|
T/r |
Faoliyat yoʻnalishlari* |
Mahsulotlarning asosiy turlari |
|
1. |
Ganch oʻymakorligi |
Qandillar, devor shamdonlari, koʻzgu, naqshlar, stalaktitlar, muqarnas (friz), karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar, haykalchalar, panno, shift va devor bezaklari va asoslari, ganchdan yasalgan arxitektura va qurilish elementlari, boshqa amaliy bezak mahsulotlari. |
|
2. |
Qoʻlda gilam toʻqish |
Gilam va gilamchalar, paloslar, xurjunlar, kigiz buyumlar, sholchalar, joynamozlar, oʻtovlar, tabiiy toladan tayyorlangan buyumlar. |
|
3. |
Qoʻlda gazlamalar toʻqish |
Atlas, beqasam, adras, tabiiy ipak, ip kalava, jun va sunʼiy ipdan toʻqilgan gazlamalar. |
|
4. |
Tosh oʻymakorligi |
Toshdan tayyorlangan esdalik buyumlar, mayda plastikalar, qutichalar, yozuv anjomlari, shamdonlar, panno, relyeflar va kontrrelyeflar, barelyeflar, geraldika va ramzlar, toshni pardozlash yoʻli bilan tayyorlangan bezaklar va boshqa bezak buyumlar. |
|
5. |
Miniatyura, rang-tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar tayyorlash |
Lok miniatyurasi texnikasida tayyorlangan buyumlar: qutichalar, suratlar, devor, qogʻoz mato, teri, gazlama, papye-mashe, yogʻoch, qovoq, karton, suyak va emaldagi naqshlar va rasmlar, miniatyura va tasviriy sanʼat asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari, muqovalash. |
|
6. |
Kandakorlik, miskarlik buyumlarini tayyorlash |
Mis, latun, alyuminiydan yasalgan buyumlar (choynak, qumgʻon, lagan, guldon, shuningdek, bezash va amaliy maqsadlar uchun moʻljallagan boshqa buyumlar). |
|
7. |
Metalldan buyumlar yasash |
Qoʻlda yasalgan metall buyumlar: eshiklar, naqshli darvozalar, panjaralar, deraza va eshik tutqichlari, ilgaklar, qoʻngʻiroqlar, zanjirlar, shamdonlar, ketmonlar, teshalar, xaskash, panshaxalar, omochlar, barcha turdagi milliy qilich, xanjar va pichoqlar, ommaviy ishlab chiqariladigan metall buyumlar. |
|
8. |
Tunukadan buyumlar yasash |
Qoʻlda yasalgan tunuka buyumlar: guldor va jimjimador tarnov va quvurlar, oshxona anjomlari (oshpichoq, kapkir, choʻmich, chovli, elak, mantiqosqon va boshqalar), uy-roʻzgʻor buyumlari (kiyim va parda ilgichlar, qoʻl yuvgich, tutqichlar, soyabonlar) va boshqalar. |
|
9. |
Milliy poyabzal tayyorlash |
Qoʻlda va yakka tartibda tikilgan milliy poyabzallar, teridan mahsi va kovushlar, kirza va kigiz etiklar, sandallar, shippaklar, tuflilar. |
|
10. |
Milliy liboslar tayyorlash |
Chopon, yaxtak, nimcha, bolalar choponlari, toʻy liboslari va boshqa milliy kiyimlar. |
|
11. |
Bosh kiyimlar tayyorlash |
Telpak, salla, shuningdek, moʻyna, qorakoʻl teri, teri va qoʻlda ishlov berilgan materiallardan tikilgan boshqa bosh kiyimlar. |
|
12. |
Yogʻoch oʻymakorligi |
Yogʻoch oʻymakorligi uslubida bajarilgan barcha amaliy bezak sanʼat turlari. |
|
13. |
Suyakka oʻyma naqsh solish |
Esdalik sovgʻalari, mayda haykalchalar, netske, qutichalar, pichoq, qilich, xanjar soplari, suyakdan bezak bergan holda tayyorlangan boshqa amaliy bezak mahsulotlari. |
|
14. |
Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash |
Turli xil matolarga gul bosish usulida tayyorlangan buyumlar: batik, milliy koʻrpa va koʻrpachalar, yostiqlar, belbogʻlar, jiyaklar, sumkalar, tasmalar, bolalar kiyimlari va boshqa chokli hunarmandchilik buyumlari. |
|
15. |
Kashtachilik |
Kashtachilik va toʻqilgan buyumlar, shuningdek, qoʻlda tayyorlangan bosh kiyimlar qismlari (kashta mashina yordamida ham tayyorlanishi mumkin). |
|
16. |
Zardoʻzlik buyumlari |
Metall iplardan foydalangan holda zardoʻzlik uslubida tayyorlangan barcha hunarmandchilik mahsulotlari. |
|
17. |
Musiqa asboblarini tayyorlash |
Ishlab chiqarishdan tashqari usulda tayyorlangan barcha turdagi milliy musiqa asboblari. |
|
18. |
Chinni, fayans va sopol buyumlari tayyorlash |
Chinni, fayans va sopoldan tayyorlangan amaliy bezak sanʼatining barcha turlari, arxitektura-bezak elementlari, chinni, fayans va sopol buyumlarini naqsh va trafaret bilan bezash, loydan tayyorlangan uy va oshxona buyumlari, tandirlar. |
|
19. |
Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash |
Qonunchilikka muvofiq tamgʻalanishi shart boʻlgan probali oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan ijodiy, mualliflik va milliy uslubda yasalgan buyumlar. |
|
20. |
Oʻyinchoqlar tayyorlash |
Yogʻoch, metall, gips, mato, sopol va boshqa materiallardan ishlab chiqarishdan tashqari sharoitda yasalgan oʻyinchoqlar. |
|
21. |
Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash |
Tabiiy va sunʼiy materiallar (gips, shamot, mis, bronza, alyuminiy, suyak, yogʻoch, tosh, sopol, chinni, fayans, va boshqalar)dan yasalgan barcha turdagi haykaltaroshlik buyumlari. |
|
22. |
Charm mahsulotlarini tayyorlash |
Egar-jabduq anjomlari, shu jumladan ular uchun arqon, belbogʻ, qayish anjomlar, tabiiy va sunʼiy charmdan tayyorlangan milliy nimcha va bosh kiyimlar, charmdan tayyorlangan esdalik buyumlari. |
|
23. |
Mualliflik mebellarini tayyorlash |
Amaliy bezak sanʼati predmetlariga kiradigan mebel (toʻplamlari va alohida qismlari). |
|
24. |
Yogʻochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash |
Oshxona anjomlari (oʻqlov, tuzdon, non quti, juva, keli, oshtaxta, chakich), yogʻoch, faner va laminatdan tayyorlangan turli hunarmandchilik mahsulotlari, belanchaklar, bolalar aravachasi, beshik va uning anjomlari, turli xontaxtalar, sandiq, javon, eshik, rom, bezakli reykalar, surat uchun romlar (baget), tokarlik uskunasidan tayyorlangan har xil shaklli hunarmandchilik mahsulotlari, yogʻoch shaxmat taxtasi va donasi, panno, yogʻochdan qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida yasalgan boshqa buyumlar. |
|
25. |
Pechka va kaminlar yasash |
Pechkalar, kaminlar, shu jumladan ular uchun havo soʻrish qurilmalari. |
|
26. |
Novdalardan buyumlar toʻqish |
Oʻsimlik novdalaridan toʻqilgan buyumlar (qamish, tol, poxol, tok novdalari va boshqa har xil daraxt novdalari). |
|
27. |
Mozayka ishlari |
Devor va shift mozaykalari, tabiiy va sunʼiy materialdan mozayka pannolari tayyorlash. |
|
28. |
Koʻzgu tayyorlash |
Koʻzgu va koʻzgu sirtlari tayyorlash. |
|
29. |
Shisha puflash ishlari |
Badiiy puflash asosida ishlangan bra, mayda plastiklar, esdalik buyumlari, taqinchoqlar. |
|
30. |
Hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar tayyorlash |
Tabiiy va sunʼiy materiallardan quyma uslubda ishlangan buyumlar, shuningdek, (murakkab mexanizm va mashinalardan foydalanmagan holda) mis, bronza, choʻyan, alyuminiydan qoʻlda quyma uslubda ishlangan mahsulotlar. |
|
31. |
Soatsozlik |
Devorga osiladigan eksklyuziv, polda turadigan, kamin va qoʻl soatlari tayyorlash, soat mexanizmlarini taʼmirlash. |
|
32. |
Emallash ishlari |
Emal qoplamali buyumlarni tayyorlash, emal qoplamalarini taʼmirlash va tiklash. |
|
33. |
Esdalik buyumlarini tayyorlash |
Turli tabiiy va sunʼiy materiallardan har xil rangda tayyorlangan esdalik va sovgʻa buyumlari, kamar, nishonlar, tasbeh, guldastalar, floristika, ikebana va boshqa buyumlar. |
|
34. |
Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash |
Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barcha taqinchoqlar (tumorlar, ziraklar, zebigardon, bilaguzuk, uzuk, tillaqosh va boshqalar). |
|
35. |
Ot anjomlarini tayyorlash |
Uzangi, taqa, nuqta, qamchi, egar-jabduq va boshqa mahsulotlar tayyorlash. |
|
36. |
Xattotlik |
Xattotlik uslubida tayyorlangan qoʻlyozmalar, kitoblar, miniatyura va tasviriy sanʼat asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari yaratish. |
|
37. |
Qadimiy qoʻlyozmalarni restavratsiya qilish |
Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, muqovalash. |
|
38. |
Makrame va qoʻlda toʻqilgan buyumlar tayyorlash |
Makrame, patli roʻmollar, spitsalarda toʻqilgan buyumlar. |
|
39. |
Anʼanaviy doʻppichilik |
Hududlarga xos gul va naqshlarda milliy uslubda tayyorlangan doʻppi va bosh kiyimlar. |
|
40. |
Zamonaviy sanʼat asarlari yaratish |
Chiqindi va qayta ishlangan xomashyolardan foydalanib dekorativ, noanʼanaviy asarlar yaratish. |
|
41. |
Devorga bezak berish |
Devorga milliy va zamonaviy uslubda bezak berish, barelyef. |
|
42. |
Anʼanaviy dizaynerlik xizmatlarini koʻrsatish |
Milliy kiyimlar, toʻy va marosimlarda ishlatiladigan sarpo idishlar, har xil oʻlcham va koʻrinishdagi jomadonlar. |
|
43. |
Quroqchilik usulida tikish |
Koʻrpa, yopinchiq, panno, yostiq jildlar tayyorlash |
|
T/r |
Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlari |
Tuman va shaharlar | ||||
|
1-toifa |
2-toifa |
3-toifa |
4-toifa |
5-toifa | ||
|
1. |
“Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun |
Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 baravarigacha |
BHMning 4 baravarigacha |
BHMning 5 baravarigacha | ||
|
2. |
Shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun |
Xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha |
Xarajatlarning 75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha | |||
|
3. |
Ustalarga — internet saytlarini yaratish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun |
Xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha |
Xarajatlarning 75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha | |||
|
4. |
Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun |
BHMning 5 baravarigacha | ||||
|
5. |
Hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi boʻyicha |
BHMning 40 baravarigacha | ||||
|
T/r |
Tadbirlar nomlanishi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |||
|
1. |
Xalqaro “Oʻtov” hunarmandchilik festivalini tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Ermanov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
2. |
Nukus shahrida “Taqiya” xalqaro festivalini oʻtkazish. |
2024-yil may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Ermanov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
Andijon viloyati | |||
|
3. |
Andijon shahrida “Milliy qoʻgʻirchoqlar — milliy qadriyatlar koʻzgusi” nomli respublika festivalini oʻtkazish. |
2023-yil sentabr |
Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi (Umarova) |
|
4. |
Shahrixon tumanida milliy pichoqchilik koʻrgazma-yarmarkasini tashkil etish. |
2024-yil iyul |
Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Buxoro viloyati | |||
|
5. |
Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar” anʼanaviy xalqaro festivalini oʻtkazish. |
2023-yil iyun |
Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
6. |
Buxoro shahrida “Buxoro hunarmandlari kuni” festivalini oʻtkazish. |
2024-yil noyabr |
Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
Jizzax viloyati | |||
|
7. |
Baxmal tumanida “Baxmal egarlari” hunarmandchilik mahsulotlari savdo koʻrgazmasini tashkil etish. |
2023-yil avgust |
Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
8. |
Zomin tumanida “Milliy quroqlar va choponlar” milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish. |
2024-yil iyul |
Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Qashqadaryo viloyati | |||
|
9. |
Shahrisabz shahrida Xalqaro iroqi kashtachilik festivalini tashkil etish. |
2023-yil avgust |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
10. |
Kasbi tumanida kulolchilik koʻrgazmasini oʻtkazish. |
2024-yil oktabr |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Navoiy viloyati | |||
|
11. |
Navoiy shahrida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivalini oʻtkazish. |
2023-yil sentabr |
Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
12. |
“Nurota kashtachiligi” hunarmandchilik koʻrgazmasini tashkil etish. |
2024-yil avgust |
Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Namangan viloyati | |||
|
13. |
Chust tumanida “Doʻppi tikdim ipaklari tillodan” respublika milliy doʻppilar koʻrgazma yarmarkasini tashkil etish. |
2023-yil avgust |
Namangan viloyati hokimligi (Abdurazakov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
14. |
Namangan shahrida “Yogʻoch oʻymakorligi sanʼati” festivalini oʻtkazish. |
2024-yil oktabr |
Namangan viloyati hokimligi (Abdurazakov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
Samarqand viloyati | |||
|
15. |
Samarqand shahrida “Silk road bazar” milliy hunarmandchilik festivalini oʻtkazish. |
2023-yil oktabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
16. |
Samarqand shahrida II Xalqaro kashtachilik festivalini oʻtkazish. |
2024-yil mart |
Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
Sirdaryo viloyati | |||
|
17. |
Guliston shahrida milliy liboslar festivali va hunarmandchilik mahsulotlari savdo koʻrgazmasini tashkil etish. |
2024-yil iyun |
Sirdaryo viloyati hokimligi (Maxmudaliyev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Surxondaryo viloyati | |||
|
18. |
Angor hunarmandchilik markazida milliy liboslar koʻrgazmasini tashkil etish. |
2024-yil aprel |
Surxondaryo viloyati hokimligi (Qosimov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Toshkent viloyati | |||
|
19. |
Boʻstonliq tumanida milliy suvenirlar yarmarkasini tashkil etish. |
2023-yil avgust |
Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
20. |
Angren shahrida “Makrame va patli roʻmollar” savdo-yarmarkasini tashkil etish. |
2024-yil noyabr |
Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Fargʻona viloyati | |||
|
21. |
Rishton tumanida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkasini tashkil etish. |
2024-yil may |
Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
22. |
Furqat tumanida “Uch avlod” respublika yogʻoch oʻymakorlari uchrashuvlarini tashkil etish. |
2023-yil sentabr |
Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
|
23. |
Margʻilon shahrida “Atlas bayrami” VI xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivalini oʻtkazish. |
2024-yil oktabr |
Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya |
|
Xorazm viloyati | |||
|
24. |
Xiva shahrida “Gilamlarga bitilgan tarix” gilamchilik koʻrgazmasini tashkil etish. |
2023-yil avgust |
Xorazm viloyati hokimligi (Raximov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
25. |
Yangiariq kulolchilik markazida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma savdosini tashkil etish. |
2024-yil aprel |
Xorazm viloyati hokimligi (Raximov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
Toshkent shahri | |||
|
26. |
“Oʻzbekiston sovgʻalari” milliy suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini tashkil etish. |
2023-yil avgust |
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
27. |
“Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkalarini oʻtkazish. |
2023-2024-yillar noyabr oyida |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
|
28. |
“Yangi yil sovgʻalari” milliy suvenirlar yarmarkasini tashkil etish. |
2023-2024-yillar dekabr oyida |
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
|
29. |
“Sohir qalam moʻjizasi” IV respublika xattotlik va miniatyura koʻrgazmasi hamda ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish. |
2024-yil fevral |
“Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Badiiy akademiya (Nuriddinov) |
|
Xalqaro tadbirlar | |||
|
30. |
AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Indoneziya, Hindiston, Malayziya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro koʻrgazma va festivallarda (maxsus rejaga muvofiq) Oʻzbekiston hunarmandlarining ishtirokini taʼminlash. |
2023-2024-yillar mobaynida |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablagʻlarning kamida 70 foizini hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil davomida | Markaziy bank (Kamalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sultanov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Muxitdinov) |
2. | Hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatini shakllantirish va ularni muntazam yangilab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil 25-iyun, har yili | Madaniy meros agentligi (Abdukarimov) |
3. | Roʻyxatga asosan hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini elektron onlayn auksionga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil 1-iyul, har yili | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) |
4. | Davlat mulkini ijaraga berish tartibini moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ijaraga berishning xususiyatlaridan kelib chiqib, takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil 1-avgust | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Madaniy meros agentligi (Abdukarimov) |
5. | “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil 1-iyul | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Pekos), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) |
6. | “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”da qadimiy sulola davomchilari boʻlgan hunarmandlar reyestrini yuritish va doimiy yangilab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil 1-iyul, doimiy | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
7. | Hunarmandlarning xorijiy mamlakatlarda hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar, festivallar va konferensiyalarda keng ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | Chora-tadbirlar rejasi | Har yili 1-dekabrga qadar | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
8. | Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash hududda zaxiradagi yerlarning 0,3 gektar yer uchastkasida mahalliy budjet mablagʻlarining orttirib bajarilgan qismi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani oʻz ichiga olgan Hunarmandlar maskanini barpo etish va hunarmandlarga belgilangan tartibda ijaraga berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil 1-mart | Toshkent shahar hokimligi (Umurzakov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
9. | Hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yoʻnalishini alohida yondashuvlar asosida rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, hunarmandchilikning yoʻqolib ketayotgan turlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish boʻyicha aniq choralarni belgilash. | Chora-tadbirlar dasturi | Har yili dekabr | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
10. | “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish, jumladan Uyushma tomonidan hunarmandlarga xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan taqdim etilgan subsidiya, imtiyoz va boshqacha qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish; sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik koʻmak mablagʻlarining prognozi hamda aniq yoʻnalishlarini belgilash; hunarmandchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda keng targʻib qilish va sotish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; hunarmandchilik faoliyati uchun zarur xomashyo bazasini shakllantirish va rivojlantirish; Uyushmaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va shu orqali hunarmandlarga koʻrsatiladigan xizmatlar sonini koʻpaytirish; Uyushma raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, Uyushma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalari hamda shtat birliklarini tasdiqlash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2023-yil 1-sentabr | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
12. | Xalqaro hunarmandchilik, badiiy sanʼat va dizayn institutini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, institutning vazifalari etib quyidagilarni belgilash: hunarmandchilik yoʻnalishida oliy maʼlumotga ega kadrlarni tayyorlash, jumladan “usta-shogird” anʼanalari asosida dual taʼlim tizimini keng joriy qilish; hunarmandchilikning anʼanaviy turlarini saqlab qolgan holda, zamon talablariga moslashtirish va rivojlantirish; hunarmandchilik hamda zamonaviy arxitektura, qurilish, dizayn, toʻqimachilik va boshqa sanoat sohalari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani taʼminlash; usta-hunarmandlar tomonidan maktablarda amaliy saboq berish amaliyotini yoʻlga qoʻyishga uslubiy koʻmaklashish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil 1-sentabr | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abduraxmonov) |
13. | Milliy matolar (xonatlas, adras, satin, aʼlo baxmal) va kashtachilikdagi gul va naqshlarni milliy hunarmandchilik boyligi sifatida asrab-avaylash, himoya qilish va ushbu yoʻnalishdagi hunarmandchilik turlarini rivojlantirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: milliy mato va kashtachilikda foydalaniladigan anʼanaviy gul va naqshlarning yangilanib boruvchi reyestrini yuritish; davlat va ommaviy tadbirlarda sahnalarni bezash, badiiy jamoalar liboslarini tayyorlash va xorijiy mehmonlarga sovgʻalar berishda faqat qoʻlda toʻqilgan milliy mato va hunarmandchilik mahsulotlaridan foydalanishni nazarda tutish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2023-yil 1-sentabr | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov) |
14. | Bolalarda milliy qadriyatlarga iftixor tuygʻusini yanada oshirish, amaliy sanʼat va milliy hunarmandchilikka oid tushunchalarni erta yoshdan shakllantirish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻquv dasturlarida kulolchilik hunari toʻgʻrisidagi tushunchalarni aks ettirishni yoʻlga qoʻyish. | Idoraviy hujjat | 2023-yil 1-avgust | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Shin), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
15. | Maktabni aʼlo baholar bilan tamomlagan bitiruvchilarga maktab davrini eslatadigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari toʻplamini sovgʻa qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili may oyida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
16. | Hunarmandchilik faoliyatida zarur yogʻoch xomashyo bazasini shakllantirish va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun “Hunarmand” uyushmasi taʼsischiligida hunarmandchilik klasterini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil 1-avgust | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
17. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-77-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida import oʻrnini bosuvchi qattiq turdagi yogʻoch xomashyo bazasini yetishtirish uchun Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidan zaxirada boʻlgan 300 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni hunarmandlarga ijaraga berish uchun belgilangan tartibda elektron tanlovlarni tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil 1-avgust | Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Voitov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
18. | Hunarmandchilik klasterini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan sakkiz yil muddatga, biryoʻla qaytarib berish sharti bilan 5 mlrd soʻm ssuda ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil 1-avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
19. | Xorijiy va mahalliy turistlarga hunarmandchilik mahsulotlarini keng targʻib qilish maqsadida yirik mehmonxonalarda hunarmandchilik mahsulotlarini sotish shourumlarini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Madaniyat va turizm vazirligi (Nazarbekov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
20. | Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash. Bunda, savdo pavilonlarini 2023-yil 1-oktabrga qadar ishga tushirish va “Hunarmand” uyushmasi hududiy boshqarmalariga tekin foydalanish huquqi bilan berishni nazarda tutish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2023-yil 1-iyul | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
21. | Hududlarda kulolchilik mahsulotlarini keng ommaga targʻib etish hamda ularning milliy iftixor ramzi sifatida har bir xonadonga kirib borishini taʼminlash maqsadida har bir hududda kulolchilik sayillarini oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili kamida 2 marotaba | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
22. | Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi barcha diplomatik vakolatxonalarida tashkil etiladigan shourum, koʻrgazma zallari va savdo doʻkonlariga hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini yetkazib berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriligi (Kudratov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
23. | Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatini hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari roʻyxatidan kelib chiqib takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil 1-sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) |
24. | “Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Qonun loyihasi | 2023-yil 1-oktabr | “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev) |