1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
PARVOZ XAVFSIZLIGI NAZORATI BOʻYICHA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT NOZIRLIGI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING AVIATSIYA XODIMLARINI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 2-noyabrda 1186-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq va IKAO tavsiyalarini inobatga olgan holda parvozlarni tibbiy taʼminlashni takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom — 2002-y.” amalga kiritilishi bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining “Uchuvchilar, kursantlar, dispetcherlik tarkibi, bortkuzatuvchilar va fuqarolik aviatsisi oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom — 1994-y.” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Mazkur buyruqni ijrosini nazorat qilish Davavianazorat boshligʻining oʻrinbosari A.E. Ernazarovga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat boshligʻi X.A. TROBOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-oktabr,
128-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
NIZOM
Aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish parvozlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan va davlat sertifikatsiyalash tizimining qismi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi”ga (48, 49-modda) asosan ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom IKAO standartlari va tavsiyalari: IKAO Konvensiyasiga 1-Ilova “Aviatsiya xodimlariga guvohnomalarni berish” (Sakkizinchi nashr) va 6-Ilova “Havo kemalarini ekspluatatsiyasi” (Yettinchi nashr) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda FA TKOʻN — 2002 deb ataladi) uchuvchilar, dispetcherlar tarkibi, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlar, fuqaro aviatsiyasining oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar va taʼlim olayotganlar (kursantlar) ga nisbatan qoʻllaniladi.
Mazkur Nizom talablarini bajarish mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha aviakorxonalar, aviakompaniyalar, fuqaro aviatsiyasining oʻquv yurtlari va havo harakatini boshqarishda qatnashuvchi xamda havo kemalarini tijorat yoki boshqa maqsadlarda ekspluatatsiya qiluvchi jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Ekspluatantlar tomonidan mazkur Nizom talablari buzilganda, ularning faoliyati noqonuniy deb topiladi va toʻxtatib turiladi, aybdorlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1163-moddasi.
1-§. Umumiy qoidalar.
1. Tibbiy-uchish ekspert komissiyalarida (keyingi oʻrinlarda TUEK deb ataladi) quyidagilar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart:
a) Uchuvchi, shturman, bortinjener, bortmexanik, bortkuzatuvchi, havodagi harakatni boshqaruvchi (keyingi oʻrinlarda HHBdeb ataladi) dispetcherlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar.
b) Fuqaro aviatsiyasining uchuvchi, shturman, bortkuzatuvchi, HHB dispetcherlarini tayyorlash boʻyicha oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining oʻquvchilari (kursantlari).
v) Uchuvchi shaxslar tarkibi, tijorat aviatsiyasining samolyot va vertolyot uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar, bortmexaniklar, bortradistlar.
g) Havo harakati boshqaruvini amalga oshiruvchi mutaxassislar.
d) Ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga qarashli shaxslar: bortkuzatuvchilar, yuk tashuvchi havo kemalarining bortoperatorlari.
e) Havaskor uchuvchilar, uchuvchi-kuzatuvchilar, planerchilar, erkin aerostat uchuvchilari, yengil va oʻta-yengil uchish apparatlarining uchuvchilari.
2. Tibbiy koʻrik natijalari asosida aviatsiya xodimlari guvohnomasining ajralmas qismi boʻlgan “Tibbiy xulosa “beriladi (5-Ilova).
“Tibbiy xulosa” guvohnoma egasining guvohnoma beruvchi vakolatli organ tomonidan, sogʻligi jihatdan yaroqliligiga, qoʻyilgan aniq talablarga muvofiqligining tasdigʻi hisoblanadi.
3. Tibbiy xulosalarning xalqaro standartlarga, xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 1-Ilovasi, xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining tavsiyalariga (keyingi oʻrinlarda IKAO deb ataladi) muvofiqligi va ularning amal qilish muddati:
kursant, tijorat aviatsiyasining va aviakompaniyaning yoʻnalishdagi uchuvchilari (samolyot va vertolyot), sinovchi-uchuvchi, shturman, bortinjener (bortmexanik) va bortradist tibbiy xulosasi IKAO tavsiyalarining birinchi klass tibbiy xulosasiga muvofiq va muddati 12 oydan oshmagan holda amal qiladi;
uchuvchi-kuzatuvchi, havaskor-uchuvchi (samolyot va vertolyot), planerchi-uchuvchi, erkin aerostat uchuvchisi, oʻta-yengil uchish apparatlarining uchuvchisi, bortoperator va bortkuzatuvchi tibbiy xulosasi IKAO tavsiyalarining ikkinchi klass tibbiy xulosasiga muvofiq va muddati 24 oydan oshmagan holda amal qiladi;
HHB dispetcherining tibbiy xulosasi IKAO tavsiyalarining uchinchi klass tibbiy xulosasiga muvofiq va muddati 24 oydan oshmagan holda amal qiladi.
Mazkur Nizomning 3-ilovasi 18 bandiga muvofiq ushbu tibbiy xulosa egalariga qoʻshimcha tekshiruvlar qoʻllaniladi.
Tibbiy xulosalarning amal qilish muddati Markaziy tibbiy-uchish ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda MTUEK deb ataladi) tomonidan tibbiy koʻrsatmalar bor boʻlganda qisqartirilishi, oʻzgartirilishi mumkin. Tibbiy xulosaning amal qilish muddatini oʻzgartirish va qisqartirish asosi ekspert xulosasida aks etilishi lozim.
4. 1-bandning (v), (g), (d) kichik bandlariga tegishli chet elda shartnoma asosida ishlayotgan aviatsiya xodimlariga “tibbiy xulosa” umumiy asoslarga koʻra beriladi.
5. Aviatsiya xodimlarining “Tibbiy xulosa”si 5-ilovaga muvofiq toʻldiriladi, TUEK (MTUEK) raisi imzosi qoʻyiladi va tibbiy-uchish ekspert komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.
FA TUEK(MTUEK) “tibbiy xulosa”si faqat tibbiy koʻrikdan oʻtish vaqtida chiqariladi.
6. “Tibbiy xulosa”si boʻlmagan yoki amal qilish muddati oʻtgan holatda aviatsiya xodimlari oʻz kasbiy vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.
7. Mansabdor shaxslarga “Tibbiy xulosa”ning amal qilish muddatini uzaytirish taʼqiqlanadi. Alohida hollarda (tabiiy ofat, falokat va boshqa favqulodda hodisalar) “Tibbiy xulosa” amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining qaroriga muvofiq, aviatsiya xodimlarini shaxsiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazgach MTUEK raisi bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-12, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1186-12/0483-son)
8. “Tibbiy xulosa” amal qilish muddati tugagunga qadar sogʻligʻi yomonlashishi sababli oʻz kasbiy vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi holatlarda, “Tibbiy xulosa” egasi tibbiy yordam olish uchun fuqaro aviatsiyasining davolash-profilaktika muassasasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining organlariga murojaat qilishi shart.
Sogʻaygandan soʻng oʻz kasbiy vazifalariga qaytadan tiklanish imkoniyati masalasi aviatsiya shifokori yoki oʻz mutaxassisligi boʻyicha shifokor-ekspert, yoki TUEK tomonidan hal qilinadi.
9. “Tibbiy xulosa” olishga nomzod tibbiy-uchish ekspert komissiyasi aʼzolariga oʻzining shaxsiy, oilaviy va irsiy anamneziga oid oʻzi tomonidan imzolangan ariza (4-ilova) taqdim etadi.
10. Koʻrikdan oʻtuvchi TUEKka tibbiy anamneziga oid yolgʻon maʼlumot taqdim etgan holda “Tibbiy xulosa” berilmaydi, ilgari berilgan xulosaning amal qilish muddati toʻxtatib turiladi. “Tibbiy xulosa” berish masalasi MTUEKka koʻrib chiqish uchun beriladi.
11. “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasida uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegarani kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq (roʻyxat raqami 1762, 2008-yil 25-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 3-4-son, 17-modda) fuqaro va eksperimental aviatsiyada 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibiga “Tibbiy xulosa” (5-ilova) berilmaydi.
12. “Keyinchalik TUEKda koʻrikdan oʻtish sharti bilan sogʻlomlashtirishga muhtoj” tibbiy xulosasi berilgan aviatsiya xodimlari, otryad (xizmat) shifokorlari, hamda kasalligiga muvofiq shifokor mutaxassislarda nazoratga olinadi, ambulator davolash, nazorat tekshiruvlari va tiklash chora-tadbirlari unga, aynan bir kasallik uzluksiz davom etganda yoki jarohat va shikastlanganligi oqibatlarida 120 kungacha mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish bilan oʻtkaziladi.
Kasb kasalliklari rivojlanishini oldini olish maqsadida, koʻrikdan oʻtayotgan aviatsiya xodimlarida kasb kasalliklarining boshlangʻich belgilari aniqlanganda, TUEK shifokor-ekspertlari va aviatsiya otryadi (xizmat) shifokorlari tomonidan nazoratga olinadi va davolash-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari majmuasi koʻriladi.
Aviatsiya xodimlarida kasb kasalligi aniqlanganda, u parvoz ishiga yaroqsiz deb topiladi. Ushbu shaxslarning keyingi dispanser nazoratini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining muassasalarida, shu bilan birga Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari institutida taʼminlanadi.
13. Fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarining narkotik vositalari, psixotrop va psixoaktiv moddalar, akogol qabul qilishlari parvoz ishi bilan mos kelmaydi.
2-§. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
14. Uchuvchi, kursant, dispetcherlar tarkibi, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarning “Tibbiy xulosa” olish yoki qayta tiklash maqsadida tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini aviatsiya maʼmuriyati tayinlagan TUEK oʻtkazadi.
TUEK (MTUEK) shifokor-ekspertlar guvohnoma va malaka belgisi egalari vazifalarini bajaradigan sharoitlar bilan amaliy jihatdan tanish boʻlishlari kerak.
15. Tibbiy koʻrik vazifalari.
a) Sogʻligʻi holatiga koʻra parvoz ishiga, havodagi harakatni boshqarishga, fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtlarida oʻqishga yaroqliligini aniqlash.
b) Sogʻlomlashtirish va davolash chora-tadbirlarini belgilash maqsadida sogʻlik holatidagi kasalliklarning ilk shakllarini, xavf omillarini va funksional oʻzgarishlarni aniqlash.
16. Aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi.
a) Uchuvchi, dispetcher, kursant tarkiblarini, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlarni TUEKka navbatdagi koʻrikka yuborishni, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ish beruvchi amalga oshiradi.
b) Parvoz ishiga (HHB dispetcheri, bortkuzatuvchi, bortoperator ishiga) qayta kirayotganlar yoki tiklanayotganlar TUEKka harbiy guvohnoma, tibbiy kitobcha, parvoz ishida (HHB dispetcheri, bortkuzatuvchi, bortoperator ishida) uzilish davriga oid ambulator karta yoki undan koʻchirma taqdim etishlari shart.
v) Aviakorxonalarga boshqa korxonalardan ishga qabul qilinayotgan uchuvchi tarkiblari, HHB dispetcherlari, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlari, ularda boshqa tibbiy muassasalar tomonidan berilgan sogʻligiga asosan yaroqlilik xulosasi borligidan qatʼi nazar, “tibbiy xulosa” olish uchun FA TUEKda tibbiy koʻrikdan oʻtishga majburlar.
g) Parvoz ishiga (HHB dispetcheri, bortkuzatuvchi, bortoperator ishiga) qayta tiklanayotganlar yoki ishga qabul qilinayotganlarga koʻrsatib oʻtilgan mutaxassisliklar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun aviakorxona, fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtlarining xodimlar bilan ishlash boʻlimi koʻrikdan oʻtuvchi qabul qilinayotgan mutaxassislik va lavozimni koʻrsatilgan holda yoʻllanma beradi.
d) Uchuvchi va dispetcher tarkiblarining, bortkuzatuvchi va kursantlarning navbatdan tashqari tibbiy koʻrikdan:
parvoz (dispetcherlik) ishiga layoqatliligiga taʼsir qiluvchi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikka olib kelgan kasalliklar va jarohatlardan keyin;
agar komissiyalararo koʻrigidan oʻtish davri oraligʻida sogʻlik holatida salbiy oʻzgarishlar qayd etilgan boʻlsa, parvoz otryadi shifokori yoki TUEK ekspertining taqdimiga asosan;
6 oydan ziyod muddatga ob-havosi jazirama boʻlgan mamlakatlarga ishga yuborilganda, hamda tibbiy koʻrsatmalarga asosan ushbu xizmat safaridan qaytganlarida;
yangi aviatsiya texnikasiga qayta tayyorgarlikni oʻtishga yuborilganda, agar oʻqish davrida navbatdagi koʻrikdan oʻtish muddati oʻtib ketishi mumkin boʻlsa, oʻtadilar.
e) Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shaxslar, tibbiy komissiya oʻtayotgan kunlarida har qanday ishdan ozod qilinadilar, oʻtishdan avval esa ularga bir kun dam beriladi. Koʻrikdan oʻtish (TUEK shifokor-ekspertlarining shaxsiy koʻriklari va tibbiy xulosa chiqarilishi) qoida tariqasida bir kunda amalga oshiriladi.
j) Uchuvchi, dispetcher, kursant tarkiblarini, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlarni ogʻir kasalliklari (jarohatlari)da, davolash muassasasining berilgan hujjatlariga asosan, sirtdan tashqari tibbiy xulosa chiqariladi.
z) Aviatsiya kimyoviy ishlarini (AKI) bajaruvchi uchuvchilar tarkibini koʻrikdan oʻtkazilayotganda, TUEK “Sogʻlik holatiga talablar” (1-ilova) va zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash uchun mumkin boʻlmagan tibbiy holatlarni (7-ilova) qoʻllaydi.
i) shimoliy qutb ekspeditsiyalariga, ob-havosi jazirama boʻlgan mamlakatlarga ishga yuborilayotgan uchuvchilar, dispetcherlar tarkiblarini, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganda (xizmat safari 3 oydan ziyod muddatga boʻlsa) TUEK “Sogʻlik holatiga talablar” (1-ilova), moddalarga tushuntirishlar (2-ilova) va ishlash uchun mumkin boʻlmagan tibbiy holatlarni (7-ilova) qoʻllaydi.
k) Agar ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarga, TUEKda koʻrikdan oʻtkazilayotganda, shifokor-ekspertlarning birontasi “Yaroqsiz” deb ekspert xulosasi chiqarsa, unda, yuqorida koʻrsatilgan aviamutaxassislar boshqa shifokor-ekspertlar koʻrigidan oʻtmasligi mumkin va unga MTUEKda tasdiqlanadigan kasallik haqidagi guvohnomani uni parvoz ishiga (oʻqishga) yaroqsiz deb topgan shifokor-ekspert rasmiylashtiradi.
l) Statsionar sharoitida tekshiruvlar:
uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblariga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha;
parvoz (dispetcherlik) ishiga tiklanayotganda;
uchuvchi tarkibiga 55 yoshga toʻlganda va undan keyin, har yilda oʻtkaziladi.
m) Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchiga statsionar sharoitida tekshiruvlar kerakligi haqidagi qarorni, TUEK (MTUEK) raisi, aviakorxonaning aviatsiya shifokori yoki shifokor-ekspert tavsiyanomasiga binoan qabul qiladi.
n) Statsionar sharoitida tekshiruvlar natijalari asosida “tibbiy xulosa”ni bazasida statsionar joylashgan TUEK chiqaradi.
o) Statsionar sharoitida tekshiruvlar, qoida tariqasida 10 kungacha boʻlgan muddatda oʻtkaziladi va maʼlumotnoma (16-Ilova) bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish va rasmiylashtirish Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
p) FA TUEK faoliyatida, tibbiy koʻrikdan oʻtuvchi tarkibi boʻlgan, aviatsiya shifokorlari, aviakorxona (oʻquv yurtlari), harakat, bortkuzatuvchilar xizmati rahbariyati vakillari ishtirok etishlari mumkin.
r) Xususiy uchuvchi, havaskor uchuvchi, planerchi, erkin aerostat uchuvchilari oʻz shaxsiy arizasiga koʻra FA TUEKda koʻrikdan oʻtkaziladi.
17. Fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtlarida oʻqishga nomzodlarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi:
a) Tibbiy koʻrikdan oʻtishga sogʻligi holati boʻyicha safdagi xizmatga yaroqli boʻlgan shaxslarga ruxsat beriladi.
b) Nomzodlar TUEKka 086/u shaklidagi maʼlumotnoma, turar joyi boʻyicha psixonevrologiya va narkologiya dispanserlaridan maʼlumotnoma, harbiy guvohnoma yoki roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma taqdim qiladilar.
v) Agar oʻqishga nomzodda, TUEK ekspertlarining birontasi tomonidan oʻqishga qarshilik qiluvchi kasallik (nuqson) aniqlansa, keyingi tekshiruvlar oʻtkazilmaydi va yaroqsizligi toʻgʻrisida TUEK xulosasi chiqariladi. Nomzod FA TUEK tibbiy xulosasidan FA MTUEKka shikoyat qilishi mumkin, u holda TUEK barcha shifokor mutaxassis-ekspertlarda nomzodni tekshiruvlarini toʻxtatadi.
Nomzod FA MTUEKka yuborilayotganda, hujjatlari muhrlanib tilxat asosida qoʻliga beriladi.
g) Nomzodlar FA TUEKda tibbiy koʻrikdan oʻtishlaridan oldin, kasbiy psixologik tekshiruvdan oʻtishlari shart. FA TUEKda tibbiy koʻrikdan oʻtishga, faqat kasbiy psixologik tekshiruv natijalari asosida, FA TUEK psixologining FA oʻquv yurtlarida oʻqishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosasi chiqarilgan nomzodlargagina ruxsat beriladi.
d) Oʻqish davrida oʻqishni davom ettirishga qarshilik qiluvchi kasallik aniqlansa, “Sogʻlik holatiga talablar”ga (1-Ilova) muvofiq, oʻquv yurtining TUEKi ekspert xulosasini chiqaradi, kursant TUEK xulosasidan norozi boʻlsa, TUEK “Tibbiy xulosa”siga FA MTUEKka shikoyat qilish huquqiga ega.
e) TUEK komissiyalariga, FA oʻquv yurtlari nomzodlariga takroriy psixologik va tibbiy tekshiruvlar oʻtkazishlari man qilinadi.
18. Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchi FA TUEK (MTUEK) tibbiy xulosasiga norozi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
19. FA TUEKka oʻz vaqtida kelishlarini nazorat qilish, koʻrikdan oʻtuvchilarning aviakompaniyasi rahbariga yoki tegishli xizmat boshligʻiga, oʻquv yurtlariga kiruvchi nomzodlar uchun — qabul komissiyasining raisiga yuklatiladi.
20. Uzoq kasallanuvchi bemor shaxslar: uchuvchi tarkibi, dispetcher, kursant, bortoperatorlar va bortkuzatuvchilar, mehnatga layoqatsizlik boshlangandan boshlab 4 oydan, sil kasalligi bilan kasallanganda — 10 oydan kech boʻlmagan holda TUEKda koʻrikdan oʻtadilar. Bu holda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik tibbiy koʻrikdan oʻtishga va tibbiy xulosa qabul qilinishiga toʻsqinlik qilolmaydi. Kasbiy mehnatga layoqatlilik 4 oydan koʻp vaqtga yoʻqolganda, amaldagi “Tibbiy xulosa” oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi. Bu holda yangi “Tibbiy xulosa”, davolanish va FA TUEKda tibbiy koʻrikdan oʻtish yakunlanganda berilishi mumkin.
3-§. TUEK tibbiy xulosasini chiqarish
21. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchi, kursant tarkiblari, havodagi harakatni boshqaruvchi mutaxassislar, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning “Sogʻlik holatiga talablar”iga (1-ilova) mos kelishlari kerak.
22. “Sogʻlik holatiga talablar” mutaxassisligidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ushbu koʻrikka muvofiq oʻtadilar:
a) I-ustunda:
uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar, bortkuzatuvchilar, HHB dispetcherlar tayyorlash boʻyicha fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlar va shu mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan kursantlar (bitiruvchilardan tashqari), hamda bortkuzatuvchilar xizmatiga ishga kirayotganlar.
b) II-ustunda:
tijorat aviatsiyasining samolyot va vertolyot uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilar, har qanday darajali samolyot va vertolyot shturmanlari, bortinjenerlari, bortmexaniklari. Bortinjener, bortmexanik boʻlib ishga kirayotgan shaxslar, parvoz oʻquv muassasalarining kursantlari (bitiruvchilari).
v) III-ustunda:
bortradistlar, bortkuzatuvchilar, yuk tashuvchi havo kemasi bortoperatorlari, uchuvchi-kuzatuvchilar, havaskor uchuvchilar, planerchilar, erkin aerostat uchuvchilari, yengil va oʻta yengil uchish apparatlari uchuvchilari. Bortradist, bortoperator boʻlib ishga kirishda va bortkuzatuvchilar bitiruvchilari.
g) IV-ustunda:
parvozlar boshqaruvchilari va HHB dispetcherlari, HHB dispetcherlarini tayyorlash boʻyicha oʻquv yurtlarining bitiruvchi kursantlari.
23. Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi xulosalari:
a) Uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar, bortkuzatuvchilar, HHB dispetcherlar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar va shu mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan kursantlar (bitiruvchilardan tashqari), hamda bortkuzatuvchilar xizmatiga ishga kirayotganlarga (1-Ilovaning I-ustuni) quyidagi xulosalar chiqariladi:
uchuvchilikka (shturmanlikka, bortinjenerlikka, bortkuzatuvchilikka, HHB dispetcherlikka) oʻqishga yaroqli;
davolanish (sogʻlomlashtirish), taʼtil, sanatoriy-kurortda davolanishga muhtoj boʻlib, keyingi koʻrikdan oʻtishi bilan;
uchuvchilikka (shturmanlikka, bortinjenerlikka, bortkuzatuvchilikka, HHB dispetcherlikka) oʻqishga yaroqsiz.
b) Uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar tayyorlovchi FA oʻquv yurtlarining bitiruvchi-kursantlariga uchuvchi tarkibi uchun (1-ilovaning II-ustuni) koʻrsatilgan formulirovkalarda ekspert xulosalari chiqariladi, HHB dispetcherlarini va bortkuzatuvchilarni tayyorlovchi FA oʻquv muassasalarining bitiruvchi-kursantlariga III — IV-ustunga muvofiq formulirovkalarda chiqariladi.
v) tijorat aviatsiyasining uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar, har qanday darajali samolyot va vertolyot bortmexaniklariga (1-ilovaning II-ustuni) quyidagi xulosalar chiqariladi:
parvoz (aviatsiya-kimyoviy ishiga, shimoliy qutb ekspeditsiyasi ishiga, issiq iqlimli mamlakatlarda ishlashga), tijorat aviatsiyasida uchuvchilikka, yoʻnalishdagi uchuvchilikka, shturmanlikka, bortinjenerlikka, bortmexaniklikka yaroqli;
davolanish (sogʻlomlashtirish), taʼtil, sanatoriy-kurortda davolanishga muhtoj boʻlib, keyingi koʻrikdan oʻtishi bilan;
parvoz (aviatsiya-kimyoviy ishiga (keyingi oʻrinlarda AKI deb ataladi), shimoliy qutb ekspeditsiyasi ishiga, issiq iqlimli mamlakatlarda ishlashga), tijorat aviatsiyasida uchuvchilikka, yoʻnalishdagi uchuvchilikka, shturmanlikka, bortinjenerlikka, bortmexaniklikka yaroqsiz.
g) bortradistlarga, bortoperatorlarga, bortkuzatuvchilarga, uchuvchi-kuzatuvchilarga, havaskor uchuvchilarga, planerchilarga, erkin aerostat uchuvchilariga, yengil va oʻta yengil uchish apparatlari uchuvchilariga quyidagi xulosalar chiqariladi:
bortradist, bortoperator, bortkuzatuvchi, uchuvchi-kuzatuvchi, havaskor uchuvchi, planerchi, erkin aerostat uchuvchi, yengil va oʻta yengil uchish apparatlari uchuvchilik ishiga va parashutdan sakrashga yaroqli;
davolanish (sogʻlomlashtirish), taʼtil, sanatoriy-kurortda davolanishga muhtoj boʻlib, keyingi koʻrikdan oʻtishi bilan;
bortradist, bortoperator, bortkuzatuvchi, uchuvchi-kuzatuvchi, havaskor uchuvchi, planerchi, erkin aerostat uchuvchi, yengil va oʻta yengil uchish apparatlari uchuvchilik ishiga va parashutdan sakrashga yaroqsiz.
d) HHB dispetcherlariga (1-ilovaning IV-ustuni) quyidagi xulosalar chiqariladi:
HHB dispetcherlik ishiga yaroqli;
davolanish (sogʻlomlashtirish), taʼtil, sanatoriy-kurortda davolanishga muhtoj boʻlib, keyingi koʻrikdan oʻtishi bilan;
HHB dispetcherlik ishiga yaroqsiz.
24. Uchuvchi, shturman, bortinjenerlikka oʻqishga yaroqlilik, parashutdan sakrash oʻquv-mashqlariga ham yaroqlilikni belgilaydi. Sakrashga yaroqsizlik (doimiy, vaqtinchalik) “Tibbiy xulosa”da aks etgan boʻlishi shart.
25. “Sogʻlik holatiga talablar” moddalari boʻyicha alohida individual hollarda, ekspert xulosasi chiqarilganda, koʻrikdan oʻtuvchi:
parvoz ishiga (HHB dispetcherlik, bortoperatorlik, bortkuzatuvchilik ishiga) yaroqli;
parvoz ishiga (HHB dispetcher, bortoperator, bortkuzatuvchilik ishiga) yaroqsiz;
davolanish (sogʻlomlashtirish), taʼtil, sanatoriy-kurortda davolanishga muhtoj boʻlib, keyingi koʻrikdan oʻtishi bilan. Shu bilan birga kasallik holati, rivojlanishi, kompensatsiya darajasi, patologik jarayonning qaytariluvchanligi parvoz ishini davom ettirganida kasallikning kuchayish va qaytalanish ehtimoli, kasallikning parvozlar xavfsizligiga taʼsiri, individual psixofiziologik xususiyatlari va bajariladigan ish xususiyatlari hisobga olinadi.
26. Tibbiy hujjatlarda TUEK xulosasini rasmiylashtirish quyidagicha shakllanadi:
TUEK nomi va xulosa chiqarilgan kun;
koʻrikdan oʻtish asosi;
koʻrikdan oʻtuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
“Sogʻlik holatiga talablar” moddalariga asosan klinik, funksional tashxislar;
sogʻliq holatiga koʻra mutaxassisligi boʻyicha ishga (oʻqishga) yaroqliligi (yaroqsizligi, sogʻlomlashtirish) toʻgʻrisida 1-Ilovaning ustunlari, moddalari koʻrsatilgan xulosa;
alohida hollar koʻrsatilgan moddalar boʻyicha xulosa chiqarilganda, uni isbotlash;
dispanser kuzatuvini guruhi va komissiya oraligʻi davri uchun TUEK tavsiyalari. “Tibbiy xulosa”da avval tibbiy xulosaga asosiy taʼsir koʻrsatuvchi modda, keyin qoʻshimchalari koʻrsatiladi.
4-§. FA TUEKKA tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish
27. Uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlar, uchuvchi-kuzatuvchilar, havaskor uchuvchilar, planerchilar, erkin aerostat uchuvchilari, yengil va oʻta yengil uchish apparatlari uchuvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, fotosurati FA TUEK muhri bilan tasdiqlangan tibbiy daftarchani (25/l va 26/b shakllarida) aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori toʻldiradi.
28. Parvozlar ishiga, havodagi harakatni boshqaruvchilik ishiga, bortkuzatuvchilik (bortoperatorlik) ishiga qabul qilinayotgan yerlik xizmati ishchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda fotosurati FA TUEK muhri bilan tasdiqlangan tibbiy karta bir nusxada toʻldiriladi. Ushbu shaxslarga tibbiy daftarcha aviatsiya otryadi (xizmati) shifokorining shaxsiy koʻrigi paytida, ular tegishli otryadlarga (xizmatlarga) kiritilgandan keyin toʻldiriladi.
29. FA oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar koʻrikdan oʻtayotganlarida, bir nusxada nomzod fotosurati boʻlgan tibbiy karta toʻldirilib, FA TUEK muhri bilan tasdiqlanadi.
Koʻrik nihoyasida, oʻqishga yaroqli deb topilgan nomzodlarning tekshiruv maʼlumotlari (EKG, EEG, audiogrammalar, flyurografiyalar va boshqalar) qayd etilgan tibbiy karta, qabul komissiyasiga berib yuboriladi, u yerdan FA oʻquv yurtiga joʻnatiladi. Oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlarning tibbiy kartalari, TUEK arxivida uch yil saqlanadi.
30. FA TUEKda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan chet el fuqarosi jumlasidagi nomzodlarga ikki nusxada tibbiy karta tuzilib, ulardan bittasi FA MTUEKka joʻnatiladi.
31. FA oʻquv yurtlarini bitirgan shaxslarning tibbiy hujjatlari shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi bilan, oʻquv yurtlarining xodimlar bilan ishlash boʻlimidan, ishga yoʻllanilgan joydagi aviakorxonaning xodimlar bilan ishlash boʻlimiga yuboriladi. Uchuvchi tarkibidagi shaxslar, dispetcherlar, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlar boshqa aviakorxonalarga oʻtganlarida, hamda oʻquv yurtlarining mustaqil ishga yuboriladigan bitiruvchilarining qoʻliga, tibbiy hujjatlari muhrlanib imzosi qoʻydirilgan tilxat asosida beriladi.
32. Tibbiy daftarchalar aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori xonasida saqlanadi, ularning saqlanishiga shifokor javobgardir.
33. Uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlarga tasdiqlanmagan tibbiy hujjatlarni (shu qatorda ambulator kartalarini) yuritish qatʼiyan man qilinadi.
34. TUEKda koʻrikdan oʻtishdan avval har bir “Tibbiy xulosa”ni oluvchi talabgor shaxsan 4-Ilovaga muvofiq ariza toʻldiradi.
35. Aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori aviakorxonaning (oʻquv yurtining) oʻz xususiy tarkibini TUEKka tayyorlayotganda, statsionar tekshiruvga, maslahatga, yuborayotganda, aviamutaxassisni tekshirgandan keyin tibbiy daftarchada epikriz rasmiylashtiradi. Koʻrikdan oʻtuvchi epikriz bilan tanishib, imzo qoʻyishi shart.
a) Epikrizda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
shikoyatlarini borligi yoki yoʻqligi, oʻtkazgan kasalliklari, shu qatorda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalari sabablari ham; dispanser kuzatuvi qaysi guruhga asosan oʻtkazilganligi;
uchish soati, parvozlar turlari, parvoz vaqti meʼyorining uzaytirilganligi, yangi texnikaga qayta oʻqitish, aviatsiya hodisasi;
navbatdagi taʼtillardan foydalanishi, sanatoriy-kurortda davolanish, tashkillashtirilgan dam olishlar, dam olish kunlarining muntazamliligi, taʼtildan qarzdorligi;
jismoniy tayyorgarlik;
parvozdan oldingi (smenadan oldingi) tibbiy nazoratda chetlashtirish sabablari haqida maʼlumot;
boshqa mutaxassislar kuzatuvlari va TUEK davolash-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari va tavsiyalarini (maslahatlarini) bajarilishi;
shaxsiy koʻrik maʼlumotlari;
tashxis;
sogʻligidagi oʻzgarishlar va dispanser kuzatuvining natijalari (sogʻayishi, yomonlashuvi, oʻzgarishsiz) va kasbiy faoliyatini davom ettirishga doir tavsiyalari toʻgʻrisidagi otryad (xizmat) shifokorining xulosasi.
36. TUEKka, statsionar tekshiruvga, MTUEKka maslahatga yuborilayotganda, aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori koʻrikdan oʻtuvchining barcha ishlagan yillaridagi tibbiy daftarchasini muhrlab, oxirgi 3 yildagi EKG, VEM, rentgen surati va boshqa tekshiruvlar natijalarini tilxat asosida uning qoʻliga beradi.
37. TUEK oʻtayotganda, tekshiruv (laboratoriya, rentgen, EKG, EEG, VEP va boshqalar) natijalari haqidagi maʼlumotlar tibbiy daftarchaning (TUEK tibbiy kartasining) tegishli boʻlimlariga kiritiladi. MTUEK va TUEK ekspertlarining maslahatlari va barcha yozuvlar tibbiy daftarchada xronologik tartibda olib boriladi.
38. Shifokor-ekspertlar, tibbiy hujjatlarga oʻz sohalariga oid boʻlgan xolis tekshiruv maʼlumotlari, tashxis va tavsiyalarni yozishga majburlar. Shikoyatlarning borligi yoki yoʻqligini, maʼlumotlarning toʻliqligi va aniqligini tekshiriluvchi shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi. Ularning aniqligini, shifokor-ekspert shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi, qavs ichida oʻz familiyasi, ismi va otasini ismining bosh harflarini aniq, tushunarli qilib yozishi shart. Tibbiy daftarchada soʻzlarni qisqartirish va belgilarni ishlatish taqiqlanadi.
39. Statsionar tekshiruvi natijalari kasallik tarixidan koʻchirma sifatida rasmiylashtirilib, koʻrikdan oʻtuvchining tibbiy daftarchasini orasiga yopishtiriladi.
40. Ishga (oʻqishga) yaroqlilik darajasi toʻgʻrisidagi ekspert xulosasi TUEK kengashida chiqariladi. Bir vaqtni oʻzida TUEK kengashida dispanser kuzatuvi guruhi aniqlanadi va komissiya oraliq davri uchun davolash-profilaktikaga oid tavsiyalar ishlab chiqiladi.
41. Har bir oʻtkazilgan TUEK kengashi bayonnomalari jurnalida (8-Ilova) rasmiylashtiriladi, rais, barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va TUEK muhri bilan tasdiqlanadi. FA oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlarga alohida bayonnomalar jurnali (jurnalda FA oʻquv yurtining nomi qayd qilinadi) yuritiladi.
42. Koʻrikdan soʻng, tibbiy-uchish ekspert komissiyasi raisi parvoz ishiga (bortkuzatuvchilik ishiga, bortoperatorlik ishiga, HHB dispetcherlik ishiga, FA oʻquv yurtlarida oʻqishga) yaroqli deb topilgan shaxslarga belgilangan shakldagi “Tibbiy xulosa”ni (5-Ilova) beradi.
43. Parvoz ishiga (bortkuzatuvchilik ishiga, bortoperatorlik ishiga, HHB dispetcherlik ishiga, FA oʻquv yurtlarida oʻqishga) yaroqsiz deb topilgan shaxslarga 6-Ilovaga muvofiq belgilangan namunada “TUEK maʼlumotnomasi” beriladi.
44. MTUEKda tasdiqlanishi lozim:
a) TUEKda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan, FA oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan chet el fuqarosi jumlasidagi nomzodlar.
b) TUEKda oʻqishni davom ettirishga yaroqsiz deb topilgan, uchuvchi, shturman, bortinjener, dispetcher, bortkuzatuvchi tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlarining kursantlari.
v) TUEKda parvoz ishiga yaroqsiz deb topilgan, har qanday darajali samolyot va vertolyot tijorat aviatsiyasi uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilari, shturmanlari, bortinjenerlari, bortmexaniklari, bortradistlari.
g) TUEKda ishiga tiklanayotganda (ilgari sogʻligiga koʻra parvoz ishiga yaroqsiz deb topilgan) parvoz ishiga yaroqli deb topilgan, tijorat aviatsiyasi uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilari, shturmanlari, bortinjenerlari, bortmexaniklari, bortradistlari.
d) FA qarashli boʻlmagan korxonalardan FA ishga qabul qilinayotgan uchuvchi tarkibidagi, hamda parvoz ishiga tiklanayotgan shaxslar tibbiy daftarcha, ambulator karta yoki undan koʻchirma taqdim qilish sharti bilan.
45. Tibbiy xulosani tasdiqlash uchun, ushbu Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan koʻrikdan oʻtuvchilarga ikki nusxada toʻldiriladi:
Koʻrikdan oʻtuvchining barcha tibbiy hujjatlari (barcha ishlagan yillaridagi tibbiy daftarchasi, tekshiruv natijalari, uch yildagi EKG, VEP va boshqalar), TUEKda tibbiy xulosa chiqqan paytdan boshlab, besh kundan kechiktirilmagan holda MTUEKka yuboriladi.
46. FA TUEKda tibbiy xulosalari ishga yaroqsiz deb topilgan, boshqa toifadagi koʻrikdan oʻtuvchilar (bortoperatorlar, bortkuzatuvchilar, HHB dispetcherlari) hujjatlari 45-bandga muvofiq rasmiylashtirilib, FA MTUEK nazoratida boʻlishi lozim.
47. FA TUEK tomonidan parvoz ishiga ruxsat berilgan, har qanday turdagi samolyot va vertolyot tijorat aviatsiyasi uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilari, shturmanlari, bortinjenerlari, bortmexaniklari, bortradistlarining tibbiy xulosalari, 55 yoshga toʻlganlarida va undan keyin har yili FA MTUEK nazoratida boʻlishi lozim, ularga kasallik haqidagi guvohnoma (10-ilova) toʻldirilmaydi, hujjatlari 45-bandga muvofiq rasmiylashtiriladi.
48. FA MTUEK aviamutaxassis tibbiy hujjatlarini olgandan soʻng, uch kun davomida yakuniy “Tibbiy xulosa” chiqarishi lozim. Zaruriyat boʻlsa koʻrikdan oʻtuvchi shaxsiy tekshiruvga va qoʻshimcha tekshiruvga FA MTUEKga chaqirilishi mumkin.
49. Murakkab va munozarali ekspertli hollarda TUEK koʻrikdan oʻtuvchini tibbiy hujjatlari bilan birga FA MTUEKga maslahatga yuboradi.
50. Alohida hollarda, TUEK raisi “Tibbiy xulosa”ning “Alohida belgilar” ustunida, koʻrikdan oʻtuvchining shaxsiy diapazonlarini koʻrsatadi: yurak qisqarishining maromi (keyingi oʻrinlarda YUQM deb ataladi), qon bosimi (keyingi oʻrinlarda QB deb ataladi). Maʼlumotlar FA TUEK muhri bilan tasdiqlanadi.
51. FA MTUEKda yakuniy “Tibbiy xulosa” chiqarilgandan soʻng, tibbiy hujjatlar FA TUEKka qaytariladi, u yerda koʻrikdan oʻtuvchiga tegishlicha “Tibbiy xulosa” (5- ilova) yoki “TUEK maʼlumotnomasi” (6-ilova) beriladi.
52. FA MTUEK ish beruvchiga, ushbu Nizomning 44-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlarida va 46-bandda koʻrsatilgan aviaxodimlarga “Tibbiy xulosa”ni berishni rad qilish haqida, belgilangan shakldagi xabarnomani (6- ilova) yuboradi.
53. Kalendar yil tugaganidan soʻng, otryad (xizmat) shifokori besh kun ichida:
Aviakorxona rahbari bilan kelishilgan va TUEK raisi tasdiqlagan “Yakuniy dalolatnoma” (13-ilova);
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarining tibbiy-uchish ekspert komissiyalarda aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalarining tahlili” uchun belgilangan shakldagi hisobot (22-ilova) tayyorlaydi.
“Yakuniy dalolatnoma” va hisobotda bayon etilgan, koʻrikdan oʻtkazish natijalari, MTUEK rahbarligi ostida TUEK mutaxassislari bilan, hamda parvoz otryadlari komandirlik vakillari va shifokorlari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy kengashda muhokama qilinadi.
5-§. Komissiya orasidagi davrda tibbiy kuzatuvni tashkil etish
54. Uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlarni komissiya orasidagi davrdagi kuzatuvini, aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori, oʻquv yurtida — otryad-yoʻnalish shifokori, TUEK shifokor — ekspertlari va boshqa tibbiy — sanitariya qismining (keyingi oʻrinlarda TSQ deb ataladi) mutaxassislari, “Fuqaro aviatsiyasi aviamutaxassislari dispanserizatsiyasi boʻyicha metodik koʻrsatmalar”i va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlari asosida olib boradi.
55. Uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlarga davolash-profilaktika, sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari va nazorat tekshiruvlari (belgilanganlari), yakka tartibda, FA TUEK koʻrsatmalariga (tavsiyalariga) muvofiq amalga oshiriladi.
56. Tijorat aviatsiyasi va yoʻnalishdagi uchuvchilari, shturmanlar, bortmexaniklar, bortinjenerlar, bortradistlarning aviatsiya otryadi shifokoridagi tibbiy tekshiruvi koʻrikdan soʻng olti oy oʻtgach, navbatdagi TUEK oldidan, koʻproq tibbiy koʻrsatishlarga koʻra amalga oshiriladi.
57. Dispetcher, bortkuzatuvchi va bortoperator xizmatlaridagi shifokor tibbiy tekshiruvi, koʻrikdan soʻng har olti oyda, navbatdagi TUEK oldidan va koʻproq tibbiy koʻrsatishlarga koʻra amalga oshiriladi.
58. Uchuvchi-kuzatuvchi, havaskor uchuvchi, planerchilar va havo kemasining bortida ish bajaruvchi mutaxassislarning aviatsiya otryadi (xizmati) shifokoridagi tibbiy tekshiruvi, koʻrikdan soʻng olti oy oʻtgach, navbatdagi TUEK oldidan va koʻproq tibbiy koʻrsatishlarga koʻra amalga oshiriladi.
59. Uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar, dispetcherlar va bortkuzatuvchilar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlarining kursantlari tibbiy kuzatuvi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom” Talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
60. Uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlarga profilaktik emlashlar va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
61. Uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlarga komissiya orasidagi davrida laboratoriya va funksional tekshiruvlar TUEK koʻrsatmalari yoki tibbiy koʻrsatishlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi; bortkuzatuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlarida belgilangan tekshiruvlar amalga oshiriladi.
62. Aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori 56 — 58-bandlarda koʻrsatilgandan tashqari, aviamutaxassislar tibbiy tekshiruvini:
kasallik (jarohatlar)dan sogʻaygandan;
aviatsiya insidentlaridan;
xizmat safari, taʼtillar, oʻqishdan (muddati 30 kundan ortiq boʻlsa) keyin amalga oshiradi.
63. Tibbiy tekshiruvlar natijasida, aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori quyidagicha xulosalar qabul qilishi mumkin:
parvoz ishiga (oʻqishga, HHB, bortoperatorlik, bortkuzatuvchilik ishiga) ruxsat berildi;
navbatdan tashqari dam olish kuni (navbatdagi taʼtil) berilishiga muhtoj;
64. Tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlganda, aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori, TUEK raisiga, aviamutaxassisni FA TUEKda navbatdan tashqari koʻrikdan oʻtkazish haqida asosli dalillar taqdim etadi.
65. FA uchuvchilik (dispetcherlik) oʻquv yurtining va bortkuzatuvchilik oʻquv yurtining bitiruvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi FA aviakorxonalaridan koʻchirilgan uchuvchi (dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlar) mutaxassislari amaldagi “Tibbiy xulosa”si boʻlsa, aviatsiya otryadi (xizmati) shifokori shaxsiy tekshiruvdan soʻng, parvozga (ishga) ruxsat beradi.
66. Uchuvchi, kursant, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlarini navbatdagi TUEKga tayyorlashda aviatsiya otryadi (xizmati, oʻquv yurti) shifokori shaxsiy tekshiruv oʻtkazadi, epikriz (komissiya orasidagi davrda aviamutaxassislar kuzatuvi natijalari) rasmiylashtiradi, laboratoriya tekshiruvlarini 12-Ilovada koʻrsatilgan hajmda amalga oshirishni (koʻrik boshlangunga qadar bir oydan oldin emas) tashkillashtiradi.
67. Otryad (xizmat) shifokori tomonidan vaqti-vaqti bilan, uchuvchi, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar va bortoperatorlarining parvozdan oldingi (smenadan oldingi), parvozdan keyingi (smenadan keyingi) tibbiy tekshiruvi oʻtkaziladi.
5-§. Fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil etish
67ˡ. Parvozdan oldingi (smenadan oldingi) tibbiy tekshiruv, fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini parvozdan oldin (HHB dispetcherlari — navbatchilikka oʻtishdan oldin) sogʻliq holati va ishga layoqatliligiga koʻra koʻrikdan oʻtishlarini nazarda tutadi.
Parvozdan oldingi (smenadan oldingi) tibbiy tekshiruv, fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini parvozdan oldin (HHB dispetcherlari — navbatchilikka oʻtishdan oldin) sogʻliq holati va ishga layoqatliligiga koʻra koʻrikdan oʻtishlarini parvozdan oldin (HHB dispetcherlari) FA tibbiy xodimlari (shifokor, feldsher) tomonidan aeroport (ekspluatant) sogʻliqni saqlash punkti xonasida oʻtkaziladi.
672. Fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolari (HHB dispetcherlari) FA TUEKda tibbiy koʻrik, yillik tibbiy tekshiruvni ekspluatant shifokorida oʻtmagan boʻlsalar, hamda spirtli ichimliklar isteʼmol qilganligi asosli tasdiqlangan holatda, hamda ahvoli yomonligiga shikoyatlari mavjud boʻlsa, parvozni (navbatchilikni) bajarishga qoʻyilmaydilar.
673. Fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolari (HHB dispetcherlari), parvozdan oldingi (smenadan oldingi) tibbiy tekshiruv oʻtayotganlarida boshqa fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolari (HHB dispetcherlari)ni va begona shaxslarning hozir boʻlishi mumkin emas. Parvozdan oldingi (smenadan oldingi) tibbiy tekshiruvni oʻtkazishdan oldin, navbatchi FA tibbiy xodimlari, fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolari (HHB dispetcherlari), FA TUEK tibbiy xulosalari mavjudligini va yaroqlilik muddatini tekshiradi.
674. Parvozdan oldingi (smenadan oldingi) tibbiy tekshiruv quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
a) parvozdan oldingi soʻrov va tekshiruv har bir shaxs bilan alohida oʻtkazilishi, 1,5-2 daqiqadan oshmasligi, erkin, lekin aniq olib borilishi kerak. Soʻrov natijasida sogʻligiga shikoyatlarning bor yoki yoʻqligi, parvozdan oldingi (smenadan oldingi) dam olish sharoitlari, uyquning sifati va davomiyligi, ovqatlanish tartibi aniqlanadi. Soʻzlash qobiliyati (nutqi), mimikasi, hissiy holati — taʼsirchanligi (xotirjamlik, boʻshashganlik, asablari qoʻzgʻalganlik) baholanadi;
b) FA tibbiy xodimi, tekshirilayotgan shaxsni feʼl-atvoriga (parvozga (navbatchilikka) ruhiy tayyorgarligi), tashqi koʻrinishiga, teri qavatining rangi va koʻrinishiga diqqatini qaratadi. Bodomsimon bezlarni, xalqum orqa devorini yumshoq va qattiq tanglay shilliq qavatlarini, tilni, koʻz qorachigʻini yorugʻlikka taʼsirini tekshiradi;
v) bilak arteriyasini paypaslab puls tekshiriladi. Uni takrorlanishi, maromi, keskinligi, toʻlaqonliligi, kattaligi, shaklini 30 soniya davomida 1 daqiqaga koʻpaytirish bilan aniqlanadi. Fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolari parvozga (HHB dispetcherlari — navbatchilikka), puls zarbasini takrorlanishi bir daqiqa davomida 96dan koʻp boʻlmagan va 55 dan kam boʻlmaganda ruxsat beriladi.
g) tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda, qoʻshimcha QB va tana harorati oʻlchanadi. Xulq-atvordagi odatdan tashqari gʻayritabiiylik, tomirlar maromini buzilishi, yuz teri qatlami va shilliq qavatlarini qizarishi, oqarishi, koʻkarishi, akrotsianoz, qovoqlarni shishishi, yuzning shishishi, teri qatlamlari va koʻzning oq pardasini sariqligi, quruq yoki nam tilning karashligi, sinchiklab tekshirishga asos boʻladi. Agar aniqlangan alomatlar kasallikni boshlanishi yoki xuruji boʻlib, tartib buzilish sabablari aniqlansa, maxsus tekshirishlar tashxis qoʻyish maqsadida oʻtkaziladi.
Fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolari parvozga (HHB dispetcherlari — navbatchilikka), QB 140/90 mm.sim.ust.dan koʻp boʻlmagan va 100/60 mm.sim.ust.dan kam boʻlmaganida ruxsat beriladi. Aviaxodimlarning oʻz kasbiy faoliyatini bajarishi uchun, ruxsat beriladigan eng yuqori QB 160/95 mm.sim.ust.dan koʻp boʻlmasligi kerak. Qachonki puls maromini takrorlanishi va QB koʻrsatilgan meʼyordan tashqari boʻlib, lekin bu meʼyorning shaxsiy varianti boʻlsa, u holda FA TUEK raisining Tibbiy xulosani “Alohida belgilar” ustunidagi yozuvi asosida, parvozga (HHBga) ruxsat beriladi.
675. Fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini parvozdan oldingi tekshiruv natijalari (HHB dispetcherlarini) ekipaj aʼzolarining parvozdan oldingi tekshiruvi jurnalida (17-ilova) (HHB dispetcherlarini navbatchilikdan oldingi tekshiruvi jurnalida — 18-ilova) qayd qilinadi. Tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) FA navbatchi tibbiy xodimi, 17 va 18-ilovalarda koʻrsatilgan jurnallarning tegishli ustunlarini shaxsan toʻldiradi. Fuqaro havo kemasi ekipaji aʼzosi (HHB dispetcheri), sogʻligiga va oʻtgan dam olish kuning davom etish muddatiga shikoyati yoʻqligiga “Fuqaro havo kemasi ekipaji aʼzosini (HHB dispetcheri) imzosi” ustuniga imzo qoʻyadi. Agar tibbiy tekshiruv paytida shikoyatlar, kasallikning obyektiv alomatlari boʻlmasa, charchash va parvozdan oldingi (navbatchilikdan oldingi) dam olish tartibi buzilmagan boʻlsa, FA navbatchi tibbiy xodimi parvozga (navbatchilikka) ruxsat berilgani haqida qayd qilib imzo qoʻyadi. Jurnallar ip oʻtkazib bogʻlangan, sahifalari raqamlangan, FA tibbiy muassasa rahbarining imzosi qoʻyilgan, muhr bosib tasdiqlangan boʻlishi kerak;
b) fuqaro havo kemasi ekipajining oxirgi aʼzosi tibbiy tekshiruvdan oʻtgandan soʻng, FA navbatchi tibbiy xodimi parvoz topshirigʻiga aeroport (ekspluatant) sogʻliqni saqlash punkti nomi yozilgan shtampni bosadi, fuqaro havo kemasi ekipajining oxirgi aʼzosi oʻtgan tibbiy tekshiruv kuni, oyi, soati va daqiqalarini (mahalliy vaqt bilan) yozadi, parvozga ruxsat berilgan fuqaro havo kemasi ekipaji aʼzolarini jami sonini koʻrsatadi va imzo qoʻyadi. FA tibbiy xodimini parvoz topshirigʻiga qoʻshimcha yozuvlar yozishga va xatolarni tuzatishga huquqi yoʻq;
v) shikoyatlar, kasallik, charchash mavjud boʻlib, parvozdan oldingi (navbatchilikdan oldingi) dam olish yetarli boʻlmagan holda, FA tibbiy xodimi, FA ekipaj aʼzolarini va HHB dispetcherlarini parvozdan (navbatchilikdan) chetlatish jurnalida (19-ilova) qayd qiladi va parvozdan (navbatchilikdan) chetlatilganligi haqida maʼlumotnoma (20-ilova) beradi. Parvozdan (navbatchilikdan) chetlatilgan havo kemasi ekipaji aʼzosi (HHB dispetcheri), FA aviatsiya otryadi shifokoriga yuboriladi;
g) fuqaro havo kemasi ekipaji aʼzosi (HHB dispetcheri) spirtli ichimliklar isteʼmol qilganligiga gumon qilingan holda, FA tibbiy xodimi parvozdan (navbatchilikdan) chetlatish jurnalida qayd qiladi. Keyin, parvozdan (navbatchilikdan) chetlatilgan fuqaro havo kemasi ekipaji aʼzosi (HHB dispetcheri), qonida alkogol mavjudligini aniqlash maqsadida, tegishli tibbiy tekshiruvni oʻtkazishga yuboriladi.
676. Fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini (HHB dispetcherlarini) soʻrov yoʻli bilan toliqish darajalarini yoki sogʻligidagi boshqa oʻzgarishlarni aniqlash, keyinroq profilaktika va davolash usullarini ishlab chiqish maqsadida, fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini (HHB dispetcherlari) parvozdan keyingi (smenadan keyingi) tibbiy tekshiruvi tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha oʻtkaziladi.
677 Ushbu Nizomning 21-ilovasiga muvofiq, har yili 5-yanvargacha, fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini (HHB dispetcherlarini) parvozdan oldingi (navbatchilikdan oldingi) tekshiruv natijalari haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga FA tibbiy muassasasi tomonidan topshiriladi. Statistik maʼlumotlar, fuqaro havo kemasi ekipajlari aʼzolarini parvozdan (HHB dispetcherlarini — navbatchilikdan) chetlatish sabablarini bartaraf qilish uchun, sogʻlomlashtirish — profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida oʻrganiladi.
(677-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-12, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1186-12/0483-son)
§ 6. YAKUNIY QOIDALAR
68. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri F.G. NAZIROV
2002-yil 4-oktabr,
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Sogʻligʻi holatiga talablar, ular asosida parvoz ishiga, havodagi harakatni boshqaruvchilik ishiga, bortoperator, bortkuzatuvchi ishiga va FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarning yaroqliligi aniqlanadi
Uchuvchilikka, shturmanlikka, bortmuhandislikka, dispetcherlikka, bortkuzatuvchilikka oʻqishga nomzodlar.
Ushbu mutaxassislikka oʻqiyotgan kursantlar (bitiruvchi kursdan tashqari).
Bortkuzatuvchilikka ishga qabul qilinayotgan shaxslar.
Barcha klassdagi samolyotlar va vertolyotlar uchuvchilari, shturmanlari, bortmuhandislari, bortmexaniklari. Bortmuhandislikka, bortmexaniklikka ishga qabul qilinayotgan shaxslar. Uchuvchilik bilim yurtining kursantlari (bitiruvchi kurs).
Transport havo kemasining bortradistlari, bortkuzatuvchilari, bortoperatorlari.
Uchuvchi-kuzatuvchi; havaskor- uchuvchi; planerchilar; aerostat uchuvchilari, oʻta yengil uchish apparatlari uchuvchilari,
6. Bosh va orqa miya tomirlarining shikastlanishi.
6.1. Bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi va uning asoratlari. Surunkali miya-qon-tomir yetishmovchiligi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
6.2. Bosh va orqa miya tomirlarining boshlangʻich shikastlanishi.
Yaroqsiz
indiv. baho
indiv. baho
indiv. baho
7. Markaziy asab sistemasining sabablari turli boʻlgan organik kasalliklari.
7.1. Progressiv turi yoki funksiyasini buzilishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
7.2. Oʻtkazilgan kasallikni ruhiy-asab funksiyasini yetarli kompensatsiyadagi qoldiq holatlari, oqibatlari.
Yaroqsiz
indiv. baho
indiv. baho
indiv. baho
8. Bosh-miya yoki orqa miya jarohatlarining oqibatlari.
8.1. Asab-ruhiy funksiyalarini kuchli buzilishlari, akashak sindromi mavjud boʻlganda.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
8.2. Ahamiyatsiz ifodalangan klinik koʻrinishlar mavjud boʻlganda.
Yaroqsiz
indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
9. Vegetativ asab tizimi kasalliklari.
9.1. Vegetativ asab tizimi kasalliklarini xavfga, ish qobiliyatini yoʻqotishga va kasbiy funksiyalarini bajarishda gʻayritabiiylikka olib keluvchi paroksizmal yoki xurujli kechishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
9.2. Yengil va oʻrtacha emotsional-vegetativ buzilishlarda
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
10. Periferik asab tizimining kasalliklari va shikastlanishlari:
10.1. Surunkali tez-tez takrorlanuvchi xurujlar, harakat, sezuvchanlik, trofik buzilish va turgʻun ogʻriqli sindrom mavjud boʻlganda.
11. Sababi aniqlanmagan sinkopal holatlar (behushlik).
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
B. ICHKI KASALLIKLAR:
12. Surunkali yuqumli va parazitar kasalliklar:
12.1. Umumiy astenizatsiya, aʼzolar funksiyalarini buzilish bilan kechishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
12.2. Aʼzolar funksiyalarini ahamiyatsiz buzilishi, alomatlarsiz kechishi va tarqatuvchilikda.
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
13. Qon tizimining kasalliklari:
13.1. Progressiv kechishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
13.2. Bezarar kechishi.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
14. Sabablari turli boʻlgan allergik holatlar:
14.1. Tez-tez qaytalanuvchi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
14.2. Qaytalanishga moyil boʻlmagan
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
15. Semizlik:
15.1 Semizlikni II darajasi va undan yuqori.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
(bortkuzatuvchilar yaroqsiz
Indiv. baho
15.2. Semizlikni I darajasi.
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli (bortkuzatuvchilar yaroqsiz)
Yaroqli
15.3 Tana vazning keragidan ortiqligi
Yaroqli (bortkuzatuvchilar yaroqsiz)
Yaroqli
Yaroqli (bortkuzatuvchilar indiv. baho)
Yaroqli
16. Endokrin tizimining kasalliklari:
16.1. Yorqin ifodalangan shakllari.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
16.2. Yengil shakllari.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
17. Nafas olish aʼzolarining sil kasalligi:
17.1. Aktiv yoki yorqin ifodalangan qoldiqli oʻzgarishlar bilan
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
17.2. Tuzalgan moʻtadil yoki nafas olish funksiyasini bir oz buzilishi bilan.
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
18. Nafas olish aʼzolarining kasalliklari:
18.1. Xurujga moyil yoki nafas olish funksiyasini yorqin ifodalangan buzilishi bilan.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
18.2. Xurujga moyil boʻlmagan nafas olish funksiyasini moʻtadil yoki bir oz buzilishi bilan.
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
19. Neyrotsirkulyator distoniyaning kardial turi:
19.1. Ogʻriq yoki astenik sindromi mavjud boʻlsa, yorqin ifodalangan yurak oʻtkazuvchanligi va maromini buzilishida.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Indiv. baho
19.2. Kompensatsiyalangan shakllari.
Yaroqsiz (dispetcherlar indiv. baho boʻyicha)
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
20. Arterial gipertenziya:
20.1. QB turgʻun koʻtarilishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
20.2. QB nazoratli koʻtarilishi.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
20.3.QB tranzitor koʻtarilishi.
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
21. Ateroskleroz xususiyatiga ega yurak qon-tomir va mushak kasalliklari.
21.1. Yurak ishemik kasalligi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
21.2. Koronar, umumiy qon aylanishini va yurak oʻtkazuvchanligi va maromini yorqin ifodalangan buzilishi boʻlmaganda.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
22. Kelib chiqishi ateroskleroz boʻlmagan yurak kasalliklari:
22.1. Jarayonning faolligi belgilari boʻlib, yurak oʻlchami kattalashganda, yurak oʻtkazuvchanligi va maromini yorqin ifodalangan buzilishi, funksional qobiliyatini pasayishi, ogʻriq mavjud boʻlganda.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
22.2. Aktiv boʻlmagan kompensatsiyalangan shakllari.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
23. Oshqozon va ichak kasalliklari:
23.1. Tez-tez xurujga moyil, moʻtadil yoki yorqin ifodalangan ovqat hazm qilish funksiyasini buzilishi bilan.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
23.2. Xurujsiz va ahamiyatga ega boʻlmagan ovqat hazm qilish funksiyasini buzilishi bilan.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
24. Jigar, oʻt pufagi va oshqozon osti bezi kasalliklari:
24.1. Tez-tez xurujga moyil, moʻtadil yoki yorqin ifodalangan ovqat hazm qilish funksiyasini buzilishi, ogʻriq sindromi va tosh mavjud boʻlsa.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
24.2. Xurujsiz va ovqat hazm qilish funksiyasi yetarli darajada saqlangan boʻlsa.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
25. Buyrak kasalliklari:
25.1. Oʻtkir va surunkali kasalliklar funksiya buzilishi va gipertenziosindromi bilan.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
25.2. Turgʻun remissiya yoki xurujdan keyingi, funksiyasini buzmagan qoldiq oʻzgarishlar bilan.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
26. Boʻgʻim va biriktiruvchi toʻqima tizimi kasalliklari:
26.1. Oʻtkir va oʻtkirligi pasaygan kechishida, ichki aʼzolar jarayonga qoʻshilganda, ogʻriqli va astenik sindromida, doimo dori qabul qilish zarur boʻlganda.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
26.2. Turgʻun remissiyada, aʼzolar funksiyasini yorqin ifodalangan buzilishi boʻlmasa.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
V.JARROHLIK KASALLIKLARI:
27. Tananing nomutanosib rivojlanishi, jismoniy yetuklikning yoshga nomunosibligi.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
28. Perifirik limfa tugunlarining sil kasalligi va zamburugʻli shikastlanishi (aktinomikoz va bosh.).
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
29. Rivojlanish nuqsonlari, suyaklar, boʻgʻimlar, togʻaylar, mushaklar va paylarning surunkali kasalliklari, jarohatlar va operatsiya asoratlari, kuyish va sovuq urishdan keyingi chandiqlar:
29.1. Tez-tez xuruj qiluvchi, ahamiyatli darajada funksiyaning buzilishi bilan kechishi, ogʻriq sindromi, kosmetik nuqson, yara-chaqaga moyillik, kiyim va oyoq kiyim kiyishga xalaqit beruvchi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
29.2. Rivojlanmaydigan, funksiyaning moʻtadil buzilishi bilan, ogʻriq sindromi boʻlmasa, kiyim va oyoq kiyim kiyishga xalaqit bermasa.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
30. Xavfli oʻsmalar:
30.1. Oʻsma aniqlanganda.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
30.2. Davolangandan keyin, anamnezda oʻsma mavjud boʻlsa.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Indiv. baho
31. Xavfsiz oʻsmalar:
31.1. Aʼzolar funksiyasi buzilsa, harakatlarni, kiyim va oyoq kiyim kiyishni qiyinlashtirsa, lekin jarrohlik bilan davolash lozim boʻlmasa.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
31.2. Aʼzolar funksiyasi buzilmasa, ogʻriqsiz, harakatlarga, kiyim va oyoq kiyim kiyishga toʻsqinlik qilmasa.
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
32. Rivojlanish nuqsonlari, koʻkrak qafasi va diafragma kasalliklari, jarohat va operatsiya asoratlari:
32.1. Koʻkrak qafasini deformatsiyalovchi, undagi aʼzolarning funksiyasini buzuvchi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
32.2. Koʻkrak qafasini deformatsiyalamaydi, undagi aʼzolarning funksiyasini buzmaydi.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
33. Rivojlanish nuqsonlari, qiziloʻngach kasalliklari:
33.1. Funksiyasini buzuvchi, jarrohlik bilan davolash lozim boʻlsa.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
33.2. Funksiyasini buzmasa, rivojlanmasa, davolash kerak boʻlmasa.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Yaroqli
Yaroqli
34. Rivojlanish nuqsonlari,qorin devori va qorin boʻshligʻi aʼzolarining shikastlanish, hamda ulardagi operatsiya asoratlari:
34.1. Aʼzolar funksiyasi buzuvchi, chandiqlar yara-chaqaga moyil boʻlsa, kiyim kiyishni qiyinlashtirsa.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
34.2. Aʼzolar funksiyasini buzmasa.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
35. Toʻgʻri ichak va pararektal qatlami kasalliklari:
35.1. Tez-tez xuruj qiluvchi, orqa chiqarish teshigining torayishi ich kelishining buzilishi bilan kechadigan, orqa teshikning qisqichining yetishmovchiligi, jarrohlik bilan davolangandan keyingi qaytalanishlar.
36. Rivojlanish nuqsonlari,qon-tomirlarining kasalliklari, kasallik va shikastlanish asoratlari, hamda ulardagi operatsiyalar:
36.1. Qon aylanishini, limfa aylanishini, trofikasini buzilishi, ogʻriq sindromi bilan kechadigan.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
36.2. Qon va limfa aylanishini kompensatsiyalanishi, ogʻriq sindromisiz.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
37. Rivojlanish nuqsonlari, siydik-tanosil aʼzolarining shikastlanishi va hamda ulardagi operatsiyalar. Buyraklar tushishi. Moyak va urugʻ naychasining istisqosi. Urugʻ naychasi venasini kengayishi:
37.1. Funksiyasini buzilishi va ogʻriq sindromi bilan kechuvchi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
37.2. Funksiyasi buzilmasa va ogʻriq sindromisiz.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
38. Siydik-tanosil aʼzolarining oʻziga xos va oʻziga xos boʻlmagan yalligʻlanish sababli surunkali kasalliklari:
38.1. Aktiv yalligʻlanish davri.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
38.2. Siydik-tanosil aʼzolarining sogʻaygani, oʻziga xos boʻlmagan yalligʻlanish sababli, turgʻun remissiya davrida funksiyasi buzilmagan boʻlsa.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
39. Siydik-tosh kasalligi:
39.1. Toshlar mavjud boʻlsa, qaytadan tosh hosil boʻlsa, toshlar boʻlmaganda ham buyrak sanchigʻi xuruji qaytalansa.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
39.2. Bir martalik toshni chiqishi yoki toshlar chiqishisiz bir martalik buyrak sanchigʻi agar funksiyasi buzilmagan boʻlsa.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
G. TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI:
40. Moxov, poʻrsildoq yara, teri limfomasi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
41. Poʻstloqli temiratki, poʻstloqli temir atkiga oʻxshash holatlar, ixtioz qizil yassi temiratki, neyrodermatozlar (neyrodermit, qichima, eshakemi va bosh.) ekzema (har xil shakllari), teri vaskulitlari, kollagenozlar (sklerodermiya va bosh.):
41.1. Klinik yorqin ifodalangan, keng tarqalgan shakllari.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
41.2. Tarqalishi chegaralangan yengil shakllari.
Yaroqsiz (dispetcherlarga — indiv. baho)
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
42. Tanosil kasalliklari va OITS:
42.1. OITS.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
42.2. Sifilis, gonoreya va boshqa tanosil kasalliklari.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
D. AYOLLAR KASALLIKLARI VA HOMILADORLIK:
43. Rivojlanish nuqsonlari, ayollar jinsiy aʼzolarining surunkali kasalliklari, endometrioz, tugʻish va operatsiyalar qilish asoratlari:
43.1. Yorqin ifodalangan anatomik nuqsonlar, tez-tez xuruj qiluvchi, funksiyasini buzilishi bilan.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
43.2. Funksiyasi buzilmasa va ogʻriq sindromisiz.
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
44. Ovarial hayz davrining buzilishi.
Yaroqsiz
Indiv. baho
Indiv. baho
Yaroqli
45. Homiladorlik va tugʻuruqdan keyingi davr
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
E. koʻz kasalliklari:
46. Qovoq kasalliklari va koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi:
46.1. Surunkali, tez-tez xuruj qiluvchi.
Yaroqsiz
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
46.2. Oʻtkir boʻlmagan, kam xurujlari bilan.
Yaroqsiz (dispetcher va b/kuzatuvchilar — indiv. baho)
Indiv. baholash
Yaroqli
Yaroqli
47. Koʻz yosh aʼzolari va koʻz yosh ajratuvchi yoʻllarning kasalliklari:
47.1. Koʻz yosh ajralishi buzilgan.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
47.2. Koʻz yosh ajralishi buzilmagan.
Yaroqsiz
Indiv. baholash
Indiv. baholash
Yaroqli
48. Koʻz olmasining kasalliklari: yalligʻlanish, tomirlar, degeneratsiya xususiyatidagi, operatsiyalardan keyingi holatlar, jarohatlar, oʻsimtalar:
48.1. Koʻrish faoliyati buzilgan holatda
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
48.2. Koʻrish faoliyati saqlangan xolda.
Yaroqsiz (dispetcher va b/kuzatuvchilar-indiv. baholash)
indiv. baholash
indiv. baholash
indiv. baholash
49. Glaukoma:
49.1. 1V, II, III, IV bosqichlari.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
49.2. 1A bosqichi ochiq burchakli
Yaroqsiz
indiv. baholash
indiv. baholash
indiv. baholash
50. Rang koʻrishning buzilishi: dixromaziya, nuqsonli trixromaziya:
50.1. “A” turi
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
50.2. “V” turi
Yaroqsiz, (b/kuzatuvchilar — yaroqli)
indiv. baholash (displey bilan jihozlangan havo kemalarida ishlash uchun- yaroqli)
Yaroqli
indiv. baholash
50.3. “S” turi
Yaroqsiz (b/muhan., disp., b/kuzat. — yaroqli)
Yaroqli
(displey bilan jihozlangan havo kemalarida ishlash uchun — yaroqli)
Uchuvchi va shturmanlar yaroqli xar bir koʻzga korreksiyasiz 1.0; b/muhandis- 0.8, dispetcherlarga 0.6, b/kuzatuvchiga 0.3 xar bir koʻziga korreksiyasiz, korreksiya bilan 1.0; uchuvchi va shturmanga oʻqiyotgan kursantlarga 0.8, b/muhandislikka 0.6, xar bir koʻziga korreksiyasiz, korreksiya bilan 1.0; disp. va b/kuzatuvchiga — 0.3 har bir koʻziga 1.0 korreksiyasi bilan.
Uchuvchilar yaroqli 0.6 xar bir koʻziga 1.0 korreksiyasi bilan; yaxshi koʻrmaydigan koʻzga ind. baholash 0.5, 1.0 korreksiyasi bilan. Shturmanlar, b/muxandislar, b/mexaniklar yaroqli 0.4 har bir koʻziga,1.0 korreksiyasi bilan; yaxshi koʻrmaydigan koʻzga ind. baholash 0.3, 0.8 korreksiyasi bilan. Oʻqishga kirayotgan b/muxandislar, b/ mexaniklar yaroqli 0.6 har bir koʻziga, 1.0 korreksiyasi bilan.
B/radistlar yaroqli 0.3 har bir koʻziga 0.8 korreksiyasi bilan; b/kuzatuvchilar, b/operatorlar, uchuvchi-kuzatuvchilar yaroqli 0.1 har bir koʻziga 0.8 korreksiyasi bilan; parashutistlar 0.5 har bir koʻziga 0.8 korreksiyasi bilan; oʻqishga kirayotgan b/radistlar yaroqli 0.5 har bir koʻziga 1.0 korreksiyasi bilan; uchuvchi-havaskorlar, planeristlar va aerostat uchuvchilar yaroqli 0.5 har bir koʻziga 0.8 korreksiyasi bilan.
Yaroqli 0.1 xar bir koʻziga 0.8 korreksiyasi bilan.
53. Refraksiya
Yaroqli: uzoqni koʻra oladigan uchuvchilar 1.0 D gacha, uzoqni koʻra olmaydiganlar 0.5D, astigmatizmda ±0.5, anizometropiyada 1.0D dan oshmasligi kerak.. uzoqni koʻra oladigan shturmanlar, b/muhandislarga 1.0 D dan oshmasligi kerak, astigmatizmda ±0.5D, anizometropiyada 1.0D dan oshmasligi kerak. dispetcherlarga: uzoqni koʻra oladigan yoki uzoqni koʻra olmaydigan 2.0 D dan oshmasligi kerak, astigmatizmda ±1.5D, anizometropiyada ne vishe 1.0D dan yuqori boʻlmasligi kerak. b/kuzatuvchilar uchun: uzoqni koʻra oladigan yoki uzoqni koʻra olmaydigan 3.0 D dan oshmasligi kerak, astigmatizmda ± 2.0 D.
Yaroqli: uzoqni koʻra oladigan va uzoqni koʻra olmaydiganlar 3.0D dan oshmasligi kerak, astigmatizmda ±2.0D, anizometropiyada 1.0D dan oshmasligi kerak.
Yaroqli: b/radistlar, parashutistlar, uchuvchi-havaskorlar, planeristlar, aerostat uchuvchilari uzoqni koʻra oladigan va uzoqni koʻra olmaydiganlar 3.0D dan oshmasligi kerak, astigmatizmda ±2.0D. Qolganlar uzoqni koʻra oladigan 4.0D dan oshmasligi, uzoqni koʻra olmaydiganlar 5.0D dan oshmasligi kerak, astigmatizmda ±2.5D
Yaroqli: uzoqni koʻra oladigan 3.0D dan oshmasligi kerak, uzoqni koʻra olmaydiganlar 5.0D dan oshmasligi kerak, astigmatizmda ± 2.5D
56. Burun va uning yondosh boʻshligʻidagi, ogʻiz boʻshligʻi, hiqildoq, halqum, kekirdak yoki quloqdagi jarohatdan, kasalliklardan va operatsiyadan keyingi turgʻun oʻzgarishlar:
56.1. Lor aʼzolarni faoliyatini buzadi va maxsus uskunalardan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
56.2. Lor aʼzolarini faoliyatini buzmaydi va maxsus uskunalardan foydalanishni qiyinlashtirmaydi.
Yaroqsiz (dispetcherlar- Indiv. baholash)
Indiv. baholash
Indiv. baholash
Yaroqli
57. Surunkali tonzillit:
57.1. Kompensatsiyalanmagan davri
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
57.2. Kompensatsiyalangan davri.
Yaroqsiz (dispetcherlar — Indiv. baholash)
Yaroqli
Yaroqli
Yaroqli
58. Lor aʼzolarning volchankasi, sil, xavfli oʻsmalarini har qanday bosqichdagi rivojlanishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
59. Nutq nuqsonlari:
59.1. Yorqin ifodalangan, nutqni kamtushunarli qiluvchi duduqlanish, tutilib gapirish
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
59.2. Yengil ifodalangan, nutq aniqligiga taʼsir qilmaydi
Yaroqsiz
Indiv. baholash
Indiv. baholash
Indiv. baholash
60. Oʻrta quloqning surunkali kasalliklari:
60.1. Surunkali yiringli epitimpanit, surunkali ikki tomonlama yiringli mezotimpanit, bir tomonlama tez-tez xuruj qiluvchi yoki poliplar, granulyatsion toʻqimalar, nogʻora boʻshligʻidagi devorlarning kariyesi yoki yuqori nafas yoʻllari shilliq qavatining distrofiyasi belgilarining kuchli ifodalanishi bilan kechishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
60.2. Surunkali yiringli bir tomonlama mezotimpanit, asoratlarsiz kechishi.
60.3. Oʻtkazilgan oʻrta quloq yalligʻlanishining turgʻun qoldiqlari (nogʻora pardasining quruq teshilishi), hamda oʻrta quloqning surunkali yiringsiz yalligʻlanishi.
61. Burunning yondosh boʻshliqlari yoki quloqning bittasida boʻlsa ham barofaoliyatning buzilishi; atmosfera bosimi oʻzgaruvchanligiga yuqori sezuvchanlik:
62. Statokinetik qoʻzgʻovchilarga yuqori darajadagi sezuvchanlik.
Yaroqsiz (dispetcherlar — Indiv. baholash)
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Indiv. baholash
63. Eshitish oʻtkirligining pasayishi:
63.1. Bitta quloqda toʻliq turgʻun karlik, soʻzlash tezligini oʻzlashtirishi (500, 1000, 2000 Gs) 20 dan 30 gacha dB, 4000 Gsdan 65 dBgacha tezlikda eshitish chegarasi yuqori boʻlgan va shivirlab gapirishini 2 metrgacha masofada oʻzlashtirishi bilan ikkala quloqda eshitish oʻtkirligini pasayishi.
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
Yaroqsiz
63.2. Ikkala quloqda eshitish oʻtkirligini turgʻun pasayishi boʻlgan soʻzlash tezligini oʻzlashtirishi (500, 1000, 2000 Gs) 10 dan 20 gacha dB, 4000 Gsdan 60 dB gacha tezlikda eshitish chegarasi yuqori va shivirlab gapirishni 3 metrgacha va undan yuqori masofada oʻzlashtirishi bilan.
63.3. Bitta quloqda eshitish oʻtkirligini turgʻun pasayishi eshitish chegarasi yuqori boʻlgan va soʻzlash tezligini oʻzlashtirishi (500, 1000, 2000 Gs) 20 dan 30 dBgacha, 4000 Gsdan 65dB gacha tezlikda va shivirlab gapirishni 2 metrgacha masofada oʻzlashtirishi, boshqa qulogʻi bilan chegarasi yuqori boʻlgan va soʻzlash tezligini oʻzlashtirishi (500, 1000, 2000 Gs) 10 dBgacha, 4000 Gsdan 50dB gacha tezlikda va shivirlab gapirishni 5 metrgacha masofada oʻzlashtirishi bilan.
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
“Sogʻliq holatiga talablar” moddalariga
TUSHUNCHALAR
“Sogʻliq holatiga talablar” kasalliklarning xususiyatlarini, oʻziga xos kechishini, funksional buzilish darajasi, kasalliklarning kasbiy ish qobiliyatiga taʼsirini inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. “Sogʻliq holatiga talablar” tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shaxslarning ishga (oʻqishga) yaroqligi darajasi haqida tibbiy xulosa chiqarishga asos beradi va har bir aniq holda individual yondashish tarzini qoʻllash imkoniyatini hisobga oladi.
Ruhiy va asab kasalliklari
Uchuvchi, dispetcher tarkiblari, bortkuzatuvchilar ruhiy holati kuzatuvi, aviatsiya otryadi (xizmati, otryad-yoʻnalish) shifokorlari, TUEKning psixolog va nevrolog shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy oʻzgarishlar aniqlanganda, ruhiy kasallikka gumon qilinganda, ushbu shaxslar parvozlardan, (navbatchilikdan, mashgʻulotlardan) chetlatiladi va psixiatr koʻrigiga yuboriladi.
1-modda.
Shizofreniya, paranoyya, affekt psixozlarda (maniakal-depressiv psixoz, siklotimiya va bosh.) ekspert xulosasi, faqat ixtisoslashtirilgan muassasada statsionar tekshiruvdan keyingina chiqariladi. Ushbu kasalliklari boʻlgan shaxslar, kasallikni kechishidan, shaklidan, muddatidan, remissiyasini davomliligidan va dispanser roʻyxatidan chiqarilganidan qatʼi nazar tiklanishlari mumkin emas.
2-modda.
Modda yuqumli kasalliklar, zaharlanish psixozlari (alkogollidan tashqari), hamda funksional reaktiv psixozlar; ruhiy shikastlanish vaziyatlariga (oilaviy turmushda, ishlab chiqarishda va bosh.) yoki oʻtkir ruhiy jarohatlarga javob sifatida yuzaga keluvchi, nevrozlar (nevrasteniya, psixasteniya, miyaga oʻrnashib qolgan holatlar nevrozi); suiqasdga urinish; guruhini umumlashtiradi.
Oʻtkir psixoz, nevroz kechirgan shaxslar 2.1-modda boʻyicha ishga yaroqsiz deb topiladilar. Ularni ishga tiklash masalasini, ikki yildan soʻng, ixtisoslashtirilgan muassasada statsionar tekshiruvdan oʻtgandan keyingina koʻrib chiqish mumkin. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga tiklanish masalasini koʻrib chiqishga, psixoz (nevroz) paytida ruhiy holatning barqarorligi, uning xususiyatlari, tuzilishi, chuqurligi va kechishini hisobga olgan holda, asab-ruhiy faoliyatini uzoq vaqt davomida kompensatsiyalanishi asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suiqasdga urinishlar 2.1-moddaga tegishli. Suiqasdga urinishga sabab boʻlgan sharoitni oʻrganishda va tekshiruvni amalga oshirishda, shifokor guvohlarni soʻroq qilishi, shaxsiy va oilaviy anamnezni, oʻz-oʻziga tajovuzkorlik harakatining vaj va sabablarini aniqlashtirishi shart. Psixiatr maslahati majburiy. Anamnezida suiqasdga urinish boʻlgan shaxslar tiklanishlari mumkin emas.
2.2-modda maʼlum bir sharoitda astenik holatlarida va nevrastenik sindromida qoʻllaniladi. Toʻrt-olti oydan keyin, kuzatuv natijalari, klinik tekshiruvlar ijobiy boʻlib va qoʻshimcha yukli sinovlarni yaxshi oʻtkazsa, qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Qisqa muddatli maʼlum bir somatik kasallik bilan bogʻliq ruhiy faoliyatning buzilishini oʻtkazgan shaxslar, asosiy kasallikdan sogʻaygandan keyin va qoʻshimcha yordamchi davolash usullari qoʻllanilmagan holda asab-ruhiy faoliyati toʻliq kompensatsiyalansa, 2.2-modda bilan parvoz ishiga yaroqli deb topilishlari mumkin.
3-modda.
Alkogolizm shunday kasallikni ifodalaydiki, bunda shaxs spirtli ichimliklar ichishni suiisteʼmol qilish va alkogolga haddan tashqari ruju qoʻyish oqibatida, isteʼmol qilayotgan spirtli ichimlik meʼyorini va nazoratini yoʻqotadi, ruhiy va somatik buzilishlar paydo boʻlib, (va) ijtimoiy axloq meʼyorlarini buzadi.
Alkogolizmga gumon qilingan, oʻtkir (uncha oʻtkir boʻlmagan) alkogolli psixozni (alkogolli deliriy, paranoid, gallyutsinoz, rashkli alahsirash va bosh.) kechirgan shaxslarga narkolog maslahati zarur. Maishiy ichkilikbozlikda modda qoʻllanilmaydi, ishga qoʻyish masalasi rahbariyat tomonidan hal qilinadi.
Dorilarga qaramlik yoki dorini suiisteʼmol qilish, ularni notibbiy isteʼmol qilishni bildiradi. Bu holatlar ishga va oʻqishga mutlaqo yaroqsizlikni bildiradi.
Anamnezida dorilarga qaramlik (zaxarvandlik) va giyohvandlik boʻlgan shaxslar, ishdan chetlashtirilgan muddatidan qatʼi nazar tiklanishlari mumkin emas.
Shifokor tibbiy koʻrikdan oʻtuvchini giyohvand, dori, kimyoviy uchuvchan va boshqa ongni zaharlovchi moddalar isteʼmol qilganligi haqida maʼlumot olsa, giyohvand mastlik holatini bayon qilib, giyohvand moddani isteʼmol qilish sabablari va boshqa sharoitlar va dalillar haqida dalolatnoma tuzadi. Koʻrikdan oʻtuvchi tibbiy xodim kuzatuvi ostida tashxisni aniqlash uchun, tibbiy hujjatlari va ashyoviy dalillar (shprits, dori moddalarining qoldiqlari va shunga oʻxshashlar) muhrlangan holda topshirilishi bilan birga narkolog maslahatiga yuborilishi shart.
