1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Davlat chegarasini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi rejimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimini taʼminlashning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kuyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi rejimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasida chegara zonasida roʻyxatga olish modulini yaratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-oktabr,
700-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi rejimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini (keyingi oʻrinlarda — Davlat chegarasi) jihozlash, Davlat chegarasini shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib oʻtish, Davlat chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni oʻtkazish, Davlat chegarasida va chegara mintaqasida xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, chegaraviy mojarolarni hal etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Davlat chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasini (quruqlikni, suvni, yer qaʼrini va samoviy hududni) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq boʻylab oʻtuvchi vertikal sathdan iborat;
Davlat chegarasi rejimi — Davlat chegarasida va chegara mintaqasida amal qilib, Davlat chegarasini jihozlash, Davlat chegarasini shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib oʻtish, Davlat chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni oʻtkazish, Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida (keyingi oʻrinlarda — oʻtkazish punktlari) chegara nazoratini amalga oshirish, shaxslarning, transport vositalarining va tovarlarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazilishini vaqtincha cheklash yoki toʻxtatib turish, Davlat chegarasida va chegara mintaqasida xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish, chegaraviy mojarolarni hal etish tartibini belgilovchi qoidalar majmui;
profilaktik mintaqa — Oʻzbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish maqsadida belgilanadigan Davlat chegarasi boʻylab, shuningdek, chegara daryolari va suv havzalarining qirgʻoqlarida uning texnik tavsiflariga muvofiq suvni muhofaza qilish zonasining tashqi chegarasi boʻylab oʻtgan joyning 100 metr kengligidagi mintaqa;
tozalash mintaqasi — chegaradosh davlatlar oʻrtasida Davlat chegarasi yaxshi koʻrinib turishi uchun joylarda chegaraning butun uzunligi boʻyicha, shuningdek, chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari suvni muhofaza qilish zonalarining texnik tavsiflariga muvofiq tashqi chegaralari boʻylab oʻtgan joyning 5 metr kenglikdagi mintaqasi;
xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish — Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi suv havzalaridan foydalanish, suv inshootlarini barpo etish, dehqonchilik, chorvachilik, ishlab chiqarish, tadqiqot, izlanish ishlarini amalga oshirish uchun yerdan, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish, konchilik ishlarini, geologik izlanishlarni hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish;
chegara belgisi — bir yoki bir necha elementlardan tashkil topgan Davlat chegarasini joylarda belgilash uchun moʻljallangan qurilma;
chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari — Davlat chegarasi oʻtadigan, shuningdek, bevosita Davlat chegarasi chizigʻiga tutash boʻlgan hamda chegara mintaqasida joylashgan suv obyektlari;
chegara mintaqasi — Davlat chegarasiga bevosita tutash boʻlgan, Davlat chegarasi rejimi joriy etiladigan chegaraoldi hududning bir qismi;
chegaraoldi hudud — Davlat chegarasiga tutash boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik (tuman, shahar) doirasidagi hudud.
3. Davlat chegarasi rejimi Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
2-bob. Davlat chegarasini jihozlash tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
4. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan Davlat chegarasini jihozlash maqsadida chegara belgilari, tozalash mintaqasi, chegara mintaqasi bunyod etiladi hamda ular soz holda boʻlishi taʼminlanadi, ular nazorat tarzida koʻzdan kechiriladi, shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan birgalikda Davlat chegarasi chizigʻining oʻtishi tekshiriladi.
5. Chegara belgilarini oʻrnatish, ularga ishlov berish va ularni soz holda ushlab turish tartibi chegaradosh davlat bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Davlat chegarasini jihozlash maqsadida chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli bir qismini hamda Oʻzbekiston Respublikasining ushbu suvlarda joylashgan orollarini oʻz ichiga olgan quruqlikdagi uchastkalari boʻylab chegara mintaqasi belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
7. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining takliflari asosida Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyani, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tegishli hududlar boʻyicha chegara mintaqasini aniqlash, belgilash va zarurat yuzasidan oʻzgartirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Bunda mazkur hududiy komissiyalarning chegara mintaqasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan hududiy komissiyalarning chegara mintaqasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari tasdiqlanganidan soʻng chegara mintaqasi belgilangan hududda Davlat chegarasi rejimi joriy etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
8. Chegara mintaqasi Davlat chegarasi chizigʻidan chegara mintaqasining mamlakat ichkarisidagi chegarasigacha boʻlgan hududni va ushbu hududda joylashgan tozalash mintaqasini, profilaktik mintaqani, chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli bir qismini, ularning muhofaza zonalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining ushbu suvlarda joylashgan orollarini oʻz ichiga oladi.
Chegara mintaqasining tarkibiga davlat zaxira yerlari va chegara mintaqasida faoliyat yuritish taqiqlanmagan boshqa yerlar ham kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
9. Chegara mintaqasining kengligi Davlat chegarasini buzishga boʻlgan jismoniy urinishlarning hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha harakatlarni taʼminlashi lozim.
Chegara mintaqasida shaxslarning turar joylari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Chegara mintaqasining mamlakat ichkarisidagi chizigʻi joyning tabiiy geografik joylashuvidan kelib chiqib, muhandislik-texnik inshootlar, toʻsiqlar, chegara yoʻllari, koʻpriklar va qoʻriqlashning boshqa texnik vositalari obyektlarini barpo etish imkonini beradigan kenglikdagi tekislikda oʻtishi lozim.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga chegara mintaqasi hududida:
joyning fizik-geografik shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda, chegara mintaqasining ichki chegarasidan boshlab muhandislik-texnik inshootlarni, toʻsiqlarini barpo etish, chegara yoʻllari, koʻpriklar va boshqa obyektlar qurish imkonini beradigan 50 metrgacha kenglikda (ayrim hollarda joyning fizik-geografik sharoitlaridan kelib chiqqan holda ajratiladigan yer uchastkasining eni kengaytirilishi mumkin) boʻlgan yer uchastkalari;
tozalash mintaqasini jihozlash uchun chegara belgilarini, boshqa muhandislik-texnik inshootlar va toʻsiqlarni oʻrnatish hamda saqlash maqsadida Davlat chegarasidan eni 5 metrdan kam boʻlmagan yer uchastkalari;
chegara mintaqasida joylashgan barcha yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi bilan qoʻshni davlatlar oʻrtasida Davlat chegarasining demarkatsiyasi toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma imzolangandan soʻng doimiy foydalanishga beriladi.
3-bob. Davlat chegarasini shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib oʻtish tartibi
1-§. Davlat chegarasini kesib oʻtishning umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
12. Davlat chegarasi quyidagicha kesib oʻtiladi:
quruqlikda, chegara daryolarida, koʻllarida va boshqa suv havzalarida — xalqaro temir yoʻllarning, avtomobil yoʻllarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yoʻllarining Davlat chegarasini kesib oʻtish uchun belgilangan joylarida;
samoviy hududda — xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yoʻlaklarida.
13. Davlat chegarasini oʻtkazish punktlaridan tashqarida kesib oʻtishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
14. Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan avtomobil yoʻli va temir yoʻl oʻtkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotganda:
belgilangan yoʻnalishni oʻzgartirish va zaruratsiz toʻxtash;
transport vositalariga shaxslarni chiqarish, tovarlarni yuklash, transport vositalaridan shaxslar, tovarlarni tushirish hamda transport vositasini toʻxtatish yoki qarovsiz tashlab ketish;
har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchish apparatlarini havoga koʻtarish, qoʻndirish yoki qabul qilish taqiqlanadi.
2-§. Chegara daryolarida, koʻllarida va boshqa suv havzalarida Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
15. Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning kemalari hamda harbiy kemalari chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarida Davlat chegarasini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq kesib oʻtadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
16. Chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarida Oʻzbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning ichki suvlariga va portlariga kirmasdan Davlat chegarasini kesib oʻtuvchi kemalar qatnovi xalqaro shartnomalar asosida tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
17. Oʻzbekiston Respublikasining va chet davlatlarning kemalari hamda harbiy kemalari Davlat chegarasini kesib oʻtish jarayonida va ichki suvlarda Oʻzbekiston Respublikasi portlariga kirgan yoki kirmagan holda harakatlanayotganda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi portlaridan Davlat chegarasi tomon harakatlanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining talabiga koʻra:
agar mansublik (davlat yoki harbiy dengiz) bayrogʻi koʻtarilmagan boʻlsa, oʻz mansublik bayrogʻini koʻtarishi;
agar kemaning harakat yoʻnalishi suzish uchun taqiqlangan yoki vaqtincha xavfli boʻlgan hududga, shuningdek, sunʼiy orol, qurilma yoki inshoot atrofida belgilangan xavfsizlik hududiga olib borsa yoxud suzish tartibining boshqacha tarzda buzilishiga olib kelsa, kemaning harakat yoʻnalishini (kursini) oʻzgartirishi;
kemaning ichki suvlarga kirish maqsadi, harakatlanish sxemasidan (chizigʻidan) chetga chiqishi sabablari toʻgʻrisida xabardor qilishi;
toʻxtashi va koʻzdan kechiruvchi guruhni kema bortiga tekshirish uchun qabul qilishi, kemaga va navigatsiyaga oid hujjatlarni, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilarning, yuklar va tovarlarning hujjatlarini taqdim etishi;
harakat yoʻnalishini (kursini) oʻzgartirishi va Oʻzbekiston Respublikasi portiga yoki koʻrsatilgan boshqa punktga borishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
18. Oʻzbekiston Respublikasining va chet davlatlarning kemalari hamda harbiy kemalariga quyidagilar taqiqlanadi:
suzish (harakatlanish) uchun taqiqlangan yoki vaqtincha xavfli boʻlgan hududga, shuningdek, sunʼiy orol atrofida belgilangan xavfsizlik hududiga kirish yoki mazkur yoʻnalishning harakatlanish sxemasini (chizigʻini) oʻzgartirish, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan oldindan ogohlantirilgan boʻlsa;
chegara nazorati amalga oshirilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining ruxsatisiz yoki bunday ruxsatnoma shartlarini buzgan holda toʻxtash, odamlarni tushirish (chiqarish), tovarlarni yuklash (tushirish), suzuvchi vositalarni bortga qabul qilish yoki suvga tushirish, uchuvchi (uchuvchisiz uchish) apparatlarini havoga koʻtarish, bortga qoʻndirish (qabul qilish), shuningdek, ovchilik, tadqiqot, izlanish faoliyatini yoxud boshqa faoliyatni amalga oshirish, bundan odamlarni va kemalarni qutqarish zarurati yoki boshqa favqulodda vaziyatlar roʻy berishi bilan bogʻliq hollar mustasno.
3-§. Davlat chegarasini samoviy hududda kesib oʻtish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
19. Davlat chegarasini kesib oʻtish joyidan oʻtkazish punkti tomonga borayotgan va ortga qaytayotgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududi orqali tranzit tarzida uchib oʻtayotgan havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari va (yoki) Transport vazirligi tizimidagi tegishli tashkilotning quyidagi talablarini bajarishi shart:
agar yoʻnalish taqiqlangan yoki parvozlar uchun vaqtincha xavfli boʻlgan hududga olib borsa, yoʻnalishni oʻzgartirishi;
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududiga kirishdan maqsadi yoki uchish rejasidan chetga chiqish sabablari toʻgʻrisida xabardor qilishi;
belgilangan joyda qoʻnish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
20. Havo kemalariga Davlat chegarasidan oʻtkazish punktigacha borish yoki ortga qaytish vaqtida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududi orqali tranzit tarzida uchib oʻtish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
xalqaro parvozlar uchun ochiq boʻlmagan aeroportlarga yoki aerodromlarga qoʻnish, shuningdek, ulardan uchish;
uchish rejasida koʻrsatilmagan aeroportlarga yoki aerodromlarga qoʻnish, shuningdek, ulardan uchish;
aeroportlardan va aerodromlardan tashqariga qoʻnish;
belgilangan (tavsiya etilgan) havo trassalaridan va harakat yoʻnalishlaridan chetga chiqish;
aeronavigatsiyaga oid axborot hujjatlarida eʼlon qilingan taqiqlangan zonalarning va parvozlar cheklangan zonalarning hududlari ustidan uchib oʻtish.
Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yoki havo hududini majburiy tarzda kesib oʻtishga olib kelgan fors-major holatlar roʻy bergan yoki roʻy berish xavfi yuzaga kelgan vaziyatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
21. Insonparvarlik reyslarini, shuningdek, davlat vazifalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xalqaro parvozlarni bajarish jarayonida havo kemalari xalqaro parvozlar uchun ochiq boʻlmagan aeroportlarga yoki aerodromlarga istisno tariqasida, qoʻnishi mumkin. Mazkur parvozlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda, Transport vazirligi tizimidagi tegishli tashkilot tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlganda bajariladi.
22. Havo kemalari Davlat chegarasini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda maxsus ajratilgan xalqaro havo trassalari yoki havo yoʻlkalari boʻylab kesib oʻtadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
23. Oʻzbekiston Respublikasining asosiy va eksklav hududlari oraligida havo kemalarining parvozlari chegara nazorati va davlat nazoratining boshqa turlaridan oʻtkazilmagan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy va eksklav hududlari oraligʻida amalga oshiriladigan aviaqatnovlar mahalliy aviaqatnovlarga tenglashtiriladi.
Mazkur yoʻnalishda Davlat chegarasini samoviy hududda kesib oʻtayotgan shaxslar, havo kemalari va tovarlar joʻnab ketish va yetib borish aeroportlarida chegara, bojxona va davlat nazoratining boshqa turlaridan oʻtkazilmaydi.
4-§. Davlat chegarasini oʻtkazish punktlaridan va havo yoʻlaklaridan tashqarida kesib oʻtish tartibi
24. Oʻtkazish punktlaridan tashqarida Davlat chegarasini kesib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan kelishuvlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
25. Oʻtkazish punktlaridan va havo yoʻlaklaridan tashqarida Davlat chegarasini kesib oʻtishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
favqulodda holat joriy etilganda, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar roʻy berganda, havo kemalari tarafidan havo hududini majburiy tarzda kesib oʻtishga olib keluvchi fors-major holatlar yoki insonlarning hayotiga, sogʻligiga hamda xavfsizligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning havo kemalari, kemalari va harbiy kemalari xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa hollarda;
Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning shikastlangan daryo kemalari, chet davlatlarning harbiy kemalari shatakka olinganda;
qutqarilgan insonlarni tashishda;
Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar kemalarining ekipaji aʼzolariga birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatishda.
Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan kelishuvlariga muvofiq, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishda oʻtkazish punkti orqali harakatlanish imkoni boʻlmagan katta hajmli va ogʻir yukli avtotransport vositalarining harakatlanishida oʻtkazish punktlaridan tashqarida Davlat chegarasini kesib oʻtishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
26. Alohida hollarda, xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda (chorva mollarini haydab oʻtishda va boshqa hollarda), shuningdek, suv, transport, sanoat va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan chegaralararo obyektlarga, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va elektr uzatish liniyalariga xizmat koʻrsatishda, ularni taʼmirlashda, ulardan foydalanishda Davlat chegarasini kesib oʻtish, ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan chegaradosh davlatning vakolatli organlari bilan kelishilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining ruxsati bilan oʻtkazish punktlaridan tashqarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunda shaxslar va transport vositalari oʻtkazish punktlaridan tashqarida Davlat chegarasini chegaradosh davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishilganidan soʻng doimiy yoki vaqtincha tashkil etilgan nazorat postlari orqali kesib oʻtadi.
Zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlarning chegaraoldi hududlarida (Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlarning eksklav hududlarida) yashovchi shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatlarning chegara idoralari oʻrtasidagi kelishuvga binoan oʻtkazish punktlaridan tashqarida belgilangan joylarda nazorat postlarini tashkil qilgan holda, tomonlarning fuqarolari va transport vositalari oʻtkazilishi mumkin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish boʻyicha majburiyatlarini bajarish jarayonida chegaradosh davlatning vakolatli organlari bilan kelishuvga koʻra Davlat chegarasini oʻtkazish punktlaridan tashqarida kesib oʻtish huquqi beriladi.
4-bob. Davlat chegarasi orqali shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni oʻtkazish tartibi
1-§. Oʻtkazishning umumiy qoidalari
28. Shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali oʻtkazish belgilangan oʻtkazish punktlarida amalga oshiriladi.
29. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish shaxslarning va transport vositalarining Davlat chegarasini kesib oʻtishiga, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishni yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni amalga oshirishga ruxsat berishdan iboratdir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
30. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
jismoniy shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga doir haqiqiy hujjatlarning mavjudligi;
transport vositalari va tovarlar uchun — transport vositalariga va tovarlarga doir qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi.
31. Oʻtkazish punktida nazorat tartib-taomillari tugallanganidan keyin hamda shaxs, transport vositasi oʻtkazish punktidan tashqariga chiqib ketganda va tovarlar olib chiqilganda, Davlat chegarasi orqali oʻtkazish yakunlangan deb hisoblanadi.
32. Oʻzbekiston Respublikasiga kirishiga qonunchilikka muvofiq ruxsat etilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan shaxslar Davlat chegarasi orqali oʻtkazilmaydi.
33. Tovarlarni Davlat chegarasi orqali olib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida belgilangan joylarda va tartibda amalga oshiriladi.
