1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning huquqlari hamda javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi “Ziyorat” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 29-sentabrdagi 612-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
521-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 521-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
2. Qoʻmita alohida mustaqil maqomga ega respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanib, din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, ushbu yoʻnalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Qoʻmita oʻz faoliyatini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Qoʻmita yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining nomi davlat tilida yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
7. Qoʻmitaning rasmiy nomi:
davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi — Din ishlari qoʻmitasi;
rus tilida:
toʻliq nomi — Komitet po delam religiy Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — KPDR;
ingliz tilida:
toʻliq nomi — Committee of Religious Affairs of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Committee of Religious Affairs.
8. Qoʻmitaning joylashgan yeri (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Navoiy koʻchasi, 12-uy.
2-bob. Qoʻmitaning tashkiliy tuzilmasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
9. Qoʻmita tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoʻmitaning markaziy apparati;
Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti;
Qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar).
10. Hududiy boshqarmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ularning tuzilmasida tumanlar va shaharlar boʻyicha bosh mutaxassislar faoliyat yuritadi.
3-bob. Qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
11. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu jarayonda davlat va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat prinsipini roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini, aholining dini va eʼtiqodidan qatʼi nazar huquqlari toʻliq roʻyobga chiqarilishini taʼminlash, vijdon erkinligi buzilishining har qanday koʻrinishini oldini olish;
diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarning oldini olish, ularning oʻzaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
jamiyatda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ushbu jarayonlarda diniy-maʼrifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
ekstremizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni sogʻlom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida diniy-maʼrifiy sohadagi yagona davlat siyosatiga nisbatan noxolis maʼlumotlar tarqalishining oldini olish hamda diniy mutaassiblik va ekstremizm ruhidagi axborotlarga tezkor va ilmiy raddiyalar berish;
diniy-maʼrifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish;
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oʻrganish boʻyicha ijtimoiy soʻrovlar tashkil etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu jarayonda davlat va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish borasida:
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasidagi masalalarni hal qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
din ishlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish ishlarini olib boradi;
diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan xulosa olish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqadi, hududiy boshqarmalar tomonidan bunday murojaatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini joylarda oʻrganilishini nazorat qiladi;
diniy taʼlim muassasalari hamda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalanishi taʼminlaydi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil qiladi, litsenziyalar reyestrini yuritadi;
diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini, ularning oʻquv jarayoni va dasturlarini, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni, fanlar boʻyicha oʻquv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy-huquqiy va metodik yordam koʻrsatadi;
respublikada chiqariladigan yoki xorijdan keltiriladigan diniy mazmundagi materiallarni (kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele, kino va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilarni (disketlar, CD, DVD disklari, oʻrnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) ekspertizadan oʻtkazadi, xulosalar beradi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi;
diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy tayyorlash, olib kirish va tarqatish holatlarini aniqlash hamda oldini olish maqsadida nazorat tadbirlarini oʻtkazadi va natijasi boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qiladi;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat prinsipini roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini, aholining dini va eʼtiqodidan qatʼi nazar huquqlari toʻliq roʻyobga chiqarilishini taʼminlash, vijdon erkinligi buzilishining har qanday koʻrinishini oldini olish borasida:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning diniy erkinligini taʼminlashning qonuniy choralarini koʻradi;
fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida tegishli choralarni belgilaydi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
diniy tashkilotlar rahbarlarining dunyoviy davlat prinsiplari, davlatning din ishlari sohasidagi siyosatining mohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushuncha va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida maʼrifiy tadbirlar tashkil etadi;
vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor chora-tadbirlar koʻradi;
