1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash va navdorligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sertifikatlash va navdorlikni baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda fuqaro va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini bosqichma-bosqich isloh qilib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi, xususan, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirilganligi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni koʻrsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni oʻrtacha ikki barobarga qisqartirilganligi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni jadallashtirish, sifatli davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash, turli toifadagi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini raqamlashtirish jarayonini uygʻunlashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlariga sertifikat olish uchun murojaat qilish hamda murojaatga koʻra davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish, mahsulotni identifikatsiya qilish va namunalarni tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibi;
identifikatsiya qilingan va tanlab olingan namunalarni akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida sinovdan oʻtkazish, sinov bayonnomasi va tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
sinov bayonnomasi va tahlil natijalariga asosan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;
b) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xizmatlaridan foydalangan holda urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha murojaatlarni shakllantirish va yuborish tartibi;
gʻoʻza navlarining namunalarini tanlab olish, urugʻlik chigitini ekishga tayyorlash va ularni ekish tartibi;
gʻoʻza navlarining morfologik belgilari tavsifnomasidan kelib chiqqan holda nav tozaligini baholash natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xizmatlaridan foydalangan holda donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha murojaatlarni shakllantirish va koʻrib chiqish tartibi;
donli ekinlar navlarining namunalarini tanlab olish, urugʻlik chigitini ekishga tayyorlash va ularni ekish tartibi;
donli ekinlar navlarining morfologik belgilari tavsifnomasidan kelib chiqqan holda nav tozaligini baholash natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xizmatlaridan foydalangan holda urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash uchun murojaat qilish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish, mahsulotni identifikatsiya qilish va namunalarni tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibi;
identifikatsiya qilingan va tanlab olingan namunalarni akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida sinovdan oʻtkazish, sinov bayonnomasi va tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
sinov bayonnomasi va tahlil natijalariga asosan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tartibi.
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash va navdorligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatadigan tashkilot va idoralarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) ulanishini taʼminlasin;
YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borishni joriy etsin;
maʼmuriy reglamentlarda belgilangan tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishi boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi YIDXPda davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ikki oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kelishish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi hamda Adliya vazirligiga kiritsin.
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qaroriga 4-ilova bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini ikki oy muddatda qayta koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-dekabr,
712-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
1. Ushbu Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlariga (keyingi oʻrinlarda — mahsulot) muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish yoki uni rad etish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglament talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga muvofiq Hukumatning qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish (gʻoʻza, boshoqli don va kartoshka ekinlari navlarini joylashtirish) boʻyicha qarorlariga asosan ekish uchun tayyorlangan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini sertifikatlashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
mahsulotlarni sertifikatlash (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlash) — qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlash tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
sertifikatlashning milliy tizimi — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashda oʻz tartib va boshqaruv qoidalariga ega boʻlgan tizim;
sertifikatlash organi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini koʻrsatish uchun mahsulotga yoxud koʻrsatilgan xizmatga doir hujjatga qoʻyiladigan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan belgi;
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlash tizimi — ayni bir xil standart va qoidalar qoʻllaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlash tizimi;
sinov bayonnomalari — qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini ekinboplik sifat koʻrsatkichlarini aniqlash markaziy va hududiy laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijasi boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjat.
4. Ariza beruvchining Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yuborgan yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya) sertifikatlashtirish organiga bergan murojaati yoki soʻrovnomasi asosida mahsulotlar Oʻzagroinspeksiya tomonidan sertifikatlashtiriladi.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlarni sertifikatlashning oʻziga xos xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
5. Sertifikatlashda mahsulotni normativ hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishi tasdiqlanadi.
6. Sertifikatlashda muayyan mahsulot uchun mahsulotga normativ hujjatlardan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan mahsulotga normativ hujjatlarga ham amal qilinishi lozim.
7. Mahsulotni sinovdan oʻtkazishda, akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari va boshqa akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan sinov natijalari oʻzaro tan olinadi.
8. Sertifikatlashga haq toʻlash, mahsulotni muvofiqligini baholash ishlari natijalaridan qatʼiy nazar, ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda sertifikatlash ishlari toʻlov oldindan amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni
9. Davlat xizmatlari markazlari, YIDXP va Oʻzagroinspeksiya oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida koʻrsatiladi.
10. Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzagroinspeksiyaga oʻzi kelib murojaat qiladi, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
12. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzagroinspeksiya xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq shakldagi arizani (soʻrovnoma) elektron ravishda toʻldiradi.
Mobil-ID ilova orqali soʻrovnoma toʻldirganda, foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
Ariza beruvchidan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
mahsulot yorligʻidan namuna yoki mahsulot toʻgʻrisida maʼlumot;
mahsulotga ekish oldidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
mahalliy mahsulotlarni sertifikatlashda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining dala vegetatsiya davrida aprobatsiya koʻrigi oʻtkazilganligi haqida dalolatnomaning asli yoki asliga toʻgʻriligini tasdiqlovchi nusxasi;
mahalliy tayyorlangan mahsulotlarni kasalliklar va hasharotlarga qarshi kimyoviy dorilanganligi haqida xulosa;
original urugʻlarga (1-2-yil va urugʻ koʻpaytirish koʻchatzorlari) mansub mahsulotning ariza beruvchi tomonidan yetishtirilganda, nav originatori tomonidan urugʻlikni koʻpaytirish uchun ruxsatnomasi (ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomasi va ekish oldidan urugʻlik xarid qilinganligi haqida faktura nusxasi);
import qilingan mahsulotga tegishli xorijiy fitosanitar sertifikati, muvofiqlik sertifikati, yoʻl-yuk xati (nakladnoy), hisob-faktura (invoys);
mahalliy karantin ruxsatnomasi (IKR) yoki yukni ochib koʻrish dalolatnomalarining (AKD) nusxalari, toʻlov (yigʻim) toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Hujjatlar xorijiy tilda rasmiylashtirilganda, oʻzbek yoki rus tillariga tarjima qilingan va tasdiqlangan matnlar nusxalari ilova qilinadi.
13. Ariza yoki soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani yoki soʻrovnomani oʻz imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
14. Ariza yoki soʻrovnomani imzolash yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (ishonchli vakil, bildaktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
15. Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov (yigʻim) 3-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlov (yigʻim) summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov (yigʻim) amalga oshirilganligi “Yagona billing” tizimi orqali tasdiqlanadi.
16. Toʻlov (yigʻim) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) Oʻzagroinspeksiyaga murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmatning 100 foizi Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
17. Ariza beruvchiga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori, Oʻz DSt 2823:2014 “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari. Navdorlik va ekish sifatlari. Texnikaviy shartlar” davlat standarti, “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari” (2005-yil 18-mart, roʻyxat raqami 1458) hamda boshqa normativ va texnik hujjatlarda nazarda tutilgan quyidagi hollarda asoslangan rad javobi beriladi:
Oʻzagroinspeksiyaning akkreditatsiya doirasida mavjud boʻlmagan mahsulotni sertifikatlash boʻyicha ariza berilganda;
Oʻzagroinspeksiyaning akkreditatsiya guvohnomasi vaqtinchalik toʻxtatilgan, bekor qilingan yoki boshqa sabablarga koʻra ish faoliyati toʻxtatilganda;
mazkur Reglamentning 12-bandida talab etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
mahsulotdan namuna tanlab olish va identifikatsiyalash uchun shart-sharoitlarni ariza beruvchi tomonidan yaratilmaganda;
mahsulotdan namuna tanlab olish va identifikatsiyalash jarayonida ariza beruvchining (vakili) ishtirokini taʼminlanmasligi yoki namunalar tanlab olishda Oʻzagroinspeksiya mutaxassislari shaxsan ishtirok etmagan boʻlsa;
mahsulotning sinov natijalari salbiy boʻlganda;
muvofiqlikni baholash natijalariga koʻra, avval mahsulotning sifati boʻyicha nomuvofiqligi (yaroqsizligi) haqida sinov bayonnomasi yoki tahlil natijasi taqdim etilgan hollarda, shu mahsulotni qayta sertifikatlash yuzasidan ariza berilganda;
arizada ishonchsiz, shubhali, notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
identifikatsiya natijalariga koʻra, sertifikatlashtiriladigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi maʼlum boʻlganda;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun toʻlov (yigʻim) amalga oshirilmaganda;
mahsulot normativ hujjatlar talablari asosida (tozalanmagan, saralanmagan, kalibrlanmagan, dorilanmagan, qadoqlanmagan, maxsus omborda saqlanmaganda) tayyorlanmaganda;
mahsulot normativ hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelmagan hollarda, qadoqlash birliklarining har biriga yorliqlar qoʻyilmaganda va qadoqlash ishlari notoʻgʻri amalga oshirilganda;
mahsulotdan namunalar tanlab olish tartibiga rioya qilinmaganda;
mahsulotda zararkunandalar mavjud boʻlganda yoki ular bilan zararlangan boʻlganda;
mahsulotni omborda saqlash jarayonida namlanishi oqibatida urugʻni unib chiqish, mogʻorlash yoki chirish holatlari yuzaga kelganda yoki urugʻliklar saqlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlanganda;
“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va normativ hujjatlar talablari boʻyicha majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi talab qilinib, mahsulotning nav va duragaylari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilmaganda;
duragay urugʻini ekib, undan qayta duragay yoki navli urugʻlik olinganda;
mahsulotning navi va avlodi boʻlmagan hollarda;
import qilingan mahsulotning sifat va xavfsizlik talablari tasdiqlanmaganda;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ariza beruvchi rad javobini olganidan (mahsulotning sinov natijalari salbiy boʻlgan holat bundan mustasno) keyin aniqlangan kamchiliklarni bir oy mobaynida bartaraf etishi va qayta murojaat qilishi mumkin, aks hollarda qaytadan toʻlov amalga oshirilishi talab etiladi.
18. Oʻzagroinspeksiya davlat xizmatlari koʻrsatishni quyidagi hollarda toʻxtatib turishga haqli:
fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy yoki jinoyat sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan ish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishni vaqtinchalik toʻxtatish haqida sud hujjatlari boʻlganda;
davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxs vafot etganda, yuridik shaxs tugatilganda, faoliyatini toʻxtatganda yoki qayta tashkil etilganda;
xatolarni toʻgʻrilash va zarur hujjatlarni taqdim etish imkoniyati berilganda;
ekspertiza tayinlanganda.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kunida YIDXP orqali yoki arizachining oʻziga yuboriladi. Davlat xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib turish haqidagi xabar protsessual hujjat hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib turish — davlat xizmatlari koʻrsatish muddati oʻtishining oldini olishga asos boʻladi.
19. Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
20. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi yoki soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan toʻlov (yigʻim) summasi qaytarilmaydi.
21. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzagroinspeksiyaga kelib murojaat etganda, uning arizasi yoki soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzagroinspeksiya xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng bir ish kunida avtomatik tarzda Oʻzagroinspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi yoki Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda Oʻzagroinspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
3-bob. Namunalarni tanlab olish va identifikatsiyalash
22. Sertifikatlash uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish ishlari ariza berilganidan ikki ish kunidan kechiktirilmasdan Oʻzagroinspeksiya tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oʻzagroinspeksiya mutaxassislari identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olish jarayonlarini ariza beruvchi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiradi.
23. Sertifikatlanadigan mahsulot namunalarining miqdori, namunani tanlab olish, identifikatsiya qilish va saqlash tartibi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Xorijiy davlatlardan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlash uchun toʻdadan tanlab olinadigan namunalarning soni sinovlarni oʻtkazish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq Oʻzagroinspeksiya tomonidan belgilanadi.
25. Sertifikatlashga taqdim etilgan mahsulotdan namunalarni tanlab olishda identifikatsiya qilish amaliyoti, mahsulotni sertifikatlash qoidalaridan kelib chiqib, ushbu Reglamentning 4 va 4a-ilovalariga muvofiq namunalarni identifikatsiya qilish va namuna tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Agar identifikatsiya natijalariga koʻra, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan namunalar mahsulotga normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq yoki sertifikatlanadigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi maʼlum boʻlsa, namunalar tanlab olinmaydi va ariza beruvchiga asoslangan rad javobi beriladi.
26. Ishlab chiqilgan mahsulotni identifikatsiya qilish va namunalarni tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bir nusxasi ariza beruvchiga beriladi.
Bojxonada saqlanayotgan import mahsulotlarni sertifikatlash uchun namunalarni tanlab olish Oʻzagroinspeksiya tomonidan, bojxona organining mansabdor shaxsi, mahsulot egasi yoki uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
Bunda Oʻzagroinspeksiya vakili tomonidan mahsulotni identifikatsiya qilish va namuna tanlab olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.
4-bob. Sinovlarni oʻtkazish tartibi
27. Ariza beruvchining omboridan yoki ishlab chiqarish korxonalaridan Oʻzagroinspeksiya mutaxassislari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq dalolatnomalarni rasmiylashtirgan holda identifikatsiya qilingan va tanlab olingan namunalar hamda tegishli hujjatlar ikki ish kunida akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasiga taqdim etiladi.
28. Sertifikatlash maqsadida sinovlar akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida oʻtkaziladi.
Bunda mahsulotni sertifikatlash uchun sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati mahsulot turiga hamda normativ hujjatlarga muvofiq oʻtkaziladigan barcha sinov usullarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
29. Sinov natijalariga koʻra, mahsulot muvofiq (yaroqli) deb topilganda unga sinov bayonnomasi yoki nomuvofiq deb topilgan hollarda esa, unga nomuvofiqligi toʻgʻrisida tahlil natijalari rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va normativ hujjatlar talablari boʻyicha majburiy roʻyxatdan oʻtkazish talab qilinganda, mahsulotning nav va duragaylari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilmagan mahsulotlarga sinov bayonnomasi va tahlil natijalari rasmiylashtiriladi.
30. Ariza beruvchi Oʻzagroinspeksiyaga mahsulotni yetishtirish va ishlab chiqarishni tashkil etishda oʻtkazilgan sinov natijalarini yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar toʻgʻrisidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
31. Sinov natijalari salbiy boʻlgan taqdirda, Oʻzagroinspeksiya ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali ariza beruvchiga qonunchilik hujjatlaridagi normalarni koʻrsatgan holda mahsulotning muvofiqlik sertifikatini berishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi.
Agar sinov natijalari orasidagi tafovutlar ruxsat etilgan meʼyordan yuqori boʻlganda yoki normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan boshqa holatlarda, Oʻzagroinspeksiya tomonidan mahsulotning sifat koʻrsatkichlari qayta sinovdan oʻtkaziladi va sinov jarayonlari davomiyligi belgilangan tartibda uzaytiriladi hamda bu haqda ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
32. Agar xorijdan keltirilgan mahsulotning sifat va xavfsizlik talablari tasdiqlanmagan taqdirda, Oʻzagroinspeksiya ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali Davlat bojxona qoʻmitasiga ushbu mahsulotning nomuvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy ravishda xabarnoma yuboradi.
33. Mahsulotni sinovdan oʻtkazish davrida butunlay yoki qisman buzilganligi, shuningdek, sinash davrida hisobdan chiqarilganligi (qaytarib berilganligi) toʻgʻrisidagi dalolatnoma ariza beruvchining (yoki uning vakili) ishtirokida ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq tuziladi.
5-bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tartibi
34. Oʻzagroinspeksiya sinov bayonnomasi va tahlil natijalari hamda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng mahsulotga muvofiqlik sertifikatini beradi yoki berishni rad etadi.
Mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur boʻlgan hujjatlar (mazkur Reglamentning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar) taqdim etilganidan va laboratoriya sinov natijalari (sinov bayonnomasi yoki tahlil natijasi) olinganidan soʻng uch ish kunidan oshmasligi kerak.
35. Mahsulotga muvofiqlik sertifikati davlat tilida yoki xorijiy tillarda rasmiylashtiriladi.
Mahsulotga muvofiqlik sertifikati portal.standart.uz avtomatlashgan axborot tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integratsiya qilingan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
36. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati Oʻzagroinspeksiyaning masʼul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchiga Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) va YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va sertifikatlash natijalari boʻyicha maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
38. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
39. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari hamda Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
40. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
41. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Oʻzagroinspeksiyaga yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Xohishiga koʻra
2. Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi va YIDXP tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovni (yigʻim) amalga oshiradi.
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi, YIDXP
Ariza yoki soʻrovnomani sertifikatlash organiga yuboradi.
Bir ish kunida avtomatik tarzda
3-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, tahlil qiladi va sertifikatlash ishlarini amalga oshirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sertifikatlashtirish organi tomonidan ariza beruvchi manziliga yoki ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi, YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Ikki ish kunida
4-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Ijobiy qaror qabul qilganidan soʻng sertifikatlashni amalga oshirish uchun mahsulot toʻdalaridan namunalarni tanlab olish va identifikatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.
Ikki ish kunida
2. Tanlab olingan va identifikatsiya qilingan hamda rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalariga taqdim etadi.
Ikki ish kunida
5-bosqich
Akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari
1. Normativ hujjatlar asosida mahsulotning turiga va sinov usullariga muvofiq olingan namunalarni belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazadi.
Belgilangan muddatda
2. Sinov bayonnomalari va tahlil natijalarini rasmiylashtirishni amalga oshiradi.
Ikki ish kunida
6-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
Sinov bayonnomalari va tahlil natijalariga asosan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi, muvofiqlik sertifikati bilan birga sinov bayonnomasini yoki tahlil natijalarini ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga elektron shaklda yuboradi.
Uch ish kunida
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Muvofiqlik sertifikati yoki sinov bayonnomasini va tahlil natijalarini ariza beruvchiga yuboradi.
Bir ish kunida avtomatik tarzda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2a-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Urugʻlik piyozni sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 9,0 baravari
2.
Urugʻlik qovoqni sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 7,0 baravari
3.
Urugʻlik qovunni sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 8,0 baravari
4.
Urugʻlik yem-xashak (ozuqa) va osh lavlagini sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 10,0 baravari
5.
Urugʻlik kanopni sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 11,0 baravari
6.
Urugʻlik bulgʻori (shirin) qalampirini sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 10,5 baravari
7.
Urugʻlik bedani sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 11,5 baravari
8.
Urugʻlik tamaki va maxorkani (joʻn tamaki) sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 21,0 baravari
9.
Urugʻlik tarvuzni sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 10,0 baravari
10.
Urugʻlik soyani sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 20,0 baravari
11.
Urugʻlik makkajoʻxorini sertifikatlash bir nazorat birligi uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 8,0 baravari
12.
Boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlashda bir nazorat birligi uchun:
mahsulotga qoʻyilgan standart talablariga asosan nazorat birligi tartibida aniqlanganda
bazaviy hisoblash miqdorining 10,0 baravari
Izoh:
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 60 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (suli, soya, sholi, tritikale, polba, noʻxatning barcha turlari va boshqa boshoqlilar);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 40 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (makkajoʻxori);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 25 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (yeryongʻoq, dukkaklilar, loviya, fasol, qovoqning barcha turlari, katran, nonli qoramagʻiz (yejovnik xlebniy) va boshqa dukkaklilar, diploid va poliploid bir va koʻp urugʻli qand lavlagi);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 20 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (tarvuz, osh va xashaki lavlagi, vika, marjumak, tariq, yasmiq, esparset);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 12,5 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (kalibrlangan qand lavlagi);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 10 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (baqlajon, bamiya, golega, xantal(gorchitsa)ning barcha turlari, donik, qovun, jugara, yeja sbernaya, jitnyak, kobachok, karamning barcha turlari, kassiya, kanopning barcha turlari, klyover lukoviy barcha turlari, koriandr, zigʻir, kostrets, piyoz barcha turlari, mosh, lyupin barcha turlari, beda, lespedetsa dvuxsvetnaya, lisaxvost, marena krasilnaya, merdovnik sharogoloviy, sabzi, ovsyannitsa, bodring, qalampir barcha turlari, petrushka, pojitnik, pirey beskornevichniy, afrika tarigʻi, raps, masxar, sholgʻom barcha turlari, turp, patisson, rijik, joʻxori (sorgo), sudanka, surepitsa, timofeyevka, pomidor, ukrop, china lugavaya, shavel, yazvelnik, salat, raygras);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 5 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (artishok, gaolyan, kunjut, durma, dvuxkistochnix trosnikoviy, levzeya safloravidnaya, lyuffa, ledvenets, leplenashnaya, ogurechnaya trava, molochay, dorivor nagotki, mogar, perella, perko, rastorovsha pyatistaya, reven, sekkurinega polokustarnik, shalfey, shpinat, effedra xvoshevaya, sparja, stalnik polevoy, chumiza, fenxel);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 2 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (bazilik ogurechniy, gorchitsa stalovaya (listvennaya), tamaki, chaber va boshqa barcha ekinlar, qobiqlangan (drajirovkalangan) qand lavlagi);
mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashda nazorat birligi 1 tonnagacha boʻlgan mahsulot turlari (maxorka);
bir va ikki yillik gul urugʻlarining nazorat birligi GOST 24933.0-81 talablari asosida belgilanadi;
sarimsoqpiyoz urugʻlarining nazorat birligi GOST 30106-94 talablari asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash organining IDENTIFIKATSIYALASH DALOLATNOMASI
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4a-ILOVA
_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ga tegishli urugʻlardan ekinboplik
(tashkilot nomi, tuman, viloyat)
sifat koʻrsatkichlarini aniqlash uchun oʻrtacha namunalar tanlab olindi.
