1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, global iqlim oʻzgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining oʻsishi, ularning suvga boʻlgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda.
Foydalanilgan oʻrtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
Respublikada 2020 — 2030-yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror taʼminlash, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xoʻjaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli ishlashini taʼminlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini taʼminlash;
suv xoʻjaligi obyektlarini (ichimlik va oqova suv tizimidan tashqari) modernizatsiya qilish va rivojlantirish, yirik suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarining joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan ragʻbatlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, yerlarning unumdorligini oshirishga koʻmaklashish, tuproqning shoʻrlanish darajasini pasaytirish va uning oldini olish boʻyicha samarali texnologiyalarni qoʻllash;
suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini oʻz vaqtida sifatli taʼmirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yoʻnaltirish;
suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xoʻjaligi obyektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini suv bilan kafolatli taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlariga suvni barqaror yetkazib berish, suvning sifatini yaxshilash va atrof-muhitning ekologik muvozanatini saqlash;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish;
suv xoʻjaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy qilish.
Konsepsiyani uning ustuvor yoʻnalishlari va tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlari va koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Konsepsiyada belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish orqali 2030-yilga qadar quyidagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlasin:
sugʻorish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;
suv taʼminoti past darajada boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;
shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmolini 25 foizga kamaytirish;
barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv oʻlchash va nazorat qilish qurilmalari oʻrnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
100 ta yirik suv xoʻjaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sugʻorish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;
suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
a) bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning toʻliq va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash maqsadida Suv xoʻjaligi tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga ajratilgan umumiy cheklangan xodimlar soni doirasida 4 ta shtat birligidan iborat masʼul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini taʼminlasin.
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya institutlarining grant va texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin;
b) suv xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarini shakllantirishda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan mablagʻ jalb etishda davlat tashqi qarzi uchun oʻrnatiladigan yillik meʼyorlar doirasida belgilangan tartibda takliflarni kiritib borsin;
v) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi boʻyicha har yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
5. Qishloq xoʻjaligi ekin yerlarini oʻz balansiga olgan klasterlarga ushbu yerlarda joylashgan suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish yoʻnalishidagi Suv xoʻjaligi vazirligining funksiyalarini qishloq xoʻjaligi yer egalariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻtkazish toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Suv xoʻjaligi vazirligi balansida boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish boʻyicha obyektlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobidan tejaladigan mablagʻlar suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yoʻnaltiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar suv xoʻjaligi tizimidagi rahbar va mutaxassis xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda:
uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari, tartibi va bosqichlarini, shuningdek, moliyalashtirish manbaini aniq belgilash;
suv xoʻjaligi rahbar xodimlarini uzluksiz ravishda malakasini oshirib borish va attestatsiyadan oʻtkazish, ularga muntazam ravishda kasbiy oʻzini oʻzi rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish mezonlari inobatga olinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Konsepsiyaning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har yili Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyul,
PF-6024-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoniga
1-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan
KONSEPSIYASI
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar va kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Suv xoʻjaligining rivojlanishi mazkur Konsepsiyaning ilovasida belgilangan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Konsepsiya ustuvor yoʻnalishlar va tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va koʻrsatkichlardan kelib chiqib har uch yilda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-BOB. SUV XOʻJALIGIDAGI JORIY HOLAT
Oʻzbekiston Respublikasi Orol dengizi havzasida joylashgan boʻlib, uning asosiy suv manbai Amudaryo va Sirdaryo daryolari, shuningdek, ichki daryo va soylar hamda yer osti suvlaridir. Orol dengizi havzasidagi barcha manbalarning oʻrtacha koʻp yillik suv oqimi 116 mlrd kub metrni tashkil etadi, shundan 67,4 foizi Amudaryo havzasida va 32,6 foizi Sirdaryo havzasida shakllanadi. Jumladan, yer osti suvlarining umumiy zaxirasi 31,2 mlrd kub metrni tashkil etib, uning 47,2 foizi Amudaryo havzasiga, 52,8 foizi esa Sirdaryo havzasiga toʻgʻri keladi.
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi uchun oʻrtacha koʻp yillik suv olish limiti 64 mlrd kub metrni tashkil etadi. Shu bilan birgalikda, 1980-yillarda respublikaning yillik suv isteʼmoli koʻp yillik limit doirasida boʻlib, soʻnggi yillarda global iqlim oʻzgarishi, shuningdek, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolari tufayli foydalanilgan oʻrtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
Respublikada sugʻoriladigan yer maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etib, jami suv resurslarining oʻrtacha 90-91 foizi qishloq xoʻjaligida, 4,5 foizi, kommunal-maishiy xoʻjalik sohasida, 1,4 foizi sanoatda, 1,2 foizi baliqchilikda, 0,5 foizi issiqlik energetikasida, 1 foizi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalanilgan.
Respublika hududi oʻziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega boʻlib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar “birlamchi shoʻrlangan”. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy taʼsiri natijasida ayrim hududlarda yerlarning “ikkilamchi shoʻrlanishi” kuzatilib, 45,7 foiz sugʻoriladigan yer maydoni turli darajada shoʻrlangan.
Iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, qishloq xoʻjaligini suv bilan ishonchli taʼminlash, shuningdek, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida respublikada oʻziga xos suv xoʻjaligi tizimi barpo qilingan.
Suv xoʻjaligi tizimida 28,4 ming km irrigatsiya tizimi va ulardagi 54 432 ta har xil gidrotexnika inshootidan, shuningdek, umumiy hajmi 19,4 mlrd kub metr boʻlgan 70 ta suv ombori va sel omboridan foydalanib kelinmoqda.
Suv resurslarining nomutanosib taqsimlanishi va sugʻoriladigan yerlarning murakkab relyefga ega ekanligi natijasida sugʻoriladigan yerlarning 60 foiziga yaqin qismiga 1 687 ta nasos stansiya yordamida suv yetkazib berilib, ularning yillik elektr energiyasi isteʼmoli 8 mlrd kVt.s ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʻjaliklari va klasterlar tomonidan jami 155,2 ming km sugʻorish tarmogʻi va 10 280 tadan ziyod nasos agregatlari ishlatilmoqda. Sugʻorish ehtiyojlari uchun jami 12,4 mingta, jumladan suv xoʻjaligi tizimida 4 153 ta sugʻorish quduqlaridan foydalanilmoqda.
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun umumiy uzunligi 142,9 ming km, shundan 106,2 ming km ochiq va 36,7 ming km yopiq gorizontal kollektor-drenaj tarmogʻi, shuningdek 172 ta meliorativ nasos stansiyasi, 3 897 ta vertikal drenaj quduq ishlatilmoqda.
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida oliy maʼlumotli xodimlar 42 foizni tashkil qiladi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda uning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida suv xoʻjaligi sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi.
(2-bobning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
3-BOB. SUV XOʻJALIGIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR VA TAHDIDLAR
3.1. Suv resurslari zaxirasi hamda aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlash.
Global iqlim oʻzgarishi natijasida Markaziy Osiyoda soʻnggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga koʻra, harorat 20Sga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 40Sga isiganda esa 78 foizga kamayadi. Hisob-kitoblarga koʻra, 2050-yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Oʻzbekistonda 2015-yilgacha boʻlgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni tashkil qilgan boʻlsa, 2030-yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050-yilga borib esa 15 mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin.
Tahlillar iqlim oʻzgarishi Oʻzbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018-yillardagi kabi qurgʻoqchilikning davomiyligi va davriyligi koʻpayishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv taʼminoti 3 048 kub metrdan 1 589 kub metrga qisqardi.
Shu bilan birgalikda, respublikada aholi soni yiliga oʻrtacha 650 — 700 ming nafarga oshib, 2030-yilga borib 39 mln nafarga yetishi, ularning sifatli suvga boʻlgan talabi 2,3 mlrd kub metrdan 2,7 — 3,0 mlrd kub metrga (18 — 20 foiz) yetishi kutilmoqda. Bu esa kommunal sohani yildan yilga suvga boʻlgan talabini ortishiga olib keladi.
Soʻnggi yillarda sanoat va energetika sohalari faol rivojlanib, ularning suvga boʻlgan talabi yil sayin oshib bormoqda. Hisob-kitoblarga koʻra bu sohalarning yillik umumiy suv isteʼmoli 1,9 mlrd kub metrdan 2030-yilga borib 3,5 mlrd kub metrga (1,8 barobar) yetadi.
3.2. Suv xoʻjaligi obyektlari va ulardan foydalanish.
Respublikada barpo qilingan aksariyat suv xoʻjaligi infratuzilma obyektlarining xizmat koʻrsatish muddati 50-60 yildan ortib, ularning texnik holati yildan-yilgan yomonlashmoqda. Xususan, irrigatsiya tizimi kanallarining 66 foiz qismi tuproq oʻzanli boʻlib, suvning filtratsiya hisobiga yoʻqolishi yuqoriligicha qolmoqda. Bundan tashqari, 77 foiz irrigatsiya tizimi kanallari taʼmirlash va tiklashni, 20 foiz qismi esa rekonstruksiya qilishni talab etadi.
Suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining 77 foiz sugʻorish tarmogʻi tuproq oʻzanli boʻlib, 44 foiz tarmoq taʼmirlash va tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya qilishga muhtoj.
Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod xizmat koʻrsatib ularni oʻz vaqtida taʼmirlash ishlari amalga oshirilmaganligi, shuningdek, xizmat muddatlarini oʻtib ketganligi natijasida ularning 70 foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv isteʼmolchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.
Natijada irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti oʻrtacha 0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past boʻlib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35 — 40 foizi sugʻorish tarmoqlarida yoʻqotilmoqda.
Suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 1 687 ta nasos stansiyalarining 74 foizi 30 yildan, 20 foizi 20 yildan, 6 foizi 10 yildan ortiq xizmat qilmoqda yoki 94 foiz nasos stansiyalari normativ xizmat muddatini (16 — 18 yil) oʻtab boʻlib, ularni modernizatsiya qilish va almashtirish, jami 2 887 km bosimli quvurlarning 10,3 foiz qismi esa birinchi navbatda almashtirishni talab etib, oqibatda ularni ishlatishda avariya holatlari koʻplab kuzatilmoqda, shuningdek, elektr energiyasi sarfi yuqoriligicha qolmoqda.
3.3. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati.
Respublika boʻyicha sugʻoriladigan yerlarning 45,3 foizi turli darajada, shundan 31,1 foizi kuchsiz, 12,2 foizi oʻrtacha, 2 foizi esa kuchli darajada shoʻrlangan, 24,4 foiz maydonda esa yer osti suv sathi 2 m va undan yuqorida joylashgan.
Keyingi yillarda kuzatilgan suv tanqisligi, yerlarning meliorativ holatining yomonligi va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar oʻz vaqtida koʻrilmaganligi bois 560 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonining suv taʼminoti darajasi pastligicha qolmoqda, jami 298,5 ming gektar sugʻoriladigan yer maydoni esa foydalanishdan chiqib ketgan.
14,5 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoq, 93 ta meliorativ nasos stansiya va 1 530 ta vertikal drenaj quduqni rekonstruksiya qilish va yangidan qurishni talab etmoqda.
3.4. Suv resurslaridan foydalanish va suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish.
Respublikada qishloq xoʻjaligi ekinlari asosan anʼanaviy usulda — egatlab sugʻorilmoqda, yerlarni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar bilan tekislash ishlarining koʻlami juda past darajada qolmoqda. 2019-yildan boshlab suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi joriy qilindi. Natijada 77 470 gektar maydonda tomchilatib, 1 123 gektar maydonda yomgʻirlatib, 2 000 gektar maydonda esa diskret usulda sugʻorish texnologiyalari joriy qilindi.
Shu bilan birgalikda ushbu zamonaviy sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydon ulushi pastligicha (6 foiz) qolmoqda. Natijada, bir kompleks gektar maydonga toʻgʻri keladigan suv sarfi miqdori 10 690 kub metrni tashkil qilib, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
3.5. Suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi.
Hozirgi paytda suv xoʻjaligi tizimidagi ekspluatatsiya tashkilotlari, ayniqsa tuman irrigatsiya boʻlimlarining moddiy-texnika bazasi (meliorativ texnika, transport vositalari, tashkiliy taʼminoti) hanuz pastligicha qolmoqda.
Suv xoʻjaligi tashkilotlarini saqlash xarajatlari davlat budjeti mablagʻlaridan amalga oshirib kelinmoqda. Lekin keyingi yillarda ajratilgan mablagʻning 70 foizi elektr energiyasi xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilib, irrigatsiya tizimini taʼmirlash-tiklash ishlariga ajratilgan mablagʻ ulushi 2,9 foizni tashkil etib, pastligicha qolmoqda.
Suv isteʼmolchilari uyushmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish tizimi talab darajasida tashkil etilmaganligi natijasida ularning kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari yuqoriligicha qolmoqda.
3.6. Suv xoʻjaligi sohasidagi islohotlar.
Respublikada suv resurslaridan foydalanishni integratsiyalashgan boshqarishni joriy qilishda suv xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi idoralar oʻrtasida muvofiqlashtirish ishlari talabga javob bermaydi.
Sohaga davlat-xususiy sheriklik amaliyotini joriy qilishga kirishilmagan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunini keyingi yillarda qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan kelib chiqib takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini ishlab chiqish talab etilmoqda.
3.7. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va xalqaro suv munosabatlari.
Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi suv xoʻjaligi munosabatlari sezilarli ravishda yaxshilandi, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolarini hal qilish boʻyicha ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.
Biroq, kelgusida Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida yangi yirik gidroenergetik obyektlar va suv omborlari qurilishi, shuningdek, mavjudlari energetik rejimda ishlatilishi daryolarning quyi oqimida joylashgan davlatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston uchun ham suv taʼminotida qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari, keyingi yillarda yangi yerlarni oʻzlashtirilishi mintaqa davlatlari oʻrtasidagi suv taqsimoti muvozanatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu esa Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish sohasidagi mintaqaviy huquqiy asosni yanada takomillashtirishni talab etadi.
3.8. Suv xoʻjaligini malakali kadrlar bilan butlash, ilmiy-tadqiqot ishlari.
Bugungi kunda suv xoʻjaligi tashkilotlarida oliy maʼlumotli suv xoʻjaligi xodimlarining ulushi 42 foizni tashkil etmoqda. Hozirgi paytda suv xoʻjaligi tizimidagi mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi malaka oshirish tizimi mavjud emas. “Oliy taʼlim-fan-ishlab chiqarish” tizimida oʻzaro integratsiya bugungi talabga javob bermaydi.
Mamlakatimizda suv xoʻjaligining oliy maʼlumotli kadrlari asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida tayyorlanib, uni zamonaviy va xalqaro miqyosdagi nufuzli oliy taʼlim muassasasiga aylantirish yoʻlidagi izchil harakatlar davom ettirilishi lozim.
(3.8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
Suv xoʻjaligi tashkilotlari xodimlarining oʻrtacha ish haqi mamlakatdagi oʻrtacha ish haqiga nisbatan 64% ni tashkil etib, pastligicha qolmoqda. Ish haqining past darajasi suv xoʻjaligi xodimlarining ijtimoiy maqomini va kasbining jozibadorligini pasaytirib, yuqori malakali kadrlarni saqlab qolish imkonini bermayapti.
Ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyiha-konstruktorlik ishlari sohasida muvofiqlashtirish tizimining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, shuningdek, ilmiy-innovatsion faoliyatning yetarli darajada moliyalashtirilmasligi oqibatida tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish talabga javob bermaydi.
4-BOB. SUV XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRISHNING MAQSADI VA USTUVOR YOʻNALISHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy maqsadi – aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhitning suvga muttasil oshib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini hamda suv resurslarini samarali boshqarish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslari taqchilligi kuchayib borayotgan, shuningdek, global iqlim oʻzgarishlari sharoitida suv xavfsizligiga erishishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun Konsepsiyada quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar belgilangan:
suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini taʼminlash;
suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, ishonchli ishlashi va xavfsizligini taʼminlash, yirik suv xoʻjaligi obyektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan ragʻbatlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, yerlarning unumdorligini oshirishga koʻmaklashish, tuproqning shoʻrlanish darajasini pasaytirish va oldini olish boʻyicha samarali texnologiyalarni qoʻllash;
suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini oʻz vaqtida sifatli taʼmirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yoʻnaltirish;
suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xoʻjaligi obyektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli taʼminlash, suvning sifatini yaxshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish;
suv xoʻjaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy qilish.
Konsepsiyada qishloq xoʻjaligi suv resurslarining eng yirik isteʼmolchisi boʻlganligi hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarining asosan unga xizmat qilishidan kelib chiqib, asosiy tadbirlar irrigatsiya va melioratsiya sektorini rivojlantirishga qaratilgan.
Ichimlik va oqava suv tizimini rivojlantirish Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish Strategiyasi”da batafsil aks ettiriladi.
5-BOB. CUV XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARINI AMALGA OSHIRISH TADBIRLARI
5.1. Suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini taʼminlash yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) katta va oʻrta daryolar hamda soylarda joylashgan gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatik uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash, gidrologik postlar tarmogʻini kengaytirish;
b) barcha suv obyektlarida suvni nazorat qilish va hisobi yuritilishini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslari boʻyicha shaffof axborot tizimini yaratish;
v) suv resurslarini prognozlashtirish, suvning hisobini yuritish va maʼlumotlarni qayta ishlashni yaxshilash boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
g) suv resurslarini prognozlashda geoaxborot tizimini joriy qilish, suv zaxiralarining tezkor monitoring olib borish hamda prognoz maʼlumotlarining ishonchliligini oshirish;
d) barcha suv obyektlarida suvning hisobini yuritishda maʼlumotlarni standartlashtirish;
e) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv obyektlari boʻyicha maʼlumotlarini toʻplash va ularni qayta ishlash boʻyicha axborot tizimlarini takomillashtirish;
j) suv obyektlarida raqamli texnologiyalar yordamida suvning monitoringini olib borishni bosqichma-bosqich joriy etish, barcha manbalar va suv resurslari boʻyicha yagona axborot tizimini yaratish;
z) Davlat suv kadastrini yuritish tizimini va maʼlumotlar bazasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish hamda ularning shaffofligini taʼminlash.
5.2. Suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, yirik suv xoʻjaligi obyektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, ularni taʼmirlash-tiklash hamda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tizimli amalga oshirish, irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarida suvning yoʻqolishini kamaytirish, suv inshootlarining texnik holatini yaxshilash va ishonchliligini oshirish:
irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, betonlashtirish va filtratsiyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish, ularning bir qismini bosqichma-bosqich quvurli va suvni boshqarishga qulay boʻlgan boshqa tizimlarga oʻtkazish;
gidrouzel va boshqa yirik gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, yirik gidrouzellar va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazish;
lotok tarmoqlarini qayta tiklash, lotoklarni mahalliy iqlim sharoitiga mos kompozit va polimer materiallar asosida ishlab chiqarishni joriy qilish;
suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash;
b) suv xoʻjaligi nasos stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish va foydalanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, nasoslarni foydali ish koeffitsentini oshirish:
nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, shu jumladan, eskirgan nasos, elektrodvigatel va transformatorlar hamda ularning boshqaruv tizimini energiya tejamkor uskunalarga almashtirish, muqobil energiya manbai, shu jumladan, quyosh batareyalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish, bosimli quvurlarni kapital taʼmirlash va yangilash;
nasos stansiyalarida raqamli texnologiya asosida elektr energiyasi isteʼmoli va suv sarfining “onlayn” rejimida monitoringini olib borish;
suv xoʻjaligiga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning kredit va grant mablagʻlari, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, davlat budjeti xarajatlarini kamaytirish;
suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatini uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida oʻrganish, loyiha-qidiruvi ishlarini raqamlashtirish hamda sifatini yaxshilash;
irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-amaliy kuzatuvini taʼminlash va sifatini yaxshilash;
suv xoʻjaligi obyektlarining modernizatsiyalash va qurishga, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga va ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga xarajatlarni koʻpaytirish.
5.3. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash:
a) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini antropogen, texnogen va tabiiy omillar taʼsiridan muhofaza qilish, ularning xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash:
nazorat-oʻlchov uskunalari, gidromexanik va elektrotexnik qurilmalar, yoritish, aloqa hamda favqulodda xabar berish tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish hamda taʼmirlash-tiklash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish;
natura kuzatuv va diagnostika ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish hamda xavfsizlik deklaratsiyalarida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish;
suv xoʻjaligi tashkilotlarini malakali va tajribali mutaxassislar bilan toʻldirish hamda ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun ushbu inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish;
(5.3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
b) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va ularni amaliyotga tatbiq etish:
yirik toʻgʻonlar boʻyicha xalqaro komissiyaning texnik reglamentlari va tavsiyalarini Oʻzbekistonda qoʻllash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalash, qurish, foydalanishga qabul qilish, ishlatish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash-tiklash, konservatsiyalash va tugatish boʻyicha xalqaro standartlarni amaliyotda qoʻllash yuzasidan takliflar tayyorlash;
suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini kompleks baholashda zamonaviy diagnostika asbob-uskunalaridan foydalanish hamda xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini ekspert sifatida jalb qilish, meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish.
5.4. Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) Suv xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish, bunda har bir davlat va jamiyat organlarining suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash;
b) barcha suv resurslarini nazorat qilish va hisobini yuritishda, suvdan foydalanishni rejalashtirish va uni tezkor boshqaruvini tashkil etishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
v) suv va suvdan foydalanishga doir maʼlumotlar bazalarini hamda monitoring tizimlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimini yaratish;
g) suv xoʻjaligi obyektlari kadastrini geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda yuritish tizimini tashkil etish;
d) suv xoʻjaligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda suv obyektlarini masofadan nazorat qilish hamda suvdan foydalanishning monitoringini yuritish ishlarini takomillashtirish va ularning tezkorligini oshirish;
e) sugʻoriladigan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik darajasi, ekinlarni joylashtirish va choʻllanish jarayonlari, shuningdek suvdan foydalanish samaradorligini baholashda masofadan zondlash texnologiyasining imkoniyatlaridan foydalanish;
j) suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan boshqarish hamda inson va atrof muhitga taʼsirini baholash boʻyicha samarali gidrologik modellarni ishlab chiqish;
z) qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv resurslarining prognoziga va ajratilgan suv olish limitiga muvofiq joylashtirish hamda suvning samaradorligini oshirish.
