Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARIGA TEGISHLI LAVOZIMLAR ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 48-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻz idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda bir oy muddatda davlat aviatsiyasiga tegishli aviatsiya xodimlari lavozimlari roʻyxatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-sentabr,
313-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-sentabrdagi 313-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar
ROʻYXATI
1. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar lavozimlari
— bortmuhandis (shu jumladan katta bortmuhandis);
— bortmuhandis — yoʻriqchi-metodist;
— bortmuhandis — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— bortmuhandis — yoʻriqchi;
— bortmuhandis — trenajer yoʻriqchisi;
— bortmuhandis — metodist;
— bortmexanik (shu jumladan katta bortmexanik);
— bortmexanik — yoʻriqchi;
— bortmexanik — trenajer yoʻriqchisi;
— bortmexanik — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— bortoperator (shu jumladan katta bortoperator);
— bortoperator — yoʻriqchi (shu jumladan katta yoʻriqchi);
— bortoperator — sinovchi;
— bortprovodnik (shu jumladan katta borprovodnik);
— bortprovodnik — brigadir;
— bortprovodnik — yoʻriqchi-metodist;
— bortprovodnik — yoʻriqchi (shu jumladan katta yoʻriqchi);
— bortradist (shu jumladan katta bortradist);
— bortradist — yoʻriqchi;
— bortradist — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— borttexnik — borttexnik (shu jumladan katta borttexnik);
— borttexnik — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— bortshturman (shu jumladan katta shturman);
— bortshturman — yoʻriqchi;
— bortelektrik — sinovchi;
— uchish sinovlari boʻyicha yetakchi muhandis;
— ikkinchi uchuvchi (fest-ofitser);
— ikkinchi uchuvchi — stajyor;
— deltoplanerist;
— uchish mutaxassisliklari guvohnomalari olishga nomzodlar;
— vertolyot komandiri;
— vertolyot komandiri — yoʻriqchi;
— havo kemasi komandiri — stajyor;
— havo kemasi komandiri (kapitan);
— havo kemasi komandiri — yoʻriqchisi (chek-kapitan);
— sinovchi-uchuvchi (shu jumladan katta sinovchi-uchuvchi);
— kuzatuvchi uchuvchi;
— uchuvchi, havaskor uchuvchi;
— uchuvchi — yoʻriqchi (chek-kapitan);
— havo kemasi shturmani;
— havo kemasi shturmani — yoʻriqchisi (shu jumladan katta shturman-yoʻriqchi);
— sinovchi shturman (shu jumladan katta sinovchi shturman);
— shturman-sinovchi-yoʻriqchi;
— stajyor-shturman.
2. Havo qatnovini tashkil etuvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi mansabdor shaxslar
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi bosh dispetcheri;
— aerodrom dispetcherlik punkti dispetcheri (shu jumladan katta dispetcher);
— yuqori fazo dispetcheri;
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi dispetcheri;
— aerodromning dispetcherlik punkti dispetcheri;
— buyruq beruvchi dispetcherlik punkti dispetcheri;
— mahalliy dispetcherlik punkti dispetcheri;
— havo qatnovini boshqarish dispetcheri — trenajer yoʻriqchisi;
— radiotexnika vositalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha nomdagi muhandislar;
— havo qatnovini boshqarish xizmati boshligʻi;
— havo qatnovini boshqarish boʻyicha mutaxassisliklar guvohnomalarini olishga nomzodlar;
— parvozlar rahbari — yoʻriqchi;
— parvozlar rahbari — Fazodan foydalanishni boshqarish yagona tizimining rayon markazi fuqarolik sektori boshligʻi;
— parvozlar rahbari (shu jumladan parvozlarning katta rahbari);
— aerodromning parvozlar rahbari;
— parvozlar rahbari — yoʻriqchi–yetakchi mutaxassis;
— parvozlar rahbari — yoʻriqchi–bosh mutaxassis;
— rayonning parvozlari rahbari–smena boshligʻi;
— katta dispetcher;
— yuqori fazo katta dispetcheri;
— aerodromning dispetcherlik punkti katta dispetcheri;
— katta dispetcher — qatnov boʻlimi yoʻriqchisi.