(tashkilot, lavozimi, F.I.O. (har birining) — namuna tanlab olish paytida hamda arbitraj tahlil paytida toʻldiriladi)
______________________________________________________ ishtirokida urugʻlar tekshirildi va _____________________da saqlanayotgan partiyadan oʻrtacha namunalar GOST 12036-85 standartiga muvofiq tanlab olindi.
Urugʻlar haqida maʼlumot
Tartib raqami
Ekin turi
Navi
Nav hujjati nomi, raqami va sanasi
Nav tozaligi yoki tipikligi, %
Reproduksiyasi
Hosil yili
Partiya raqami
Partiya miqdori, (tonna)
Kontrol birliklar raqami
Joy (qop) soni
Urugʻ saqlanadigan joy (ombor, vagon va boshqalar raqami)
Urugʻ qayerdan va qachon olingan, vagon raqami
Urugʻlar qanday ishlangan
Urugʻ partiyasi qachon tahlil qilindi, sanasi va oxirgi tahlilning raqami
Ishlov berish qanday kimyoviy preparat bilan oʻtkazilgan
Qaysi tahlil uchun namuna olindi
Urugʻning tayin etilishi
Taqdim etilgan namunalar soni
qopchada
shisha idishda
paketda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
2. Namunalar___________________________________________________ urugʻchilik laboratoriyasiga yuborish uchun yoʻnaltirildi.
Namuna olgan shaxsning imzosi: __________________ komissiya aʼzolarining imzolari: ____________________________________
Kafolat: _______________________________________ shu urugʻlik partiyasini toʻgʻri qarash va saqlash yoʻli bilan ularni boshqa partiyalarga aralashtirmaslikni, ifloslantirmaslikni, unuvchanlik va boshqa ekish
M.Oʻ.
(xoʻjalik, tashkilot nomi)
sifatlarini pasaytirmaslikni hamda tanlab olingan namunalar, arbitraj tahlil uchun olingan namunalar dublikatlarini omon saqlanishini kafolatlaydi.
Saqlashga javobgar shaxsning imzosi ___________________________ M.Oʻ.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Mazkur dalolatnoma “___” “____________” 20____ yildagi namuna tanlab olish dalolatnomasiga muvofiq tanlab olinganligi toʻgʻrisida tuzildi.
Sinov davrida toʻliq ishlatilgan mahsulot:
__________________________
Sinov davrida qisman ishlatilgan mahsulot:
__________________________
Topshirdi:
Oʻzagroinspeksiyaning masʼul xodimi
_____________
_________________
imzo
F.I.O.
Qabul qildi:
Ariza beruvchi
_____________
_________________
imzo
F.I.O.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
1. Ushbu Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) urugʻlik paxta chigiti toʻdasidan tanlab olingan nav namunalarini (keyingi oʻrinlarda — nav namunasi) tuproqda nav tozaligini baholash va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur Reglament talablari “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi asosida urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari nav namunalarini genetik (nav) sifatini tekshirish uchun tatbiq etilmaydi.
2. Davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi. Bunda:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya) tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlari, urugʻlik yetishtiruvchi va elita urugʻchilik xoʻjaliklarda yetishtirilgan navlardan belgilangan tartibda namunalar tanlab olinadi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi, roʻyxatga oladi, dala tajriba maydoniga ekadi, parvarish qiladi, metodik va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazadi, navdorlikni baholash ishlarini amalga oshirilishini hamda baholash xulosalarini ariza beruvchiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
ariza beruvchi nav namunasini tanlab olish va Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydoniga joʻnatish uchun zarur sharoit yaratadi hamda ushbu jarayonda ishtirok etadi.
3. Nav namunasi Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydonida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan va istiqbolli deb hisoblangan gʻoʻza navlarining dorilanib tayyorlangan urugʻlik chigit toʻdalaridan tanlab olingan nav namunalarini dala tajriba maydonida ekib oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Ariza beruvchi tomonidan urugʻlik toʻdasi tozalangan, saralangan va dorilangandan soʻng, nav namunalarining nav tozaligini (navdorligi) baholash uchun 1-mart kunidan kechiktirmagan holda murojaat qiladi.
Oʻzagroinspeksiya navdorlikni baholash ishlari boʻyicha buyurtma berish muddati 1-mart kuniga qadar etib belgilanganligi haqida oʻzining rasmiy veb-saytida yanvar oyining birinchi oʻn kunligida eʼlon beradi.
5. Ariza beruvchi tomonidan nav namunasi 1-mart kuniga qadar taqdim qilinmasa, ariza beruvchining murojaati rad etiladi.
6. Davlat xizmatlari koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Murojaatlarni shakllantirish va koʻrib chiqish
7. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzagroinspeksiyaga oʻzi kelib murojaat qiladi, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzagroinspeksiya xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
9. Ariza beruvchidan nav namunasining birlamchi hujjatlaridan ekilgandagi muvofiqlik sertifikati yoki tahlil natijasi va aprobatsiya dalolatnomasi nusxalari talab qilinadi.
10. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Mobil-ID ilova orqali soʻrovnoma toʻldirganda, foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
11. Soʻrovnomani imzolash yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (bildaktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
12. Urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov (yigʻim) 3-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlov (yigʻim) summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov (yigʻim) amalga oshirilganligi “Yagona billing tizimi” orqali tasdiqlanadi.
13. Toʻlov (yigʻim) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) Oʻzagroinspeksiyaga murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmatning 100 foizi Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Nav namunalarini tanlab olish tartibi
14. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassislari tomonidan urugʻlik toʻdalaridan amaldagi standart talablari asosida ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida nav namunalarini besh ish kunida tanlab olinadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
15. Tanlab olingan har bir nav namunasida tashqi va ichki yorliqlar boʻlishi kerak.
Har bir nav namunalarining yorliqlarida urugʻlik tayyorlovchining nomi, ekin turi, navi, avlodi, urugʻning kelib chiqishi, toʻda raqami, toʻda vazni, aprobatsiya boʻyicha nav tozaligi va namuna vazni kabi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
16. Nav namunalarini tanlab olishda urugʻlik saqlanish sharoitlari tekshiriladi va tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga nav nazorati uchun tanlab olingan urugʻlik chigitning oʻrtacha namuna dalolatnomasi Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassisi tomonidan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bitta asl nusxasi ariza beruvchida yoki uning vakilida qoldiriladi (4-ilova).
Mazkur dalolatnomaning asl nusxasi namuna bilan birgalikda boʻz qopchalarga joylashtirilib, ikki ish kunida dala tajribalarini oʻtkazish maydonchasi (GRUNT nav nazorat) yaʼni, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini tuproqda baholash, obodonlashtirish, bino va yerdan foydalanish boʻlimiga yuboriladi.
Nav namunalarini ekishga tayyorlash
17. Tanlab olingan nav namunalari bir ish kunida roʻyxatga olinadi va ekish roʻyxati (ekish vedomosti) tuziladi.
18. Roʻyxatga olingan nav namunalaridan ekish uchun ishchi namunalari tayyorlanib, maxsus boʻz qopchalarga joylashtiriladi va uch ish kunida maydonchalarning tartib raqami qoʻyiladi.
19. Ekish uchun jamlangan barcha nav namunalari kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan boʻlishi lozim.
Kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilmagan toʻdalardan olingan nav namunalari boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzagroinspeksiya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Nav namunalarini ekish
20. Nav namunalari hudud uchun maqbul boʻlgan muddatda, yaʼni ob-havo, tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda mart va aprel oylarida ekiladi.
21. Nav namunalari dala tajriba maydonida 25 metr uzunlikda ikki qaytariqda ekiladi.
22. Nav namunalari yuqori avlodlar boʻyicha tartib asosida ekiladi.
23. Tajriba dalasida unib chiqmagan xatolar oʻrniga ekish va qayta ekishga ruxsat etilmaydi.
24. Ekinlarni parvarishlash ishlari hududda amalda boʻlgan agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Nav tozaligini baholash natijalarini rasmiylashtirish
25. Nav namunalarida nav tozaligi har yili avgust oyida nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida aniqlanadi.
26. Nav namunalarining tahlil natijalariga koʻra, Oʻzagroinspeksiya tomonidan ijobiy yoki salbiy xulosalar rasmiylashtiriladi.
Baholash natijalari va shu asosda rasmiylashtirilgan xulosalar Oʻzagroinspeksiya tomonidan imzo bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchiga Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) va YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi (5-ilova).
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Davlat xizmatlari markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va nav tozaligini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
28. Davlat xizmatlari markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
29. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmasi hamda Davlat xizmatlari markazi ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha Oʻzagroinspeksiyaning mazkur faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring qilib boradi.
30. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
31. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Oʻzagroinspeksiyaga yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Xohishiga koʻra
2. Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi va YIDXP tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovni (yigʻim) amalga oshiradi.
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi, YIDXP
Ariza yoki soʻrovnomani sertifikatlash organiga yuboradi.
Bir ish kunida avtomatik tarzda
3-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Soʻrovnoma va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqib, davlat xizmatlari koʻrsatish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Bir ish kunida
2. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun urugʻlik toʻdalaridan amaldagi standart talablari asosida ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida nav namunalarini tanlab oladi va dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Besh ish kunida
4-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Tanlab olingan nav namunalarini roʻyxatga oladi va ekish roʻyxatini (ekish vedemosti) tuzadi.
Bir ish kunida
2. Tanlab olingan nav namunalari maxsus boʻz qopchalarga joylashtiriladi, ularga maydonchalarning tartib raqami yozib qoʻyiladi.
Uch ish kunida
5-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Nav namunalari hudud uchun maqbul boʻlgan muddatda, yaʼni ob-havo, tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda nav namunalarining yuqori avlodlari boʻyicha tartibi asosida ekadi.
Har yili mart-aprel oylarida
2. Ekinlarni parvarishlash ishlarini hududda amalda boʻlgan agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar asosida amalga oshiradi.
Har yili mart-aprel oyidan avgust oyigacha
6-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Nav namunalarida nav tozaligini nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida aniqlaydi.
2. Nav namunalarining tahlil natijalariga koʻra ijobiy yoki salbiy xulosani rasmiylashtiradi hamda oʻsimlikning rivojlanish fazasi hamda tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda oʻtkazilgan nav tozaligini baholash natijalarini va shu asosda rasmiylashtirilgan xulosalarni ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga va YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Har yili avgust oyida
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Nav namunalarining tahlil natijalariga muvofiq nav tozaligini baholash natijalarini hamda rasmiylashtirilgan xulosani ariza beruvchiga yuboradi.
Bir ish kunida avtomatik tarzda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Nav namunalarini tanlab olish, dala tajriba maydoniga ekish, parvarish qilish, metodik va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, navdorlikni baholash va xulosa rasmiiylashtirish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport seriyasi va raqami:
3. Manzili:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (ixtiyoriy):
6. Nav namunasining navi, avlodi va soni:
7. Soʻrovnomaga ilova tarzida taqdim etilayotgan nav namunalari hujjatlari:
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomlanishi:
2. STIR:
3. Yuridik manzili:
4. Nav namunasi saqlanayotgan manzil:
5. Shaxsiy hisob raqami:
6. Telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili:
8. Nav namunasining navi, avlodi va soni:
9. Soʻrovnomaga ilova tarzida taqdim etilayotgan nav namunalari hujjatlari:
III. Xizmat turi:
1. Xizmat turi:
Urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
tuman (shahar)
________________
202__ yil “___”__________
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Davlat xizmatlar markaziva YIDXP orqali murojaat qilganda
1.
Urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravari
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
1. Ushbu Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) donli ekinlar urugʻlari toʻdasidan tanlab olingan nav namunalarini (keyingi oʻrinlarda — nav namunasi) tuproqda nav tozaligini baholash va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur Reglament talablari “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi asosida urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari nav namunalarini genetik (nav) sifatini tekshirish uchun tatbiq etilmaydi.
2. Davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi. Bunda:
2. Davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi. Bunda:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya) tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlari, urugʻlik yetishtiruvchi va elita urugʻchilik xoʻjaliklarda yetishtirilgan navlardan belgilangan tartibda namunalar tanlab olinadi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi, roʻyxatga oladi, dala tajriba maydoniga ekadi, parvarish qiladi, metodik va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazadi, navdorlikni baholash ishlarini amalga oshirilishini hamda baholash xulosalarini ariza beruvchiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
ariza beruvchi nav namunasini tanlab olish va Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydoniga joʻnatish uchun zarur sharoit yaratadi hamda ushbu jarayonda ishtirok etadi.
3. Nav namunasi Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydonida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan va istiqbolli deb hisoblangan boshoqli don ekinlari navlarining dorilanib tayyorlangan urugʻlik don toʻdalaridan tanlab olingan nav namunalarini dala tajriba maydonida ekib oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Ariza beruvchi tomonidan urugʻlik toʻdasi tozalangan, saralangan va dorilangandan soʻng, nav namunalarining nav tozaligini (navdorligi) baholash uchun 10-sentabr kunidan kechiktirmagan holda murojaat qiladi.
Oʻzagroinspeksiya navdorlikni baholash ishlari boʻyicha buyurtma berish muddati 10-sentabr kuniga qadar etib belgilanganligi haqida oʻzining rasmiy veb-saytida iyul oyining birinchi oʻn kunligida eʼlon beradi.
5. Ariza beruvchi tomonidan nav namunasi 10-sentabr kuniga qadar taqdim qilinmasa, ariza beruvchining murojaati rad etiladi.
6. Davlat xizmatlari koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Murojaatlarni shakllantirish va koʻrib chiqish
7. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzagroinspeksiyaga oʻzi kelib murojaat qiladi, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzagroinspeksiya xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
9. Ariza beruvchidan nav namunasining birlamchi hujjatlaridan ekilgandagi muvofiqlik sertifikati yoki tahlil natijasi va aprobatsiya dalolatnomasi nusxalari talab qilinadi.
10. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Mobil-ID ilova orqali soʻrovnoma toʻldirganda, foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
11. Soʻrovnomani imzolash yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (bildaktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
12. Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov (yigʻim) 3-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlov (yigʻim) summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov (yigʻim) amalga oshirilganligi “Yagona billing tizimi” orqali tasdiqlanadi.
