1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 304]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-avgust,
01/2-61-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 8-iyul
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2024-yil 20-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 5-avgust
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 16-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 01/2-61-son buyrugʻiga 1-ILOVA
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yangi qurilayotgan, taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan umumiy foydalanishdagi hamda shaharcha, qishloq, ovul va xoʻjalik avtomobil yoʻllarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari vaqtinchalik va sinov yoʻllariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
MSHN 25-05 “Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar”;
Oʻz DSt 3609:22 “Maxsus tolalardan foydalanilgan dispersion-mustahkamlangan asfaltbeton qorishmalari va dispersion-mustahkamlangan asfaltbeton Texnikaviy shartlar” (rasmiy manba: Dispersionno-armirovannie asfaltobetonnie smesi s ispolzovaniyem spetsialnix volokon i dispersionno-armirovannogo asfaltobeton. Texnicheskiye usloviya);
OʻzDSt 3610:22 “Yoʻl va aerodrom uchun chaqiqtosh-mastikali polimer asfaltbeton qorishmalari va chaqiqtosh-mastikali polimer asfaltbeton. Texnikaviy shartlar” (rasmiy manba: Graviyno-mastichnie polimerasfaltobetonnie smesi i graviyno-mastichnie polimerasfaltobetoni dlya dorog i aerodromov. Texnicheskiye usloviya);
GOST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich togʻ jinslaridan chaqiq tosh va shagʻal. Texnikaviy shartlar” (rasmiy manba: Sheben i graviy iz plotnix gornix porod dlya stroitelnix rabot. Texnicheskiye usloviya);
GOST 8736-2014 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnikaviy shartlar” (rasmiy manba: Pesok dlya stroitelnix rabot.Texnicheskiye usloviya);
GOST 9128-2013 “Avtomobil yoʻllari va aerodromlar uchun asfaltbeton, polimerasfaltbeton qorishmalari, asfaltbeton polimerasfaltbeton. Texnikaviy shartlar” (rasmiy manba: Smesi asfaltobetonnie, polimerasfaltobetonnie, asfaltobeton, polimerasfaltobeton dlya avtomobilnix dorog i aerodromov. Texnicheskiye usloviya);
O'z DSt 328Z:2019 “Yoʻl belgilari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Znaki dorojnie. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 23457-86 “Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari, qoʻllash qoidalari” (rasmiy manba: Texnicheskiye sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya);
GOST 23558-94 “Yoʻl va aerodrom qurilishi uchun noorganik bogʻlovchi materiallar bilan ishlangan chaqiq tosh-shagʻal-qum aralashmalari va tuproq. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Smesi shebenochno-graviyno-peschanie i grunti, obrabotannie neorganicheskimi vyajushimi materialami, dlya dorojnogo i aerodromnogo stroitelstva. Texnicheskiye usloviya);
GOST 25459-82 “Yoʻl belgilari uchun temir-beton tayanchlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Opori jeleznobetonnie dorojnix znakov. Texnicheskiye usloviya);
GOST 25607-2009 “Magistral yoʻllar va aerodromlarning qoplamalari va asoslari uchun chaqiq tosh-shagʻal-qum qorishmalari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Smesi shebenochno-graviyno-peschanie dlya pokritiy i osnovaniy avtomobilnix dorog i aerodromov. Texnicheskiye usloviya);
GOST 26633-2015 “Mayda donli va ogʻir betonlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Betoni tyajelie i melkozernistie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 31015-2002 “Asfaltbeton chaqiq tosh-mastik qorishmalari va asfaltbeton. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Smesi asfaltobetonnie i asfaltobeton shebenochno-mastichnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 32703-2014 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari. Togʻ jinslardan chaqiq tosh va shagʻal. Texnik talablar” (rasmiy manba: Dorogi avtomobilnie obshego polzovaniya. Sheben i graviy iz gornix porod. Texnicheskiye trebovaniya);
GOST 32826-2014 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari. Chaqiq tosh va shlakli qum. Texnik talablar” (rasmiy manba: Dorogi avtomobilnie obshego polzovaniya. Sheben i pesok shlakovie. Texnicheskiye trebovaniya);
GOST 33062-2014 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari. Yoʻl va yoʻl boʻylab xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirishga qoʻyiladigan talablar” (rasmiy manba: Dorogi avtomobilnie obshego polzovaniya. Trebovaniya k razmesheniyu obyektov dorojnogo i pridorojnogo servisa).
2-bob. Atamalar, taʼriflar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
avtomobil yoʻli — transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq;
hisobiy harakat jadalligi — maʼlum vaqt (oʻrtacha bir soat yoki bir kecha-kunduz) oraligʻida yoʻlning muayyan kesimidan oʻtadigan avtomobil va boshqa turdagi transport vositalari soni;
ajratilgan mintaqa — avtomobil yoʻli, uning tegishli konstruktiv elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yoʻlidan foydalanish uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;
yoʻl xizmati — avtomobil yoʻllarini va yoʻl inshootlarini saqlash va tuzatish, avtomobillarning xavfsiz harakatini taʼminlash, yoʻlning texnik toifasini saqlash va oshirish boʻyicha ishlar yuklangan boʻlinmalar majmuasi;
yoʻl toifasi — avtomobil yoʻlining respublika umumiy transport tarmogʻi va xalq xoʻjaligidagi ahamiyatini, undagi harakat jadalligini ifodalovchi mezon;
yoʻl toʻshamasi — bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat boʻlib, bir nechta qatlam toʻshamasi qoplama, asos va asosning qoʻshimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv oʻtkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat boʻladi;
transport oqimi — turli darajada yuklangan har xil rusumdagi avtomobillarning va boshqa transport vositalarining yoʻl boʻylab aynan bir vaqtdagi harakati;
qatnov qismining cheti — qatnov qismini yoʻl boʻyidan ajratuvchi chiziq;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash — yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
yoʻl harakati — yoʻl harakatini tashkil etishda yoʻllar doirasida transport vositalari va yoʻl harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui;
yoʻl harakatini tashkil etish — yoʻl harakatini boshqarish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnik tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
serpantin — trassaning oʻtkir burchak ostida tutashuvchi ikki yoʻnalishi orasidagi burilish burchagini tashqi tomondan ifodalaydigan rejadagi egri chiziq turi;
viraj — kichik radiusli egrilarda quriladigan, egri markaziga yoʻnalgan qatnov qismi bir nishabli koʻndalang kesimi;
hisobiy harakat jadalligi — yoʻlning belgilangan vazifasiga qarab hisobiy mavsum (yoz, kuz, bahor) yoki oylik istiqbol davrining oxirgi yilidagi sutkalik oʻrtacha harakat jadalligi.
3. Ushbu SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
HXDXO — harakat xavfsizligi davlat xizmati organlari;
OGNP — ogʻirlik va gabarit nazoratining statsionar punktlari.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari butun uzunligi yoki ayrim qismlarining iqtisodiy, maʼmuriy ahamiyati va vazifasiga koʻra quyidagi 1-jadvalga muvofiq toifalarga boʻlinishi kerak.
1-jadval
Yoʻlning sinfi
Nomlanishi
Vazifasiga koʻra belgilanishi va harakat sharoitlari
Yoʻlning toifasi
Ahamiyati
Avtomagistrallar
Shahar va poytaxtlarni bogʻlovchi magistrallar
Uzoq masofadagi tezkor aloqalarga moʻljallangan, davlatlar poytaxtlari, yirik shaharlar va respublika sanoat markazlarini birlashtiradi. Harakat xavfsizligi va mukammal qulaylikni hisobga olgan holda yuqori tezlik va harakat jadalligini taʼminlaydi.
Ia
Xalqaro
I-II sinf aeroportlarga olib boruvchi yoʻllar
Yengil avtomobil va avtobuslarning yuqori tezliklarda harakatlanishi uchun moʻljallangan. Yuqori tezlik, mukammal qulaylik va harakat xavfsizligi taʼminlanadi. Kesishma va tutashmalar turli sathlarda joylashtiriladi.
Ia
Davlat
Tezkor yoʻllar
Shahar va poytaxtlarni bogʻlovchi magistrallar yirik shaharlarni aylanib oʻtish yoʻllari va halqa magistrallar
Tranzit harakatlarga xalal bermaydigan, nisbatan yuqori tezliklarda harakatlanish uchun moʻljallangan. Davlatlar poytaxtlari, yirik shaharlar va respublika sanoat markazlarini birlashtiradi, shuningdek qoʻshni davlatlar oʻrtasida transport aloqalarini taʼminlaydi. Yuqori tezliklar va harakat xavfsizligi taʼminlanadi. Tranzit avtomobillarning yirik shaharlarni aylanib oʻtishi uchun moʻljallangan, mahalliy transport vositalarining harakatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Avtomobil yoʻllarining kesishma va tutashmalari turli sathlarda loyihalanadi. Tegishli texnik-iqtisodiy asoslar boʻlgan taqdirdagina kesishma va tutashmalarni qisman bir sathda, chapga burilishi surilgan holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Ib
Xalqaro, davlat
Yirik shaharlarga kirish yoʻllari
Yuqori jadallikdagi va harakat tezligi yuqori boʻlmagan transport vositalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, kesishmalar va tutashmalar asosan bir sathda chapga burilish surilgan holda loyihalanadi.
Ib
Ommaviy dam olish joylari va tarixiy yodgorliklarga olib boruvchi yoʻllar
Aksariyat hollarda yengil avtomobillar va avtobuslarning yuqori tezlikdagi harakati uchun moʻljallangan. Meʼmoriy landshaft loyihalash asoslariga rioya qilgan holda mukammal qulaylikdagi harakat xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
Ib
II
Odatdagi yoʻl turlari
Shaharlarni aylanib oʻtish yoʻllari va halqa magistrallar
Tranzit avtomobillarning yirik shaharlarni aylanib oʻtishi uchun moʻljallangan, mahalliy transport vositalarining harakatiga yoʻl qoʻyiladi. Avtomobil yoʻllarining kesishma va tutashmalari turli sathlarda loyihalanadi, tegishli texnik-iqtisodiy asoslar boʻlgan taqdirdagina kesishma va tutashmalarni qisman bir sathda, chapga burilish surilgan holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Ib
II
Davlat
Shaharlarga kirish yoʻllari
Yuqori jadallikdagi va harakat tezligi yuqori boʻlmagan transport vositalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, kesishmalar va tutashmalar asosan bir sathda chapga burilish surilgan holda loyihalanadi. Aralash transport oqimini (avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, gʻildirakli traktorlar) oʻtkazish taʼminlanadi.
Ib
II
III
III-IV sinf aeroportlarga olib boruvchi yoʻllar
Yengil avtomobillar va avtobuslarni nisbatan yuqori tezliklarda harakatlanishi uchun tarixiy. Nisbatan yuqori tezlik, mukammal qulaylik va harakat xavfsizligi taʼminlanadi. Kesishmalar va tutashmalar turli sathlarda loyihalanadi. Tegishli texnik iqtisodiy asoslar boʻlganda, kesishma va tutashmalarni qisman bir sathda, chapga burilish surilgan holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
II
Magistral yoʻllar
Harakat xavfsizligi sharoitlarini hisobga olgan turli transport vositalarining (avtomobillar, trolleybuslar, gʻildirakli traktorlar) harakati uchun moʻljallangan. Respublikaning yirik va kichik shaharlarini birlashtiradi, viloyat va tuman markazlari, tezkor yoʻllar, shuningdek xalqaro ahamiyatdagi magistral yoʻllar oʻrtasidagi harakatga xizmat qiladi. Mintaqadagi harakatning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda transport aloqalariga boʻlgan ehtiyoj taʼminlanadi.
II
III
Mahalliy yoʻllar
Aksariyat harakat tezligi yuqori boʻlmagan va aralash transport oqimli (avtomobillar, avtobuslar, gʻildirakli traktorlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari) mahalliy harakat uchun moʻljallangan. Tumanlarning maʼmuriy markazlari, shaharchalar, qishloq va ovullar, shuningdek davlat ahamiyatidagi yoʻllar oʻrtasida transport aloqalari taʼminlanadi.
III
IV
V
Mahalliy
5. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarning toifalari ularning ahamiyati va kelajakdagi harakat jadalliklarining yengil avtomobillarga keltirilgan soni quyidagi 2-jadvalga muvofiq belgilanishi lozim.
2-jadval
Yoʻlning iqtisodiy ahamiyati
Yoʻl toifasi
Kelajakdagi harakat jadalliklarining yengil avtomobillarga keltirilgan soni, dona/d
Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik yoʻllar
Ia (avtomagistral)
Ib (yuqori tezlikda harakat qilinadigan yoʻl)
II
III
14000 dan ortiq
14000 dan ortiq
6000 — 14000
2000 — 6000
Mahalliy ahamiyatga molik yoʻllar
IV
V
200 — 2000
200 gacha
Izoh:
Ia, Ib toifali yoʻllarga bir xil talablar qoʻllanilganda matnda ular I toifali deb hisoblanadi.
6. Xoʻjalik yoʻllari vazifasi va kelajakdagi harakat jadalliklarining yengil avtomobillarga keltirilgan soni quyidagi 3-jadvalga muvofiq belgilanishi kerak.
3-jadval
Vazifasiga koʻra belgilanishi va harakat sharoitlari
Yoʻl toifasi
Kelajakdagi harakat jadalliklarining yengil avtomobillarga keltirilgan soni, dona/ d
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalarining maʼmuriy markazlarini umumiy foydalanishdagi yoʻllar va qishloq aholi yashash joylari bilan birlashtiruvchi yoʻllar
Is
500 dan ortiq
Fermer xoʻjaliklari maʼmuriy markazlari va aholi yashash joylarini qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va birlamchi ishlov berish obyektlari bilan, shuningdek boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan birlashtiruvchi yoʻllar
IIs
300 dan 500 gacha
Fermer xoʻjaliklarining tuzilmaviy boʻlinmalari va korxonalarni oʻzaro birlashtiruvchi yoʻllar. Goʻsht, parranda va boshqalar (parrandachilik fabrikalari, chorvachilik majmualari, issiqxonalar va boshqalar)ni ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki yoʻllari
IIIs
50 dan 300 gacha
Qishloq xoʻjalik yerlari, ustaxonalar va boshqa yordamchi sexlarga transport xizmati uchun moʻljallangan yordamchi dala yoʻllari
IVs
50 gacha
7. Turli transport vositalari harakat jadalligini yengil avtomobilga keltirish koeffitsiyentlari quyidagi 4-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
4-jadval
Transport vositalarining turi
Keltirish koeffitsenti
Yengil avtomobillar
1,0
Kajavali mototsikllar
Mototsikl va mopedlar
0,75
0,5
Yuk avtomobillari, koʻtarish imkoniyatiga koʻra, t:
2,0
1,5
6,0
2,0
8,0
2,5
14,0
3,0
14,0 dan ortiq
3,5
Avtopoyezdlar, koʻtarish imkoniyatiga koʻra, t :
12,0
3,5
20,0
4,0
30,0
5,0
30,0 dan ortiq
6,0
Gʻildirakli traktor poyezdlari:
1 ta tirkamali
3,0
2 ta tirkamali va qishloq xoʻjaligi mashinalari
3,5
3 ta tirkamali
5,5
4 ta tirkamali
9,0
Izoh:
1. Transport vositalari yuk koʻtarish imkoniyatining oraliq qiymatidagi keltirish koeffitsiyenti interpolyatsiya usuli bilan aniqlanishi lozim.
2. Avtobuslar va maxsus avtomobillarda yuk koʻtarish imkoniyatining keltirish koeffitsiyenti ularning yuk koʻtarish imkoniyatiga muvofiq keladigan asosiy avtomobillarnikidek qabul qilinishi lozim.
3. Togʻli va past-baland joylar uchun yuk avtomobillari, avtomobil hamda traktor tirkamalari uchun keltirish koeffitsiyenti 1,2 marotaba oshirilishi lozim.
8. Hisobiy harakat jadalligi, iqtisodiy izlanish maʼlumotlariga asoslanib ikki yoʻnalish yigʻindisini qabul qilish lozim.
Bunda, hisobiy harakat jadalligi istiqbol davrning oxirgi yilidagi 50 h (soat) ichida erishiladigan (yoki oshadigan) 1 h (bir soatlik) eng katta jadallik olinib, hisobiy yengil avtomobillar jadalligiga keltirilganini qabul qilinishi lozim.
9. Hisobiy harakat jadalligi va vazifasiga koʻra belgilanishi, bunda turli yoʻl toifasi talab qilinsa, loyihalashda nisbatan yuqorisi qabul qilinishi lozim.
10. Yoʻlning toifasi, shuningdek reja, boʻylama va koʻndalang kesimlar elementlarini loyihalashda istiqbol davrni 20 yilga teng deb qabul qilish kerak.
11. Yoʻl toʻshamalarini loyihalashda istiqbol davrini taʼmirlashlararo muddatlarni hisobga olgan holda qabul qilish lozim.
12. Hisobiy istiqbol davrining boshlangʻich yili yoʻl (yoki uning alohida qismi) qurilishining boshlanish yilidan qabul qilinishi kerak.
13. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari quyidagi oʻlchamli transport vositalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan boʻlishi lozim:
uzunligi boʻyicha — yakka avtomobillar 12 m gacha;
avtopoyezdlar va gʻildirakli traktor poyezdlari 20 m gacha, kengligi 2,55 m gacha, balandligi 4 m gacha.
14. Loyihalarda yoʻlni joyda oʻtkazish, reja, boʻylama va koʻndalang kesimlar elementlari, ularning oʻzaro uygʻunlashishi, kesishmalar va tutashmalarning turlari, yoʻl toʻshamasi va yoʻl poyi tuzilmalari boʻyicha qabul qilinayotgan asosiy texnik yechimlar mehnat unumdorligini oshirish, qurilish materiallari va yoqilgʻi-energetik manbalarni tejashi zarur.
Ushbu bandning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari taqqoslangan variantlari ishlab chiqilib quyidagi asoslar inobatga olinishi kerak:
qurilish bahosi, yoʻlni taʼmirlash va saqlash xarajatlari;
qurilishda va foydalanishda atrof tabiiy muhitga taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan yoʻqotishlar;
transport xarajatlari (avtomobil shinasi va qismlarining yeyilishi, yoqilgʻi sarfi), tashish tannarxi;
harakat xavfsizligi va qulayligi;
yoʻllar xizmat koʻrsatayotgan xoʻjalik va yoʻl boʻyidagi hududlarning ishlab chiqarish sharoitlarining oʻzgarishi.
15. Yangi yoʻllarni mavjud yoʻllar yoki ularning ayrim qismlaridan foydalanib loyihalashda mavjud yoʻllarning keyingi foydalanilmaydigan boʻlaklari band qilib turgan yerlarni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni inobatga olish lozim.
16. Yoʻl qurilishi murakkab muhandis-geologik sharoitda olib borilganda, yoʻl poyining barqarorlanish muddati yoʻl qurilish muddatidan ortiq boʻlsa yoʻl toʻshamasini qurish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim.
17. I — III hamda Is-IIs toifali avtomobil yoʻllari aholi punktlarini aylanib oʻtgan holda, ularga kirish yoʻllari qurish bilan oʻtkazilishi kerak.
Bunda, bosh reja asosida aylanma yoʻlning poyi qoshidan aholi punkti qurilish chizigʻigacha boʻlgan masofa kamida 200 m uzunlikda qabul qilinishi lozim.
18. Texnik-iqtisodiy hisoblar asosida I — III hamda Is-IIs darajali yoʻllarni aholi punktlaridan olib oʻtish maqsadga muvofiq boʻlsa, ularni SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq loyihalash lozim.
Shuningdek, umumiy foydalanishdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida bino inshootlarni qurilish chegarasigacha boʻlgan masofa yoʻl oʻqidan xar tomonga (chap va oʻng) 57,5 m dan kam boʻlmasligi (harakat xavfsizligini taʼminlashga taalluqli boʻlgan binolar bundan mustasno) kerak.
19. Magistrallarning shaharlarga kirish qismlari uzunligi (magistrallarning bosh qismi) shahar aholisining soniga koʻra quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanishi lozim:
shahar aholisining soni, mln. odam: 0,5 — 1,0 1,0 — 2,0 2,0 — 4,0
20. Koʻp tasmali yoʻllardagi harakat tasmalari soni, atrof-muhitni himoya qilish tadbirlari, yoʻllarning kesishma va tutashmalari, yoʻl toʻshamasi tuzilmalari, jihozlash elementlari, muhandislik jihozlari (toʻsiqlar, velosiped yoʻlakchalari, yoritish va aloqa vositalari), yoʻl va avto-transportga xizmat qiluvchi bino va inshootlar tarkibi, bir vaqtda boʻladigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida, harakat jadalligining oʻsishi va ularni bosqichma-bosqich qurilishini inobatga olib qabul qilinishi kerak.
21. Avtomobil yoʻllarini loyihalashda shakllangan geologik, gidrogeologik, ekologik va boshqa tabiiy sharoitlarga imkon qadar atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish kerak.
Bunda, qishloq xoʻjalik yerlari, mozorlar, masjidlar va boshqa diniy inshootlar, shuningdek dam olish mintaqalari, qoʻriqxonalar, davolash-profilaktika muassasalari va sanatoriylar joylashgan joylarni hisobga olish kerak.
22. Transport vositalarining atrof-muhitga taʼsirini (shovqin, titrash, is gazi va faralarning koʻzni qamashtiruvchi taʼsiri) hisobga olish lozim.
Avtomobil yoʻli trassasini tanlash, keng koʻlamdagi bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlgan texnik, iqtisodiy, ergonomik, estetik, ekologik va boshqa omillarni hisobga olgan variantlarni solishtirishga asoslanishi kerak.
23. Avtomobil yoʻllari, yoʻl va avtotransport xizmati bino va inshootlari, suvni chetga chiqaruvchi, himoya va boshqa inshootlar, yoʻl boʻylab ketadigan kommunikatsiyalar uchun mintaqa ajratish SHNQ 2.10.01-23 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
24. Avtomobil yoʻli qurilishi davrida trassa boʻyi konlari va zaxiralari, quruvchilarning vaqtinchalik shaharchasi, ishlab chiqarish korxonalari, shoxobcha yoʻllar va qurilish uchun boshqa inshootlarni joylashtirishga ajratilgan yer maydonlari yoʻl qurilishi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa ishlar vaqtida buzilgan yerlarni tiklash ishlari loyihada inobatga olinishi lozim.
4-bob. Harakat xavfsizligi va uni tashkil qilish
25. Avtomobil yoʻllarining loyihaviy yechimlari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
transport vositalarining hisobiy tezlik bilan xavfsiz va qulay harakatlarini;
bir xil harakat sharoitlarini, haydovchilarning koʻrib chamalash asoslariga rioya qilishni;
kesishma va tutashmalarning xavfsiz joylashishini;
qatnov qism yuzasi bilan avtomobil shinalari orasidagi tegishli tishlashishni.
26. Loyiha yechimlarida quyidagilar yoritilishi kerak:
reja va boʻylama kesim egriliklarida, koʻtarilish va tushishlarda, shuningdek yoʻl qoplamasining ilashish sifatini oshirish hisobiga yilning noqulay iqlim sharoiti davrida harakat xavfsizligini taʼminlash;
avariya holatlarida transport vositalarining xavfsiz tushishini taʼminlash;
I-II toifali avtomobil yoʻllarda avariyadan saqlovchi chiqish yoʻllarini yoritish tizimi bilan taʼminlanishi;
yoʻlni yoritish;
koʻrinishni taʼminlash, yoʻlni jihozlash, shuningdek yoʻl belgilarini joylashtirish, belgi chiziqlarini chizish sxemalari;
himoya va yoʻnaltiruvchi jihozlarni joylashtirish sxemasi;
yoʻnalishlarni koʻrsatuvchi sxema, avtomatlashtirilgan tizimlar va svetoforlarni joriy qilish;
kesishma va tutashmalar, sunʼiy inshootlar, dam olish maydonchalari, toʻxtab turish joylari, avtobus bekatlari, xizmat koʻrsatish bino va inshootlarni xavfsiz joylashtirilishi va zaruriy jihozlanishi;
27. Harakat tezligi, xavfsizligi va yoʻllarning transport oʻtkazuvchanlik qobiliyati koʻrsatkichlari, transport xarajatlari va harakat qulayligi sharoiti boʻyicha maxsus koʻrsatmalarga asosan loyihaviy yechimlarni baholash olib borilishi lozim.
28. Yoʻlning ayrim elementlari oʻlchamlarining harakat xavfsizligi, qulayligi va mosligi elektron hisoblash mashinalarida yoki joylardagi kuzatishlar asosida hisoblab baholanganda yakka avtomobil tezligining reja va boʻylama kesim oʻlchamlariga bogʻliq oʻzgarish epyurasi chizilishi kerak.
29. Yoʻlning u yoki bu qismining xavflilik darajasini baholashda nisbiy avariya koeffitsiyenti yoki xavfsizlik koeffitsiyenti koʻrsatkichlaridan foydalanilishi lozim.
Bunda, yakuniy avariya koeffitsiyentini hisoblashda yoʻl sharoitlarini hisobga oluvchi ayrim avariya koeffitsiyentlarini eʼtiborga olish lozim.
Turli yoʻl sharoitlari taʼsirini hisobga olgan yoʻlning oʻtkazish imkoniyatini baholash, uning eng katta qiymatiga mahalliy yoʻl sharoitlarini hisobga olgan kamayish koeffitsiyentlarini kiritish MSHN 25-05 ga muvofiq boʻlishi kerak.
30. Yoʻllarni loyihalashda yoʻl belgilarini oʻrnatish joyi, usuli, joylashtirish sxemasi va yoʻl chiziqlarini tushirish sxemasi ishlab chiqilishi kerak.
Yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalarini joylashtirish sxemasini GOST 23457-86 ga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
31. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlashda reklamalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
32. Piyodalar oʻtish joylari (“zebra” turidagi), avtobus bekatlari, tezlikni oʻzgartirish tasmalari, koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, avtomobillar toʻxtash tasmalari, tunnellar va yoʻloʻtkazgichlar ostidagi qatnov qismlari, temir yoʻl kesib oʻtish joylari, kichik koʻpriklar va boshqa yoʻl qoplamasi fonida toʻsiqlar yomon koʻrinadigan joylarda yaxshi koʻrinishi maqsadida yorqin rangdagi qoplamalar ishlatilishi lozim.
Nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar uchun aholi punktlari hududlarida transport va piyodalar yoʻlkalar SHNQ 2.07.01-23 hamda SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
33. Tungi vaqtlarda yoqiladigan elektr yoritgichlar yoʻlni aholi punktlari chegarasida, mavjud elektr tarqatuvchi tarmoqlardan foydalanish mumkin boʻlganda katta koʻpriklarda, avtobus bekatlarida, I va II toifali yoʻllarning oʻzaro va temir yoʻllar bilan kesishmalarida, kesishmaning barcha bogʻlovchi tarmoq tugunlarida va ularga kelish joylarida kamida 250 m masofada, halqa turdagi kesishmalarda koʻzda tutilishi lozim.
Yoritiladigan qismlar orasidagi masofa 250 m dan kam boʻlganda, yoʻlni uzluksiz yoritishni tashkil qilish kerak.
34. Avtomobil yoʻli qoplamasining yoritilishi aholi punktlarining tashqarisida quyidagicha boʻlishi kerak:
katta va oʻrta koʻpriklarda I toifali yoʻl uchun 0,8 kd/m2;
II toifa uchun 0,6 kd/m2;
transport yechimlarining bogʻlovchi tarmoqlarida 0,4 kd/m2.
35. Avtomobil va temir yoʻllarining bir sathdagi kesishish joylarida yoritgich qurilmalari temir yoʻl transporti mehnat xavfsizligi standartlari tizimida belgilangan sunʼiy yoritish normalariga mos boʻlishi kerak.
36. Yoʻllardagi yoritgich tayanchlari yoʻl poyidan tashqarida oʻrnatilishi, bunda qatnov qismi chetidan tayanchning eng yaqin qirrasigacha boʻlgan masofa kamida 1,75 m boʻlishi kerak.
37. Yoʻllardagi yoritgich tayanchlarini suv novlari yoki kyuvetlarning orqasida oʻrnatish lozim.
Yoritgich tayanchlarini kengligi 5 m dan kam boʻlmagan ajratish tasmalarida toʻsiqlar bilan birga oʻrnatilishi zarur.
38. Avtomobil yoʻllari qismlaridagi yoritgichlar SHNQ 2.04.18-22ga muvofiq loyihalanishi kerak.
39. Tungi vaqtlarda avtomobil yoʻllarining uzun qismlarida (300 m dan uzun), koʻpriklar va tonnellarga, avtomobil va temir yoʻllar bilan kesishish joylariga yaqinlashish yoritgichlarni yarmini oʻchirish yoʻli bilan tashqi yoritish miqdorini kamaytirish lozim.
Bunda, quyidagilarda yoritgichlar oʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak:
ketma-ket joylashgan ikkita yoritgich shuningdek tarmoqlanish, qoʻshilishda;
boʻylama kesimdagi radiusi 300 m dan kam boʻlgan egrining choʻqqisida;
piyodalar yoʻlakchalarida;
jamoat transporti bekatlarida;
radiusi 100 m dan kichik boʻlgan rejadagi egrilarida.
40. Avtomobil yoʻllari yoritgichlarining elektr taʼminoti yaqin aholi punktlaridagi elektr tarqatuvchi tarmoqdan yoki yaqin orada joylashgan ishlab chiqarish korxonalari tarmogʻidan amalga oshirilishi, ularni boshqarish yoʻl yaqinida joylashgan dispetcher punktidan markazlashgan holda olib borilishi zarur.
41. Temir yoʻllarning kesishish joylarida yoritgichlarning elektr taʼminoti, agar temir yoʻlning bu qismi boʻylama elektr taʼminoti tarmoqlari yoki elektrbloklash tarmoqlari bilan jihozlangan boʻlsa, asosan temir yoʻl elektr tarmoqlaridan amalga oshirilishi lozim.
42. Yoʻlning tashqi yoritish tarmoqlarini boshqarish yaqin joylashgan shahar aholi punkti yoki ishlab chiqarish korxonalaridan markazlashtirishni nazarda tutishi lozim.
43. Avtomobil yoʻllarini yoritishda texnik-iqtisodiy asoslangan holda muqobil elektr energiyadan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
5-bob. Atrof-muhit muhofazasi
44. Yangi avtomobil yoʻllarini qurish yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini, atrof-muhitga taʼsirini baholash ishlari oʻtkazilganidan soʻng amalga oshirilishi kerak.
45. I va II toifali avtomobil yoʻllari (avtomagistrallar va tezkor yoʻllar) qurilishida atrof-muhitga taʼsirini baholash ishlari amalga oshirilishi kerak.
46. I va II toifali avtomobil yoʻllari aholi punktlarini aylanib oʻtishi, bunda havoni ifloslanishi nuqtai nazaridan yilning eng yomon davrida shamolning ustuvor yoʻnalishi hisobga olinishi kerak.
47. Avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlarni kamaytirish uchun III, IV hamda Is — IIIs toifali yoʻllar (shuningdek aholi punktlari ichidagi yoʻllar) optimal tezlikdagi transport oqimi harakatini eng yaxshi tashkil etish imkoniyatini yaratishdan kelib chiqib hisob-kitob qilinishi va oʻtkazilishi kerak.
48. Yoʻl poyi, koʻprik oʻtkazgichlar, transport vositalarini yuvish joylari, texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari va boshqa joylarda toʻplanadigan ifloslangan oqova suvlar tozalash qurilmalari yoki bugʻlanish maydonlariga chiqarib yuborilishi lozim.
49. Yoʻllar suv oqimlarining gidrologik rejimini buzmasligi, turgʻun suv havzalari va suv bosgan hududlar hosil qilmasligi kerak.
50. Transport oqimining shovqin va havoni ifloslanish darajasi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan normalardan oshmasligi kerak.
51. Avtomobil yoʻllari qurilishi jarayonida buzilgan yerlar qayta tiklanishi lozim.
52. I va II toifali yoʻllar yovvoyi hayvonlar, parrandalar va suvda yashovchilarning hayoti va koʻpayishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini hisobga olib loyihalanishi zarur.
53. Bogʻlanmagan gruntli (sahrolar) va tez-tez shamol boʻlib turadigan joylarda grunt yuzasining barqaror holati buzilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
6-bob. Asosiy texnik talablar va transport-foydalanish koʻrsatkichlari
1-§. Hisobiy tezlik va ogʻirliklar
54. Avtomobil shinasining qatnov qismi yuzasi bilan normativ tishlashish sharti quruq yoki namlangan toza yuza uchun 60 km/h tezlikdagi boʻylama tishlashish koeffitsiyenti havo harorati kamida 20 oS boʻlgan yilning yoz faslida, nisbiy namlik 50 foiz, metereologik koʻrinish masofasi 500 m dan ortiq, atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng boʻlgan shamolsiz sharoitda quyidagicha olinishi lozim:
quruq holat uchun — 0,6;
namlangan holat uchun kamida – 0,45.
55. Reja va boʻylama kesim elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat tezliklarini yoʻlning toifasiga koʻra quyidagicha 5-jadval boʻyicha qabul qilish kerak.
Past-baland va togʻli joyning murakkab qismlari uchun quyidagi 5-jadvalda belgilangan hisobiy tezliklarni loyihalanayotgan yoʻlning har bir aniq qismi uchun mahalliy sharoitni hisobga olgan tegishli texnik-iqtisodiy asoslash natijasida qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
5-jadval
Yoʻlning toifasi
Hisobiy tezlik, km/h
asosiylari
joyning murakkab qismlarida ruxsat etilganlari:
past-baland
togʻli
Ia
150
120
80
Ib
120
100
60
II
120
100
60
III
100
80
50
IV
80
60
40
V
60
40
30
Is
70
50
30
IIs
60
40
30
IIIs
40
40
30
IVs
30
30
20
Izoh:
1. Past-baland joyning murakkab qismlariga yon bagʻirlari mustahkam boʻlmagan chuqur dara va jarliklari mavjud, 0,5 km dan uzun boʻlmagan masofadagi balandlik belgilari orasidagi farq 50 m dan katta boʻlgan, tez-tez takrorlanib turadigan chuqur vodiy va suv ayirgichlar bilan kesilgan relyef kiradi. Togʻli joyning murakkab qismlariga togʻ choʻqqilaridan oʻtgan dovon qismlar va murakkab, egri-bugri yoki mustahkam boʻlmagan yon bagʻirli togʻ daralari kiradi.
2. Shaharga kirish yoʻllarini loyihalashda avtomobil yoʻli trassasi boʻyida qimmatli kapital inshootlar, oʻrmon massivlari, shuningdek qimmatbaho qishloq xoʻjalik ekinlari va bogʻlar mavjud boʻlgan hollarda, ushbu SHNQning 14-bandiga asosan tegishli texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq ushbu jadvalda past-baland joylar uchun belgilangan hisobiy tezliklarni qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
56. Avtomobil yoʻllarining yonma-yon qismlarida hisobiy tezliklar 20 foizdan koʻpga farq qilmasligi kerak.
Ib va II toifali avtomobil yoʻllarini normalari asosida rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun loyihalarini ishlab chiqishda texnik-iqtisodiy asoslash asosida reja, boʻylanma va koʻndalang kesimlarning elementlarini (harakat tasmasini sonidan tashqari), mavjud yoʻlning alohida hududlarida saqlash, bunda ular III toifali yoʻl uchun hisobiy tezlik boʻyicha talabiga muvofiq boʻlishi kerak.
57. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yoʻl toʻshamasining mustahkamligini hisoblashda avtomobilning eng koʻp yuklangan yakka oʻqidagi ogʻirlik I-II toifa uchun 130 kN (13 ts), III — V toifa uchun 100 kN (10 ts) boʻlishi zarur.
Xoʻjalik yoʻllarini barcha toifalari uchun 100 kN (10 tf) qabul qilinishi kerak.
58. Yoʻl toʻshamasi mustahkamligining mazkur SHNQning 57-bandida keltirilgan ogʻirliklarga hisoblash yoʻl toʻshamasi tuzilmasini belgilash va hisoblash boʻyicha qoʻllanmalarga asosan va mazkur SHNQning 9-bobi talablari boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
2-§. Yoʻl koʻndalang kesimining asosiy oʻlchamlari
59. Avtomobil yoʻlining poyi va qatnov qismi koʻndalang kesimining asosiy oʻlchamlari yoʻlning toifasi va vazifasiga koʻra umumiy foydalanishdagi avtomobil quyidagi 6-jadvalga asosan, xoʻjalik yoʻllari mazkur SHNQning 7-jadvaliga muvofiq aniqlanishi lozim.
