Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 16-avgustdagi 101-son
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401, 2004-y., 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 34-35-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1 va 2-ilovalardan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“Bosh buxgalter (buxgalter)” degan soʻzlar “Buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs (buxgalter)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.