1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi mehnat arbitraji toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 26-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3449]
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 576-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son “Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyalar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 34-bobi 6-paragrafi (Jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish).
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
1. Doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi mehnat arbitraji toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-iyul,
62-2023/B-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2023-yil 17-iyul
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 15-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 20-iyuldagi 62-2023/B-son buyrugʻiga ILOVA
Doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi mehnat arbitraji toʻgʻrisidagi
NAMUNAVIY NIZOM
Mazkur Namunaviy nizom xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) oʻrtasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi mehnat arbitrajining (bundan buyon matnda mehnat arbitraji deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
jamoaviy mehnat nizosi — xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) oʻrtasidagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini (shu jumladan, mehnatga haq toʻlashni) oʻzgartirish, jamoa kelishuvlarini, jamoa shartnomasini, shuningdek qonunchilikka muvofiq xodimlarning vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni tuzish va oʻzgartirish hamda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qoʻllash masalalari boʻyicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
mehnat arbitraji — yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmaganda taraflar oʻrtasidagi jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) uchun tuziladigan doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi organ;
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli;
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) boʻyicha davlat organlari — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.07.00.00 Mediatsiya]
mehnat arbitri (bundan buyon matnda arbitr deb yuritiladi) — jamoaviy mehnat nizosini hal etishni (tartibga solishni) amalga oshiruvchi shaxs;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.03.00 Mehnat munosabatlari taraflari va ularning vakillari]
ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiya (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) — Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son “Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyalar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Respublika kasaba uyushmalari birlashmalari va Ish beruvchilar respublika birlashmalaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
2. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari mehnat arbitrajining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 577-moddasi.
2-bob. Mehnat arbitrajining faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
3. Mehnat arbitraji komissiya qaroriga koʻra uning huzurida taraflarning kelishuvi asosida hal etish (tartibga solish) uchun oʻziga topshiriladigan jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) maqsadida tuzilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
4. Komissiya davlat organlari va boshqa tashkilotlarga mehnat arbitrajining tarkibini shakllantirish uchun nomzodlar taqdim etish boʻyicha soʻrov xati bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
Bunda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu soʻrov xati kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida komissiyaga tegishli nomzodlarning roʻyxatini ularning roziligi asosida taqdim etadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
5. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning roʻyxati asosida ushbu roʻyxat taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida mehnat arbitrajini tuzish va arbitrlarni tayinlash boʻyicha komissiya qarori qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyalar toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
6. Arbitrlar uch yil muddatga tayinlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
7. Mehnat arbitraji respublika darajasida yetti nafar, tarmoq darajasida besh nafar hamda boshlangʻich va hududiy darajada uch nafar arbitrni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
8. Arbitrlarga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar]
mehnat yoki mehnatni muhofaza qilish tizimida kamida uch yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
9. Arbitrlarining vakolatlari quyidagi asoslarga koʻra muddatidan oldin tugatiladi:
arbitr komissiyaga vakolatini muddatdan oldin tugatish boʻyicha yozma ariza bergan taqdirda;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
arbitrlikka tayinlangan xodimning ish beruvchisi u bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan taqdirda;
ish yurituvidagi jamoaviy mehnat nizosining pirovard natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdorligi aniqlangan taqdirda.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
10. Arbitrlar jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etish vaqtida nizoni hal etish (tartibga solish) vaqti uchun oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda asosiy ishidan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
11. Arbitrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (uning F.I.O., lavozimi, maʼlumoti va arbitrlikka tayinlangan sana) u arbitrlikka tayinlangan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
3-bob. Mehnat arbitrajining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
12. Mehnat arbitrajining huquqlari quyidagilardan iborat:
jamoaviy mehnat nizosiga taalluqli boʻlgan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
jamoaviy mehnat nizosiga oid tegishli axborotga ega boʻlgan shaxslarni jalb qilish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish;
jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun uning sabab va shart-sharoitlarini joyiga chiqib oʻrganish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
13. Mehnat arbitrajining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
jamoaviy mehnat nizosi taraflarining murojaatlarini koʻrib chiqish;
jamoaviy mehnat nizosi taraflariga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
zarur boʻlgan hollarda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarni jamoaviy mehnat nizosining ehtimol tutilgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-iyuldagi 16-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3449-1, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 10/25/3449-1/0692-son)
jamoaviy mehnat nizosining mohiyatiga koʻra qaror qabul qilish;
jamoaviy mehnat nizosini koʻrib chiqish vaqtida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik.
4-bob. Jamoaviy mehnat nizosini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
14. Jamoaviy mehnat nizosining taraflari quyidagi asoslarga (sabablarga) koʻra ushbu nizoni mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) yuzasidan muzokaralar oʻtkazishi shart:
jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish) yakunlanganidan keyin kelishmovchiliklar bayonnomasi tuzilgan taqdirda;
mediator nomzodi xususida jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishuviga erishilishi kerak boʻlgan muddat tugagan taqdirda;
taraflarning yoki taraflardan biri jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etishni (tartibga solishni) rad etganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan taqdirda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 575-moddasi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
15. Jamoaviy mehnat nizosining taraflari oʻzaro muzokara natijasida mazkur nizoni mehnat arbitrajida hal etishga (tartibga solishga) rozi boʻlgan taqdirda, ular tomonidan ushbu nizo yuzasidan ariza mehnat arbitrajiga topshirilgunga qadar mehnat arbitrajining qarorlarini bajarish majburiyligi toʻgʻrisidagi shartni oʻz ichiga olgan tegishli kelishuv tuziladi.
Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillari muzokara oʻtkazilgan kundan eʼtiboran quyidagi muddatlarda ushbu nizo yuzasidan arizani mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) uchun komissiya kotibiyatiga yozma yoki elektron shaklda topshirishi shart:
ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida (boshlangʻich va hududiy darajada) ikki ish kunigacha boʻlgan muddatda;
ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida (respublika va tarmoq darajasida) esa toʻrt ish kunigacha boʻlgan muddatda.
Bunda, komissiya kotibiyati ushbu arizani shu kunning oʻzida arbitrga (arbitrlarga) topshirishi zarur.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 576-moddasi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
16. Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosi topshirilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida jamoaviy mehnat nizosi taraflari va boshqa uchinchi shaxslarni, zaruriyatga koʻra, ekspert va mutaxassislarni ham ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi.
Xabardor qilingan boshqa uchinchi shaxslarning kelmaganligi jamoaviy mehnat nizosining koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
17. Mehnat arbitraji tomonidan jamoaviy mehnat nizosi ushbu arbitrajga hal etish (tartibga solish) uchun topshirilgan kundan eʼtiboran quyidagi muddatlarda hal etilishi (tartibga solinishi) shart:
ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida (boshlangʻich va hududiy darajada) jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) besh ish kunigacha boʻlgan muddatda;
ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida (respublika va tarmoq darajasida) hal etishda esa oʻn ish kunigacha boʻlgan muddatda.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
18. Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini ushbu nizo taraflari (ularning vakillari) ishtirokida koʻrib chiqadi.
Bunda:
respublika darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi yetti nafar arbitr tomonidan;
tarmoq darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi besh nafar arbitr tomonidan;
boshlangʻich va hududiy darajadagi jamoaviy mehnat nizosi uch nafar arbitr tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
19. Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini koʻrib chiqishda hamda ushbu nizoga taalluqli boʻlgan hujjat va maʼlumotlarni tarjima qilishda tarjimon xizmatidan foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
20. Mehnat arbitrajining majlisida bayonnoma yuritiladi, bunda ushbu bayonnoma arbitrlar tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
21. Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosining holatlari tekshirilganidan soʻng, uning mohiyatiga koʻra qaror qabul qiladi.
Bunda, respublika yoki tarmoq yoxud boshlangʻich va hududiy darajadagi jamoaviy mehnat nizosi boʻyicha ushbu nizoni koʻrib chiqayotgan arbitrlarning koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
22. Mehnat arbitraji tomonidan jamoaviy mehnat nizosi boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
taraflar tomonidan jamoaviy mehnat nizosini hal qilish boʻyicha kelishuvga erishganligi toʻgʻrisida;
taraflardan biri jamoaviy mehnat nizosi yuzasidan koʻrib chiqilayotgan talabdan voz kechganligi toʻgʻrisida;
jamoaviy mehnat nizosini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha taraflardan birining foydasiga qaror qabul qilish toʻgʻrisida.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
23. Mehnat arbitrajining qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay jamoaviy mehnat nizosi taraflariga yozma yoki elektron shaklda topshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
24. Mehnat arbitrajining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
jamoaviy mehnat nizosi yuzaga kelgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nomi;
mehnat arbitrajining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qaror qabul qilingan joy va sana;
taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
jamoaviy mehnat nizosining predmeti va uning mazmun-mohiyati;
mehnat arbitrajining qaroriga olib kelgan asoslar (dalillar), shuningdek tegishli qonunchilik hujjatlariga havolalar;
arbitrlarning imzolari.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
25. Mehnat arbitrajining qarori jamoaviy mehnat nizosi taraflari uchun majburiy kuchga ega hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
26. Mehnat arbitrajining qarori bajarilishi ustidan nazorat jamoaviy mehnat nizosining taraflari, shuningdek jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
27. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan jamoaviy mehnat nizolari yuzasidan chiqarilgan qarorlarning yagona elektron reyestri yuritiladi.
Bunda, ushbu reyestrda jamoaviy mehnat nizolari yuzasidan chiqarilgan qarorning raqami va sanasi hamda arbitrning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
5-bob. Yakuniy qoida
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
28. Ushbu Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 10/23/3449/0526-son; 05.08.2025-y., 10/25/3449-1/0692-son)