toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
PF-227-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili institutini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi PF-5037-son Farmonining 31-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5468-son Farmoni 2-bandi “b” kichik bandining beshinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 48-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmonining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5992-son Farmoniga 2-ilovada:
10-pozitsiyada “Ijro muddati” ustunidagi “2023” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin;
11-pozitsiyada “Ijro muddati” ustunidagi “2022 — 2024-yillar” soʻzlari “2022 — 2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyada “Ijro muddati” ustunidagi “2022-2023-yillar” soʻzlari “2022 — 2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6024-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 6.7-bandida:
“v” kichik banddagi “2024” raqami “2030” raqami bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “8 500” raqami “7 000” raqami bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “1 687” raqami “1 693” raqami bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasiga ilovada:
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4.

Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi:

nasos stansiyalari agregatlarini energiya tejamkor nasos agregatlariga almashtirish

dona

732

895

1 058

1 658

2 482

%

13,8

16,9

20

32,3

46,9

nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangisiga almashtirish

dona

1 627

1 841

2 060

2 906

3 727

%

30,7

34,8

38,9

56

70,5

nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirib borish

mlrd kVt.s

8,0

7,6

7,3

7,0

6,0

”;

11-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

11.

Suv xoʻjaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun “Smart Water” (“Aqlli suv”) tizimini joriy etish

dona

61

151

3 250

12 000

18 576

”;

13 va 14-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

13.

Meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkazish

dona

66

2 000

4 022

6 985

27 270

%

0,25

7,3

30

50

100

14.

Nasos stansiyalarida elektr energiyasi isteʼmoli va suv miqdorini “onlayn” rejimda monitoring qilish tizimini joriy etish

dona

-

100

327

1 700

1 821

%

-

4,6

15

93

100

”;

quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga Suv xoʻjaligi vazirligining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlik kiritilishi mumkin”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmonida:
13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 20 foiz miqdorida ustama belgilash yoʻlga qoʻyilsin”;
1-ilovaning 6-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar” soʻzlari “Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6110-son Farmonida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-ilovaning izoh qismi toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 5-ilovaning 44-pozitsiyasida “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “2024-yil IV chorak” soʻzlari “2025-yil II chorak” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-son Farmonida:
a) quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Belgilab qoʻyilsinki:
a) birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan:
har yili 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan hududlar, tuman (shahar)larga taqsimlangan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlar;
har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasigacha moliya yili davomida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratilgan subsidiyalar boʻyicha hudud, tuman (shahar)lar kesimidagi maʼlumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etib boriladi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, shuningdek, kelgusi yil uchun tuzilgan budjet loyihasi boʻyicha Hisob palatasi xulosalarining tegishli Xalq deputatlari kengashlarining majlislaridagi muhokamasida Hisob palatasi masʼullari ishtirok etishini tashkillashtiradi”;
v) 1-ilova quyidagi mazmundagi 41 va 42-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

41.

Budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlar smetasi, sarflangan mablagʻlar, shartnomalar (tovar/xizmatlarni yetkazib beruvchilar) hamda qabul qilingan tovarlar va xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

42.

Budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlar smetasi va ularga asosan amalga oshirilgan xarajatlar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish boʻyicha imzolangan shartnomalar hamda ular asosida qabul qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari,

davlat unitar korxonalari

”.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmonining 5-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga Davlat budjeti hisobidan saqlanadigan shtat birliklari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan saqlanadigan shtat birliklari uchun tegishli tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha ustamalar toʻlab borish tartibi joriy etilsin”;
b) uchinchi xatboshidagi “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6324-son Farmonida:
1 — 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ilovaning 1-bandi “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmonida:
a) 13-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 5-ilovaning 12-pozitsiyasida:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan” soʻzlari “Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari” soʻzlari “Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga 2-ilova 173-pozitsiyada “Amalga oshirish xarajatlari (moliyalashtirish manbalari)” ustunidagi “(davlat budjeti mablagʻlari hisobidan)” soʻzlari “(Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonida:
a) 8-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2023-yildan boshlab tuman (shahar) sektor shtablari joylashgan binolarning kamida bittadan xonasida oʻquv kurslarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratilsin”;
47, 88, 89, 97-pozitsiyalarda “Talab etiladigan mablagʻ va moliyaviy manba” ustunidagi “Hisob-kitoblarga asosan, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari hamda 86, 92-pozitsiyalarda “Talab etiladigan mablagʻ va moliyaviy manba” ustunidagi “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari “Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48 va 49-pozitsiyalarda “Talab etiladigan mablagʻ va moliyaviy manba” ustunidagi “, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari “respublika darajasidagi tadbirlar uchun respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
86-pozitsiyada “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Mahalla vazirligi, Moliya vazirligi” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning II boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-162-son Farmonining 4-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-228-son Farmonining 1-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-287-son Farmonining 2-bandida:
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “1 foizi miqdoridagi” soʻzlari “50 foizi miqdoridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandda “toʻlashdan ozod qilinadi” soʻzlari “hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
“Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “53 560”, “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “49 105” va “budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustunidagi “4 455” raqamlari tegishincha “53 724”, “49 263” va “4 461” raqamlari bilan almashtirilsin;
“1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimida:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “5 626” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “5 594” raqamlari tegishincha “5 766” va “5 734” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 287” raqami “1 147” raqami bilan almashtirilsin;
“12. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi “Sogʻliqni saqlash vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “586” raqami “590” raqami bilan almashtirilsin;
“13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” boʻlimi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3 980” raqami “4 119” raqami bilan almashtirilsin;
“17. Adliya vazirligi” boʻlimi “Adliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “3 632” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “1 877” raqamlari tegishincha “3 637” va “1 882” raqamlari bilan almashtirilsin;
“23. Madaniy meros agentligi” boʻlimi “Madaniy meros agentligi” pozitsiyasining “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “216” raqami “206” raqami bilan almashtirilsin hamda ushbu pozitsiyaning “budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustuni “10” raqami bilan toʻldirilsin;
“30. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” boʻlimi “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “586” raqami “582” raqami bilan almashtirilsin hamda ushbu pozitsiyaning “budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustunidagi “4” raqami chiqarib tashlansin;
Izohlar qismida:
5.9-kichik banddagi “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.10-kichik banddagi “Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik boshqarmasi” soʻzlari “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.20-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.20. Soliq qoʻmitasi tizimida Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi”;
b) 3-ilova I boʻlimining “Izohlar” qismida:
“v” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “korrupsiyaga qarshi kurashish,” soʻzlaridan keyin “ichki audit,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi, shu jumladan tuzilmasidagi qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqa organlar markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari tegishlicha vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir pogʻona past miqdorda qoʻllaniladi.
Bunda ushbu amaliyot markaziy apparat shtat jadvalida aks ettirilgan hududiy boʻlinmalar xodimlariga ham tatbiq etiladi”.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-76-son Farmonida:
4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
5-ilovaning 29-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-91-son Farmonida:
15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-ilovaning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmoniga 5-ilovaning 16-pozitsiyasi “Chora tadbirlar” ustunidagi “j” kichik bandi chiqarib tashlansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-190-son Farmonining 2-bandida:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoni 11-bandi “v” kichik bandining birinchi xatboshisida “2 million” soʻzlari “1 million” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmoni 2-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga (2 foiz — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJga, 3 foiz — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 5 foiz — Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga);
5 foizi — tuman va shaharlar soliq inspeksiyalari budjetdan tashqari jamgʻarmalariga;
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Bunda Soliq qoʻmitasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini sotish boʻyicha toʻlovlarni undirishga masʼul etib belgilansin.
Soliq qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” AJ bilan birgalikda 2025-yil 1-fevralga qadar oʻz maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini sotish boʻyicha har bir ijaraga oluvchi uchun shaxsiy kartochka hamda toʻlovlarning aniq hisobi yuritilishini taʼminlasin”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoniga 4-ilovaning 36-pozitsiyasida:
“Amaliy chora-tadbirlar” ustunidagi “ushbu sohaga sunʼiy intellektni joriy qilgan holda xarid komissiyalari faoliyatini tugatish,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil dekabr” soʻzlari “2025-yil mart” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-100-son Farmonida:
uchinchi xatboshida “ichki audit xizmatlari” soʻzlari “strategik rejalashtirishga masʼul tuzilmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshida “ichki audit xizmatlari” soʻzlari “tarkibiy boʻlinmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshida “ichki audit xizmatlari” soʻzlari “tarkibiy boʻlinmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyada:
“Ijro muddati” ustunidagi “yanvar” soʻzi “mart” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Masʼullar” ustuni 2-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar” soʻzlari “Xavflarni boshqarish qoʻmitalari tashkil etilishi belgilanayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-pozitsiyada:
“Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil noyabr” soʻzlari “2025-yil mart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 5-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “ichki audit xizmatlari” soʻzlari “barcha tarkibiy tuzilmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-140-son Farmonining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining:
2025-yil 1-yanvardan boshlab yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish;
2025-yil 1-iyuldan boshlab yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmonining 10-bandida:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2028-yil 1-yanvarga qadar tashabbuskorlar yangi bogʻlarni barpo etishda oʻz ehtiyojlari uchun xorijiy davlatlardan (qoʻshni davlatlardan tashqari) 3-ilovada nazarda tutilgan roʻyxatdagi payvandtagli mevali koʻchatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona bojlaridan ozod etiladi;
b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda Soliq kodeksiga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-168-son Farmonining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda idoralararo kollegial organlarning aʼzolari hisoblangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlariga idoralararo kollegial organlaridagi faoliyati uchun haq toʻlanishi taqiqlanadi”.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-200-son Farmoniga ilovaning 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblasin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)