1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-oktabr,
662-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
toʻrtinchi xatboshidagi “3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin” soʻzlari “3-ilovaga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolari uchun ishbilarmonlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
quyidagi mazmundagi 851 — 856-bandlar bilan toʻldirilsin:
“851 Bahrayn Qirolligi
852. Saudiya Arabistoni Podshohligi
853. Oʻmon Sultonligi
854. Qatar Davlati
855. Quvayt Davlati
856. Xitoy Xalq Respublikasi
857. Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi”;
86-banddan “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
izohning 5-bandidan “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) quyidagi mazmundagi 6-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 6-ILOVA
Fuqarolari uchun ishbilarmonlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar
ROʻYXATI
2 ish kuni mobaynida:
1. Avstriya Respublikasi
2. Belgiya Qirolligi
3. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi
4. Germaniya Federativ Respublikasi
5. Ispaniya Qirolligi
6. Italiya Respublikasi
7. Latviya Respublikasi
8. Malayziya
9. Fransiya Respublikasi
10. Chexiya Respublikasi
11. Shveysariya Konfederatsiyasi
12. Yaponiya
3 ish kuni mobaynida:
13. Birlashgan Arab Amirliklari
14. Eron Islom Respublikasi*
15. Pokiston Islom Respublikasi*
* Ishbilarmonlik vizalari Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston va Eron Islom Respublikalari bilan tuzilgan Ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda turistik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Istisno hollarda, qoʻshimcha oʻrganish talab etilsa, Pokiston va Eron Islom Respublikalari fuqarolari uchun vizani rasmiylashtirish 10 kundan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ragʻbatlantiruvchi aksiya — reklamadan foydalanuvchilarni muayyan harakatlarni bajarishga undaydigan tadbir, tanlov, oʻyin oʻtkazish shaklida amalga oshiriladigan, shu jumladan ularda ishtirok etish sharti reklama qilinayotgan tovarlarni olishdan iborat boʻlgan reklama;
narxnoma — yagona namunadagi va aniq koʻrsatilgan isteʼmolchiga hech qanday shartlarsiz odatda taklif etiladigan tovar birligi yoki maʼlum miqdordagi tovar uchun belgilangan yakuniy narx koʻrsatilgan maʼlumot;
chegirma narx — tovar narxini uning chegirma narxgacha boʻlgan narxidan muayyan foiz yoki summa miqdorida arzonlashtirilgan narx;
chegirma narxgacha boʻlgan narx — sotuvchi tomonidan isbotlanishi shart boʻlgan, chegirma narx eʼlon qilingunga qadar 30 kun davomida amalda boʻlgan isteʼmolchiga odatda taklif etilayotgan tovar birligi uchun belgilangan eng past narx”;
“1681. Quyidagilarni sotish va sotish uchun saqlash taqiqlanadi:
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarini;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxatida keltirilgan mahsulotlar markirovkalanmagan taqdirda”;
v) quyidagi mazmundagi XVII4 bob bilan toʻldirilsin:
“XVII4. Chakana savdo qilishda tovarlarga ragʻbatlantiruvchi aksiya va chegirmalar qoʻllash xususiyatlari
18722. Sotuvchi isteʼmolchilarning qiziqishini oshirish, sotuvni koʻpaytirish yoki boshqa maqsadlarda oʻzi realizatsiya qilayotgan tovarlarga nisbatan ragʻbatlantiruvchi aksiya yoki chegirmalar qoʻllashi mumkin, mazkur qoidalarning 206, 603 va 604-bandlarida keltirilgan holatlar bundan mustasno.
Bunda sotuvchi tovarning chegirma narxgacha boʻlgan narxini koʻrsatgan taqdirda, chegirma hisoblanadi, aks holda chegirma hisoblanmaydi va tovar narxini arzonlashtirish sifatida baholanadi. Chegirmada koʻrsatilgan chegirma narxgacha boʻlgan narx chegirma eʼlon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narx boʻlishi lozim (qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bundan mustasno).
Sotuvchi sunʼiy ravishda narxlarni oshirib, keyinchalik arzonlashtirilgan narxlarni chegirma sifatida koʻrsatish orqali isteʼmolchilarni chalgʻitishi taqiqlanadi.
Tovarlarga nisbatan ragʻbatlantiruvchi aksiya yoki chegirmalar qoʻllash holati ommaviy tadbir doirasida oʻtkazilsa, Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori talablari qoʻllaniladi.
18723. Sotuvchi oʻz tovarlariga nisbatan chegirmalarni eʼlon qilishda tovarlar va narxlar hisobini yuritishga, tovarning oxirgi 30 kunda amalda boʻlgan narxlarini qayd etish hamda isteʼmolchining talabiga koʻra, mazkur maʼlumotlarni taqdim etishga majbur (qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bundan mustasno).
ragʻbatlantiruvchi aksiyani eʼlon qilishda uning shartlarini, shu jumladan, ragʻbatlantiruvchi aksiyaning amal qilish muddati, sotib olish shartlari, ragʻbatlantiruvchi aksiyaga qoʻyiladigan tovarlar nomi (turkumi), miqdori va boshqa muhim maʼlumotlarni isteʼmolchilarga aniq va tushunarli qilib yetkazishi;
ragʻbatlantiruvchi aksiya eʼlon qilingandan soʻng uning shartlarini oʻzgartirmaslik, ragʻbatlantiruvchi aksiyaga qoʻyiladigan tovar narxi toʻgʻrisida toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi;
ragʻbatlantiruvchi aksiya davomida taklif etilayotgan chegirma, bonus va boshqa imtiyozlar haqiqatda amal qilishini taʼminlashi shart.
18725. Sotuvchi tovarlar narxiga nisbatan chegirma qoʻllashda:
chegirmani aniq foiz yoki summa shaklida belgilashi hamda tovar narxi oson aniqlanishi va aniq oʻqilishini taʼminlashi;
isteʼmolchining talabiga koʻra, har bir tovar uchun chegirma narxgacha boʻlgan narx toʻgʻrisida aniq maʼlumot taqdim etishi;
sotuvchi tovarning chegirma eʼlon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narxini tasdiqlovchi hujjatlar (dalillar) bilan asoslashi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bundan mustasno);
agarda chegirma narxda sotilishi nazarda tutilgan tovar soni cheklangan yoki mavsumiy yoxud mahsulotlarining holatiga bogʻliq boʻlsa (xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati yaqinlashgan, but boʻlmagan, mavsumiy sotish, eski zaxiralarni tugatish, qadoqlashning shikastlanishi va/yoki boshqa sabablar), bu haqida sotuvchi chegirma toʻgʻrisidagi maʼlumotda isteʼmolchilarni xabardor qilishi;
chegirma narxning amal qilish muddati (boshlanish va tugash sanasi) aniq koʻrsatilishi, agar chegirma narx faqatgina muayyan sharoitlarda qoʻllanilsa, bu sharoitlar oldindan maʼlum qilinishi;
agar chegirmani taqdim etish isteʼmolchidan shaxsga doir maʼlumotlarni berish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni talab qilsa, sotuvchi shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi va isteʼmolchilarni ularning maʼlumotlarini qayta ishlash maqsadlari va shartlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
18726. Chegirma eʼlon qilinganda, uning shartlari va amal qilish muddati aniq koʻrsatilishi lozim”;
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarorida:
muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi faqat majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq belgilangan vakolatli davlat organlari tomonidan tekshiriladi;
majburiy raqamli markirovka qilinishi belgilangan maishiy texnika mahsulotlari qatʼiy ravishda tegishli markirovka kodi olingandan soʻng roʻyxatga olinadi, muvofiqlik sertifikati beriladi va muvofiqlik deklaratsiyasi roʻyxatga olinadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisidagi nizomning I boʻlimida:
a) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.
Nasrdagi pyesa:
12
5
pyesa muallifiga
9
3,5
rassom-ssenografga va kostumlar boʻyicha rassomga
3
1,5
sheʼrda yozilgan pyesa:
13
5
pyesa muallifiga
10
3,5
rassom-ssenografga va kostumlar boʻyicha rassomga
3
1,5”;
b) 5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.
Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan asarlar inssenirovkasi
10,5
6
adabiy asar muallifiga
3
2
inssenirovka muallifiga
3
2
adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan adabiy asar tarjimasi inssenirovka qilingan taqdirda)
1,5
1
rassom-ssenografga va kostumlar boʻyicha rassomga
3
1”;
v) 7-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7.
Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan pyesalar tarjimalari
nasrda yozilgan pyesa:
12,5
6,5
pyesa muallifiga
3,5
2
tarjimonga
4,5
2,5
oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)
1,5
1
rassom-ssenografga va kostumlar boʻyicha rassomga
3
1
sheʼrda yozilgan pyesa:
13
8,5
pyesa muallifiga
4
2,5
tarjimonga
6
4
rassom-ssenografga va kostumlar boʻyicha rassomga
3
2
oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)
1. Reklama, musiqa asarlaridan foydalanganlik uchun tushgan summa, homiylik mablagʻi shaklida tushgan summa, kabel orqali uzatilgan taqdirda esa — shuningdek, abonent toʻlovi ham mualliflik haqini hisoblab yozish uchun ushbu Nizomga tatbiqan efir yoki kabel orqali uzatuvchi tashkilotning daromadi hisoblanadi.
2. Foydalanuvchining daromadini aniqlash qiyin boʻlgan hollarda, mualliflik haqi stavkalari mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida qayd etilgan summada yoki bazaviy hisoblash miqdorida belgilanishi mumkin”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarining 42-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni zarur darajada saqlash mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, xarajatlarning alohida moddasi boʻyicha mablagʻlar ajratiladi. Bunda goʻr qazish va marosim xizmatlari boʻyicha koʻrsatilgan pulli xizmatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar asosida undiriladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dafn etish joylarini saqlash qoidalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi”;
“8. Qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni zarur darajada saqlash mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, xarajatlarning alohida moddasi boʻyicha mablagʻlar ajratiladi. Bunda goʻr qazish va marosim xizmatlari boʻyicha koʻrsatilgan pulli xizmatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar asosida undiriladi”.
7.Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarorida:
“Retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda ustama qoʻllaniladi. Bunda ushbu dori vositalarining ulgurji narxlari cheklangan ulgurji referent narxlardan yuqori boʻlmasligi shart”;
birinchi xatboshidagi “dori vositalari va tibbiy buyumlar” soʻzlari “retsept bilan beriladigan dori vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “dori vositalari va tibbiy buyumlarining” soʻzlari “retsept bilan beriladigan dori vositalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Shq — import qilingan retsept bilan beriladigan dori vositalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi (IM-40) asosida bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilgan sanadagi Markaziy bankning kursidan kelib chiqib belgilangan shartnomaviy qiymati”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “dori vositalari va tibbiy buyumlarning” soʻzlari “retsept bilan beriladigan dori vositalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “dori vositalari va tibbiyot buyumlarining” soʻzlari “retsept bilan beriladigan dori vositalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-banddagi “Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda ustama qoʻllaniladi. Bunda ushbu dori vositalarining chakana narxlari cheklangan chakana referent narxlardan yuqori boʻlmasligi shart”;
41-banddagi “Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalariga” soʻzlari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlari” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning oltinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning birinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi “tumanlar (shaharlar) hokimlari” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “tumanlar (shaharlar) hokimlari” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) hokimliklari” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni toʻgʻrisida tashkilotlardan olingan maʼlumotlar asosida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar toifalari uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisidagi takliflar shakllantiriladi hamda uni tuman (shahar) hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishgan holda har yili 1-sentabrdan kechikmay tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kiritiladi”;
“10. Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan taqdim etilgan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan takliflar asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har yili joriy yilning 1-oktabridan kechikmay muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar”;
11-banddagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “tumanlar (shaharlar) hokimlari” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “tumanlar (shaharlar) hokimlari” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning birinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlari” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) hokimining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilovaning 1-bandidagi “tumanlar (shaharlar) hokimlarining” soʻzlari “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyatlarda davlat nazoratini amalga oshirishi rejalashtirilayotgan mansabdor shaxs yoki xodimi tegishli nazorat qiluvchi organdagi bevosita rahbarini (u boʻlmaganida, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasini (va) yoki kadrlar boʻlinmasini) mazkur holat oʻziga maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida belgilangan shakldagi mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnomani taqdim qilishga va oʻzini rad etishga majbur. Ushbu talabning bajarilmasligi davlat nazorati natijalarining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida:
a) muqaddimadagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi yakunlangan oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oliy taʼlim, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari roʻyxatini har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etib borsin”;
2-banddagi “maktablari hamda maktab-internatlarda” soʻzlari “maktablarida” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-band “umumtaʼlim muassasasida” soʻzlari “umumtaʼlim muassasasi direktori va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra har oylik ustamalar toʻlash,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish;
umumtaʼlim muassasasining direktori va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra har oylik ustamalar toʻlash;
umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan oʻqituvchilarga ularning taʼrif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik toʻlov toʻlash”;
“Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda umumtaʼlim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari farzandlari mazkur umumtaʼlim muassasasida oʻqigan taqdirda, mazkur taʼlim muassasasi ishchi guruhi tarkibiga ota-onalardan vakil sifatida jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
13-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda jamgʻarmada ajratilgan mablagʻlar yetarli boʻlmagan hollarda umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha ishchi guruh qarori va direktor buyrugʻi qabul qilinmaydi”;
15-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablar ushbu Nizomning 29-bandiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
241-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda boshqa umumtaʼlim muassasasiga ishga oʻtganda tayinlangan har oylik ustama haq (foiz)lari saqlanmaydi”;
quyidagi mazmundagi 262-band bilan toʻldirilsin:
“262. Oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari ushbu Nizomning 20-bandiga asosan olishi mumkin boʻlgan ustamaga qoʻshimcha ravishda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ragʻbatlantirilishi mumkin.
Bunda ragʻbatlantiriladigan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari ragʻbatlantiriladigan yildan avvalgi bir kalendar yil (yanvar — dekabr oylari) davomidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport musobaqalaridagi ishtiroki hamda xalqaro assotsiatsiyalar tomonidan oʻtkaziladigan Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro olimpiadalarda erishgan natijalaridan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan har yili 15-yanvargacha bir kalendar yil (yanvar — dekabr oylari) uchun bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha har oylik ustamalar quyidagi tartibda ustamalar belgilanadi:
sport musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritganligi uchun — 5 foiz;
sport musobaqalarining respublika bosqichida sovrinli oʻrinlarni (1 — 3-oʻrinlarni) qoʻlga kiritganligi uchun — 10 foiz;
xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganligi uchun — 20 foiz”;
“27. Umumtaʼlim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor va uning oʻrinbosarlari) va oʻz faoliyatini soatbay haq toʻlash asosida amalga oshiradigan oʻqituvchilariga ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq belgilanadigan har oylik ustamalar belgilanmaydi, Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) — fan olimpiadalarida oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno”;
quyidagi mazmundagi 271 va 272-bandlar bilan toʻldirilsin:
“271. Umumtaʼlim muassasalarining direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi umumtaʼlim muassasasining quyidagi belgilangan koʻrsatkichlariga (keyingi oʻrinlarda — koʻrsatkichlar) muvofiq 100 ballik tizimda baholanadi:
akademik natijalar;
noakademik natijalar;
tarbiyaviy ishlar samaradorligi;
moliyaviy faoliyat samaradorligi;
malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi.
Koʻrsatkichlar boʻyicha baholash metodikasi va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Koʻrsatkichlar umumtaʼlim muassasasining Ishchi guruhi tomonidan baholanadi.
Bunda baholash koʻrsatkichlari asosida umumtaʼlim muassasalari toʻplagan umumiy ballardan kelib chiqib, ushbu umumtaʼlim muassasalari direktori va uning oʻrinbosarlariga quyidagi miqdorlarda bir kalendar yil (yanvar — dekabr oylari) uchun bazaviy tarif stavkalariga nisbatan har oylik ustama belgilanadi:
a) umumtaʼlim muassasasi direktoriga:
61 — 70 ball toʻplasa — 5 foiz;
71 — 80 ball toʻplasa — 10 foiz;
81 — 90 ball toʻplasa — 15 foiz;
91 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz;
b) umumtaʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarlariga:
61 — 70 ball toʻplasa — 2,5 foiz;
71 — 80 ball toʻplasa — 5 foiz;
81 — 90 ball toʻplasa — 7,5 foiz;
91 — 100 ball toʻplasa — 10 foiz.
Direktor yoki direktor oʻrinbosarlariga belgilanadigan har oylik ustama Jamgʻarmadagi mavjud mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Bunda belgilangan ustamalar Jamgʻarmadagi mablagʻlardan oshib ketgan hollarda, mazkur belgilangan har oylik ustamalar tegishli miqdorga kamaytiriladi.
Har oylik ustama belgilanishi uchun direktor yoki direktor oʻrinbosarlari mazkur umumtaʼlim muassasasida kamida 9 oy davomida asosiy lavozimi boʻyicha faoliyat yuritgan boʻlishlari lozim.
Direktor yoki direktor oʻrinbosarlari oʻzi faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda yoki boshqa umumtaʼlim muassasasiga ishga oʻtganda ularga tayinlangan har oylik ustamalar saqlanmaydi, bundan teng lavozimga rotatsiya qilingan holatlar mustasno.
272. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumtaʼlim muassasalari direktorlaridan iborat boʻlgan Direktorlar kengashlarida faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasasi direktorlariga jamgʻarma hisobidan bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz har oylik ustamalar toʻlanadi.
Mazkur direktorlarga ushbu Nizomning 271-bandi asosida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish darajasiga qarab belgilanadigan ustamalar tayinlanmaydi (direktor oʻrinbosarlari bundan mustasno)”;
1-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, maʼnaviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
T/r
Koʻrsatkichlar*
Amalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha taʼrifi, uning natijalari (samaradorligi), qoʻllanilayotgan shakli va uslubi, oʻtkazilgan mashgʻulotlarning soni, oʻquvchilar qamrovining oʻrtacha soni
Reyting bahosi
Maksimal ball
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyiladigan ballar
Koʻrsatkichlar
1.
Oʻquvchilarning choraklik baholarining oʻrtacha qiymati
Oʻqituvchi dars oʻtayotgan sinflardagi oʻquvchilarning choraklik oʻrtacha baholari oʻzlashtirishning sifat
(“4” va “5” baho (yangi baholash tizimida 66 — 100 ball)) koʻrsatkichi asosida aniqlanadi
5
3
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 56 — 70 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 56 — 65 foizini tashkil etganda
4
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 71 — 85 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 66 — 80 foizini tashkil etganda
5
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 86 foizi va undan yuqorini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 81 foizdan yuqorini tashkil etganda
2.
“Fan olimpiadasi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisining ishtiroki **
Oʻquvchilarining olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalari asosida baholanadi
25
5
Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, oʻquvchilari eng quyi gʻolib koʻrsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni koʻrsatganda
10
Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, oʻquvchilari eng quyi gʻolib koʻrsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni koʻrsatganda
25
Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari 1-, 2-, 3-oʻrinlarni (shuningdek, toʻgʻridan toʻgʻri xalqaro fan olimpiadalaridan ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni) egallaganda
3.
Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ishtiroki***
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi
25
5
Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizni tashkil etganda
10
Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizni tashkil etganda
25
Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizni tashkil etganda
4.
Oʻqituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi
Oʻqituvchi ish faoliyati maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi (oʻqituvchining faoliyati baholash davriga nisbatan soʻnggi 3 yillikda ommalashtirilganligi)
15
5
Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilganda
8
Ish tajribasi tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilganda
10
Ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirilganda
15
Ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilganda
5.
Pedagogik ish staji
Taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab baholanadi
10
4
pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha
7
pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha
10
pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori
6.
Sinf rahbarligi
Sinf rahbarligi yuklatilganligi
5
0
Sinf rahbarligi yuklatilmagan boʻlsa
5
Sinf rahbarligi yuklatilgan boʻlsa
7.
Malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi
Reja asosida
10
0
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan boʻlsa yoki qatnashgan boʻlsada, kurslar yakuniga koʻra yakuniy attestatsiyadan oʻta olmagan va tegishli sertifikatga ega boʻlmasa
10
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlsa ****
8.
Sinfdan tashqari ishlar*****
Oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va sanʼatga qaratilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borish
10
3
Kreativlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotokoʻrgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari va boshqalar) tashkil etgan boʻlsa
5
Oʻquvchilarda mustaqil fikr yuritish, mulohaza bildirish, tanqidiy va tahliliy yondashish koʻnikmalarini rivojlantiruvchi loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borsa
10
Oʻquvchilarni izlanishga undovchi qoʻshimcha mashgʻulotlar
(oʻquv yili davomida iqtidorli va boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan) olib borsa
9.
Oʻqituvchining malaka toifasi bahosi
Taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimning amaldagi malaka toifasiga qarab baholanadi
20
0
Mutaxassis lavozimida boʻlsa
5
Ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlsa
10
Birinchi malaka toifasiga ega boʻlsa
20
Oliy toifa malaka toifasiga ega boʻlsa
MAKSIMAL BALL:
100
* oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi;
** faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan fan olimpiadalari va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlar inobatga olinadi;
*** faqat boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
umumtaʼlim muassasasi miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar umumtaʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻtkazilishi hamda oʻzining tasdiqlangan Nizomi va oʻtkazish tartibiga ega boʻlishi talab etiladi;
**** oliy taʼlim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha maksimal ball beriladi.
***** oʻqituvchi tadbir oʻtkazishdan oldin tadbirning mazmun mohiyatini va oʻtkazish tartibini bayon qilgan holda taʼlim muassasasi direktorini yozma ravishda ogohlantirishi, tadbir oʻtkazilgandan soʻng tadbirdan olingan rasmlarni ilova qilgan holda maʼlumotnoma tayyorlab tegishliligi boʻyicha direktor oʻrinbosariga tasdiqlatishi talab etiladi;
oʻqituvchi loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazishdan oldin loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlarning mazmun mohiyatini va oʻtkazish tartibini bayon qilgan holda taʼlim muassasasi direktorini yozma ravishda ogohlantirishi, qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish uchun mashgʻulot rejasini va mashgʻulot oʻtish jadvalini tuzishi va tegishliligi boʻyicha direktor oʻrinbosariga tasdiqlatishi talab etiladi”;
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning _______________________ fani oʻqituvchisi ________________________________________ ning 20__-20 ___ oʻquv yilidagi faoliyatiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida berilgan
BAHOLAR
T/r
Koʻrsatkichlar
Maksimal ball
Oʻqituvchi faoliyatining qisqacha tasnifi
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Oʻquvchilarning choraklik baholarining oʻrtacha qiymati
5
2.
“Fan olimpiadasi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisining ishtiroki*
25
3.
Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ishtiroki**
4.
Oʻqituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi
15
5.
Pedagogik ish staji
10
6.
Sinf rahbarligi yuklatilganligi
5
7.
Malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi***
10
8.
Sinfdan tashqari ishlar****
10
9.
Oʻqituvchining malaka toifasi uchun bahosi
20
JAMI:
100
*) oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi;
**) faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan fan olimpiadalari va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlar inobatga olinadi;
***) faqat boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
umumtaʼlim muassasasi miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar umumtaʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻtkazilishi hamda oʻzining tasdiqlangan Nizomi va oʻtkazish tartibiga ega boʻlishi talab etiladi;
****) oliy taʼlim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha maksimal ball beriladi.
Ishchi guruh raisi: __________________ __________
Ishchi guruh aʼzolari: __________________ __________, _________________ _______”;
2-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi 2-band chiqarib tashlansin;
4-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “xalq” soʻzi “maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ekspertiza jarayonida yuzaga kelayotgan manfaatlar toʻqnashuvi (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) haqida tegishli ITKga xabar berishi”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-bobning nomidagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni” soʻzlari “Dori vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddan “va tibbiy buyumlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“3-ustunda — dori vositasining retseptsiz yoki shifokor retsepti boʻyicha berilishi toʻgʻrisidagi axborot”;
yettinchi xatboshidagi “dori vositalarni yoki tibbiy buyumlarni” soʻzlari “retsept bilan beriladigan dori vositalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “dori vositalari va tibbiy buyumlarni” soʻzlari “retsept bilan beriladigan dori vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “tovarning narxi” soʻzlari “retsept bilan beriladigan dori vositalarining narxi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Retseptsiz beriladigan dori vositalari realizatsiyasida 6 va 7-ustunlardagi maʼlumotlar toʻldirilmaydi”;
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20__ yil “___” ____________ dagi ____-son shartnomaga
20__ yil “___” ____________ dagi ____-son
HISOBVARAQ-FAKTURA
(qatʼiy belgilangan ustamalarda realizatsiya qilinadigan dori vositalari uchun)
Yetkazib
beruvchi _________________________________
Manzil:
___________________________________
__________________________________________
Yetkazib beruvchining
identifikatsiya raqami (STIR) __________________________________
QQS roʻyxat raqami
_________________________
Bank hisobvaragʻi
___________________________
Bank MFO
_________________________________
Sotib oluvchi
___________________________________
Manzil:
___________________________________
___________________________________________
Sotib oluvchining identifikatsiya
raqami (STIR) __________________________________
QQS roʻyxat raqami
__________________________
Bank hisobvaragʻi
___________________________
Bank MFO
_________________________________
T/r
Tovarlar nomi
Tovar (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha
identifikatsiya kodi
Dori vositasini berish usuli
(retseptli/ retseptsiz
Seriya
Oʻlchov birligi
Sotib olish qiymati (bazaviy narx)
Savdo qoʻshimchasi (ustama) foizda
Miqdori
Narxi
Yetkazib berish qiymati
QQS
Yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati
stavka
summasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
1.
2.
Jami
Rahbar
_________________________
Tovarni
berdim _________________
(yetkazib
beruvchi masʼul shaxsning imzosi)
Oldim _________________________
20 ____ yil “___” ___________ dagi
__________-son ishonchnoma boʻyicha”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarorida:
4-pozitsiyaning TIF TN kodi ustunidan “8539 8540” raqamlari chiqarib tashlansin.
quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
8.
Elektr
akkumulyatorlar, shu jumladan, ular uchun separatorlar, toʻgʻriburchak (shu
jumladan, kvadrat shaklidagi) yoki boshqa shakldagilar
8507
2026
yil 1-yanvar
”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) roʻyxatiga kiritilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
benefitsiar mulkdor — pirovardida mulkiy huquqlarga egalik qiladigan yoki shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
gradatsiyali narx preferensiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan narx preferensiyasi;
mahalliy ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq respublika hududida ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
mahalliy ishlab chiqaruvchining affillangan shaxsi — qaror qabul qilish huquqiga ega va (yoki) ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga taʼsir koʻrsatadigan, jumladan, yozma kelishuv asosidagi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek, ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchiga nisbatan shunday huquqqa ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
narx preferensiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan preferensiya;
ekspertiza qilish markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi;
elektrotexnika tarmogʻi korxonalari — elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi hamda iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) kodining 24.44, 28.13, 28.25 sinflariga, IFUT kodining 26 va 27 boʻlimlariga mos keladigan yuridik shaxslar;
xarid komissiyasi — xarid qilish tartib-taomillari gʻolibini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan kollegial organ.
3. Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga narx preferensiyasini berish tartibi
4. Tenderda yoki eng yaxshi takliflarni tanlashda xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan narx preferensiyasi qoʻllaniladi.
5. Bunda tenderning yoki eng yaxshi takliflarni tanlashning xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan har bir lot boʻyicha xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning takliflari olingan boʻlsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga oʻn besh foiz miqdorida narx preferensiyasi beriladi.
6. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan narx preferensiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq respublika hududida sanoat ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyatini amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qoʻllaniladi.
7. Davlat buyurtmachisi tender yoki eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ushbu Nizomga muvofiq narx preferensiyasini qoʻllash yuzasidan talablarni nazarda tutgan holda buyurtma shakllantiradi.
8. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yoki eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha texnik topshiriq belgilangan tartibda ekspertiza qilish markazi tomonidan majburiy kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.
9. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yoki eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha texnik topshiriq belgilangan tartibda ekspertiza qilish markazi tomonidan majburiy kompleks ekspertizaning ijobiy natijasi asosida Davlat xaridi toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi.
10. Mahalliy ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) korxonalari davlat xaridi toʻgʻrisida maxsus axborot portalida tegishli tartib asosida eʼlon qilingan shartlarga muvofiq davlat buyurtmachisining tenderda yoki eng yaxshi takliflarni tanlashda ishtirok etishi haqida ariza taqdim etadi.
11. Xarid komissiyasi tender yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridlarni amalga oshirishda kelib tushgan takliflarni baholash jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ushbu Nizom va xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq narx preferensiyasini hisobga oladi.
12. Mahalliy ishlab chiqaruvchi xarid qilish hujjatlarida talab etilgan hujjatlar va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT) muvofiq asosiy faoliyat turi toʻgʻrisidagi maʼlumoti bilan birga qoʻshimcha ravishda:
asosiy benefitsiar mulkdori va taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarilgan joy va yetkazib beriladigan hududi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
tovar majburiy sertifikatsiyalash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalash yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjat talab etilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchiga nisbatan tenderda yoki eng yaxshi takliflarni tanlashda narx preferensiyasi qoʻllaniladi.
13. Xarid komissiyasi narx preferensiyasini qoʻllashda mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan narx taklifini ushbu Nizomning 5-bandida belgilangan miqdorda kamaytirish orqali baholaydi.
14. Xarid komissiyasi takliflarni baholash jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchi hisoblangan ishtirokchidan kelib tushgan, lekin xarid qilish hujjatlari talablarga mos kelmagan takliflarni rad etadi.
15. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning affillangan shaxsi tender yoki eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha bitta lotda ishtirok etishga haqli emas.
16. Davlat xaridlarida ishtirok etish yuzasidan taklif yuborgan mahalliy ishlab chiqaruvchi gʻolib deb topilgan taqdirda, davlat buyurtmachisi bilan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart.
3-bob. Elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga gradatsiyali narx preferensiyasini berish tartibi
17. Tenderda yoki eng yaxshi takliflarni tanlashda xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga bitta yoki undan ortiq ishtirokchilar — elektrotexnika tarmogʻi korxonalari boʻlgan taqdirda, elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga nisbatan gradatsiyali narx preferensiyasi qoʻllaniladi.
18. Tenderning yoki eng yaxshi takliflarni tanlashning xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan har bir lot boʻyicha xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga elektrotexnika tarmogʻi korxonalarining takliflari olingan boʻlsa, elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda gradatsiyali narx preferensiyasi beriladi:
uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda oʻn besh foiz;
ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda oʻn ikki foiz;
bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda sakkiz foiz miqdorida.
Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi.
19. Ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan gradatsiyali narx preferensiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq respublika hududida sanoat ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyatini amalga oshiradigan elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga nisbatan qoʻllaniladi.
20. Davlat buyurtmachisi tender (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash) boʻyicha xarid qilish hujjatlarida elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga nisbatan ushbu Nizomga muvofiq gradatsiyali narx preferensiyasini qoʻllash yuzasidan talablarni nazarda tutgan holda buyurtma shakllantiradi.
21. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yoki eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha texnik topshiriq belgilangan tartibda ekspertiza qilish markazi tomonidan majburiy kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.
22. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yoki eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha texnik topshiriq belgilangan tartibda ekspertiza qilish markazi tomonidan majburiy kompleks ekspertizaning ijobiy natijasi asosida Davlat xaridi toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi.
23. Elektrotexnika tarmogʻi korxonalari davlat xaridi toʻgʻrisida maxsus axborot portalida tegishli tartib asosida eʼlon qilingan shartlarga muvofiq davlat buyurtmachisining tenderda yoki eng yaxshi takliflarni tanlashda ishtirok etishi haqida ariza taqdim etadi.
24. Xarid komissiyasi tender yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridlarni amalga oshirishda kelib tushgan takliflarni baholash jarayonida elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga nisbatan ushbu Nizom va xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq gradatsiyali narx preferensiyasini hisobga oladi.
25. Elektrotexnika tarmogʻi korxonalari xarid qilish hujjatlarida talab etilgan hujjatlar va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT) muvofiq asosiy faoliyat turi toʻgʻrisidagi maʼlumoti bilan birga qoʻshimcha ravishda:
asosiy benefitsiar mulkdori va taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarilgan joy va yetkazib beriladigan hududi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
tovar majburiy sertifikatsiyalash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalash yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjat talab etilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan taqdirda, elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga nisbatan tenderda yoki eng yaxshi takliflarni tanlashda gradatsiyali narx preferensiyasi qoʻllanadi.
26. Xarid komissiyasi gradatsiyali narx preferensiyasini qoʻllashda mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan narx taklifini ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan miqdorda kamaytirish orqali baholaydi.
27. Xarid komissiyasi takliflarni baholash jarayonida elektrotexnika tarmogʻi korxonalari hisoblangan ishtirokchidan kelib tushgan, lekin xarid qilish hujjatlari talablarga mos kelmagan takliflarni rad etadi.
28. Elektrotexnika tarmogʻi korxonalari va uning affillangan shaxsi tender yoki eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha bitta lotda ishtirok etishga haqli emas.
29. Davlat xaridlarida ishtirok etish yuzasidan taklif yuborgan elektrotexnika tarmogʻi korxonalari gʻolib deb topilgan taqdirda, davlat buyurtmachisi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart.
4-bob. Yakunlovchi qoida
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) preferensiya berish tartibining
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Davlat
buyurtmachilari
Davlat buyurtmachilari tender yoki eng yaxshi takliflarni tanlash
boʻyicha xarid qilish hujjatlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va elektrotexnika
tarmogʻi korxonalariga nisbatan ushbu Nizomga muvofiq narx preferensiyalarini va
gradatsiyali narx preferensiyalarini qoʻllash yuzasidan talablarni nazarda
tutgan holda buyurtmani shakllantiradi.
Davlat
xaridi ehtiyoji asosida
2-bosqich
Davlat
buyurtmachilari
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yoki eng yaxshi takliflarni
tanlash boʻyicha texnik topshiriqni belgilangan tartibda ekspertiza qilish
markazida majburiy kompleks ekspertizadan oʻtkazadi.
Qonunchilik
hujjatlarida belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Davlat
buyurtmachilari
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yoki eng yaxshi takliflarni
tanlash boʻyicha texnik topshiriqni belgilangan tartibda ekspertiza qilish markazi
tomonidan majburiy kompleks ekspertizaning ijobiy natijasi asosida Davlat
xaridi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portalida tegishli tartib asosida
eʼlon qiladi.
Qonunchilik
hujjatlarida belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Mahalliy
ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) korxonalari
Davlat xaridi toʻgʻrisida maxsus axborot portalida tegishli tartib
asosida eʼlon qilingan shartlarga muvofiq Davlat buyurtmachisining tenderda yoki
eng yaxshi takliflarni tanlashda ishtirok etishi boʻyicha ariza taqdim etadi.
Maxsus
axborot portalida eʼlon qilingan muddatlarda
5-bosqich
Xarid
komissiyasi
Tenderning yoki eng yaxshi takliflarni tanlashning xarid qilish
hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan har bir lot boʻyicha xorijiy
yetkazib beruvchilar bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning takliflari
olingan boʻlsa, takliflarni baholash jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va
elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga nisbatan tegishli tartib va xarid qilish
hujjatlari talablariga muvofiq narx preferensiyasini va gradatsiyali narx
preferensiyasini qoʻllaydi.
Tender savdosi yoki eng yaxshi takliflarni tanlash yakuniga koʻra
”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasining 26-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda tartibga soluvchi yoki nazoratni (shaxsan yoki oʻzining boʻysunuvidagi shaxs orqali tekshirish yoxud unga nisbatan qonunchilikda belgilangan har qanday imtiyozlarni (preferensiyalarni) qoʻllash yoki uni har qanday javobgarlikka tortish (javobgarlikka tortish boʻyicha tashabbus koʻrsatish) yoxud unga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berish (xabarnomani qabul qilish) huquqi) amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini saylash amaliyoti toʻliq bekor qilinadi”.
16. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qarorida:
toʻrtinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin hamda undagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi har yili 1-sentabrga qadar akademik litseylar reytingini eʼlon qilib borsin”;
17.Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarorida:
a) 1-bandning “v” kichik bandidagi “Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) bilan birgalikda” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) har yili 1-fevralga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kiritiladigan maktablar toʻgʻrisida Vazirlikka taklif kiritadi”;
9-bandning birinchi xatboshisidan “Inspeksiya bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari” soʻzlari bilan, “Tadbirlar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligiga” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 2-bandidagi “Belgilangan” soʻzi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari asosida belgilangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Xalq taʼlimi” soʻzi “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 35-band bilan toʻldirilsin:
“35. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan murojaat qilish, yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 34-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) quyidagi mazmundagi 34-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga 34-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha murojaat qilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar — ijara huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (fermer xoʻjaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik yurituvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari).
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish
4. Ariza beruvchi ixtiyoriy ravishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomani toʻldirgan holda Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtib murojaat qiladi.
5. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi tuzilishiga asos boʻlgan ochiq elektron tanlov yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organining qarorlari nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining boshqa shaxsga qayta ijaraga beriladigan qismi boʻyicha kontur raqami va oʻlchami haqidagi maʼlumotlar;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Ariza beruvchi soʻrovnomaga zarur maʼlumotlarni kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, ERI, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
7. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda, soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hududiy boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — ijrochi) yuboriladi.
Shuningdek, YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda ijrochiga yuboriladi.
8. Soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
1 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
10 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
100 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari;
100 gektardan yuqori boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari.
YIDXP orqali murojaat qilinganda — ushbu bandda keltirilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
9. Undirilgan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJning shaxsiy hisobvaragʻiga;
70 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJning shaxsiy hisobvaragʻiga;
70 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga.
10. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.
Aynan bitta yer uchastkasi (kontur) boʻyicha soʻrovnomani takroran koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
11. Ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilgan soʻrovnomani muqaddam koʻrsatilmagan boshqa sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar bunday holatlar kuzatilgan taqdirda, ariza beruvchi tegishli yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatishning har qaysi bosqichida bosh tortish huquqiga ega va bunda soʻrovnoma koʻrilmasdan qoldiriladi hamda undirilgan yigʻimlar qaytarilmaydi.
13. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash ishlari quyidagi asosiy mezonlarga asosan amalga oshiriladi:
yer uchastkasi boʻlinganidan keyin boʻlingan har bir yer uchastkasining maydoni Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 461-moddasida belgilangan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi lozim;
qishloq xoʻjaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sugʻorish tizimi saqlab qolinishi zarur;
alohida turgan konturlarni qayta xatlov qilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish shaklida amalga oshirilishi kerak.
14. Ijrochi soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida soʻrovnomada koʻrsatilgan hududdagi yer maydonini joyga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazadi va natijasi boʻyicha ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan mezonlarga asosan yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi hamda mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtiradi va tegishli xulosani olish uchun ushbu hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboradi.
15. Vakolatli organ ijrochi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqib, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha rozilik berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tasdiqlaydi hamda ijrochiga yuboradi.
16. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha salbiy xulosa tayyorlashga asos boʻladi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasida koʻrsatilgan yer maydoni hajmi va amaldagi maydon hajmidan farq qilgan hollarda;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasida noqonuniy qurilma (lar) qurilgani aniqlanganda;
ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan mezonlarga mos kelmaganda.
Vakolatli organ tomonidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha salbiy xulosa tayyorlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha xulosa rasmiylashtirilgan kunning oʻzida avtomatik ravishda elektron shaklda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoida
18. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza
beruvchi
(xoʻjalik
yurituvchi subyektlar)
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga
shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz
xohishiga koʻra
2-bosqich
1.
Davlat xizmatlari markazi
2.
YIDXP
1. Soʻrovnomani toʻldirib ijrochiga yuboradi.
2. Toʻldirilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda “Oʻzdaverloyiha”
davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalariga (keyingi
oʻrinlarda — ijrochi) yuboradi.
1.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Ijrochi
Soʻrovnomani koʻrib chiqib, yer uchastkasini joyiga chiqqan holda
xatlovdan oʻtkazadi va dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda yer tuzish loyihasini
ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga (keyingi
oʻrinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboradi.
Besh
ish kuni ichida
4-bosqich
Vakolatli
organ
Dalolatnoma hamda yer tuzish loyihasiga asosan tegishli xulosani
tayyorlaydi.
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani ariza beruvchiga
taqdim etadi.
Uch
ish kuni ichida
5-bosqich
Ijrochi
Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan QR-kod (matrik shtrixli kod)
qoʻyilgan xulosani hamda yer tuzish loyihasini ariza beruvchiga elektron shaklda
shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bir
ish kuni ichida
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi haqida maʼlumotlar
Jismoniy shaxsning:
F.I.O.:
Pasport yoki ID — karta maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
JSHSHIR:
Yashash manzili:
Telefon raqami:
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
Yuridik shaxsning:
Toʻliq nomi:
Tashkiliy-huquqiy shakli:
STIR:
Yuridik manzili:
Telefon raqami:
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Yer uchastkasi haqida maʼlumotlar
Kadastr raqami (yer ijara shartnomasining davlat roʻyxatidan
oʻtkazilgan raqami):
Umumiy yer maydoni (ga):
Kontur(lar) raqami:
Joylashgan joyi (manzil):
III. Soʻrovnomaga ilovalar
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining
nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining
tuzilishiga asos boʻlgan ochiq elektron tanlov yoki elektron onlayn-auksion
savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organining
qarorlari nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining boʻlinadigan qismi
boʻyicha kontur raqami va oʻlchami haqidagi maʼlumotlar;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma
ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).
Izoh.Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilashda yer uchastkasining chegarasini joyiga chiqqan holda qayta oʻlchovdan oʻtkazish hamda yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yuzasidan belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib chiqdim va ularga toʻliq amal qilishimni maʼlum qilaman hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, menga yuklangan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.
Vakolatli organ tomonidan salbiy xulosa berilganda ijaraga olingan yerlarni boʻlish mumkin emasligi haqida ogohlantirildim.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
_____________________________________ga qayta ijaraga berilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining chegaralarini belgilashboʻyicha
DALOLATNOMA
202__ yil “___” ________
№ _______
Men _________________ “Oʻzdaverloyiha” DILI _________ boʻlinmasi mutaxassisi va ariza beruvchi _____________________________ ishtirokida 2024-yil “____” ___________dagi № YU _______-son soʻrovnomaga asosan _____________ viloyati ______________ tumani _____________ MFY (OFY) hududida joylashgan ________ gektar Y-_________/_______ unikal raqamli yer uchastkasiga qayta aniqlik kiritildi.
Yer maydonini koʻrsatib berishda quyidagi holatlar aniqlandi:
Yer maydonini koʻrsatib berishda chegaradosh yer uchastkalari chegarasi bilan tanishtirildi.
Mavjud yer maydonini koʻrsatib berdi: ___________ ________________________________
Yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchi: ___________ ________________________________”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarorining 11-bandidagi “11. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlaridan keyin “umumtaʼlim muassasalarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxatining “Uchinchi guruh” boʻlimi quyidagi mazmundagi 5-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
5.
Elektr
akkumulyatorlar, shu jumladan, ular uchun separatorlar, toʻgʻriburchak (shu
jumladan, kvadrat shaklidagi) yoki boshqa shakldagilar
8507
8507102002,
8507102003
08507
”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 80-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari DYHXX bilan kelishilgan holda, yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni taʼminlaydigan hollarda, yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish masalasini tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritadi”.
22. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 19-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”;
b) quyidagi mazmundagi 371-band bilan toʻldirilsin:
“371. Davlat buyurtmachilari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) birinchi navbatda new.cooperation.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda oʻrganadi. Bunda davlat xaridlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlar new.cooperation.uz portalida mavjud boʻlmagan taqdirdagina portal maʼlumotnomasi asosida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali xarid qiladi”;
v) 42-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”;
g) quyidagi mazmundagi 541-band bilan toʻldirilsin:
“541. Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”;
d) quyidagi mazmundagi 952-band bilan toʻldirilsin:
“952. Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”;
e) quyidagi mazmundagi 1521-band bilan toʻldirilsin:
“1521. Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”;
j) 1-ilovaning 5-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslashni amalga oshiradi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno)”;
z) 2-ilovaning 4-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Auksion yakuniga koʻra berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan ishtirokchini auksion gʻolibi sifatida saralab oladi hamda u va davlat buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomani shakllantiradi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno)”;
i) 3-ilovaning 10-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tanlash taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno)”;
k) 4-ilovaning 9-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tender taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno)”.
23. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-avgustdagi 459-son qarorida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Direksiyani saqlash xarajatlari va mahalliy mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligining talabnomasiga asosan 2025-yildagi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetining ortiqcha daromadlari hisobidan hamda 2026-yil uchun belgilangan tartib asosida respublika budjetidan moliyalashtiriladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2027-yil va kelgusi yillar uchun Direksiyani saqlash xarajatlari va mahalliy mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Texnopark hududidagi bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish (ijaraga berish) boʻyicha Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksionlardan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadi.”
16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Direksiyaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash Muassis tomonidan amalga oshiriladi”.
25. Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarorida:
“23. Manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelayotgan taqdirda xodimlar oʻziga maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida oʻzining rahbarini yoki u boʻlmaganida, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalasini yoki inson resurslarini boshqarish boʻlinmasini xabardor qilishi shart”;
quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni xodimlar toʻldirishi va har yili 15-yanvardan kechiktirmay inson resurslarini boshqarish boʻlinmasiga taqdim etishi kerak”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiya aʼzosi, agar unda Komissiya majlisida muhokama etilayotgan masalaga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlsa, qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi. Bunda Komissiyaning tarkibiga mazkur koʻrib chiqilayotgan masalada manfaatlar toʻqnashuvi vaziyati kelib chiqmaydigan boshqa xodim kiritiladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan koʻrilayotgan choralarning yetarliligi (toʻgʻriligi) haqidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
mavjud manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq hollar ustidan kollegial nazoratni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan talablarning davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan buzilishlari mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra xulosa chiqaradi;
manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar qilmagan, bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot taqdim etgan yoxud bunday axborotni yashirgan davlat xizmatchisini javobgarlikka tortish haqida davlat organining yoki tashkilotining rahbariga taklif kiritadi”;
quyidagi mazmundagi 251 va 252-bandlar bilan toʻldirilsin:
“251. Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiya hamda xodimga aloqador shaxslarning deklaratsiyalarini koʻrib chiqishda:
inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi xabarnomani olib, bir ish kuni ichida manfaatlar toʻqnashuvini hal qilish boʻyicha koʻrilgan choralarning yetarliligi va maqbulligi haqida qaror chiqarish uchun Komissiyaning eng yaqin vaqtdagi majlisi kun tartibiga kiritishi lozim;
manfaatlar toʻqnashuvining hal etilishiga qarab davlat organining Komissiyasi tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida xulosa qilinadi hamda hal qilish uchun davlat organi yoki tashkilotining rahbariga koʻrib chiqishga taqdim etiladi;
davlat xizmatchilari tomonidan oshkor etilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi hamda ularni hal etish boʻyicha koʻrilgan choralar haqidagi maʼlumot Komissiya majlisi bayonnomasi tuzilganidan soʻng uch ish kuni ichida Manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrida aks ettiriladi.
252. Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi yillik deklaratsiyalarni koʻrib chiqishda:
inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi tomonidan har yili 1-martga qadar ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha choralarning yetarliligini (toʻgʻriligini) taʼminlash uchun kiritilgan takliflari Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi;
Komissiya tomonidan qabul qilingan xulosaga asosan ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida davlat organi yoki tashkilotining rahbariga yoxud davlat organi yoki tashkilotining yuqori turuvchi rahbariga 15-martga qadar taklif kiritiladi”;
29-banddagi “taʼsir chorasini” soʻzlari “yoki boshqa taʼsir chorasini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2 centyabrdagi 441-son qarori bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 36-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 32-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 33-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 34-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. “Eltech Industrial” texnoparkida ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qurilgan tayyor bino va inshootlarni xarid qilish uchun tadbirkorlarga belgilangan tartibda 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit ajratiladi”.
30. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarorida:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Energetika vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar “Shaffof qurilish”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda boshqa zarur axborot tizimlarining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin”;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi bilan kelishgan holda 2025-yil 15-dekabrga qadar davlat xaridlari, raqobat, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talablarini buzganlik uchun barqarorlik reytingiga tegishli mezonlar kiritish masalasida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin”;
“4. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi baholash koʻrsatkichlari boʻyicha umumiy ball oxirgi 30 kalendar kunda amalda boʻlgan koʻrsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yigʻindisining oʻrtachasidan kelib chiqib belgilanadi”;
8-banddagi “bir ish kuni” soʻzlari “besh ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“10. Tadbirkorlik subyektining faoliyati quyidagi koʻrsatkichlar asosida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davriylikda baholanadi:
a) umumiy koʻrsatkichlar:
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi;
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpayishi;
yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi;
bir nafar xodimga toʻgʻri keladigan ish haqi jamgʻarmasi;
soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi;
hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda toʻlanishi;
qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda — QQS) (aylanmadan olinadigan soliq (keyingi oʻrinlarda — AOS) boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid oʻrtacha koʻrsatkichga nisbati;
elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holati;
elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi;
soliq organlari tekshiruvidan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati;
b) ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar:
joylashgan joy (pochta manzili) oʻzgarishi;
tadbirkorlik subyekti rahbarining qoʻnimsizligi;
tadbirkorlik subyekti taʼsischisi yoki rahbarining ishonchsizligi;
taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan mustaqil kiritilishi;
QQS toʻlovchisining maxsus guvohnomasi holati;
soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish;
soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllangani;
“12. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab faoliyat yuritish davridan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi (bunda tadbirkorlik subyektining harakatsiz holatga oʻtkazilgan hamda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiyasi va xarid qilmagan davr hisobga olinmaydi):
faoliyat koʻrsatgan har bir yil uchun — 2 balldan, biroq 10 ballgacha;
5 yil va undan ortiq faoliyat koʻrsatganda — 10 ball beriladi.