2-§. Oʻtkazish punktlarida chegara nazoratini amalga oshirish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
34. Chegara nazorati oʻtkazish punktlarida shaxslarga, transport vositalariga va tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat nazoratining bir turi boʻlib, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
shaxslarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini, shu jumladan, shaxsga doir biometrik maʼlumotlarga ishlov berish orqali tekshirish;
shaxslarni ogʻzaki soʻrov qilish;
Oʻzbekiston Respublikasiga kirishiga qonunchilikka muvofiq ruxsat etilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan shaxslar Davlat chegarasi orqali oʻtkazilishining oldini olish;
bojxona organlari bilan hamkorlikda transport vositalarini va tovarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻzdan kechirish hamda koʻrikdan oʻtkazish;
transport vositalari va tovarlarni kuzatib turish, shuningdek, oʻtkazish punktidan Davlat chegarasigacha kuzatib borish va undan ortga qaytishda kuzatib kelish;
davlat nazorati organlarining oʻtkazish punktlarida tegishli nazorat tartib-taomillari amalga oshirganligi toʻgʻrisidagi qaydlari mavjudligini tekshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan boshqa nazorat tartib-taomillarini.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
35. Oʻtkazish punktining faoliyat koʻrsatishi xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining va boshqa vakolatli davlat organlarining harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan Davlat chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxslarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish tartib-taomili amalga oshirilishi mumkin.
Davlat chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxslarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish shartlari va tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
3-§. Shaxslar, transport vositalari va tovarlarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazilishini vaqtincha cheklash yoki toʻxtatib turish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
36. Ayrim oʻtkazish punktlarida quyidagi hollarda Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari hamda tovarlarning oʻtkazilishi qonunchilikka muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan vaqtincha cheklanishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida;
vakolatli davlat organining Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarning karantinli hamda boshqa xavfli yuqumli kasalliklari yuzaga kelishi va tarqalishi toʻgʻrisidagi axborotiga asosan;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar roʻy berganda;
chegaradosh davlat vakolatli organlarining murojaatlariga asosan;
oʻtkazish punkti hududida qurilish-texnik ishlari olib borilayotganda.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
37. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish vaqtincha cheklanganligi yoki toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran 48 soat ichida tegishli davlatlarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.
38. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish vaqtincha cheklanishi yoki toʻxtatib turilishi yuzasidan choralar joriy etilishidan 24 soat oldin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan chegaradosh davlatlarning chegara organlari xabardor qilinadi.
5-bob. Davlat chegarasi va chegara mintaqasiga kirish (boʻlish), xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
39. Chegara mintaqasida boʻladigan shaxslar quyidagilarga majbur:
oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi, shuningdek, chegara mintaqasida boʻlish huquqini beradigan hujjatlarini olib yurishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati vakillarining talabiga binoan hujjatlari, transport vositalari va tovarlarni tekshirish uchun taqdim etishga, chegara mintaqasida boʻlishining sababini tushuntirishga;
chegara mintaqasidagi yerlarning maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga, ekin va hayvonot dunyosiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda yongin xavfsizligiga rioya etishga;
tegishli vosita va usullar orqali yigʻib-terib olishda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xomashyosi oʻsimliklar resurslari nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
40. Chegara mintaqasi doirasida:
xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining ruxsatnomasi boʻyicha — davlat oʻrmon fondi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining doimiy foydalanishida boʻlgan yaylov yerlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tizimdagi yer maydonlari tegishliligicha oʻrmon xoʻjaligi organlari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi yoki jismoniy va yuridik shaxslar bilan kelishilgan holda;
barcha turdagi havo kemalari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlari, aerofoto suratga olish — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarini parvozlar boshlanishidan 10 kun oldin xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligidan ruxsat olinganidan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
41. Chegara mintaqasida quyidagi rejim cheklovlari belgilanadi:
xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining va chegaradosh davlatlarning milliy xavfsizligiga zarar yetkazmasligi yoki zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirmasligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish boʻyicha vazifalarni bajarishda toʻsqinliklarni vujudga keltirmaslik;
sport va havaskorlik ovi, baliq ovlash, tabiat qoʻynida dam olish maqsadida, shuningdek, shaxslarning biron-bir ishlab chiqarish yoki xizmat zaruratisiz boʻlishi man etiladi;
joylar va obyektlar foto va video qayd etish vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining ruxsatnomasi bilan tasvirga olinadi;
yovvoyi hayvonlar ularning sonini tartibga solish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda ov qilinadi;
shaxslar va transport vositalariga faqat ishlab chiqarish yoki xizmat zarurati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha chegara mintaqasida boʻlish ruxsat etiladi;
chegara mintaqasida shaxslarni kunning qorongʻu paytida qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi, faqat moddiy mulkka zarar yetkazmaslik yoki xavfsizlik nuqtai-nazardan qisqartirilgan tarkibda shaxslar qolishiga ruxsat berilishi mumkin, agarda inson hayoti va sogʻligʻiga zarar yetmaydigan boʻlsa.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qonunchilikka muvofiq chegara mintaqasida hamda uning tashqarisida jangovar-xizmat (tezkor) faoliyatini amalga oshiradi.
43. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida uning ayrim uchastkalaridagi chegara mintaqasida shaxslarning boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan nazorat postlari qoʻyilgan holda nazoratga olinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
44. Davlat chegarasidagi vaziyat murakkablashganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan chegara mintaqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilgan holda, quyidagilarga nisbatan vaqtincha qoʻshimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:
chegara mintaqasiga begona shaxslarning kirishiga;
xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga;
suzish vositalarining chegara daryolariga, koʻllariga va boshqa suv havzalariga kirishiga.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
45. Yuridik shaxslar yoki yakka tadbirkor chegara mintaqasidagi belgilangan tartibda oʻzlariga ajratilgan yerdan foydalanuvchining foydalanish huquqi tugaganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarini 10 kun muddat ichida xabardor qilishlari shart.
46. Tozalash mintaqasida Davlat chegarasini jihozlash, qoʻriqlash va himoya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday faoliyat man etiladi.
47. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida profilaktika mintaqasida chorva mollarini boqish va saqlash man etiladi.
48. Profilaktika mintaqasida veterinariya-sanitariya rejimiga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
49. Davlat chegarasiga tutash hududlar va chegaradosh davlat hududida barqaror epizootik vaziyat boʻlganda, chegara mintaqasida chorva mollari buning uchun maxsus ajratilgan joylarda faqat kunduzi boqiladi.
50. Chorva mollarini boqadigan jismoniy va yuridik shaxslar chegara mintaqasida chorva mollarini boqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan belgilangan talablarni soʻzsiz bajarish choralarini koʻrishga majbur.
51. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq chegara mintaqasida boshqa rejim cheklovlari ham joriy etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
52. Jismoniy va yuridik shaxslar chegara mintaqasiga kirishga (boʻlish, xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish) ruxsatnoma olish uchun ushbu shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, sanasi va joyi, ish joyi, mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va raqami, ishlar amalga oshiriladigan joy, ularning vaqti va xususiyati) aks ettirilgan hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan roʻyxatlarni uch nusxada ariza-xatga ilova qilgan holda, ishlar (faoliyat) boshlanishidan 30 sutka oldin, chegara mintaqasi tegishliligi boʻyicha joylardagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalariga taqdim etadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
53. Ariza-xatni yoʻllagan jismoniy va yuridik shaxslarga chegara mintaqasida boʻlish uchun ruxsatnomalar berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
ariza-xatda axborot toʻliq koʻrsatilmagani yoki ataylab yolgʻon maʼlumotlar maʼlum qilinganligi;
qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) harbiy va boshqa harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirilishi;
qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat eʼlon qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tegishli hududiy organlarining rad etishi.
54. Chegara mintaqasiga kirish (boʻlish, xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish) rad etilgan sabablar xat yoʻllagan jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlum qilinmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
55. Chegara mintaqasida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan baliq ovlash, ov qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan oʻzi yurar va oʻzi yurmas kemalar (keyingi oʻrinlarda — suzish vositalari) belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi hamda toʻxtash uchun ajratilgan doimiy joylar bilan birga pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlariga roʻyxatga qoʻyiladi.
Roʻyxatga olinmagan pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlari va buning uchun ajratilmagan boshqa joylarda suzish vositalarini saqlash, ularning turishi, odamlarni chiqarish va tushirish, yuklarni ortish hamda tushirish man etiladi, tabiiy ofatlar va avariya holatlari bundan mustasno.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
56. Suzish vositalarining chegara daryolarida, koʻllarida va Oʻzbekiston Respublikasining ichki suvlaridagi boshqa suv havzalariga chiqishi uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi, ularning ushbu suvlarda boʻlishi va harakatlanish tartibi, shuningdek, qayd etilgan kemalar va ularni nazorat qilish vositalari uchun pristanlar, prichallar hamda toʻxtash punktlarini jihozlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻrnatiladi.
Kemalarni davlat roʻyxatidan va texnik nazoratdan oʻtkazish organlarining mansabdor shaxslari oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun pristanlar, prichallar va toʻxtash punktlarini, shuningdek suv obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda borib koʻrish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
57. Jismoniy va yuridik shaxslar tegishli pristanlar, prichallar va oʻzlariga qarashli kemalar toʻxtash punktlarini belgilangan tartibda jihozlashi, ularning qoʻriqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan aloqani taʼminlashga majbur.
58. Chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
6-bob. Chegaraviy mojarolarni hal etish tartibi
59. Davlat chegarasidagi Davlat chegarasi rejimining Oʻzbekiston Respublikasining yoki chegaradosh davlatlarning manfaatlariga daxldor tarzda buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan hodisa chegaraviy mojarodir.
60. Chegaraviy mojarolarni hal etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
61. Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish va chegaraviy mojarolarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chegara boʻyicha vakillari tayinlanadi.
62. Oʻzbekiston Respublikasi chegara boʻyicha vakillarining vakolatlari va faoliyatni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq belgilanadi.
63. Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar harbiy havo kemalarining, boshqa harbiy obyektlarining yoki harbiy xizmatchilarining harakatlari bilan bogʻliq boʻlgan chegaraviy mojarolarni hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek tegishli davlat organlari vakillarining ishtirokida amalga oshiriladi.
64. Oʻzbekiston Respublikasining chegara boʻyicha vakillari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vakillari tomonidan hal etilmagan masalalar va chegaraviy mojarolar diplomatik tartibda hal qilinadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
65. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllaniladi.
66. Davlat chegarasi rejimi qoidalarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2241-moddaci.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan chegara zonasiga kirish (undan chiqish), undan oʻtish, u yerda boʻlish (yashash), harakatlanish, xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat chegarasi) — Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasini (quruqlikni, suvni, yer qaʼrini va samoviy hududni) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq boʻylab oʻtuvchi vertikal sathdan iborat;
xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish — Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi suv havzalaridan foydalanish, suv inshootlarini barpo etish, dehqonchilik, chorvachilik, ishlab chiqarish, tadqiqot, izlanish ishlarini amalga oshirish uchun yerdan, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish, konchilik ishlarini, geologik izlanishlarni hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish;
chegara zonasi — chegara mintaqasiga tutash boʻlgan, chegara rejimi joriy etiladigan chegaraoldi hududi yoki uning bir qismi;
chegara mintaqasi — Davlat chegarasiga bevosita tutash boʻlgan, Davlat chegarasi rejimi joriy etiladigan chegaraoldi hududining bir qismi;
chegaraoldi hudud — Davlat chegarasiga tutash boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik (tuman, shahar) doirasidagi hudud;
chegara rejimi — chegara zonasiga kirish (undan chiqish), undan oʻtish, u yerda boʻlish (yashash), harakatlanish, xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibi va qoidalari majmui.
3. Chegara zonasida chegara rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar organlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga oʻz vakolatlari doirasida yuklanadi.
2-bob. Chegara zonasini belgilash hamda jihozlash tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
4. Chegara zonasi doirasi, shuningdek, chegara zonasiga kiradigan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar hamda temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining takliflari asosida Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyani, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) tomonidan tegishli hududlar boʻyicha aniqlanadi va belgilanadi (oʻzgartirish kiritiladi).
Bunda hududiy komissiyalar tomonidan:
chegara zonasi chizigʻini belgilash, uning tarkibiga kiradigan mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qilinadi;
hududiy komissiyalarning chegara zonasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan hududiy komissiyalarning chegara zonasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari tasdiqlanganidan soʻng chegara zonasi belgilangan hududda chegara rejimi joriy etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
5. Chegara zonasining chizigʻi Davlat chegarasi yoki (va) chegara mintaqasiga tutash boʻlgan mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy chegarasi yoki joylarda oʻzgarmas topoelementlar boʻylab belgilanadi.
Chegara zonasi roʻyxatiga Davlat chegarasi yoki chegara mintaqasiga tutash boʻlgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovullar maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq toʻliq yoki qisman, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar yaxlitligicha kiritiladi.
6. Chegara zonasiga kirishda ogohlantiruvchi belgilar, axborot doskalari oʻrnatiladi va ichki ishlar hududiy organi navbatchisining pultiga axborot chiqarib beradigan texnik vositalar jihozlanadi.
Chegara zonasiga kirishni texnik jihozlash (kuzatuv va nazorat vositalari) mahalliy davlat hokimiyati organlari, ogohlantiruvchi belgilar, axborot doskalari saqlanishining nazorati hududiy ichki ishlar organlariga yuklanadi.
3-bob. Chegara rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qonunchilikka muvofiq chegara zonasi va uning tashqarisida jangovar-xizmat (tezkor) faoliyatini amalga oshiradi.
8. Chegara zonasiga keladigan va shu yerda yashaydigan shaxslarning hujjatlari, zarur boʻlganda ushbu zonada harakatlanadigan transport vositalari va yuklar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan tekshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
9. Chegara zonasiga kirish (chiqish) nazorati ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat chegarasida vaziyat murakkablashganda esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
10. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida, uning ayrim uchastkalaridagi chegara zonasida shaxslarning boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan nazorat postlari qoʻyilgan holda nazoratga olinishi mumkin.
11. Chegara zonasida oʻrmondan foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini yuritish tartibi ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
4-bob. Shaxslarning chegara zonasiga kirishi (undan chiqishi), undan oʻtishi, u yerda boʻlishi (yashashi), harakatlanishi, xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibi
12. Chegara zonasida doimiy yashaydigan shaxslar chegara zonasi doirasida roʻyxatga olish varaqasini olmasdan, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan tuman, shahar va viloyat hududida harakatlanishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
13. Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, shu jumladan fuqarolik biometrik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi, xizmat guvohnomasi, harbiy guvohnomasi, tugilganlik haqida guvohnomasidan (keyingi oʻrinlarda — shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar) tashqari chegara zonasida boʻlish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan alohida roʻyxatga olish varaqasi ham boʻlishi shart.
14. Davlat oʻrmon fondi hududida joylashgan chegara zonasiga oʻrmondan foydalanish maqsadida keladigan shaxslarda yuqorida qayd etilgan ruxsat beruvchi hujjatlardan tashqari oʻrmon xoʻjaligi organlarining ruxsatnomasi (roziligi) ham boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
15. Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va besh kundan ortiq muddatga keladigan shaxslar chegara rejimi qoidalarida belgilangan huquq va majburiyatlari haqida maʼlumot olish uchun profilaktika inspektoriga yoki mahalla fuqarolar yigini raisiga murojaat qilishlari, shuningdek, chegara zonasiga kelgan shaxslarning ushbu Nizomda belgilangan tartibga rioya etib yashashlari turar joy berayotgan (yashashlariga yoʻl qoʻyayotgan) shaxslar tomonidan taʼminlanadi.
16. Oʻqishga ketgunicha chegara zonasidagi aholi punktlarida yashagan oliy, oʻrta maxsus va boshqa taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda talabalari ushbu punktlarda, ularning taʼlim muassasalarida oʻqishini tasdiqlovchi hujjatlari hamda chegara zonasidagi avvalgi yashash va roʻyxatga olingan joylari boʻyicha boʻlishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
17. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlariga xizmat safariga yuboriladigan shaxslar ushbu punktlarda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va xizmat safari hujjatlari boʻyicha boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Bojxona qoʻmitasining harbiy xizmatchilari va xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha ishchi guruh aʼzolari chegara zonasiga ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (harbiy yoki xizmat guvohnomasi) boʻyicha keladi va boʻladi. Ushbu shaxslarning oila aʼzolari chegara zonasida ular xizmat qilayotgan joydan beriladigan maʼlumotnoma asosida boʻladi.
Diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa shaxslar chegara zonasiga kirish uchun ruxsatni Tashqi ishlar vazirligidan oladilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xizmatga ushbu joylardan chaqirilgan yoxud bu hududda yaqin qarindoshlari boʻlsa, chegara zonasiga xizmat koʻrsatmalari yoki oʻtish guvohnomalari boʻyicha kiradi va boʻladi.
Haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslar chegara zonasida ilova qilinadigan, nomma-nom tuzilgan roʻyxatlar va mudofaa ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) boʻlimlari koʻrsatmalari boʻyicha boradigan punkti koʻrsatilgan holda harakatlanadilar.
20. Chegara zonasida joylashgan sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sogʻlomlashtirish muassasalariga boradigan fuqarolar ushbu zonada shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, sanatoriya va turistik yoʻllanmalar yoki ushbu muassasalar tomonidan beriladigan maʼlumotnomalar boʻyicha boʻladilar.
21.Bolalar chegara zonasida joylashgan dam olish oromgohlari va bolalar uchun boshqa muassasalarda yoʻllanmalar asosida boʻladi. Ushbu muassasalardagi bolalarning ota-onalari farzandlarini koʻrish uchun chegara zonasida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida besh kun davomida boʻladilar.
22. Chegara zonasiga besh kundan ortiq muddatga keladigan shaxslar roʻyxatga olish kartochkalarida koʻrsatilgan maʼmuriy hudud doirasida yashash huquqiga ega boʻladilar.
23. Chegara zonasi doirasida maʼmuriy markaz, maktab, shifoxona va boshqa tashkilotlar joylashgan boʻlsa hamda ularga xizmat koʻrsatadigan shaxslarning bir qismi chegara zonasi tashqarisida yashasa, ushbu shaxslarga chegara zonasida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, chegara zonasi doirasida joylashgan tegishli muassasalar va tashkilotlarda ularning ishlab chiqarish faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha boʻlishiga ruxsat etiladi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi bilan chegaradosh davlatlarning chegaraoldi hududlarida yashovchi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh tuman va shaharlarining chegara zonasiga xalqaro shartnomalar asosida kirib kelishlari va boʻlishlari mumkin.
25. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning chegara zonasida boʻlishlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 50-moddasi.
26. Chet elga chiquvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadigan shaxslar Davlat chegarasidan oʻtish huquqini beradigan tegishli hujjatlar boʻlgandagina chegara zonasidan oʻtadilar.
Ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslar tranzit harakatlanayotgan chegara zonasi punktlarida umumiy asoslarda toʻxtash va boʻlish huquqiga ega. Chegara zonasi orqali tranzit harakatlanayotgan ushbu shaxslar toʻxtashga majbur boʻlgan holatlarda bu haqida ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari shart.
5-bob. Chegara zonasida boʻlish huquqini beruvchi roʻyxatga olish varaqasini rasmiylashtirish va berish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
27. Chegara zonasida roʻyxatga olish varaqalari chegara zonasi belgilangan aynan shu maʼmuriy hudud (tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul) doirasida boʻlish uchun beriladi.
Chegara zonasida yashash huquqini beruvchi roʻyxatga olish varaqasini olish uchun bu yerga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolar kelgan joylari boʻyicha ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — MvaFR boʻlinmalari) kelgan kunlaridan boshlab, dam olish va bayram kunlarini hisobga olmagan holda, bir ish kunidan kechikmasdan murojaat etishlari lozim.
28. Roʻyxatga olish varaqasini olish uchun arizachi ichki ishlar organlariga shaxsan tashrif buyurishlari shart.
29. Roʻyxatga olish varaqasini olish uchun ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ariza va 2-ilovaga muvofiq soʻrovnoma ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasida (keyingi oʻrinlarda — “Pasport-viza” tizimi) shakllantiriladi va ariza beruvchi tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
30. Roʻyxatga olish varaqasini berilishi haqidagi elektron soʻrovnoma “Pasport-viza” tizimida shaxs tekshiruvi, hujjat tekshiruvi va fuqarolik tekshiruvidan, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi, Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Tezkor qidiruv departamenti Terrorizmga qarshi kurashish xizmatining maʼlumotlar bazasidan elektron tekshiruvdan oʻtkaziladi.
31. Roʻyxatga olish varaqasining berilishi haqidagi elektron soʻrovnoma “Pasport-viza” tizimida tekshiruvdan oʻtgandan soʻng ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matritsali shtrix-kod) qoʻyilgan roʻyxatga olish varaqasi chop etiladi.
MvaFR boʻlinmalari xodimlari roʻyxatga olish varaqalarini topshirish vaqtida varaqa oluvchilarni chegara zonasida boʻlish qoidalari bilan tanishtirishlari shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
32. Chegara zonasiga ota-onasi yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bilan keladigan 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga roʻyxatga olish varaqalari ota-onasi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarga beriladi.
Roʻyxatga olish varaqasi bir ish kunida beriladi.
33. Chegara zonasiga vaqtincha yashash uchun keladigan shaxslarga roʻyxatga olish kartochkalari bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
34. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va avval chegara zonasida yashagan hamda doimiy yashash uchun qaytib kelgan shaxslarga roʻyxatga olish varaqalari ularning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini rasmiylashtirish uchun belgilangan muddatga beriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
35. Yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilarning faoliyat turi boʻyicha besh kundan ortiq muddat chegara zonasida boʻladigan xodimlariga roʻyxatga olish varaqalari olti oygacha boʻlgan muddatga beriladi va ular har oy ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
36. Shaxslarga vaqtincha yashash davrida yoki chegara zonasida bir necha marta boʻlishi zarurligi tufayli beriladigan roʻyxatga olish varaqalari amal qilish muddati tugagandan soʻng haqiqiy hisoblanmaydi.
Roʻyxatga olish varaqalarining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar ichki ishlar organlariga ularning amal qilish muddati tugashidan besh kun avval murojaat qilishlari shart.
37. Profilaktika inspektori va mahalla raisi chegara zonasiga kelgan shaxslarga chegara rejimi qoidalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari haqida tushuncha beradi, ularning yashash va harakatlanish qoidalariga rioya etishlari, shuningdek, roʻyxatga olish varaqasining amal qilish muddati tugagandan soʻng oʻz vaqtida chiqib ketishlarini nazorat qiladilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
38. Chegara zonasi hududida boʻlgan shaxslar oʻzlari bilan pasport yoki shaxslarini tasdiqlovchi boshqa hujjat, shuningdek, chegara zonasida boʻlish huquqini beradigan hujjatni olib yurishlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar talablariga muvofiq koʻrsatishlari, chegara zonasida boʻlish sabablariga oid tushuntirishlar berishlari shart.
39. Chegara zonasida yashash huquqini beruvchi roʻyxatga olish varaqalari chegara zonasida boʻlishlari maqsadga muvofiq boʻlmagan shaxslarga berilmaydi.
40. Roʻyxatga olish varaqalarini berish rad etilgan taqdirda, rad etilganlik boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shikoyat bilan murojaat qilish mumkin.
6-bob. Chegara zonasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
41. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) doimiy foydalanishida boʻlgan chegara zonasidagi yaylov yerlardan (keyingi oʻrinlarda — yaylov yerlar) Qoʻmita tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlariga kalendar yilda bir marta taqdim etiladigan roʻyxatga kiritilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — foydalanuvchilar) foydalanadi.
42. Yaylov yerlardan ijara huquqi asosida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
43. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xomashyosi oʻsimliklar resurslari nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymagan va yaylov xoʻjaligiga zarar yetkazmagan holda tegishli vosita va usullar orqali yigʻib-terib olinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
44. Yerdan foydalanuvchilar yaylov yerlardan samarali va maqsadli foydalanishi, shuningdek, ekinlarga va hayvonot dunyosiga zarar yetkazilishiga, yaylov yerlarning maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi hamda yongin xavfsizligiga va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarga rioya etishlari shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
45. Yaylov yerlarda yongin yuzaga kelganda va ularni bartaraf etish vaqtida yerdan foydalanuvchilarning yaylov yerlarga kirishi cheklanadi hamda transport vositalarining umumiy foydalanishda boʻlgan avtomobil yoʻllaridan boshqa yoʻllarda harakatlanishi taqiqlanadi.
46. Qoʻmita yerdan foydalanuvchining yaylov yerlardan foydalanish huquqi tugaganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarini va ichki ishlar organlarini 10 kun muddat ichida xabardor qiladi.
7-bob. Chegara zonasida belgilanadigan rejim cheklovlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
47. Chegara zonasi doirasida boʻladigan shaxslar:
oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi, shuningdek, chegara zonasida boʻlish huquqini beradigan hujjatlarini olib yurishi;
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati vakillarining talabiga binoan hujjatlari, transport vositalari va tovarlarni tekshirish uchun taqdim etishga, chegara zonasida boʻlishining sababini tushuntirishi lozim.
48. Chegara zonasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga chegara zonasida boʻlish va yashash uchun ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
49. Chegara zonasidagi davlat oʻrmon fondi yerlarida hayvonlarni tutish (ov qilish) oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladigan yoʻllanma va varaqlar, boshqa hududlarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari ruxsatnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Barcha holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda maxsus ajratilgan joylarda ov qilinadi.
50. Chegara zonasida chegara rejimiga rioya etilishini taʼminlash va nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorlikda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
51. Chegara zonasi doirasida:
xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish—Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda hamda davlat oʻrmon fondi yoki Qoʻmitaning doimiy foydalanishida boʻlgan yaylov yerlar tegishliligicha oʻrmon xoʻjaligi organlari yoki Qoʻmita bilan kelishilgan holda;
barcha turdagi havo kemalari, shu jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlari, aerofoto suratga olish — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarini parvozlar boshlanishidan 10 kun avval xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
52. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq chegara zonasida boshqa rejim cheklovlari ham joriy etilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoida
53. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 224 –– 2242-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
_______________________________________
tuman (shahar) nomi
_______________________________________
IIB boshligʻiga (F.I.O.), imzo va sana
ARIZA
Men ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
5. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik biometrik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, xizmat guvohnomasi, tugilganlik haqida guvohnoma maʼlumotlari (seriyasi va raqami)
6. Harbiy xizmatga aloqadorligi:
6.1. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun) (seriyasi va raqami)
7. Yashash joyi manzili
8. Roʻyxatga olinayotgan manzil
9. Kelishdan maqsadi
10. Ish joyi va lavozimi
11. Telefon raqami
12. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) haqida maʼlumot
1. F.I.O.
2. Roʻyxatga olinayotgan manzil
III. Ish beruvchi yuridik shaxs haqida maʼlumot
Yuridik shaxs nomi
Pochta manzili
IV. Voyaga yetmagan oila farzandlari
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili, sanasi va joyi
Oʻgʻli
Qizi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
Chegara zonasiga vaqtincha yashashga kelgan shaxslarning roʻyxatga olish varaqasi
Manzil:
Respublika:
Viloyat:
Shahar:
Tuman:
MFY:
Koʻcha:
Uy:
QOIDALAR
1. Roʻyxatga olish varaqasi unda koʻrsatilgan muddatgacha milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan haqiqiydir.
2. Roʻyxatga olish varaqasi faqatgina unda koʻrsatilgan aholi punkti hududida yashash huquqini beradi.
3. Fuqarolar, roʻyxatga olish varaqasini yoʻqotib qoʻygan taqdirda, bu toʻgʻrisida zudlik bilan varaqani bergan ichki ishlar organiga murojaat etib, yangi roʻyxatga olish varaqasini olishlari zarur.
3.1. Chegara zonasida boʻlib turgan shaxslar roʻyxatga olish varaqalarining amal qilish muddati tugashidan besh kun avval hududiy ichki ishlar organiga yangi roʻyxatga olish varaqasini rasmiylashtirish yuzasidan murojaat qilishlari shart.
4. Chegara zonasida chegara rejimi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan maʼmuriy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
Yuqorida qayd etilganlar bilan tanishtirildim.
_____________
(imzo)
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Tugʻilgan yili va sanasi:
5. Shaxsni tasdiqlovchi hujjati
(fuqarolik biometrik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, xizmat guvohnomasi, harbiy guvohnoma, tugʻilganlik haqida guvohnoma):
5.1. Seriyasi va raqami:
5.2. Amal qilish muddati:
6. Kelishdan maqsadi:
7. Birga kelganlar soni:
8. Berilgan vaqti:
9. Amal qilish muddati:
00.00.0000-y. 00:00:00
(Chop etilgan sana va vaqti)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining faoliyatini takomillashtirish va oʻrmon xoʻjaliklarining chegara hududlari tabiiy resurslaridan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 10-sentabrdagi 717-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 5-ilovaning 26-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 61-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 58-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 4-dekabrdagi 735-son qarorining 2, 3-bandlari va qarorga ilova.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yaylov yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida” 2023-yil 9-oktabrdagi 534-son qaroriga ilova.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini oʻzaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyuldagi 453-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)