4-modda.
Bu moddaga shaxsning turli xildagi sotsiopatik, psixopatiyadan to disgormonal ruhiy infantilizmgacha, shaxsiy aksentuatsiya buzilishlari kiradi.
Oilaviy va shaxsiy anamnezda aniqlashtirilgan, jamiyat belgilagan odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslik (doimiy janjallar, alkogolizatsiya, qonunbuzarlik va boshqalar), sotsiopatik oʻzgarishlarning asosiy belgilaridir.
Ixtisoslashtirilgan muassasada statsionar tekshiruvidan keyin tashxis va xulosa chiqariladi.
4.1-moddaga psixopatiya (shaklidan va aks etgan belgilaridan qatʼi nazar) va shaxsning nopsixotik koʻrinishidagi oʻzgarishlari (paranoyyal, affektiv, shizoid, qoʻzgʻaluvchan va boshqa toifalari) tegishli.
4.2-modda ruhiy infantilizm, feʼl-atvorning aksentuatsiyasi, kasbiga taʼsir qiluvchi salbiy ruhiy gʻayritabiiylik aniqlangan shaxslarga qoʻllaniladi.
Infantilizm, shaxsning aksentuatsiyasining alohida, ifodalanmagan belgilari, asab — ruhiy faoliyatining yaxshi ijtimoiy va kasbiy kompensatsiyalanishida salbiy ekspert xulosasiga asos boʻla olmaydi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchining xulq-atvorida, ilgari kuzatilmagan, meʼyorga toʻgʻri kelmaydigan keskin oʻzgarishlarning paydo boʻlishi psixolog va psixiatr maslahatiga asos boʻladi. Tashxis boʻlmasa modda qoʻllanilmaydi.
Psixolog tomonidan shaxsda alohida oʻziga xos ruhiy oʻzgarishlar aniqlansa, asab kasalliklari statsionarida statsionar tekshiruvi oʻtkaziladi. Koʻrsatmalarga koʻra psixiatr maslahati belgilanadi.
Shaxsiyatdagi turgʻun, yorqin ifodalangan oʻzgarishlarning, tibbiy kuzatuvning salbiy maʼlumotlari bilan qoʻshilishida, yaroqsizligi haqida xulosa chiqariladi.
Oʻzgarishlar ahamiyatga ega boʻlmasa, kasbiy fazilatiga: stajiga, ish tajribasiga, bajarayotgan ishining sifatiga qarab yaroqliligi haqida xulosa chiqariladi.
5-modda.
Modda epilepsiyaning klinik koʻrinishlarining barcha shakllarini, shu jumladan bir martalik tutqanoqni ham oʻz ichiga oladi
Epilepsiyaga gumon qilingan shaxslar, statsionar tekshiruviga asab kasalliklari boʻlimiga yoʻllaniladilar. Yuborilayotganda tutqanoqning xususiyatlari bayon qilingan, guvohlar imzosi qoʻyilgan, tibbiy xodim tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma tuzilishi lozim. Toʻliq nevrologik tekshiruv, EEG va psixiatr maslahatidan keyin tashxis qoʻyiladi. EEGdagi epileptoid faollik epilepsiya tashxisini tasdiqlaydi, uning yoʻqligi tashxisni inkor etmaydi.
Moddaga bir martalik sababi aniqlanmagan epileptiformali tutqanoqlar tegishli. Simptomatik epilepsiyada ekspert baholash asosiy kasallikka bogʻliq. Tekshiruvda: bosh miyadagi boʻrtma jarayon, tomirlardagi buzilishlar, tashqi zaharlanishlar, gijjalar invaziyasi va boshqalarni mustasno qilish kerak.
EEGda birinchi marta paroksizmal faollik aniqlangan shaxslar asab kasalliklari boʻlimida tekshiruvdan oʻtishlari kerak. Birinchi marta EEGda epileptoid faollik (“choʻqqisi- sekin toʻlqin”ga xos) aniqlangan shaxslar, epilepsiyaning boshqa belgilari yoki markaziy asab tizimining organik kasalliklari boʻlmasa asab kasalliklari boʻlimida tekshiruvdan oʻtishlari kerak. Takroriy statsionar tekshiruvda, EEGda koʻrsatilgan oʻzgarishlarning turgʻunligi (3 — 6 oy davomida), parvoz, dispetcherlik ishiga yaroqsiz deb topilishiga asos boʻladi.
Uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar va uchuvchi va dispetcherlar oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar EEGsida paroksizmal, epileptoid faollik va yorqin ifodalangan oʻzgarishlar aniqlanganda, yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi.
6-modda.
Turli xildagi sabablarga koʻra bosh va orqa miya qon tomirlarining patologiyasi boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar. Ushbu guruhga birlamchi bosh va orqa miya qon tomirlarining kasalliklari (vaskulitlar, rivojlanish anomaliyasi, anevrizmalar, ateroskleroz va boshqalar) va tomirlarning ikkilamchi somatogen, vertebrogen va boshqa sabablarga koʻra oʻzgarishlari kiradi.
Miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi yoki surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligining xurujli kechishi, markaziy va periferik asab tizimining buzilishi, ruhiy oʻzgarishlar kasbiy majburiyatlarni bajarishni inkor qiluvchi yoki qiyinlashtiruvchi, koʻrsatilgan kasalliklarning klinik koʻrinishlaridir.
Uchuvchi tarkibining ishiga noloyiq deb topilishining koʻproq uchraydigan sababi bosh miya tomirlarining aterosklerozidir. Asab holatining yengil tarqoq mikro-simptomatikasi yoki berilgan qoʻshimcha tekshiruvlarda meʼyordan tashqari oʻzgarishlar aniqlanganda, serebral aterosklerozni giper-diagnostikasini inkor qilish maqsadida hayot anamnezi chuqur tahlil qilinishi lozim.
Bosh va orqa miyadagi barcha qon-tomirlar kasalliklar ekspertizasi, uning sabablari, kasallikni kechishi, qoʻshimcha yukli sinovlarni koʻtara olishi, psixologik tekshiruv, hamda parvozlar xavfsizligiga taʼsir qiluvchi oʻtkir holatlar roʻy berishini oldindan bilishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
6.1-modda boʻyicha bosh miya qon aylanishining gemorragik yoki ishemik turini oʻtkir buzilishini, bosh miya oʻtkinchi ishemiyasi, subaraxnoidal qon quyilishi yoki serebral tomir xurujini kechirgan shaxslar, hamda miyada qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
6.2-modda boʻyicha bosh yoki orqa miya tomirlari ateroskleroz shikastlanishining yengil yoki moʻtadil ifodalanishi klinik va instrumental uslubdagi tekshiruvlar bilan tasdiqlangan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Xulosa, asab tizimidagi buzilishlar, asosiy arteriya oʻzaklarining torayish darajasi, kasbiy zarur boʻlgan psixologik faoliyat holatini, kasallikning kechishini, xavf omillarini, prognozini va qoʻshimcha yukli sinovlarni koʻtara olishini baholash asosida chiqariladi.
Ushbu band boʻyicha, bosh va orqa miya qon tomirlarining yuqumli yoki zaharli-allergik shikastlanishini (vaskulitlarni) kechirgan, davolanishni tugatgandan soʻng ikki yil muddatdan kam boʻlmagan vaqt oʻtganidan keyin, shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
7-modda.
Birinchi marta asab tizimining organik shikastlanishlari aniqlangan shaxslar, asab kasalliklari boʻlimida statsionar tekshiruvdan oʻtishlari lozim.
oʻsimtalar, siringomiyeliya, tarqoq skleroz va boshqa kuchayib ketuvchi kasalliklar;
markaziy asab tizimining oʻtkir va surunkali yuqumli kasalliklari: ensefalit, araxnoidit, meningit, miyelit, neyrosifilis, infeksiya qoldiqlarining belgilari yoki asab tizimining zaharlanishi faoliyatini buzilishi, likvor aylanishining buzilishi, tirishish xurujlari bilan;
7.1-modda bilan koʻrikdan oʻtuvchi shaxslar parvoz va dispetcherlik ishiga yaroqsiz deb topiladilar va tiklanishlari mumkin emas.
7.2-modda asab-ruhiy faoliyatini toʻliq tiklanishi bilan markaziy asab tizimining yuqumli yoki zaharlanish kasalligini oʻtkazgan yoki funksiyalari buzilmagan holda organik mikro simptom koʻrinishidagi yengil qoldiq koʻrinishlari boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Uchish ishiga tiklanishi haqidagi masala: grippli ensefalitdan bir-ikki yildan ilgari boʻlmagan vaqtda, oʻtkir ensefalomiyelitda — ikki yildan keyin, oʻtkir kana ensefalitda — uch yildan keyin hal qilinadi.
Bosh va orqa miya epidemik meningit oʻtkazgan shaxslar ishga yaroqsiz deb hisoblanadi. Parvoz va dispetcherlik ishiga (oʻqishga) qoʻyilish masalasi kasallik oʻtkazgandan soʻng bir yildan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.
Yengil meningokok infeksiyasini, meningokok rinitini, faringitini oʻtkazgan shaxslar 12-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladilar.
7.2-modda. asab-mushak apparatining kasalliklari va irsiy-degenerativ kasalliklarining sekin progrediyent kechuvchi boshlangʻich davrida, kasbi uchun zarur boʻlgan faoliyati yetarli darajada saqlangan shaxslarga qoʻllaniladi.
8-modda.
Bosh miya jarohatida markaziy asab tizimi shikastlangan shaxslarning koʻrigi klinik tekshiruv va davolanishdan keyin oʻtkaziladi. Jarohat mexanizmi va sharoitlarini baholashda, kontaktsiz bosh miya jarohati (miya siljishi, tomirlar yorilishi) va jarohat oqibatida atlant-oksipital birikmasi tuzilishining shikastlanishini hisobga olish kerak.
Ekspert qaror chiqarishda, ong-hushini oʻzgaruvchanlik (beqarorlik) va amneziya (xotira yoʻqolishi) vaqtini davomliligi hisobga olinadi.
Jarohatdan keyin, soʻnggi bosqichdagi epilepsiya rivojlanish ehtimolini oldindan taxmin qilgan holda, jarohat xarakteri va ogʻirlik darajasidan tashqari, boshqa xavfli omillarni ham hisobga olish zarur. Anamnezni, EEG dinamikasi, yoʻqotilgan funksiyalarining kompensatsiya darajasi va qoʻshimcha yukli sinovlarni koʻtara olish natijalari, psixologik tekshiruvlarni hisobga olgan holda ekspert baholash oʻtkaziladi.
ochiq BMJ (teshib ichiga kirgan va ichiga kirmagan);
ochiq yoki yopiq bosh miya jarohatining MATning yorqin organik oʻzgarishlari bilan ifodalangan oqibatlari ruhiy oʻzgarishlar, gipertenzion yoki tutqanoqlar sindromi bilan;
orqa miya jarohatining asoratlari harakatlantiruvchini, sezuvchanlikni buzilishi va tos aʼzolari faoliyatini buzilishi bilan.
BMJda miyaning qattiq pardasini shikastlanishini, kalla gumbazi suyaklarini ichiga botib ezilib yoki parchalanib sinishini, bosh suyaklarida nuqsonlari bor (diagnostik frezalangan teshiklardan tashqari), oʻtkir davrda bosh miya ichida gematomani va likvorreyani oʻtkazgan shaxslar tiklanmaydilar.
Oʻrta va ogʻir darajadagi bosh miya lat yeyishida kalla gumbazining chiziqli sinishini, miya suyagi ost qismini (likvorreyasiz) yoki subaraxnoidal qon quyilishini kechirgan shaxslarga, kuzatuvda ijobiy natijalar boʻlsa jarohatdan keyin ikki yildan oldin boʻlmagan vaqtdan keyin, ishga tiklash maqsadida, tekshiruvlar oʻtkazilishi mumkin.
8.2.-modda bosh miya chayqalishini yoki yengil darajadagi bosh miya lat yeyishini kechirgan shaxslarga qoʻllaniladi. Jarohatdan soʻng uch-olti oydan oldin boʻlmagan vaqtdan keyin, nevrologik yoki vegetativ statusida, EEG da yengil ifodalangan oʻzgarishlar qayd qilinsa yoki boʻlmasa va qoʻshimcha yukli sinovlarni ijobiy koʻtara olsa, parvoz ishiga tiklanish masalasi koʻrib chiqiladi. Dispetcherlar sogʻaygandan keyin ishga qoʻyiladilar.
9-modda.
Vegetativ, asab tizimi kasalliklarining klinik koʻrinishlari, VAT turli tarkibiy qismlari, boʻlaklari birlamchi shikastlanishini asoratlari yoki nevrologik, somatik, endokrin, ruhiy, allergik kasalliklar va zaharlanishlarning ikkilamchi sindromlari boʻlishi mumkin. Bular hammasi alohida diqqat bilan anamnez yigʻish va har tomonlama klinik tekshiruv oʻtkazish zarurligini anglatadi.
9.1-modda boʻyicha, surunkali VAT kasalliklarini paroksizmal koʻrinishlariga, zoʻrayishning tez-tez qaytalanishi va keskin xurujli reaksiya (vagovazal, simpatik, aralash turi, visseral simpatologik diensefal turlariga) ega boʻlgan vegetativ tomir buzilishlari tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ushbu guruhga quyidagi kasalliklar kiradi: migren, solyarit, umurtqa arteriyasi va Menyer sindromi, diensefal sindromi, angiotrofonevrozlar (Reyno kasalligi, eritromelalgiya va hokazo), Kvinke shishi va ortostatik essensial gipotoniya.
Ishga tiklanish masalasi sogʻaygan vaqtidan boshlab, ikki yildan oldin boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.
Periferik neyrovaskulyar sindromlar va ganglionitlarda, 10 moddaga muvofiq ekspert qarori chiqariladi.
9.2-modda boʻyicha irsiy-konstitutsional disfunksiyasi boʻlgan, hamda gormonal oʻzgarishlar sharoitida yoki somatik kasallikdan keyin paydo boʻlgan, tekshiruv vaqtida turgʻun remissiya davrida (asosiy kasallikdan sogʻaygach, ikki-uch oydan keyin) boʻlgan shaxslar koʻrikdan oʻtadilar.
Ekspert baholash, vegetativ-tomirlardagi buzilishlarning ifodalanganlik darajasiga, klinik tekshiruvlar natijalariga va qoʻshimcha yukli sinovlarni (ortostatik, vestibulyar sinovlar va boshqalarni) koʻtara olishiga bogʻliq.
Agar vegetativ tomir buzilishlarining klinikasida funksional kardiovaskulyar koʻrinishlar namoyonligi ustun boʻlsa, u holda ekspert masalasi 19-modda boʻyicha hal qilinadi.
10-modda.
Moddaga periferik asab tizimining turli sabablarga oid kasalliklari kiradi:
orqa miya ildizlari, chigallari, asab oʻzaklari, gangliylarini jarohatli shikastlanishi, oʻtkir va surunkali kasalliklari; periferik neyrovaskulyar sindromlari;
umurtqa pogʻonalaridagi, orqa miya ildizlaridagi, chigallaridagi va asab oʻzaklaridagi operatsiyalar asoratlari.
Koʻrsatilgan kasalliklari boʻlgan shaxslar, kasallikning oʻtkir davrida (ambulatoriyada, statsionarda, sanatoriyda) davolanishlari lozim.
Umurtqa orasidagi disk churrasini oldirgandan soʻng, statsionardan chiqarilgandan keyin olti oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin, operatsiya va operatsiyadan keyingi davr xususiyati hisobga olinib koʻrik oʻtkaziladi.
Surunkali radikulitning yilda ikki martadan koʻp zoʻrayishida 10.1-moddasi qoʻllaniladi.
Harakatchanlik buzilganda, ildizlar koʻrinishi bilan kuzatilmasa, (umurtqa pogʻonalari kasalliklari) 29-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
11-modda.
Hushsizlikni (sinkopal holatlarni) kechirgan shaxslar, oʻqishdan, ishdan chetlatiladi va terapevt va nevrolog koʻrigidan keyin, asab kasalliklari boʻlimiga statsionar tekshiruvga yoʻllaniladilar. Shifokor, hushini yoʻqotishni koʻrinishlari va sharoitlari bayon qilingan, guvohlar va oʻzining imzosi qoʻyilgan dalolatnoma taqdim qilishi shart.
Xulosa, hushsizlikni sharoitlarini, uning klinik koʻrinishlarini, sogʻliq holatini har tomonlama baholashni, instrumental tekshiruvlar va funksional sinamalarni oʻrganishga asoslanadi. Hushsizlik sababi aniqlanganda, qaror asosiy kasallik boʻyicha, prognozni va hushsizliklar qaytarilishini hisobga olib qabul qilinadi.
Sogʻlom shaxsda hayajonli-ogʻriqli taʼsirchanlikka yoki oʻtkir gipoksiyaga bir martali hushsizlikda modda qoʻllanilmaydi.
Hushsizlik qayta takrorlansa, sababidan qatʼi nazar, yaroqsizligi haqida xulosa chiqariladi.
Ichki kasalliklar
12-modda.
Moddaga tiflar, bezgak, brutsellyoz, gemorragik isitmalar, ichburugʻ, yuqumli gepatit, parazitar va gijjali invaziyalar kiradi.
Oʻtkir yuqumlar va invaziyalarda davolangandan keyin, koʻrikdan oʻtuvchilar ishga qoʻyiladilar.
Opistorxozning surunkali davrida shaxslar 12.2-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladilar, takroriy davolanish kurslari yuqumli kasalliklar shifokori kuzatuvi natijasi asosida amalga oshiriladi.
Yuqumli gepatit va gemorragik isitmani oʻtkazgan uchuvchilar tarkibi va bortkuzatuvchilar, kasallikni ogʻirligiga va davolanish natijalariga qarab uch-olti oyga ishdan chetlashtiriladi.
Uchuvchilar aviatsiya-kimyoviy ishlariga, oʻn ikki oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin qoʻyiladilar. Dispetcherlar varaqa yopilgach qoʻyiladilar.
Ichak infeksiyasi (yuqumli) bakteriyatashuvchi bortkuzatuvchilari 12.1-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladilar.
13-modda.
13.1-modda, leykoz, miyelom kasalligi, limfogranulomatoz, xavfli anemiyalar, gemorragik diatezning ogʻir shaklida qoʻllaniladi.
13.2-moddaga davolash natijalari turgʻun ijobiy boʻlgan (gemoglobin 12,0 gr.%) xavfsiz xususiyatli anemiyalar (postgemorragik, temir yetishmovchiligi), kompensatsiyalangan gemoglobinopatiyalar va qaytalanishga moyil boʻlmagan gemorragik diatez tegishli.
14-modda.
14.1-modda boʻyicha allergiyaning ogʻir koʻrinishlari bilan, allergen aniqlanmagan, yilda ikki martadan koʻp qaytalanishga moyil shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar.
14.2-modda boʻyicha uch oy davomida allergiyani koʻrinishlari qaytalanmagan, hamda allergeni aniqlangan va yoʻqotilgan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar.
15-modda.
Semizlikning ekzogen-konstitutsional shakliga ega boʻlgan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar. Semizlik darajasi, Ketle boʻyicha tana vaznining indeksiga (TVI) muvofiq belgilanadi (15 va 27-moddalarga 2-ilova).
15.1-modda boʻyicha semizlikni ekzogen-konstitutsional shaklining II darajasi bilan avitsiya xodimlari koʻrikdan oʻtkaziladilar.
15.2-modda boʻyicha semizlikni ekzogen-konstitutsional shaklining I darajasi bilan avitsiya xodimlari koʻrikdan oʻtkaziladilar. Bortkuzatuvchilar 60 kungacha boʻlgan muddatda sogʻlomlashtiriladilar. Qayta koʻrikdan oʻtishda, bortkuzatuvchida semizlik mavjud boʻlsa, ishga yaroqsizligi haqida ekspert xulosasi chiqariladi.
Tana vazni hisoblanganda mushak va yogʻ qatlamining oʻzaro nisbatini hisobga olish kerak, alohida hollarda semizlik tashxisi qoʻyilayotganda, organizmdagi lipidlar miqdori aniqlanishi lozim.
Endokrin, serebral sababli simptomatik (ikkilamchi) semizlikda boʻlsa, asosiy kasallik boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
15.3-modda Bortkuzatuvchilarga ishga qoʻyilishi haqidagi qaror, endokrinolog kuzatuvini (har 6 oyda tana vazni nazorat qilinadi), xolesterin, lipidlar, qondagi qandning normal koʻrsatkichlarini va qoʻshimcha yukli sinovlarni ijobiy oʻtkazishi hisobga olinib qabul qilinadi.
Semizlik xususiyatini aniqlash maqsadida, tana vazni ortiqcha boʻlgan shaxslarga klinik tekshiruv oʻtkaziladi.
Tana vazni indeksi (TVI BST, 1997 g.) boʻyicha semizlik darajasi aniqlanadi va:
TVI = __ tana vazni __
boʻyi (m) 2
formula boʻyicha hisoblanadi.
16 -modda.
Qandli diabet, qalqonsimon bez oldi bezlari, giperinsulinizmning turli shakllari (insulinoma, funksional giperinsulinizm), buyrakusti bezlari kasalliklari, jinsiy bezlar, gipotalamo-gipofiz (miya ortigʻi) kasalliklari endokrin patologiyasi bilan va boshqalar kiradi.
insulin yoki boshqa gipoglikemik dorilar bilan doimiy davolanishni talab qiluvchi qandli diabetning I turi, insulinga bogʻliq va qandli diabet II turi, oʻrta ogʻir va ogʻir shakli bilan;
zaharli boʻqoqning (tireotoksikoz) barcha shakli bilan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladi.
Birinchi marta aniqlangan qandli diabetning II turini yengil shaklida, uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar uch oygacha kuzatilishlari va davolanishlari lozim.
16.2-modda boʻyicha parvoz ishiga qoʻyish, dori-darmon vositalari qoʻllanilmasdan uglevod moddalar almashinuvi toʻliq kompensatsiyalanganda amalga oshiriladi. Qandli diabetning yengil shaklida dispetcherlar ishdan chetlatilmaydilar. Zaharli boʻqoqda (tireotoksikozda) sogʻaygandan soʻng, parvoz ishiga qoʻyish haqida qaror qayta tiklash (dori-darmon vositalari qoʻllanilmasdan) davosini oʻtkazib, 12 oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin qabul qilinadi. Qalqonsimon bezning diffuz eutireoid kattalashganligini I va II darajasi va uglevodlarga tolerantlikni buzilishi modda qoʻyilishiga asos hisoblanmaydi.
17-modda.
17.2-modda boʻyicha, sil kasalligini oʻtkazgandan keyin klinik sogʻaygan yoki qoldiq koʻrinishlari (chegarali fibroz, kalsinatlar oʻchogʻi, boʻlakaro va plevra bitishmalar) boʻlgan, koʻks oraligʻi aʼzolari siljimagan va tashqi nafas olish faoliyati buzilmagan shaxslar baholanadi.
Ishga tiklashda sildispanserini nazorat guruhi koʻrsatilgan hulosasi kerak.
18-modda.
18.1-moddaga bronxial astma, bronxoektatik kasalligi, faol sarkoidoz, surunkali pnevmoniya, diffuz pnevmoskleroz va tashqi nafas olish faoliyati buzilgan oʻpka emfizemasi tegishli.
18.2-modda boʻyicha, surunkali bronxitning remissiya davri, chegaralangan pnevmoskleroz, operatsiyalar, yaralanish, jarohatlar asoratlari bilan tashqi nafas olish funksiyasi saqlangan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Surunkali bronxitning asoratli kechishida, uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar jamiki davolanish davridan to nafas olish faoliyati toʻliq tiklanmaguncha ishdan chetlashtiriladi.
Oʻz-oʻzidan yuz bergan pnevmotoraks kechirgan shaxslar, uni qayta paydo boʻlish sababi tekshiruvda aniqlanmagan sharti bilan, tuzalgandan soʻng, uch oydan ilgari boʻlmaganda ishga tiklanishlari mumkin; pnevmotoraksni takrorlanishida tiklanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19-modda.
Boshqarishni buzilishi bilan bogʻliq yurak kasalliklari tegishli. “Neyro-sirkulyator distoniyaning kardial turi” tashhisi birinchi marta, klinik, laborator va instrumental tekshiruvlar puxtalik bilan bajarilib, funksional sinovlardan foydalanilgandan soʻng qoʻyiladi. Joriy shamollash jarayonini, yurakdagi organik oʻzgarishlarni va ekstrakardial kasallikni istisno qilish zarur. Yurak ishemik kasalligidan differensial diagnostika uchun ortostatik va farmakologik EKG-sinovlari, VEP, miokard ssintigrafiyasi yukli sinovlari, gumonli holatlarda — koronarografiya tekshiruvlaridan foydalaniladi.
19.1-modda boʻyicha, yurak maromining yorqin ifodalangan buzilishlari, sinus tugunining zaiflik sindromi, yurak qisqarishini takroriy tushib qolishi (ikkita qisqarishga va undan koʻp) bilan kechuvchi oʻtkazuvchanlikni buzilishi, titroq (mersal) aritmiyaning xurujlari bilan, yurak oldi boʻlmasini titrashi, supraventrikulyar taxikardiya (toʻrtta va undan koʻp komplekslar, daqiqasiga tezligi 120 zarba va undan koʻp), qaytalanuvchi bi-, trigeminiya davrlari bilan qorinchalar ekstrasistoliyasi, juftlashgan qorinchalar ekstrasistoliyasini takrorlanuvchi epizodlari bilan, qorinchalar taxikardiyasi epizodlari bilan (uchtadan va undan koʻp majmualar, daqiqasiga tezligi 120 zarba va undan koʻp), oʻz-oʻzidan yuz bergan supraventrikulyar taxikardiyasi mavjud boʻlganda, Volf-Parkinson-Uayt sindromi bilan, shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Maromning supraventrikulyar ahamiyatli buzilishlarida elektrofiziologik tekshiruvlar oʻtkaziladi. Agar, qayd qilingan maromning yorqin ifodalangan buzilishlari qoʻzgʻatgan boʻlsa, uning natijalari salbiy deb hisoblanadi.
Marom holatini (ifodalanishini) baholashda sutkali EKG-monitoring (kuzatuv) oʻtkaziladi.
Yurakdagi marom buzilishlari muvaffaqiyatli davolanganda, qayta koʻrikdan oʻtkaziladi.
19.2-modda boʻyicha, 19.1-moddada qayd qilinmagan, yurakdagi marom va oʻtkazuvchanlikni buzilishi bilan shikoyatlar bayon qilmagan, EKGdagi (ST va T) qorinchalar kompleksini yakuniy qismidagi beqaror oʻzgarishlarning, V-blokatorlar qabul qilinganda meʼyorga kelishi bilan, shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladi.
EKGdagi beqarorlik yoʻqolganda va EKGning meʼyoriyligida V-adrenoblokatorlar samarasiz boʻlsa, ishga yaroqsizligi haqida ekspert xulosasi qabul qilinadi.
20-modda.
