toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllarini tatbiq etish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha sohada ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, xalqaro andozalar asosida munosib mehnat munosabatlarini keng joriy qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoniga muvofiq “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi qabul qilinganligi hamda ushbu dastur ijrosini tashkil qilish vazifasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini tashkil qilishning yaxlit tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda quyidagilar Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish — mehnat bozorini tahlil qilish va ishsizlarning hisobini manzilli (nomma-nom) yuritish, iqtisodiyotning rivojlanib kelayotgan tarmoq va sohalarida mehnat resurslariga bo‘lgan talabni prognoz qilish, mehnat bozoridagi tarkibiy muammolarni aniqlash va nomutanosibliklarning oldini olish, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan faol hamkorlikda ishlash;
aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish — har yil uchun hududlar, tarmoq va sohalar kesimida aholi bandligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish va monitoring qilish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishni tashkil etish va ish beruvchilar bilan bog‘lash;
kambag‘allikni qisqartirish — kambag‘allik dinamikasi va tarkibini tahlil qilish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish individual rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etish va ijrosini muvofiqlashtirish, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni joylarga chiqqan holda o‘rganish hamda natijasi bo‘yicha “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) har oyda ma’lumot kiritib borish;
hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish — mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) faoliyatini uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalar bilan ishlash ko‘nikmasi va malakasini oshirib borishni doimiy tahlil qilish, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va baholash, faoliyatida aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, malakani baholash — xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda xorijda tan olinadigan kasbiy standartlarni ishlab chiqish, talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish, standartlar asosida malakani baholash xizmatlari bozorini tartibga solish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish;
munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat me’yorlariga rioya etilishini o‘rganish, mehnat huquqini ta’minlash hamda mehnatni muhofaza qilish — munosib mehnat tamoyillari va xalqaro standartlarni joriy etish, mehnat munosabatlarini tartibga solishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, mehnat huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash.
3. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatilsin hamda uning shtat birliklari, vazifalari, funksiyalari va mol-mulki Vazirlik tasarrufiga o‘tkazilsin.
4. Vazirlik Respublika komissiyasining ishchi organi sifatida quyidagilarni amalga oshirsin:
oilalarni kambag‘allikdan chiqarish individual rejalarining to‘g‘ri, maqsadli, manzilli tuzilganligi va natijadorligini hamda eng og‘ir ahvoldagi mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tahlil qiladi;
individual rejalarning ijrosini muvofiqlashtiradi, zarur hollarda, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali samarali natijaga erishilishini ta’minlaydi;
individual rejalarni amalga oshirishda aniqlangan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal qiladi hamda tizimli muammolar yechimi bo‘yicha takliflarni Respublika komissiyasiga kiritadi;
kambag‘al oilalarga va eng og‘ir ahvoldagi mahallalarga biriktirilgan tashkilotlar rahbariyatining faoliyati samaradorligini monitoring qiladi.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
a) Vazirlik hududiy bo‘linmalarining kambag‘allikni qisqartirish va kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati loyihaviy yondashuv tamoyili asosida tashkil etiladi;
b) kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan tuman (shahar) yoki mahalla bo‘yicha aniq chora-tadbirlardan iborat loyihaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda eng og‘ir ahvoldagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan tomorqalarni sug‘orish suvi, mahallalarni elektr energiyasi va internet bilan uzluksiz ta’minlash mablag‘lari Vazirlikning aniq loyihalari bo‘yicha ajratiladi;
v) Vazirlikning hududiy bo‘linmalariga quyidagi vakolatlar beriladi:
tuman (shahar) hokimligi, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan uch tomonlama shartnoma tuzish;
uch tomonlama shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish va uning shartlari bajarilmagan taqdirda, infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning ajratilishini to‘xtatish;
g) mahallalarda infratuzilmani yaxshilash loyihalari va davlat tomonidan tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar Vazirlik taklifiga binoan Respublika komissiyasi tomonidan taqsimlanadi.
6. Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish orqali kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha Vazirlik:
uch oy muddatda ijobiy natija bergan “100 ta eng samarali mikroloyiha” katalogini yaratsin hamda hokim yordamchilari orqali respublikaning barcha hududlarida ommalashtirish choralarini ko‘rsin;
2025-yil 1-dekabrga qadar 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50 — 100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog‘ va uzumzorlar tashkil etsin;
2025-yil 1-dekabrga qadar ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalarni amalga oshirsin;
2026-yil 1-avgustga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kamida ikkitadan ko‘p qavatli kompleks sanoat markazlarini barpo etish va tadbirkorlarni joylashtirish loyihalarini amalga oshirsin;
sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirsin;
har yili kamida 500 ta hunarmandchilik va kasanachilik loyihalarini mahallaning o‘zida joriy etish hamda kengaytirish choralarini ko‘rsin;
2025-yil 1-dekabrga qadar 2 000 ta mahallada, 2026-yil yakuniga qadar qolgan mahallalarda salohiyatli tadbirkorlar, eksportyorlar va brokerlar bilan hamkorlikda yetakchi tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
2025-yildan boshlab yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning tegishli tarmoq va sohalariga ixtisoslashgan mahallalar sonini har yili 10 foizga oshirib borsin;
har yili 50 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni bosqichma-bosqich kichik biznes subyektlariga aylantirish choralarini ko‘rsin.
7. Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish orqali kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilansinki, Vazirlikda yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisidan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi. Bunda:
“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi har bir hokim yordamchisi samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tuman (shahar)larga biriktiriladi va ular olti oygacha mazkur tuman (shahar)lardagi mahallalarga xizmat safariga yuboriladi;
xizmat safari davomida “Loyiha menejerlari” guruhidagi hokim yordamchilari, ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlar saqlab qolingan holda, lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi;
“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi hokim yordamchilarining xizmat safari va ularni moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hokim yordamchilarini qonunchilikda ularga yuklatilgan vazifalardan tashqari boshqa ishlarni bajarishga jalb etish taqiqlanganligi qayd etilsin.
9. Ishsiz va kambag‘al aholini ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qitish tizimini tashkil etish maqsadida:
a) Vazirlik huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etilsin;
b) Vazirlik kasbiy ko‘nikmalar markazlarida:
2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar yo‘lga qo‘yilishini;
2025-yil 1-martdan boshlab amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribaning joriy etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
2025-yil 1-maydan boshlab xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini;
(9-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
2026-yil 1-yanvarga qadar kasbiy ko‘nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
2026-yil yakuniga qadar malakali xorijiy tashkilotni jalb qilgan holda xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy malakani baholovchi markazni tashkil qilsin va ushbu markazda xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berishni yo‘lga qo‘ysin;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
v) Vazirlikka quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
kasbiy ko‘nikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini jihozlari bilan birga ularda kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish kurslarini hamda dual ta’lim tashkil qilish sharti bilan ish beruvchilarga va ta’lim tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida 15 yilgacha muddatga ijaraga yoki tekin foydalanishga berish;
(9-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
kasbiy ko‘nikmalar markazlarini sohada yetarli tajribaga ega mahalliy va xorijiy tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ishonchli boshqaruvga berish;
xalqaro tan olingan kasb standartlarini ishlab chiqish uchun yuqori malakali xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) kasbiy ko‘nikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini ijara yoki tekin foydalanishga olgan ish beruvchilar va ta’lim tashkilotlariga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) va bo‘sh yer uchastkalarida qo‘shimcha bino-inshootlarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qo‘llash majburiyatisiz qurish huquqi berilsin va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinsin. Bunda:
ijara yoki tekin foydalanishga olingan hamda qo‘shimcha qurilgan bino-inshootlarda ta’lim jarayoni bilan uyg‘un faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
ijara va tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda investorlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash xarajatlari ularga qaytarilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
10. Quyidagilar:
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida tashkil etiladigan kasbiy ko‘nikmalar markazlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari 3-ilovaga muvofiq;
Tugatilayotgan hamda bino va inshootlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilayotgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Vazirlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2025-yil 1-sentabrdan respublikaning boshqa hududlarida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni buyurtma asosida davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari hamda ish beruvchilarni jalb qilgan holda o‘qitish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni buyurtma asosida o‘qitish doirasida:
Vazirlik tomonidan talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillar ro‘yxati hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xususiy o‘quv markazlarining reyestri shakllantiriladi;
kasblar va xorijiy tillarga o‘qitish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan grantlar qiymati Vazirlik tomonidan belgilanadi;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarga ro‘yxatda belgilangan kasb va xorijiy tillarni hamda ularni o‘qitadigan ta’lim tashkilotlari yoki ish beruvchilarni mustaqil tanlash huquqi beriladi;
ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilarga grant mablag‘larining 50 foizgacha miqdori o‘qish boshlanishidan oldin, qolgan qismi o‘qish yakuni bo‘yicha ishsiz aholi tomonidan yakuniy imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda to‘lanadi.
12. Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar tekshiruv boshlangan paytdan boshlab Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda o‘tkaziladi;
b) 2025-yil 1-martdan boshlab:
Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi;
mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan, Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashgan, to‘sqinlik qilgan yoki ta’sir o‘tkazgan shaxslarga nisbatan jarima qo‘llash tartibi joriy etiladi;
Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ma’lumotlaridan foydalangan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan obyektlardagi ishchilar sonining loyiha-smeta hujjatlari hamda pudrat ishlari hajmiga muvofiqligi yuzasidan nazorat tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi;
v) huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalarining xodimlarini bir oyda jami 10 ish kunidan ortiq muddatga tekshiruvlar o‘tkazishga jalb qilish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga (tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga o‘tkazilgan bo‘limlardan tashqari) amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolingan holda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
(12-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-son qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
13. Vazirlik 2025-yil 1-aprelga qadar:
a) Milliy vakansiyalar bazasida mamlakatdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini, talab yuqori bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarni aniqlash, taklif etilayotgan ish haqi, talab qilinadigan malaka talablari, mehnat sharoitlari, ish vaqti rejimi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan platformani ishga tushirsin;
b) Yagona milliy mehnat tizimi orqali:
ish beruvchilar va xodimlarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
yangi uslubiyot asosida qisqa va o‘rta muddatlarda kasb hamda mutaxassisliklarga bo‘lgan talabning prognozlarini shakllantirsin;
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda mehnat resurslari hisobi va statistikasini yuritsin;
v) aholiga bandlik xizmatlarini eksterritorial tarzda ko‘rsatish tartibini ishlab chiqsin. Bunda ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarga ishga joylashtirish yo‘llanmasini istalgan bandlik organlari orqali berish nazarda tutilsin.
14. Belgilansinki, ichki mehnat bozorini himoya qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolar hisobini yuritish maqsadida yuridik shaxslarga va xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlik bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berganlik uchun undiriladigan yig‘imlar summasining taqsimoti bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
15. Vazirlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Mehnat bozori tadqiqotlari institutini Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti zimmasiga respublikada demografik o‘zgarishlar, mehnat bozorida vujudga kelayotgan tendensiyalar, ixtisosliklar bo‘yicha mehnat resurslariga nisbatan talab va ehtiyojlar hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish vazifalari yuklatiladi.
16. Quyidagilar:
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini rag‘batlantirish shartlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida davlat muassasalari shaklida tashkil etilgan Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari yuridik shaxs maqomi tugatilgan holda Vazirlikka o‘tkazilsin.
Belgilansinki:
hududiy jamg‘armalarning ijro etuvchi direksiyalari tugatiladi hamda hududiy jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish va yuritish vazifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan amalga oshiriladi;
hududiy jamg‘armalar mablag‘lari amaldagi yo‘nalishlarga qo‘shimcha ravishda “Loyiha menejerlari” guruhi tomonidan yuqori samara bergan ijobiy tajribalarni boshqa hududlarda joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish, yetakchi tadbirkorlar va usta dehqonlarni jalb etishga sarflanadi.
18. Belgilansinki, xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash hamda mehnat muhofazasini ta’minlash maqsadida:
2025-yil 1-yanvardan boshlab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilishni kuchaytirish, ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat sohasidagi nizolarni hal etishni mediatsiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi joriy etiladi;
2025-yil 1-martdan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta’minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi;
2026-yil 1-yanvarga qadar ish joylaridagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi standartlari ishlab chiqiladi.
19. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining inson resurslari bilan ishlashga mas’ul tarkibiy tuzilmalarining rahbar va xodimlari har uch yilda kamida bir marta mehnat munosabatlarini tashkil etish bo‘yicha Vazirlik huzuridagi malaka oshirish markazida shartnoma asosida malakasini oshirib boradi.
20. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga quyidagi vakolatlar berilsin:
vazir maslahatchilari, hududiy boshqarmalar, Vazirlik huzuridagi tashkilotlar, hududiy inspeksiya rahbari va o‘rinbosarlarini mustaqil tarzda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish. Bunda hududiy boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishiladi;
Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilash hamda nazoratini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
2026-yil 1-yanvarga qadar Vazirlikka tegishli jamg‘armalar hisobidan va o‘z hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik tizimidagi tashkilotlar shtat birliklarini, rahbar va xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda moddiy rag‘batlantirish shartlarini va miqdorlarini mustaqil belgilash.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
21. Vazirlik Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-oktabr,
PQ-347-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
1-ILOVA
Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish orqali kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha hududlar kesimidagi
maqsadli ko‘rsatkichlar

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Jami

Hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Sirdaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Farg‘ona viloyati

Xorazm viloyati

Toshkent shahri

1.

Ijara asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog‘ va uzumzorlar tashkil etish.

167

16

15

12

12

14

6

11

14

9

14

15

18

11

-

1.1.

2025-yil 1-dekabrga qadar

50

5

4

4

4

4

2

3

4

3

4

4

6

3

0

1.2.

2026-yil davomida

117

11

11

8

8

10

4

8

10

6

10

11

12

8

0

2.

Ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tuman (shahar)larda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalarni amalga oshirish.

6680

640

600

480

480

560

240

440

560

360

560

600

720

440

0

3.

Har bir viloyatda kamida ikkitadan yirik ko‘p qavatli kompleks sanoat markazlarini barpo etish va tadbirkorlarni joylashtirish.

28

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

4.

Sanoat kirib bormagan mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish.

3 000

144

288

173

98

261

105

250

357

76

230

326

338

168

186

4.1.

2025-yil 1-dekabrga qadar

1 000

48

96

58

33

87

35

83

119

25

77

109

113

56

61

4.2.

2026-yil davomida

2 000

96

192

115

65

174

70

167

238

51

153

217

225

112

125

5.

Har yili hunarmandchilik va kasanachilik loyihalarini mahallaning o‘zida joriy etish hamda kengaytirish choralarini ko‘rish.

500

41

39

31

32

38

26

34

38

26

36

53

46

31

29

6.

Mahallalarda salohiyatli tadbirkorlar, eksportyorlar va brokerlar bilan hamkorlikda yetakchi tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

4 122

198

398

237

136

359

144

344

492

105

316

447

464

231

251

6.1.

2025-yil 1-dekabrga qadar

2 000

96

193

115

66

174

70

167

239

51

153

216

225

112

123

6.2.

2026-yil davomida

2 122

102

205

122

70

185

74

177

253

54

163

231

239

119

128

7.

Har yili o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni bosqichma-bosqich kichik biznes subyektlariga aylantirish choralarini ko‘rish.

50 000

2 727

4 621

2 783

2 017

4 847

1 471

4 175

5 730

1 231

3 869

4 155

5 530

2 717

4 127

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
2-ILOVA
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida tashkil etiladigan kasbiy ko‘nikmalar markazlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tuman (shahar) nomi

Negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil qilinayotgan muassasalar nomi

Kasbiy ko‘nikmalar markazi nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Nukus shahri

Nukus shahar “Ishga marhamat” monomarkazi

Nukus shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

2.

Ellikqal’a tumani

Ellikqal’a kasb-hunarga o‘qitish markazi

Ellikqal’a tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

3.

Taxiatosh tumani

Taxiatosh kasb-hunarga o‘qitish markazi

Taxiatosh tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

4.

Nukus tumani

Nukus kasb-hunarga o‘qitish markazi

Nukus tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Andijon viloyati

5.

Andijon shahri

Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Andijon shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

6.

Shahrixon tumani

Shahrixon kasb-hunarga o‘qitish markazi

Shahrixon tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

7.

Asaka tumani

Asaka kasb-hunarga o‘qitish markazi

Asaka tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

8.

Qo‘rg‘ontepa tumani

Qo‘rg‘ontepa kasb-hunarga o‘qitish markazi

Qo‘rg‘ontepa tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Buxoro viloyati

9.

Buxoro shahri

Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Buxoro shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

10.

Jondor tumani

Jondor kasb-hunarga o‘qitish markazi

Jondor tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

11.

Romitan tumani

Romitan kasb-hunarga o‘qitish markazi

Romitan tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Jizzax viloyati

12.

Jizzax shahri

Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Jizzax shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

13.

Zafarobod tumani

Zafarobod kasb-hunarga o‘qitish markazi

Zafarobod tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Qashqadaryo viloyati

14.

Qarshi shahri

Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Qarshi shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

15.

Kasbi tumani

Kasbi kasb-hunarga o‘qitish markazi

Kasbi tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

16.

Dehqonobod tumani

Dehqonobod kasb-hunarga o‘qitish markazi

Dehqonobod tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

17.

Ko‘kdala tumani

Ko‘kdala tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Ko‘kdala tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

18.

Qamashi tumani

Qamashi kasb-hunarga o‘qitish markazi

Qamashi tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

19.

Shahrisabz shahri

Shahrisabz shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)

Qashqadaryo viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi

Navoiy viloyati

20.

Navoiy shahri

Navoiy shahri “Ishga marhamat” monomarkazi

Navoiy shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

21.

Uchquduq tumani

Uchquduq tuman kasb-hunarga o‘qitish markazi

Uchquduq tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

22.

Nurota tumani

Nurota tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Nurota tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Namangan viloyati

23.

Namangan shahri

Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Namangan shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

24.

Namangan tumani

Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazi

Namangan tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

25.

To‘raqo‘rg‘on tumani

To‘raqo‘rg‘on kasb-hunarga o‘qitish markazi

To‘raqo‘rg‘on tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

26.

Uchqo‘rg‘on tumani

Uchqo‘rg‘on kasb-hunarga o‘qitish markazi

Uchqo‘rg‘on tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Samarqand viloyati

27.

Samarqand shahri

Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Samarqand shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

28.

Kattaqo‘rg‘on shahri

Kattaqo‘rg‘on shahri “Ishga marhamat” monomarkazi

Kattaqo‘rg‘on shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

29.

Bulung‘ur tumani

Bulung‘ur kasb-hunarga o‘qitish markazi

Bulung‘ur tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

30.

Ishtixon tumani

Ishtixon kasb-hunarga o‘qitish markazi

Ishtixon tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

31.

Jomboy tumani

Jomboy kasb-hunarga o‘qitish markazi

Jomboy tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

32.

Samarqand shahri

Samarqand ishsizlarni kasb- hunarga o‘qitish markazi (KOICA)

Samarqand viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi

Surxondaryo viloyati

33.

Angor tumani

Angor tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Angor tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

34.

Denov tumani

Denov “Ishga marhamat” monomarkazi

Denov tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

35.

Sherobod tumani

Sherobod kasb-hunar o‘qitish markazi

Sherobod tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

36.

Sariosiyo tumani

Sariosiyo kasb-hunarga o‘qitish markazi

Sariosiyo tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

37.

Sho‘rchi tumani

Sho‘rchi kasb-hunarga o‘qitish markazi

Sho‘rchi tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

38.

Qiziriq tumani

Qiziriq kasb-hunarga o‘qitish markazi

Qiziriq tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Sirdaryo viloyati

39.

Guliston shahri

Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Guliston shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

40.

Oqoltin tumani

Oqoltin kasb-hunarga o‘qitish markazi

Oqoltin tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

41.

Sardoba tumani

Sardoba tumani “Ishga marhamat” monomarkazi

Sardoba tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

42.

Sayxunobod tumani

Sayxunobod kasb-hunarga o‘qitish markazi

Sayxunobod tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

43.

Xovos tumani

Xovos kasb-hunarga o‘qitish markazi

Xovos tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Toshkent viloyati

44.

Oqqo‘rg‘on tumani

Oqqo‘rg‘on tumani “Ishga marhamat” monomarkazi

Oqqo‘rg‘on tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

45.

Qibray tumani

Qibray kasb-hunarga o‘qitish markazi

Qibray tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

46.

Bekobod shahri

Bekobod shahar kasb-hunarga o‘qitish markazi

Bekobod shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

47.

Piskent tumani

Piskent “Ishga marhamat” monomarkazi

Piskent tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

48.

Bekobod tumani

Bekobod kasb-hunarga o‘qitish markazi

Bekobod tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

Farg‘ona viloyati

49.

Farg‘ona shahri

Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Farg‘ona shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

50.

O‘zbekiston tumani

O‘zbekiston tuman kasb-hunarga o‘qitish markazi

O‘zbekiston tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

51.

Buvayda tumani

Buvayda tumani “Ishga marhamat” monomarkazi

Buvayda tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

52.

Farg‘ona tumani

Farg‘ona tuman kasb-hunarga o‘qitish markazi

Farg‘ona tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

53.

Quva tumani

Quva tuman kasb-hunarga o‘qitish markazi

Quva tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

54.

Farg‘ona shahri

Farg‘ona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)

Farg‘ona viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi

Xorazm viloyati

55.

Urganch shahri

Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi

Urganch shahri kasbiy ko‘nikmalar markazi

56.

Xonqa tumani

Xonqa kasb-hunarga o‘qitish markazi

Xonqa tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

57.

Qo‘shko‘pir tumani

Qo‘shko‘pir kasb-hunarga o‘qitish markazi

Qo‘shko‘pir tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

58.

Yangibozor tumani

Yangibozor kasb-hunarga o‘qitish markazi

Yangibozor tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

59.

Tuproqqal’a tumani

Tuproqqal’a kasb-hunarga o‘qitish markazi

Tuproqqal’a tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

591.

Urganch shahri

Xorazm viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi

Toshkent shahri

60.

Yashnobod tumani

Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazi

61.

Shayxontohur tumani

Toshkent shahar Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazi

Shayxontohur tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

62.

Olmazor tumani

Olmazor kasb-hunarga o‘qitish markazi

Olmazor tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

64.

Yunusobod tumani

Toshkent Kreativ texnologiyalar markazining bir qismi

(sobiq Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji)

Yunusobod tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi

65.

Sirg‘ali tumani

Toshkent shahar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)

Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi

Izoh: “Ishga marhamat” monomarkazlarining filiallari qayta tashkil etilayotgan kasbiy ko‘nikmalar markazlarining filiallar sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Kasbiy ko‘nikmalar markazlari ijaraga yoki tekin foydalanishga berilganda Vazirlik mazkur markazlar faoliyatini tugatish vakolatiga ega.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
3-ILOVA
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari
1) fuqarolarni ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy tillarga o‘qitish;
2) xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni xorijiy ish beruvchilar talabi va xalqaro standartlar asosida kasb-hunarga tayyorlash va chet tillarga o‘qitish, ularni xorijga ketishidan oldin moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
3) xorijiy ish beruvchilar tanlovlarini o‘tkazish va ularga xorijda ishlash uchun talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
4) ish beruvchilar bilan ishchi kasblarga bo‘lgan ehtiyojlari va malaka talablarini o‘rganish hamda kasb-hunarga tayyorlashda hamkorlik qilish;
5) ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish;
6) ish beruvchilarga mehnat unumdorligini oshirish uchun kerakli kasblarni aniqlashda hamda xodimlarining malakasini oshirishda ko‘maklashish;
7) ishchi kasblar bo‘yicha kasbiy malakani baholash va tasdiqlash;
8) ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish, maslahatlar berish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
4-ILOVA
Tugatilayotgan hamda bino va inshootlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilayotgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari
RO‘YXATI

T/r

Tuman (shahar) nomi

Muassasalar nomi

Andijon viloyati

1.

Ulug‘nor tumani

Ulug‘nor kasb-hunarga o‘qitish markazi

2.

Bo‘ston tumani

Bo‘ston kasb-hunarga o‘qitish markazi

Buxoro viloyati

3.

Qorako‘l tumani

Qorako‘l kasb-hunarga o‘qitish markazi

Jizzax viloyati

4.

Mirzacho‘l tumani

Mirzacho‘l kasb-hunarga o‘qitish markazi

Namangan viloyati

5.

Yangiqo‘rg‘on tumani

Yangiqo‘rg‘on kasb-hunarga o‘qitish markazi

6.

Pop tumani

Pop tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Toshkent viloyati

7.

Piskent tumani

Piskent kasb-hunarga o‘qitish markazi

Izoh. Kasb-hunarga o‘qitish markazlarining bino va inshootlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga belgilangan tartibda o‘tkazilganidan so‘ng, ularni tugatish ishlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
5-ILOVA
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari

(14)

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kasbiy ko‘nikmalar markazlari

Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari

(208)

Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti

“Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ

Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi

Toshkent shahridagi xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji

Hokim yordamchilari

(9 445)

 

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi

Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari

Jami boshqaruv xodimlari soni 3 234 nafar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
6-ILOVA
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Bajariladigan chora-tadbirlarning pirovard natijasi

I. Aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish borasida

1.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholiga bandlik xizmatlarining mahalla darajasida ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, bandlik xizmatlarini ko‘rsatishda yagona hisobot yuritish tizimini joriy etish.

Bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalarni mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) tomonidan berish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)

Quyidagilar:

mahallaning o‘zida fuqaro murojaatini hisobga olish va bandlik xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi;

xizmat ko‘rsatilgan fuqarolarning manzilli ro‘yxati va yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlar shakllanadi;

ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha yagona tizim hamda yagona elektron baza shakllanadi. Mehnat bo‘limlarining ish samaradorligini baholash bo‘yicha aniq normalar belgilanadi.

2.

Ish beruvchilar tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish o‘rinlarini shakllantirishda ish o‘rniga qo‘yiladigan malakaviy va boshqa talablarni kiritishni majburiy etib belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil mart

Vazirlik

Milliy vakansiyalar bazasiga kiritilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha malaka talablari va boshqa ma’lumotlar to‘liq shakllanadi va ish qidiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rni to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkoni yaratiladi.

3.

Aholiga bandlik xizmatlarini ko‘rsatishda “Barchaga ish” tamoyili asosida mavjud avtomatlashtirilgan tizimlarni takomillashtirish.

Bunda aholining barcha qatlamlari, jumladan yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensionerlar hamda kam uchraydigan kasblar (mutaxassisliklar)ni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Vazirlik

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar asosida ish beruvchilar uchun munosib nomzodlarni aniqlash va aholining barcha qatlamlarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ortadi.

4.

Mehnat bozoriga kirib keluvchi fuqarolarning bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda mahallalar kesimida manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlik va idoralar o‘z axborot tizimlarini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilgan holda manzilli ma’lumotlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami bilan birga real vaqt rejimida taqdim etib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik, manfaatdor vazirlik va idoralar

Aholi bandligi ta’minlanadi, kambag‘allik darajasi qisqartiriladi.

II. Kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida

5.

“Mahalla yettiligi” tomonidan integratsiyalashgan yagona platformada “Individual dastur”ni tuzish orqali ehtiyojmand oilalar muammolarini hal etish asosida kambag‘allikdan chiqarish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Vazirlik,

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Soliq qo‘mitasi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

Kambag‘al oilalarning muammolarini hal etishda kompleks yondashuv joriy etiladi.

6.

Xitoy Xalq Respublikasining Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligining texnik va moliyaviy yordami bilan amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.

Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini kelishish va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.

Kelishuv

2025-yil davomida

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Manzilli ro‘yxat asosida ishlab chiqiladigan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

7.

Hokim yordamchilarining malaka talablari muvofiqligini o‘rganish va tegishli hokimliklarga takliflar kiritish hamda ularning malakasini doimiy ravishda oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlik,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

tuman (shahar) hokimlari

Hokim yordamchilari lavozimlari malakali kadrlar bilan ta’minlanadi.

8.

O‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishayotgan hokim yordamchilarining 200 nafarini Xitoy Xalq Respublikasiga amaliyot o‘tashga yuborish

Amaliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganiladi va amaliyotga joriy etiladi.

9.

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangunga qadar Jamoat ishlari jamg‘armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armalarining amaldagi moliyalashtirish tartiblari saqlab qolinadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil dekabr

Vazirlik,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Maqsadli jamg‘armalardan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish orqali kambag‘allikni qisqartirishga erishiladi.

III. Zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali o‘rta bo‘g‘in ishchilarini tayyorlash borasida

10.

Kasbiy ko‘nikmalar markazlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda quyidagi qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutish:

xorijga ishchi kuchini tayyorlash, o‘quv kursi tinglovchilariga xalqaro namunadagi sertifikatlar taqdim etish, ish beruvchilar tanlovlarini o‘tkazish hamda tashkiliy ravishda xorijga yuborishni bir joydan amalga oshiruvchi sodda va shaffof tizimni o‘z ichiga olgan “bandlik klasteri”ni;

o‘quv kurslarida chinakam ish o‘rni muhiti va jarayonlari asosida amaliy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirib boruvchi “work-study” tajribasini;

ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi ekspress-kurslarni;

o‘quvchilar tomonidan kasb o‘rganish bilan birga, o‘z xohishlariga asosan xaridorgir mahsulotlar tayyorlab, ularni sotish orqali qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishni;

uzoq hududlardan kelib kasb o‘rganuvchi ishsiz fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yotoqxonalar fondini ko‘paytirishni.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil fevral

Vazirlik,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Kasbiy ko‘nikmalar markazlari faoliyatini tashkil etish, takomillashtirish va natijaga yo‘naltirilgan kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi.

11.

Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida mehnat bozoriga kirib kelgan yangi va zamonaviy kasblar, jumladan, quyosh panellarini o‘rnatish, elektromobillarni ta’mirlash, liftyor, interyer dizayneri va boshqa kasblar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

Innovatsion yondashuv asosida xomashyo xarajatlarini tejovchi virtual trenajyor-simulyatorlar, o‘quv va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy jihozlarni xarid qilish.

Elektron va video darsliklar bazasini kengaytirish va uni amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlik,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Kasb egallash istagidagi aholining zamonaviy kasblarni egallash va munosib daromadga ega bo‘lishi imkoniyati ortadi.

12.

Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida fuqarolarning xorijiy tillarni bilish darajasini xalqaro talablar asosida baholash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillarda

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun chet tilini bilish darajasini o‘quv muassasasining o‘zida aniqlash imkoniyati yaratiladi.

14.

Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida xalqaro va xorijda tan olinadigan kasb-hunar, xorijiy tillarga o‘qitish va sertifikatsiyalash tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda tajriba-sinov tariqasida:

a) Olmazor kasbiy ko‘nikmalar markazida:

Yaponiyaning AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi bilan hamkorlikda Yaponiya standartlari asosida yapon tili va o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash kurslarini;

santexnika yo‘nalishida Yevropa va Germaniyada tan olinadigan European Plumber Diploma kabi sertifikatsiyalash tizimini joriy etish;

b) Yunusobod kasbiy ko‘nikmalar markazida:

Germaniyaning KfW taraqqiyot banki granti evaziga Germaniya standartlari bo‘yicha o‘quv kurslarini;

lift va elevatorlarni o‘rnatish va ta’mirlash yo‘nalishida Yevropa va Germaniyada tan olinadigan European Elevator Specialist Diploma kabi sertifikatsiyalash tizimlarini joriy etish.

Yuqoridagi markazlarning barcha maydonlaridan samarali foydalanish, jumladan aholiga pullik xizmat ko‘rsatish va xorijiy tillarni bilish darajasini baholash va tasdiqlash tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillarda

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun kasb va xorijiy tillarni bilish darajasini o‘quv muassasasining o‘zida aniqlash imkoniyati yaratiladi.

IV. Mehnat huquqlarini ta’minlash borasida

15.

Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan 2025 — 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasida “Qurilish maydonlarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish.

Bunda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda qurilish tashkilotlarida xavfsizlik monitoringini o‘tkazish, xodimlarning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularning oldini olish borasida profilaktik chora-tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturi

2025-yil

iyul

Vazirlik,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Qurilish tashkilotlarida xavfsizlik monitoringi o‘tkaziladi, xodimlarning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar aniqlanadi hamda ularning oldini olish borasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

16.

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish.

Bunda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari talablaridan kelib chiqqan holda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartiblarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Korxonalar va tashkilotlarda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi talablarini belgilash, ushbu talablarga rioya etish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlar belgilanadi.

17.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari mehnatidan foydalanayotgan ish beruvchilarni aniqlash va ularni tegishli javobgarlikka tortish vakolatini Vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasiga o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil iyul

Vazirlik,

Ichki ishlar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura

Chet el fuqarolarining O‘zbekiston hududida noqonuniy mehnat faoliyatini olib borishi bartaraf etiladi.

V. Sohada axborotlashtirish tizimini takomillashtirish borasida

18.

“Raqamli ekotizim”ning mobil ilovasini yaratish va fuqarolarning shaxsiy kabinetini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Vazirlik,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Fuqarolarning bandlik va mehnat migratsiyasi sohasidagi xizmatlardan yagona nuqtadan turib foydalanish imkoniyatlari yaratiladi va fuqarolarning xizmatlardan qoniqish darajasi oshadi.

19.

Mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” tizimini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Vazirlik,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ish beruvchilarning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar mehnat qonunchiligi standartlariga rioya etishi elektron baholanadi, ular toifalarga ajratiladi va asossiz mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan bo‘shatish, oylik ish haqlarini asossiz kechiktirish kabi holatlarning oldi olinadi.

VI. Vazirlik va tizim va tizim tashkilotlari faoliyatini tartibga solish borasida

20.

Vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlik hamda hududiy bo‘linmalar va tarkibiy tashkilotlarning birlashtirilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ularning tegishli sohalardagi vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi.

Bir-birini takrorlovchi hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan funksiyalar chiqarib tashlanadi.

21.

Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning mansabdor shaxslari vazifa va funksiyalari, vakolatlari takomillashtiriladi.

22.

Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi markazi” davlat muassasasini tashkil etish bo‘yicha takliflarni kiritish. Bunda:

mehnat xavfsizligi va gigiyenasi sohasida standartlar va dasturlarni ishlab chiqish;

mehnatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi sohasida rahbar va mutaxassislarning bilimlarini tekshirish va sertifikat berish;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;

ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda yangi tashkil etilayotgan markazga vazifalar belgilash nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil mart

Vazirlik,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini joriy etish orqali munosib mehnat sharoitlari yaratiladi.

Har bir baxtsiz hodisalar tahlil qilinib, oldini olish choralari ko‘riladi.

23.

O‘zbekistonning 2024 — 2027-yillar uchun Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashi a’zoligiga saylanganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasida qo‘shimcha 1 ta shtat birligidan iborat XMTning Jenevadagi shtab-kvartirasi bilan doimiy aloqalar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan lavozim joriy etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Shtat birligini joriy etish natijasida Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashi a’zoligidagi O‘zbekiston Hukumatining vazifalari bajariladi.

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
7-ILOVA
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini rag‘batlantirish shartlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlariga davlat organlari va tashkilotlaridagi ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmda har oyda ustamalar to‘lanadi:
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan yuqori — 1,5.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan har oylik ustamalar tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy bo‘linmalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari:

Lavozim nomi

Razryadlar

Guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo‘linmalari

Vazir / Boshqarma boshlig‘i

16

16

15

14

Vazir / Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

16 — 3%

15 — 3%

14 — 3%

13 — 3%

Vazir / Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

15 — 5%

15 — 5%

14 — 5%

13 — 5%

Bo‘lim boshlig‘i, bosh hisobchi

14

13

12

11

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, sho‘ba mudiri

14 — 5%

13 — 5%

12 — 5%

11 — 5%

Bosh mutaxassis

12

12

11

10

Yetakchi mutaxassis

11

11

10

9

Mutaxassis

10

10

9

8

Tuman (shahar) hududiy bo‘linmalari

Lavozim nomi

Razryadlar

Ma’muriy markazlar va Toshkent shahar tumanlari

Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar

Qishloq tumanlari

Bo‘lim boshlig‘i

14

13

13

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

13

12

11

Sho‘ba mudiri, bosh hisobchi

13 — 5%

12 — 5%

11 — 5%

Bosh mutaxassis

12

11

10

Yetakchi mutaxassis

11

10

9

Mutaxassis

10

9

8

Izoh: Davlat mehnat huquq inspektorlari va Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektorlariga tegishli bosh mutaxassisning razryadlari qo‘llaniladi.
4. Vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini tegishliligi bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha rag‘batlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishgan yutuqlariga qarab hamda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan saqlanadigan “Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti”ning rahbar va xodimlariga mazkur ilovaning 1 va 2-bandlarida belgilangan shartlar tatbiq etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 07/24/347/0776-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)