toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq:
Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi;
Jamgʻarmaning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlanganligi;
Jamgʻarma vasiylik kengashi Jamgʻarmaning oliy boshqaruv organi, 22 ta shtat birligidan iborat Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi esa uning ijro organi etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Jamgʻarma Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasining huquqlari va majburiyatlari hamda shartnomalar, shu jumladan, xalqaro shartnomalar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
2026-yil 1-yanvardan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan aholiga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Jamgʻarma Ijro etuvchi direktori va uning oʻrinbosari Jamgʻarmaning vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direktori Jamgʻarma direksiyasi ishini tashkil etadi;
Jamgʻarma xodimlari Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan boʻshatiladi;
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direktori maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari, shuningdek, Jamgʻarma xodimlarining mehnatga haq toʻlash razryadlari Jamgʻarmaning vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarining bandligini ragʻbatlantirish, tadbirkorlikka jalb etishga koʻmaklashish uchun ushbu shaxslarga va ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va ssudalar ajratish hamda pilla yetishtiruvchilar (ipak qurti boquvchi va kasanachilar), Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi balansidagi yer uchastkalarida tashkil etiladigan tutzorlar hisobidan pilla yetishtiradigan aholini ragʻbatlantirish maqsadida subsidiyalar ajratish, ipak qurtini parvarish qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni (jihozlarni) xarid qilish uchun ssuda ajratish va urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining bir qismini kompensatsiya qilish hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamgʻarmaga jami 2 ta, shu jumladan, 1 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlashga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan limit ajratilishini taʼminlasin.
6. Jamgʻarma Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy manzilidagi Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” shuʼba korxonasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-mart,
158-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qaroriga
1-ILOVA
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini boshqarish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ushbu mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarining bandligini ragʻbatlantirish, tadbirkorlikka jalb etishga koʻmaklashish uchun ushbu shaxslarga va ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va ssudalar ajratish hamda pilla yetishtiruvchilar (ipak qurti boquvchi va kasanachilar), Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) balansidagi yer uchastkalarida tashkil etiladigan tutzorlar hisobidan pilla yetishtiradigan aholini ragʻbatlantirish maqsadida subsidiyalar ajratish, ipak qurtini parvarish qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni (jihozlarni) xarid qilish uchun ssuda ajratish va urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining bir qismini kompensatsiya qilish hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blanka va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
4. Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi;
qisqartirilgan nomi — Kambagʻallikni qisqartirish jamgʻarmasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy selevoy fond po sokrasheniyu bednosti;
qisqartirilgan nomi — Fond po sokrasheniyu bednosti;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — State trust fund for poverty reduction;
qisqartirilgan nomi — Fund for poverty reduction.
5. Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi.
6. Jamgʻarmaning joylashgan joyi (pochta manzili) — Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy, pochta indeksi 100027.
7. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vasiylik kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) hisobdordir.
2-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
8. Jamgʻarma faoliyati Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi, Jamgʻarmaning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish esa Ijro etuvchi direktor tomonidan amalga oshiriladi.
9. Vasiylik kengashi:
Jamgʻarma faoliyati va mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
har yili Jamgʻarma daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqib, yoʻnalishga nisbatan fondning asosiy koʻrsatkichlarini belgilaydi;
Jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish va jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;
Jamgʻarma Ijro etuvchi direktori va uning oʻrinbosarini lavozimga tayinlash, ragʻbatlantirish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash hamda ularni lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Jamgʻarma tarkibidagi boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direktori maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari, shuningdek, Jamgʻarma xodimlarining mehnatga haq toʻlash razryadlarini belgilaydi;
Jamgʻarma faoliyati yoki mablagʻlaridan foydalanishni tashqi monitoring qilish, shuningdek, mustaqil ekspertlarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
subsidiya, grant va ssudalarning yangi turlarini joriy qilish, zarurat tugʻilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Jamgʻarma faoliyatiga oid nizomlarni, shu jumladan, xodimlarning transport va ovqatlanish xarajatlari, bayram munosabati bilan toʻlanadigan mukofot pullari hamda xodimlar uchun ustamalar berish tartibini tasdiqlaydi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10. Vasiylik kengashi majlislari zaruratga koʻra, lekin bir yilda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
11. Vasiylik kengashi majlisini kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.
12. Vasiylik kengashi majlisi unda kengash aʼzolarining kamida uch nafari ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Vasiylik kengashining qarori kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlganda, Vasiylik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
13. Vasiylik kengashi qarorlari Vasiylik kengashi majlisining bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Vasiylik kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Ijro etuvchi direktor, shuningdek, tarkibiy tuzilmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibdagi Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi Direksiya (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) hisoblanadi.
15. Direksiya:
Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi prognoz koʻrsatkichlarini shakllantiradi hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga kiritadi;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirish va xarajatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini oʻzgartirish yoki kengaytirish toʻgʻrisida Vasiylik kengashiga taklif kiritadi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijasida aniqlangan holatlarni tahlil qiladi;
Jamgʻarma tomonidan zarurat tugʻilganda, hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlardan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab oladi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Direksiya soʻrovnomalar toʻgʻriligi va talabgorlarga ajratiladigan moliyaviy yordamlarni maqsadli foydalanishi va natijadorligi yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari va hokim yordamchilari koʻmagida monitoringini amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
17. Ijro etuvchi direktor:
Jamgʻarma joriy faoliyatini boshqaradi;
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi;
Jamgʻarmaning xarajatlar smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Jamgʻarma nomidan vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, moliyaviy, xoʻjalik hamda boshqa shartnomalarni imzolaydi;
bajarilgan ishlar hamda kelgusi chorak uchun ish rejalari toʻgʻrisida har chorakda Vasiylik kengashiga hisob beradi;
Jamgʻarma xodimlarini (direktor oʻrinbosaridan tashqari) ishga qabul qilish, ragʻbatlantirish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash hamda ularni ishdan boʻshatish haqida buyruqlar chiqaradi;
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa buyruq va qaror qabul qiladi;
Jamgʻarma moliyaviy koʻmak oluvchi yuridik shaxslar bilan huquqiy shartnoma tuzadi va shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qiladi;
Jamgʻarma nomidan sud idoralariga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qiladi;
ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Jamgʻarma uchun Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochadi va yuritadi, belgilangan tartibda ushbu hisobvaraq boʻyicha tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, shuningdek, ular boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantiradi;
Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
Jamgʻarma ijro etuvchi direktori va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
18. Jamgʻarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlaridan iborat boʻladi.
19. Direktor vaqtincha boʻlmaganda uning vazifalarini direktor oʻrinbosari bajaradi.
20. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
21. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi va uning hisobi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi orqali yuritiladi.
22. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan transfertlar;
ijtimoiy soliq tushumlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
xalqaro moliya institutlari grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari va boshqa xorijiy donorlarning ixtiyoriy yordamlari;
jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan ssudalardan qaytgan mablagʻlar;
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushgan daromadlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
23. Jamgʻarmaga uning daromadlari boʻyicha tushadigan mablagʻlar Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari
24. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarining bandligini ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etishga koʻmaklashish uchun ushbu shaxslarga hamda ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga subsidiya, grant va ssudalar ajratish;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pilla yetishtiruvchilar (ipak qurti boquvchi va kasanachilar), Oʻrmon agentligi balansidagi yer uchastkalarida tashkil etiladigan tutzorlar hisobidan pilla yetishtiradigan aholini ragʻbatlantirish maqsadida subsidiyalar ajratish, ipak qurtini parvarish qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni (jihozlarni) xarid qilish uchun ssuda ajratish va urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining bir qismini kompensatsiya qilish;
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
Direksiya faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan, dasturiy taʼminot ishlab chiqish;
Direksiya xodimlarining mamlakat ichida va tashqarisiga xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan foiz shaklida olinadigan daromadlarning 50 foizini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish;
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Direksiyaning saqlash xarajatlari, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, yashash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan, chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bogʻliq loyihalarini amalga oshirish uchun uchinchi tomon tashkilotlari yoki ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga va Vasiylik kengashi qarorlariga muvofiq boshqa maqsadlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish
25. Direksiya Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiyan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
26. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan nazorat Vasiylik kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
27. Jamgʻarma qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qaroriga
2-ILOVA
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining
ijro etuvchi direksiyasi
TUZILMASI
Izoh. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 22 nafar, shu jumladan, 14 nafar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh mutaxassislar (hududiy vakillar).
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qaroriga
3-ILOVA
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish, shuningdek, urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining bir qismini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
grant — kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan pul va natura koʻrinishida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, oʻqish uchun koʻrsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy koʻmak;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ishsiz — Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻn olti yoshdan pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi beriladigan mashgʻulotga (mehnat daromadiga) ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishga koʻmaklashish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestr — har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kam boʻlgan “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidagi va minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining bir yarim baravaridan kam boʻlgan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasidagi oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladigan reyestr;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Mahalla yettiligi” fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori aʼzolaridan iborat boʻlgan guruh;
moliyaviy koʻmak fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish uchun ajratiladigan subsidiya, grant va ssudalar;
subsidiya — kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan foizsiz moliyaviy koʻmak;
ssuda — kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish va uni rivojlantirish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib berish sharti bilan beriladigan moliyaviy koʻmak;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgor — subsidiya, grant, ssuda va kompensatsiya olish uchun murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan subsidiyalar, grantlar va ssudalar ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish turlari va tartibi
1-§. Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi
4. Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, sugʻorish vositalari, urugʻliklar va koʻchatlarni xarid qilish uchun subsidiyalar “Jamgʻarma —tashkilot — talabgor”oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida ajratiladi. Bunda:
aholiga — yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorida;
sugʻorish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida;
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratadi.
Mazkur subsidiya turlaridan talabgor bir vaqtining oʻzida foydalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Talabgor yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish boʻyicha oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Talabgor murojaatida familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzosi ekanligi hamda soʻralayotgan subsidiyaning turlari va miqdori koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
7. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda:
talabgorning issiqxona, sugʻorish vositalarini oʻrnatish, urugʻlik, koʻchatlar ekish imkoniyati mavjudligini;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgor Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzolaridan biri ekanligini;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
talabgor soʻralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligini oʻrganadi.
8. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
9. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
10. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda talabgorning foydalanuvida tomorqa yerining mavjudligini;
talabgorning yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish imkoniyati mavjudligini;
talabgorning urugʻliklar va koʻchatlar ekish uchun imkoniyati mavjudligini;
talabgorning sugʻorish vositasiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini oʻrganadi.
11. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda subsidiya turlari va miqdori koʻrsatilishi lozim;
b) subsidiya ajratish uchun kollegial qarorning ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
12.Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, subsidiya ajratish rad etiladi.
13. Jamgʻarma yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor oʻrtasida oʻn ish kunida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
Bunda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi kollegial qarordan kelib chiqqan holda, bitta oila uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuziladi:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
sugʻorish vositalarini xarid qilish;
urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish.
14. Uch tomonlama tuzilgan shartnomada yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish, sugʻorish vositasini xarid qilish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun oldindan 30 foiz miqdorida toʻlov amalga oshirilishi (nazarda tutilishi) mumkin. Toʻlovning qolgan qismi shartnoma shartlari toʻliq bajarilgandan soʻng toʻlanadi.
15. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi har bir oilaga faqat bir marta beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11-§ Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oila xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatish uchun subsidiya ajratish tartibi
151. Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oila xonadoniga 7 — 10 kVtlik quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatish uchun subsidiya “jamgʻarma — taʼminotchi korxona — talabgor” oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida ajratiladi.
Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oila xonadoniga quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.
152. Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilaning muomalaga layoqatli aʼzosi (keyingi oʻrinlarda — talabgor) subsidiya ajratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali mustaqil ravishda yoxud oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga murojaat qiladi.
153. Talabgor murojaatida familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, quyosh paneli oʻrnatilayotgan xonadonning kadastr maʼlumotlari, xonadonning mulkdori boʻlgan yoki undan foydalanuvchi sifatida mol-mulk soligʻini toʻlab kelayotgan shaxsning pasport (ID-karta) seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
154. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda skoring tizimida:
murojaatda koʻrsatilgan quyosh paneli oʻrnatiladigan xonadon talabgor yoki oilaning boshqa aʼzosiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlganligi yoki ularning mazkur xonadondan foydalanuvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan holda, mol-mulk soligʻini toʻlab kelayotganligi;
talabgor Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilaning aʼzosi ekanligi;
talabgor soʻralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligi oʻrganiladi.
155. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 154-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanmaganda subsidiya ajratish rad etiladi hamda “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali mazkur asoslarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboriladi.
156. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish asoslari aniqlanmaganda murojaat kollegial qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga hamda talabgorning xonadoniga quyosh paneli oʻrnatish mumkinligi yoki oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan xulosa berish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi vositasida “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning axborot tizimiga yuboriladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi murojaat kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan xulosa beradi:
talabgorning xonadonida quyosh paneli oʻrnatish imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligi;
elektr oʻtkazgichlari texnik talablarga javob berishi yoki javob bermasligi;
quyosh paneli oʻrnatiladigan binoning elektr oʻtkazgichlari imkoniyatidan kelib chiqib, oʻrnatiladigan quyosh panellarining quvvati (kVt) va miqdori.
157. “Mahalla yettiligi” tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabgor xonadoniga quyosh paneli oʻrnatish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xulosasi asosida subsidiya ajratish yoxud ajratishni rad etish toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qilinadi. Bunda:
subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, mazkur qaror murojaat, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining xulosasi va boshqa hujjatlar ilova qilingan holda “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboriladi;
subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bu haqda rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboriladi.
158. Jamgʻarma oʻzi, taʼminotchi korxona va talabgor oʻrtasida oʻn ish kunida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi. Bunda:
taʼminotchi korxonani tanlash va shartnoma qiymati (subsidiya miqdori)ni aniqlash Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi;
shartnoma hududiy elektr tarmoqlari korxonasining xulosasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq tuziladi;
shartnomada quyosh panelining samaradorligini aniqlash va kuzatib borish uchun yagona monitoring dasturi mavjud boʻlishi, xonadoniga quyosh paneli oʻrnatilayotgan oilani SIM-karta bilan taʼminlash hamda SIM-karta uchun kamida bir yillik toʻlov qilish majburiyati taʼminotchiga yuklatilishi toʻgʻrisidagi talablar belgilanadi.
159. Uch tomonlama tuzilgan shartnomada quyosh panellari oʻrnatish uchun oldindan 30 foiz miqdorida toʻlov amalga oshirilishi nazarda tutilishi mumkin. Toʻlovning qolgan qismi shartnoma shartlari toʻliq bajarilgandan soʻng toʻlanadi.
(11-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish tartibi
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Talabgor qishloq xoʻjaligi kooperativi tashkil etish yoki qishloq xoʻjaligi kooperativiga ixtiyoriy aʼzo boʻlish uchun subsidiya ajratish boʻyicha oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Agarda taʼsischilar soni ikki va undan ortiq boʻlsa, ularning birining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Arizada talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, rasmiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ijara yer egalari yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi ekanligi va kooperativning qaysi faoliyat turi bilan shugʻullanishi hamda soʻralayotgan subsidiyaning miqdori koʻrsatiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kirishda qishloq xoʻjaligi kooperativiga aʼzolik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi balansidagi yer uchastkalarida tashkil etiladigan tutzorlarda pilla kooperativiga aʼzolik uchun ushbu kooperativ aʼzosi hisoblanadigan kambagʻal oilalarga 4 million soʻmdan hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha kooperativga aʼzolik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorda subsidiya ajratiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
18. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
talabgor Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzolaridan biri ekanligini;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
talabgor soʻralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligini oʻrganadi.
19. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
20. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
21. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda talabgorning qishloq xoʻjaligi kooperativining baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, pillachilik va hunarmandchilik hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish faoliyat turlarining biri bilan shugʻullanish imkoniyati mavjudligini oʻrganadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
22. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda subsidiya miqdori koʻrsatilishi lozim;
b) subsidiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
23. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, subsidiya ajratish rad etiladi.
24. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Talabgor belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha kooperativni tashkil etgandan yoki qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha kooperativga ixtiyoriy aʼzo boʻlgandan soʻng Jamgʻarmaga bank rekvizitlarini taqdim etadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
26. Jamgʻarma uch ish kunida:
a) “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan subsidiya mablagʻlarini kooperativ ustav fondiga har bir aʼzoning ulushi sifatida kiritish uchun uning bankdagi hisobvaragʻiga arizada koʻrsatilgan bazaviy hisoblash miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha) oʻtkazib beradi.
b) subsidiya ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (bank rekvizitlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) yuzaga kelganda qayta kollegial qaror qabul qilish uchun tegishli “Mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
27. Kooperativ ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya bitta oilaning bitta aʼzosiga faqat bir marta ajratiladi.
3-§. Tadbirkorlik subyektlariga — har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida toʻlov toʻlash uchun subsidiya ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
28. Talabgor kasanachilikni tashkil etganidan soʻng oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali subsidiya ajratish boʻyicha murojaat qiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