20.1-modda, turgʻun xususiyatga ega boʻlgan, Q/B 160/95 mm.sim.ust. va undan yuqori boʻlgan arterial gipertenziyani yoki QB kamroq koʻrsatkichlarda boʻlib, yurak chap qorinchasini gipertrofiyasini, EKGda harakatsiz holatda yoki jismoniy yuklamadan keyingi oʻzgarishlarni oʻz ichiga oladi. Bu yerga, vaqtinchalik bosh miyada qon aylanishi buzilishi bilan kechuvchi, tranzitor gipertonik xurujlar ham tegishli.
20.2-modda boʻyicha, dori-darmonsiz yoki ishlab turib qoʻllanishga ruxsat etilgan dori-darmonlar yordamida, QB bir maromda saqlanishi 160/95 mm.sim.ust. sonlaridan yuqori boʻlmagan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladi.
2-3 oy davomida davolash uchun dori-darmonlar tanlanadi. Ishga qoʻyilishda oʻtkazilgan tadbirlarning turgʻun samarasi, yuklama sinovlarining oʻtkazishi va havf omillari inobatga olinadi.
20.3-moddaga, QB tranzitor koʻtarilishining, dori-darmon vositalari qoʻllanilmasdan meʼyorga kelishi tegishli. Yukli sinovlar, sutkali QB-monitoring natijalarini inobatga olib, ishga qoʻyilish haqida qaror chiqariladi.
Uchuvchi, shturman, bortmuhandislikka oʻqishga nomzodlar uchun QB 140/90 mm.sim.ust.dan oshishi mumkin emas.
21-modda.
21.1-moddaga miokard infarkti, stenokardiya, marom va oʻtkazuvchanlik buzilishining ogʻir turlari tegishli. Bu yerga EKGda harakatsiz holdagi yoki jismoniy yukli test sinovlaridagi oʻzgarishlar tegishli, ulardan biri qoʻshimcha tekshiruvlardan keyin koʻproq koronar qon aylanishini buzilish ehtimoli bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Musbat jismoniy yuklamali EKG — test, yukli ssintigrafiyada lokal ishemiya aniqlanganligi yoki yurak asosiy arteriyalaridan birining 50% dan koʻpga torayganligi yoki aortokoronarografiyada uchta arteriyaning 30% dan koʻpga torayishining yigʻindisi, yurak ishemik kasalligi tashhisi uchun yetarli asos boʻlib xizmat qiladi.
21.2-moddaga, koronar va umumiy qon aylanishini buzilishlari, yurak maromi va oʻtkazuvchanligini buzilishi bilan davom etmaydigan yurak qon-tomirlari va mushaklarining aterosklerozi tegishli. Yurak qon-tomir tizimini chuqur klinik tekshirib, yukli sinashlarni ijobiy oʻtkazgandan keyin, parvoz ishiga qoʻyilishi mumkin.
Miokard infarktini oʻtkazgan shaxslarni, yurak-qon tomir tizimi faoliyati yaxshi boʻlib, antianginal vositalar bilan davolanmasdan EKG normal boʻlsa, faqat ikki yillik kuzatuvdan keyin, “HHB dispetcher”i mutaxassisligi boʻyicha ishga qoʻyish mumkin.
22-modda.
Moddaga tugʻma va orttirilgan yurak nuqsonlari, mitral klapanning prolapsi, yurak mushakidagi joriy shamollashlar, miokardiodistrofiyalar, miokarditik kardioskleroz, kardiomiopatiyalar va boshqalar tegishli.
Ushbu kasalliklarning klinik alomatlari aniqlanganda, kasallik anamnezi, har tomonlama klinik va kardiologik tekshiruvlar, funksional-diagnostik tekshiruvlar, kasallikning kechishiga va uni prognozini oʻrganish asosida hulosa chiqariladi.
22.1-moddaga oʻtkir sust kechuvchi kasalliklar yoki yorqin ifodalangan marom, oʻtkazuvchanlikni buzilish asoratlari bilan oʻtkazilgan kasalliklarning oqibatlari, yurak yetishmovchiligi va ogʻriq sindromi alomatlari bilan; oʻrtacha va koʻp ifodalangan yurak qoʻshma nuqsonlari va mitral klapanning 6 mm dan koʻp prolapsi, dilyatatsion, gipertrofik va restriktiv kardiomiopatiyalar tegishli.
22.2.-moddaga miokarditik kardioskleroz, mitral klapanning 3 mm dan 6 mm gacha prolapsi, oz ifodalangan, izolyatsiyalangan va turgʻun kompensator yurak nuqsonlari, oqim yoʻllari toʻsilmagan obstruksiyasiz qorinchalararo toʻsiqning assimetrik gipertrofiyasi, gipertrofik kardiomiopatiyaning apikal turi. Barcha ushbu kasalliklar 22.1-moddada koʻrsatilgan siptomatika bilan birga kechishi mumkin emas.
Yurakda yalligʻlanish kasalligi sababli davolangan shaxslar, uch oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin, qayta koʻrikdan oʻtkazilishlari mumkin.
23-modda.
Bu modda boʻyicha yara kasalligi, gastritlar, kolitlar bilan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar. Kasalliklarning oʻtkir va zoʻrayishini davolash natijalari endoskopik nazorat qilinishi kerak. Gastrit (shu jumladan eroziyali) va kolitning davolash ijobiy natijalarida, koʻrikdan oʻtuvchilar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga qoʻyiladilar.
Asoratsiz yara kasalligida uchuvchilar tarkibi va bortkuzatuvchilar uch oygacha davolanishlari lozim. Asoratli yara kasalligida, tezkor davolanishdan keyin, operatsiya turiga va davolash natijalariga qarab, olti — oʻn ikki oydan keyin qayta koʻrikdan oʻtkazilishlari mumkin.
Dispetcherlar mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilganidan keyin ishga qoʻyiladilar. Birinchi marta, klinik koʻrinishlarsiz, 12-barmoqli ichagida deformatsiyali chandiq aniqlangan shaxslar parvoz ishidan chetlashtirilmaydilar.
24-modda.
24.1-modda boʻyicha gepatitning aktiv davri, jigar sirrozi, surunkali xoletsistitning hurujli davri, oʻt-tosh kasalligi, pankreatit bilan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar.
24.2-modda boʻyicha, turgʻun remissiya va aʼzo faoliyati saqlanganlik sharti bilan parvoz ishiga tiklanadilar. Dispetcherlar sogʻaygach ishga qoʻyiladilar.
Litotripsiya va xoletsistektomiyadan keyin, olti oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin, parvoz ishiga tiklanish masalasi koʻriladi. Asoratsiz laparoskopik xoletsistektomiyadan soʻng esa, uch oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin.
Xavfsiz funksional bilirubinemiya bilan shaxslar tekshiruvdan keyin, parvoz ishiga yaroqli deb topiladilar, lekin AKIga qoʻyilmaydilar.
Gepatitni V va S turini oʻtkazgan aviatsiya xodimlari, turgʻun remissiya boshlangandan olti oydan keyin ishga yaroqli deb topiladilar.
Kasallik koʻrinishlarisiz gepatit V va S turi virusini tashuvchilikda (surunkali nofaol gepatit), aviaxodimlar kasbiy majburiyatlarini bajarishga yaroqli deb topiladilar.
25-modda.
Buyrak kasalliklarini oʻz ichiga oladi. Oʻtkir glomerulonefrit oʻtkazgan shaxslar yaroqsiz deb topiladilar va yil davomida kuzatuvda boʻlishlari lozim. Yukli sinovlarini bajarib va buyraklar funksiyasining ijobiy koʻrsatgichlari bilan statsionar tekshiruvidan keyin, parvoz ishiga qoʻyilish masalasi koʻrib chiqiladi. Surunkali nefrit yoki piyelonefrit alomatlarida, ishga yaroqlik toʻgʻrisidagi xulosa, kasallik jarayoning kechishi va buyraklar faoliyati saqlanganligi, ikkilamchi gipertenzion sindromini ifodalanganligiga qarab individual chiqariladi. Piyelonefrit ikkilamchi xususiyatda boʻlib kelgan hollarda, asosiy kasalligini hisobga olib, koʻrikdan oʻtkaziladilar.
26-modda.
Boʻgʻimlardagi yalligʻlanish, allergik, modda almashinuvi kasalliklari, biriktiruvchi toʻqimalarning tizimli kasalliklari bilan, shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
26.1-modda. Kasallikning oʻtkir va oʻtkirligi pasaygan kechishida, parvoz, dispetcherlik ishiga va bortkuzatuvchilik ishiga yaroqsiz deb topiladilar. Oʻtkir yuqumli, yuqumli-allergik artritlar, poliartritlar bilan, shaxslar, kelgusida 3 — 6 oydan keyin tiklanishlari bilan, davolanishlari lozim. 26.2-modda boʻyicha, surunkali artrit, poliartritlarda boʻgʻimlarning funksional faoliyatiga qarab xulosa chiqariladi. Surunkali jarayonning yilda ikki martadan koʻp zoʻrayishida, ekspert hulosasi 26.1-modda boʻyicha chiqariladi.
Jarrohlik kasalliklari
27-modda.
Uchuvchilikka oʻqishga nomzodlar: — 160 sm dan past va 190 sm dan baland boʻlmagan, oyoqning uzunligi 73 sm dan kam boʻlmagan boʻyga ega boʻlishi kerak; shturmanlikka, bortmuxandislikka 160 smdan past va 190 sm dan baland boʻlmagan; bortkuzatuvchilikka — ayollar uchun 157 sm dan past va 175 sm dan baland boʻlmagan; erkaklar uchun 165 sm dan past va 185 sm dan baland boʻlmagan. Tana vazni boʻyiga mos boʻlishi kerak (2-ilovaning 15 va 27-moddalariga).
Dispetcherlik boʻlimlariga qabul qilinayotgan shaxslar uchun, tana rivojlanishi mutanosib boʻlsa, boʻyiga, vazniga va oyoq uzunligiga cheklov yoʻq.
FA oʻquv yurtlarida oʻqishga nomzodlarning jismoniy rivojlanishini baholashda yoshi (organizmning jadal rivojlanish davrida, tana vazni boʻydan orqada qolishi mumkin), 25% koʻp boʻlmagan tana vaznining yetishmasligi jismoniy rivojlanishning yetishmovchiligini alomatlari sifatida baholanilmaydi. Infantilizmda oʻqishga yaroqlilik haqidagi masala, endokrinolog maslahatidan keyin hal qilinadi.
28-modda.
Limfa tugunlar shikastlanganda, koʻrikdan oʻtuvchi mutaxassislarda tekshirilishi lozim.
Limfa tugunlar silida, parvoz ishiga (dispetcherlik ishiga) tiklanish maqsadida tekshiruv, toʻliq klinik sogʻaygandan va silga qarshi dispanserdan roʻyxatdan olingandan keyin mumkin. Aktinomikozda davolash tugagandan keyin, bir yildan kam boʻlmagan vaqtdan keyin, toʻliq klinik sogʻaygach, dermatolog (mikolog) xulosasini hisobga olib, parvoz, dispetcherlik ishiga tiklanish mumkin.
29-modda.
Moddaga, bosh suyaklari, tayanch-harakat apparatini oʻziga xos va oʻziga xos boʻlmagan sababga koʻra kasalliklari: suyak va boʻgʻim sili, osteomiyelitlar, degenerativ-distrofik jarayonlar (deformatsiyalovchi artrozlar, osteoxondropatiyalar, aseptik nekrozlar va boshqalar), tovon suyagi pixi, toshli bursit, Dyupyuitren kontrakturasi, eozinofil granuloma, ksantoma, gemangioma, fibroz displaziyasi, hamda yuz skeletining surunkali kasalliklari kiradi. Bosh jarohati, bosh suyaklar va bosh miya operatsiyalari asoratlarida, ekspert xulosasini nevropatolog chiqaradi.
Kasallikning oʻziga xos sababi, sekvestr boʻshliqlar, borligi aniqlanganda, faoliyat buzilishi darajasidan qatʼi nazar, koʻrikdan oʻtuvchilar ishga yaroqsiz deb hisoblanadilar. Davolash natijalari ijobiy boʻlsa (oqma yara teshigi yopilishi, rentgenologik nazorat maʼlumotida sekvestrlar yoʻqligi) va remissiya 6 oydan kam boʻlmasa, ishga qoʻyish masalasi koʻrib chiqilishi mumkin.
Boʻgʻimlar funksiyasini baholash 29-modda (2-ilova) boʻyicha oʻtkaziladi. Umurtqa pogʻonasidagi suyaklarda, faoliyati ahamiyatsiz cheklangan va ogʻriqsiz sindrom bilan degenerativ-distrofik jarayonlarda (osteoxondroz, spondiloartroz), 29.2-modda boʻyicha xulosa chiqariladi. Ildizli sindromda ekspert xulosasini nevropatolog chiqaradi.
Umurtqa korpusini chiqib sinishida, umurtqa pogʻonasining silida (jarayon fazasi va funksional holatidan qatʼi nazar), koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadilar. Bir yoki ikki umurtqa korpusini kompressionli sinishida, jarohat, operatsiyadan soʻng, 12 oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Koʻndalang va qiltiq oʻsimtalarini sinishida, koʻrikdan oʻtuvchilar, faoliyati tiklanib va ogʻriq sindromi yoʻqolgach, sogʻaygandan keyin ishga va oʻqishga qoʻyiladilar.
Disk churrasi sababli laminektomiyadan keyin, parvoz ishiga yaroqlilik 6 oydan kam boʻlmagan vaqtda, dispetcherlik ishiga esa — kasallik varaqasi yopilgach, aniqlanadi. Patologik kifozning barcha koʻrinishlari, parvoz ishiga va oʻqishga yaroqsizlikni belgilaydi. “Yumaloq orqa”(qaddi — qomatni koʻrinishi) patologik kifozga kirmaydi. Differensial tashhisot uchun umurtqa rentgenografiyasi zarur.
Normal jismoniy rivojlangandagi I darajali oʻsmirlik skoliozi, tugʻma sakralizatsiya, lyumbalizatsiya, umurtqa yoyining yorilishi, umurtqa pogʻonasi, tos aʼzolarining funksiyasi buzilishi ogʻriqli sindrom bilan davom etmasa, parvoz va dispetcherlik mutaxassisliklariga oʻqishga toʻsqinlik qilmaydi. Skoleoz burchagi, Kobba usulida, umurtqa pogʻonasining tik turgan holda oʻtkazilgan rentgenogrammasi boʻyicha aniqlanadi. I darajalisida, skolioz burchagi 10 gradusdan oshmaydi.
Tos suyaklarini konsolidatsiyali sinishlarida, jarohatdan olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin, 29.2- modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
Umurtqa pogʻonasi va tos suyagining kasalliklarida, jarohatlarida, parvoz va dispetcherlik ishiga yaroqlilik xirurg nevropatolog bilan birgalikda aniqlanadi. Yuqumli-allergik genezli spondiloartritlar (Bexterev, Reytera kasalligi va boshqalar) yaroqlilik standartlarining terapevtik boʻlimiga kiradi.
Umurtqa pogʻonasidagi morfologik oʻzgarishlar umurtqa korpuslarining chetlarini oʻsishi, ulardagi bitta yarimta tikonsimon oʻsmalarning kattalashuvi, koʻndalang bogʻlamani qalinlashishi kabi va boshqa koʻrinishlari rentgenologik aniqlangan, lekin klinik koʻrinishlarsiz boʻlsa, modda qoʻllanilishiga asos boʻlmaydi.
Uchuvchi tarkibi va FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarda, mushaklar kuchi dinamometriyada oʻng qoʻlida 35 kkg., chap qoʻlida — 30 kkg. kam boʻlmagan (chapaqaylarda teskarisi boʻlishi mumkin) boʻlishi kerak.
FA bilim yurtiga, bortkuzatuvchilar xizmatiga kirayotganlar uchun — varusli (O — simon) oyoq qiyshayishida boldir suyagining ichki toʻpiqlar orasidagi masofani besh santimetrdan koʻp boʻlmasligi va valgusli (X — simon) oyoq qiyshayishida katta boldir suyaklarining ichki toʻpiqlari orasidagi masofani besh santimetrdan koʻp boʻlmasligi — ahamiyatsiz deb tasniflanadi. Boshqa koʻrikdan oʻtuvchilar uchun, varusli va valgusli qiyshiq oyoqlikda tegishli nuqtalar orasidagi masofani toʻqqiz santimetrgacha boʻlishi, ahamiyatsiz deb baholanadi. Koʻrsatkichlarning koʻrsatilgandan ortiqligi, ahamiyatli deb baholanadi va yaroqsizlikni belgilaydi.
Mushaklar, paylar, boylamlar, suyaklar va boʻgʻimlardagi operatsiyalardan keyin, faoliyatlari tiklanganidan soʻng, uchuvchilikka oʻqishga, parvoz (dispetcherlik) ishiga yaroqlilik aniqlanadi. Qoʻl yoki oyoq qisqarishi ikki santimetrdan koʻp boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi, lekin uchuvchining oyoq uzunligi 73 sm dan kam boʻlmasligi kerak.
Odatiy (koʻnikib ketilgan) suyak chiqishida, soxta boʻgʻimda operativ davolanishga koʻrsatmalar boʻlib, lekin rad etilgan hollarda, koʻrikdan oʻtuvchilar 29.1-modda boʻyicha yaroqsiz deb topiladilar.
Osteosintezda qoʻllaniladigan tantal konstruksiyalar (shuruplar, halqalar, Len plastinkalari va bosh.), metalloz alomatlari yoʻq boʻlsa, parvoz (dispetcherlik) ishini, oʻqishni davom ettirishga toʻsiq boʻlmaydi.
Boshqa suyak ichiga oʻrnatilgan metal konstruksiyalar (SITO, Bogdanov, Dubrov sterjeni va boshqalari), parvoz ishiga tiklanish vaqtida olib tashlangan boʻlishi kerak.
Qoʻl panjasini yoʻqligi, bir qoʻlda ikki barmoqning, oʻng qoʻlda birinchi yoki ikkinchi barmoq, hamda chap qoʻlda birinchi barmoq yoʻqligi, toʻliq tortishishi yoki harakatsizligi 29.1-moddaga tegishli.
Birinchi barmoqda tirnoq falangasi va boshqalarida ikkita falanga yoʻqligi, barmoq yoʻqligiga tenglashtiriladi.
Panja, qoʻl barmoqlarining boshqa nuqsonlarida yaroqlilik, panja faoliyatining saqlanganlik darajasiga qarab baholanadi.
Qoʻl barmoqlarining nuqsonlari boʻlgan uchuvchilar tarkibidagi shaxsga, munozarali hollarda, trenajyorda sinovdan oʻtgandan keyin xulosa chiqariladi (trenajyor instruktorining natijalar haqidagi xulosasi ilova qilinadi).
29.1-moddaga oyoq panjasi yoʻqligidan tashqari, uning funksiyasini buzuvchi va yurishni qiyinlashtiruvchi oyoq panjasining tugʻma va orttirilgan patologiyalari (maymoqlik, oyoq panjalarining varusli va valgusli deformatsiyalari, III darajali yassitovonlik, bolgʻasimon barmoqlar, birinchi barmoqning 15 gradusdan koʻpga lateral ogʻishi) kiradi. Oyoq panjasida birinchi barmoqni yoʻqligi, uchuvchilikka oʻqishga va bortkuzatuvchilik ishiga toʻsqinlik qiladi.
Bitta barmoqni yoʻqligi (birinchidan tashqari), ikkita barmoqni birga qoʻshilib oʻsishi, oyoq panjasi faoliyati saqlangan boʻlsa, uchuvchilikka oʻqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Yassitovonlikni I darajasi va boshlangʻich davridagi II darajasi, oʻqishga toʻsqinlik qilmaydi. Oyoq tagi gumbazining balandligi 20 mm dan past boʻlgan yassitovonlik (rentgenografiyada oyoq panjasining taqalgani), uchuvchilikka oʻqishga yaroqsizlikni belgilaydi. Yassitovonlik darajasini baholashda, asosiy diagnostik ahamiyat rentgenologik tekshiruvga beriladi.
Teridagi keng koʻlamli yassi chandiqlarda (tanaga yuzasining 20% idan koʻpi), ularning holati va faoliyatini buzilish darajasidan qatʼiy nazar, FA oʻquv yurtlariga nomzodlar va bortkuzatuvchilik ishiga kirayotganlar yaroqsiz deb topiladilar.
30-modda.
30.1-moddadan teri va I bosqichdagi pastki lab saratoni istisno tariqasida chiqariladi. Davolanish davrida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik belgilanadi. Kasbiy mehnatga layoqatlilik masalasini, onkolog xulosasini va periferik qon koʻrsatgichlarini normalligini hisobga olib, xirurg hal qiladi.
Qalqonsimon bezning I bosqichdagi (TI NOMO) yoki 2-a bosqichidagi (T2 NOMO), sut bezidagi, yumshoq toʻqimalardagi, oshqozondagi, ichaklardagi (toʻgʻri ichakdan tashqari), bachadon boʻynidagi oʻsmalar davolangandan keyin, 30.2-modda boʻyicha individual baholash qoʻllanilib, ishga tiklanish mumkin.
Koʻrikdan oʻtuvchida oʻsmali jarayon qaytalanishi yoki kattalashishi boʻlmasa va organizm faoliyati toʻliq va turgʻun kompensatsiyalansa, parvoz, dispetcherlik ishiga va bortkuzatuvchilik ishiga tiklash quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi: oshqozon va ichak saratonida operatsiyadan keyin uch yil kam boʻlmagan vaqtdan soʻng; sut bezi, qalqonsimon bezi, buyrakdagi, moyakdagi, bachadon boʻynidagi xavfli oʻsmalarda davolanish (operativ, qoʻshma, nur bilan davolash) tugagandan keyin ikki yildan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng. TUEKka taqdim etiladigan hujjatlarda: oʻsma bosqichi, batafsil patomorfologik xulosa (oʻsma oʻsishining anatomik turi, uning morfologik tasnifi, regionar limfa tugunlarining holati) va oʻtkazilgan muolaja (jarrohlikda- operatsiya turi va operatsiya operatsiyadan keyingi davrning kechishi; nurda — nurlanish uslubi, umumiy oʻchoqli dozasi, nurga umumiy va mahalliy taʼsirlanish) koʻrsatilishi shart.
“S-r in situ” patomorfologik xulosasida, oʻsma joylashgan joyidan qatʼi nazar, oʻtkazilgan muolajaning (operatsiyaning) xususiyatiga qarab, ekspert xulosasi chiqariladi.
Moddaga koʻz, markaziy va periferik nerv tizimidagi, lor aʼzolaridagi oʻsmalar tegishli emas.
31-modda.
Moddaga, chin oʻsmalardan tashqari, suyak-togʻay ekzostozlari, tugunli buqoq, kistali hosilalar (xususiyatidan qatʼi nazar), mastopatiya va prostata bezi adenomasi tegishli.
31.1-modda, joylashgan joyi, hajmlari, qoʻshni aʼzolar bilar oʻzaro anatomik bogʻlanganligi, atrofdagi aʼzolar faoliyatini buzilish ehtimoli va ular tarqalgan aʼzolarga bogʻlanganligi sababli, operativ muolaja lozim boʻlmagan oʻsmalarda qoʻllaniladi.
Xavfsiz oʻsmalar olib tashlangandan keyin, operatsiya koʻlami va natijasiga qarab ishga qoʻyilish muddatlari aniqlanadi.
Oʻsishga moyilligi boʻlmagan, unchalik katta boʻlmagan oʻlchamli, kiyim va oyoq kiyim kiyishiga halaqit qilmaydigan xavfsiz oʻsmalarda modda qoʻllanilmaydi.
Ilgari xavfsiz oʻsmalar sababli operatsiya oʻtkazgan, bortkuzatuvchilikka oʻquv yurtlariga va ishga kirayotganlar, TUEKka oʻtkazilgan operatsiya turi va oʻsmaning gistologik tekshiruv maʼlumotlari koʻrsatilgan koʻchirma taqdim etishlari kerak.
Oshqozon — ichak yoʻllaridagi (koʻpchilik hollarda poliplar) va nafas olish aʼzolaridagi xavfsiz oʻsmalarda, kimyoviy zaharlar bilan ishlashga yaroqsizlik belgilangan. Ushbu oʻsmalarda davolash usuli haqidagi masalani onkolog (proktolog) hal qiladi.
Tugunli buqoqni olib tashlagandan keyin, parvoz (dispetcherlik) ishiga tiklash va ushbu mutaxassisliklarga oʻqitish masalasini, operatsiyadan uch oydan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng terapevt koʻrib chiqadi.
Urolog xulosasiga koʻra operativ muolajaga koʻrsatish boʻlmasa, prostata bezining dizuriya buzilishlarisiz I bosqichdagi adenomasida, uchuvchi va dispetcher tarkibidagi shaxslar 31.2.-modda boʻyicha yaroqlidirlar. Prostata bezining II-III bosqichdagi adenomasida, hamda I bosqichda, agar u oʻtkir siydik chiqarishni toʻxtab qolishi bilan ogʻirlashsa, koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
Tashqi jinsiy aʼzolardagi xavfsiz oʻsmalarni olib tashlash masalasi, ginekolog (urolog) maslahatidan keyin hal qilinadi. Tekshiruvdan oʻtayotganlarda simptomsiz kechuvchi bachadon miomasi aniqlansa, ularga dispanser kuzatuvi lozim. Bortkuzatuvchilikka oʻqishga nomzodlar va qayta shu ishga kirayotganlar yaroqsiz deb topiladilar. Miomani oʻsish holi, ovarial-hayz faoliyatini buzilishi va ogʻriq sindromini rivojlanishi operativ davolashga koʻrsatishdir. Operatsiyadan keyin, 34-moddada koʻrsatilgan muddatlarda ishga ruxsat etiladi.
Tana qismlarining doimiy kiyim, oyoq kiyim bosimi taʼsiri ostida boʻlib joylashgan, 2x3 smdan va undan koʻproq oʻlchamli, koʻp miqdordagi pigmentli nevuslar bilan FA oʻquv yurtlariga nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar.
Moddaga koʻz, markaziy va periferik nerv tizimi va lor, aʼzolari oʻsmalari tegishli emas.
32-modda.
Koʻkrak boʻshligʻi va koʻks oraligʻi aʼzolaridagi kasalliklar sababli operatsiyadan keyin, koʻrikdan oʻtuvchilar parvoz (dispetcherlik) ishiga va oʻqishga yaroqsiz deb topiladilar. Davolash natijalari ijobiy boʻlsa, ishga (oʻqishga) yaroqlilik masalasi, operatsiyadan keyin olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng, terapevt bilan birgalikda hal qilinadi.
Koʻkrak devorida va oʻpka toʻqimalarida yot jismlar borligida, yirik tomirlardan, yurakdan uzoqda boʻlsa, klinik koʻrinishlar bermasa va tashqi nafas olish funksiyasi yaxshi boʻlsa, ekspert xulosasi 32.2-modda boʻyicha chiqariladi. FA oʻquv yurtlariga nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar.
Jarohatli pnevmotoraksda davolanish va klinik tekshiruvlar tugagandan keyin, ekspert qarori chiqariladi.
Koʻkrak qafasining ichki aʼzolar shikastlanmagan ichiga kirgan jarohatida, yaroqlilik masalasi sogʻaygandan keyin hal qilinadi. Diafragmal churrada siqilish ehtimoli boʻlsa yoki qiziloʻngach va oshqozon funksional buzilishini yuzaga keltirsa va reflyuks-ezofagit bilan ogʻirlashganda, yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi. Operativ davolash natijasi ijobiy boʻlganda, parvoz (dispetcherlik) ishi haqidagi masala, operatsiyadan soʻng, olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqiladi.
33-modda.
