OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
QARORI
FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYADA UChUVChILAR TARKIBI UChUN YoShGA OID ChEGARALARNI KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 25-yanvarda 1762-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 167-tuzatish) talablarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasining 60 va 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibi uchun kasbiy faoliyatni amalga oshirishda beriladigan ruxsatga quyidagi chegaralar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga;
ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat boʻlgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga toʻlgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 23-martdagi 42, 10-q/q, 16-sonli qarori (roʻyxat raqami 1762-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1762-1/0946-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2001-yil 17-maydagi “Oltmish yoshga toʻlgan aviatsiya xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi havo kemalarining ekipaj aʼzolari vazifalarini bajarishda kasbiy faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etishni chegaralash toʻgʻrisida”gi qarori (2001-yil 19-iyun, roʻyxat raqami 1042) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan kelishilgan.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-dekabr,
1099-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-dekabr,
3692-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-dekabr,
1669-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2007-yil 10-dekabr
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Bosh direktori V. TYAN
Toshkent sh.,
2007-yil 10-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 17-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1762-1/0946-son)