6-jadval
Yoʻl elementlari oʻlchamlari
Avtomagistral
Tezkor yoʻl
Odatdagi yoʻl turi
toifasi
Ia
Ib
II
III
IV
V
Harakat tasmalarining umumiy soni
4 va undan ortiq
4 va undan ortiq
2
2
2
1
Harakat tasmasi kengligi, m
3,75
3,75
3,75
3,5
3,0
4,5
Yoʻl yoqasi kengligi, m
3,75
3,75
3,75
2,5
2,0
1,75
Yoʻl yoqasidagi chetki tasma kengligi, m
0,75
0,75
0,75
0,5
0,5
-
Yoʻl yoqasining mustahkamlangan qismi kengligi, m
2,5
2,5
2,5
1,5
1,0
-
Yoʻl oʻqi boʻylab toʻsiqlar oʻrnatilmaganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m
6,0
5,0
-
-
-
-
Yoʻl oʻqi boʻylab toʻsiqlar oʻrnatilganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m
2 m + toʻsiq kengligi
-
-
-
-
Ajratuvchi tasma chetidagi xavfsizlik tasmasining kengligi, m
1,0
-
-
-
-
Yoʻl poyining kengligi, m
28,5 va undan ortiq
27,5 va undan ortiq
15,0
12,0
10,0
8,0
7-jadval
Yoʻl elementlari
Yoʻl toifalari boʻyicha oʻlchamlari, m
Is
IIs
IIIs
IVs
Harakat tasmalarining umumiy soni
2
2
1(2)
1
Harakat tasmasi kengligi, m
3,0
3,0
4,5(30)
4,5/6,0*
Yoʻl yoqasi kengligi, m
2,0
1,5
1,5(1,0)
1,0
Yoʻl yoqasidagi chetki tasma kengligi, m
0,5
0,5
0,5
-
Yoʻl poyining kengligi, m
10,0
9,0
7,5(8,0)
6,5/8,0*
60. I va II toifali avtomobil yoʻllari qismlarida, yoʻldan foydalanishning birinchi besh yilligidagi harakat jadalligi istiqboldagi hisobning 50 foizni tashkil qilsa va undan oshsa, loyihada aniqlangan va asoslangan joylarda, shuningdek kesishma, tutashmalarda va I va II darajali yoʻllaridan chiqish (tezlikni oʻzgartirish tasmalari qurish koʻzda tutilmaydigan) tarmoqlarida, yoʻl yoqasining ikki tomonida, kamida 100 m masofada kengligi 2,5 m boʻlgan toʻxtash tasmasi qurilishini mazkur SHNQning 352-bandiga muvofiq boʻlishi lozim.
61. Yoʻl yoqasi va ajratuvchi tasmaning mustahkamlangan qism qoplamasi, rangi va tashqi koʻrinishi qatnov qism qoplamasidan farq qilishi yoki chiziqli belgi bilan ajratilishi lozim.
Yoʻl yoqasi oʻzining mustahkamligi bilan, unda transport vositalarining harakati yoki toʻxtashini taʼminlashi lozim.
62. I toifali yoʻllardagi harakat tasmalarining soni harakat jadalligi va yer yuzasi tuzilishiga koʻra quyidagi 8-jadvaldan belgilanishi lozim.
Qatnov qismi koʻp tasmali boʻlgan yoʻllar qurilishi alohida yoʻnalishlar boʻyicha yoʻl qurish variantlarini solishtirgan holda asoslanishi lozim.
8-jadval
Yer yuzasining tuzilishi
Harakat jadalligi, keltirilgan dona/ d
Harakat tasmalari soni, dona
Tekis va past-baland
14000 — 40000
40000 — 80000
80000 dan ortiq
4
6
8
Togʻlik
14000 — 34000
34000 — 70000
70000 dan ortiq
4
6
8
63. Harakat jadalligi 4000 keltirilgan dona/d dan (foydalanishning birinchi besh yilligida erishiladigan) ortiq boʻlgan II toifali yoʻllarda, uzunligi 1 km dan va boʻylama nishabligi 30 ‰ dan ortiq boʻlgan, shuningdek uzunligi 0,5 km dan va boʻylama nishabligi 40 ‰ dan ortiq boʻlgan III hamda Is -IIs toifali yoʻllarda yuqoriga koʻtarilayotgan aralash tarkibli transport oqimlarida yuk avtomobillari harakati uchun qatnov qismda qoʻshimcha tasma boʻlishi kerak.
Qoʻshimcha tasmaning kengligi butun uzunligi davomida 3,5 m boʻlishi kerak.
64. Yuqoriga koʻtarilish tugagandan keyingi yoʻl qismidagi qoʻshimcha tasma uzunligi quyidagi 9-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
9-jadval
Koʻtarilishdagi harakat jadalligi, keltirilgan dona/d
4000
5000
6500
8000 va ortiq
Tasmaning koʻtarilish chegarasidan keyingi umumiy uzunligi, m
50
100
150
200
65. Qatnov qismi kengligi oʻzgaradigan boʻlagining uzunligini (harakat tasmalarining soni oʻzgarganda) quyidagi 10-jadvalga asosan teskari radiusli ikkita egrilikni loyihalash orqali qabul qilish lozim.
10-jadval
Yoʻl qismidagi hisobiy tezlik, km/h
Teskari egrilik radiuslari, m
Oʻtish boʻlagi uzunligi, m
120
1400/1000
250
100
1000/700
210
80
650/450
170
60
350/250
130
40
160/100
80
66. Harakat tarkibi aralash avtomobil va traktor oqimidan iborat II va III toifali yoʻllarda, harakat jadalligi 2500 — 7000 avt/d va 150-200 traktor/d boʻlganda, yoʻl poyini kengaytirish hisobiga qoʻshimcha tasma qurilishi lozim.
67. Traktor poyezdlari, qishloq xoʻjalik mashinalari va boshqa sekin harakatlanadigan transport vositalarining harakati uchun 3,5 — 3,75 m kenglikda qoʻshimcha tasma avtomobillar va traktorlarning quyidagi 11-jadvalda keltirilgan harakat jadalligiga asosan qurilishi kerak.
11-jadval
Harakat oqimida gʻildirakli traktorlar soni, %
Harakat jadalligi, avt/h
200
400
600
800
qoʻshimcha tasma uzunligi, km
3 gacha
3-5
5-10
10-15
-
-
-
1,0-2,0
-
-
1,2-2,0
1,5-2,5
-
1,0-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0
1,0-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0
2,0-3,0
68. Uzunligi 1,0-2,0 km boʻlgan qoʻshimcha tasmalarni har 8 — 10 km da, 1,5 — 2,0 km uzunlikdagisi har 6 — 8 km da va 2,0 — 3,0 km uzunlikdagisi har 4 — 6 km da yer yuzasi tuzilishi va tanlangan joylarga qurilishi, bunda turli yoʻnalishlardagi qoʻshimcha tasmalar shaxmat usulida joylashtirilib tegishli belgi chiziqlar chizilishi kerak.
Qoʻshimcha tasmaning butun uzunligida yoʻl yoqasining kengligi 1 m qilib belgilanishi lozim.
69. Qoʻshimcha tasmaning koʻndalang nishabliklar va yoʻl toʻshamasining tuzilmasi asosiy yoʻldagidek belgilanishi lozim.
70. I — III toifali avtomobil yoʻllarida gʻildirakli traktorlar va boshqa sekin harakatlanuvchi transport vositalarini oʻtkazish uchun yoʻlning asosiy yoʻnalishi qatnov qismi tashqarisida xoʻjalik yoʻllari loyihalanishi kerak.
71. Qishloq xoʻjaligi korxonalari va xoʻjaliklari xizmatidagi traktor va traktor poyezdlarining texnik-iqtisodiy samaradorligi asoslanganda xoʻjalik yoʻllari alohida yoʻnalishlar boʻyicha loyihalanishi kerak.
72. Xoʻjalik yoʻllari yoz shamolining ustuvor yoʻnalishini hisobga olib mazkur SHNQda keltirilgan toifali yoʻllar yoqasi boʻylab shamolga teskari tomonda mazkur yoʻllarga yaqin joylashtirilishi kerak.
73. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qabul qilish punktlari harakat jadalligi 300 avt/h dan yuqori boʻlgan II-III toifali yoʻllarga yaqin joylashganda qabul punktlarining yoʻlga nisbatan joylashishi va harakat jadalligiga koʻra bunday joylarda traktor poyezdlari va boshqa transport vositalarining toʻxtashi uchun mazkur SHNQning 12-jadvalga asosan kengligi 2,0-3,0 m boʻlgan maxsus qoʻshimcha tasmalar qurilishi lozim.
Qoʻshimcha tasmalarning III turi yukning katta qismi bir yoʻnalishda tashishda, qayrilib olish joylarida 4 ta tirkamali traktor poyezdlari uchun 10 m ni tashkil qiladigan eng kichik yoʻl kengligi taʼminlashi kerak.
Qoʻshimcha tasmalardagi koʻndalang nishablik va yoʻl toʻshamasining tuzilmasi asosiy yoʻldagidek belgilanishi lozim.
Xoʻjalik yoʻllarini koʻndalang kesimi mazkur SHNQning 3-ilovasida keltirilgan.
12-jadval
Qoʻshimcha tasma turi
Harakat jadalligi,
avt/h
Qabul punktlari yaqinida quriladigan qoʻshimcha tasmalar tavsifi
Bir tomondagi qoʻshimcha tasmaning eng kichik uzunligi, m
Qayrilib olish joylarida yoʻlning eng kichik kengligi, m
I
500 dan ortiq
Qoʻshimcha tasmalar qabul punktlarining ikki tomonidan yoʻl yoqasini mustahkamlash hisobiga quriladi
100
-
II
300-500
Qoʻshimcha tasmalar qabul punktlarining ikki tomonidan yoʻl yoqasini mustahkamlash va qisman yoʻl poyini kengaytirish hisobiga quriladi
100
-
III
300 dan kam
Yukning katta qismi bir yoʻnalishda tashilganida yoʻl yoqasini mustahkamlash va yoʻl poyini kengaytirish hisobiga quriladigan qoʻshimcha tasmalar faqat qabul punktlari tomonida joylashtiriladi
150
10,5
74. Boʻylama kesimda boʻylama nishabliklarning algebraik farqi 60 ‰ va undan katta boʻlaklarni tutashtiruvchi botiq egrilikning oʻrtasida yoʻl qatnov qismining kengligi mazkur SHNQning 6-jadvalidagi talablarga nisbatan II va III toifali yoʻllar uchun har tomondan 0,5 m ga, IV toifali yoʻllar uchun 0,25 m ga kengaytirilishi lozim.
75. Qatnov qismi kengaytirilgan boʻlaklarining uzunligi II va III toifali yoʻl uchun kamida 100 m, IV toifali yoʻllar uchun esa kamida 50 m boʻlishi kerak.
Kengaytirilgan qatnov qismga oʻtish II-III toifali yoʻllar uchun 25 m masofada va IV toifali yoʻllar uchun 15 m masofada amalga oshirilishi lozim.
76. Yoʻl yoqasi kengligini togʻli joylarning ayrim murakkab qismlarida, yoʻl boʻlagi qimmatbaho hosildor yerlardan oʻtganda, shuningdek tezlikni oʻzgartirish tasmali va koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmali joylarda, harakat xavfsizligini va uni tashkil qilish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq I, Is va II toifali yoʻllar uchun 1,5 m gacha va boshqa toifadagi yoʻllar uchun 1 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Togʻli joylarning pastki yonbagʻridagi yoʻl yoqasining kengligi kamida 2 m boʻlishi lozim.
77. Yoʻllarning istiqbolda harakat tasmalari sonini koʻpaytirish zaruriyati tugʻiladigan qismlarida ajratuvchi tasma kengligini mazkur SHNQning 6-jadvalida keltirilganlarga nisbatan 7,5 m ga oshirish va Ia toifali yoʻllar uchun kamida 13,5 m, Ib toifali yoʻllar uchun esa kamida 12,5 m ga teng deb qabul qilish kerak.
78. Ajratuvchi tasma yuzasiga uning kengligi, yotqizilgan grunt, mustahkamlanish turi va tabiiy-iqlim sharoitlarga koʻra qatnov qism tomonidan ajratuvchi tasma oʻrtasiga yoki qatnov qism tomoniga nishablik boʻlishi, bunda ajratuvchi tasma nishabligi oʻrtaga boʻlganida suvlarni chetga chiqarish uchun qurilmalar oʻrnatish lozim.
79. Yoʻl unumdor yerlardan, togʻli joylarning ayrim murakkab qismlaridan, katta koʻpriklardan, aholi zich joylashgan va boshqa joylardan oʻtganda texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq ajratuvchi tasma kengligini toʻsiqlar oʻrnatish uchun zarur boʻlgan tasma kengligiga ikki tomondan 1 m dan qoʻshilgan kenglikkacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ajratuvchi tasmaning kamaytirilgan kengligidan yoʻlda qabul qilingan kengligiga oʻtish har ikki tomonidan 100:1 qiymatda bir tekisda amalga oshirilishi kerak.
80. Ia toifali yoʻllarda taʼmirlash ishlari davrida avtotransport vositalari va maxsus mashinalarning harakatini oʻtkazishni tashkil qilish uchun ajratuvchi tasmaning har 2 — 5 km da uzunligi 30 m boʻlgan uzilishlarni koʻzda tutish lozim.
Bunday joylar ishlatilmagan paytlarda maxsus koʻchma toʻsiqlar bilan berkitib qoʻyilishi kerak.
81. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar boshi va oxirining yoʻl koʻtarmasi bilan tutashgan joyida yoʻl poyining kengligi kamida 10 m masofada koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar panjaralari oʻrtasidagi kenglikdan har tomonga kamida 0,5 m ga ortiq boʻlishi kerak.
Zaruriyat boʻlganida yoʻl poyi kengaytirilishi, bunda kengaytirilgan yoʻl poyidan normativ kenglikka oʻtish 15 — 25 m oraliqda bajarilishi lozim.
82. Barcha toifadagi yoʻllarning toʻgʻri qismlarida, I toifali yoʻllarning radiusi 3000 m va undan ortiq, qolgan toifadagi yoʻllarning radiusi 2000 m va undan ortiq rejadagi egriliklarida qatnov qismni ikki nishabli koʻndalang kesim bilan qabul qilinishi kerak.
83. Rejadagi egriliklar radiusi kichik boʻlgan hollarda avtomobillarning mazkur egriliklarda katta tezlik bilan xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida qatnov qismni bir nishabli koʻndalang kesim (viraj) bilan qurish lozim.
84. Yoʻl qatnov qismining koʻndalang kesim nishabliklari (rejaning viraj qurilishi koʻzda tutilgan joylaridan tashqari) harakat tasmalari soni va iqlim sharoitlariga koʻra quyidagi 13-jadvalga muvofiq aniqlanadi.
13-jadval
Yoʻl toifasi
Koʻndalang nishablik, ‰
Yoʻl iqlim mintaqalari
I, II, IV
Is, IIs, IIIs, III
I:
a) harakat qatnov qismini koʻndalang kesimining nishabligi ikki tomonga boʻlganda
b) nishablik bir tomonga boʻlgan kesimda:
ajratuvchi tasmadan keyin harakat tasmalar soni:
2
3
4
15
15
20
20
20
20
25
25
II — IV
15
20
Izoh:
1. Shagʻalli va chaqiq toshli qoplamalarda koʻndalang nishablik 25 — 30 , mahalliy materiallar bilan mustahkamlangan gruntli qoplamalarda va sindirilgan va tabiiy toshlar yotqizilgan yoʻllarda 30 — 40 ‰ qabul qilinadi.
2. Rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun loyihalarini ishlab chiqishda, mavjud yoʻl toʻshamalarini mustahkamligini oshirish uchun asfalt-beton qatlamini yotqizish va uni ham tekislovchi sifatida qoʻllash rejalashtirilganda harakat qatnov qismining koʻndalang nishabligining qiymati 10÷30‰ gacha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Koʻndalang nishabligini oʻzgarishi 5‰ gacha ( I toifali yoʻl uchun) va 10‰ ( II — IV toifali yoʻllar uchun) agarda koʻndalang kesimni loyihalash qadami 20 ÷ 25 m qilib olinadi.
85. Nishabligi ikki tomonlama bilan koʻndalang kesimda yoʻl yoqasi nishabligini qatnov qisminikiga qaraganda 10 — 30 ‰ ga katta qabul qilish kerak.
Iqlim sharoitlari va yoʻl yoqasini mustahkamlash turiga koʻra koʻndalang nishabliklarning quyidagi qiymatlari yoʻl qoʻyiladi:
40 — 60 ‰ — chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar bilan mustahkamlanganda yoki tosh materiallar va beton plitalari yotqizilganda;
50 — 60 ‰ — chim bostirish yoki oʻt ekish bilan mustahkamlanganda.
86. Qor qatlami uzoq turmaydigan va yaxmalak boʻlmaydigan joylarda chim bostirilgan yoʻl yoqalarining nishabliklari 50 — 80 % boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
87. Virajlarda qatnov qismining koʻndalang nishabliklari reja egriliklarining radiusiga koʻra quyidagi 14-jadval boʻyicha belgilanishi lozim.
Agar rejada bir tomonga yoʻnalgan ikki egriliklar bir-biriga yaqin joylashgan va ular orasida toʻgʻri qism boʻlmasa yoki uning uzunligi juda kichik boʻlsa, nishabligi bir tomonga boʻlgan koʻndalang kesim uzluksiz davom ettirilishi lozim.
Izoh. Virajlardagi koʻndalang nishabliklarning kichik qiymatlari egrilikning katta radiusiga mos kelishi yoki aksincha boʻlishi kerak.
88. Qurilish va relyef sharoitlari boʻyicha yoʻlning ayrim murakkab qismlarida, hamda togʻ yoʻllarining serpantinli qismlarida koʻndalang nishabliklari oʻzgaruvchan virajli (zinapoya turidagi viraj) va qatnov qism kengaytirilgan individual loyihalar ishlab chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, qatnov qismining oʻrtasi egrilik radiusiga mos boʻlgan koʻndalang nishablikda bajarilishi, ichki va tashqi tasmalarga esa kamida 2 m kenglikda, ichki tasma uchun 10 — 20 ‰ ga katta va tashqi tasma uchun esa 10 — 40 ‰ ga katta boʻlgan nishablik berilishi (egrilik radiusi va harakat tarkibiga qarab), bunda mahalliy sharoitlarni hisobga olib egrilik chegarasida yoʻl qatnov qismining umumiy kengligini oshirish lozim.
89. Yoʻlning nishabligi ikki tomonlama boʻlgan koʻndalang kesimdan bir tomonlama boʻlgan kesimga keltirishni (yoʻlni rekonstruksiya qilishda) oʻtish egriligi uzunligida, u boʻlmaganda oʻtish egriligi uzunligiga teng boʻlgan egrilikka yondosh toʻgʻri qismda amalga oshirish lozim.
I toifali yoʻllarda virajlarni turli yoʻnalishdagi qatnov qismlar uchun alohida koʻndalang nishabliklar bilan va ajratuvchi tasmalarning koʻndalang nishabligini zaruriy oʻzgartirishlar kiritgan holda loyihalash kerak.
90. Virajda yoʻl yoqasining koʻndalang nishabligi yoʻlning qatnov qismi nishabligi bilan bir xil qabul qilinishi lozim.
Ikki nishablik kesimdagi yoʻl yoqasining meʼyoriy nishabligidan qatnov qism nishabligiga oʻtish virajga oʻtish boshlanishigacha 10 m masofada amalga oshirilishi lozim.
91. Qatnov qismi tashqi chetining qoʻshimcha boʻylama nishabligi virajga oʻtish qismining loyihaviy boʻylama nishabligiga nisbatan quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:
I va II toifali yoʻllar uchun — 5 ‰;
Is, IIs, III, IV, V toifali yoʻllar uchun, tekis joyda — 10 ‰;
Is, IIs, III, IV, V toifali yoʻllar uchun, togʻli joyda — 20 ‰;
IIIs va IVs toifali yoʻllar uchun, tekis va togʻli joyda — 20 ‰.
92. Rejadagi egrilik radiusi 1000 m va undan kam boʻlganda qatnov qismining ichki tomonini yoʻl yoqasi hisobidan kengaytirishni, bunda yoʻl yoqasining kengligi I va II toifali yoʻllar uchun kamida 1,5 m ni va qolgan yoʻllar uchun kamida 1,0 m ni tashkil qilishi kerak.
93. Egriliklardagi ikki tasmali yoʻlning qatnov qismini toʻla kengaytirish qiymati mazkur SHNQning 14-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
94. Yoʻl yoqasi kengligi qatnov qismini kengaytirish uchun yetarli boʻlmagan hollarda yoʻl poyini tegishlicha kengaytirish lozim.
Qatnov qismini kengaytirish oʻtish egriligi boshidan uning uzunligiga proporsional holda bajarilib, aylanma egrilik boshlanishida toʻliq kengaytirish qiymatiga erishilishi kerak.
95. Toʻrt va undan ortiq harakat tasmasi boʻlgan yoʻllar qatnov qismini toʻliq kengaytirish qiymati tasmalar soniga muvofiq mazkur SHNQning 15-jadvaldagi qiymatlarga nisbatan oshirilishi kerak, bir tasmaligi yoʻllar uchun qiymatga nisbatan ikki marta kamaytirilishi lozim.
96. Togʻli joylarda, istisno tariqasida rejadagi egrilik qatnov qismini kengaytirish qisman egrilikning tashqi tomonida bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
15-jadval
Rejadagi
egrilik radiuslari,
m
Avtomobil va avtopoyezdlarning oldi bamperidan orqa oʻqigacha boʻlgan masofadagi, kengaytirish qiymati, m
avtomobillar — 7 va kichik,
avtopoyezdlar — 11 va kichik
13
15
18
1
2
3
4
5
1000
850
650
575
425
325
225
140
95
80
70
60
50
40
30
-
-
0,4
0,5
0,5
0,6
0,8
0,9
1,1
1,2
1,3
1,4
1,5
1,8
2,2
-
0,4
0,5
0,6
0,7
0,8
1,0
1,4
1,8
2,0
2,2
2,8
3,0
3,5
-
-
0,4
0,5
0,6
0,7
0,9
1,0
1,5
2,0
2,3
2,5
3,0
3,5
-
-
0,4
0,5
0,7
0,8
0,9
1,1
1,5
2,2
3,0
3,5
-
-
-
-
-
Izoh:
Agar transport oqimidagi qishloq xoʻjaligi mashinalari va traktor poyezdlari 5 foizdan koʻp va egrilik radiuslari 650 — 250 m boʻlganda 2-ustunda keltirilgan qiymatlarni 0,1 — 0,7 m ga oshirish lozim.
Rejadagi egrilikning radiusi 250 m va undan kichik boʻlsa, egrilik hududida yoʻl yoqasini butun kengligi boʻyicha mustahkamlash kerak.
97. Qatnov qismi 2-3 m dan koʻproq kengaytiriladigan egriliklarni qabul qilish maqsadga muvofiqligini, bunday kengaytirishlar talab qilinmaydigan rejadagi oshirilgan egrilik radiuslari bilan solishtirib loyihada asoslash lozim.
3-§. Reja va boʻylama kesim
98. Boʻylama kesim loyiha chizigʻi singan joyida nishabliklarning algebraik farqi I va II toifali yoʻllarda 5 ‰ va undan ortiq, Is, IIs va III toifali yoʻllarda 10 ‰ va undan ortiq, IIIs, IVs va IV toifali yoʻllarda 20 ‰ va undan ortiq boʻlsa egrilar bilan tutashtirilishi kerak.
99. Algebraik farqning qiymati kichik boʻlsa, loyiha qadami singan nuqtalar orasidagi masofa I-II toifali yoʻllar uchun 100 — 150 m, III-IV toifali hamda xoʻjalik yoʻllari uchun 50 — 100 m boʻlishi lozim.
100. Agar joy sharoitlari boʻyicha mazkur SHNQning 98-bandi talablarini bajarishga imkoniyat boʻlmasa yoki ularni bajarish katta qurilish xarajatlariga va ish hajmining oshishiga olib kelsa, loyihalash vaqtida mazkur SHNQning 14-15-bandlarida keltirilganlarni hisobga olgan holda, texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida qiymatlarni kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, chegaraviy ruxsat etilgan normalarni mazkur SHNQning 5-jadvalida keltirilgan yoʻl toifasi boʻyicha mazkur SHNQning 16-jadvalidagi hisobiy harakat tezligidan kelib chiqib qabul qilish lozim.
101. Togʻli sharoitda II — IV toifali yoʻllar yoʻnalishini keskin oʻzgartirish zaruriyati tugʻilsa, serpantin qurilishiga yoʻl qoʻyiladi.
102. Togʻli joyning ayrim murakkab sharoitlarida (absolyut belgisi dengiz sathidan 3000 m dan baland boʻlgan joylar bunga kirmaydi) uzunligi 500 m gacha boʻlgan qismlar uchun tegishli asoslash natijasida, mazkur SHNQning 14-bandini hisobga olgan holda, mazkur SHNQning 16-jadvalidagi qiymatlardan eng katta boʻylama nishabliklarni koʻpi bilan 20 ‰ gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
103. I toifali yoʻllarning qatnov qismi togʻli va past-baland joylarda koʻtarilish va tushish yoʻnalishlari uchun alohida loyihalanayotganida tushish yoʻnalishi uchun boʻylama nishabliklarni koʻtarilish nishabligiga nisbatan oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, bu oshirish 20 ‰ dan oshmasligi kerak.
104. Togʻli joylarda yoʻlning tonnellarga kelish qismi loyihalayotganda tonnel peshtoqidan 250 m masofada yoʻlning boʻylama kesim nishabligi eng koʻpi bilan 45 ‰ dan oshmasligi kerak.
16-jadval
Hisobiy tezlik,
km/h
Eng katta boʻylama
nishabliklar, ‰
Eng kichik koʻrish masofasi, m
Egrilikning eng kichik radiuslari, m
rejada
boʻylama kesimda
toʻxtash uchun
qarama
qarshi harakatlanayotgan
avtomobillar uchun
asosiy joylarda
togʻli
joylarda
qabariqda
botiqda
asosiy
joylarda
togʻli
joylarda
150
30
300
-
1200
1000
30000
8000
4000
120
40
250
450
800
600
15000
5000
2500
100
50
200
350
600
400
10000
3000
1500
80
60
150
250
300
250
5000
2000
1000
70
60
100
200
200
150
4000
2000
800
60
70
85
170
150
125
2500
1500
600
50
80
75
130
100
100
1500
1200
400
40
90
55
110
60
60
1000
1000
300
30
100
45
90
30
30
600
600
200
20
100
25
50
30
30
400
400
100
Izoh. Toʻxtash uchun koʻrishning eng kichik masofasi avtomobil haydovchisi koʻzining qatnov qism yuzasidan 1,2 m boʻlgan balandlikdan, harakat tasmasining oʻrtasida joylashgan, balandligi 0,2 m va undan katta boʻlgan barcha predmetlarni koʻrishni taʼminlashi kerak.
105. Rejadagi egrilik radiusi 2000 m va undan kam, kelish yoʻllarining barcha toifalari uchun esa 400 m va undan kam boʻlsa oʻtish egriliklari boʻlishi lozim.
Oʻtish egriligining eng kichik uzunligini mazkur SHNQning 17-jadvalidan qabul qilish lozim.
106. Rejaning kichik radiusli qismlaridagi eng katta boʻylama nishabliklar mazkur SHNQning 16-jadvalidagi nishabliklarga nisbatan ushbu SHNQning 18-jadvali asosida kamaytirilishi kerak.
107. Rejadagi egrilikning ichki tomonidagi koʻrish masofasini taʼminlash maqsadida oʻrmon va butazorlardan tozalanadigan tasma kengligi, oʻyma yonbagʻrining kesilish qiymati va binolarini koʻchirish masofasi hisoblash asosida aniqlanishi kerak.
Bunda, oʻyma yonbagʻri qirqimining sathi yoʻl poyi qoshining sathi bilan bir tekislikda qabul qilinishi kerak.
108. Togʻ sharoitlarida nishabligi uzoqqa choʻzilgan qismlar uzunligini nishablikning qiymatiga qarab, biroq mazkur SHNQning 19-jadvalida keltirilgan qiymatdan oshmagan holda belgilanishi lozim.
17-jadval
Aylanma egrilik radiusi, m
30
50
60
80
100
150
200
250
300
400
500
600-1000
1000 — 2000
Oʻtish egriligi uzunligi, m
30
35
40
45
50
60
70
80
90
100
110
120
130
18-jadval
Rejadagi egrilik radiusi, m
50
45
40
35
30
Eng katta boʻylama nishabliklarni ushbu jadvalda keltirilgan qiymatlarga nisbatan kamaytirish, ‰, kamida
10
15
20
25
30
109. Togʻ yoʻllarning murakkab qismlarida uzoqqa choʻzilgan qiyaliklarni (60 ‰ dan ortiq) boʻylama nishabliklari (20 ‰ va undan kam) kamaytirilgan qismlar yoki avtomobillar toʻxtashi uchun maydonchalar kiritish va ular orasidagi masofalar mazkur SHNQning 19-jadvalida keltirilgan qiymatdan oshmaslik shartlari bilan yoʻl qoʻyiladi.
110. Avtomobillar toʻxtashi uchun maydonchalar oʻlchami hisoblab aniqlanishi, biroq kamida 3 — 5 ta yuk avtomobillariga moʻljallanishi kerak.
Ularni joylashtirish oʻrni oʻpirilish, tosh tushish xavfi boʻlmagan xavfsiz joylarda, suv manbai yaqinida tanlanishi lozim.
111. Nishabligi 50 ‰ dan ortiq tushish yoʻnalishlarida, maydonchalar mavjudligidan qatʼiy nazar, tushish oxirida joylashgan kichik radiusli egriliklar oldida, shuningdek tushishning toʻgʻri qismlarida har 0,8 — 1,0 km da avariyadan saqlovchi chiqish yoʻli boʻlishi lozim.
Avariyadan saqlovchi chiqish yoʻli elementlari avtopoyezdning xavfsiz toʻxtash shartidan kelib chiqqan holda hisoblab topilishi zarur.
19-jadval
Boʻylama nishablik, ‰
Dengiz sathidan balandda, m, qism uzunligi, m
1000
2000
3000
4000
60
2500
2200
1800
1500
70
2200
1900
1600
1300
80
2000
1600
1500
1100
90
1500
1200
1000
-
112. Xoʻjalik avtomobil yoʻllarining boshlangʻich va oxirgi punktlarida avtomobillar hamda qishloq xoʻjaligi mashinalari burilib olishi uchun, 25x25 m oʻlchamli toʻgʻri burchakli maydonchalar yoki radiusi 15 m dan kam boʻlmagan noksimon va halqasimon aylanib oʻtish yoʻllari loyihalanishi lozim.
113. Serpantinlarning loyihalash talablari quyidagi 20-jadvali boʻyicha qabul qilish kerak.
Serpantin chegarasidagi eng katta boʻylama nishablik, ‰
30
35
40
Izoh. Radiusi 30 m dan kichik boʻlgan serpantin faqat IV toifali yoʻllarda, uzunligi 11 m dan katta boʻlgan avtopoyezdlar harakati taqiqlangan sharoitdagina yoʻl qoʻyiladi.
114. Bir serpantinni tutashtiruvchi egrilik oxiri va keyingi serpantinni tutashtiruvchi egrilik boshi orasidagi masofani iloji boricha kattaroq qabul qilish, biroq bu masofa II-III toifali yoʻllar uchun 400 m dan va IV toifali yoʻllar uchun 300 m dan kam boʻlmasligi lozim.
115. Serpantinning qatnov qismini tashqi yoʻl yoqasi hisobidan 0,5 m ga kengaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Qolgan qismini esa ichki yoʻl yoqasi va yoʻl poyini qoʻshimcha kengaytirish orqali amalga oshirish kerak.
4-§. Landshaftli loyihalash
116. Yoʻlning oʻq chizigʻini reja, boʻylama va koʻndalang kesimlar elementlarini oʻzaro va atrof landshafti bilan fazodagi ravon chiziq singari uygʻunlashtirib, ularni yoʻldagi harakat sharoitlari va koʻrinishiga taʼsirini baholab loyihalash kerak.
Koʻrish yaqqolligini baholash uchun yoʻlning uch oʻlchamdagi istiqboldagi tasvirlarini qurish lozim.
I-II toifali yoʻllarda boʻylama nishabliklar, rejadagi va boʻylama kesimdagi egriliklar birga kelishi oʻpirilish paydo boʻlsa, bunday oʻlchamlarning birga ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
117. Rejadagi va boʻylama kesimdagi egriliklar birgalikda joylashishi lozim.
Bunda, rejadagi egriliklar boʻylama kesimdagi egriliklardan 100 — 150 m uzun boʻlib, egrilik choʻqqilarining siljishi kichik egrilikning 1/4 uzunligidan katta boʻlmasligi kerak.
118. Rejadagi egrilik oxiri bilan boʻylama kesimdagi egrilik boshining tutashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ular orasidagi masofa 150 m dan kam boʻlmasligi zarur.
Agar uzunligi 500 m dan va qiyaligi 30 ‰ dan ortiq boʻlgan rejadagi egrilik tushishning oxirida joylashgan boʻlsa, uning radiusini mazkur SHNQning 16-jadvalida keltirilgan qiymatlarga nisbatan 1,5 marotaba oshirilishi, tushish oxirida rejadagi egrilik bilan boʻylama kesimdagi botiq egrilikning birligini taʼminlash kerak.
119. Rejadagi toʻgʻri qismlar uzunligini quyidagi 21-jadvalga asosan chegaralash kerak.
Rejadagi tutashuvchi kichik egriliklar orasidagi toʻgʻri qismlar uzunliklari yigʻindisini ham chegaralash lozim.
21-jadval
Yoʻl toifasi
Rejadagi toʻgʻri qismning chegaraviy uzunligi, m
tekis joyda
past-baland joyda
I
II-III
IV-V
3500 — 5000
2000 — 3500
1500 — 2000
2000 — 3000
1500 — 2000
1500
Izoh. Katta uzunlikdagi toʻgʻri qismlar yengil avtomobillar harakatida, kichigi — yuk avtomobillari harakatida yoʻl qoʻyiladi.
120. Rejadagi yonma-yon joylashgan egrilik radiuslarining farqi 1,3-martadan ortiq boʻlmasligi kerak.
Egriliklar tutashuvidagi yonma-yon oʻtish egriliklarini bir xil oʻlchamda belgilash kerak.
121. Yoʻlning rejadagi kichik burilish burchaklarida aylanma egrilik radiuslarini quyidagi 22-jadvaliga muvofiq aniqlanishi kerak.
22-jadval
Burilish burchagi, grad.
1
2
3
4
5
6
7-8
Aylanma egrilikning eng kichik radiusi, m
30000
20000
10000
6000
5000
3000
2500
122. Rejada bir tomonga yoʻnalgan ikki egrilik orasida oʻlchami kichik toʻgʻri qism joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Uning uzunligi 100 m dan kam boʻlganda ikkala egrilikni katta radiusli bitta egrilik bilan almashtirish, uzunligi 100 — 300 m boʻlganida toʻgʻri qismni katta uzunlikdagi oʻtish egriligi bilan almashtirish lozim.
Toʻgʻri qism yoʻl oʻqining alohida elementi sifatida uning uzunligi I va II toifali yoʻllar uchun 700 m dan ortiq, III, IV va Is, IIs toifali yoʻllar uchun 300 m dan ortiq boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
123. Boʻylama kesimda uzun toʻgʻri qismlar boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Ularning chegaraviy uzunligi quyidagi 23-jadvaliga muvofiq aniqlanadi.
23-jadval
Boʻylama kesimda botiq egriliklar radiusi, m
Boʻylama nishabliklarning algebraik farqi, ‰
20
30
20
50
20
80
20
boʻylama kesimdagi toʻgʻri qismning eng katta uzunligi, m
I va II toifali yoʻllar uchun:
4000
150
100
50
-
-
-
-
8000
360
250
200
170
140
110
-
12000
680
500
400
350
250
200
-
20000
-
-
850
700
600
550
-
25000
-
-
-
-
900
800
-
III va IV toifali yoʻllar uchun:
2000
120
100
50
-
-
-
-
6000
550
440
320
220
140
60
-
10000
-
-
680
600
420
300
200
15000
-
-
-
-
800
600
5-§. Velosiped yoʻlakchalari va yoʻlkalar
124. Sutka davomidagi harakat jadalligi hisobiy 4000 dona avtomobildan kam boʻlmagan, velosiped yoki mopedlarning harakat jadalligi yoʻldan foydalanishdagi birinchi besh yillikda eng koʻp kuzatilgan 30 min davomida 200 va undan ortiq velosiped (moped)larni yoki sutkalik jadallik 1000 donani tashkil qiluvchi qurilayotgan yoki qayta qurilayotgan yoʻl boʻlaklarining chekka qismlarida velosiped yoʻlkalari loyihalanishi kerak.
Velosiped yoʻlkalari, yoʻl poyining ayrim joylarida, koʻtarma chekkalarining pastki qismida yoki oʻyma yonbagʻrining tashqarisida, shuningdek maxsus quriladigan bermalarda (kamdan-kam holatlarda qatnov qism chekkasidan kamida 1 m masofada) loyihalanishi lozim.
Bir tasmali velosiped yoʻlkalarini, yoʻlning shamolga teskari tomonida (yoz mavsumidagi shamol yoʻnalishlarini hisobga olgan holda), ikki tasmalilarini yoʻlning ikkala tomonida joylashtirish lozim.
Sunʼiy inshootlarga kiraverishdagi velosiped yoʻlkalarini qatnov qismdan toʻsiq yoki ajratuvchi tasmalar bilan chegaralangan holda yoʻl chekkasida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Yoʻlning ajraladigan qismlaridagi velosiped yoʻlkalarini yoʻl poyining tashqarisida oʻtkazish lozim.
Velosiped yoʻlkalari avtomobil qatnov qismini 90°±10° li burchakda kesib oʻtishi, bunda avtomobil yoʻlini kesib oʻtayotgan velosiped yoʻlkasi qatnov qismning har ikkala chekkasidagi 3 m masofada toʻgʻri chiziq boʻylab oʻtishi kerak.
Avtomagistral va tezkor yoʻllarning yoʻl poylari chegarasida velosiped yoʻlkalarini qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Alohida obyekt hisoblangan velosiped yoʻlkalari yakka tartibda loyihalanishi kerak.
125. Velosiped yoʻlkalarining asosiy oʻlchamlari quyidagi 24-jadvalga muvofiq aniqlanishi kerak.
24-jadval
Normalanuvchi oʻlchamlar
Tavsiyaviy qiymatlar
yangi qurilishda
obodonlashtirish va cheklangan sharoitlardagi eng kichigi
Hisobiy harakat tezligi, km/h
25
15
Qatnov qism kengligi, m:
harakat bir tasmada va bir yoʻnalishda boʻlganda
1,0
0,75
harakat ikki tasmada va bir yoʻnalishda boʻlganda
1,75
1,50
harakat ikki tasmada va qarama-qarshi yoʻnalishlarda boʻlganda
2,50
2,00
Velosiped va piyodalar harakati ajratilgan velopiyodalar yoʻlkasi
4,00
3,25
Velosiped va piyodalar harakati ajratilmagan velopiyodalar yoʻlkasi
2,50
2,00
Velosipedchilar yoʻlkasi
1,20
0,90
Velosiped yoʻlkasi chetining kengligi, m
0,5
0,5
Rejadagi eng kichik egrilik radiusi, m:
viraj boʻlmaganda
50
15
viraj boʻlganda
20
10
Tik egrilikning eng kichik radiusi, m:
qavariq
500
400
botiq
150
100
Eng katta boʻylama nishablik, ‰
60
70
Qatnov qismning koʻndalang nishabligi, ‰
20
20
Viraj nishabligi, ‰:
radius 10 — 20 m boʻlganida
40 dan katta
30
radius 20 — 50 m boʻlganida
30
20
radius 50 — 100 m boʻlganida
20
15 — 20
Balandlik boʻyicha gabarit, m
2,50
2,25
Yon toʻsiqqacha boʻlgan eng kichik masofa, m
0,50
0,50
Izohlar:
Piyodalar yoʻlkasining kengligi 1,5 m, velosipedchilarniki — 2,5 m.
Piyodalar yoʻlkasining kengligi 1,5 m, velosipedchilarniki — 1,75 m.
1 h davomidagi harakat jadalligi 30 velosipedchi va 15 piyodadan oshmaganda.
1 h davomidagi harakat jadalligi 30 velosipedchi va 50 piyodadan oshmaganda.
126. Velosiped yoʻlkalari asfaltbeton, beton yoki bogʻlovchi bilan ishlov berilgan tosh materiallaridan qurilgan qattiq qoplamali boʻlishi kerak.
127. Aholi yashash joylari chegarasidan oʻtadigan avtomobil yoʻlining sutka davomidagi hisobiy harakat jadalligi 4000 va undan ortiq boʻlgan boʻlaklarida, shuningdek ularga yaqinlashganda trotuarlar loyihalanishi va ular yoʻl poyi tashqarisida joylashtirilishi lozim.
128. Piyodalar yoʻlkasini yoki qoʻshilgan holatdagi piyodalar va velosipedchilar yoʻlkasini yoʻlning bir yoki ikkala tomonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qatnov qism tez-tez kesib oʻtiladigan yoʻl boʻlaklarida yoʻlkalarni yoʻlning ikkala tomonida qurish kerak.
129. Velosiped yoʻlkalaridagi boʻylama nishablik 40 ‰ dan oshmasligi, bir tasmali harakat uchun moʻljallangan qatnov qism kengligi kamida 1,5 m, ikki tasmali qatnov qism uchun kamida 2,0 m, velosiped yoʻlkasi alohida yoʻl koʻtarmasida joylashganida esa yoʻl chekkalarining kengligi kamida 1 m boʻlishi kerak.
Boshqa geometrik elementlarning parametrlari hisob-kitoblar orqali, velosiped yoʻlkasi uchun 20 — 30 km atrofida boʻlishi zarur boʻlgan hisobiy tezlikni inobatga olgan holda aniqlanishi kerak.
130. Piyoda va velosiped yoʻlkalarini yoʻlning qatnov qismiga parallel ravishda, ularni bordyur toshi yoki 1 m li ajratish tasmasi bilan chegaralangan holda loyihalash lozim.
131. Trotuarlar asosan yoʻlning ikkala tomonida, inshootlar yoʻlning bir tomonida qurilganda esa bir tomonda joylashtirilishi kerak.
132. I va II toifali avtomobil yoʻllarining aholi yashash punktlari doirasidagi qatnov qismida piyodalarning tashkillashtirilmagan harakatiga yoʻl qoʻymaslik uchun trotuar chekkalari boʻylab toʻsiqlar oʻrnatilishi, bunda bu toʻsiqlar avtomobil harakatiga xalal bermasligi lozim.
Trotuarlar va chetki nov-ariqlar, shuningdek trotuarlarga tutash balandligi 1 m ga yaqin koʻtarma yoki oʻymalar oraligʻida kengligi 0,5 m dan kam boʻlmagan bermalar qurilishi kerak.
Balandligi 2 m dan katta boʻlgan koʻtarmalar yonboshiga tutash trotuarlarda setka va boshqa koʻrinishdagi panjara toʻsiqlarni oʻrnatish lozim.
133. Trotuar va piyodalar yoʻlkasining kengligi piyodalar harakati jadalligining eng yuqori qiymatidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
Piyodalar yoʻlkasi kengligining eng kichik qiymati 0,75 m ga teng qilib olinishi lozim.
Piyodalarning harakat jadalligi soatiga 10 dan 100 kishigacha boʻlganda trotuarlar va piyodalar yoʻlkasining kengligini, keyinchalik kenglikni har 100 kishi/h uchun 0,75 m ga oshirgan holda, 1,5 m ga teng qilib olinishi kerak.
Bir tasmali trotuarlar kengligi kamida 1,0 m boʻlishi lozim.
134. Nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar, oʻrindiqli aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar va yosh bolalar aravachasini yetaklab harakatlanadigan serqatnov joylarda piyodalar yoʻlkasining kengligi kamida 2,4 m boʻlishi, tuman markazlarida esa kamida 3,6 m boʻlishi kerak.
135. Piyodalar yoʻli, avtomobil yoʻli va transportlarning asosiy oʻtish joylaridagi qatnov qism bilan kesishgan joylaridagi bordyur toshining balandligi 0,05 m dan oshmasligi, bunda qatnov qismning torayishiga yoʻl qoʻyilmaslik lozim.
Piyodalar yoʻlining ikkinchi darajali oʻtish va uylarga kirish (tutashish) joylari bir sathda qurilishi, trotuarlar va piyodalar yoʻlaklarining qoplamalari, ishlatilgan materiali va rangi bilan yoʻlning qatnov qismidan ajralib turishi kerak.
Bort toʻsiqlarining (bort toshlari, ishlov berilgan toshlar) koʻtarilib turgan qismlari yumaloqlangan yoki kesilgan (1:1) boʻlishi zarur.
136. Tayanch organlari shikastlangan shaxslar, shu jumladan oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchilar, koʻzi ojizlar, nogironlar harakatlanishiga moʻljallangan piyodalar yoʻli va harakat tasmalarining oʻlchamlari quyidagi talablar asosida belgilanishi lozim:
harakat bir yoʻnalishda boʻlganda harakat tasmasining kengligi 1,2 m dan, ikki yoʻnalishda esa 1,8 m dan kam boʻlmasligi;
aravachalarni (kolyaskalar) orqaga qaytarish uchun 1,8 x 1,8 m oʻlchamdagi maydoncha boʻlishi;
nogironligi boʻlgan shaxslar toʻxtaganda ularning oʻrindiqli aravachasi 0,9 m dagi kenglik va 1,5 uzunlikdagi joyni, bolalar aravachasi toʻxtaganida esa 0,9 m dagi kenglik va 1,8 m uzunlikdagi joyni egallashi;
oʻtish joyining balandlik boʻyicha oʻlchami 2,1 m dan kam boʻlmasligi.
137. Eng katta nishablikdagi yoʻl boʻlaklarining uzunligi 300 m dan oshmaganda trotuarlarning boʻylama nishabligi 60‰ dan ortiq olinmasligi lozim.
Katta nishabliklarda yoki yoʻl boʻlaklari uzunroq boʻlganda 5 m dan kam boʻlmagan uzunlikdagi tekis yoʻl boʻlaklarini yoki uzunligi 12 m dan oshmaydigan kamida 3 zinachali zinapoyalarni 100 ‰ nishablikdagi tekis joylar (panduslar) bilan ketma-ketlikda qurish zarur.
138. Trotuarlarning koʻndalang nishabligi 10 — 15 ‰ da, cheklangan sharoitlar va qayta qurilmalarda — 25 ‰ da olinishi lozim.
139. Oʻrindiqli aravachalarda harakatlanuvchi va nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan trotuarlar va piyodalar yoʻlkasining boʻylama nishabligi 40 ‰ dan, koʻndalang nishabligi esa 10 ‰ dan oshmasligi kerak.
Ushbu nishablikda qurish imkoniyati boʻlmagan hollarda, yoʻlning har 12 m oraligʻida 1,8 m dan kam boʻlmagan uzunlikda maydonchalar qurilishi, yoʻlning 12 m dan oshmaydigan uzunligidagi boʻylama nishablikni 100 ‰ gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
140. Boʻylama nishabliklar qiymati katta boʻlganda yoki yoʻlning uzunroq boʻlaklarida zinachalar soni kami bilan uchta, koʻpi bilan 12 tadan oshmaydigan zinapoyalar loyihalanishi lozim.
Zinapoyalar tugagan joyda uzunligi 1,5 m dan kam boʻlmagan tekis maydonchalar loyihalanishi kerak.
141. Zinachalar balandligini butun zinapoya uzunligida bir xil, koʻpi bilan 0,12 m, kengligini esa kamida 0,38 m qilib belgilash lozim.
Zinalarning koʻndalang nishabligi 2% dan oshmasligi kerak.
142. Zinachalar yuzasi bir tekis, gʻadir-budur boʻlishi va tik yuzalarga kirib ketmasligi lozim.
Zinapoyalarga kiraverishdagi maydonchalarning 1 m kenglikdagi qoplamasi trotuar va piyodalar yoʻlkasining qoplamalarida ishlatilgan material va ranglardan farq qilishi kerak.
Zinapoya va panduslarning har ikkala tomoni 0,9 va 0,7 m balandlikdagi panjara va toʻsqichlar bilan himoyalanishi zarur.
Tutqichlar uzunligi pandus yoki zinapoyalarning har ikkala tomonidagi uzunligidan kamida 0,3 m ga uzunroq boʻlishi lozim.
Tutqichlar 0,03 — 0,05 m li diametrlarda yoki tomonlari 0,04 m boʻlgan toʻgʻriburchakli kesimda boʻlishi kerak.
Tutqichlarning uch tomonlari pastga qayrilishi, agar ular ikki qator oʻrnatilgan boʻlsa tutashtirilishi lozim.
Boʻylama nishabligi 60 ‰ dan katta boʻlgan trotuarlarda ham tutqichlar oʻrnatilishi kerak.
143. Piyodalar yoʻlidagi zinapoyalar rejaviy meʼmorchilik qoidalari asosida oʻrindiqli aravachalardagi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar aravachalarining harakatlanishi uchun tekis yoʻlak (pandus)lar bilan taʼminlanishi kerak.
144. Piyodalar yoʻlkasi, trotuar va panduslar qoplamasini oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar, hassa va qoʻltiqtayoqda yuradigan jismonan ojiz shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiruvchi toʻkma va yirik donali materiallardan qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yigʻma beton plitalardan qurilgan qoplamalar tekis boʻlishi, ular orasidagi choklar qalinligi esa quyidagi qiymatlardan oshmasligi lozim:
uzunligi 300 mm gacha boʻlgan plitalarda — 3 mm;
uzunligi 300 — 500 mm gacha boʻlgan plitalarda — 10 mm.
145. Koʻzi ojizlarga qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yoʻlkalarida, yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylarining harakatlanish yoʻlaklarida, zinalar va panduslar oldida ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi kontrast rangli maxsus taktil yoʻl qoplamalari yotqizilishi lozim.
146. Avtomobil yoʻllaridagi piyodalar oʻtadigan joylar bir va har xil sathlarda loyihalanishi, bunda turli sathlardagi piyodalar oʻtish joyi yer ostidan yoki yer ustidan oʻtishiga yoʻl qoʻyiladi.
Piyodalarning yer ostidan oʻtish joyi baland koʻtarmalarda loyihalanishi kerak.
147. Piyodalar yer osti oʻtish joylarida nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻrindiqli aravachada harakatlanishi uchun 1,0 m kenglikdagi panduslar loyihalanishi, pandus oʻrnatish imkoni boʻlmaganda, zinalardan foydalanish uchun maxsus koʻtaruvchi moslamalar oʻrnatilishi lozim.
148. I-B va II toifali yoʻllarning har xil sathlaridan oʻtadigan (yerosti yoki yerusti) piyodalar oʻtish joylarini I-B toifali yoʻllarda piyodalar jadalligi soatiga 100 va undan koʻproq kishini, II toifali yoʻllarda esa soatiga 250 va undan koʻproq kishini tashkil etganda loyihalashtirish kerak.
Bunday oʻtish joylarida piyodalarni himoya qiluvchi toʻsiqlar oʻrnatish kerak.
149. Avtomagistrallar va harakat tezligi yuqori boʻlgan avtomobil yoʻllarida piyodalar oʻtish joylarini bitta sathda qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-bob. Kesishma va tutashmalar
1-§. Asosiy talablar
150. Avtomobil yoʻllarining kesishma va tutashmalari kesishuvchi va tutashuvchi yoʻllarning toʻgʻri qismlarida va boʻsh maydonlarda joylashtirilishi lozim.
Kesishmaga yaqinlashgan qismda avtomobil toʻxtashi uchun koʻrish masofasi uzunligidagi yoʻlning boʻylama nishabligi 40 ‰ dan oshmasligi kerak.
151. Avtomobil yoʻllarining turli sathlarda kesishma va tutashmalari (transport yechimlari) asosan quyidagi holatlarda qabul qilinishi kerak:
Ia toifali yoʻllarda barcha toifali yoʻllar bilan, Ib va II toifali yoʻllarda II, III va Is toifali yoʻllar bilan;
III toifali yoʻllarning oʻzaro kesishish joylarida istiqboldagi harakat jadalligi (jami kesishuvchi yoʻllarda) 8000 keltirilgan dona /d dan ortiq boʻlsa;
152. Transport yechimlarini I, II toifali yoʻllarda chapga burilish hamda asosiy yoʻnalishlardagi oqimlarning bir sathda kesishishlariga yoʻl qoʻyadigan chapga burilib kirish va chiqishlar boʻlmasligini hisobga olib loyihalash kerak.
I, II toifali yoʻllarning IV toifali hamda xoʻjalik yoʻllar bilan kesishma va tutashmalarini bir sathda chapga burilishi surilgan holda qurishga yoʻl qoʻyiladi (asosiy oqimlarning toʻgʻridan toʻgʻri kesishuvlarisiz).
I va II toifali yoʻllarning IV toifali yoʻllar hamda xoʻjalik bilan kesishgan joylarida “romb” turidagi kesishmani qoʻllash lozim.
153. Kesishmalarni qishloq xoʻjaligi yerlari joylashgan tumanlarda va tor sharoitlarda loyihalashda siqilgan “romb” qurilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, ikkinchi darajali yoʻldagi chiqishning qoʻshilish joylarini chapga burilishi surilgan bir sathdagi kesishmalar kabi loyihalanishi kerak.
154. Turli sathlardagi piyodalar yoʻlkalari (yer ostki va ustki) piyodalar harakati jadalligi Ib toifali yoʻllar uchun 100 kishi/h va undan ortiq, II toifali yoʻllar uchun 250 kishi/h va undan ortiq boʻlganda loyihalash lozim.
Quruq va issiq iqlim sharoitlari uchun yer ostki piyodalar yoʻlkalari loyihalanishi lozim.
155. Piyodalar yoʻlkalari loyihalangan joylarda piyodalar uchun toʻsiqlar boʻlishi kerak.
156. Ib-III toifali avtomobil yoʻllarida kesishmalar va tutashmalar soni kamroq boʻlishi kerak.
Ib toifali yoʻllarda kesishmalar va tutashmalar aholi punktlaridan tashqarida 5 — 10 km oraliqda, II-III va Is toifali yoʻllarda 2 — 5 km da boʻlishi lozim.
157. Yirik va oʻrta aholi punktlarida, ularning uzunligi 3 km gacha boʻlganda, Ib, II, III toifali yoʻllarda kesishmalar va tutashmalar sonini kamaytirish maqsadida, asosiy yoʻlga parallel va koʻkalamzorlashtirilgan tasma bilan ajratilgan, aholi punktining boshlanishi va oxirida asosiy yoʻldan chiqish va kirishlar koʻzda tutilgan mahalliy oʻtish yoʻllari loyihalanishi kerak.
158. Aholi punktining boshlanishi va oxirida harakat jadalligiga qarab bir yoki turli sathlarda qayrilib olish joylari loyihalanishi lozim.
Yoʻl yoqalab mahalliy oʻtish yoʻlini qurish imkoni boʻlmasa, uni aholi punkti ichida yoʻlga parallel holda qurishga yoʻl qoʻyiladi.
159. I — III toifali yoʻllariga kelishdagi barcha kirish va chiqish yoʻllari quyidagi masofalarda qoplamali boʻlishi kerak:
qumli, supes, yengil suglinokli gruntlarda — 100 m;
qora unumdor gilli, ogʻir va changli suglinokli — 200 m.
IV toifali hamda xoʻjalik avtomobil yoʻllarga kirish yoʻllarida qoplamali masofa I — III toifali yoʻllarnikiga nisbatan ikki marotaba kam boʻlishi lozim.
Kirish va chiqish yoʻl yoqalari mazkur bandda belgilangan uzunlikda 0,5 — 0,75 m dan kam boʻlmagan kenglikda mustahkamlanishi kerak.
160. Dala yoʻllari va chorva oʻtish joylari I — III toifali yoʻllar bilan kesishganda ularni yaqin joylashgan sunʼiy inshootlar tagiga burib, tegishlicha jihozlash kerak.
Yoʻlning 2 km dan ortiq qismida bunday inshootlar boʻlmaganda ularni qurish lozim.
161. Dala yoʻllari va chorva oʻtish joylari uchun sunʼiy inshootlar oʻlchamlari quyidagi 25-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
25-jadval
Inshootning ahamiyati
Kengligi, m
Balandligi, m
Dala yoʻllari uchun
Chorva oʻtish joylari uchun
6
4
4,5
2,5
162. Bir sathdagi kesishmalar va tutashmalarda istiqboldagi jami harakat jadalligi 2000 dan 8000 gacha keltirilgan dona/d boʻlganda harakat yechimi sxemalari xavfsizlik orolchalar va mintaqalari (kanallashtirilgan holda) bilan qabul qilinishi kerak.
163. Istiqboldagi jami harakat jadalligi 2000 keltirilgan dona/d dan kam boʻlganda bir sathdagi oddiy kesishmalar va tutashmalar loyihalanishi kerak.
III-IV toifali hamda xoʻjalik yoʻllarida uch va undan ortiq yoʻllar kesishgani yoki tutashganida, shuningdek kesishayotgan barcha yoʻllarning chapga buriladigan oqimlardagi avtomobillar soni kamida 40 foizni tashkil qilsa, bir sathdagi halqasimon kesishmalar loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
II toifali yoʻllarda halqasimon kesishmalarni loyihalashda boʻsh yerlar boʻlganda asosiy yoʻldagi tezlikning eng kam kamayishiga imkon beruvchi choʻzilgan halqa qabul qilinishi lozim.
Halqasimon kesishma elementlarining eng kichik oʻlchamlari quyidagi 26-jadvalga muvofiq aniqlanishi lozim.
26-jadval
Halqasimon kesishma elementlari
Yuk tashuvchi avtomobillar turi:
yengil
oʻrtacha
yengil
avtopoyezd
Markaziy orolcha diametri, m
8
10
14
18
Harakat tasmasi kengligi, m
4
6
7
6
164. Halqaga kirishda va halqada harakat jadalligiga koʻra, biroq kamida ikkita tasma hisobida qabul qilinishi kerak.
165. Halqadagi harakat tasmalari halqa ichiga 20 — 40 ‰, oʻngga buriladigan tasmalarda esa halqaning tashqi tomoniga 30 ‰ koʻndalang nishabliklarda loyihalanishi, bunda halqadan suvni chetga chiqarishni taʼminlash zarur.
Halqada baland hoshiya toshlar qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suvni chetga chiqaruvchi novlar chetidan 1-2 m masofada toʻsiqlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
166. Chapga burilish joyi surilgan kesishma va tutashmalarni Ib, II, III toifali yoʻllar (shaharga kelish va halqa yoʻllarda) IV toifali yoʻllar bilan kesishganda va harakat jadalligi nisbati 1:5 dan katta boʻlganda qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
167. Istiqboldagi jami harakat jadalligi 6000 keltirilgan dona/d dan ortiq boʻlganda uzluksiz harakatli qayrilib olish joylari, kam boʻlganda esa toʻxtalib qayrilib olish joyi loyihalanishi kerak.
Qayrilib olish joyi elementlarining eng kichik oʻlchamlari quyidagi 27-jadvalga muvofiq aniqlanishi kerak.
27-jadval
Qayrilib olish joyi radiusi, m
10
15
20
Qatnov qism kengligi, m
7,0
6,5
6,0
Oqim tarkibida ogʻir avtomobillar va avtopoyezdlar boʻlganda qayrilib olish joyi radiusi 15 m dan ortiq qilib belgilanadi.
Qayrilib olish joyining surilish uzunligi boʻylama nishablikka koʻra quyidagi 28-jadvalga muvofiq aniqlanadi.
28-jadval
Boʻylama nishablik, ‰
30
20
0
-20
-30
Qayrilib olish joyining surilish
uzunligi, m
650
600
550
480
430
Izoh. Qayrilib olish joyining surilgan kesishma elementlarining toʻla hisobi MSHN 25-05 da keltirilgan.
168. Asosiy yoʻllardagi harakat tasmasini qatnov qism yuzasidan koʻtarilmagan yoʻnaltiruvchi orolchalar bilan ajratishni tegishli mintaqaning belgi chiziqlarini chizish sifatida qabul qilish kerak.
169. Yoʻllarning bir sathda kesishma va tutashmalarini kesishish tuzilmasi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, toʻgʻri burchak yoki unga yaqin burchak ostida bajarish kerak.
Agar transport oqimlari kesishmasdan qoʻshilsa yoki ajralsa, yoʻllar kesishmasini koʻrish imkoniyati taʼminlangan turli burchaklar ostida bajarilishi mumkin.
Xoʻjalik avtomobil yoʻllarida oʻzaro kesishma va tutashmalar asoslangan holatlarda 45º gacha, IVs toifadagi yoʻllar uchun esa 30º gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
170. Bir sathda kesishayotgan yoki tutashayotgan yoʻllarning qoʻshilishidagi egrilikning eng kichik radiusi chiqish sodir boʻlayotgan yoʻl toifasiga asosan, kesishish va tutashish burchagiga bogʻlanmagan holda qabul qilinishi kerak:
I-II toifali yoʻllardan chiqishda kamida — 25 m;
III toifali yoʻllardan — 20 m;
IV toifali yoʻllardan — 15 m.
Chiqishlardagi egrilik radiusini avtopoyezdlarning muntazam harakatiga (oqim tarkibida 25 foizdan ortiq boʻlsa) hisoblashda 30 m ga oshirish kerak.
Yoʻllarning bir sathda qoʻshilishi oʻtish egriliklari orqali bajarilishi lozim.
171. Xoʻjalik avtomobil yoʻllarining oʻzaro kesishmalarini bir sathda boʻlishi kerak.
172. Avtomobil yoʻllarining bir sathda kesishma va tutashmalari kesishuvchi yoki qoʻshiluvchi yoʻnalishlardagi koʻrinishi mazkur SHNQning 16-jadvalida keltirilgan masofalarda taʼminlanishi kerak.
173. Transport yechimida qoʻshiluvchi tarmoqlar elementlari joylashtiriladigan umumiy maydon yuzasini kamaytirish maqsadida, ularni harakat tezligi oʻzgarishidan kelib chiqqan holda loyihalanishi kerak.
174. Turli sathlardagi kesishmalarning oʻng tomonga chiqishlari I va II toifali yoʻllarda ulardagi hisobiy harakat tezligini 60 km/h va III toifali yoʻllarda 50 km/h dan kam boʻlmasligini taʼminlagan holda loyihalanishi, yoʻllarning oʻtkir burchak ostida tutashuvini toʻgʻri qismsiz bitta egrilik bilan bajarish lozim.
Teskari egriliklar bilan qoʻshiluvlar favqulodda hollarda yoʻl qoʻyiladi.
175. Transport yechimi elementlari “beda bargi” turidagi boʻlgan kesishma va tutashmalarning chapga chiqish egriliklarining radiuslari I-II toifali yoʻllar uchun kamida 60 m ga va III toifali yoʻllar uchun kamida 50 m ga teng deb qabul qilinishi zarur.
Chapga chiqish toʻgʻri yoʻnalishdagi qismlar bilan oʻtish egriliklari orqali birlashishi kerak.
176. Juda tor sharoitlardagi IV toifali hamda xoʻjalik yoʻllarining kesishma va tutashmalari “siqilgan” transport yechimlari (“beda bargi” turidagi ) chapga chiqish radiuslarini 30 m gacha kamaytirish bilan qurishga yoʻl qoʻyiladi.
I — III toifali yoʻllardan chiqish va kirishlar mazkur SHNQning 203 — 211-bandlariga asosan tezlikni oʻzgartirish tasmalarini qurish bilan loyihalanishi kerak.
177. Turli sathlardagi kesishma va tutashmalardagi chapga chiqishlarning butun uzunligida qatnov qismi kengligini 5,5 m, oʻngga chiqishlarniki esa egrilikda qoʻshimcha kengaytirishsiz 5,0 m qabul qilish lozim.
178. Burilish ichki tomonidagi yoʻl yoqasining kengligi kamida 1,5 m, tashqi tomondagisi esa 3,0 m boʻlishi kerak.
Yoʻl yoqalari butun kengligida mazkur SHNQning 385 — 387-bandlarida keltirilgan materiallardan qoplamaga ega boʻlishlari lozim.
179. Chiqishlardagi boʻylama nishabliklar koʻpi bilan 40 ‰ qabul qilinishi kerak.
Bir tasmali chiqishlarda loyihalash boʻyicha umumiy talablar hisobga olinishi, koʻndalang nishabliklari 20 — 60 ‰ boʻlgan virajlar qurilishi kerak.
180. Chiqishlarning boʻylama kesimida qabariq egriliklarning eng kichik radiuslari mazkur SHNQning 16-jadvalidan hisobiy tezliklarga asoslanib qabul qilinishi kerak.
I toifali yoʻllar uchun har bir tasma kengligi 3,75 m boʻlgan ikki tasmali chiqishlar loyihalanishi va egriliklarda ushbu SHNQning 15-jadvaliga asosan kengaytirish lozim.
181. Barcha toifali yoʻllar transport yechimlaridagi yoʻl oʻtkazgichlarni SHNQ 2.05.03-22 boʻyicha loyihalash kerak.
182. Inshootlarning yaqinlashishini belgilashda yoʻlning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olish lozim.
183. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlarning yoʻl poyi bilan tutashgan joylarida I guruh toʻsiqlarini GOST 23457-86 boʻyicha oʻrnatilishini taʼminlash uchun, ularni koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va temir yoʻlni kesib oʻtish joylaridagi avtomobil yoʻl poyi tutashgan yerdan 30 m masofadan kam boʻlmagan oraliqda oʻrnatish lozim.
2-§. Avtomobil yoʻllarining temir yoʻllari va boshqa aloqa yoʻllari bilan kesishmalari
184. Avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan kesishmalari bekatlar va harakat manyovri chegarasidan tashqarida, kesishayotgan yoʻllarning toʻgʻri qismlarida loyihalanishi kerak.
Bir sathda kesishuvchi yoʻllar orasidagi oʻtkir burchak 60° dan kam boʻlmasligi zarur.
185. I — III toifali avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan kesishmalari turli sathlarda loyihalanishi lozim.
IV-V toifali hamda xoʻjalik avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan turli sathda kesishmalari harakat xavfsizligini taʼminlovchi quyidagi sharoitlarda loyihalanishi kerak:
uch va undan ortiq asosiy temir yoʻllar bilan kesishganda yoki kesishma tezyurar (120 km/h dan yuqori) poyezdlar harakatlanadigan temir yoʻl qismlarida joylashsa hamda harakat jadalligi sutkasiga 100 poyezddan ortiq boʻlganda;
kesishmadagi temir yoʻl oʻymada joylashgan boʻlsa, shuningdek mazkur SHNQning 186-bandiga asosan koʻrinish meʼyori taʼminlanmagan boʻlsa;
avtomobil yoʻllarida trolleybuslar harakati boʻlsa yoki unda birgalikdagi tramvay yoʻllari qurilganda.
186. Avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan bir sathdagi qoʻriqlanmaydigan kesishmalarida koʻrinish taʼminlangan boʻlishi, bunda kesib oʻtish joyida toʻxtash uchun koʻrish masofasidan kam boʻlmagan masofada turgan avtomobil haydovchisi (mazkur SHNQning 16-jadvaliga asosan) oʻtish joyiga yaqinlashib kelayotgan poyezdni kamida 400 m, yaqinlashayotgan poyezd haydovchisi esa oʻtish joyi oʻrtasini kamida 1000 m dan koʻra olishi lozim.
187. Temir yoʻllar bilan bir sathda kesishayotgan avtomobil yoʻllari qatnov qismi kengligini kesishmalarga kirishdagi yoʻl qatnov qismi kengligiga teng qiymatda, V toifali va xoʻjalik avtomobil yoʻllarida esa oʻtish joyidan ikki tomonga 200 m da kamida 6 m ga teng qabul qilinishi kerak.
188. Avtomobil yoʻli boʻylama kesimda eng chetki relsdan kamida 2,0 m masofada gorizontal maydonchaga, katta radiusli egrilikka yoki kesishma temir yoʻl burilish joylarida joylashganda bir relsni boshqasiga nisbatdan koʻtarilishidan hosil boʻlgan nishablikka ega boʻlishi kerak.
189. Avtomobil yoʻllarining kesishmaga kelish qismlari 50 m masofada 30 ‰ dan oshmaydigan boʻylama nishablikda loyihalanishi kerak.
190. Toʻsuvchi va shlagbaum ustunlarini kesishmalar qatnov qismi chekkasidan 0,75 m dan kam boʻlmagan, oʻlcham darvozalari ustunini esa 1,75 m dan kam boʻlmagan masofalarda joylashtirish lozim.
191. Temir yoʻllar boʻylab 100 m dan kam boʻlgan masofada joylashgan II-III toifali avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan kesishmalarida harakat jadalligi quyidagi 29-jadvalda keltirilgan qiymatdan oshganda qoʻshimcha tasma qurish lozim.
29-jadval
Temir yoʻllaridagi harakat jadalligi, poyezdlar/h
Temir yoʻl izlari soni
1
2
3
4
Harakat jadalligi, keltirilgan dona/h
5
10
15
20
720
-
-
-
540
420
300
-
420 390 210 160
360
270
180
140
Yoʻllarning temir yoʻllar bilan kesishmalarida qoʻshimcha tasma uzunligi harakat jadalligiga koʻra quyidagi 30-jadvalga muvofiq aniqlanishi lozim.
Qoʻshimcha tasmaning kengligi 3,5 m qabul qilinishi kerak.
30-jadval
Harakat jadalligi, keltirilgan dona/h
800
700
550
400
300
200
150
Qoʻshimcha tasma uzunligi temir yoʻl oʻtish joyidan oldin (suratda) va keyin (maxrajda), m
180
300
150
280
120
220
90
170
80
150
50
90
30
50
192. Temir yoʻllar ustidan yoʻl oʻtkazgichlar loyihalanganda temir yoʻllarga qurilmalarning yaqinlashish oʻlchamlarini taʼminlash hamda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
poyezdlar harakati xavfsizligi sharoitlari boʻyicha talab qilinadigan signallar va izlar koʻrinishini taʼminlash;
temir yoʻllarining yoʻl poyi mustahkamligini hisobga olgan holda suvni chetlatish.
193. Avtomobil yoʻllarining quvurli oʻtkazgichlar (suvoʻtkazgich, gazoʻtkazgich, kanalizatsiya, neftoʻtkazgich, issiqlik quvurlari oʻtkazgich), aloqa va elektr uzatish tarmoq kabellari bilan kesishmalarini mazkur kommunikatsiyalarni loyihalashga oid normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
194. Turli yer osti kommunikatsiyalarining avtomobil yoʻllari bilan kesishmasini toʻgʻri burchak ostida loyihalash lozim.
Bunday kommunikatsiyalarni (kesishma joylaridan boshqa yerlarda) yoʻl koʻtarmasi tagidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
195. Avtomobil yoʻllari havodan oʻtgan telefon va telegraf tarmoqlari bilan kesishgan joylarda simlardan yoʻl qatnov qismigacha boʻlgan tik masofa (yilning iliq vaqtida) kamida 5,5 m boʻlishi kerak.
Elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishganda, simlarning yoʻl qatnov qismidan balandligi kamida quyidagicha boʻlishi lozim:
6,0 m — kuchlanish 1 kV gacha boʻlganda;
7,0 m — kuchlanish 110 kV gacha boʻlganda;
7,5 m — kuchlanish 150 kV gacha boʻlganda;
8,0 m — kuchlanish 220 kV gacha boʻlganda;
8,5 m — kuchlanish 330 kV gacha boʻlganda;
9,0 m — kuchlanish 500 kV gacha boʻlganda;
16,0 m — kuchlanish 750 kV gacha boʻlganda.
196. Masofa havoning eng yuqori haroratida, simlarning elektr tokidan qizishini hisobga olmagan holda yoki shamolsiz muzlamada aniqlanishi kerak.
197. Avtomobil yoʻllari bilan kesishayotganda havodagi telefon va telegraf, hamda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlari asosidan yoʻl poyi qoshigacha boʻlgan masofa kamida tayanch balandligiga teng boʻlishi lozim.
198. Avtomobil yoʻllari boʻylab parallel joylashgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tayanchlaridan yoʻl poyi qoshigacha boʻlgan eng kichik masofani tayanch balandligiga yana 5,0 m qoʻshib qabul qilish kerak.
