

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7282782" id="onLBC-7282782">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul  mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-7282782" id="onLS-7282782">[<b>TSZ:</b><div id="LS3775"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Buxgalteriya hisobi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-7301435" id="-7301435">Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7301436" id="-7301436">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-7301437" id="-7301437">Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-son BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot”ni tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-7301438" id="-7301438">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3592]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7301440" id="-7301440"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301450" id="-7301450">Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2931253">Qonuniga </a>muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301455" id="-7301455">1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” <a href="/mact/-7282782#-7301462">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301456" id="-7301456">2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 16-oktabrda 51-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy <a href="/mact/-818994">standarti </a>(9-sonli BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” (roʻyxat raqami 519, 1998-yil 4-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 6-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301457" id="onLBC-7301457">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6069"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301457" id="-7301457">3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7301458" id="-7301458">Vazir D. KUCHKAROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7301459" id="-7301459">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7301460" id="-7301460">2024-yil 5-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-7301461" id="-7301461">199-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7301462" id="-7301462"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7301463" id="-7301463">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 5-dekabrdagi 199-son <a href="/mact/-7282782">buyrugʻiga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7301464" id="-7301464"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli </strong><strong>BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot”</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7301465" id="-7301465"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301466" id="-7301466"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301467" id="-7301467">1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2931253">Qonuniga</a> muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301468" id="onLBC-7301468">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6667"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;</span></div><div id="LBC22724"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.08.00 Budjet hisobi standartlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301468" id="-7301468">2. Mazkur BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan budjet tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari mustasno) (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301469" id="-7301469">3. Mazkur BHMSda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301470" id="-7301470"><strong>pul mablagʻlari</strong> — tashkilotning naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlaridagi mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301471" id="-7301471"><strong>pul mablagʻlari ekvivalentlari</strong> — maʼlum miqdordagi pul mablagʻiga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi oʻzgarishlar tufayli ahamiyatli boʻlmagan tavakkalchiligi boʻlgan qisqa muddatli (3 oy yoki undan kam), yuqori likvidli investitsiyalardir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301472" id="-7301472"><strong>pul oqimlari</strong> — pul mablagʻlari va ular ekvivalentlarining kirimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqib ketishi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301473" id="-7301473"><strong>operatsion faoliyat</strong> — tashkilotning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek uning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga tegishli boʻlmagan boshqa xoʻjalik faoliyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301474" id="-7301474"><strong>investitsiya faoliyati</strong> — pul mablagʻlari ekvivalentlariga va uzoq muddatli aktivlarga kirmaydigan boshqa investitsiya obyektlarini xarid qilish va hisobdan chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301475" id="-7301475"><strong>moliyaviy faoliyat</strong> — tashkilotning xususiy kapitali va qarz mablagʻlari miqdori va tarkibida oʻzgarishlarga olib keladigan faoliyat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301476" id="-7301476">4. Tashkilot mazkur BHMS talablariga muvofiq pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301477" id="onLBC-7301477">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6751"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301477" id="-7301477">5. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanish chogʻida pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tashkilotning pul mablagʻlari va uning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholash imkonini beradigan maʼlumot bilan taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301478" id="-7301478">6. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot pul tushumlari va toʻlovlari uchta asosiy toifaga ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301481" id="-7301481">7. Tashkilot tomonidan olingan bank kreditlari moliyaviy faoliyatga kiradi. Agar talab qilingan paytda toʻlanadigan bank overdraftlari tashkilotlar pul mablagʻlarini boshqarishning ajralmas qismi boʻlsa, ular pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentining tarkibiy qismi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301482" id="-7301482">8. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari moddalari oʻrtasidagi harakatni oʻz ichiga olmaydi. Ushbu moddalari oʻrtasidagi harakat pul mablagʻlarini boshqarishning bir qismi sanalib, pul mablagʻlarini boshqarish ortiqcha pul mablagʻlarini pul mablagʻlari ekvivalentlariga kiritishni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301483" id="-7301483">9. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot tashkilotning hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyatlari natijasida olgan pul oqimlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301484" id="-7301484">2-bob. Tashkilotning operatsion faoliyati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301485" id="-7301485">10. Tashkilotning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimlari hajmi tashkilotning qarzlarini toʻlash, ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni toʻlash va oʻz mablagʻlari hisobidan yangi investitsiyalar qilish uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Oʻtgan davrlarda operatsion faoliyatdan olingan pul oqimlarining ayrim qismlari toʻgʻrisidagi maʼlumotdan boshqa maʼlumotlar bilan birgalikda operatsion faoliyat boʻyicha kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalanish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301486" id="-7301486">11. Operatsion faoliyatning pul oqimlari tashkilotning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Operatsion faoliyatning pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301487" id="-7301487">mahsulot (ishlar va xizmatlar) sotishdan pul mablagʻlarining kelib tushishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301488" id="-7301488">royalti, badallar, vositachilik haqqi va boshqalar boʻyicha pul mablagʻlari tushumi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301489" id="-7301489">yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301490" id="-7301490">xodimlarga toʻlangan mablagʻlar va xodimlar nomidan pul mablagʻlari toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301491" id="-7301491">operatsion faoliyatga tegishli boʻlgan soliqlar boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari yoki ularning qaytarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301492" id="-7301492">savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha pul mablagʻlari tushumlari va toʻlovlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301493" id="-7301493">Asosiy vositalar obyektini sotish boʻyicha pul oqimlari investitsiya faoliyatining pul oqimlariga kiritiladi. Lekin, ijaraga berish va keyinchalik sotish maqsadida aktivlarni ishlab chiqarish yoki xarid qilish uchun amalga oshirilgan pul mablagʻlari toʻlovlari operatsion faoliyatning pul oqimlari sifatida qaraladi. Bunday aktivlarni ijaraga berish va keyinchalik sotishdan pul mablagʻlari kelib tushishi ham operatsion faoliyatning pul oqimlari hisoblanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301494" id="onLBC-7301494">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6658"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301494" id="-7301494">12. Qimmatli qogʻozlarni qayta sotish maqsadida xarid qilinishi natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari operatsion faoliyat tarzida tasniflanadi. Xuddi shunday, moliyaviy tashkilotlar tomonidan beriladigan qarzlar, odatda, moliyaviy tashkilotning asosiy daromad keltiruvchi faoliyatiga tegishli boʻlganligi sababli shunday tashkilotlarda operatsion faoliyat tarzida tasniflanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301495" id="-7301495">3-bob. Tashkilotning investitsiya faoliyati</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301496" id="onLBC-7301496">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC12459"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301496" id="-7301496">13. Tashkilot investitsiya faoliyatining pul oqimlari haqidagi maʼlumotni pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda alohida yoritib beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301497" id="-7301497">Investitsiya faoliyatining pul oqimlari haqidagi maʼlumot kelgusi daromad va pul oqimlarini hosil qilish uchun moʻljallangan resurslarga qancha sarflar amalga oshirilganini koʻrsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301498" id="-7301498">asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun pul mablagʻlari toʻlovlari. Ushbu toʻlovlar kapitallashtiriladigan tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha va tashkilotning oʻzida yaratilgan asosiy vositalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301499" id="-7301499">asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul mablagʻlari tushumi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301500" id="-7301500">pul mablagʻlari ekvivalentlari hisoblangan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan toʻlov instrumentlarini xarid qilish uchun toʻlovlardan tashqari, boshqa tashkilotlarning ulushli instrumentlari yoki qarz instrumentlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini xarid qilishga doir pul mablagʻlari toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301501" id="-7301501">pul mablagʻlari ekvivalentlari hisoblangan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan toʻlov instrumentlari boʻyicha pul mablagʻlari kelib tushishidan tashqari boshqa tashkilotlarning ulushli instrumentlari yoki qarz instrumentlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan olgan pul mablagʻlari kelib tushishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301503" id="-7301503">boshqa tashkilotlarga berilgan pul mablagʻlaridagi boʻnaklar va qarzlar (moliyaviy tashkilotlar tomonidan berilgan boʻnaklar va qarzlar bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301507" id="-7301507">fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop-bitimlar boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari, bundan moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan bitimlar yoki toʻlovlar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301511" id="-7301511">fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar boʻyicha pul mablagʻlari tushumlari, bundan moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan bitimlar yoki tushumlar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301512" id="-7301512">Shartnoma muayyan pozitsiyani xejlash sifatida hisobga olinsa, bunday bitim boʻyicha pul oqimlari xejlangan faoliyat turi pozitsiyasidagi pul oqimlari sifatida qaraladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301513" id="-7301513">Bunda, xejlash deganda bu tashkilot oʻzini valyuta kurslaridagi farqdan vujudga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlardan himoya qilish maqsadida aktivlar yoki majburiyatlarni forvard, fyuchers va boshqa bitimlar boʻyicha xorijiy valyutada xarid qilish tarzida ifodalangan himoya qilish sifatidagi bitim tushuniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301514" id="-7301514">4-bob. Tashkilotning moliyaviy faoliyati</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301517" id="onLBC-7301517">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6264"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz;</span></div><div id="LBC8849"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;</span></div><div id="LBC6690"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301517" id="-7301517">14. Tashkilot moliyaviy faoliyatidan pul oqimlari haqidagi maʼlumotni pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda alohida yoritib beradi. Ushbu maʼlumot moliyaviy faoliyatning kelgusi pul oqimlarini prognoz qilish uchun zarur hisoblanadi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301518" id="-7301518">aksiyalarni yoki boshqa ulushli instrumentlarni chiqarishdan pul mablagʻlari tushumlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301520" id="-7301520">tashkilotlar aksiyalarini xarid qilish yoki muomaladan chiqarish uchun mulkdorlarga pul mablagʻlari toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301521" id="-7301521">obligatsiyalar emissiyasi, qarz majburiyatlari, garov va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli qarz majburiyatlarini chiqarishdan pul mablagʻlari tushumlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301522" id="-7301522">qarzlarni qaytarish boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301523" id="-7301523">moliyaviy ijara boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301619" id="-7301619">5-bob. Operatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarini taqdim etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301623" id="-7301623">15. Tashkilot operatsion faoliyat boʻyicha pul mablagʻlari harakatini hisobotda quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda taqdim etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301624" id="-7301624">bevosita usul, bunda pul mablagʻlarining yalpi tushumlari va yalpi toʻlovlarining asosiy turlari yoritib beriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301625" id="-7301625">bilvosita usul, bunda operatsion faoliyatdan sof pul oqimlari sof foyda (zarar)ni pulsiz operatsiyalarning taʼsirini va har qanday kechiktirilgan yoki hisoblangan oʻtgan yoki kelgusi davrga tegishli operatsion pul mablagʻlari tushumlari yoki toʻlovlarini, hamda investitsiya yoki moliyaviy pul oqimlari bilan bogʻliq daromad yoki xarajat moddalarini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritish orqali aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301627" id="-7301627">16. Bevosita usul qoʻllanganda, pul mablagʻlarining yalpi tushumlari va yalpi toʻlovlarining asosiy sinflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni quyidagi yoʻllar bilan olish mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301628" id="-7301628">tashkilotning buxgalteriya hisobi yozuvlaridan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301630" id="-7301630">moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan sotishdan tushum, sotish tannarxi (moliyaviy tashkilotlar uchun foizlar va shunga oʻxshash daromadlar hamda foiz xarajatlari va shunga oʻxshash xarajatlar) va boshqa moddalarni quyidagilar boʻyicha tuzatish orqali:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301632" id="-7301632">davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301634" id="-7301634">boshqa pulsiz moddalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301636" id="-7301636">investitsiya yoki moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301638" id="-7301638">17. Bilvosita usul qoʻllanganda, operatsion faoliyat boʻyicha sof pul oqimlari foyda yoki zararni quyidagilarning taʼsirini hisobga olgan holda tuzatish orqali aniqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301640" id="-7301640">davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi, joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301641" id="-7301641">eskirish, baholangan majburiyat, kechiktirilgan soliqlar realizatsiya qilinmagan ijobiy va salbiy kurs farqlari, shuningdek taʼsir ostidagi tashkilotlarning taqsimlanmagan foydasi kabi pulsiz moddalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301642" id="-7301642">investitsiya yoki moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301645" id="-7301645">Muqobil ravishda operatsion faoliyat boʻyicha sof pul oqimlarini moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda yoritilgan tushumlar va xarajatlarni aks ettirish hamda davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlarni aks ettirish orqali bilvosita usulda taqdim etish mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301646" id="-7301646"><strong>6-bob. Pul oqimlari boʻyicha maʼlumotlarni netto asosda taqdim etish</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301647" id="onLBC-7301647">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC12459"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301647" id="-7301647">18. Tashkilot investitsiya va moliyaviy faoliyatlarning pul mablagʻlarining yalpi tushumlari va yalpi toʻlovlarini hisobotda alohida aks ettirilishi lozim, bundan <a href="/mact/-7282782#-7301649">19-bandda</a> belgilangan, netto asosda taqdim etiladigan pul oqimlari mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301648" id="-7301648">Bunda, hisobot davrida pul mablagʻlarining sof kirimi yoki kamayishi netto-asos hisoblanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301649" id="onLBC-7301649">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6655"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301649" id="-7301649">19. Quyidagi operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlari netto asosda taqdim etilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301650" id="-7301650">pul oqimlari tashkilotning emas, balki xaridorning faoliyatini aks ettirgan holda, xaridorlar nomidan pul mablagʻlarining kelib tushishi va toʻlovi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301654" id="-7301654">aylanma davri qisqa, yirik summadagi va soʻndirish muddati qisqa boʻlgan moddalar boʻyicha pul mablagʻlari kelib tushishi va toʻlovi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301656" id="-7301656">Shuningdek, moliyaviy tashkilotlarning quyidagi faoliyatlardan kelib chiqadigan pul oqimlari hisobotda netto asosda taqdim etilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301657" id="-7301657">depozitlarni joylashtirish va ularni qaytarib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301659" id="-7301659">xaridorlarga taqdim etilgan avans pul mablagʻlari va qarzlar hamda ushbu avanslar va qarzlarning qaytarilishi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301662" id="-7301662">7-bob. Chet el valyutasidagi pul oqimlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301664" id="onLBC-7301664">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6727"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi;</span></div><div id="LBC6734"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301664" id="-7301664">20. Chet el valyutasidagi operatsiyalardan pul oqimlari operatsiya amalga oshirilgan sanadagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursini qoʻllab aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301666" id="-7301666">21. Chet eldagi shuʼba jamiyatining pul oqimlari ular sodir boʻlgan sanadagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha qayta hisoblanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301668" id="-7301668">22. Chet el valyutasi kurslaridagi oʻzgarishlar natijasida hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimlari hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari oʻzgarishining xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻiga yoki ular ekvivalentlariga taʼsiri, hisobot davri boshi va oxiridagi pul mablagʻlari va ular ekvivalentlari oqimining bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu summa operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyatlar natijasida vujudga keladigan pul oqimlaridan alohida koʻrsatiladi va bu pul oqimlari hisobot davri oxiridagi almashtirish kursi boʻyicha taqdim etilganda yuzaga keladigan kurs farqlarini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301669" id="-7301669">8-bob. Foizlar va dividendlar</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301670" id="onLBC-7301670">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9515"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301670" id="-7301670">23. Foizlar va dividendlarni olish va toʻlash bilan bogʻliq pul oqimlarini alohida yoritib berish zarur. Ularni davrdan davrga izchillik bilan operatsion yoki investitsiya yoxud moliyaviy faoliyatning pul oqimlari sifatida tasnif etish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301671" id="-7301671">24. Toʻlangan va olingan foizlar hamda olingan dividendlar mos ravishda moliyaviy va investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni yoki investitsiya daromadlarini jalb qilish sarflarini anglatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301673" id="-7301673">25. Toʻlangan dividendlar moliyaviy faoliyat pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni jalb etish uchun sarf hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301675" id="-7301675">9-bob. Foyda soligʻi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301678" id="-7301678">26. Foyda soliqlari natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari alohida yoritib berilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301679" id="-7301679">10-bob. Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga hamda boshqa tashkilotlarga investitsiyalar va ulardagi egalik ulushlarining oʻzgarishi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301680" id="onLBC-7301680">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6171"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301680" id="-7301680">27. Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga hamda qoʻshma korxonaga investitsiyalarning hisobi ulushli qatnashish usulida yoki boshlangʻich qiymat boʻyicha hisobga olinganda, investor pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotda faqat oʻzi va investitsiya obyekti oʻrtasidagi pul oqimlari (masalan, dividendlar va avanslar ) toʻgʻrisidagi maʼlumotni aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301681" id="-7301681">28. Shuʼba xoʻjalik jamiyatlari yoki boshqa tashkilotlarni xarid qilish yoki sotishdan yalpi pul oqimlari alohida yoritiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasniflanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7301682" id="onLBC-7301682">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6171"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari;</span></div><div id="LBC6751"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301682" id="-7301682">29. Shuʼba xoʻjalik jamiyatlari yoki boshqa tashkilotlarni xarid qilish va ularni sotish boʻyicha quyida maʼlumotlar moliyaviy hisobotlarga izohlarda yoritib beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301685" id="-7301685">xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301686" id="-7301686">pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari orqali xarid qilish yoki sotishning toʻlangan qismi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301687" id="-7301687">xarid qilingan yoki sotilgan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga yoki boshqa tashkilotga tegishli boʻlgan pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301688" id="-7301688">xarid qilingan yoki sotilgan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga yoki boshqa tashkilotga tegishli pul mablagʻlari va pul ekvivalentlaridan tashqari aktivlar va majburiyatlar yoki ularning turlari boʻyicha summasi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301689" id="-7301689"><strong>11-bob. Pulsiz operatsiyalar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301690" id="-7301690">30. Pul mablagʻlari yoki pul mablagʻlari ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsiya va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilmaydi. Bunday operatsiyalar boshqa moliyaviy hisobot shaklida faoliyatning ushbu investitsiya va moliyaviy turlari toʻgʻrisidagi barcha muhim maʼlumotni taqdim etadigan tarzda yoritib berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301691" id="-7301691">Pulsiz operatsiyalarga quyidagilar misol boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301692" id="-7301692">aktivlarni bevosita tegishli majburiyatlarni olish orqali yoki moliyaviy ijara asosida xarid qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301693" id="-7301693">tashkilotni ulushli instrumentlarni chiqarish evaziga xarid qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301694" id="-7301694">qarz majburiyatlarining xususiy kapitalga aylantirilishi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7301695" id="-7301695">12-bob. Boshqa maʼlumotlarni yoritib berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301696" id="-7301696">31. Tashkilot pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining alohida moddalarini koʻrsatishi va pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotdagi summalarni buxgalteriya balansining tegishli moddalari bilan solishtirmalarini yoritib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301697" id="-7301697">32. Tashkilot oʻzida mavjud boʻlgan, lekin guruh foydalana olmaydigan ahamiyatli miqdordagi pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari qoldigʻi miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birga yoritib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7301698" id="-7301698">33. Pul oqimlarini segmentlar boʻyicha foydalanuvchilarga butun tashkilotga tegishli boʻlgan pul oqimlari va uning tarkibiy qismlariga tegishli boʻlgan pul oqimlarining oʻzaro aloqasini hamda segmentlar boʻyicha pul oqimlarining mavjudligi va oʻzgaruvchanligi haqida yoritib berish zarur.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-7301439" id="-7301439">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3592/1083-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