13. Toʻlov (yigʻim) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) Oʻzagroinspeksiyaga murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmatning 100 foizi Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Nav namunalarini tanlab olish tartibi
14. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassislari tomonidan urugʻlik toʻdalaridan amaldagi standart talablari asosida ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida nav namunalarini besh ish kunida tanlab olinadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
15. Tanlab olingan har bir nav namunasida tashqi va ichki yorliqlar boʻlishi kerak.
Har bir nav namunalarining yorliqlarida urugʻlik tayyorlovchining nomi, ekin turi, navi, avlodi, urugʻning kelib chiqishi, toʻda raqami, toʻda vazni, aprobatsiya boʻyicha nav tozaligi va namuna vazni kabi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
16. Nav namunalarini tanlab olishda urugʻlik saqlanish sharoitlari tekshiriladi va tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga nav nazorati uchun tanlab olingan urugʻlik donning oʻrtacha namuna dalolatnomasi Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassisi tomonidan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bitta asl nusxasi ariza beruvchida yoki uning vakilida qoldiriladi (4-ilova).
Mazkur dalolatnomaning asl nusxasi namuna bilan birgalikda boʻz qopchalarga joylashtirilib, ikki ish kunida dala tajribalarini oʻtkazish maydonchasi (GRUNT nav nazorat) yaʼni, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini tuproqda baholash, obodonlashtirish, bino va yerdan foydalanish boʻlimiga yuboriladi.
Nav namunalarini ekishga tayyorlash
17. Tanlab olingan nav namunalari bir ish kunida roʻyxatga olinadi va ekish roʻyxati (ekish vedomosti) tuziladi.
18. Roʻyxatga olingan nav namunalaridan ekish uchun ishchi namunalari tayyorlanib, maxsus boʻz qopchalarga joylashtiriladi va uch ish kunida maydonchalarning tartib raqami qoʻyiladi.
19. Ekish uchun jamlangan barcha nav namunalari kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan boʻlishi lozim.
Kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilmagan toʻdalardan olingan nav namunalari boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzagroinspeksiya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Nav namunalarini ekish
20. Nav namunalari hudud uchun maqbul boʻlgan muddatda, yaʼni ob-havo, tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda sentabr va oktabr oylarida ekiladi.
21. Nav namunalari 10 m2 yoki 25 m2 dala tajriba maydonida delyanka usulida ekiladi.
22. Nav namunalari yuqori avlodlar boʻyicha tartib asosida ekiladi.
23. Tajriba dalasida unib chiqmagan xatolar oʻrniga ekish va qayta ekishga ruxsat etilmaydi.
24. Ekinlarni parvarishlash ishlari har yili hosil yilining sentabr-oktabr oyidan kelgusi yilning may oyigacha hududlarda amalda boʻlgan agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar asosida oʻtkaziladi.
Nav tozaligini aniqlash va natijalarni rasmiylashtirish
25. Nav tozaligi nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida oʻsimlikning morfologik belgilari shakllangan vaqtda aniqlanadi.
26. Nav namunalarida nav tozaligini aniqlash ekinlarning sut-mum pishish davrida, yaʼni may oyida nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Nav namunalarining tahlil natijalariga koʻra, Oʻzagroinspeksiya tomonidan ijobiy yoki salbiy xulosalar rasmiylashtiriladi.
Baholash natijalari va shu asosda rasmiylashtirilgan xulosalar Oʻzagroinspeksiya tomonidan imzo bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchiga Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) va YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi (5-ilova).
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Davlat xizmatlari markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va nav tozaligini baholash natijalari maʼlumotlarini sir saqlanishini taʼminlaydi.
28. Davlat xizmatlari markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
29. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmasi hamda Davlat xizmatlari markazi ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha Oʻzagroinspeksiyaning mazkur faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring qilib boradi.
30. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
31. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Oʻzagroinspeksiyaga yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Xohishiga koʻra
2. Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi va YIDXP tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovni (yigʻim) amalga oshiradi.
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi, YIDXP
Ariza yoki soʻrovnomani sertifikatlash organiga yuboradi.
Bir ish kunida avtomatik tarzda
3-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Soʻrovnoma va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqib, davlat xizmatlari koʻrsatish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Bir ish kunida
2. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun urugʻlik toʻdalaridan amaldagi standart talablari asosida ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida nav namunalarini tanlab oladi va dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Besh ish kunida
4-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Tanlab olingan nav namunalarini roʻyxatga oladi va ekish roʻyxatini (ekish vedemosti) tuzadi.
Bir ish kunida
2. Tanlab olingan nav namunalari maxsus boʻz qopchalarga joylashtiriladi, ularga maydonchalarning tartib raqami yozib qoʻyiladi.
Uch ish kunida
5-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Nav namunalari hudud uchun maqbul boʻlgan muddatda, yaʼni ob-havo, tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda nav namunalarining yuqori avlodlari boʻyicha tartibi asosida ekadi.
Har yili hosil yilining sentabr-oktabr oylarida
2. Ekinlarni parvarishlash ishlarini hududda amalda boʻlgan agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar asosida amalga oshiradi.
Har yili hosil yilining sentabr-oktabr oyidan kelgusi yilning may oyigacha
6-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Nav namunalarida nav tozaligini nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida aniqlaydi.
2. Nav namunalarining tahlil natijalariga koʻra ijobiy yoki salbiy xulosani rasmiylashtiradi hamda oʻsimlikning rivojlanish fazasi hamda tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda oʻtkazilgan nav tozaligini baholash natijalarini va shu asosda rasmiylashtirilgan xulosalarni ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga va YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Har yili may oyida
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Nav namunalarining tahlil natijalariga muvofiq nav tozaligini baholash natijalarini hamda rasmiylashtirilgan xulosani ariza beruvchiga yuboradi.
Bir ish kunida avtomatik tarzda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Nav namunalarini tanlab olish, dala tajriba maydoniga ekish, parvarish qilish, metodik va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, navdorlikni baholash va xulosa rasmiiylashtirish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport seriyasi va raqami:
3. Manzili:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (ixtiyoriy):
6. Nav namunasining navi, avlodi va soni:
7. Soʻrovnomaga ilova tarzida taqdim etilayotgan nav namunalari hujjatlari:
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomlanishi:
2. STIR:
3. Yuridik manzili:
4. Nav namunasi saqlanayotgan manzil:
5. Shaxsiy hisob raqami:
6. Telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili:
8. Nav namunasining navi, avlodi va soni:
9. Soʻrovnomaga ilova tarzida taqdim etilayotgan nav namunalari hujjatlari:
III. Xizmat turi:
1. Xizmat turi:
Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
tuman (shahar)
________________
202__ yil “___”__________
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Davlat xizmatlar markaziva YIDXP orqali murojaat qilganda
1.
Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
1. Ushbu Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) mahalliy urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlarni va boshqa don ekinlarini qayta ishlashgan mahsulotlarini koʻplab (seriyali) ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan don va don mahsulotlari, ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar (keyingi oʻrinlarda — mahsulot) uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglament talablari gʻalla tayyorlash mavsumida yetishtirilgan don mahsulotlarini davlat xaridi bilan bogʻliq qismiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
mahsulotlarni sertifikatlash (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlash) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlash tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
sertifikatlashning milliy tizimi — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashda oʻz tartib va boshqaruv qoidalariga ega boʻlgan tizim;
sertifikatlash organi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini koʻrsatish uchun mahsulotga yoxud koʻrsatilgan xizmatga doir hujjatga qoʻyiladigan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan belgi;
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlash tizimi — ayni bir xil standartlar va qoidalar qoʻllaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlash tizimi;
sinov bayonnomalari — urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlarni va boshqa don ekinlarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijasi boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjat.
4. Ariza beruvchining Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yuborgan yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya) sertifikatlashtirish organiga bergan murojaati yoki soʻrovnomasi asosida mahsulotlar Oʻzagroinspeksiya tomonidan sertifikatlashtiriladi.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlarni sertifikatlashning oʻziga xos xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
5. Sertifikatlashda mahsulotni normativ hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishi tasdiqlanadi.
6. Sertifikatlashda muayyan mahsulot uchun normativ hujjatlardan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan normativ hujjatlarga ham amal qilinishi mumkin.
7. Mahsulotni sinovdan oʻtkazishda, akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari va boshqa akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan sinov natijalari oʻzaro tan olinadi.
8. Sertifikatlashga haq toʻlash, mahsulotni muvofiqligini baholash ishlari natijalaridan qatʼiy nazar, ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda sertifikatlash ishlari toʻlov oldindan amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
9. Davlat xizmatlari markazi, YIDXP va Oʻzagroinspeksiya oʻrtasidagi axborotlar almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida koʻrsatiladi.
10. Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzagroinspeksiyaga oʻzi kelib murojaat qiladi, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
12. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzagroinspeksiya xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani (soʻrovnoma) elektron ravishda toʻldiradi.
Mobil-ID ilova orqali soʻrovnoma toʻldirganda, foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
Ariza beruvchidan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
ishlab chiqariladigan mahsulotga normativ hujjatlar nusxasi;
mahsulot yorligʻidan namuna yoki mahsulot toʻgʻrisida maʼlumot;
davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida oʻtkazilgan sinovlar natijalarini oʻz ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari nusxalari.
13. Ariza yoki soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani yoki soʻrovnomani oʻz imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
14. Ariza yoki soʻrovnomani imzolash yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (ishonchli vakil, bildaktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
15. Urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov (yigʻim) 3-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlov (yigʻim) summasining 90 foizi undiriladi.
16. Toʻlov (yigʻim) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagronspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) Oʻzagroinspeksiyaga murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmatning 100 foizi Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
17. Ariza beruvchiga don va don mahsulotlariga tegishli texnikaviy shartlar boʻyicha davlat standarti, “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari” (2005-yil 18-mart, roʻyxat raqami 1458) hamda boshqa normativ va texnik hujjatlarda nazarda tutilgan quyidagi hollarda asoslangan rad javobi beriladi:
Oʻzagroinspeksiyaning akkreditatsiya doirasida mavjud boʻlmagan mahsulotni sertifikatlash boʻycha ariza berilganda;
Oʻzagroinspeksiyaning akkreditatsiya guvohnomasi vaqtinchalik toʻxtatilgan, bekor qilingan yoki boshqa sabablarga koʻra ish faoliyati toʻxtatilganda;
mazkur Reglamentning 12-bandida talab etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
mahsulotdan namuna tanlab olish va identifikatsiyalash uchun shart-sharoitlarni ariza beruvchi tomonidan yaratilmaganda;
mahsulotdan namuna tanlab olish va identifikatsiyalash jarayonida ariza beruvchining (vakili) ishtirokini taʼminlanmasligi yoki namunalar tanlab olishda Oʻzagroinspeksiya mutaxassislari shaxsan ishtirok etmagan boʻlsa;
mahsulotning sinov natijalari salbiy boʻlganda;
muvofiqlikni baholash natijalariga koʻra, avval mahsulotning sifati boʻyicha nomuvofiqligi (yaroqsizligi) haqida sinov bayonnomasi yoki tahlil natijasi taqdim etilgan hollarda, shu mahsulotni qayta sertifikatlash yuzasidan ariza berilganda;
arizada ishonchsiz, shubhali, notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
identifikatsiya natijalariga koʻra, sertifikatlashtiriladigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi maʼlum boʻlganda;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun toʻlov (yigʻim) amalga oshirilmaganda;
mahsulot normativ hujjatlar talablari asosida tayyorlanmaganda;
mahsulotdan namunalar tanlab olish tartibiga rioya qilinmaganda;
shartnoma talablari ariza beruvchi tomonidan bajarilmaganda;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ariza beruvchi rad javobini olganidan (mahsulotning sinov natijalari salbiy boʻlgan holat bundan mustasno) keyin aniqlangan kamchiliklarni bir oy mobaynida bartaraf etishi va qayta murojaat qilishi mumkin, aks hollarda qaytadan toʻlov amalga oshirilishi talab etiladi.
18. Oʻzagroinspeksiya davlat xizmatlari koʻrsatishni quyidagi hollarda toʻxtatib turishga haqli:
fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy yoki jinoyat sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan ish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishni vaqtinchalik toʻxtatish haqida sud hujjatlari boʻlganda;
davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxs vafot etganda, yuridik shaxs tugatilganda, faoliyatini toʻxtatganda yoki qayta tashkil etilganda;
xatolarni toʻgʻrilash va zarur hujjatlarni taqdim etish imkoniyati berilganda;
ekspertiza tayinlanganda.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kunida YIDXP orqali yoki arizachining oʻziga yuboriladi. Davlat xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib turish haqidagi xabar protsessual hujjat hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib turish — davlat xizmatlari koʻrsatish muddati oʻtishining oldini olishga asos boʻladi.
19. Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
20. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi yoki soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan toʻlov (yigʻim) summasi qaytarilmaydi.
21. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzagroinspeksiyaga kelib murojaat etganda, uning arizasi yoki soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzagroinspeksiya xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng bir ish kunida avtomatik tarzda Oʻzagroinspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi yoki Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda Oʻzagroinspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
3-bob. Mahsulotning ishlab chiqarish sharoiti va jarayonini baholash, namunalarni tanlab olish va identifikatsiyalash
22. Sertifikatlanadigan mahsulotni ishlab chiqarish sharoiti va jarayonini baholash Oʻzagroinspeksiya tomonidan amalga oshiriladi hamda baholash natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun dalolatnoma tuziladi.
23. Mahsulotning ishlab chiqarish sharoiti va jarayonini baholash namunalar tanlab olingandan keyin 10 ish kunida amalga oshiriladi.
24. Mahsulotning ishlab chiqarish sharoiti va jarayonini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlar mahsulotning muvofiqlik sertifikatida qayd qilinadi.
25. Sertifikatlash uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish ishlari ariza berilganidan ikki ish kunidan kechiktirilmasdan Oʻzagroinspeksiya tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oʻzagroinspeksiya mutaxassislari identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olish jarayonlarini ariza beruvchi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiradi.
26. Sertifikatlanadigan mahsulot namunalarining miqdori, namunani tanlab olish, identifikatsiya qilish va saqlash tartibi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Sertifikatlashga taqdim etilgan mahsulotdan namunalarni tanlab olishda identifikatsiya qilish amaliyoti, mahsulotni sertifikatlash qoidalaridan kelib chiqib, ushbu Reglamentning 4 va 4a-ilovalariga muvofiq namunalarni identifikatsiya qilish va namuna tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Agar identifikatsiya natijalariga koʻra, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan namunalar normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq yoki sertifikatlanadigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi maʼlum boʻlsa, namunalar tanlab olinmaydi va ariza beruvchiga asoslangan rad javobi beriladi.
28. Ishlab chiqarilgan mahsulotni identifikatsiya qilish va namunalarni tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bir nusxasi ariza beruvchiga beriladi.