29. Talabgorning murojaatida kasanachining familiyasi, ismi, otasining ismi, talabgorning subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi (rekvizitlari) va manzili koʻrsatiladi, shuningdek, murojaatga kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi, kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (yoki kasanachining dastlabki uch oy davomidagi faoliyati uchun toʻlovlar bank orqali toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma) ilova qilinadi.
30. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
31. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi.
32. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
33. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda subsidiya ajratish uchun talabgor va kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi Soliq qoʻmitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda rasmiylashtirilganligiga kamida uch oy oʻtganligi asos hisoblanadi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadining haqqoniyligi tuman (shahar) soliq inspeksiyasidan maʼlumot olish orqali yoki “Yagona milliy mehnat tizimi”idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tekshiradi.
34. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim;
b) subsidiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
35. Subsidiya ajratish quyidagilarga koʻra rad etiladi:
hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda;
kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotning haqqoniyligi oʻz tasdigʻini topmaganda.
36. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
37. Jamgʻarma besh ish kunida:
a) “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan subsidiya mablagʻlarini talabgorning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
b) subsidiya ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (tadbirkorlik subyekti tugatilganligi, bank rekvizitlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) yuzaga kelganda qayta kollegial qaror qabul qilish uchun tegishli “Mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
4-§. “Usta-shogird”anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
38. “Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun har bir shogird uchun (biroq, shogirdlar soni besh nafardan oshmagan holda) subsidiya 6 oy davomida har oyda 1 — 3-toifalar tuman va shaharlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha, 4-toifa uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha va 5-toifa uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Talabgor oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali subsidiya ajratish boʻyicha murojaat qiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Murojaatda talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom-ashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun soʻralayotgan subsidiya turi, “Hunarmand”uyushmasiga aʼzoligi va tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi, bank rekvizitlari koʻrsatiladi, shuningdek, “usta-shogird”anʼanalari asosida shogird sifatida qabul qilgan mehnatga layoqatli yoshlarning (familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda) roʻyxati ilova qilinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
41. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
42. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
43. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
44. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda hunarmandning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzoligi, yoshlar haqiqatda “usta-shogird” anʼanalari asosida hunarmanddan hunar oʻrganayotganligi, soʻralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom ashyoga ehtiyoji mavjudligini oʻrganadi.
45. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim;
b) subsidiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
46. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, subsidiya ajratish rad etiladi.
47. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
48. Jamgʻarma uch ish kunida:
a) “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan subsidiya mablagʻlarini talabgorning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
b) subsidiya ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (tadbirkorlik subyekti tugatilganligi, bank rekvizitlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) yuzaga kelganda qayta kollegial qaror qabul qilish uchun tegishli “Mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
5-§. Ustalarga — oʻzlarining internet saytlarini yaratish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
49. Ustalarga — oʻzlarining internet saytlarini yaratish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya 1 — 3-toifa tuman va shaharlar uchun xarajatlarning 50 foizi (biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha), 4-5-toifa uchun xarajatlarning 75 foizi (biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha) miqdorida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Talabgor oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali subsidiya ajratish boʻyicha murojaat qiladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Murojaatda talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, soʻralayotgan subsidiya turi, “Hunarmand” uyushmasiga aʼzoligi va tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi, bank rekvizitlari koʻrsatiladi, shuningdek, elektron dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — dasturchi) bilan tuzilgan shartnoma nusxasi ilova qilinadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
52. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
53. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
54. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
55. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda ustaning haqiqatda “Hunarmand” uyushmasiga aʼzoligi va tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi, internet saytlarini yaratish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarishi yoki reklamaning aynan bir turi boʻyicha dasturchi bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligini oʻrganadi.
56. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda subsidiya miqdori koʻrsatilishi lozim;
b) subsidiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali hududiy kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
57. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, subsidiya ajratish rad etiladi.
58. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
59. Jamgʻarma uch ish kunida:
a) “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan subsidiya mablagʻlarini talabgorning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
b) subsidiya ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (tadbirkorlik subyekti tugatilganligi, bank rekvizitlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) yuzaga kelganda qayta kollegial qaror qabul qilish uchun tegishli “Mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
6-§. Ishsizlarga — olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun subsidiya ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
60. Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan Ijtimoiy reyestrda turgan oilaning ishsiz aʼzolariga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Talabgor oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Murojaatda talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, soʻralayotgan subsidiya miqdori, tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi koʻrsatiladi, shuningdek, faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga olinayotgan bino va inshootning ijara shartnomasi nusxalari hamda bank rekvizitlari ilova qilinadi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
63. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
64. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
65. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
66. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda talabgorning haqiqatda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi, faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga olinayotgan bino va inshootning mavjudligini oʻrganadi.
67. “Mahalla yettiligi”, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan talabgor va ijaraga beruvchi oʻrtasida qonunchilikka asosan oʻn ish kunida uch tomonlama ijara shartnomasi tuziladi.
Bunda ijara shartnomasida ijara muddati tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi hamda ijara toʻlovining dastlabki uch oy mobaynida Jamgʻarma tomonidan subsidiya asosida toʻlab berilishi nazarda tutilgan qismi uch oydan koʻp boʻlishi mumkin emasligi koʻrsatilishi kerak.
68. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim;
b) subsidiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
69. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, subsidiya ajratish rad etiladi.
70. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
71. Jamgʻarma uch ish kunida:
a) “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan subsidiyani ijara shartnomasida koʻrsatilgan sanadan boshlab ijaraga beruvchining hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdori uch oyga teng taqsimlangan holda, har bir oy uchun alohida toʻlab boradi;
b) subsidiya ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (bank rekvizitlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) yuzaga kelganda qayta kollegial qaror qabul qilish uchun tegishli “Mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
72. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi.
7-§. Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun subsidiya ajratish tartibi
73. Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun subsidiya mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Talabgor oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Murojaatda talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot hamda soʻralayotgan subsidiya boʻyicha aniq loyihalar turlari va miqdori koʻrsatiladi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
76. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
77. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
78. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
79. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda fuqaroning ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlganligini, tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalarini amalga oshirish imkoniyati mavjudligini oʻrganadi.
80. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda amalga oshirilayotgan loyiha yoʻnalishlari va subsidiya miqdori koʻrsatilishi lozim;
b) subsidiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi.
v) oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
79. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, subsidiya ajratish rad etiladi.
80. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
81. Jamgʻarma uch ish kunida “Mahalla yettiligi” kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan subsidiyani loyiha yoʻnalishi boʻyicha fuqaroga toʻlab beradi.
82. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
71-§. Pilla yetishtiruvchilarga (ipak qurti boquvchi va kasanachilarga) subsidiya ajratish tartibi
821. Pilla yetishtiruvchilarga (ipak qurti boquvchi va kasanachilarga) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida pillachilik klasteri haqiqatda pilla uchun toʻlab bergan mablagʻlarning 35 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
822. Talabgor subsidiya olish uchun oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
823. Talabgor murojaatida familiyasi, ismi, otasining ismi, kasanachining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan bank plastik kartasi (rekvizitlari) va manzili koʻrsatiladi, shuningdek, murojaatga mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi, talabgorning pilla yetishtirish faoliyatidan olgan daromadi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinadi.
824. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish va pillachilik klasteri tomonidan haqiqatda toʻlangan mablagʻni aniqlash uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
825. Hokim yordamchisi skoring oʻrganish natijalari ijobiy boʻlganida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi taklifni kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi.
826. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
827. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni ikki ish kunida oʻrganadi.
Bunda subsidiya ajratish uchun talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazilgani hamda rasmiylashtirilgani asos hisoblanadi.
Pilla yetishtirish faoliyati uchun subsidiya ajratish boʻyicha murojaatlar yuzasidan qoʻshimcha ravishda “mahalla yettiligi” talabgor daromadining haqqoniyligini tuman (shahar) soliq inspeksiyasidan maʼlumot olish orqali tekshiradi.
828. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda, kollegial qaror koʻpchilik ovozi bilan (mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) qabul qilinadi.
Bunda:
subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qilinadi;
subsidiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqida sabablarni koʻrsatgan holda kasanachiga xabarnoma yuboradi.
829. Subsidiya ajratish quyidagilarga koʻra rad etiladi:
hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda;
talabgorning daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotning haqqoniyligi oʻz tasdigʻini topmaganda.
8210. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
8211. Jamgʻarma besh ish kunida:
“mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida talabgorning bank plastik kartasiga subsidiyani oʻtkazib beradi;
subsidiya ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (plastik karta maʼlumotlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) yuzaga kelganda, qayta kollegial qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
(71-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ssudalar ajratish turlari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8-§. Oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlgan ishsiz fuqarolarni yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun ssuda ajratish tartibi
(8-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
83. Oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlgan ishsiz fuqarolarni yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar ajratiladi.
(83-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Bunda tadbirkorlik subyekti kamida 10 nafar kasanachini ishga qabul qilishi hamda ajratiladigan ssudaning jami miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
84. Talabgor kasanachilarni jalb etgandan soʻng ssuda olish uchun oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
85. Talabgor murojaatiga quyidagilar ilova qilinishi shart:
jalb qilingan kasanachilarning soni, familiyasi, ismi, otasining ismi;
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi;
ssudaning miqdori va ssuda soʻralayotgan davr, shuningdek, ssudani qaytarishning kafolatlangan manbalari;
talabgorning ssuda toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi (rekvizitlari) va manzili;
oxirgi hisobot davri uchun soliqdan qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida soliq organlari maʼlumoti, shuningdek, muddati oʻtgan kredit qarzlari mavjud emasligi haqida xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidan maʼlumotnoma.
86. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
87. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
88. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
89. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida oʻrganadi.
90. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) ssuda ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda ssuda miqdori, uni ajratish va qaytarish muddatlari koʻrsatilishi lozim;
b) ssuda ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha ssuda ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
91. Ssuda ajratish quyidagilarga koʻra rad etiladi:
hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar oʻz tasdigʻini topmaganda;
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda.
92. Jamgʻarma besh ish kunida:
a) Jamgʻarma direktori va talabgor imzolari bilan tasdiqlanadigan ssuda ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Bunda shartnomaga ssudani qaytarish tartibi hamda jadvali ilova qilinadi;
b) shartnoma imzolangandan soʻng ssuda ajratiladi;
v) ushbu ssuda talabgor talabiga binoan kasanachilarning bank kartalariga (ijtimoiy karta) oʻtkazib berilishiga ruxsat beriladi.
93. Ssuda oluvchi ssudani ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va asosliligi, shuningdek, ssudaning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javobgardir.
94. Talabgor tomonidan ssuda belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, mavjud qarzdorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
Oldingi tahrirga qarang.
9-§. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ssuda ajratish tartibi
(9-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
95. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
96. Talabgor oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali ssuda soʻrab murojaat qiladi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97. Talabgorning murojaatida fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzo ekanligi, xarid qilish kerak boʻladigan asbob-uskuna va mehnat qurollarining nomi, tadbirkor sifatida Davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtganligi hamda soʻralayotgan ssudaning miqdori koʻrsatiladi.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
98. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
99. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
100. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, ssuda ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
101. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
102. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) ssuda ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda ssuda miqdori, uni ajratish va qaytarish muddatlari koʻrsatilishi lozim;
b) ssuda ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali hududiy kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha ssuda ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
103. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, ssuda ajratish rad etiladi.
104. Jamgʻarma oʻn besh ish kunida:
a) Jamgʻarma ijrochi direktori va talabgor imzolari bilan tasdiqlanadigan ssuda ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Bunda shartnomaga xarid qilish kerak boʻladigan asbob-uskuna va mehnat qurollarining nomi, ssudani qaytarish tartibi hamda jadvali ilova qilinadi;
b) talabgor bilan ssuda hisobidan asosiy vosita, asbob-uskuna va mehnat qurollari yetkazib berish toʻgʻrisida jamgʻarma-talabgor-yetkazib beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzib, belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshiradi;
v) xarid qilingan asbob-uskuna va mehnat qurollarini talabgorga yetkazib beradi.
105. Ssuda oluvchi ssudani ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va asosliligi, shuningdek, ssudaning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javobgardir.
106. Talabgor tomonidan ssuda belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, mavjud qarzdorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
Oldingi tahrirga qarang.
91-§. Ipak qurtini parvarish qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni (jihozlarni) xarid qilish uchun kasanachilarga ssuda ajratish tartibi
1061. Ipak qurtini parvarish qilish boʻyicha shartnomasi boʻlgan kasanachilarga oʻz faoliyatini yuritish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.
1062. Talabgor oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali ssuda soʻrab murojaat qiladi.
1063. Talabgorning murojaatida fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, pasporti (ID-kartasi) seriyasi hamda raqami, xarid qilish kerak boʻladigan asbob-uskuna va mehnat qurollarining nomi, ipak qurtini parvarish qilish boʻyicha shartnomasi hamda soʻralayotgan ssudaning miqdori koʻrsatiladi.
1064. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
1065. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda, kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi.
1066. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, ssuda ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
1067. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
1068. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda, kollegial qaror koʻpchilik ovozi bilan (mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) qabul qilinadi. Bunda:
ssuda ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qilinadi. Kollegial qarorda ssuda miqdori, uni ajratish va qaytarish muddatlari koʻrsatilishi lozim;
ssuda ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali hududiy kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
oʻrganish natijalari boʻyicha ssuda ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqida sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
1069. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, ssuda ajratish rad etiladi.
10610. Jamgʻarma oʻn besh ish kunida:
Jamgʻarma ijrochi direktori va talabgor imzolari bilan tasdiqlanadigan ssuda ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Bunda shartnomaga xarid qilish kerak boʻladigan asbob-uskuna va mehnat qurollarining nomi, ssudani qaytarish tartibi hamda jadvali ilova qilinadi;
talabgor bilan ssuda hisobidan asosiy vosita, asbob-uskuna va mehnat qurollari yetkazib berish toʻgʻrisida jamgʻarma-talabgor-yetkazib beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzib, belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshiradi;
xarid qilingan asbob-uskuna va mehnat qurollarini talabgorga yetkazib beradi.
10611. Ssuda oluvchi ssudani ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va asosliligi, shuningdek, ssudaning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javobgardir.
10612. Talabgor tomonidan ssuda belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, mavjud qarzdorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
10613. Talabgor ssuda olgan kundan boshlab 3 yil mobaynida pilla yetishtirish majburiyatini oladi.
(91-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil qilish uchun dehqon xoʻjaliklariga suv quduqlarini burgʻilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun ssuda ajratish tartibi
(10-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
107. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil qilish uchun dehqon xoʻjaliklariga suv quduqlarini burgʻilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar ajratiladi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
108. Talabgor oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali ssuda ajratish boʻyicha murojaat qiladi.
(108-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
109. Murojaatda talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzo ekanligi va ijara asosida ajratilgan yer maydonida dehqon xoʻjaligi bilan shugʻullanishini, xarid qilishi kerak boʻladigan asbob-uskuna nomi, dehqon xoʻjaligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi hamda soʻralayotgan ssudaning miqdori koʻrsatiladi.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
110. Hokim yordamchisi bir ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
111. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
112. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
113. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi ekanligi va ijara asosida yer maydoni ajratilib dehqon xoʻjaligi bilan shugʻullanishini, xarid qilish kerak boʻladigan asbob-uskuna ishlatish sharoitini oʻrganadi.
(113-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
114. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) ssuda ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda ssuda miqdori, uni ajratish va qaytarish muddatlari koʻrsatilishi lozim;
b) ssuda ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha ssuda ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
115. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, ssuda ajratish rad etiladi.
116. Jamgʻarma oʻn besh ish kunida:
a) Jamgʻarma direktori va talabgor imzolari bilan tasdiqlanadigan ssuda ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Bunda shartnomaga xarid qilish kerak boʻladigan asbob-uskunalarning nomi, ssudani qaytarish tartibi hamda jadvali ilova qilinadi;
Ssudani qaytarish, qoida tariqasida, ssuda ajratilgan oydan 6 oy oʻtgach boshlanadi;
b) talabgor bilan ssuda hisobidan asosiy vosita, asbob-uskuna va mehnat qurollari yetkazib berish toʻgʻrisida talabgor va yetkazib beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzib, belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshiradi.
v) xarid qilingan asbob-uskunalarni talabgorga yetkazib beradi.
117. Ssuda oluvchi ssudani ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va asosliligi, shuningdek, ssudaning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javobgardir.
118. Talabgor tomonidan ssuda belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, mavjud qarzdorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻz tajribasini 10 tagacha Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga oʻrgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga har bir oila uchun grant ajratish tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
119. Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻz tajribasini 10 tagacha Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga oʻrgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga har bir Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdordagi grant ajratiladi.
Bunda tadbirkorlik subyektlariga grantning 40 foizi avans shaklida, qolgan qismi biriktirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar daromad manbaiga ega boʻlib, tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganidan keyin ajratiladi.
(119-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
120. Grant olayotgan talabgor oʻz tajribasini 5 tadan 10 tagacha Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolariga tadbirkorlikni boshlashdan tortib, yetishtirilgan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻrgatadi.
(120-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Bunda qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 6 oy muddatgacha hamrohlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
121. Talabgor oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Uzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali grant ajratish boʻyicha murojaat qiladi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
122. Murojaatda Ijtimoiy reyestrda turgan oila aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, pasport (ID-karta)seriyasi va raqami, soʻralayotgan grant miqdori, tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi yoki oʻzini-oʻzi band qilganligi koʻrsatiladi, shuningdek, oʻrgatilayotgan tajriba va uning natijadorligi toʻgʻrisida maʼlumot hamda bank rekvizitlari ilova qilinadi.
(122-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
123. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
124. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
125. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, subsidiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
126. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda talabgorning haqiqatda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki oʻzini-oʻzi band qilganligi, shuningdek, oʻrgatilayotgan tajriba va uning natijadorligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻrganadi.
127. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda koʻpchilik ovozi bilan (bunda mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:
a) grant ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Kollegial qarorda grant miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim;
b) grant ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi.
v) oʻrganish natijalari boʻyicha grant ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
128. Oʻrganish natijasiga koʻra hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa yoki hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, grant ajratish rad etiladi.
129. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
130. Jamgʻarma uch ish kunida:
a) “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan grant mablagʻlarini talabgorning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
b) grant ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (bank rekvizitlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) vujudga kelganda qayta kollegial qaror qabul qilish uchun tegishli “Mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
41-bob. Ipak kurti urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan mavsumiy ishchilarning oylik ish haqining bir qismini kompensatsiya qilib berish tartibi
1301. Ipak kurti urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining 50 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan oshmagan qismi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.
1302. Talabgor mavsumiy ishchilarga ish haqi toʻlagandan soʻng oʻzi joylashgan manzildagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali mavsumiy ishchilarning oylik ish haqining 50 foizini kompensatsiya qilish boʻyicha murojaat qiladi.
1303. Talabgorning murojaatida mavsumiy ishchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, talabgorning kompensatsiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi (rekvizitlari) va manzili koʻrsatiladi, shuningdek, murojaatga mavsumiy ishchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi, mavsumiy ishchilarning daromadi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinadi.
1304. Hokim yordamchisi uch ish kunida talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.
1305. Skoring oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy natija kelgan taqdirda, kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi.
1306. Skoring oʻrganish natijalari salbiy boʻlsa, kompensatsiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
1307. “Mahalla yettiligi” kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun kelib tushgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Bunda kompensatsiya ajratish uchun mavsumiy ishchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazilgani hamda rasmiylashtirilgani va ish haqi toʻlangani asos hisoblanadi.
“Mahalla yettiligi” mavsumiy ishchi daromadining haqqoniyligi tuman (shahar) soliq inspeksiyasidan maʼlumot olish orqali yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tekshiradi.
1308. “Mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi elektron imzo orqali oʻz ovozini bergan holda, kollegial qaror koʻpchilik ovozi bilan (mahalladagi vakant lavozimlar inobatga olinmaydi) qabul qilinadi. Bunda:
a) kompensatsiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qilinadi. Kollegial qarorda kompensatsiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim;
b) kompensatsiya ajratish uchun kollegial qarorni ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;
v) oʻrganish natijalari boʻyicha kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqida sabablarni koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.
1309. Kompensatsiya ajratish quyidagilarga koʻra rad etiladi:
hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
mavsumiy ishchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi roʻyxatdan oʻtkazilmaganda;
mavsumiy ishchilarning daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotning haqqoniyligi oʻz tasdigʻini topmaganda.
13010. Kollegial qarorda qayd etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi birdek javobgar hisoblanadi.
13011. Jamgʻarma besh ish kunida:
“mahalla yettiligi”ning kollegial qarori boʻyicha soʻralayotgan kompensatsiya mablagʻlarini talabgorning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi;
kompensatsiya ajratiladigan talabgorning maʼlumotlarida nomutanosibliklar (tadbirkorlik subyekti tugatilgani, bank rekvizitlari oʻzgarishi va boshqa holatlar) yuzaga kelganda, kollegial qarorni qayta qabul qilish uchun tegishli “mahalla yettiligi”ga qaytaradi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlari samaradorligini monitoring qilish va foydalanilmayotgan asbob-uskunalar hamda ajratilgan moliyaviy koʻmakni qaytarib olish tartibi
131. “Mahalla yettiligi” ajratilgan moliyaviy koʻmakni talabgorlar tomonidan maqsadli sarflanishi boʻyicha ichki tartib bilan oʻzaro teng taqsimlagan holda moliyaviy koʻmak ajratilgandan boshlab bir oyda bir marotaba uch oy davomida, soʻngra uch oyda bir marotaba toʻqqiz oy davomida, keyin olti oyda bir marotaba uch yil davomida joyiga chiqqan holda monitoring oʻtkazadi va natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirib, xokim yordamchisi yordamida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib boradi.
132. Ssuda taqdim qilingan talabgorlardan ssuda shartnomasi boʻyicha ssudani grafik asosida qaytarmaslik holatlari kuzatilganda Jamgʻarma tomonidan tegishli “Mahalla yettiligi” xabardor qilinadi. “Mahalla yettiligi” ushbu holat boʻyicha joyiga chiqqan holda rejadan tashqari monitoring oʻtkazadi.
133. Oʻtkazilgan monitoringlar natijalariga koʻra moliyaviy koʻmakdan maqsadli foydalanilmayotganligi aniqlansa, “Mahalla yettiligi” tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ushbu kamchiliklarni 10 kun muddatda bartaraf etish boʻyicha talabgorga xabarnoma yuboriladi.
134. Talabgor xabarnoma olingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “mahalla yettiligi”ni xabardor qiladi.
135. Talabgordan kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma kelgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida, xabarnoma kelmagan taqdirda belgilangan muddatdan soʻng “Mahalla yettiligi”ning tegishli aʼzosi qayta monitoring oʻtkazadi.
136. Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra dastlabki monitoringda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganligi aniqlansa, “Mahalla yettiligi” talabgordan ajratilgan moliyaviy koʻmakni qaytarish boʻyicha karor qabul qiladi va Jamgʻarmaga xabarnoma yuboradi.
137. Jamgʻarma ajratilgan moliyaviy koʻmakni qaytarish uchun tegishli boʻlgan bank rekvizitlari koʻrsatilgan xabarnomani “Mahalla yettiligi” qarorini ilova qilgan holda talabgorga yuboradi.
138. Talabgor xabarnoma tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida ajratilgan moliyaviy koʻmakni qiymati miqdorida Jamgʻarmaga tegishli boʻlgan bank rekvizitlariga toʻliq qaytarishi shart.
139. Talabgor tomonidan belgilangan muddatda moliyaviy koʻmak Jamgʻarmaning tegishli boʻlgan bank rekvizitlariga kelib tushmasa Jamgʻarma 3 ish kunida mablagʻlarni sud tartibida qaytarib olish uchun sud organiga murojaat qiladi.
b-bob. Yakunlovchi qoidalar
140. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
141. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1752-moddasi.
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar, grantlar, ssudalar ajratish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ariza beruvchi talabgor, jismoniy yoki yuridik shaxs

 

Subsidiya, grant yoki ssuda (keyingi oʻrinlarda — moliyaviy koʻmak) olish uchun oʻzining yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

 

Yuridik yoki jismoniy shaxslar xohishiga koʻra

 

 

 

 

2-bosqich

 

Hokim yordamchisi

 

1. Talabgorning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha:

a) ijobiy natija kelgan taqdirda, kollegial oʻrganish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi;

b) salbiy natija kelgan taqdirda, moliyaviy koʻmak ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.

 

Skoring natijalari kelgan kuni (uch ish kuni ichida)

 

 

 

 

3-bosqich

 

“Mahalla yettiligi”

 

1. Talabgorning moliyaviy koʻmak evaziga soʻrayotgan tovar (ish va xizmat) larning haqiqatda zarurligi va undan foydalanish hamda moliyaviy koʻmak mablagʻini oʻz vaqtida qaytarish imkoniyatlarini va boshqa holatlarni joyiga chiqqan holda oʻrganadi.

2. Oʻrganish natijasi boʻyicha zarur hollarda muhokama qilib, talabgorga moliyaviy koʻmak ajratish yoki uni rad etish toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi. Bunda:

g) moliyaviy koʻmak ajratish toʻgʻrisida kollegial qaror qabul qiladi va kollegial qarorning ilovalari bilan birga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarini xabardor qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi;

v) moliyaviy koʻmak ajratish rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda talabgorga xabarnoma yuboradi.

 

Uch ish kuni ichida

 

 

 

 

4-bosqich

 

Jamgʻarma

 

1. “Mahalla yettiligi” tomonidan moliyaviy koʻmak ajratish toʻgʻrisida kollegial qarorini asos qilgan holda Jamgʻarma, talabgor va yetkazib beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzadi va toʻlovlarni amalga oshiradi;

2. Moliyaviy koʻmak ajratiladigan talabgor shartnoma tuzish jarayonida ishtirok etish imkoni boʻlmagan va boshqa fors-major holatlari yuzaga kelganda qayta kollegial qaror qabul qilish uchun tegishli “Mahalla yettiligi”ga qaytaradi.

 

uch ish kunidan oʻn besh ish kunigacha (moliyaviy koʻmak turiga koʻra)

 

 

 

 

5-bosqich

 

Talabgor

 

Tuzilgan shartnoma talablariga rioya qilgan holda Jamgʻarma tomonidan berilgan moliyaviy koʻmakni tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan hisob raqamga oʻz muddatlarida belgilangan toʻlovlarni amalga oshirib boradi.

 

Shartnomada belgilangan muddatlarda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 183-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga 6-ilovaning 18-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-apreldagi 195-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-maydagi 252-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2023-yil 8-apreldagi 147-son qaroriga 2-ilovaning 32-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 31-avgustdagi 434-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 11-dekabrdagi 653-son qaroriga ilovaning 33-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2024-yil 1-maydagi 255-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2024-yil 15-maydagi 282-son qaroriga 1-ilovaning 60-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga 12-ilovaning 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati hamda “Ayollar daftari”bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 10-dekabrdagi 833-son qaroriga ilovaning 37-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-dekabrdagi 904-son qaroriga 4-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son; 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)