diniy tashkilotlar vakillarining ibodat marosimlarida oʻqiladigan maʼruzalari mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga hamda diniy sohadagi davlat siyosati prinsipiga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi;
roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilot aʼzolarining erkin ibodat qilishi, diniy rasm-rusumlarni ado etishi uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi;
v) diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarning oldini olish, ularning oʻzaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini koʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish borasida:
diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirish hamda diniy vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy-tadqiqot markazlari, tashkilotlar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Oʻzbekistonda va xorijda yuz berayotgan diniy-ijtimoiy sohaga oid muhim voqealarni chuqur tahlil qiladi hamda respublikadagi barqaror diniy-ijtimoiy vaziyatga tahdid solishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi, ularni oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlab, kiritib boradi;
tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning roʻyxatini xizmat doirasida foydalanish uchun manfaatdor tashkilotlarga taqdim qilib boradi;
jamiyatda “jaholatga qarshi maʼrifat” ulugʻvor gʻoyasi asosida dinlarining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish, diniy bagʻrikenglikni targʻib qilish boʻyicha targʻibot tadbirlarini amalga oshiradi, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarga bu boradagi faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
diniy tashkilotlarning diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishining oldini olishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ijtimoiy tarmoqlarda hamda diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi veb-saytlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
g) jamiyatda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ushbu jarayonlarda diniy-maʼrifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish borasida:
respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarni, davlat organlari va diniy tashkilotlar oʻrtasidagi munosabatlarni muntazam oʻrganadi, tahlil qiladi hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorligini taʼminlash boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi;
respublikada diniy-ijtimoiy vaziyatni monitoring va tahlil qiladi, diniy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, barqarorligini taʼminlash, yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha manzilli “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
diniy mavzularga oid nashrlar, Internet jahon axborot tarmogʻi va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qiladi;
diniy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritib borish;
diniy-maʼrifiy sohada aholining huquqiy madaniyati va bilimini oshirish, jamiyatda bagʻrikenglik gʻoyalarini shakllantirish va mustahkamlash boʻyicha choralar koʻradi;
jamiyatda ekstremizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish, aholini noanʼanaviy diniy harakatlar va tahdidlardan himoya qilish uchun davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
d) davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish borasida:
davlat organlari va muassasalarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
diniy tashkilotlarning davlat organlari bilan oʻzaro aloqalariga koʻmaklashadi va hal etilishi talab qilinadigan masalalar boʻyicha zarur yordam koʻrsatadi;
diniy tashkilotlar, shuningdek, xorijiy diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarga doir masalalar boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
diniy tashkilotlarning faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi;
diniy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan va ularning oʻz faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishda yordam beradi;
diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida maʼrifiy uchrashuvlar tashkil etadi;
e) aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish borasida:
fuqarolarning vijdon va din erkinligi masalalari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi;
diniy tashkilotlarga respublikada va chet ellarda oʻzaro doʻstona munosabatlar oʻrnatishga koʻmaklashadi;
konfessiyalararo totuvlikni va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashda davlat organlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlaydi;
konfessiyalar va ularning aʼzolari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik hamda bagʻrikenglikni mustahkamlash siyosatini olib boradi, ushbu sohada tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot ishlarini amalga oshiradi;
respublikada istiqomat qiluvchi turli din vakillarining Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish yoʻnalishidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi;
turli konfessiyalar oʻrtasida oʻzaro adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan holatlar, materiallarni aniqlaydi hamda bunday salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi;
j) fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasida:
“Haj” va “Umra” tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishini tashkil etadi;
“Haj va Umra yagona portali” orqali “Haj” tadbiriga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron roʻyxati shakllantirilishini taʼminlaydi, ushbu jarayonda tegishli idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qatʼi rioya etilishini taʼminlaydi;
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra yagona portali”dan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
ziyoratlarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarini kuzatib boradi, tahlil qiladi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar beradi;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, chet ellarda Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasining madaniy, tarixiy va ilmiy-maʼnaviy markazlaridan biri sifatidagi oʻrni va rolini, shuningdek, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni targʻib etish ishlarini olib boradi;
respublika va xorijiy davlat muassasalari, diniy tashkilotlar oʻrtasida ziyorat turizmi sohasida aloqalar oʻrnatish va rivojlantirish masalasida ishlarni tashkil qiladi;
ziyorat turizmi tarmogʻini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy ziyorat turizmi mahsulotlarini jahon bozorlarida targʻib qilish, ziyorat turizmi sohasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlab, kiritib boradi;
z) ekstremizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni sogʻlom hayotga qaytarish, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish borasida:
ekstremistik guruhlar va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni reabilitatsiya qilish boʻyicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlik qiladi;
ekstremistik guruhlar faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyishga koʻmaklashadi;
terrorizm va ekstremizmni targʻib qilish maqsadida respublika hududiga shaxslarning noqonuniy kirib kelishiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda choralar koʻradi;
aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari hamda diniy tashkilotlar bilan birgalikda noqonuniy diniy oqim va guruhlarning faoliyati, yot gʻoyalari dinga zid ekanligi haqida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
turli buzgʻunchi oqimlar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan ishlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va kiritib boradi;
aholi, shu jumladan, yoshlar, migrantlar va xotin-qizlar orasida yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, bunday gʻoyalar taʼsiridan asrashga qaratilgan tizimli va taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
milliy va diniy urf-odatlar, qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishga, bagʻrikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi va ularga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi;
ekstremizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish borasida tadbirlar oʻtkazadi hamda ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlab kiritib boradi;
jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar orasida diniy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash choralarini koʻradi;
i) ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet jahon axborot tarmogʻida diniy-maʼrifiy sohadagi yagona davlat siyosatiga nisbatan noxolis maʼlumotlar tarqalishining oldini olish hamda diniy mutaassiblik va ekstremizm ruhidagi axborotlarga tezkor va ilmiy raddiyalar berish borasida:
diniy-maʼrifiy sohada yagona davlat siyosatini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali targʻib qilish faoliyatini tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik tamoyillariga zid boʻlgan materiallarni aniqlaydi, ilmiy asosda tahlil qiladi hamda xavf-xatar yoʻnalishlarini belgilaydi;
diniy-maʼrifiy sohadagi ilmiy-tadqiqot markazlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan mavjud tahdidlarga nisbatan xalqchil raddiyalar tayyorlash yoʻnalishidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi;
jamiyatda diniy-ijtimoiy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganadi, tahlil qiladi va ularning oldini olish choralarini koʻradi;
Internet jahon aloqa tarmogʻidagi din omili bilan bogʻliq materiallarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam monitoring va tahlil qilib, ularni tizimli boshqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan taʼsirchan choralarni koʻradi;
k) diniy-maʼrifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar berish borasida:
diniy-maʼrifiy sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga davlat va nodavlat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlarining yetuk mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan hamda taʼlimning oʻzaro integratsiyasini tashkil etadi;
ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning diniy-falsafiy merosini chuqur oʻrganish hamda keng targʻib etish maqsadida ilmiy-tadqiqot markazlariga tegishli tavsiyalar berib boradi;
diniy-maʼrifiy sohadagi muassasalar faoliyatini oʻrganib borish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish hamda ilmiy va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtiradi;
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajariladigan diniy mavzudagi tadqiqotlarning mavzu va yoʻnalishlarining ahamiyati, dolzarbligi yuzasidan tegishli tavsiyalarni beradi;
ilmiy-tadqiqot markazlarining boy ilmiy-maʼnaviy meros, dunyoviy va diniy ilmlar boʻyicha tadqiqot natijalarini oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda koʻmaklashadi;
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarining tajribasini oʻrganib, Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi.
l) tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oʻrganish boʻyicha ijtimoiy soʻrovlar tashkil etish borasida:
diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganadi, ular yuzasidan oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnomalarning nazariy jihatlarini ishlab chiqadi;
aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini tadqiq qilish boʻyicha xorij tajribasini oʻrganib boradi hamda ularning ijobiy jihatlarini mahalliy soʻrovnomalarga joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnomalarning natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot va takliflar tayyorlaydi.
4-bob. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va majburiyatlari
1-§. Qoʻmitaning huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
13. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
oʻz vakolati doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
oʻziga yuklatilgan vazifalar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda joylarga chiqqan holda oʻrganishlar oʻtkazish;
Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
oʻziga yuklatilgan vazifalar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma, koʻrsatma va yozma ravishda ogohlantirishlar kiritish;
oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
oʻz vakolati doirasida yuridik shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar qoʻllash;
davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, Qoʻmita tizimi manfaatlarini koʻzlab sudlarga arizalar va daʼvolarni kiritish;
Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarining mutaxassis va ekspertlarini shartnoma asosida jalb qilish;
sohaga doir ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qoʻmita xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va boshqa turdagi mukofotlash tartibini, miqdori va shartlarini belgilash;
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Qoʻmita vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlar tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitim loyihalarini taqdim etish;
Qoʻmita vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
tegishli maʼlumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan oʻtkaziladigan faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarda qatnashish;
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmitaning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
tarkibiy boʻlinmalarning funksional vazifalari hamda boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish;
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
budjetdan tashqari mablagʻlarni hamda Qoʻmita tizimining depozit hisobvaraqlarida joylashgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit raqamlarida milliy va chet el valyutasida joylashtirish;
binolarga xizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa hamda hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy taʼminotni sotib olish toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Qoʻmita hamda idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Qoʻmita tizimidagi mol-mulkdan bepul foydalanish huquqi bilan bir tarkibiy tuzilmadan boshqa tuzilmaga belgilangan tartibda oʻtkazish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Qoʻmitaning ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Qoʻmita, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;
yuklangan vazifalarni bajarish va faoliyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish uchun belgilangan tartibda boʻlinmalar, kengashlar, komissiyalar, ishchi guruhlar va jamgʻarmalar tashkil etish;
Qoʻmita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
14. Qoʻmita quyidagi majburiyatlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari uchun javob berish;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarish;
tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini taʼminlash.
Qoʻmitaning qarorlari, uning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari boʻyicha shikoyat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2-§. Qoʻmita hududiy boshqarmalarining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
15. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega:
Qoʻmita zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz hududlarida samarali tashkil etish maqsadida davlat organlari va tashkilotlaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
zarur hollarda, zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
din ishlari sohasi boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xoʻjalik birlashmalarining, boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;
soha faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarining hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarining hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalarining din ishlari sohasiga oid masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
joylardagi diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan oʻtkaziladigan faoliyat bilan bogʻliq tadbirlarda qatnashish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
16. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari quyidagi majburiyatlarga ega:
Qoʻmitaga yuklangan vazifalarni hududlarda sifatli bajarilishini tashkil etish, taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
hududlarda, din ishlari sohasiga oid davlat siyosatining holati toʻgʻrisida tegishli axborot, axborot-tahliliy hujjatlar, hisobotlarni Qoʻmitaga kiritish;
tegishli hududda din ishlari sohasiga oid davlat siyosatining holati toʻgʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etish;
sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlar ijrosini taʼminlash;
hududda tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini taʼminlash.
5-bob. Qoʻmita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
17. Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlar rejalarini amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillar oʻtkazish;
Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Qoʻmitaga oid masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalarining, Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarlari topshiriqlari va koʻrsatmalarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini tashkil etish;
oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash, majburiyatlarini taqsimlash;
Qoʻmita faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Qoʻmita va tizim idoralarida raqamlashtirishni joriy etish;
Qoʻmita, uning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bogʻliq koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini tashkil etish, ularning monitoringini olib borish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Qoʻmita tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasb mahorati, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga hamda oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishi va himoya qilinishida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Qoʻmitaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, zarur hollarda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Qoʻmita xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻla muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, ularga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy boʻlinmalar va hududiy boshqarmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimlariga loyiqligi masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Qoʻmita xodimlarining Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi boʻyicha nazoratni tashkil etish;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligi va ochiqligini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Qoʻmita markaziy apparati va hududiy boshqarmalar nizomlari, shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Qoʻmitaning idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash;
Qoʻmitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari (boshliqlaridan tashqari) xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari — hududiy boshqarmalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishga rozilik berish;
Qoʻmita tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil qilish;
Qoʻmita faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish va belgilangan tartibda oʻziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlarning organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish;
zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmitaning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Qoʻmita xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
Qoʻmita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy yorliqlar hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash;
Qoʻmitaning mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tuzish;
Qoʻmita hayʼat majlislarida raislik qilish.
