

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;25.10.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3810506" id="onLBC-3810506">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC5966"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3810506" id="onLS-3810506">[<b>TSZ:</b><div id="LS3792"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Mudofaa va milliy xavfsizlik / Davlat chegarasini muhofaza qilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3813386" id="-3813386">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3813388" id="-3813388">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3813390" id="-3813390">Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3813397" id="-3813397"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7180005" id="-7180005">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-7172087?ONDATE=25.10.2024 00#-7172875">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813401" id="-3813401">“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-31166">Qonuniga </a>muvofiq va chegara rejimini taʼminlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813407" id="-3813407">1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-3810506#-3813447">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813410" id="-3813410">2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyaga, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) 2018-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813418" id="-3813418">mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va hududida chegara zonasi belgilanadigan boshqa obyektlar roʻyxatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813419" id="-3813419">joylarning fizik-geografik sharoitlari va relyefiga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻidan chegara mintaqasining chegarasini belgilasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813420" id="-3813420">3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy komissiyalar ishlarining yakunlari boʻyicha 2019-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813421" id="-3813421">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining jami uzunligida chegara mintaqasi va chegara zonasining chizmasini tushuntirish xati bilan birgalikda aks ettirish ishlarining bajarilishini taʼminlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun materiallar taqdim etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813422" id="-3813422">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini muhandislik-texnik jihozlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining jami uzunligidagi chegara mintaqasi doirasida begʻaraz asosda doimiy foydalanish uchun yerlar ajratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813423" id="-3813423">4. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining budjetdan har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813424" id="-3813424">5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813425" id="-3813425">6. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813427" id="-3813427">Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 25-oktabrdagi qarori; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813429" id="-3813429">Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyundagi qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813432" id="-3813432">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Bosh vazir oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3813434" id="-3813434">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3813438" id="-3813438">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3813441" id="-3813441">2018-yil 5-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3813443" id="-3813443">504-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3813447" id="-3813447"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3813454" id="-3813454">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son <a href="/mact/-3810506">qaroriga</a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3813458" id="-3813458">Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3813462" id="-3813462">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3813465" id="-3813465"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3813471" id="-3813471">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813476" id="-3813476">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chegara zonasi va chegara mintaqasida chegara rejimini taʼminlash tartibini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813479" id="-3813479">2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813484" id="-3813484">Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida va havo boʻshligʻida) belgilovchi chiziq va bu chiziq boʻyicha oʻtuvchi vertikal sath;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813486" id="-3813486"><strong>chegara zonasi</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi tutash hududning bir qismi boʻlib, uning doirasida chegara rejimi joriy etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813488" id="-3813488"><strong>chegara mintaqasi</strong> — chegara zonasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻiga bevosita tutash qismi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813490" id="-3813490"><strong>chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining chizigʻi oʻtgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga bevosita tutashgan va chegara mintaqasida joylashgan suv obyektlari, gidrografiya elementlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813492" id="-3813492"><strong>tozalash mintaqasi</strong> — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab, shuningdek, chegara daryolari va suv havzalarining qirgʻoqlarida uning texnik tavsiflariga muvofiq suvini muhofaza qilish zonasining tashqi chegarasi boʻylab oʻtgan joyning 5 metr kenglikdagi mintqasi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813495" id="-3813495"><strong>profilaktika mintaqasi</strong> — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab, shuningdek, chegara daryolari va suv havzalarining qirgʻoqlarida uning texnik tavsiflariga muvofiq suvini muhofaza qilish zonasining tashqi chegarasi boʻylab oʻtgan joyning 100 metr kenglikdagi mintqasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813497" id="-3813497"><strong>chegara zonasidagi chegara rejimi</strong> — chegara zonasiga kirish (chiqish), undan oʻtish, boʻlish (yashash), harakatlanish va xoʻjalik hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar toʻplami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813499" id="-3813499"><strong>chegara mintaqasidagi chegara rejimi</strong> — alohida rejim cheklovlari oʻrnatiladigan chegara mintaqasiga kirish (chiqish), undan oʻtish, boʻlish, harakatlanish va xoʻjalik hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar toʻplami.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3813505" id="-3813505">2-bob. Chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilash hamda jihozlash</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5765396" id="-5765396"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765398" id="-5765398">3. Chegara zonasi va chegara mintaqasining doirasi, shuningdek, chegara zonasiga kiradigan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyani, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tegishli hududlar boʻyicha aniqlanadi va belgilanadi (oʻzgartirish kiritiladi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765399" id="-5765399">Bunda hududiy komissiyalar tomonidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765401" id="-5765401">chegara zonasi chizigʻini, uning tarkibiga kiradigan mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar roʻyxatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765402" id="-5765402">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻidan joylarning fizik-geografik sharoitlari va relyefiga qarab, chegara mintaqasining chegarasini belgilash boʻyicha qaror qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765403" id="-5765403">Hududiy komissiyalarning chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5765404" id="-5765404"><em>(</em><em>3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 735-sonli qarori tahririda)</em></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5765406" id="-5765406"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765407" id="-5765407">3<sup>1</sup>. Chegara zonasining chizigʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi yoki (va) chegara mintaqasiga tutash boʻlgan mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy chegarasi yoki joylarda oʻzgarmas topoelementlar boʻylab belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765411" id="-5765411">Chegara zonasi roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi yoki chegara mintaqasiga tutash boʻlgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovullar maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq toʻliq yoki qisman, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar yaxlitligicha kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765413" id="-5765413">3<sup>2</sup>. Chegara mintaqasining kengligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini buzishga boʻlgan jismoniy urinishlarning oldini olish boʻyicha harakatlarni taʼminlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765414" id="-5765414">Chegara mintaqasida fuqarolarning turar joylari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765415" id="-5765415">3<sup>3</sup>. Chegara mintaqasi oʻz ichiga tozalash mintaqasi va profilaktika mintaqasini oladi, shuningdek, uning tarkibiga davlat zaxira yerlari va chegara mintaqasida faoliyat olib borish taqiqlanmagan boshqa yerlar ham kiritilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5765424" id="-5765424"><em>(</em>3<sup>1</sup> — 3<sup>3</sup>-bandlar <em>Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 735-sonli </em>qaroriga <em>asosan kiritilgan) </em></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5765435" id="-5765435"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765437" id="-5765437">4. Chegara mintaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi boʻylab, joyning tabiiy geografik joylashuvidan kelib chiqib, muhandislik inshootlari, toʻsiqlar, chegara yoʻllari, koʻpriklar va boshqa obyektlarni barpo etish imkonini beradigan kengligi 50 metrdan kam boʻlmagan oʻtishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5765439" id="-5765439">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga muhandislik inshootlari, toʻsiqlar, chegara yoʻllari, koʻpriklar va boshqa obyektlarni qurish uchun chegara mintaqasining mamlakat ichkarisidagi chegarasidan eni 50 metrgacha boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanishga ajratiladi (ayrim hollarda joyning fizik-geografik sharoitlaridan kelib chiqqan holda ajratiladigan yer uchastkasining eni kengaytirilishi mumkin).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5765441" id="-5765441"><em>(</em><em>4-</em><em>band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 735-sonli qarori tahririda)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813516" id="-3813516">5. Chegara zonasiga kirishda ogohlantiruvchi belgilar, axborot doskalari oʻrnatiladi va ichki ishlar hududiy organi navbatchisining pultiga axborot chiqarib beradigan texnik vositalar jihozlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813521" id="-3813521">Chegara zonasiga kirishni texnik jihozlash (kuzatuv va nazorat vositalari) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3813527" id="-3813527">3-bob. Xizmat faoliyati va oʻrnatilgan rejimga rioya etilishini nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813531" id="-3813531">6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qonunchilikka muvofiq chegara zonasi va chegara mintaqasida hamda ularning tashqarisida jangovar-xizmat (tezkor) faoliyatini amalga oshiradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7040187" id="-7040187"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7040191" id="-7040191">7. Profilaktika mintaqasida veterinariya-sanitariya rejimiga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan nazorat qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7040196" id="-7040196">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli <a href="/mact/-7035397?ONDATE=26.07.2024 00#-7035590">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813542" id="-3813542">8. Chegara zonasiga keladigan va shu yerda yashaydigan shaxslarning hujjatlari, zarur boʻlganda ushbu zonada harakatlanadigan transport vositalari va yuklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlari tomonidan tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813548" id="-3813548">9. Chegara zonasiga kirish (chiqish) nazorati ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Davlat chegarasida vaziyat murakkablashganda esa shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan ham amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813551" id="-3813551">10. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida uning ayrim uchastkalaridagi chegara zonasi hamda chegara mintaqasida shaxslarning boʻlishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan nazorat postlari qoʻyilgan holda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3905006" id="-3905006"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3905007" id="-3905007">10<sup>1</sup>. Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3905014" id="-3905014">(10<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 717-sonli <a href="/mact/-3901259?ONDATE=12.09.2018 00#-3903986">qaroriga </a>asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/717/1869-son) </div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7158062" id="-7158062"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining </em><a href="/mact/-97664#-199420">X bobi</a><em>.</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3813553" id="-3813553">4-bob. Chegara zonasiga kirish (oʻtish), bu yerda boʻlish (yashash), harakatlanish va ishlarni amalga oshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3813554" id="-3813554">11. Chegara zonasida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlariga ichki ishlar organlari tegishli maxsus shtamp qoʻyadi. Bunday belgiga ega pasporti boʻlgan fuqarolar chegara zonasi doirasida roʻyxatga olish kartochkasini olmasdan, yashash joyidagi tuman va viloyat hududida harakatlanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814082" id="-3814082">12. Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va bu yerga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning pasporti va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan (xizmat guvohnomasi, harbiy bileti, tugʻilgani haqida guvohnoma) tashqari chegara zonasida boʻlish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan alohida roʻyxatga olish kartochkasi ham boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814083" id="-3814083">Davlat oʻrmon fondi hududida joylashgan chegara zonasiga oʻrmondan foydalanish maqsadida keladigan shaxslarda yuqorida qayd etilgan ruxsat beruvchi hujjatlardan tashqari oʻrmon xoʻjaligi organlarining ruxsatnomasi/roziligi ham boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814085" id="-3814085">13. Chegara zonasiga besh kundan ortiq muddatga keladigan barcha shaxslar belgilangan punktga kelgandan soʻng dam olish va bayram kunlaridan tashqari, ichki ishlar organlariga roʻyxatdan oʻtish hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach yozib beriladigan alohida roʻyxatga olish kartochkasini olish uchun kelishi shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5057837" id="-5057837"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5057840" id="-5057840">14. Oʻqishga ketgunicha chegara zonasidagi aholi punktlarida yashagan oliy, oʻrta maxsus va boshqa taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda talabalari ushbu punktlarda ularning taʼlim muassasalarida oʻqishini tasdiqlovchi hujjatlar hamda chegara zonasidagi avvalgi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi boʻyicha boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5057847" id="-5057847">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli <a href="/mact/-5023876?ONDATE=29.09.2020 00#-5029567">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814089" id="-3814089">15. Chegara zonasiga ota-onasi yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bilan keladigan 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar ota-onasi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarning roʻyxatga olish kartochkalariga kiritiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480897" id="-4480897"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480901" id="-4480901">16. Chegara zonasiga qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirish, chorva mollarini boqish, qurilish, qidiruv va boshqa ishlarni bajarish uchun kelgan bir guruh fuqarolar, shuningdek, sayyohlar guruhlari, artistlar brigadasi va chegara zonasida yashamaydigan boshqa fuqarolar jamoasiga roʻyxatga olish kartochkalari bunday guruh rahbari nomiga u bilan kelgan shaxslarning soni koʻrsatilgan holda berilishi mumkin. Ushbu holatlarda roʻyxatga olish kartochkasiga chiqish joyidagi manfaatdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan imzo bilan tasdiqlangan guruhning nomma-nom roʻyxati ilova qilinadi. Roʻyxatda koʻrsatilgan shaxslar chegara zonasida ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4480904" id="-4480904">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli <a href="/mact/-4475913?ONDATE=11.08.2019 00#-4476343">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814092" id="-3814092">17. Chegara zonasida roʻyxatga olish kartochkalari chegara zonasi belgilangan bitta maʼmuriy tuman doirasida boʻlish uchun beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814093" id="-3814093">18. Chegara zonasiga vaqtincha yashash uchun keladigan shaxslarga roʻyxatga olish kartochkalari bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814094" id="-3814094">19. Tashkilotlarning faoliyat turi boʻyicha koʻpincha uzoq vaqt chegara zonasida boʻladigan xodimlariga roʻyxatga olish kartochkalari olti oygacha boʻlgan muddatga beriladi va ular har oy ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814095" id="-3814095">20. Shaxslarga vaqtincha yashash davrida yoki chegara zonasida bir necha marta boʻlishi zarurligi tufayli beriladigan roʻyxatga olish kartochkalari amal qilish muddati tugagandan soʻng haqiqiy hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814097" id="-3814097">Roʻyxatga olish kartochkalarining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar ichki ishlar organlariga ularning amal qilish muddati tugashidan besh kun avval murojaat qilishlari shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5057849" id="-5057849"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5057852" id="-5057852">21. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va avval chegara zonasida yashagan hamda doimiy yashash uchun qaytib kelgan shaxslarga roʻyxatga olish kartochkalari ularni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va pasportini rasmiylashtirish uchun belgilangan muddatga beriladi. Bunday holatlarda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ushbu shaxslar ozodlikka chiqishidan bir oy avval ichki ishlar organlariga tegishli axborot va ularning arizalarini yuboradi. Har bir arizaga ariza beruvchining sudlangani toʻgʻrisidagi, uning qamalishidan oldin chegara zonasida yashaganini tasdiqlovchi maʼlumotlar ilova qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5057854" id="-5057854">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli <a href="/mact/-5023876?ONDATE=29.09.2020 00#-5029567">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814100" id="-3814100">22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va Qurolli Kuchlarining chegara zonasida roʻyxatga olish kartochkasiz, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boʻlish huquqiga ega mansabdor shaxslari roʻyxatini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814101" id="-3814101">23. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlariga xizmat safariga yuboriladigan shaxslar ushbu punktlarda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat safari hujjatlari boʻyicha boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814104" id="-3814104">24. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasining harbiy xizmatchilari va xodimlari chegara zonasiga ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha keladi va boʻladi. Qayd etilgan toifadagi shaxslarning oila aʼzolari chegara zonasida ular xizmat qilayotgan joydan beriladigan maʼlumotnoma asosida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814105" id="-3814105">25. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xizmatga ushbu joylardan chaqirilgan yoxud bu yerlarda yaqin qarindoshlari boʻlsa, chegara zonasiga xizmat koʻrsatmalari yoki oʻtish guvohnomalari boʻyicha kiradi va boʻladi. Haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslar esa chegara zonasida ilova qilinadigan nomma-nom tuzilgan roʻyxatlar va mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimlar koʻrsatmalari boʻyicha boradigan punkti koʻrsatilgan holda harakatlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814106" id="-3814106">26. Chegara zonasida joylashgan sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sogʻlomlashtirish muassasalariga boradigan fuqarolar ushbu zonada shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, sanatoriya va turistik yoʻllanmalar yoki ushbu muassasalar tomonidan beriladigan maʼlumotnomalar boʻyicha boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814107" id="-3814107">27. Bolalar chegara zonasida joylashgan dam olish oromgohlari va bolalar uchun boshqa muassasalarda yoʻllanmalar asosida boʻladi. Ushbu bolalar muassasalaridagi bolalarning ota-onalari farzandlarini koʻrish uchun chegara zonasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha besh kun davomida boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814108" id="-3814108">28. Chegara zonasiga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolar roʻyxatga olish kartochkalarda koʻrsatilgan maʼmuriy tuman doirasida yashash huquqiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814109" id="-3814109">29. Chegara zonasi doirasida maʼmuriy markaz, maktab, shifoxona, korxona, tashkilot va boshqa muassasalar joylashgan boʻlsa va ularga xizmat koʻrsatadigan shaxslarning bir qismi chegara zonasi tashqarisida yashasa, bu shaxslarga chegara zonasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, chegara zonasi doirasida joylashgan tegishli muassasalar va tashkilotlarda ularning ishlab chiqarish faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha boʻlishiga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814110" id="-3814110">30. Chet elga chiquvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadigan shaxslar davlat chegarasidan oʻtish huquqini beradigan tegishli hujjatlar boʻlgandagina chegara zonasidan oʻtadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814111" id="-3814111">Qayd etilgan shaxslar tranzit harakatlanayotgan chegara zonasi punktlarida umumiy asoslarda toʻxtash va boʻlish huquqiga ega. Chegara zonasi orqali tranzit harakatlanayotgan ushbu shaxslar toʻxtashga majbur boʻlgan holatlarda, bu haqida ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari shart. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6632656" id="-6632656"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6632657" id="-6632657">4<sup>1</sup>-bob. Chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632658" id="-6632658">30<sup>1</sup>. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) doimiy foydalanishida boʻlgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan (keyingi oʻrinlarda — yaylov yerlar) Qoʻmita tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlariga kalendar yilda bir marta taqdim etiladigan roʻyxatga kiritilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yerdan foydalanuvchilar) foydalanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632659" id="-6632659">30<sup>2</sup>. Yaylov yerlardan ijara huquqi asosida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7158067" id="-7158067"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-4344714">Qonuni</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632660" id="-6632660">30<sup>3</sup>. Yerdan foydalanuvchilar yaylov yerlardan faqat kunning yorugʻ vaqtida foydalanadi, tunda chegara mintaqalarida qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632661" id="-6632661">30<sup>4</sup>. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosi oʻsimliklar resurslari nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymagan va yaylov xoʻjaligiga zarar yetkazmagan holda tegishli vosita va usullar orqali yigʻib-terib olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632662" id="-6632662">30<sup>5</sup>. Yerdan foydalanuvchilar yaylov yerlardan samarali va maqsadli foydalanishi, shuningdek, ekinlarga va hayvonot dunyosiga zarar yetkazilishiga, yaylov yerlarning maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi hamda yongʻin xavfsizligiga va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarga rioya etishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632663" id="-6632663">30<sup>6</sup>. Yaylov yerlarda yongʻin yuzaga kelganda va ularni bartaraf etish vaqtida yerdan foydalanuvchilarning yaylov yerlarga kirishi cheklanadi hamda transport vositalarining umumiy foydalanishda boʻlgan avtomobil yoʻllaridan boshqa yoʻllarda harakatlanishi taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632664" id="-6632664">30<sup>7</sup>. Qoʻmita yerdan foydalanuvchining yaylov yerlardan foydalanish huquqi tugaganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarini va ichki ishlar organlarini 10 kun muddat ichida xabardor qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6632665" id="-6632665">(4<sup>1</sup>-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-oktabrdagi 534-sonli <a href="/mact/-6630996?ONDATE=10.10.2023 00#-6631242">qaroriga</a> asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3814112" id="-3814112">5-bob. Chegara zonasi va chegara mintaqasida belgilanadigan rejim cheklovlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814114" id="-3814114">31. Chegara zonasi va chegara mintaqasi doirasida boʻladigan shaxslar quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814116" id="-3814116">Oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi, shuningdek, chegara zonasi va chegara mintaqasida boʻlish huquqini beradigan hujjatlarini olib yurishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814117" id="-3814117">Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati vakillarining talabiga binoan hujjatlari, transport vositalari va tovarlarni tekshirish uchun taqdim etishga, chegara zonasi va chegara mintaqasida boʻlishining sababini tushuntirishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814118" id="-3814118">32. Chegara zonasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga chegara zonasida boʻlish va yashash uchun ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish man etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814120" id="-3814120">33. Chegara zonasidagi davlat oʻrmon fondi yerlarida hayvonlarni tutish uchun oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladigan yoʻllanma va varaqlar, boshqa hududlarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomasi boʻyicha ov qilinadi. Barcha holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda maxsus ajratilgan joylarda ov qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814121" id="-3814121">34. Chegara zonasida chegara rejimiga rioya etilishini taʼminlash va nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorlikda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814122" id="-3814122">35. Chegara zonasi va chegara mintaqasi doirasida:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6632666" id="-6632666"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6632667" id="-6632667">geodeziya, topografiya, geologiya, gidrogeologiya, yoʻlsozlik va boshqa izlanishlar, shuningdek, chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari suv rejimini oʻzgartirish bilan bogʻliq gidrotexnik, melioratsiya, chorva mollarini boqish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (ruxsatnomasi boʻyicha) va ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda hamda davlat oʻrmon fondi yoki Qoʻmitaning doimiy foydalanishida boʻlgan yaylov yerlar tegishlicha oʻrmon xoʻjaligi organlari yoki Qoʻmita bilan kelishilgan holda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6632668" id="-6632668">(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-oktabrdagi 534-sonli <a href="/mact/-6630996?ONDATE=10.10.2023 00#-6631270">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814124" id="-3814124">barcha turdagi havo kemalari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlari, aerofoto suratga olish — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarini parvozlar boshlanishidan 10 kun avval xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814127" id="-3814127">36. Chegara mintaqasida quyidagi rejim cheklovlari belgilanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814128" id="-3814128">sport va havaskorlik ovi, baliq ovlash, tabiat qoʻynida dam olish, shuningdek, shaxslarning biron-bir zaruratsiz boʻlishi man etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814130" id="-3814130">joylarni va obyektlarni kinofoto suratga olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814131" id="-3814131">yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda ov qilinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814132" id="-3814132">shaxslar va transport vositalariga faqat ishlab chiqarish yoki xizmat zarurati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha ruxsat etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814134" id="-3814134">37. Davlat chegarasidagi vaziyat murakkablashganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari chegara mintaqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqaruv organlarini xabardor qilgan holda quyidagi vaqtinchalik qoʻshimcha rejim cheklovlarini joriy qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814135" id="-3814135">chegara mintaqasiga shaxslarning kirishini toʻliq man etish yoki cheklash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814136" id="-3814136">ishlar amalga oshiriladigan, chorva mollari boqiladigan hududlarni va boshqa faoliyatni cheklash, suzuvchi vositalarning chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalariga chiqishini man etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814137" id="-3814137">chegara mintaqasida shaxslarning boʻlish vaqtini qisqartirish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814138" id="-3814138">38. Tozalash mintaqasida Davlat chegarasini jihozlash, qoʻriqlash va himoya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday faoliyat man etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814139" id="-3814139">39. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida profilaktika mintaqasida chorva mollarini boqish va saqlash man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814140" id="-3814140">40. Davlat chegarasiga tutash hududlar va chegaradosh qoʻshni hududlarda barqaror epizotik vaziyat boʻlganda, chegara mintaqasida chorva mollari buning uchun maxsus ajratilgan joylarda faqat kunduzi boqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814141" id="-3814141">41. Chorva mollarini boqadigan yuridik va jismoniy shaxslar chegara mintaqasida chorva mollarini boqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan belgilangan talablarni soʻzsiz bajarish choralarini koʻrishga majbur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814142" id="-3814142">42. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar chegara zonasiga belgilangan tartibda kiradi hamda boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari ularning kirishi va boʻlishi uchun ruxsat etilgani bilan bogʻliq barcha holatlar toʻgʻrisida Davlat xavfsizlik xizmati organlarini xabardor qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814143" id="-3814143">43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq chegara zonasi va chegara mintaqasida boshqa rejim cheklovlari ham joriy etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3814144" id="-3814144">6-bob. Chegara mintaqasiga kirish (boʻlish) uchun ruxsatnomalar olish va ularni rasmiylashtirish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814145" id="-3814145">44. Yuridik va jismoniy shaxslar chegara mintaqasiga kirishga (boʻlish, ishlarni amalga oshirish) ruxsatnoma olish uchun ushbu shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va raqami, ishlar amalga oshiriladigan joy, ularning vaqti va xususiyati) aks ettirilgan hamda pasportlarining nusxalari ilova qilingan roʻyxatlar uch nusxada ariza-xatiga ilova qilinib, ishlar (faoliyat) boshlanishidan 30 sutka avval kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining boʻlinmalariga taqdim etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814146" id="-3814146">45. Ariza-xatini yoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslarga chegara mintaqasida boʻlish uchun ruxsatnomalar berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814147" id="-3814147">ariza-xatida axborot toʻliq koʻrsatilmagani yoki ataylab yolgʻon maʼlumotlar maʼlum qilingani;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814148" id="-3814148">qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) harbiy va boshqa harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814149" id="-3814149">qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat eʼlon qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814150" id="-3814150">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tegishli hududiy organlarining rad etishi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814152" id="-3814152">46. Chegara mintaqasiga kirish (boʻlish, ishlarni amalga oshirish) rad etilgan sabablar xat yoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslarga maʼlum qilinmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814154" id="-3814154">47. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar chegara mintaqasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining ruxsatnomasi bilan kiradi va unda boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3814155" id="-3814155">7-bob. Chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarida kemalarni roʻyxatga olish va ularning boʻlish tartibi, prichallarni jihozlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814156" id="-3814156">48. Chegara mintaqasida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan baliq ovlash, ov qilish, ilmiy-tadqiqot, oʻzi yurar va oʻzi yurmas kemalar belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi hamda toʻxtash uchun ajratilgan doimiy joylar bilan birga pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlariga roʻyxatga qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814157" id="-3814157">Belgilanmagan pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlari va buning uchun ajratilmagan boshqa joylarda oʻzi yurar va oʻzi yurmas kemalarni saqlash, ularning turishi, odamlarni chiqarish va tushirish, yuklarni ortish hamda tushirish man etiladi, tabiiy ofatlar va avariya holatlari bundan mustasno. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814158" id="-3814158">49. Suzish vositalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli chegara daryolari, koʻllari yoki boshqa suv havzalariga chiqishi uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi, ularning ushbu suvlarda boʻlishi va harakatlanish tartibi, shuningdek, qayd etilgan kemalar va ularni nazorat qilish vositalari uchun pristanlar, prichallar hamda toʻxtash punktlarini jihozlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻrnatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814159" id="-3814159">Kemalarni davlat roʻyxatidan va texnik nazoratdan oʻtkazish organlarining mansabdor shaxslari oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun pristanlar, prichallar va toʻxtash punktlarini, shuningdek, suv obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda borib koʻrish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814161" id="-3814161">50. Yuridik va jismoniy shaxslar tegishli pristanlar, prichallar va oʻzlariga qarashli kemalar toʻxtash punktlarini belgilangan tartibda jihozlashi, ularning qoʻriqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan aloqani taʼminlashga majbur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3814162" id="-3814162">8-bob. Chegara rejimini buzganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3814164" id="-3814164">51. Chegara zonasi va chegara mintaqasida chegara rejimi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan maʼmuriy taʼsir choralari qoʻllaniladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7158078" id="-7158078"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining </em><a href="/mact/-97664#-200871">224-moddasi</a><em>.</em></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3813394" id="-3813394">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/504/1459-son, 12.09.2018-y., 09/18/717/1869-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