5.5. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan ragʻbatlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish;
b) suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini nasos stansiyalar va sugʻorish quduqlariga bogʻlangan ekin maydonlarida joriy qilishni kengaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish;
v) suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini tuproq-iqlim sharoiti va ekin turiga qarab takomillashtirish, samaradorligini oshirish va yangilarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda loyiha-konstruktorlik ishlarini kengaytirish, yangi ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish ishlarini ragʻbatlantirish;
g) suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalarni, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
d) suvni tejaydigan sugʻorish usullari va texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishni tizimli tashkil etish;
e) qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan tekislagich agregatlar yordamida oldindan tekislab zamonaviy egiluvchan quvurlar orqali sugʻorish texnologiyalarini kengaytirish;
j) suv isteʼmoli monitoringini olib borishni takomillashtirish va masofadan zondlash tizimlarini joriy qilish;
z) oqindi va kollektor-drenaj suvlaridan foydalanishni ilmiy asosda tashkil qilish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv isrofgarchiligiga hamda undan samarasiz foydalanishga qarshi choralarni kuchaytirish.
5.6. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, yerlarning unumdorligini oshirishga koʻmaklashish, tuproqning shoʻrlanish darajasini pasaytirish va oldini olish boʻyicha samarali texnologiyalarni qoʻllash yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa meliorativ obyektlarning texnik holatini yaxshilash, ularni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari doirasida keng koʻlamli melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish;
b) sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, monitoringini olib borishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash texnologiyasi va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalanish;
v) sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati va sizot suvlarining sathi va minerallashuvi boʻyicha axborot tizimini yaratish;
g) meliorativ ekspeditsiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni ekspress tahlil qilish imkonini beruvchi zamonaviy jihozlar, mobil tezkor laboratoriyalar bilan taʼminlash;
d) sugʻoriladigan yerlarda shoʻrlanish darajasini kamaytirish, maydonlarning shoʻrini yuvish ishlarini samarali tashkil etish, sizot suvlarini maqbul sathlarda ushlab turish va ularning minerallashuvini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, bu boradagi ilgʻor jahon tajribasini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash choralarini koʻrish;
e) kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa meliorativ inshootlarni loyihalash, qurish, foydalanish va boshqarishda hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirishda kollektor-drenaj suvlarini oqilona boshqarish, ushbu suvlarning zararli taʼsirini kamaytirish, ulardan samarali foydalanish va sifatini yaxshilash choralarini koʻrish.
5.7. Suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini oʻz vaqtida sifatli taʼmirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yoʻnaltirish yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni suv isteʼmolchilari tomonidan qoplashni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdoriga bosqichma-bosqich qoʻshish orqali amalga oshirish. Bunda quyidagi asosiy tamoyillarni eʼtiborga olish lozim:
tariflarni belgilashda suvni tejashni ragʻbatlantirish va yetkazib berilgan suvning hajmli yoki boshqa qulay oʻlchovlari boʻyicha amalga oshirishni eʼtiborga olish;
tariflarni suvni yetkazib berish xarajatlari hamda davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvorligiga qarab differensiatsiyalash;
tariflarni suvni turli hududlarga yetkazib berishning respublika boʻyicha oʻrtacha xarajatlarga (suvni nasos orqali yetkazib berishda elektr energiyasi, kanallarni ekspluatatsiya qilish va saqlash xarajatlari) koʻra belgilash hamda barcha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga bir xil belgilash;
b) suvni yetkazib berish xarajatlarini qoplash boʻyicha tariflarning shaffofligini taʼminlash;
v) suv yetkazib berish xarajatlarni suvdan foydalanganlik soligʻiga qoʻshimcha ravishda kiritishda suv isteʼmoli hajmi va suv yetkazib berish xarajatlaridan kelib chiqqan holda suv uchun differensiatsiyalashgan soliq stavkalarini hisoblash uslubiyatini ishlab chiqish;
g) qishloq xoʻjaligida suvni yetkazib berish boʻyicha pulli xizmatlarga bosqichma-bosqich oʻtish;
d) soliq solish va jarimalar tizimini takomillashtirish va suvdan yanada oqilona foydalanish va uning sifatini oshirish imkoniyatini yaratish;
e) kelajakda turli toifadagi suv isteʼmolchilari uchun ularning sohaviy va texnologik xususiyatlarini hamda qaytar suvlarning sifatini, shu jumladan, minerallashuv darajasi va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olgan holda suv uchun soliq stavkalari va jarimalarni hisoblash uslublarini takomillashtirish.
5.8. Suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xoʻjaligi obyektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) xalqaro ilgʻor tajribani oʻrgangan holda suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirishning tamoyillari va yoʻnalishlarini belgilash hamda ular asosida xususiy sektorga beriladigan suv xoʻjaligi inshootlari va xizmatlari roʻyxatini shakllantirish;
b) suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish hamda ularni amalga oshirish uchun hamkor salohiyatli xususiy sherikni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etishni tashkil etish;
v) suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlariga xorijiy investitsiya va grant mablagʻlarini jalb etish;
g) suv xoʻjaligi vazirligida irrigatsiya va melioratsiya yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish, ularga xususiy sheriklarni jalb etish, shuningdek ushbu loyihalarni amalga oshirilishi yuzasidan monitoring yuritishning samarali tizimini tashkil etish;
d) aniq majburiyatlar, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlikni taʼminlash asosida aniq belgilangan mezonlar va tamoyillarga muvofiq suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish boʻyicha vazifalarning bir qismini suv isteʼmolchilariga (fermerlar, klasterlar va boshqalar) oʻtkazish;
e) suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish natijasida tejalgan budjet mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, suv xoʻjaligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish.
5.9. Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli taʼminlash, suvning sifatini yaxshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli taʼminlash, bunda:
suv xoʻjaligini boshqarishda uning barcha ishtirokchilarining ustuvor manfaatlarini eʼtiborga olib, mavjud suv resurslaridan barcha darajada oqilona foydalanish;
insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish, eng avvalo aholini suv bilan kafolatli taʼminlash;
suvdan foydalanishni davlat, hudud va suv havzalari darajasida iqtisodiyot tarmoqlari va tabiat uchun suv olishning ustuvorligidan kelib chiqib belgilash;
suv olish limitlarini aholi va iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi uchun ularning ustuvorligidan kelib chiqib belgilash va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish;
(5.9-bandi “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
b) suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish, bunda:
suv xoʻjaligi vazirligida barcha suv resurslarini hisobga olish, suvdan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan holda boshqarish boʻyicha yagona respublika markazini tashkil etish;
suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va boshqarish tizimini aholi uchun suv bilan kafolatli taʼminlashni, iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvorligi, suvni samaradorligini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni taʼminlash talablarini hisobga olgan holda takomillashtirish;
suv resurslarini boshqarishda atrof muhitni, tabiiy suv havzalari va ekotizimlarning suvga boʻlgan talabini inobatga olish, shu jumladan, Orolboʻyi hududida suv xoʻjaligi vaziyatini barqarorlashtirish hamda Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga koʻmaklashish;
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning, shuningdek boshqa sheriklarning texnik yordam mablagʻlarini jalb qilish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish, suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilishda suvni muhofaza qilishni, suv va yer resurslari hamda atrof muhitga salbiy taʼsirini kamaytirishni ragʻbatlantirish;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tadbirlarini tizimli amalga oshirish, suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash va tiklash loyihalarida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tadbirlarini eʼtiborga olish, suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalaridan maqsadli foydalanishni taʼminlash;
amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasini ishlab chiqish;
aholining suvni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish boʻyicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish. Bunda:
suvdan oqilona va tejamkor foydalanishni targʻibot-tashviqot qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish, bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
suvdan foydalanish madaniyatini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini taʼlim tizimiga joriy qilish orqali yosh avlodni suvga nisbatan tejamkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
suv xoʻjaligi tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash, suvga doir ochiq maʼlumotlar bazasini shakllantirish va uni ommaga yetkazishning qulay sharoitlarini yaratish.
