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish;
8) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari boshliqlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
9) Davlat kadastrlari palatasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda vakillarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
10) hududiy boshqarmalarning qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va tekshirish;
11) sohada korrupsiya illatlarining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha choralar koʻrish;
12) kadastr muhandislari faoliyatini metodik qoʻllab-quvvatlash;
13) kadastr muhandislarining faoliyati davomida bajarilgan ishlari boʻyicha hisobotlarini yoritib borish;
14) kadastr muhandislari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar boʻyicha Kadastr agentligi tarkibidagi komissiyaga taqdimnomalar kiritish.
Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi taʼminlanishi;
Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati boʻlinmalarining ishi tashkil etilishi;
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Kadastr agentligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi;
Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi;
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yaratilgan va saqlanadigan maʼlumotlar bazalari va shakllantirilgan maʼlumotlarning ishonchliligi;
davlat yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish taʼminlanishi;
kadastr muhandislarining faoliyatida geoaxborot tizimlarida ishlash, axborot tizimida shaxsiy kabinetlarga ega boʻlish va bajarilgan kadastr yigʻmajildi maʼlumotlari belgilangan tartibda davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritilishi taʼminlanishi;
kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishda teng sharoitlar yaratilishi;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
3-§. Hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi
22. Hududiy boshqarmalar oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan, shuningdek, davlat organlari hududiy boʻlinmalari va ularning mansabdor shaxslaridan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni soʻrash va tekin olish;
2) koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha qoʻshimcha xizmatlarni kiritish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hududlar davlat kadastrini yuritish, kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha taklif kiritish;
3) tegishli maʼlumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
4) tuman (shahar) filiallari boshliqlari ishtirokida kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish masalalari boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish;
5) tuman (shahar) filiallarining koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatini oʻrganish;
6) koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini sifatli tayyorlash davlat xizmatini koʻrsatish masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
23. Hududiy boshqarmalar:
1) Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
2) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hududlar davlat kadastri yuritish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritilishini samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
(23-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
3) tuman (shahar) filiallari tomonidan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini taʼminlash;
4) kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlari koʻrsatishda teng sharoitlar yaratish;
5) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari ishini tashkil qilish;
6) Davlat kadastrlari palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar, shuningdek, boshqa hujjatlarni sifatli tayyorlash;
7) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
8) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
5-bob. Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
24. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi raisining (keyingi oʻrinlarda — rais) asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
(24-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
2) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Kadastr agentligi direktori va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish;
5) oʻz oʻrinbosarlari va Davlat kadastrlari palatasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat kadastrlari palatasi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
6) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, shuningdek, soha faoliyatini rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib Davlat kadastrlari palatasi va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
8) Davlat kadastrlari palatasi va uning tizimidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni taʼminlash;
9) Davlat kadastrlari palatasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat kadastrlari palatasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Kadastr agentligining nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
11) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
12) Davlat kadastrlari palatasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) oʻz oʻrinbosarlarining faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy oʻrganish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
14) Davlat kadastrlari palatasining hududiy va tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
15) Davlat kadastrlari palatasi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini va Davlat kadastrlari palatasining boshqa mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni hal etish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
16) Davlat kadastrlari palatasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat kadastrlari palatasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
17) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) Davlat kadastrlari palatasi ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Davlat kadastrlari palatasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
(24-bandning 20-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
22) Davlat kadastrlari palatasi tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, lavozim yoʻriqnomalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomni hamda Davlat kadastrlari palatasining boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
23) Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati xodimlarini (Davlat kadastrlari palatasi raisining oʻrinbosarlari, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari boshliqlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalarining komplaens-nazorat xizmati xodimlaridan tashqari) lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
24) Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
25) xodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalarning shtatlar jadvalini, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi va uning tizimidagi tuzilmalar xarajatlar va daromadlar smetasini Kadastr agentligi direktoriga tasdiqlash uchun kiritish;
26) Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalarning tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligi direktoriga kiritish;
27) tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligi direktoriga kiritish;
28) Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligi direktoriga kiritish;
29) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Davlat kadastrlari palatasiga ishga jalb etish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligi direktoriga kiritish;
30) alohida oʻzini koʻrsatgan xodimlarni ularga davlat mukofotlari berish uchun ularning nomzodlarini belgilangan tartibda Kadastr agentligi direktoriga taqdim etish;
31) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga oid sohalarda xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro tadbirlarda Kadastr agentligi direktori bilan kelishgan holda ishtirok etish.
25. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Rais vaqtincha boʻlmaganda Raisning buyrugʻi asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Davlat kadastrlari palatasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Kadastr agentligining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Kadastr agentligi direktori hamda raisning oʻrinbosarlari qaror, buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
7) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Davlat kadastrlari palatasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
9) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati, Davlat soliq qoʻmitasi raisi va Davlat kadastr agentligi direktorining qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
10) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Davlat kadastrlari palatasi raisiga takliflar kiritish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat kadastrlari palatasining tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Kadastr agentligiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda raisning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
12) Davlat kadastrlari palatasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish va boʻlish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) Davlat kadastrlari palatasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
15) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga oid tegishli masalalar boʻyicha Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish hamda ushbu sohalarda qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Davlat kadastrlari palatasi raisiga kiritish;
16) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni raisga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
17) Davlat kadastrlari palatasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
18) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
19) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni raisga kiritish;
20) davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilishi sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
21) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
22) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
(25-bandning 22-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
23) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
26. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Kadastr agentligi direktori hamda rais va uning oʻrinbosarlari qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
3) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
4) tegishli tarkibiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
5) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Davlat kadastrlari palatasi tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi chora-tadbirlarini koʻrish;
7) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Kadastr agentligi direktori hamda rais va uning oʻrinbosarlari qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat kadastrlari palatasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati sohasiga oid masalalar boʻyicha amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
10) tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;
11) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda raisning mutasaddilik qilinadigan oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat kadastrlari palatasining tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Kadastr agentligiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish va boʻlish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
15) Davlat kadastrlari palatasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) soha faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflarni Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
(26-bandning 19-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
20) davlat siri sirasiga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
27. Quyidagilar hududiy boshqarmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Kadastr agentligi direktori hamda rais va uning oʻrinbosarlari qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
3) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
4) tegishli tarkibiy tuzilmalar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
5) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi chora-tadbirlarini koʻrish;
7) Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Kadastr agentligi direktori hamda rais va uning oʻrinbosarlari qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, ularning faoliyatiga oid masalalar boʻyicha amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
10) tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;
11) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda raisga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) hududiy boshqarmalarning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Davlat kadastrlari palatasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish va boʻlish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
15) xodimlarning odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) soha faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflarni Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
(27-bandning 19-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
20) davlat siri sirasiga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
6-bob. Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining javobgarligi
28. Davlat kadastrlari palatasi raisi:
Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
29. Rais oʻrinbosarlari:
Davlat kadastrlari palatasining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat kadastrlari palatasining mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
30. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbarlari:
tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
31. Hududiy boshqarmalar rahbarlari:
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini tashkil etish
1-§. Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati
32. Davlat kadastrlari palatasiga Kadastr agentligi direktori tavsiyasiga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Davlat kadastrlari palatasi raisi rahbarlik qiladi.
33. Davlat kadastrlari palatasi raisi Kadastr agentligi direktori tavsiyasiga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarlarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
34. Davlat kadastrlari palatasi raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari raisning buyrugʻi bilan uning oʻrinbosarlaridan biriga yuklanadi.
35. Davlat kadastrlari palatasi raisi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari boshliqlari lavozimiga tayinlash boʻyicha nomzodlarni Kadastr agentligi rahbariyatiga taqdim etadi.
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari boshliqlari lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish Kadastr agentligi direktori tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
2-§. Davlat kadastrlari palatasining Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
36. Davlat kadastrlari palatasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi, shuningdek, Kadastr agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va ularning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etadi.
37. Davlat kadastrlari palatasi:
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi bevosita Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari tomonidan;
Kadastr agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, uning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari, shuningdek, uning idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorligi bevosita rais va uning oʻrinbosarlari tomonidan taʼminlanadi.
38. Davlat kadastrlari palatasining Davlat soliq qoʻmitasi hamda Kadastr agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va ularning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Kadastr agentligi direktorining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar direktor oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita Kadastr agentligi direktori tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
3-§. Davlat kadastrlari palatasining boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
39. Davlat kadastrlari palatasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
8-bob. Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
40. Davlat kadastrlari palatasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
41. Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
42. Davlat kadastrlari palatasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Davlat kadastrlari palatasi rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Davlat kadastrlari palatasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
43. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalar, uzoq muddat xizmati uchun ustama haqlar, dam olish uchun toʻlovlar va bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlaridan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
44. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
45. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlar;
kadastr yigʻmajildini tayyorlashdan tushgan mablagʻlar;
Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan pullik xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan manbalar va koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlardan tushadigan mablagʻlar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqsimot qilinishi, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari oʻrtasida qayta taqsimot qilinishi mumkin hamda ushbu mablagʻlar hisobidan Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan belgilangan miqdorda Davlat kadastrlari palatasiga ajratmalar oʻtkaziladi.
(45-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
46. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha — ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va Davlat kadastrlari palatasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish — ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda Davlat kadastrlari palatasining mablagʻlari yetarli boʻlmaganda Kadastr agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
47. Ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalari hisobidan:
Davlat kadastrlari palatasini, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining binolarini qurish hamda binolar va asbob-uskunalarni taʼmirlash va qayta taʼmirlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun uy-joy qurish, sanatoriy-kurortda davolanish va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining lavozim maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi boʻyicha 1,7 baravar miqdorigacha koeffitsiyent qoʻllanilgandagi xarajatlar;
Davlat kadastrlari palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlariga ustamalar, martaba darajalari va uzoq muddat xizmati uchun qoʻshimcha haq toʻlash;
(47-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash;
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar toʻlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga asosan va erishilgan yakuniy natijalardan kelib chiqib mukofotlash;
xizmat vazifalarini bajarish chogʻidagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarni bajarishlarini, bilimlari darajasini, ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan oʻtkazish asosida belgilanadigan maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining malakasini oshirish, ularni oʻqitish va stajirovkadan oʻtashini, shu jumladan, ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi;
Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish hamda Davlat xizmatlarini koʻrsatishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
48. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining xodimlariga har oyda ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobiga umumiy ish staji uchun xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga (lavozim maoshiga nisbatan ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:

Ish staji boʻyicha guruh

Staj uchun ustama miqdori

1 yildan 3 yilgacha

10 foiz

3 yildan 5 yilgacha

20 foiz

5 yildan 10 yilgacha

40 foiz

10 yildan 15 yilgacha

50 foiz

15 yil va undan ortiq

60 foiz

49. Davlat kadastrlari palatasi xodimlarini qoʻshimcha tarzda ragʻbatlantirish Kadastr agentligi bilan kelishgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan har oydagi ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) faoliyati natijalari boʻyicha belgilangan rejada yuqori koʻrsatgichga erishgan xodimlar qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
491. Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmati, harbiy va maxsus unvonlari (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi.
(491-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
10-bob. Davlat kadastrlari palatasining hisobot berishi
50. Davlat kadastrlari palatasi muntazam ravishda oʻzining faoliyati toʻgʻrisida Kadastr agentligiga hisobot beradi.
51. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
52. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Davlat kadastrlari palatasining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
53. Davlat kadastrlari palatasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga

3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 529-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 733-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qarori)” 2018-yil 15-avgustdagi 663-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” 2019-yil 12-fevraldagi 117-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 2-son, 14-modda) ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” 2019-yil 10-dekabrdagi OʻRQ-591-son Qonuni)” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYaDLARI

Lavozim nomi

Razryadlar

Direktor

18

Direktor oʻrinbosari,

Matbuot kotibi,

Direktor maslahatchisi

17

Boshqarma boshligʻi

16

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

15

Boʻlim boshligʻi

14

Shuʼba boshligʻi*

Bosh yuriskonsult

13

Bosh mutaxassis,

Yetakchi yuriskonsult,

Direktor yordamchisi

12

Yetakchi mutaxassis

11

Rahbar kotibi

6

* Shuʼba boshligʻiga boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYaDLARI

Lavozim nomi

Razryadlar

Boshqarma boshligʻi

15

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari*

Boʻlim boshligʻi,

Bosh buxgalter

13

Shuʼba boshligʻi**

Bosh inspektor,

Bosh yuriskonsult

12

Bosh mutaxassis

11

* Boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga boshqarma boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda belgilanadi.
** Shuʼba boshligʻiga boʻlim boshligʻi stavkasidan 4% kam miqdorda belgilanadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYaDLARI

Lavozim nomi

Razryadlar

Boʻlim boshligʻi

13

Bosh inspektor

10

Yetakchi inspektor

9

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son; 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)