199. Tor sharoitlarda, aholi zich joylashgan hududlarda, daralarda havodan oʻtgan elektr uzatish hamda telefon va telegraf tarmoqlari tayanchlarining yoʻllarga yaqin joylashishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining gorizontal boʻyicha masofasi quyidagicha boʻlishi kerak:
kesishmada tayanchning xohlagan qismidan yoʻl koʻtarmasi asosigacha yoki yonariqning tashqi qoshigacha:
I va II toifali yoʻllar uchun kuchlanish 220 kV gacha boʻlsa — 5 m va 330-500 kV boʻlsa — 10 m;
qolgan toifali yoʻllar uchun kuchlanish 20 kV gacha boʻlsa 1,5 m, 35 — 220 kV — 2,5 m va 330 — 500 kV — 5,0 m;
yoʻl boʻylab parallel oʻtganda va chekka simning holati yoʻl poyi qoshiga nisbatan oʻzgarmaganda kuchlanish 20 kV gacha boʻlsa — 2 m, 35-110 kV — 4 m, 150 kV — 5 m, 220 kV — 6 m, 330 kV — 8 m va 500 kV — 10 m.
200. Kuchlanishi 500 kV va yuqori boʻlgan elektr uzatish tarmoqlarining avtomobil yoʻllari bilan kesishmalaridagi tarmoqlarni qoʻriqlash mintaqalarida transport vositalarining toʻxtashini taqiqlovchi yoʻl belgilari joylashtirilishi lozim.
201. 1,0 kV dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini himoya qilish mintaqasi quyidagicha belgilanishi lozim:
elektr uzatish tarmoqlari boʻylab ikki tomondagi chetki simlar bilan chegaralangan tik tekisliklar orasidagi yer maydoni yoki havo boʻshligʻi ularning oʻzgarmagan holatidagi masofa, m:
10 — kuchlanish 20 kV gacha boʻlganda;
15 m — kuchlanish 35 kV gacha boʻlganda;
20 m — kuchlanish 110 kV gacha boʻlganda;
25 m — kuchlanish 150, 220 kV gacha boʻlganda;
30 m — kuchlanish 330, 500, ± 400 kV gacha boʻlganda;
40 m — kuchlanish 750, ± 750 kV gacha boʻlganda;
55 m — kuchlanish 1150 kV gacha boʻlganda.
202. Yer ostidan oʻtgan kabelli elektr uzatish tarmoqlari boʻylab chekka kabellarning ikki tomonidan 1 m masofada tik tekislik bilan chegaralangan yer maydonlari koʻrinishida.
2-§. Tezlikni oʻzgartirish tasmalari
203. Tezlikni oʻzgartirish tasmalari I — III toifali yoʻllarning bir sathda kesishmalari va tutashmalaridan chiqishda, shuningdek yoʻl boʻyida joylashgan bino va inshootlarga kelish joylarida quyidagi holatlarda loyihalanishi lozim:
Ia toifali yoʻllarda barcha holatlarda;
Ib toifali yoʻllarda chiqayotgan yoki kirayotgan harakat jadalligi 50 keltirilgan dona/d va ortiq boʻlganda (tezlikni kamaytirish yoki oshirish tasmalari uchun mos ravishda);
II va III toifali yoʻllarda 100 keltirilgan dona /d va ortiq boʻlganda.
204. Harakat jadalligidan qatʼiy nazar turli sathlardagi transport yechimlarida tezlikni oʻzgartirish tasmalari, I — III toifali yoʻllarga chiqish yoʻllari uchun majburiy element hisoblanishi kerak.
205. I — IV va Is-IIs toifali yoʻllar tezlikni oʻzgartirish tasmalarini avtobus va trolleybus bekatlari joylashtirilgan maydonchalarda, I — III toifali yoʻllarda esa avtomobillapga yonilgʻi quyish joyi va dam olish maydonchalari yaqinida ham joylashtirish lozim.
206. HXDXO postlari va nazorat-dispetcherlik punktlari yaqinida mazkur SHNQning 71-bandiga asosan uzunligi tezlikni oshirish va kamaytirish tasmalarining normalaridagi toʻxtash tasmalari boʻlishi kerak.
207. Tezlikni oʻzgartirish tasmalari uzunligi mazkur SHNQning 31-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Sekinlashish tasmalarini 0,5 m kattalikdagi chekinish bilan toʻgʻrilab borilishi lozim.
Chiqishda tezlikni oʻzgartirish tasmasi oxirining koʻrinishi taʼminlanishi kerak.
31-jadval
Yoʻl toifasi
Boʻylama nishablik, ‰
Toʻliq kenglikdagi tasma uzunligi, m
Tezlashish, sekinlashish va oʻtish tasmalarini toʻgʻrilash uzunligi, m
tushishda
koʻtarilishda
tezlashishda
Sekinlashishda
I va II
40
20
0
-
-
-
-
0
20
20
140
160
180
200
230
110
105
100
95
90
80
80
80
80
80
III
40
20
0
-
-
-
-
0
20
40
110
120
130
150
170
85
90
75
70
65
60
60
60
60
60
IV
40
20
0
-
-
-
-
0
20
40
30
35
40
45
50
50
45
40
35
30
30
30
30
30
30
Izoh. Tezlikni oʻzgartirish tasmalarining burilayotgan avtomobillar uchun alohida qatnov qismi boʻlgan chiqishlar bilan tutashishida toʻliq kenglikdagi tezlikni oʻzgartirish tasmalarining uzunligini, chiqishdagi hisobiy tezliklarga koʻra Ib va II toifali yoʻllarda kamida 50 m ga va III toifali yoʻllarda 30 m ga qisqartirishga yoʻl qoʻyiladi.
208. “Beda bargi” turidagi transport yechimlarining I va II toifali yoʻllardagi chapga chiqishlar uchun tezlikni oʻzgartirish tasmalarini murakkab chiqishlar koʻrinishida yoʻl oʻtkazgich bilan birgalikdagi yagona uzunlikda loyihalash lozim.
209. Ia toifali avtomobil yoʻllarining rejadagi toʻgʻri va gorizontalga yaqin qismida sekinlashish tasmalari uzunligi mazkur SHNQning 32-jadvalidan aniqlanishi kerak.
210. Tezlikni oʻzgartirish tasmalari kengligini qatnov qismning asosiy tasmalari kengligida qabul qilish kerak.
Tezlikni oʻzgartirish tasmalariga yondosh yoʻl yoqasining mustahkamlangan tasmalari mazkur SHNQning 6-jadvaliga asosan bajarilishi kerak.
211. I — III toifali yoʻllarda kesishma va tutashmalar joylarida tutashuvchi egriliklardan oldin va avtobus bekatlarining toʻxtash maydonchalari tashqarisida 20 m uzunlikda tezlikni oʻzgartirish tasmalarini asosiy harakat tasmalaridan I va II toifali yoʻllar uchun 0,75 m va III toifali yoʻllap uchun 0,5 m kenglikdagi ajratuvchi tasma bilan ajratilishi lozim.
Bu ajratuvchi tasmalar yondosh harakat tasmalari bilan bir sathda koʻzda tutilishi va belgi chiziqlari bilan ajratilishi lozim.
212. II va III toifali yoʻllarning bir sathdagi kesishma va tutashmalarida chapga burilishlar uchun sekinlashish tasmalarini yondosh tasmalar sathida joylashtirilgan va belgi chiziqlari bilan ajratilgan yoʻnaltiruvchi orolchalar bilan loyihalash kerak.
32-jadval
Sekinlashish tasmasi elementlari
Hisobiy tezlikka koʻra, km/h, sekinlashish tasmalari elementining eng kichik uzunligi, m:
150
120
80
Toʻgʻrilash tasmasi, m
120
120
100
Toʻliq kenglikdagi tasma, chiqishdagi hisobiy tezliklarga koʻra, km/h, kamida:
80
60
40
150
230
280
40
120
170
0
0
50
Izoh. Sekinlashish tasmasi rejadagi egrilikda yoki boʻylama nishablikli qismlarda joylashganda toʻliq kenglikdagi sekinlashish tasmasi uzunligi hisoblash yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
8-bob. Yoʻl poyi
1-§. Asosiy talablar
213. Yoʻl poyi yoʻlning toifasi, yoʻl toʻshamasi turi, koʻtarma balandligi va oʻyma chuqurligi, yoʻl poyida foydalaniladigan gruntlar xususiyati, yoʻl poyini qurish ishlarini bajarish sharoitlari, qurilish hududining iqlim sharoitlari va qurilish boʻlaklaridagi muhandislik-geologik sharoitlari, mazkur hududda yoʻldan foydalanish tajribalarini hisobga olib, qurilish va foydalanish bosqichlarida eng kam xarajatlar bilan yoʻl poyi va yoʻl toʻshamasining birgalikda talab qilinadigan mustahkamligi hamda barqarorligini taʼminlash, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlarini maksimal saqlash va atrof-muhitga eng kam ziyon yetkazishdan kelib chiqqan holda loyihalanishi kerak.
214. Yoʻl poyi quyidagi elementlarni oʻz ichiga olishi zarur:
yoʻl poyining ustki qismi (ishchi qatlam);
koʻtarma tanasi (yonbagʻirlar bilan);
koʻtarma asosi;
oʻyma asosi;
oʻyma yonbagʻirlari;
yuza suvlarni chetlatish qurilmalari;
yer osti suvlari sathini pasaytirish yoki chetlatish qurilmalari (drenaj);
yoʻl poyini xavfli geologik jarayonlardan (nurashlar, yemirilishlar, sellar, koʻchkilar, oʻpirilishlar) himoya qilish uchun moʻljallangan saqlovchi va himoyalovchi geotexnik qurilma va tuzilmalar.
215. Oʻzbekiston Respublikasi hududi ob-havo-iqlim omillari majmuiga bogʻliq holda toʻrtta yoʻl-iqlim mintaqalariga boʻlinishi lozim.
Ularning tavsiflari mazkur SHNQning 33-jadvaliga muvofiq aniqlanishi zarur.
216. Joy sharoitlarining muhandislik-geologik xususiyatlarini yuza oqim tavsifi va gruntlarning ustki qatlamining namlanishi sharoitlari boʻyicha joy turi (mazkur SHNQning 2-ilovasining 1-jadvalida keltirilgan), loyihalashda eʼtiborga olinadigan gruntlarning xususiyatlari va ularning qatlamda joylashish sharoitlari, geologik, gidrologik va muzlash, texnogen omillar taʼsirini oʻz ichiga olgan sharoitlar va jarayonlar (hududni oʻzlashtirilganligini hisobga olib) geomorfologik xususiyatlar (relyef) boʻyicha aniqlanishi lozim.
217. Gruntlar ustki qatlamining namlanishi sharoitlari boʻyicha hududlar ikki turga boʻlinadi:
quruq hududlar;
yilning ayrim davrlarida oʻta namlanadigan zax hududlar.
33-jadval
Yoʻl-iqlim mintaqalari
Yoʻl-iqlim mintaqasida geografik hududlarning taxminiy joylashishi va ularning qisqacha tavsiflari
I
Ustyurt, Shimoliy Qizilqum, Bukantogʻ-Yetimtogʻ, Sultonuiztogʻ, Janubiy Qizilqum, Quljuqtogʻ-Tomditogʻ, Jingildi, Gazli hududlarini qamrab oladi.
Quruq iqlimli va koʻchuvchanligi turli darajali har xil shakldagi barxan qumlari keng tarqalgan choʻlli va choʻlli dasht geografik mintaqalarni oʻz ichiga oladi
II
Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Beltol, Orolboʻyi, Toʻrtkoʻl, Xorazm, Qorakoʻl, Buxoro, Kogon hududlari, Zarafshon daryosining oʻng va chap qirgʻoqlari boʻylab Navoiy chegarasidan Olotgacha boʻlgan joylarni qamrab oladi.
Kuchli va oʻta shoʻrlangan gruntlar tarqalgan geografik mintaqani oʻz ichiga oladi
III
Chirchiq, Angren, Mirzachoʻl, Zomin, Forish, Chotqol, Qoradaryo, Sharqiy va Fapbiy Oloy, Turkiston, Nurota, Sangzor, Xatirchi, Samarqand, Quyi Qashqadaryo, Fuzop, Kitob, Shahrisabz, Surxondaryo hududlarini qamrab oladi.
Yetarlicha namlanmagan geografik tekislik, togʻ oldi va togʻli mintaqalarni oʻz ichiga oladi
IV
Qolgan hududlar: quruq iqlimli, sugʻorish va yuvish natijasida maʼlum darajada namlangan gruntli geografik mintaqalarni oʻz ichiga oladi.
Izohlar:
1. Togʻli tumanlardagi yoʻl-iqlim mintaqalarini aniqlashda loyihalanayotgan obyektlarning joylashgan balandligi va mazkur balandlikdagi tabiiy sharoitlarni hisobga olish lozim.
2. Qumli choʻl tumanlardagi yoʻl-iqlim mintaqalarini barxan qumlarining koʻchuvchanlik darajasi va relyefi boʻyicha aniqlash kerak.
218. Yoʻl poyini loyihalashda namunaviy yoki individual yechimlar, shuningdek individual bogʻlangan namunaviy yechimlar qoʻllanilishi kerak.
Tegishli asoslashlari boʻlgan individual yechimlar hamda individual bogʻlangan namunaviy yechimlar quyidagi hollarda qoʻllanilishi kerak:
yonbagʻir balandligi 12 m dan yuqori boʻlgan koʻtarmalar uchun;
vaqtincha suv bosadigan joylardagi koʻtarmalar uchun, shuningdek doimiy suv yigʻiladigan va oqadigan havzalar bilan kesishganda;
boʻsh asoslarda quriladigan koʻtarmalar uchun;
koʻtarmalar uchun yuqori namlikdagi gruntlardan foydalanilganda;
qoplama yuzasining hisobiy suv sathidan koʻtarilishi mazkur SHNQ 228-bandida keltirilganlarga nisbatan kam boʻlganda;
yoʻl poyining ustki qismida suv-issiqlik rejimini tartibga solish hamda maxsus koʻndalang kesimlar uchun maxsus qatlamlardan (issiqdan himoyalovchi, suvdan himoyalovchi, suv oʻtkazuvchi, kapillyar-toʻsuvchi, armaturalangan) foydalanilganda;
koʻtarmalar choʻkuvchan gruntlarda qurilganda;
qulay muhandislik-geologik sharoitlarda qoya togʻli gruntlar boʻlmaganda yonbagʻir balandligi 12 m dan ortiq boʻlgan va qoya togʻli gruntlarda joylashgan 16 m dan ortiq boʻlgan oʻymalar uchun;
qiyaligi qatnov qismi tomoniga boʻlgan qatlamli gruntlarda joylashgan oʻymalar uchun;
suvli gorizonti ochib yuborilgan yoki asosida suvli gorizont boʻlgan hamda konsistensiya koeffitsiyenti 0,5 dan katta boʻlgan gilli gruntdagi oʻymalar uchun;
oʻta namlangan hududlarning changsimon gruntlardagi yonbagʻiri balandligi 6 m dan ortiq boʻlgan, shuningdek ob-havo iqlim omillari taʼsirida yonbagʻirlar barqarorligi va mustahkamligini yoʻqotuvchi gilli gruntlar va suvda yumshaydigan qoya togʻ gruntlardagi oʻymalar uchun;
murakkab muhandislik-geologik sharoitlarida quriladigan koʻtarma va oʻymalar uchun: nishabligi 1:3 dan tik yonbagʻirlarda, jarlar, surilishlar, karstlar, oʻpirilishlar, sellar, qor koʻchkilari, muzliklar rivojlanishi mumkin boʻlgan yoki mavjud joylarda;
gidromexanizatsiya yoki portlatish yordamida yoʻl poyini qurishda;
suv havzalarni kesib oʻtilganda davriy suv bosadigan yoʻllarni loyihalashda.
219. Yoʻl poyini murakkab sharoitlarda barqarorligini taʼminlovchi suvni chetga yoʻnaltiruvchi, suv sathini pasaytiruvchi, mustahkamligini taʼminlovchi, muhofaza qiluvchi va boshqa qurilmalar, shuningdek yoʻl poyining koʻpriklap va yoʻl oʻtkazgichlar bilan quriladigan qismlari individual loyihalanishi lozim.
2-§. Gruntlap
220. Yoʻl qurilishida foydalaniladigan gruntlar kelib chiqishi, tarkibi, tabiiy yotishidagi holati, koʻpchishi, choʻkuvchanligi va muz bilan sementlashish darajasiga koʻra GOST 25100-2020 ga muvofiq ravishda boʻlinishi kerak.
Gruntlarning turlari shoʻrlanishini tavsifi va darajasiga bogʻliq holda mazkur SHNQning 2-ilovasining 2 — 10-jadvallariga muvofiq aniqlanishi lozim.
221. Yoʻl poyining yuqori qismi uchun gruntlar tarkibi (gilli gruntlar), koʻpchishi, nisbiy choʻkishi va muzlashdan koʻpchishga moyilligi, shuningdek eriganda choʻkuvchanligi boʻyicha mazkur SHNQning 2-ilovasining 12-jadvaliga asosan boʻlinishi lozim.
222. Koʻtarmalar va ishchi qatlamni qurishda ishlatiladigan gruntlar namlanish darajasi boʻyicha mazkur SHNQning 2-ilovasining 11-jadvaliga asosan boʻlinadi. Bunda, yoʻl qoʻyilgan namlikdagi gruntlar jumlasiga mazkur SHNQning 2-ilovasining 12-jadvali talablariga muvofiq namlikka ega boʻlgan gruntlar kiritilishi lozim.
223. Maxsus gruntlarga quyidagilar kiritiladi:
torflar va torflashganlar;
sapropellar;
illar;
lesslar;
argillitlar va alevrolitlar;
mergellar, gilli mergellar;
toʻrtlamchi davrga mansub gilli gruntlar, gilli slanetslar va slanetsli gillar;
224. Boʻsh gruntlarga tabiiy sharoitda surilishga mustahkamligi 0,075 MPa dan kam (aylanma qirqish uskunasi bilan sinalganda) yoki 0,25 MPa qiymatdagi yuk qoʻyilganda choʻkish moduli 50 mm/m dan ortiq (deformatsiya moduli 5,0 MPa dan kam) boʻlgan bogʻlangan gruntlar kirishi lozim.
Sinov maʼlumotlari boʻlmaganda, boʻsh gruntlarga torf va torflashgan gruntlar, illar, sapropellar, konsistensiya darajasi 0,5 dan yuqori gilli gruntlar, nam shoʻrxokli gruntlar kiritilishi lozim.
225. Tarkibida 50 foizdan ortiq (0,05 — 0,005 mm oʻlchamli) chang zarralari, yengil va oʻrtacha eriydigan tuzlar va kalsiy karbonati boʻlgan changli gruntlarni lessimon gruntlarga kiritish lozim.
226. Suv oʻtkazuvchan gruntlarga GOST 22733-2016 boʻyicha zichlashtirilganda filtratsiya koeffitsiyenti 0,5 m/d dan kam boʻlmagan gruntlar kiritilishi kerak.
227. Har xillik darajasi GOST 25100-2020 ga asosan 3 dan kichik boʻlgan qumlar, shuningdek tarkibida 0,1-0,25 mm oʻlchamli zarralari umumiy ogʻirlikka nisbatan 90 foizdan kam boʻlmagan mayda qumlarni bir xil tarkibli boʻlishi kerak.
3-§. Yoʻl poyining ustki qismi (ishchi qatlam)
228. Yoʻl poyining ustki qatlami va yoʻl toʻshamasining mustahkamligini va barqarorligini taʼminlash uchun, qoplama yuzasining yer osti suvlarining hisobiy sathidan, yer yuzasidagi suvlar yoki uzoq muddat (30 d ortiq) yer yuzasida turuvchi suvlaridan, shuningdek yer yuzasidan suvni oqib ketish taʼminlanmagan hududlarda yoki qisqa muddat (30 d kam) yer yuzasida turuvchi suvlarning sathidan koʻtarilishi mazkur SHNQning 34-jadvali talablariga toʻgʻri kelishi lozim.
229. Lyossimon gruntlarda yoʻl toʻshamasi qoplamasi yuzasining yer osti suvlari sathidan koʻtarilishi ularning zichlanishidagi namligi va talab qilingan zichlik koeffitsiyentiga koʻra mazkur SHNQning 35-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
230. Yonbagʻir nishabliklari 1:1,5 dan kam, shuningdek bermalar bilan loyihalanayotgan koʻtarmali hududlarning qoplam yuzasining balandligini hisoblash asosida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
231. Ishchi qatlamda turli gruntlar mavjud boʻlganda koʻtarilish eng yuqori koʻtarilish qiymati talab qilinadigan grunt boʻyicha qabul qilinishi kerak.
34-jadval
Ishchi qatlam grunti
Yoʻl-iqlim mintaqalarda qoplama yuzasining eng kichik koʻtarilishi, m
I
II
III
IV
Mayda qum, yengil yirik supes, yengil supes
0,5/0,3
0,7/0,4
0,7/0,5
0,9/0,7
Changli qum, changli supes
0,8/0,5
1,1/0,7
0,9/0,7
1,2/0,9
Yengil suglinok, ogʻir suglinok, gillar
1,1/0,8
1,5/1,1
1,3/1,0
1,5/1,2
Ogʻir changli supes, yengil changli suglinok, ogʻir changli suglinok
1,2/0,8
1,7/1,2
1,6/1,2
1,6/1,2
Izohlar:
1. Suratda — qoplama yuzasining yerosti suvlari sathidan, yer yuzasidagi suvlardan yoki uzoq muddat (30 d ortiq) turadigan yer yuzasidagi suvlardan koʻtarilishi, maxrajda — xuddi shunday, oqib ketish taʼminlanmagan qismlar yoki qisqa muddat (30 d kam) turuvchi yer yuzasidagi suvlar sathidan koʻtarilishi.
2. Yerosti suvlarining hisobiy sathi deb qoplamalar mustahkamligini tiklash (mukammal taʼmirlash) oʻrtasidagi davrga toʻgʻri keluvchi bahor paytidagi (dalalarni yuvishdan keyingi) eng katta sathni olish kerak.
Yerosti suvlarining hisobiy sathini qidirish ishlari davrida qisqa muddatli bir marta oʻlchangan maʼlumotlari boʻyicha belgilash lozim. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda grunt yuzasida mavjud boʻlgan eng katta suv oqimi qoldirgan loyqa iz sathini olishga yoʻl qoʻyiladi.
35-jadval
Gruntning zichlashdagi namligi, normativ namlikka nisbatan
Changsimon supes
Changsimon ogʻir supes, changsimon yengil suglinok
Changsimon ogʻir supes, changsimon loy
Zichlanish koeffitsiyenti
0,95
0,98
1,0
0,95
0,98
1,0
0,95
0,98
1,0
0,7
2,0
1,4
1,2
2,2
1,7
1,5
2,3
1,9
1,7
0,8
1,9
1,2
1,0
2,1
1,3
1,2
2,2
1,6
1,4
0,9
1,7
1,0
0,8
1,9
1,2
1,0
2,0
1,4
1,2
1,0
1,5
1,0
0,8
1,7
1,2
0,9
1,9
1,4
1,0
Izoh. Qoplama yuzasining yer osti suvlari sathidan koʻtarilishi kam va oʻrtacha shoʻrlangan gruntlarda 20 foizga oshirilishi kerak.
232. Ishchi qatlam sementobeton va asfaltbeton qoplamalar yuzasidan tegishli ravishda 1,0 va 0,8 m chuqurlikda koʻpchimaydigan va choʻkmaydigan tuproqlardan tashkil topishi kerak (mazkur SHNQning 2-ilovasining 4 — 6-jadvallarida keltirilgan).
233. Ishchi qatlam gruntining zichlanish koeffitsiyentini qiymati bilan aniqlanadigan zichlik darajasi quyidagi 36-jadval talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
36-jadval
Yoʻl poyi elementlari
Qoplama yuzasidan qatlamning joylashish chuqurligi, m
Yoʻl toʻshamasi turlari boʻyicha gruntning eng kichik zichlanish koeffitsiyenti
mukammal
yengillashtirilgan va oʻtuvchi
yoʻl-iqlim mintaqalari
I
II, IV
III
I
II, IV
III
Ishchi qatlam
Nyt+0,4 gacha
Nyt+0,4 – 1,5
0,95-0,96
0,95-0,96
1,00-1,02
0,98-1,0
0,98-1,00
0,96-0,98
0,95-0,96
0,95-0,98
0,98-1,0
0,96-0,98
0,96-0,98
0,96
Koʻtarmaning suv bosmaydigan qismi
1,5 - 6,0
0,95
0,96
0,94
0,95
0,94
0,94
Koʻtarmaning suv bosadigan qismi
1,5 - 6,0
0,95
0,98-1,00
0,97
0,95
0.98
0,98
Oʻymaning mavsumiy muzlash sathidan pastdagi ishchi qatlami
1,2 gacha
-
0,95
0,95
-
0,95
0,95
Izoh. Nyt — yoʻl toʻshamasi qalinligi.
234. Ishchi qatlamdagi yirik boʻlakli tabiiy va texnogen gruntlarning talab qilinadigan zichlik darajasini sinov natijalari boʻyicha belgilash lozim.
235. Ishchi qatlamda bevosita sinash natijalarini hisobga oluvchi maxsus texnik-iqtisodiy asoslash boʻlmagan ayrim gruntlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
236. Mazkur SHNQning 228, 232, 234 va 235-bandlarining talablariga rioya qilinganda, yoʻl toʻshamalarining namunaviy tuzilmalarini sovuqdan himoyalovchi qatlamlarsiz qabul qilishga va yoʻl toʻshamalarini hisoblashda hisobiy namlikning jadvaldagi qiymatlaridan (mazkur SHNQning 2-ilovasining 13-jadvalidagi namlanishning hisobiy sxemasiga asosan) va ishchi qatlam gruntlarining mexanik xususiyatlarining koʻrsatkichlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
237. Ishchi qatlamning mustahkamligi va barqarorligini taʼminlash yoki yoʻl toʻshamasini kuchaytirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
sovuqdan himoyalovchi qatlam qurish;
yoʻl poyida suvdan, issiqdan himoyalovchi, drenajlovchi yoki kapillyar-toʻsuvchi qatlamlar yordamida yoʻl poyining suv-issiqlik rejimini tartibga solish;
ishchi qatlam gruntini bogʻlovchilar, granulometrik qoʻshimchalar foydalanib yaxshilash va mustahkamlash;
armaturalangan qatlam qoʻllash;
drenaj yordamida yer osti suvlari sathini pasaytirish;
yuza suvlaridan himoya qilish maqsadida yoʻl poyining maxsus koʻndalang kesimlarini qoʻllash (yotiq yonbagʻirlar, bermalar);
yoʻl toʻshamalarini texnologik tanaffus bilan yoki ikki bosqichda qurish.
238. Iqtisodiy jihatdan eng katta yechimlarga erishish uchun ishchi qatlamni yoʻl toʻshamasi bilan bir majmuada loyihalash lozim.
239. Ishchi qatlamdagi gruntlarning hisobiy tavsiflari mazkur SHNQning 2-ilovasining 13-jadvali boʻyicha belgilanadigan namlikning hisobiy sxemasi, zichlashda gruntlarning namligi, talab qilinadigan zichlash koeffitsiyentlari va zichlash mashinalar turini hisobga olib aniqlanishi lozim.
4-§. Koʻtarmalar
240. Koʻtarmalar uchun barcha sharoitlarda ob-havo-iqlim omillari taʼsirida mustahkamligi va barqarorligi kam oʻzgaradigan gruntlar va sanoat chiqindilarini cheklashlarsiz qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Yuqoridagi omillar va vaqt davomida ogʻirlik taʼsirida mustahkamligi va barqarorligi oʻzgaradigan gruntlar, shuningdek sanoat chiqindilari, shu jumladan ayrim gruntlardan sinov natijalari bilan loyihada asoslab, chegaralashlar bilan foydalanishiga yoʻl qoʻyiladi. Zaruriy hollarda mustahkam boʻlmagan gruntlarni ob-havo-iqlim omillari taʼsiridan himoyalash boʻyicha maxsus konstruktiv tadbirlarni koʻzda tutish kerak.
241. Yirik boʻlakli gruntlardan foydalanilganda koʻtarma va yoʻl toʻshamasi orasida boʻlaklar oʻlchami 0,2 m dan katta boʻlmagan gruntdan qalinligi 0,5 m dan kam boʻlmagan tekislovchi qatlam boʻlishi kerak.
242. Koʻtarmalarning koʻpriklar bilan tutashishdagi ustki qismini kamida ularning balandligiga 2 m qoʻshilgan uzunlikda (qirgʻoq ustunidan hisoblanganda) va pastki qismini kamida 2 m da koʻpchimaydigan drenajlovchi gruntlardan loyihalash kerak.
243. Koʻtarmalarni ularning asosini koʻtarish qobiliyatini hisobga olib loyihalash lozim.
Asoslar mustahkam va boʻsh asoslarga boʻlinishi kerak.
Faol mintaqa chegarasida 0,5 m dan kam boʻlmagan qalinlikdagi boʻsh grunt qatlamlari boʻlgan asoslar boʻsh asoslar hisoblanadi.
244. Mustahkam asosdagi koʻtarma yonbagʻirlari qiyaligi quyidagi 37-jadvalga asosan belgilanishi lozim.
37-jadval
Koʻtarma gruntlari
Koʻtarma yonbagʻirlarining balandligi, m, boʻlganda yonbagʻirlarining eng katta qiyaligi
6,0 gacha
12,0 gacha
pastki qismda (0-6)
ustki qismda
(6-12)
Kam nuraydigan togʻ jins-lariningyirik boʻlaklari
1:1 — 1:1,3
1:1,3 — 1:1,5
1:1,3 — 1:1,5
Yirik boʻlakliva qumli (mayda va changli qumlardan tashqari)
1:1,5
1:1,5
1:1,5
Mayda va changli qumlar, gilli va lyossimon gruntlar
1:1,5
1:1,75
1:1,5
Izohlar:
1. Koʻtarma yonbagʻrining balandligi yonbagʻrining ustki va ostki qoshlari belgilarining farqi bilan aniqlanadi.
Togʻ yonbagʻirlarida koʻtarma yonbagʻrining balandligi pastdagi yonbagʻrining ustki va ostki qoshlari belgilarining farqi bilan aniqlanadi.
2. Quruq iqlimli hududlarda mayda barxan qumli koʻtarmalar yonbagʻrining eng katta qiyaligini uning balandligidan qatʼiy nazar 1:2 belgilash kerak.
245. I — III toifali yoʻllarda balandligi 3 m gacha boʻlgan koʻtarma yonbagʻirlari qiyaligi avariya holatlarida transport vositalarining xavfsiz tushishini taʼminlash maqsadida 1:4 dan tik boʻlmagan, qolgan toifali yoʻllarda esa balandligi 2 m gacha boʻlgan koʻtarma yonbagʻirlari qiyaligi 1:3 dan tik boʻlmagan qiymatda belgilash zarur.
Qishloq xoʻjaligi yerlarida yonbagʻirlar qiyaliklarini, harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqqan holda, mazkur SHNQning 36-jadvalida keltirilgan chegaraviy qiymatlargacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
246. Koʻtarma yonbagʻirlarining mazkur SHNQning 244 va 245-bandlarida keltirilgan qiyaliklari ularni oʻt ekish yoki chim bostirish usuli bilan mustahkamlashni kerak.
Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash bilan ularni mukammalroq mustahkamlash usullari qoʻllanilganda qiyalik oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
247. Grunt zaxiralari loyihalanayotganda koʻtarmalar uchun amalda talab qilinadigan grunt hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Vf=VK1
bu yerda:
V — loyihalayotgan koʻtarma hajmi, m3;
K1 — nisbiy zichlanish koeffitsiyenti (mazkur SHNQning 35-jadvalga asosan belgilanadigan gruntning koʻtarmada talab qilinadigan zichligining uning qidiruvlarda aniqlanadigan zaxira yoki karyerdagi zichligiga nisbati).
248. Nisbiy zichlanish koeffitsiyentini mazkur SHNQning 2-ilovasining 14-jadvaliga asosan qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
249. Boʻsh asosdagi koʻtarmalarga quyidagi qoʻshimcha talablar qoʻyilishi lozim:
foydalanish davrida koʻtarma asosidagi boʻsh gruntning chetga siqib chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik;
asosning choʻkadigan qismi qoplama qurilguncha tugashi (ikki bosqichli qurilish sharoitlarida yigʻma qoplamalar qoʻllanilganda istisno qilinishiga yoʻl qoʻyiladi).
Koʻtarma asosining barqarorligi va choʻkishi, shuningdek elastik tebranishlari hisob-kitoblar asosida boʻlishi kerak.
250. Mukammal turli yoʻl toʻshamalarida asosning zichlanishi 90 foizga yetgan yoki choʻkishning jadalligi yiliga 2 cm dan oshmagan, yengillashtirilgan turli yoʻl toʻshamalarida zichlanish 80 foizga yetgan yoki choʻkishning jadalligi yiliga 5 cm dan oshmagan vaqtini jadallik bilan choʻkadigan qismi tugallandi deb qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yoʻllardan foydalanish tajribasi asosida yoʻl qoʻyilgan choʻkish jadalligini aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
251. Namligi ruxsat etilganidan ortiq boʻlgan gruntlardan koʻtarmalar loyihalanayotganda (mazkur SHNQning majburiy 2-ilovasining 12-jadvalida keltirilgan) yoʻl poyining kerakli barqarorligini taʼminlovchi tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Gruntlarni tabiiy yoʻsinda quritish yoki ularni soʻndirilmagan ohak, kul chiqindisi va boshqa faol moddalar bilan ishlov berish lozim.
252. Gruntlarning namligi normativ namlikning 0,9 dan kam boʻlganida ularni zichlash boʻyicha loyihada maxsus tadbirlar koʻzda tutilishi kerak (qoʻshimcha namlash, kichik qatlamlarda zichlash).
253. Yonbagʻrining balandligi 12 m dan ortiq boʻlgan koʻtarmalar loyihalanganida koʻtarma va uning yonbagʻirlari barqarorligini taʼminlash maqsadida muayyan sharoitlardan kelib chiqib quyidagilar hisoblab aniqlanishi lozim:
koʻtarmaning oʻz ogʻirligi taʼsirida yanada zichlanib mumkin boʻlgan choʻkishi va bu choʻkishning davom etish vaqti;
gruntni chetga siqib chiqarish jarayoniga yoʻl qoʻymaydigan asosga tushuvchi xavfsiz ogʻirlik;
koʻtarmaning oʻz ogʻirligi taʼsirida zichlanishi oqibatida koʻtarma asosining choʻkish vaqti va qiymati.
5-§. Oʻymalar
254. Individual loyihalanadigan obyektlarga kirmaydigan oʻyma yonbagʻri qiyaligini quyidagi 38-jadvalga asosan belgilash lozim.
38-jadval
Gruntlar
Yonbagʻir balandligi, m
Yonbagʻirning eng katta qiyaligi
Qoyali togʻ jinslari:
kam nuraydiganlar
yengil nuraydiganlar
suvda yumshamaydiganlar
suvda yumshaydiganlar
16 gacha
16 gacha
6 gacha
6 dan 12 gacha
1:0,2
1:0,5 — 1:1,5
1:1
1:1,5
Yirik boʻlaklilar
12 gacha
1:1 — 1:1,5
Bir xil qattiq, yarim qattiq va qiyin yumshaydigan gilli va qumlilar
12 gacha
1:1,5
Mayda barxan qumlar
2 gacha
2 dan 12 gacha
1:4
1:2
Lyosslar
12 gacha
1:0,1— 1:0,5
1:0,5 — 1:1,5
Izohlar:
1. Chiziq ustida quruq iqlimli mintaqalardagi, ostida quruq iqlimli mintaqalardan tashqaridagi yonbagʻir qiyaliklari keltirilgan.
2. Less gruntli togʻ yonbagʻrining yuqorigi 1,5 m ni yonbagʻirning asosiy qismi qiyaligiga nisbatan 1:0,2 — 1:0,3 dan yotiqroq qilinishi kerak.
3. Kam nuraydigan qoya togʻ jinslarda tik yonbagʻirlarga yoʻl qoʻyiladi.
4. Oʻsimliklar bilan mustahkamlangan qumli hududlarda yonbagʻir balandligi 12 m boʻlganda eng katta qiyalikni 1:2 qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
5. Oʻyma yonbagʻrining balandligi ustki va ostki qosh belgilari farqi bilan aniqlanadi.
Ushbu jadvaldan togʻ yonbagʻirlari mavjud boʻlgan joylardan foydalanilganda hisob uchun ustki yonbagʻir olinadi.
255. Chuqurligi 1 m gacha boʻlgan oʻymalarni qor uyumi bosishidan himoyalash maqsadida yonbagʻir qiyaliklarini 1:1,5 dan 1:10 gacha ochiq yoki koʻtarma koʻrinishida loyihalash kerak.
Chuqurligi 1 m dan 5 m gacha boʻlgan oʻymalarning qor bosadigan qismini tik yonbagʻirli qilib (1:1,5 — 1:2) va 4 m dan kam boʻlmagan kenglikdagi yoʻl yoqalari yoki qoʻshimcha tokchalar bilan loyihalash lozim.
256. Mayda va changli qumlar, oʻta namlangan gilli gruntlar, yengil nuraydigan yoki yoriqli qoya togʻ jinslarda 2 m dan chuqur boʻlgan oʻymalarni ariqorti tokchalari bilan loyihalash lozim.
Ariqorti tokchalar kengligi mayda va changli qumlarda 1 m, yuqorida keltirilgan boshqa gruntlarda yonbagʻir balandligi 6 m gacha boʻlganda 1 m, yonbagʻir balandligi 12 m gacha boʻlganda (qoya togʻ jinslari uchun 16 m gacha) 2 m qabul qilish kerak.
I — III toifali yoʻl oʻymalari yengil nuraydigan qoya togʻ jinslaridan loyihalanganda kengligi kamida 3 m, chuqurligi kamida 0,8 m ariq zovurlar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
257. Ariqorti tokchalari yuzasiga 20 — 40 ‰ da ariq tomonga qaratib nishablik berilishi lozim.
Qoya togʻ jinslarida, shuningdek quruq iqlim sharoitlaridagi qumlarda nishablik boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
258. Individual loyihalanadigan obyektlarga taalluqli oʻymalarni loyihalashda yonbagʻirlarning umumiy va ichki barqarorligini baholash hisoblarini bajarish, uni taʼminlash boʻyicha tegishli koʻndalang kesimni belgilash, drenajlar, himoya qatlamlari qurish, yonbagʻirlarni mustahkamlash turlarini oʻz ichiga olgan tadbirlar ishlab chiqish lozim.
6-§. Murakkab sharoitlardagi yoʻl poyi
259. Togʻ yonbagʻrining yoʻl poyi tuzilmasini oʻsha togʻ yonbagʻrining tabiiy yoʻl qurilgandan keyingi barqarorligini tegishli hisoblar bilan asoslash lozim.
Qiyaligi 1:3 dan katta mustahkam togʻ yonbagʻirlarida yoʻl poyini, togʻ yonbagʻirlarida kesilgan tokchalarda joylashtirish lozim.
260. Qiyaligi 1:10 — 1:5 boʻlgan yonbagʻirlarda yoʻl poyini asoslarda pogʻonalar qurilmaydigan koʻtarmalar koʻrinishida loyihalash lozim.
261. Qiyaligi 1:5 — 1:3 boʻlgan yonbagʻirlarda yoʻl poyini koʻtarma, yarim koʻtarma yarim oʻyma koʻrinishida yoki tokchalarda qurish lozim.
262. Koʻtarma va yarim koʻtarma, yarim oʻyma asoslarida kengligi 3-4 m va balandligi 1 m gacha boʻlgan pogʻonalar loyihalash lozim.
Kam nuraydigan qoyali togʻ jinsli yonbagʻirlarda pogʻonalar qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yoʻl poyi va u joylashgan yonbagʻirlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar majmui boʻlishi (drenaj qurilmasi, yuza suvlarini chetlatish, tirgovchi inshootlar, yonbagʻir shaklini oʻzgartirish).
263. Yoʻl poyi koʻchkili togʻ yonbagʻirlarida loyihalanganda mahalliy sharoitlarni hisobga olib, oquvchi va koʻchish jarayonlarining kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab boʻluvchi tabiiy omillarni oʻpiriluvchi massivlarga zararli taʼsirlarini kamaytirishni yoki bartaraf etish lozim.
264. Oʻpirilishga qarshi tadbirlarni loyihalashdan oldin oʻpiriluvchi togʻ yon-bagʻirlarini aylanib oʻtish yoki ancha qulay sharoitlarda, shuningdek estakadalar yoki tonnellar bilan kesib oʻtish variantlarini koʻrib chiqish lozim.
265. Barqaror boʻlmagan togʻ yonbagʻirlarini aylanib oʻtish mumkin boʻlmaganda yoki ularni aylanib oʻtish texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaganda yoʻl oʻqini bunday togʻ yonbagʻirlarida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
266. Suv bosadigan qayir qismlar, suv havzalarini kesib oʻtish va koʻprik inshootlariga kirishdagi koʻtarmalarni suv bosish davrida suv toʻlqini taʼsirini, shuningdek gidrostatik va yemirilish taʼsirini hisobga olib loyihalash lozim.
Foydalanish davrida bunday joylardagi yonbagʻirlarni taʼmirlash va mustahkamlashni taʼminlash uchun texnik-iqtisodiy asoslanganda kengligi kamida 4 m boʻlgan bermalar qurilishini lozim.
267. Koʻtarmalarni boʻsh asoslarda loyihalashda hisoblash asosida boʻsh gruntlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlovchi maxsus tadbirlar belgilanishi lozim (yonbagʻirlarning yotiqligini taʼminlash, yonbosh prizmalar qurish, vaqtinchalik ortiq yuklanish, koʻtarma qurish tartibini reglamentlashtirish, tik drenajlar, gruntli-qoziq drenajlar, qoziqli asoslar qurish, yengil koʻtarmalar qurish, geotekistil qatlamlar bilan koʻtarmani armaturalash).
268. Ayrim oʻzgacha gruntlarda oʻyma yoki ayrim oʻzgacha gruntlardan foydalanib koʻtarmalarni loyihalashda yoʻl poyini buzilishdan saqlash boʻyicha loyihada tadbirlar koʻzda tutilishi lozim (bunday gruntli qatlamlarni qalinligi va joylashishi boʻyicha chegaralash, barqaror gruntlardan himoyalovchi qatlamlar qurish, armaturalash, boshqa qatlam).
269. Shoʻr gruntlar tarqalgan hududlarda yoʻl poyi mazkur SHNQning 2-ilovasining 4-5-jadvallariga asosan aniqlanadigan shoʻrlanish darajasini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
Shoʻrlanmagan gruntlar normalariga rioya qilinganida koʻtarma va ishchi qatlam uchun kam va oʻrtacha shoʻrlangan gruntlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
270. Ishchi qatlamni oʻta namlanishdan saqlovchi majburiy tadbirlar koʻrilganida kuchli va oʻrta shoʻrlangan gruntlar namlanishi boʻyicha II-turga mansub mintaqalarda koʻtarma, shuningdek ishchi qatlam materiali sifatida foydalanish lozim.
Namlangan shoʻrxok gruntli boʻlaklarda yoʻl poyini boʻsh asosli koʻtarmalarga qoʻyiladigan talablarga rioya qilib loyihalash lozim.
271. Koʻchma barxan qumli hududlarda yoʻl poyi tuzilmasini eng kam qum bosmaslik sharoitini taʼminlovchi joy relyefini hisobga olib, koʻtarma koʻrinishida loyihalash lozim. Bunda, joyning relyefi, shamolning tezligi va yoʻnalishi, yuzaning oʻsimliklar bilan mustahkamlanganligi, qum zarralari tarkibi va boshqa omillarga bogʻliq qumlarning koʻchish darajasini hisobga olib kamida 50 — 150 m kenglikdagi tasmada yoʻl poyini shamoldan koʻchmaslik va qum bosishidan saqlovchi tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
272. Kichik koʻchma shakldagi qumli tekis va yassi toʻlqinsimon relyefda yoʻl poyini chuqurligi 0,2 m gacha boʻlgan zaxiralardan balandligi 0,5-0,6 m koʻtarma koʻrinishida loyihalash kerak.
273. Baland-past relyefda yoki biror barxan tizimidan yoʻl poyi sifatida foydalanilganda koʻtarmani himoya tasmasi chegarasida joylashgan koʻproq koʻtarilib turgan qoʻshni barxan tizimlari va atrofdagi barxanlardan past boʻlmagan sathda loyihalash kerak.
274. Relyefning yirik shaklli sharoitlarida yoʻl oʻqini yoʻlning yoʻnalishiga koʻra relyefning choʻzilgan shakllari boʻylab 0,6 — 0,9 m balandlikdagi koʻtarma koʻrinishida, koʻndalang barxan qatorlari va tizimlari boʻlganda almashinuvchi koʻtarmalar va qisqa oʻymalar koʻrinishida loyihalash lozim.
275. Tekislik va barxanlar oraligʻidagi pastliklar chegarasida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
yoʻl poyining ikki tomonida 15 — 40 m kenglikdagi tasmani tekislash;
yoʻlga ajratilgan mintaqa chegarasi tashqarisidagi koʻchma relyefni 200 m gacha kenglikda mustahkamlash.
Balandligi 2 m gacha boʻlgan koʻtarmalar yonbagʻirini 1:3-1:4 qiyalikda loyihalash lozim.
I-II toifali, shuningdek oʻta yuqori faollikdagi shamol sharoitida boshqa toifadagi yoʻllar uchun yotiqroq yoki oʻzgaruvchan qiyalikli yonbagʻirlar belgilanishi lozim.
Balandligi 2 m dan ortiq koʻtarmalar yonbagʻirlari 1:2 qiyalikda loyihalanishi kerak.
276. Yonbosh zaxiralar shamolning faolligi, uning yoʻnalishi va qum yuzasini oʻsimlik bilan mustahkamlanganlik darajasini hisobga olib qurilishi lozim.
Shamol oʻta faol boʻlgan sharoitda va yuzasida oʻsimlik oʻsmagan qumlarda zaxiralar yoʻl poyining har ikki tomonida qurilishi kerak.
Shamol faol boʻlgan sharoitda va yuzada kam oʻsimlik oʻsgan qumlarda zaxiralar bir tomonlama shamolga teskari tomondan qurilishi, mavjud oʻsimlik qatlamini koʻproq saqlab qolish maqsadida zaxira kengligi uni chuqurlashtirish hisobiga chegaralanishi kerak.
277. Shamol oʻta faol boʻlgan sharoitda 2 m gacha chuqurlikdagi oʻymalarni yonbagʻirlar qiyaligi 1:10 boʻlgan ochiq koʻrinishida loyihalash kerak.
278. Chuqurligi 2 m dan ortiq boʻlgan oʻymalarni yonbagʻirlari 1:2 gacha boʻlgan qiyalikda koʻtarma yonbagʻirlari orasida tekislangan tasmalar qoldirib loyihalanishi, tasmalar kengligi shamolning faolligini hisobga olib koʻtarma uchun grunt ehtiyojidan kelib chiqib shamol oʻta faol boʻlgan sharoitda tekislanadigan tasmalar kengligi kamida 20 m, shamol faol boʻlganda kamida 10 m belgilanishi zarur.
279. Yuza suvlarini chetlatish zarurati yoki qor bosishi mumkin boʻlgan hududlarda oʻymalar yoʻl tuzilmasi va himoya qatlamining birgalikdagi qalinligiga teng boʻlgan balandlikdagi koʻtarma koʻrinishida bajarilishi, koʻtarma yonbagʻiriga 1:4 qiyalik berilishi lozim.
280. Oʻsimlik oʻsgan va kam oʻsgan qumlarda oʻsimliklarni va yon atrofdagi tabiiy relyefni koʻproq saqlab qolishni taʼminlash kerak.
Tekis, yassi toʻlqinsimon va kichik doʻng qumlarda yoʻl poyini yer yuzasi belgilarida va 0,3-0,4 m gacha balandlikdagi koʻtarmalarda loyihalanishi zarur.
Koʻtarmalarning yonbagʻir qiyaliklarini 1:2 qilib belgilash zarur.
281. Oʻsimlik oʻsgan oʻrta va yirik tepalikli va egatli qumlarda yoʻl poyining koʻtarma va oʻymalarining hajmini oʻzaro tenglashtirish sharti boʻyicha loyihalash, kam oʻsimlik oʻsganlarda esa kengaytirilgan oʻymalardan foydalanish kerak.
Kam oʻsimlik oʻsgan qumlarda koʻtarma koʻrinishida boʻlgan kengaytirilgan oʻymalar qurish lozim.
Koʻtarma uchun gruntga boʻlgan talab va kengaytirilgan tekislangan yoʻlakchani mexanik tozalash imkoniyatini hisobga olib kengayishning oʻlchami 3 m atrofida belgilanishi kerak.
282. Texnologik transportning yoʻl poyida yurishini taʼminlash uchun uning butun kengligida noorganik va organik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan changli-gilli gruntlar, qum-shagʻal, shuningdek anorganik va organik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan changli-gilli va mayda qumlardan himoyalovchi qatlam qurish yoki asosni ostki qatlamini koʻtarish bilan bir vaqtda geotekstil qatlamni yotqizish lozim.
283. Sugʻoriladigan joylarda yoʻl poyini sugʻorish tizimining unga suv-issiqlik rejimiga taʼsirini hisobga olib koʻtarma koʻrinishida loyihalash lozim.
284. Suvni yigʻib-chiqarib tashlash kanal tarmoqlarining qoshlari va zaxira yoki suvni chetlatuvchi ariqlar orasidagi masofa kamida 4,5 m olinishi kerak.
Ariqlar, togʻ ariqlaridan va suvni chetlatuvchi ariqlardan taqsimlovchi ariqlar sifatida foydalanish yoʻl qoʻyilmaydi.
285. Karst rivojlanishi kutiladigan joylarda yoʻlni loyihalash bunday yerlarni aylanib oʻtish mumkin boʻlmaganida yoki texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmasa yoʻl qoʻyiladi.
286. Karstlap mavjud joylarda yoʻl poyini maxsus muhandislik-geologik materiallari asosida koʻtarma koʻrinishida loyihalash lozim.
Karstga qarshi tadbirlarni loyihalashda karst boʻshliqlarining taʼsir mintaqasini hisobga olish zarur.
287. Yoʻllarning jarlar rivojlanuvchi yerlarda joylashtirilganda quyidagilarni hisobga olish zarur:
jarlikning yuzaga kelish sharoiti va uning shakllanish bosqichlari;
yoʻl poyi qurilayotganda buziladigan yengil yuviluvchi gruntlar mavjudligi;
jarlarning yonbagʻirlari va tubining muhandislik-geologik tuzilishi, joyning gidrogeologik sharoiti.
Yoʻl jarlik paydo boʻlish xavfi bor joylarda yoki rivojlanishining har xil bosqichlaridagi jarliklardan kesib oʻtganida loyihada yoʻl poyi barqarorligini taʼminlovchi tadbirlarni koʻzda tutish lozim.
288. Sel boʻladigan hududlardan avtomobil yoʻli oʻqini oʻtkazishda sel xavfi mavjud qismlarni aylanib oʻtkazish varinatini koʻrib chiqish zarur.
Sel boʻladigan qismlar kesib oʻtilganda, koʻpriklarga kelish oldida sel oqimi quvvatini kamaytirish va sellarning dinamik taʼsiridan koʻprik elementlarini himoya qiluvchi tadbirlarni koʻzda tutish lozim.
289. Qoya togʻ koʻchkilari kuzatiladigan qismlarda yoʻllarni loyihalashda yonbagʻir tub togʻ jinslari butunligini buzmasdan yoʻl oʻqi oʻtkazish variantlariga qoʻllash lozim (agar qoya togʻ yonbagʻri tez koʻchuvchi jinslardan tashkil topgan boʻlsa).
290. Katta balandlik yoki uzunlikdagi qiyaliklar, yonbagʻirlar boʻsh qismlarining yaqqol koʻrinmasligi, tarqoq joylashganligi sababli qurilgan mustahkamlovchi inshootlar transport harakati xavfsizligini zarur darajada taʼminlay olmasa, koʻchkiga qarshi himoyalovchi inshootlarini qoʻllashda alohida toshlar tushishi, koʻchkilar va uncha katta boʻlmagan yemirilishlar boʻlishini koʻzda tutish lozim.
291. Qattiq qoya togʻ jinslarida oʻyma va yarim oʻymalarning ushlab qoluvchi yoʻl xandaqlari va tokchalarini loyihalashda, yonbagʻir qiyaligini 1:0,2 dan 1:0;5 gacha qabul qilish, togʻ oldi ushlab qoluvchi oʻymalar va koʻtarmalarni qiyaligi 25° gacha boʻlgan togʻ yonbagʻirida yoʻl poyidan 30 m oshmagan balandlikda loyihalash kerak.
Yonbagʻir qiyaliklari 20°dan 25° gacha boʻlsa yoʻl koʻtarmalarning yonbagʻiriga 1:1 qiyalik berish lozim.
292. Tutib qoluvchi inshootlar rejada va boʻylama kesimda loyihalanayotganda sinish va burilishlarga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Yemirilishga qarshi inshootlarning uzilish joylarida qoʻshimcha ushlab qoluvchi inshootlar qurish koʻzda tutilishi zarur.
Yonbagʻir balandligi bilan chegaradosh inshootlar oxiri 5 m dan 10 m gacha uzunlikda bostirmada joylashtirilishi lozim.
Ushlab qoluvchi boʻshliq tagiga kamida 3 ‰ qiyalik boʻlishi, ajratilgan joyga yoki inshoot chekkalariga yoʻnaltirilishi lozim.
293. Tegishli texnik-iqtisodiy asoslashlarga muvofiq yoʻl poyi tuzilmasidan armaturalash, zaxni qochirish, filtrlash yoki ajratish vazifasini bajaruvchi geotekstil materiallari qatlamlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
294. Qatlamlar quyidagi hollarda boʻlishi kerak:
boʻsh gruntli koʻtarma asosida;
yonbagʻir mustahkamligini oshirish uchun koʻtarma tanasida;
drenaj qurilmalarida himoya filtri sifatida;
suvga toʻyingan grunt tarkibidan suvlarni chetlatishni taʼminlab beruvchi drenaj vazifasida;
grunt qatlamlari yoki zarralar tarkibi turlicha boʻlgan donador materiallar chegarasida qatlam materiallarini aralashishiga toʻsqinlik qiluvchi ajratuvchi qatlam sifatida;
koʻtarish imkoniyati past boʻlgan gruntlar asosidagi texnologik oʻtishlarda.
295. Noqulay grunt-gidrogeologik sharoitlarida oʻymalar qurilishida qurilish texnikalarini oʻtishini taʼminlash uchun geotekstil materialidan texnologik qatlam qurib, uni suv oʻtkazuvchi grunt bilan yopish lozim.
Grunt sharoitlariga koʻra yopish qatlami qalinligi 0,2 — 0,6 m ga teng qabul qilinishi kerak.
7-§. Suvni chetlatuvchi inshootlar
296. Yoʻl poyining mustahkamligi va barqarorligiga yoki qurilish sharoitlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yer osti va ustki suvlarini ushlab qolish yoki drenaj qurilmalari yordamida pasaytirish lozim.
Ajratuvchi tasmasi boʻlgan koʻp tasmali yoʻllarda virajdagi qatnov qismdan yuzaki suvlarni chetlatish uchun suvni chetlatuvchi yer osti inshootlarini qurish lozim.
Bir sathli halqa kesishmalarning qatnov qismidan suvlarni chetlatishda yer osti va ustki chetlatish tarmogʻini loyihalash kerak.
297. Kichik koʻprik va quvurlarga kirishdagi yoʻl poyining qoshi suv koʻtarilishini hisobga olgan hisobiy suv sathidan inshoot bosimsiz rejimda ishlaganda kamida 0,5 m, bosimli va yarim bosimli rejimda kamida 1 m ga baland boʻlishi lozim.
Koʻprikka kirishda koʻtarmalarni loyihalashda toshqin sathining oshish ehtimoli I — III toifali yoʻllar uchun 1 %, IV-V toifali hamda xoʻjalik yoʻllari uchun 2 %, quvurlarga kirishda I toifali yoʻllar uchun 1 %, II-III toifali yoʻllar uchun 2 %, IV-V toifali hamda xoʻjalik yoʻllari uchun 3 % qabul qilish lozim.
8-§. Yoʻl poyi va suvni chetlatuvchi inshootlarni mustahkamlash, maxsus geotexnik tuzilmalar
298. Yoʻl poyi va suvni chetlatuvchi inshootlar yonbagʻirlarini mustahkamlash turlari mustahkamlanayotgan inshootning ish sharoitiga javob berishi, grunt xususiyatlari, ob-havo iqlim omillarining, yoʻl poyi tuzilmalari xususiyatlarini hisobga olishi va ishni mexanizatsiyalash imkoniyati, qurilish va foydalanishda eng kam xarajatlar boʻlishini taʼminlashi kerak.
Mustahkamlash turlarini tanlashda variantlar ishlab chiqish va yoʻl poyini qurish va mustahkamlashdagi ishlab chiqarish sharoitlari va vaqtini hisobga olish kerak.
299. Daryo yoki suv havzasining gidrologik rejimiga koʻra koʻtarmaning suv bosadigan yonbagʻirlarini tegishli mustahkamlash turlari bilan toʻlqin taʼsiridan himoyalash lozim.
300. Tegishli texnik-iqtisodiy hisoblar asosida mustahkamlash oʻrniga yonbagʻirlarni yotiq nishablikda (plyaj yonbagʻiri) qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Yonbagʻirning suv taʼsiriga barqaror qiyaligini gidrologik va iqlim sharoitlari, koʻtarma grunti turiga koʻra hisoblash orqali aniqlanishi kerak.
301. Plyaj yon bagʻri qiyaliklarini quyidagi 39-jadvalga muvofiq aniqlanishi lozim.
39-jadval
Yon bagʻir grunti
Bosimsiz toʻlqin balandligida, m, yonbagʻir qiyaligi
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
0,6
Mayda qum
1:5
1:7,5
1:10
1:15
1:20
1:25
Yengil supes
1:4
1:7
1:10
1:15
1:20
1:20
Yon bagʻir grunti
Bosimsiz toʻlqin balandligida, m, yonbagʻir qiyaligi
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
0,6
Suglinok, gil
1:3
1:5
1:7,5
1:10
1:15
1:15
Less
1:3
1:4
1:6
1:9
1:13
1:12
302. Texnik-iqtisodiy hisob asosida yonbagʻirlarni mustahkamlash uchun geotekstil materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Geotekstil qatlamlari yonbagʻirni yemirilishdan himoyalovchi, armaturalangan chim va oʻtli yuzaning rivojlanishini yaxshilovchi, toʻsuvchi, yonbagʻir yuzasida gruntni yemirilishdan saqlovchi qoplama vazifasini, shuningdek suv bosadigan yonbagʻirlarni yigʻma elementlar yoki tosh tashlash bilan mustahkamlashda teskari filtr vazifasini bajarish kerak.
303. Ochiq sathda yotadigan geotekstilga 0,5 — 1,0 kg/m2 sarfida organik bogʻlovchi (bitum emulsiyasi) bilan ishlov berib himoya qoplamasi qurish lozim.
Suvni chetlatuvchi inshootlarni mustahkamlashda foydalanilgan geotekstil qoplamasi qattiqligini oshirish va suv oʻtkazuvchanligini kamaytirish zaruriyati tugʻilganda geotekstilni bogʻlovchi bilan 2-3-marta ishlov berib qum sepishni koʻzda tutish kerak.
304. Yoʻl poyini koʻtarishda qoʻllanadigan himoya va ushlab turuvchi inshootlarni normativ hujjatlar asosida alohida loyihalash lozim. Bunda, ularning qurish va foydalanish sharoitlarini hisobga olish kerak.
9-bob. Yoʻl toʻshamalari
1-§. Asosiy talablar
305. Yoʻlga qoʻyilgan talab, transport inshootiga qoʻyilganday boʻlishi va uning toʻshamasi ham umumiy talablarga mos kelishi kerak.
Bu talablar yoʻl toʻshamasining konstruksiyasini tanlashda zarur hisoblanib hamda qoplamaning turini ham mos kelishi, uning harakat qismidagi yuzaning ravonligini va gʻadir-budurligini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi lozim.
306. Yoʻl toʻshamasining umumiy qalinligini hisoblashda yemirilish qatlami yoʻlning toʻshamasi tarkibiga kiritilishi lozim.
307. Yoʻl toʻshamasi va qoplama turini transport-foydalanish talablari, loyihalanayotgan yoʻlning toifasi, avtotransport harakat jadalligi va tarkibi, iqlim, grunt-geologik sharoiti, sanitar-gigiyena talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
308. Yoʻl toʻshamalari bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat boʻlishi mumkin.
309. Avtotransport vositalaridan tushayotgan yuklanishga qarshiligi boʻyicha va iqlim taʼsiriga munosabati boʻyicha yoʻl toʻshamalari qattiq qoplamali va asosli toʻshamalar (keyingi oʻrinlarda — qattiq yoʻl toʻshamalari) hamda qattiq boʻlmagan qoplamali va asosli toʻshamalar (qattiq boʻlmagan yoʻl toʻshamalari)ga boʻlinishi lozim.
310. Yoʻl toʻshamasining turlari, qoplamaning asosiy koʻrinishlari va ularni qoʻllash doirasi quyidagi 40-jadvalga muvofiq aniqlanadi.
40-jadval
Yoʻl toʻshamasi turlari
Qoplamaning asosiy koʻrinishlari
Yoʻllar toifasi
Mazkur SHNQning quyidagi bandlariga muvofiq qabul qilinadi
Mukammal
Sementbetonli quyma
I — IV va Is — IIIs
317, 329, 356
Temir betonli yoki armobeton va yigʻma betonli
I — IV va Is — IIIs
319, 325
Asfaltbetonli, chaqiq tosh mastikali hamda dispersion mustahkamlangan asfaltbetonli
I — IV va Is — IIIs
357
Yengillashtirilgan
Asfaltbetonli
Bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh, shagʻal va qumli
III, IV va II toifali yoʻllarni ikki bosqichli qurilishining 1-bosqichida hamda Is — IIIs
IV-V, IVs
357
357
Oʻtuvchi
Chaqiq tosh va chaqiq toshli shagʻal; bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan gruntlar va mustahkamligi kam materiallar
IV, V, IVs va
III toifali yoʻllarni ikki bosqichli qurilishining 1-bosqichida
368-369, 370-372,
360-362,
363
Oddiy
Qoʻshimchalar bilan mustahkamlangan yoki yaxshilangan gruntlar
V va IV toifali yoʻllarni ikki bosqichli qurilishining 1-bosqichida hamda IVs
362, 363
311. Yoʻl toʻshamasining umumiy qalinligi va alohida qatlamlar qalinliklari butun tuzilma mustahkamligini va sovuqqa chidamligini taʼminlash kerak.
312. Yoʻl toʻshamalar mustahkamligini hisoblashda qatnov qismining eng koʻp ishlaydigan tasmasiga taʼsir etuvchi teng qiymatli hisobiy ogʻirlikdagi jadallikka keltiriladigan ikkala yoʻnalishdagi, avtomobillarning istiqboldagi harakat jadalligi hisobga olinishi lozim.
313. Yengil avtomobillardan tashqari barcha transport vositalari hisobiy ogʻirlikka keltirilishi lozim.
314. Juda ogʻir yuklanishlarni hisobiyga keltirish IV toifali yoʻllar uchun keltirilayotgan yuklanish hisobiydan 20 foizdan ortiq boʻlmaganda va tarkibida yuk avtomobillari, avtobuslari (trolleybuslar) oqimlari boʻlgan shunday ogʻirlikdagi transport vositalarning soni 5 foizdan oshmaganda yoʻl qoʻyiladi.
315. Koʻp tasmali avtomobil yoʻllari qatnov qismining barcha harakat tasmalaridagi yoʻl toʻshamasini bir xil, eng katta hisobiy ogʻirlik uchun loyihalash lozim.
2-§. Qattiq yoʻl toʻshamalari
316. Qattiq yoʻl toʻshamalariga quyidagilar kiritilishi kerak:
sementbetonli quyma qoplamalar;
sementbeton asosli asfaltbeton qoplamalar;
temir-beton, armobeton va beton plitalardan yigʻma qoplamalarga ega boʻlgan toʻshamalar.
317. Beton qoplamalarining qalinligi asos turlarini inobatga olgan holda hisoblab topilishi va quyidagi 41-jadvalda keltirilgan qiymatlardan kam boʻlmasligi kerak.
41-jadval
Asoslar
Qoplamaning eng kichik qalinligi yoʻl toifalari boʻyicha, cm
I
II
III
IV, Is-IIIs
Betonli, tosh materialli va noorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan gruntli
≥26
25-26
19-20
17 — 19
Chaqirtoshli va chaqirtosh qoʻshilgan shagʻalli
-
-
21*
20*
Izoh:
Kichik qiymatlar harakat jadalligi kam boʻlgan yoʻllarda qabul qilinadi.
* Tegishli texnik-iqtisodiy asoslanganda yoʻl qoʻyiladi.
318. Beton qoplamalarda koʻndalang va boʻylama choklar loyihalanishi, bunda koʻndalang choklarga kengayuvchi, siqiluvchi va ishchi choklar kirishi lozim.
Boʻylama va koʻndalang choklar toʻgʻri burchak ostida kesishishlari kerak.
319. Qoplamaning qalinligiga bogʻliq boʻlmagan holda, I, II, III hamda Is, IIs toifali yoʻllar uchun koʻndalang choklarning orasi 5 m, IIIs va IV-toifali yoʻl uchun koʻndalang choklarning orasi 4 m boʻlishi lozim.
Agar qoplamaning kengligi 4,5 m katta boʻlsa boʻylama chok loyihalanishi zarur.
I, II, III hamda Is, IIs toifali avtomobil yoʻllarning beton qoplamalardagi deformatsiya choklarida sterjenlar oʻrnatilishi kerak.
320. Yigʻma temir-beton plitali qoplamalarni murakkab iqlim sharoiti yoki yoʻl poyi barqarorligini taʼminlash qiyin boʻlgan baland koʻtarmalarda loyihalash lozim.
321. Asfaltbeton qoplamani yorilishga chidamliligini taʼminlash uchun, harakat jadalligi 10000 keltirilgan dona/d dan katta boʻlganda, betonli asos va asfaltbeton qoplama qalinligini hisoblash orqali belgilash lozim.
Asfaltbeton qoplamasi mavjud beton qoplamasi ustida qurilganda koʻndalang va boʻylama choklar loyihalanishi kerak.
Koʻndalang choklar kengligini siqilishda 15 mm, kengayishda 20 mm, boʻylamanikini esa 10 mm olish lozim.
322. Ustki qatlami asfaltbeton boʻlgan qattiq yoʻl toʻshamalarini loyihalashda deformatsiya yoriqlarni paydo boʻlishini sekinlashtirish maqsadida mustahkamlovchi geosetka va geokompozitlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, oʻlchami 40×40 mm dan katta boʻlmagan geosetkalardan foydalanish kerak.
323. Boʻylama va koʻndalang, siqilishga va choʻzilishga ishlaydigan choklar V12,5 va yuqori sinfdagi, shuningdek M150 marka va undan yuqori boʻlgan markadagi betonli asoslarda koʻzda tutilishi kerak.
324. Beton qoplama va asos orasiga polipropilen tolali zichligi 450 g/m2 dan kam boʻlmagan toʻqilmagan getekstil yotqizilishi lozim.
325. Temir-beton, armobeton va beton plitalardan yigʻma qoplamali yoʻl toʻshamasi tuzilmalarini mustahkamligi teng boʻlgan boshqa turdagi qoplamalar qurish uchun yaroqli mahalliy yoʻl qurilish materiallari boʻlmagan murakkab muhandislik-geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitlarida texnik-iqtisodiy asoslash natijasida qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
326. Yigʻma qoplama plitalarini namunaviy loyihalardan qabul qilish yoki gʻildirak bosimiga va ilgaklaridan koʻtarib transport vositalariga ortish, taxlash va montaj qilishda oʻz ogʻirliklari taʼsiriga chidamliliklari va yorilmasliklari sharti boʻyicha loyihalash kerak.
327. IIIs va IV-toifali yoʻllarda qumli asosga yotqiziladigan yigʻma qoplamalar tagiga qoplamaning butun kengligida ikki tomonidan 0,5 m li zaxira bilan va qoplamaning koʻndalang choklaridan yonbagʻirlar tomonga 0,75 m kenglikda chiqarilgan geotekstil materiallaridan qatlamlar yotqizish kerak.
328. Kengligi 1,5 m dan ortiq plitalardan qoplamalar quriladigan boʻlsa, choklar va qoplama chetlari tagiga kengligi 0,75 m dan kam boʻlmagan tasma koʻrinishida qatlamlar qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Texnik-iqtisodiy asoslanganda bunday tuzilmalarni III toifali yoʻllarda ham loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
329. I — III va Is-IIs toifali yoʻllarning balandligi 3 m dan ortiq boʻlgan qoya-togʻ jinslaridan tashkil topgan koʻtarmalarda, koʻtarma balandligidan qatʼiy nazar temir yoʻllardan oʻtadigan yoʻl oʻtkazgichlar oldidagi, 200 m gacha masofada, shuningdek yoʻl poyining bir tekisda choʻkmasligi kutiladigan yoʻl qismlarining individual loyihalarida, toʻrsimon armaturali sementbeton qoplamalar qurish kerak.
330. Quyma sementbeton qoplamalar qalinligini hisoblash avtomobillar ogʻirligidan tushadigan jami yuklanishning kattaligi va qaytarilishini hamda haroratni eʼtiborga olgan holda bajarilishi lozim.
331. Quyma va yigʻma qoplamali qattiq yoʻl toʻshama asoslari qalinligining hisobi, yoʻl poyi va yoʻl toʻshamasining har bir qatlamidagi siljishning chegaraviy muvozanati sharti boʻyicha olib borilishi kerak.
III va IV-toifali yoʻllarda qattiq yoʻl toʻshamasini elastiklik chegarasidan tashqarida ishlashiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, siljishdagi chegaraviy muvozanat sharti boʻyicha asos qalinligini hisoblash talab qilinmaydi.
332. Asos qalinligini mustahkamlik shartidan kelib chiqib, yoʻl toʻshamasini qurish davri uchun alohida (asosni quruvchi transport harakati uchun foydalanish maqsadida) va avtomobil yoʻlidan foydalanish davri uchun alohida hisoblash lozim.
Hisoblash natijasida katta qalinlikdagi asos qabul qilinishi kerak.
333. Beton asosli asfaltbeton qoplamalar hisobini ikki shart boʻyicha bajarish lozim:
qishning eng sovuq oyida asfaltbeton qoplamasining yorilishga chidamliligi;
avtotransport vositalaridan koʻp marta qaytariladigan ogʻirlik taʼsiriga qoplama va asos mustahkamligining chegaraviy qarshiligi.
334. Asfaltbeton qoplamasi va sementbeton asosining mustahkamligini yilning eng noqulay davri asfaltbetonning elastiklik moduli eng kichik boʻlgan yozning issiq oylari uchun hisoblash lozim.
3-§. Qattiq boʻlmagan yoʻl toʻshamalari
335. I va II-toifali yoʻllarda bikr boʻlmagan yoʻl toʻshamalari, yoʻldan foydalanish vaqtida uning tekisligini yomonlashuviga olib keluvchi qoldiq deformatsiyalarning birinchi mukammal taʼmirlash muddatigacha (yoki rekonstruksiya) buzilishiga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan loyihalash kerak.
336. Yoʻl toʻshamalarida (III-IV toifali hamda xoʻjalik yoʻllar uchun) hosil boʻladigan qoldiq deformatsiyalarning yigʻilishini hisobga olib, yoʻlning qatnov qismida yoʻl qoʻyilgan tekisligiga muvofiq loyihalash lozim.
337. Ayrim hollarda qurilish xarajatlarini kamaytirish maqsadida, IV toifali yoʻllardagi yoʻl toʻshamalarini tegishli asoslarga muvofiq yilning maʼlum bir vaqtida, uni mustahkamligi kamaygan noqulay davrida ogʻir yuk koʻtaruvchi transport vositalarini va ularning jadalligi boʻyicha harakatini chegaralashni hisobga olib loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
338. Qatnov qismning harakat tasmalaridagi qattiq boʻlmagan yoʻl toʻshamalarini harakatdagi yuklanishlarning qisqa vaqtda koʻp marta takrorlanishini hisobga olgan holda mustahkamlikka hisoblash lozim.
Yuklanish taʼsiri davomiyligini 0,1 s ga teng qabul qilib hisobga shu davomiylikka tegishli elastiklik modulining qiymati, material va gruntlarning mustahkamlik tavsiflari kiritilishi lozim.
339. Avtomobillar toʻxtab turadigan joylardagi va yoʻl chetlaridagi toʻshamalarni davomiy yuklanish (kamida 10 min) taʼsiriga hisoblash lozim.
Yuklanishning qaytarilishini hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
340. Jamoat transporti bekatlari, yoʻl chorrahalari va temir yoʻl bilan kesishuvga kirish joylaridagi toʻshamalarni yuklanishning qisqa vaqtda bir necha marta takrorlanish taʼsiriga, shuningdek yuklanishning davomiyligiga hisoblanishi hamda mustahkam tuzilmalar qabul qilinishi kerak.
341. Qattiq boʻlmagan yoʻl toʻshamalari qisqa muddatli yuklanishda mustahkamlikning uch mezoni boʻyicha hisoblanishi lozim:
butun tuzilmani elastik egilishi boʻyicha;
grunt va boʻsh bogʻlangan toʻshama qatlamlarining siljishga qarshiligi boʻyicha;
anorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan tosh materiallari va gruntli toʻshama qatlamlarining egilishdagi choʻzilishi boʻyicha.
Qattiq boʻlmagan yoʻl toʻshamalarini yuklanishning davomiy taʼsiriga hisoblash grunt va toʻshamaning bogʻlanmagan qatlamlaridagi siljish boʻyicha bajarilishi lozim.
342. Qattiq boʻlmagan yoʻl toʻshamasi va yoʻl poyining hisobiy yuklanish taʼsiridan zoʻriqishi va deformatsiyasini koʻp qatlamli tuzilmalar elastiklik nazariyasini qoʻllab, qatlamlar chegarasidagi mumkin boʻlgan eng yomon tutashuv sharoitini hisobga olib aniqlash lozim.
Koʻp qatlamli yoʻl toʻshamalari va yoʻl poyini ikki va uch qatlamli hisobiy modelga keltirishga yoʻl qoʻyiladi.
343. Yoʻl toʻshamasining hisobiy mustahkamlik natijalari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar zich holatdagi tuzilma qatlamlari qalinliklarini quyidagi 42-jadvalda keltirilgandan kam boʻlmagan qiymatlarda qabul qilish lozim.
42-jadval
Yoʻl toʻshamasining qoplama va boshqa qatlamlari materiallari
Qatlam qalinligi, cm
Yirik donali asfaltbeton
7
Mayda donali asfaltbeton
4
Qumli asfaltbeton
3
Bosib zichlashtiriladigan beton
15
Organik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh (shagʻalli) materiallar
8
Shimdirish usulida organik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh
8
Bogʻlovchilar bilan ishlov berilmagan chaqiq toshli, shagʻalli va chaqiq tosh qoʻshilgan shagʻalli materiallar:
qumli asosda
mustahkam asosda (tosh yoki mustahkamlangan gruntda)
15
8
Organik yoki anorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan materiallar va gruntlar
10
Izohlar:
1. Tuzilma qatlam qalinligini barcha hollarda mineral material qatlamlarida ishlatilgan eng yirik tosh oʻlchamidan kamida 1,5-marta katta qilib olinishi kerak.
2. Toshli materiallarni gil va suglinkali gruntlarga yotqizilganda qalinligi 10 cm dan kam boʻlmagan qum, chaqir qum, mustahkamlangan grunt yoki boshqa suvga chidamli materiallar qatlamini koʻzda tutish lozim.
4-§. Qoʻshimcha qatlamlar, mustahkamlangan yoʻl cheti tasmalari va ajratuvchi tasmalar
344. Gruntlar mavsumiy muzlaydigan hududlarda joylashgan qattiq va qattiq boʻlmagan yoʻl toʻshamali yoʻllardagi mustahkamlikni taʼminlashni hisobga olgan holda yoʻl poyi va toʻshamasini muzlashga yetarli darajada chidamliligini koʻpchishga qarshi tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
345. Koʻpchishga qarshi tadbirlar quyidagi hollarda talab qilinmaydi:
muzlash chuqurligi 0,6 m dan kam boʻlgan tumanlarda;
ishchi qatlami mazkur SHNQning 229 — 235-bandlari talablariga javob beruvchi yoʻl poyida;
mustahkamlik sharti boʻyicha zarur boʻlgan yoʻl toʻshamasining qalinligi muzlash chuqurligidan 2/3 ga katta boʻlgan hollarda.
346. Yoʻl qismlari mazkur SHNQning 345-bandi shartlariga javob bermaganida mazkur SHNQning 251-252-bandlariga asosan koʻpchishga qarshi tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
347. Turli vazifalarga moʻljallangan, issiqlikdan muhofaza qiluvchi qatlamlar qalinligi (yoʻl poyining muzlashini toʻliq oldini olish uchun yoki muzlash chuqurligini ruxsat etilgan chegaralarida toʻxtatish uchun) issiqlik texnikasi hisoblari bilan aniqlanishi kerak.
348. Gilli va lessimon gruntlardan, changli qumlardan tashkil topgan yoʻl poylari qismlarida ishchi qatlam 3-sxema namlanishida, donador (gʻovak) materialli asoslar va qoʻshimcha qatlamlarda suvni chetlatuvchi qurilmalari boʻlgan suv shimuvchi qatlam koʻzda tutilishi lozim.
349. Yoʻl toʻshamasining asosi yoki qoʻshimcha qatlamlari bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan grunt va tosh materiallaridan bajarilgan yoʻl qismlarida suv shimuvchi qatlamlar qurish zarurati ularni quritishni moʻljallab hisoblab belgilanishi lozim.
350. Suv shimuvchi qatlam qalinligi, uni qurish uchun ishlatiladigan materiallarning zaruriy suv oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, granulometrik tarkibi va boshqa talablar, qatnov qismi asosida yigʻiladigan suv miqdoriga, uni chetlatish uslubiga, suvning omillariga asoslanib hisoblash yoʻli bilan belgilanishi kerak.
351. Toʻxtash tasmalaridagi yoʻl toʻshamalarini hisoblashda jadallikni kamida 1/3 qismini yoki loyihada asoslanadigan tez yigʻiladigan qoldiq deformatsiyani istisno qiluvchi boshqa yuklanishni qabul qilish lozim.
352. Yoʻl yoqasining mustahkamlangan tasmasida (0,5 — 0,75 m) ajratuvchi tasma va toʻxtash tasmasida (2,5 m) aksariyat yirik boʻlakli (25 — 45 mm gacha) chaqiq tosh ishlatilgan rangi bilan ajralib turuvchi sementbeton yoki asfaltbetondan, shuningdek bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan mahalliy tosh, shagʻallar, kuyundi va boshqa mineral materiallardan qoplamalar lozim.
353. Yoʻl yoqasining qolgan qismi yuzasini, harakat jadalligi va tavsifiga yoʻl poyi grunti va iqlim xususiyatlariga qoʻra chaqiq tosh, shagʻal, kuyundi mahalliy sochma materiallar yotqizib mustahkamlash lozim.
354. Yoʻl yoqasi va poyi yonbagʻirlarini boʻylama nishabligi 30 ‰ dan ortiq, koʻtarma balandligi 4,0 m dan yuqori boʻlgan qismlarida, boʻylama kesimning botiq egriliklarida yuvilishdan saqlash uchun qatnov qismidan oqib tushadigan suvlarni yigʻish va chetga chiqarish uchun boʻylama nov va boshqa inshootlar qurish lozim.
355. Ajratuvchi tasmalarni yoʻlning qatnov qismlari bilan, ajratuvchi tasmada mustahkamlangan tasma qurish yoʻli bilan tutashtirish lozim.
Ajratuvchi tasmaning qolgan qismini oʻt ekish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, qatnov qism chetidan 1,75 m dan kam boʻlmagan masofada butalar ekish (yaxlit yoki harakat boʻylab koʻndalang tasma koʻrinishida) bilan mustahkamlash kerak.
5-§. Yoʻl toʻshamalari uchun materiallar
356. Sementbeton qoplama va asoslar uchun GOST 26633-2015 boʻyicha ogʻir va mayda donali betonlarni qabul qilinishi va mazur SHNQ ning 43-jadvali talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Asos qatlamlari uchun Oʻz DSt 3074-16 boʻyicha bosib zichlanadigan betonlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
357. Asfaltbeton qorishmalari va organik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan tosh materiallar quyidagi 43 va 44-jadvallarga asosan qabul qilinishi kerak.
43-jadval
Yoʻllarning toifasi
Betonning qoʻllanishi
Betonning mustahkamligi boʻyicha eng kichik loyihaviy sinflari
Tumanlardagi eng sovuq oyning oʻrtacha harorati, oSboʻlganda betonning sovuqqa chidamligi boʻyicha eng kichik loyihaviy markasi
egilishdagi choʻzilish boʻyicha
siqilish boʻyicha
00÷-5
-50÷ -150
-150>
I, II
Qoplama
Vtb4,0
V3O
F100
F 150
F 200
III
Qoplama
Vtb Z,6
V27,5
IV, Is — IIIs
Qoplama
Vtb 3,2
V25
I-IV, Is-IIIs
Asos
Vtb 1,2
V5;UB 75
F 25
F 50
F 50
Izoh. Yoʻl qurilayotgan tumanlar uchun eng sovuq oyning oʻrtacha harorati SHNQ 2.01.01-22 ga muvofiq aniqlanishi lozim.
44-jadval
Yoʻllar toifasi
Qoplama qatlamining materiali
ustki
ostki
I, II
I markali A, B, G turdagi zich va oʻta zich issiq asfaltbeton va polimer asfaltbeton, maxsus tolali hamda chaqiq tosh mastikali asfaltbeton qorishmalar
I markali gʻovak issiq asfaltbeton qorishmalar
III va Is-IIIs
I va II markali A, B, V, G va D turdagi zich issiq asfaltbeton qorishmalar
I markali Bx, Vx, va Gx turdagi sovuq asfaltbeton qorishmalar
I va II markali gʻovak issiq asfaltbeton qorishmalar,
organik yoki noorganik bogʻlovchilar bilan ishlov beril-gan tosh materiallar. I markali yuqori gʻovaklikdagi issiq asfaltbeton qorishmalar.
IV va IVs
A, B, V, G va D turdagi zich issiq asfaltbeton qorishmalar
Bx, Vx, Gx va Dx turdagi sovuq asfaltbeton qorishmalar
I va II markali gʻovak issiq asfaltbeton qorishmalar,
organik yoki noorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan tosh materiallar. I va II markali yuqori gʻovaklikdagi issiq asfaltbeton qorishmalar
IV, IVs toifa va III toifali yoʻllarning ikki bosqichli qurilishidagi birinchi bosqich
Organik yoki noorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan, yoʻlda aralashtirilgan, shimdirilgan, uskunada aralashtirilgan va yuzasiga ishlov berilgan (yedirilish qatlami) tosh materiallar
–
Izohlar:
1. Asfaltbeton GOST 9128-2013ga, chaqiqtosh mastikali asfaltbeton GOST 31015-2002 yoki Oʻz DSt 3610:22 talablariga, maxsus tolali asfaltbeton Oʻz DSt 3609:22 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
2. Bir qatlamli qoplamalarda qoplamaning ustki qatlami uchun keltirilgan materiallar qabul qilinadi.
3. Xoʻjaliklararo qishloq yoʻllari va boshqa aholi punktlarining koʻchalari (ichki yoʻllar) bir qatlamli qoplamalar bilan loyihalanganda, gʻovak issiq asfaltbeton qorishmalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
358. Asoslar uchun moʻljallangan asfaltbeton qorishmalar va organik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan tosh materiallar asos uchun quyidagi 45-jadvalga muvofiq qabul qilinishi kerak.
45-jadval
Yoʻl toifasi
Materiallar
I - II
II markali gʻovak va I markali yuqori gʻovaklikdagi issiq asfaltbeton qorishmalar.
III va Is-IIIs
II markali yuqori gʻovaklikdagi issiq asfaltbeton qorishmalar,
organik yoki noorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan materiallar va tuproqlar
IV, IVs
Yoʻlda aralashtirish, shimdirish va uskunada aralashtirish usullarida organik va noorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan tosh materiallar
359. Qoplama va asoslar uchun anorganik bogʻlovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq toshli va qumli materiallar GOST 23558-94 va quyidagi 46-jadval talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
46-jadval
Ishlov berilgan materiallar xususiyatining koʻrsatkichlari
Qora qorishmali yedirilish qatlami mavjud qoplama uchun
Asoslar uchun
Avtomobil yoʻllari toifasi
IV,V, Is-IIIs
IV
I,II
III, Is-IIIs
IV, V, IVs
28 d qotib suvga toʻyingan namunalarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa
6,0-7,5
4,0-7,5
4,0-7,5
2,0-6,0
Eng sovuq oyning oʻrtacha oylik harorati kamida °S boʻlgan tumanlar uchun sovuqqa chidamlilik markasi, kamida
0 dan minus 5 gacha
minus 5 dan minus 15 gacha
minus 15 dan minus 30 gacha
minus 30 dan past
F10
F25
F50
F75
F15
F25
F25
F50
F10
F15
F25
F50
-
F10
F15
F25
360. Mineral bogʻlovchilar bilan mustahkamlangan gruntli qoplama va asoslarni quyidagi 47-jadvalga muvofiq aniqlanishi lozim.
47-jadval
Mustahkamlangan gruntlar
xususiyatining koʻrsatkichlari
Mustahkamlangan gruntlarning sinflar boʻyicha koʻrsatkich qiymatlari
I
II
III
Suvga toʻyingan namunalarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa
6,0-4,0
4,0-2,0
2,0-1,0
Suvga toʻyingan naʼmunalarning choʻzilib egilishidagi mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida
1,0
0,6
0,2
Sovuqqa chidamlilik koeffitsiyenti, kamida
0,75
0,7
0,65
Izoh. Portlandsement yoki kuyundili portlandsement bilan mustahkamlangan gruntlarning fizik-mexanik koʻrsatkichlari 28 d da qotgan namunalar uchun, sekin qotadigan bogʻlovchilar (quruq koʻmir kukuni) bilan mustahkamlanganda, shuningdek sementli grunt qorishmalarida koʻrsatkichlar 90 d da qotgan namunalar uchun berilgan
361. Qoʻsh bogʻlovchilar bitum emulsiyasi, suyuq bitum, sement yoki ohak bilan birgalikda, shuningdek bitum emulsiyasi yoki xom neft, karbomidli qatron bilan birgalikda yoki karbomidli qatron texnik lignosulfonat qoʻshimchasi bilan birgalikda mustahkamlangan gruntli qoplama va asoslarni quyidagi 48-jadvalga asosan qabul qilish kerak.
Mustahkamlangan gruntlarning sinflar boʻyicha koʻrsatkich qiymatlari
I
II
III
Suvga toʻyingan namunalarning 20 °S siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa
4,0-2,5
2,5-1,5
1,5-1,0
Suvga toʻyingan namunalarning 20 °S choʻzilib egilishidagi mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida
1,0
0,6
0,4
Sovuqqa chidamlilik koeffitsiyenti, kamida
0, 85
0,8
0,7
Izoh.Fizik-mexanik xususiyatlar koʻrsatkichi 28 d da qotgan namunalar uchun berilgan.
362. Faol qoʻshimchali yoki qoʻshimchasiz va faol yuzali moddalarsiz organik bogʻlovchilar bitum emulsiyasi, suyuq bitumlar bilan mustahkamlangan qoplama va asoslarni quyidagi 49-jadvalga asosan qabul qilish lozim.
Suvga toʻyingan namunalarning 20 °S siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa
1,2
aniqlanmaydi
Xuddi shunday 50 °S, MPa, kamida
0,7
aniqlanmaydi
Suvga toʻyingan namunalarning 20 °S choʻzilib egilishidagi mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida
0,6
0,4
Koʻpchish hajmga nisbatdan % da, koʻpi bilan
5,0
aniqlanmaydi
Sovuqqa chidamlik koeffitsiyenti, kamida
0,6
aniqlanmaydi
Izoh. Fizik-mexanik xususiyatlar koʻrsatkichlari 7 d.da qotgan namunalar uchun berilgan, 28 d da qotgan namunalarda aniqlanadigan sovuqqa chidamlilik koeffitsiyentidan tashqari.
363. Yoʻl toʻshamasi yupqa qatlam bitum-madanli qoplamada (3 — 5 cm) yoki ikki marta ishlov berilgan yedirilish qoplamasi koʻrinishida loyihalanganda ostki qatlamlar uchun quyidagi 50-jadval asosidagi mustahkamlangan gruntlar koʻzda tutilishi lozim.
50-jadval
Qoplamaning ostki qatlamini qurish uchun mustahkamlangan gruntlar turi
Yoʻl toifasi
Yoʻl-iqlim mintaqasi
Bitum emulsiyalari yoki suyuq bitumlar yoki toshkoʻmir bogʻlovchilar sement yoki ohak bilan birgalikda, shuningdek bitum emulsiyalar xom neft karbomidli katronlari bilan birgalikda yoki karbomid qatronlari texnik LST qoʻshimchasi bilan birgalikda mustahkamlangan gruntlar (mazkur SHNQning 47-jadvali)
III – IV
Is-IIIs
I-IV
Mustahkamligi boʻyicha I va II sinflarga mansub, faol qoʻshimchali yoki qoʻshimchasiz yoki faol yuzali moddalarsiz mineral bogʻlovchilar bilan mustahkamlangan gruntlar (mazkur SHNQning 46-jadvali)
III-V, Is-IIIs
I-IV
Mustahkamligi boʻyicha I va II sinflarga mansub, qoʻshimchali yoki faol qoʻshimchasiz yoki faol yuzali moddalarsiz organik bogʻlovchilar bilan mustahkamlangan gruntlar (mazkur SHNQning 48-jadvali)
IV – V,
Vs
I-IV
364. Mukammal turdagi yoʻl toʻshamalarini loyihalashda mustahkamlangan gruntlarni asos sifatida quyidagi 51-jadvalga asosan qabul qilish zarur.
51-jadval
Asos qurilishi uchun mustahkamlangan gruntlar turi
Yoʻl toifasi
Yoʻl-iqlim mintaqasi
Quyma sementbeton yoki yigʻma qoplamalarning asosi uchun mustahkamligi boʻyicha I va II sinflarga mansub, mineral bogʻlovchilar bilan mustahkamlangan gruntlar (mazkur SHNQning 46-jadvali)
I — III, Is — IIIs
I — IV
Qalinligi 8 cm va undan ortiq asfaltbeton qoplamali asosning yuqori qatlami uchun, mustahkamligi boʻyicha I va II sinflarga mansub (mazkur SHNQning 46-jadvali) sement, bitum emulsiyasi yoki xom neft yoki toshkoʻmir bogʻlovchilar yoki sulfatli achitqining karbomid formaldegidli qatronlar bilan birgalikda mustahkamlangan gruntlar
I — III, Is — IIIs
I — IV
Asfaltbeton qoplamali asosning pastki qatlami uchun mustahkamlash boʻyicha I va II klasslarga mansub qoʻshimchali yoki faol qoʻshimchasiz yoki faol yuzali moddalarsiz mineral bogʻlovchilar bilan mustahkamlangan gruntlar (mazkur SHNQning 48-jadvali)
I — III, Is — IIIs
I — IV
365. Mustahkamlangan gruntlarni navbat bilan muzlatib-eritish usulida sovuqqa chidamliligi sinalganda, muzlatib-eritish davrlarining soni, muzlatish harorati yoʻl iqlim mintaqasi va mustahkamlangan grunt qatlamining yoʻl toʻshamasida joylashishiga qarab quyidagi 52-jadvalga muvofiq aniqlanishi kerak.
52-jadval
Yoʻl toʻshamasining tuzilma qatlami
Yoʻl-iqlim mintaqalari uchun mustahkamlangan gruntlarning suvga toʻyintirilgan namunalarini muzlatib eritish davrlarining soni (chiziq ustida) va muzlatish harorati (chiziq ostida)
I — IV
Ikki qatlamli asfaltobeton qoplamasi ostidagi asosning yuqori qatlami; quyma sementbeton qoplamasi ostidagi asos
10
-5°S
kapillyarlar shimdirishda
Ikki qatlamli asfaltobeton qoplamasi ostidagi asosning yuqori qatlami; yigʻma temir-beton qoplama ostidagi asos
5
-5°S
kapillyarlar shimdirishda
Yoʻl toʻshamasining tuzilma qatlami
Yoʻl-iqlim mintaqalari uchun mustahkamlangan gruntlarning suvga toʻyintirilgan namunalarini muzlatib eritish davrlarining soni (chiziq ustida) va muzlatish harorati (chiziq ostida)
I — IV
Yuzasiga ikki marta ishlov berilib mustah-kamlangan bir qatlamli grunt qoplama
5
-5°S
kapillyarlar shimdirishda
Ikki qatlamli asfaltbeton yoki quyma sementbeton qoplamasi ostidagi asosning qoʻshimcha (sovuq yoki issiqdan muhofaza qiluv-chi) qatlami
-
Izohlar:
1. Asosning ustki va ostki qatlamlarida foydalaniladigan mustahkamlangan gruntlar uchun sovuqqa chidamlilik koeffitsiyenti kamida 0,75, qoʻshimcha qatlamlar uchun esa kamida 0,65 boʻlishi zarur.
2. Tajribalar Xojayli — Nukus — Qarantaqir chizigʻining shimolida yoʻl qurilayotgan tumanlar uchun oʻtkaziladi.
3. Togʻli joylarda mustahkamlangan gruntlardan foydalanishda, muzlatib-eritish davrlarining soni va muzlatish harorati loyihalanayotgan yoʻlning joylashish balandligini va shu balandlikdagi tabiiy sharoitni inobatga olib aniqlanishi lozim.
366. Qumli sement qorishmasi bilan mustahkamlangan chaqiq toshli asoslarni loyihalashda oʻlchami 40 — 70 (70 — 120) va 5 — 40 mm boʻlgan chaqiq tosh qoʻllanilishi lozim.
367. Chaqiq toshning mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi quyidagi 53-jadval talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Qumli sement qorishmasining xususiyati va uning sarfi GOST 23558-94 va mazkur SHNQning 54-jadval talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
53-jadval
Chaqiq tosh xususiyatlarining koʻrsatkichlari
Avtomobil yoʻli toifasi
I-II
III, Is — IIIs
IV, Vs
Suvga toʻyingan holatda silindrdagi siqilish boʻyicha mustahkamlik markasi, kamida:
magmatik, metamorfik togʻ jinslari, qora va rangli metallurgiya kuyundilari
choʻkindi togʻ jinslari
800
600
600
600
600
200
Ishqalanish boʻyicha markasi, kamida
I III
I III
I IV
Eng sovuq oyda oʻrtacha oylik havo harorati °S boʻlgan tumanlar uchun sovuqqa chidamlilik markasi:
0 dan minus 5 gacha
minus 5 dan minus 15 gacha
minus 15 dan minus 30 gacha
minus 30 dan past
15
25
50
75
-
15
25
50
-
-
15
25
54-jadval
Koʻrsatkichlar
Yoʻl toifasi
I-II
III, Is — IIIs
IV-V, Vs
Qumli sementning
siqilishga mustahkamligi boʻyicha markasi
60 — 100
60 — 75
40 — 60
Mustahkamlash chuqurligi, cm
10 — 15
5 — 10
5 — 10
Qumli sement
aralashmasining sarfi, m3 100m2
4 — 9
3 — 6
3 — 6
368. Zichlash usulida quriladigan chaqiq toshli qoplama va asosni loyihalashda GOST 8267-93, GOST 3344-83 boʻyicha 40 — 70 va 70 — 120 mm kattalikdagi chaqiq toshlarni asosiy material sifatida, 20 — 40, 10 — 20 va 5 — 10 mm kattalikdagilarini esa zichlanganda orasini toʻldiruvchi sifatida yoki GOST 32703-2014, GOST 32826-2014 boʻyicha 45 — 63 va 63-90 mm kattalikdagi chaqiq toshlarni asosiy material sifatida, 22,4 — 45, 11,2 — 22,4 va 4 — 11,2 mm kattalikdagilarini esa zichlanganda orasini toʻldiruvchi sifatida ishlatish lozim.
Asos qurilishida GOST 25607-2009 ning 6 — 8 va 11 raqamli qorishmalarini toʻldiruvchi sifatida ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
369. Tosh materiallarning mustahkamlik va sovuqqa chidamlilik markasi quyidagi 55-jadval talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Toʻldiruvchi materialning mustahkamligi asosiynikiga qaraganda bir markaga kichik boʻlishi mumkin.
Asosning tuzilma qatlamida markasi 400 va undan kichik boʻlgan karbonat togʻ jinsli chaqiq toshlar ishlatilganda toʻldiruvchi materiallardan foydalanmasa ham boʻladi.
55-jadval
Tosh materiallari xususiyatlarining
koʻrsatkichlari
Qoplama uchun
Asos uchun
Avtomobil yoʻlining toifasi
IV, Vs
V
I-III, Is-IIIs
IV-V, Vs
Suvga toʻyingan holatda silindrdagi siqilish boʻyicha mustahkamlik markasi, kamida:
magmatik va metamorfik togʻ jinslarida
choʻkindi togʻ jinslarida
fosforli, qora va rangli metallurgiya kuyundilarida
shagʻal chaqiq toshida
1000
800
800
800
800
600
600
600
800
600
600
600
600
300
300
400
Ishqalanish boʻyicha markasi
II II
II III
II III
II IV
Eng sovuq oyining oʻrtacha oylik havo harorati °S boʻlgan tumanlar uchun sovuqqa chidamlilik markasi:
0 dan minus 5 gacha
minus 5 dan minus 15 gacha
minus 15 dan minus 30 gacha
minus 30 dan past
15
25
50
75
15
25
50
75
15
25
50
75
-
15
25
50
370. Zich qorishmali chaqiq tosh va shagʻalli qoplama hamda asoslarni loyihalashda foydalaniladigan materiallar GOST 25607-2009 (qoplamalar uchun 3 va 5 raqamli, asoslar uchun 1; 2; 4; 6 va 7-raqamli) talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
371. Qorishma tarkibiga kiruvchi chaqiq tosh va shagʻal mustahkamlik sovuqqa chidamlilik markasi boʻyicha ushbu SHNQ ning 56-jadvali talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
372. Tarkibida 50 foizdan ortiq silliq shagʻal donalari boʻlgan 800 va katta markali shagʻal materiallarning yaxshi zichlashishi va koʻtarish imkoniyatini oshirish maqsadida unga kamida 25 foiz miqdorida shagʻaldan olingan chaqiq tosh qoʻshish kerak.
56-jadval
Tosh materiallari xususiyatlarining
koʻrsatkichlari
Qoplama uchun
Asos uchun
Avtomobil yoʻlining toifasi
IV, Vs
V
I-II
III,
Is-IIIs
IV –V, Vs
Suvga toʻyingan holatda silindrdagi siqilish boʻyicha mustahkamlik markasi, kamida:
magmatik va metamorfik togʻ jinslaridan chaqiq toshda
choʻkindi togʻ jinslarida
shagʻal va shagʻal chaqiq toshida
fosforli, qora va rangli metallurgiya kuyundilarida
800
600
800
600
600
400
600
400
800
600
800
600
600
400
600
400
600
200
400
200
Ishqalanish boʻyicha markasi
I III
I III
I III
I III
I IV
Eng sovuq oyi ning oʻrtacha oylik havo harorati °S boʻlgan tumanlar uchun sovuqqa chidamlilik markasi
0 dan minus 5 gacha
minus 5 dan minus 15 gacha
minus 15 dan minus 30 gacha
minus 30 dan past
15
25
50
75
15
25
50
75
15
25
50
75
-
15
25
50
-
-
15
25
Shagʻaldan olingan chaqiq tosh tarkibidagi qirrali donalarning umumiy ogʻirligiga nisbatan miqdori, kamida
70
50
80
70
25
373. IV a IVs toifali yoʻllarning chaqiq toshli qoplamalarida ishlatiladigan 800 va undan ortiq markali magmatik va metamorfik togʻ jinslari, 600 va undan ortiq markali choʻkindi togʻ jinslarining tarkibidagi yassi va ignasimon shakldagi donalar umumiy ogʻirlikning 15 foizdan, I — III hamda Is — IIIs toifali yoʻl asoslarida esa 35 foizdan oshmasligi kerak.
374. Chaqiq tosh va shagʻalning suvga chidamliligi chaqiq toshli va shagʻalli qoplamalar uchun 1-markadan, asoslar uchun esa 2-markadan kam boʻlmasligi kerak.
375. Chaqiq tosh va shagʻalning yumshoqlik qiymati chaqiq toshli va shagʻalli qoplamalar uchun Pl-I markada, I — III va Is — IIIs toifali yoʻl asoslari uchun kamida Pl-2 markada va IV va IVs toifali yoʻllar uchun kamida Pl-3 markada boʻlishi kerak.
376. Qoʻshimcha qatlamlarda foydalaniladigan qumli shagʻal (qumli-chaqiq tosh) qorishmalar GOST 25607-2009 va quyidagi 57-jadval talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
377. Asosning qoʻshimcha qatlamlarida foydalaniladigan qorishmalarning suv oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti 1 m/d dan kam boʻlmasligi kerak.
57-jadval
Qorishma
raqami
Gʻalvirlar oʻlchami, mm elakdagi toʻla qoldiq, umumiy ogʻirligiga nisbatan foiz hisobida
70
40
20
10
5
2,5
0,63
0,16
0,05
1
0
10-20
20-40
25-65
40-75
70-85
70-90
90-95
97-100
2
0
0-5
0-10
10-40
30-70
45-80
60-85
75-92
97-1 00
378. I — III toifali yoʻllar asosining qoʻshimcha qatlamlarida foydalaniladigan qorishmalar tarkibidagi chaqiq toshning (shagʻal) mustahkamlik boʻyicha markasi kamida 200 (shagʻal va shagʻal chaqiq toshniki 400) boʻlishi kerak.
379. Tarkibidagi 0,16 mm oʻlchamli donalar, umumiy vaznning 25 foizdan oshmagan, chang va gil zarralari 5 foizdan oshmagan, shuningdek tabiiy qumlar uchun 0,5 foizdan, maydalab olingan qirrali qumlar uchun 1 foizdan oshmagan GOST 8736-2014 boʻyicha yoʻl toʻshamalarining suv oʻtkazuvchi va sovuqdan saqlovchi qatlamlarida foydalaniladigan qumlarni qoʻshimcha sinovlarsiz ishlatish mumkin. Bunda, eng katta zichlikdagi suv oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti 1 m/h dan kam boʻlmasligi kerak.
380. Mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi hisoblab topiladigan yoʻl toʻshamasining sovuqdan saqlovchi qatlamlarida suv oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti kamida 0,2 m/h boʻlishi, koʻpchish koeffitsiyenti va siljish xususiyatlari talab darajasidagi kam koʻpchiydigan qumli gruntlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
381. Qoplama yuzalari vaqt davomida hisobiy tezlik va harakat xavfsizligini taʼminlaydigan tegishlicha tekis va gʻadir-budur boʻlishi kerak.
Qatnov qism va asos yuzasi tekisligi boʻyicha, shuningdek yoʻl toʻshamasi tuzilma qatlamlarining zichligi boʻyicha mumkin boʻlgan chekinishlar QR 06.03-23 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
382. Avtomobil shinasining qatnov qismi yuzasi bilan vaqt davomida barqaror yuqori qiymatlardagi tishlashish koeffitsiyentiga erishish uchun gʻadir-budur qoplamalarda harakat taʼsiridan silliqlanishga chidamli tosh materiallardan foydalanish lozim.
383. I — III va Is-IIs toifali yoʻllar uchun talabdagi tishlashish koeffitsiyentining qiymatlari, qoplamaning nam yuzasidagi xarakat sharoitiga va yoʻl qismining tavsifiga koʻra quyidagi 58-jadvalda keltirilgan.
58-jadval
Harakat
sharoiti
Yoʻl qismlarining tavsifi
Tishlashish koeffitsiyenti
Yengil
Toʻgʻri qismlar yoki radiusi 1000 m va undan ortiq boʻlgan egriliklar, gorizontal yoki boʻylama nishabligi 30 ‰ dan katta boʻlmagan qismlar, koʻndalang kesim elementlari mazkur SHNQning 5-jadvalidagi talablarga muvofiq keluvchi, mustahkamlangan, bir sathdagi kesishuvlarsiz, yuklanganlik darajasi 0,3 dan ortiq boʻlmagan qismlar
0,45
Qiyinlashgan
Rejadagi egriliklar radiusi 250 dan 1000 m gacha boʻlgan qismlar, nishabligi 30‰ dan 60 ‰ gacha boʻlgan koʻtarilish va tushishlar, qatnov qismi toraygan joylar, shuningdek yengil harakat sharoitidagi yuklanganlik darajasi 0,3-0,5 chegarasida boʻlgan qismlar
0,5
Xavfli
Koʻrinish hisobidan kam boʻlgan qismlar, nishabliklari hisobidan ortiq boʻlgan, koʻtarilish va tushishlar, bir sathdagi kesishish joylari, shuningdek yengil va qiyinlashgan sharoitlardagi yuklanganlik darajasi 0,5 dan ortiq boʻlgan qismlar
0,6
Izoh.Tishlashish koeffitsiyentlari dinamometrik tirkamali PKRS-2 vositasi yordamida, yoʻldan foydalanish jarayonida ularning kamayishini hisobga olmasdan belgilangan. Boshqa (ixcham) vositalardan foydalanilganda ularning koʻrsatkichlari PKRS-2 vositasi koʻrsatkichlariga keltirilishi kerak.
384. Mazkur SHNQning 58-jadvalida keltirilgan tishlashish koeffitsiyenti qiymatlarini quyidagicha taʼminlash lozim:
yuzaga ishlov berish usuli yoki mustahkamligi kamida 1000 markali chaqiq toshni joylashtirish bilan gʻadir-budur yuzani hosil qilish;
A va G, shuningdek B turlaridagi asfaltbeton qorishmalarida mustahkamligi kamida 1000 markali chaqiq tosh va qirrali qum yoki magmatik togʻ jinslarining maydalab gʻalvirdan oʻtkazilganini ishlatib qoplamalar qurish bilan;
sementbeton qoplamalar yuzasiga maxsus ishlov berish bilan.
385. III, IV va Is — IIIs toifali yoʻllarning yengil harakat sharoitlaridagi qismlarida V va D turlardagi asfaltbeton qorishmalaridan qoplama qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, qoplamalarning velosiped va piyodalar yoʻlakchalarida, avtobuslar bekati oldidagi maydonlarda, avtomobillarga yonilgʻi quyish hududlarida, dam olish maydonchalarida boʻlishi kerak.
386. Yoʻlning xavfli qismlariga yaqinlashishda (250 — 300 m masofada) koʻndalang (“shovqin”) tasmalarni qurish uchun, oʻlchami 25 — 35 mm li chaqiq toshlardan yuzaga ishlov berish orqali koʻtarilish balandligi 10 — 12 mm dagi yirik gʻadir-budur yuzalar loyihalanishi lozim.
387. Koʻndalang tasmalarning kengligini 5 — 7 m, tasmalar orasidagi masofani boshlanishida 30 m dan boshlab oxirida 10 — 15 m gacha qabul qilish lozim.
Tasmalar orasidagi qoplama xavfli harakat sharoitiga toʻgʻri keluvchi kattalikdagi gʻadir-budur yuzali boʻlishi kerak.
10-bob. Koʻpriklar, quvurlar va tonnellar
388. Avtomobil yoʻllaridagi koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, viaduklar, estakadalar va quvurlarni SHNQ 2.05.03-22 talablari asosida loyihalash kerak.
389. Avtomobil yoʻllari tonnellarini QMQ 2.05.05-96 talablari asosida loyihalash kerak.
390. Avtoyoʻl tonellaridagi hisobiy harakat jadalligini mazkur SHNQning 5 — 8-bandlariga asosan aniqlanishi lozim.
Avtoyoʻl tonnellari uchun istiqboldagi davr 30 yil olinishi kerak.
391. Avtomobil yoʻllaridagi koʻprik va tonnellarni, shuningdek ularga kelish qismlarini, yoʻllardagi harakat sharoitining bir xilliligi talablariga rioya qilgan holda loyihalash kerak.
392. Tonnellarga kelishdagi yoʻl qatnov qismini tonnel peshtoqidan kamida 250 m masofada, qatnov qismi cheti boʻylab tushiriladigan uzluksiz chiziqli belgi bilan ajratish lozim.
11-bob. Yoʻlni jihozlash va himoyalovchi yoʻl inshootlari
393. Yoʻlni jihozlashga yoʻldagi harakatni tashkil qiluvchi texnik vositalar (toʻsiqlar, belgilar, chiziqli belgilar, yoʻnaltiruvchi qurilmalar, yori-tish tarmoqlari, svetoforlar, harakatni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar) koʻkalamzorlashtirish, kichik arxitektura shakllari kirishi kerak.
394. Yoʻl toʻsiqlari qoʻllanish sharoitiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi:
birinchi guruh — toʻsiqlarga transport vositalarining yoʻlning xavfli qismlaridan, koʻpriklardan, yoʻl oʻtkazgichlardan majburiy tushib ketishlari, shuningdek qarama-qarshi oqim transport vositalarining toʻqnashishi, katta toʻsiq va inshootlarga urilishlarini oldini oladigan (kamida 0,75 m) balandlikdagi gʻov tuzilmalar va gʻildirakni qaytaruvchi (kamida 0,6 m) balandlikdagi brus parapetlar kiradi;
ikkinchi guruh — toʻsiqlariga piyodalar harakatini tartibga soluvchi, hayvonlarni yoʻl qatnov qismiga chiqishini oldini oluvchi (0,8 — 1,5 m) balandlikdagi panjara turidagi tuzilmalar, sim toʻqimalar kiradi.
395. Birinchi guruhga mansub toʻsiqlar I — IV hamda Is — IIIs toifali avtomobil yoʻllarining quyidagi qismlari yoqalarida oʻrnatilishi kerak:
yonbagʻir qiyaliklari 1:3 va undan ortiq boʻlgan koʻtarmalarda ushbu SHNQning 59-jadvalida keltirilgan talablarga asosan;
temir yoʻl izlari, chuqurligi 2 m va undan ortiq boʻlgan suv oqimlari, jarliklar va togʻ daralariga parallel joylashgan qismlarda, istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 dona/d boʻlganda qatnov qism chetidan 25 m gacha va istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 dona/d dan kam boʻlganda — 15 m gacha boʻlgan masofada;
istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 dona/d, qiyaligi (yonbagʻir tomondagi) 1:3 dan katta boʻlgan joylardan oʻtganda;
turli sathlardagi murakkab kesishma va tutashmalarda;
rejadagi yoʻl yoʻnalishi oʻzgarganda, koʻrinish yetarlicha boʻlmagan joylarda;
sunʼiy inshootlarga yaqinlashishda, koʻtarma balandligi 3 m va undan ortiq boʻlgan yoʻl qismlarida, koʻtarma balandligi kam boʻlganda esa sunʼiy inshootning oraliq qurilma uzunligi 10 m dan oshsa, inshootning boshi va oxiridan har ikki tomonga kamida 18 m masofada.
59-jadval
Avtomobil yoʻllarining qismlari
Boʻylama nishablik, ‰
Istiqboldagi harakat jadal-ligi, kamida dona/ d
Koʻtarmaning eng kichik balandligi, m
Toʻgʻri chiziqli radiusi 600 m dan ortiq rejadagi egrilikda va radiusi 600 m dan kam rejadagi egrilikning ichki tomonida, tushishda yoki undan keyin
40 gacha
2000
1000
3,0
4,0
Toʻgʻri chiziqli radiusi 600 m dan ortiq rejadagi egrilikda va radiusi 600 m dan kam rejadagi egrilikning ichki tomonida, tushishda yoki undan keyin
40 va undan ortiq
2000
1000
2,5
3,5
Radiusi 600 m dan kam rejadagi egrilikning tashqi tomonida, tushishda yoki undan keyin
40 gacha
2000
1000
2,5
3,5
Boʻylama kesimda algebraik farqi 50 ‰ va undan koʻp boʻlgan uchrashuvchi nishabliklarni tutashtiruvchi botiq egrilikda
-
2000
1000
2,5
3,5
Radiusi 600 m dan kam rejadagi egrilikning tashqi tomonida, tushishda yoki undan keyin
40 va undan ortiq
2000
1000
2,0
3,0
Izoh. Yoʻl toʻsiqlarini oʻrnatish oʻrniga jadallik 2000 dona/d dan ortiq boʻlganda nishabligi 1:4 qiyalikdagi va harakat jadalligi undan kam boʻlganda nishabligi 1:3 qiyalikdagi koʻtarma yonbagʻirlarini qurishga yoʻl qoʻyiladi.
396. Qatnov qismi chetidan 4 m dan kam masofada joylashgan axborot-koʻrsatuv belgilari, aloqa va yoritish tarmoqlari tayanchlarini toʻsiqlar bilan muhofaza qilishni koʻzda tutish kerak.
Birinchi guruh toʻsiqlari, tuzilmaning qattiqligiga koʻra yoʻl poyi qoshidan 0,5 m va koʻpi bilan 0,85 m masofada joylashtirilishi kerak.
397. Avtomobil yoʻllarining yoqasida quyidagi toʻsiqlar oʻrnatilishi kerak:
I va II toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kam boʻlgan rejadagi egrilikning tashqi tomonida ustunchalar qadami 1 m boʻlgan urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli;
I va II toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kam boʻlgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan boshqa joylarida, ustunchalar qadami 2 m boʻlgan urilish quvvatini yutuvchi gʻov turidagi bir tomonli metall toʻsiqlar;
I va II toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kam boʻlgan rejadagi egrilikning boshqa joylarida, ustunchalar qadami 3 m boʻlgan urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli, gʻov turidagi metall toʻsiqlar;
I va II toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kam boʻlgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan, ustunchalar qadami 4 m boʻlgan, urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli gʻov turidagi metall toʻsiqlar;
I va II toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kam boʻlgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan boshqa joylarida, III, Is, va IIs toifali yoʻllarning toʻgʻri qismlarida va radiusi 600 m dan ortiq boʻlgan rejadagi egriliklarda qattiq metalldan ishlangan bir tomonli gʻov turidagi toʻsiqlar;
I va II toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kam boʻlgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan va III, Is, va IIs toifali yoʻllarda temir-beton tayanchda metall plankali gʻov turidagi bir tomonli toʻsiqlar;
IV va IIIs toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kam boʻlgan rejadagi egrilikning ichki tomonida, ustunchalar qadami 1,25 m boʻlgan gʻov turidagi bir tomonli temir-beton toʻsiqlar;
III, Is, va IIs toifali yoʻllarda radiusi 600 m dan ortiq boʻlgan rejadagi egriliklar va toʻgʻri qismlarda, IV va IIIs toifali yoʻllarda ustunchalar qadami 2,5 m boʻlgan gʻov turidagi bir tomonli temir-beton toʻsiqlar;
III, Is, va IIs toifali yoʻllarda, radiusi 600 m dan kichik boʻlgan rejadagi egrilikning ichki tomonida va IV va IIIs toifali yoʻllarda, gʻov turidagi bir tomonli tross toʻsiqlar;
togʻli joylarning I — IV hamda Is — IIIs toifali yoʻl qismlarida — parapet turidagi toʻsiqlar.
398. I toifali yoʻllarning ajratuvchi tasmalarida birinchi guruh toʻsiqlari quyidagi 60-jadvalda keltirilganlarni hisobga olgan holda oʻrnatilishi kerak.
Birinchi guruh toʻsiqlar ajratuvchi tasmaning oʻqi boʻylab, xavfli gʻovlar mavjud joylarda-ajratuvchi tasma oʻqi boʻylab qatnov qism chetidan kamida 1 m masofada joylashtirilishi kerak.
60-jadval
Ikkala yoʻnalishdagi harakat tasmalari
Ajratuvchi tasmadagi xavfli gʻovlar
Ajratuvchi tasma kengligi, m, boʻlganda istiqboldagi harakat jadalligi, kamida
3-4
5-6
4
yoʻq
bor
30000
20000
40000
30000
6
yoʻq
bor
40000
30000
60000
50000
399. Ajratuvchi tasma kengligi 3 m dan ortiq boʻlganda ikki tomonli metall toʻsiqlar, kengligi 3 m va undan kam boʻlganda parapet turidagi temir-beton toʻsiqlar, shu jumladan sirti maxsus yuzalik toʻsiqlar oʻrnatish kerak.
400. Yoʻl toʻsiqlarini oʻrnatishda istiqboldagi 5-yillikga moʻljallangan hisobiy harakat jadalligi qabul qilinishi lozim.
401. I va II toifali avtomobil yoʻllarida trossli toʻsiqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
402. Parapet turidagi toʻsiqlarni alohida bloklar koʻrinishida qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Togʻli joylarning juda qiyin sharoitlarida texnik jihatdan tegishlicha asoslanganda boʻlaklar orasi 10 m dan oshmagan, uzunligi kamida 50 m boʻlgan parapet turidagi toʻsiqlarni oʻrnatish lozim.
403. Urilish quvvatini yutuvchi metall yoʻl toʻsiqlari koʻprik toʻsiqlari bilan tutashtirilganda, yoʻl toʻsiq ustunchalari qadamini 1 m gacha yetkazish kerak. Bunda, ustunchalar qadami bir xil boʻlgan qismlar uzunligi 8 m ga teng boʻlishi lozim.
404. Koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar oraliq qurilmalarining yoʻl poyi bilan qoʻshilish joyidagi oʻtish plitalari chegarasidagi toʻsiqlar tuzilmasini oraliq qurilmalarini kabi qabul qilishi kerak.
Toʻsiq toʻsinlarining tutashgan joylaridagi deformatsiya choklari, oʻzaro siljiydigan koʻrinishda bajarilishi lozim.
Ajratuvchi tasmada yoʻlga parallel joylashgan yoki kesishma va tutashmalarning yoʻl yoqalarida joylashgan gʻov turidagi bir tomonli ikkita metall toʻsiqlarining tutashuvini 1 m dan kam boʻlmagan radiusda bajarish lozim.
405. Rejadagi toʻsiqlar chizigʻini oʻzgartirish zaruriyati boʻlganda, uni kamida 10:1 nisbatda oʻtkazilishi lozim.
406. Ikkinchi guruh toʻsiqlari quyidagi holatlarda oʻrnatilishi kerak:
I toifali yoʻlning piyodalar yoʻlakchasi (shu jumladan yer ostki va ustki ) boʻlgan avtobus bekatlari qarshisidagi ajratuvchi tasmada, bekatning butun uzunligi boʻylab va uning tashqarisida ikki tomonga kamida 20 m masofada;
chegara toshining (bordyur) oldi yuzasidan (panjara turidagi tuzilma koʻrinishida) kamida 0,3 m masofada;
ajratuvchi tasma oʻqida, yoʻl oʻtkazgich va yoritish tarmogʻining tayanchlari, axborot-koʻrsatuvchi yoʻl belgilarining konsolli va romli tayanchlari mavjud boʻlganda, ajratuvchi tasma oʻqi boʻylab qatnov qism chetidan sim toʻrlar kamida 1 m va panjara turidagi toʻsiqlar kamida 0,5 m masofada.
407. I toifali avtomobil yoʻllari, shuningdek II — IV toifali yoʻllarning xavfli qismlarida, sunʼiy yoritish va birinchi guruh toʻsiqlarini oʻrnatish talab qilinmaganda, 0,75 — 0,8 m balandlikdagi ogohlantiruvchi ustunchalar koʻrinishdagi yoʻnaltiruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
408. II — IV va Is — IIIs toifali yoʻllarning yoqalarida ogohlantiruvchi ustunchalar quyidagi hollarda oʻrnatilishi lozim:
boʻylama kesimdagi egriliklar chegarasida va ularga kelishda (har tomondan uchtadan ogohlantiruvchi ustunchalar) koʻtarmaning balandligi 2 m dan kam boʻlmaganda va harakat jadalligi kamida 2000 dona/d boʻlganda mazkur SHNQning 61-jadvalida keltirilgan masofalarda;
rejadagi egriliklar chegarasida va ularga kelishda (har tomondan uchtadan ogohlantiruvchi ustunchalar) koʻtarma balandligi 1 m dan kam boʻlmaganda mazkur SHNQning 62-jadvalida keltirilgan masofalarda;
yoʻlning toʻgʻri chiziqli qismlaridagi koʻtarma balandligi 2 m dan kam boʻlmaganda va harakat jadalligi 2000 dona/d dan kam boʻlmaganda har 50 m da;
yoʻlning bir sathdagi kesishma va tutashmalardagi egriliklar chegarasida, egrilikning tashqi tomoni uchun mazkur SHNQning 61-jadvalida keltirilgan masofada;
botqoqlik va chuqurligi 1 m dan 2 m gacha boʻlgan suv havzalaridan 15 m dan kam masofada joylashgan yoʻllarning har 10 metrda;
koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar oldida 3 tadan ustunchalar inshootdan oldin va keyin yoʻlning ikki tomonida har 10 m da;
suv oʻtkazuvchi quvurlar oldida, agar quvur diametri 1,5 m va undan katta boʻlsa, quvur oʻqi boʻylab yoʻlning har tomonidan 1 tadan ustunchalar va yoʻlning har ikki tomonida inshootdan oldin va keyin har 10 m da 3 tadan;
quvur diametri 1,5 m dan kam boʻlsa 1 tadan.
61-jadval
Boʻylama kesimda egrilik radiusi, m
Ustunchalar orasidagi masofa, m
Egrilik
chegarasida
Egrilikka kirishda
boshidan
birinchisigacha
birinchisidan
ikkinchisigacha
ikkinchisidan
uchinchisigacha
100
5
8
17
34
200
7
12
23
47
300
9
15
30
50
400
11
17
33
50
500
12
19
37
50
1000
17
27
50
50
2000
25
40
50
50
3000
31
47
50
50
4000
35
50
50
50
5000
40
50
50
50
6000
45
50
50
50
8000
50
50
50
50
62-jadval
Rejadagi egrilik radiusi, m
Ustunchalar orasidagi masofa, m
egrilik chegarasida
egrilikka yondosh qismda
tashqi
tomonda
ichki
tomonda
boshidan
birinchisi-gacha
birinchisidan
ikkinchisigacha
ikkinchisi-dan
uchinchisi-gacha
20
3
6
6
10
20
30
3
6
7
11
21
40
4
8
9
15
31
50
5
10
12
20
40
100
10
20
25
42
50
200
15
30
30
45
50
300
20
40
36
50
50
400
30
50
50
50
50
500
40
50
50
50
50
600
50
50
50
50
50
409. Aholi yashash joylarida koʻtarma balandligi 1 m dan kam, shuningdek quvurlar ustida (kallagi bor boʻlganda) koʻtarma balandligi 1 m dan kam boʻlsa ogohlantiruvchi ustunchalar oʻrnatish kerak.
410. Sunʼiy yoritgichli ustunchalar aholi yashash joylaridagi, ajratuvchi tasmaning boshlanishida va transport tonnellari tirgak devorlarining yon qismlari oldida hamda koʻtarilib turuvchi yoʻnaltiruvchi va xavfsizlik orolchalarida oʻrnatilishi lozim.
Yoritilgan yoʻl belgilari yoki svetoforlar boʻlganda ustunchalar oʻrnatilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Yoʻnaltiruvchi orolchalar yoʻnalishlar boʻyicha transport oqimlari harakatini ajratish uchun moʻljallanishi, bunda qatnov qismdan koʻtarilgan orolchalarni 0,15 — 0,2 m balandlikda boʻlishi lozim.
411. I toifali yoʻllarda ogohlantiruvchi ustunchalar quyidagi hollarda oʻrnatilishi kerak:
transport yechimlari orasidagi yoʻl qismining butun uzunligida, qatnov qismni toʻsuvchi qurilmalar mavjud boʻlmasa, har 50 m da;
chiqishdagi burilishlar chegarasida, har ikki tomonda mazkur SHNQning 60-jadvalida keltirilgan masofalarda.
Ogohlantiruvchi ustunchalarni yoʻl poyi qoshidan 0,35 m masofada, yoʻl yoqasining mustahkamlanmagan qismida oʻrnatish lozim.
412. Yoʻl belgilari GOST 23457-86 talablariga asosan qoʻllanilishi kerak.
Yoʻl belgilari O'z DSt 328Z:2019ga, yoʻl belgilarining tayanchlari GOST 25459-82 talablariga, shuningdek mavjud namunaviy yechimlarga muvofiq boʻlishi kerak.
413. Yoʻlning chiziqli belgilari GOST 23457-86 talablariga, belgi elementlari esa O'z DSt 3419-22 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
414. Barcha toifali avtomobil yoʻllarini manzaraviy loyihalash, tabiatni muhofaza qilish asoslariga rioya qilib, yoʻllardagi tabiiy shamol almashishini taʼminlash, yoʻlga yondosh hududlarni shovqindan himoyalash, yoʻl oʻtkaziladigan tumanlarni tabiiy, xoʻjalik, tarixiy va madaniy xususiyatlarini hisobga olib bezatish va koʻkalamzorlashtirish lozim.
415. Yoʻllarni va yoʻl inshootlarini yondosh joylashgan jarliklardan, koʻchkilardan, suv oqimlari yuvib ketishidan, qum bosishidan saqlash, maxsus koʻchatlar ekish, shuningdek tub joy tajribasini hisobga olib yoʻl poyini loyihalashda koʻzda tutilgan geotexnik-muhandislik tadbirlar majmui orqali amalga oshirilishi lozim.
416. Togʻ yoʻllarini qor koʻchkilaridan himoyalash uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
qor koʻchkisini ushlab qoluvchi va yoʻnaltiruvchi gʻovlar (koʻtarmalar), koʻchkini boʻlib tashlovchi qurilmalar, bostirma va galereyalar qurish;
qorni siljishi va surilishining oldini oluvchi har xil qurilmalar yordamida uni yonbagʻir qiyaligida saqlab qolish;
qordan himoyalovchi toʻsiqlar oʻrnatish, tirgak devorlar yoki qor koʻchkilarini yigʻuvchi qurilmalar oldiga ularda saqlanayotgan qor miqdorini kamaytiruvchi devorlarni qurish;
yoʻllardan foydalanish jarayonida va boshqa hollarda koʻchki xavfi mavjud qismlardagi qorlarni tushirish.
417. Qum koʻchish manbaidagi qumdan saqlanish va uni mahkamlash vositalari oʻzlarining taʼsiri boʻyicha mazkur SHNQning 63-jadvali asosidagi guruhlarga boʻlinishi kerak.
418. Mustahkamlanuvchi tasma kengligini yil davomida yoʻlda toʻplanadigan koʻchki qumlar miqdoriga va mexanik himoya vositalarining oʻlchamiga koʻra mazkur SHNQning 64-jadvalda keltirilgan normalarda qabul qilish lozim.
63-jadval
Qumdan himoyalanish va uni mustahkamlash vositalari guruhi
Himoyalash asosi
Himoya vazifalari
Qumdan himoyalanish va uni mustahkamlash vositalari
I
Yer usti shamolini tezligini kamaytirish
Qumni toʻplash, qum oqimini yoʻlga keltirmasdan toʻxtatish
Toʻsiqlar
II
Qum zarrachalarini ilashishini kuchaytirish
Qum koʻchishi oldini olish
Qum yuzasiga ishlov berish
III
Qum yigʻilish havzalari oʻlchamlarini kamaytirish
Shamol-qum oqimini katta tezlikdagi harakatiga imkon bermaslik
Qum toʻplanadigan havza hududidagi qumlarni II – guruh vositalari va toʻsiqlar yordamida toʻxtatish
IV
Yer usti shamol tezligini oshirish
Qum koʻchishini tezlatish
Qum purkagich va oqimni yoʻnaltiruvchi qurilmalar
64-jadval
Joy turi
Qum bosish turi
Joy tavsifi
Yil davomida toʻplanadigan qum miqdori, m3/m
Yoʻl yonida ushlab qolingan qum miqdori, m3/m
Oʻsimlik urugʻi sepilishi yoki koʻchat oʻtqazilishi oldidan oʻrnatiladigan mexanik himoya vositalari
Mustahkamlash kengligi, m
Balandligi
N,m
Joyning qiyaligi,
grad
Qatorlar orasidagi masofa,
m
I
IA
Qum juda koʻp toʻplanadi
30 dan ortiq
0,6
0,5
0,25
1,05
0,9
0,45
1,6
1,4
0,7
0,3
0.3
0,3
0,4
0,4
0,4
0,5
0,5
0,5
0
5
10
0
5
10
0
5
10
13,3 N
11,4 N
5,7 N
13,3 N
11,4 N
5,7 N
13,3 N
11,4 N
5,7 N
200 dan ortiq
205 dan ortiq
205 dan ortiq
152 dan ortiq
152 dan ortiq
152 dan ortiq
122 dan ortiq
122 dan ortiq
122 dan ortiq
IB
Qum koʻp toʻplanadi
20-30
0,6
0,5
0,25
1,05
0,9
0,45
1,6
1,4
0,7
0,3
0,3
0,3
0,4
0,4
0,4
0,5
0,5
0,5
0
5
10
0
5
10
0
5
10
13,3 N
11,4 N
5,7 N
13,3 N
11,4 N
5,7 N
13,3 N
11,4 N
5,7 N
133-200
137-205
137-205
101-152
101-152
101-152
83-125
81-125
81-125
II
IIA
Qum oʻrtacha va kam toʻplanadi
10-20
0,6
0,5
0,25
1,05
0,9
0,45
1,6
1,4
0,7
0,3
0,3
0,3
0,4
0,4
0,4
0,5
0,5
0,5
0
5
10
0
5
10
0
5
10
13,3N
11,4N
5,7 N
13,3 N
11,4N
5,7 N
13,3 N
11,4 N
5,7 N
67-133
80-137
80-137
51-101
51-101
51-101
42-83
41-81
41-81
IIB
Qum kam toʻplanadi
10 gacha
0,6
0,5
0,25
1,05
0,9
0,45
1,6
1,4
0,7
0,3
0,3
0,3
0,4
0,4
0,4
0,5
0,5
0,5
-
5
10
-
5
10
-
5
10
13,3 N
11,4 N
5,7 N
13,3 N
11,4 N
5,7 N
13,3 N
11,4 N
5,7 N
67 gacha
80 gacha
80 gacha
51 gacha
51 gacha
51 gacha
42 gacha
41 gacha
41 gacha
III
Qum toʻp-lanmaydi
-
-
-
-
-
-
419. Yonbagʻirlar, yoʻl poyining qoshi, bermalar, oʻyma va koʻtarmalardagi yoʻl yoqalari, shuningdek zaxiralarni gilli grunt, chaqiq tosh, yirik qum yoki shagʻal materiallar hamda mahalliy oʻsimlik shox-shabbalari bogʻlangan yoki toʻqilgan qamishlar bilan mahkamlab himoyalash lozim.
420. Yoʻlga yaqin qum manbalarida himoya tasmalarini ajratish lozim.
Himoya tasmalarining kengligi tub joy sharoitlariga koʻra (qumlar yuzasining tuzilishi, ularning koʻchish darajasi, joylardan xoʻjalik ishlarida foydalanish, aholi yashash joylarining joylashishi) 50 m dan 500 m gacha boʻlishi kerak.
Himoya tasmalarining tashqi chegarasi yer relyefida koʻzga yaqqol tashlanadigan elementlarda yoki tasma chegarasida belgilar bilan ifodalanishi, bunda yuzasining tuzilishi bir xil boʻlgan yakka turkumdagi koʻchuvchi qumlar boʻlganida yoʻl poyi yonbagʻir qiyaligini tegishlicha qilishdan tashqari koʻchuvchi qum-lardagi yer relyefining oʻzgarishiga koʻra shamol kelish tomonida yoki yoʻlning ikki tomonida yoʻl oldi tasmalarini qurish lozim.
Yoʻl oldi tasmalarini oʻzgaruvchan yer relyefiga moslab tekislash va bu tasmalar qarshisidagi koʻchuvchi qumlarni bostirib kelmasliklari uchun ularni mahkamlash zarur.
Tekislangan yoʻl oldi tasmalari kengligini tub joy sharoitiga (qumli yerning relyefi, shakli, oʻlchami, tavsifi, harakati) koʻra 20 m dan 50 m gacha va undan ortiq qabul qilish lozim.
Tekislangan yoʻl oldi tasmalari tashqarisidagi koʻchuvchi qumlarni mahkamlash kengligi 25 m dan 150 m gacha va undan ortiq qilib belgilanishi kerak.
12-bob. Yoʻl va avtotransport xizmatidagi bino va inshootlar
1-§. Asosiy talablar
421. Avtomobil yoʻllari loyihasida, yoʻllarni taʼmirlash va saqlash xizmatlarini tashkil qilish uchun yoʻlovchi va yuk tashuvchilar, harakat qatnashchilariga xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi quyidagi bino va inshootlarni loyihalash lozim:
yoʻl xizmati uchun — yoʻl boshqaruvi bino va inshootlar majmui, yoʻl xizmatining asosiy va quyi boʻgʻinidagilariga moʻljallangan bino va inshootlar majmui, ishchi va xizmatchilarga moʻljallangan yashash uylari, ishlab-chiqarish omborlari, xizmat koʻrsatish joylari, koʻpriklar, tonnel, kechuv va timlarni saqlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻlimlari, texnologik aloqa qurilmalari;
avtotransport xizmati uchun — yuk tashishga xizmat koʻrsatuvchi bino va inshootlar (yuk avtobekatlari, nazorat-dispetcher boʻlimlari) tashkillashtirilgan holda yoʻlovchilar tashishga xizmat koʻrsatuvchi bino va inshootlar (avtobekatlar avtovokzallar);
xarakat qatnashchilariga xizmat koʻrsatish uchun — avtomobil servisi (mehmonxonalar, motellar, kempinglar, dam olish maydonchalari, avtomobillarning qisqa muddat toʻxtab turishi uchun maydonchalar, ovqatlanish va savdo joylari avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari, texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari — TXKSH, shaharga kirishda avtomobillarni yuvish shoxobchalari, avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun qurilmalar, avariyada chaqirish aloqa qurilmalari);
HXDXO uchun — yoʻl harakati nazorati boʻyicha inshootlar.
422. Yoʻl xizmatining asosiy boʻgʻinlari uchun loyihada maʼmuriy-maishiy binolar, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun ishlab-chiqarish binolari, transport vositalari parkining tarkibiga mos toʻxtab turish joylari (issiq va sovuq), yoʻl harakatini tashkillashtiruvchi texnik vositalarni taʼmirlash sexlari, yaxmalakka qarshi ishlatiladigan kimyoviy materiallarni saqlovchi va tayyorlovchi omborlar loyihalanishi kerak.
Yoʻl xizmatining quyi boʻgʻinlari uchun omborlar, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash uchun ishlab chiqarish binolari, maʼmuriy maishiy binolar, transport vositalari parkining mos toʻxtab turish joylari (issiq va sovuq), yaxmalakka qarshi ishlatiladigan kimyoviy materiallarni tarqatuvchi omborlar loyihalanishi lozim.
423. Yoʻl xizmatining asosiy va quyi boʻgʻinlariga moʻljallangan bino va inshootlar majmualarini, aholi yashash joylariga yaqin yoki avtomobil yoʻliga yaqin hududlarda birgalikda joylashtirish lozim.
424. Bino va inshoot majmualari uchun umumiy energiya tarmogʻi, suv oʻtkazgich, kanalizatsiya, isitish, aloqa, tuzatish omborlari va boshqalarni koʻzda tutish lozim. Bunda, oʻzaro yaqin joylashgan korxonalar umumiy ovqatlanish, yongʻindan himoya qilish, yaqin atrofdagi hududni jihozlash ishlarini birgalikda qilish mumkinligini eʼtiborga olish kerak.
425. Ishlab chiqarish jihozlarini saqlash, avtomobil va yoʻl mashinalari toʻxtash joylarini, tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan jihozlashni koʻzda tutish lozim.
426. Yoʻl xizmati bino va inshootlarini tub joy sharoitlaridan kelib chiqib, yoʻlni saqlash va taʼmirlash xizmatini tashkil qilish tizimini hisobga olgan (mahalliy, hududiy, mahalliy-hududiy) holda loyihalash lozim.
Yoʻl xizmati boʻlimlari xizmat koʻrsatuvchi yoʻl qismlarining uzunligini yoʻlning toifasi va yoʻl toʻshamasi turiga koʻra mazkur SHNQning 65-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
427. Avtotransport inshootlarining oʻtkazish qobiliyati, oʻlchami ularning kelgusida rivojlanishini hisobga olib kelajakdagi 10 yillik harakat jadalligi uchun qabul qilinishi kerak.
65-jadval
Yoʻl xizmati boʻlimlari
Yoʻl toifalari boʻyicha yoʻl qismlarining taxminiy uzunligi, km
I
II
III
IV
V
Yoʻl toʻshamasining asosiy turlari:
mukammal
yengillashtirilgan
oʻtuvchi
oddiy
Yoʻlni saqlash xiz-matining asosiy boʻgʻini:
chiziqli prinsipda
hududiy prinsipda
100-170
250-300
170-260 250-300
170-260
250-300
210-260
250-300
-
250-300
Yoʻlni saqlash xizmatining quyi boʻgʻini
30-40
40-55
55-70
70-90
80-100
Katta koʻpriklarni qoʻriqlash va saqlash joyi
Uzunligi 300 m dan katta koʻpriklarda
Ochiluvchi koʻpriklarni qoʻriqlash, saqlash va ularga xizmat koʻrsatish joyi
Uzunligi chegaralanmagan barcha koʻpriklarda
Kechuvlarda xizmat koʻrsatish joyi
Suzuvchi koʻpriklar, paromlarda
Izohlar:
1. Koʻrsatkichlarning kichik qiymatlari tegishli toifadagi yoʻl qismlari uchun, togʻli joylarda, qor yoki qum bosuvchi joylarda, shuningdek oʻpirilish, koʻchish yoki choʻkish ehtimoli boʻlgan joylardagi murakkab muhandislik inshootlarida (tonnellar, galereyalar, timlar, tirgak va toʻshama devorlar, qirgʻoqni mustahkamlovchi, surilishlarni oldini oluvchi va boshqa qurilmalar) belgilangan harakat jadalligining yuqori qiymatlarida olinishi lozim.
2. I toifali yoʻl qismlarining uzunligi 4 ta harakat tasmali yoʻllarga moslab berilgan. Harakat tasmalari 6 yoki 8 ta boʻlgan yoʻl qismi uzunligini ularga mos ravishda 0,7 yoki 0,5 ga kamaytirilgan koeffitsiyentlar bilan hisoblash zarur.
3. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarda uzunligi 300 m dan kam boʻlgan koʻpriklarda ham zaruriyat tugʻilganda qoʻriqlash joylarini tashkil qilish mumkin.
4. Yoʻldan foydalanish xizmati tuzilmasini, mavjud inshootlardan foydalanishni hisobga olib, loyihalanayotgan avtomobil yoʻli qismidan foydalanish talablariga asosan aniqlanadi.
428. Avtovokzallar va yoʻlovchi avtobekatlarning sigʻimi, avtomobil transportining rivojlanish sxemasi boʻyicha joylashtirilishi va yuk avtobekatlaridan joʻnatiladigan yuklarning oʻrtacha kunlik hajmi boʻyicha qabul qilinishi lozim.
Transport xizmati bino va inshootlarining yer oʻlchami-yoʻlovchi avtobekatlar va avtovokzallarni loyihalash talablari boʻyicha, yuk avtobekatlari uchun esa avtotransportning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha qabul qilinishi lozim.
429. Yoʻlovchilar uchun toʻxtash va chiqish maydonchalari va shiyponlarini avtobus bekatlarida joylashtirish zarur.
430. Toʻxtash maydonchalari kengligini qatnov qismining asosiy tasmasiga teng qilib, uzunligini esa bir vaqtda toʻxtaydigan avtobuslar soniga koʻra, biroq kamida 10 m qabul qilish kerak.
Ia toifali yoʻllardagi avtobus bekatlarini yoʻl poyi chegarasidan tashqarida joylashtirish lozim va xavfsizlik nuqtai nazaridan uni qatnov qismdan ajratish kerak.
Ib — III toifali yoʻllardagi toʻxtash maydonchalari qatnov qismdan ajratuvchi tasma bilan ajratilishi kerak.
431. Avtobus bekatlaridagi chiqish maydonchalari toʻxtash maydonchalari yuzasidan 0,2 m ga koʻtarilgan boʻlishi kerak.
Chiqish maydonchalarining yuzasi har xil yoʻnalishda harakatlanuvchi bir yoki ikkita jamoat transporti toʻxtaydigan boʻlsa, kengligi 1,8 m, uzunligi 12 m dan kam boʻlmasligi, uch yoki toʻrtta jamoat transporti toʻxtaydigan boʻlsa, kengligi 2,4 m, uzunligi 24 m dan kam boʻlmasligi, shuningdek toʻrtta va undan ortiq jamoat transporti toʻxtaydigan boʻlsa, kengligi 2,4 m, uzunligi 36 m dan kam boʻlmasligi kerak.
432. Avtobus bekatlaridagi hoshiya toshini toʻxtash tasmasi va unga yondosh tezlikni oʻzgartirish tasmasi qismining chekkasi boʻylab siljitmasdan joylashtirilishi lozim.
Chiqish maydonchasidan yoʻlovchilarning asosiy oqimi yoʻnalishida mavjud koʻcha trotuarlari yoki piyodalar yoʻlakchalarigacha, ular boʻlmaganda esa kamida yon koʻrinish taʼminlangan masofada piyodalar yoʻlakchalari va trotuarlar loyihalanishi lozim.
433. Aholi yashash joylari tashqarisidagi avtobus bekatlarini yoʻlning toʻgʻri qismlarida yoki rejadagi radiusi kamida 1000 m boʻlgan I va II toifali yoʻllar, radiusi kamida 600 m boʻlgan III toifali yoʻllar va radiusi kamida 400 m boʻlgan IV toifali yoʻllar egriligida va boʻylama nishabligi koʻpi bilan 40 ‰ boʻlgan qismlarda joylashtirilishi lozim.
I toifali yoʻllardagi avtobus bekatlarini bir-birining qarshisida, II — IV toifali yoʻllarda ularning harakat yoʻnalishi boʻyicha surib, pavilyonlar yaqinidagi devorlar orasi kamida 30 m boʻlgan masofada joylashtirish lozim.
434. Yoʻllarning kesishma va tutashmalaridagi avtobus bekatlarini yoʻnalish boʻyicha kesishma va tutashmadan keyin mazkur SHNQning 15-jadvalida keltirilgan koʻrinish masofasida joylashtirish lozim.
435. I — III toifali yoʻllardagi avtobus bekatlarini 3 km, dam olish maskanlari va aholi zich joylashgan mintaqalarda esa 1,5 km dan ortiq boʻlmagan oraliqda joylashtirish lozim.
436. Avtoservis bino va inshootlarini joylashtirishda, istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
437. Dam olish maydonchalarini I va II toifali yoʻllarda har 15 — 20 km da, III toifali yoʻllarda 25 — 35 km da va IV toifali yoʻllarda har 45 — 55 km da loyihalash kerak.
438. Dam olish maydonchalari hududida avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish binolari va savdo shoxobchalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
439. Dam olish maydonchalari sigʻimini amaldagi harakat jadalligi 30000 dona/d gacha boʻlgan I toifali yoʻllarda bir vaqtning oʻzida kamida 20-50 avtotransport toʻxtashiga, II va III toifali yoʻllarda 10 — 15 va IV toifali yoʻllarda esa 10 ta avtotransport toʻxtashiga moʻljallab hisoblash lozim.
I toifali yoʻllardagi dam olish maydonchalari ikki tomonda joylashtirilganda — ularning sigʻimi mazkur bandning birinchi xatboshisida keltirilgan qiymatlardan ikki marta kamaytirilishi zarur.
440. Avtomobillarga yonilgʻi quyish va texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari iqtisodiy va statistik izlanish asosida joylashtirilishi kerak.
441. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari (AYQSH) quvvatini (bir sutkadagi yonilgʻi quyishlar soni) va ular orasidagi masofani harakat jadalligiga koʻra quyidagi 66-jadvaldan qabul qilish kerak.
66-jadval
Harakatjadalligi dona/d
AYQSH quvvati, sutkada yonilgʻi quyish
AYQSH lar orasidagi masofa, km
AYQSH larning
joylashtirilishi
1000 – 2000
250
30-40
bir tomonlama
2000 – 3000
500
40-50
bir tomonlama
3000 – 5000
750
40-50
bir tomonlama
5000 – 7000
750
50-60
ikki tomonlama
7000 – 20000
1000
40-50
ikki tomonlama
20000 dan ortiq
1000
20-25
ikki tomonlama
Izoh. AYQSH kesishma hududida joylashtirilganda, u xizmat koʻrsatadigan atrofdagi yoʻllarning uzunligi, harakat jadalligi va shu qismlardagi boshqa hisobiy koʻrsatkichlarni eʼtiborga olib uning quvvatiga aniqlik kiritilishi kerak.
442. AYQSH larni boʻylama nishabligi 40 ‰ dan oshmagan qismlarda, radiusi 1000 m dan ortiq rejadagi egriliklarda, radiusi 10000 m dan ortiq boʻylama kesimdagi qabariq egriliklarda, temir yoʻllaridan oʻtishda kamida 250 m, koʻpriklardan oʻtishda kamida 1000 m masofada, koʻtarma balandligiga 2 m dan ortiq boʻlmagan qismlarda joylashtirish lozim.
