Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 16-avgustdagi 101-son “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401, 2004-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 398-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 6-apreldagi 28-son “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401-1, 2010-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 144-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 14-iyuldagi 65-son “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401-2, 2015-yil 21-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 387-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 98-son “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401-3, 2017-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 715-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 21-son “Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401-4, 2019-yil 6-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/1401-4/2716-son).