Moddaga divertikullar, chandiqli oʻzgarishlar, kardiospazm, kardiya axalaziyasi kiradi. Divertikulni operativ davolash natijasi ijobiy boʻlganda, parvoz (dispetcherlik) ishiga yaroqlilik haqidagi masala, operatsiyadan soʻng, olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqiladi. 33.2-modda, oʻlchami 2-2,5 sm dan katta boʻlmagan, kontrast moddani ushlab qolmaydigan, divertikulit va qiziloʻngach faoliyati buzilishi bilan birga kechmaydigan divertikullarda qoʻllaniladi.
34-modda.
Oʻqishga nomzodlar va FA parvoz (dispetcherlik) ishiga va bortkuzatuvchilik xizmatiga kirayotgan shaxslar, ularning qorin devorida operatsiyalardan keyingi chandiqlar bor boʻlsa, TUEKka oʻtkazilgan operatsiyaning xarakteri haqida hujjatlar taqdim etishlari kerak. Rivojlanish anomaliyasi, qorin boʻshligʻidagi aʼzolarning shikastlanishi, oʻsmasiz kasalliklar, shu bilan birga, yara kasalligi, xoletsistit, oʻt-tosh kasalligi, oʻtkir va surunkali pankreatit, strangulyatsionli tutilish va ichak buralishi sababiga koʻra operatsiyalardan keyin, oʻqishga nomzodlar va FA ishiga kirayotganlar, yaroqsiz deb topiladilar.
Appendikulyar infiltratda koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladilar. Faqat operativ davolashdan keyin ishga tiklanish mumkin.
Natijasi ijobiy boʻlganda, parvoz (dispetcherlik) ishiga va bortkuzatuvchilik ishiga va oʻqishni davom ettirishga, operatsiyadan keyin, quyidagi muddatlarda ruhsat beriladi:
koʻkrak qafasining ichki aʼzolar shikastlanmagan ichiga kirgan jarohatlarida, oʻtkir appenditsit sababli appendektomiyada, Mekkelev divertikuli olib tashlanganda, diagnostik laparotomiyada (agar intraoperatsion reviziya maʼlumotlariga boʻyicha, chuqur tekshiruvlarga yoki uzoq muddatli konservativ davolanishga koʻrsatma boʻlmasa), olti haftadan kam boʻlmagan vaqtdan keyin;
koʻkrak qafasining ichki aʼzolar shikastlangan ichiga kirgan jarohatlarida, hamda peritonitli asorati boʻlmagan kasalliklarda toʻrt — olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin;
qorin boʻshligʻidagi aʼzolar shikastlanishi yoki kasallanishi, avj olib ketgan peritonitli asoratlari bilan,- oʻn ikki oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin.
Bitishma kasalligida, ichak buralishining sababi bartaraf qilinmaganda va oshqozon osti bezi operatsiyasidan keyin koʻrikdan oʻtuvchilar tiklanishlari mumkin emas. Klinik alomatlarsiz dolixosigma yaroqsizlik haqida hulosa qilishga asos boʻlmaydi.
Oshqozon, 12-barmoqli ichak yara kasalligi va uning asoratlari sababli operatsiyadan keyin, xoletsistektomiya, tuzilmali kasalliklar sababli splenektomiyadan keyin, tibbiy xulosa xirurg terapevt bilan birgalikda chiqariladi.
Qorin devoridagi churralar operativ davolanishi lozim. Koʻrikdan oʻtuvchilar, operatsiyadan keyin besh-olti haftadan kam boʻlmagan vaqtdan keyin ishga (oʻqishga) qoʻyiladilar. Aylanasi 4 smgacha boʻlgan va ogʻriq sindromi boʻlmagan toʻgʻri chov churrasida, komissiya oraliq davrida operativ davolanishga ruxsat beriladi. Aylanasi 1 sm dan koʻp boʻlmagan kindik churrasida, ogʻriqli sindrom operativ davolanishga koʻrsatma boʻladi. Churra boʻrtib chiqmagan toʻgʻri mushaklar diastazida, FA oʻquv yurtlariga va bortkuzatuvchilik ishiga kirayotganlarga, yaroqsizlik haqida hulosa chiqariladi. Parvoz (dispetcherlik) ishiga ruxsat beriladi.
Aviaxodimlarning parvoz (dispetcherlik) ishiga tiklanishi aʼzosaqlangan operatsiyalardan keyin, yara kasalligi asoratlarida (vagotomiya bilan qoʻshilgan teshilgan yoki qonovchan yara kesilishi yoki antrumektomiya, piloroduodenal chandiqli torayishda — piloroplastika bilan vagotomiya), operatsiyadan keyingi davr ijobiy kechishi bilan 6 oydan keyin, operatsiyadan keyingi asoratlar bilan va oshqozon tipik rezeksiyasidan keyin — 12 oydan keyin oʻtkaziladi.
Kichik tos aʼzolarida operativ davolanishdan keyin, aviaxodimlarga (ayollar jumlasidan) tibbiy hulosani xirurg-ekspert ginekolog bilan birgalikda chiqaradi. Xavfsiz patologiya bilan bogʻliq, laparoskopik miomektomiya va boshqa endoskopik operatsiyalardan keyin, aviaxodimlar parvoz (dispetcherlik) ishiga yaroqsiz deb topilishlari 4 oy koʻp boʻlmaydi. Shu bilan birga, koʻrikdan oʻtuvchi aviaxodimlarni ishga qoʻyilishi, oʻzlarining kasbiy majburiyatlarini xavfsiz bajarishlariga taʼsir qiluvchi, kasallikning qanday boʻlmasin asoratlari boʻlmasligi sharti bilan mumkin.
35-modda.
Dum suyagi epitelial toʻqimali yoʻlida oʻtkir yalligʻlanish alomatlari aniqlansa, hamda teshikli oqma yara shaklidagisida sovuq davrda operativ davolash koʻrsatilgan. Davolash natijalari ijobiy boʻlsa, ishni (oʻqishni) davom ettirishga ruxsat etiladi. Bavosir, surunkali paraproktit, dum suyagi epitelial toʻqimali yoʻlini operativ davolashda yaroqlilik masalasi sogʻaygandan keyin, lekin operatsiyadan soʻng 4 haftadan kam boʻlmagan vaqtdan keyin; toʻgʻri ichakning tushishida va anal qisqichini yetishmovchiligida, olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqiladi.
Uch yil davomida bir martalik yoki bir yil davomida ikkitadan koʻp xurujlar, tez-tez xurujli bavosir hisoblanadi.
Chot kondilomatozi dermatovenerolog maslahatidan keyin, 35.2-modda boʻyicha koʻrib chiqiladi. Toʻgʻri ichakning polip va polipozlarida 31-modda talablari qoʻllaniladi.
Uch yil davomida bir martalik yoki bir yil davomida ikkitadan koʻp xurujlar, tez-tez xurujli bavosir hisoblanadi.
Chot kondilomatozi dermatovenerolog maslahatidan keyin, 35.2-modda boʻyicha koʻrib chiqiladi. Toʻgʻri ichakning polip va polipozlarida 31-modda talablari qoʻllaniladi.
36-modda.
Arteriyalarning obliteratsiya kasalligi (endarteriit, ateroskleroz), aterosklerotik okklyuziyalar, anevrizma, venalarni varikoz kengayishi, tromboflebit, flebotromboz, posttromboflebit kasalligi, filoyoq kasalligi, tomirlar jarohatlari va ulardagi operatsiyalar asoratlari modda ichiga kiradi.
Jarohatdan keyingi arterial anevrizmalarni operativ davolashni ijobiy natijasida, operatsiyadan keyin bir yildan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng parvoz va dispetcherlik ishiga yaroqlilik haqidagi qaror, klinik tekshiruv natijalari boʻyicha qabul qilinadi.
Venalarni varikoz kengayishida, trofik buzilish belgilari, qon aylanishining dekompensatsiyasi, tugunlar ustidagi teri yupqalashib ularning yorilish xavfi boʻlganda, koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadilar.
Oyoqlardagi venalarning varikoz kengayishini operativ davolashdan keyin, parvoz, dispetcherlik ishiga qoʻyish masalasi, operatsiyadan soʻng uch oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin hal qilinadi. Varikoz kasalligi qaytalanganda bortkuzatuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadilar, boshqa koʻrikdan oʻtuvchilarga qon aylanishini buzilish darajasini hisobga olib individual baho qoʻllaniladi. Posttromboflebit kasalligining kompensatsiya davrida dispetcherlar yaroqli deb topiladilar, qolgan koʻrikdan oʻtuvchilar — kasallik davridan qatʼi nazar yaroqsizdirlar.
37-modda.
Buyrak, siydik yoʻllari, qovuq va uretrada oʻtkazilgan operatsiyalardan soʻng, olti oy kam boʻlmagan vaqtdan keyin ishga tiklanish masalasi koʻrib chiqiladi. Faqat radioizotop usulida aniqlangan, yengil darajadagi buyrak parenximatoz faoliyatini buzilishi, 37.2-modda boʻyicha, parvoz (dispetcherlik) ishiga tiklanishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Nefrektomiya oʻtkazgan yoki tugʻilganidan bitta buyragi bor uchuvchi tarkibidagi shaxslarga, buyrak funksiyasi holatiga qarab individual baho qoʻllaniladi.
37.1-moddaga qarashli buzilishlar boʻlmasa, I-II darajali nefroptoz parvoz ishini davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi. III darajali nefroptozda uchuvchi tarkibi yaroqsiz deb topiladi, dispetcherlar tarkibiga individual baho qoʻllaniladi.
Har qanday darajadagi nefroptozi bor bortkuzatuvchi va bortoperatorlar yaroqsiz deb topiladilar.
Kriptorxizmning barcha turlarida (moyakni ushlanib qolishi yoki ektopiyasida) oʻqishga yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi. Moyakni olib tashlash boʻyicha operatsiya oʻtkazgan shaxslar (qorinda ushlanib qolishi, moyakni tushirish, ektopiya) oʻqishga yaroqli deb hisoblanadi. Kriptorxizmni moyakni tushirish bilan operativ davolashdan keyin, moyak ildizda emas, yorgʻoqda joylashganlik sharti bilan, operatsiyadan soʻng olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin, uchuvchilikka oʻqishga yaroqlilik aniqlanadi.
Moyak, urugʻ naychasida suv yigʻilishida operativ davolash koʻrsatilgan. Kursantlar, uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar, operatsiyadan keyin 5-6 haftadan soʻng oʻqishga (ishga) qoʻyiladilar, dispetcherlar mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilgandan soʻng.
Urugʻ naychasining venasi oʻrtacha kengayganda (venalar konglomerati ifodalanmagan va qorin muskullari tarangligida ularning ortiqcha kuchayishisiz) nomzodlar oʻqishga yaroqli deb topiladilar. Qalpoqcha shaklidagi gipospadiyada oʻqishga nomzodlar, uchuvchi tarkibi, dispetcherlar va bortkuzatuvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
Moyak va urugʻ naychasida suv yigʻilishida, urugʻ naychasining venalari kengayishida, qutb ekspeditsiyalariga va issiq iqlimli mamlakatlarga ishga yuborilayotgan shaxslarga individual baho koʻzda tutilgan.
38-modda.
Moddaga buyrak va siydik-tanosil aʼzolari sili, piyelonefrit, sistit, uretrit, prostatit, siydik tutolmaslik kiradi. Silining faol shaklida ishga yaroqsiz haqida qaror qabul qilinadi. Oʻtkir oʻziga xos boʻlmagan yalligʻlanishda koʻrikdan oʻtuvchilar davolanishlari lozim. Moyak, tuxumdon silida (konservativ, operativ) sogʻaygandan keyin va silga qarshi dispanserda roʻyxatdan chiqarilgandan keyin, parvoz (dispetcherlik) ishiga ruxsat beriladi.
Buyrak sili sababli nefrektomiya oʻtkazgan shaxslar yaroqsiz deb topiladilar.
Surunkali oʻziga xos boʻlmagan kasalliklar zoʻrayishida, bir yil davomida 2-martadan koʻproq yoki ketma-ket 3 yil davomida har yili bir zoʻrayishida, koʻrikdan oʻtuvchilar ishga yaroqsiz deb topiladilar.
Koʻrikdan oʻtuvchilar, klinik koʻrinishlarsiz prostata bezida toshlari boʻlsa, parvoz (dispetcherlik) ishga yaroqlidirlar. Siydik tutolmasligi bilan qiynaluvchi shaxslar, barcha ustunlar boʻyicha yaroqsizdirlar.
39-modda.
Siydik-tosh kasalligi tashhisi aniqlanganda, klinik tekshiruv koʻrsatilgan va 39.1-modda qoʻllaniladi. Siydik chiqaruv yoʻllarida morfologik va funksional oʻzgarishlar boʻlmasa, 39.2-modda qoʻllaniladi. Oʻtkazilgan buyrak sanchigʻi (tosh chiqishi bilan yoki usiz) bilan bogʻlangan buyraklar faoliyatini buzilishida, keyinchalik koʻrikdan oʻtishlari bilan, koʻrikdan oʻtuvchilar 3 oygacha davolanishlari lozim. Ekstrakorporal litotripsiya va teri orqali litotomiya usuli bilan davolangan shaxslar, operatsiyadan keyingi asoratlar boʻlmasa, operatsiyadan keyin 2-3 oydan kam boʻlmagan, ochiq operatsiyada — 6 oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin ishga qoʻyiladilar.
Teri va tanosil kasalliklari
41-modda.
Surunkali qaytalanuvchi ekzema (shu jumladan cheklangan: quloq chigʻanogʻi, qoʻl panjalarida, yuzda, boʻynda, jinsiy aʼzolar sohalarida) barcha ustunlar boʻyicha yaroqsizlik xulosasiga asos boʻladi. Ekzemaning yengil shakllarida koʻrikdan oʻtuvchilar davolanishlari lozim. Ogʻir, tarqalib ketgan, davolash mushkul boʻlgan va surunkali mikrobli ekzemaga oʻtayotgan piodermiya turlarida koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
Yengil turlardagi ixtioz, tangachali temiratkini joylashishi cheklangan, yengil turida, umumiy ahvoli yaxshiligida 41.2-modda qoʻllaniladi.
Terining zamburugʻli shikastlanishi, piodermiya, parazitar kasalliklari (leyshmanioz, qoʻtir) bilan shaxslar davolanishi lozim. Davolangandan keyin ishga yaroqlilik toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Tananing ochiq joylarida joylashgan vitiligo (yuz, boʻyin, qoʻl panjalarida) va uyali alopetsiya bilan, FA oʻquv yurtlariga va bortkuzatuvchilikka nomzodlar oʻqishga yaroqsizdirlar.
42-modda.
Koʻrikdan oʻtuvchilarning yaroqlilik masalasi, 42.2-modda boʻyicha, tuzalgandan keyin, venerolog hulosasini hisobga olib, koʻrib chiqiladi. Kursantlar tiklanishlari mumkin emas.
Oʻtkir va uncha oʻtkir boʻlmagan gonoreyadan tuzalgandan keyin, koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli deb topiladilar. Asoratlarida (epidermit, prostatit, artritlar, bachadon tuxumdonlarining yalligʻlanishida) tegishli kasallik moddasi boʻyicha, yaroqlilik toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Ayollar kasalliklari va homiladorlik
43-modda.
Surunkali ginekologik kasalliklarda anatomik nuqsonlar qoldiqlari, funksional buzilishlar va ogʻriq sindromi yoki yalligʻlanish jarayoning tez-tez xurujlari (yilda ikki marta va undan koʻp) bilan koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadi. Ayol jinsiy sohasidagi surunkali kasalliklar xurujida davolanish koʻrsatiladi, u tugagandan keyin, remissiyaning turgʻunligi masalasini hal qilish uchun, ikki hayz koʻrish davri davomida kuzatuv oʻtkaziladi (ishdan chetlashtirmasdan).
Bachadon boʻyni kasalliklari (eroziya, endotservitsit, eroziv ektropion), trixomonoz kolpiti, trixomoniazda ayollar TNK orqali 3 haftagacha muddatga yerdagi ishga oʻtkazilib, davolanishlari lozim. Bortkuzatuvchilarni tekshiruvi, parvoz ishidan chetlashtirilmay oʻtkaziladi.
Kichik tosdagi bitishmali jarayon, bachadon tanasini yoʻqligi, bir tomonda tuxumdonlarning, ikkala tomonda fallopiyev naychalarini yoʻqligi ishdan chetlashtirishga asos boʻlmaydi.
Jinsiy aʼzolarning tashqariga chiqishi va tushishining III darajasida, siydik tanosil va ichak tanosil oqma yarali teshiklarida, orqa chiqarish teshigi sfinkterini faoliyati buzilishi bilan chot yirtilishida, koʻrikdan oʻtuvchilar ishga yaroqsiz deb hisoblanadi.
Funksional faoliyati oʻzgarmagan holdagi birinchi-ikkinchi darajadagi bachadon va qin pastga siljib tushishi diskvalifikatsiyaga asos boʻlmaydi. Bortkuzatuvchi boʻlib ishga kirayotganlar va oʻqishga kiruvchi nomzodlar yaroqsiz deb hisoblanadi.
Xirurgik davolanishdan keyin tiklanish masalasi, olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqiladi.
Bachadonni notoʻgʻri joylashishida, rivojlanmaganligida, funksional buzilishlar bilan (metrorragiya, ogʻriqlar) ikki shoxli bachadonda yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi.
Tugʻma bachadon yoʻqligi, qinning yoʻqligi yoki rivojlanmaganligi funksional buzilishlar bilan kechmasa, diskvalifikatsiyaga asos boʻlmaydi. Germofraditizmda bortkuzatuvchi boʻlib ishga kiryotganlar va oʻqishga kiruvchi nomzodlar yaroqsiz deb hisoblanadi.
44-modda.
Bachadondan disfunksional qon ketishlarida davolanish lozim. Algo-dismenorreyada parvoz ishida ishlash mumkin emas.
45-modda.
Homiladorlik aniqlangan vaqtdan boshlab, koʻrikdan oʻtuvchilar parvoz, dispetcherlik va bortkuzatuvchilik ishiga yaroqsiz deb hisoblanadilar.
Abort yoki vaqtidan ilgari tugʻuruq bilan tugagan homiladorlikda, ishga qoʻyish masalasini ginekolog hal qiladi. Homiladorlik sababli ishdan chetlashtirishni va tugʻuruqdan keyin ishga qoʻyishni, akusher-ginekolog xulosasiga binoan, TUEK amalga oshiradi.
Koʻz kasalliklari
46-modda.
46.1-moddaga qovoqlar yetishmovchiligi va qovoq chetini agʻdarilib qolishi, qisman trixiaz, I — III darajali traxoma, yarali blefaritlar, davolab boʻlmaydigan surunkali konyunktivitlar, koʻrish aʼzosi faoliyatini buzuvchi va operativ davolash lozim boʻlmagan xavfli oʻsmalar va xavfsiz shishlar kiradi.
46.2-moddaga oddiy blefaritlar, oʻtkir ifodalanmagan konyunktivitlar, ahamiyatsiz anatomik oʻzgarishlar bilan IV darajali traxoma, qovoq konyuktivitlari, qovoq terisining I darajali saratoni tuzalgandan keyin (onkolog xulosasi boʻyicha), kichik oʻlchamdagi xavfsiz oʻsmalar, koʻrish aʼzolari faoliyatini buzmaydigan qovoqdagi chandiqli oʻzgarishlar kiradi.
Qovoqlarning surunkali kasalliklari va konyunktivitlarning oʻtkirligi va zoʻrayishida davolash oʻtkaziladi.
Soxta qanotsimon parda, pingvekula, katta boʻlmagan xalazion, konyunktivadagi bitta-ikkita ustki follikullar, uchuvchilik oʻquv yurtlariga kirishga toʻsqinlik qilmaydi.
47-modda.
47.1-moddaga: koʻz yosh nuqtalarining torayishi va notoʻgʻri joylashishi, koʻz yosh — burun kanallari va yoʻllari tuzilmasi, koʻz yosh xaltachasi, koʻz yoshi bezini yalligʻlanishi, jarohatli shikastlanishlar va koʻz yoshlanishini yuzaga keltiruvchi boshqa kasalliklar kiradi.
Koʻz yoshi chiqish faoliyati tiklansa, hamda pastki koʻz yoshining nuqtasi va kanallari yoʻq boʻlgan hollarda (kanal va burun sinamalari baholanadi), 47.2-modda boʻyicha ekspert xulosasi chiqariladi.
48-modda.
48.1-moddaga: koʻzdagi toʻr pardaning koʻchishi, pigmentli retinitlar, tomirlarning ogʻir kasalliklari, jarohatlar, xavfli oʻsmalar kiradi.
Oʻtkazilgan oʻtkir kasalliklardan keyin: konyunktivit, sklerit, keratit, irit, iridotsiklit, yengil koʻz kontuziyasida, sogʻaygandan soʻng, ishga qoʻyish haqida xulosa chiqariladi.
Uveit, uzoq davom etuvchi, qaytalanuvchi iridotsiklitlar, keratitlar, xorioretinitlar, nevritlar, koʻz olmasining jarohatli shikastlanishida sogʻayish imkoni boʻlsa, uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar, keyingi koʻrikdan uch-olti oydan keyin 48.2-modda boʻyicha oʻtishlari bilan, davolanishlari lozim.
HHB dispetcherlari, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilgandan va navbatdagi mehnat taʼtilidan foydalangandan keyin ishga qoʻyiladi.
Koʻrish faoliyati yetarli saqlangan, yoshga bogʻliq boʻlgan rivojlanmaydigan boshlangʻich katarakta, koʻz gavharini cheklangan xiralashuvi, shishasimonli jarohat xarakteri, makulodistrofiya, koʻrish nervining boshlangʻich rivojlanmagan atrofiyasi bilan shaxslar, koʻrikdan 48.2-modda boʻyicha oʻtkaziladilar.
Uchuvchilar uchun koʻrish oʻtkirligi yomon koʻzda korreksiyasiz 0.6, shturman, bortmuxandis va bortmexaniklar — korreksiyasiz 0.4, boshqa kasblar uchun — korreksiyasiz 0.3 dan kam boʻlmagan, koʻrish maydoni normal, qorongʻilikka moslashish, binokulyar koʻrishni oʻzgarmasligida, koʻrish aʼzolari faoliyati yetarli saqlangan deb qabul qilinadi. Boshqa koʻzning koʻrish funksiyasi 52-modda talablariga javob berishi kerak.
Katarakta ekstraksiyasini keyingi intraokulyar linza implantatsiyasi bilan operatsiyani oʻtkazgan uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar, parvoz ishiga individual baholash boʻyicha tiklanishlari lozim, bir tomonlama artifakiyada HHB dispetcherlik ishiga operatsiyadan keyin olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin qoʻyiladi. Ikki tomonlama artifakiya bilan dispetcherlar HHB boʻyicha ishga individual baholash boʻyicha qoʻyiladi.
Keratorefraksion operatsiyalardan keyin I ustun boʻyicha koʻrikdan oʻtuvchi (bortkuzatuvchi va dispetcherlardan tashqari) va qayta parvoz ishiga kiruvchi shaxslar yaroqsiz deb topiladilar, II, III, IV ustunlar boʻyicha kasbiga yaroqlik toʻgʻrisidagi xulosa individual qabul qilinadi.
HHB dispetcherlikka va bortkuzatuvchilikka oʻqishga qoʻyish masalasi, uzoqni koʻra olmaslik darajasini, operatsiyadan oldin 3.5D dan yuqori boʻlmagan, keratomik qirqmalar 10 dan koʻp boʻlmasa va koʻz tubida oʻzgarishlar hisobga olinib individual hal qilinadi.
Parvoz ishiga yaroqlilik, operatsiyadan oʻn ikki oy kam boʻlmagan vaqtdan keyin, HHB dispetcherlariga — operatsiyadan olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin, 48.2-modda boʻyicha hal qilinadi. Shu bilan birga, koʻz kontrast–chastotali xususiyatlarini va qamashishga sezgirlikni saqlanganligiga tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Gavhar kapsulasidagi bitta-ikkita mayda pigmentlar, shishasimon tananing arteriya qoldiqlari, toʻr pardaning miyelin toʻqimalarini tugʻma asoratlari, uchuvchilik oʻquv yurtlariga kirishga toʻsqinlik qilmaydi.
Rangdor va tomir pardasining tugʻma kolobomalari, polikoriya, tugʻma kataraktalar, koʻruv nervi diskining oftalmologik oʻzgarishlari parvoz mutaxassisliklariga oʻqishga qarshilik qiladi.
Qorongʻilikka moslashish har bir koʻrikdan oʻtkazishda, I — IV ustunlar boʻyicha barcha shaxslarga oʻtkaziladi, tekshiruv natijalari, foydalanilayotgan asbob qoʻllanmasida koʻrsatilgan meʼyorlarga toʻgʻri kelishi kerak.
49-modda.
Glaukomaga taxmin qilinganda ixtisoslashgan boʻlimda tekshiruvdan oʻtkaziladi. Xavfsiz gipertenziya bilan, shaxslar parvoz ishidan chetlatilmaydilar. Birinchi marta aniqlangan ochiq burchakli glaukomaning I-a bosqichida, koʻzning barcha koʻrish faoliyati toʻliq saqlangan boʻlsa va bosim tushiruvchi (gipotenziv) dori-darmonlarni kichik miqdorda qabul qilsa (kunda ikki martagacha), uchuvchi tarkibi va dispetcherlar, keyingi koʻrikdan 49.2-modda boʻyicha oʻtkazilishlari bilan, bir oydan kam boʻlmagan vaqtga davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish va kuzatuvda boʻlishlari uchun ishdan chetlatiladilar. Koʻrikdan oʻtishdan avval, glaukoma boʻyicha mutaxassis maslahati oʻtkaziladi.
50-modda.
Rang koʻrishni buzilishi tashhisi, qabul qilingan klassifikatsiya boʻyicha, buzilishning koʻrinishi, shakli va darajasi koʻrsatilgan holda chiqariladi. Rang koʻrishni buzilishi, displey bilan taʼminlangan parvoz kemalarida ishlashga qarshilik qiladi.
51-modda.
Har bir I — IV ustunlar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtishda chin va yashirin gʻilaylik borligi tekshiriladi. Geteroforiya turi va darajasi aniqlanadi.
Uchuvchilik va dispetcherlik mutaxassisligiga oʻqishga nomzodlarda I ustun boʻyicha — geteroforiya burchagi gorizontal boʻyicha 3 gradusdan yuqori boʻlmasligi kerak, vertikal boʻyicha — 1 gradus, II va IV ustunlar boʻyicha koʻrikdan oʻtuvchilarda — gorizontal boʻyicha 4 gradusdan oshmasligi kerak, vertikal boʻyicha 1 gradus, III ustun boʻyicha — tegishli ravishda 8 gradus va 1 gradus. Displey bilan taʼminlangan parvoz kemalarida ishlayotgan uchuvchi tarkibidagi shaxslar, 2 gradusdan yuqori boʻlgan geteroforiyada yaroqsiz deb topiladi.
Geteroforiya boʻlganda fuzion rezervlar tekshiriladi. Normada manfiy fuzion rezervlar 5-6 gradusni (10 — 12 prizmali dioptriy), musbat — 15 — 20 gradusni (15 — 20 prizmali dioptriy) tashkil qiladi. Fuzion rezervlar kamayganda davolash-mashq tadbirlari koʻrsatilgan.
52-modda.
Koʻrish oʻtkirligi tekshirishga oid belgilar proyektorida yoki Rott uskunasidagi Golovin-Sivsev jadvallarida korreksiya bilan va korreksiyasiz tekshiriladi. Chin koʻrish oʻtkirligi koʻrsatiladi (2.0-1.5-1.0).
Uchuvchilar koʻrish oʻtkirligi 0.6 dan kam boʻlmaganda, shturman, bortmuhandis, bortmexaniklar koʻrish oʻtkirligi 0.4 dan kam boʻlmaganda har bir koʻziga 1.0 korreksiyasiz va korreksiya bilan parvoz ishiga yaroqli deb topiladi.
Uchuvchilarda yomon koʻzda koʻrish oʻtkirligi 0.5 dan past boʻlmasa (binokulyar koʻrish oʻtkirligi 0.6 dan kam emas), shturman, bortmuhandis, bortmexaniklarda 0.3 dan kam boʻlmasa korreksiyasiz va korreksiya bilan 1.0 akkomodatsiya hajmi bilan, yoshiga oid meʼyorga muvofiq, kasbiy tayyorgarligi va tajribasini hisobga olib, individual baholash qoʻllaniladi.
Koʻrish oʻtkirligi pastroq boʻlgan uchuvchi tarkibidagi shaxslar presbiopiyasi bor boʻlsa, parvozni korreksiya qiluvchi bifokal koʻzoynakda yoki kontakt linzalarda bajarishlari kerak va oʻzida zaxira komplekti boʻlishi kerak. Aviakimyoviy ishlarida kontakt linzalar bilan korreksiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻzoynaklarning (linzalarning) borligi va sifati shifokor koʻriklarida hamda navbatdagi koʻrikda nazorat qilinadi.
Uzoqni koʻra olmaslikni 0.5D darajasida, uzoqni koʻra olishni 1.0 D darajasida, astigmatizmni + 0.5 va koʻrish oʻtkirligi korreksiyasiz 1.0 da tibbiy hujjatlarda “tashhis” satrida “sogʻlom” deb, “refraksiya” satrida tegishli yozuv koʻrsatiladi. Refraksiya anomaliyasi natijasida koʻrish oʻtkirligi 1.0 dan past boʻlgan hollarda 52-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
53-modda.
FA oʻquv yurtlariga kirayotgan shaxslarda (I ustun) sikloplegiya sharoitida obyektiv usulda refraksiya koʻrinishi va darajasi aniqlanadi (1% atropin eritmasi 2-marta 5 daqiqadan keyin tomiziladi). I ustunda koʻrsatilgan qayta kirayotgan bortkuzatuvchilarga va HHB dispetcherlariga ikkala koʻzda koʻrish oʻtkirligi 1.0 va II, III, IV ustunlarda koʻrsatilgan shaxslarga, refraksiyani aniqlash uchun sikloplegiya tibbiy koʻrsatma boʻlganda oʻtkaziladi.
54-modda.
Presbiopiya darajasi sharsimon linza kuchi bilan, ishchi masofani (60 — 80 sm) inobatga olib kerakli faoliyat uchun aniqlanadi.
Quloq, tomoq, burun, ogʻiz boʻshligʻi va jagʻlar kasalliklari.
55-modda.
Gaymor kavaklaridagi kistalarda, peshona kavaklaridagi kista va osteomalarda, uchuvchi, shturman, bortmuhandis, bortkuzatuvchilarni tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar. Uchuvchi tarkibidagi shaxslarda peshona kavagidagi osteomalar, parvozlarni va barokamerali tekshiruvni yaxshi oʻtkazganda, parvoz ishiga qarshilik qilmaydi. Gaymor kavaklarining devor yonidagi shilliq qavatlarning qalinlashishi, agar kontrast modda bilan qilingan diagnostik punksiyada patologik oʻzgarish aniqlamasa va FA oʻquv yurtiga kirayotgan nomzod barokamera tekshiruvida barometr bosimi darajalari farqini ijobiy oʻtkazsa, parvozga oʻqishga qarshilik qilmaydi. Pollinoz, rinokonyunktival sindromda parvoz ishini davom ettirish masalasi, allergolog xulosasidan keyin hal qilinadi.
56-modda.
Moddaga, burundan nafas olishning butunlay yoʻqligi yoki keskin qiyinligi bilan burun toʻsigʻining qiyshayishi, yuqori nafas yoʻllari shilliq qavatining distrofiyasi, nafas olish va soʻzlash faoliyatini buzilishiga sabab boʻluvchi oʻzgarishlar (burun chigʻanoqlari gipertrofiyasi, adenoid vegetatsiyalari, davolanishdan keyingi xavfsiz oʻsmalar), tashqi eshituv yoʻlining ekzostazlari, quloq atrofidagi osteomalar va radikal operatsiyadan keyingi surunkali yiringli mezo- va epitimpanitlar kiradi. Koʻrsatilgan kasalliklarni operativ davolagandan keyin, faoliyatlar tiklanishi hisobga olinib, oʻqish va ishga yaroqlilik masalasi 56.2-modda boʻyicha hal qilinadi.
Radikal operatsiyadan keyin, operatsiyadan keyingi boʻshliqning toʻliq hamda turgʻun epidermizatsiyasida va eshitish funksiyasi saqlanganda, koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli deb hisoblanadi.
Eshitishni tiklash operatsiyalarini oʻtkazgan shaxslar (timpanoplastika, stapedoplastika), I, II, III ustun boʻyicha yaroqsiz deb hisoblanadi.
Ushbu moddaga parodont kasalligi, koʻpchilik tishlari yoʻqligi, olinadigan protezlar, gingivitlar, leykoplakiyalar, tishlar jipslashuvi anomaliyasi kiradi. Soʻzlash qobiliyati olib yechiladigan protezlar yechilganidan keyin baholanadi. Chaynash funksiyasi moʻtadil buzilgani bilan birgalikda koʻpchilik tishlari yoʻq boʻlsa, komissiya oraliq davrida protezlash tavsiya etiladi. III darajali tishlar jipslashuvi (yuqori va pastki jagʻning kurak tishlar orasidagi masofa vertikal va sagittal yoʻnalishda 10 mm dan koʻp boʻlib) va II darajadagi (6 mm dan 10 mm gacha) tishlar jipslashuvi boʻlsa, 56.1-modda asosida ekspert xulosasi chiqariladi.
I darajali tishlar jipslashuvi (kurak tishlar orasidagi masofa 5 mm dan kam boʻlsa) 56.2-moddaga tegishli.
57-modda.
Dekompensatsiyali tonzillitli shaxslar davolanishlari lozim. Uchuvchi tarkibidagi shaxslar surunkali dekompensatsiyali tonzillitni operativ davolashdan keyin, asoratlari boʻlmasa, operatsiyadan soʻng bir oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin parvoz ishiga ruxsat beriladi.
Surunkali kompensatsiyali tonzillitda otolaringolog kuzatuvida boʻlishi va koʻrsatmalari boʻyicha davolanishi lozim.
58-modda.
Ushbu moddada koʻrsatilgan kasalliklar bilan shaxslar maxsus davolanishlari lozim. Xavfli oʻsma sababli davolangandan keyin, tiklanish masalasi ikki yildan soʻng onkolog xulosasini inobatga olib, koʻrib chiqiladi.
59-modda.
Bu modda nutq buzilishlarni nazarda tutadi: tovush talaffuzini buzilishi va duduqlanish. Uchuvchilikka, shturmanlikka, bortmuhandislikka, dispetcherlikka va bortkuzatuvchilikka oʻqishga nomzodlar duduqlanishning barcha darajasida yaroqsiz deb hisoblanadi.
Aniq nutq bilan, alohida tovushlar talaffuzini buzilishida, nomzodlar yaroqli deb hisoblanadi. Logoped maslahatidan keyin ekspert xulosasi chiqariladi.
60-modda.
60.1-modda radikal operatsiyadan keyin, operatsiyadan keyingi boʻshliqni (unda yiring, poliplar, granulyatsiya yoki xolesteatomlar boʻlsa) toʻliq boʻlmagan epidermizatsiyasini nazarda tutadi.
Bir tomonlama surunkali xavfsiz kechuvchi epitimpanitda (granulyatsiyasiz, poliplarsiz, suyak kariyessiz, labirintning taʼsirchanlik belgilarisiz), mezotimpanitda yaroqlilik masalasi 60.2-modda boʻyicha koʻrib chiqiladi.
60.3-moddaga surunkali oʻrta quloq katari (surunkali tubotit) kamdan kam xuruj beradigan va eshitishni va barofunksiyani moʻtadil buzilishi parvoz ishiga toʻsqinlik qilmaydi. Ekspert xulosasi eshitish oʻtkirligini hisobga olib chiqariladi.
Nogʻora pardadagi perforatsiya joyida katta boʻlmagan chandiqlar yupqalashmaganda, kalsinatlarsiz (uning yaxshi harakatchanligida, audiogramma bilan tasdiqlangan normal eshitishda va barofunksiya saqlangan boʻlsa) tashhis qoʻyishga asos boʻlmaydi.
61-modda.
Quloq barofunksiyasini buzilishi turgʻun va ifodalangan buzilishi manometriya, otoskopirovaniye, quloq havo oʻtkazishi va kateterizatsiya bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Quloq barofunksiyasini buzilishi yevstaxiy nayning oʻtkazuvchanligini buzilishi oqibati boʻlishi mumkin yoki havo bosimini oʻzgaruvchanligiga taʼsiriga baroakkomodatsiya mexanizmlarni yetishmovchiligi natijasi boʻlishi mumkin.
Barofunksiyani buzilish shakllarini (organik yoki funksional) inobatga olib, davolanishdan keyin, 61.2-modda boʻyicha ekspert xulosasi chiqariladi. Parvozga oʻqish boʻyicha nomzodlar, koʻrsatmalar boʻyicha bosim oʻzgarishlariga chidamliligiga barokamerali tekshiruvdan oʻtkaziladi. Nogʻora pardalarining yengil qizargani, boltacha tutqichi yoʻlidagi tomirlar inyeksiyasi, otometriyaning maʼlumotlari ijobiy boʻlsa va lor aʼzolar patologiyasi yoʻq boʻlsa, parvozga oʻqishga toʻsqinlik qilmaydi.
62-modda.
Uchuvchi tarkibidagi shaxslarda statokinetik sezuvchanlini xolatini vestibulyar anamnez, vestibulometriya (aylanadigan kursidagi tekshiruv), uzoq parvozlarga chidamliligiga qarab baholash mumkin.
Yengil vestibulovegetativ reaksiyalar (ahamiyatsiz oqarib ketishi, katta boʻlmagan gipergidroz) vestibulometriya vaqtida parvozlarni yaxshi oʻtkazishida va sogʻligʻida normadan chetga chiqish boʻlmasa tashhis qoʻyishga asos boʻlmaydi.
63-modda.
FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlar va yerdagi tarkibdan parvoz ishiga kirayotgan bortmuhandis, bortmexanik, bortradist, bortkuzatuvchi audiometriyaning barcha chastota diapazonlarida tekshiruvdan oʻtayotganda, bas va diskant guruhidagi shivirlab aytilgan soʻzlarni 6 metr dan kam boʻlmagan masofada qabul qilishi kerak va eshitish chegarasi 10dBgacha diapazonda boʻlishi kerak.
Bu moddaga otoskleroz ham kiradi. Otosklerozga chalingan shaxslar va eshitishni tiklash operatsiyasini oʻtkazganlar davolanish natijalaridan qatʼi nazar, barcha ustunlar boʻyicha yaroqsiz deb hisoblanadi.
Eshitish funksiyasini aniqlashda tekshiruvning quyidagi uslublari qoʻllaniladi: shivirlash akumetriyasi, kamertonlar bilan tekshirish, tonalli, chegarali audiometriya, nutq audiometriyasi va ultratovushli tekshiruv.
Ekspert xulosasini chiqarishda, eshitish oʻtkirligining yomon koʻrsatgichlari, ular bas yoki diskant guruhga kirishidan qatʼi nazar, asos qilib olinadi. Bunda koxlear nevritni boshqa eshitish aʼzolarining kasalliklaridan farqlay bilishi kerak boʻladi va iloji boricha nevritning etiologiyasi koʻrsatiladi (yuqumli kasallikdan, zaharlanishdan, jarohatdan, shovqindan keyin, umumiy ateroskleroz, gipertonik kasalliklar fonida va boshqalar). Chastotalar uchun izolyatsiyalangan chegaralarning oshishi 4000 — 8000dan Gs 30 — 40 dB gacha boʻlganda klinik tashhisni qoʻyishga asos boʻlmaydi. Bu shaxslar otolaringolog kuzatuvida boʻlishi lozim.
Uchuvchi tarkibidagi shaxslarga, har qanday etiologiyadagi koxlear nevrit bilan, uchish vaqtining oylik sanitar normalarini uzaytirish man etiladi.
Eshitish oʻtkirligi past boʻlgan, koʻrikdan oʻtuvchi aviamutaxassis parvoz ishiga ruxsat olish uchun, otolaringolog shifokorga, ikki tomonlama radioalmashuvni olib borish maʼlumotlari bilan ishlab chiqarish tavsifnomasini taqdim etishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Tibbiy-uchish ekspertizasi maqsadidagi
TEKSHIRUVLAR HAJMI
1. Terapevtik tekshiruvlar:
ogʻiz boʻshligʻi, halqum, teri qoplamalari, koʻrinarli shilliq qavatlar, limfa tugunlari va qalqonsimon bez, yoshga oid umumiy koʻrinishi;
nafas olish, qon aylanish (funksional imkoniyatini aniqlash), ovqat hazm qilish va siydik ajratish aʼzolari
2. Jarrohlik tekshiruvlari:
antropometriya (boʻyi, tana vazni, koʻkrak aylanasi, qoʻl panjalarining spirometriya, dinamometriyasi);
umumiy koʻrik (tana tuzilishi, mushaklar va teri osti yogʻ qatlamini rivojlanishi, qaddi-qomati, yurishi);
terisining, limfa tugunlarning, qalqonsimon bezining, sut bezining, periferik tomirlar, suyaklar, boʻgʻimlar, qorin boʻshligʻi aʼzolari, tashqi jinsiy aʼzolari, orqa chiqarish teshigi sohasining holati, 30 yoshdan boshlab toʻgʻri ichakning va prostata bezining barmoqli tekshiruvi.
3. Nevrologik tekshiruvlar:
Tashqi koʻrik (teridagi chandiqlar, atrofiya, fibrillyar va fassikulyar qaltirashlar);
chanoq — miya nervlari;
harakatlanuvchi, reflektor, sezgi sohalari, statika va koordinatsiya;
vegetativ-nerv tizimi (dermografizm, akrotsianoz, gipergidroz, titrash, ortoklinostatik sinov);
hissiy-ruhiy soha.
4. Dermatovenerolog koʻrigi (bortkuzatuvchilar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan shaxslar koʻrigidan oʻtishida oʻtkaziladi; bortkuzatuvchilar koʻrigi yilda 2-marta).
5. Aviamutaxassis ayollarning ginekolog koʻrigi — yilda ikki marta, ayol bortkuzatuvchilar — yilning har choragida.
6. Lororganlar tekshiruvi:
Tashqi koʻrik;
Ichki koʻrik (endoskopiya), oldi va orqa rinoskopiya, otoskopiya;
faringoskopiya, laringoskopiya, burundagi nafas olishni va hid sezishni aniqlash;
akumetriya (shivirlab soʻzlash bilan);
quloq barofunksiyasi;
statokinetik chidamlilikni aniqlash (vestibulometriya), 3 daqiqa davomida uzluksiz kumulyatsiyani Koriolis tezlashtirish usulibida (UKKT) oʻtkaziladi yoki 2 daqiqa davomida uzuqlik kumulyatsiyani Koriolis tezlashtirish usulibida (UKKT); uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, dispetcherlar va bortkuzatuvchilar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarga; uchuvchilar tarkibi va bortkuzatuvchilarga;
uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, dispetcherlar, bortkuzatuvchilar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlariga tonal audiometriya oʻtkaziladi; uchuvchilar tarkibi va bortkuzatuvchilarga; bortmexanik, bortradist va bortkuzatuvchilikka qayta oʻqiyotgan yerdagi tarkibdagi shaxslarga; bilim yurtini bitirishdan oldin oʻqishni bitirishdan oldin uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlarining kursantlariga; uchuvchi tarkibidagi shaxslarga har besh yildagi parvoz ishidan keyin; 40 yoshga toʻlganda-ikki yilda bir marta, eshitish aʼzosining kasalligi belgilanganda esa — har yili.
tishlam, tishlar formulasi, koronkalar mavjudligi, protez yoki sunʼiy milklar;
8. Koʻrish aʼzolarining tekshiruvi:
koʻrish oʻtkirligi;
rangli koʻrish;
binokulyar koʻrish;
tunda koʻrish;
konvergensiyaning yaqinroq nuqtasi;
aniq koʻrishning yaqinroq nuqtasi;
koʻrish aʼzosining anatomik holati;
subyektiv uslubda refraksiyani tekshirish (skioskopiya ili refraktometriya);
koʻz ichidagi bosim (birinchi va uchinchi darajadagi tibbiy xulosalar egalariga 40 yoshga toʻlganda uch yilda bir marta, 50 yoshga toʻlganda — ikki yilda bir marta, shuningdek ikkinchi darajadagi tibbiy xulosalar egalariga 40 yoshga toʻlganda va 50 yoshda — bir marotaba oʻlchanadi. Aviaxodimlarning anamnezida naslida glaukomaga moyillik holatlarini aniqlanishi, har yili koʻz ichidagi bosimni oʻlchashga koʻrsatma boʻladi.).
9. Psixologik tekshiruv:
mutaxassislik boʻyicha oʻqishga nomzodlar: uchuvchi, shturman, bortmuhandis, HHB dispetcheri, bortkuzatuvchi;
ishga kirayotganda, oʻquv yurtlarida oʻqishni tugatgandan keyin HHB dispetcherlar va uchuvchi tarkibidagi shaxslarga;
HHB dispetcherlar va uchuvchi tarkibidagi shaxslarga 50 yoshda; 55 yoshdan har 2 yilda;
yangi texnikaga qayta oʻqishda uchuvchi tarkibidagi shaxslarga;
katta dispetcherlik, parvozlar rahbarligi, uchuvchi-instruktorlik, havo kemasi komandiri lavozimlariga koʻrsatilganlarida;
qutb ekspeditsiyaga yuborilganda va issiq iqlimli mamlakatlarga xizmat safariga joʻnatilganda;
statsionar tekshiruvida;
dispetcherlik tarkibidagi shaxslar malaka oshirganda;
tibbiy koʻrsatma boʻyicha oʻtkaziladi.
Koʻz qorachigʻini kengaytiruvchi preparatlar tomizilgandan keyin, 3 kundan soʻng psixologik tekshiruv oʻtkaziladi.
10. Laborator tekshiruvlar:
a) Klinik qon tahlili (gemoglobin, eritrotsitlar soni, leykotsitar formula, eritrotsitlar choʻkish vaqti);
b) Klinik siydik tahlili (shu jumladan bilirubinga, urobilin tanachasiga, atsetonga taʼsiri);
v) Nahorda qondagi qand;
g) Zaharli ximikatlar bilan AKI bajarayotgan uchuvchilar tarkibi bilirubin va uning fraksiyalari, AST, ALT, GGTP, IF fermentlariga qonning biokimyoviy tekshiruvlari oʻtkaziladi;
d) Ayollarga 17 yoshdan har yili — mazoklar sitologik tekshiruvi oʻtkaziladi;
e) Aviaxodimlarga TUEKda dastlabki koʻrikdan oʻtishda, keyinchalik har yili qonning OIV — infeksiyasi tekshiruvi oʻtkaziladi.
qonning sifilisga tekshiruvi (barmoqdan qon olish ekspress uslubi), bortkuzatuvchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv yurtlariga kirayotganlarga va ishlayotgan bortkuzatuvchilarga koʻrikdan oʻtishda — yilda bir marta oʻtkaziladi. (epid. koʻrsatish boʻyicha hududiy sogʻliqni saqlash organlari tekshiruv sonini oshirishi mumkin.);
j) Najasdagi gijjalar tuxumi va dizenteriya guruhiga tekshiruv, bortkuzatuvchilar boʻlinmalariga kirayotgan shaxslarga dastlabki koʻrikdan oʻtishda; keyinchalik bortkuzatuvchilarga — har yili oʻtkaziladi (epid. koʻrsatish boʻyicha hududiy sogʻliqni saqlash organlari tekshiruv sonini oshirishi mumkin.);
z) Boshqa laboratoriya tekshiruvlari tibbiy koʻrsatishga qarab oʻtkaziladi.
11. Rentgenologik tekshiruvlar:
a) Koʻkrak qafasi aʼzolarining rentgenoskopiyasi (yirik kadrli flyuorografiya);
dastlabki koʻrikdan oʻtishda FA oʻquv yurtlariga kirayotgan shaxslarga;
uchuvchi tarkibiga, HHB dispetcherlariga, uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, dispetcherlar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlarining kursantlariga — 2 yilda 1-marta; bortkuzatuvchilarga va bortkuzatuvchilikka oʻqiyotgan shaxslarga har yili.
IZOH: epid. koʻrsatish boʻyicha hududiy sogʻliqni saqlash organlari rentgenologik tekshiruvlar sonini oshirishi mumkin.
b) uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortkuzatuvchilar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarga burunning yondosh boʻshliqlari rentgenografiyasi (yirik kadrli flyurografiya) oʻtkaziladi.
12. Elektroensefalografiya oʻtkaziladi:
uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar va HHB dispetcherlarini tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarga;
uchuvchi tarkibiga, HHB dispetcherlariga va bortoperatorlarga 50 yoshda; 55 yoshdan har uch yilda;
tibbiy koʻrsatish boʻyicha.
13. Boʻyin va bosh arteriyalarni ultratovush diagnostikasi FA aviamutaxassislari uchun tibbiy koʻrsatish boʻyicha oʻtkaziladi.
14. Tinch holatdagi elektrokardiografiya (Vilson boʻyicha 12 tomonli) oʻtkaziladi:
a) uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, dispetcherlar, bortkuzatuvchilar tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlariga (yukli 20 ta choʻkkalab oʻtirish bilan)
b) uchuvchi tarkibiga yilda 1-marta, 40 yoshga toʻlganda — 6 oyda 1-marta.
v) HHB dispetcherlar, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlar, uchuvchi-kuzatuvchilar, havaskor — uchuvchilar, planeristlar, erkin aerostat uchuvchilari, oʻta yengil uchish apparatlarining uchuvchilariga — yilda 1-marta.
g) Fuqarolar aviatsiyasining oʻquv yurtlarining kursantlarga — yilda bir marta.
15. Funksional yukli sinovlar:
a) Veloergometrik tekshiruv yoki tredmil tekshiruvi oʻtkaziladi:
uchuvchi, shturman, bortmuxandis, bortmexaniklarga 40 yoshga toʻlganida va keyinchalik har uch yildan keyin; 50 yoshda va undan katta — har yili;
sinovchi-uchuvchilarga 40 yoshdan oshganda — har yillik koʻrikdan oʻtishda;
uch oydan koʻp muddatga qutb ekspeditsiyasiga va issiq iqlimli mamlakatlarga yuborilayotgan uchuvchi va dispetcherlik tarkibiga;
tibbiy koʻrsatish boʻyicha: dinamikada EKG oʻzgarishi, yurak maromi va oʻtkazuvchanlikni buzilishi, kardiomiopatiyalar alomatlari, mitral klapanning prolapsi, kompesatsiyalangan yurak nuqsonlari, arterial gipertenziya, lipid va uglevod almashinuvining buzilishi va boshqa xavf omillari.
b) Exokardiografik tekshiruv abituriyentlarga, kursantlarga va FA aviamutaxassislariga tibbiy koʻrsatish boʻyicha oʻtkaziladi.
16. Lipid almashinuvining buzilishi, semizlik, qondagi qandning oshishida endokrinolog tomonidan glyukozotolerantli test belgilanadi. Statsionar tekshiruvda glikemik profil yoki glikozilli gemoglobin sinovi oʻtkaziladi.
17. Ortostatik sinov (terapevtik va nevrologik) tibbiy koʻrsatish boʻyicha oʻtkaziladi.
18. Qoʻshimcha tekshiruvlar uch yilda bir marta oʻtkaziladi:
uchuvchi tarkibiga 40 yoshga toʻlganda;
bortoperator, bortkuzatuvchi, HHB dispetcher va planeristlarga 45 yoshga toʻlganda:
a) qonning biokimyoviy tekshiruvi: umumiy oqsil va oqsil fraksiyalari; xolesterin, alfa-xolesterin, triglitseridlar; S-reaktiv oqsil; bilirubin va uning fraksiyalari; AST, ALT fermentlar;
b) oshqozon va 12-barmoq ichakning ezofagogastroduodenoskopiya yoki rentgenoskopiyasi;
v) ichki aʼzolarning ultratovush tekshiruvlari (jigar, oʻt pufak, oshqozon osti bezi, qora taloq, buyraklar);
g) tibbiy koʻrsatishlar boʻyicha rektoromanoskopiya.
Uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar va HHB dispetcherlarini tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlar, tibbiy koʻrsatishlar boʻyicha mazkur bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan tekshiruvdan oʻtadilar.
19. Tibbiy koʻrsatishlar boʻlganda aviamutaxassislarga boshqa tekshiruvlar oʻtkaziladi.
20. Aviaxodimlarning narkotik vositalar, psixotrop va psixoaktiv moddalar isteʼmol qilganligiga tibbiy koʻrik va biokimyoviy nazorat, ishga kirayotganda (tanlab), tibbiy koʻrsatishlar boʻyicha, asosli gumon boʻlganda, aviatsiya hodisasida (insidentida) aviatsiya hodisasini (insidentini) tekshirish boʻyicha komissiya raisini qarori boʻyicha oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
TUEKda koʻrikdan oldin “Tibbiy xulosa” olish uchun nomzod tomonidan toʻldiriladi TIBBIY KOʻRIK UCHUN ARIZA
Familiya, ismi, otasining ismi __________________________________________________
Tibbiy xulosa turi ____________________________________________________________
Ish joyi _____________________________________________________________________
Egallab turgan lavozimi ________________________________________________________
(uchuvchilar tarkibidagi shaxslar uchun — havo kemasi turi)
Umumiy uchgan vaqti _________________ soati, oxirgi yil uchun ___________________soat.
Mazkur kasb boʻyicha ishlagan davri ____________________________________________yil
TUEKda oldingi koʻrikdan oʻtgan sanasi ____________________________________________
Oldingi komissiyalararo davrda mavjudmi: Sogʻligʻi holati boʻyicha ishdan chetlatilgan hollari? (“Ha” yoki “Yoʻq” tagiga chizilsin).
Ha Yoʻq
Chetlatilgan sanasi
Dori-darmon vositalari qoʻllanilish faktlari? (“Ha” yoki “Yoʻq” tagiga chizilsin).
Ha Yoʻq
Dori turi? Maqsad (sabab)
Orqa tomoni
OLDINGI KOMISSIYALARARO DAVRGA TIBBIY ANAMNEZ
(Koʻrikdan oʻtuvchi tomonidan “Ha” yoki “Yoʻq” soʻzlarining tagiga chizish yoʻli bilan toʻldiriladi. Zarur boʻlganda javobning toʻliq bayoni “Izohda” koʻrsatiladi.
Izoh
Boshda tez-tez va kuchli ogʻriqlar borligi
Ha
Yoʻq
Bosh aylanish xurujlari yoki hushdan ketish hollari
Ha
Yoʻq
Allergik reaksiya (qaysi allergenga?)