3. Havo kemalari parvozlarini tashkil etuvchi mansabdor shaxslar
— bortmuhandis — yoʻriqchi;
— bortmexanik — yoʻriqchi;
— bortprovodnik — yoʻriqchi;
— sinov uchishlari boʻyicha yetakchi muhandis (shu jumladan guruh rahbari);
— parvozlarni taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha yetakchi mutaxassis — yoʻriqchi — shturman;
— aviakompaniyaning Bosh direktori (shu jumladan uchish ishlarini tashkil etish, muhandislik-aviatsiya taʼminoti va ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosarlar);
— Bosh direktor, direktor (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar bosh direktori, direktori, shu jumladan muhandislik-aviatsiya taʼminoti va ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosarlar);
— parvozlarni taʼminlashni nazorat qilish boʻyicha bosh (yetakchi) mutaxassis;
— aviatsiya hodisalarini surishtirish boʻyicha bosh mutaxassis — yoʻriqchi-uchuvchi;
— bosh muhandis (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya — texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar bosh muhandisi, shu jumladan oʻrinbosarlar);
— bosh mexanik — (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya — texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar bosh mexanigi, shu jumladan oʻrinbosarlar);
— aviatsiya (aviataʼmirlash) zavodining bosh texnologi (shu jumladan oʻrinbosarlar);
— bosh shturman (aviakompaniya, uchish kompleksi, aviaboʻlinmaning bosh shturmani);
— parvozlarni taʼminlash va havodagi qatnovlarni boshqarishni nazorat qilish boʻlimining bosh shturmani;
— aviakompaniya direktori (shu jumladan uchish ishlarini tashkil etish va muhandislik-aviatsiya taʼminoti hamda ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosarlari);
— aviakompaniyaning uchish xizmati departamenti direktori;
— uchish kompleksi direktori (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— oʻquv-mashgʻulot markazi direktori (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— “Oʻzaeronavigatsiya” markazi direktori (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— radiotexnika asbob-uskunalari va aloqadan foydalanish bazasi boshligʻining oʻrinbosari;
— uchish otryadi muhandisi;
— uchish otryadining metodik qism boʻyicha muhandisi;
— (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) aviatsiya texnikasidan texnik foydalanish boʻlimining barcha nomdagi va ixtisoslardagi muhandislari;
— aviakompaniyaning ijro etuvchi direktori (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— aviatsiya-transport kompleksi komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— zveno komandiri;
— uchish otryadi, eskadrilya komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— alohida aviatsiya zvenosi komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— alohida aviatsiya eskadrilyasi komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— sinovchi-uchuvchilar otryadi komandiri (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish va taʼmirlash boʻyicha barcha nomdagi master (katta master, nazorat masteri);
— boʻlim (parvozlarni taʼminlash va havodagi qatnovlarni boshqarishni nazorat qilish, havo kemalaridan texnik foydalanish, ularni taʼmirlash va ishlab chiqarishni nazorat qilish, aviatsiya hodisalarini tekshirish, roʻyxatga olish, sertifikatlash va litsenziyalash) boshligʻi (boshliq oʻrinbosari);
— (ishlab chiqarish, aviatsiya-texnika bazasi, muhandislik-aviatsiya xizmati, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar, “Davavianazorat” inspeksiyasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, bazaviy tekshirish-taʼmirlash metrologiya laboratoriyasi, sinov uchishlari boʻlinmasi, aviatsiya-texnika bazasining muhandislik-axborot markazi, sex, uchastka, smena, brigada, guruh, ustaxona, texnologiya byurosi, texnologiya siyosatini boshqarish va texnik foydalanish boʻlimi, texnik nazorat boʻlimi, texnika boʻlimi, sifat kafolati va nazorati boʻlimi, aviatexnikani taʼmirlash boʻlinmasi, obyektiv nazorat xizmati, parvoz axborotlarini yigʻish, ishlash va tahlil qilish boʻlimi, parashut xizmati) boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni rejalashtirish va boshqarish boʻyicha boshliq (bosh muhandis, muhandis);
— radiotexnika asbob-uskunalari va aloqadan foydalanish bazasi boshligʻi;
— Fazodan foydalanishni boshqarish yagona tizimi bosh markazi boshligʻi;
— Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davavianazorat” inspeksiyasi) boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— aviakompaniyaning parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi boshligʻi;
— sinov uchishlari boʻlinmasi, kompleksi, stansiya bazasi boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— uchish-metodik xizmati boʻlimi boshligʻi;
— qatnovlar boʻlimi boshligʻi;
— aeronavigatsiya axboroti xizmati boshligʻi;
— parvozlarni aeronavigatsion taʼminlash xizmati boshligʻi;
— bortprovodniklar, bortoperatorlar xizmati boʻlimi boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosari);
— havo qatnovlarini boshqarish va radiotexnika bilan taʼminlash boʻyicha hududiy boʻlim boshligʻi (shu jumladan oʻrinbosarlari);
— aviakompaniya, uchish otryadi, eskadrilyasi, kompleksi shtabi boshligʻi;
— uchuvchi-inspektor (shu jumladan katta uchuvchi-inspektor);
— uchish otryadining uchuvchi-instruktor-metodisti;
— oliy malaka komissiyasi raisi (rais oʻrinbosari);
— parvozlar xavfsizligi boʻyicha maslahatchi;
— boʻlim (parvozlarni taʼminlash va havodagi qatnovni boshqarish ustidan nazorat, havo kemalaridan texnik foydalanish, ularni taʼmirlash, ishlab chiqarish ustidan nazorat, aviatsiya hodisalarini tekshirish, roʻyxatga olish, sertifikatlash va litsenziyalash) mutaxassisi (bosh, yetakchi mutaxassis);
— oliy malaka komissiyasi mutaxassislari (bosh, yetakchi mutaxassislar);
— katta shturman;
— aviakompaniyaning shef-uchuvchisi;
— aviaotryad (eskadrilya, zveno) shturmani;
— shturman-inspektor (shu jumladan katta shturman-inspektor);
— “Davavianazorat” inspeksiyasining parvozlar boʻyicha axborotlarini rasshifrovka va tahlil qilish boʻyicha ekspert (bosh, yetakchi ekspert);
4. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) havo kemalariga, ularning qismlariga va asbob-uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish, diagnostika qilish va taʼmirlash boʻyicha barcha nomdagi va ixtisosdagi aviatsiya texnigi;
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, aviakompaniya) parashutlari va avariya-qutqaruv vositalari boʻyicha aviatsiya texnigi (muhandisi, katta muhandisi);
— (aviatsiya zavodi, aviataʼmirlash zavodi, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) havo kemalariga, ularning qismlariga va asbob-uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish, diagnostika qilish, sinash va taʼmirlash boʻyicha barcha nomdagi hamda ixtisosdagi aviatsiya mexanigi (mexanik);
— (aviatsiya zavodi, aviataʼmirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi) aviatsiya akkumulyator batareyalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha akkumulyatorchi;
— yetakchi muhandis — texnolog (muhandis-texnolog);
— eksperimental havo kemalaridan foydalanish boʻyicha yetakchi muhandis (muhandis);
— aviataʼmirlash zavodining aviatsiya texnikasi germetizatorchisi;
— aviataʼmirlash zavodining aviatsiya texnikasi nuqsonlarini sozlovchi;
— parvozlar boʻyicha axborotlarni yigʻish, ishlash va tahlil qilish vositalaridan foydalanish boʻyicha muhandis;
— (aviatsiya-texnika kompleksi boʻlinmalari, aviataʼmirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) aviatsiya texnikasiga, havo kemalariga, ularning qismlariga va asbob-uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish, diagnostika qilish, sinash va taʼmirlash boʻyicha, texnik oʻquv boʻyicha barcha nomdagi va ixtisosdagi (shu jumladan texnik nazorat, texnika boʻlimi, sifatni boshqarishni kafolatlash va nazorat qilish boʻlimi, perron-texnika brigadasi, uchish otryadi) muhandislar (yetakchi, katta muhandislar);
— aviataʼmirlash zavodining aviatsiya texnikasini sinovchi-mexanigi;
— aviataʼmirlash zavodining aviatsiya texnikasini butlovchisi;
— aviatsiya texnikasidagi sifat va (aviatsiya zavodi, aviataʼmirlash zavodi) aviatsiya texnikasi oʻlchov priborlari sifati nazoratchisi;
— aviataʼmirlash zavodining aviatsiya texnikasi boʻyoqchisi;
— (aviatsiya zavodi, aviataʼmirlash zavodi) aviatsiya texnikasidagi radio va maxsus asbob-anjomlarni oʻrnatuvchi;
— (aviatsiya zavodi, aviataʼmirlash zavodi) aviatsiya texnikasi asbob-anjomlarini sozlovchi;
— (aviatsiya zavodi, aviataʼmirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi) havo kemalarini yigʻuvchi-ulovchi;
— (aviatsiya zavodi, aviataʼmirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi) havo kemalarini, ularning qismlarini va asbob-uskunalarini taʼmirlash boʻyicha barcha nomdagi hamda ixtisosdagi chilangar;
— aviataʼmirlash zavodi aviatsiya texnikasining lok-boʻyoq qoplamlarini yuvuvchi;
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha turlaridagi aviakorxonalarning) asbob-uskunalari boʻyicha, nazorat-oʻlchov priborlariga xizmat koʻrsatish va avtomatika boʻyicha, yuqori bosimli idishlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha, parvozlarga oid axborotlarni yigʻish, ishlash va tahlil qilish vositalaridan foydalanish, radiolokatsiya, radionavigatsiya, aloqa boʻyicha texnik.
5. Havo kemalari parvozlarini taʼminlashni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— aerodrom dispetcherlik punktining navbatchi shturmani;
— aeronavigatsiya axboroti byurosining navbatchi shturmani;
— parvozlarni tayyorlash boʻyicha navbatchi shturman;
— aeronavigatsiya axboroti byurosining katta texnigi;
— parvozlarni aeronavigatsiya va kartografiya bilan taʼminlash guruhining katta shturmani;
— parvozlarni taʼminlash guruhining katta shturmani;
— hujjatlarni tayyorlash guruhining katta shturmani;
— guruhning katta shturmani;
— parvozlarni yerda shturman bilan taʼminlash katta shturmani;
— aeronavigatsiya axboroti byurosi texnigi;
— parvozlarni taʼminlash guruhi shturmani.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 133-modda)