toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlariga erishishda Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash uchun davlat moliyaviy nazoratini yanada kuchaytirish, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi vazirlik va idoralarda ichki audit tizimini takomillashtirish, shuningdek, jamoatchilik ishtiroki va nazoratini kengaytirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) Hisob palatasi tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosini tashqi auditdan oʻtkazish va natijasi boʻyicha tegishli xulosalarni tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
2025-yildan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yirik soliq toʻlovchilar faoliyatini auditdan oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
ijobiy xalqaro tajribadan kelib chiqib, strategik va axborot texnologiyalari auditi turlarini joriy etish;
b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuborish tartibini belgilash.
2. Belgilansinki:
a) 2024-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erishish dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholashdan oʻtkaziladi hamda natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hisobot kiritiladi.
Bunda, birinchi navbatda, quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha strategik islohotlarning amalga oshirilishi va natijadorligi, samaradorligi hamda milliy maqsad va vazifalarga erishishdagi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflar baholab boriladi:
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturlari ijrosi;
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi ijrosi;
Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi ijrosi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi natijalari, shuningdek, kelgusi yil uchun budjet loyihasini baholash boʻyicha Hisob palatasining xulosalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida Hisob palatasining masʼul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi;
v) 2025-yildan boshlab:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarni tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etadi. Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha soʻrovi va nazorati yoʻlga qoʻyiladi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjet dasturlarini (maqsadli indikatorlarni) ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy va boshqa xavflar roʻyxatini, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni hamda natijalari boʻyicha choraklik axborotni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib boradi;
g) har chorakda Hisob palatasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha taqdim etilgan axborotlar Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama qilib boriladi.
3. Ichki nazorat tizimlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuzilsin. Bunda, ushbu tashkilotlarning ichki audit xizmatlari qoʻmitalarning ishchi organi ham hisoblanadi.
Quyidagilar “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
strategik rejalashtirishga masʼul tuzilmalar tomonidan tizim faoliyati va maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishish bilan bogʻliq moliyaviy, operatsion hamda ichki nazoratga oid aniqlangan xavflarning roʻyxati shakllantirilishi va yangilab borilishini taʼminlash;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)

davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash hamda aniqlangan xavflarni bartaraf etish;

 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
xavflarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini samarali tashkil etish;
(3-band “a” kichik bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har chorak yakuni boʻyicha xavflarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha muhokama qilish;
(3-band “a” kichik bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
normativ-huquqiy hujjatlar va huquqni qoʻllash amaliyotidagi xavflarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi ziddiyatlarni bartaraf etish, tegishli normalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xavflarning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida hududiy soliq organlari xodimlari sonini maqbullashtirish hisobidan kamida 1-2 nafar xodimdan iborat ichki audit xizmatlari tashkil etilsin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hisob palatasi nazorat tadbirini amalga oshirish jarayonida nazorat obyektining ichki audit xizmati tomonidan oʻtkazilgan ichki audit tadbirlari sifatiga ham baho berib boradi;
Hisob palatasi oʻzining nazorat tadbirlari sifatini baholash tizimini yoʻlga qoʻyadi;
Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati beriladi;
ichki audit xizmatlari vazirlik va idoralar tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarni monitoring qilib boradi;
budjet tizimi budjetlarida takroriy va asossiz moliyaviy nazorat tadbirlari oʻtkazilishining oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi;
moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlari nazorat ishlarining yillik dasturlari (rejalari) va Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan risk-tahlillar asosida oʻtkaziladi. Bunda risk-tahlillar asosida bir oy muddatda nazorat ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida tegishli choralar ishlab chiqilmaganda yoki oʻrganish natijalari “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali Hisob palatasiga taqdim etilmagan yoxud oʻrganish sababsiz rad etilgan hollarda, Hisob palatasining taklifiga binoan davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari masʼul shaxslariga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qoʻllaniladi;
davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan vazirlik va idoralarga, istisno tariqasida, Markaziy bank va tijorat banklaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlarini oluvchilarning budjet va davlat qarzi mablagʻlarining harakatiga doir maʼlumotlarni markazlashgan tartibda soʻrab olish vakolati beriladi.
5. Davlat moliyaviy nazorati faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
a) Hisob palatasi xodimlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-sonli “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Masofaviy nazoratni amalga oshirish va xavflarni baholash axborot-tahlil shoʻbasi negizida “Big Data” texnologiyalari asosida katta hajmdagi maʼlumotlarning xavf (risk) tahlilini amalga oshiruvchi Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi (keyingi oʻrinlarda — Masofaviy nazorat markazi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish shoʻbasi, Xalqaro standartlar asosida davlat auditini tashkil etish shoʻbasi hamda Tadqiqot, ekspert-tahlil va oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda — Tadqiqot markazi) tashkil etilsin.
Quyidagilar:
mudofaa tizimi, shu jumladan mudofaa sanoati xarajatlari, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, bojxona xizmati va ichki tartibni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni auditdan oʻtkazish Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish shoʻbasining;
Oldingi tahrirga qarang.
ilgʻor xorijiy tajriba hamda metodologiyalar asosida davlat tashqi auditini tashkil etish, shu jumladan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yirik soliq toʻlovchilar faoliyatini auditdan oʻtkazish amaliyotini joriy etish Xalqaro standartlar asosida davlat auditini tashkil etish shoʻbasining;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
nazorat va tahliliy tadbirlarda aniqlangan muammolar va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish yuzasidan tahliliy axborotlar va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish Tadqiqot markazining asosiy vazifalari etib belgilansin;
b) Hisob palatasi raisiga davlat moliyaviy nazorati, davlat moliyasini boshqarish, xalqaro audit hamda tegishli boshqa sohalarda yetuk mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, tashkilotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
Hisob palatasining ushbu faoliyati Hisob palatasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilsin;
v) Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari va inspektorlari lavozimlariga ishga qabul qilishda buxgalter hamda (yoki) auditorlik yoxud huquq boʻyicha milliy va (yoki) xalqaro malaka sertifikatlariga ega boʻlgan shaxslarga ustuvorlik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi xodimlarining malakasini oshirish uchun xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqishga yuborish, shu jumladan, har yili kamida bir marotaba milliy taʼlim muassasalarida malaka oshirish va oʻquv kurslari xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etilsin yoki xorijda yoʻlga qoʻyilsin.
Bunda magistratura va doktorantura mutaxassisligi boʻyicha xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqishga yuboriladigan xodimlarning Hisob palatasida egallab turgan lavozimlari (oylik ish haqi toʻlovlari qisman hisoblangan holda) saqlab qolinishiga ruxsat etiladi.
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Hayʼati tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Davlat budjetining ijrosi ustidan moliyaviy nazoratni yanada kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan va axborot tizimlaridan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan, shu jumladan Hisob palatasining elektron soʻroviga muvofiq maʼlumotlar taqdim etadigan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va tashkilotlarning roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali taqdim etilgan xavf (risk) tahlillarini boshqarish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
Hisob palatasining Hayʼatida palata ishini samarali tashkil etish, uning tashqi audit va moliyaviy nazorat faoliyatini normativ-uslubiy taʼminlash hamda takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilinadi;
vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari mazkur Farmonga 2-ilovaga muvofiq chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul hamda javobgar hisoblanadi.
7. Joriy nazoratni kuchaytirish va moliyaviy intizom buzilishining oldini olish boʻyicha preventiv choralarni joriy etish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy tuzilmalariga:
davlat xaridlari sohasida qonun buzilishi holatlari aniqlanganda, toʻlovlarni vaqtincha toʻxtatish (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlar bundan mustasno), shartnomani roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish va qonun buzilishi holatlari mavjudligi toʻgʻrisida davlat buyurtmachisiga hamda davlat moliyaviy nazorati organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabarnoma yuborish;
moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlarida shubhali holatlar boʻyicha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini uch ish kunida xabardor qilish;
roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar Hisob palatasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tegishli maʼlumot taqdim etib borish vazifalari yuklansin.
8. Hisob palatasi:
vazirlik, idora, bank va tashkilotlar bilan birgalikda ularning maʼlumotlar bazalarini oʻzaro solishtirish yoki tahlil qilish asosida budjet mablagʻlari nazorati hamda budjetga qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash yuzasidan xavf (risk) tahlili mexanizmlarini kengaytirsin;
audit natijalari yuzasidan nazorat obyektlariga yoki tegishli tashkilotlarga ichki nazorat hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha ish shakli va usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar yuborish choralarini koʻrib borsin;
moliyaviy intizom buzilishining oldini olish maqsadida audit tadbirlarida vazirlik va idoralarning ichki nazorat tizimini baholash va uni takomillashtirish yuzasidan koʻrsatmalarni berib borsin;
xorijiy davlatlarning oliy nazorat organlari bilan birgalikda tahliliy faoliyat yuritish, xalqaro auditorlik tashkilotlari ishida yoki xalqaro tashkilotlarda oʻtkaziladigan audit tadbirlarida ishtirok etish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Hisob palatasi raisi A.M. Boboyev hamda Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-iyul,
PF-100-son
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Hayʼati
TARKIBI

1.

Lavozimi boʻyicha

Hisob palatasi raisi, Hayʼat raisi

2.

M.R. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

3.

A.V. Allaberganov

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

4.

S.A. Mirzayev

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

5.

Q.B. Erimetov

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shoʻbasi mudiri

6.

U.M. Aripov

Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish shoʻbasi mudiri

7.

J.M. Bekmurodov

Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni audit qilish shoʻbasi mudiri

8.

N.Q. Imonqulov

Respublika budjetining shakllantirilishi va xarajatlarining ijrosini audit qilish shoʻbasi mudiri

9.

A.S. Soliyev

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi rahbari

10.

S.I. Xasanov

Huquqiy taʼminot va xalqaro aloqalar shoʻbasi mudiri

11.

J.J. Qurbonov

Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil shoʻbasi mudiri, Hayʼat kotibi

Izoh. Hayʼat aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi/
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga

2-ILOVA

Davlat budjetining ijrosi ustidan moliyaviy nazoratni yanada kuchaytirish boʻyicha

CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼullar

I. Davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini tartibga solish

1.

Hisob palatasi va ichki audit faoliyatining samaradorligini oshirish.

1. Masofaviy nazorat markazi taqdim etgan xavf tahlillariga asosan nazorat tadbirlari oʻtkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil oktabr

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat moliyaviy nazorati organlari, ichki audit xizmatlari nazorat tadbirlarining yillik rejalarini Hisob palatasi bilan kelishishni toʻliq “Davlat auditi” dasturiy kompleksi bilan qamrab olish.

Tashkiliy-chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3. “KPI” reyting tizimi orqali xodimlar faoliyati samaradorligini baholash amaliyotini ichki audit xizmatlari xodimlari uchun tatbiq etish. Bunda reyting natijalari boʻyicha xodimlarning budjet qonunchiligi buzilishining oldini olish koʻrsatkichlari asosida tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirishga tavsiyalar berib borish.

Masofaviy nazorat oʻtkazishda samaradorligi yuqori boʻlgan ichki audit xizmatlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, egallab turgan lavozimini oshirish yoki yuqori turuvchi nazorat organiga ishga oʻtish masalalarini koʻrib chiqish mexanizmini joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Hisob palatasi tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari jarayonida nazorat obyektining ichki audit xizmati tomonidan oʻtkazilgan audit tadbirlari sifatini baholash tartibini ishlab chiqish.

Hisob palatasi raisining buyrugʻi

2024-yil sentabr

Hisob palatasi

2.

Ichki audit va ichki nazorat boʻyicha huquqiy asoslarni yaratish.

Davlat sektorida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2025-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

“Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirish.

Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, ichki audit xizmatlari faoliyati ehtiyojlaridan kelib chiqib, “Davlat auditi” dasturiy kompleksini yanada takomillashtirib borish.

Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilash.

Texnik topshiriq va yechimlar



Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Doimiy






2025-yil sentabr

Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Hisob palatasi, Adliya vazirligi

4.

Masofaviy nazorat markazining faoliyatini samarali tashkil etish.

1. Masofaviy nazorat markazining faoliyatini tashkil etish uchun zaruriy dasturiy taʼminotlarni yaratish, dasturlarni takomillashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil sentabr

Hisob palatasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Masofaviy nazorat markazida dasturiy taʼminotlarni yaratish, ular bilan ishlash va takomillashtirib borish hamda katta hajmdagi maʼlumotlar bazalari bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish.

Bunda masofaviy nazorat dasturiy taʼminotlarini yaratish hamda takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

5.

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish.

1. Moliya organlari va budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malaka oshirish kurslariga sohaning malakali va amaliyotchi mutaxassislarini jalb qilish.

Tashkiliy-chora-tadbirlar

Doimiy

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari hamda qoʻllanmalarni milliy qonunchilik va xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda takomillashtirish.

Tashkiliy-chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

3. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

Har ikki yilda kamida bir marotaba

4. Mahalliy, xorijiy va xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tadbirlari doirasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish.

Bunda davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarining moliyaviy va boshqa xavf (risk)larni aniqlash, baholash hamda boshqarish boʻyicha savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish.

Doimiy

5. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlash maqsadida ilgʻor xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuborish.

Tashkiliy-chora-tadbirlar

Doimiy

6.

Hisob palatasining tegishli shoʻba hamda markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Shoʻbalar va markazlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.

Bunda Masofaviy nazorat markazi va Tadqiqot markazining rahbarlari hamda xodimlari mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Hisob palatasining shoʻba mudiri va tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.

Idoraviy hujjat

2024-yil Avgust

Hisob palatasi

2. Shoʻbalar va markazlarni malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yilning III choragi

Hisob palatasi

3. Shoʻbalar va markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Hisob palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari idoralararo masofaviy nazorat dasturiy taʼminotlarini yaratish. Shu jumladan:

katta hajmdagi maʼlumotlar bazalari bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan malakali mutaxassislar va dastur yaratuvchilarni jalb etish;

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Hisob palatasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Masofaviy audit” AATning davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalarini oʻzaro solishtirish orqali qonun buzilish holatlarini aniqlash modullarini takomillashtirish.

Qoʻshimcha texnik topshiriq

5. Masofaviy nazorat markazining davlat organlari va tashkilotlari bilan axborot almashish tartibini ishlab chiqish.

Kelishuv boʻyicha idoraviy hujjat

2024-yil sentabr

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Hisob palatasining Hayʼati faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslarni yaratish.

Hisob palatasining Hayʼati maqomini belgilash, uni tuzish, faoliyatini tashkil etish va vazifalarini qonun darajasida belgilash.

Qonun loyihasi

2025-yil sentabr

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Hisob palatasiga ishga qabul qilishda buxgalter hamda (yoki) auditorlik yoxud huquq boʻyicha milliy va (yoki) xalqaro malaka sertifikatlariga ega boʻlgan shaxslarga ustuvorlik berish tartibini joriy etish.

Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari va inspektorlari lavozimlariga ishga qabul qilishda buxgalter hamda (yoki) auditor yoxud yurist milliy va (yoki) xalqaro malaka sertifikatlariga ega boʻlgan shaxslarga ustuvorlik berishni qonunchilikda belgilash.

Qonun loyihasi

2025-yil iyun

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Davlat moliyaviy nazorati boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy etish

9.

Strategik audit va axborot texnologiyalari auditi standartlarini ishlab chiqib, tasdiqlash.

Hisob palatasi davlat tashqi auditining xalqaro standartlari asosida strategik audit va axborot texnologiyalari auditini oʻtkazish boʻyicha tartib-taomillarni tasdiqlash.

Hisob palatasi raisining buyrugʻi

2024-yil dekabr

Hisob palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi tomonidan aniqlangan xavflarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish.

Aniqlangan xavflarni bartaraf etish va yangi mavjud xavflarni aniqlash boʻyicha takliflar berib borish maqsadida Hisob palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki audit tuzilmalarida ishchi guruhlar tashkil etish.

Ishchi guruhlarni shakllantirish, ularning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash.

Qoʻshma buyruq loyihasi

Doimiy

Hisob palatasi,

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan qurilish loyihalarini tahlil qilish imkoniyatlarini oshirish.

Hisob palatasining “Masofaviy audit” AATga “Kapital qoʻyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimini integratsiya qilish.

Qoʻshimcha texnik topshiriq

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

Soliq qoʻmitasi

12.

Moliyaviy va boshqa xavf (risk)larning barvaqt oldi olinishini taʼminlash.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi;

Xavflarni boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisida namunaviy nizom;

Xavflarni boshqarish qoʻmitalari aʼzolarining xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish boʻyicha malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, shu jumladan, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq tashkilotlarning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda ishlaydigan Xavflarni boshqarish qoʻmitalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Xavflarni boshqarish qoʻmitalari tashkil etilishi belgilanayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar

13.

Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining tarkibiga kiruvchi barcha manbalarni tashqi auditdan oʻtkazishni taʼminlash.

1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun taqdim etish shakllari belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish uchun taqdim etish muddatini hisobot yilidan keyingi yilning 5-mart sanasigacha qadar etib belgilash yuzasidan qonunchilikka oʻzgartirish kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Gʻaznachilik boʻlinmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining sarflanishi ustidan joriy nazoratni kuchaytirish

14.

Gʻaznachilikning vakolatlari, funksiya va vazifalarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan tizim xodimlarining vakolatini kengaytirish va javobgarligini oshirish.

Gʻaznachilik faoliyati boʻyicha amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, xususan:

gʻaznachilik boʻyicha amaldagi barcha meʼyoriy hujjatlarni jamlash va tizimlashtirish;

gʻaznachilik boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish;

gʻaznachilikning aniq maqsad va vazifalari, dastlabki va joriy nazorat hamda Davlat budjetining gʻazna ijrosi sohasidagi vakolat va javobgarligini belgilash;

gʻaznachilik boʻlinmalarining joriy nazorat boʻyicha vakolatlarini kengaytirish orqali qonunbuzilish holatlarining oldini olish tizimini tatbiq qilish;

bevosita respublika idoralari budjetlari orqali moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha xarajatlarni bosqichma-bosqich tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari orqali qamrab olish orqali joriy nazoratni kuchaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi

15.

Gʻaznachilik boʻlinmalarining joriy nazorat tizimini yanada kuchaytirish.

Gʻaznachilik tizimiga yuklatilgan vazifalar ijrosini oʻrganish, uning masʼuliyati hamda javobgarligini yanada oshirish.

Bunda:

1) davlat xaridlari doirasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishda xavflarni oʻrganish va bunday xavflar oʻz tasdigʻini topgan holatlarda ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish;

zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda Hisob palatasi va Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi orqali aniqlangan xavflarni elektron shaklda yuborish va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida javob olish tizimini yoʻlga qoʻyish;

Qoʻshma qaror

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi

2) rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning boʻlinmalariga davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish holatlari yuzasidan maʼmuriy bayonnoma tuzish huquqini berish masalasini koʻrib chiqish;

Tahliliy axborot

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3) Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning boʻlinmalari tomonidan:

davlat xaridlari sohasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda toʻlovlarni vaqtincha toʻxtatish (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlar bundan mustasno), shartnomani roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish va qonunbuzilish holatlari mavjudligi toʻgʻrisida davlat buyurtmachisiga hamda davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga xabarnoma yuborish;

moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlari boʻyicha shubhali holatlar toʻgʻrisida moliyaviy nazorat organlarini uch ish kuni mobaynida xabardor qilish;

jamoatchilik nazorati subyektlari yoki boshqa vakolatli organlardan qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda yoki mustaqil ravishda xavf (risk)lar aniqlanganda, vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar toʻlovlarni toʻxtatib turish (qonunchilikda belgilangan kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni boʻyicha chorakdan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Hisob palatasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etib borish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Davlat xaridlarini amalga oshirishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish

16.

Davlat xaridlari natijalariga doir hujjatlarni Maxsus axborot portalida aks ettirish.

1. Davlat buyurtmachilari, shu jumladan korporativ buyurtmachilar tomonidan tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Soliq qoʻmitasiga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

2. Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda real vaqt rejimida davlat buyurtmachilari, shu jumladan korporativ buyurtmachilar tomonidan tuzilgan shartnomalar ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va hisob-faktura toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus axborot portaliga maʼlumot almashinuvi orqali taqdim etish.

2024-yil noyabr

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi

3. Maxsus axborot portalida tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomalar va hisob-faktura toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish imkoniyatini yaratish.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

4. Soliq organlarida hisobi yuritiladigan elektron hisob-fakturalardagi realizatsiya hajmlarini budjet buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar bilan oʻzaro muvofiqligini onlayn solishtirish tizimini joriy qilish.

2025-yil yanvar

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

17.

Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarni ekspertiza qilish boʻyicha maʼlumot almashinuvini avtomatlashtirish.

Quyidagi hollarda cheklovlar oʻrnatish:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasidan ekspertizadan oʻtkazilmagan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar yuzasidan qonunchilikka muvofiq xarid qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi eʼlonlarni joylashtirishga;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasidan ekspertizadan oʻtkazilmagan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va ularga qoʻshimcha kelishuvlarni gʻaznachilik organlarida roʻyxatdan oʻtkazishga.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

18.

Davlat xaridlarining elektron tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida davlat xaridlarini toʻliq elektronlashtirish.

Toshkent shahrining Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarida joylashgan davlat buyurtmachilari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni sinov tariqasida elektron tarzda (elektron raqamli imzodan foydalangan holda) tuzish imkoniyatini yaratish (import shartnomalari bundan mustasno).

Keyinchalik mazkur amaliyotni barcha davlat buyurtmachilarida joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

“Xt-Xarid texnologiyalari” AJ,

“Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ

19.

Davlat xaridlari boʻyicha mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish.

1. Davlat xaridlari elektron doʻkoni, boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkazilgan auksionlar boʻyicha tuzilgan shartnomalardagi tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish muddati 90 kunga kechiktirilgan taqdirda davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari tomonidan buyurtmachining hisob raqamidan avtomatik tarzda undirilgan mablagʻlarni ushbu buyurtmachining hisob raqamlariga (oʻtgan moliya yilida avtomatik tarzda undirilgan budjet mablagʻlarini tegishli budjet daromadiga) qaytarish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura,

Soliq qoʻmitasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Taʼminotchilar va budjet buyurtmachilari oʻrtasidagi dastlab tasdiqlangan elektron hisob-fakturalarga oʻzgartirish kiritishni “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da kelishilgandan keyin amalga oshirish tartibini joriy qilish.

3. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining elektron tizimlariga kiritiladigan maʼlumotlarni elektron shaklda shakllanishini taʼminlash maqsadida, davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining elektron soʻroviga asosan maxsus axborot portali orqali vazirlik va idoralarning axborot tizimlari (maʼlumotlar bazalari) bilan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Davlat budjeti mablagʻlarini rejalashtirish, ulardan oqilona foydalanish hamda shaffoflikni taʼminlash orqali nazorat mexanizmlarini kuchaytirish

20.

Budjet mablagʻlari hisobiga Hukumatning tegishli qarorlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilayotgan kapital qurilishda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini tartibga solish.

Hukumatning tegishli qarorlariga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilayotgan kapital qurilishda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini respublikada qurilish ishlariga belgilangan oʻrtacha miqdordan oshirib yubormaslik tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi

21.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan davlat budjetiga dividendlarni hisoblash hamda undirish masalalarini tartibga solish.

Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar (shu jumladan, ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar) tomonidan oʻz sof foydasining 50 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi boʻyicha dividendlarni hisoblash, tegishli darajadagi budjetlarga oʻtkazish boʻyicha aniq muddatlarni, undirish mexanizmini hamda masʼul organlarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Davlat budjeti mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha shaffoflikni kuchaytirish hamda mahalliy xalq deputatlari Kengashlari masʼuliyatini oshirish.

1. 2025-yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari tomonidan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan hududlar, tuman (shahar)larga taqsimlangan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarni tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etib borish.

Bunda mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha soʻrovi va nazorati yoʻlga qoʻyiladi.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, shuningdek, kelgusi yil uchun tuzilgan budjet loyihasi boʻyicha Hisob palatasining xulosalarini tegishli xalq deputatlari Kengashlarining majlislarida Hisob palatasi masʼullari ishtirokida muhokama qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi

23.

Budjet tizimi budjetlari xarajatlari shaffofligini yanada oshirish. Bunda vazirlik va idoralarning rivojlantirish jamgʻarmalari hamda qurilish-montaj ishlari xarajatlarining jamoatchilikka ochiqligini oshirish.

Budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlar smetasi, sarflangan mablagʻlar, shartnomalar (mol yetkazib beruvchilar) hamda qabul qilingan tovarlar va xizmatlarni vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2025-yil mart 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni qonunchilikda belgilash:

1. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot turlarini kengaytirish;

2. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish muddatlarini qayta koʻrib chiqish;

3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har olti oy (yarim yillik va yillik) davomida kiritish;

4. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi oylik hisobotlarni “Ochiq budjet” portaliga joylashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Davlat moliyaviy nazorati sohasida maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish, davlat moliyaviy nazorat organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi

25.

Davlat moliyaviy nazorat sohasida taʼsir choralarini kuchaytirish.

1. Quyidagi holatlar uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash:

davlat moliyaviy nazorati tadbirlarini “Davlat auditi” dasturiy kompleksida roʻyxatdan oʻtkazmasdan amalga oshirganlik, ularning natijalarini mazkur dasturiy kompleksga oʻz muddatida yoki toʻliq ikki va undan ortiq marta kiritmaganlik;

vazirlik va idoralar maʼlumotlar bazalarini Hisob palatasi axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilinishini va taqdim etilayotgan maʼlumotlar haqqoniyligini taʼminlamaganlik;

Hisob palatasining soʻrovida koʻrsatilgan hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etishni, nazorat tadbirlariga mutaxassis ajratishni rad etganlik va nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida tushuntirish berishdan boʻyin tovlaganlik;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarni amalga oshirmaganlik.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga va samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganlik holatida taqdimnoma kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil dekabr

Hisob palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Hisob palatasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

26.

Davlat moliyaviy nazorati organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining hamkorligini yanada mustahkamlash.

Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining oʻzaro hamkorlikdagi audit oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish, audit natijasini ushbu organlarning qoʻshma majlislarida muhokama qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Hisob palatasi,

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,

manfaatdor vazirliklar

VII. Korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalar mustaqilligini taʼminlash

27.

Vazirlik va idoralar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimlari ularning tuzilmalari va faoliyat koʻlamiga mosligini, rahbar va xodimlarning funksional majburiyatlari aniq va toʻgʻri taqsimlanganligini qayta koʻrib chiqish.

1. Vazirlik va idoralar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlinmalarini mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etish.

2. Vazirlik va idoralar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish, ularning mavqeyi va mustaqilligini oshirishga oid alohida tizim joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Hisob palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga

3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan va axborot tizimlaridan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan hamda Hisob palatasining elektron soʻroviga muvofiq maʼlumotlar taqdim etadigan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va tashkilotlarning

ROʻYXATI
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan va axborot tizimlaridan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladiganlar:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
3. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

9. Sport vazirligi
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda uning huzuridagi qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar
11. Suv xoʻjaligi vazirligi
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi
13. Adliya vazirligi
14. Transport vazirligi
15. Madaniyat vazirligi
16. Mudofaa vazirligi
17. Energetika vazirligi
18. Sogʻliqni saqlash vazirligi

19. Tashqi ishlar vazirligi

20. Ichki ishlar vazirligi
21. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
22. Soliq qoʻmitasi
23. Bojxona qoʻmitasi
24. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi
25. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
26. Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Oldingi tahrirga qarang.
27. Milliy statistika qoʻmitasi
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
28. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

29. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

30. Kadastr agentligi
31. Yoshlar ishlari agentligi
32. Milliy antidoping agentligi
33. Madaniy meros agentligi
34. Personallashtirish agentligi
35. Intellektual mulk agentligi
36. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

37. Majburiy ijro byurosi

38. X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining elektron soʻroviga muvofiq maʼlumotlar bazasi bilan oʻzaro axborot almashuvini yoʻlga qoʻyadiganlar:
39. Markaziy bank (offlayn shaklda maʼlumot taqdim etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
391. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
392. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi
393. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
394. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
395. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
396. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
397. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
398. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
399. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
3910. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
3911. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi
3912. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
3913. Savdo-sanoat palatasi
3914. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi
(391 — 3914-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
40. Barcha tijorat banklari (offlayn shaklda maʼlumot taqdim etiladi)
41. “Navoiy KMK” AJ
42. “Olmaliq KMK” AJ
43. “Oʻzbekneftgaz” AJ

44. “Oʻztransgaz” AJ

45. “Hududgaztaʼminot” AJ
46. “UzGasTrade” AJ
47. “Muborakneftgazmontaj” AJ
48. “Buxoro NQIZ” MCHJ
49. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
50. “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ
51. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
52. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
53. “Angren IES” AJ
54. “Yangi Angren IES” AJ
55. “Navoiyuran” DK
56. “Navoiy KMK”jamgʻarmasi” DM
57. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ
58. “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ
59. “Respublika koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ
60. “Toshkent” respublika fond birjasi” AJ
61. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ

62. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUK

63. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
64. “Uzbekistan airways” AJ
65. “Uzbekistan airports” AJ
66. “Oʻzavtosanoat” AJ
67. “Oʻzkimyosanoat” AJ
68. “Navoiyazot” AJ
69. “Fargʻonaazot” AJ
70. “Oʻzdonmahsulot” AK
71. “Oʻzbektelekom” AK
72. “Oʻzmetkombinat” AJ
73. “Oʻzbekgidroenergo” AJ
74. “Oʻzagroservis” AJ
75. “Oʻzagrolizing” AJ

76. “Oʻzagrosugʻurta” AJ

77. “Oʻzbekinvest” EISK” AJ
78. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ
79. “Toshshahartransxizmat” AJ
80. “Andijon biokimyo zavodi” AJ
81. “Biokimyo” AJ
Oldingi tahrirga qarang.
811. “Oʻzenergosotish” AJ
812. “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ
813. “Oʻzshahar qurilish invest” MCHJ
814. “Oʻzbekkoʻmir” AJ
815. “Toshkent metropoliteni” DUK
816. “Oʻzbekgeofizika” AJ
817. Issiqlik taʼminoti korxonalari
818. Issiqlik elektr stansiyalari korxonalari
(811 — 818-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
82. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalari

83. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

84. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari
Izohlar:
Mazkur roʻyxatdagi vazirlik, idora va tashkilotlarda yangi maʼlumotlar bazasi yoki dasturiy taʼminot ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilganda, Hisob palatasi soʻroviga koʻra yangi maʼlumotlar bazasi va dasturiy taʼminotlar Hisob palatasiga taqdim etiladi hamda integratsiya qilinadi;
Vazirlik, idora va tashkilotlarning real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasidan foydalanishga ruxsat dasturiy kompleks funksiyalariga va maʼlumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz beriladi;
Hisob palatasining soʻroviga koʻra hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar va vazifalar doirasida vazirlik, idora va tashkilotlar bilan maʼlumotlar almashish amalga oshiriladi;
2024-yil yakuniga qadar maʼlumotlar bazalarini Masofaviy nazorat markazining maʼlumotlar bazasi bilan toʻliq integratsiya qilish hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat mazkur roʻyxatdagi vazirlik, idora va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasiga davlat xaridlarining elektron tizimi operatorlarining maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati yaratilishini taʼminlaydi.

Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur roʻyxatga Hisob palatasining taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(izohlar qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga

4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali taqdim etilgan xavf (risk) tahlillarni boshqarish

SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Hisob palatasi

Aniqlangan risk-tahlillarni “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali tegishlicha vazirlik va idoralarga yuborish

Uch kun muddatda

2-bosqich

Vazirlik va idoralar

“Masofaviy audit” axborot tizimi orqali yuborilgan risk-tahlillarni qabul qilib olish va oʻrganish yuzasidan ijroga qaratish

Uch kun muddatda

3-bosqich

Vazirlik va idoralar

Risk-tahlillarni oʻrganish natijalari yuzasidan “Masofaviy audit” axborot tizimiga va oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga yuklash va Hisob palatasiga yuborish

Oʻn kun muddatda

4-bosqich

Hisob palatasi

Vazirlik va idoralar tomonidan yuborilgan risk-tahlillar boʻyicha oʻrganish natijalarini koʻrib chiqish

(qabul qilish yoki qayta ishlashga yuborish)

Bir hafta muddatda

5-bosqich

Vazirlik va idoralarning “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari

Risk-tahlillar yuzasidan barcha tarkibiy tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni qoʻmitalar yigʻilishlarida muhokama qilish va Hisob palatasiga axborot berish

Har chorakda

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga

5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6300-son Farmonida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qoʻshimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:
a) buxgalteriya (budjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning toʻliqligini, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit;
konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan budjet mablagʻlaridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning toʻliqligini taʼminlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi;
nazorat obyektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablagʻlardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan budjet va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi;
b) 2025-2026-yillarda:
mamlakatimizning barqaror rivojlanish borasidagi milliy maqsad va strategik vazifalarini amalga oshirishga doir dasturlar va loyihalarning natijadorligini baholash, tizimli xavf-xatarlarni aniqlash, ularning taʼsirini kamaytirishga qaratilgan strategik audit;
vazirlik va idoralar faoliyatini raqamlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanishni, shu jumladan, raqamlashtirish siyosati, jarayonlari va boshqaruvi, axborot tizimi va uning xavfsizligi, maʼlumotlar ishonchliligi, axborot tizimining tashkilotlar faoliyati ehtiyojlariga javob berishi va raqamlashtirish xarajatlarining samaradorligini baholashga qaratilgan axborot texnologiyalari auditi”;
b) 4-bandning “b” kichik bandidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-banddagi “Hisob palatasi Hayʼati (keyingi oʻrinlarda — Hayʼat)” soʻzlari “Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 10-banddagi “Hayʼat” soʻzi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Hayʼatga” soʻzi “Muvofiqlashtiruvchi kengashga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 12-bandning uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 18-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoniga

3-ILOVA

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash

TARKIBI

1.

A.M. Boboyev

Hisob palatasi raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

2.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

3.

O.A. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari

4.

A.B. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari

5.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

6.

A.E. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

7.

S.I. Samadov

Bosh prokuror oʻrinbosari

8.

Lavozimi boʻyicha

Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi

9.

M.M. Tulaxodjayeva

Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi raisi

10.

N.F. Karimov

Oʻzbekiston auditorlar palatasi raisi

11.

M.R. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

12.

Lavozimi boʻyicha

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

13.

Lavozimi boʻyicha

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-8-son Farmoni 2-ilovasining 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-2142-son qarorida:
a) 1-ilovaning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi va uning oʻrinbosarlari”;
b) 3-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati” boʻlimi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining boshqaruv, texnik va yordamchi xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishuvdan soʻng”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Departament” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Departament Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Departamentning” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “(B. Turabov)” soʻzlari “(A. Boboyev)” soʻzlari bilan, “Moliya vazirligining (T. Ishmetov)” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining (J. Qoʻchqorov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 12-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Departament” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin:
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
j) 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisob palatasi va Departament tomonidan tadbirkorlik subyektlarida budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari, davlat qarzi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan oʻtkaziladigan moliyaviy nazorat tadbirlariga nisbatan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishga oid tartib-taomillar tatbiq etilmaydi. Bunda moliyaviy nazorat tadbirlarini oʻtkazishga masʼul xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirishi shart (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno)”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 362-son qaroriga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandi oʻn uchinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati toʻgʻrisida namunaviy nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki audit tadbirlari vazirlik va idora rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki audit yillik rejasi va Hisob palatasi taqdim etgan risk-tahlillariga asosan majburiy tartibda oʻtkaziladi. Bunda ichki audit yillik rejasiga kiritiladigan ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“istisno tariqasida, Markaziy bank va tijorat banklaridan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet va davlat qarzi mablagʻlarining harakatiga doir maʼlumotlarini markazlashgan tartibda soʻrab olish”;

uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 18-banddagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)