1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
ASOSIY VOSITALARNI BALANSDAN CHIQARISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1401-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 30-yanvardagi 230-sonli ““Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1401-5, 07.02.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 578-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004-yil 16-avgustdagi 101-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401, 2004-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.