Qoʻmita raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
18. Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish boʻyicha dastur va chora-tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalar tomonidan koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotini tizimli eshitib borish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalarining, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari va koʻrsatmalarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini tashkil etish, ijro intizomi mustahkamlash boʻyicha kompleks choralarni koʻrish, shu jumladan, topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Qoʻmitaning hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmita raisiga mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflar taqdim etish, ularning kasb mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xodimlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitada tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama etish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi Reglamentlari talablariga qatʼiy rioya qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Qoʻmita raisi topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻla muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Qoʻmitaning hayʼat yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Qoʻmita faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, din ishlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisiga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatini va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralar koʻrish;
Qoʻmita xodimlari tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
Qoʻmita raisiga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Prezidentning Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼi rioya qilish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy va boshqa sohaviy normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etish;
Qoʻmita va tizim idoralari xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.
19. Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining funksional vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini taʼminlash;
oʻz vakolati doirasida idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatni muntazam tahlil qilib borish va ular tomonidan qayd etilgan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralar koʻrish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosariga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalarining hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari va koʻrsatmalarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini taʼminlash, ijro intizomi mustahkamlash boʻyicha kompleks choralarni koʻrish, shu jumladan, topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
hayʼat qarorlari, Qoʻmita raisi va oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari ijrosining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
Qoʻmita rahbariyatiga tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmita rahbariyati topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
tarkibiy boʻlinmalarga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻla muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
xodimlarining Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Qoʻmita rahbariyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrib chiqish, murojaat bilan ishlashni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga qatʼi rioya qilish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
20. Qoʻmita hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
faoliyatni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga hududiy boshqarmalar tomonidan soʻzsiz erishishni taʼminlash, soha faoliyati yuzasidan Qoʻmitaga takliflar kiritib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalarining hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari va koʻrsatmalarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini taʼminlash, hududiy boshqarmalar xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari, koʻrsatmalari hamda topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarni boshqarishda xodimlarning javobgarligini belgilash;
hududiy boshqarmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini taʼminlash hamda ijrosi yuzasidan Qoʻmitaga hisobot kiritib borish;
Qoʻmita rahbariyatiga hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish;
hududiy boshqarmalar xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional masʼuliyati va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
hududlarda xodimlarning Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
hududiy boshqarmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrib chiqish, murojaat bilan ishlashni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish.
6-bob. Qoʻmita rahbarlarining javobgarligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Qoʻmita ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning din ishlari sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga taʼsiri;
tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha belgilangan parametrlar va koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
Qoʻmita tizimida ijro intizomiga qatʼi rioya etilishi uchun javob beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
22. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:
qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
23. Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
faoliyat yoʻnalishlariga oid qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati toʻgʻrisida haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni sifatli tayyorlash va oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
24. Qoʻmita hududiy boshqarmalari boshliqlari:
hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
tegishli hududda qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati toʻgʻrisida haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni sifatli tayyorlash va oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
7-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
1-§. Qoʻmita rahbariyati hamda xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
25. Qoʻmitaga rais rahbarlik qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Qoʻmita raisi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
26. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi oʻrinbosari va ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
27. Qoʻmita raisi maqomi, maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga koʻra — vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
28. Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari raisning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa raisning tegishli buyrugʻiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
29. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari — hududiy boshqarmalar boshliqlari Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Qoʻmitaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalar xodimlari, Qoʻmitaga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
2-§. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
30. Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
31. Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmalar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda:
topshiriqlarni hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarga bevosita tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha soʻrov joʻnatadi va ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, amaliyotini umumlashtiradi, takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining tashkil etilishi va natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa maʼlumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil etadi, ularning qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tushgan takliflarini koʻrib chiqadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
32. Hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Qoʻmita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi toʻgʻrisida axborot beradi;
faoliyatning belgilangan sohasidagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga maʼlumot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish asosida ishda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning bartaraf etilganligi natijalari haqida axborot beradi;
Qoʻmitaning markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatda oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik natijalari haqida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻz faoliyatini tekshirishlar natijalari haqida axborot beradi.
3-§. Qoʻmitaning respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibi
33. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
34. Qoʻmita faoliyati Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
4-§. Qoʻmitaning hayʼati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
35. Qoʻmitada rais, (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
36. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Qoʻmita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Qoʻmita tizimidagi xodimlar va rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Qoʻmita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini tizimli ravishda har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Qoʻmita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni tayyorlash va qabul qilish;
Qoʻmita va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarni yuklatilgan vazifalarga mos, ularni professional darajada bajarishga qodir, malakali, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan masʼuliyatli kadrlar bilan jamlash masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish;
Hayʼat Qoʻmita vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
37. Hayʼat majlisiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
38. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
39. Hayʼat qarorlari Hayʼat raisi tomonidan imzolanadi va Qoʻmita raisining buyrugʻi (qarorlari) bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
40. Qoʻmita raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishi mumkin.
41. Hayʼat faoliyatining tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
42. Qoʻmita huzurida kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va nizomlari rais tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.
8-bob. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
43. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
44. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
45. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
46. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
47. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
48. Qoʻmita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
49. Qoʻmita, uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.
Ilmiy darajaga (PhD, DSc) ega xodimlariga amaldagi qonunchilikda belgilangan talablar asosida toʻlovlar amalga oshiriladi.
50. Qoʻmitaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlarida va boshqa muhim sanalarda mukofotlash, shuningdek, ustama, ragʻbatlantirish va qoʻshimcha haq, mukofotlar va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ish haqiga boshqa toʻlovlar miqdori Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.
51. Qoʻmita xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
52. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi “Ziyorat” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
ish haqi (lavozim maoshi);
koʻp yillik ishlaganlik uchun qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlash;
lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama belgilash (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hamda qoʻshimcha toʻlovlarni inobatga olgan holda);
bayramlarda va muhim sanalarda bir martalik mukofotlash;
faoliyatda ijobiy natijalarga erishganligi uchun mukofotlar;
ovqat puli uchun toʻlov;
yoʻlkira xarajatlari uchun toʻlov;
xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bir yilda bir marotaba moddiy yordam koʻrsatish;
yubiley sanalar, pensiyaga chiqish, toʻy, farzandli boʻlish munosabati bilan esdalik sovgʻalar yoki pul mablagʻlari berish;
qonunchilikda belgilangan boshqa toʻlovlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
53. Shaxsiy oylik ustamalar lavozim maoshiga nisbatan foizda belgilanadi.
Qoʻmitaning markaziy apparati xodimlari uchun shaxsiy ustamaning eng yuqori miqdori (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) —
200 (ikki yuz) foizgacha, hududiy boshqarmalar xodimlari uchun shaxsiy ustamaning eng yuqori miqdori — 100 (bir yuz) foizdan oshmasligi lozim.
54. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajargan Qoʻmita xodimlari qonunchilikda belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari munosabati bilan lavozim maoshi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) bir barobarigacha miqdorda mukofot bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
55. Bayram sanalariga mukofotlar:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navroʻz bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayrami;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramlari munosabati bilan barcha xodimlar ragʻbatlantiriladi. Ushbu mukofotlar miqdorlari xodimlarning haqiqatda ishlagan davrlariga bogʻliq boʻlmaydi.
Bolalarni parvarishlash, oʻqish bilan bogʻliq hamda ijodiy taʼtillar davrida, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga, harbiy yigʻinga chaqirilgan davridagi bayram sanalariga mukofotlar berilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
56. Qoʻmita xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida, ularga har oyda har bir shtat birligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ovqat puli, yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi.
Qoplanadigan xarajatlar miqdori bazaviy hisoblash miqdori eng kam miqdori oshishiga qarab ortishi mumkin.
Transport va ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun toʻlovlarning aniq miqdori Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan toʻlovlar xodimning ishlagan davriga mutanosib ravishda toʻlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
57. Qoʻmita xodimlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (qoida tariqasida kuz oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʻn) baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorida moddiy yordam amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordamning aniq miqdori Qoʻmita raisining buyrugʻiga binoan belgilanadi.