Ha
Yoʻq
Koʻrishning buzilishi yoki illyuziyalar
Ha
Yoʻq
Yurak faoliyatining buzilishi
Ha
Yoʻq
Turli sabablariga koʻra hushdan ketish
Ha
Yoʻq
Eshitish aʼzolaridagi buzilishlar
Ha
Yoʻq
Arterial bosimning koʻtarilishi yoki tushishi
Ha
Yoʻq
Oshqozon yoki ichak faoliyatining buzilishi
Ha
Yoʻq
Siydik chiqarish faoliyatining buzilishi
Ha
Yoʻq
Turli xildagi asab buzilishlari
Ha
Yoʻq
Boshqa aʼzo yoki tizimdagi buzilishlar
Ha
Yoʻq
Kasallik sababli (qaysi?) kasalxonada yotish yoki ambulator davolanish
(koʻrikdan oʻtuvchining familiya, ismi, otasining ismi)
shuni tasdiqlaymanki, mazkur arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va javoblar ishonchli va toʻliq, mening xabardorligim doirasida va tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun hamda TUEK tibbiy xulosasiga kiritishga asos boʻlishi mumkin.
“____” _____________200__y.
______________________________________
(shaxsiy imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi (The Republic of Uzbekistan) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (Civil aviation Agency under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan) Seriya AA № 000000
Tibbiy xulosa Medical Conclusion _______________________ (klass/class)
qon guruxi ________ blood group rezusfaktor_______ rhesus factor
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-12, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1186-12/0483-son)
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 6-ILOVA
№ _______Tibbiy koʻrik haqida TUEK MAʼLUMOTNOMASI Berildi _____________________________________________________________________
(F.I.O., tugʻilgan yili)
unga “Tibbiy xulosa” berish rad etildi ___________________________________________
___________________________“Sogʻligʻi holatiga talablarga...” toʻgʻri kelmaganligi sababli
(koʻrikdan oʻtuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
FA TKN- 2002 “Sogʻligʻi holatiga talablarga...” ni ______________ moddasiga noloyiqligi sababliparvoz ishiga loyiqligi haqida “Tibbiy xulosa” berish“ rad etildi “____” _______________200 __ y.
FA MTUEK raisi FA MTUEK muhri
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 7-ILOVA
Qutb ekspeditsiyalari, iqlimi issiq mamlakatlarda 3 oydan koʻp muddatdagi ishlarga va aviatsiya-kimyoviy ishlarga
TIBBIY TOʻGʻRI KELMASLIK
3 oydan koʻp muddatda qutb ekspeditsiyalariga, iqlimi issiq mamlakatlarga ishlashga yuborilgan aviatsiya mutaxassislar navbatdan tashqari tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Izoh: “Sogʻligʻi holatiga talablarga...” dagi moddalarga koʻra, zaharli ximikatlar bilan ishlashga noloyiq deb topilgan aviamutaxassislarni TUEK xulosasi bilan mineral oʻgʻitlar va biopreparatlar bilan ishlashga ruxsat berish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 8-ILOVA
Tibbiy uchish ekspert komissiyasi BAYONNOMARI JURNALI
1. Fuqaro aviatsiya oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarga alohida bayonnomalar jurnali yuritiladi, 4 ustunda fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtining nomi koʻrsatiladi.
2. Bayonnomalar raqami har yili 01.01. dan yuritiladi, 1 ustunda tartib raqami kasr holda koʻrsatiladi: suratida yil boshidan raqam, maxrajida TUEKdagi har kunlik koʻrik raqami.
3. 7 ustunda TUEK ning barcha koʻrsatma va tavsiyalari koʻrsatiladi.
4. Jurnalning varaqlari raqamlanadi va tikiladi. Jurnal TUEK raisida XFU hujjati sifatida saqlanadi.
5. Bayonnomalar jurnali TUEKda 30 yil saqlanadi, oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarniki esa — 3 yil.
6. MTUEKning bayonnoma jurnalida 8 ustun nazarda tutiladi, unda MTUEK tomonidan chiqarilgan “Tibbiy xulosa”, koʻrsatma va tavsiyalar koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 9-ILOVA
Tibbiy uchish ekspert komissiyasidagi tibbiy texnika va tibbiy buyumlar
ROʻYXATI
Jarroh kabineti uchun:
1. Rostomer
2. Tibbiy tarozilar
3. Spirometr
4. Qoʻlning dinamometri
5. Santimetrli lenta
6. Uglomer
7. Jarrohlik qoʻlqoplari
8. Tibbiy kushetka
9. Negatoskop
10. Muolaja stoli
Terapevt kabineti uchun:
1. Sfigmomanometr (tonometr)
2. Stetofonendoskop
3. Sekundomer
4. Metal yoki yogʻochli shpatellar
5. Tibbiy termometrlar
6. Tibbiy kushetka
Nevrolog kabineti uchun:
1. Sfigmomanometr (tonometr)
2. Stetofonendoskop
3. Sekundomer
4. Metalli shpatellar
5. Tibbiy termometrlar
6. Nevrologik tekshirish uchun bolgʻacha
7. Qoʻlning dinamometri
8. Tibbiy kushetka
9. Santimetrli lenta
Otolaringolog kabineti uchun:
1. Asboblar uchun oynali shkaf
2. Asboblar uchun stolcha
3. Egiluvchan shtativli stol lampasi
4. Vestibulyar analizatorni tekshirish uchun aylanadigan kreslo
5. Audiometr (blanklar bilan)
6. Peshonadagi reflektor
7. Til uchun metalli shpatellar
8. Quloq voronkalari
9. Burun oynalari
10. Hiqildoq oynalari
11. Burun-halqum oynalari
12. Politser ballonlari oliva bilan
13. Qirqmali quloq uchun zondlar
14. Halqum zondlari
15. Attikli zondlar
16. Burun tugmachasifat zondlari
17. Ziglning optik tizimli quloq voronkasi
18. Kamertonlar (toʻplam)
19. Sekundomer
20. Barani treshyotkasi (pasaytiruvchi)
21. Otoskoplar
22. Traxeostomik toʻplam
23. Uchi bukilgan hiqildoq shpritslari
24. Janne shpritslari
25. Tibbiy shpritslar
26. Yot jismlarni olish tashlash uchun bukilgan shpritslar
27. Gartman quloq qisqichlari
28. Quloq manometrlari
29. Boʻgʻimli quloq pinsetlari
30. Anatomik pinsetlar
31. Attikani yuvish uchun kanyulalar
32. Metalli kateterlar
33. Burun orqa tamponadasi toʻplam
34. Burun uchun qirqma zondlar
35. Kornsanglar
36. Bir tomoni oʻtkir tigʻli jarrohlik qaychilari
37. Gaymor boʻshligʻini teshish uchun ignalar
38. Poroshokpuflovchilar
39. Zich yopiladigan tiqinli bankalar
40. Hiqildoq oynalari uchun tutqichlar
41. Oʻtkir hidli moddalar uchun zich yopiladigan tiqinli shtanglaslar
42. Buyraksimon lotoklar
43. Sterilizator
44. Spirtovka
45. Bikslar
46. Tibbiy kushetka
Oftalmolog kabineti uchun:
1. Jadvalni (Rota) yorituvchi uskuna
2. Golovin — Sivsevning jadvallari
3. Rabkin polixromatik jadvali (8,9- nashri)
4. Namunali gardishi bilan shishalar toʻplami
5. Refraktometr
6. Skiaskopik chizgʻich
7. Oddiy (oynali) va elektrli oftalmoskop
9. Binokulyar koʻrishni aniqlash uchun asbobi (svetotest PBI-1, sinoptofer)
10. Tungi koʻrish oʻtkirligi va qorongʻilikka moslashuvchanlikni tekshirish uchun asbob
11. Egiluvchan shtativli stol lampasi
12. Yoriqli lampas
13. Maklakov tonometri
14. Gonioskop
15. Meddoks shkalasi
16. Ekzoftalmometr
17. Akkomodokonvergenstrener (AKT-02)
18. Yosh yoʻllarini yuvish uchun toʻplam
19. Kampimetr
20. Tibbiy kushetka
Psixolog kabineti uchun:
1. Sekundomer
2. Blanklar toʻplami (testlar)
3. Piyurkovskiy uskunasi
4. “Abituriyent” uskunasi (2 do.)yoki psixologik tekshiruv uchun dasturlar toʻplami bilan shaxsiy EHM
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 10-ILOVA
AVIAMUTAXASSISGA KOʻCHIRMA № ______
200___y.”___” ___________________________Tibbiy uchish ekspert komissiyasi tomonidan
(aviamutaxassisni tekshirishda yaroqlik darajasini oʻzgartirgan shifokor toʻldiradi)
Maxsus tekshiruvlar natijalari (laborator,rentgenologik va boshqalar) _________________ _____________________________________________________________________________
Tashhis (uni asoslash — asosiysi va hamroh) ________________________________________
Fuqaro aviatsiyasi agentligi Markaziy tibbiy uchish ekspert komissiyaning pochta manzili _____________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy tibbiy uchish ekspert komissiyaning xulosasi _________ _____________________________________________________________________________
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-12, 17.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1186-12/0483-son)
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tibbiy-uchish ekspert komissiyasining
NAMUNAVIY NIZOMI
Umumiy qoidalar
Fuqaro aviatsiyasining Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi (TUEK) — fuqaro aviatsiyasi korxonalari tibbiy-sanitariya qismining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi ishiga tashkiliy uslubiy rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi Markaziy Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi (MTUEK) amalga oshiradi.
TUEK oʻz ishida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlari va buyruqlari, Fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom (FA TKN — 2002) va FA MTUEKning uslubiy koʻrsatmalariga asoslanadi.
TUEK tarkibiga: — rais (TSQ boshligʻi oʻrinbosari) va ekspertlar: — terapevt, nevropatolog, okulist, otolaringolog, jarroh, psixonevrolog (psixolog), ikkita oʻrta tibbiy xodim (TUEK kotibasi va xona hamshirasi).
TUEK raisligiga tayinlanadigan shifokor nomzodi TSQ boshligʻi va MTUEK raisi bilan kelishiladi.
Izoh: TUEK raisi yoʻqligida uning vazifalari koʻproq tajribaga ega boʻlgan ekspertga yuklatiladi.
Alohida hollarda, TUEK tarkibiga aviakorxona Tibsanqismining va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash davolash muassasalarning malakali mutaxassislarini, ularni FA TKN — 2002 talablari bilan oldindan tanishtirib jalb qilishga ruxsat beriladi.
Borish bilan bogʻliq xarajatlar borilayotgan aviakorxona hisobiga kiradi.
TUEKning toʻliq boʻlmagan tarkibida oʻtkazish va koʻrikdan oʻtkazish taʼqiqlanadi; TUEK raisi va ekspert shifokorlar lavozimlarida ruxsat berilmaydi.
FA TUEK vazifalari
Aviatsiya xodimlarining kasbiy majburiyatlarini bajarishga loyiqligi FA TKN — 2002 “Sogʻligʻi holatiga talablar...”ga muvofiq aniqlanadi.
Uchuvchi, dispetcherlik, kursantlar tarkibi, bortkuzatuvchi, bortoperatorlarni qayta tiklash chora — tadbirlari, profilaktikasi, davolash-sogʻlomlashtirish tashkillashtirish nazorati sogʻligʻini va kasbiy ishga layoqatini saqlash maqsadlarida oʻtkaziladi.
FA TUEK funksional vazifalari
Navbatdagi va navbatdan tashqari quyidagilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi: tijorat aviatsiyasining uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar, bortmexaniklar, bortradistlar (samolyot va vertolyotlarniki), bortkuzatuvchilar, bortoperatorlar, planeristlar, havaskor — uchuvchilar, kuzatuvchi — uchuvchilar, aerostat uchuvchilari, yengil va oʻta yengil uchish apparatlarining uchuvchilari, FA abituriyentlari va kursantla, HHB dispetcherlari.
Birinchi uch kunda statsionarda boʻlgan aviamutaxassislarni koʻrikdan oʻtkazadi, hamda tekshiruv yoki davolash yakuni boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasining istalgan hududidagi FA aviamutaxassislariga FA TKN — 2002 muvofiq “Tibbiy xulosa” chiqaradi.
Izoh: Statsionarda boʻlgan aviamutaxassislarga kasallik tarixidan koʻchirma rasmiylashtiriladi, u tibbiy kitobchasiga yopishtiriladi.
Uchish otryadlari, statsionar, diagnostika xonalari shifokorlarini, TUEK tavsiyalarini bajarish, shifokor — sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha ishini nazorat qiladi va ushbu boʻlinmalarga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ekipaj aʼzolarining sogʻligʻdagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlgan, kasbiga noloyiqlik, kasallanish, parvoz hodisalarining sabablari va ularning shart-sharoitlarini oʻrganadi.
Aviaxodimlarning sogʻligʻini mustahkamlash va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha chora-tadbirlarini rahbariyat bilan birgalikda ishlab chiqadi.
FA TKN — 2002da nazarda tutilgan hollarda tibbiy hujjatlarni tasdiqlash va nazorat qilish uchun MTUEKka yuboradi.
Koʻrikdan oʻtuvchilarni, MTUEK bilan kelishilgan holda, MTUEKning yetakchi shifokor-ekspertlariga maslahatga yuboradi.
Aviaxodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa vazirligi yoki Sogʻliqni saqlash vazirligi maxsus muassasalariga maslahatga yuboradi.
Kalendar yilning 10-yanvarigacha belgilangan shaklda FA TUEK ishi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni FA MTUEKka taqdim qiladi.
TUEK xuquqlari va majburiyatlari.
“Tibbiy xulosa” chiqaradi:
tijorat aviatsiyasining uchuvchilari, yoʻnalishdagi uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar, bortmexaniklar, har qanday klassdagi samolyot va vertolyotlarning bortradistlari (AKIga yaroqlilik), HHB dispetcherlari, kuzatuvchi — uchuvchilar, bortkuzatuvchilar, bortoperatorlar, havaskor — uchuvchilar, planeristlar, aerostat uchuvchilari, yengil va oʻta yengil uchish apparatlarining uchuvchilari, FA oʻquv yurtlariga kirayotgan abituriyentlar va kursantlarga.
Uchuvchi, shturman, bortmuxandis, bortmexanik, bortradist (samolyot va vertolyotlarniki-aero-kimyoviy ishlar bilan bogʻliq boʻlganlar xam), bortkuzatuvchi, bortoperator, planerist, xavaskor uchuvchi, kuzatuvchi-uchuvchi, aerostat uchuvchisi, oʻta yengil uchadigan apparatlarning uchuvchilari, fuqaro aviatsiyasining abituriyent va kursantlarga xamda dispetcherlarga;
issiq iqlimli mamlakatlarga va qutb ekspeditsiyasiga ishga yuborilayotgan shaxslarga.
Ekspert xulosasini chiqarish uchun, zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining tibbiy muassasalari, FA oʻquv yurtlari, aviakorxonalar rahbarlaridan soʻraydi.
Tibbiy koʻrsatish boʻyicha tekshirilayotganlarni statsionar va boshqa turli tekshiruvlarga, MTUEKga maslahatga yuboradi.
FA TKN — 2002ni 44-bandiga muvofiq aviamutaxassislarni tibbiy hujjatlarini (tibbiy kitobcha, kasallik toʻgʻrisidagi guvohnoma, maqsadlari koʻrsatilgan holdagi MTUEKga yoʻllanma, uch yillik EKG, VEP va boshqa tekshiruvlar) ekspert qarorini chiqargandan keyin besh kundan kam boʻlmagan muddatda MTUEKga tasdiqlashga yuboradi.
FA TKN — 2002ni 46, 47-bandiga muvofiq aviamutaxassislarni tibbiy hujjatlarini nazorat uchun MTUEKga yuboradi.
Murakkab tashhisotli va ekspertli hollarda, TUEK aʼzolarining fikrlaridagi ziddiyatlarda va FA TUEK ekspert qaroridan aviamutaxassislar shikoyat qilganda, MTUEKga aviamutaxassislar tibbiy hujjatlari bilan birga yuboriladi.
Statsionarda tekshirish oʻtkaziladi:
Uchuvchilar tarkibi 55 yoshga toʻlganda va undan katta boʻlganda har yili;
yoshidan qatʼiy nazar barcha aviamutaxassislar tibbiy koʻrsatish boʻyicha;
uchish va dispetcherlik ishiga tiklanganda.
TUEK shifokorlari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq oʻz malakalarini oshirishga majburlar.
FA TUEK shifokor-ekspertlarining javobgarligi
FA TUEK shifokor-ekspertlari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ekspert xulosalarining toʻgʻriligi va asoslantirilganligi, tekshiruvlarning toʻliq va sifatligi uchun javobgardirlar.
FA TUEK raisi quyidagilarga javobgar:
FA TUEK ishini toʻliq tashkillashtirishga;
TUEK shifokor-ekspertlarining yakuniy ekspert qaroriga;
Yuqori turuvchi tuzilmalarga oʻz vaqtida hisobot topshirishga;
xodimlarning texnika xavfsizligi va mehnat intizomiga rioya qilishlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 13-ILOVA
KELISHILGAN Aviakorxona rahbari
TASDIQLAYMAN TUEK raisi ________________
__________________________________
200 y. “____” _____________
200 y. “____” _______________________
YAKUNIY DALOLATNOMA
Aviakorxonaning uchuvchilar, dispetcherlik tarkibi, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning tibbiy koʻrigi natijalari boʻyicha ______________________________________________ kursantlar _________________________, TUEKda oʻtkazilgan _________________ 200 ___y.dan “____” __________ 200____y.gacha “____” ________________________________________________.
Parvoz (dispetcherlik) ishiga yaroqsiz deb topilganlar: ________________________________ _____________________________________________________________________________
№№
Familiya Ismi Otasining ismi
Lavozimi
Parvoz (dispetcherlik) ishidan chetlatish sababi
keyingi koʻrikdan oʻtish bilan davolanishi (sogʻlomlashtirishi) lozim:_____________________ ______________________________________________________________________________
№№
Familiya Ismi Otasining ismi
Lavozimi
FA TUEK tavsiyalari va davolash belgilangan tashhis
Izoh: Yakuniy dalolatnoma 4 nusxada tuziladi: MTUEK raisiga, aviakorxona rahbariga, FA TUEK raisiga va otryad (xizmat) shifokoriga. Kursantlarga yakuniy dalolatnoma alohida tuziladi. Yakuniy dalolatnomalar yilda 1-marta oʻtgan yilning 1-sentabridan joriy yilning 31-mayi davrida tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 14-ILOVA
TANA VAZNI KATTALIGI INDEKSI (KETLE) BOʻYICHA TANA VAZNINI BAHOLASH UCHUN
JADVAL
Tana vaznini turi
IMT (kg\m 2)
Hamroh kasalliklar xavfi
Tana vazni yetishmovchiligi
<18,5
Past (boshqa kasalliklar xavfi yuqori)
tana vazni normal
18,5-24,9
Oddiy
tana vazni ortiqcha (semizlikni oldi)
25,0-29,9
Oshgan
semizlikni 1 darajasi
30,0-34,9
Yuqori
semizlikni 2 darajasi
35,0-39,9
Juda yuqori
semizlikni 3 darajasi
>40
Oʻta yuqori
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 15-ILOVA
BOʻGʻIMLARDAGI HARAKATLAR HAJMINI OʻLCHASH BOʻYICHA
JADVAL
Harakat hajmi (burchak, gradus)
BOʻGʻIM
Harakatning yoʻnalishi
Oʻlchash uchun dastlabki holat; hisobot olib borilayotgan burchak
Normada
Ahamiyatsiz deb tavsiflanadigan cheklanish
YELKA
Bukish (oldinga harakat) yelka boʻgʻimi ishtirokida
Turganda. Qoʻl tana yoʻnalishida tushirilgan, supinatsiya va pronatsiya oʻrtasida tekis turgan holda (0)
175 — 180
120 gacha
Toʻgʻrilash (orqaga harakat)
Yuqoridagi qatordagidek
45 — 50
20 gacha
Uzoqlashtirish (yelka sohasi ishtirokida)
Turganda. Qoʻl toʻgʻri, supinatsiyada (0)
180
120 gacha
TIRSAK
Bukish
Turganda. Qoʻl tushirilgan, ochilgan, oʻrta holatda (180)
27 — 30
80 gacha
Toʻgʻrilash
Yuqoridagi qatordagidek
180
160 gacha
BILAK-TIRSAK
Pronatsiya
Turganda yoki oʻtirganda. Qoʻl 90° ga bukilgan, bilak oʻrta holatda, kaft va barmoqlar bilak qatorida (0)
90
60 gacha
Supinatsiya
Yuqoridagi qatordagidek
90
60 gacha
BILAK-KAFT BOʻGʻIMI
Bukish
Turganda. Qoʻl koʻkrak oldida, tirsak boʻgʻimida 90° ga bukilgan, bilak pronatsiyada (180)
80
30 gacha
Toʻgʻrilash
Yuqoridagi qatordagidek
70
15 gacha
Uzatish
Bilak supinatsiya xolatida, kaft bilak bilan bir qatorda (180)
160 — 135
do 175
Yaqinlashtirish
Yuqoridagi qatordagidek
140
165 gacha
PANJA-TOVON
Bukish
Oʻtirganda, tirsakka tayanganda, bilak vertikal holatda, barmoqlar toʻgʻri (180)
Birinchi barmoqdan 135 gacha, qolgani 90 — 95
Birinchi barmoqdan 155 gacha 60 gacha
Bukilgan joyini ochish
Yuqoridagi qatordagidek
180 — 210
165 — 170
Barmoq suyaklari boʻgʻimlarida harakatlanish cheklanganda panjalarning ushlab qolish funksiyasi va birinchi barmoqni boshqa barmoqlarga nisbatan qarama-qarshiligi saqlanishi kerak.
CHANOQ-SON
Bukish
Orqsi bilana yotish. Tizza bukiladi. Tos qimirlamaydi (0)
120
100
Toʻgʻrilash
Qoringa yotadi yoki sogʻlom yonboshiga. Tizza toʻgʻrilanadi. Tos qimirlamaydi (0)
15 — 20
10
Yonga uzatish
Orqasi bilan yotish. Tos qimirlamaydi. Tovon oʻrta holatda, boldirga 90°da (0)
50 — 90
30
Toʻgʻrilash
Yuqoridagi qatordagidek
20 — 30
10
Supinatsiya (tashqariga rotatsiya)
Yuqoridagi qatordagidek Tizza toʻgʻrilangan (0)
60
40
Pronatsiya (ichkariga rotatsiya)
Yuqoridagi qatordagidek
40
20 gacha
TIZZA
Bukish
Orqasi bilan yotish. Tizza boʻgʻimini toʻgʻrilangan, tana bilan bir qatorda, tizza koʻzi oldinga qaraydi (180)
40
90 gacha
Boldirning bukilgan joyini ochish
Yuqoridagi qatordagidek
180
170
BOLDIR-TOVON
Tovonni bukish
Orqasi bilan yotish yoki yonboshlab. Tovon boldirga 90°da.
130
110
Tovonni toʻgʻrilash
Yuqoridagi qatordagidek
70
80
CHAKKA-JAGʻ
Vertikal harakat
Ogʻiz katta ochilganda, yuqori va pastki kurak tishlar oraliq masofa sm. da oʻlchanadi
normal ogʻiz ochilishi 3 dan 6 sm gacha
3 sm
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 16-ILOVA
Parvozdan oldingi (smenadan oldingi) tibbiy koʻrikda parvozdan (navbatchilikdan) chetlashtirilgan 20____y. “____”________________________s. __________daq.
Dastlabki tashhis _____________________________________________________________ ____________________________________________________________________
Qisqacha obyektiv maʼlumotlar_________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________
Shifokorga kelgan sanasi ___________________20____y. “____”_____________ ____________________________________________________________________
(F.I.O., lavozim, imzo)
20____y.”_______”______________
M.Oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi FA xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga 21-ILOVA
Ulardagi jami kasalliklar (XKK-X-A00-T98shifrboʻyicha)__________ ________
DKG-I___________(shaxslar soni)
DKG-II__________( shaxslar soni)
DKG-III A_________( shaxslar soni)
DKG-III B_________( shaxslar soni)
№
Klasslar va kasalliklarning nomi
XKK Shifr
Hisobot yili boshlangunga qadar DK boʻlgan
Hisobot davrida
Hisobot yili oxirida DK boʻlgan
Ulardan ayollar
DK olindi
DN chiqarildi
jami
Ulardan birinchi tashhis qoʻyilganlar
jami
shu jumladan
sogʻayish bilan
oʻlim bilan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
1.
Baʼzi bir yuqumli va parazitar kasalliklar
A00-V99
2.
Oʻsmalar, ulardan xavfsizi
S00-D48
D10-D36
3.
Endokrin tizimining kasalliklari, ovqatlanishning buzilishi, modda almashinuvini buzilishi, ulardan: tireotoksikoz,
qandli diabet
E00-E90
E05
E10-E14
4.
Asab tizimining kasalliklari, ulardan:
epilepsiya,
periferik asab tizimining kasalliklari
G00-G99
G 40-41
G50-73
5.
Koʻz va yondosh apparatining kasalliklari:
glaukoma,
uzoqni koʻra olmaslik
N00-N59
N40-N42
N52.1
6.
Quloq va soʻrgʻichsimon oʻsiqcha kasalliklari.
N60-N95
7.
Qon aylanish tizimi kasalliklari, ulardan:
qon bosimi koʻtarilishi xarakterlovchi kasalliklar,
serebrovaskulyar kasalliklar
I00-I99
I10-I13
I60- I69
8.
Nafas olish aʼzolari kasalliklari, ulardan: surunkali faringit, nazofaringit, rinit, sinusit surunkali bodomsimon bezlar, adenoidlar kasalliklari,
peritonzillyar abssessi, allergik rinit,
surunkali va aniqlanmagan bronxit
J00-J99
J31-J32
J35
J30
J40 — 43
9.
Ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, ulardan: oshqozon va 12-barmoq ichak yara kasalligi,
gastrit, duodenit,
surunkali gepatit, oʻt-tosh kasalligi,
oʻt pufagi, oʻt chiqarish yoʻllari kasalliklari
K00-K93
K25-26
K29
K73
K80
K81 — 83
10.
Siydik tanosil tizimi kasalliklari, ulardan:
glomerulyar, tubulointerstitsial va boshqa buyrak va siydik yoʻllari kasalliklari;
siydiktosh kasalligi;
prostata bezi kasalliklari;
salpingit, ooforit
endometrioz;
bachadon eroziyasi va ektropioni;
hayz koʻrishni buzilishi
№ 00- № 99
№ 00 — 16
№ 25 — 28
№ 20 — 23
№ 40 — 42
№ 70
№ 80
№ 86
№ 91 — 94
11.
Homiladorlik, tugʻish, tugʻishdan keyingi davr
O00-O99
12.
Teri va teri osti yogʻ qatlami kasalliklari
L00-L99
13.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari
M00-M99
14.
Jarohatlar, zaharlanishlar va tashqi sabablar taʼsiridagi baʼzi bir oqibatlar
S00-T98
15.
Boshqa kasalliklar(X -XKK muvofiq koʻrsatilsin)
16.
Hisobotga ilova:
1. 30 kundan ortiq boʻlgan vaqtincha mehnat layoqatini yoʻqotgan shaxslar roʻyxati (F.I.O., tugʻilgan yili, tashhis, mehnatga layoqatsiz boʻlgan kunlarining umumiy soni).
2. 55 yoshdan katta boʻlgan shaxslar roʻyxati.
3. Oʻtkazilgan davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sogʻlomlashtirish turi, har bir turi boʻyicha shaxslar soni).
4. Hisobot davrida ishga yaroqsiz deb topilgan shaxslar roʻyxati (F.I.O., lavozim, “yaroqsiz” deb topilgan tashhis, modda koʻrsatilsin).
5. Hisobot yilida oʻlgan shaxslar roʻyxati (F.I.O., tugʻilgan yili, lavozimi, oʻlim sanasi, sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasi, oʻlim sababi).