1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati]
“Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
(Texnik hujjatlar)
SHNQ 2.05.02-07*
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 18-mayda hisobga olindi, hisob raqami 9]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 01/2-61-sonli “ SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (hisob raqami 304, 14.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga asosan buyuraman:
1. SHNQ 2.05.02-07* “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Adliya vazirligida hisobga olingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-aprel,
96-son
Qurilish vazirining 2021-yil 28-apreldagi 96-sonli buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.05.02-07* “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha
1.10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shuningdek, umumiy foydalanishdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlashga taalluqli boʻlmagan boshqa bino va inshootlarni qurilish chegarasigacha boʻlgan masofa yoʻl oʻqidan xar tomonga (chap va oʻng) 57,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak.”.