5.10. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) Oʻzbekiston Respublikasining Orol dengizi havzasi mamlakatlari va mintaqaviy davlatlararo suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan mintaqaning suv resurslari va davlatlararo suv xoʻjaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol hamkorligini davom ettirish;
b) Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan mintaqaning transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish va ilgari surish;
v) transchegaraviy suvlar boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari normalari va tamoyillarini ilgari surish;
g) Sirdaryo, Amudaryo va boshqa transchegaraviy daryolarda monitoring tizimini takomillashtirish, hamkorlikda suvni nazorat qilish va monitoringini yuritish hamda ochiq maʼlumotlar almashish tizimini tashkil qilish;
d) mintaqa davlatlari tomonidan yirik gidrotexnika inshootlarini qurish boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqishni ilgari surish;
e) Oʻzbekiston manfaatlarini hisobga olgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan suv xoʻjaligi loyihalarini birgalikda moliyalashtirishda ishtirok etish imkoniyatini oʻrganish;
j) mintaqaviy suv resurslarini boshqarish boʻyicha qoʻshma rejalarni ishlab chiqish va istiqboldagi vazifalarni belgilash, shu jumladan mintaqaviy miqyosda iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqish va oʻzaro manfaatlarni ifoda etuvchi sohalarda tajriba almashish.
5.11. Suv xoʻjaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab-chiqarishga joriy qilish yoʻnalishini amalga oshirishda:
a) suv xoʻjaligini boshqarish sohasidagi muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish va tayyorlash, suv xoʻjaligining barcha tarmoqlarida suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va keng qoʻllash masalalarini samarali hal eta oladigan mutaxassislarni tayyorlash. Bunda:
boshqaruvni va xizmat koʻrsatishni takomillashtirish zaruratiga eʼtibor qaratgan holda, oʻquv jarayonini ishlab chiqarishga maksimal darajada yaqinlashtirish bilan zamonaviy oʻqitish usullarini joriy etish orqali sohaga tegishli oliy va oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari samaradorligini oshirish;
yangi va mavjud mutaxassislar uchun suv xoʻjaligini boshqarishning turli sohalarida qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davr uchun maxsus oʻquv modullarini ishlab chiqish;
taniqli mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda suv xoʻjaligining yetakchi mutaxassislari va yetakchi kadrlari uchun malaka oshirishning barqaror tizimini yaratish va zamonaviy oʻquv texnologiyalari va masofaviy oʻqitish usullarini oʻquv jarayoniga joriy etish;
suv resurslarini rejalashtirish va boshqarishda iqlim oʻzgarishini yumshatish va moslashish hamda oldindan ogohlantirish tizimlarini yaratish boʻyicha xabardorlikni oshirish;
suv xoʻjaligi tizimi xodimlariga ish haqi toʻlashni respublikadagi oʻrtacha darajaga yetkazish orqali sohada kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish va sohaning jozibadorligini oshirish, ish haqi toʻlanishi xodimning faoliyati natijalariga bogʻliqligini taʼminlash;
suv xoʻjaligida amaliy, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
b) loyiha tashkilotlarining salohiyatini oshirish, modernizatsiya qilingan sugʻorish tizimlarini loyihalashtirish va amalga oshirish, tegishli loyiha-smeta hujjatlari va sotib olish hujjatlarini tayyorlash boʻyicha bilimlarni oshirish. Bunda:
loyihalarni sohaviy ekspertizadan oʻtkazishda tegishli qurilish norma va qoidalariga mos ravishda shaharsozlik normalari va qoidalari, atrof-muhitga taʼsir va yumshatish choralariga muvofiq muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazishga alohida eʼtibor berish;
gidrotexnika inshootlarida zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanishni yanada kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, uning asosida ilgʻor texnologiyalar va innovatsion materiallardan foydalanishni tartibga soluvchi idoraviy normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
zamonaviy sugʻorish tizimlarining huquqiy va normativ bazasini xalqaro standartlar va texnik standartlarga muvofiq takomillashtirish;
mavjud onlayn kurslar, treninglar va seminarlardan, shu jumladan, xorijiy tillardagi materiallardan foydalanib xalqaro mutaxassislar va ushbu sohadagi ilmiy va taʼlim tashkilotlarining tadqiqotchilarini jalb qilgan holda yetakchi muhandislar uchun malaka oshirish tizimini yaratish;
rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi xorijiy universitetlar va kompaniyalarda obyektlarni loyihalashtirish, oʻquv dasturlari, malaka oshirish kurslari va stajirovkalarda qatnashish orqali alohida mutaxassislar va loyihalash institutlari tomonidan ilgʻor xorijiy tajribalarni egallash tizimini ishlab chiqish;
irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Ilmiy-axborot markazi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalar mutaxassislarini jalb qilgan holda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv va pudrat ishlari uchun loyiha guruhlari va ilmiy qoʻllab-quvvatlash guruhlarining faol ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish;
(5.11-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
suv xoʻjaligi obyektlari qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini tizimli tashkil qilish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda loyiha-qidiruv ishlari sifatini yaxshilash;
xalqaro standartlar hamda zamonaviy loyihalash uslublarini oʻzlashtirish maqsadida loyiha tashkilotlari mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi ishlab chiqarish va taʼlim muassasalarida malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
v) ilmiy izlanishlarni oʻtkazish va joriy etishning samaradorligini taʼminlash. Bunda:
suv xoʻjaligi tizimidagi ilmiy va taʼlim muassasalari, shu jumladan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarning moliyaviy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va salohiyatini oshirish;
(5.11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
suv xoʻjaligi sohasidagi dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning grant mablagʻlarini jalb etishni jadallashtirish;
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari qiymatining hisob-kitobiga loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda qoʻshimcha mablagʻlar kiritish amaliyotini joriy etish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni namoyish qilish maydonlarida ilmiy jamoalar tomonidan amaliy tadqiqotlar oʻtkazilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
xorijiy va xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va milliy ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatish, shu jumladan, xorijiy va xalqaro institutlarda amaliyotlar oʻtash;
suv va energiyani tejaydigan texnologiyalarni, shuningdek muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasida tadqiqotlar va namoyish maydonchalarini yaratish;
zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot va konsalting ishlarini ragʻbatlantirish va kengaytirish;
suv resurslarini rejalashtirish jarayonida iqlim oʻzgarishi tendensiyalarini modellashtirishni oʻz ichiga olgan tadqiqotlar oʻtkazish va iqlim oʻzgarishiga moslashish rejalarini ishlab chiqishda amaliy tadqiqotlar oʻtkazish.
6-BOB. KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRISHDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Konsepsiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha quyidagi maqsadlarga erishish kutilmoqda:
6.1. Suv xoʻjaligining huquqiy asoslari va normativ-xuquqiy hujjatlarini takomillashtirish yoʻnalishida:
a) 2024 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Suv Kodeksi qabul qilinishi;
(6.1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasining suv bilan bogʻliq 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishilishi;
6.2. Suv xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:
a) xalqaro standartlar va amaliyotga muvofiq suv xoʻjaligini boshqarish tizimining funksional tahlili oʻtkazilishi, yangi boshqaruv tizimi ishlab chiqilib joriy etilishi;
b) suvni boshqarish va undan foydalanish sohasida har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari aniq belgilanishi;
v) suv siyosatini ishlab chiqish, suv sektorini tartibga solish va suv xoʻjaligi xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq funksiyalar aniq chegaralanishi;
g) davlat tomonidan tartibga solishning maʼmuriy usullarini qoʻllashdan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yoʻnaltirilgan usul va mexanizmlarga oʻtilishi;
d) Oʻzbekiston Respublikasining barcha suv resurslaridan foydalanish va isteʼmol qilishni toʻliq qamragan hamda ularni aholining suv taʼminoti, iqtisodiyot tarmoqlari va tabiat oʻrtasida taqsimlagan holda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish joriy qilinishi;
e) Milliy kadastr maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlangan suv resurslarini hisobga olish, rejalashtirish va boshqarishning kompleks milliy tizimini yaratilishi hamda maʼlumotlarning ochiqligi va mavjudligi taʼminlanishi;
6.3. Suv resurslaridan oqilona foydalanish yoʻnalishida:
a) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlarini taʼminlaydigan va sugʻorishda suvdan samarali va unumli foydalanish tamoyillariga javob beradigan sugʻorish uchun suv olish limitlarining yangi tizimi joriy etilishi;
b) irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,73 gacha oshadi, qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish va sugʻoriladigan maydonning har bir gektariga beriladigan suv hajmini 20% ga kamaytirish orqali suvning mahsuldorligi oshirilishi;
v) sugʻoriladigan maydonlarning suv taʼminotini yaxshilashga qaratilgan rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali suv taʼminoti past darajada boʻlgan sugʻoriladigan maydonlar 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirilishi;
6.4. Suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida:
a) irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushi 34 foizdan 46 foizgacha oshirilishi;
b) nasos stansiyalaridagi 1 750 ta nasos agregatlari va 2 100 ta elektrodvigatellar zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirilishi;
v) Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmoli 8,0 mlrd kVt.sdan 2025-yilda 7,0 mlrd kVt.s va 2030-yilda 6,0 mlrd kVt.sgacha kamaytirilishi;
6.5. Zamonaviy suv tejovchi sugʻorish texnologiyalardan foydalanish koʻlamini kengaytirish yoʻnalishida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming gektardan 2025-yilgacha 1 million gektarga, 2030-yilga kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sugʻorish texnologiyasi 77,4 mingdan 2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazilishi;
6.6. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yoʻnalishida:
a) shoʻrlangan maydonlar 1 948 ming gektardan 1 722 ming gektarga, oʻrta va yuqori shoʻrlangan yerlarni 607 ming gektardan 430 ming gektargacha qisqartirilishi;
b) sizot suvlar sathi muammoli darajada (0 — 2 metr) boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlari 1 051 ming gektardan 773 ming gektargacha kamaytirilishi;
v) foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar sugʻoriladigan yerlar 2025-yilga kelib qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritilishi;
6.7. Suv xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish yoʻnalishida:
a) sugʻorish suviga talabni aniqlash, suv taqsimoti va suvdan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish, shuningdek, suvdan foydalanish boʻyicha qarorlarni qabul qilishda zamonaviy usul va texnologiyalar, shu jumladan, raqamli texnologiyalar hamda boshqa innovatsion texnologiyalar joriy etilishi;
b) daryo va soylarda 12 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi, 18 ta gidrologik post qayta tiklanishi hamda suvni tezkor nazorat qilish taʼminlanishi;
v) “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv oʻlchash tizimi joriy etilgan suv xoʻjaligi obyektlari soni 61 tadan 2020-yilda 151 tagacha, 2030-yilda 18 576 tagacha (100 foiz) koʻpayadi;
(6.7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
g) 100 ta yirik suv xoʻjaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlari raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazilishi;
d) mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarning 2020-yilda 2 000 tasi, 2025-yilda 7 000 tasi, 2030-yilda 27 270 tasi raqamli texnologiyalar orqali monitoringi yuritilishi;
(6.7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
e) Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi nasos stansiyalarining 2020-yilda 100 tasida va 2024-yilgacha toʻliq 1 693 tasida elektr energiyasi isteʼmoli monitoringi “onlayn” rejimda olib borilishi;
(6.7-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
6.8. Sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish yoʻnalishida:
a) suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 2020-yilda 5 ta, 2025-yilgacha 25 ta va 2030-yilgacha 50 ta loyihalarni amalga oshirilishi;
b) sugʻorish uchun suv yetkazib berish xarajatlari 2025-yilga kelib kamida 15 foiz va 2030-yilga kelib 30 foizgacha suv isteʼmolchilari tomonidan qoplanishi taʼminlanishi;
v) davlat suv xoʻjaligi tashkilotlari suv resurslarini boshqarishning yanada zamonaviy va barqaror tizimga oʻtishi;
g) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy oʻquv tizimlari joriy etish taʼminlanadi, oliy maʼlumotli suv xoʻjaligi xodimlari ulushi 42 foizdan 2025-yilda 50 foizga, 2030-yilda 65 foizga yetkaziladi, shuningdek, suv xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislar va boshqaruv xodimlarining malakasini oshirishning barqaror milliy tizimi yaratilishi;
d) Suv xoʻjaligi vazirligining tizim tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga yetkazilishi;
6.9. Barcha yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish yoʻnalishida:
a) suv sifati standartlariga milliy qonunchilikda va respublikaning ekologik barqarorlikka erishish majburiyatlarida belgilangan darajaga erishilishi;
b) tabiiy suv manbalarini va suvga bogʻliq boʻlgan ekotizimlarni saqlash, shu jumladan, Orolboʻyi hududini suv resurslari bilan barqaror taʼminlash choralari koʻrilishi;
v) yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarishga erishish orqali eng avvalo ichishga yaroqli boʻlgan yer osti suvlarining strategik zaxiralarini asrash va ulardan barqaror foydalanishni tashkil etish tizimi yaratilishi.
7-BOB. KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRILISHI MONITORINGINI OLIB BORISH
Konsepsiyada keltirilgan vazifalarni amalga oshirish hamda belgilangan koʻrsatkichlarga erishish ustidan monitoring olib borish va zarur chora-tadbirlar dasturini shakllantirish, respublikada suv xoʻjaligini barqaror va kompleks rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal qilish boʻyicha taklif tayyorlash ishlari Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etiladigan Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, ushbu Konsepsiyada koʻzda tutilgan suv sohasidagi islohotlar va ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish uchun har uch yilda “Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqiladi va uni amalga oshirish choralari koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan
Irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish
koef.
0,63
0,64
0,65
0,68
0,73
Suv taʼminoti darajasi past boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini kamaytirish
ming ga
560
526
492
356
190
%
13
12
11
8
4
Irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini oshirish
km
9 675
9 960
10 529
11 425
13 175
%
34
35
36
40
46
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi:
nasos stansiyalari agregatlarini energiya tejamkor nasos agregatlariga almashtirish
dona
732
895
1 058
1 658
2 482
%
13,8
16,9
20
32,3
46,9
nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangisiga almashtirish
dona
1 627
1 841
2 060
2 906
3 727
%
30,7
34,8
38,9
56
70,5
nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirib borish
mlrd
kVt.s
8,0
7,6
7,3
7,0
6,0
II. Suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash koʻlamini kengaytirish
Suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish, shu jumladan:
ming ga
175
250
532
1 000
2 000
%
4
5,8
12,3
23
47
tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan maydonlarni kengaytirish
ming ga
77,4
125
175
300
600
III. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
Sugʻoriladigan yer maydonlarida shoʻrlangan yer maydonlarini kamaytirish, shu jumladan:
ming ga
1 948
1 926
1 906
1 852
1 722
%
45,7
45
44,6
43
40
kuchli va oʻrta shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini kamaytirish
ming ga
607
581
559
516
430
%
14
13,5
13
12
10
Yer osti suv sathi muammoli holatda (0 — 2 m) boʻlgan yer maydonlarini kamaytirish
ming ga
1 051,1
988,1
945,2
859,2
773,4
%
24
23
22
20
18
Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan sugʻoriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish
ming ga
48
58,2
41,5
150,8
-
IV. Suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash
Suv omborlarida va boshqa yirik inshootlarda nazorat-oʻlchash uskunalar hamda xabar berish tizimlarini modernizatsiya qilish, tiklash va yangilash
dona
-
-
5
20
55
V. Suv xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish
Daryo va soylarda:
gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash
ta
2
3
4
10
14
gidrologik postlarni qayta tiklash va suvni tezkor nazorat qilish
ta
-
-
-
7
18
Suv xoʻjaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun “Smart Water” (“Aqlli suv”) tizimini joriy etish
dona
61
151
3 250
12 000
18 576
Suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
dona
-
10
20
50
100
Meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkazish
dona
66
2 000
4 022
6 985
27 270
%
0,25
7,3
30
50
100
Nasos stansiyalarida elektr energiyasi isteʼmoli va suv miqdorini “onlayn” rejimda monitoring qilish tizimini joriy etish
dona
-
100
327
1 700
1 821
%
-
4,6
15
93
100
VI. Sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatni takomillashtirish va bozor mexanizmlarini joriy etish
Suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari koʻlamini kengaytirish, ilmiy va innovatsion potensialni rivojlantirish, ilmiy yutuqlar va nou-xaularni joriy qilish
dona
15
25
28
32
40
Cuv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyihalarni amalga oshirish
loyiha
-
5
15
25
50
Suv resurslarini boshqarish sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish orqali suv xoʻjaligiga ajratilayotgan budjet mablagʻlari ulushini kamaytirish
%
-
-
3
15
30
VII. Sohani oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash va xodimlarni moliyaviy qoʻllab quvvatlash
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarni oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash
nafar
400
500
500
1 600
2 000
%
42
45
47
50
65
Suv xoʻjaligi xodimlari oylik ish haqini respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga yetkazish (oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan)
%
64
75
85
100
100
Izoh: Maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga Suv xoʻjaligi vazirligining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlik kiritilishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 3 yillik strategiyasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
2020-yil
dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
2021-yil
mart
Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklarva idoralar
Suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni isteʼmol qilish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi
2022-yil
dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
manfaatdor vazirlikva idoralar
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha barcha normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2021-yil
mart
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Davlat geologiya qoʻmitasi, Oʻzgidrometmarkaz
Suv xoʻjaligi mutaxassislari va rahbar xodimlarini malaka oshirish tizimini yaratish toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat
2020-yil dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Oʻzgidrometmarkaz
II. Suv resurslarini prognozlash va integratsiyalashgan holda boshqarish, suv resurslarini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda suv isteʼmoli meʼyorlarini belgilash tizimini takomillashtirish
Suv resurslarini geoaxborot tizim asosida prognoz qilishni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy qilish.
?ora-tadbirlar rejasi
2021-2022-yillar
Oʻzgidrometmarkaz,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi
Daryo va soylardagi 12 ta gidrologik postni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, 18 ta gidrologik postni qayta tiklash va suvni tezkor va ishonchli nazorat qilish tizimini yaratish.
Chora-tadbirlar rejasi
2020-yil iyul
Oʻzgidrometmarkaz,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi
Suv olish limitlarini suv resurslarining prognoziga va iqtisodiyot tarmoqlari ustuvorligi hamda talablaridan kelib chiqib belgilash.
Amaliy chora-tadbirlar
Har yili aprel va sentabr oylari
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Davlat geologiya qoʻmitasi, Oʻzgidrometmarkaz
Davlat suv kadastri yuritilishini sifatini yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida idoralararo maʼlumotlar almashish tizimini takomillashtirish, taqdim etiladigan kadastr maʼlumotlarini shaffofligini taʼminlash.
Kompleks
chora-tadbirlar
2020 — 2022-yillar
Oʻzgidrometmarkaz,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Davlat geologiya qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
III.Cuv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini taʼminlash
Cuv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha dastur ishlab chiqish.
Dastur
2020-yil
dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzbekgidroenergo” AJ,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Cuv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va mamlakatimizda ularni qoʻllashni tashkil etish.
Takliflar
2021-yil dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzbekgidroenergo” AJ,
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
“Oʻzsuvloyiha” AJ,
“OʻzGIP” MChJ
Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarida nazorat-oʻlchov uskunalari hamda xabar berish tizimlarini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda modernizatsiya qilish va respublika miqyosida xabar berishning yagona tarmogʻini yaratish.
Chora-tadbirlar rejasi
2020-yil dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzbekgidroenergo” AJ,
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
“Oʻzsuvloyiha” AJ,
“OʻzGIP” MChJ
IV.Suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, kanallarda suv yoʻqolishining oldini olish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish
Suv omborlari va irrigatsiya tizimi kanallarini modernizatsiya qilish, qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalarni tanlab olish, hududiy dasturlarni shakllantirish hamda xalq deputatlari kengashlarida oshkoralik asosida muhokamasini tashkil qilish hamda belgilangan tartibda amalga oshirish.
Hududiy va manzilli
dasturlar
Doimiy ravishda
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari
Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-amaliy kuzatuvini taʼminlash va sifatini yaxshilash.
Shartnomalar,
loyiha-qidiruvi ishlari
Doimiy ravishda
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
“Oʻzsuvloyiha” AJ, “OʻzGIP” MChJ
Cuv xoʻjaligi obyektlarini uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida oʻrganish, texnik holatini tahlil qilishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha pilot loyihani amalga oshirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-2022 yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi,
“Oʻzsuvloyiha” AJ,
“OʻzGIP” MChJ
Yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiya asosida avtomatlashtirish boʻyicha pilot loyihani ishlab chiqish, koʻrgazmali seminarlarni tashkil qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
100 ta yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
2021-yil avgust
Qashqadaryo viloyatidagi “Doʻstlik-1,2,3” va Toshkent viloyatidagi “Bogʻi-boʻston” nasos stansiyalarida elektr energiyasi sarfini raqamli texnologiya asosida nazorat qilish va hisobga olish loyihalarining monitoringini olib borish, natijalarini tahlil qilgan holda respublikadagi boshqa nasos stansiyalarga joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Tashkiliy
tadbirlar
2020-yil
noyabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Energetika vazirligi,
Moliya vazirligi
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 1 687 ta nasos stansiyasida elektr energiyasi sarfini raqamli texnologiya asosida nazorat qilish va hisobga olish tizimini joriy qilish.
Chora-tadbirlar rejasi
2021-yil iyun
Quvurli sugʻorish tizimi va sugʻorish tarmoqlari joriy qilinadigan suv xoʻjaligi obyektlari va hududlarni aniqlash, namunaviy loyiha ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich joriy etish.
Kompleks chora-tadbirlar dasturi
2020-yil noyabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
“Oʻzsuvloyiha” AJ,
“OʻzGIP” MChJ
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish boʻyicha eng ustuvor loyihalarga investitsiyalar jalb etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va Davlat investitsiya dasturiga kiritish uchun taqdim qilish.
Takliflar
Har yili iyul
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
V. Suv xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish
KOISA xalqaro tashkilotining granti asosida 61 ta suv xoʻjaligi obyektida suvni nazorat qilish va hisobini yuritish boʻyicha loyihaning monitoringini yuritish hamda erishilgan natijalar asosida respublikaning qolgan suv xoʻjaligi obyektlarida, jumladan, birinchi bosqichda 56 ta suv ombori, 344 ta viloyatlararo, 1 895 ta tumanlararo va 16 281 ta tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv xoʻjaligi obyektida raqamli texnologiyani joriy qilish.
Chora-tadbirlar rejasi
2021-yil aprel
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini axborot-kommunikatsiya dasturlari asosida ishlab chiqishni toʻliq joriy qilish.
Chora-tadbirlar rejasi
2022-yil fevral
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
Suv xoʻjaligi tashkilotlari dispetcherlik xizmatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ofis jihozlari bilan butlash.
Kompleks
chora-tadbirlar
2020 — 2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi
VI. Sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalarini qoʻllash koʻlamini kengaytirish
Qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorish?? suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan umumiy maydonlarni 2025-yilgacha 1,0 million gektarga, 2030-yilga kelib 2,0 million gektargacha yetkazish, shu jumladan, tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishni 2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazish.
Hududiy
manzilli roʻyxatlar va manzilli dasturlar
Har yili
may oyi
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekipaksanoati” AJ,
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishning tizimli monitoringini yuritish hamda tahlil qilib borish.
Tahliliy maʼlumotlar
Har chorak yakuni bilan
Suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va ularni ishlatish boʻyicha malakali mutaxassislar va soha olimlari tavsiyalari asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga davriy ravishda sayyor oʻqitish kurslarini hamda koʻrgazmali oʻquv seminarlar tashkil qilib, markaziy va hududiy teleradiokanallar hamda internet nashrlarida yoritib borish.
Amaliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, loyiha tashkilotlari, MTRK, OʻzA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
VII. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash va tiklash ishlari boʻyicha ustuvor loyihalarni aniqlash, hududiy dasturlarni shakllantirish, xalq deputatlari kengashlarida oshkoralik asosida muhokamasini tashkil qilish hamda belgilangan tartibda amalga oshirish.
Hududiy dasturlar,
Manzilli roʻyxatlar
Har yili may oyi
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari
Sugʻoriladigan yerlardagi meliorativ kuzatuv quduqlarida yer osti sizot suvlari monitoringini raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda “onlayn” rejimga oʻtkazish hamda yerlarning meliorativ holati, sizot suvlarning sathlari va minerallashuvi boʻyicha axborot tizimini yaratish va uni geoaxborot tizimi bilan integratsiyalash.
Tashkiliy tadbirlar rejasi
2021-yil mart
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi meliorativ ekspeditsiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini ekspress baholash imkonini beruvchi zamonaviy jihozlar, koʻchma mobil tezkor laboratoriya va oʻlchov vositalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.
Kompleks
chora-tadbirlar rejasi
2021-yil aprel
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, sizot suvlar sathi monitoringini olib borish, kollektor-drenaj suvlari hisobini, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning suv-tuz balansini yuritish tizimini raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda takomillashtirish.
Kompleks
chora-tadbirlar rejasi
2021-yil aprel
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,Innovatsion rivojlanish vazirligi
Suv xoʻjaligi obyektlari kadastrini geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda yuritish tizimini tashkil etish.
Chora-tadbirlar rejasi
2020-yil dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
VIII. Suv xoʻjaligi sohasiga bozor tamoyillarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini joriy qilish
Suvni yetkazish boʻyicha xarajatlarning bir qismini suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim qilib borish.
Taklif
Har yili
may-iyun
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirishning tamoyillari va yoʻnalishlarini belgilash hamda ular asosida xususiy sektorga beriladigan suv xoʻjaligi inshootlari va xizmatlari roʻyxatini shakllantirish.
Tashkiliy tadbirlar
2021-yil dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Suv xoʻjaligi obyektlarini va suv xoʻjaligini boshqarishdagi vazifalarning bir qismini yirik klaster tashkilotlari va fermer xoʻjaliklariga bosqichma-bosqich foydalanish uchun berish.
Chora-tadbirlar rejasi
2022-yil mart
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Davlat geologiya qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
IX. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida mintaqadagi transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlari yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va mintaqa mamlakatlari bilan muhokama qilish.
Takliflar
2022-yil oktabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
“Oʻzbekgidroenergo” AJ,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Energetika vazirligi
Transchegaraviy suvlardan foydalanish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari normalari va tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar
2021-yil
noyabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
“Oʻzbekgidroenergo” AJ,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Energetika vazirligi
Amudaryo, Sirdaryo va boshqa transchegaraviy daryolar suv resurslarini nazorat qilish tizimini takomillashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha mintaqa davlatlari bilan kelishilgan holda qoʻshma monitoring va ochiq maʼlumotlar almashish tizimini joriy qilish.
Takliflar
2022-yil dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
“Oʻzbekgidroenergo” AJ,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Energetika vazirligi
X.Suv xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot faoliyatni yanada kuchaytirish, kadrlar malakasini oshirish, ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda loyiha tashkilotlarining salohiyatini yaxshilash
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari butlovchi qismlarining (quvurlar, fitinglar) gidravlik koʻrsatkichlarini tadqiqot qilish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini loyihalash boʻyicha tavsiyalar tayyorlash.
Tavsiyalar
2021-2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Suv resurslarini havzalar va dala darajalarida barqaror boshqarishning ilgʻor yondashuv, uslub va texnologiyalarini tadqiq qilish hamda ularni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tahliliy materiallar
2021-2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻorish meʼyorlari va rejimlarini har xil tuproq-iqlim sharoitida tadqiqot qilish hamda sugʻorish meʼyorlari va rejimlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tavsiyalar
2021-2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Tomchilatib sugʻorish texnologiyasi butlovchi qismlari parametrlariga qishloq xoʻjaligi ekin turi, tuproq-iqlim sharoiti va sugʻorish rejimlarining taʼsiri tadqiqot qilish hamda ularni loyihalash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tavsiyalar
2021-2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Har xil tuproq-iqlim sharoitida tuproqning shoʻrlanish darajasini kamaytirish va oldini olish boʻyicha noanʼanaviy texnologiyalarni tadqiqot qilish hamda pilot uchastkalarda sinash tuproq shoʻrlanish darajasini kamaytirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.
Tavsiyalar
2021-2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Suv xoʻjaligi vazirligining Axborot-tahlil va resurs markazi hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining xorijiy davlatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlarning axborot-tahlil va tadqiqot markazlari bilan suv xoʻjaligiga doir masalalar yuzasidan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy tadbir
2020 — 2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
Suv xoʻjaligi vazirligining Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va uning boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.
Tashkiliy tadbirlar
2020 — 2022-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda suv xoʻjaligining barcha darajadagi xodimlarining malaka oshirishning barqaror tizimini yaratish, zamonaviy oʻquv texnologiyalari va masofaviy oʻqitish usullarini oʻquv jarayoniga joriy etish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2021-2022
yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2020-y., 06/20/6024/1063-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)