1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati]
“Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
(Texnik hujjatlar)
SHNQ 2.05.02-07*
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 50]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 01/2-61-sonli “ SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (hisob raqami 304, 14.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNK 2.05.02-07* “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Adliya vazirligida hisobga olingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-oktabr,
186-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2021-yil 15-oktabrdagi 186-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.05.02-07* “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 7.1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yoʻl toʻshamasining umumiy qalinligini hisoblashda, yemirilish qatlami yoʻlning toʻshamasi tarkibiga kiritiladi.”.
2. 42-jadvalda:
birinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
I. II
I markali A, B, G turdagi zich va oʻta zich issiq asfaltbeton va polimer asfaltbeton qorishmalari hamda chaqiq tosh mastikali asfaltbeton qorishmalari
I markali gʻovak issiq asfaltbeton qorishmalar
”;
Izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Asfaltbeton qorishmalari GOST 9128, GOST 31015 yoki OʼzDSt 3120 talablariga javob berishi kerak.
2. Bir qatlamli qoplamalar va qoplamaning ustki qatlami uchun koʻrsatilgan materiallar qabul qilinadi.
3. Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari (ichki yoʻllar) bir qatlamli qoplamalar bilan loyihalanganda, gʻovak issiq asfaltbeton qorishmalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.”