1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 222]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2000-yil 17-iyuldagi 38-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-noyabr,
369-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
2023-yil 12-oktabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 18-oktabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2023-yil 17-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2023-yil 10-noyabrdagi 369-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, kengaytirish, texnik qayta qurish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda ishlayotgan xodimlarning mehnat xavfsizligi boʻyicha texnik va tashkiliy tadbirlar tizimini belgilab beradi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
GOST 12.4.087-84 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Qurilish. Qurilish kaskalari. Texnik shartlar. (rasmiy manbaa: GOST 12.4.087-84 Sistema standartov bezopasnosti truda. Stroitelstvo. Kaski stroitelnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST ISO 3864-1-2013 “Grafik belgilar. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari.
1-qism. Signal va belgilarni loyihalashtirish tamoyillari” (rasmiy manbaa: GOST ISO 3864-1-2013 Graficheskiye simvoli. Signalnie sveta i znaki bezopasnosti. Chast 1. Prinsipi proyektirovaniya znakov i signalnoy razmetki);
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
buyurtmachi — obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzishning amalga oshirilishini taʼminlovchi, shuningdek shu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
skaffolding — binolarni qurishda, taʼmirlashda yoki binoni tozalashda xodimlar tomonidan foydalaniladigan maxsus qisqichli metalldan yasalgan havoza (asosan bino tashqarisidagi vaqtinchalik xavfsiz foydalaniladigan temir konstruksiyali havozaga nisbatan ishlatiladi);
himoya (xavfsizlik) toʻrlari — qurilish va montaj ishlarida, baland binolar va inshootlarni qurishda odamlarni balandlikdan yiqilishni oldini olish va yon himoya sifatida foydalaniluvchi vosita;
koʻtargich (polispast) — arqon yoki zanjirga ketma-ket oʻralgan ikki yoki undan ortiq bloklardan tashkil topgan yuklarni koʻtarish uchun maxsus qurilma.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Qurilish obyektlarida ishlaydigan mutaxassislar va xodimlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlgan vaqtinchalik bino (vagon)lar, inshootlar, qurilmalar hamda ularning majmualari bilan taʼminlanishi lozim.
Qurilish obyektlarida ishlaydigan mutaxassislar va xodimlar uchun sanitariya-maishiy xonalari va qurilmalarini foydalanishga tayyorlash ishlari asosiy qurilish-montaj ishlari boshlangunga qadar yakunlangan boʻlishi kerak.
4. Xavfli balandliklarda ishlarni bajarishga 18 yoshdan kichik boʻlmagan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va xavfli balandliklarda bajariladigan ishlar boʻyicha bir yildan kam boʻlmagan ish stajga hamda 3 dan past boʻlmagan tarif razryadiga ega boʻlgan shaxslarga (xodimlar va muhandis-texnik xodimlar) ruxsat berilishi kerak.
5. Qurilish obyektida ishlarni boshlashdan oldin buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar mazkur SHNQning 1-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha dalolatnoma-ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
6. Ishlab chiqarish xavfi mavjud yoki roʻy berishi mumkin boʻlganda mazkur SHNQning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq, ishlar uchun masʼul xodimga yuqori xavfli ishlarni bajarish uchun naryad-ruxsatnomasi berilishi lozim.
7. Bajarilishi uchun naryad-ruxsatnoma berilishi lozim boʻlgan ishlar roʻyxati mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq tuzilishi va tasdiqlanishi lozim.
8. Naryad-ruxsatnomasi rejalashtirilgan ishlar hajmini bajarish uchun zarur boʻlgan muddatga berilishi kerak.
Ishlarni bajarish shart-sharoitlari oʻzgargan taqdirda amaldagi naryad-ruxsatnomasi bekor qilinadi va faqat yangi naryad-ruxsatnomasi berilgandan keyin ishlarni qayta boshlashga ruxsat beriladi.
9. Faoliyat yuritayotgan binolarni yoki inshootlarni rekonstruksiya qilishda sanitar-maishiy xonalarni rekonstruksiya qilinayotgan binolarni yoki inshootlardagi ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda qurish lozim.
10. Qurilish maydonidagi barcha shaxslar GOST 12.4.087-84 boʻyicha himoya kaskalarini kiyishlari lozim.
Himoya kaskalari va boshqa zaruriy shaxsiy himoya vositalariga ega boʻlmagan xodimlarga ishlarni bajarishga ruxsat berilmaydi.
Har kuni ishni boshlashdan avval xodimlar nuqsonlar bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida oʻz kaskalarini tekshirishlari lozim.
Yaroqsiz holga kelib qolgan, sirti yoki ichki qismi shikastlangan kaskalardan foydalanish mumkin emas.
11. Qurilishda jabr koʻrganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun har bir qurilish obyektida dori-darmonlar solingan dori qutichalari, tibbiy zambil, mahkamlovchi taxtakachlar va boshqa vositalarni joylashtirish uchun xona yoki joy ajratilishi zarur.
12. Xavfsizlikka nisbatan tahdid yuzaga kelganida ishlarni boshqarayotgan rahbar ishlarni toʻxtatishi va xavf-xatarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilishi, zaruriyat boʻlsa, odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilishi lozim.
13. Bosh pudratchi oʻz nazorati ostidagi obyektlarda ishlayotgan barcha boʻlinmalar va subpudratchi tashkilotlarni ob-havoning keskin oʻzgarishi (boʻron, shamolli dovul, jala, qor yogʻishi va h.k.lar) toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilishi lozim.
14. Ishlarni bajarish loyihalarini ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi tashkilotlar mazkur SHNQning 4-ilovasida keltirilgan xavfsizlik talablariga mos keladigan yechimlarni inobatga olishlari lozim.
15. Ishlarni bajarishda yongʻin va portlash xavfiga, zaharli xossalarga ega boʻlgan polimer materiallar hamda buyumlardan ularning qoʻllanish yoʻriqnomalari bilan tanishmasdan foydalanish mumkin emas.
4-bob. Qurilish maydonlari va ish joylarida xavfsizlik talablari
16. Qurilish maydonlari hududiy ajratilgan barcha uchastkalar telefon yoki radio aloqa va video kuzatuvi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
17. Ishlab chiqarish, omborxonalar va yordamchi binolar hamda inshootlarning joylashishi belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejaga mos boʻlishi lozim.
18. Maydoni 2 ha va undan katta boʻlgan qurilish hududida maydonning qarama-qarshi tomonidan kamida ikkita kirish joyi boʻlishi lozim.
19. Qurilish maydonida yilning istalgan vaqtida yongʻin-qutqaruv va boshqa maxsus xizmatlarning tezkor avtomobillari harakatlana oladigan eni 6 m dan kam boʻlmagan qattiq qoplamali yoʻllar tashkil etilishi lozim.
20. Xavfli ishlab chiqarish sharoitida ishni boshlashdan oldin, bajarilayotgan ishlarning tavsifi bilan bogʻliq boʻlgan, odamlarga xavfli omillar doim taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavfli hududlarni aniqlash kerak.
Xavfli hududlar xavfsizlik belgilari va koʻrsatilgan shakldagi yozuvlar bilan mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq belgilangan boʻlishi lozim.
21. Potensial xavfli ishlab chiqarish omillari mavjud zonalarga quyidagilar kiradi:
elektr oʻrnatmalarining izolyatsiyalanmagan tok uzatuvchi qismlari yaqinidagi joylar;
1,3 m va undan yuqori boʻlgan balandlik boʻyicha toʻsiqlar bilan qurshalmagan oʻzgaruvchan balandliklar yaqinidagi joylar;
ish zonasidagi havoda zararli moddalar konsentratsiyasi oʻzining chegaraviy ruxsat etilgan qiymatidan oshishi mumkin boʻlgan joylar;
yengil alangalanadigan moddalar va materiallar saqlanadigan joylar.
22. Yashirin (potensial) xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsir qiladigan zonalar qatoriga quyidagilarni:
qurilayotgan bino (inshoot) yaqinidagi hudud uchastkalarini;
ustida konstruksiyalar yoki uskunalar montaji (demontaji) bajarilayotgan bitta qamrovdagi binolar va inshootlar qavatlari (yaruslari)ni;
mashinalar, uskunalar yoki ularning qismlarini, ishchi organlarni koʻchirish zonalarini;
ustida kranlar yordamida yuklarni koʻchirish ishlari bajariladigan joylarni kiritish lozim.
23. Doimo xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsiri ostida boʻlgan zonalarning chegaralarida qurilish-montaj ishlari bajariladigan qurilish maydonlari va uchastkalarining toʻsiqlari boʻyicha milliy standartlar talablariga muvofiq boʻlgan himoya (ehtiyot) toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
24. Yashirin (potensial) xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsir qiladigan zonalar esa qurilish-montaj ishlari bajariladigan qurilish maydonlari va uchastkalarining toʻsiqlari boʻyicha milliy standartlari talablariga muvofiq boʻlgan, mehnat xavfsizligi boʻyicha belgilangan talablariga mos keluvchi hamda mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq xavfsizlik belgilariga ega boʻlgan signal tarqatuvchi toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
Xavfsizlik belgilari GOST ISO 3864-1-2013 talablariga muvofiq oʻrnatiladi.
Yuqorida koʻrsatilgan zonalarda ishlarni bajarishda ishlayotganlarning xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish lozim.
25. Obyektlar qurilishida yuk koʻtaruvchi kranlar qoʻllanilganda, mazkur SHNQning 30-bandiga muvofiq aniqlanadigan xavfli zonalarga ichida odamlar boʻladigan qoʻshni binolar va inshootlar, transport yoki piyodalar yoʻllari (yoʻlaklar) kirib qolgan hollarda qurilishni tashkil etish loyihasida odamlarning xavfsizligini, jumladan quyidagilarni:
transport va piyodalar yoʻllarini, shuningdek, foydalanilayotgan binolardagi kirish va chiqish joylarini xavfli zonalarining chegarasidan tashqariga koʻchirishni;
xavfli zonaga tushadigan deraza va eshik oraliqlarini ular uchun maxsus moʻljallangan ehtiyot toʻsiqlari bilan himoya qilishni;
konstruksiyalari ustiga koʻchirilayotgan yuklar tasodifan tushganda odamlar xavfsizligini taʼminlamaydigan binolar va inshootlardan odamlarni koʻchirish (chiqarish) yoki qurilish-montaj ishlarini bajarish vaqtida koʻrsatilgan binolar va inshootlarda qurilishni tashkil etish loyihasi bilan aniqlanadigan xavfli zonalarda odamlar boʻlmasligini koʻzda tutuvchi tadbirlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha yechimlarni koʻzda tutish lozim.
Mazkur SHNQning 4-ilovasida nazarda tutilgan odamlar gavjum boʻladigan joylarda xavfli omillar roʻy berishini istisno etuvchi texnik yechimlarni qoʻllash koʻrsatilgan boʻlib, binolar va inshootlardan (bolalar, davolash va oʻquv muassasalari, teatrlar, kinoteatrlar, klublar, stadionlar, doʻkonlar va bir vaqtning oʻzida odamlar ommaviy tarzda yigʻiladigan boshqa joylardan tashqari) odamlarni koʻchirmasdan ishlarni olib borish mumkin.
26. Ustida yuk koʻtaruvchi kran yordamida yuklar koʻchiriladigan hamda qurilayotgan binolar yoki inshootlar yaqinidagi joylarda xavfli zonalarning chegaralari 7-ilovaga muvofiq belgilanadi.
27. Chegaralari ichida elektr toki bilan zararlanish xavfiga ega boʻlgan xavfli zonalarning chegaralari mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
28. Oshib ketishi inson uchun xavf soladigan va xavfli zona chegaralarini belgilaydigan ish zonasidagi havo zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etiladigan konsentratsiyalari kattaligi SanQvaN 0294ga asosan belgilanishi lozim.
29. Agar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan sifat pasporti yoki yoʻriqnomada boshqa oshirilgan talablar mavjud boʻlmasa mashinalarning harakatlanayotgan qismlari va ishchi organlari yaqinidagi xavfli zonalar 5 m chegaradagi masofa bilan belgilanadi.
30. Aholi punktlaridagi yoki qurilish pudrat tashkiloti hududidagi ishlab chiqarish hududlari va ish uchastkalari begona shaxslarning kirmasligini taʼminlash uchun toʻsiq panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
Himoya toʻsiqlarining konstruksiyasi quyidagi talablarning bajarilishini:
ishlab chiqarish hududlari toʻsiqlarining balandligi 2 m (shahar hududlarida 3.5 m) dan kam boʻlmasligini;
ish uchastkalariniki esa 1.2 m (shahar hududlarida 3.5 m) dan kam boʻlmasligini;
odamlar ommaviy tarzda oʻtadigan joylarga qoʻshilib ketgan toʻsiqlar yaxlit ustki himoya yopmasi bilan jihozlangan boʻlishini;
ustki himoya yopmasi qordan tushadigan yuk hamda vaqtinchalik tushadigan omillar taʼsiriga chidamli boʻlishini;
toʻsiqlar ish kuni davomida nazorat qilinadigan va ish tugagandan keyin qulflanadigan darvoza va darchalardan tashqari ochiq joylarga ega boʻlmasligini taʼminlashi lozim.
31. Vaqtinchalik bino va inshootlar, toʻsiqlar, omborxonalar va havozalarni joylashtirishda qurilmalar yaqinida harakatlanadigan transport vositalariga yaqinlashish gabaritlari boʻyicha talablarni hisobga olish kerak.
32. Qurilish maydoni, ish uchastkalari va ish joylarida elektr xavfsizligi GOST 12.1.013-78 talablariga muvofiq taʼminlanadi.
33. Ish zonasidagi havoda SanQvaN 0294 da koʻrsatilgan zararli moddalar miqdorini hamda ish joylaridagi yoritilganlik, vibratsiya va shovqinning chegaraviy kattaliklari, temperatura, nisbiy namlik normalari va havo harakati tezliklarini nazorat qilishni namunaviy roʻyxati mazkur SHNQning 8-ilovasida koʻrsatilgan priborlar bilan amalga oshirish zarur.
34. Qurilish maydoni, ish uchastkalari, ish joylari, ularga kirish yoʻllari va yoʻlaklari sutkaning qorongʻi paytida GOCT 12.1.046 ga muvofiq yoritilishi zarur.
35. Yoritilganlik bir maromda boʻlishi, yoritish moslamalari ishlayotganlarning koʻzlarini qamashtiradigan taʼsirga ega boʻlmasligi lozim. Yoritilmagan joylarda ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Odamlar borishi mumkin boʻlgan joylardagi quduqlar, shurflar va gruntdagi boshqa chuqurlar qopqoqlar, mahkam shitlar bilan yopilgan yoki toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
Sutkaning qorongʻi vaqtida toʻsiqlar 42V dan yuqori boʻlmagan kuchlanishdagi signalli chiroqlar bilan belgilangan boʻlishi kerak.
37. Materiallarni joylashtirish, transport yoʻllarini yotqizish, havo orqali oʻtadigan elektr uzatish va aloqa simlari tayanchlarini oʻrnatish mahkamlanmagan oʻyilgan joylar (kotlovanlar, transheyalar) gruntining buzilish prizmasi chegarasidan tashqarida olib borilishi lozim, ularni gruntning buzilish prizmasi chegarasi ichida mahkamlangan oʻyilgan joylar yoniga mahkamlangan qiyalik turgʻunligini mahkamlash pasporti boʻyicha oldindan tekshirish sharti bilan yoki dinamik kuchlarni inobatga olgan holda hisoblash orqali joylashtirish kerak.
38. Qurilish obyektlarida mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq tegishli xavfsizlik belgilarini oʻrnatish talab etiladi. Xavfsizlik belgilarining signal ranglari va oʻlchamlari GOST ISO 3864-1-2013 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Xavfsizlik belgilarining koʻrinuvchanlik masofasi va yozilish qalinligidan hamda tegishli belgilarni qurilish sanoatida inson xavfsizligi va sogʻligʻini taʼminlash boʻyicha tavsiyalardan kelib chiqqan holda oʻrnatish lozim.
39. Qurilish maydonidan chiqish joyida transport vositalarining harakatlanish sxemasi, yoʻllar va kesib oʻtish joylarining chekkasiga yaxshi koʻrinadigan yoʻl belgilarini oʻrnatish lozim.
Ishlarni bajarish joylari yaqinida avtotransport harakati tezligi toʻgʻri uchastkalarda 10 km/soat dan va burilishlarda 5 km/soat dan oshmasligi zarur.
40. Qurilish maydonlarida avtomobil yoʻllarining relsli yoʻllar bilan kesishgan joylarida relslarning ustki sathiga teng sathda yotqizilgan kontrrelslarga ega boʻlgan yaxlit toʻshamalar (kesib oʻtish joylari) yotqizilishi va oʻtish joylarini yorugʻlik tarqatuvchi signalizatsiya, shlagbaumlar va temir yoʻllar uchun yoʻl harakati belgilari bilan jihozlash lozim.
41. Kesib oʻtish joylari, piyodalar oʻtish joylari va ish joylarini muntazam ravishda tozalash, ularni toʻsib qoʻymaslik, binolar tashqarisidagi shunday joylarning yuzasiga qum yoki shlak sepish zarur.
Qiyaligi 20° dan katta boʻlgan oʻtish joylari traplar yoki toʻsiqli zinapoyalarga ega boʻlishi lozim.
42. Ish joylariga oʻtiladigan va ish joylaridagi oʻtish joylarining eni 0,6 m dan, sof balandligi 1,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
43. Binolar va inshootlar qurilishida xodimlarni balandligi yoki chuqurligi 25 m va undan ortiq boʻlgan ish joylariga koʻtarish va tushirish uchun odamlar yoki yuk hamda odamlar uchun moʻljallangan koʻtargichlar (liftlar)ni qoʻllash zarur.
Xodimlarni 5 m dan katta boʻlgan balandlik yoki chuqurlikda joylashgan ish joylariga koʻtarish yoki tushirish uchun qoʻllanadigan zinapoya yoki tutqichlar ehtiyot kamarlari (tutqichli kanatlar va h.z.lar)ni mahkamlash uchun moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Tayyorlangan koʻchma zinapoyalardan foydalanishdan oldin ularni foydalanish holatida boʻlgan zinapoya oraligʻi oʻrtasidagi pogʻonalardan biriga qoʻyilgan 1200 N (120 kg) statik kuchga sinash zarur.
Foydalanish jarayonida yogʻoch zinapoyalarni har yarim yilda bir marta, metall zinapoyalarni esa bir yilda bir marta sinovdan oʻtkazish taqozo etiladi.
Koʻchma zinapoyalarni qoʻllashdan oldin ularni yaroqlilik koʻrigidan puxtalik bilan oʻtkazish kerak. Nosoz koʻchma zinapoyalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Odamlarning xavfli zonalar chegarasiga oʻtish joylari himoya toʻsiqlariga ega boʻlishi lozim.
Qurilayotgan bino (inshoot)ga kirish joylarining tepa qismi devordan eni 2 m dan kam boʻlmagan gorizontal toʻsiq (koziryok) bilan himoya qilingan boʻlishi lozim.
Kirish joyi ustida joylashgan devor va gorizontal toʻsiq orasida hosil qilingan burchak 70 — 75° oraligʻida boʻlishi lozim.
45. 1,3 m va undan katta boʻlgan balandlikdagi va oʻzgarish chegarasidan 2 m dan kam boʻlmagan masofadagi ish joylari hamda ularga oʻtish joylari balandlik boʻyicha vaqtinchalik toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
1,3 m va undan katta boʻlgan balandliklarda odamlarni tushib ketishdan saqlaydigan himoya toʻrlari oʻrnatilishi lozim.
Bunday toʻsiqlarni oʻrnatish mumkin boʻlmasa, balandlikdagi ishlarni GOST 12.4.107-2012 boʻyicha himoyalovchi kamarlar va ehtiyot kanatlaridan foydalanib bajarish zarur.
46. Odamlar oʻtish joylarini tashkil qilishda mustahkam himoya soyabonlari oʻrnatilishi va havozalar himoya toʻrlari bilan qoplangan boʻlishi lozim (himoya (xavfsizlik) toʻrlari katagining oʻlchovi 5x5 mm dan kam boʻlmasligi kerak).
Himoya toʻrlari toʻrtta himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimdan iborat:
S himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimi boʻyicha chegara arqonli himoya toʻri (9-ilova, 1-rasm), oʻlchami eng kamida 35 m² boʻlishi kerak. Toʻgʻri toʻrtburchak himoya turlari uchun eng qisqa tomonning uzunligi kamida 5,0 m boʻlishi kerak. Ushbu himoya toʻrlari nafaqat gorizontal balki vertikal sirtlarga ham oʻrnatilishi kerak;
T himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimi boʻyicha himoya toʻrlari gorizontal foydalanish uchun kronshteynlarga oʻrnatilishi kerak (9-ilova, 2-rasm).
Bu turdagi himoya toʻrlari xodimlarni, shuningdek, qurilish materiallari va asboblarni tushib ketishdan himoya qiladi, bundan tashqari u pastdagi xodimlarni ham ustiga qurilish materiallar, asboblar va chiqindilar tushishidan saqlashi kerak;
U himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimi boʻyicha vertikal foydalanish uchun havozalarga oʻrnatilgan himoya toʻri (9-ilova, 3-rasm);
V himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimi dorsimon tayanchga biriktirilgan chegaralangan arqonli toʻr (9-ilova, 4-rasm). Trotuarga yaqin joyda amalga oshirilayotgan qurilishda, xodimlar va piyodalarga xavf yetkazishi mumkin boʻlgan qurilish materiallari, asboblar va kichik metall buyumlardan himoya qilishi kerak.
Yiqilish balandligi He, Hi va Hr 10-ilovada berilgan. Hi va He yiqilish balandligining har biri 6,0 m dan oshmasligini hisobga olish kerak (9-ilova, 5- , 6-, va 7-rasm). Bunday holda, Hr yiqilish balandligi 3 m dan oshmaslgi kerak (5-rasm).
Himoya (xavfsizlik) toʻrlarining tutqich kengligi 9-ilova, 5-rasm va 6-rasmga muvofiq boʻlishi kerak.
Agar ish zonasining qiyaligi 20° dan ortiq boʻlsa, tutqich kengligi (shirina zaxvata) kamida 3,0 m boʻlishi hamda qurilayotgan bino yoki inshootning tashqi devor chekkasidan oʻrnatiladigan xavfsizlik setkasining tashqi qirrasigacha boʻlgan oraliq masofa 3,0 m dan oshmasligi kerak (9-ilova, 6-rasm).
Himoya (xavfsizlik) toʻrlarini oʻrnatish quyidagicha amalga oshiriladi:
S himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimining himoya toʻrini oʻrnatish uchun toʻrning oʻlchami kamida 35 m boʻlishi kerak. Toʻgʻri toʻrtburchakli himoya toʻrining eng qisqa tomonining uzunligi kamida 5,0 m boʻlishi kerak. S himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimi himoya toʻrlari bogʻlovchi arqonlar yoki anker nuqtalariga xos yukka bardosh bera oladigan qurilmalar bilan oʻrnatilishi hamda oʻrnatish joylari orasidagi masofa 2,5 m dan oshmasligi kerak;
T himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimining himoya toʻrini oʻrnatish uchun T tizim himoya toʻrlari tushadigan yukning koʻrsatmalarga muvofiq oʻrnatilishi kerak;
V himoya (xavfsizlik) toʻrlari tizimining himoya toʻrini oʻrnatishda, himoya toʻrining yuqori qirrasi qurilish maydonidan kamida 1,0 m balandlikda joylashgan boʻlishi kerak.
47. Himoya toʻrini oʻrnatish joyi ish joyiga iloji boricha yaqinroq boʻlishi va ish joyidan toʻr oʻrnatish joyi orasidagi vertikal masofa 10 m dan oshmasligi kerak.
48. Himoya toʻrining salqiligi qisqa tomon uzunligining 12 foiz yoki undan koʻpini tashkil etishi kerak.
49. Orayopmalarda uskunalarni montaj qilish, liftlar, zinapoya kataklari va shu kabilarni qurish uchun moʻljallangan oraliqlar, ularga odamlarning yetib borishi mumkin boʻlganda, yaxlit qoplama bilan yopilgan boʻlishi yoki ular toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
50. Devorlardagi oraliqlar ularga bir tomonlama qoplama (orayopma)lar birikkanda, agar qoplama sathidan oraliq pastigacha boʻlgan masofa 0,7 m dan kam boʻlsa, toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
51. Ish shart-sharoitlariga va ishlarni bajarishning qabul qilingan texnologiyasiga bogʻliq holda ish joylari normakomplektlarga muvofiq ularning vazifalariga mos ravishda texnologik jihozlash va jamoaviy himoya hamda aloqa va signalizatsiya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
52. Ish joylariga materiallar, qurilish konstruksiyalari va uskunalar uzellarini ishlar xavfsizligini taʼminlovchi texnologik ketma-ketlikda uzatish kerak.
Materiallar va uskunalar ish joylariga joylashtirilgach ular ishlarni bajarishda xavf tugʻdirmasligi va oʻtish joylarini toraytirib qoʻymasligi lozim.
53. Yoqilgʻi va yengil alangalanuvchi materiallarga ega boʻlgan joylarda tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlanadi, faqat 50 m radiusdan keyin ochiq olovdan foydalanish mumkin.
54. Lok-boʻyoq, izolyatsiyalovchi, pardozlash materiallari va portlash xavfiga ega boʻlgan yoki zararli moddalarni ajratib chiqaruvchi boshqa materiallarni ish joylarida smena ehtiyojidan oshmagan miqdorlarda saqlash kerak.
55. Zararli gaz paydo boʻlishi mumkin boʻlgan joylarda, shu jumladan yopiq sigʻimlar, quduqlar, transheyalar va shurflarda ishlarni bajarishdan oldin mazkur SHNQning 33-bandi talablariga muvofiq havo muhitini tahlil qilish lozim.
Zararli gazlar paydo boʻlganda, mazkur joyda ishlar bajarilishini toʻxtatish va ish joylarida ventilyatsiya taʼminlangandan keyin ularni davom ettirish mumkin.
56. Quduqlar, shurflar yoki yopiq sigʻimlarda gazga qarshi shlangli moslamani qoʻllagan holda ishlarni bajarish taqozo etiladi, bunda ikki nafar xodim quduq, shurf yoki sigʻim tashqarisida turib, ularning ehtiyot kamarlariga mahkamlangan kanatlar yordamida ishlarni bevosita ijro etayotgan xodimlar xavfsizligini taʼminlashi lozim.
Kollektorlar yoki kommunikatsion tunnellarda ishlarni bajarishda ikkita yaqin lyuk yoki eshiklar shunday hisoblash bilan ochiq holatda boʻlishi kerakki, bu vaqtda ishlayotganlar ular orasida joylashishi kerak.
57. Lazer nurini qoʻllab, ishlarni bajarishda quyidagilarni bajarish lozim:
GOST 12.1.040-83 talablarini bajarish;
lazerli pribor qoʻllanilayotgan ish joyini oʻrnatilgan shaklga muvofiq tegishli xavfsizlik belgilari bilan belgilash;
odamlar oʻtishi mumkin boʻlgan joylarga ishlarni bajarish joylari chegarasidan tashqarida lazer nuri tarqalishini bartaraf etuvchi himoya ekranlarini oʻrnatish.
Lazer nurining oʻtish yoʻliga tosh oyna va boshqa nur qaytaruvchi predmetlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻymaslik lozim.
58. Ishlarni bitta vertikal boʻyicha qoʻshishda (mazkur SHNQning 331-bandida koʻzda tutilganlardan tashqari) pastda joylashgan ish joylarini yuqorida joylashgan ish joylaridan vertikal boʻyicha 6 m dan katta boʻlmagan masofada oʻrnatiladigan tegishli himoya qurilmalari (qoplamalar, toʻrlar, soyabonlar) bilan jihozlash lozim.
Bitumli va natriyli mastikalarni qoʻllash bilan gidroizolyatsiya yoki antikorroziya ishlarini hamda polimer materiallarni payvandlashni boshqa ishlar bilan bitta xona (sigʻim)da bir vaqtda bajarishga faqat bitta sathda ruxsat beriladi, agar bunda mazkur SHNQning 25-bandiga muvofiq tadbirlar amalga oshirilmayotgan boʻlsa.
59. Qurilayotgan binolarda qurilish chiqindilari va havozalarni yopiq tarnovlar boʻyicha, yopiq qutilar yoki konteynerlarda tushirish kerak.
Tarnovning pastki oxirgi qismi yer yuzasidan 1 m dan katta boʻlmagan balandlikda boʻlishi yoki bunker ichiga kiritilishi lozim.
Tarnovlarsiz yoki boshqa moslamalarsiz qurilish chiqindilarini 3 m dan oshmagan balandlikdan pastga tashlash mumkin.
Qurilish chiqindilari tashlanadigan joylarni har tomondan toʻsiqlar bilan oʻralishi yoki xavf-xatar toʻgʻrisida ogohlantirilishi kerak.
60. Suv yuzasida va suv ustida ishlarni bajarishda qutqaruv stansiyasi (qutqarish posti)ni tashkil etish lozim.
Suv yuzasida va suv ustida ishlar bajariladigan hamma uchastkalarni qutqarish vositalari bilan taʼminlash kerak.
61. Materiallar, konstruksiyalar va uskunalarni joylashtirish, ularga belgilangan standartlar yoki texnik shartlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
62. Materiallar (konstruksiyalar va uskunalar)ni tekis maydonlarga joylashtirish lozim, bunda joylashtirilgan materiallar (konstruksiyalar va uskunalar)ning oʻz-oʻzidan siljishiga, choʻkishiga, sochilishiga hamda dumalashiga qarshi chora-tadbirlarni qabul qilish lozim.
63. Materiallar va konstruksiyalar joylanadigan shtabellar (stellajlar)ning tag va oraliq qoʻyilmalarini bitta vertikal tekislikda joylashtirish lozim.
Panellar, bloklar va shunga oʻxshash konstruksiyalarni shtabellarga joylashtirishda tag va oraliq qoʻyilmalarning qalinligi chiqib turuvchi montaj ilgaklari balandligidan kamida 20 mm ga katta boʻlishi lozim.
64. Omborxonalardagi shtabellar orasida eni 1 m dan kam boʻlmagan oʻtish joylarini koʻzda tutilishi kerak, transport oʻtish yoʻllarining eni transport vositalari hamda omborxonalarga xizmat koʻrsatuvchi yuklovchi va tushuruvchi mexanizmlarning gabaritlariga bogʻliq boʻladi.
Materiallar va buyumlarni devorlarga hamda vaqtinchalik bino va inshootlarga suyash (tayantirish)ga yoʻl qoʻymaslik lozim.
65. Kukunsimon materiallarni yuklash va tushirish jarayonida changlanishga qarshi chora-tadbirlarni koʻrgan holda ularni yopiq sigʻimlarda saqlash taqozo etiladi.
Yuklash-tushirish teshiklari himoya panjaralari, lyuklar esa qulflangan holatda yopilishi lozim.
66. Sochiluvchan va kukunsimon materiallarni saqlash uchun moʻljallangan chuqurligi 2 m dan kam boʻlmagan bunker va boshqa sigʻimlar materiallarning qatlamlar hosil qilishini bartaraf etuvchi qurilmalarga ega boʻlishi lozim.
67. Zararli yoki portlash xavfiga ega boʻlgan erituvchilar miqdoriga ega boʻlgan materiallarni germetik yopiladigan idishlarda saqlash kerak.
68. Yelimlar, mastikalar, boʻyoqlar va portlash xavfiga ega boʻlgan yoki zararli moddalarni ajratib chiqaruvchi boshqa materiallar qoʻllanadigan yoki tayyorlanadigan ish joylarida olovdan yoki uchqun chiqaruvchi boshqa predmetlardan foydalanib harakatlanishga yoʻl qoʻymaslik kerak. Bunday joylar shamollatilishi lozim.
Bunday xonalar (zonalar)dagi elektr qurilmalari portlash xavfisiz ishlash holatida hamda statik elektr zaryadlarining hosil boʻlishi va toʻplanishini bartaraf etuvchi chora-tadbirlar qabul qilingan boʻlishi lozim.
69. Kukunsimon materiallar bilan ishlar olib boriladigan xonalar, shuningdek bunday materiallarni yanchadigan, maydalaydigan va sepadigan mashinalar yonidagi ish joylari shamollatish tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ohak, sement, gips va boshqa kukunsimon materiallar uchun moʻljallangan oʻrnatmalarning zulflari, energiya taʼminlagichlari va mexanizmlari boshqarilishini chiqib turuvchi boshqarish dastaklari bilan amalga oshirish zarur.
70. Qurilmalarni qismlarga ajratish yoki buzishdan oldin ishlarning xavfsiz bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
Qismlari ajratilishi mumkin boʻlgan qurilmalarni, ishlar boshlangunga qadar suv, issiqlik, elektr taʼminoti, kanalizatsiya, texnologik mahsulot oʻtkazgichlardan uzish va ularning shikastlanishiga qarshi ehtiyot choralarini qabul qilish lozim.
Ularni uzish (oʻchirish) tasarrufida boʻlgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Buzilishga mumkin deb topilgan qurilmalarni ishlar boshlangunga qadar suv, issiqlik, elektr taʼminoti, kanalizatsiya, texnologik mahsulot oʻtkazgichlardan uzish va ularning shikastlanishiga qarshi ehtiyot choralarini koʻrish kerak.
71. Binolarni qismlarga ajratgan holda buzish ishlari olib borilayotgan hududni toʻsiqlar bilan toʻsish kerak.
Binolarni buzishdan olinadigan materiallar maxsus ajratilgan maydonlarga joylashtirish kerak.
Yogʻoch konstruksiyalarni buzishdan olingan va keyinchalik foydalanishga yaroqli boʻlgan materiallarni joylashtirishdan oldin ulardagi chiqib turgan mixlar va skobalarni sugʻurish lozim.
72. Bitta vertikal boʻyicha bir nechta yaruslarda, qurilmalarda hamda tom orayopmasida buziladigan konstruksiyalarni bir vaqtning oʻzida buzish mumkin emas.
73. Qurilmalarni buzishda qoʻllanadigan mashina va mexanizmlarni konstruksiyalar qulash zonasidan tashqariga joylashtirish lozim.
Binolar (inshootlar)ni yigʻma va quyma konstruksiyalarni ajratish yoʻli bilan ekskavator gidrobolgʻa va ekskavator demolyator yordamida buzishda xavfsiz masofani saqlashga rioya qilish kerak.
Bunday mexanizmlar yordamida bajariladigan ishlarni mazkur texnikadan foydalanish yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshirish lozim.
Haydovchining kabinasi qurilish parchalari tushishiga qarshi tashqaridan metall panjara bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Portlash xavfiga (benzin bugʻlari, koʻmir changlari va hokazolarga) ega boʻlgan muhitda ekskavator gidrobolgʻa va ekskavator demolyatordan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
74. Binolarni portlatish usuli bilan buzishda hamda portlatish ishlarida sanoat, togʻ ishi va kommunal-maishiy sektorda ishlarni xavfsiz olib borish uchun oʻrnatilgan nazorat boʻyicha xavfsizlik qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
75. Binolar (inshootlar) konstruksiyalarini ekskavator gidrobolgʻa, demolyator, pona-bolgʻa yoki shar-bolgʻa yordamida buzishda ularning ish zonasida bino balandligidan kichik boʻlgan masofada odamlarning boʻlishi mumkin emas.
76. Ishlarni bajarish zonasidagi noturgʻun konstruksiyalarni ustunlar, tagdan mahkamlagichlar va boshqa vositalar bilan mahkamlash lozim.
Konstruksiyalar yoki ularning alohida qismlarini agar shamol yoki boshqa omillar taʼsirida agʻanash xavfi boʻlsa, ularni qoʻshimcha mahkamlashlarsiz qoldirishga ruxsat berilmaydi.
77. Binolarni qismlarga ajratishda, buzishda hamda chiqindilar, materiallar qoldiqlari, qurilish chiqindilarini yigʻishtirishda chang hosil boʻlishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻzda tutish lozim.
Changlangan sharoitlarda ishlayotganlarni ularning nafas olish organlariga chang va mikroorganizmlar (mogʻor, yogʻoch zamburugʻi va h.k.lar) tushishidan himoya qiluvchi vositalar bilan taʼminlash kerak.
78. Shaharning barcha qurilish maydonlari ekspluatatsiya qilinayotgan mashinalarning gʻildiraklarini yuvish uchun maxsus uskunalar va maxsus joylarga ega boʻlishi lozim.
Ushbu obyektlarning konstruktiv va texnologik yechimlari mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek, yongʻin xafsizligi sohasidagi barcha meʼyoriy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
79. Shahar hududida qurilish maydoniga hamda undan ekspluatatsiya qilinayotgan mashinalarning yuk xonalarida shahar atrof muhitini changlanturuvchilar tashilganda yuk xonasining usti (yuk xonasi yopiq mashinalar bundan mustasno) changlanishdan himoya toʻrlari yoki matolar bilan yopilishi kerak.
80. Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini oldini olish uchun qurilish maydonining chang va qum zarrachalari havoga koʻtarilish ehtimoli koʻp boʻlgan qismlariga shuningdek qurilish hududiga kirib-chiqish yoʻlaklari (avtotransport vositalarining kirib-chiqish yoʻlaklariga) osma yomgʻirlatgich va suv purkagichlardan foydalanish lozim.
1000 m2 va undan katta boʻlgan bino va inshootlarning qurilish maydonlarini loyihalashda datchiklar yordamida chang miqdori va shovqin darajasini onlayn koʻrsatuvchi hamda maʼlumotlarni arxivlangan (saqlagan) holda yozib boruvchi tablolarni oʻrnatishni hisobga olish lozim.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 16-maydagi 01/2-33-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 349, 28.05.2025-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
5-bob. Qurilish mashinalarining ekspluatatsiyasi
81. Qurilish mashinalari (mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari)ni ekspluatatsiya qilish, shu jumladan ularga texnik xizmat koʻrsatishni amaldagi standartlarga hamda SHNQ 3.01.01 talablariga va ishlab chiqaruvchi zavodlarning yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Yuk koʻtaruvchi mashinalar ekspluatatsiyasi, yuqorida taʼkidlangan talablardan tashqari, xavfsizlik qoidalarini hisobga olgan holda olib borilishi lozim.
82. Qurilish mashinalarining soz holatda boʻlishiga masʼul boʻlgan shaxslar, ishlab chiqaruvchi zavodlarning ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq ularga texnik xizmat koʻrsatilishini va ularning taʼmirlanishini taʼminlashi lozim.
83. Qurilish mashinalari yordamida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchi tashkilotlarning ish beruvchilari mazkur ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha qoida va yoʻriqnomalarni bilish boʻyicha imtihondan oʻtgan shaxslar ichidan xodimlarni tayinlashi lozim.
84. Mashinalar qoʻllanadigan ishlar boshlangunga qadar ishlarni boshqaruvchi rahbar mashinalarning harakatlanish sxemasini va ularni oʻrnatish joylarini, mashinalarni yerga ulash usullari va joylarini aniqlashi, haydovchi (operator)ning mashinaga xizmat koʻrsatuvchi xodim-signal beruvchi bilan oʻzaro aloqada boʻlish va signal berish usullarini koʻrsatishi, signal beruvchining turadigan joyini aniqlashi (zarur boʻlganda) hamda ish zonasining lozim boʻlgan darajada yoritilishini taʼminlashi zarur.
85. Mashinalarning ishlash joyini tanlashda ish zonasini koʻrish va mashinalarning manyovrlanishi uchun yetarlicha fazoviy kenglik taʼminlanishi kerak.
Agar mashinani boshqarayotgan haydovchi yoki motorist balandligi 36 m dan yuqori boʻlgan binolar va inshootlar qurilishida ish fazosining yetarlicha koʻrinuvchanligiga ega boʻlmagan hollarda yoki unga signal beruvchi xodimni koʻrmasa, haydovchi va signal beruvchi oʻrtasida ikki tomonlama radio aloqa yoki telefon aloqasini oʻrnatish lozim.
Haydovchiga signallarni uzatishda oraliqda turadigan signal uzatuvchi shaxsning koʻrsatmasidan foydalanish mumkin emas.
86. Ishlarni bajarish yoki mashina harakatlanishi jarayonida signallarning ahamiyati ushbu mashinaning ishlashi bilan aloqador barcha shaxslarga tushuntirilgan boʻlishi lozim.
Mashinaning ishlash zonasida xavfsizlik belgilari va ogohlantirish yozuvlari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
87. Motori ishlab turgan mashinalar, transport vositalari va boshqa mexanizatsiya vositalarini nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
88. Qiyaliklari mahkamlanmagan va oʻyilgan joylar (kotlovanlar, transheyalar, kanavalar va h.k.) yaqinida mashinalarni koʻchirish, oʻrnatish va ishlatishga faqat grunt buzilish prizmasi chegarasidan tashqarida ishlarni bajarish loyihalarida koʻrsatilgan masofada yoʻl qoʻyiladi.
Ishlarni bajarish loyihalarida tegishli koʻrsatmalar boʻlmaganda, oʻyilgan joylar qiyaligi asosidan gorizontal boʻyicha mashinalarning eng yaqin joylashgan tayanchlarigacha ruxsat etiladigan masofa mazkur SHNQning 11-ilovasi boʻyicha qabul qilinadi.
89. Mashinalar, transport vositalarini joylashtirish va ekspluatatsiya qilishda joy nishabligida yoki grunt choʻkkanda shamol taʼsiri ostida ularning qulashi yoki oʻz-oʻzidan koʻchishini ogohlantiruvchi chora-tadbirlar qabul qilingan boʻlishi lozim.
90. Havo orqali elektr uzatish liniyalarining muhofaza zonasiga kuzovi koʻtariladigan yuk avtomobillarini joylashtirishda, shuningdek, bu zonada transport vositalaridan foydalanish paytida havo orqali elektr uzatish liniyalaridan kuchlanishni oʻchirish zarur.
91. Transport vositalari, mashinalar va boshqa mexanizatsiya vositalariga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlashni, ekspluatatsion va taʼmirlash hujjatlari bilan ruxsat etiladigan boshqa vaziyatlardan tashqari, faqat ularni toʻxtatgandan va motorini oʻchirgandan keyin mashina va uning qismlarining oʻz-oʻzidan harakatlanish ehtimoli istisno etilganda, shuningdek, gidro va pnevmatik tizimlardan bosim olingandan soʻng amalga oshirish lozim.
92. Elektr energiyasi bilan ishlaydigan mashinalarga texnik xizmat koʻrsatishda kuchlanishning tasodifan berilishiga yoʻl qoʻymaydigan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
Ishga tushirish qurilmalariga “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” deb yozilgan peshtaxta osilgan boʻlishi lozim. Elektr energiyasi zanjiridagi oldindan saqlagichlar (predoxranitel)ning eruvchan qismlari tashqariga chiqarilgan holatda boʻlishi lozim.
93. Oʻz ogʻirligi taʼsiri ostida koʻchish ehtimoliga ega boʻlgan mashinalar, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashda ularning yigʻma birliklari mexanik usul bilan bloklashtirilgan boʻlishi yoki oʻz-oʻzidan harakatlanishini istisno etuvchi tayanchlari tushirilgan boʻlishi lozim.
94. Mashina motorlarini qizdirish jarayonida yoqilgʻi va moy tizimlarida oqish holatlari kuzatilganda mashinalarni ekspluatatsiya qilishda ochiq olovdan foydalanish mumkin emas.
95. Mashinalarni shatakka olganda yoki transport vositalari bilan tortib koʻchirganda yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish lozim.
96. Tabiiy yoki sunʼiy toʻsiqlar, shuningdek, qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl oʻtish joylari orqali mashinalarning oʻtishiga faqat harakat yoʻlining holati tekshirilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Zaruriyat tugʻilganda mashinaning harakatlanish yoʻli mashina pasportida koʻrsatilgan talablarni hisobga olgan holda tekislanadi va mustahkamlanadi.
97. Mashinalarni montaj (demontaj) qilish ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasiga asosan va mashinalar texnik holatiga masʼul boʻlgan shaxs rahbarligida olib boriladi.
Montaj zonasi toʻsiqlar bilan oʻralgan yoki xavfsizlik belgilari va ogohlantirish yozuvlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Yer muzlaganda, tuman tushganda, qor va jala yogʻayotgan paytda, shuningdek, havo harorati mashina pasportida belgilangan chegaralardan past boʻlganda, shamolning tezligi katta boʻlgan vaqtlarda montaj ishlari bajarilmaydi.
98. Mashinalarning pnevmatik va gidro yuritgich tizimidagi monometrlar sinovdan oʻtkazilgan va muhrlab mahkamlangan boʻlishi lozim. Manometr nosoz boʻlganda mashinalardan foydalanish mumkin emas.
99. Qoʻlda boshqariladigan mashinalarni ekspluatatsiya qilishda quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
mahkamlash detallarining butligi va ishonchliligi, himoya qoplamasining holati tekshirilganda, mashinadan har safar foydalanilganda kabellar (shlanglar)ni tekshirish;
ish boshlangunga qadar ulash tugmalarining sozligi va mashinaning kuch taʼsirisiz yurish holatini tekshirish;
ishdagi uzilishlarda, ish tugagach, shuningdek, ish asbobini moylash, tozalash, almashtirish paytida va shunga oʻxshash holatlarda qoʻlda boshqariladigan priborlarni oʻchirish va elektr yoki havo oʻtkazish tarmoqlaridan ajratish;
massasi 10 kg dan oshadigan qoʻlda boshqariladigan mashinalarni osma moslamalar bilan birgalikda qoʻllash;
balandlikda qoʻlda boshqariladigan mashina bilan ishlaganda havozaning toʻshamalari sifatida turgʻun soʻrilardan foydalanish;
masʼul shaxs tayinlangandan soʻng qoʻlda boshqariladigan mashinalar ekspluatatsiyasini nazorat qilish.
100. Tebranishlar (vibratsiya)ni yuzaga keltiruvchi mashinalar qoʻllanilganda xodimlarning mehnat qilish tartibi (ishdagi tanaffuslar davomiyligi, davolash-profilaktik tadbirlar va h.k.lar) ish joylaridagi umumiy va muayyan joydagi vibratsiya boʻyicha amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq belgilanadi.
101. Materiallarni koʻchirishda qoʻllanadigan konveyerlar konstruksiyalarga va ularni joylashtirishga qoʻyiladigan talablarga javob berishi lozim.
6-bob. Texnologik anjomlar va asboblar ekspluatatsiyasi
102. Qurilish-montaj ishlari texnologik anjomlar, osish vositalari, beton aralashmasi (qorishmasi), sochiluvchan va donabay materiallar uchun idishlar, yuklarni ilish qurilmalari va konstruksiyalarni toʻgʻirlash hamda vaqtincha mahkamlash moslamalarini, ommaviy himoya vositalarini va qurilish asboblarini qoʻllagan holda bajariladi.
103. Toʻshama taxtalar orasidagi tirqish 5 mm dan katta boʻlganda osish vositalari tekis ishchi toʻshamalarga, shuningdek 1,3 m va undan yuqori balandlikda joylashtirilganda toʻshamalar toʻsiqlar va himoyalovchi elementlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
Toʻsiqlarning balandligi 1,1 m dan, bort elementining balandligi 0,15 m dan kam boʻlmasligi, toʻsiqlarning gorizontal elementlari orasidagi masofa 0,5 m dan katta boʻlmasligi lozim.
104. Havozalar oʻrnatiladigan gruntlarning yuzasi tekislanadi va zichlanadi, shuningdek uning sirtidan suvlarning oqib ketishi taʼminlangan boʻlishi lozim.
Havozalar qurilayotgan binoning devorlariga mahkamlanadi. Ularning mahkamlanish joylari va usullari ishlarni bajarish loyihalarida koʻrsatiladi.
Loyihada alohida koʻrsatmalar yoki tayyorlovchi-zavodning yoʻriqnomasi boʻlmagan hollarda havozalarni binolarning devorlariga mahkamlash chetki ustunlar uchun kamida bitta yarusdan keyin, yuqori yaruslar uchun har ikki oraliqda mahkamlanadi, shuningdek, havozalar sirtining bino fasadiga tushadigan proyeksiyasining har 50 m² yuzasiga bitta mahkamlash joyi va elementi nazarda tutiladi.
105. Transport vositalarining oʻtish joylari yaqinida oʻrnatiladigan havozalarning toʻshama vositalari transport vositalari gabaritidan 0,6 m dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.
106. Havozalar va soʻrilarga (yuklarni koʻtarish mashinalari, yuk koʻtarish maydonchalari va h.k.) qoʻshimcha yuklar tushadigan hollarda ularning konstruksiyasi bu yuklarni koʻtarib turishini hisobga olish lozim.
107. Balandligi 4 m gacha boʻlgan havozalar va soʻrilarning ishonchli oʻrnatilganligi ish boshqaruvchi yoki usta tomonidan tekshirilib, qabul qilingandan keyin ekspluatatsiya qilinishi lozim. Balandligi 4 m dan katta boʻlgan havozalar esa ish beruvchi tashkilot tayinlagan komissiya tomonidan qabul qilinib, dalolatnoma rasmiylashtirilgandan keyin ekspluatatsiya qilinadi.
Qabul qilib olingan havozalar va soʻrilarni quyidagilar tekshirilishi lozim:
turgʻunlikni taʼminlovchi bogʻlash va mahkamlash moslamalari;
alohida elementlarni mahkamlash tugunlari;
ishchi toʻshamalar va toʻsiqlarning mavjudligi;
ustunlarning vertikal holatda oʻrnatilganligi;
metall havozalar uchun tayanch maydonchalarining elektr xavfsizligini taʼminlash maqsadida yerga ulanganligi.
Havoza va soʻrilarning odamlar koʻtariladigan joylarida yuklarning joylashuvini va ularning tuzilmasini koʻrsatuvchi peshtaxtalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
108. Ekspluatatsiya jarayonida havozalarning holati har 10 kunda ish boshqaruvchi yoki usta tomonidan tekshirib boriladi.
109. Bir oy va undan ortiq vaqt davomida ishlatilmagan havozalar mazkur SHNQning 107-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Havozalar oʻrnatilgan asosning yuk koʻtaruvchanligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan yomgʻir va qor suvlari, turli xil mexanik taʼsirlardan keyin havozalar qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Havozalarning shikastlangan joylari aniqlansa va nuqsonlar tuzatilgach mazkur SHNQning 107-bandida belgilangan tartibda ular qaytadan qabul qilinadi.
110. Balandligi 6 m va undan yuqori boʻlgan havozalarda xodimlar ishlarni tik holatda bajarayotganda kamida ikkita ishchi (ustki) va himoyalovchi (pastki) toʻshamalar boʻlishi lozim, shuningdek, bino yoki inshootga mahkamlangan havozalar ustidagi har bir ish oʻrni yuqoridan 2 m dan katta boʻlmagan balandlikda mahkamlangan toʻshama bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Odamlar yoki transport vositalarining harakatlanishi koʻzda tutilmagan hollarda, havozalar ostida hamda ularga yaqin masofada ishlar bajarilsa himoyalovchi (pastki) toʻshamani oʻrnatish shart emas.
111. Binoga mahkamlangan havozalarni yechib olish vaqtida birinchi qavatdagi barcha eshiklar yopiq holatda boʻlishi, shuningdek, qavatlardan balkonlarga chiqish joylari (yechib olinayotgan uchastka chegarasida)ga toʻsiqlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
112. Bino devori va uning yoniga oʻrnatiladigan havozalarning ishchi toʻshamasi orasidagi tirqish gʻisht terishda 50 mm dan va pardozlash ishlarida 150 mm dan oshmasligi lozim.
Issiqlik izolyatsiyasi ishlari bajarilayotganda izolyatsiya qilinayotgan yuza bilan ishchi toʻshama orasidagi oraliq masofa (tirqish) izolyatsiya materialining ikki qavat qalinligiga 50 mm qoʻshib aniqlanadi.
Koʻrsatilgan oraliq masofa (tirqish)lar 50 mm dan katta boʻlganda ish bajarilmayotgan vaqtda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ularni yopib qoʻyish lozim.
113. Qurilish obyektlaridagi qurilish havozalarini bino perimetri boʻyicha oʻrnatishda har 40 metr masofada narvon oʻrnatiladi, lekin narvonlar soni ikkitadan kam boʻlmasligi lozim.
Ishlar bajarilgandan keyin havozalarning soʻrilari va toʻshamalaridagi qurilish chiqindilari tozalanadi, ular yuzasi qor yoki muz bilan qoplangan hollarda toʻshamalarga muntazam ravishda qum sepiladi.
114. Osma havozalar va soʻrilar montaj qilinib, ular 1 soat davomida normativ yukdan 20% ga ortiq boʻlgan statik yuk taʼsiriga sinaladi, undan keyin ekspluatatsiyaga topshiriladi.
115. Koʻtariladigan soʻrilar, yuqorida qayd etilgan sinovdan tashqari, normativ yukdan 10% ga ortiq boʻlgan dinamik yuk taʼsiriga ham sinovdan oʻtkazilishi lozim.
116. Osma havozalar va soʻrilarni sinash natijalari ularni qabul qilish dalolatnomasida yoki ishlarning umumiy jurnalida aks ettirilgan boʻlishi lozim.
117. Osma havozalar yoki soʻrilardan koʻp marta foydalanilgan hollarda ularni havozalar (soʻrilar) osiladigan konstruksiyani hisoblangan yukdan kamida ikki marta ortiq boʻlgan yukka tekshirish sharti bilan sinovlarsiz ekspluatatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi, havozalarni mahkamlashni esa zarur boʻlgan sinovlarga dosh bera oladigan namunaviy tugunlar (qurilmalar)ni qoʻllagan holda amalga oshirish lozim.
118. Qurilish-montaj ishlarini bajarishda qoʻllanadigan koʻtariluvchi soʻrilar (kajavalar)ning konstruksiyasi tegishli milliy standartlari talablariga javob berishi lozim.
119. Koʻtariluvchi soʻrilarni ishdagi tanaffuslar vaqtida yerga tushirish lozim.
Koʻtariluvchi soʻridan bino yoki inshoot ichiga yoki aksincha bino yoki inshootdan shu soʻriga oʻtish mumkin emas.
120. Koʻtariluvchi soʻrilarni koʻchirish uchun qoʻllanadigan va yerga oʻrnatiladigan chigʻirlar posangi yuk (ballast) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim, uning ogʻirligi chigʻirning tortish kuchidan kamida ikki marta katta boʻlishi kerak.
Posangi yukni chigʻir ramasiga mahkamlash lozim.
Chigʻir barabanidagi kanatlar oʻramining soni yukning pastki holatida ikkitadan kam boʻlmasligi lozim.
121. Koʻchiriladigan havozalarni koʻndalang va boʻylama yoʻnalishlarda siljitish yoʻlining nishabligi havozalarni yasagan zavod tomonidan taqdim etilgan pasport va yoʻriqnomada koʻrsatilgan nishablikdan oshmasligi lozim.
Tezligi 10 m/s dan yuqori boʻlgan shamol esayotgan vaqtda havozalarni koʻchirish mumkin emas.
Siljitishdan oldin koʻchiriladigan havozalardan materiallar va idishlarni tushirish taqozo etiladi hamda ularning ustida odamlar boʻlmasligi lozim.
122. Ish maydonchalari boʻlmagan tirab qoʻyiladigan zinapoyalar qurilayotgan binoning alohida yaruslari orasiga oʻtish uchun joylashtiriladi va ijrochining qurilish konstruksiyalariga tayanishini talab etmaydigan ishlarni bajarishi uchun qoʻllanadi.
123. Tirab qoʻyiladigan zinapoyalarni hamda ochiladigan narvonlarni ish vaqtida ularning siljishi va agʻnashini bartaraf etuvchi qurilmalar bilan taʼminlash kerak.
124. Tirab qoʻyiladigan zinapoyalar va ochiladigan narvonlarning pastki oxirgi qismlariga ularni gruntga ishonchli oʻrnatish uchun uchqir tunuka qoplama kiydirilgan boʻlishi lozim, ulardan silliq yuza (parket, metall, plitka, beton va h.k.)larda foydalanishda ularda sirpanmaydigan materialdan boshmoqlar boʻlishi lozim.
125. Tirab qoʻyiladigan zinapoyaning oʻlchamlari xodimga uning yuqori oxirgi qismidan 1 m dan kam boʻlmagan masofadagi pogʻonasida tik turgan holatda ishlash imkonini taʼminlashi lozim.
Tirab qoʻyiladigan zinapoya yordamida 1,3 m dan yuqori boʻlgan balandlikda ishlash paytida inshoot konstruksiyasiga yoki konstruksiyaga mahkamlangan mazkur zinapoyaga mahkam bogʻlangan ehtiyot kamarini qoʻllash kerak.
126. Tirab qoʻyiladigan narvonlarni transport vositalari yoki odamlar harakatlanadigan uchastkalarga oʻrnatish joylarini ishlarni bajarish vaqtida toʻsiqlar bilan oʻrash yoki qoʻriqlash kerak.
127. Asbob-uskunalarni koʻchirishda ularning uchqir qismlariga gʻilof kiydirish kerak.
128. Qurilish, qurilish materiallari sanoati va qurilish industriyasida qoʻllanadigan yuklarni ilish vositalari (ilgak (stroplar, traversalar)ning yuk koʻtarish ilgaklari yukning oʻz-oʻzidan chiqib ketishini bartaraf etuvchi oldindan berkiluvchi ehtiyot qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
129. Ilgak (strop)lar, traversalar va idishlar ekspluatatsiya jarayonida ularning soz holati uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi, boshqa texnologik anjomlar esa, agar ishlab chiqaruvchi texnik shartlari yoki yoʻriqnomalarida boshqa muddatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, har doim 6 oydan kam boʻlmagan muddatda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
Koʻrik natijalarini ishlar jurnalida qayd etish kerak.
130. Murakkab qurilish-montaj ishlarini bajarishda skaffolding havozalaridan foydalanish lozim.
Skaffolding havozalaridan nostandart konfiguratsiyali binolar va inshootlar qurilishida foydalaniladi.
Havoza elementlari orasidagi bogʻlanish aylanadigan va aylanmaydigan qisqichlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Reja va balandlikka qarab, havozalarning shakli keng chegarali qilib tartibga solinadi.
Skaffolding havozalarini oʻrnatishda ishlab chiqaruvchining koʻrsatmalariga qatʼiy rioya qilish lozim.
7-bob. Transportda tashish ishlari
131. Qurilish yuklarini tashishda mazkur bob talablaridan tashqari, transport vositalarining turlariga bogʻliq ravishda yoʻl harakati qoidalariga, Avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2253, 2011-yil 11-avgustda) xamda Oʻzbekiston respublikasi sanoat temir yoʻl transportini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 65-son, 2002-yil 28-oktabr) muvofiq bajarish lozim.
132. Transport vositalariga egalik qiluvchi tashkilot tasarrufidagi transport vositalariga tegishli yoʻriqnomaga muvofiq oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatilishini va taʼmirlanishini taʼminlashi lozim.
133. Portlovchi, radiofaol, zaharli va yengil alangalanuvchan va yonuvchi yuklar (suyuqliklar, gazlar va qattiq materiallar) tashilishini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan yuklarning ushbu toifalari uchun ishlab chiqilgan qoidalar va yoʻriqnomalar talablariga muvofiq jihozlangan transport vositalarida amalga oshirish lozim.
134. Portlovchi, radiofaol, zaharli va yengil alangalanuvchan yuklarni transport vositalari bilan aholi punktlari tashqarisidan oʻtadigan avtoyoʻllar boʻyicha tashishni koʻzda tutish lozim.
135. Aholi punktlari tashqarisidan oʻtadigan avtoyoʻllar orqali xavfli yuklarni tashish imkoni boʻlmagan hollarda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan marshrutlar boʻyicha tashish lozim.
136. Tashish vaqtida kuzatilishi talab etiladigan xavfli yuklarni ularning xavfli va zararli xossalarini hamda ularni tashish usullarini biladigan kuzatuvchilar nazorati ostida tashish lozim.
137. Dumalashini (yoki transport harakatlanganda tushib ketishini) bartaraf etish uchun yuklar transport vositalariga yuklarning berilgan turini yuklash va mahkamlashning texnik shartlariga muvofiq joylashtirilishi va mahkamlanishi lozim.
138. Harakatlanishdan oldin haydovchi yukning toʻgʻri oʻrnatilganligi va mahkamlanganligini hamda odamlarning kuzovda boʻlish ehtimolligi bartaraf etilganligini tekshirishi va yaqin joylashgan odamlarni harakat boshlanganligi toʻgʻrisida ogohlantirishi lozim.
139. Yuk avtomobillarida odamlarni tashishda ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalari talablariga muvofiq jihozlangan boʻlishi lozim.
140. Odamlarni tashish uchun moʻljallangan avtomobil haydovchisining yoʻl varagʻida avtoxoʻjalikning “Odamlarni tashish uchun yaroqli” belgisi va tashiladigan yoʻlovchilarning mumkin boʻlgan maksimal soni koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
141. Yoʻl varagʻi mazkur avtomobil ekpluatatsiyasi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
142. Odamlarni tashishda haydovchi tomonidan yoʻlning xavfli uchastkalari koʻrsatilgan holda avtomobilning harakatlanish marshruti aniqlangan boʻlishi lozim.
143. Yuk (samosval) avtomobillarning kuzovlari, pritseplar, yarim pritseplar va sisternalarida hamda odamlarni tashish uchun maxsus jihozlanmagan bortli avtomobillarda odamlarni tashish taqiqlanadi.
144. Odamlarni tashish amalga oshiriladigan yuk avtomobillarini avtoxoʻjalik rahbari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq berilgan maxsus ruxsatnomaga ega boʻlgan haydovchilar boshqarishi mumkin.
145. Odamlarni tashishda xavfsizlikni taʼminlash uchun javobgar xodimlar va guruhlarning yoʻl boshchilari tayinlanishi lozim.
146. Transport vositalariga mindirish va ulardan tushirish joylari uchun maxsus maydonchalar jihozlangan boʻlishi lozim yoki odamlar xavfsizligini taʼminlovchi boshqa qurilmalar qoʻllanilishi zarur.
147. Transport vositasini harakatga keltirish boshlanishidan oldin haydovchi odamlarning toʻgʻri joylashtirilganligiga ishonch hosil qilishi va ularni harakat boshlanishi toʻgʻrisida ogohlantirishi lozim.
148. Odamlarni tashishga moʻljallangan yuk avtomobillariga xodimlarni chiqarish va tushirish faqat orqa yoki oʻng bortdan amalga oshirilishi shart.
149. Transport vositalari daryo va suv havzalarining muzlagan sirtida muzli oʻtkazish joylarining maksimal yoʻl qoʻyiladigan yuk koʻtaruvchanligi toʻgʻrisida koʻrsatkichlarga ega boʻlgan maxsus belgilangan marshrut boʻyicha harakatlanishi lozim, faqat transport vositalarini haydovchi kabinasi eshigining ochiq holatini taʼminlagan holda boshqarishi kerak.
Muzli oʻtkazish joylarida transport vositalari harakatini boshlash va toʻxtatish sanasini muzli oʻtkazish joyiga masʼul boʻlgan tashkilot rahbari belgilaydi.
150. Yuk (samosval) avtomobillarini koʻtarmalar va qazilma chuqurlarda yuksizlantirishda ularni tabiiy nishablik yoqasi (grunt buzilish prizmasi chegarasi)ga 1 m dan kam boʻlmagan yaqinlikda oʻrnatish, estakadalardan yuksizlantirishda esa mazkur avtomobillarni ishonchli qaytaruvchi yogʻoch bruslar bilan jihozlash lozim.
151. Yuk (samosval) avtomobillar zarur boʻlgan hollarda koʻtarilgan kuzovni ushlab turish uchun maxsus tayanchlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Kuzovi koʻtarilgan samosval avtomobillar kuzoviga tayanch oʻrnatmasdan texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirish mumkin emas.
Yuk (samosval) avtomobillarni kuzovi koʻtarilgan holatda harakatlantirish taqiqlanadi.
152. Shatakka olingan transport vositasida (haydovchidan tashqari) odamlarning boʻlishi mumkin emas.
153. Biror ish bajarilayotgan zonaga haydovchi tomonidan avtomobilni orqaga harakatlantirishni shu ishda qatnashayotgan shaxslardan birining koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshirish lozim.
154. Transport vositalarining qurilish maydonlaridan shahar koʻchalariga chiqishida atrof-muhitning ifloslanishini bartaraf etish uchun qurilish materiallarini tashiydigan katta gabaritli yuk avtomobillar gʻildiraklarini yuvish tadbirini oʻtkazish zarur.
155. Qurilish chiqindilarini shahar chegarasi chizigʻi ichida tashishda belgilangan qoidalar boʻyicha tashilishi kerak.
156. Bunda qurilish chiqindisi, qum, grunt va boshqa shu kabi tashilayotgan yuklar shahar koʻchalarini ifloslantirishini oldini olish maqsadida ularni suv bilan namlantirish kerak.
157. Agar qurilish chiqindisining sathi yuk (samosval) avtomobil kuzovidan koʻtarilsa, u holda uning ustini qoʻshimcha tarzda brezent bilan yopish va uni ishonchli mahkamlash lozim.
8-bob. Payvandlash ishlari
158. Elektr payvandlash va gaz alangasi bilan payvandlash ishlarini bajarishda mazkur normalar va qoidalar, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim.
Bundan tashqari, elektr payvandlash ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha milliy standartlarining tegishli talablarini bajarish lozim.
159. Elektr payvandlash va gaz alangasi bilan payvandlash ishlarini ushbu yarusda hamda pastda joylashgan (yonmaydigan himoya toʻshamasi boʻlmagan yoki yonmaydigan material bilan himoyalangan) yaruslarda bajarish joylarida 5 m dan kam boʻlmagan radiusda yonuvchan materiallar boʻlmasligi lozim boʻlsa, 10 m dan kam boʻlmagan radiusda esa portlash xavfiga ega boʻlgan materiallar va uskunalar boʻlmasligi zarur.
160. Yongʻin xavfi ehtimoli bor xonalarda payvandlash ishlarini bajarish joyi yonmaydigan toʻsiq bilan himoyalangan boʻlishi va toʻsiqning balandligi kamida 2,5 m, toʻsiq va pol orasidagi masofa esa koʻpi bilan 5 cm ga teng boʻlishi kerak. Atsetilen generatorlarini gaz bilan payvandlash ishlari olib boriladigan joydan, ochiq alanga va qizib ketgan buyumlardan, kompressor va ventilyatorlar havo tortadigan joylardan kamida 10 m boʻlgan masofada toʻsib qoʻyilgan holda joylashtirish lozim.
161. Konstruksiya elementlarini qirqib boʻlaklashda elementlarning tasodifan agʻdarilishiga yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim.
162. Bosim ostida istalgan suyuqlik yoki gazlarni oʻz ichiga sigʻdirgan, yonuvchan yoki zararli moddalar bilan toʻldirilgan yoki elektr-texnik qurilmalarga tegishli boʻlgan apparatlar, idishlar va quvur oʻtkazgichlarni ochiq alanga bilan payvandlash, kesish va qizdirishni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan xavfsizlikni taʼminlovchi tadbirlar boʻyicha kelishmasdan olib borish mumkin emas.
163. Yopiq hajmli inshootlar yoki konstruksiyalar ichidagi boʻshliqlarda elektr va gaz payvandlash ishlarini bajarishda ish joylari havoni soʻrib oluvchi ventilyatsiya tizimi bilan taʼminlanishi lozim.
Bunda havoning tezligi 0,3 — 1,5 m/s boʻlishi kerak.
Suyultirilgan gazlar (propan, butan, argon) va karbonat kislotasini qoʻllash bilan payvandlash ishlari bajarilgan hollarda pastdan soʻriladigan ventilyatsiya tizimi boʻlishi lozim.
164. Ichida yonuvchan suyuqliklar yoki kislotalar boʻlgan yopiq hajmli inshootlarda payvandlash ishlarini bajarishdan oldin ular tozalangan, yuvilgan, quritilgan boʻlishi va ichida zararli moddalarning xavfli konsentratsiyalari qolmaganligini tasdiqlovchi tekshiruv oʻtkazilishi kerak.
165. Yopiq hajmli inshootlar ichida elektr va gaz payvandlash ishlarini bir vaqtning oʻzida olib borish mumkin emas.
166. Payvandlash ishlarini bajarishda yopiq hajmli inshootlar ichini yoritishni tashqarida oʻrnatilgan chiroqlar yoki kuchlanishi 12 V dan katta boʻlmagan qoʻl fonarlari yordamida amalga oshirish lozim.
Payvandlash uskunasini payvandlanuvchi yopiq hajmli inshootlar tashqarisiga joylashtirish lozim va faqat standart elektr tutqichni qoʻllash kerak.
167. Olov purkagich, gaz purkagich va reduktor nippellariga hamda shlanglarni ulab uzaytirish joylariga gaz oʻtkazuvchi shlanglarni mahkamlashni siquvchi xomutlar bilan amalga oshirish kerak.
168. Elektr tutqichlar va olov purkagichlarga elektr tokini berish uchun payvandlash sikli davomiyligini hisobga olgan holda maksimal elektr yuklamalarida elektr halqali payvandlash uskunasining ishonchli ishlashini taʼminlashga moʻljallangan izolyatsiyalangan egiluvchan kabellarni qoʻllash lozim.
169. Payvandlash kabellarini ulashda kabellarning birikadigan joylarini presslash, payvandlash, kavsharlash, qalaylash va soʻngra bu joylarni izolyatsiyalash yoki maxsus biriktiruvchi muftalar bilan himoya qilish kerak.
170. Kabellarni payvandlash uskunasiga ulash presslangan yoki kavsharlangan uchlik yordamida amalga oshirilishi lozim.
171. Payvandlash simlarini yotqizishda yoki siljitishda ular izolyatsiyasining shikastlanishiga hamda suv, moyga tushishiga, poʻlat kanatlar va qizigan quvur oʻtkazgichlarga tegishiga qarshi choralarni qabul qilish kerak.
172. Elektr payvandlash apparatlari va manbalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda ularning kuchlanish ostidagi elementlari uchun ishonchli toʻsiqlar koʻzda tutilishi va oʻrnatilishi lozim.
173. Elektr payvandlash uskunasining kuchlanish ostida boʻlmagan metall qismlari hamda payvandlanuvchi buyumlar va konstruksiyalar butun payvandlash davomida yerga ulangan boʻlishi, payvandlash transformatorida esa bundan tashqari, korpusning yerga ulanuvchi boltini ikkilamchi choʻlgʻam qisqichiga biriktirish lozim, bu qisqichga qaytuvchi sim ulanadi.
174. Yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda elektr payvandlash uskunasi va ish joyi ustida ayvon boʻlmagan holda elektr payvandlash ishlarini bajarish mumkin emas.
175. Ochiq elektr yoyi bilan payvandlashda payvandchilarning xonadagi ish joylari qoʻshni ish joylaridan va oʻtish joylaridan 1,8 m dan kam boʻlmagan balandlikda yonmaydigan ekran (shirma, shit)lar bilan qurshalgan holda ajratilgan boʻlishi lozim.
176. Ochiq havoda payvandlash ishlarini bir vaqtning oʻzida bir nechta payvandchilar bir-biriga yaqin joyda bajarayotganda va odamlar tigʻiz harakatlanayotgan uchastkalarda bunday toʻsiqlarni qoʻyish lozim.
177. Gaz ballonlarini olib kelishni, saqlashni, tarqatishni va qabul qilib olishni faqat ular bilan ishlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlaridan oʻtgan shaxslar amalga oshirishi mumkin.
178. Gaz ballonlarini zarbalar va toʻgʻri tushadigan quyosh nurlari taʼsiridan saqlash choralari boʻlishi kerak hamda ularni isitish priborlaridan kamida 1 m uzoqlikda joylashtirish kerak.
179. Gaz ballonlarini Bosim ostida ishlatiladigan idishlarni tayyorlash va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari talablariga muvofiq maxsus ajratilgan quruq va shamollatiladigan xonalarda saqlash lozim.
Boʻsh ballonlarni gaz bilan toʻldirilgan ballonlardan ajratilgan holda alohida saqlash lozim.
Ishlar tugagandan keyin ichida gaz qolgan ballonlarni ular uchun maxsus ajratilgan va begona shaxslarning kirishi taqiqlangan joyda saqlash, atsetilenli koʻchma generatorlarni esa karbid kalsiydan tozalash va chiqindini maxsus ajratilgan joyga tashlash kerak.
180. Kislorod ballonlarini ekspluatatsiya qilish, saqlash va koʻchirishda ballonlar hamda shlanglarning moylash materiallari, shuningdek, kiyim hamda moy dogʻlari oʻrnashib qolgan tozalash materiallariga tegishini bartaraf etuvchi choralar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
181. Gaz ballonlarini tashishni shuning uchun maxsus moʻljallangan aravachalar, konteynerlar va ballonlarning turgʻun holatini taʼminlaydigan boshqa qurilmalarda amalga oshirish kerak.
182. Atsetilenli generatorlarni mashinalar va odamlar oʻtish joylariga, odamlar gavjum boʻladigan joylarga hamda kompressorlar yoki ventilyatorlarning toʻsiqlari yaqinidagi joylarga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
183. Rezervuarlar, quduqlar va boshqa yopiq sigʻimlarda gaz alangasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarishda benzin bilan ishlaydigan asboblarni qoʻllash taqiqlanadi.
184. Payvand choklari sifatini nazorat qilishni gamma-defektoskopiya yordamida amalga oshirishda radiatsiya xavfsizligi talablari belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarini bajarish lozim.
185. Payvand choklari sifatini nazorat qilishni ultratovush yordamida amalga oshirishda elektr qurilmalari boʻyicha ishlab chiqilgan texnik ekspluatatsiya qoidalariga qatʼiy rioya qilish kerak.
9-bob. Yuklash va tushirish ishlari
186. Yuklash va tushirish ishlari mazkur SHNK, GOST 12.3.009-76 va Yuk koʻtargich (minora)larni oʻrnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga (roʻyxat raqami 2313, 2012-yil 12-yanvar) muvofiq olib borilishi lozim.
187. Temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuklash-tushirish ishlarini bajarishda avtomobil transporti xoʻjaligi korxonalari uchun moʻljallangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.
188. Yuklash-tushirish ishlarini bajarish uchun maydonchalar tekislanishi va 5° dan katta boʻlmagan nishablikka ega boʻlishi lozim.
Tegishli joylarga “Kirish”, “Chiqish”, “Burilish” va boshqa yozuvlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Yuk koʻtarish mashinalari, yuk tutqich qurilmalari, yuklash-tushirish ishlarini bajarishda qoʻllaniladigan konteynerlash va paketlash vositalari milliy standartlar talablariga yoki ularga qoʻyiladigan texnik shartlarga javob berishi lozim.
189. Yuklarni ilishni inventar ilgichlar yoki tasdiqlangan loyiha (chizma) asosida tayyorlangan maxsus yuk tutqich qurilmalarini qoʻllagan holda bajarish kerak.
Ilish usullari ilingan yukning tushish yoki sirpanish ehtimolini istisno qilishi lozim.
190. Yuklarni transport vositalariga oʻrnatish (joylash) ularni tashish va tushirishda ularning turgʻun holatini taʼminlashi lozim.
191. Yuklash-tushirish ishlarini bajarayotganda noturgʻun holatdagi yukni ilish, shuningdek, koʻtarilgan yukdagi ilish moslamalarini siljitish mumkin emas.
192. Yuklarni, ayniqsa, shisha idishlardagi yuklarni koʻchirishda turtkilar va zarbalarning oldini oluvchi choralar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
193. Kukunsimon material (sement, ohak, gips va h.k.)larni yuklash va tushirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni mexanizatsiyalashgan usulda bajarish kerak.
Sementni qoʻlda tushirish ishlarini, istisno tarzida, uning harorati 40 °S dan yuqori boʻlmaganda bajarish mumkin.
194. Panellar, bloklar va boshqa yigʻma temir-beton konstruksiyalarni yuklash yoki tushirishdan oldin montaj ilmoqlarini koʻzdan kechirish, ularni qorishma yoki betondan tozalash hamda zarur boʻlganda, konstruksiyaning shikastlanmasligini taʼminlagan holda ularni toʻgʻirlash lozim.
195. Avtomobilni ekskavatorlar yoki kranlar yordamida yuklayotganda, haydovchi va boshqa shaxslarga avtomobilning himoya yopmasi bilan himoyalanmagan kabinasida boʻlishi taqiqlanadi.
196. Transport vositasini ekskavatorlar yoki kranlar yordamida yuklayotganda 5 m yaqinlikda odamlar, shuningdek, himoya yopmasi bilan himoyalanmagan kabinada haydovchi va boshqa shaxslar boʻlmasligi lozim.
197. Transport vositalarini yuklayotganda, tashiladigan yukning ustki qismi koʻpriklar ostidagi oʻtish joylari, tunnellarning gabarit balandliklaridan oshmasligi lozim.
Balandligi 1 m dan ortiq boʻlgan yukni ilish uchun iluvchilarning chiqishi va tushishiga moʻljallangan narvonni qoʻllash lozim.
198. Qaytaruvchi toʻsiqlarga ega boʻlmagan estakadalardan transport vositalarini tushirish mumkin emas.
10-bob. Izolyatsiyalash ishlari
199. Izolyatsiyalash (gidroizolyatsiya, issiqlik izolyatsiyasi, korroziyaga qarshi izolyatsiya) ishlari bajarilayotganda xodimlarga ish xarakteriga bogʻliq boʻlgan quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini taʼsir qilishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni nazarda tutish lozim:
ish zonasi havosining yuqori darajada changlanganligi va gaz bilan toʻyinganligi;
uskunalar, materiallar yuzasida uchraydigan oʻtkir qirralar, milklar va gʻadir-budirliklar.
200. Korroziyaga qarshi izolyatsiya ishlarini bajarishda, ushbu norma va qoidalar talablaridan tashqari, mehnat xavfsizligi talablarini bajarish lozim.
201. Qatron mastikasini ish joylariga, qoidaga koʻra, qatron oʻtkazgich boʻyicha yoki yuk koʻtarish mashinalari yordamida yetkazish kerak.
Issiq qatronni ish oʻrinlariga qoʻlda koʻchirib yetkazish zarur boʻlganda, keng qismi yerga qaratilgan kesik konus shaklidagi, zich yopiluvchi qopqoqlar va qulflanadigan qurilmali metall idishlarni qoʻllash mumkin.
202. Ishlarda harorati 180 °S dan yuqori boʻlgan qatrondan foydalanish mumkin.
203. Qatron mastikalarini qaynatish hamda qizdirish qozonlari mastika haroratini oʻlchash priborlari va zich yopiluvchi qopqoqlar bilan jihozlanishi lozim.
Qozonga solinadigan toʻldirgich quruq holatda boʻlishi va qozonga muz hamda qor tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Qaynatish qozoni yonida yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari mavjud boʻlishi lozim.
204. Xonalar ichida qatronli tarkiblarni qizdirish uchun ochiq alangali qurilmalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
205. Apparatlar yoki yopiq xonalar ichida izolyatsiyalash ishlarini bajarishda ularning shamollatilishi va portlashdan himoyalangan armatura bilan 12 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanishli tarmoqdan mahalliy elektr yoritilishi taʼminlanishi kerak.
206. Apparatlarda va boshqa yopiq sigʻimlarda izolyatsiya ishlarini boshlashdan oldin barcha elektr dvigatellarini elektr tarmogʻidan uzib qoʻyish, texnologik quvuroʻtkazgichlarga tiqinlar qoʻyilishi hamda tegishli joylarda apparatlar ichida ishlar olib borilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar (plakatlar) osib qoʻyilishi lozim.
207. Bir necha xodimdan iborat guruhlar tomonidan issiq qatrondan foydalangan holda ishlar bajarilayotganda ular orasidagi masofa kamida 10 m boʻlishi lozim.
208. Shisha va shlak tolalarini ish joyiga ularning changlanishini bartaraf etuvchi shartlarga rioya qilgan holda konteynerlar yoki paketlarda yetkazish kerak.
209. Konstruksiyalar yoki uskunalar surkama izolyatsiya qatlami ostida qoladigan maqsadda tayyorlanadigan toʻqima simlar bilan mustahkamlangan issiqlik izolyatsiyasi materiallari bilan qoplangandan keyin ularning yuzalarida simlarning chiqib turgan uchlari boʻlmasligi lozim.
210. Texnologik uskunalar va quvur oʻtkazgichlarda issiqlik izolyatsiyalash ishlarini mehnat xavfsizligi boʻyicha milliy standartlariga muvofiq ravishda va ular oʻrnatilgunga qadar yoki loyihaga mos ravishda doimiy mahkamlangandan keyin bajarish lozim.
Erituvchi suyuqlik va qatrondan tashkil topgan gruntovkani tayyorlashda eritilgan qatronni erituvchi suyuqlikka qoʻyish mumkin.
Erituvchi suyuqlikni eritilgan qatronga quyishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
211. Qurilish konstruksiyalarining yuzalarini suvoq qilishdan oldin oʻrnatiladigan toʻrlarni mahkamlash uchun toʻqiladigan simdan foydalanish tavsiya etiladi.
212. Erituvchi suyuqlik va bitumdan tashkil topadigan gruntovka (prayer)ni tayyorlashda qatronni erituvchi suyuqlikka uni yogʻochdan ishlangan moslama bilan aralashtirib quyish kerak.
Gruntovkani tayyorlash paytida qatronning temperaturasi 70 °S dan oshmasligi lozim.
Erituvchi suyuqlikni eritilgan qatronga quyish, shuningdek gruntovkani etil benzini yoki benzolda tayyorlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
11-bob. Sunʼiy asoslar va burgʻulash ishlari
213. Burgʻulash ishlarini va yer osti kommunikatsiyalari yaqinida hamda portlovchi xavfli materiallar topilgan yoki tuproq patogen zararlangan joylarda quriladigan binolar va inshootlarning sunʼiy ravishda mustahkamlanadigan gruntlardan bajariladigan sunʼiy asoslarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni olib borishga faqat mazkur SHNQning 13-bobida belgilangan talablarga rioya qilish sharti bilan yoʻl quyiladi.
214. Burgʻulash minoralarini hamda kopyorlarni montaj, demontaj qilish va koʻchirishni texnologik xaritalarga muvofiq, koʻrsatilgan ishlarni xavfsiz bajarishga masʼul boʻlgan shaxslarning bevosita rahbarligi ostida amalga oshirish taqozo etiladi.
Burgʻulash minoralari va kopyorlarni montaj, demontaj qilish, koʻchirishga tezligi 15 m /s va undan ortiq boʻlgan shamolda yoki momaqaldiroqli yomgʻirda ruxsat berilmaydi.
215. Burgʻulash minorasi yoki kopyor konstruksiyalarini koʻtarishdan oldin ularning barcha elementlari ishonchli mahkamlangan, asboblar va mahkamlanmagan predmetlar esa chiqarib tashlangan boʻlishi lozim.
Gorizontal holatda yigʻilgan konstruksiyani koʻtarishda konstruksiya uzunligi plyus 5 m ga teng radiusda barcha boshqa ishlar toʻxtatilishi lozim.
216. Burgʻulash minoralari va kopyorlarning texnik holati (tugunlar mahkamlanishining ishonchliligi, bogʻlanish joylari va ishchi toʻshamalarning yaroqliligi)ni har bir smena boshlanishidan oldin tekshirish kerak.
217. Har bir kopyor va burgʻulash minorasi tovush signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ularni ishga tushirishdan oldin tovushli signal berilishi lozim.
218. Kopyor (minora)da burgʻulash qurilmasini ishlatish xavfsizligini taʼminlash uchun burgʻulash instrumenti yoki yukni tutib turuvchi moslamaning koʻtarilish balandligini cheklovchi element oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
219. Oxirigacha yoyilmagan va rezbali birikmalar bilan mahkamlanmagan burgʻulash uskunasidan foydalanilmaydi.
220. Oʻtkaziladigan quvurlarni tushirish va oʻrnatish davrida ushbu ishlarni bajarishda bevosita ishtirok etmaydigan shaxslarning burgʻulash minorasi balandligidan bir yarim marta uzun boʻlgan masofada yaqin kelishi taqiqlanadi.
221. Burgʻulash dastgohini koʻzdan kechirish, moylash, tozalash yoki undagi qandaydir nosozliklarni tuzatishdan oldin burgʻulovchi instrument turgʻun holatga qoʻyilishi, dvigateli esa oʻchirilgan boʻlishi lozim.
222. Burgʻulangan quduqlar ishlar tamomlangach shchitlar bilan ishonchli yopilishi yoki toʻsilishi lozim.
Shchitlar va toʻsiqlarga ogohlantirish belgilari va signalli yoritgichlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
223. Bolgʻa va qoziqlarning kopyor uchun chegaraviy massasi uning fermasi yoki ramasida koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
224. Qoziqlar kopyor mashinistining faqat koʻrish chegaralarida kopyor asosida mahkamlangan qaytaruvchi blok orqali toʻgʻri chiziq boʻyicha tortiladi.
225. Kopyorlarni siljitishni bolgʻaning tushirilgan holatida tekislangan maydon boʻyicha amalga oshirish lozim.
Kopyorni siljitish uchun yoʻllar holatini har bir smenani boshlashdan oldin tekshirish lozim.
Qoziqlarni qoqish jarayonida va ishdan keyin kopyorni siljishga qarshi qurilmalar bilan mahkamlash kerak.
226. Qoziq va qoziq qoqadigan bolgʻani koʻtarishni alohida ilgaklar bilan bajarish zarur.
Kopyorda faqat bitta ilgak boʻlganda qoziqlarni oʻrnatish uchun qoziq qoquvchi bolgʻa ilgakdan boʻshatilgan va toʻxtatish boltiga ishonchli mahkamlangan boʻlishi lozim.
Koʻtarish paytida svay chayqalish va aylanishga qarshi tortqilar yordamida ushlab turilishi lozim.
Qoziq qoqish bolgʻasi va qoziqni bir vaqtning oʻzida koʻtarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
227. Gruntga qoqilgan qoziqlarni kesishda kesilayotgan qismning toʻsatdan tushib ketishini istisno qilish choralarini oldindan koʻrish lozim.
228. Suzuvchi kopyor bilan qoziqlarni qoqishda, uning qirgʻoq yoki suv tubida mahkamlangan langarlarga tortib bogʻlanishini, shuningdek, navbatchi suzish vositalari yoki piyodalar koʻprigi yordamida qirgʻoq bilan aloqada boʻlishini taʼminlash kerak.
Suzuvchi kopyor qutqarish vositalari va qayiq bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ikki balldan yuqori toʻlqinlanishda daryolar va suv havzalarida qoziq qoqish ishlarini bajarish mumkin emas.
229. Muz orqali qoziq qoqishda ish smenasi boshida hamda oxirida muzning holati va qalinligini nazorat qilish kerak.
Ish maydoni qordan tozalangan boʻlishi lozim.
Muzdagi chuqurchalar, ularga qoziqlarni qoqishga qadar shchitlar bilan yopilgan yoki toʻsilgan boʻlishi lozim.
230. Vibroqoqqichlar yordamida qoziqlarni qoqishda vibroqoqqichning qoziq bosh qismi bilan zich va ishonchli birikishini, shuningdek, vibroqoqqichni ushlab turuvchi kanatlarning erkin holatini taʼminlash kerak.
Ishdagi har bir tanaffus paytida vibroqoqqichni oʻchirib qoʻyish lozim.
231. Qoziq qobiqlarni qoqishda vibroqoqqich kallagini qoqilayotgan svay-qobigʻiga yoki qoziq-qobigʻining keyingi seksiyasiga ulash uchun xodimlarni osma maydonchaga kiritishga uzatilayotgan konstruksiya faqat qoqilayotgan qoziq-qobiq tepa qismidan 300 mm dan katta boʻlmagan masofaga kran yordamida tushirilganidan soʻng ruxsat beriladi.
232. Tushish qudugʻini tushirishni ish yurituvchi yoki ustaning bevosita rahbarligi ostida amalga oshirish lozim.
233. Tushish qudugʻi ichki tomondan kamida ikkita ishonchli mahkamlangan osma zinalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
234. Tushish qudugʻi keskichining qirrasi ostida gruntni qazish ketma-ketligi uning turgʻunligini taʼminlashi lozim.
Gruntni quduq keskichi qirrasidan 1 m dan ortiq boʻlgan chuqurlikda past tomonga qazish mumkin emas.
Qoʻzgʻaluvchan gruntlarni suv quyib yuvish bilan qazishda yoki bunday gruntlar qatlami quduq keskichidan yuqorida mavjud boʻlganda, toʻsatdan grunt oʻpirilishi va quduqning grunt bilan toʻlishi roʻy berganda odamlarni tezkor evakuatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
235. Tushish qudugʻining ichki perimetri boʻyicha ustki himoya yopmalarini oʻrnatish lozim.
Ustki himoya yopmalarining oʻlchamlari, mustahkamligi va ularni oʻrnatish tartibi loyihada aniqlangan boʻlishi lozim.
236. Gruntlarni muzlatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun moʻljallangan asbob-anjomlar va quvuroʻtkazgichlar sinovdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak va quyidagilar:
montaj tugallangach muzlatish stansiyalari apparatlarini pasportda koʻrsatilgan pnevmatik yoki gidravlik bosim bilan sinash, lekin bunda soʻrib oluvchi apparatlar uchun bosim 1,2 MPa (12 kgs/sm²) dan kam boʻlmasligi va haydovchi apparatlar uchun esa bosim 1,8 MPa (18 kgs/sm²) dan kam boʻlmasligi;
quduqlarga tushirishdan oldin muzlatuvchi kolonkalar 2,5 MPa dan kam boʻlmagan bosimda gidravlik bosim bilan sinovdan oʻtkazilishi lozim.
237. Faqat muzgrunt toʻsiq bilan birgalikda loyihaviy qalinlikka erishgandan soʻng gruntni muzlatish bilan sunʼiy mahkamlash zonasida qurilish ishlari bajariladi.
Ishlarni bajarishga ruxsat berilishi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
238. Muzlatilgan devor yomgʻir va quyosh nurlaridan doimiy himoyalanganda, muzgruntli toʻsiqqa ega boʻlgan kotlovandan gruntni olishga ruxsat beriladi.
Ish paytida muzgruntli toʻsiqlarni mexanik shikastlanishlardan saqlash choralarini koʻrish lozim.
239. Gruntni muzlatish va eritish jarayonida kotlovanning muzgruntli toʻsigʻi oʻlchamlarini va haroratini nazorat qilish tartibi loyiha bilan aniqlangan boʻlishi lozim.
240. Gruntlarni (silikatlash va boshqa yoʻllar bilan) kimyoviy mustahkamlash boʻyicha inyeksiyaviy ishlarda qoʻllaniladigan quvuroʻtkazgichlar, shlanglar va inyektorlar ishchi bosimning bir yarim barobar kattaligiga teng, lekin 0,5 MPa (5 kgf/cm²) dan past boʻlmagan bosim ostida gidravlik sinovlardan oʻtkazilishi lozim.
241. Ishlatish jarayonida bosim ostida boʻlgan avtoklav turdagi silikat qaynatgichlar va boshqa qurilmalarni davriy sinovlardan oʻtkazish lozim.
242. Gruntni kimyoviy mustahkamlash uchun eritmalar tayyorlanadigan xona ventilyatsiya va materiallarni saqlash uchun tegishli yopiq sigʻimlar bilan jihozlanadi.
12-bob. Yer osti ishlari
243. Qurilishning har bir yer osti obyekti uchun avariyani ogohlantirish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlangan boʻlishi, xodimlar esa roʻy berishi mumkin boʻlgan avariyalar paytida oʻzlarini tutish qoidalariga oʻrgatilgan boʻlishi lozim.
244. Yer osti ishlari boshlangunga qadar mavjud yer osti va yer usti kommunikatsiyalari, binolar va inshootlarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar bajarilgan boʻlishi lozim.
245. Yer osti ishlari rahbarlari ularni bajarishni boshlashdan oldin ish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlari bilan tanishtirilgan boʻlishi lozim.
Sharoitlar oʻzgarganda, avariyalar roʻy berishi mumkin boʻlgan hollarda tegishli chora-tadbirlar qabul qilingunga qadar ishlarni toʻxtatish talab etiladi.
Har bir maydonda avariyani bartaraf qilishda zarur asboblar, materiallar, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va boshqa vositalar zaxirasi, shuningdek, ularni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
246. Yer osti qazilmalarini vaqtincha mustahkamlashni texnologik xarita (mustahkamlash pasporti)ga muvofiq bajarish lozim.
Geologik va gidrogeologik shart-sharoitlar oʻzgarganda texnologik xarita qayta koʻrib chiqilishi lozim.
247. Yer osti ishlarining butun davrida qazilmalarning mahkamlangan holati hamda ish maydoni geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarining loyihada koʻrsatilgan shart-sharoitlarga mosligi ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
248. Shaxta qazilmalarini kovlab oʻtishda oʻyish joyida boʻlgan xodimlar qaziladigan grunt sathidan 4 m dan oshmagan balandlikda joylashadigan toʻshama bilan tepadan predmetlar tushib ketishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
249. Tunnellarni shitlar bilan kovlab oʻtishda:
yigʻilgan shitni, uning mexanizmlari va moslamalarini ekspluatatsiya qilishga faqat ular dalolatnoma boʻyicha qabul qilingandan soʻng ruxsat beriladi;
gruntni faqat shchitlarning ustki himoya yopmalari chegaralarida qazish taqozo etiladi;
shitni ishlov berish halqasi enidan katta boʻlgan masofaga surishga yoʻl qoʻyilmaydi;
noturgʻun, boʻsh gruntlarda qaziladigan joyning old tepa qismini vaqtinchalik mahkamlagich bilan mustahkamlash taqozo etilsa, sochiluvchan gruntlarda esa, qoidaga koʻra, gorizontal maydonchalarga ega boʻlgan shchitlarni qoʻllash taqozo etiladi. Ularning sonini maydonchalarda grunt nishabining turgʻunligini taʼminlash shartlaridan kelib chiqqan holda koʻzda tutish shart. Shchitni faqat smena ustasi yoki ish boshqaruvchi ishtirokida va rahbarligida, shu joyga mahkamlashni kuzatuvchilardan tashqari boshqa shaxslarning turishiga yoʻl qoʻymasdan surishga ruxsat beriladi.
250. Yer osti qazilmalarida qoʻllanadigan barcha elektr uskunalari portlash xavfi boʻlgan sharoitlarda portlash xavfisiz joyda boʻlishi lozim.
251. Shaxtalar, shtolnyalar hamda tunellarning ishchi va avariya elektr yoritish taʼminoti turli manbalardan amalga oshiriladi.
252. Elektrotexnik uskunalar oʻrnatiladigan qazilmalar yoki tunnel uchastkalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan mahkamlagichlar bilan mustahkamlangan boʻlishi lozim.
253. Agʻdariladigan vagonchalardan foydalanilganda, ularni oʻz-oʻzidan agʻdarilishga qarshi tirgaklar bilan jihozlash taqozo etiladi.
Vagonchalarni bortlardan yuqori qilib yuklash va harakatlanish vaqtida ularni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
254. Aynan bir xil qazilmalarda vagonchalarni ham qoʻlda, ham mexanizatsiyalangan usulda tortish mumkin emas.
Qoʻlda tortishda vagoncha oldi devorida yoritkichli signal oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
255. Shaxtalar hamda tunellarni kovlab oʻtishda payvandlash va zararli moddalar ajralishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar maydonchalari mahalliy soʻrib olishga ega boʻlgan ventilyatsiya bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
256. Quvurlar bosim ostida gorizontal egilganda quvurning diametri kamida 1200 mm va uzunligi koʻpi bilan 40 m boʻlganda xodimlarning ular oldida boʻlishiga ruxsat beriladi.
Xodimning quvuroʻtkazgich ichida uzluksiz boʻlish vaqti 1 soatdan oshmasligi lozim, ishchi sikllar oʻrtasidagi oraliqlar esa kamida 30 min da belgilanadi.
Uzunligi 10 m va undan ortiq quvuroʻtkazgichni kamida 10 m³/soat miqdorda toza havo beradigan majburiy ventilyatsiya bilan taʼminlash lozim.
257. Grunt qoʻlda qazilganda quvurning bosim ostida egilishida ular ichiga faqat ish joyiga gazlar, suv yoki qaziladigan chuqurlar ichidagi narsalar yorib oʻtishini istisno qiluvchi sharoitlarda yoʻl qoʻyiladi.
Quvuroʻtkazgich ichida ish bilan band boʻlgan xodimlar bilan ikki tomonlama aloqa taʼminlangan boʻlishi lozim.
Quvuroʻtkazgich tayanchlari chegaralaridan tashqarida gruntni qoʻlda qazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
258. Gorizontal qazilmalar boʻyicha koʻchma tarkib harakatining maksimal tezligi quyidagilardan oshmasligi lozim:
qoʻl yordamida surilganda 4 km/soat,
cheksiz uzun kanat yordamida bajarilganda 3,6 km/soat,
chekli kanat yordamida bajarilganda 5,4 km/soat,
elektr yuritish yordamida bajarilganda 10 km/soat.
13-bob. Yer ishlari
259. Foydalanilayotgan yer osti kommunikatsiyalariga bevosita yaqin boʻlgan gruntni zarb beruvchi asboblardan foydalanmasdan, faqat belkuraklar yordamida qazish mumkin.
Chuqurning mexanik shikastlanishlardan himoyalanmagan va foydalanilayotgan yer osti kommunikatsiyalari bilan kesishish joylarida shu kommunikatsiyalarga egalik qiluvchi tashkilotlar bilan kelishgan holda yer qazish mashinalarini qoʻllash mumkin.
260. Yuqori kuchlanish kabellari, foydalanishdagi gaz oʻtkazmalari, boshqa kommunikatsiyalarning qoʻriqlanadigan zonasida hamda kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriyalar bilan (patogen) zararlanishi mumkin boʻlgan uchastkalar (axlat toʻplanadigan joylar, hayvon murdalari koʻmiladigan joylar, qabristonlar)da yer ishlarini shu kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yoki sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatidan olingan ruxsatnomaga asosan amalga oshirish lozim.
Bunday sharoitlarda ishlarni ish rahbarining bevosita kuzatuvi ostida, kuchlanish ostida boʻlgan kabellar yoki foydalanilayotgan gaz oʻtkazmalarining qoʻriqlanayotgan zonasida esa, bundan tashqari, shu kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotlar xodimlari kuzatuvi ostida amalga oshirish kerak.
261. Yer ishlarini bajarish jarayonida loyihada koʻrsatilmagan kommunikatsiyalar, yer inshootlari yoki portlash xavfiga ega boʻlgan materiallar aniqlangan hollarda, tegishli tashkilotlardan ruxsat olingunga qadar yer ishlarini toʻxtatish lozim.
262. Koʻchalar, oʻtish joylari, aholi yashaydigan punktlarning hovlilarida, shuningdek, odamlar yoki transport harakati yuz beradigan joylarda qaziladigan kotlovan va transheyalar himoya toʻsiqlari bilan toʻsilishi lozim.
263. Toʻsiqlarda ogohlantiruvchi yozuv va belgilar, tungi paytlarda esa, signalli yorugʻlik chiroqlari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
264. Transheya orqali odamlar oʻtadigan joylarga tungi vaqtda yoritiladigan oʻtish koʻpriklari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
265. Kotlovan yoki transheyadan chiqarilgan gruntni chuqur chetidan 0,5 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirish kerak.
2 m dan koʻproq boʻlgan chuqurlarda gruntni qazish va mahkamlash ishlarni bajarish loyihalari boʻyicha bajarilishi lozim.
266. Chuqurlarda gruntni “tagidan kovlash” usulida qazishga ruxsat berilmaydi.
267. Xodimlarni 1,3 m dan chuqurroq boʻlgan chuqurlarga tushirishdan oldin masʼul shaxs tomonidan chuqurlar nishabliklarining holati hamda chuqurlar devorlarining ishonchli mahkamlanganligi tekshirilishi lozim.
Nishabliklarda aniqlangan xarsanglar va toshlar, shuningdek, qatlamlangan grunt olib tashlanishi lozim.
268. Grunt suvlari sathidan yuqorida joylashgan va yaqinida yer osti inshootlari mavjud boʻlmagan qumli, changli-gilli va eruvchan gruntlarda mahkamlanmagan vertikal devorli chuqurlarda odamlar boʻlishi bilan aloqador ishlarni olib borishga ularning chuqurligi quyidagilardan yuqori boʻlmaganda ruxsat beriladi:
toʻkma, qumli gruntlarda — 1,0 m;
qumoq gruntlarda — 1,25 m;
qumloq va gillarda — 1,50 m.
269. Grunt suvlari sathidan (kapillyarli koʻtarilishni hisobga olgan holda) yuqorida joylashgan toʻkma, qumli va chang-gilli gruntlarda yoki sunʼiy suv pasaytirish yordamida quritilgan gruntlardagi mahkamlanmagan vertikal devorli qazilma chuqurlarda odamlar boʻlishi bilan aloqador ishlarni 11-ilovada koʻrsatilgan chuqurlik va qiyalik tikliklarini qabul qilgan holda bajarish mumkin.
Kotlovan va transheyalar devorlarini mahkamlashga inventar mahkamlagichlarni qoʻllash imkoni boʻlmaganda, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan individual loyihalar boʻyicha tayyorlangan mahkamlagichlardan foydalanish mumkin.
270. Mahkamlagichlar oʻrnatilganda, ularning yuqori qismi chuqurning ustki chetidan kamida 15 cm chiqib turishi lozim.
271. Mahkamlagichlarni oʻyiqning 0,5 m dan oshmagan chuqurlikda qazish bilan yuqoridan pastga tomon yoʻnalishda oʻrnatib borish lozim.
Qazilma chuqurni qayta toʻldirish jarayonida mahkamlagichlarni yechib olishni pastdan yuqoriga tomon yoʻnalishda bajarish kerak.
272. Yopishqoq (qumli loy, loyli) gruntlarda tirgovichlarsiz tik devorli chuqurlarni rotorli va transheya qazuvchi ekskavatorlar yordamida 3 m dan katta boʻlmagan chuqurlikda qazish mumkin.
Xodimlarning boʻlishi talab etiladigan joylarda mahkamlagichlarni oʻrnatish yoki nishablik bajarilishi talab etiladi.
Qazilma chuqurlardan gruntni badyalar yordamida chiqarishda qazilma chuqurda ishlayotganlarni himoya qilish uchun himoya ayvonlari — himoya yopmalari oʻrnatilishi zarur.
273. Namlanishi mumkin boʻlgan qiyalikli kotlovan va transheyalarda ishlarni ish boshqaruvchi (usta) tomonidan qiyalikdagi grunt holati hamda “koziryoklar” yoki yoriqlar (qatlamlanishlar) aniqlangan joylardagi noturgʻun gruntlarning koʻchish ehtimoli sinchiklab koʻzdan kechirilgandan keyin bajarish mumkin boʻladi.
274. Qish vaqtida qazilgan kotlovan va transheyalarni iliq ob-havo boshlanishi bilanoq koʻzdan kechirish, kuzatish natijasiga asoslangan holda qiyalik yoki tirgaklar turgʻunligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
275. Gruntni elektr qizdirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish lozim boʻlganda, GOST 12.1.012-2004 talablariga rioya qilish lozimdir.
Qizdiriladigan uchastka toʻsiqlar bilan oʻralgan, toʻsiqlarga xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan, tungi paytlarda esa ushbu uchastka yoritilgan boʻlishi lozim.
Toʻsiq va qizdiriladigan uchastka konturi orasidagi masofa 3 m dan kam boʻlmasligi lozim. Qizdiriladigan uchastkada xodimlar yoki boshqa shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
276. Gruntning qizdiriluvchi uchastkasiga vaqtinchalik elektr taʼminoti tarmogʻini izolyatsiyalangan simdan foydalangan holda oʻtkazish talab etiladi.
Elektr uskunani har bir koʻchirishdan va elektr simlarni qaytadan tortgandan soʻng esa, ularning sozligini koʻzdan kechirish kerak.
277. Gruntni avtosamosvalga yuklashni uning orqa tomonidan yoki yon bortidan bajarish lozim.
278. Toʻgʻri kurakli ekskavator bilan gruntda chuqur qazishda uning chuqurligini ish jarayonida gruntda qasnoq (koziryok)lar hosil boʻlmaydigan qilib tanlash lozim.
279. Gruntni bir-birining ketidan boruvchi ikkita va undan ortiq oʻzi yurar yoki pritsepli mashinalar (skreperlar, greyderlar, zichlash mashinalari, buldozerlar va b.lar) vositasida qazish, tashish, tushirish, tekislash va zichlashda ular orasidagi masofa kamida 10 m ni tashkil etishi lozim.
280. Yangi oʻrnatilgan tirgak devorlar va poydevorlar chetidagi boʻshliqlarga bir tomonlama gruntni qayta toʻkishga qabul qilingan shartlar, usullar va toʻkish tartibida konstruksiyalar turgʻunligini taʼminlovchi chora-tadbirlar amalga oshirilgandan keyin ruxsat beriladi.
281. Gruntni gidromexanizatsiya usulida qazishda:
gidromonitor sachratmasi sachrash masofasining bir yarim barobariga teng boʻlgan chegaradagi uning ish zonasi, shuningdek, gruntning kamida uch kunlik qazilmasi chegaralarida mumkin boʻlgan qulab tushish zonasini tegishlicha ogohlantirish belgilari va yozuvlari bilan belgilash hamda qazilma chuqurning ustki qismini toʻsiqlar bilan himoya qilish;
qoʻlda (bevosita operator tomonidan) boshqariladigan gidromonitor shunday joylashtirilishi kerakki, toki gidromonitor oʻtkir uchligi va oʻyilgan joyning devori orasidagi masofa qazish chuqurligidan kam boʻlmasligi, gidromonitor bilan elektr uzatish havo liniyalari orasida esa, barcha hollarda suv sachratmasining sachrash masofasidan ikki karra uzoqlikdan kam boʻlmagan masofa taʼminlanishi;
suv oʻtkazgichlar va quyqa oʻtkazgichlarni havo orqali elektr uzatish liniyalarining qoʻriqlanadigan zonasi chegaralaridan tashqarida joylashtirish;
suv oʻtkazgichda avariya holatlarida suv uzatishni toʻxtatish uchun gidromonitorchining ish joyidan 10 m dan katta boʻlmagan masofada burama yopqichni oʻrnatish;
yuviladigan gruntning qulash joylarini toʻsib qoʻyish yoki ularni ogohlantirish belgilari bilan koʻrsatish;
quyqa qabul qilgichning shaxta qismini faqat gidromonitorni va tuproqsoʻrgich snaryadini oʻchirgandan keyingina tozalashga ruxsat berish;
momoqaldiroqli jala yogʻayotgan vaqtda gidromonitor yordamida ishlarni bajarishni taqiqlash;
gidromonitorchining ish joyini qazish joyidan himoya ekrani bilan muhofaza qilish lozim.
282. Gruntni mexanik zarba berish usulini qoʻllab yumshatishda odamlarning yumshatilayotgan joylardan 5 m yaqinlikda boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
283. Ekskavator ishlayotganda qazilayotgan joy tomonida boshqa ishlarni bajarish va ekskavator harakatlanish radiusidan 5 m masofada xodimlarning boʻlishi mumkin emas.
284. Gruntlarni erkin tushayotgan yuk bilan zichlashtirish ishlari bajarilayotgan uchastkalarda bazaviy mashinadan 20 m yaqinlikda xodimlar va boshqa shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
285. Toʻkmalarda gruntni agʻdarishda, qazilma chuqurlarda grunt yuklanayotganda avtomobil-samosvallarni tabiiy qiyalik chetidan 1 m yaqinlikda oʻrnatish, himoya (qaytarish) toʻsiqlariga ega boʻlmagan estakadalarda turgan samosvallardan gruntni agʻdarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Avtotransportdan tushirish joyi tartibga soluvchi shaxs tomonidan aniqlanishi kerak.
14-bob. Beton va temir-beton ishlari
286. Quyma temir-beton konstruksiyalarni tiklashda ishlatiladigan qoliplarni oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan ishlarni bajarish loyihasiga mos tarzda tayyorlash va qoʻllash lozim.
287. Qoliplar elementlarini bir necha yaruslarda oʻrnatishda har bir navbatdagi yarusni faqat pastki yarus mahkamlanganidan keyingina oʻrnatish mumkin.
288. Ishlarni bajarish loyihalarida koʻzda tutilmagan uskunalar va materiallarni qolipga joylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarishda bevosita ishtirok etmaydigan odamlarning qolipning oʻrnatilgan konstruksiyalari ustida turishi mumkin emas.
289. Qoliplarni yechib olishni (beton muayyan mustahkamlikka erishganidan soʻng) ish boshqaruvchi tomonidan ruxsat berilgach, alohida muhimlikka ega boʻlgan (loyihada oʻrnatilgan roʻyxat boʻyicha) konstruksiyalardagi qoliplarni yechib olishni esa, bosh muhandis ruxsati bilan bajarish lozim.
290. Qoliplarni yechib olish ishlarini uning elementlarining tushib ketishini bartaraf etuvchi choralarni qabul qilish bilan bajarish lozim.
291. Armaturani tayyorlash va unga ishlov berish buning uchun maxsus moʻljallangan va tegishli uskunalar bilan jihozlangan joylarda bajarilishi lozim.
292. Armatura tayyorlash ishlarini bajarayotganda:
armatura oʻramlarini ochib yoyish va armaturani toʻgʻrilashga moʻljallangan joylarni toʻsiqlar bilan oʻrash;
armatura sterjenlarini stanoklarda uzunligi 0,3 m dan kichik boʻlgan boʻlaklarga kesayotganda, ularning uchib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan moslamalarni qoʻllash;
verstak gabaritlaridan chiqib turuvchi armatura sterjenlariga ishlov berayotganda ish joyini toʻsish, ikki tomonlama verstaklarda esa, bundan tashqari, verstakni oʻrtasidan balandligi 1 m dan kam boʻlmagan boʻylama metall saqlagich toʻr bilan ajratish;
tayyorlangan armaturani maxsus ajratilgan joylarga taxlash;
kengligi 1 m dan kichik boʻlgan umumiy oʻtish joylarida armatura sterjenlarining uch qismlarini shchitlar bilan yopish lozim.
293. Armaturani taranglash uchastkalaridagi oʻtish joylarida balandligi 1,8 m dan past boʻlmagan himoya toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Armaturani taranglash uchun moʻljallangan qurilma shu taranglash qurilmasi ishga tushirilganda ishlay boshlaydigan signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Armatura sterjenlarini elektr toki bilan qizdirishda 1 m yaqinlikda odamlarning boʻlishi taqiqlanadi.
294. Armatura karkaslari elementlarini ularni koʻtarish, joylashtirish va montaj qilish joyiga tashib yetkazish shart-sharoitlarini hisobga olgan holda paketlash kerak.
295. Bunkerlar yoki boshqa sigʻimlar ichidagi inert materiallarni isitish uchun bugʻdan foydalanilganda, bugʻning ish xonalariga kirishining oldini oluvchi chora-tadbirlarni qoʻllash kerak.
Bugʻ oʻtkazgichning germetikligi va issiqlik izolyatsiyasining butligini davriy tekshirib turish lozim.
Bugʻ oʻtkazgichlarning ventillarini ularga yaqinlashishga qulay boʻlgan joylarga oʻrnatish lozim.
296. Bugʻ bilan isitiladigan kameralarga bugʻ uzatilishi toʻxtatilgandan soʻng, shuningdek, kamerani va undagi materiallar hamda buyumlarni 40 °S gacha sovutgandan keyin shu kameralarga xodimlarni tushirish mumkin.
297. Kimyoviy qoʻshimchalardan foydalangan holda beton qorishmalarini tayyorlashda ishlayotganlar teri toʻqimalarining kuyishi va koʻzlarining shikastlanishini bartaraf etuvchi chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
298. Beton qorishmasi uchun moʻljallangan bunkerlar (qovgʻalar) milliy standartlari talablarini qanoatlantirishi lozim.
Faqat zatvorning yopilgan holatida toʻldirilgan yoki boʻshatilgan bunkerni koʻchirish mumkin.
299. Beton uzatgichlarni montaj, demontaj va taʼmirlashga, shuningdek, ularda saqlanib qolgan betonni (ponalarni) olib tashlashga bosim atmosfera bosimigacha tushirilganidan keyin ruxsat beriladi.
300. Beton uzatgichlarni siqilgan havo bilan tozalash (sinash, ularning ichiga havo oqimini joʻnatish) paytida ushbu operatsiyalarni bevosita bajarish bilan mashgʻul boʻlmagan xodimlar beton uzatgichdan kamida 10 m uzoqlikda boʻlishlari lozim.
301. Har kuni betonni qolipga quyishdan oldin idish, qolip va soʻri toʻshama vositalarining holati tekshirilishi lozim.
Aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etish kerak.
302. Beton qorishmasini vibroxobot bilan joylash boshlanishi oldidan uning barcha qismlarining sozligi hamda ularning oʻzaro va ehtiyot kanatiga ishonchli mahkamlanganligini tekshirish kerak.
303. Betonni bunker yoki qovgʻadan quyishda bunker yoki qovgʻa pastki qirrasi va oldin yotqizilgan beton yoki beton yotqiziladigan yuza orasidagi masofa, agar ishlarni bajarish loyihasida boshqa masofalar koʻzda tutilmagan boʻlsa, 1 m dan katta boʻlmasligi lozim.
304. Beton qorishmasini elektrovibratorlar yordamida zichlashda vibratorni tok keltiruvchi shlanglar bilan tortib koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishlarni bajarish jarayonidagi tanaffuslarda hamda bir joydan boshqa joyga oʻtishda elektrovibratorlarni elektr tokidan uzib qoʻyish lozim.
305. Beton qorishmasini 20° dan katta boʻlgan nishablikka ega boʻlgan sirtga qoʻyayotgan xodimlar ehtiyot kamarlaridan foydalanishlari lozim.
306. Beton qorishmasini avtosamosvallar yordamida uzatishga moʻljallangan estakadalar qaytaruvchi bruslar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Qaytaruvchi brus va toʻsiq orasida eni 0,6 m dan kam boʻlmagan oʻtish joyi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
307. Betonni elektr toki yordamida qizdirishda elektr uskunani montaj qilish va uni elektr bilan taʼminlovchi tarmoqqa ulashni xavfsizlik texnikasi boʻyicha III dan kam boʻlmagan malaka guruhiga ega boʻlgan elektrmontyorlar bajarishi lozim.
308. Elektr qizdirish zonasida izolyatsiyalangan egiluvchan kabellardan yoki himoya shlangi ichidan oʻtkazilgan simlardan foydalanish lozim.
Simlarni grunt yoki qipiq qatlami boʻyicha yotqizish, shuningdek izolyatsiyasi buzilgan simlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
309. Betonni elektr toki yordamida qizdirishda elektr qizdirish zonasi toʻsigʻiga, yorugʻlik signalizatsiyasiga va xavfsizlik belgilariga ega boʻlishi lozim.
Signalli lampalar shunday ulanishi lozimki, ular kuyib qolganda kuchlanish berilishi ham toʻxtab qolishi kerak.
310. Betonni elektr toki yordamida qizdirish zonasi butun sutka davomida elektr tarmogʻi montajini bajarayotgan elektrmontyorlar nazoratida boʻlishi lozim.
Ushbu uchastkalarda odamlarning boʻlishiga va xavfsizlik texnikasi boʻyicha II dan past boʻlmagan malaka guruhiga ega boʻlgan va tegishli himoya vositalaridan foydalanuvchi shaxslar tomonidan bajariladigan ishlardan tashqari, biron-bir ishlarni bajarish mumkin emas.
311. Temir-beton konstruksiyalarning elektr qizdirish ostida boʻlgan uchastka bilan bogʻlangan ochiq (beton bilan yopilmagan) armaturasi yerga ulangan (nollashtirilgan) boʻlishi lozim.
312. Betonni qizdirishda qoʻllaniladigan elektr uskunani yangi joyga har gal koʻchirgandan soʻng simlarning izolyatsiyasi, toʻsiqlarning himoya vositalari va yerga ulanganlik holati koʻzdan kechirilishi lozim.
15-bob. Tosh-gʻisht ishlari
313. Yuk koʻtarish kranlari yordamida ish joylariga gʻisht, keramik toshlar hamda mayda bloklarni koʻchirish va uzatish vaqtida yukni koʻtarayotganda uning tushib ketishini istisno qiluvchi moslamalarga ega boʻlgan va oʻrnatilgan tartibda tayyorlangan, ishlarni bajarish loyihalarida koʻzda tutilgan tagliklar, konteynerlar va yukni tutib turuvchi qurilmalardan foydalanish lozim.
314. Binolar devorlarini ishchi toʻshamadan 0,7 m gacha boʻlgan balandlikkacha koʻtarishda hamda koʻtarilayotgan devordan yer sirtigacha (orayopmagacha) boʻlgan masofa 1,3 m dan ortiq boʻlganda jamoaviy himoya vositalaridan (toʻsuvchi yoki tutuvchi qurilmalar) yoki ehtiyot kamarlaridan foydalanish lozim.
315. Qalinligi 0,75 m gacha boʻlgan tashqi devorlarni devor ustida turgan holda terish mumkin emas.
Qalinligi 0,75 m dan ortiq boʻlgan devorlarni maxsus ehtiyot qurilmasiga mahkamlangan ehtiyot kamarlaridan foydalangan holda devorda turib terish mumkin.
316. Qavatlararo yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar hamda zinapoya kataklariga maydonchalar va marshlar oʻrnatilgandan keyin koʻp qavatli binoning har bir yuqori qavatida joylashgan devorni gʻisht terib tiklash mumkin.
317. Yuqorida joylashgan qavatning tosh devorini qavatlararo yuk koʻtaruvchi plitalar yoki tom yopma plitalarini yotqizmasdan tiklash zaruriyati tugʻilganda bu devorlarni vaqtinchalik mahkamlash lozim.
318. Qurilayotgan binoning perimetri boʻyicha tashqi devorlarni tosh terish bilan koʻtarayotganda xavfli zonalarni 7-ilovaga muvofiq belgilash va toʻsish lozim.
319. Sanoatning gʻisht moʻrilarini terishda momoqaldiroqli yomgʻir paytida yoki tezligi 15 m/s dan yuqori boʻlgan shamol esayotganda moʻrining tepasida ishlarni bajarish mumkin emas.
320. Koʻtargichni yuklash joyi ustida 2,5 — 5 m balandlikda qalinligi kamida 40 mm boʻlgan taxtalardan ikki qavatli himoya toʻshamasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
321. Boʻsh tagliklar, konteynerlar, gʻiloflarni havozalardan yuk koʻtarish mexanizmlari yordamida tushirish lozim.
Tagliklar, gʻiloflar va boshqa shunga oʻxshash predmetlarni havozalar, binolar va transport vositalaridan tashlab yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
322. Havozalarda taxlangan materiallar va oʻrnatilgan inventar orasida kamida 60 sm kenglikda oʻtish yoʻlini qoldirish kerak.
323. Duradgorlik buyumlarini oʻrnatgunga qadar devorlardagi deraza va eshiklarning oʻrni toʻsilgan boʻlishi kerak.
Ushbu operatsiyani bajarish paytida xodimlarning devor ustida turishi taqiqlanadi.
324. Devorning tashqi choklarini, har bir qatorni terib boʻlgandan soʻng orayopmadan yoki havozadan turib pardozlash lozim.
Ushbu operatsiyani bajarish vaqtida xodimlarning devor ustida turishi taqiqlanadi.
325. Terish ishlari jarayonidagi tanaffus paytida materiallar va asboblarni devor ustida qoldirish mumkin emas.
326. Karniz, pardozlash plitalarining mahkamlagichlari hamda gʻishtdan teriladigan eshik va deraza oraliqlari usti toʻsinlarini oʻrnatish ishchi hujjatga muvofiq bajarilishi lozim.
Loyihada belgilangan mustahkamlikka erishganidan keyin karniz elementlaridan vaqtinchalik mahkamlagichlarni olish mumkin.
327. Tosh konstruksiyalarni muzlatish usulida tiklashga loyihada ushbu usulni qoʻllash imkoni, tartibi va shart-sharoitlari toʻgʻrisida koʻrsatmalar boʻlgan holdagina ruxsat beriladi.
328. Muzlatish usulida bajarilgan tosh konstruksiyalari uchun ishlarni bajarish loyihalarida konstruksiyalarni eritish (sunʼiy yoki tabiiy) usuli aniqlangan hamda eritish va qorishmaning mustahkamlikni toʻplash davrida konstruksiyalarning turgʻunligi, shuningdek, geometrik oʻzgarmasligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Tabiiy eritish va muzlatish usulida bajarilgan toshli devorlardagi qorishmaning qotish davrida ular ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishi lozim.
Bino yoki inshootda koʻrsatilgan konstruksiyalarning ustuvorligini taʼminlash chora-tadbirlarida ishtirok etmaydigan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
329. Qurilish maydonchasi hududi chegaralarida tabiiy toshlarga ishlov berishni, ushbu ishda ishtirok etmayotgan shaxslarning boʻlishiga ruxsat berilmaydigan maxsus ajratilgan joylarda bajarish lozim.
Bir-biridan 3 m dan kam boʻlmagan masofada joylashgan ish joylari himoya ekranlari bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
16-bob. Qurilish-montaj ishlari
330. Montaj ishlari olib borilayotgan uchastkalarda boshqa ishlarni bajarish va begona shaxslarning boʻlishi mumkin emas.
331. Binolar va inshootlar qurilishida ustida yigʻma konstruksiyalar elementlarini koʻchirish, oʻrnatish va vaqtinchalik mahkamlash olib borilayotgan qavatlar (yaruslar)dagi bitta uchastkada odamlar boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
332. Binolar va inshootlarni alohida uchastkalarga ajratish imkoni boʻlmaganda turli qavatlar (yaruslar)da montaj va boshqa qurilish ishlarini bir vaqtning oʻzida bajarishga ular ishlarni bajarish loyihalarida koʻzda tutilgan hollardagina, ular orasida ishonchli (zarbali yuklar taʼsiriga asoslangan tegishli hisoblash bilan) qavatlararo orayopmalar boʻlganda ruxsat beriladi.
333. Konstruksiyalar va uskunalar elementlarini ilish usullari ularni oʻrnatish joyiga loyihadagiga yaqin holatda uzatilishini taʼminlash lozim.
334. Toʻgʻri ilish va montaj qilishni taʼminlovchi montaj ilmoqlariga yoki aniq koʻrsatib qoʻyilgan belgilarga ega boʻlmagan yigʻma temirbeton konstruksiyalarni koʻtarish mumkin emas.
335. Konstruksiyalarning montaj qilishga moʻljallangan elementlarini iflos dogʻlar va muz yopishmalaridan tozalashni ularni koʻtarishdan oldin bajarish lozim.
336. Konstruksiyalar va uskunalarni ilishni 189-band talablarini qanoatlantiruvchi hamda yukni tutib turuvchi vosita qulfigacha balandlik 2 m dan ortiq boʻlgan hollarda ish gorizontidan turib masofadan turib ilmoqdan yechish imkonini taʼminlovchi yuk tutish vositalari yordamida bajarish lozim.
337. Montaj qilinuvchi konstruksiyalar yoki uskunalarning elementlari ularni koʻchirish paytida chayqalish va aylanishga qarshi qayishqoq tortqichlar vositasida ushlab turilishi lozim.
338. Binolar yoki inshootlar konstruksiyalarini montaj qilish jarayonida montajchilar avval oʻrnatilgan va ishonchli mahkamlangan konstruksiyalar yoki soʻrili vositalar ustida boʻlishi lozim.
339. Konstruksiyalar va uskunalar elementlarida ularni koʻtarish va koʻchirish paytida odamlarning boʻlishi mumkin emas.
340. Ish jarayonidagi texnologik tanaffuslar vaqtida konstruksiyalar va uskunalarning koʻtarilgan elementlarini osilgan holda qoldirish mumkin emas.
341. Montaj qilinuvchi konstruksiyalarni vaqtincha mahkamlash uchun tortqilar ishonchli tayanchlar (poydevorlar, yakorlar va sh.k.)ga mahkamlanishi lozim.
Tortqilar soni, ularning materiallari va kesimi, taranglash usullari hamda mahkamlash joylari ishlarni bajarish loyihasida koʻrsatiladi.
Tortqilar transport va qurilish mashinalarining harakatlanadigan gabariti oʻlchamlari chegaralaridan tashqarida joylashishi lozim.
Tortqilar boshqa konstruksiyalarning oʻtkir burchaklariga tegmasligi lozim.
Boshqa konstruksiyalar elementlari bilan tortqilarning tegishish joylarida ularni egishga ushbu elementlarning tortqidan berilgan zoʻriqishlar taʼsiriga mustahkamligi va ustuvorligi tekshirilganidan keyingina ruxsat beriladi.
342. Montajchilarning bir konstruksiyadan boshqasiga oʻtishida inventar narvonlardan, toʻsiqqa ega boʻlgan oʻtish koʻpriklari va traplardan foydalanishi tavsiya etiladi.
Montajchilarning balandlikda ishlashi uchun zarur osma montaj maydonchalari, narvonlar va boshqa moslamalarni montaj qilinadigan konstruksiyalarga ularni koʻtarishdan oldin oʻrnatish lozim.
343. Montajchilarning maxsus saqlagich moslamalari karabinini mahkamlash uchun (ishonchli mahkamlangan ferma yoki toʻsin boʻyicha tortilgan kanat va b.)ni qoʻllamasdan 42-bandga muvofiq oʻtish kengligini taʼminlovchi toʻsiqlar oʻrnatish kerak boʻlmaydigan konstruksiyalar va ularning elementlari (fermalar, toʻsinlar va sh.oʻ.) boʻylab oʻtishlari mumkin emas.
344. Loyihaviy holatda oʻrnatilgan konstruksiyalar yoki uskunalar shunday mahkamlanishi kerakki, bunda ularning turgʻunligi va geometrik oʻzgarmasligi taʼminlanishi lozim.
Loyihaviy holatda oʻrnatilgan konstruksiyalar yoki uskunalarni ilgaklardan boʻshatishda ularni ishonchli tarzda vaqtincha yoki doimiy mahkamlashdan keyin bajarish kerak.
Oʻrnatilgan konstruksiyalar yoki uskunalar ilgaklardan boʻshatilgandan keyin ularni koʻchirishga ruxsat berilmaydi, ishlarni bajarish loyihalarida asoslangan hollar bundan mustasno.
345. Montaj ishlarini shamol tezligi 15 m/s va undan yuqori boʻlganda ochiq joylardagi balandlikda, muzlagan yuzalarda, momoqaldiroqli yomgʻirda yoki ish fronti doirasida koʻrinishni cheklaydigan tumanda bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tik panellarni va ularga oʻxshash boʻlgan katta uchuvchanlikka ega boʻlgan konstruksiyalarni shamolning 10 m/s va undan yuqori boʻlgan tezliklarida koʻchirish va oʻrnatish ishlarini bajarish mumkin emas.
346. Konstruksiyalar va qurilmalarning montaj qilinayotgan elementlari loyihaviy holatga oʻrnatilmaguncha va mahkamlanmaguncha ularning tagida odamlarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishlovchilarning montaj qilinayotgan uskunalar (konstruksiyalar) tagida boʻlishlari, shuningdek, uskunalar (konstruksiyalar)da ishlashlari lozim boʻlganida, ishlovchilarning xavfsizligini taʼminlovchi maxsus tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
347. Montajchilarning balandlikda ishlashi uchun zarur boʻlgan osma montaj maydonchalari, narvonlar va boshqa moslamalarni montaj qilinuvchi konstruksiyalarga ularni koʻtargunga qadar oʻrnatish va mahkamlash lozim.
348. Balandliklarda bevosita ishlaydigan muhandis-texnik xodimlarning xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagi:
zavodda tayyorlangan elementlardan quriladigan koʻp qavatli binolar qavatlarining orayopma yigʻma temir-beton plitalari va tom yopma plitalarini montaj qilishda yelka tasmali qurilish ehtiyot kamarlaridan, yuqorida yurish uchun moʻljallangan yarim avtomatli qurilmalar yoki poʻlatdan ishlangan ehtiyot kanatlaridan foydalanishi;
balandlikda ishlarni bajarish vaqtida kamarlar xodimning balandlikdan tushib ketishini oldini olgani kabi, uning balandlikdan tushishi mumkin boʻlgan holda kamarning himoya taʼsirida boʻlgan xodim tanasiga koʻrsatiladigan dinamik kuchni xavfsiz qiymatgacha pasaytirgan holda uni himoyasini taʼminlashi kerak.
Dinamik kuchning yelka tasmasiga ega boʻlmagan kamar uchun xavfsiz qiymati 4 kN (400 kgs) boʻlsa, tasmali kamar uchun esa 6 kN (600 kgs)ni tashkil etadi, faqat balandlikda xodimning ushlab turilishini taʼminlovchi kamarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kamar konstruksiyasi uni ekspluatatsiya qilishning maksimal qulayligi, komfortliligi va ishonchliligini taʼminlashi lozim.
349. Ishlayotgan korxona sharoitlarida montaj (demontaj) ishlari bajarilayotganda, ishlar maydonida ishlatilayotgan elektr tarmoqlari va boshqa ishlayotgan muhandislik tizimlari uzib qoʻyilishi, uchlari tutashtirilishi, uskuna va quvur oʻtkazgichlar portlash xavfi boʻlgan yonuvchan va zararli moddalardan xalos qilinishi lozim.
350. Montaj ishlarini bajarishda texnologik va montaj jihozlarini mahkamlashda uskuna hamda quvuroʻtkazgichlardan, shuningdek, texnologik va qurilish konstruksiyalaridan ularni toʻgʻri ishlatishga masʼul boʻlgan shaxslar bilan kelishmasdan turib foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
351. Montaj ishlarini bajarishga kirishgunga qadar montajga rahbarlik qiluvchi shaxs va mashinist orasida signallar almashish tartibi oʻrnatilishi lozim.
Xavfli holatlarni sezgan har qanday xodim yoki xodim tomonidan berilishi mumkin boʻlgan “Toʻxta” signalidan tashqari, barcha signallar faqat yagona shaxs (brigada boshligʻi, guruh rahbari, takelajchi-iluvchi) tomonidan beriladi.
Alohida masʼuliyatli hollarda (konstruksiyalarni murakkab takelajdan foydalanib koʻtarishda, burish uslubida, yirik gabaritli va ogʻir konstruksiyalarni surishda, ularni ikki yoki undan koʻproq mexanizmlar bilan koʻtarishda va sh.oʻ. hollarda) signallarni faqat ish boshqaruvchi berishi lozim.
352. Konstruksiyalar va uskunalarni chigʻirlar yordamida siljitishda (koʻchirishda) tormozlovchi chigʻirlar va polispastlarning yuk koʻtarish qobiliyati tortuvchi mexanizmlarning yuk koʻtarish qobiliyatiga, agar loyihada boshqa talablar belgilanmagan boʻlsa, teng boʻlishi lozim.
353. Koʻp qavatli binodagi yuqorida joylashgan har bir qavat (yarus) konstruksiyalari montajini barcha montaj elementlari loyihaga mos tarzda ishonchli mahkamlanganidan keyin va yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning tutashgan joylaridagi beton qorishmasi ishlarni bajarish loyihalarida koʻrsatilgan mustahkamlikka erishgandan keyin bajarilishi kerak.
354. Balandligi 5 m dan ortiq boʻlgan osma metall narvonlar 43-band talablarini qoniqtirishi yoki vertikal bogʻlanishli metall yoylar bilan toʻsilishi hamda konstruksiyalarga yoki uskunaga ishonchli mahkamlanishi lozim.
Xodimlarning osma narvonlar boʻyicha 10 m dan ortiq balandlikka koʻtarilishiga faqat narvonlar balandlik boʻyicha koʻpi bilan har bir 10 m da dam olish maydonchalari bilan jihozlangan hollardagina ruxsat beriladi.
355. Karkasli binolar montaj qilinayotganda oldingi yarusda toʻsuvchi konstruksiyalar yoki vaqtinchalik toʻsiqlar oʻrnatilganidan keyingina navbatdagi yarusni oʻrnatish mumkin.
356. Konstruksiyalarni, binolar yoki inshootlarni montaj qilish jarayonida montajchilar oldin oʻrnatilgan va ishonchli mahkamlangan konstruksiyalarda yoki havoza toʻshamalarida turishlari lozim.
357. Bino va inshootlarning zina marshlari va maydonchalari, shuningdek, liftlarini montaj qilish bino konstruksiyasi montaji bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.
Montaj qilingan zinalarga bir vaqtning oʻzida toʻsiqlarni oʻrnatish kerak.
358. Bino konstruksiyasi montaji olib borilayotgan qamrovlarda konstruksiya elementlarini koʻchirish paytida liftdan foydalanish mumkin emas.
359. Oʻramli materiallardan konstruksiyalarni montaj qilishda oʻramning oʻz-oʻzidan yoyilib ketishining oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
360. Konstruksiyalar hamda uskunalarni boʻyash va ularning korroziyaga qarshi himoyasi qurilish maydonchasida bajarilayotgan hollarda bu ishlarni ular loyiha belgisiga koʻtarilgunga qadar bajarish lozim.
Boʻyash yoki korroziyaga qarshi himoyani konstruksiyalarni koʻtarish bajarilgandan keyin faqat choklarda yoki konstruksiyalarning tutashmalarida bajarish mumkin.
361. Montaj qilinadigan uskunani ochishni va ishga rostlashni ishlarni bajarish loyihasiga muvofiq ajratilgan maydonda, maxsus stellajlar yoki balandligi kamida 100 mm boʻlgan tagliklarda bajarish lozim.
362. Uskunalarni rostlayotganda portlash yoki yonish xavfi kabi xossalarga ega boʻlgan materiallarni qoʻllash mumkin emas.
363. Yigʻib yiriklashtirish va montaj qilinuvchi konstruksiyalar hamda uskunalarni qoʻshimcha tayyorlashni (quvurlarda rezba oʻyish, quvurlarni egish, choklarni bir-biriga toʻgʻirlash va shunga oʻxshash ishlarni) bajarish ishlarini maxsus ajratilgan joylarda bajarish lozim.
364. Yigʻish operatsiyalarini bajarish jarayonida tirqishlarni rostlash va montaj qilinuvchi qismlarda ularning mos tushganligini tekshirish maxsus asboblar (konus kiydirma, yigʻma tiqinlar va b.)dan foydalangan holda bajarilishi lozim.
365. Tirqishlarning yigʻiluvchi qismlarda mos tushishini qoʻl barmoqlari bilan tekshirish mumkin emas.
366. Uskunalarni portlash xavfi boʻlgan muhit sharoitida montaj qilishda uchqun hosil boʻlish ehtimolini istisno qiluvchi asboblar, moslamalar va jihozlardan foydalanish lozim.
367. Uskunani montaj qilishda uning oʻz-oʻzidan yoki tasodifiy ishga tushishi istisno qilinishi lozim.
368. Konstruksiyalar yoki uskunalarni bir nechta koʻtarish yoki tortish vositalari bilan koʻchirish ishlarini kranlar bilan xavfsiz bajarishga masʼul boʻlgan shaxsning bevosita rahbarligi ostida ishlarni bajarish loyihalariga muvofiq amalga oshirish zarur, bunda ulardan har biriga toʻgʻri keladigan yuk kranning yuk koʻtarish koʻrsatkichidan oshmasligi lozim.
369. Konstruksiyalar yoki uskunalarni koʻchirishda ular bilan montaj qilingan uskuna va boshqa konstruksiyalarning chiqib turgan qismlari orasidagi masofa gorizontal tekislik boʻyicha kamida 1 m, vertikal boʻyicha esa, kamida 0,5 m boʻlishi lozim.
370. Montaj jarayonida yuk koʻtarish vositalari yuk koʻtaruvchi kanatlar va koʻtargich (polispast)larning vertikaldan ogʻish burchaklari pasportda, tasdiqlangan loyihada yoki ushbu yuk koʻtarish vositasining texnik shartlarida koʻrsatilgan kattalikdan oshmasligi lozim.
371. Domkratlardan foydalanib, uskunalarni montaj qilishda domkratlarning qiyshayishini yoki agʻdarilib ketishini istisno qiluvchi chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
372. Konstruksiyalar yoki uskunalarni qiya tekislik boʻyicha tushirishda tushish tezligini zaruriy rostlashni taʼminlovchi tormoz vositalarini qoʻllash kerak.
373. Elektr simlari yaqinida uskunalar qismlarini hamda quvuroʻtkazgich va havo oʻtkazgichlarni montaj qilishni (montaj qilinuvchi uzel yoki zvenoning eng katta uzunligiga teng boʻlgan masofalar chegarasida) kuchlanish olingandan keyin bajarish lozim.
Kuchlanishni olish imkoni boʻlmaganda, ishlarni belgilangan tartibda tasdiqlangan naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarish kerak.
374. Mahsulotni sinash bilan montaj qilingan texnologik uskunada aniqlangan konstruktiv kamchiliklarni bartaraf etish va nuqsonlarni yoʻqotish boʻyicha barcha ishlarni tegishli subpudratchi tashkilotlar hamkorligida buyurtmachi va bosh pudratchi tomonidan birgalikda ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilgach va ular tasdiqlanganidan keyin bajarish lozim.
375. Bosh pudratchi va buyurtmachining yozma ruxsatisiz montaj qilingan va ishlayotgan uskuna orasida bogʻlanishlar oʻrnatish va ularni uzish, shuningdek ishlayotgan (elektr, bugʻ, texnologik va hokazo) tizimlarga vaqtinchalik qurilmalarni ulash mumkin emas.
376. Konstruksiyalar va uskunalarni demontaj qilayotganda, montaj ishlariga qoʻyiladigan talablarni bajarish lozim.
377. Bitta vertikal boʻyicha ikki yoki undan ortiq yaruslarda bir vaqtning oʻzida konstruksiyalarni boʻlaklarga ajratishga yoki uskunalarni demontaj qilishga ruxsat berilmaydi.
378. Montaj qilinadigan elementlarni bir maromda, siltanishsiz, chayqaltirmasdan koʻtarish kerak.
Konstruksiyani ikkita koʻtarishda, dastlab 20 — 30 sm balandlikka koʻtarish, ilmoqlarning ishonchli ilinganligi tekshirilgach, keyingi koʻtarishni amalga oshirish bilan bajarish lozim.
17-bob. Elektr montaj ishlari
379. Elektr uskunalarni montaj qilishda Elektr uskunalarining oʻrnatish qoidalari (keyingi oʻrinlarda EOʻQ (PUE) deb yuritiladi) talablarini va montaj ishlariga qoʻyiladigan umumiy talablarni bajarish lozim.
380. Belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinmagan elektr tarmoqlaridan, taqsimlash qurilmalaridan, shitlardan, panellardan va ularning ayrim tarmoqlaridan foydalanish hamda ularni vaqtinchalik elektr tarmoqlari va oʻrnatmalari sifatida ulab olishga, shuningdek, sozlovchi tashkilotning ruxsatisiz montaj qilingan va sozlashga berilgan elektr oʻrnatmasida elektr montaj ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
381. Havoda osilib turgan oʻchirish tugmalarini sinash ishlarini bajarishga yoki shu joydan 50 m dan kam boʻlgan masofada boʻlishga ruxsat berilmaydi.
Havoda osilib turgan oʻchirish tugmalarining havo toʻplagichida oldindan saqlovchi klapan ishchi bosimdan 10 foizdan ortiq farq qilmaydigan bosimga sozlanishi va sinalishi lozim.
Havo toʻplagich ichida odamlar boʻlishi bilan bogʻliq ishlar bajarilayotganda, havo toʻplagichga havo uzatish quvuroʻtkazgichlaridagi ventillarni qulf osib yopib qoʻyish va ularga ogohlantiruvchi plakatlarni osib qoʻyish kerak.
Chiqarish ventillari ochib qoʻyilishi va ular ogohlantiruvchi belgilar yoki yozuvlar bilan belgilangan boʻlishi lozim.
382. Ajratgichlarni va kesishga moʻljallangan boshqa apparatlarni koʻchirish, koʻtarish va oʻrnatishni “ulangan” holatda, qaytarish prujinalari yoki erkin taqsimlash mexanizmlari bilan taʼminlanganlarini esa “uzilgan” holatda amalga oshiriladi.
383. Yuritgichlarga ulangan oʻchirish tugmalari va ajratgichlarni sozlashda oʻz-oʻzidan ulanish yoki kutilmaganda ularning oʻchib qolish hollarini bartaraf etish uchun chora-tadbirlar koʻrilgan boʻlishi lozim.
384. Montaj qilinuvchi apparat boshqaruv zanjirining oldindan saqlagichlari butun montaj davrida olib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
385. Elektr zanjirlarni va apparatlarni sinash uchun elektr tokini tezkor berish lozim boʻlganda, ularga ogohlantirish plakatlari, belgilar yoki yozuvlarni oʻrnatish, sinash bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni esa toʻxtatish, ushbu ishlarda band boʻlgan shaxslarni apparatlarni sinash joyidan chiqarib yuborish kerak.
386. Elektr uskunalarni sinash uchun kuchlanish berishni elektr montaj tashkilotining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul shaxs (ish boshqaruvchi)ning yozma arizasiga asosan bajarish lozim.
387. Elektr transformatorlaridagi ishlarda ikkilamchi choʻlgʻamlarning uchlari butun elektr montaj ishlari toʻliq tugagunga qadar ularga ulanadigan zanjirlar transformator qisqichlariga qisqa tutashgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
388. Kuchlanish transformatorlarining hamma chiqishlari butun montaj davomida yerga ulangan boʻlishi lozim.
389. Elektr mashinalari va transformatorlarni elektr toki bilan quritish boshlangunga qadar ularning korpuslari yerga ulangan boʻlishi lozim.
390. Transformatorlarni induksiyaviy yoʻqotishlar usulida oʻz qobigʻida yoki maxsus metall bakda quritishni, magnitlovchi choʻlgʻamga tegib ketishni istisno qiluvchi chora-tadbirlarni koʻrgan holda bajarish kerak.
391. Elektr toki bilan quritish jarayonida izolyatsiya qarshiligi oʻlchanayotganda magnitlovchi va ishchi choʻlgʻamlarning taʼminoti uzib qoʻyilishi lozim.
392. Akkumulyatorlar batareyasi montaji amalga oshiriladigan xonalarda plastinkalarni payvandlash va bankalarga elektrolit quyish ishlari boshlangunga qadar pardozlash ishlari tugallanishi, ventilyatsiya, isitish va yoritish tizimlari sinovdan oʻtkazilishi hamda kislotalar va ishqorlarni neytrallashtirish uchun eritmalar solingan sigʻimlarni qulay joylarga oʻrnatish lozim.
393. Kuchlanish ostida boʻlgan va ichiga simlar joylashtirilgan uzunchoq qutilar, yashiklar, quvurlar, bloklar orqali simlarni tortish, shuningdek, loyiha boʻyicha mahkamlanmagan quvurlar, tarnovlar hamda qutilarga simlar va kabellarni yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
394. Simlar va kabellar izolyatsiyasining qarshiligini megometr yordamida tekshirish xavfsizlik texnikasi boʻyicha malaka guruhi III dan past boʻlmagan xodimlar tomonidan oʻtkazilishi lozim.
395. Sinash jarayonida kuchlanish ostida boʻlishi mumkin boʻlgan simlar va kabellarning oxirgi uchlarini izolyatsiyalash yoki toʻsib qoʻyish talab etiladi.
396. Kranlar yordamida montaj ishlari bajarilayotganda ish zonasida boʻlgan yoritish tarmoqlari uzib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
397. Kabel liniyalarini yotqizishda QR 05.06 “Elektrotexnik qurilmalar” talablarini bajarish talab etiladi.
Faqat tormozlovchi moslamalar mavjud boʻlgan kabelni barabandan aylantirib chiqarish mumkin.
Ekspluatatsiya qilinayotgan kabelni yotqizishga uni tokdan uzgandan va yerga ulagandan keyin ruxsat beriladi.
398. Kabelni elektr toki bilan qizdirishda 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanilmaydi.
50 V dan yuqori kuchlanish bilan qizdirishda qoʻllaniladigan elektr mashinalari va apparatlarining korpuslari, shuningdek, kabelning metall qobigʻi yerga ulangan boʻlishi, qizdirish uchastkalarida yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga joylashtirilishi hamda navbatchilik oʻrnatilishi lozim.
399. Gorelkalarni, payvand lampalarini yoqishni, kabel massasi va eritilgan qotishmani qizdirishni kabel qudugʻidan kamida 2 m masofada bajarish taqozo etiladi.
400. Eritilgan qotishma va qizdirilgan kabel massasini quduqqa faqat maxsus choʻmichlarda yoki yopiq idishlarda himoya koʻzoynaklaridan foydalangan holda tushirishga ruxsat beriladi.
401. Yopiq xonada kabel massasini qizdirishda kabel muftalari va voronkalardan foydalanilganda ushbu xonaning ventilyatsiyasi taʼminlangan boʻlishi lozim.
Qizdirish uchun ishlatiladigan sigʻimlar yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
402. Elektr uzatishning havo liniyalarini montaj qilishda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
montaj qilingan elektr uzatish liniyalari uchastkalarini yerga ulash;
bunda yerga ulagichlar orasidagi masofa 3 km dan oshmasligi;
simlarni yoki koʻtarish trosslarini kamida 4,5 m balandlikda, transport oʻtadigan joylarda esa kamida 6 m balandlikda joylashtirish.
Tayanchlarda yoki yerda joylashgan simlar yoki trosslar bilan hosil qilingan burchakning ichki tomonida xodimlarning boʻlishi mumkin emas.
403. Ishlab turgan elektr oʻrnatmalarida, qoidaga koʻra, elektr montaj ishlari ishlar bajariladigan zonada joylashgan barcha tok tashuvchi qismlardan kuchlanish olib qoʻyilganidan soʻng, ularning elektr oʻrnatmaning ishlab turgan qismidan uzib qoʻyilishi, elektr zanjirning koʻrinuvchi uzilgan joylari va uzilgan tok tashuvchi qismlar yerga ulanganidan keyin bajarilishi lozim.
Ishlarni bajarish zonasi elektr oʻrnatmaning ishlab turgan qismidan, ushbu qismga montaj tashkiloti xodimlarining tasodifan kirib qolishlariga toʻsqinlik qiluvchi yaxlit yoki toʻrsimon toʻsiq bilan ajratib qoʻyiladi.
404. Montaj tashkiloti xodimlari va mexanizmlarning toʻsilgan ishlar zonasiga oʻtishi, qoidaga koʻra, ishlab turgan elektr oʻrnatmalari joylashgan xonalar va hududlarni kesib oʻtishga olib kelmasligi lozim.
405. Montaj tashkilotiga ishlarni bajarish zonasini ajratish, unga adashib kuchlanish berib qoʻyishning oldini olish hamda xodimlar va mexanizmlarning oʻtish joylarini koʻrsatish bilan ishlab turgan qismdan toʻsib qoʻyish mazkur SHNQning 1-ilovasiga koʻra ruxsat beruvchi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Montaj tashkiloti xodimlari ishlarni mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq beriladigan shakldagi naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajaradi.
Ishlarni bajarishga naryad-ruxsatnoma berilayotganda, unda, yuqorida taʼkidlangan ruxsat beruvchi dalolatnomada koʻzda tutilgan elektr xavfsizligining boshqa tadbirlari ham koʻrsatilishi lozim.
406. Montaj ishlarini ishlab turgan ochiq yoki yopiq taqsimlash qurilmalarida bajarish lozim boʻlgan hollarda mazkur SHNQning 403-bandida belgilangan talablarni bajara turib, bunda ishlarni 2-ilovaga mos shaklda berilgan naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarish lozim.
Ushbu hollarda ishlarga ruxsatni ish beruvchi tashkilotning operativ xodimi berishi lozim.
Xodimlar va mexanizmlarning taqsimlash qurilmalarining ishlayotgan qismi hududdagi ishlarni bajarish uchun toʻsilgan zonaga oʻtishiga faqat ishlatuvchi tashkilotning bunga vakolatli vakili hamroh boʻlganidagina ruxsat beriladi.
407. Kuzatuvchi ishchi oʻrinlarning vaqtincha toʻsiqlarining, ogohlantirish plakatlarining saqlanishiga hamda uzilgan tok uzatuvchi qismlarga ishchi kuchlanish berilishining oldini olishga, montaj brigadasi aʼzolarining kuchlanish ostida boʻlgan tok uzatuvchi qismlargacha xavfsiz masofada boʻlishlariga masʼuldir.
408. Elektrmontaj tashkilotlarining xodimlariga ishlab turgan elektr qurilmalarida ishlashiga ruxsat berilishidan oldin ishga ruxsat beruvchi masʼul shaxs tomonidan ularga ish oʻrnida elektr xavfsizlik masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi lozim.
409. Yangi montaj qilingan elektr qurilmaga ishchi kuchlanish faqat ishchi hayʼatning qarori bilangina berilishi mumkin.
Aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish zarur boʻlganda, elektr qurilma uzib qoʻyilishi va shkaflarni, shinalarni, uskunalarga tushish joylarini demontaj qilish yoki kabellarni uzib qoʻyish orqali ishlamayotganlar toifasiga oʻtkazilishi, uzib qoʻyilgan tok uzatuvchi qismlar esa, nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni bajarishning butun vaqti davomida uchlari qisqartirilishi va yerga ulanishi lozim.
18-bob. Uskunalarni sinash
410. Montaj qilingan uskunani sinash ushbu bobning talablariga, shuningdek, ishlab chiqaruvchi zavodlarning ushbu uskunalarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalariga mos tarzda bajarilishi lozim.
411. Uskunani sinash oldidan quyidagilarni bajarish lozim:
ishlar rahbari sinovlarda qatnashadigan xodimlarni ishlarni bajarish tartibi hamda ularni xavfsiz bajarish tadbirlari bilan tanishtirishni;
qoʻshni uchastkalarda ishlovchilarni sinovlarni oʻtkazish vaqti haqida ogohlantirishni;
uskunaning mahkamlanishini, elektr qism izolyatsiyasining holatini va yerga ulanganligini, armaturaning, ishga tushiruvchi va tormozlovchi qurilmalarning, nazorat-oʻlchov va berkituvchi priborlarning mavjudligi va sozligini koʻrib, zarur boʻlganda, asboblar yordamida tekshiruvdan oʻtkazishni;
sinovlarni oʻtkazish zonasini toʻsish va tegishli belgilar bilan belgilashni;
avariya holatida sinalayotgan uskunani uzib qoʻyish imkonini taʼminlashni;
vaqtinchalik tiqinlar, lyuklar va flanslarni ogohlantirish belgilari bilan belgilashni;
xavfsiz zona haqida ogohlantirish uchun bir postdan koʻrinuvchanlik masofasida ikkinchi post oʻrnatilishini hisoblashdan kelib chiqib, lekin bir-biridan koʻpi bilan 200 m masofada postlarni oʻrnatishni;
sinov bilan band boʻlgan shaxslarning xavfsizlikda boʻlish joylari va shart-sharoitlarini aniqlashni;
yongʻin oʻchirish vositalarini va mumkin boʻlgan yongʻinni bartaraf etish ishiga qodir boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi shaxslarni tayyor holga keltirishni;
ish joylarini 50 lx dan kam boʻlmagan yoritilganlik bilan taʼminlashni;
sinovlar dasturida koʻzda tutilgan xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni bajarishga masʼul shaxslarni aniqlashni.
412. Uskunalarni koʻrikdan oʻtkazishni sinov bosimi ishchi bosimga tushirilgandan keyin bajarish lozim.
Uskunaning ichki qismlarini koʻrikdan oʻtkazish uchun yoritish asboblariga ega boʻlish kerak.
413. Uskunalar va quvuroʻtkazgichlar sinovdan oʻtkazilgandan keyin ularni havo bilan shamollatishda ochiq lyuklar va shtutserlar oldiga himoya toʻsiqlari (ekranlar) qoʻyilishi lozim.
414. Yuklama ostidagi uskuna sinovini uni yuklamasiz sinashdan keyin oʻtkazish lozim.
415. Atrofdagi shaxslar oʻz vaqtida ogohlantirilganidan hamda sinovlar rahbarining ruxsati olinganidan keyin uskuna sinovdan oʻtkaziladi.
Uskunalarni sinovlardan oʻtkazish jarayonida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
himoya toʻsiqlarini olib qoʻyishga;
lyuklarni, toʻsiqlarni ochish, uskunani tozalashga va moylashga, uning harakatlanuvchi qismlariga tegishga;
elektr zanjirlarni, elektr uskunalarni va avtomatika priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish va tuzatishni bajarishga.
416. Sinash jarayonida uskunada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni u uzilganidan va toʻliq toʻxtatilganidan keyin bajarish lozim.
417. Bitta tayanch konstruksiyalarda yoki estakadada montaj qilingan bir nechta quvur oʻtkazgichlarni bir vaqtning oʻzida gidravlik sinash mumkin, agar ushbu tayanch konstruksiyalar yoki estakadalar tegishli yuklarga hisoblangan boʻlsa.
418. Quvuroʻtkazgichlarni pnevmatik sinashda oldindan himoya qiluvchi klapanlar tegishli bosimga rostlangan boʻlishi lozim.
419. Quvuroʻtkazgichlar va uskunalarni sinash paytida payvandlangan joylardagi choklarni urib tekshirish mumkin emas.
420. Havoni kompressordan sinalayotgan quvuroʻtkazgichga keltiruvchi yoʻllarni faqat havo uzatilishini toʻxtatgach hamda bosimni atmosfera bosimigacha tushirgandan soʻng birlashtirish va ajratish mumkin.
421. Qayta montaj qilingan elektr qurilmalarda ishga tushirish ishlarini bajarayotganda, ishchi kuchlanish unga elektr qurilmaga ekspluatatsiya qilish tartibi kiritilgandan soʻng va ishga tushirish ishlari boʻyicha rahbar tomonidan berilgan yozma ariza mavjud boʻlganda ishga tushiruvchi xodimlar tomonidan uzatilishi mumkin.
Ekspluatatsiya qilish rejimi kiritilmagan shchitlarga, boshqaruv stansiyalariga va kuch toʻplamlariga doimiy sxemalar boʻyicha ishga tushirish ishlarini bajarish uchun 1000 V gacha kuchlanish vaqtincha berilishiga yoʻl qoʻyiladi, ammo bu holda, berilgan kuchlanishda mehnat qilishning xavfsiz shart-sharoitlarini taʼminlovchi tadbirlarni bajarish boʻyicha vazifa ishga tushirish ishlari rahbari zimmasiga yuklatiladi.
422. Suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti tashqi quvuroʻtkazgichlarini pnevmatik sinashda ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalariga rioya qilish lozim.
Ishlayotgan quvuroʻtkazgichlar oʻrnatilgan estakadalarda, kanallarda va lotoklarda quvuroʻtkazgichlarni pnevmatik sinashga yoʻl qoʻyilmaydi.
423. Transheyalarda joylashgan quvuroʻtkazgichlarni pnevmatik sinashni oʻtkazish paytida kattaligi 12-ilovada koʻrsatilgan xavfli zona oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Xavfli zonaning chegaralari mehnat xavfsizligi milliy standartlariga muvofiq xavfsizlik belgilari bilan belgilangan boʻlishi lozim.
Quvuroʻtkazgichga havo haydayotgan vaqtda va mustahkamlikka sinalayotganda quvuroʻtkazgichni bosim ostida ushlab turganda xavfli zonada shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
424. Quvur oʻtkazgichlar turar-joy yoki ekspluatatsiya qilinayotgan jamoat yoki sanoat binolari yaqinida joylashganda ularni pnevmatik sinashni 12-ilovaga muvofiq aniqlanuvchi xavfli zona chegaralarida joylashgan ushbu binolarning deraza va eshik oʻrinlarini himoya toʻsiqlari (shchitlar, panjaralar) bilan yopish sharti bajarilganda amalga oshirish mumkin.
425. Transheyalarda joylashgan quvuroʻtkazgichlarni pnevmatik sinashni oʻtkazish paytida kattaligi 9-ilovada koʻrsatilgan xavfli zona oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Xavfli zona chegarasi mehnat xavfsizligi milliy standartlariga muvofiq xavfsizlik belgilari bilan belgilangan boʻlishi lozim.
Quvuroʻtkazgichga havo haydayotgan vaqtda va mustahkamlikka sinalayotganda quvuroʻtkazgichni bosim ostida ushlab turganda xavfli zonada ishchi-xodimlarining boʻlishi mumkin emas.
426. Quvuroʻtkazgichlarni sinash paytida koʻrikdan oʻtkazish faqat bosim pasaygandan keyin ruxsat etiladi, MPa:
poʻlat va plastmassa quvuroʻtkazgichlarda — 0,3 gacha;
choʻyan, temir-beton va asbestbeton quvuroʻtkazgichlarda — 0,1 gacha.
424. Quvur oʻtkazgichlar turar-joy yoki ekspluatatsiya qilinayotgan jamoat yoki sanoat binolari yaqinida joylashganda ularni pnevmatik sinashni 12-ilovaga muvofiq aniqlanuvchi xavfli zona chegaralarida joylashgan ushbu binolarning deraza va eshik oʻrinlarini himoya toʻsiqlari (shchitlar, panjaralar) bilan yopish sharti bajarilganda amalga oshirish mumkin.
19-bob. Tom ishlari
427. Tomning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari va toʻsiqlar yaroqliligini ish boshqaruvchi yoki usta bilan brigadir birgalikda koʻrikdan oʻtkazgandan soʻng xodimlar tom yopish ishlarini bajarishi mumkin.
Tom yopish ishlarini olib borishda mehnat xavfsizligi texnikasi boʻyicha milliy standartlari talablarini bajarish lozim.
428. Tomning nishabligi 20° dan yuqori boʻlgan holatlarda, xodimlar xavfsizlik kamarlaridan foydalangan holda ishlashi kerak.
Xavfsizlik kamarlarini mahkamlash joylari ishlarni bajarish loyihasi yoki texnologik xaritaga muvofiq usta yoki ish boshqaruvchi tomonidan koʻrsatilishi lozim.
429. Nishabligi 20° dan ortiq boʻlgan tomda, shuningdek, xodimlar ogʻirligidan tushadigan yuklarga moʻljallanmagan qoplamali tomlarda xodimlarning oʻtishi va oyoqlarini tirab turishi uchun koʻndalang taxtachali eni 0,3 m dan kam boʻlmagan traplarni oʻrnatish zarur.
Traplar ish vaqtida mahkamlangan boʻlishi lozim.
430. Tomga materiallarni faqat ishlarni bajarish loyihasida koʻzda tutilgan joylarga joylashtirishga ularning tushib ketishiga, shu jumladan shamol taʼsiriga qarshi chora-tadbirlar koʻzda tutilganda ruxsat beriladi.
431. Yaxmalakda, ish fronti doirasida koʻrishni istisno qiladigan tumanda, momaqaldiroqli yomgʻir hamda 15 m/s va undan ortiq tezlikdagi shamol paytida tom yopish ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
432. Tom yopma elementlari va detallarini, shu jumladan choklardagi muvozanatlagichlarni, himoyalovchi gʻiloflarni, oqova suv quvurlari boʻgʻinlarini, novlarni, osmalarni va shunga oʻxshashlarni ish joylariga tayyor holatda uzatish lozim.
Koʻrsatilgan elementlar va detallarni bevosita tomda tayyorlash mumkin emas.
433. Tom yopmasi boʻyicha ishlarni qatronli mastikalarni qoʻllab bajarishda 8-boʻlim talablariga rioya qilish zarur.
434. Tom yopish ishlarini bitum yoki nairitli mastikalardan foydalanib bajarganda xodimlarning hordiq chiqarishi, isinishi, oziq-ovqatlarni saqlashi va ovqatlanishi uchun xonalarni ish joylaridan kamida 10 m narida joylashtirish lozim.
20-bob. Pardozlash ishlari
435. Suvash yoki boʻyash ishlarida ularning tagida boshqa ishlar olib boriladigan yoki oʻtish joyi boʻlgan hollarda qoʻllaniladigan havoza vositalari tirqishsiz toʻshamaga ega boʻlishi lozim.
436. Qorishma-nasos oʻrnatmalarini qoʻllash bilan suvoq ishlarini bajarishda operatorning qurilma mashinisti bilan ikki tomonlama aloqasini taʼminlash lozim.
437. Isitish tizimlaridan foydalanishning iloji boʻlmaganda, qurilayotgan binolar va inshootlar xonalarini quritish uchun havo isitgich (elektr yoki suyuq yoqilgʻida ishlaydigan isitgich)lardan foydalaniladi. Ularni oʻrnatishda Yongʻin xavfsizligi qoidalari talablari bajarilishi lozim.
438. Boʻyoq tarkiblarini, qoidaga koʻra, markazlashgan holda tayyorlash lozim.
Qurilish maydonchasida ularni tayyorlashda ushbu maqsad uchun ish zonasi havosida zararli moddalarning chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasidan oshishiga yoʻl qoʻymaydigan ventilyatsiya qurilmalari bilan jihozlangan xonalardan foydalanish kerak. Xonalar zararsiz yuvish vositalari va issiq suv bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Boʻyoq tarkiblarini tayyorlashda majburiy ventilyatsiya bilan jihozlanmagan mobilli boʻyash stansiyalaridan foydalanilmaydi.
Boʻyoqchilik ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi texnikasi boʻyicha milliy standartlari talablarini bajarish kerak.
439. Boʻyoq tayyorlovchi zavod yoʻriqnomasi talablarini buzib, boʻyoq tarkiblarini tayyorlashga, shuningdek, zararli moddalar xususiyatlari toʻgʻrisida koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan sertifikatga ega boʻlmagan eritmalarni qoʻllash mumkin emas.
440. Nitroboʻyoqlar va portlash xavfiga ega boʻlgan bugʻlar hosil qiladigan boshqa tarkiblarni qoʻllash joylarida olovdan foydalanish yoki uchqun hosil boʻlishini keltirib chiqaruvchi harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday joylarda elektr oʻtkazish toksizlangan yoki portlash xavfisiz bajarilgan boʻlishi lozim.
441. Ish orasidagi tanaffuslar paytida portlovchi xavfli material (loklar, nitroboʻyoqlar va sh.oʻ.)lar solingan idishni tiqinlar yoki qopqoqlar bilan berkitish va uchqun hosil boʻlishini keltirib chiqarmaydigan asboblar bilan ochish lozim.
442. Zararli moddalarga ega boʻlgan tarkiblarni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan boʻyash ishlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq bajarish talab etiladi.
443. Ustida oynavandlash yoki koshinlash ishlari bajariladigan joylarni toʻsish kerak.
Bitta vertikal boʻyicha oynavandlash yoki koshinlash ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
444. Oynavandlash ishlari boshlangunga qadar derazalar tabaqalari mustahkamligini va yaroqliligini koʻzdan kechirish orqali tekshirish lozim.
445. Oynani koʻtarish va uni oʻrnatish joyiga olib oʻtishni tegishli xavfsiz moslamalar yoki maxsus idishda amalga oshirish lozim.
446. Yuzalarni quruq tozalashda hamda chang va gazlar ajralib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarda, shuningdek, mexanizatsiyalashgan shpaklyovka va boʻyashda respiratorlar hamda himoya koʻzoynaklaridan foydalanish kerak.
447. Pardozlash (suvoq, boʻyoq, koshinlash, oynavandlash) ishlarini bajarishda ish zonasidagi havoning yuqori changlanganlik va gazlanganlik, ish joyining 1,3 m va undan katta boʻlgan oʻzgaruvchan balandliklarga yaqin joylashganligi, pardozlash materiallari va konstruksiyalar sirtidagi oʻtkir qirralar, milklar va gʻadir-budirliklar, ish zonasining yetarli boʻlmagan yoritilganligi kabi ish xarakteri bilan bogʻliq boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ishlayotganlarga koʻrsatadigan taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻzda tutilishi lozim.
448. Mazkur SHNQning 394-bandida koʻrsatilgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud boʻlganda pardozlash ishlarining xavfsizligi tashkiliy-texnologik hujjatlarga kiritilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan talablarni bajarish asosida materiallarni ish joylariga yetkazish usullari va vositalari, ish joylarini tashkil etish, ish joylari ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan havoza vositalari va boshqa kichik mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Zararli va yongʻin xavfiga ega boʻlgan tarkiblarni qoʻllashda ventilyatsiya hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yechimlar qabul qilingan boʻlishi lozim.
Qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun quyidagi xavfsizlik tadbirlarini bajarish lozim.
T/r
Xavfsizlik tadbirlari nomi
Bajarish muddati
Ijrochi
Buyurtmachi vakili _________________________________________________________
(imzo)
Bosh pudratchi (subpudratchi) vakili ___________________________________________
(imzo)
Izoh: Ushbu dalolatnoma-ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng ishlarni olib borish zarur boʻlganda, yangi muddatga dalolatnoma-ruxsatnoma tuzish lozim.
Ish beruvchi (bosh muhandis) ______________________________________________
Yuqori xavfga ega boʻlgan ishlarni bajarishga
NARYAD-RUXSATNOMA
20____ y. “____” ___________
1. NARYAD
2. Tarkibida ___________________ nafar xodimi boʻlgan jamoa bilan birgalikda ishlarning masʼul ijrochisi quyidagi ishlarni bajarish lozim:
(ishlarning nomi, bajarish oʻrni)
3. Ishlarni bajarish uchun quyidagilar zarur: materiallar _______________________________________ asboblar ______________ himoya vositalari _________________________________________________________
4. Ishlarni bajarishga tayyorgarlik koʻrishda va bajarishda quyidagi xavfsizlik choralari taʼminlansin:
(mehnat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar va vositalar sanab oʻtiladi)
_________________________________________________________________ asosiy
5. Alohida shartlar ________________________________________________________
6. Ishlarning boshlanishi 20____ y. soat ___ min ___. Ishlarning tugallanishi 20____ y. soat ___ min ___. Ish rejimi ______________________________________________________________
(bir, ikki, uch smenali)
7. Ishlarning masʼul rahbari sifatida quyidagi shaxs tayinlandi: __________________
(lavozimi, F.I.O.)
8. Naryad-ruxsatnomani berdi ________________________________________________
(lavozimi, F.I.O, imzosi)
9. Naryad-ruxsatnomani qabul qildi: ishlarning masʼul rahbari _____________________
(lavozimi, F.I.O., imzosi)
10. Mehnat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar va ishlarni bajarish tartibi ishlayotgan korxona (sex, uchastka)ning masʼul shaxsi bilan kelishildi:
(lavozimi, F.I.O., imzosi*)
2. RUXSATNOMA
11. Yoʻriqnomalarga muvofiq ish oʻrinlarida xavfsizlik tadbirlari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq (yoʻriqnoma nomi yoki yoʻl-yoʻriqning qisqacha mazmuni) oʻtkazildi:
ishlarning masʼul rahbari _____________________________________________
(sana, imzo)
ishlayotgan korxona (sex, uchastka) ning* masʼul vakili
(sana, imzo)
12. Brigadaning quyidagi aʼzolari yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazildi:
Familiyasi, ismi, sharifi
Kasbi, razryadi
Sana
Yoʻl-yoʻriq oʻtkazgan shaxsning imzosi
13. Ish joyi va mehnat sharoiti tekshirildi. Naryad-ruxsatnomada koʻrsatilgan xavfsizlik tadbirlari taʼminlandi.
Ishni bajarishni boshlashga ruxsat beraman____________________________________
(ishlayotgan korxonaning ishni bajarishga ruxsat beruvchi vakilining lavozimi, F.I.O.)
Ishlarning masʼul rahbari __________________________________
14. Ishlar 20___ y. __________ oy, _________ sanada ________ soat _______ min. da boshlandi. Ishlarning masʼul rahbari ___________________________________________
15. Ishlar tugallandi, ish oʻrinlari tekshirildi (materiallar, asbob-uskunalar, moslamalar va b.lar yigʻishtirib olindi) xodimlar chiqib ketishdi.
Naryad 20 _____ y. _____ soat _____ min. da yopildi.
* Qurilish-montaj ishlari faoliyat yuritayotgan korxona hududida (sex, uchastka) bajarilganida imzo bilan rasmiylashtiriladi.
Izoh: Naryad-ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi (1-naryadni bergan shaxsda, 2-ishlarning masʼul rahbarida saqlanadi), ishlar faoliyat yuritayotgan korxona hududida bajarilganda naryad-ruxsatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi (3-nusxa faoliyat yuritayotgan korxonaning masʼul shaxsiga topshiriladi).
Naryad-ruxsatnomasi asosida bajarilishi zarur boʻlgan ishlarning roʻyxati
1. Elektr uzatish havo liniyalari, gaz quvurlari, shuningdek, yengil alangalanuvchi yoki yonuvchan suyuqliklar, yonuvchi yoki suyultirilgan gazlar omborlarining qoʻriqlanadigan zonalarida qurilish mashinalaridan foydalanib bajariladigan qurilish-montaj ishlari.
2. Quduqlarda, shurflarda yoki yopiq sigʻimlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari.
3. Tuprogʻi patogen zararlangan (axlatxonalar, hayvonlar murdalari koʻmiladigan joylar va sh.oʻ.) uchastkalarda bajariladigan yer ishlari.
4. Ishlab chiqarish xavfi mavjud yoki roʻy berishi mumkin boʻlgan faoliyat yuritayotgan korxona hududida bajariladigan qurilish-montaj ishlari.
5. Avariya holatida boʻlgan binolar yoki inshootlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari.
6. Xavfli ishlab chiqarish omillari doimiy taʼsir qiladigan zonalar chegaralarida bajariladigan qurilish-montaj ishlari.
7. Poroxli asboblarni qoʻllash bilan bajariladigan montaj va maxsus ishlar
Ishlarni bajarish loyihalarida xavfsizlik texnikasiga oid asosiy yechimlarning tarkibi va mazmuni
1. Ishlarni bajarish loyihalari ishlarni bajarish xavfsizligini taʼminlash va xodimlarga sanitariya-gigiyena xizmatini koʻrsatish boʻyicha texnik yechimlar va asosiy tashkiliy tadbirlarni oʻz ichiga olishi lozim.
2. Mehnat xavfsizligini taʼminlash va xodimlarga sanitariya-gigiyena xizmatini koʻrsatish masalalarini yechishda boshlangʻich materiallar quyidagilarni:
xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi boʻyicha normativ hujjatlar va standartlar talablarini;
oʻxshash obyektlarni qurish tajribasi asosida ishlab chiqilgan ishlab chiqarish travmatizmi sabablarini ogohlantirish boʻyicha tavsiyalarni;
mehnat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha namunaviy yechimlar va xodimlarning himoya vositalari katalogini oʻz ichiga kiritishi lozim.
3. Qurilish jarayonida mehnat xavfsizligiga taʼsir qiluvchi sharoitlar oʻzgarganida, ishlarni bajarish loyihasiga tegishli qoʻshimchalar yoki aniqlashtirishlar kiritilishi lozim.
4. Ishlarni bajarish loyihasida quyidagilar:
konstruksiyalar va uskunalar montajida texnologiklikni taʼminlash;
ishlab chiqarish xavfi boʻlgan sharoitlarda bajariladigan ishlar hajmi va mehnat sigʻimini kamaytirish;
mashinalar va mexanizmlarni xavfsiz joylashtirish;
xavfsizlik texnik vositalarini qoʻllash bilan ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha talablar aks ettirilishi lozim.
Bundan tashqari, quyidagilar:
xodimlarning individual hamda jamoaviy himoya qurilmalari, moslamalari va vositalari nomenklaturasi hamda ularga boʻlgan ehtiyoj;
qurilish maydonlari, ish joylari, odamlarning oʻtish joylari va mashinalar oʻtish joylarini yoritish vositalari, shuningdek, video kuzatuv, signalizatsiya va aloqa vositalari;
xodimlarga sanitariya-maishiy xizmatini koʻrsatish boʻyicha talablar aks ettirilishi lozim.
5. Xodimlarning balandlikdan tushib ketish xavfining oldini olish uchun ishlarni bajarish loyihalarida quyidagilar:
konveyer yoki yiriklashtirib yigʻishni, montajning yirik bloklab yoki kransiz usullarini joriy qilish hisobiga balandlikda bajariladigan ishlar hajmini kamaytirish;
doimiy toʻsuvchi konstruksiyalar (devorlar, panellar, toʻsuvchi balkonlar va oraliqlar)ni birinchi navbatda qurish;
xavfsizlik texnikasi talablarini qanoatlantiruvchi vaqtinchalik toʻsuvchi qurilmalar;
ehtiyot kanatlari hamda kamarlarini mahkamlash joylari va usullari koʻzda tutilishi lozim.
Bundan tashqari, quyidagilar:
ishlarning berilgan turi yoki berilgan operatsiyani bajarish uchun moʻljallangan soʻri vositalari;
xodimlarni ish joylariga koʻtarish yoʻllari va vositalari;
qurilish yuklarini masofadan turib ilgakdan yechish imkonini beruvchi yuk tutish moslamalari koʻrsatilishi kerak.
6. Konstruksiyalar, buyumlar yoki materiallarni kran yordamida koʻchirishda ularning balandlikdan tushishi yoki ularni montaj qilish yoxud taxlab joylashtirish jarayonida turgʻunlik holatidan ogʻish hollarini ogohlantirish maqsadida loyihada quyidagilarni koʻrsatish lozim:
donador va sochiluvchan materiallarni, shuningdek, beton va qorishmalarni, koʻchiriluvchi yuk xususiyatlarini hamda ularni ish joylariga yetkazib berish qulayligini hisobga olgan holda konteynerlash vositalari va idishlarini;
koʻchiriluvchi yukning massasini va gabarit oʻlchamlarini, ilish va montaj qilish sharoitlarini hisobga olgan holda yuk tutish moslamalari (yuk ilgichlar, traversalar va montaj tutqichlari)ni;
taxlab joylashtirish va montaj qilishda elementlarni loyihaviy holatga mos yoki unga yaqin boʻlgan holatda berilishini taʼminlovchi ilib uzatish usullarini;
konstruksiya elementlarini turgʻun holatda saqlash uchun moslamalar (piramidalar, kassetalar)ni;
buyumlar, materiallar, uskunalarni joylashtirib saqlash tartibi va usullarini; konstruksiyalarni doimiy mahkamlash usullarini;
binolar va inshootlar konstruksiyalarini demontaj qilishda boʻlaklanuvchi elementlarni vaqtinchalik mahkamlash usullarini;
qurilish materiallari chiqindilarini olib ketish usullarini;
qurilish montaj ishlarini bitta vertikal boʻyicha bajarishda himoya orayopmalari (toʻshamalar) yoki qasnop (koziryok)larni qurish zaruriyati.
7. Mashinalar (mexanizmlar)dan foydalanib qurilish-montaj ishlarini bajarish loyihalarida quyidagilarni koʻzda tutish lozim:
mashinalar turlarini, ularni oʻrnatish joylari va ularning ishlash rejimini qurilish texnologiyasi va shartlarida koʻzda tutilgan parametrlarga mos tarzda tanlashni; mashinistga va yaqin atrofda ishlayotgan odamlarga zararli va xavfli omillarning taʼsirini istisno qiluvchi tadbirlarni;
cheklangan fazo va ish zonasining koʻrinishi cheklangan sharoitlarida ishlarni mashinalar yordamida bajarishda harakat yoʻlini yoki mashinaning burilish burchagini cheklash boʻyicha texnik vositalardan hamda mashinistning xodimlar bilan bogʻlanishida aloqa vositalari (tovush signalizatsiyasi, radio va telefon aloqasi)dan foydalanishni;
buzilish prizmasi zonasida mashinani toʻkma gruntga oʻrnatishning maxsus shartlari yoki maxsus konstruksiyalarni.
8. Elektr tokining xodimlarga xavfli taʼsirining oldini olish uchun quyidagilarni koʻzda tutish zarur:
vaqtinchalik elektr qurilmalarini qurish, trassalarni tanlash hamda vaqtinchalik kuch va yoritish elektr tarmoqlarining kuchlanishlarini aniqlash, tok uzatuvchi qismlarni toʻsish usuli hamda kirish-taqsimlash tizimlarini va asboblarni joylashtirish boʻyicha koʻrsatmalarni;
elektr asbob-uskunalarining metall qismlarini yerga ulash va elektrqurilmalarida yerga ulanish hamda nollashtirish tarmoqlarini qurish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga muvofiq yerga ulanish konturlarini aniqlash ijrosini;
yuqori xavfga ega boʻlgan xonalarda va oʻta xavfli ishlarni bajarishda, shuningdek, xonalardan tashqarida shunga oʻxshash sharoitlarda ishlarni bajarishda qoʻshimcha himoyalash tadbirlarini;
havo orqali elektruzatish simlarining qoʻriqlanadigan zonasidan tashqarida yuk koʻtarish kranlari yordamida buyumlar, materiallar, uskunalarni joylashtirishni.
9. Zararli ishlab chiqarish omillari (shovqin, tebranish, ish zonasi havosidagi zararli moddalar)ning xodimlarga taʼsir qilishini ogohlantirish boʻyicha quyidagilarni bajarish lozim:
ishlarni bajarishning qabul qilingan texnologiyasi bilan shart-sharoitlangan zararli ishlab chiqarish omillari paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ish uchastkalarini aniqlashni;
zararli ishlab chiqarish omillari taʼsiridan xodimlarni himoyalash vositalarini aniqlashni;
zarur boʻlganda, texnologik oqavalar va chiqindilarni zararli moddalardan tozalash boʻyicha maxsus choralarni koʻzda tutishni.
10. Ishlarni bajarish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
naryad-ruxsatnomalar boʻyicha bajariladigan ishlarni aniqlashni;
faoliyat yuritayotgan korxonalar hududida yoki foydalanilayotgan inshootlar, kommunikatsiyalar va qurilmalar yaqinida ishlarni bajarish boʻyicha bosh pudratchi va buyurtmachining birgalikda tadbirlarni;
ishlarni bir vaqtning oʻzida bajarishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha bosh pudratchi va subpudratchilarning birgalikdagi tadbirlarini.
11. Ishlarni bajarish kalendar rejasini tuzishda xavfsizlik texnikasi talablari keltirib chiqaradigan qoʻshimcha ishlar (chuqur oʻyilgan joylar qiyaligi turgʻunligini taʼminlash, montaj jarayonida konstruksiyalarni vaqtincha mahkamlash, vaqtinchalik himoya toʻshamalari va toʻsiqlarni hamda sh.oʻ. oʻrnatish)ni va ularni bajarish uchun zarur boʻlgan vaqtni inobatga olish lozim.
Ishlarni bir necha qurilish tashkilotlari bajarayotgan boʻlsa, kalendar rejani bitta vertikal boʻyicha turli sathlarda yoki bir xonaning oʻzida turli sathlarda bir vaqtning oʻzida ishlarni bajarish shartlarini hisobga olib tuzish zarur.
12. Qurilish bosh rejasini tuzishda yuk koʻtarish kranlarining, havo orqali elektruzatish simlarining taʼsir zonalarini, transport vositalarining jadal harakatlanish zonalarini, ishlayotganlarning xavfsizligini taʼminlashga eʼtibor qaratilishini talab etadigan portlash xavfiga ega boʻlgan va yonuvchan materiallarni saqlash joylari, shuningdek, zararli moddalar hamda boshqa xavfli zonalarni aniqlash lozim.
13. Sanitariya-maishiy xonalarni va xodimlarning dam olishi uchun moʻljallangan maydonchalarni, shuningdek, avtomobil va piyodalar yoʻllarini (maxsus himoya tadbirlarisiz) xavfli zonalardan tashqarida joylashtirish kerak.
14. Qurilish-montaj ishlarini bajarish texnologiyasi va tashkil etishdan, texnologik uskunalar va himoya vositalari nomenklaturasidan tashqari, texnologik xaritalarda muayyan ishlarni bajarishda kelib chiqishi mumkin boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini koʻrsatish hamda xodimlarni ularning taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantirish tadbirlarini koʻzda tutish lozim.
15. Mehnat jarayonlari xaritalarini texnologik xaritalarga bogʻlashda ularda ishlarni bajarish, shu jumladan, ish joyini tashkil qilish, alohida operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi va xodimlar oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash boʻyicha xavfsiz usullarni koʻzda tutish zarur.
16. Yuklarni kranlar bilan koʻchirish joylari yoki qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) bino yaqinidagi turar-joy, jamoat, ishlab chiqarish binolari, transport magistral yoʻllari, piyodalar yoʻlkalari va odamlar boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa joylardan foydalanish zarurati boʻlganda, boshqa talablar bilan bir qatorda, odamlar boʻladigan joylarda xavfli zonalarning yuzaga kelish ehtimolini istisno etuvchi quyidagi xavfsizlik talablarini bajarish zarur:
a) yukni kran bilan koʻchirish joylari yaqinida:
oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tayyorlovchi zavod bilan kelishilgan xodim hujjatlar boʻyicha tayyorlangan kran harakatini avtomatik chegaralaydigan vositalar, strelalar, yuk qisuvchi organ va tayanchlar bilan jihozlangan toʻsin strelali minorali kranlarni qoʻllashni;
kran mashinisti, yuk iluvchi va yuklarni kran bilan koʻchirish boʻyicha ishlarning xavfsiz bajarilishiga masʼul shaxs oʻrtasida oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish uchun kranni radiosoʻzlashuv moslamasi bilan jihozlashni;
kran strelasining joylashish balandligi yoki kranni oʻrnatish joyi shunday boʻlishi kerakki, natijada kran strelasi yaqin joylashgan obyektlarga 2 metrdan kam boʻlmagan masofada yaqinlashmaslikni;
kran xodim harakatlari yuritmalarining elektrqurilmasini fazalarni nazorat qilish relesi bilan jihozlashni;
odamlar boʻladigan joylarda xavfli zonalar paydo boʻlishini avtomatik cheklash vositalari orqali ogohlantirishni taʼminlovchi kran xodim harakatlari zonasini chegaralash chiziqlarini koʻrsatishni;
koʻchirilayotgan yuklar 7 m dan kam masofada xodim zona chegarasiga yaqinlashganda va ularni tashish yana davom ettirilganda ularni koʻchirish tezligini minimal qiymatga tushirishni;
yaqinlashish zonalarini qurilish bosh tarhida belgini;
kranning soz texnik holati uning soz holati uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan har bir 10 kundan kam boʻlmagan vaqt oraligʻida tasdiqlanishini;
yuk qisish qurilmalari va idishlarning soz holati yuklarni kran bilan xavfsiz koʻchirish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan har kuni tasdiqlanishini;
koʻrish yoki boshqa ancha samarali usul orqali tekshirish natijalarini ish jurnaliga yozib borishni;
temir-beton buyumlarning koʻchishini, yuklarning tushib ketishini istisno qiluvchi ehtiyot moslamalari bilan jihozlangan qisish qurilmasini qoʻllashni;
b) qurilayotgan (taʼmirlanayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan) bino yaqinida: oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan ishchi hujjatlarga muvofiq tayyorlangan, odamlar boʻladigan zonaga predmetlarning tushishini istisno qiluvchi tutib qoluvchi qurilmalarni yoki himoya ekranini bino perimetri boʻyicha oʻrnatish;
kran xodim harakatlari shunday tarzda cheklash, bunda koʻchirilayotgan yuk bino konturidan tashqariga chiqmasligi va bino konstruksiyalari ustida loyihaviy holatda oʻrnatilgan minimal yoʻl qoʻyiladigan kattalikdan yuqoriga koʻtarilmasligi lozim.
Chegaralari ichida elektr toki bilan zararlanish xavfiga ega boʻlgan xavfli zonalarning chegaralari
Kuchlanish, kV
Elektr qurilmalarining toʻsiqlar bilan qurshalmagan, izolyatsiyaga ega boʻlmagan qismlarini chegaralovchi xavfli zona masofasi (elektr uskunasi, kabellar, simlar) yoki kuchlanish ostida boʻlgan elektr uzatish havo liniyasi eng yaqin simining yerda proyeksiya hosil qiluvchi vertikal tekisligi,
Ustida yuk koʻtaruvchi kran yordamida yuklar koʻchiriladigan hamda qurilayotgan binolar yoki inshootlar yaqinidagi joylarda xavfli zonalarning chegaralari
Ustida kranlar yordamida yuklar koʻchiriladigan joylar (yukning tushib ketish ehtimoli boʻlgan holda maksimal gabariti boʻyicha uni koʻchirish trayektoriyasining gorizontal proyeksiyasi)
Qurilayotgan bino yoki inshoot yaqinida (uning perimetridan tashqarida)
Himoya toʻrlari boʻyicha yiqilish balandligi va masofalari
Rasm
Qoida (taʼriflanishi)
Izoh
Hi
1
Himoyalangan ish joyi va himoya toʻri orasidagi vertikal masofa
Himoya toʻriga maksimal ruxsat etilgan yiqilish balandligi 6 m ni tashkil etadi. Bu maksimal nominal yiqilish balandligi odam ogʻirlik markazidan 7 m ni tashkil etadi
He
1, 2 va 5
Himoyalangan ish joyi va himoya toʻri orasidagi vertikal masofa
Ushbu oʻlchov ish joyidagi himoya toʻrini gorizontal proyeksiyasini xisoblaydi (2-jadval)
Hr
1
Himoyalangan ish joyi va himoya toʻrining 2 m li chegara qirrasi orasidagi vertikal masofa
Himoya toʻrning chetlari zarbali yukka nisbatan kamroq chidamli. Shuning uchun bu nuqtadagi vertikal masofa 3 m dan oshmasligi kerak.