Bunda kalendar yilda kamida 3 oy tovarlar (xizmatlar) realizatsiya va xarid qilganda faoliyat koʻrsatgan davr bir kalendar yiliga teng boʻladi”;
“13. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining ortishi koʻrsatkichini baholashda:
a) oxirgi oʻn ikki oyda undan oldingi oʻn ikki oy davomidagi hisobot davriga nisbatan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi olgan xodimlar sonining yillik oʻrtacha soni:
50 foiz va undan yuqori boʻlsa — 10 ball;
40 — 50 foizgacha boʻlsa — 8 ball;
30 — 40 foizgacha boʻlsa — 6 ball;
20 — 30 foizgacha boʻlsa — 4 ball;
10 — 20 foizgacha boʻlsa — 2 ball;
1 — 10 foizgacha boʻlsa — 1 ball;
100 nafar va undan yuqori boʻlsa — 10 ball;
70 — 100 nafargacha boʻlsa — 7 ball;
50 — 70 nafargacha boʻlsa — 5 ball;
30 — 50 nafargacha boʻlsa — 3 ball;
10 — 30 nafargacha boʻlsa — 2 ball;
1 — 10 nafargacha boʻlsa — 1 ball;
b) xodimlar soni oʻn ikki oy oldingi hisobot davriga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaymagan holda, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan:
har 100 nafar xodim soni uchun — 1 balldan;
1 000 nafar va undan ortiq xodim soni uchun — 10 ball hisoblanadi.
Bunda mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlari boʻyicha hisoblangan eng yuqori ball beriladi.
Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu koʻrsatkich faoliyat davrining ikkinchi oyidan boshlab oʻtgan oyga nisbatan solishtiriladi.
14. Yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi tadbirkorlik subyekti foydalanayotgan yer uchastkalari (shu jumladan, qishloq xoʻjaligi uchun uzoq muddatli ijaraga ajratilgan) va (yoki) mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida (QQS toʻlovchilar uchun 18 kv. metrdan kam boʻlmagan) noturar joy koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qoʻyilganligi) quyidagicha baholanadi:
mulk huquqi asosida, shuningdek, qishloq xoʻjaligi uchun uzoq muddatli ijaraga ajratilgan va (yoki) ustav kapitalidagi taʼsis ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxsning 1 000 kv. metrdan kam boʻlmagan yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk ijaraga olingan boʻlsa — 10 ball (bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida boʻlgan umumiy mol-mulki hamda advokatlik byurolarini taʼsis etgan advokatga mulk yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylar ham hisobga olinadi);
ijara shartnomasi boʻyicha foydalanilayotganda — 7 ball beriladi.
Agar yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlmaganda, shuningdek, tadbirkorlik subyektining u koʻrsatgan manzilda faoliyat olib bormayotgani aniqlansa — 5 ball chegiriladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻchmas mulk obyektlarining maydoni 18 kv. metrdan kam boʻlmasligi boʻyicha koʻrsatilgan talablar Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan ushbu park rezidentlariga hamda aylanmadan soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq qilinmaydi”;
15-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qoʻllanuvchi koeffitsentlar Savdo-sanoat palatasi va Soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoatchilik kengashi bilan kelishilgan tartibda iqtisodiyot sohalari boʻyicha kamaytirilishi yoki oshirilishi mumkin”;
“17. Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda toʻlanish koʻrsatkichi hisoblangan soliq summalarining belgilangan muddatda toʻlanganidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:
belgilangan muddatda toʻlanganda — 10 ball beriladi;
kechiktirib toʻlanganda — ball berilmaydi;
bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 baravaridan ortiq soliq qarzi soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan yoki toʻlanmagan boʻlsa — 5 ball chegiriladi.
Bunda har oyda toʻlov muddati kelgan hisoblangan soliq summasi inobatga olinadi.
18. QQS (AOS) boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir oy davomida hisoblangan QQS (AOS) summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha oʻrtacha hisoblangan va toʻlangan QQS (AOS) summasidan 1,1 baravar yuqori boʻlsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi.
Bunda:
QQS toʻlovchilari uchun bir oylik toʻlov summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam boʻlmasligi;
AOS toʻlovchilari uchun bir oylik toʻlov summasi bazaviy hisoblash miqdoridan kam boʻlmasligi;
eksport qilishdan daromad olgan tadbirkorlik subyekti oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini oʻz vaqtida taʼminlab kelayotgan boʻlishi va eksport shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi boʻlmasligi lozim.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan yer uchastkalarining jami normativ qiymatidan ortiq mahsulot realizatsiya qilinganda — 10 ball beriladi”;
“21. Soliq organlari tekshiruvidan oldingi tahlil hamda kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati soliq organlari axborot tizimlaridan foydalangan holda oʻtkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlil hamda kameral soliq tekshiruvi natijasida kamchilik aniqlanmagani yoki ularning bartaraf etilganidan kelib chiqib quyidagicha baholanadi:
kamchilik aniqlanmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilgan yoxud kamchiliklar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan boʻlsa — 10 ball beriladi;
aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki keltirilgan kamchiliklar mavjud emasligi asoslantirilmagan boʻlsa — ball berilmaydi;
Bunda bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan ortiq soliq summasi boʻyicha kamchiliklar oʻn kun muddatda bartaraf etilmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilmagan boʻlsa — 5 ball chegiriladi”;
“25. Taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan mustaqil tuzatishlar kiritilishi koʻrsatkichini baholashda soliq (hisobot) davrida avval taqdim etilgan hisobotlarga:
bir marotaba oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa, ball chegirilmaydi;
ikki va undan ortiq kiritilgan har bir oʻzgartirish uchun — 1 balldan;
oʻn va undan ortiq oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa — 10 ball chegiriladi.
Ushbu koʻrsatkich boʻyicha baholashda kalendar yilda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi. Bunda bir soliq davri uchun oʻsib boruvchi yakuni bilan topshirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari bir marotaba taqdim etilgan deb hisoblanadi”;
“31. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini taʼminlash koʻrsatkichini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan ketma-ket keladigan uch kalendar oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblangan, Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilgan Ijtimoiy himoya yagona reyestri, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va nogironligi boʻlgan shaxslar hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning ota-onalari ulushi”;
“32. EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof foydasiga foiz toʻlovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda soligʻi summasi qoʻshilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga boʻlish va 100 ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA / daromad x 100%).
EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat koʻrsatayotgan sohaning oʻrtacha koʻrsatkichidan:
20 foiz va undan yuqori boʻlsa — 5 ball;
15 — 20 foizgacha yuqori boʻlsa — 4 ball;
10 — 15 foizgacha yuqori boʻlsa — 3 ball;
5 — 10 foizgacha yuqori boʻlsa — 2 ball;
oʻrtachaga teng yoki 5 foizgacha yuqori boʻlsa — 1 ball beriladi.
Bunda tegishli hududdagi iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha tadbirkorlik subyekti yagona boʻlgan hollarda, mazkur mezonni hisoblashda (iqtisodiy faoliyat turi inobatga olinmagan holda) hududning oʻrtacha koʻrsatkichi bilan solishtiriladi.
Mazkur koʻrsatkichni baholashda moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaxslar boʻyicha koʻrsatkichlar foyda soligʻi hisoboti shakllarining oxirgi soliq davri maʼlumotlaridan foydalaniladi.
33. Foyda soligʻi boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan chorak davomida hisoblangan va toʻlangan foyda soligʻi summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha va tadbirkorlik toifasi boʻyicha oʻrtacha hisoblangan foyda soligʻi summasidan 1,1 baravar yuqori boʻlsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi.
Bunda choraklik toʻlov summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
34. Raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishi koʻrsatkichini baholashda:
barcha savdo shoxobchalari onlayn nazorat-kassa texnikasiga ulangan shtrix-kodlar hamda raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) bilan jihozlangan boʻlsa — 5 ball beriladi.
Bunda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, import va (yoki) realizatsiya qilish bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari “ASL BELGISI” milliy axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa, ball berilmaydi”;
quyidagi mazmundagi 343-band bilan toʻldirilsin:
“343. Yashil energiyadan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichini baholashda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortigʻini oʻrnatganda — 5 ball beriladi.
Bundan tashqari qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiya sarfi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun jami energiya sarfiga nisbatan:
Tadbirkorlik
subyektlarining kreditorlik qarzdorligi mavjudligi
yillik
Oliy
sud
v) Qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar
20.
Ijtimoiy
himoyaga muhtoj shaxslar bandligini taʼminlash
oylik
Kambagʻallikni
qisqartirish va bandlik vazirligi
21.
EBITDA boʻyicha
rentabellik darajasi
yillik
Soliq
qoʻmitasi
22.
Foyda soligʻi
boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid oʻrtacha koʻrsatkichga
nisbati
choraklik
23.
Raqamli
markirovkalash qoidalariga rioya etilishi
oylik
24.
Tadbirkorlik
subyektlari tomonidan dala chetlariga har yili 1-aprelga qadar ekin ekilgani
va mavsum davomida mahsulot yetishtirilgani
mavsumiy
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qarori bilan
tasdiqlangan Respublika va hududiy ishchi guruhlari,
Soliq
qoʻmitasi
25.
Ekologik
markirovkalash sertifikati mavjudligi
kunlik
Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
26.
“Yashil”
energiyadan foydalanish samaradorligi
oylik
Energetika
vazirligi
”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“formativ baholash — dars mashgʻulotlari davomida oʻquvchilar faoliyatini kuzatish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini oʻlchash hamda natijani yaxshilash uchun koʻrsatmalar berish jarayoni hisoblanadi;
summativ baholash — taʼlim jarayonining muayyan bir davri (chorak, yarim yil yoki oʻquv yili) yoki bosqich (oʻquv fanining bob, boʻlimi) yakunida oʻquvchining oʻzlashtirgan bilimi va amaliy koʻnikma darajasini oʻqituvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan aniqlash va baholash usuli hisoblanadi”;
“a) 1-bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning reytingi elektron jurnal maʼlumotlari asosida har bir oʻquvchining oʻquv yilining toʻrt choragidagi oʻzlashtirishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi. Maktablar reytingi yakuniy ball asosida amalga oshiriladi hamda har bir hudud boʻyicha reytingda yuqori oʻrinni egallagan birinchi 20 foiz umumtaʼlim maktablari saralab olinadi”;
v) 5-banddagi “hududlar” soʻzi “har bir hudud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. 1-bosqich yakuni boʻyicha har bir hudud kesimida saralab olingan va 2-bosqich doirasida tahlil qilingan hamda tegishli hududning jami umumtaʼlim maktablari soniga nisbatan 20 foiz umumtaʼlim maktablarning rahbar va pedagog kadrlariga ushbu maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami toʻplangan ballarga qarab quyidagi miqdorlarda ustama belgilanadi”;
“2. Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari reytingi elektron jurnal maʼlumotlari asosida har bir oʻquvchining oʻquv yilining toʻrt choragidagi oʻzlashtirishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi. Maktabning yakuniy balli oʻquvchilarning oʻquv yutuqlari va ularning rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy koʻrsatkichlarning muvozanatli yigʻindisidan kelib chiqib hisoblanadi. Ushbu bosqich uchun ajratilgan 100 ball 1-jadvalga muvofiq taqsimlanadi.
Maktablar reytingi yakuniy ball asosida amalga oshiriladi. Bunda ball qiymati qanchalik yuqori boʻlsa, reytingda maktabning oʻrni shunchalik yuqori boʻladi.
1-jadval
Baholash mezoni
Koʻrsatkich
Ball
Umumtaʼlim maktablarining yakuniy balli (maksimal yoʻl qoʻyiladigan balldan foizda)
86 foiz va undan yuqori boʻlsa
100
71 — 85 foiz oraligʻida boʻlsa
80
55 — 70 foiz oraligʻida boʻlsa
60
40 — 54 foiz oraligʻida boʻlsa
40
30 — 39 foiz oraligʻida boʻlsa
20
30 foizdan past boʻlsa
0
”;
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Reytingni hisoblash uchun quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
oʻquvchilarning oʻquv yutuqlari progressi — oʻquv yili davomida har bir oʻquvchining natijalari yaxshilanganligini aks ettiruvchi koʻrsatkich;
oʻrtacha Z-koʻrsatkich — reytingda ishtirok etgan barcha maktablar boʻyicha maktab natijalarining oʻrtacha qiymatlardan ogʻishini tavsiflovchi statistik koʻrsatkich.
Maktabning yakuniy ballini hisoblash uchun quyidagi vazn koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
oʻquvchilarning oʻquv yutuqlari progressi — 70%;
oʻrtacha Z-koʻrsatkich — 30%.
Hisoblash formulalari:
oʻquvchilarning oʻrtacha progressi:
bu yerda:
progressi — maktab i-oʻquvchisining progressi;
n — maktabdagi oʻquvchilar soni;
barcha maktablar boʻyicha oʻrtacha ball:
bu yerda:
Ballj — barcha maktablarning j-oʻquvchilarining balli;
m — barcha maktablardagi oʻquvchilarning umumiy soni.
Maktab uchun Z-koʻrsatkich:
Maktabning yakuniy bali:
Bunda barcha hisob-kitoblar “e-maktab” tizimi taqdim etgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, muayyan maktab uchun biron-bir koʻrsatkich boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, koʻrsatkichning qiymati nolga teng deb qabul qilinadi”;
3-bandning birinchi xatboshisi “oʻrniga qarab” soʻzlaridan keyin “har bir hudud boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-iyundagi 358-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining mulki, bino va inshootlarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi birinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-sentabrdagi 550-son qarorida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“joylashtirish vositasiga bir turdagi subsidiya faqat bir marotaba beriladi”;
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi“boʻlgan joylashtirish vositasi” soʻzlari “boʻlgan obyekt” soʻzlariga almashtirilsin;
6-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qurilishi tugallangan noturar bino va inshootlarning foydalanishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi”.
34. Vazirlar Mahkamasining “Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 13-sentabrdagi 572-son qarorida:
a) 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bir martalik subsidiya ajratiladi;
b) subsidiya 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun quyidagi miqdorlarda subsidiyalar belgilanadi:
“I” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 10 million soʻm;
“II” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 7 million soʻm;
“III” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 5 million soʻm.
Bunda subsidiya miqdoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarori talablarini inobatga olgan holda aniqlik kiritiladi”;
“4. Subsidiya 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan “I”,”II” va “III” toifadagi modulli mehmonxona uchun ajratiladi (rekonstruksiya qilish bundan mustasno).
5. Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya belgilanadi:
“I” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 10 million soʻm;
“II” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 7 million soʻm;
“III” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 5 million soʻm.
Bunda:
subsidiya miqdoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarori talablarini inobatga olgan holda aniqlik;
mehmonxonada har bir joy uchun kamida 4,5 kvadrat metr maydon ajratilgan boʻlishi lozim”;
“10. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida uning Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini, hududiy boʻlinmalari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi”;
11-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“toifasi toʻgʻrisida muvofiqlik sertifikati”;
1-ilovaning 2-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Arizani joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi, natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi, zarur maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali tegishli davlat organlari va tashkilotlardan soʻrab oladi”.
Izoh. Ushbu ilovaning 2-bandi “g” va “d” kichik bandlari 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi aloqalari sohasida kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlashni va attestatsiyadan oʻtkazishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 11-avgustdagi 405-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy xizmatlari uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 2-oktabrdagi 417-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolari uchun viza berish tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 2-maydagi 202-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 22-iyuldagi 259-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Avstriya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 84-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Italiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 85-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 86-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Shveysariya Konfederatsiyasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 87-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-fevraldagi 106-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-fevraldagi 107-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Belgiya Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-fevraldagi 108-son qarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Latviya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 6-apreldagi 166-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarori)” 2017-yil 13-apreldagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 7 va 9 — 17-bandlari.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni)” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son farmoni, “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son va “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qarorlari)” 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini berishda qulayliklar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-noyabrdagi 667-son qarori.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 1046-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 17-avgustdagi 396-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 17-iyuldagi 429-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)