4-bob. Sinovlarni oʻtkazish tartibi
29. Ariza beruvchining omboridan yoki ishlab chiqarish korxonalaridan Oʻzagroinspeksiya mutaxassislari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq dalolatnomalarni rasmiylashtirgan holda identifikatsiya qilingan va tanlab olingan namunalar hamda tegishli hujjatlar ikki ish kunida akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasiga taqdim etiladi.
30. Sertifikatlash maqsadida sinovlar akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida oʻtkaziladi.
Bunda mahsulotni sertifikatlash uchun sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati mahsulot turiga hamda normativ hujjatlarga muvofiq oʻtkaziladigan barcha sinov usullarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
31. Sinov natijalariga koʻra, mahsulot muvofiq (yaroqli) deb topilganda unga sinov bayonnomasi yoki nomuvofiq deb topilgan hollarda esa, unga nomuvofiqligi toʻgʻrisida xabarnoma rasmiylashtiriladi.
32. Ariza beruvchi Oʻzagroinspeksiyaga mahsulotni yetishtirish va ishlab chiqarishni tashkil etishda oʻtkazilgan sinov natijalarini yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar toʻgʻrisidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
32. Sinov natijalari salbiy boʻlgan taqdirda, Oʻzagroinspeksiya ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali ariza beruvchiga qonunchilik hujjatlaridagi normalarni koʻrsatgan holda mahsulotning muvofiqlik sertifikatini berishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi.
Agar sinov natijalari orasidagi tafovutlar ruxsat etilgan meʼyordan yuqori boʻlganda yoki normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan boshqa holatlarda, Oʻzagroinspeksiya tomonidan mahsulotning sifat koʻrsatkichlari qayta sinovdan oʻtkaziladi va sinov jarayonlari davomiyligi belgilangan tartibda uzaytiriladi hamda bu haqda ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
33. Agar xorijdan keltirilgan mahsulotning sifat va xavfsizlik talablari tasdiqlanmagan taqdirda, Oʻzagroinspeksiya ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali Davlat bojxona qoʻmitasiga ushbu mahsulotning nomuvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy ravishda xabarnoma yuboradi.
34. Mahsulotni sinovdan oʻtkazish davrida butunlay yoki qisman buzilganligi, shuningdek, sinash davrida hisobdan chiqarilganligi (qaytarib berilganligi) toʻgʻrisidagi dalolatnoma ariza beruvchining (yoki uning vakili) ishtirokida ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq tuziladi.
5-bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tartibi
35. Oʻzagroinspeksiya mahsulotning sinov bayonnomasini, ishlab chiqarish sharoitida baholash natijasini hamda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng mahsulotga muvofiqlik sertifikatini beradi yoki berishni rad etadi.
Mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur boʻlgan hujjatlar (mazkur Reglamentning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar) taqdim etilganidan va laboratoriya sinov natijalari (sinov bayonnomasi yoki tahlil natijasi) olinganidan soʻng uch ish kunidan oshmasligi kerak.
36. Mahsulotga muvofiqlik sertifikati davlat tilida yoki xorijiy tillarda rasmiylashtiriladi.
Mahsulotga muvofiqlik sertifikati portal.standart.uz avtomatlashgan axborot tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integratsiya qilingan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
37. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatiga asosan Ariza beruvchi bilan muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Mazkur bitimda sertifikatlashtirilgan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash usuli va Oʻzagroinspeksiya nazoratining shartlari kelishib olingan boʻlishi lozim.
38. Berilgan sertifikat boʻyicha bitim asosida yiliga kamida bir marotaba inspeksiya nazorati amalga oshiriladi.
Inspeksiya nazorat ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqarish sharoitlari va jarayonlarini baholash;
b) tayyor mahsulotlardan namunalarni tanlab olish;
v) mahsulotning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash;
g) sinov natijalari boʻyicha sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish;
d) oʻtkazilgan inspeksiya nazorati yakuni boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtirish;
e) olingan sinov natijalari ijobiy boʻlganda, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini oʻz kuchida qoldirish;
yo) olingan sinov natijalari salbiy boʻlganda, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish.
39. Sertifikatlangan, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot (qadoq, idish va yuk joʻnatuv hujjatlari) ishlab chiqaruvchi tashkilotning masʼulligi ostida muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
40. Berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot oʻz mahsulotlarini realizatsiya qilishi mumkin.
41. Muvofiqlik sertifikati amalda boʻlgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot sertifikatlangan deb hisoblanadi va qayta sertifikatlanmaydi.
Mahsulotning sertifikatlanganligi muvofiqlik belgisi va mahsulot belgisida, uning ishlab chiqarish sanasi qayd etilgan maʼlumot bilan tasdiqlanadi.
42. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati Oʻzagroinspeksiyaning masʼul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchiga Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) va YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
43. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va sertifikatlash natijalari boʻyicha maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
44. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DUK manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
45. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari hamda Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
46. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
47. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 214-moddasi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlangan mahsulotlarni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Oʻzagroinspeksiyaga yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Xohishiga koʻra
2. Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi va YIDXP tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovni (yigʻim) amalga oshiradi.
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Oʻzagroinspeksiya yoki Davlat xizmatlari markazi, YIDXP
Ariza yoki soʻrovnomani sertifikatlash organiga yuboradi.
Bir ish kunida avtomatik tarzda
3-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, tahlil qiladi va sertifikatlash ishlarini amalga oshirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sertifikatlashtirish organi tomonidan ariza beruvchi manziliga yoki ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi, YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Ikki ish kunida
4-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
1. Ijobiy qaror qabul qilganidan soʻng sertifikatlashni amalga oshirish uchun mahsulot toʻdalaridan namunalarni tanlab olish va identifikatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.
Ikki ish kunida
2. Tanlab olingan va identifikatsiya qilingan hamda rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalariga taqdim etadi.
Ikki ish kunida
5-bosqich
Akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari
1. Normativ hujjatlar asosida mahsulotning turiga va sinov usullariga muvofiq olingan namunalarni belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazadi.
Belgilangan muddatda
2. Sinov bayonnomalari va tahlil natijalarini rasmiylashtirishni amalga oshiradi.
Ikki ish kunida
6-bosqich
Oʻzagroinspeksiya
Sinov bayonnomalari va tahlil natijalariga asosan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi, muvofiqlik sertfiikati bilan birga sinov bayonnomasini yoki tahlil natijalarini ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga elektron shaklda yuboradi.
Uch ish kunida
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Muvofiqlik sertifikati yoki sinov bayonnomasini va tahlil natijalarini ariza beruvchiga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
(ilova qilinayotgan hujjatlar nomi va varagʻi koʻrsatiladi)
Ariza beruvchi: ________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Sana: _________________________
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Davlat xizmatlar markazi va YIDXP orqali murojaat qilganda
1.
Urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlarni va boshqa don ekinlarini qayta ishlash jarayonlarini baholash va sertifikatlash
bazaviy hisoblash miqdorining 70,0 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 70,0 baravari
2.
Muvofiqlik belgisidan foydalanish
bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari
3.
Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
bazaviy hisoblash miqdorining 15,5 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 15,5 baravari
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining don va undan qayta ishlangan mahsulotlarni sertifikatlash boʻlimi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-a-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA