1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3481]
1. Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-noyabr,
601-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma ichki ishlar organlarida xizmatga (bundan buyon matnda xizmat deb yuritiladi) nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
1. Nomzodlar xizmatga ixtiyoriy tartibda, ichki ishlar organlaridagi mavjud boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
2. Nomzodlarga qoʻyiladigan umumiy talablar hamda tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni xizmatga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
3. Nizomga asosan:
a) xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari tanlovning saralash bosqichidagi dastlabki oʻrganish hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, test sinovidan ozod etilgan holda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichiga oʻtkaziladi.
b) mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan roʻyxatga muvofiq ichki ishlar organlarining tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassisliklar talab etiladigan ayrim lavozimlariga tegishli tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlgan nomzodlar tanlovning saralash bosqichisiz, faqat oʻrganish bosqichi orqali xizmatga qabul qilinadi;
v) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan roʻyxatga muvofiq ichki ishlar organlarining alohida mutaxassislik talab etiladigan lavozimlariga ushbu mutaxassislikka ega boʻlgan nomzodlargina tanlov asosida (bundan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi roʻyxatga muvofiq tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassisliklar talab etiladigan lavozimlar uchun nomzodlar mustasno) qabul qilinadi;
g) mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan roʻyxatga muvofiq ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalari va lavozimlariga oʻttiz yoshdan katta boʻlgan fuqarolar qabul qilinishi mumkin;
d) quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining saralash bosqichidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod qilinadi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan nomzodlar;
oliy taʼlim tashkilotlarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
(3-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 27-noyabrdagi 672-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-1, 29.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 10/24/3481-1/0985-son)
professor-oʻqituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
ekspert-kriminalistika, ish yuritish, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga nomzodlar (shu jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan nomzodlar);
(3-band “d” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 28-yanvardagi 33-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-3, 30.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2026-y., 10/26/3481-3/0094-son)
sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari boʻyicha Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi toʻrt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin) individual turlarida gʻolib chiqqan nomzodlar;
talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan nomzodlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, yosh koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan (1, 2 va 3-oʻrin gʻoliblari) fuqarolar bir yil mobaynida tanlovning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich boʻyicha maksimal baho beriladi.
5. Xizmatga qabul qilishda nomzodlar boʻyining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi (bundan mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan lavozimlar boʻyicha nomzodlar mustasno):
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
erkak jinsidagi nomzodlarning boʻyi — 165 santimetrdan past boʻlmasligi kerak;
ayol jinsidagi nomzodlarning boʻyi — 160 santimetrdan past boʻlmasligi kerak.
Bunda, axborot texnologiyalari boʻlinmalariga xizmatga kirish istagini bildirgan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis nomzodlar oʻrganish bosqichidan antropometrik parametrlar tatbiq etilmagan holda sogʻligʻining umumiy xizmatga yaroqlilik darajasiga oid talablar asosida oʻtadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
Mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan roʻyxatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan bayon matnda Ichki ishlar vazirligi deb yuritiladi) Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining ayrim lavozimlariga nomzodlar boʻyining balandligi alohida antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi.
6. Tanlov tadbirlarining istalgan bitta bosqichidan oʻta olmagan nomzodga uni takroran topshirishga, shuningdek tanlov tadbirlarining keyingi bosqichiga oʻtishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
7. Tanlov tadbirlari davomida faxriylar kengashi aʼzolari, jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Bunda, jamoatchilik vakillari saralash tadbirlarini oʻtkazish jarayoni va uning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda tanlovning tegishli komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va oʻz taklif hamda eʼtirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillarining murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi lozim.
2-bob. Tanlov tadbirlarini tashkillashtirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
8. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy axborot vositalarida hamda ichki ishlar organlarining rasmiy nashrlari, veb-saytlarida boʻsh lavozimlar toʻgʻrisida, shuningdek tanlov oʻtkazilishidan kamida uch oy oldin tanlov oʻtkazish joyi va kunlari toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
9. Jamoatchilik vakillari tanlovlarni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishlari uchun tanlov tadbirlari videokuzatuv (onlayn translyatsiya) ostida oʻtkaziladi.
10. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun Ichki ishlar vazirligining tegishli tarkibiy tuzilmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari (bundan buyon matnda ichki ishlar organlari boshliqlari deb yuritiladi) buyrugʻi bilan mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tarkibda, aʼzolari soni toq sondan iborat boʻlgan Tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish komissiyalari (bundan buyon matnda Qabul komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Tanlovlar shaffof va oshkora tarzda oʻtkazilishini taʼminlash hamda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida Qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etish uchun ixtiyoriylik asosida jamoatchilik vakillari taklif etilishi mumkin.
11. Ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha tegishli oʻrinbosarlari Qabul komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidagilarni amalga oshiradi:
Qabul komissiyasi ishini tashkillashtiradi hamda unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini taʼminlaydi;
Qabul komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Qabul komissiyasi tarkibidagi kichik komissiyalarni shakllantiradi va tarkibini tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tanlovlarni videokuzatuv qurilmalari orqali real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoniyati yaratilishini tashkillashtiradi.
12. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kichik komissiyalar tuziladi:
tegishli sohaviy xizmat rahbarlari hamda kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmasi rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan nomzodlarni dastlabki oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
kasbiy tayyorgarlik, shaxsiy xavfsizlik, tibbiyot boʻlinmalari, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari va sohaviy xizmat xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha kichik komissiya;
mutaxassis-psixolog-poligrafologlar va bevosita ularning boshliqlaridan iborat tarkibda tuziladigan intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash hamda psixofiziologik (poligraf) tekshiruv boʻyicha kichik komissiyalar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
13. Tanlovlar nomzodning xohishiga koʻra, davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
14. Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) saralash bosqichi:
roʻyxatdan oʻtish;
dastlabki oʻrganish (Nizom va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan talablarga mos kelishni tekshirish);
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash (bundan buyon matnda psixologik oʻrganish deb yuritiladi);
test sinovi (Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari boʻyicha bilimlarni baholash);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
b) oʻrganish bosqichi:
xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazish;
psixofiziologik (poligraf) tekshiruv (ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun toʻsqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
3-bob. Tanlovning saralash bosqichida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
15. Tanlov toʻgʻrisida eʼlonlar berilgandan soʻng, xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlar yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi ichki ishlar organining rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
Bunda, nomzodlar veb-saytga oʻzining pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlarini kiritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va oliy taʼlim tashkilotlariga (Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutiga), shuningdek Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga kirish istagi boʻlgan nomzodlar, yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼiy nazar, tegishliligiga koʻra, Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati, oliy taʼlim tashkilotlari (Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish instituti) yoki Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy veb-saytlari orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
16. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida nomzodlarga veb-sayt orqali Nizom va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan talablar eslatib oʻtiladi.
17. Roʻyxatdan oʻtgan nomzodlarga navbatdagi tanlov tadbirlari boshlanishidan besh ish kuni oldin tegishli ichki ishlar organlari tomonidan saralash tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.
4-bob. Nomzodlarni dastlabki oʻrganish
18. Roʻyxatdan oʻtgan va dastlabki oʻrganish uchun hozir boʻlgan nomzodlarning Nizomda belgilangan umumiy talablar va mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga javob berishini aniqlash maqsadida dastlabki oʻrganish boʻyicha kichik komissiya (bundan buyon mazkur bobda kichik komissiya deb yuritiladi) tomonidan nomzodlarni dastlabki oʻrganish ishlari amalga oshiriladi hamda ularning boʻyi oʻlchanadi.
19. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki oʻrganish tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
20. Dastlabki oʻrganish davomida Nizom va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan talablarga mos deb topilgan nomzodlar shu vaqtning oʻzida suhbatdan oʻtkaziladi.
21. Suhbat kichik komissiyaning suhbat oʻtkazilishiga masʼul boʻlgan aʼzosi (aʼzolari) tomonidan nomzodga Nizom va mazkur Yoʻriqnoma talablari, uning huquq va majburiyatlari, xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar va imtiyozlar, xizmatning zararli va xavfli jihatlarini tushuntirish hamda nomzodning xizmatga kirish istagi bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
22. Kichik komissiya tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish bosqichida oʻtkazilgan tadbirlar natijalari umumlashtirilib, shu kunning oʻzida nomzodni tanlovning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida xulosa chiqariladi.
Bunda, nomzodning boʻyi talabga javob berganda hamda nomzod xizmatga kirish istagini bildirgan hollarda, shuningdek nomzod Nizomda belgilangan talablarga javob berganda kichik komissiya tomonidan nomzodni keyingi bosqichga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi kerak.
5-bob. Nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
23. Tanlovning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psixologik oʻrganish oʻtkaziladi.
24. Nomzodlarni psixologik oʻrganish psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
25. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql-zakovat, umumiy intellektual salohiyat va xotira;
mantiqiy fikrlash, ziyraklik, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyati;
shaxsga xos individual xususiyatlar, kirishimlilik, psixik turgʻunlik, samimiylik.
26. Psixologik testlar va ularning javoblari Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi, kotib testlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
27. Psixologik oʻrganish boshlanishidan avval nomzodlar intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash boʻyicha kichik komissiya (bundan buyon mazkur bobda kichik komissiya deb yuritiladi) aʼzolari tomonidan psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, har bir vazifa boʻyicha nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.
28. Nomzodlar psixologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga oʻzining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini koʻrsatgan holda kiritiladi.
29. Test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator hamda boshqa telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
30. Nomzodlar barcha harakatlarni komissiya aʼzolari koʻrsatmalariga muvofiq bajaradi. Mazkur koʻrsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi hamda u test sinovlarini bajarmagan hisoblanadi. Bunda, nomzodga test sinovlarini takroran topshirishiga, shuningdek tanlov tadbirlarining keyingi bosqichiga oʻtishiga ruxsat berilmaydi.
31. Nomzodlar bilan test sinovlari yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin. Test guruh tarkibida oʻtkazilganda, xonada nomzodlar soni 30 nafardan oshmasligi zarur.
32. Test boshlangunga qadar nomzodlar sogʻligʻining holati surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar shu kuni test sinoviga qoʻyilmaydi. Bunday hollarda nomzodga boshqa kuni, lekin uch ish kunidan kechikmay qayta test sinovidan oʻtishiga ruxsat beriladi.
33. Psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat boʻlgan test asosida vazifalar beriladi.
Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish) nomzodlarga 10 ta topshiriqdan iborat boʻlgan 2 ta vazifa, ikkinchi qismda esa, (psixoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganish) 71 ta savoldan, shuningdek javoblarning samimiy yoki nosamimiyligini aniqlash yoʻnalishi boʻyicha beriladigan 15 ta savoldan iborat 1 ta vazifa beriladi.
34. Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 55 daqiqa, shuningdek har bir vazifani oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 5 daqiqadan — umumiy 1 soat 10 daqiqa vaqt beriladi.
35. Savollarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, javob variantlari berilishi yoki berilmasligi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
36. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, bundan nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar mustasno.
37. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida sinovlar oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar hamda kichik komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
38. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq psixologik test natijalarini hisoblash mezonlari asosida hisoblab chiqiladi.
39. Psixologik testlarni bajarmagan, shuningdek test natijalari qoniqarsiz baholangan nomzodlarga sinovni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
40. Test sinovining natijalari boʻyicha, u oʻtkazilgan kunning oʻzida kichik komissiyaning psixologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi.
Psixologik oʻrganishning umumiy natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinishi lozim.
41. Psixologik oʻrganish natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etish haqida;
ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etmaslik haqida.
42. Psixologik oʻrganish natijalariga koʻra, ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etilgan nomzodlargina test sinoviga qoʻyiladi.
6-bob. Test sinovi
43. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini baholash maqsadida test sinovi oʻtkaziladi.
Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (bundan buyon matnda Bilim va malakalarni baholash agentligi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash natijalari asosida test sinoviga qoʻyilgan nomzodlarga test sinovi oʻtkaziladigan joy va vaqt haqida ushbu sinov oʻtkazilishidan uch kun oldin Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan xabar beriladi.
Test sinovlari natijalariga koʻra toʻplanishi mumkin boʻlgan umumiy 189 balldan kamida 94,5 ball toʻplagan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichiga oʻtgan deb hisoblanadi.
(43-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
44. Test topshiriqlari kitobi har bir fandan 30 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi va har bir toʻgʻri javob uchun quyidagicha ball beriladi:
huquqshunoslik fani boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball va jami — 93 ball;
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball va jami — 63 ball;
tarbiya fani boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball va jami — 33 ball.
45. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari asosida Qabul komissiyasi kotibi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
46. Qaydnoma Qabul komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan imzolanib, tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi hamda tegishli ichki ishlar organlari tomonidan test sinovlari natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab, ikki ish kuni ichida veb-saytga joylashtirish orqali nomzodlarga maʼlum qilinadi.
7-bob. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
47. Saralash bosqichining test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida ular jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan oʻtkaziladi.
48. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarishni boshlashidan oldin ularga jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha kichik komissiya (bundan buyon mazkur bobda kichik komissiya deb yuritiladi) aʼzolari tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.
49. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur bobda nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
50. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbiri boshlanishidan oldin nomzod kichik komissiyaning masʼul aʼzolariga oʻzini biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini koʻrsatgan holda tanishtiradi.
51. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
52. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
53. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqi — toʻsinda (turnikda) tortilish;
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
chidamlilikka oid mashq — 3 000 metrga yugurish.
54. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqi — kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
chidamlilikka oid mashq — 1000 metrga yugurish.
55. Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
birinchi navbatda — kuch ishlatish mashqlari;
ikkinchi navbatda — tezlikka oid mashqlar;
uchinchi navbatda — chidamlilikka oid mashqlar.
56. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
57. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoxud qattiq qoplamali tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Start” komandasi boʻyicha start olish chizigʻiga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi boʻyicha tananing ogʻirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;
bosh barmoq toʻsin ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻrilanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsindan (turnikdan) oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° gacha koʻtarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
59. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchasida yoxud qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
60. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajarilishi kerak.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
61. Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa bir shaxs yordamida bosilib, ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkanidan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va oyoqlarni tepaga koʻtarish taqiqlanadi.
62. Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda, bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilganidan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
63. Mazkur bobda nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha baho qoʻyilmaydi.
64. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, nomzodga har bir mashqni bajarganlik uchun baho qoʻyiladi.
65. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari oʻtkazilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay uning natijalari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar nomzodlarga eʼlon qilinadi.
66. Qaydnoma kichik komissiyaning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi.
67. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan faqat “yaxshi” va “aʼlo” baho olgan nomzodlar oʻrganish bosqichiga oʻtkaziladi.
8-bob. Nomzodlar hujjatlarini rasmiylashtirish va nomzodlarning tibbiy tekshiruvini oʻtkazish
68. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi ichki ishlar organiga mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat etadi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
69. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlarini rasmiylashtirish kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
70. Hujjatlarida kamchilik aniqlangan nomzodga ushbu kamchilikni bartaraf etishi kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmalari tomonidan tushuntiriladi.
71. Hujjatlarni yigʻish jarayoni bilan bir vaqtda nomzodlarga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmalari tomonidan harbiy-tibbiy komissiyaga yoʻllanma beriladi.
72. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Nomzodlarni psixofiziologik (poligraf) tekshiruvdan oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
73. Tibbiy tekshiruv natijalariga koʻra xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun toʻsqinlik qiladigan salbiy omillar mavjudligini aniqlash maqsadida psixofiziologik (poligraf) tekshiruvdan (bundan buyon matnda poligraf tekshiruvi deb yuritiladi) oʻtkaziladi.
74. Poligraf tekshiruvini oʻtkazishda har-xil turdagi stimullar (savollar, fotosuratlar) ketma-ketlikda taqdim etilganda odam organizmidagi fiziologik koʻrsatkichlarni (parametrlarni) qayd etishga moʻljallangan psixofiziologik qurilma — poligrafdan foydalaniladi.
75. Poligraf tekshiruvi ushbu tekshiruvni oʻtkazish va u boʻyicha xulosa berish huquqiga ega masʼul shaxs — poligrafolog tomonidan amalga oshiriladi.
76. Nomzodlar poligraf tekshiruvi oʻtkaziladigan xonaga oʻzining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini koʻrsatgan holda kiritiladi.
77. Poligraf tekshiruvi quyidagi ketma-ketlikda oʻtkaziladi:
a) poligrafolog va nomzod oʻrtasida psixologik aloqa oʻrnatish, poligraf tekshiruvini oʻtkazish tartibini, poligraf moslamalarining (tugmalar) xususiyatlarini tushuntirish maqsadida nomzod bilan tekshiruv oldi suhbat oʻtkazish;
b) nomzodga poligrafning moslamalarini (tugmalarni) oʻrnatish;
v) poligraf tekshiruvini oʻtkazish (nomzod bilan savol-javob);
g) tekshiruv yakuni boʻyicha nomzod bilan qayta suhbat oʻtkazish (nomzodning fikr-mulohazalarini tinglash);
d) poligraf tekshiruvi natijasi boʻyicha xulosa tayyorlash.
78. Quyidagi hollarda poligraf tekshiruvini oʻtkazish toʻxtatiladi:
poligraf tekshiruvi vaqtida nomzodning sogʻligʻi yoki ruhiy holati yomonlashganda;
nomzod oʻz xohishi bilan poligraf tekshiruvini davom ettirishdan bosh tortganda.
Bunda, nomzod oʻz xohishi bilan poligraf tekshiruvini davom ettirishdan bosh tortgan hollarda unga poligraf tekshiruvini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va bu haqda shu kunning oʻzida nomzodga xabar beriladi.
79. Poligraf tekshiruvi vaqtida nomzodning sogʻligʻi yoki ruhiy holati yomonlashganligi sababli poligraf tekshiruvini oʻtkazish toʻxtatilganda, kichik komissiya tomonidan nomzodga boshqa kuni, lekin uch ish kunidan kechikmay poligraf tekshiruvidan oʻtish uchun ruxsat beriladi.
80. Poligraf tekshiruvi oʻtkazilayotganda xonada nomzod va poligrafologdan boshqa shaxslar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
81. Nomzodga poligraf moslamalari (tugmalari) oʻrnatilgandan soʻng uni xizmatga qabul qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida 3 tadan 10 tagacha savollar beriladi.
Nomzod har bir savolga samimiylik bilan “Ha” yoki “Yoʻq” deb javob berishi zarur.
Nomzodning javoblari boʻyicha poligraf moslamalarining (tugmalarining) har biridan olingan koʻrsatgich (maʼlumot)lar poligrafolog tomonidan uch ballik tizim asosida (0 dan 2 ballgacha) alohida baholanadi.
Bunda, poligrafolog tomonidan nomzodning organizmidagi reaksiya tahlil qilinadi va u quyidagicha baholanadi:
nomzodning organizmidagi reaksiya kuchli boʻlsa — 2 ball;
nomzodning organizmidagi reaksiya oʻrta darajada boʻlsa — 1 ball.
82. Poligrafolog tomonidan nomzodlarni poligraf tekshiruvi natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzod unga berilgan savollar boʻyicha oʻrta arifmetik hisobda 80 foizdan yuqori ball toʻplasa, uni xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida;
nomzod unga berilgan savollar boʻyicha oʻrta arifmetik hisobda 80 foiz va undan kam ball toʻplasa, uni xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida.
Bunda, ushbu xulosa poligrafolog tomonidan psixofiziologik (poligraf) tekshiruvi oʻtkazilgan kunning oʻzida tayyorlanadi va kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmasiga taqdim etiladi.
10-bob. Xizmatga qabul qilish hamda ularning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
83. Qabul komissiyasi kotibi tomonidan tanlov tadbirlari davomida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar (dastlabki oʻrganish varaqalari, qaydnomalar va komissiya bayonnomalarining nusxalari) hamda har bir nomzodning tanlov tadbirlaridagi natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda chop etiladi va nomzodning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildiga biriktirib qoʻyiladi.
Bunda, tegishli ichki ishlar organlari tomonidan veb-saytga joylashtirish orqali tanlov natijalari nomzodlarga maʼlum qilinadi.
84. Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar mavjud boʻsh lavozimlar sonini hisobga olgan holda xizmatga qabul qilinib, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tashkil etiladigan boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.
Boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega boʻlgan xodimlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrugʻi bilan tegishli lavozimga tayinlanadi.
Bunda xodimlarni tegishli lavozimga tayinlash territorial va eksterritorial tamoyillar asosida amalga oshirilishi mumkin.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 28-yanvardagi 33-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3481-3, 30.01.2026-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2026-y., 10/26/3481-3/0094-son)
85. Tanlovdan oʻtmagan nomzodlar boʻyicha tanlov tadbirlari davomida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar hamda tanlovning barcha bosqichlari aks etgan videotasvir materiallari kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmalarida besh yil muddat davomida saqlanadi, keyin esa dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
86. Tanlov tadbirlari boshlanishidan oldin saralash va oʻrganish bosqichlari natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Qabul komissiyasi raisining buyrugʻiga asosan ichki ishlar organlarining kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Saralash va oʻrganish bosqichlarida tanlov tadbirlarini oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
87. Nomzodlar tomonidan ariza va shikoyatlar tanlovning tegishli tadbiri boʻyicha natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda berishlari mumkin.
88. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab ikki hafta ichida koʻrib chiqadi. Nomzod apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida nomzodga uch kun oldin xabar beriladi.
89. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
90. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida nomzodga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
91. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
dastlabki va psixologik oʻrganish, test sinovi, poligraf tekshiruv hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
dastlabki va psixologik oʻrganish, test sinovi, poligraf tekshiruv hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda nomzodning sinov natijasida olgan balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
92. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
93. Apellyatsiya komissiyasining psixologik oʻrganish, test sinovi, poligraf tekshiruv va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalariga oʻzgartirish kiritish va nomzodni Ushbu tanlov tadbirlarini muvaffaqiyatli topshirgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori asosida u keyingi bosqichga oʻtkazish uchun tavsiya etiladi.
94. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan nomzod yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
11-bob. Yakuniy qoida
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik]
95. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinadigan tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassisliklar va lavozimlar
ROʻYXATI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
Lavozim nomi
Mutaxassislik nomi
(taʼlim sohasi va taʼlim yoʻnalishi)
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar hamda axborot xizmati boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari, boʻlim (boʻlinma), markaz, axborot xizmati boshligʻi, matbuot kotibi, bosh rejissor, prodyuser, mutaxassis inspektor, muharrir, muharrir oʻrinbosarlari, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor, (katta) mutaxassis, yetakchi mutaxassis-muharrir, mutaxassis-muxbir, muxbir, operator, kichik inspektor.
jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi;
rejissorlik taʼlim yoʻnalishi.
Xalqaro hamkorlik boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari, boʻlim (boʻlinma) boshligʻi, bosh inspektor, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor.
jahon siyosati (mintaqalar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
sharq falsafasi va madaniyati taʼlim yoʻnalishi;
xalqaro jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha) mutaxassisligi;
xalqaro huquq mutaxassisligi
Nazorat-taftish inspeksiyalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, bosh taftishchi, katta taftishchi, taftishchi.
iqtisodiy taʼlim sohasi.
Moliya-iqtisod boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosarlari, boʻlim (boʻlinma) boshligʻi, bosh inspektor, muhandis, mutaxassis, muhandis-iqtisodchi, yetakchi mutaxassis, buxgalter, gʻaznachi, iqtisodchi.
iqtisodiy taʼlim sohasi.
Qurilish va taʼmirlash boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari, boʻlim (boʻlinma) boshligʻi, (bosh, yetakchi, katta) mutaxassis.
iqtisodiy taʼlim sohasi;
arxitektura va qurilish taʼlim sohasi;
geodeziya, kartografiya va kadastr taʼlim sohasi.
Xoʻjalik boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, bosh muhandis, katta muhandis-energetik, kata muhandis-iqtisodchi, katta mutaxassis-zootexnik, katta inspektor-muhandis, katta muhandis, inspektor-muhandis.
iqtisodiy taʼlim sohasi;
arxitektura va qurilish taʼlimi sohasi.
Moddiy texnika taʼminoti boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari, boʻlim (boʻlinma, xizmat) boshligʻi va oʻrinbosari, bosh muhandis, muhandis, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis.
moliya mutaxassisligi;
materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisligi;
toʻqimachilik va yengil sanoat mashinalari hamda apparatlari mutaxassisligi;
toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati mutaxassisligi.
Tibbiyot boʻlinmalari va davolash-profilaktika muassasalari boʻyicha
barcha tibbiyot va farmatsevtika lavozimlari.
sogʻliqni saqlash taʼlim sohasi.
Psixologik taʼminlash boʻlinmalari boʻyicha
boʻlim (boʻlinma) boshligʻi, bosh psixolog, yetakchi mutaxassis-psixolog, yetakchi mutaxassis-psixolog-poligrafolog, katta psixolog, katta psixolog-poligrafolog, kriminalist-psixolog, psixolog, profilaktika xizmatining inspektor-psixologlari.
pedagogika va psixologiya mutaxassisligi;
sotsiologiya va psixologiya taʼlim sohasining psixologiya taʼlim yoʻnalishi.
Kinologiya boʻlinmalari boʻyicha
boʻlim boshligʻi, veterinariya xizmati boshligʻi, boʻlinma boshligʻi, yetakchi mutaxassis-kinolog, kata mutaxassis-kinolog.
veterinariya taʼlim sohasi;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi taʼlim sohasining zootexnika yoʻnalishi.
veterinar-shifokor, yetakchi mutaxassis-veterinariya shifokori
veterinariya taʼlim sohasi.
kichik instruktor-kinolog, kichik inspektor-kinolog, veterinar-feldsher, otliq otryad veterinar-shifokori.
veterinariya taʼlim sohasi;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi taʼlim sohasining zootexnika yoʻnalishi.
Madaniyat saroyi va orkestr boʻyicha
madaniyat saroyi boshligʻi-badiiy rahbar, madaniyat saroyi boshligʻi oʻrinbosari-qoʻshiq va raqs ansambli boshligʻi, ansambl boshligʻi oʻrinbosari, ansambl boshligʻining yordamchisi, oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi toifali artist;
orkestr boshligʻi-bosh dirijor, orkestr boshligʻi oʻrinbosari-dirijor, orkestr boshligʻining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, orkestr boshligʻining yordamchisi, konsertmeyster, katta musiqachi, musiqachi.
sanʼat taʼlim sohasi (haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, xoreografiya taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno)
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining elektron axborot tizimlari va axborot xavfsizligi yoʻnalishi boʻyicha
boshqarma boshligʻi, boʻlim (boʻlinma, guruh) boshligʻi, bosh inspektor, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor, katta inspektor, inspektor
kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi;
aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi (pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno);
dasturlash va axborot texnologiyalari;
axborot xavfsizligi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
kompyuter injiniring;
dasturiy injiniring.
Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi boʻyicha
modellashtirish va simulyatsiya boʻyicha bosh mutaxassis;
aloqa vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis.
kompyuter texnologiyalari taʼlim sohasi;
kompyuter injiniringi (multimedia texnologiyalari) taʼlim sohasi;
televideniye, radioaloqa va radioeshittirish taʼlim sohasi;
aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi.
qidiruv asbob-uskunalari, radioelektron himoya qilish vositalari va robototexnika boʻyicha bosh mutaxassis;
radioelektron qurilmalar boʻyicha bosh mutaxassis.
elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari taʼlim yoʻnalishi;
radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha) (antennalar va oʻta yuqori chastotali qurilmalardan tashqari);
elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar boʻyicha).
portlovchi, kimyoviy va zaharlovchi moddalar boʻyicha bosh mutaxassis.
kimyo (fan yoʻnalishi boʻyicha).
Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Toshkent metropoliteni boʻyicha maxsus otryad
radiatsion va kimyoviy xavfsizlik boʻyicha guruh bosh mutaxassisi.
kimyo (fan yoʻnalishi boʻyicha).
Tezkor-qidiruv departamentining tezkor-texnik ishlov boʻlinmalari boʻyicha
Mutaxassis (bosh, yetakchi, katta).
kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi;
aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
axborot xavfsizligi;
kiberxavfsizlik injiniringi;
kompyuter injiniringi (AT-servis va multimediya texnologiyalari);
dasturiy injiniring;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menedjment;
elektronika;
mikroelektronika;
matematik injiniring;
elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar boʻyicha);
texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha);
mexatronika va robototexnika;
intellektual va muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi;
amaliy kosmik texnologiyalar va dronlar loyihalash va ekspluatatsiya qilish;
elektron tijorat;
raqamli iqtisodiyot;
telekommunikatsiya texnologiyalari (mobil tizimlar va telekommunikatsiyalar);
matematika va informatika;
taʼlimda axborot texnologiyalari;
intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi;
elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmalarining Mafkuraviy targʻibot yoʻnalishi boʻyicha
Mutaxassis (bosh, yetakchi, katta).
dinshunoslik; islomshunoslik, psixologiya (din sotsopsixologiyasi).
Probatsiya xizmatining Yagona elektron monitoring markazi boʻyicha
Markaz boshligʻi, yetakchi mutaxassis-operatori, katta mutaxassis-operator, kichik mutaxassis.
kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi;
aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi (pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno);
dasturlash va axborot texnologiyalari;
axborot xavfsizligi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
kompyuter injiniring;
dasturiy injiniring.
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yoʻl infratuzilmasini nazorat qilish boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi, boʻlim (boʻlinma) boshligʻi, yetakchi muhandis, katta muhandis, muhandis, yetakchi mutaxassis, katta mutaxassis, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor, katta inspektor, inspektor
iqtisodiy taʼlim sohasi;
ekspluatatsiyasi taʼlim yoʻnalishi;
yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi taʼlim yoʻnalishi;
transport inshootlarining ekspluatatsiyasi taʼlim yoʻnalishi;
koʻpriklar, tonnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi avtomobil yoʻllari va aerodromlar taʼlim yoʻnalishi;
shahar yoʻllari va koʻchalari taʼlim yoʻnalishi;
bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi taʼlim yoʻnalishi.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish uchun alohida mutaxassislik talab etiladigan lavozimlar
departament boshligʻi, birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, boshqarma boshliqlari, oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, boʻlinma boshliqlari, oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchi, katta tergovchi, tergovchi, katta surishtiruvchi, surishtiruvchi.
Huquqiy taʼlim sohasi.
Yuridik taʼminlash boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi, oʻrinbosari, boʻlim, boʻlinma boshligʻi, bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult, yuriskonsult.
Huquqiy taʼlim sohasi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boʻyicha**
Profilaktika katta inspektori.
Huquqiy taʼlim sohasi.
Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma boshligʻi, boshliq oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor, katta inspektor, inspektor, brigada, batalyon, divizion komandiri va oʻrinbosarlari, yoʻl-patrul xizmati (katta) inspektori.
yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi taʼlim yoʻnalishi;
avtomobillar va avtomobil xoʻjaligi mutaxassisligi;
avtomobil yoʻllari va aerodromlar taʼlim yoʻnalishi;
koʻpriklar, tonnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi;
avtomobil transporti, yoʻl qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi taʼlim yoʻnalishi;
transport inshootlarining ekspluatatsiyasi taʼlim yoʻnalishi;
qiymat injiniringi taʼlim yoʻnalishi;
shahar yoʻllari va koʻchalari taʼlim yoʻnalishi;
kasbiy taʼlim-avtomobil va aerodromlar;
kasbiy taʼlim-transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash taʼlim yoʻnalishi;
menejment-avtotransport boʻyicha taʼlim yoʻnalishi;
marketing-avtotransport boʻyicha taʼlim yoʻnalishi;
transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash taʼlim yoʻnalishi;
tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi taʼlim yoʻnalishi;
elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (avtomobil transporti) taʼlim yoʻnalishi;
xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
xizmatlar sohasi (avtotransport boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
ekologiya va atrof muhit muhofazasi (avtotransport boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi;
bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi taʼlim yoʻnalishi;
harakat xavfsizligini tashkil etish mutaxassisligi;
ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish mutaxassisligi;
koʻtarish, tashish va yoʻl qurilish mashinalari taʼlim yoʻnalishi;
huquqiy taʼlim sohasi;
harbiy taʼlim sohasi.
Ekspert-kriminalistika markazi boʻyicha
markaz boshligʻi, oʻrinbosari, boʻlim, boʻlinma boshligʻi, bosh ekspert, katta ekspert, ekspert.
tabiiy fanlar taʼlim sohasi;
hayotiy faoliyat xavfsizligi taʼlim sohasi;
ishlab chiqarish texnologiyalari taʼlim sohasi;
tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi taʼlim yoʻnalishi;
filologiya va tillarni oʻqitish taʼlim yoʻnalishining lingvistika mutaxassisligi;
konchilik ishi taʼlim yoʻnalishi;
elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari taʼlim yoʻnalishi;
radioelektron qurilmalar va tizimlar taʼlim yoʻnalishi;
axborot xavfsizligi taʼlim yoʻnalishi;
kimyoviy texnologiya taʼlim yoʻnalishi;
biotexnologiya taʼlim yoʻnalishi;
kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi;
bino va inshootlar qurilishi taʼlim yoʻnalishi;
aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi;
buxgalteriya hisobi va audit taʼlim yoʻnalishining buxgalteriya hisobi, audit mutaxassisliklari;
farmatsiya taʼlim yoʻnalishi;
oziq-ovqat texnologiyasi taʼlim yoʻnalishi;
dizayn taʼlim yoʻnalishi;
yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi taʼlim yoʻnalishining yer usti transport vositalari va tizimlari mutaxassisligi;
huquqiy taʼlim sohasi.
Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash, rivojlantirish hamda kompyuterlashtirilgan boʻlinmalari boʻyicha
boshqarma, markaz, boʻlim (boʻlinma) boshligʻi va oʻrinbosarlari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakil, katta tezkor vakil, katta mutaxassis-muhandis, katta inspektor, muhandis, kichik inspektor, kichik mutaxassis, operator.
kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi; aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi (pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno).
Kiberxavfsizlik boʻlinmalari boʻyicha
Markaz boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi, bosh mutaxassis, mutaxassis, oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakil, katta tezkor vakil.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi (tibbiyotda kompyuter tizimlari televizion texnologiyalar, audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va ilovalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, pochta aloqasi texnologiyasi, televideniye, radioaloqa va radioeshittirish, audio-video texnologiyalar, maxsus yoritish texnologiyalari taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno);
taʼlimda axborot texnologiyalari; intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi;
elektronika;
mikroelektronika;
matematik injiniring;
elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar boʻyicha) mutaxassisliklari;
texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha);
mexatronika va robototexnika;
intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi;
amaliy kosmik texnologiyalar;
dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish taʼlim yoʻnalishlari.
1. Ushbu roʻyxatdagi ayrim lavozimlar mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinadigan tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassisliklar va lavozimlar roʻyxatiga kiritilganligi bois, ushbu lavozimlar uchun nomzodlar xizmatga tanlovning saralash bosqichisiz qabul qilinadi;
(2-ilova izohining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2024-yil 1-sentabrdan eʼtiboran Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar tayinlanadi.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Ichki ishlar organlarining oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi mumkin boʻlgan boʻlinmalari va lavozimlari
ROʻYXATI
1. Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash, rivojlantirish hamda kompyuterlashtirilgan va kiberxavfsizlik boʻlinmalari boʻyicha:
Boshqarma, markaz boshligʻi va oʻrinbosarlari;
boʻlim va boʻlinma boshligʻi va oʻrinbosarlari;
bosh va yetakchi mutaxassis;
katta mutaxassis-muhandis;
katta muhandis;
katta inspektor;
muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor;
mutaxassis, muhandis, kichik mutaxassis;
oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakil;
katta tezkor vakil.
2. Nazorat-taftish inspeksiyasi boʻyicha:
inspeksiya boshligʻi;
inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari;
boʻlim boshligʻi;
bosh va katta taftishchi;
taftishchi.
3. Moliya va moddiy-texnika taʼminoti xizmatlari boʻyicha:
boshqarma boshliqlari;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari;
boʻlim, boʻlinma boshligʻi;
bosh iqtisodchi;
bosh muhandis-iqtisodchi;
bosh va yetakchi mutaxassis;
bosh muhandis;
bosh buxgalter, buxgalter;
gʻaznachi;
iqtisodchi.
4. Kapital qurilish va taʼmirlash xizmatlari boʻyicha:
boshqarma boshligʻi;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari;
boʻlim va boʻlinma boshligʻi;
bosh mutaxassis.
5. Xoʻjalik xizmatlari hamda jazoni ijro etish muassasalari va tashkilotlari boʻyicha:
departament boshligʻining ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari;
ishlab chiqarishni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi;
korxona direktori — koloniya boshligʻining ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari;
transport boʻlimi boshligʻi;
bosh muharrir;
yetakchi va katta mutaxassis;
yetakchi mutaxassis-muharrir;
katta mutaxassis-muxbir;
katta mutaxassis-masʼul kotib;
mutaxassis-muxbir;
bosh va katta muhandis;
katta muhandis-energetik;
katta muhandis-iqtisodchi;
katta mutaxassis-zootexnik;
uchastka boshligʻi;
mutaxassis;
sex boshligʻi;
katta inspektor-muhandis;
inspektor-muhandis.
6. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlinmalari boʻyicha:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 27-noyabrdagi 672-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-1, 29.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 10/24/3481-1/0985-son)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 27-noyabrdagi 672-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-1, 29.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 10/24/3481-1/0985-son)
madaniyat saroyi boshligʻining oʻrinbosari-qoʻshiq va raqs ansambl boshligʻi;
ansambl boshligʻi oʻrinbosari;
ansambl boshligʻining yordamchisi;
oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi toifali artist;
orkestr boshligʻi — bosh dirijor;
orkestr boshligʻining oʻrinbosari — dirijor;
orkestr boshligʻining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
orkestr boshligʻining yordamchisi;
konsertmeyster;
(katta) musiqachi.
12. Xalqaro hamkorlik boʻlinmalari boʻyicha:
boshqarma boshligʻi;
boshqarma boshligʻining oʻrinbosari;
boʻlim va boʻlinma boshligʻi;
bosh inspektor;
muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor.
13. Xavfsiz turizm boʻlinmalari boʻyicha:
boshqarma boshligʻi;
boshqarma boshligʻining oʻrinbosari;
boʻlim va boʻlinma boshligʻi;
bosh va muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor;
markaz boshligʻi;
katta mutaxassis;
katta inspektor-navbatchi;
YPX (katta) inspektori;
(katta) inspektor.
14. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining elektron axborot tizimlari va axborot xavfsizligi yoʻnalishi boʻyicha:
boshqarma boshligʻi;
boʻlim (boʻlinma, guruh) boshligʻi;
bosh va katta inspektor;
muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor;
inspektor.
15. Psixologik taʼminlash boʻlinmalari boʻyicha:
boʻlim (boʻlinma) boshligʻi;
bosh psixolog;
yetakchi mutaxassis-psixolog;
yetakchi mutaxassis-psixolog-poligrafolog;
katta psixolog;
katta psixolog-poligrafolog;
psixolog;
kriminalist-psixolog.
16. Tergov xizmati boʻlinmalari boʻyicha:
departament boshligʻi;
departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari;
boshqarma boshliqlari va oʻrinbosarlari;
boʻlim (boʻlinma) boshligʻi va oʻrinbosarlari;
oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchi;
katta tergovchi;
tergovchi;
katta surishtiruvchi;
surishtiruvchi.
17. Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boʻlinmalari boʻyicha:
Katta inspektor psixolog;
Inspektor psixolog.
18. Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari boʻyicha:
boshqarma boshligʻi;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari;
boʻlim, boʻlinma boshligʻi;
brigada, batalyon, divizion komandiri va oʻrinbosarlari;
yoʻl-patrul xizmati (katta) inspektori;
muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor;
katta inspektor, inspektor.
19. Ekspert-kriminalistika boʻlinmalari boʻyicha:
markaz boshligʻi, oʻrinbosari,
boʻlim, boʻlinma boshligʻi,
bosh ekspert, katta ekspert, ekspert.
20. Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi va Toshkent metropoliteni boʻyicha maxsus otryad boʻyicha:
modellashtirish va simulyatsiya boʻyicha bosh mutaxassis;
aloqa vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis; qidiruv asbob-uskunalari, radioelektron himoya qilish vositalari va robototexnika boʻyicha bosh mutaxassis;
radioelektron qurilmalar boʻyicha bosh mutaxassis;
portlovchi, kimyoviy va zaharlovchi moddalar boʻyicha bosh mutaxassis.
radiatsion va kimyoviy xavfsizlik boʻyicha guruh bosh mutaxassisi.
22. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmalarining Mafkuraviy targʻibot yoʻnalishi boʻyicha:
Mutaxassis (bosh, yetakchi, katta).
23. Probatsiya xizmatining Yagona elektron monitoring markazi boʻyicha:
Markaz boshligʻi, yetakchi mutaxassis-operatori, katta mutaxassis-operator, kichik mutaxassis.
24. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yoʻl infratuzilmasini nazorat qilish boʻlinmalari boʻyicha:
boshqarma boshligʻi, boʻlim (boʻlinma) boshligʻi, yetakchi muhandis, katta muhandis, muhandis, yetakchi mutaxassis, katta mutaxassis, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektor, katta inspektor, inspektor.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishda alohida antropometrik parametrlar belgilanadigan boʻlinmalar va lavozimlar
ROʻYXATI
1. Boʻyining balandligi 175 sm. dan past boʻlmagan erkaklar va 170 sm. dan past boʻlmagan ayollar qabul qilinadigan lavozimlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining yoʻl-patrul xizmati safarbarlik guruhi komandirlari;
yoʻl-patrul xizmati (katta) inspektorlari.
2. Boʻyining balandligi 170 sm. dan past boʻlmagan erkaklar va 165 sm. dan past boʻlmagan ayollar qabul qilinadigan lavozimlar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining ushbu Roʻyxatning 1-bandida koʻrsatilgan lavozimlardan tashqari barcha lavozimlari;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarining:
brigada, batalyon va otryad komandirlari hamda ularning xizmat boʻyicha oʻrinbosarlari;
guruh komandirlari;
haydovchi-xodimlar (bundan navbatchilik qismlari va taʼminlash boʻlinmalari haydovchi-xodimlari mustasno);
safdor xodimlar;
otliq xodimlar;
ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash batalyoni va otryadlarning barcha lavozimlari.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasining namunaviy
TARKIBI
Rais:
Ichki ishlar organi rahbarining oʻrinbosari — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi.
Rais oʻrinbosari:
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari.
Komissiya aʼzolari:
Tegishli sohaviy xizmat boshliqlari;
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi;
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi;
Tibbiyot boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi;
Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi;
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati mutaxassis-psixologi;
Faxriylar kengashi aʼzosi;
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi;
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining masʼul xodimi.
Komissiya kotibi:
Kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimi.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etilmaydi
*Izoh: Jadvalda koʻrsatilgan vazifalarning (tegishli shkalalar bilan birga) har biri boʻyicha ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etish uchun zarur boʻlgan natijani qayd etgan nomzodlargina xizmatga tavsiya etiladi. Bunda, vazifalarning (tegishli shkalalar bilan birga) aqalli bittasi boʻyicha qoniqarsiz natija qayd etgan nomzod xizmatga tavsiya etilmaydi.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20____ yil “_____” _____________
T/r
Nomzodning F.I.O.
Intellektual rivojlanganlik darajasi boʻyicha natija
Psixoemotsional barqarorlik darajasi boʻyicha natija
Yakuniy xulosa
1-vazifa
2-vazifa
3-vazifa
Asab-ruhiy turgʻunlik shkalasi
Samimiylik shkalasi
1.
2.
3.
4.
…
Komissiya aʼzolari:
_________________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
_________________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
_________________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini
BAHOLASH MEZONLARI
1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r
Mashqning nomi
Oʻlchov birligi
Baholash koʻrsatkichlari
aʼlo
baho
yaxshi
baho
qoniqarli
baho
1.
Turnikda tortilish
marta
14 va undan yuqori
5
12 — 13
4
11 — 10
3
2.
100 metrga yugurish
soniya
14,2 ichida
5
14,3 — 14,6
4
14,7 — 15,2
3
3.
3000 metrga yugurish
daqiqa,
soniya
13,00 ichida
5
13,01 — 13,15
4
13,16 — 13,35
3
2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r
Mashqning nomi
Oʻlchov birligi
Baholash koʻrsatkichlari
aʼlo
baho
yaxshi
baho
qoniqarli
baho
1.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksi
marta
30 va undan yuqori
5
29 — 28
4
27 — 26
3
2.
100 metrga yugurish
soniya
17,4 ichida
5
17,5 — 18,0
4
18,1 — 18,6
3
3.
1000 metrga yugurish
daqiqa,
soniya
4,50 ichida
5
4,51 — 5,10
4
5,11 — 5,40
3
3. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlarini uchta mashqini bajargan erkak va ayol jinsidagi nomzodlarning umumiy bahosi quyidagicha aniqlanadi:
2
2
2
qoniqarsiz
2
2
3
qoniqarsiz
2
2
4
qoniqarsiz
2
2
5
qoniqarsiz
2
3
3
qoniqarli
2
3
4
qoniqarli
3
3
3
qoniqarli
2
4
4
qoniqarli
2
3
5
qoniqarli
3
3
4
qoniqarli
2
4
5
qoniqarli
3
3
5
qoniqarli
3
4
4
yaxshi
2
5
5
yaxshi
4
4
4
yaxshi
3
4
5
yaxshi
4
4
5
yaxshi
3
5
5
yaxshi
4
5
5
aʼlo
5
5
5
aʼlo
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20___ yil “____” ____________.
1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Mashqlarning nomi va baholash
Umumiy baho
Toʻsinda (turnikda) tortilish
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
natija
baho
natija
baho
natija
baho
1.
2.
3.
…
Komissiya aʼzolari:
__________________________
__________________________
(imzo)
(F.I.O.)
__________________________
__________________________
(imzo)
(F.I.O.)
__________________________
__________________________
(imzo)
(F.I.O.)
2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Mashqlarning nomi va baholash
Umumiy baho
Kuch ishlatish mashqlari kompleksi
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
natija
baho
natija
baho
natija
baho
1.
2.
3.
…
Komissiya aʼzolari:
__________________________
__________________________
(imzo)
(F.I.O.)
__________________________
__________________________
(imzo)
(F.I.O.)
__________________________
__________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
_________________________ga
(harbiy unvoni, F.I.O.)
_________________________da
(nomzodning manzili)
yashovchi ____________________
________________________dan
(nomzodning F.I.O.)
ARIZA
Sizdan, ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinishim uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Xizmat zaruriyatiga koʻra lozim topilgan hududda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.
_______________
_______________
_______________
sana
imzo
F.I.O.
Ichki ishlar organlari xizmatiga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 12-ILOVA
Yashash joyi: Toshkent shahar, Olmazor tumani Sebzor MFY 18-uy
MAʼLUMOTI BOʻYICHA
Maʼlumot turi: tugallangan
Maʼlumoti: oliy
Taʼlim tashkiloti:
Toshkent Davlat universiteti
Mutaxassisligi:
huquqshunos
Taʼlim shakli: kunduzgi
Diplom seriyasi va raqami: A 123456
HARBIY XIZMAT BOʻYICHA
Harbiy xizmat muddati:
1 yil
Harbiy guvohnoma seriyasi va raqami:
QK 123456
Harbiy xizmat boshlangan sana:
01.01.2013-yil
Harbiy xizmat tamomlangan sana:
01.01.2014-yil
IMTIYOZLAR
Oliy taʼlim tashkilotini imtiyozli diplom bilan tamomlagan
TANLOV TADBIRLAR
ROʻYXATDAN OʻTISH
Hujjatlarini topshirgan tuzilma: Buxoro viloyati IIB
Lavozim:
profilaktika inspektori
Hujjatlarni yuborgan sana:
01.01.2023-yil
DASTLABKI OʻRGANISH
Natijasi:
keyingi bosqichga oʻtishga ruxsat berildi
Rad etildi
(sababi) vaqti
NOMZODLAR INTELLEKTUAL RIVOJLANGANLIK DARAJASI VA PSIXOEMOTSIONAL BARQARORLIGI OʻRGANISH
Intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish
Psixoemotsional barqarorlikni oʻrganish
Yakuniy xulosa
1-vazifa
2-vazifa
3-vazifa
Asab-ruhiy turgʻunlik shkalasi
Samimiylik shkalasi
2 — 5
2 — 5
0 — 30
0 — 9
Ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etiladi
0 — 1
0 — 1
31 — 71
10 va undan yuqori
Ichki ishlar organlarida xizmatga tavsiya etilmaydi
TEST SINOVI
Fanlar va toʻplagan ballari
Natija
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Huquqshunoslik
Tarbiya
Umumiy ball
34
30
30
94
keyingi bosqichga oʻtishga ruxsat berildi
NOMZODNING JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASI
Mashqlarning nomi va baholash
Umumiy baho
Natija
Toʻsinda (turnikda) tortilish
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
natija
baho
natija
baho
natija
baho
HARBIY-TIBBIY KOMISSIYA KOʻRIGI NATIJASI
Yoʻllanma berilgan vaqt
Boʻyi
Vazni
Tashxis
Xulosa
20.05.2023-yil
187.0 sm
103.0 kg
Semizlik birinchi daraja
Safdor lavozimiga xizmatga yaroqli
NOMZODNING PSIXOFIZIOLOGIK (POLIGRAF) TEKSHIRUV NATIJASI
Yoʻllanma berilgan vaqt
Xulosa
20.05.2023-yil
xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-avgustdagi 440-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481-2, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3481-2/0766-son)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 5-martdagi 52-son “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3352, 2022-yil 9-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 10/22/3352/0199-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-son “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3352-1, 2022-yil 11-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 10/22/3352-1/1013-son).