toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4079-son qarori bilan respublikaning mavjud biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti o‘rniga 2021-yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5984-son Farmoni.
2. Keng jamoatchilik fikrlarini va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzildagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga hamda davlat xizmatlari markazlariga, almashtirish uchun esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
yangi tug‘ilgan bolaga identifikatsiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tug‘ilishi FHDY organi tomonidan qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan so‘ng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga ko‘ra rasmiylashtirilishi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
identifikatsiya ID-kartalari belgilangan hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi;
identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun murojaat o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan kelib tushganda mas’ul xodim tomonidan 15 kun muddatda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish:
birinchi bosqichda 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to‘lganda hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra;
ikkinchi bosqichda 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
6. Belgilansinki:
identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti 2030-yil 31-dekabrgacha haqiqiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda:
Ichki ishlar vazirligi 2024-yil 1-yanvardan ID-kartalarni olish bo‘yicha anketalarni to‘ldirishda ICAO hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ingliz tilida fuqaroning familiya va ismini ko‘rsatilishini;
Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi 2024-yil 1-yanvarga qadar taqdim etilgan barcha ID-kartalar bo‘yicha jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasida fuqaroning familiya va ismini ingliz tilidagi ma’lumotlari bilan to‘ldirilishini ta’minlansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga 2020-yil 31-dekabrga qadar:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat qilish, elektron navbatga turish va onlayn to‘lovni amalga oshirish imkoniyati joriy etilishini;
identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat etilganda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
a) 2020-yil 31-dekabrga qadar:
Fuqarolar davlat xizmatlarini olish yuzasidan murojaat qilganda va idoralararo o‘zaro elektron hamkorlikni tashkil qilishda dasturiy platformalardan keng foydalangan holda identifikatsiya ID-kartasidan foydalanish imkoniyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni tatbiq etish orqali “Elektron hukumat” tizimini modernizatsiya qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda fuqarolar davlat idoralari va tashkilotlariga murojaat qilganda identifikatsiya ID-kartasidan foydalanishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik va texnologik sharoitlarni o‘rganilishini hamda joriy etilishini tashkillashtirilishini ta’minlasin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 31-dekabrga qadar identifikatsiya ID-kartasidan foydalanishda xalqaro tajribani o‘rganib, uning asosida “Elektron hukumat” tizimining davlat va aholi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari bo‘yicha qo‘shimcha elektron shakllarini ishlab chiqib, takomillashtirishni tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda identifikatsiya ID-kartalarini O‘zbekiston Respublikasida joriy qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Konsepsiya va uni amalga oshirish “Yo‘l-xaritasi” loyihalarini;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini aholi orasida keng yoritilishini ta’minlasin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-sentabr,
PF-6065-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish, berish, almashtirish hamda undan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi (keyingi o‘rinlarda — ID-karta) — O‘zbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, ID-karta egasining shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat;
chip — ID-kartadagi biografik ma’lumotlar, raqamli fotosurat va qo‘l barmoq izi hamda boshqa ma’lumotlarni saqlovchi elektron qurilma;
personallashtirish — ID-karta egasining biografik va biometrik ma’lumotlarini ID-kartaga kiritish;
verifikatsiyalash — ID-kartaga kiritilgan biometrik ma’lumotlarning ID-karta egasining biometrik ma’lumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish;
ma’lumotlarni yig‘ish punkti — ID-karta olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik va biometrik ma’lumotlarini jamlash, ID-kartalarni personallashtirish va berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari hamda davlat xizmatlari markazlari;
ID-karta olish uchun talabnoma (keyingi o‘rinlarda — talabnoma) — ID-karta oluvchi haqida ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik va biometrik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat.
3. ID-karta O‘zbekiston Respublikasi mulkidir va uning egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidadir.
4. ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:
yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);
bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);
16 yoshdan — 10 yil muddatga.
5. ID-karta qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
6. ID-karta belgilangan namuna bo‘yicha lotin alifbosida o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa — ID-karta olish uchun murojaat qilgan fuqaroning xohishiga ko‘ra lotin alifbosida qoraqalpoq yoki o‘zbek tillarida personallashtiriladi.
7. ID-karta blankasiga quyidagi asosiy ma’lumotlar kiritiladi:
a) hujjatning nomi;
b) ID-kartaning raqami;
v) ID-karta egasining:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tug‘ilgan sanasi;
fuqaroligi;
tug‘ilgan joyi;
jinsi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
g) ID-kartaning:
berilgan sanasi;
kim tomonidan berilgani;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
d) ID-karta egasining raqamli surati.
ID-kartada uning egasining imzosi bo‘lishi shart (16 yoshga yetganidan keyin).
Vazirlik va idoralarning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali ID-karta egasining roziligi bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
8. Chipga ID-karta egasining quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:
biografik ma’lumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ingliz tilida familiya va ismi;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
millati;
raqamli surati;
qo‘l barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati — 16 yoshga yetganidan keyin.
Qonun hujjatlariga muvofiq chipga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ID-kartaning amal qilish muddati davomida haqiqiy hisoblanadi.
2-bob. ID-kartani rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi
9. ID-kartani rasmiylashtirish va berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq, quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
fuqaro 16 yoshga to‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;
ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaro tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va elektron talabnoma shakllantirilgan kundan boshlab bir ish kunida ko‘rib chiqiladi.
(9-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaro ID-kartani yo‘qotgan taqdirda o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat etadi. Yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida beriladi;
(9-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chipga millati haqidagi yozuv ota-onaning millatiga muvofiq yoziladi. Agar ota-onalar turli millatga mansub bo‘lishsa, birinchi marta ID-karta berilayotganda fuqaroning xohishiga qarab otasining yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik, fuqaroning yozma arizasiga ko‘ra millati haqidagi yozuv faqat bir marta otasi yoki onasining millatiga o‘zgartirilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Fuqaro ID-karta olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).
12. ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida beriladi.
13. O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘ligining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga shaxsan o‘zlari yoki qonuniy vakillari orqali (og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda, ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punktining mas’ul xodimi tomonidan o‘n besh kun muddatda ushbu shaxslarni yashash manziliga borgan holda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Bunda ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.
14. Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-kartasi bo‘lmagan harbiy xizmatchilarga ID-karta kontrakt asosida xizmat qilgan harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma asosida ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilariga ID-kartalar harbiy qism joylashgan joydagi ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan tegishli harbiy qism rahbarlarining yozma iltimosnomalari asosida beriladi.
15. Ma’lumotlarni yig‘ish punkti taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining biografik ma’lumotlarini, elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va ID-kartani rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Arizachiga avval jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami biriktirilmagan yoki jismoniy shaxsning avvalgi shaxsiy identifikatsiya raqami xatolik bilan biriktirilgan bo‘lsa, talabnoma ID-kartaga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga yuboriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi talabnomadagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi, mavjud bo‘lmagan hollarda esa real vaqt rejimida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
17. Agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.
18. ID-kartani rasmiylashtirish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
19. ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ID-karta bepul almashtiriladi.
20. 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ID-kartalari ularga ID-karta berish bo‘yicha murojaat qilgan ota-onalari yoki vasiylariga (homiylariga) beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
201. 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ular bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yiladi.
Bunda, fuqaroning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etib boriladi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
202. Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga ID-kartasi ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida beriladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi.
ID-karta olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan shakldagi ariza;
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqidagi tasdiqlangan qaror nusxasi.
Davlat boji to‘langanligi axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
203. Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi ID-kartani rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi.
(202 — 203-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
3-bob. ID-kartadan foydalanish
21. ID-karta egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi.
22. ID-karta yo‘qolgan taqdirda, fuqaro darhol yangi ID-kartani olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi shart.
23. Topib olingan ID-karta ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.
24. Vafot etgan shaxsning ID-kartasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ID-kartani yo‘q qilish maqsadida ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsning ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilsa, uning ID-kartasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga yuboriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Shaxs jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganida yoki jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, unga ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari, sud yoxud jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tomonidan qaytariladi.
ID-karta surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan taqdirda, yangi ID-karta vakolatli organning olib qo‘yish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach, ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlaridan ozod etilgan va pasporti yoki ID-kartasini yo‘qotgan shaxslarga ID-karta berish masalalari ilgari hujjatlashtirilgan yoki so‘ngi yashash joyi yoxud turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsalar, ko‘rib chiqiladi.
(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
26. Fuqaroga yangi ID-karta berish chog‘ida ilgari berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-karta yo‘q qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan olib qolinadi.
27. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish istagini bildirgan fuqaro ID-kartani so‘nggi yashash joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yoki turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga topshirilgan ID-kartalar yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
28. Fuqaro ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmasligi, uni yaroqsiz holga keltirishi, yo‘qotib qo‘yishi, shuningdek, boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan ID-kartani qonunga xilof ravishda olib qo‘yish, ID-kartadan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, uni yo‘q qilish, yaroqsiz holatga keltirish yoki yashirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan javobgarlik belgilanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida ID-karta yo‘qolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati bo‘lganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan so‘rov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan ma’lumotnoma olinadi.
ID-karta o‘g‘irlangan hollarda bu haqidagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida fuqarolarga ma’lumotnomalar beriladi va ular javobgarlikka tortilmaydi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
30. Talabnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga voyaga yetmagan shaxslar nomidan murojaat qilgan shaxslar yoki voyaga yetgan va ID-kartani birinchi marotaba olayotgan fuqarolar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi:

ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan 16 yoshigacha;

16 yoshga to‘lganda;

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.

ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;

tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);

davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:

arizachining biografik ma’lumotlarini tizimga kiritadi;

shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi;

shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;

ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron talabnoma shakllantiradi.

Ariza berilgan kun davomida

3-bosqich

Personallashtirish agentligi

ID-karta olish uchun ariza topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi;

a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmagan holda:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi;

b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lsa:

shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.

Axborot tizimi vositasidareal vaqt rejimida

4-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.

Hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni davomida

5-b?sqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:

ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda;

ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.

Holat yuz berganda besh ish kuni ichida

6-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtiradi va beradi.

ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

7-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

16 yoshga to‘lgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

8-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni soliq to‘lovchi sifatida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

9-bosqich

AT “Xalq banki”

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

10-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

Fuqaroning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

O‘zgarish bo‘lgan kuni real vaqt rejimida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish, berish, almashtirish hamda undan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgust “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3924-son qarori.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi (keyingi o‘rinlarda — ID-karta) — egasining shaxsini va fuqaroligini hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi, egasining shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
chip — ID-kartadagi biografik ma’lumotlar, raqamli fotosurat va qo‘l barmoq izi hamda boshqa ma’lumotlarni saqlovchi elektron qurilma;
personallashtirish — ID-karta egasining biografik va biometrik ma’lumotlarini ID-kartaga kiritish;
verifikatsiyalash — ID-kartaga kiritilgan biometrik ma’lumotlarning ID-karta egasining biometrik ma’lumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ma’lumotlarni yig‘ish punkti — ID-karta olish uchun murojaat qilgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biografik va biometrik ma’lumotlarini jamlash, ID-kartalarni personallashtirish va berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari hamda davlat xizmatlari markazlari.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
ID-karta olish uchun talabnoma (keyingi o‘rinlarda — talabnoma) — ID-karta oluvchi haqida ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik va biometrik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
3. ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga quyidagi muddatlarga beriladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);
bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra).
16 yoshdan 60 yoshgacha — 5 yil muddatga;
60 yoshdan oshganlarga — 10 yil muddatga.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarolariga ID-karta uning milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan muddatga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi), shuningdek, ularning oila a’zolariga (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlariga) — ID-karta 10 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
6. ID-karta qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. ID-karta belgilangan namuna bo‘yicha lotin alifbosida o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa — ID-karta olish uchun murojaat qilgan O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xohishiga ko‘ra lotin alifbosida qoraqalpoq yoki o‘zbek tillarida personallashtiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
8. ID-karta blankasiga quyidagi asosiy ma’lumotlar kiritiladi:
a) hujjatning nomi;
b) ID-kartaning raqami;
v) ID-karta egasining:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tug‘ilgan sanasi;
fuqaroligi;
tug‘ilgan joyi;
jinsi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
g) ID-kartaning:
berilgan sanasi;
kim tomonidan berilgani;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
d) ID-karta egasining raqamli surati.
ID-kartada uning egasining imzosi bo‘lishi shart (16 yoshga yetganidan keyin).
Vazirlik va idoralarning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali ID-karta egasining roziligi bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
9. Chipga ID-karta egasining quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:
biografik ma’lumotlari;
millati mavjud bo‘lgan taqdirda;
raqamli surati;
qo‘l barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin;
Elektron raqamli imzosi kalitining sertifikati — 16 yoshga yetganidan keyin.
Qonun hujjatlariga muvofiq chipga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikati ID-kartaning amal qilish muddati davomida haqiqiy hisoblanadi.
2-bob. ID-kartani rasmiylashtirish, berish, almashtirish va bekor qilish tartibi
10. ID-kartani rasmiylashtirish va berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq, quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga:
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
ularning ota-onalari, vasiylarining (homiylarining) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
shaxs 16 yoshga to‘lganda;
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, fuqaroligi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
b) ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
v) ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
g) ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
d) ID-kartani ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
e) ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, fuqaroligi, jinsi o‘zgarganligi yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida ko‘rib chiqiladi.
(10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ID-kartani yo‘qotgan taqdirda, yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida beriladi.
(10-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. ID-kartasi bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 16 yoshga to‘lganda ID-karta olish uchun bir oydan kechikmasdan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xorijiy davlatlarga vaqtincha chiqqan, O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs xorijda bo‘lgan vaqtda ID-kartaning amal qilish muddati tugasa yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, fuqaroligi, jinsi o‘zgargan bo‘lsa, shuningdek, chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki qabul qilgan hamda tegishli yoshga yetgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelganidan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmay tegishli hujjatlar bilan yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzildagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ID-kartani almashtirish masalasida murojaat qilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
Oldingi tahrirga qarang.
chet davlat fuqarosining milliy pasporti (O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi uchun ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta;
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
vakolatli organlar tomonidan berilgan arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat (chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki fuqaroligini yo‘qotgan holatda);
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).
14. ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida beriladi.
15. O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar ID-kartani rasmiylashtirish va olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga shaxsan o‘zlari yoki qonuniy vakillari orqali (og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda, ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punktining mas’ul xodimi tomonidan o‘n besh kun muddatda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Bunda ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.
16. Ma’lumotlarni yig‘ish punkti taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining biografik ma’lumotlarini, elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va ID-kartani rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Arizachiga avval jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami biriktirilmagan yoki jismoniy shaxsning avvalgi shaxsiy identifikatsiya raqami xatolik bilan biriktirilgan bo‘lsa, talabnoma ID-kartaga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi talabnomadagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi, mavjud bo‘lmagan hollarda esa real vaqt rejimida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Agar O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
19. ID-kartani rasmiylashtirish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
20. ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ID-karta bepul almashtiriladi.
21. 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ID-kartalari ularga ID-karta berish bo‘yicha murojaat qilgan ota-onalari yoki vasiylariga (homiylariga) beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
211. 16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ushbu shaxs bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yiladi.
Bunda, shaxsning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda yoki bekor qilinganda bu haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etib boriladi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Quyidagi holatlarda O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ID-kartasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bekor qilinadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganida;
Oldingi tahrirga qarang.
chet davlat fuqarosi O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar u uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi yashash manziliga qaytmasa;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha xorijga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi yashash manziliga qaytmasa yoki xorijda uni almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet davlatdagi tegishli organlarning so‘roviga asosan;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilganda;
sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarori asosida;
vafot etganda — fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining o‘lim haqida guvohnoma yoki ma’lumotnomasi asosida;
chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilganda;
chet davlat fuqarosi milliy pasportining amal qilish muddati tugaganidan so‘ng olti oy davomida uni almashtirmasa yoki o‘z davlati fuqaroligidan chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etmasa;
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari iltimosnomasiga binoan doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — ushbu organ va tashkilotlarning bildirishnomasi asosida;
shaxs ID-kartani olayotganda yoki uni almashtirishda o‘zi yoki qarindoshlari haqida yolg‘on ma’lumot berganda, qalbaki, soxta hujjatlarni taqdim etganda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning bekor qilingan ID-kartasi shaxsning so‘nggi yashash joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punkti yoki turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga yo‘q qilish uchun topshirilishi shart.
(22-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga topshirilgan ID-kartalar yo‘q qilish uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
23. Mazkur Nizomning 22-bandi o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshi asosida ID-kartasi bekor qilingan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga 30 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishi to‘g‘risida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ogohlantiriladi.
Chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs belgilangan muddatda respublika hududidan chiqib ketishdan bosh tortgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq chora ko‘riladi.
3-bob. ID-kartadan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
24. ID-karta egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. ID-karta yo‘qolgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs darhol yangi ID-kartani rasmiylashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi shart.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
26. Topib olingan ID-karta egasiga qaytarish uchun ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.
27. Vafot etgan shaxsning ID-kartasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ID-kartani yo‘q qilish maqsadida ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi.
28. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsning ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinsa, uning ID-kartasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Shaxs jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganida yoki jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, unga ID-kartasi surishtiruv, tergov organlari, sud yoxud jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tomonidan qaytariladi.
ID-karta surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan taqdirda, yangi ID-karta vakolatli organning olib qo‘yish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach, ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yangi ID-karta berish chog‘ida ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta yo‘q qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan olib qolinadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Fuqaroligi o‘zgargan yoki xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ID-kartani so‘nggi yashash joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punkti yoki turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga topshirilgan ID-kartalar yo‘q qilish uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmasligi, uni yaroqsiz holga keltirishi, yo‘qotib qo‘yishi, shuningdek, boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan ID-kartani qonunga xilof ravishda olib qo‘yish, ID-kartadan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, uni yo‘q qilish, yaroqsiz holatga keltirish yoki yashirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan javobgarlik belgilanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida ID-kartasi yo‘qolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi to‘g‘risida murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati bo‘lganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan so‘rov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan ma’lumotnoma olinadi.
Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ID-kartasi o‘g‘irlangan hollarda bu haqidagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ma’lumotnomalar beriladi va ular javobgarlikka tortilmaydi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Talabnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga voyaga yetmagan shaxslar nomidan murojaat qilgan shaxslar yoki voyaga voyaga yetgan va ID-kartani birinchi marotaba olayotgan O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar shaxsan javobgar hisoblanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs:

ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan 16 yoshigacha;

16 yoshga to‘lganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda yoki fuqarolikni yo‘qotganda;

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.

ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

chet davlat fuqarosining milliy pasporti (O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi uchun ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi (O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yo‘qotgan holatda);

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organlar tomonidan berilgan arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat (chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki yo‘qotgan holatda);

davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari)

O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:

arizachining biografik ma’lumotlarini tizimga kiritadi;

shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi;

shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;

ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron talabnoma shakllantiradi.

Ariza berilgan kun davomida

3-bosqich

Personallashtirish agentligi

ID-karta olish uchun ariza topshirgan O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi;

a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmagan holda:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi;

b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lsa:

shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.

Axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida

4-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.

Hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni davomida

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs

Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:

ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda;

ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.

Holat yuz berganda besh ish kuni ichida

6-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga ID-kartani rasmiylashtiradi va beradi.

Ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

7-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya

ID-kartalari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliqqo‘mitasi

va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

8-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan shaxslarni soliq to‘lovchi sifatida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

9-bosqich

AT “Xalq banki”

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan shaxslarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

10-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

Shaxsning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda yoki bekor qilinganda bu haqidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

O‘zgarish bo‘lgan kuni real vaqt rejimida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6065/1316-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)