Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoni va 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-son qaroriga muvofiq:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari lavozimini qisqartirish hisobiga, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritilsin.
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahalliy hokimliklar bilan birga hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
3. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi bevosita Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tarkibiga oʻtkazilsin.
4. Quyidagilar:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Agentlikning hududiy boshqarmalari) boshliqlari Agentlik direktori tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlarining (keyingi oʻrinlarda — markazlar) boshliqlari Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Agentlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda markazlarni malakali va salohiyatli kadrlar bilan toʻldirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va markazlarga kadrlar qabul qilishning soddalashtirilgan tartibda ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilishi va lavozimga tayinlanishi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatsin.
7. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda:
bir oy muddatda hokim yordamchilari ishini toʻgʻri tashkil etishga uslubiy koʻmak koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻysin;
joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini chuqur tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
8. Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun subsidiyalar berish yoʻnalishidagi vazifa va funksiyalari Jamgʻarmaga oʻtkaziladi;
Agentlik tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etiladi hamda mazkur shtat birliklari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisobidan shakllantiriladi;
2022-yildan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi, 2023-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu mablagʻlar Jamgʻarma uchun ajratilishi koʻzda tutiladi.
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi hamda tegishli vazirlik va idoralar maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan “Onlayn mahalla” elektron platformasi ishga tushirilishini taʼminlasin.
11. Quyidagilar bir oy muddatda:
Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Agentlikni barcha zarur qulayliklarga ega boʻlgan binoga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda markazlarni zarur mebel va anjomlar, axborot-kommunikatsiya (kompyuter, printer, nusxa koʻchirish apparati, internet) va aloqa vositalari bilan jihozlangan binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
12. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati va ular erishayotgan natijalarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bir oy muddatda:
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-dekabr,
PQ-62-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga

1-ILOVA

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining

TASHKILIY TUZILMASI

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari

Hokim yordamchilari

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga

2-ILOVA

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining markaziy apparati
TUZILMASI

Direktor*

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Mahallabay ishlash tizimini tashkil qilish va hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boshqarmasi

5

Aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi

5

Tadbirkorlik muammolarini hal etishni idoralararo muvofiqlashtirish boshqarmasi

4

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2

Mahallalar drayverlarini aniqlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi

5

Aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish boʻlimi

Nodavlat taʼlim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ishlash hamda kompensatsiya mablagʻlarini moliyalashtirish boʻlimi

Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish boʻlimi

2

Tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boshqarmasi

4

Mahallabay ishlashda interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi

5

Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi

2

Hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

5

Aholi va tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak berishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

5

Buxgalteriya

2

Komplayens nazorat boʻyicha bosh mutaxassis

1

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

Xorijiy hamkorlik va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi

5

Subsidiyalarni tayinlash va toʻlashni monitoring qilish boʻlimi

Yuridik byuro

2

Nazorat inspeksiyasi

3

Maʼmuriy va xoʻjalik faoliyat boʻyicha bosh mutaxassis

1

Axborot xizmati

2

Agentlikning boshqaruv xodimlari soni — 62 nafar.
Texnik va yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
* Agentlikning boshqaruv xodimlari umumiy soniga kiritilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyuldagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2022-y., 06/22/178/0681-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga

3-ILOVA

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
TUZILMASI

Boshqarma boshligʻi

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — Yigʻma boʻlim boshligʻi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va biznes koʻnikmalarini shakllantirish boʻlimi

2

Mahallabay ishlash tizimini tashkil etish va tadbirkorlikni rivojlantirish yigʻma boʻlimi

2

Ijro nazorati va kadr masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Aholi va tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak berishni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Buxgalteriya

2

Mahallalar drayverlarini aniqlash va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boʻlimi

2

Mahallalarda murojaatlar bilan ishlash va interaktiv xizmatlar koʻrsatish boʻlimi

1

Bosh yuriskonsult

1

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 15 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 210 nafar.
Texnik va yordamchi xodimlar soni amaldagi qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyuldagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2022-y., 06/22/178/0681-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga

4-ILOVA

Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Mahallalar drayverlarini aniqlash va tadbirkorlikni rivojlantirish shuʼbasi

1-2*

Aholini tadbirkorlikka oʻqitish va jalb qilish shuʼbasi

1-2*

Mahallalarda moliyaviy koʻmak dasturlarini amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassis

0-1*

Hokim yordamchilari

4 — 214**

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni-3 — 6 nafar.
* Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni tuman (shahar)lardagi mahalla fuqarolar yigʻini sonidan kelib chiqib belgilanadi.
** tuman (shahar)lardagi mahalla fuqarolar yigʻini sonidan kelib chiqib, har bir mahalla fuqarolar yigʻiniga 1 nafardan hokim yordamchisi biriktiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/62/1196-son; 28.07.2022-y., 06/22/178/0681-son)