58. Qoʻmita xodimlariga moliya yilida bir marta (mehnat taʼtiliga chiqish vaqtida sogʻligini tiklash maqsadida yoki mehnat taʼtilga chiqmagan xodimlarga moliya yilining dekabr oyida) bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi (lavozim maoshi va ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) miqdorida moddiy yordam koʻrsatiladi.
Moddiy yordam koʻrsatish xodimning arizasi yoki Kasaba uyushmasi qoʻmitasi iltimosnomasiga asosan buyruq bilan amalga oshiriladi.
59. Qoʻmita raisini mukofotlash, shaxsiy ustamalarini belgilash, moddiy ragʻbatlantirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
60. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan alohida soha xodimlariga ustama belgilangan hollarda ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10-bob. Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
5.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
61. Qoʻmita rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga, Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
din ishlari sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishi va bartaraf etilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
62. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda Vazirlar Mahkamasi Qoʻmita rahbarlariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
63. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlik choralari qoʻllanadi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
64. Qoʻmita qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 521-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi “Ziyorat” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“4. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Din ishlari boʻyicha qoʻmita)ning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi”.
“5. Kuyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish uchun undiriladigan toʻlovlar;
diniy taʼlim muassasalari hamda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini litsenziyalashda arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimning qonunchilikda belgilangan qismi;
diniy taʼlim muassasalari hamda “Umra” tadbirlarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalashda undiriladigan davlat bojining 30 foizi;
litsenziyalash sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslardan undirilgan jarimaning 10 foizi;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
“7. Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlari Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishining toʻliqligi va saqlanishini nazorat qiladi”.
“Umra” xizmatlari sifatsiz koʻrsatilishidan jabr koʻrgan ziyoratchilarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar oʻrnini qoplash;
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish, jumladan diniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish (sanatoriya, kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish);
Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlarining xizmat safari xarajatlari, shu jumladan xorijiy davlatlardagi xizmat safarlari xarajatlarini qoplash;
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xodimlarini oʻqitish, malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashi, shu jumladan, ularning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etish va xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash;
Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Din ishlari boʻyicha qoʻmita bino va inshootlarini saqlash hamda boshqa joriy xarajatlar, yordamchi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari taʼminoti, ushbu Qoʻmita faoliyatini yanada yaxshilash bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish”.
7. Quyidagi mazmundagi 91 — 94-bandlar bilan toʻldirilsin:
“91. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning rivojlantirish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash orqali amalga oshiriladi hamda ushbu dasturlar har yili mablagʻlar va ehtiyojlar prognozi asosida shakllantiriladi.
92. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli gʻazna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
93. Jamgʻarmadan pul mablagʻlarini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
94. Jamgʻarmadan ajratilgan pul mablagʻlarining sarflanishi toʻgʻrisidagi daromadlar va xarajatlar aks ettirilgan hisobot har chorak yakuni boʻyicha buxgalteriya balansida aks ettiriladi”.
8. Quyidagi mazmundagi 31 va 32-boblar bilan toʻldirilsin:
“31-bob. Jamgʻarmani boshqarish
95. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
96. Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Moliya-iqtisod boʻlimi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
97. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Moliya-iqtisod boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan:
Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlari smetasini tayyorlaydi, zarur hollarda, tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar kiritadi;
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi;
Jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va ulardan foydalanish hisobini yuritadi;
Jamgʻarmadan ajratilgan pul mablagʻlarining sarflanishi toʻgʻrisidagi daromadlar va xarajatlarini buxgalteriya balansida aks ettirilishini taʼminlaydi;
Jamgʻarma smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma smetasining ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etilishini taʼminlaydi.
32-bob. Jamgʻarmaning hisobi va hisobotini yuritish
98. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning budjetdan tashqari gʻazna hisobvaraqlarida alohida yuritiladi.
99. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
910. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
911. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyxatlari Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
912. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi”.
9. Quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 09/25/521/0753-son)