1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularning eksportini oshirish, qishloq xoʻjaligi kichik ishlab chiqaruvchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ekin yerlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini koʻpaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang);
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
1. Belgilansinki:
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib hamda suv taʼminotini inobatga olgan holda, tumanlar eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi;
2024-yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekish va aholining mazkur sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun 54 ta tumanda namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etiladi;
2024-yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshiriladi;
Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bogʻliq loyihalarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno, 100 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi;
muzlatkichli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlash, quritish va qayta ishlash sexlari aholiga 12 oyga boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati kiritiladi.
2. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) (A. Xaitov) hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (M. Ubaydullayev) 2024-yilda 1-ilovaga muvofiq roʻyxatga asosan tumanlarni eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish choralarini koʻrsin.
3. Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) 2024-yilda 2-ilovaga muvofiq roʻyxatga asosan 43 ta tumanni eksportbop ekinlar yetishtirishga ixtisoslashtirish, mazkur tumanlarga 10 tadan eksportyorlarni biriktirish choralarini koʻrsin.
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (M. Joʻrayev) eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy oʻquv-tajriba maydonlarini Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil etsin va mazkur namunaviy maydonlarda qishloq xoʻjaligi korxonalarining, tomorqa yer egalarining bilim va koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 711-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish axborot tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Qosimov), Agrosanoatni rivojlantirish agentligi 2025-yil yakuniga qadar meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
7. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2024-yilda aholi tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertagi), takroriy (oʻrtangi) va toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish, jumladan 252 ming gektar maydonga uch marta hosil olishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
aholiga kompleks xizmat koʻrsatishga ixtisoslashib, faoliyati klaster usulida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan va aholi tomorqalariga xizmat koʻrsatuvchi “Tomorqa xizmati” korxonalarini moliyalashtirish prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 2024-yilda fermer va dehqon xoʻjaliklariga, tomorqa yer egalariga bogʻ-qator oralariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va tomorqa infratuzilmasini rivojlantirish uchun mablagʻ ajratish prognozlari 6-ilovaga muvofiq;
eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun 54 ta tumanda namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etish koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — tuman sektorlari kesimida, tuman hokimlari — mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminotini inobatga olgan holda, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlarini oʻn besh kun muddatda tasdiqlasin va ijrosini tashkil etsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
10. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kengash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonlarida hududlar ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan va eksportbop ekinlar, jumladan sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va kartoshka ekinlarini intensiv usulda ekishga alohida eʼtibor qaratish, tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi korxonalarni jalb qilgan holda yetishtirilgan tayyor mahsulotni xarid qilish, uni qayta ishlash, saqlash, ichki va tashqi bozorlarga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
12. Fermer xoʻjaliklari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Kengashning bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Kengashga fermer xoʻjaliklari hamda Kengash huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli loyihalarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritish, koʻrib chiqish va axborot berish huquqi berilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang)]
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kengashning:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qarori 2-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan dehqon xoʻjaliklariga kredit ajratish tartibini “Tomorqa xizmati” YTTlarga ham tatbiq etish;
“Tomorqa xizmati” YTTlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida minitexnikalar va asbob-uskunalarni lizing shartlari asosida yetkazib berishda lizing toʻlovlarining boshlangʻich toʻlovlarini loyiha qiymatining 40 foizi miqdorida belgilash;
2027-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0), bir oʻqli traktorlar (TIF TN kodi — 8701 10000 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 92 900 0) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
14. Kengash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda aholi tomorqalarida ochiq va yopiq usulda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish borasida aholining bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlar va taqdimotlar oʻtkazilishini;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur seminarlarning “Oʻzbekiston 24” va “Mahalla” telekanallarida yoritib borilishini tizimli tashkil etsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-mart,
PQ-115-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
1-ILOVA
2024-yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar
ROʻYXATI
T/r
Ixtisoslashadigan soha
Ixtisoslashadigan tuman (shahar) nomi
Masʼul tashkilot
1.
Gulchilik
Izboskan, Jalaquduq, Sh. Rashidov, Davlatobod, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Oqdaryo, Termiz, Yangiyoʻl, Toshkent, Quva, Toshloq, Xiva tumanlari
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
(A. Xaitov)
2.
Serdaromad koʻkatlar yetishtirish
Xoʻjayli, Oltinkoʻl, Andijon, Kogon, Buxoro, Kitob, Shahrisabz, Uychi, Sirdaryo, Tayloq, Samarqand, Muzrabot, Rishton, Yangiyoʻl, Xiva, Urganch tumanlari
Beruniy, Asaka, Andijon, Buxoro, Jondor, Karmana, Navbahor, Yakkabogʻ, Koson, Angor, Qumqoʻrgʻon, Paxtachi, Jomboy, Sh. Rashidov, Gʻallaorol, Mirzaobod, Chinoz, Zangiota, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Buvayda, Uchkoʻprik, Yangibozor tumanlari
7.
Parrandachilik
Amudaryo, Toʻrtkoʻl, Izboskan, Jondor, Qorakoʻl, Gʻallaorol, Mirishkor, Qamashi, Konimex, Nurobod, Sherobod, Termiz, Quyichirchiq, Qoʻshkoʻpir tumanlari
8.
Baliqchilik
Ulugʻnor, Arnasoy, Quyichirchiq, Uchqoʻrgʻon, Mirzaobod, Sariosiyo, Chiroqchi, Yangiariq tumanlari
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(M. Ubaydullayev)
9.
Mebelchilik
Oltinkoʻl, Andijon, Oʻrtachirchiq, Denov, Gurlan, Xiva, Xonqa, Ishtixon tumanlari, Shahrisabz shahri
10.
Xonadonlarda biogumus tayyorlash
Oltiariq, Qumqoʻrgʻon, Shahrisabz, Urganch, Mingbuloq tumanlari
11.
Kulolchilik
Rishton, Yangiariq, Xiva tumanlari, Xiva shahri
12.
Tikuvchilik
Xoʻjaobod, Uchkoʻprik, Beshariq, Davlatobod, Hazorasp, Furqat tumanlari, Yangiyer shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
2-ILOVA
2024-yilda Savdo-sanoat palatasi tomonidaneksportbop ekinlar yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar
ROʻYXATI
T/r
Hududlar nomi
T/r
Ixtisoslashadigan tuman nomi
1.
Andijon viloyati
1.
Jalaquduq
2.
Izboskan
3.
Oltinkoʻl
2.
Buxoro viloyati
4.
Buxoro
5.
Jondor
6.
Olot
3.
Jizzax viloyati
7.
Paxtakor
8.
Zarbdor
9.
Zomin
10.
Gʻallaorol
4.
Qashqadaryo viloyati
11.
Shahrisabz
12.
Koson
13.
Qamashi
14.
Kitob
5.
Navoiy viloyati
15.
Navbahor
16.
Karmana
17.
Qiziltepa
6.
Namangan viloyati
18.
Mingbuloq
19.
Toʻraqoʻrgʻon
20.
Norin
21.
Uchqoʻrgʻon
7.
Samarqand viloyati
22.
Oqdaryo
23.
Bulungʻur
24.
Tayloq
25.
Payariq
8.
Surxondaryo viloyati
26.
Angor
27.
Jarqoʻrgʻon
28.
Termiz
9.
Sirdaryo viloyati
29.
Guliston
30.
Sayxunobod
31.
Sirdaryo
10.
Toshkent viloyati
32.
Boʻka
33.
Yangiyoʻl
34.
Yuqorichirchiq
35.
Zangiota
11.
Fargʻona viloyati
36.
Dangʻara
37.
Rishton
38.
Uchkoʻprik
39.
Furqat
40.
Quvasoy
12.
Xorazm viloyati
41.
Urganch
42.
Xiva
43.
Xonqa
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2024-yilda aholi tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertagi), takroriy (oʻrtangi) va toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish, jumladan, 252 ming gektar maydonga uch marta hosil olishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari
T/r
Hududlar nomi
Tomorqa yer egalari
Shu jumladan
Mavsum davomida
uch marta ekin ekiladi
ikki marta ekin ekiladi
bir marta ekin ekiladi
Bahorgi (ertagi),
ming gektar
Takroriy (oʻrtangi),
ming gektar
Toʻqsonbosti ekinlari,
ming gektar
Jami almashlab ekish,
ming gektar
soni
(ming)
maydon,
(ming ga)
soni
(ming)
maydon,
(ming ga)
soni
(ming)
maydon,
(ming ga)
soni
(ming)
maydon,
(ming ga)
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
342
47
22
3
146
20
174
24
36
21
16
73
2.
Andijon
564
26
451
25
113
1
26
26
26
77
3.
Buxoro
401
43
140
15
251
27
10
1
38
36
26
100
4.
Jizzax
176
25
71
10
105
15
20
22
18
60
5.
Qashqadaryo
612
66
179
20
298
30
134
16
57
38
48
143
6.
Navoiy
143
13
44
4
90
8
9
1
9
11
9
29
7.
Namangan
468
35
338
25
130
10
33
31
31
95
8.
Samarqand
631
70
272
30
309
34
51
6
59
52
53
164
9.
Surxondaryo
483
49
343
35
121
12
19
2
42
45
44
131
10.
Sirdaryo
152
19
65
8
81
10
6
1
18
17
11
45
11.
Toshkent v.
456
32
149
24
307
8
28
30
30
88
12.
Fargʻona
647
41
561
37
85
4
39
38
40
117
13.
Xorazm
255
42
89
16
159
25
7
1
41
34
24
99
14.
Toshkent sh.
23
1
11
0,5
12
0,5
1
1
1
3
Jami:
5 354
509
2 736
252
2 206
206
411
51
446
401
376
1 223
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
4-ILOVA
Aholiga kompleks xizmat koʻrsatishga ixtisoslashib, 2024-yilda faoliyati klaster usulida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar roʻyxati
“Vobkent agro frukt tomorqa xizmati klasteri” MCHJ
Vobkent
Shakarkent
Jizzax viloyati
7.
“Gʻallaorol xumo agro tomorqa xizmati” MCHJ
Gʻallaorol
Koʻkbuloq
8.
“Zafarobod birlik tomorqa xizmati” MCHJ
Zafarobod
Birlik
Qashqadaryo viloyati
9.
“Muslima Shirina Gulshoda tomorqa xizmati” MCHJ
Koson
Oʻrta Obron
10.
“Ranggo-rang favvoralar tomorqa xizmati” MCHJ
Qarshi
Mirmiron
Navoiy viloyati
11.
“Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ
Navbahor
Qorajon
Namangan viloyati
12.
“Qoʻshtepa fayz tomorqa xizmati” MCHJ
Chust
Koʻktosh
13.
“Fruit agro impex export tomorqa xizmati” MCHJ
Yangiqoʻrgʻon
Bunyodkor
Samarqand viloyati
14.
“Suxrobbek tomorqa xizmati” MCHJ
Oqdaryo
Z.M. Bobur
15.
“Dunyo Maroqand tomorqa xizmati” MCHJ
Payariq
Doʻstlik
Sirdaryo viloyati
16.
“Navroʻz tomorqa xizmati” MCHJ
Sardoba
Navroʻz
17.
“Anorchilik va tutchilik tomorqa xizmati” MCHJ
Sirdaryo
Beshbuloq
Surxondaryo viloyati
18.
“Koʻkbuloq agro tomorqa xizmati” MCHJ
Denov
Koʻkbuloq
Toshkent viloyati
19.
“Almatov Agro tomorqa xizmati” MCHJ
Bekobod
Mustaqillik
20.
“Nayman agro tomorqa xizmati” MCHJ
Oqqoʻrgʻon
Tortuvli
Fargʻona viloyati
21.
“Nurillo Fayzullo obod kelajagi” MCHJ
Oltiariq
Poloson
22.
“Estofo” MCHJ
Yozyovon
Qorasoy
Xorazm viloyati
23.
“Xorazm Xonqa tomorqa xizmati” MCHJ
Xonqa
Toma
24.
“Xiva asl voha tomorqa xizmati” MCHJ
Xiva
Oq yop
* Mazkur roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklarining taklifiga asosan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritilishi yoki qoʻshimcha tomorqachilik klasterlari tashkil etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
5-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan va aholi tomorqalariga xizmat koʻrsatuvchi “Tomorqa xizmati” korxonalarini moliyalashtirish prognoz koʻrsatkichlari
T/r
Hududlar nomi
Tashkil etiladigan YTT shaklidagi “Tomorqa xizmatlari”
Yetkazib beriladigan
Kengash huzuridagi Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻ
*har bir “Tomorqa xizmati” YTTga kamida 1 tadan minitraktor va 2 tadan motokultivator yetkazib beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
6-ILOVA
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 2024-yilda fermer va dehqon xoʻjaliklariga, tomorqa yer egalariga bogʻ-qator oralariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va tomorqa infratuzilmasini rivojlantirish uchun mablagʻ ajratish prognozlari
*Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining daromadlaridan kelib chiqib, ajratiladigan mablagʻlar koʻpaytirilishi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va viloyat hokimliklarining taklifiga asosan mazkur taqsimotga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
7-ILOVA
Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etiladigan tumanlar
“Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati” MCHJ
Chiroqchi
Qirgʻiz
16.
“Beshkent tomorqa xizmati” MCHJ
Qarshi
Guliston
17.
“Varganza bogʻishamol tomorqa xizmati” MCHJ
Kitob
Varganza
18.
“Muslima Shirina Gulshoda tomorqa xizmati” MCHJ
Koson
Oʻrta Obron
19.
“Ranggo-rang favvoralar tomorqa xizmati” MCHJ
Qarshi
Mirmiron
Navoiy viloyati
20.
“Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ
Navbahor
Qorajon
21.
“Konimex tomorqa xizmati” MCHJ
Konimex
Shoʻrtepa
22.
“Qiziltepa tomorqa xizmati klasteri” MCHJ
Qiziltepa
Oqmachit
23.
“Nurota tomorqa xizmati” MCHJ
Nurota
Istiqlol
Namangan viloyati
24.
“Qoʻshtepa fayz tomorqa xizmati” MCHJ
Chust
Koʻktosh
25.
“Kosonsoy klaster tomorqa xizmati” MCHJ
Kosonsoy
Goʻrmiron
26.
“Namangan Golden Nuts Agro tomorqa xizmati” MCHJ
Chortoq
Obod diyor
Samarqand viloyati
27.
“Suxrobbek tomorqa xizmati” MCHJ
Oqdaryo
Z.M. Bobur
28.
“Baxrin agro tomorqa xizmati” MCHJ
Urgut
Bahrin
29.
“Qayroqli tezkor tomorqa xizmati” MCHJ
Urgut
Qayroqli
30.
“Dilbar sifat urugʻ tomorqa xizmat” MCHJ
Bulungʻur
Kildon
31.
“Paxtachi agrohamkor tomorqa xizmati” MCHJ
Paxtachi
Burqut
32.
“Barakasini bersin tomorqa xizmati” MCHJ
Oqdaryo
Pichoqchi
33.
“Jomboy koʻchatchilik tomorqa xizmati” MCHJ
Jomboy
Nazar
Sirdaryo viloyati
34.
“Anorchilik va tutchilik tomorqa xizmati” MCHJ
Sirdaryo
Beshbuloq
35.
“Sayxun Asilbek tomorqa xizmati” MCHJ
Sayxunobod
Gulbuloq
36.
“Soxibkor” fermer xoʻjaligi
Sardoba
Xalqobod
37.
“Karabchi tong” fermer xoʻjaligi
Guliston
Birlashgan
Surxondaryo viloyati
38.
“Koʻkbuloq agro tomorqa xizmati” MCHJ
Denov
Koʻkbuloq
39.
“Kelajak zamin tomorqa xizmati” MCHJ
Qiziriq
Zarbdor
40.
“Muzrabot tomorqa xizmati” MCHJ
Muzrabot
Nurli hayot
41.
“Sariosiyo fayz tomorqa xizmati” MCHJ
Sariosiyo
Anorzor
Toshkent viloyati
42.
“Tomorqachilikni rivojlantirish Milliy markazi tomorqa xizmati” MCHJ
Yangiyoʻl
Said ota
43.
“Parkent ziyo nur tomorqa xizmat” MCHJ
Parkent
Boyqozon
44.
“Birlik tomorqa xizmati” MCHJ
Ohangaron
Shodmalik
45.
“Kuchlik tomorqa xizmati” MCHJ
Oʻrtachirchiq
Aranchi
Fargʻona viloyati
46.
“Nurillo Fayzullo obod kelajagi” MCHJ
Oltiariq
Poloson
47.
“Estofo” MCHJ
Yozyovon
Qorasoy
48.
“Liimar agro goods tomorqa xizmati” MCHJ
Fargʻona
Fargʻona
49.
“Rishton tomorqa xizmati” MCHJ
Rishton
Oʻzbekiston
50.
“Sodiqjon gulchexraxon tomorqa xizmati” MCHJ
Furqat
Chekchuvaldoq
51.
“Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” MCHJ
Quva
Guliston
Xorazm viloyati
52.
“Universal taʼminotchi tomorqa xizmati” MCHJ
Yangibozor
Shirinlar
53.
“Agro Eko innovatsion tomorqa xizmati” MCHJ
Xiva
Pirnaxos
54.
“Elmurod Dilmurod” xususiy korxonasi
Xonqa
Oydin hayot
* mazkur roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining takliflariga koʻra Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorida:
a) 5-bandning uchinchi xatboshisida “koʻrsatmalar” soʻzi “tavsiyalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 9-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovutish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etish, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish”;
v) 13-bandning uchinchi xatboshisidagi “Tomorqa xizmati” MCHJlar davlat roʻyxatidan oʻtib, Kengash tomonidan yuritiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar reyestriga kiritilgan” soʻzlari “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3824-son qarorida:
a) 1-ilovadagi “Soliq va statistika hisobotlari boʻyicha maslahatchi” bloki “Soliq, statistika hisobotlari va yuridik masalalar boʻyicha maslahatchi” bloki bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “Soliq va statistika hisobotlari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari “Soliq, statistika hisobotlari va yuridik masalalar boʻyicha maslahatchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi “Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 205-son qarorida:
a) Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishchi guruh tarkibiga tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimi, tuman (shahar) kasaba uyushmasi boʻlimi, tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari kiritiladi”;
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qaroriga
2-ILOVA
Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi
TARKIBI
1.
J. Xodjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari
2.
I. Abduraxmonov
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari
3.
A. Xaitov
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari
4.
A. Xaydarov
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
5.
R. Turdiboyeva
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari
6.
R. Qarshiyev
suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
7.
A. Qosimov
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
8.
X. Meliyev
adliya vaziri oʻrinbosari
9.
S. Nishanbayev
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
10.
Lavozimiga koʻra
Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
11.
T. Sattarov
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari, Kengash huzuridagi Jamgʻarma ijro etuvchi direktori
12.
B. Maxmadaliyev
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi oʻrinbosari
13.
T. Rapikov
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi
14.
Z. Allamuradov
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boʻlim boshligʻi, Respublika ishchi guruhi kotibi
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 433-son qarorida:
“Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari soni Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda, Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisiga zarurat boʻlganda Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi” soʻzlari “oʻrinbosarlari hisoblanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisi “joylashtirilsin” soʻzlaridan keyin “hamda mazkur manzilda ajratilgan hudud va xonalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan taʼmirlash vakolati berilsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Jamgʻarma Vasiylik kengashi
Jamgʻarma ijro etuvchi direktori
Lizing faoliyatini amalga oshirish va loyihalarni subsidiyalash boʻlimi**
2
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kredit berish uchun tijorat banklariga resurs ajratish boʻlimi *
2
“Tomorqa xizmati” MCHJlar bilan ishlash boʻlimi
2
Buxgalteriya
2
Jamgʻarmaning hududiy vakillari
Yuriskonsult***
1
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari soni Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda, Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish huquqi berilgan.
* Boʻlim boshligʻi bir vaqtning oʻzida Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari hisoblanadi.
** Lizing faoliyatini amalga oshirish uchun Jamgʻarma ulushi ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs tashkil etilishi mumkin;
*** Yuridik xizmat autsorsing asosida tashkil etilishi mumkin”;
g) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
7-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Vasiylik kengashi majlis bayonlari soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin”;
17-bandning yigirma uchinchi xatboshisidagi “yigirmanchi xatboshida keltirilgan obyekt va uskunalar” soʻzlari “yigirma ikkinchi xatboshida keltirilgan bino-inshootlar, obyekt va uskunalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“18. Jamgʻarmaning tijorat banklariga resurs ajratish va mablagʻlarini depozitga qoʻyishdan olingan, shuningdek Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlariga tijorat banki tomonidan toʻlangan foiz koʻrinishidagi daromadlari Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari boʻlib, konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari yoki budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisoblanmaydi.
Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MCHJlarga 300 million soʻmgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamgʻarmaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablagʻlarining akseptsiz undirilgan hamda tijorat banklariga qoʻyilgan depozit mablagʻlarining qaytmagan qismi mazkur bandning birinchi xatboshisida keltirilgan manbalar hisobidan yaratilgan zaxira mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son qarorida:
a) 1-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan, “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda agentliklar deb ataladi)” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;
“d) tijorat banklari intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etish hamda issiqxona qurish loyihalarini moliyalashtirish uchun tashabbuskorlarga — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga kredit ajratishi mumkin”;
v) Intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“lizing (kredit) oluvchi — lizing (kredit) shartnomasi boʻyicha lizing (kredit) obyektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
lizing (kredit) toʻlovlari — lizing (kredit) oluvchi tomonidan lizing (kredit) beruvchiga lizing (kredit) obyekti qiymatini qoplash uchun toʻlanadigan toʻlovlar, foiz (ustama) toʻlovlari, shuningdek, lizing (kredit) obyektini barpo etish, qurish, sotib olish, yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni qoplash uchun toʻlangan toʻlovlar yigʻindisi”;
beshinchi xatboshida “qishloq xoʻjaligi tashkiloti” soʻzlari “xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandda “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari bilan, “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi yoki Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshida “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi xatboshisida “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mazkur roʻyxatga kiritilgan tashabbuskorlar lizing (kredit) obyektini xarid qilishdan bosh tortgan taqdirda, tegishli hokim yordamchilari tavsiyasiga koʻra almashtirilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tuman hokimligi tomonidan yakuniy roʻyxat taqdim etilmagan taqdirda, ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadvalga muvofiq yakuniy roʻyxat sotuvchi tomonidan tegishli hokim yordamchilari tavsiya etgan roʻyxat asosida shakllantiriladi.
Hokim yordamchisi tomonidan tashabbuskorlar tavsiya etilmagan taqdirda, sotuvchi tomonidan yakuniy roʻyxat mustaqil ravishda shakllantiriladi va ushbu roʻyxat axborot tariqasida tuman hokimligiga taqdim etiladi.
Yakuniy roʻyxatga mahalliy aholi bilan kooperatsiya asosida ishni tashkil etish istagida boʻlgan bir yoki bir nechta xoʻjalik subyektlari ham kiritilishi mumkin”;
13-bandda “oluvchi bilan” soʻzlaridan soʻng “lizing obyektini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshida “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan lizing obyektini lizingga sotish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi”;
17-bandda “bir yillik” soʻzlari “uch yilgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“25. Intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonalar mazkur Nizomning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yakuniy roʻyxatga kiritilgan tashabbuskorlarga kredit shartlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi (berilishi) mumkin”;
“26. Tijorat banklari intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etish hamda issiqxona qurish loyihalarini moliyalashtirish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga tashabbuskorlarga kredit ajratishi mumkin.
Kreditlar raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi”;
quyidagi mazmundagi 261 — 266-bandlar bilan toʻldirilsin:
“261. Tashabbuskorga kredit rasmiylashtirib berilgandan va kredit obyekti summasi tijorat banki tomonidan sotuvchiga oʻtkazib berilgandan soʻng sotuvchining rozilik xati asosida kredit obyektiga boʻlgan mulk huquqi va egallab turgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq tijorat banki nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
262. Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri filiali kredit obyekti egallagan yer maydonini ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddat va shartlar asosida tijorat banki nomiga belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi.
263. Kredit obyekti qiymati toʻlangandan soʻng sotuvchi tijorat banki vakili ishtirokida oʻn kun muddatda kredit obyektini tashabbuskorga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiradi.
Kredit toʻlovlari kredit shartnomasining butun amal qilish muddatida boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Kredit toʻlovlarining miqdorlari va davriyligi kredit shartnomasi bilan belgilanadi.
264. Kredit obyektiga boʻlgan mulk huquqi tashabbuskor tomonidan kredit obyekti qiymati toʻliq toʻlangunga qadar tijorat bankiga tegishli boʻladi.
265. Tijorat banki kredit shartnomasi muddati davomida kredit obyektidan maqsadli foydalanilishini va kredit toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab borilishini nazorat qiladi.
266. Kredit obyektidan maqsadsiz foydalanilganda yoki kredit toʻlovlari kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganda kredit shartnomasi bekor qilinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan toʻldirilsin:
“3-§. Intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonalarni elektron onlayn auksion savdolari orqali sotish
267. Sotuvchi tomonidan intensiv bogʻ, tokzor barpo etilib yoki issiqxona qurib bitkazilgandan soʻng tuman hokimligi tomonidan 6 oy muddatda ularni xarid qiladigan tashabbuskorlarning yakuniy roʻyxati taqdim etilmagan taqdirda, sotuvchi intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonani lotlarga boʻlgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyishi mumkin.
268. Intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonalarni lotlarga boʻlgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolarida sotish va shartnomani rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
269. Sotuvchi va auksion gʻolibi oʻrtasidagi Intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonalarning oldi-sotdi shartnomasida toʻlovlarni toʻlash shartlari va muddatlari koʻrsatiladi.
Elektron onlayn auksion savdolari gʻolibi toʻlovlarni toʻlash uchun “Har bir oila — tadbirkor” dasturi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali kredit olishi mumkin.
2610. Elektron onlayn auksion savdolari gʻolibi tomonidan intensiv bogʻ, tokzorlar va issiqxona qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng obyekt sotuvchi tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida oʻtkazib beriladi”;
30-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kredit oluvchi kredit evaziga sotilgan intensiv bogʻ, tokzor va issiqxonalarning barcha toʻlovlari toʻliq toʻlab boʻlingandan soʻng besh kun muddatda kredit obyektining mulk huquqini kredit oluvchiga oʻtkazish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi, kredit obyektining mulk huquqini va egallagan yer maydonini kredit oluvchi nomiga rasmiylashtirish toʻgʻrisida tuman hokimligiga yozma ravishda murojaat qiladi”;
“32. Tuman hokimligi oʻn kun muddatda tashabbuskorlarni (lizing yoki kredit oluvchini) dehqon xoʻjaligi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishini va unga intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonaga boʻlgan mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlariga tegishli qaror qabul qilinishini soʻrab murojaat qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari besh kun muddatda tuman hokimligi tomonidan dehqon xoʻjaligi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan tashabbuskorlar (lizing yoki kredit oluvchi)ga intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonaga boʻlgan mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilinishini taʼminlaydi”;
33-bandda “Viloyat hokimining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 53-son qarorida:
a) 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “MCHJlarga” soʻzi “tadbirkorlik subyektlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “MCHJlar” soʻzi “tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
nomlanishidagi “masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu nizomda “Tomorqa xizmati” MCHJlarga qoʻllaniladigan barcha qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” YTTlarga nisbatan ham qoʻllaniladi”;
“2. “Tomorqa xizmati” MCHJlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob-uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, sugʻorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari oʻrnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugʻorishni tashkil etish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan, shuningdek, oʻz maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hamda eksport qilish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” YTTlar — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birga qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlarining (YTT, MCHJ) tizimlashtirilgan roʻyxati va ular haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona maʼlumotlar bazasi”;
29-bandda “bir yil” soʻzlari “ikki yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Reyestrga kiritish uchun “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan
TALABLAR
T/r
Koʻrsatkichlar
Talab
1.
Motokultivator (motoblok)
2 dona
2.
Traktor yoki mini traktor*
1 dona
3.
Yuk saqlash omborxonasi (usti yopiq bostirma yoki koʻchma muzlatkich)*
50 tonna
4.
Dori purkagichli uskuna
4 dona
5.
Xonadonga xizmat koʻrsatish uchun shartnomalar
har yili 500 xonadonga
* Bino va inshootlar, minitraktor ijara munosabatlari asosida foydalanilishi mumkin”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 101 va 103-bandlardagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “tegishli ravishda tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda — tuman kengashi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi” soʻzlari “Agrosubsidiya” axborot tizimiga quyidagi hujjatlarni kiritadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “bank rekvizitlari” soʻzlaridan keyin “pudratchi tashkilot tomonidan olinadigan Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma, qazilgan quduqqa tayyorlangan va Gidrogeologiya stansiyalarida roʻyxatga qoʻyilgan texnik pasport, quduqdan foydalanish uchun isteʼmolchi tomonidan olinadigan Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma, talabgor va burgʻilovchi tashkilot oʻrtasida qazilgan quduqni 1 yil davomida kuzatib va tuzatib borish shartnomasi hamda tuman komissiyasi va talabgor oʻrtasida talabgor tomonidan quduqdan kamida 2 yil davomida samarali foydalanish boʻyicha kelishuv shartnomasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mazkur bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlarning haqqoniyligi, vertikal sugʻorish quduqlarini qazish va foydalanishga topshirish jarayonida barcha zarur hujjatlarni, jumladan yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlar, loyiha-smeta hujjatlarining toʻgʻri tuzilganligi va shakllantirilganligi, shuningdek, ushbu jarayonida budjet va budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarning amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilganligi yuzasidan talabgor va u bilan shartnoma munosabatlari asosida faoliyat koʻrsatgan yuridik shaxslar masʼul hisoblanadi”;
“203. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng, tuman (shahar) komissiyasi uch ish kuni muddatda vertikal sugʻorish quduqlarini barcha hujjatlarni toʻgʻri va haqqoniy tuzilganligini, artezian quduqdan samarali foydalanishi holatini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan tarkibdagi Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish ishlarini foydalanishga qabul qilish hududiy ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Hududiy ishchi guruhi) muhokamasiga kiritadi.
204. Hududiy ishchi guruhi aʼzolari:
uch ish kunida foydalanishga topshirilgan vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash jarayonida rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan barcha hujjatlarni toʻgʻri va haqqoniy tuzilganligini, budjet va budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻri amalga oshirilganligini, artezian quduqdan samarali foydalanilishi holatini oʻrganadi va ushbu jarayon amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi;
ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorlarga ajratiladigan subsidiya miqdori va talabgorlarning bank rekvizitlarini koʻrsatgan holda buyurtmanomalarni shakllantiradi hamda tasdiqlagan holda “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali Kengashga kiritadi.
Qazilgan vertikal sugʻorish quduqlarining hujjatlari (loyiha-smeta) toʻgʻri tayyorlanganligi va taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik Tuman (shahar) komissiyasi va Hududiy ishchi guruhi aʼzolari zimmasiga yuklatiladi.
205. Kengash Hududiy ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritadi.
Mazkur vazirliklar tomonidan ijobiy xulosa olingandan soʻng, talabgorlarning xarajatlarini qoplab berish boʻyicha zarur hujjatlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
206. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan hisobot yili boshida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga moʻljallangan subsidiya uchun belgilangan mablagʻlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi hisobvaragʻida rejalashtiriladi”;
g) 208-banddagi “uch ish kunida Kengash” soʻzlari “Kengash” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) quyidagi mazmundagi 209-band bilan toʻldirilsin:
“209. Qabul qilib olingan vertikal sugʻorish quduqlaridan doimiy tarzda samarali foydalanilishi uchun mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari masʼul hisoblanadi”;
e) 21-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 22-bandning ikkinchi xatboshisidan “Kengash hamda uning hududiy organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
z) Nizom quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish ishlarini foydalanishga qabul qilish hududiy ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat Gidrogeologiya hududiy stansiyalari boshliqlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, viloyat irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshligʻi;
hududiy elektr tarmoqlari korxonalari direktorlari”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi “Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 459-son qarorida:
a) 1-banddagi “Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda;
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sugʻorish uchun katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda;
dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda 30 yilga ijaraga berilgan va bitta konturda yoki yonma-yon ikkita konturda joylashgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaliklari yerlarini sugʻorish uchun katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda”;
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-yanvar va 1-iyulga qadar suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarida burgʻilanadigan vertikal sugʻorish quduqlarining manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi”;
uchinchi xatboshida “2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan hamda 2022-yildan” soʻzlari “2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan hamda 2026-yildan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 52-son qarori bilan tasdiqlangan Intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish hisobiga aholi bandligini va daromadlarini oshirish maqsadida, tashabbuskorlarga dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun yer ajratish va ularga yer ijara huquqlarini rasmiylashtirishga tatbiq etilmaydi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 81-son qarorida:
a) 1-band, 2-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari, 3-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 4-banddagi “tomorqa yer egalari bilan” soʻzlari “tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Nizom nomlanishida, matnida va ilovalarida “tomorqa yer egalari bilan” soʻzlari “tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xarid qilib” soʻzlari “xarid qilgan yoki xarid qilishni rejalashtirgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ishlatiladigan panellar” soʻzlaridan keyin “, kichik hajmli koʻchma muzlatkichlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yuridik shaxslarga (tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari)” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlariga (tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilar bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari (jismoniy shaxslar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi “tadbirkorlik subyektlari” soʻzlaridan keyin “(jismoniy shaxslar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga, jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi pasportga ega boʻlgan”;
toʻrtinchi xatboshi “ega boʻlishi” soʻzlaridan keyin “(kichik hajmli koʻchma muzlatkichlardan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “keyin xarid qilingan” soʻzlari “koʻpi bilan bir yil oldin xarid qilingan yoki xarid qilishni rejalashtirgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. Tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilar bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan holda omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismiga subsidiya olish boʻyicha talabgorlarning arizalariga asosan manzilli roʻyxat har yili 1-fevral holatiga bir marta shakllantiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflariga koʻra Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan holda manzilli roʻyxatga bir oyda bir marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”;
7-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga” soʻzlari “talabgorlarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
8, 11-bandlardagi “1-aprelga” soʻzlari “1-fevralga” soʻzlari bilan, 15-banddagi “15-aprelga” soʻzlari “15-fevralga” soʻzlari bilan, 16, 19-bandlardagi “20-aprelga” soʻzlari “20-fevralga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “hujjatlarning haqqoniyligini, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini joyiga chiqqan holda” soʻzlari “hujjatlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-banddagi “manzilli roʻyxat tuman moliya boʻlimining” soʻzlari “manzilli roʻyxat tumandagi tegishli hokim yordamchisi, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “tuman moliya boʻlimining boshligʻi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi hamda tuman” soʻzlari “tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining boshligʻi hamda tumandagi tegishli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandda “20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya” soʻzlari “20-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddan “Zaruratga koʻra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
28-band “belgilangan tartibda” soʻzlaridan keyin “(YIDXP yoki “Agrosubsidiya” AT orqali) tuziladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
31-band “moliya boʻlimi” soʻzlaridan keyin “hamda tegishli tuman hokimi yordamchisi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“306. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida tomorqa yer egalariga 3 million soʻmgacha mikrokreditlar beriladi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratiladi;
bir qishloqda istiqomat qiladigan bir nechta tomorqa yer egasi (jismoniy shaxs)ga bir dona vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash uchun kredit ajratishga ruxsat beriladi;
bitta konturda joylashgan kamida uchta dehqon xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bitta katta hajmdagi vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish uchun tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi”;
b) 33-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijiy taʼminotchilarga Oʻzbekiston rezidentlariga belgilangan talablar doirasida ortiqcha hujjatlarsiz Marketpleys tizimiga kirish huquqi beriladi”.