toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim tumanlarda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish boʻyicha ishlar holatini oʻrganish natijalari ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish zarurligini koʻrsatmoqda.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida:
1. Tegishli hududda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash koʻrsatkichlaridan biri deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, qishloq xoʻjaligi vaziri hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish taʼminlanmaganligi qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
barcha fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston fermerlari kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) aʼzoligi majburiy, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;
fermerlar kengashlari qishloq xoʻjaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
4. Kengash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining Kengashga aʼzolik badallarini quyidagicha belgilash haqidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtiriladigan paxta xomashyosi boʻyicha birjada eʼlon qilinadigan boshlangʻich narxdan hamda donning shakllangan oʻrtacha narxidan 0,6 foiz miqdorida, bunda 2025-yil hosilidan boshlab paxtadan gektariga 50 sentnerdan va gʻalladan 80 sentnerdan yuqori hosil olgan fermer xoʻjaliklari uchun 0,3 foiz miqdorida;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
boshqa fermer xoʻjaliklari uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining 0,5 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablariga muvofiq Kengashga aʼzolik badallarini oʻtkazib berish tartibini ishlab chiqsin hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
6. Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam koʻrsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MCHJlar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish;
sugʻorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari oʻrnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugʻorishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan, shuningdek, oʻz maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hamda eksport qilish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
9. Belgilansinki:
a) quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)
Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan mablagʻlarni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun foydalaniladi:
fermer xoʻjaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, agroturizm loyihalari, suv chiqarish uchun tejamkor nasos agregatlari xarid qilish, qishloq xoʻjaligi maqsadlarida quyosh panellarini oʻrnatish, artezian quduqlarini qazish, yomgʻirlatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va dala doʻkonlarini qurish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
fermer xoʻjaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga bogʻdorchilik (koʻchatchilik), uzumchilik (tok soʻrisi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transporti hamda asbob-uskunalarini xarid qilish, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar (jumladan, yozgi toʻrli issiqxonalar) qurish, koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish, agrologistika markazlarini tashkil etish, “in-vitro” va boshqa laboratoriyalar, sovutish omborxonalarini tashkil etish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, xalqaro sertifikatlar olish, “oʻsimliklar klinikasi” faoliyati hamda qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlari uchun aylanma mablagʻlarga talabgorlarga 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatish;
xalqaro moliya institutlaridan olingan grant mablagʻlari va Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga grantlar ajratish. Bunda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan grant ajratish yoʻnalishlari va tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etish, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilish va oʻrnatishga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar berish. Bunda kredit summasining 60 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida oʻrnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinadi, 40 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi olinadi;
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga va mazkur obyektlarni sotish uchun savdo maydonlari tashkil etishga. Bunda mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan faoliyat Jamgʻarma taʼsischiligida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin, shuningdek mazkur obyektlar fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga Jamgʻarmadan belgilangan tartibda ajratiladigan kreditlar evaziga va lizing toʻlovlari asosida mazkur obyektlarning oʻzini garovga qoʻyish huquqi asosida Jamgʻarma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Ularni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga;
Jamgʻarmani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
ustav kapitalida Jamgʻarma ulushi shakllantirilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatida ishtirok etish va ularga qoʻshimcha mablagʻ ajratish;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarini rivojlantirishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar;
Jamgʻarma tomonidan fermer xoʻjaliklari rahbarlari va aʼzolarining hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar ajratish. Bunda oʻquv markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida qishloq xoʻjaligi borasida innovatsion yoʻnalishlarni ommalashtirish maqsadida mahalliy va xalqaro seminar va koʻrgazmalar tashkil etish hamda xorijda oʻtkaziladigan bu kabi tadbirlarda fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari, Kengash va Jamgʻarma xodimlarini ishtirokini taʼminlash.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kreditlar hududiy fermerlar kengashlari tavsiyanomasiga koʻra hamda har bir mahallaga mahallabay ishlash boʻyicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi.
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamgʻarma daromadlari (pul mablagʻlari yoki boshqa aktivlar koʻrinishida) Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilansinki, Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan markaziy apparati va hududiy vakillar shtat birliklari miqdori Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish huquqi berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
12. Jamgʻarma Vasiylik kengashi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etib borsin.
13. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari barcha turdagi soliqlardan;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun jihozlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlardan tashqari);
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi va qishloq xoʻjaligi transport vositalari 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari);
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
“Tomorqa xizmati” MCHJ yoki fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
14. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan:
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon xoʻjaligi va 4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida sugʻurta badali toʻlangan taqdirda, sugʻurta badali toʻlangan yil mehnat stajiga kiritiladi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov 5 foiz miqdorida toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda ularga fermer, dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va zayomlarini jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
kichik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini hamda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarida mini-agrotexnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot markazini;
respublika mintaqalarida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini kasalliklardan himoya qilish, zarur tavsiya va maslahatlar berishga koʻmaklashuvchi va xizmat koʻrsatuvchi “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJlarni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-aprel,
PQ-3680-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritiladigan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjaligida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini”.
2. 3-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati koʻzlab daʼvo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.
3. 5-band va 11-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. 1 — 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining
TUZILMASI
Kengash ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 44 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 13 — 15 nafar, jami soni — 185 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
4-ILOVA
Tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Tuman kengashlari ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 7 — 9 nafar, jami soni 1281 nafar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.05.2020-y., 07/20/4716/0598-son; 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)