|
T/r |
Bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nomi |
Bekor qilinishi natijasida yuzaga keladigan tartib-taomil nomi |
Vakolatli organ nomi |
|
I. Bekor qilinadigan ayrim ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabardor qilish tartib-taomillari |
|||
|
1. |
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror. |
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish tartibida boshqa shaxsga berish. |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ |
|
2. |
Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishib olish. |
Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini nazorat qilish. |
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
|
3. |
Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish. |
Avtotransportda yuklarni xalqaro tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlish. Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi. |
Bojxona qoʻmitasi |
|
4. |
Turarjoyni ijaraga berishning Yagona elektron reyestriga kiritish. |
Ijara shartnomasini rasmiylashtirish. Chet el fuqarosini vaqtinchalik hisobga qoʻyish. |
“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK |
|
5. |
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma. |
Tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish. |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
6. |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma. |
Tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
|
7. |
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. |
Tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi, olib kirilishi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish. |
Madaniy meros agentligi |
|
II. Birlashtirish yoʻli bilan bekor qilinadigan ayrim litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar* |
|||
|
8. |
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya. |
Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya. |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
|
9. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya. |
||
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish. |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
||
|
12. |
Aholi punktlari hududlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
Aholi punktlari hududlarini qurish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish. |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
13. |
Aholi punktlari hududlarini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
||
|
14. |
Pirotexnika buyumlarini yoʻq qilish uchun litsenziya. |
Pirotexnika buyumlarini yoʻq qilish va utilizatsiya qilish. |
Ichki ishlar vazirligi |
|
15. |
Pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish uchun litsenziya. |
||
|
16. |
Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma. |
Maxsus turdagi tovarlar eksporti |
Vazirlar Mahkamasi |
|
17. |
Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya. |
||
|
18. |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma. |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma.** |
Ichki ishlar vazirligi |
|
19. |
Avtomobil transportida ogʻir va katta hajmli yoki xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnoma (xulosa). |
||
|
III. Xabardor qilish tartibiga oʻtkaziladigan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*** |
|||
|
20. |
Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (turagentlik faoliyati) (“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati bundan mustasno). |
Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
|
21. |
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya (obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha I toifasiga mansub loyihalar). |
Obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori boʻyicha I toifadagi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
22. |
Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestriga kiritish toʻgʻrisida ariza. |
Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkiloti faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnoma. |
Adliya vazirligi |
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat nomi |
Muddat |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Yer kodeksining 9-moddasi (yerlarni toifalarga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish). |
2024-yil aprel |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov) |
|
2. |
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-bobi (Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari). |
2024-yil may |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
3. |
Erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4931-son Farmoni; Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom. |
2024-yil iyun |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
|
4. |
Koʻchmas mulkni va unga boʻlgan huquqni, shu jumladan, ipoteka shartnomasi asosida vujudga keladigan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonun; “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonun; “Garov toʻgʻrisida”gi Qonun; “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Qonun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmoni; Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 186-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) Kadastr agentligi (Poʻlatov), Adliya vazirligi Tashkulov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
5. |
Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishga qaratilgan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son qarori. |
2024-yil may |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev) |
|
6. |
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga oid quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4812-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. |
2024-yil iyul |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-son qarori. |
2024-yil aprel |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Qayumov) |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-4732-son qarori. |
2024-yil may |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3025-son qarori. |
2024-yil iyun |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abduraxmonov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Qayumov) |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4940-son qarori. |
2024-yil avgust |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori. |
2024-yil sentabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
|
12. |
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–39-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev) |
|
13. |
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yoʻl mahsulotini ishlab chiqarishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 211-son qarori. |
2024-yil mart |
Transport vazirligi (Maxkamov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Qayumov) |
|
14. |
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. |
2024-yil aprel |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev) |
|
15. |
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarori. |
2024-yil may |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov) |
|
16. |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. |
2024-yil may |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov) |
|
17. |
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 213-son qarori. |
2024-yil may |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
|
18. |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi “Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 595-son qarori. |
2024-yil may |
Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
|
19. |
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. |
2024-yil iyun |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov) |
|
20. |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi “Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 355-son qarori. |
2024-yil iyul |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov) |
|
22. |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-fevraldagi “Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 102-son qarori. |
2024-yil sentabr |
Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
|
23. |
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi “Energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 379-son qarori. |
2024-yil sentabr |
Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Majburiy ijro byurosi (Egamberdiyev) |
|
24. |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 283-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
25. |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 217-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
26. |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi “Yoʻlboʻyi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 793-son qarori. |
2024-yil noyabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
27. |
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul). |
2024-yil iyul |
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) |
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| 1. | Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartib-taomil va talablarni soddalashtirish. Bunda: “chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni zaxira qilib qoʻyish talabini bekor qilish, turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sugʻurta qilish tartibini belgilash; turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishda joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni ilova qilish talabini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
| 2. | Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berilishiga oid tartibni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmanov) |
| 3. | Transport vositalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyatini takomillashtirish. Bunda: yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanishi tartibini bekor qilish; jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazishga ruxsat etish tartibini belgilash, bunda mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan talablar va davlat nazorati mexanizmlarini oʻrnatish; Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasidagi yozma aloqa shakllarini elektron shaklga oʻtkazish; tadbirkorlik subyektlaridan ustav nusxasining talab qilinishini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 4. | Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, vaqtincha guvohnoma va haydovchilik guvohnomasining dublikatini (koʻchirma nusxasini) berish uchun oshirilgan miqdorlarda toʻlov undirilishini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 5. | Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni soddalashtirish. Bunda: savdo va koʻngilochar koʻchalar roʻyxati majburiy tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy-veb saytlarida eʼlon qilinishini belgilash; videokuzatuv tizimi orqali olingan tasvirlarni saqlashning eng kam muddatini 30 kundan 15 kunga qisqartirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 6. | Bozorlar, savdo komplekslari faoliyatini raqamlashtirish va samarali nazorat qilish. Bunda: bozorlar va savdo majmualaridagi rastalar, doʻkonlar va yoyma savdo nuqtalarini e-ijara.soliq.uz platformasi orqali elektron tarzda ijaraga berish va hisobini yuritish tartibini joriy qilish; “bozor infratuzilmasi” tushunchasiga aniq taʼrif berish orqali bozorlar va savdo komplekslari hamda ularning filiallariga tutash hududda joylashgan obyektlar mulkdorlaridan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar undirilmasligini belgilash; bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida joylashgan obyektlar mulkdorlaridan bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi hamda koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati koʻrsatilgan xizmatlaridan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanishi tartibini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
| 7. | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son qarorida belgilangan intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi va shartlarini soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmanov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
| 8. | Uy-joy xoʻjaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish uchun litsenziya olinganda quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha litsenziya olinishi talab etilmasligini belgilash: “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” boʻlimini loyihalashtirish; “Metall obyektlar konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish; “Temir-beton obyektlar konstruksiyalari” boʻlimini loyihalashtirish; qurilish obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish; binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish; binolar, inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 9. | Faoliyatning litsenziyalanadigan quyidagi kichik turlarini bekor qilish yoki ularni ushbu faoliyatning litsenziyalanadigan boshqa kichik turlari bilan birlashtirish masalasini tahlil qilish, zaruratga koʻra, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash. | Axborot-tahliliy maʼlumotnoma | 2024-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 10. | Bojxona ombori faoliyatini, erkin ombor faoliyatini va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalashda berilgan litsenziyani tadbirkorlik subyektining arizasi asosida oʻzgartirish imkoniyatini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 11. | Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish faoliyatining quyidagi litsenziyalanadigan kichik turlarini oʻzaro birlashtirish masalasini tahlil qilish, zaruratga koʻra, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish; maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish; koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish; koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish; koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish. | Axborot-tahliliy maʼlumotnoma | 2024-yil aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
| 12. | Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash tartibida: arizani koʻrib chiqish muddatini 14 ish kuni etib; xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarning aniq sonini; Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzenergoinspeksiya va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan xulosa berilishi asoslari hamda mezonlarini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 13. | Koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash tartibida: arizani koʻrib chiqish muddatini 10 ish kuni etib; koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash ishlari bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarning aniq sonini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 14. | Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya berishda arizani koʻrib chiqish muddatini 7 ish kuni etib belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 15. | Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishni litsenziyalashda quyidagi xulosalarni litsenziya talabgoridan talab qilmagan holda ushbu mahsulotlarning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini kelishishni taʼminlash: ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining xulosasi; ishlab chiqarishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi; ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida hududiy yongʻin nazorati organining xulosasi; Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda oʻlchash jihozlari bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasi; isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (bino, inshootlar, ishlab chiqarish quvvatlari va hokazo) qurilganda va yangisi tashkil etilganda, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilganda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklif etilayotgan yangi quvvatlarni tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
| 16. | Affinaj faoliyatini litsenziyalashda: a) quyidagi maʼlumotlarni litsenziya talabgoridan talab qilmagan holda ushbu faoliyatning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini kelishishni taʼminlash: oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi sertifikat haqida maʼlumot (elektron yoki analitik tarozilar va toshlar (har xil ogʻirlikdagi); qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shu jumladan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan mineral xom ashyo, ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlash moʻljallanayotgan obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi raqami va sanasi; obyektning texnik mustahkamligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulanganligi haqidagi maʼlumotlar — qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shu jumladan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan mineral xom ashyo, ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlash moʻljallanayotgan obyektlar uchun; b) litsenziya talabgoridan quyidagi maʼlumotlarni talab qilishni bekor qilish: davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olish evaziga). | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 17. | Neft, gazni (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda quyidagi xulosalarni litsenziya talabgoridan talab qilishni bekor qilgan holda ushbu faoliyatning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini tegishli organlar bilan kelishishni taʼminlash: Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi; Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boʻlimlarining oʻrnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boshqarmalarining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin xavfsizligi hududiy boshqarmalarining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 18. | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalashda quyidagi xulosalarni litsenziya talabgoridan talab qilishni bekor qilgan holda ushbu faoliyatning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini tegishli organlar bilan kelishishni taʼminlash: Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, xodimlarning bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi; Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boʻlimlarining texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari holatining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boshqarmalarining magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin xavfsizligi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazaning yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi va xodimlarning ular boʻyicha tayyorgarlik darajasi toʻgʻrisidagi xulosasi; Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining moddiy-texnik bazaning, ishlarni amalga oshirish texnologiyasining loyihalashtirish va qurilish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 19. | Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalashda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarma va boʻlimlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishishni yoʻlga qoʻygan holda, ushbu idoralarning xulosalarini litsenziya talabgoridan talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev) |
| 20. | Avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalashda yuridik shaxslar shtat jadvalida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mutaxassis sifatida oʻrta-maxsus maʼlumotli shaxslarni ham tayinlash mumkinligi belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
| 21. | Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berishda quyidagilarni belgilash: maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotining oldin roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligini tekshirishni, oʻram va qadogʻini kelishishni, toksikologik-gigiyenik baholashdan oʻtkazishni elektron koʻrinishga oʻtkazish; texnik shartlar va texnik yoʻriqnomani tasdiqlash hamda ularni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida roʻyxatdan oʻtkazishni ruxsatnoma berish jarayonlaridan chiqarib tashlash; toksikologik tekshirishlar ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, kimyoviy moddalar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini toksikologik tekshirish akkreditatsiya (attestatsiya)dan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligini belgilash; ruxsat berish tartib-taomillarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil may | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 22. | Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili oʻzgargan taqdirda, ulardan xoʻjalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma berishda quyidagi xulosalarni ruxsatnoma oluvchidan talab qilishni bekor qilgan holda ushbu faoliyatning ruxsat berishga oid talab va shartlarga muvofiqligini tegishli organlar bilan kelishishni taʼminlash: Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Favqulodda vaziyatlar vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (B. Gulyamov) |
| 23. | Xavfli ishlab chiqarish obyektlari va istirohat bogʻlaridagi attraksionlarda putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini olib borish uchun ruxsatnoma berishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishish tizimini joriy qilish orqali ariza beruvchidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining xulosasini talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (B. Gulyamov) |
| 24. | Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishish tizimini joriy qilish orqali ariza beruvchidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining xulosasini talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (B. Gulyamov) |
| 25. | Avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berishda AYQShda yongʻin xavfsizligiga qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi yuzasidan ariza beruvchi tomonidan xulosa taqdim etilishini bekor qilish va yongʻin xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiqligi yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi bilan kelishishni belgilash. AYQShda sanoat xavfsizligiga qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi yuzasidan xulosa taqdim etilishini bekor qilish va Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining tarmoq inspeksiyasi bilan kelishishni joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 26. | Kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash faoliyati faqat sayyor shaklda amalga oshirilganda mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud boʻlishi haqidagi talabni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov) |
| 27. | Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma yuborishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan beriladigan xulosani talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
| 28. | Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda quyidagilarni amalga oshirish: tuman (shahar) kadastr boʻlimlari obyektning maydoni haqidagi maʼlumotni taqdim etish muddatini nazarda tutishi; mazkur xizmatni koʻrsatishda Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalari va nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirok etishi tartibini belgilash (qancha muddatda xulosa berishi) va ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini taʼminlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
| 29. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida quruvchi tashkilotlarni baholashda ushbu tashkilotlarda mavjud har bir inventar uchun aniq baholash mezonlarini qonunchilik hujjatlarida belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil may | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 30. | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilishda ruxsat berish tartibotlarini, shu jumladan, sanitariya-epidemiologik, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini berish tartiblarini qayta koʻrib chiqish (tartibga solish doiralarini aniq belgilash, bunda rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi davlatlarining bu sohalardagi ilgʻor tajribasidan kelib chiqib, oʻzaro takrorlanuvchi funksiyalarni birlashtirish nuqtai nazaridan ushbu jarayonlarni soddalashtirish). Bunda, masʼul idoralar tomonidan ishchi guruh tuzgan holda mazkur xulosalarni berish jarayonlarini tahlil qilib (joyga chiqqan holda), takliflar ishlab chiqish. | Axborot-tahliliy maʼlumotnoma | 2024-yil mart | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov) |
| 31. | Idoraviy mansubligi va boʻysunuvidan qatʼi nazar litsenziyalovchi organ oʻzi litsenziyalaydigan faoliyat bilan shugʻullanadigan yuridik shaxsning taʼsischisi yoki ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlishi, mansabdor shaxslari litsenziatning boshqaruv organlariga tayinlanishi (saylanishi) mumkin emasligi va ushbu talabning litsenziyalovchi organning tarkibiy tuzilmasiga kiradigan yoki uning oxirgi benefitsiari hisoblanadigan tashkilotlarga ham tatbiq etilishi nuqtai nazaridan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda litsenziyalovchi organlar taʼsischisi yoki ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlgan yuridik shaxslarni xatlovdan oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil mart | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) |
| Xatlov natijalari asosida manfaatlar toʻqnashuvini istisno etadigan takliflarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyul | ||
| 32. | “Biznesga litsenziyasiz kirish” (Zero Licensing) rejimi doirasida xabarnomalarni yuborish uchun “Litsenziya” axborot tizimida tegishli imkoniyat yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 33. | Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirish. Bunda: litsenziya yoki ruxsat berish hujjati olish talab etiladigan faoliyatning kichik turi (toifasi, klassi) yoki litsenziatning filiali uchun litsenziya yoki ruxsat berish hujjatini qisman bekor qilish hamda tartib-taomillarni amalga oshirishda muddatlarni ish kunida hisoblashni yoʻlga qoʻyish; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarida vakolatli organ tomonidan yuboriladigan qaror (xabarnoma)larda uning ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi koʻrsatilishining texnik imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel |
|
T/r |
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomili nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Litsenziyalash tartib-taomillari |
|||
|
1. |
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya |
2024-yil fevral |
Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
|
2. |
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya |
||
|
3. |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat uchun litsenziya |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
|
|
4. |
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya |
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) |
|
|
5. |
Boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya |
||
|
6. |
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya |
2024-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
7. |
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmanov) |
|
|
8. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
|
|
II. Ruxsat berish tartib-taomillari |
|||
|
9. |
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma |
2024-yil fevral |
Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
|
10. |
Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnoma |
||
|
11. |
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini foydalanishga qoʻyish toʻgʻrisidagi xulosa |
||
|
12. |
Ekspluatant sertifikati |
||
|
13. |
Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma |
||
|
14. |
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati |
||
|
15. |
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat |
||
|
16. |
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat |
||
|
17. |
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati |
||
|
18. |
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma |
||
|
19. |
Ozonni buzuvchi moddalarni hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
|
|
20. |
Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma |
||
|
21. |
Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma |
||
|
22. |
Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma |
||
|
23. |
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
|
|
24. |
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi |
Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
|
|
25. |
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma |
Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
|
|
26. |
Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma |
||
|
27. |
Maxfiy kartografiya materiallarini koʻpaytirish uchun ruxsatnoma |
Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
|
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va (yoki) tarqatish uchun ruxsatnoma |
||
|
29. |
Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (maʼlumotlarini) berish uchun ruxsatnoma |
||
|
30. |
Import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
|
31. |
Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya |
||
|
32. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma |
||
|
33. |
Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
|
|
34. |
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi |
||
|
35. |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish uchun ruxsatnoma |
||
|
36. |
Oʻzbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun sertifikat |
||
|
37. |
Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat |
Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov) |
|
|
38. |
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma |
2024-yil aprel |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
39. |
Veterinariya sertifikati |
||
|
40. |
Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma |
||
|
41. |
Karantin ruxsatnomasi |
||
|
42. |
Fitosanitariya sertifikati |
||
|
43. |
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash uchun ruxsatnoma |
||
|
44. |
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma |
||
|
45. |
Portlatish ishlarini bajarish yoki portlovchi moddalar bilan ishlash uchun ruxsatnoma |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
|
|
46. |
Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda oddiy qumoqlangan va suvli portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma |
||
|
47. |
Olib kiriladigan portlovchi moddalarni qoʻllash uchun ruxsatnoma |
||
|
48. |
Portlovchi moddalarni sotib olish uchun guvohnoma |
||
|
49. |
Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilishga doir maxsus loyihani kelishib olish |
||
|
50. |
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini hisobga olish |
||
|
51. |
Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish toʻgʻrisida qaror |
||
|
52. |
Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik materiallarda nazarda tutilgan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror |
||
|
53. |
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror |
||
|
54. |
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma |
||
|
55. |
Yer qaʼri boʻyicha geologik materiallarga doir loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasi |
||
|
56. |
Kon ajratish dalolatnomasi |
||
|
57. |
Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish |
||
|
58. |
Quvvati 20 kilovattdan ortiq boʻlgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish |
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov) |
|
|
59. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida qaror |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
|
60. |
Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisida qaror |
||
|
61. |
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma |
||
|
62. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma |
||
|
63. |
Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma |
||
|
64. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqi uchun ruxsatnoma |
||
|
65. |
Aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma |
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) |
|
|
66. |
Aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat koʻrigidan oʻtkazish uchun ruxsatnoma |
||
|
67. |
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
|
68. |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma |
||
|
69. |
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa |
||
|
III. Xabardor qilish tartib-taomili |
|||
|
70. |
Qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2024-yil fevral |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |