1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3574-son “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi qaroridan kelib chiqib va fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish maqsadida:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston fermerlari kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tuman fermerlari kengashlari huzurida Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Tuman fermerlari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankda hisob raqamlariga, shaxsiy gʻazna hisob raqamlariga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi;
Markaz direktori egallab turgan lavozimiga koʻra tuman kengashi raisi oʻrinbosari hisoblanadi, lavozimga hududiy fermerlar kengashi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
2. Markazlar tomonidan fermer xoʻjaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar koʻrsatilishi maʼqullansin:
fermer xoʻjaliklari boʻyicha buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlash;
fermer xoʻjaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar hisoblanishini taʼminlash;
mavsum yakuni boʻyicha fermer xoʻjaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablagʻlari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni taʼminlash;
soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik boʻyicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini tashkil etish;
moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga taqdim etilishini tashkil etish;
fermer xoʻjaligining yil yakuniga koʻra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Kengashga aʼzolik badallari hisoblanishi va toʻlanishini tashkillashtirish;
agronomlar tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha maslahatlar berish, sifatli urugʻ va koʻchatlar bilan taʼminlash, agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishida amaliy yordam berish.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-sonli qaroriga asosan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
3. Markazlarning joylashuvi ular tomonidan xizmat koʻrsatiladigan fermer xoʻjaliklarining sonidan va fermer xoʻjaliklari uchun qulayligidan kelib chiqqan holda tuman fermerlari kengashlari tavsiyasiga koʻra tuman hokimliklari tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
4. Markazlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan aʼzolik badallari va pullik xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Bunda, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Har oy yakuni boʻyicha xodimlarga, ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab, oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdordagi mukofotlar va boshqa xarajatlar fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan aʼzolik badallari va boshqa daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Tuman fermerlari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari xodimlarining oylik maoshlari miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Kengashga tushadigan badallar tushumi va xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Moliya vazirligiga moliyalashtirish manbalariga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
5. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Markazlar faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablagʻ ajratilishini nazarda tutadi, 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarining belgilangan prognozlari oshirib bajarilishi hisobiga moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Markazlarni moddiy — texnik taʼminlash teng ulushlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining zaxira jamgʻarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining belgilangan prognozlarni oshirib bajarilishi hisobidan moliyalashtiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
Bunda, markazlarning moddiy-texnika bazasi toʻlaqonli tashkil etilishi uchun tuman hokimlari shaxsan masʼul ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi]
6. Kengash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Markazlar tomonidan, Kengashga aʼzo boʻlgan va oʻrnatilgan tartibda aʼzolik badallarini toʻlagan, davlat xaridlari uchun paxta va gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga bepul, boshqa qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga pullik asosda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi;
Kengashga, paxta xom ashyosi va boshoqli dondan boshqa mahsulot yetishtiruvchi xamda aʼzolik badalini oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan, yer, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanayotgan hamda moliyaviy imkoniyati cheklangan fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xoʻjaliklarda hisobotni tiklash maqsadida, Markazlar tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni maʼlum muddatga bepul amalga oshirish toʻgʻrisida tavsiya kiritish vakolatini berish haqidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy moliya organlari tomonidan Markazlarga buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalari yuzasidan doimiy ravishda uslubiy koʻmak berib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman Bandlikka koʻmaklashish markazlari har bir tumandagi Markazlarga xodimlar bilan ishlash masalalari boʻyicha bittadan mutaxassis biriktirilishi va fermer xoʻjaliklariga tegishli amaliy koʻmak berib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kengash bilan birgalikda fermer xoʻjaliklariga biriktirilgan yer maydonlarini xoʻjaliklarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekin turlari va konturlari kesimida ikki oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin va fermer xoʻjaliklarining yer maydonlari boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
10. “Agrobank” ATBning Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Kengash bilan birgalikda:
bir oy muddatda fermer xoʻjaliklarida soddalashtirilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishga moʻljallangan dasturiy taʼminot ishlab chiqish, uni Markazlarda qoʻllash, kelgusida takomillashtirib borish, Markazlarga va Kengashga aʼzo boʻlgan fermer xoʻjaliklariga bepul tarqatish;
davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining agrotexkartalari asosida ajratilgan kredit resurslarini onlayn tarzda boshqarish, toʻlovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilib borish imkoniyatini beruvchi maxsus mobil banking dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va unga oid yangiliklarni doimiy ravishda Kengashning hamda “Agrobank” ATBning veb-saytida eʼlon qilib borish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
11. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazlarni yuqori malakali buxgalter va soliq maslahatchilari bilan taʼminlash, ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Buxgalterlar jamoat birlashmalari hamda soliq maslahatchilari birlashmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida filiallarini ochish, Markazlarda faoliyat yuritayotgan buxgalter va soliq maslahatchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish tavsiya etilsin.
12. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan xolda ikki oy muddatda:
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni;
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibini ishlab chiqib belgilangan tartibda tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-iyul,
PQ-3824-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga 1-ILOVA
Tuman fermerlari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining
NAMUNAVIY TASHKILIY TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Soliq, statistika hisobotlari va yuridik masalalar boʻyicha maslahatchi
Agronom
* 30 — 35 ta fermer xoʻjaligiga bitta buxgalter biriktiriladi, bunda agronom shtati fermer xoʻjaliklariga biriktiriladigan buxgalterni qisqartirish hisobidan tashkil etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga 2-ILOVA
Tuman fermerlari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Soliq, statistika hisobotlari va yuridik masalalar boʻyicha maslahatchi
8
4.
Agronom
9
* Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi. 2019-yilning 13-dekabridan boshlab qayta hisob-kitob qilinishi natijasida aniqlangan farq boʻyicha toʻlovlar toʻlab berilishi taʼminlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkilny chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish