1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.05.05-24 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 308]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.05.05-24 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-oktabr,
01/2-73-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 10-oktabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 8-oktabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 30-sentabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 17-oktabrdagi 01/2-73-son buyrugʻiga 1-ILOVA
SHNQ 2.05.05-24 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan yoʻl izining kengligi 1520 mm va hisobiy harakat tezligi 200 km/h gacha boʻlgan temir yoʻl hamda harakat tezligi 150 km/h gacha boʻlgan avtomobil yoʻllari tunnellarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari ochiq usulda quriladigan transport tunnellarini, suv osti tunnellarini va katta siljish joylaridagi togʻ tunnellarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
QMQ 2.01.03-96 “Seysmik hududlardagi qurilish”;
SHNQ 2.01.07-21 “Yuklamalar va taʼsirlar”
QMQ 2.01.08-96 “Shovqindan himoyalash”.
2-bob.Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
avtomobil yoʻllari tunneli — baland yoki konturli toʻsiqlar, shaharlardagi toʻsiqlardan, avtomobil yoʻllari transportini oʻtkazish uchun moʻljallangan yer osti uzun muhandislik inshooti;
yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;
temir yoʻl tunneli — baland yoki konturli toʻsiqlar, shaharlardagi toʻsiqlardan, temir yoʻl transportini oʻtkazish uchun moʻljallangan yer osti uzun muhandislik inshooti;
tunnel portali — tunnelda meʼmoriy jihatdan moʻljallangan kirish yoki chiqish joyi;
rampa — avtotransport vositalarini yer yuzasidagi qatnov qismidan tunnelga yoki aksincha oʻtkazish uchun qoʻllaniladigan inshoot.
3-bob.Umumiy qoidalar
3. Tunnellarni loyihalash va qurish ishlari yoʻldan foydalanish talablaridan kelib chiqib, muhandis-geologik, iqlim, muz, tuproq va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tunnel qurilishi va foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga taʼsirini inobatga olgan holda bajarilishi kerak.
4. Tunnellar ulardan foydalanish muddati davomida transport vositalarining toʻxtamay va xavfsiz harakatlanishi, tejamkorlik va eng kam mehnat sarfi, xizmat qiluvchilarning sogʻlom hamda xavfsiz ish sharoitlarini taʼminlashi kerak.
Taʼmirlash ishlarini rejalashtirish uchun tunnel qoplamalarining xizmat muddatlari quyidagicha belgilanishi lozim:
120 yil;
mukammal tuzatish davriyligini — 50 yil;
ustki pardozlash ishlari davriyligini — 30 yil.
5. Tunnel kesib oʻtish qurilishidagi asosiy texnik yechimlarni aniqlash uchun quyidagi omillar oʻrganilishi hamda inobatga olinishi kerak:
rejada va koʻndalang kesimda joylashish;
tunnellar soni;
tunnellarning oʻlchamlari;
tunnel qoplamasining turi;
yer osti suvlaridan, adashgan toklardan va boshqa zararli taʼsirlardan himoyalash.
6. Yer osti suvlarining tartibsiz ravishda oʻtishidan tunnellar himoyalangan va suvni olib chiquvchilarga ega boʻlishi kerak.
7. Uzunligi 100 m dan ortiq boʻlgan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari (choʻktiriladigan qismlardan yigʻiladigan suv osti tunnellari bundan mustasno) yongʻin yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda quyidagicha xavfsizlik yoʻlaklariga ega boʻlishi kerak:
odamlarning tashqariga chiqishiga moʻljallangan;
qidiruv;
transport;
shamollatish;
yer osti suvlarini olib chiqish;
kabel tarmoqlarini joylashtirish vazifalarini bajaradigan.
8. Tunnel va xavfsizlik yoʻlaklari yoki yonma-yon oʻtkazilgan tunnellar orasida, 300 m dan oshmagan masofada ulovchi sunʼiy boʻshliqlar joylashtirish lozim.
9. Tunnellarda favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik ashyolari, jihozlar, anjomlari joylanadigan boʻlmalar va shkaflar boʻlishi kerak.
10. Boʻlmalar har 300 m da tunnelning ikki tomonida shaxmat usulida joylashtirilishi kerak.
Tunnelning uzunligi 300 — 400 m gacha boʻlsa, uning oʻrtasida bitta, uzunligi 400 — 600 m gacha boʻlsa, ikkita boʻlma joylashtirilishi lozim.
Shkaflar tunnelning har ikki tomonida boʻlmalar orasida har 60 m da shaxmat usulida joylashtirilishi lozim.
11. Uzunligi 1000 m dan ortiq boʻlgan avtomobil yoʻllari tunnellarida har 500 m masofada uning koʻndalang kesimini transport vositalarini qisqa muddatli toʻxtash maydonchalarini joylashtirish uchun kengaytirilishi, bunda maydonchalarga kirish va chiqish asosiy yoʻl hisobidan amalga oshirilishi hamda ularning uzunligi 50 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Maydonchalarning eni tunnel uchun qabul qilingan bitta yoʻlning oʻtish qismi kengligidan kam boʻlmasligi lozim.
12. Avtomobil yoʻllari tunnellarida peshtoqdan kamida 100 m uzoqlikkacha yoritilgan asfalt-beton yoʻl qoplamalarini qoʻllash hamda xizmat yoʻlkasi sathidan 1-2 m balandlikdagi devor sirtini oq rang bilan qoplash lozim.
Boʻlma va taxmonlarning tashqi burchaklari nurlanuvchi boʻyoqlar bilan boʻyalishi kerak.
Peshtoqlarning yuzalari va tirgak devorlarni qoplash uchun qora (toʻq) rangli materiallar ishlatilishi lozim.
4-bob. Koʻndalang kesim, boʻylama yon tomon va reja
13. Qurilayotgan va qayta taʼmirlanayotgan temir yoʻl tunnellarining koʻndalang kesimi inshootlar yaqinlashuvi oʻlchamlari “S” shaklni taʼminlashi kerak.
14. Tunneldagi yoʻlning boʻylama profilini 3 foizdan kam boʻlmagan bir yoki ikki nishabli qilib loyihalash lozim.
Temir yoʻl tunnellaridagi maksimal qiyalik (III chi va undan past darajadagi yoʻllar uchun butun tortuvchi kuchni hisobga olgan holda) yoʻlning ochiq joyi uchun qabul qilingan va tunnelning uzunligiga koʻra, quyidagi koeffitsiyentlarga koʻpaytirilgan qiyalik miqdoridan katta boʻlmasligi kerak.
0,3 km gacha — 1,0;
0,3 km dan 1 km gacha — 0,9;
1 sh dan 3 km gacha — 0,85;
3 km dan uzun 0,8 — 0 ,7 5 (tunnel uzunligiga bogʻliq holda).
Egri chiziqli joylarda boʻylama profil yonining bir-biriga yaqin boʻlgan toʻgʻri chiziqli qismlari vertikal tekislikda yoʻl darajasiga bogʻlik boʻlgan radius bilan qoʻshilishi lozim.
15. Temir yoʻl tunnellarining rejada joylashishi va yoʻl qismlarining egrilik radiuslari temir yoʻl ochiq joylariga quyiladigan talablarni taʼminlashi kerak.
16. Avtomobil yoʻllari tunnellari koʻndalang kesimining asosiy parametrlari, inshootlar va jihozlarning yaqinlashuv oʻlchamlari avtomobil yoʻli toifasi hamda tunnel uzunligiga bogʻliq holda, avtotransport vositasining oʻlchamlariga muvofiq boʻlishi lozim.
17. Uzunligi 300 m gacha boʻlgan avtomobil yoʻllari tunnellari yurish qismining boʻylama profili bir nishabli, uzunligi 300 m dan ortiq boʻlsa, bir va ikki nishabli boʻlishi lozim.
Bunda, nishab 3 foizdan kam va 40 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.
18. Qiyin topografik va muhandis-geologik sharoitda joylashadigan, uzunligi 500 m gacha boʻlgan togʻ tunnellari, suv osti tunnellarining rampa va qirgʻoq qismlari uchun boʻylama nishabi 60 foizgacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
19. Avtomobil yoʻllari tunnellarining rejada joylashishi yoʻl toifasi boʻyicha hisobiy harakat tezligiga mos kelishi kerak.
Bunda, minimal radius 250 m dan, favqulodda vaziyatlarda 150 m dan kam boʻlmasligi lozim.
20. Tunnel peshtoqi suv bosadigan yerda joylashgani holda peshtoq suv chiqaradigan novtagining sathi yuqori suvning eng baland sathidan (tiqilish, muz koʻchish, toʻlqin balandligining koʻpayish ehtimoli 1:300 (0,33 foiz) boʻlishini hisobga olib) kamida 1,5 m baland boʻlishi kerak.
5-bob. Tunnellarning qurilish konstruksiyalari konstruksiyalar va materiallar
1-§. Asosiy talablar
21. Xavfsizligini taʼminlash uchun tunnellar yoʻlaklari va yer osti inshootlari yuk koʻtaruvchi yoki oʻpirilishdan saqlovchi doimiy qoplamalarga ega boʻlishi kerak.
Qoplamalar butun sirti boʻyicha tuproqqa zich tutashishi lozim.
Tunnel yer osti xavfsizlik yoʻlaklariga kirish joylari peshtoq koʻrinishda mustahkamlangan va shakllantirilgan boʻlishi kerak.
Tunnel peshtoqi qiyalikdan dumalab tushadigan toshlarni ushlab qoluvchi panjaralarga va meʼmoriy bezaklarga ega boʻlishi lozim.
22. Uzunligi 100 m va harakat tezligi 80 km/h dan ortiq boʻlgan avtomobil tunnellarining kirish qismi uzunligi 20 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Bunda, tunnellarning kirish qismi koʻndalang kesimining yuzasi eng kamida 40 foizga koʻpaytirilgan qismga ega boʻlishi kerak.
23. Boʻlma va oʻyiq oʻlchamlari ushbu SHNQning 1-jadvalida keltirilgan qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim.
Boʻlma va shkaf pollarining sathi temir yoʻl tunnellarida unga yaqin boʻlgan rels tagining, avtomobil yoʻllari tunnellarida esa xizmat yoʻlining sathi bilan bir xil boʻlishi kerak.
24. Tunnel qoplamalari, xavfsizlik yoʻlaklari, peshtoq, peshtoq oldi tirgak devorlar va boshqa tunnel oldi inshootlar hamda ichki qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladigan materiallar quyidagicha talablarga javob berishi lozim:
mustahkamlik;
sovuqbardoshlik;
tashqi va ichki muhit agressiv taʼsiriga qarshi chidamlilik;
olovbardoshlilik;
qurilish hamda foydalanishning meʼyoriy va yoʻl-transport hodisasi harorat holatlarida zaharli moddalar ajratmaslik.
1-jadval
Tunnel qurilmalari
Oʻlchamlar mm
kengligi
balandligi (boʻlma, shkaf oʻrtasida)
chuqurligi
Tunneldagi boʻlmalar:
Temir yoʻllardan
4000
2800
2500
Avtomobil yoʻllardan
2000
2500
2000
Tunneldagi taxmonlar:
Temir yoʻllardagi
2000
2500
1000
Avtomobil yoʻllaridagi
2000
2500
500
25. Namlangan tuproqda quriladigan tunnel boʻlaklari qoplamalari suv oʻtkazmas materiallardan qurilishi hamda namdan muhofazalangan boʻlishi kerak.
Yaxlit beton yoki temir-beton tunnel qoplamalarini namdan muhofazalash uchun ishlatiladigan materiallar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
uzoq muddatga chidamlilikka;
mexanik va harorat taʼsirlariga;
yer osti suvlarining kimyoviy agressiv taʼsiriga;
mikroorganizmlar taʼsiriga qarshi chidamlilikka.
Nam oʻtkazmaslik tadbirlari loyihada yoʻl qoʻyiladigan qoplamaning yoriqlar hosil boʻlib deformatsiyalanishi natijasida buzilmasligi lozim.
26. Siqilishga boʻlgan mustahkamlik boʻyicha beton sinflari quyidagilardan kichik qilib olmaslik kerak:
V30 — yigʻma temir-beton qoplamalar uchun;
V15 — yaxlit beton qoplamalar, peshtoqlar, ichki temir-beton konstruksiyalar uchun;
V25 — yaxlit temir-beton, beton va yaxlit presslangan qoplamalar uchun;
V25 — suv osti tunnellarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari (choʻktiriladigan boʻlmalar) uchun;
V25 — sachratma-beton qoplamalar uchun.
27. Qoplama va peshtoq elementlarini qalinligi hisob boʻyicha belgilanishi lozim.
Qoplama va peshtoq elementlarining minimal qalinliklari quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
yaxlit beton va temir-betonli tunnel qoplamasining devor va gumbazlari — 200 mm;
yaxlit beton va temir-betonli tunnel qoplamasining devor va gumbazlari, boʻrtib chiqqan qoyali yerlarda — 100 mm;
yigʻma temir-beton qoplamaning uzluksiz kesimli bloklarda — 200 mm;
yigʻma temir-beton qoplamaning qirra va yonlari — 100 mm;
yaxlit peshtoqli devorlarda:
betonli — 300 mm;
xarsang toshli — 500 mm;
temir-betonli — 150 mm.
sachratma-beton qoplamalar:
oʻpirilishdan saqlovchi (pardoz) qoplamalar (boʻrtib chiqqan joylarda) — 50 mm;
yuk koʻtaruvchi — 100 mm.
28. Konstruksiyalarning ishchi armaturalari uchun beton himoya qobigʻining qalinligi quyidagi 2-jadvalda keltirilganlardan kam boʻlmasligi lozim.
2-jadval
Tunnel qoplamasi
Element qalinligi, mm
Element qalinligi, mm
Yigʻma va yaxlit temir-betonli qoplamalar
100 gacha
101 dan 200 gacha
201 dan 500 gacha
500 dan yuqori
10
20
30
40
Choʻktiriladigan boʻlmalar
1000 gacha
1000 dan yuqori
30
60
Sachratma beton qoplamalar
100 dan kam
101 va yuqori
15
20
29. Tunnellarning asosiy konstruksiyalari quyidagi minimal olovbardoshlikka ega boʻlishlari kerak:
tunnel qoplamalari va ichki konstruksiyalar — 1,5;
devorlar (toʻsiqlar, shamollatish xonalari, kanallarning tomlari) hamda dahlizlar — 0,75,
yongʻinga qarshi oʻzi yopiluvchi eshiklar, yongʻinga qarshi tuynuklar — 0,6,
narvon supalari, kosourlar, zinapoyalar, toʻsin va zinaning ikki supa oʻrtasidagi qismi — 1,0.
30. Tunnel qoplamalari hamda ularning metall himoyalari, oʻrnatilgan detallar va biriktirgichlar korroziyadan himoyalangan boʻlishi lozim.
31. Temir yoʻlning elektrlashtirilgan joylarida tiklanayotgan qoplamalar, relslar hamda tunneldagi biriktirgichlar adashgan tok taʼsiridan himoyalanishi kerak.
32. Seysmik joylarda tiklanayotgan tunnelning temir-beton va beton qoplamalarida antiseysmik deformatsiya choklar oʻrnatish lozim.
Bunda, ular orasidagi masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak, m:
yaxlit beton qoplama uchun — 20;
yaxlit temir-beton qoplama uchun — 40;
yigʻma temir-beton qoplama uchun — 60.
33. Seysmikligi 7 ball va undan ortiq boʻlgan hududlarda qurilayotgan tunnel qoplamalarining konstruksiyalari QMQ 2.01.03-19 ga muvofiq konstruktiv xususiyatlarga ega boʻlishi lozim.
34. Seysmik faol hududlarda qurilayotgan tunnel konstruksiyalari ularning tektonik yoriqlarni yoki turli mustahkamlikdagi tuproqlarni kesib oʻtganda, bogʻliqlikni ajratib qoʻyuvchi deformatsiya choklarga ega boʻlishi kerak.
2-§. Konstruksiyalarni hisoblash boʻyicha talablar
35. Tunnel qoplamalari va ichki konstruksiyalarining hisoblash sxemalarida quyidagi talablarga javob berishi kerak:
inshootlarning ishlash sharoitlariga;
ularni qurish texnologiyasiga mos kelishiga;
konstruksiya elementlarini oʻzaro va oʻrab turuvchi tuproq bilan taʼsir xususiyatlarini hisobga olishga;
tunnelni qurish va ishlatish davomida uning alohida elementlariga yoki butun inshootga yuk va taʼsirlarning noqulay birga qoʻshilgan holdagi taʼsirini hisobga oluvchi turli hisobiy vaziyatlarga.
Bunda, quyidagi holatlarni inobatga olinishi lozim:
doimiy, uzoq va qisqa muddatli yuklarning birgalikdagi asosiy taʼsiri;
doimiy, uzoq muddatli, qisqa muddatli va bitta maxsus yuklarning birgalikdagi oʻziga xos taʼsiri.
36. Qoplamadagi kuchlar holatini hisoblash chizmalari sifatida aniqlangan yuklar koʻrsatilgan yoki uzluksiz tutash muhitlar mexanikasi asosidagi chizmalar xizmat qilishi kerak.
Yuklar berilgan holatda, yuklarga tuproq massivining qarshiligini, uzluksiz muhit mexanikasi usullaridan foydalanilganda esa yuk koʻtaruvchi konstruksiya va tuproq deformatsiyalarining oʻzaro taʼsirini hisobga olish kerak.
37. Tunnel konstruksiyalarini berilgan kuch va taʼsirlarga hisoblashda, taʼsir muddati uzoqligi boʻyicha doimiy va vaqtincha (uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus) larga ajratish lozim.
38. Doimiy yuklarga togʻ va gidrostatik bosim, konstruksiyaning ogʻirligi, konstruksiyada saqlanadigan oldindan zoʻriqtirishdagi kuchlanish, toʻkilgan tuproqlar kiritilishi kerak.
39. Uzoq muddatli yuklarga muqim (statsionar) uskunalar ogʻirligidan, havo haroratining taʼsiridan, muzlashidan, betonning choʻkishi va oʻziga choʻziluvchanligidan hosil boʻladigan yuklar kiritilishi lozim.
40. Qisqa muddatli yuklarga tunnel qurilishi jarayonidagi yuklar va taʼsirlar kiritilishi kerak:
qalqon domkratlarining bosimidan;
qoplama ortiga qorishma yuborishdan va tuproqlarni fizik-ximik mustahkamligidan;
qurilish transport uskunalarining yuki va taʼsiridan;
odamlar xizmat koʻrsatish va taʼmirlash qismlaridagi materiallar ogʻirligidan;
tunnel yigʻma qoplamalarini koʻtarish, tashish va montaj qilishdagi zoʻriqish taʼsiridan;
tunnelni ishlatish jarayonida tunnel ichidagi va yer ustidagi transport vositalaridan tushadigan yuklar.
41. Maxsus yuklarga quyidagilar kiritilishi lozim:
seysmik va portlash taʼsirlari, ishlanayotgan mintaqada grunt tuzilishi, siljish va koʻchishlarning oʻzgarishi bilan bogʻlik boʻlgan deformatsiyalar;
doim muzlaydigan tuproqdagi togʻ bosimi, xavfli geologik jarayonlar va ularning birgalikdagi taʼsiridan hosil boʻladigan yuklar.
42. Meʼyoriy yuklarni sunʼiy boʻshliq oʻlchamlari tunnelning joylashish chuqurligi, joyning tektonik tuzilishi (birinchi navbatda yoriqligi) va fizik-mexanik xususiyatlari, uning namlanganligi hamda ishlab chiqarish usullariga koʻra belgilanishi kerak.
Bunda, oʻxshash muhandis-geologik sharoitlarda tunnel qurilishi jarayonida olingan maʼlumotlardan foydalanish lozim.
43. Tunnel qoplamalari konstruksiyalarini chegaraviy holatlar usuli bilan hisoblash kerak.
Birinchi guruh chegaraviy holatlarga quyidagilar kiritilishi lozim:
konstruksiya yuk koʻtaruvchi elementining turli xil buzilishi (masalan, moʻrt, plastik, qayishqoqlik) (turlari SHNQ 2.01.07-21 boʻyicha);
foydalanishga toʻla yaroqsiz holatga keltiruvchi shakl turgʻunligining yoʻqolishi;
turgʻunlik holatining yoʻqolishi (choʻktiriluvchi boʻlmalarni suzib chiqishga hisoblash);
foydalanishni toʻxtatishga olib keladigan yoriqlarning hosil boʻlishi (namlangan tuproqqa qurilgan, biroq suvdan himoyalanmagan tunnellarning beton va temir-beton qoplamalari uchun).
Ikkinchi guruh chegaraviy holatlar quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
konstruksiyalar deformatsiyalarining oxirgi chegaraga yetishi (masalan, chegaraviy egilishlar, buralishlar);
yoriqlar hosil boʻlishi;
chegaraviy ochilish yoki chegaraviy uzunlikdagi yoriqlarning paydo boʻlishi.
44. Birinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha hamma konstruksiyalar uchun hisob ishlarini bajarish lozim.
Hisob ishlari qabul qilingan hisobiy chizma boʻyicha barcha hisobiy holatlar (yuklarning asosiy va oʻziga xos birgalikdagi taʼsiri)ga ashyolar, tuproq, yuklar xususiyatlarining hisobiy qiymatlarini hamda konstruksiyalar ishlash sharoitlari koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
45. Ikkinchi guruh, chegaraviy holatlar boʻyicha hisob-ishlari qabul qilingan hisobiy chizma boʻyicha oʻrnatilgan va oʻtuvchi hisobiy holatlarga (yuklarning asosiy birgalikdagi taʼsiri) ashyolar, tuproq yuklar xususiyatlari hamda konstruksiyalarning ishlash sharoiti koeffitsiyentlari normativ qiymatlarini hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
Temir-beton konstruksiyalardan foydalanish tajribasida yoki ularni tajribaviy tekshirish natijasida, ularda hosil boʻladigan yoriqlar ochilishining oʻlchovi yoʻl qoʻyilgan chegaraviy oʻlchovdan katta boʻlmagan va konstruksiyaning foydalanish jarayonidagi bikrligi yetarli boʻlgan hollarda, ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha hisob ishlari bajarilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
46. Yuklarning oʻzgarishi yoki normal foydalanish shartidan chetga chiqish natijasida normativ qiymatdan katta yoki kichik tomonga ogʻishini hisobga oluvchi yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlarining qiymatlari ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
Bir paytda bir nechta yuklar hisobiy qiymatlari ortishi ehtimolining bitta yuk hisobiy qiymati ortishi ehtimolidan kamligini hisobga oluvchi yuklarning birgalikdagi taʼsiri koeffitsiyentlarining qiymatlari mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
47. Tuproqning mustahkamlik va deformativ tavsiflarini muhandis-geologik qidiruv ishlari, oʻtkazilgan dala va laboratoriya tadqiqotlari asosida aniqlash lozim.
48. Temir-beton tunnel konstruksiyalarining yoriqbardoshligi ularning ishlash sharoitlariga koʻra ushbu SHNQning 3-ilovasida keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
49. Beton va temir-beton elementlari kesimlarining mustahkamligini SHNQ 2.03.01-24 talablari boʻyicha ish sharoiti koeffitsiyentlari γα kiritib tekshirish lozim. Bu koeffitsiyent quyidagilarni hisobga olish lozim:
qabul qilingan hisobiy modelning yaxlit beton qoplamaning mavjud ishlash sharoitidan ogʻishi γα=0,9;
namlangan joylarda qurilgan, biroq suvdan himoyalanmagan qoplama betoni mustahkamligining kamayishi γα = 0,9;
konstruksiyani oldindan zoʻriqtirishdagi kuchlanishning saqlanishi (tuproqqa siqiluvchi qoplamalar uchun ) γα = 1,2.
6-bob. Doimiy qurilmalar
1-§. Yoʻlning ustki tuzilishi va yurish qismi
50. Yoʻlning ustki tuzilishi konstruksiyasi yoʻl oqova ariqlar va boshqa tunneldan foydalanish qurilmalarini mexanizatsiyalashtirilgan taʼmirlash va ularni saqlash imkonini yaratishi kerak.
Temir yoʻl tunnellaridagi shagʻal konstruksiyali yoʻlning ustki tuzilishi chaqiq toshdan foydalanib ishlanishi lozim.
Iz atrofida shpal tagidagi shagʻal qatlamining qalinligi 0,25 m dan kam boʻlmasligi kerak.
51. Tunnellarga choksiz rels yoʻllari yotqizilishi lozim.
Tunnel uzunligi 300 m va undan kam boʻlgan hollarda relsli yoʻllarda choklar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
52. Temir yoʻl tunnellari turli qismining har 20 metrida hamda egri qismining har 10 metrida devor qoplamasiga mahkamlangan doimiy reperlar oʻrnatilishi lozim.
Reperlar bir yoʻllik tunnellarning toʻgʻri qismi oʻng tomoniga (kilometrlar hisobi boʻyicha), egri qismida esa tashqi iz tomonidan oʻrnatilishi kerak.
Ikki izli tunnellarda reperlarni izlarning har ikkala tomoniga oʻrnatish lozim.
Reper yonida tunnel devoriga belgi mahkamlanishi, bunda reper raqam, undan eng yaqin izning ichki qirrasigacha boʻlgan va uning boshidan balandlik masofasi koʻrsatilishi lozim.
53. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellarining peshtoqlarida III sinf nivelirlash uchun reperlar oʻrnatilishi kerak.
2-§. Oqova ariq va zovur qurilmalari
54. Peshtoq tomoniga qiya boʻlgan tunnel boʻyicha yoki xavfsizlik yer osti yoʻlagida yer osti yoki tunnel yuvilishidan chiqqan suvlarni chiqarish va ularni relyefning pasaygan joylariga tashlashni kollektorlar yoki yopiq tarnovlar orqali joriy qilish lozim.
55. Kollektor yoki tarnovlar oraligʻi 20 m dan koʻp boʻlmagan quduq yoki tindirgichlarga ega boʻlishi kerak.
Tindirgichlarni vaqti-vaqti bilan tozalash uchun ularga oʻtish qulay boʻlishi lozim.
Suffoziyaga moyil tuproqlarda joylashgan tunnellarda yer osti suvlarini qochirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
56. Tarnov yoki kollektorlar tubining qiyaligi 3 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
Tarnov va tindirgichlardagi suvning hisobiy sathi yoʻlning yuqori tuzilishi yoki yoʻl qoplamasi asosidan past boʻlishi lozim.
57. Tunnel boʻylama kesimi bir qiyalik boʻlganda, yuqori tomondagi peshtoq oʻyimidan tashqariga suv oqizadigan ariq boʻlishi kerak.
58. Suvni oqib ketishini yaxshilash uchun togʻ tunnellarining peshtoq atrof yuzasini, chuqurlarni, teshiklarni va boshqa kovlangan joylarni yer osti suvlarini yigʻmaydigan tuproq bilan toʻldirish lozim.
Bunda, ariqlar tarmogʻini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
59. Trassaning pasaygan joylaridagi tunnellarda alohida xonalarda joylashgan suv toʻplaydigan va suvni chiqarib tashlaydigan qurilmalar boʻlishi kerak.
Suv chiqaruvchi qurilmalar rampa joyining pastki qismiga joylashtirilishi lozim.
60. Bosimli suv quvurlari, oqava ariqlar, zovur qurilmalari va suv yigʻadigan inshootlar konstruksiyalari ularda suv muzlashi, tunnel yurish qismi yoki devorlarida muz qatlamlari hosil boʻlishiga yoʻl kuymasligi kerak.
Ushbu SHNQning 60-bandida keltirilgan inshootlarni sovuq oʻtmaydigan qilish va isitish kerak.
3-§. Tunnelni shamollatish
61. Shamollatish tunneldan quyidagi tartiblarda foydalanishni taʼminlashi kerak:
A — moʻtadil harakat jadalligi “choʻqqiga” chiqqan vaqtda, yoʻl qoʻyilgan maksimal tezlikda transportning toʻxtovsiz harakati amalga oshiriladi;
B — sekinlashgan — transportning toʻxtovsiz harakati 20 km/h dan kam tezlikda amalga oshiriladi;
V — transport tirbandligida — transportning ishlab turgan dvigatellari bilan 15 min gacha toʻxtab turish holati.
62. Tunnelning moʻtadil “A” foydalanish tartibida transport qismida havoga chiqariladigan gazlar tarkibida uglerod oksidining chegaraviy ruxsat etilgan toʻplanishi ushbu SHNQning 3-jadvalida keltirilganlardan, “B” va “V” tartiblarda esa quyidagi miqdorlardan yuqori boʻlmasligi lozim, mg/m3:
uglerod oksidi — 200;
azot oksidlari — 5;
qurum (qorakuya) — 4.
63. Yongʻin sodir boʻlganda, sunʼiy usulda shamollatish harakat yoʻnalishini oʻzgartirishga imkon beradigan va quyidagilarni taʼminlaydigan boʻlishi kerak:
berilgan yoʻnalishdagi shamollatish oqimining ustuvorligini;
evakuatsiya tugamaguncha havo ustunini kamida 20 Pa hosil qilish bilan yoʻllarni tutun bosmasligini;
shamollatish oqimi harakat yoʻnalishini oʻzgartirish vaqti 10 min dan ortiq boʻlmasligini.
Yongʻin vaqtida issiq gazlarni soʻrib olish uchun moʻljallangan shamollatkichlarga hamda ularni chiqarib yuborish uchun asosiy havo uzatmadan ajratilgan chiqarish yoʻliga ega boʻlishi kerak.
64. Avtomobil tunnellarini shamollatish usuli tunnel ichidagi koʻrinish talablarini taʼminlashi, bunda yoriqlik kuchsizlanishi koʻrsatkichi 0,0075 I/m dan oshmasligi kerak.
65. Tunnel havosining eng chegaraviy yoʻl quyilgan harorati issiq kunlarda tashqi havoning eng yuqori haroratidan koʻp, sovuq kunlarda esa eng past haroratdan kam boʻlmasligi lozim.
Temir yoʻl tunnellarining uzunligi 1000 m dan va avtomobil yoʻllari tunnellarining uzunligi 300 m dan kam boʻlganda, haroratlarning miqdori va tashqi havoning nisbiy namligi yaqinda joylashgan meteostansiya maʼlumotlaridan olinishi lozim.
Katta uzunliklarda va elektr quvvati bilan tortuvchi maxsus issiqlik tartibi amalga oshiriladigan temir yoʻl tunnellarida tunnel peshtoqlarida (ustlarida) davomliligi uch yildan kam boʻlmagan tabiiy kuzatishlar natijasidan olinishi kerak.
qiyin ob-havo sharoitida qurilayotgan temir yoʻl tunnellarida tashqi havo kirishini chegaralovchi shamollatish darbozalari yoki boshqa qurilmalar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
66. Tunnelning mazkur SHNQning 62-bandida keltirilgan ishlash tartiblarida va 64-bandi boʻyicha yongʻin tasodifida, shamollatish vaqti tunnelda tuman hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
67. Qish faslida xizmatchilar xonasini isitishda havo harorati 18º S dan kam boʻlmasligi kerak.
68. Tunnel transport qismining kesimi boʻyicha shamollatish tartibida transport vositalari taʼsirini hisobga olmasdan havo harakatining oʻrtacha tezligi 6 m/s dan kam boʻlmasligi kerak.
Bunda, inshootlarning havo chiqaruvchi qismida tezlikning koʻpayishini belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
69. Bir yoʻlli temir yoʻl va bir tomonga harakatlanuvchi avtomobil yoʻllari tunnellarini boʻylama shamollatishda uning oqim yoʻnalishi mos kelishi kerak.
70. Avtomobil tunnellaridagi boʻlma, taxmon va buzilgan avtotransport toʻxtash maydonchalarini shamollatish, tunnelni shamollatish hisobiga amalga oshirilishi lozim.
71. Tunnel shamollatish qurilmalarini boshqarish, tunnel va peshtoqlar havo muhiti fizik va ximik parametrlarini doimiy nazorat qilishni taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksidan tashkil topishi kerak.
72. Tunneldagi shamollatish uskunalarining ishlashidan chiqadigan shovqin darajasi ushbu SHNQning 4-jadvalida keltirilgan miqdorlardan oshmasligi kerak.
Aholi punktlaridagi yerning ustki shovqini QMQ 2.01.08-96da keltirilgan miqdorlardan oshmasligi lozim.
73. Uzunligi 200 m dan ortiq toʻgʻri chiziqli va 100 m dan ortiq egri chiziqli temir yoʻl hamda avtomobil yoʻllari tunnellari ushbu SHNQning 5 va 6-jadvallariga muvofiq qoʻzgʻalmas sunʼiy yoritish vositalariga ega boʻlishi kerak.
Tunnel va uning xavfsizlik yer osti yoʻlaklari umumiy yoritishlardan tashqari buzilish (avariya) holatidagi qoʻshimcha yoritishga ega boʻlishi kerak.
Taʼmirlash ishlarini bajarishda qoʻshimcha koʻchma yoritgichlardan foydalanish lozim.
74. Temir yoʻl tunnellaridagi gorizontal yoritilish rels boshi sathida va yer osti yoʻlaklarining toza pol sathida 1 lk dan kam boʻlmasligi kerak.
3-jadval
Transport vositalarining tunnelda turish vaqti
Tunnel transport qismi havosida uglerod oksidining chegaraviy yoʻl qoʻyiluvchi bir joyga toʻplanishi, mg/m3
Temir yoʻldagi
Avtomobil yoʻlidagi
5
6
7
8
9
10
15
20
28
24
21
19
17
16
12
9
60
51
45
41
38
35
26
21
Izoh. Transport vositalarini tunnelda boʻlish vaqti, t va uglerod oksidining chegaraviy yoʻl qoʻyiluvchi bir yerga toʻplanishi, ularning logarifmik shkalalarida qurilgan toʻgʻri chiziqli bogʻliqliklari boʻyicha ikki tomonga kengaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
4-jadval
Oktava chiziqlarining oʻrtacha geometrik chastotalari, Nz
62
125
250
500
1000
2000
4000
8000
Ovoz bosimining darajasi, dB
97
88
83
78
72
62
54
47
75. Avtomobil yoʻllari tunnellarida yoritgich qurilmalari yaratadigan yoritish tartibi va gorizontal yoritilishning oʻrtacha miqdori mazkur SHNQning 5 va 6-jadvallariga muvofiq belgilanishi kerak.
Harakat bir tomonlama boʻlgan tunnellarning chiqish tomonidagi oʻrtacha gorizontal yoritilish 30 lx boʻlishi lozim.
76. Avtomobil tunnellarining oʻrtacha gorizontal yoritilishining aniq meʼyori mavjud har qaysi qismida maksimal yoritilishning oʻrtachaga nisbati 3:1 dan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
77. Avtomobil yoʻllari tunnellarining umumiy yoritish tartibini boshqarish tunnel tashqarisidagi tabiiy yorugʻlikning oʻzgarishiga bogʻliq holda avtomatlashtirilishi hamda navbatchi xonasidan amalga oshirilishi kerak.
Tunnellarni kechki va tungi yoritish tartibini, shuningdek kunduzi yoritiladiganlarini tabiiy yorugʻlikning kamayishi 100 lx gacha yetganda bajarish lozim.
78. Taʼmirlash ishlari bajariladigan joylarni yoritish uchun yoritgichlar, tokchalar, boʻlmalar, yoʻlaklar va ular orasida oʻrnatiladigan oʻchirib-yoqish moslamasi (shtepsel rozetkalari) orqali umumiy yoritish tarmogʻiga bir va ikki yoʻllik tunnellarning bir tomonida, bir-biridan 60 m masofada yoki ikki hamda toʻrt yoʻllik va undan kengroq tunnellarda ikki tomonida ulanishi lozim.
Koʻchma yoritgichlarni transformatorlardagi 220/12 V kuchlanishdan olishni nazarda tutish kerak.
Loyihadagi egrilik radiusi 350 m va undan kam boʻlgan tunnellarning kirish qismi burilishning tashqi tomonida yopmadan 1 m sathda vertikal yoritilish (Eoʻr lx) miqdori oq plita bilan qoplanganda yoki oq boʻyoq bilan boʻyalganda, gorizontal yoritilishning oʻrtacha 0,4 qiymatidan beton qoplamadagi peshtoqdan 20 m dan 75 m gacha boʻlgan masofada oʻrtacha gorizontal yoriqlik 0,8 dan kam boʻlmasligi kerak.
Avtomobil yoʻllari tunnellarining oʻrta qismida uzunligi 1300 m dan koʻp boʻlgan trassa bilan kunduzgi, kechki va tungi tartibdagi kirish va chiqish peshtoqlaridan 500 m masofada televizion tarmoq ishlatilmasa, gorizontal yoritilishni 30 lk dan to 15 lk gacha tushirishga, yuqori sezuvchanligi yetarli boʻlmagan telekameralardan foydalanilsa, 50 lk gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
6-jadval
Kirishning koʻrinishi
Kirish teshigining yoʻnalishi
Qor qoplamaning davomiyligi
Oʻtish qismi qoplamasining kirish peshtoqidan m masofadagi oʻrtacha gorizontal yoritilishi normasi
(Eoʻr lx)
10
30
50
75
100
125
150 va undan yuqori
Peshtoqqa qiyasiz tutish
Shimoliy
yarim yildan kamroq
750
750
400
150
75
30
30
yarim yildan koʻproq
1000
1000
550
250
100
50
30
Janubiy
yarim yildan kamroq
1000
1000
550
250
100
50
30
yarim yildan koʻproq
1500
1500
850
400
150
75
30
Peshtoqqa qiyalik boʻyicha tushish
Shimoliy-janubiy
Yil davomida
1250
1000
650
350
125
60
30
Izohlar:
1. Shimoliy yoʻnalishga, shuningdek shimoliy sharqiy va shimoliy gʻarbiy, janubiy yoʻnalishga esa janubiy sharqiy va janubiy yoʻnalishlar ham kiradi.
2. Agar peshtoqning koʻndalang kesimi tunnelnikidan katta boʻlganda keltirilgan masofalar tunnel asosiy kesimi boshlanishidan oʻlchanadi.
7-bob. Yongʻinga qarshi himoya
79. Uzunligi 300 m dan ortiq tunnellar yongʻinga qarshi himoyaga ega boʻlishlari kerak.
Tunneldagi yongʻin oʻchirish postlarini (oʻt oʻchirgich va uskunalar bilan jihozlangan yongʻin joʻmraklari) boʻlaklar va tokchalarda har 60 m da, xavfsizlik yoʻllarida esa har 40 m da joylashtirish lozim.
80. Uzunligi 2500 m dan ortiq boʻlgan tunnellarda yongʻinga qarshi suv oʻtkazgich va kerakli suv zaxirasi boʻlgan doimiy yongʻin oʻchirish vositalari oʻrnatish lozim.
Qoʻshimcha yongʻin oʻchirish vositalari (suv uchun hovuzlar, nasos stansiyalari) tashqi xonalarda yoki alohida sunʼiy boʻshliqlarda joylashishi kerak.
81. Yongʻinga qarshi suv oʻtkazgich tunnel uzunligiga koʻra qismlarga boʻlinishi, bunda yongʻin joʻmragidagi zarur bosim va suvning quruq oʻtkazgichdan eng uzoqdagi yongʻin joʻmragigacha oqib oʻtish vaqti 5 min dan koʻp boʻlmasligini hisobga olib, alohida qism (zona)larga boʻlinishi lozim.
Tunneldagi yongʻinni oʻchirish hisobiy vaqti 3 h qilib olish, bunda suvning sarfi, yongʻin joʻmragining diametri 65 mm, unumdorligi 5 l/s boʻlgan ikkita otilayotgan suv oqimidan foydalanish shartidan kelib chiqib aniqlanishi kerak.
Suv bosimida oqimining taʼminlangan uzunligi 10 m dan kam boʻlmasligi lozim.
82. Yongʻinga qarshi suv oʻtkazgichning har qaysi qismi ikkita mustaqil manba buloq (hovuzlardagi suv zaxirasi yongʻinni 3 h ichida oʻchirishga yetadigan ketma-ket suv taʼminoti tarmogʻidan toʻldiriladigan hovuz)lar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suv oʻtkazgichni tunnel va xavfsizlik yer osti yoʻlagi orqali halqalash lozim.
Yongʻinga qarshi suv oʻtkazgich tarmogʻidagi suvning muzlamasligi taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hovuzlarni tashib keltiriladigan suvlar bilan toʻlgʻazishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, suvning yongʻin hajmini toʻlgʻazilish vaqti 24 h oshmasligi lozim.
83. Tunnel va yoʻlak yoki parallel tunnellar orasidagi ulanish boʻlaklarida yongʻinga qarshi eshiklar, havoni oqimini yongʻin tomonga yoʻnaltiradigan sunʼiy shamollatish jihozlari bilan taʼminlangan yoʻlak-shlyuzlar boʻlishi kerak.
84. Uzunligi 300 m dan ortiq boʻlgan hamma tunnellar avtomatlashtirilgan yongʻin signalizatsiya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Temir yoʻl tunnellari yongʻin oʻchirish tarmoqlarining yoqilishida tortuvchi elektr tarmoqlari taʼminotining avtomatik uzilishi taʼminlangan boʻlishi lozim.
85. Tunnel xizmatchilari va yoʻl-transport hodisasi qutqarish xizmatini yongʻindan xabardor qilish maqsadida, tunnel xavfsizlik yoʻllari hamda boshqa tunnel inshootlarida 120 — 160 m masofada joylashgan tokchalarga telefon apparatlari tarmoqlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
86. Yongʻin joʻmraklari, signalizatsiya va yongʻinni oʻchirish tarmoqlarini ishga tushirish tugmalari oʻrnatilgan joylar, evakuatsiya yoʻllari elektr taʼminoti yoʻl-transport hodisasi holatida ishlaydigan yoritish tizimiga ulangan yoritgichlar bilan belgilangan boʻlishi lozim.
87. SSB va elektr taʼminoti shkaflari avtomatlashtirilgan gazli yongʻin oʻchirish modulli uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
8-bob. Atrof muhitni muhofaza qilish
88. Tunnellarni loyihalashda ularni garmonik ravishda landshaft bilan muvofiqlashtirish, bunda portal sodda boʻlish lozim.
89. Tunnellarni loyihalash va qurishda yer osti ichimlik suvlari toʻplangan linzalarning buzilmasligi, foydali qazilmalar va zaharli chiqindi toʻplangan joylarni kesib oʻtish boʻyicha yechimlar hisobga olinishi kerak.
90. Tunnellardan toʻplangan oqava suvlarni tozalab, texnologik talablar yoki boshqa maqsadlarda foydalanish, qoldiqlarni esa relyefning past joylariga yoki ochiq suv oqimlariga oqizib yuborilishi kerak.
91. Tunnellarni qurishda oʻrmonlarni qoʻriqlash, yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda torflangan hududlarda kriogenga qarshi tadbirlar moʻljallanishi lozim.
92. Tunnellarda sodir boʻlgan toʻplangan ifloslangan havolarni tashqariga chiqarish uchun teshiklar moʻljallanishi va korxonalar chiqindilari tarkibidagi zararli moddalarning atmosfera havosidagi konsentratsiyasini hisoblash uslubiga muvofiq taʼminlanishi kerak.
93. Aholi yashash punktida ventilyatsiya shaxtasini loyihalashda, shovqin pasaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi lozim.
94. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda va ularning atrofida temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini, tunnellarni qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
95. Temiryoʻl hamda avtomobil yoʻllarini qurishni loyihalashda yoʻlni kesib oʻtadigan har qanday yovvoyi hayvonlar yoʻnalishini va hayvonlarning yangi yoʻlni xavfsiz kesib oʻtishi uchun maxsus koʻpriklar yoki tunnellarni rejalashtirish lozim.
SHNQ 2.05.05-24 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari
Yukning koʻrinishlari
Koeffitsiyentlar qiymati
Doimiy yuklar
Tunnel ustidagi tuproq qatlamining vertikal ogʻishligidan:
Tabiiy tuzilishida
1,1
Toʻkilgan holatda
Gumbaz boʻlishi holidagi vertikal togʻ bosimining quyidagi tuproqlar uchun miqdori
1,15
Qoyatosh yerlar
1,6
Tuproqli
1,5
Qumlar va yirik chaqiq togʻ jinslari
1,4
Tuproq toʻkilishidagi vertikal bosimidan
1,8
Tuproqning gorizontal bosimidan
1,2 (0,7)
Gidrostatik bosim
1,1 (0,9) ,
Konstruksiyaning oʻz ogʻirligidan:
Yigʻma temir-beton
1,1 (0,9)
Yaxlit beton
1,2 (0,8)
Metall
1,05
Uzoq muddatli yuklar
Qoʻzgʻalmas jihozlar ogʻirligi
1,05
Ob-havo haroratlarining taʼsiri
Yerlarni muzlaganda koʻtarilish kuchi:
1,1
Tuproqli yerlarda qumli yerlarda
1,5
Texnologik boʻlmalardagi koʻprik va osma kranlarning
1,4
Vertikal yuklari
1,1
Betonning choʻkishi va oʻzicha choʻziluvchanligining taʼsiri
1,1 (0,9)
Izoh:
1. Qavs ichida keltirilgan yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti (yf) ning miqdori yuklar kamayganda qoplamalarning eng noqulay qoʻzgʻash hollari uchun qabul qilinadi.
2. Qisqa muddatli yuklarning miqdorlari va ularning yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari (yt) 1,3 dan kam olinmasligi lozim.
3. Konstruksiyalarni ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblashda va hisoblash holatlariga oʻtishda (qurilish holatida, tubdan tuzatishda, qayta tiklashda) yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari 1 ga teng deb olinadi.
SHNQ 2.05.05-24 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Yuklarning birgalik koeffitsiyentlari
Doimiy va ikkitadan kam boʻlmagan vaqtinchalik yuklarni birgalikdagi taʼsirini hisobga olgan holda, vaqtinchalik yuklarning hisobiy miqdori yoki ularga tegishli zoʻriqishlarni quyidagi birgalik koeffitsiyentlariga koʻpaytirish kerak:
asosiy birgalikdagi uzoq muddatli yuklar uchun Ψ=0,95;
qisqa muddatli yuklar uchun Ψ=0,90;
maxsus birgalikdagi uzoq muddatli yuklar uchun Ψ=0,95;
qisqa muddatli yuklar uchun Ψ=0,8.
Bunda, maxsus yuklar miqdori kamaytirilmasligi lozim.
Doimiy va bitta uzoq yoki qisqa muddatli vaqtinchalik yuklarni oʻz ichiga oladigan asosiy birgaliklarni hisobga olinganda va koeffitsiyentlarni kiritilmasligi zarur.
Asosiy birgaliklar uch va undan ortiq yuklarni hisobga olinganda, ularning hisobiy miqdorlarini birinchisi (taʼsir darajasi boʻyicha) 0,1, ikkinchisi-0,8, boshqalari 0,6, boʻlgan birgalik koeffitsiyentlariga koʻpaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.05.05-24 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Konstruksiyalarning yoriqbardoshligiga boʻlgan talablar
SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha yoriqbardoshlilik turlari
Qoʻyiladigan talablar
Tunnel konstruksiyalari
I
Yoriq hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi
Suvli yerlardagi namdan himoyasiz temir-beton suv oʻtkazmaydigan qoplama
II
Ishlatish davomida yoriqlarning qisqa muddatli, keyinchalik yopilishi (siqilishi) taʼminlash sharti bilan yoriq ochilishiga yoʻl qoʻyiladi
Ishlatish davomida yoriqlarning qisqa muddati, keyinchalik yopilishi (siqilishi) taʼminlash sharti bilan yoriq ochilishiga yoʻl qoʻyiladi, biroq 0,15 m dan oshmagan
Suv osti tunnellarining metall himoyali choʻktiriladigan temir-beton qismlari
IV
Eni boʻyicha chegaralangan qisqa muddatli 0,3 mm va uzoq muddatli 0,2 mm boʻlgan yoriqlar ochilishiga yoʻl qoʻyiladi
Suvsiz yerlardagi beton va temir-beton qoplamalar
Izoh. Konstruksiyalarning nam oʻtkazuvchanligini chegaralari, armaturalarni saqlab qolish uchun yoriqlarning yoʻl qoʻyilgan ochilish kengligining miqdori SHNQ 2.03.01-24 da keltirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 17-oktabrdagi 01/2-73-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 13-avgustdagi 64-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.05.05-96 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” qurilish meʼyorlari va qoidalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2014-yil 14-apreldagi 41-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.05.05-96 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari” qurilish meʼyorlari va qoidalari kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.