443. TXKSHlardagi postlar sonini, ularning orasidagi masofa va harakat jadalligiga koʻra quyidagi 67-jadvaldan qabul qilish kerak.
67-jadval
Harakat jadalligi dona/d
TXKSH orasidagi masofaga qarab, km, postlar soni, dona
TXKSH
joylashishi
80
100
150
200
250
1000
1
1
1
2
Z
bir tomonlama
2000
1
2
2
3
3
bir tomonlama
3000
2
2
3
3
5
bir tomonlama
4000
3
3
-
-
-
bir tomonlama
5000
2
2
2
2
3
ikki tomonlama
6000
2
2
3
3
3
ikki tomonlama
8000
2
3
3
3
5
ikki tomonlama
10000
3
3
3
5
5
ikki tomonlama
15000
5
5
5
8
8
ikki tomonlama
20000
5
5
8
maxsus hisob
ikki tomonlama
30000
8
8
maxsus hisob
ikki tomonlama
TXKSH larida AYQSH joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
444. Tranzit motel va kempinglar sigʻimini (yotoq joylarining soni) oʻtuvchi avtosayohatchilarning soni xalqaro va shaharlararo qatnaydigan avtomobillar harakat jadalligini hisobga olib qabul qilish lozim.
Motel va kempinglar orasidagi masofa 100 km dan ortmasligi lozim.
Motellarni, TXKSH, AYQSH, ovqatlanish va savdo shoxobchalari bilan birgalikda loyihalash kerak.
445. Avtoservis obyektlarida ehtiyojga qarab ovqatlanish va savdo shoxobchalarini joylashtirish kerak.
446. Avtomobillarning qisqa muddatli toʻxtash maydonchalarini — ovqatlanish, savdo, tez yordam, ichimlik suvi manbalari oldida va avtomobillar muntazam toʻxtaydigan boshqa joylarda koʻzda tutish lozim.
2-§. Avariya holatlarida toʻxtash uchun maydonchalar
447. Toʻxtash yoʻlkalari boʻlmagan avtomobil yoʻllarining ayrim boʻlaklarida toʻxtash uchun maxsus joylar, shuningdek jamoa transportlari uchun bekatlar tashkil qilinishi kerak.
448. Avtomobillarning yoʻl chetida toʻxtashi taqiqlangan cheklangan sharoitlarda avariya holatida toʻxtashga moʻljallangan maydonchalar qurilishi kerak.
449. Avariya holatida toʻxtashga moʻljallangan maydonchalar avariya holatidagi avtomobillarning yoʻlning qatnov qismidan chiqib toʻxtashi va turishi, yoʻl-transport hodisalarida shikastlangan yoki nosoz avtomobillarni vaqtinchalik joylashtirishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
450. Avariya holatidagi avtomobillarga moʻljallangan maydonchalar yoʻl chetining mustahkamlanmagan qismi tashqarisida joylashtirilishi lozim.
Avariya holatida toʻxtashga moʻljallangan maydonchalar kamida ikkita yengil yoki bitta katta gabaritli avtomobilni sigʻdirishi, maydoncha kengligi 2,5 m qilib olinishi,
maydonchalar orasidagi masofani harakat jadalligidan kelib chiqib mazkur SHNQning 68-jadvaliga muvofiq aniqlanishi kerak.
1-rasm. Avtomobillarning avariya holatida toʻxtashlariga moʻljallangan maydonchalarni joylashtirish chizmasi
Avtomobillarning avariya holatida toʻxtashlariga moʻljallangan maydonchalar orasidagi masofa
68-jadval
Bir yoʻnalishdagi hisobiy harakat jadalligi, hisobiy avt./h.
Yoʻl toifasi
IA, IB
II
Sh va IV
Avtomobillarning avariya holatida toʻxtashlariga moʻljallangan maydonchalar orasidagi masofa L, m
3000 va undan ortiq
400 – 800
-
-
1000-3000
500 – 1000
1100
-
500 -1000
500 – 1200
1400
800
300-500
700 – 1300
1500
1000
100-300
-
1600
1200
100 dan kam
-
-
1500
451. Ikki tasmali yoʻllarda avtomobillarning avariya holatida toʻxtashlariga moʻljallangan maydonchalar yoʻl boʻylab shaxmat usulida joylashtirilishi lozim.
2-rasm. Ikki tasmali yoʻllarda avtomobillarning avariya holatida toʻxtashlariga moʻljallangan maydonchalarni joylashtirish chizmasi
bu yerda, L — maydonchalar orasidagi hisobiy masofa.
452. Yoʻl xizmati ishlarini taʼminlaydigan texnologik aloqani I toifali avtomobil yoʻllarida, maxsus talablar boʻlganda II va III toifali yoʻllarda ham loyihalash lozim.
453. Tegishlicha asoslanganda avariya-chaqirish tizimini I toifali yoʻllarda ham loyihalash zarur.
3-§. Ogʻirlik va gabarit nazoratining statsionar punktlari
454. Ogʻirlik va gabarit nazoratining statsionar punktlari (OGNP) boshqa yoʻnalishdagi yoʻnalishlar orqali aylanib oʻtishi mumkin boʻlmagan yerlarni joylashtirilishi kerak.
455. OGNP joylashtiriladigan yerni tanlashda, uni joylashtirish rejalashtirilayotgan joydagi yoʻl qismining tuzilishi va geometrik oʻlchamlari, uning atrof-muhitga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri, elektr va suv taʼminotlari mavjudligini hisobga olgan holda uni qurish va undan foydalanishga sarflanadigan eng kam xarajatlarni inobatga olish kerak.
OGNP larni joylashtirishda ular asosiy avtoyoʻlda va kirish va chiqish yoʻllari hamda transport kesishmalarida harakatlanayotgan transportlarga xalaqit bermasligi kerak.
Ogʻirlik va gabarit nazoratining statsionar punkti oʻrnatiladigan joyni tanlashda avtomobillarning OGNP hududiga kiraverishidagi tezkor oʻtish yoʻlagi boshlanishidan oldin toʻxtashi uchun eng kichik koʻrish masofasi taʼminlanishi lozim.
Tezkor-oʻtish yoʻlaklarining boshlanish va tugash joylaridan yaqin atrofda joylashgan kesishmalarigacha boʻlgan masofa oqimlar qoʻshiladigan zona uzunligidan kichik boʻlmasligi kerak.
456. Tarozida tortilishi va gabaritlari oʻlchanishi lozim boʻlgan transport vositalari mavjud avtomobil yoʻlining chekkasi va qatnov qismida toʻxtamasligi va toʻplanib qolmasligi lozim.
OGNPlar ogʻirligi va gabariti oʻlchanadigan avtomobillarning toʻxtashi va toʻplanishi uchun maydonchalar hamda turib qolgan avtomobillar uchun qoʻshimcha avtoturargohlar bilan taʼminlanishi lozim.
Ushbu maydonchalarning oʻlchami, yuk mashinalarining eng yuqori harakat jadalligi, ogʻirligi va gabaritlarini oʻlchash boʻyicha OGNP loyihasida belgilangan texnologik jarayon va foydalaniladigan uskunalarni inobatga olgan holda belgilanishi kerak.
457. Avtoturargoh va toʻplanish maydonchalarining oʻlchamini belgilashda 22 m uzunlikdagi avtomobil hisobiy avtomobil sifatida qabul qilinishi lozim.
458. OGNPning bino va inshootlarini loyihalashda yoʻlda ketayotgan avtomobillar va tarozida tortish maydonchasi OGNP operatoriga yaqqol koʻrinib turishi taʼminlanishi kerak.
459. Tortish maydonchasiga kirish joylari OGNP operatori oʻchirib yondiradigan “ochiq” yoki “yopiq” mazmunidagi elektr tablolar bilan jihozlanishi lozim.
460. Tarozi uskunasiga kiraverishdagi ikkala tomonga yotqizilgan asfaltbeton qoplamaning muddatidan oldin yemirilishi oldini olish maqsadida ushbu joylarga temir-beton plitalarni oʻrnatish kerak.
461. Avtomobillarni tarozida tortish maydonchalari va asosiy yoʻlning harakat tasmalari orasidagi cheklangan sharoitlarda joylashganda, avtotransportning bexosdan urilishi oqibatida OGNPning bino va inshootlari shikastlanmasliklari uchun ular baryer toʻsiqlari bilan muhofaza qilinishi lozim.
462. OGNP oʻrnatiladigan joylar tegishli yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, shuningdek OGNP xududi va ogʻirlikni oʻlchash uskunasiga kiraverishda harakat tezligini cheklovchi belgilar bilan jihozlanishi kerak.
4-§. Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulaylik yaratishga oid talablar
463. Avtomobil yoʻllari, bino va inshootlarini loyihalashda ushbu obyektlarning barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulaylik yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
464. Yoʻl-servisi bino va inshootlarini loyihalashda nogironligi boʻlgan shaxslar hamda koʻzi ojizlarning ham ushbu obyektlar boʻylab erkin harakatlanishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
465. Yoʻl-servis obyektlarini joylashtirish ushbu SHNQ, GOST 33062-2014 talablariga asosida loyihalashtirilishi lozim.
466. Yoʻl harakati xavfsizligi va qulayligini taʼminlash maqsadida yoʻl-servis obyektlarining bino va inshootlarini transport oqimlari kesishadigan yoʻl boʻlaklarida joylashtirmaslik lozim.
Chorrahalardan ushbu obyektlargacha boʻlgan eng kichik masofa kamida 500 m boʻlishi kerak.
Zaruriyat boʻlganda chorrahadan chiqish yoʻlidan servis obyektiga olib boradigan yoʻl sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Yoʻl chetida joylashgan servis obyektlari oʻrtasidagi eng kichik masofa, ikkita tezkor-oʻtish yoʻlkalarini (tezlikni oshirish va tormozlash yoʻlkalari) joylashtirish va ular oʻrtasida yana 250 m joy qolishini taʼminlashi kerak.
467. Yoʻl servis obyektlariga kirish va chiqish joylarida toʻxtash uchun eng kichik koʻrish masofasi taʼminlanishi lozim.
468. Tranzit transportining toʻsiqlarsiz oʻtishi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl servis obyektlari joylashgan hududlardagi kirish-chiqish yoʻllarida tezkor oʻtish yoʻlaklari qurilishi kerak.
469. Yoʻl-servis obyektlariga kirish va chiqaverishdagi tezkor oʻtish yoʻlkalarining 25 m uzunlikdagi boshlangʻich qismi chiroqlar bilan yoritilishi lozim.
470. Inshootlar majmuasi va yoʻl harakati ishtirokchilariga xizmat koʻrsatadigan maydonchalarni joylashtirish rejasi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
transport vositalarining majmua hududi boʻylab bir tomonlama harakatlanishini;
yoʻl harakati ishtirokchilarining xizmat koʻrsatish obyektlariga kira olishini;
transport vositalari qoʻyilgan joydan servis obyektlarigacha boʻlgan masofa 10 metrdan oshmasligini;
xizmat koʻrsatish obyektlari boʻylab avtomobillarning harakat tezligi 15 km/h belgilari bilan cheklanishini.
471. Yoʻl-servis obyektlari yoʻlning ikkala tomonida joylashgan boʻlaklarida turli sathlardagi piyodalar oʻtish joyi loyihalanishi lozim.
472. Tarkibida uzoq vaqt dam olishga moslangan inshootlari boʻlgan xizmat koʻrsatish majmualarida (motel, kempeng) transport vositalarining uzoq vaqt turishiga moʻljallangan va qoʻriqlanadigan alohida maydonchalari boʻlishi kerak.
Avtomobillar qoʻyiladigan joy va bu yerga kirib chiqayotgan transport vositalari harakatini taʼminlaydigan zonani oʻz ichiga olishi lozim.
473. Yoʻl harakati ishtirokchilarining dam olishi uchun moʻljallangan yoʻl-servis obyektlari 6 — 20 m kenglikdagi koʻkalamzorlashtirilgan hudud bilan yoʻldan ajratilishi lozim.
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Joy turlari va gruntlarning tasnifi Namlik darajasi va tasnifi boʻyicha joyning turlari
1-jadval
Joy turi
Yoʻl mintaqalaridagi joy alomatlari
I
II
III
IV
I
Yer osti suvlari 10 m dan 45 m gacha chuqurlikda joylashgan, yuqori qatlamlar namlanishiga taʼsir etmaydi barxan qumli gruntlar
Yer osti suvlari yuqori qatlamlarning namlanishiga taʼsir etmaydi, shoʻrxok, taqir, shoʻrxok va turli darajada shoʻrlangan gruntlar
Yer osti suvlari yuqori qatlamlar namlanishiga taʼsir etmaydi, yengil suglinok va ogʻir lessimon gruntlar
Yer osti suvlari yuqori qatlamlar namlanishiga deyarli taʼsir etmaydi, changli yengil supes, yengil lessimon suglikali gruntlar
II
Yer osti suvlari yoki uzoq (30 d dan ortiq) turuvchi yuza suvlar yuqori qatlam namlanishiga taʼsir etmay-di,
barxan qumli gruntlar
Yer osti suvlari yoki uzoq (30 d ortiq) turuvchi yuza suvlar yuqori qatlam namlanishiga tasir etmay-digan, shoʻrxok gruntlar
Yer ustki oqim taʼminlanmagan; togʻ oldi va togʻ mintaqalaridagi yer osti suv-lar yuqori qatlamlarning namlanishiga taʼsir etmaydi, tekisliklarda deyarli taʼsir etmaydi, suglinok, supes va lessimon gruntlar
Yer osti suvlari yoki uzoq turuvchi (30 sutkadan ortiq) yuza suvlar yuqori qatlam namlanishiga taʼsir etmaydi; changli va yengil supes, suglinok, lessimon gruntlar
Gilli gruntlarning turlari va turdoshlari
2-jadval
Gruntlar
Koʻrsatkichlar
Turlari
Turdoshlari
Umumiy ogʻirlikka nisbatan qum zarrachalarining miqdori, foizda
Plastiklik soni
Supes
Yengil yirik
50 dan ortiq
1–7
Yengil
50 dan ortiq
1–7
Changli
50-20
1–7
Ogʻir changli
20 dan kam
1–7
Suglinok
Yengil
40 dan ortiq
7–12
Yengil changli
40 dan kam
7–12
Ogʻir
40 dan ortiq
12–17
Ogʻir changli
40 dan kam
12–17
Gil
Qumli
40 dan ortiq
17–27
Changli
40 dan kam
17–27
Yogʻli
normalanmaydi
27 dan ortiq
Izoh:
1. Yirik yengil supeslar uchun 2,0 — 0,25 mm li qum zarrachalari miqdori, boshqa gruntlar uchun 2 — 0,05 mm kabi hisobga olinadi.
2. Grunt tarkibida 25 — 50 foiz (umumiy ogʻirlikka nisbatan) 2 mm dan yirik zarralar boʻlganda, gilli gruntlar nomiga “shagʻalli” (silliq yuzali donalar ) yoki “chaqilgan toshli” (qirrali donalar) soʻzi qoʻshiladi.
Lyossimon grunt turlari va turdoshlari
3-jadval
Gruntlar
Koʻrsatkichlar
Turlari
Turdoshlari
Umumiy ogʻirlikka nisbatan qum zarrachalarining miqdori, foizda
Plastiklik soni
Supes
Changli
45-20
1-7
Ogʻir changli
20 dan kam
1-7
Suglinok
Yengil changli
45 dan kam
7-12
Ogʻir changli
35 dan kam
12-17
Gil
Changli
45 dan kam
12-17
Gruntlarni shoʻrlanish darajasi boʻyicha tasnifi
4-jadval
Gruntlar turi
Yengil eruvchan tuzlarning umumiy miqdori, quruq grunt ogʻirligiga nisbatan, % da
xloridli, sulfat-xloridli shoʻrlanish
sulfatli, xlorid-sulfatli shoʻrlanish
Kuchsiz shoʻrlangan
0,5 -2,0
0,5-1,0
Oʻrtacha shoʻrlangan
2,0-5,0
1,0-3,0
Kuchli shoʻrlangan
5,0-10,0
3,0-8,0
Oʻta kuchli shoʻrlan-gan
10,0 dan ortiq
8,0 dan ortiq
Lyoss va lyossimon gruntlarning shoʻrlanish boʻyicha tasnifi
5-jadval
Gruntlar turi
Yengil eruvchan tuzlarning umumiy miqdori, quruq grunt ogʻirligiga nisbatda, foizda
xloridli, sulfat-xloridli shoʻrlanish
sulfatli, xlorid-sulfatli shoʻrlanish
Kuchsiz shoʻrlangan
0,5-2,0
0,5-1,0
Oʻrtacha shoʻrlangan
2,0-5,0
1,0-3,0
Gruntlarning koʻpchish darajasi boʻyicha tasnifi
6-jadval
Grunt turi (namligi 0,5 W0 boʻlganda)
Namlanish qatlamining qalinligiga nisbatan foizda koʻpchishning nisbiy deformatsiyasi
Koʻpchimaydigan
2 dan kam
Kam koʻpchiydigan
2÷ 4
Oʻrtacha koʻpchiydigan
5÷10
Kuchli koʻpchiydigan
10 dan ortiq
Gruntlarning choʻkuvchanlik darajasi boʻyicha tasnifi
7-jadval
Gruntlar turi
Choʻkuvchanlik koeffitsiyenti
Namlangan qatlam qalinligiga nisbatan % da choʻkishning nisbiy deformatsiyasi
Choʻkmaydigan
0,92 dan koʻp
2 dan kam
Kam choʻkadigan
0,85 ÷0,91
2÷7
Choʻkadigan
0,80÷0,84
8÷12
Kuchli choʻkadigan
0,79 dan kam
12 dan koʻp
Izoh. Tasnif suvga chidamli qoyali tosh gruntlarga va choʻkuvchanligi laboratoriya maʼlumotlari asosida baholanadigan, suvda erimaydigan sementlanuvchi moddali gruntlarga taalluqli emas.
Gruntlarning muzlashdagi koʻpchish darajasi boʻyicha tasnifi
8-jadval
Grunt guruhlari
Koʻpchish darajasi
Namunani muzlashda nisbiy koʻpchishi, foiz
I
Koʻpchimaydigan
1 dan kam
II
Kam koʻpchiydigan
1÷ 4
III
Koʻpchiydigan
4÷7
IV
Kuchli koʻpchiydigan
7÷10
V
Oʻta kuchli koʻpchiydigan
10 dan ortiq
Izohlar:
1. Muzlashdagi koʻpchishni aniqlash laboratoriyada maxsus uslub boʻyicha suv oqimi ostida amalga oshiriladi.
2. Muzlashdagi koʻpchish qiymatini hisoblab baholashda koʻpchish jadalligini maxsus sinov uslubi boʻyicha aniqlanadi.
3. Muzlashdagi koʻpchish tajribasi oʻtkazilgan vaqtda muzlashdagi koʻpchish darajasi boʻyicha grunt turlari mazkur ilovaning 9-jadvalidan, muzlashdagi koʻpchishning oʻrtacha nisbiy qiymatini esa 10-jadvaldan belgilashga yoʻl qoʻyiladi.
Muzlashdagi koʻpchish darajasi boʻyicha grunt turlari
9-jadval
Gruntlar
Turi
Tarkibidagi 0,05 mm dan kichik zarrachalar miqdori 2 foizgacha boʻlgan yirik va oʻrtacha kattalikdagi shagʻalli qum
I
Tarkibida 0,05 mm dan maydaroq zarrachalar miqdori 15 foizgacha boʻlgan yirik va oʻrtacha kattalikdagi shagʻalli qum, tarkibida 0,05 mm dan maydaroq zarrachalar miqdori 15 foizgacha boʻlgan mayda shagʻalli qum, yengil yirik supes
II
Yengil supes, yengil va ogʻir sutlinok gillar
III
Changli qum, changli supes, changli ogʻir suglinok, lyosslar va lyossimonlar
IV
Changli ogʻir supes, changli yengil suglinok
V
Izoh. Tarkibida 0,05 mm dan kichik zarralari boʻlgan 15 foizdan ortiq boʻlgan chaqiq tosh, shagʻal, qirrali yirik qumlarning muzlashdagi koʻpchish koeffitsiyenti qiymatini changli qumlarnikidek qabul qilinadi va laboratoriyada tekshiriladi.
Muzlashdagi koʻpchish qiymati
10-jadval
Ishchi qatlam gruntlari
1,5 m muzlagandagi, muzdan koʻpchishning nisbiy oʻrtacha qiymati
Tarkibida 2 foizgacha 0,05 mm.dan kichik zarrachalar boʻlgan yirik va oʻrtacha kattalikdagi shagʻalli qum
1/1
Tarkibidagi 0,05 mm dan kichik zarrachalar miqdori 15 foizgacha boʻlgan yirik va oʻrtacha kattaliqdagi va tarkibidagi 0,05 mm dan kichik zarrachalar miqdori 2 foizgacha boʻlgan mayda shagʻalli qum
1/1-2
Tarkibidagi 0,05 mm dan kichik zarachalar miqdori 15 foizdan kam boʻlgan mayda qum; yirik yengil supes
1-2/2-4
Changli qum; changli supes; changli ogʻir suglinok
2-4/7-10
Yengil supes
1-2/4-7
Changli ogʻir supes; changli yengil suglinok
4-7/10
Ogʻir va yengil suglinok; gil
2-4/4-7
Lyossimonlar
3-6/7-10
Izoh. Chiziq ustidagi qiymatlar namlik boʻyicha I tur joylarda, chiziq ostidagi qiymatlar II tur joylarda, ushbu ilovaning 1-jadvaliga asosan qabul qilinadi.
Namlanish darajasi boʻyicha grunt turlari
11-jadval
Grunt turlari
Namlik
Yetarli namlanmagan
0,9 W0dan kam
Normativ namlangan
0,9W0 –Wadm
Yuqori namlangan
0,9 Wadm – Wmax
Oʻta namlangan
Wmaxdan ortiq
Izoh. Wmax —zichlanish koeffitsiyenti 0,9 boʻlgandagi gruntning mumkin boʻlgan eng katta namligi, W0 —meʼyoriy namlik, 0,9 Wadm —ruhsat etilgan namlik
Gruntlarning zichlashdagi ruxsat etiladigan namligi
12-jadval
Gruntlar
Gruntning talabdagi zichlanish koeffitsiyenti
1,0 dan katta
1,0-0,98
0,95
0,90
Changli qumlar, yengil va yirik supeslar
0,90-1,30
0,80-1,35
0,75-1,60
0,70-1,60
Changli va yengil supeslar
0,90-1,20
0,80-1,25
0,75-1,35
0,70-1,60
Ogʻir changli supeslar, yengil va changli yengil suglinoklar
0,90-1,10,
0,83-1,15
0,80-1,30
0,75-1,50
Ogʻir suglinoklar va changli ogʻir loylar
0,90-1,00
0,90-1,05
0,85-1,20
0,80-1,30
Changli lessimon supeslar
0,90-1,20
0,80-1,25
0,75-1,35
0,70-1,50
Changli va ogʻir lessimon supeslar, changli yengil suglinoklar
0,90-1,10
0,85-1,20
0,85-1,25
0,70-1,40
Changli ogʻir lessimon suglinoklar, changli loylar
0,90-1,00
0,90-1,20
0,85-1,20
0,75-1,30
Izoh:
1. Yoz vaqtida koʻtarmalarni changsiz qumlardan koʻtarishda ruxsat etiladigan namlik chegaralanmaydi.
2. Mazkur cheklanishlar suv yordamida (gidronamiv) quriladigan koʻtarmalarga taalluqli emas.
3. Qish vaqtida koʻtarmalarni koʻtarishda namlik boʻlmasligi kerak.
Lessimon gruntlar, qumli va changsiz supeslarda 1,3W0 dan, changli supes va yengil suglinoklarda 1,2 W0 dan va boshqa gruntlar uchun — 1,1 W0 dan koʻp boʻlmasligi kerak.
4. Gruntlarning ruxsat etilgan namlik qiymati mavjud zichlovchi vositalarning texnologik imkoniyatlarini hisobga olib aniqlanishi mumkin.
Namlanishning hisobiy sxemasi
13-jadval
Ishchi qatlamning namlanish sxemasi
Namlanish manbalari
Namlanish turlariga kiritilish sharti
1
Atmosfera yogʻinlari
Namlanish boʻyicha 1-tur hududlarda koʻtarmalar uchun, Namlanish boʻyicha 2 va 3 tur hududlarda koʻtarmalar uchun qoplama yuzasining yer osti va yuza suvlar hisobiy sathidan yoki yer yuzasidan balandligi mazkur SHNQning 34 va 35-jadvallar talabidan 1,5-martadan koʻp olganda
2-tur hududlarda koʻtarmalar uchun yuza suvlar sathidan (yoz davrining 2/3 qismida kuzatilmaydigan) 5-10 m dan yuqoriroqda joylashgan supeslarda, 2-5 m da joylashgan yengil changli suglinoklarda va 2 m dagi changli ogʻir suglinoklarda va gillarda (kichkina qiymatlar yumshoqlik soni katta boʻlgan gruntlar uchun, katta qiymatlar esa boshqa gruntlar uchun olinadi)
Qumli va loyli gruntlar boʻlgan uchastkalarda oʻymadagi yon ariqchalarning nishabligi 20‰ dan yuqori (I-III yoʻl-iqlim zonalarda) va qoplama yuzasining hisobiy yer osti suvlarning sathidan balandligi mazkur SHNQning 34 va 35-jadvallar talabidan 1,5-martadan koʻp olinadi
suv issiqlik sharoitini tartibga soluvchi maxsus usullarni qoʻllash (kapillyar suvlarni toʻsuvchi suv oʻtkazmaydigan, issiqlikdan saqlovchi, armaturalangan qatlamlar, drenaj) maxsus hisoblar asosida tayinlanadi
2
Qisqa muddat (30 sutkagacha) turuvchi yuza suvlar, atmosfera yogʻinlari
Namlanishi boʻyicha 2-tur hududlardagi koʻtarmalarda qoplama yuzasining balandligi mazkur SHNQning 34 va 35-jadvallari talabidan kam boʻlmasligi va 2 marotabadan oshmaslik talabi, koʻtarmaning oddiy koʻndalang kesimi (bermasiz) va uning yon bagʻriligini qiyaligi 1:1,5 dan kam boʻlmasligi talab qilinadi.
Namlanishi boʻyicha 3-tur hududlardagi koʻtarmalarni yer osti suvlaridan himoyalash uchun maxsus tadbirlar (kappilyarlarni toʻsuvchi va drenaj), maxsus hisoblar asosida tayinlash, uzoq turuvchi (30 d ortiq) suvlar boʻlmaganda va yuqoridagilar amalga oshirilishi lozim.
Qumli va gilli gruntlar boʻlgan hududlarda oʻymadagi yon ariqchalarning nishabligi 20 ‰ dan yuqori (I-II yoʻl-iqlim zonalarda) va qoplama yuzasining hisobiy yer osti suvlarning sathidan balandligi mazkur SHNQning 34 va 35-jadvallar talabidan 1,5-martadan koʻp olinadi
3
Yer osti va uzoq (30 sutkadan ortiq) tu-ruvchi yuza suvlar, atmosfera yogʻinlari
Namlanishi boʻyicha 3-tur uchastkalardagi koʻtarmalar uchun qoplama yuzasining balandligi mazkur SHNQning 34 va 35- jadvallari talabiga mos boʻlishi va 1,5-martadan oshmasligi lozim.
oʻymalar uchun uning asosidan chuqur joylashgan yer osti suvlarining sathi mazkur SHNQning 34 va 35-jadvallar, jadvaldagi talabidan 1,5-marta oshmasligi lozim.
Ishlab olinadigan qoyatosh gruntlar hajmiy ogʻirliklarda, t/m3
Qayta ishlangan sanoat chiqindilari, kuyundilar
1,9-2,2
2,2-2,4
2,4-2,7
1,00
1,10
1,05
1,30
0,95
0,89
0,84
1,26 -1,47
0,95
1,05
1,00
1,15
0,90
0,85
0,80
1,20 - 1,40
0,90
1,00
1,10
1,10
0,85
0,80
0,76
1,13 - 1,33
Qumlarning koʻchishi boʻyicha joyning tasnifi
15-jadval
Qumlar yuzasining oʻsimliklar bilan mustahkamlaganlik darajasi
Oʻsimliklar bilan
qoplangan yuza, %
Qumlarning koʻchish darajasi
Oʻsimliksiz yuza
5 dan kam
oʻta koʻchuvchan
Oʻsimlik kam oʻsgan yuza
5 ÷15
koʻchuvchan
Oʻsimlik ola oʻsgan yuza
15 ÷35
kam koʻchuvchan
Oʻsimlikli yuza
35 dan ortiq
koʻchmaydigan
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Xoʻjalik yoʻllarini koʻndalang kesimi
1. Qishloq yoʻllarining boshlangʻich va oxirgi punktlarida avtomobillar hamda qishloq xoʻjaligi mashinalari burilib olishi uchun, 25x25 m oʻlchamli toʻgʻri burchakli maydonchalar yoki radiusi 15 m dan kam boʻlmagan noksimon va halqasimon aylanib oʻtish yoʻllarini koʻzda tutish lozim.
Katta gabaritli qishloq xoʻjalik mashinalari va avtopoyezdlari uchun koʻrsatib oʻtilgan oʻlchamlar xavfsiz burilib olishlarini taʼminlaydigan oʻlchamlargacha yetkazilishi kerak.
2. Alohida qishloq xoʻjaligi korxonalari (chorvachilik majmualari, issiqxonalar) hududlaridagi yoʻllarni toʻgʻri burchakli yopiq (halqa), berk (tupik) yoki aralash sxema boʻyicha loyihalashtirish kerak.
Yirik qishloq xoʻjalik majmualarida transport vositalarining halqali harakati boʻlgan yoʻllarning sxemalariga ustuvorlik berish kerak.
Berk yoʻllarni qurishda transport vositalarining burilib olishi uchun maydonchalar berk yoʻlning oxirida koʻzda tutilishi, bunda maydonchaning oʻlchamlari ushbu ilovaning mazkur ilovaning 1-bandida keltirilgan transport vositalari va tashilayotgan yuklarning oʻlchamlaridan kichik boʻlmasligi kerak.
Qatnov qismi oʻqi boʻyicha rejadagi egriliklarning radiuslarini virajlar va oʻtish egriliklarisiz kamida 60 m qabul qilish lozim.
Yarim tirkamali, bir yoki ikki tirkamali avtomobillar va traktorlarning harakatlanishiga moʻljallangan yoʻlda egrilik radiusini 30 m gacha, yakka transport vositalari harakatlanganda esa 15 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Qatnov qismining cheti boʻylab rejadagi egriliklar radiuslarini va binolar, issiqxonalarga kirish yoʻllaridagi egriliklarida qatnov qismini kengaytirishni harakat tarkibining hisobiy turiga koʻra, biroq 15 m dan kam boʻlmagan holda belgilash kerak.
3. Korxonalarning ichki yoʻllari koʻndalang kesimini qishloq xoʻjalik korxonasi hududini rejalashtirish va obodonlashtirish loyihasiga asosan loyihalash va meʼmoriy rejalashtirish shartlari, sanitariya talablari va suvni chetlashtirish shartlari boʻyicha mumkin boʻlgan barcha hollarda hoshiya toshisiz yoʻl yoqasi qabul qilinishi kerak.
Texnik-iqtisodiy hisob asosida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xavfsizligini taʼminlash, sanitariya talablariga rioya qilish, suvni yopiq inshootlar orqali chetlatishni (yomgʻir kanalizatsiyasi, yopiq novlar) loyihalash zaruriyatidan kelib chiqadigan hollarda qatnov qismining bir tomonidan hoshiya toshi va piyodalar yoʻlkasi hamda boshqa tomondan yoʻl yoqasi qurish yoki qatnov qismining ikki tomonidan hoshiya toshi va piyodalar yoʻlkasi qurishga yoʻl qoʻyiladi.
4. Ichki maydon yoʻllarining qatnov qismi va yoʻl yoqalari koʻndalang nishabliklarini mazkur SHNQning 93 va 94-bandlariga asosan qabul qilish lozim.
5. Ichki maydon yoʻllarining boʻylama nishabliklarni yoʻlga tutash korxona hududining vertikal rejalashtirish loyihasiga bogʻlab belgilash va asosan 5 ‰ dan kam va 30 ‰ dan koʻp boʻlmagan holda qabul qilish kerak.
6. Ishlab chiqarish yoʻllari uchun boʻylama kesimning yonma-yon elementlari nishablarining algebraik farqi 20 ‰ va undan katta boʻlganda qabariq egrilik uchun kamida 600 m va botiq egrilik uchun kamida 200 m egrilik radiusi bilan tutashtirilishi lozim.
Boʻylama kesimdagi yonma-yon egriliklarni toʻgʻri qismsiz bir-biriga tutashtirib loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
7. Pritsepli traktorlar, traktorli poyezdlar, qishloq xoʻjalik, qurilish mashinalari harakati uchun, yoʻllarni avtomobillar hamda pritsepli transport vositalari uchun ularning harakati (sutkada 10 birlikdan koʻp emas) doimiy boʻlmaganda, qishloq xoʻjalik yerlaridan oʻtkazishda qatnov tasmalari ajratilgan bitta yoʻl poyida harakatlanishi lozim.
Bunda, pritsepli traktor vositalari va mashinalari harakatlanishi uchun avtomobil yoʻlining mustahkamlangan va kengligi kamida 4,5 m boʻlgan yoʻl yoqalarining biridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Pritsepli transport vositalarining alohida yoʻl poyida harakatlanishi uchun yoʻl qurishni texnik-iqtisodiy hisob bilan asoslash kerak.
8. Traktor yoʻlining qatnov tasmasi va alohida yoʻl poyi kengligi quyidagi 1-jadvalga asosan aylanuvchi harakat tarkibining izi kengligida belgilanishi kerak.
1-jadval
Transport vositalari, oʻziyurar va tirkamali mashinalar izi kengligi, m
Qatnov tasmasi kengligi, m
Yoʻl poyi kengligi, m
2,7 va undan kichik
3,5
4,5
2,7 dan 3,1 gacha
4,0
5,0
3,1 dan 3,6 gacha
4,5
5,5
3,6 dan 5,0 gacha
5,5
6,5
Traktor yoʻllarida razyezd uchun kengligi va uzunligi mazkur SHNQning 120-bandiga asosan qabul qilinishi lozim boʻlgan maydonchalarni qurishga yoʻl qoʻyiladi.
9. Traktor yoʻllarini yer yuzasida tuproqli oʻroqsimon koʻndalang kesimda yoki tuproq sharoitlariga koʻra uchburchak koʻndalang qirqimli novlar (kyuvetlar) orqali suv ketishi taʼminlangan koʻtarmalarda loyihalash lozim.
10. Alohida yoʻl poyida joylashgan yoʻllarning boʻylama nishabliklari quyidagi 2-jadvalda keltirilgandan katta boʻlmagan qiymatlarda qabul qilinishi kerak.
11. Boʻylama kesim elementlarini yonma-yon nishabliklarining algebraik farqi ‰ dan oshsa, radiusi 100 m dan kichik boʻlmagan va uzunligi 20 m dan kam boʻlmagan egrilik bilan tutashtirish lozim.
12. Traktor yoʻllari uchun rejadagi egrilik radiuslarini kamida 100 m qabul qilish kerak.
Murakkab hududlar uchun egrilik radiuslarini bitta yoki ikkita tirkamali transport poyezdlari harakatlanishi uchun 15 m gacha va uchta tirkamali hamda uzun oʻlchamli yuklarni tashishda 30 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
13. Rejadagi egrilik radiuslari 100 m dan kichik boʻlganda yoʻl poyini quyidagi 3-jadvalga muvofiq egrilikning ichki tomonidan kengaytirish lozim.
3-jadval
Traktorlar va tirkamalar soni
Rejadagi egrilik radiuslari quyidagicha boʻlganda yoʻl poyini kengaytirish, m
15
30
50
80
100
Traktor:
tirkamasiz
1,50
0,55
0,35
0,20
-
bitta tirkamali
2,50
1,10
0,65
0,40
0,25
ikkita tirkamali
3,50
1,65
0,95
0,60
0,45
uchta tirkamali
-
2,15
1,30
0,80
0,65
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 01/2-61-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalarining
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2020-yil 22-yanvardagi 27-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.05.11-19 “Jamoa xoʻjaliklaridagi, boshqa xoʻjalik korxonalari va tashkilotlaridagi ichki xoʻjalik avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2015-yil 30-oktabrdagi 156-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2018-yil 2-oktabrdagi 208-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 2-son oʻzgartirishlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 5-iyuldagi 336-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 3-son oʻzgartirishlar.