

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;01.01.2025
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-818994" id="onLBC-818994">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul  mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-818994" id="onLS-818994">[<b>TSZ:</b><div id="LS3775"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Buxgalteriya hisobi]</span></div></div></div><div class="signCont"><div name="-890835" id="-890835"><span class="SIGNATURE_STAMPS_PLACEHOLDER" style="width:98%"><div class="SIGNATURE_STAMP_TEXT"><div name="-890836" id="-890836"><p>“TASDIQLANGAN”</p>
<p>Oʻzbekiston Respublikasi</p>
<p>Moliya vazirligi</p>
<p>Vazirning oʻrinbosari</p>
<p>E.F. GADOYEV </p>
<p>1998-yil 16-oktabr 51-son </p></div></div></span></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-831000" id="-831000">PUL OQIMI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-831017" id="-831017">oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti <br />9-son bhms</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-831026" id="-831026">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabrda 519-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-831028" id="-831028"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7314495" id="-7314495">Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 5-dekabrdagi 199-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-son BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot”ni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-7282782?ONDATE=01.01.2025 00#-7301456">buyrugʻiga</a> (roʻyxat raqami 3592, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738150" id="-3738150">UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738151" id="-3738151">1. Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2931253">Qonuni</a> asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738152" id="-3738152">MAQSADI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738153" id="-3738153">2. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi oʻzgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738154" id="-3738154">Ushbu standartning maqsadi xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari boʻyicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qoʻyishdan iborat. Bu axborot pul mablagʻlari oqimi toʻgʻrisidagi hisobot koʻrinishida boʻlib, unda hisobot davrida operatsion, investitsiya va moliya faoliyatida yuz beruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738162" id="-3738162">AMAL QILISH SOHASI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738163" id="-3738163">3. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu standart talablariga muvofiq ravishda pul oqimi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738165" id="-3738165">PUL OQIMI HARAKATI TOʻGʻRISIDAGI AXBOROTNI BILISH FOYDALILIGI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738168" id="-3738168">4. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chogʻida pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻlarini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza boʻlib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot pul tushumlari va toʻlovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsion faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablagʻiga birgalikda taʼsiri hisobot davrida pul mablagʻining sof oʻzgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati toʻgʻrisidagi axborot boʻlajak pul oqimlari prognozi toʻgʻriligini tekshirish chogʻida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx oʻzgarishi taʼsiri oʻrtasidagi aloqalarni tahlil qilish chogʻida zarur boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738170" id="-3738170">TUSHUNCHALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738172" id="-3738172">5. Ushbu standartda foydalanilgan tushunchalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738173" id="-3738173">Pul mablagʻlari — kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablagʻlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738174" id="-3738174">Pul ekvivalentlari — maʼlum pul mablagʻiga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi oʻzgarishlar tufayli uncha koʻp boʻlgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qoʻyilmalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738175" id="-3738175">Pul oqimlari — pul mablagʻlari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738176" id="-3738176">Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot — hisobot davrida pul mablagʻi oqimlarini batafsil koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar yigʻindisi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738177" id="-3738177">Operatsion faoliyati — xoʻjalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid boʻlmagan oʻzga xoʻjalik faoliyati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738178" id="-3738178">Investitsiya faoliyati — pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738179" id="-3738179">Moliyaviy faoliyat — xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati boʻlib, uning natijasida oʻz mablagʻi va qarz mablagʻlari miqdori va tarkibida oʻzgarishlar yuz beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738180" id="-3738180">PUL MABLAGʻI VA PUL EKVIVALENTLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738181" id="-3738181">6. Pul mablagʻi ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar boʻyicha toʻlovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan boʻlishi va qiymatining oʻzgarishida biroz xavf boʻlishi lozim. Shu sababli investitsiya qisqa muddatda toʻlanadigan boʻlsa, yaʼni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida toʻlanadigan boʻlsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738182" id="-3738182">7. Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda toʻlanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablagʻini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablagʻining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738183" id="-3738183">8. Pul oqimi pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari moddalari oʻrtasidagi harakatni oʻz ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliya yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻlarini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablagʻlarini boshqarish pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738184" id="-3738184">PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTNI TAQDIM ETISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738185" id="-3738185">9. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot, hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738187" id="-3738187">OPERATSION FAOLIYATI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738188" id="-3738188">10. Xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xoʻjalik yurituvchi subyekt amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni toʻlash, xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni toʻlash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Operatsion faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari toʻgʻrisidagi axborotdan operatsion faoliyatidan boʻlajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qoʻshib foydalanish mumkin boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738189" id="-3738189">11. Operatsion faoliyatidan pul oqimi xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat koʻrsatishga qaratilgan boʻladi. Operatsion faoliyatidan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738253" id="-3738253">11.1. Tovarlarni sotish va xizmat koʻrsatishdan tushgan pul;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738254" id="-3738254">11.2. Royalti, badallar, vositachilik haqi va oʻzga yoʻllar bilan pul mablagʻlari tushumi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738255" id="-3738255">11.3. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738256" id="-3738256">11.4. Xodimlarga va xodimlar nomidan toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738260" id="-3738260">11.5. Sugʻurta kompaniyasining sugʻurta polislari boʻyicha mukofotlari, talablari, yillik va oʻzga toʻlovlari boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738263" id="-3738263">11.6. Soliqlar boʻyicha pul toʻlovlari yoki uning oʻrnini bosuvchi toʻlovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738265" id="-3738265">11.7. Savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738266" id="-3738266">11.8. Boshqalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738268" id="-3738268">Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim operatsion faoliyatlar boʻyicha foyda kelishi va zarar koʻrilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi. Lekin bunday bitimlar boʻyicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul oqimlariga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738269" id="-3738269">12. Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qogʻozlar yoki ssuda olgan boʻlishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid qilingan tovar — moddiy zaxiralarga oʻxshash boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738272" id="-3738272">INVESTITSIYA FAOLIYATI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738277" id="-3738277">13. Xoʻjalik yurituvchi subyekt investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi toʻgʻrisidagi axborotni alohida koʻrsatib beradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi toʻgʻrisidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar boʻyicha qilingan xarajatlar darajasini koʻrsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738278" id="-3738278">13.1. Asosiy vositalarni, nomoddiy va oʻzga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul toʻlovlari. Bu toʻlovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xoʻjalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlarni oʻz ichiga oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738279" id="-3738279">13.2. Asosiy vositalarni, nomoddiy va oʻzga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738280" id="-3738280">13.3. Boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul toʻlovlari, pul ekvivalentlari hisoblangan yoki dilerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga saqlab qoʻyilgan toʻlov hujjatlari boʻyicha toʻlovlar (veksellar kabi hujjatlar boʻyicha toʻlovlar)dan tashqari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738281" id="-3738281">13.4. Boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul ekvivalenti hisoblangan yoki dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan veksel kabi toʻlov hujjatlari boʻyicha tushumlar bunga kirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738282" id="-3738282">13.5. Boshqa taraflarga berilgan boʻnaklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga berilgan boʻnaklar va kreditlardan tashqari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738283" id="-3738283">13.6. Boshqa taraflarga berilgan boʻnaklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari (moliyaviy muassasalarga berilgan boʻnaklar va kreditlardan tashqari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738284" id="-3738284">13.7. Fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar boʻyicha toʻlovlar, ular diler yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan holatlar bundan mustasno boʻladi yoki toʻlovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738285" id="-3738285">13.8. Fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar boʻyicha pul tushumlari, ular diler yoki savdo maqsadlariga moʻljallangan holatlar bundan mustasnodir yoki toʻlovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738286" id="-3738286">13.9. Va boshqalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738287" id="-3738287">Bitim muayyan pozitsiyani xejlash <a href="/mact/-818994#-3738288">*</a> (sugʻurtalash) sifatida hisobga olinadi, bitim boʻyicha pul oqimi sugʻurta qilinadigan pozitsiyadan pul oqimi sifatida faoliyat turiga kiritiladi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3738288" id="-3738288">* Xej. Xejlash — bitim himoya usuli boʻlib, bunda subyekt taxmin qilingan yoʻqotishlarning oʻrnini qoplash niyatida xorijiy valyutada forvard, fyuchers bitimlari va boshqa bitimlar boʻyicha aktivlar yoki majburiyatlarni sotib olish tarzida ifodalangan valyuta qiymati farqidan vujudga keladigan yoʻqotishlardan oʻzini xoli qilish imkoniyatiga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738289" id="-3738289">MOLIYA FAOLIYATI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738290" id="-3738290">14. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatidan boʻladigan pul oqimlari toʻgʻrisidagi axborotni alohida koʻrsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan boʻlajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur boʻladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738291" id="-3738291">14.1. Aksiyalar yoki oʻz mablagʻi bilan bogʻliq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738292" id="-3738292">14.2. Subyektlar aksiyalarining haqini toʻlash yoki sotib olish uchun ularning egalariga toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738293" id="-3738293">14.3. Taʼminlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qoʻyilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738294" id="-3738294">14.4. Zayomlarni toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738295" id="-3738295">14.5. Moliyaviy lizing boʻyicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning toʻlovlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738296" id="-3738296">14.6. Va boshqalar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738479" id="-3738479">OPERATSION FAOLIYATIDAN TUSHGAN PUL OQIMLARI BOʻYICHA HISOBOT</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738481" id="-3738481">15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatidan vujudga kelgan pul mablagʻlari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib beradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738485" id="-3738485">15.1. Yalpi pul tushumlari va yalpi pul toʻlovlari asosiy turlari ochib beriladigan bevosita usul;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738487" id="-3738487">15.2. Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning oʻzgarishiga, ishonchsiz operatsionlarga, shuningdek operatsion investitsiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va koʻrilgan zararlarga qarab oʻzgartirish kiritiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738488" id="-3738488">INVESTITSIYA VA MOLIYA FAOLIYATIDAN TUSHGAN PUL OQIMLARI BOʻYICHA HISOBOT</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738489" id="-3738489">16. Xoʻjalik yurituvchi subyekt investitsiya va moliya faoliyatidan yalpi pul tushumlari va yalpi pul toʻlovlarini hisobotda alohida-alohida aks ettirishi kerak, netto asosida<a href="/mact/-818994#-3738753">**</a> hisobga olinadigan va quyidagi ikki paragrafda bayon qilinadigan pul oqimlari bundan mustasnodir.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3738753" id="-3738753">** Netto-asos — sof oqim yoki hisobot davrida pul mablagʻining kamayishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738490" id="-3738490">17. Mijozlar nomidan pul oqimlari netto asosida ochib beriladi, bunda pul oqimlarining harakati yuridik shaxsning faoliyatiga nisbatan mijoz faoliyatini koʻproq aks ettiradi, masalan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738747" id="-3738747">17.1. Investitsiya tashkiloti oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan ushlab turadigan jamgʻarmalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738748" id="-3738748">17.2. Mulk egasi nomidan undiriladigan va unga beriladigan ijara toʻlovlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738749" id="-3738749">18. Tezda aylanadigan, katta miqdordagi mablagʻni oʻz ichiga oladigan va toʻlash muddati qisqa boʻlgan moddalar boʻyicha pul oqimlari ham netto asosida ochib berilishi mumkin, masalan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738750" id="-3738750">18.1. Pul tushumlari hamda toʻlash vaqti qayd etilgan depozitlarni olish va toʻlash boʻyicha toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738751" id="-3738751">18.2. Depozitlarni joylashtirish va ularni boshqa moliya muassasalaridan qaytarib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738752" id="-3738752">18.3. Mijozlarga berilgan pul boʻnaklari va kreditlar hamda bu boʻnaklar va kreditlarning toʻlanishi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738754" id="-3738754">XORIJIY VALYUTADAGI PUL OQIMLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738755" id="-3738755">19. Xorijiy valyutadagi operatsion faoliyatlaridan pul oqimlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsion amalga oshirilgan kun uchun belgilab qoʻyilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738756" id="-3738756">20. Xorijiy shuʼba jamiyatining pul oqimi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi boʻyicha qayta hisoblanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738757" id="-3738757">21. Xorijiy valyutaning almashtirish kursi oʻzgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablagʻi harakati hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari oʻzgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻiga yoki ularning ekvivalentlariga taʼsiri pul mablagʻlari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor operatsion, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida koʻrsatiladi va agar pul mablagʻlarining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan boʻlsa, tafovutga qoʻshiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738758" id="-3738758">FAVQULODDA MODDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738759" id="-3738759">22. Favqulodda moddalar bilan bogʻliq pul oqimi ularning mansabiga qarab: operatsion, investitsiya yoki moliya faoliyatiga taʼsir etilishiga bogʻliq holda va alohida ochib berilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738760" id="-3738760">FOIZLAR VA DIVIDENDLAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738761" id="-3738761">23. Foizlar va dividendlarni olish va toʻlash bilan bogʻliq pul oqimini alohida koʻrsatish, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davriga izchillik bilan operatsion, investitsiya yoki moliya faoliyatidan pul oqimi sifatida tasnif etish lozim boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738762" id="-3738762">24. Bank muassasalari uchun toʻlangan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun toʻlangan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular sof daromad yoki zararni aniqlashga qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738763" id="-3738763">25. Toʻlangan dividendlar moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni olish uchun toʻlangan haq hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738764" id="-3738764">DAROMAD (FOYDA)DAN OLINADIGAN SOLIQLAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738765" id="-3738765">26. Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha pul oqimlari alohida ochib berilishi lozim va ular operatsion faoliyatlaridan boʻladigan pul oqimlari qatoriga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738766" id="-3738766">27. Uyushgan yoki shuʼba korxonada investitsiyalar oʻz sarmoyasi yoki tannarx usulidan foydalanib hisobga olinadigan boʻlsa, investor pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotda oʻzi bilan investitsiya oluvchi oʻrtasidagi pul oqimi bilan, masalan, dividendlar va boʻnaklar bilan cheklanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738767" id="-3738767">SHUʼBA KORXONALARNI, BOSHQA XOʻJALIK BIRLIKLARINI SOTIB OLISH VA SOTISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738768" id="-3738768">28. Shuʼba korxonalarni yoki boshqa xoʻjalik birliklarini xarid qilish yoki sotishdan boʻladigan pul oqimlari yigʻindisi alohida ochib koʻrsatiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738769" id="-3738769">29. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kichik korxonalar va boshqa xoʻjalik birliklarini xarid qilish boʻyicha ham, ularni sotish boʻyicha ham, quyida keltirilgan bandlarning har birini jamlab ochib berishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738770" id="-3738770">29.1. Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738771" id="-3738771">29.2. Xarid qilish yoki sotishning pul mablagʻi va pul ekvivalentlari vositasida toʻlangan qismi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738772" id="-3738772">29.3. Xarid qilingan yoki sotilgan shuʼba jamiyatga yoki xoʻjalik birligiga tegishli pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738773" id="-3738773">29.4. Aktivlar va majburiyatlar miqdorini, shuʼba korxonada xarid qilingan yoki sotilgan pul ekvivalentlari hamda pul mablagʻlaridan tashqari yoki aktivlar va majburiyatlarning turi boʻyicha.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738774" id="-3738774">PULGA DAXLI BOʻLMAGAN OPERATSION FAOLIYATLAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738775" id="-3738775">30. Pul mablagʻlari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsion faoliyatlar pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilmasligi kerak. Bunday operatsionlar boshqa moliyaviy hisobotlarda faoliyatning shu investitsion moliyaviy turlari toʻgʻrisidagi barcha muhim axborotni koʻrsatadigan tarzda ochib berilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738776" id="-3738776">PUL MABLAGʻLARI VA ULAR EKVIVALENTLARINING AYRIM MODDALARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738777" id="-3738777">31. Xoʻjalik yurituvchi subyekt, shuningdek pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining ayrim moddalarini koʻrsatishi hamda pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotdagi pul miqdorini buxgalteriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim etish kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3738778" id="-3738778">BOSHQA AXBOROTLARNI OCHIB BERISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738779" id="-3738779">32. Xoʻjalik yurituvchi subyekt korxonada mavjud boʻlgan, lekin guruh foydalana olmaydigan muhim pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari qoldigʻi miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birga ochib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738780" id="-3738780">33. Xoʻjalik yurituvchi subyektning pul oqimi bilan uning boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlari boʻgʻinlar boʻyicha ochib berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3738781" id="-3738781">34. Xoʻjalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlarining boʻgʻinlardagi harakatlarini ochib koʻrsatish zarur. </div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3738782" id="-3738782"></div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
