1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni koʻllab-kuvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi sohasini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli don ekinlari navlariga ustama haq toʻlash, urugʻlik boshoqli don yetishtirish miqdorini aniqlash, urugʻlik boshoqli don yetishtirish uchun shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini, shuningdek, nav originatorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksionerlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarning majburiyatlarini nazarda tutuvchi Urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
urugʻlik maydonlaridagi qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav tozaligini, zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻt bilan zararlanganligini aniqlash, urugʻlik yetishtirish uchun yaroqli deb topilgan maydonlarda yetishtiriladigan hosil hajmini aniqlash va aprobatsiya dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
urugʻlik donni qabul qilish, uni belgilangan standart talablari asosida tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash, urugʻlik donni omborlarda saqlash va sifatini nazorat qilish hamda ekish uchun fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
urugʻlik paxtani qabul qilish, uni qabul maskanlarida saqlash, paxta tozalash korxonalariga tashish hamda belgilangan standart talablari asosida saqlash va qayta ishlash, urugʻlik chigitni belgilangan talablar asosida saralash, dorilash va qadoqlash, omborlarda saqlash va sifatini nazorat qilish hamda fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga ekish uchun yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urugʻlik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 10-fevralga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini hajmi, sifati, seleksiya navi va avlodlari boʻyicha maʼlumotlarni yuritishda, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga 2-ILOVA
Urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Urugʻlik boshoqli don uchun toʻlanadigan ustamalar xarajati tayyorlangan urugʻlik boshoqli don narxiga kiritiladi.
3. Urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
2-bob. Urugʻlik boshoqli don yetishtirish miqdorini aniqlash tartibi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda kelgusi yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don ekin maydonlarini aniqlaydi.
5. Urugʻlik boshoqli don ekiladigan maydonlar va yetishtiriladigan urugʻlik boshoqli donning prognoz hajmlari va navlar boʻyicha joylashtirish fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining takliflariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan belgilanadi.
3-bob. Urugʻlik boshoqli don yetishtirish uchun shartnomalar tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
6. Urugʻlik boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari original, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik boshoqli don yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun urugʻlik yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — urugʻlik don yetishtiruvchi subyektlar) oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tanlov asosida aniqlanadi.
7. Tanlov asosida aniqlangan urugʻlik don yetishtiruvchi subyektlar bilan don korxonalari, gʻallachilik klasterlari va urugʻchilik klasterlari (keyingi oʻrinlarda — urugʻlik don tayyorlovchi tashkilotlar) oʻrtasida qonunchilik hujjatlariga asosan urugʻlik boshoqli don xarid qilish boʻyicha shartnoma tuziladi va urugʻlik donni qabul qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shartnomada urugʻlik uchun yetishtiriladigan boshoqli donning seleksion navi, avlodi va miqdori hamda boshqa shartlar koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
8. Elita urugʻchilik xoʻjaliklarida yuqori avlodli (original) boshoqli don urugʻliklarini yetishtirish nav originatorlari va Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
9. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilingan urugʻlik don Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standarti (Oʻz DSt 2823:2014 “Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlari navdorlik va ekish sifatlari. texnikaviy shartlar”) talablariga mos boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq original (superelita) boshoqli don urugʻi uchun 130 foiz, elita uchun 80 foiz va I-avlod (R-1) uchun 60 foiz miqdorida ustama hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son)
10. Urugʻlik don uchun navlarga hisoblanadigan ustamalar Markaz va urugʻlik don tayyorlovchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq ular tomonidan kelishilgan hisobot shakllari asosida hisoblanadi va amalga oshiriladi.
11. Urugʻlik boshoqli don uchun toʻlanadigan ustama xarajati tayyorlangan urugʻlik boshoqli don narxiga kiritiladi.
12. Urugʻlik don tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilingan hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tomonidan sertifikatlangan urugʻlik don uchun hisoblangan ustamaning 95 foizi urugʻlik don yetishtiruvchi subyektlarga, 2,1 foizi Markazga va 2,9 foizi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining hisobvaragʻiga toʻlab beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
13. Markazning maxsus hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasiga asosan Markaz, uning hududiy boshqarmalari va elita urugʻchilik xoʻjaliklarini saqlash, ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-sentabrdagi PQ-1621-son qaroriga asosan Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻiga urugʻlik boshoqli donning avlodlari boʻyicha toʻlanadigan ustamadan tushgan 2,9 foiz mablagʻ quyidagi tartibda taqsimlanadi:
30 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining seleksiya va urugʻchilik sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;
50 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining hududiy filiallarining seleksiya va urugʻchilik sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;
10 foizi — boshoqli don ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari urugʻini yetishtiruvchi ilmiy tashkilotlar — nav originatorlari, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlari hamda urugʻlik sifatini taʼminlashda ishtirok etuvchi tashkilotlarni ragʻbatlantirish uchun;
10 foizi — urugʻlik don yetishtiruvchi subyektlarning rahbar va mutaxassislari malakasini oshirish, ularni zarur ilmiy qoʻllanmalari bilan taʼminlash, oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etish xarajatlari uchun.
15. Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻning yillik xarajatlar smetasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan mablagʻlar Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻidan tegishli tashkilotlarga oʻtkazib beriladi.
4-bob. Nav originatorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksionerlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarning majburiyatlari
16. Nav originatorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksionerlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlar:
boshoqli don ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, ertapishar, jahon bozori talablariga javob beradigan, kasallik va zararkunandalarga, shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli navlarini yaratishga va joriy etishga;
boshoqli don ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitiga mos, yangi va istiqbolli navlarining birlamchi urugʻliklarini yetishtirishga hamda koʻpaytirishga;
yangi boshoqli don ekinlari navlari sinovini turli mintaqalarda joylashgan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida yuqori agrotexnika sharoitida olib borishga, navlarni har tomonlama obyektiv baholashga, zararkunandalarga chidamli istiqbolli navlarni ajratib olishga;
yangi boshoqli don ekinlari navlarini keng miqyosda ishlab chiqarishda sinab koʻrishga, ulardan xoʻjalik uchun qimmatli belgi koʻrsatkichlariga ega boʻlganlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritib borishga;
laboratoriyalar tomonidan beriladigan urugʻlik boshoqli donning davlat standart talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xulosalarning haqqoniyligini taʼminlashga masʼuldirlar.
17. Urugʻlik boshoqli don tayyorlovchi tashkilotlarga topshirilgan urugʻlik boshoqli don uchun hisob-kitoblarning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
Urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga 3-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Aprobatsiya qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining genetik jihatidan tozaligi, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligi, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligi hamda ekishga moʻljallangan urugʻlikning umumiy holatini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
3. Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy organlarining, shuningdek tegishli tayyorlov hamda taʼminot tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning qoʻshma qarori bilan tuziladigan tuman aprobatsiya komissiyalari qoʻshma qaroriga asosan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz va kartoshka (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi ekinlari) ekilgan urugʻlik maydonlarida oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
4. Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan oʻtkaziladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda urugʻlik uchun ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarida aprobatsiya oʻtkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish uchun urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinlarning aprobatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy organlarining, shuningdek tegishli tayyorlov hamda taʼminot tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning qoʻshma qarori bilan tuziladigan tuman aprobatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalarida urugʻlik uchun ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish komissiyalari tuziladi. Bunda komissiya tarkibiga manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan kelishilgan holda mutaxassislar jalb qilinadi.
7. Aprobatsiya fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar) urugʻlik yetishtirish uchun ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlarida oʻtkaziladi.
Aprobatsiya urugʻlik yetishtiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarining urugʻlik maydonlarida ham oʻtkaziladi.
8. Aprobatsiya har yili:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
tumanlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari va Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ning hududiy boshqarmalari tomonidan;
urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar boʻyicha — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari va Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida oʻtkaziladi.
Aprobatsiya dalolatnomasi urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning urugʻlik tayyorlovchi subyektlarga topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun haq toʻlashga asos boʻladi.
Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning urugʻlik maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish jarayonida urugʻliklarning ekishdagi avlodini ushbu avlodga qayta baholash yoki avlodini yuqori avlodga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
2-bob. Aprobatsiya oʻtkazuvchi komissiya aʼzolarining vazifalari
9. Aprobatsiya komissiyasi aʼzolari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
a) aprobatsiya oʻtkaziladigan maydonga ekishda sarflangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining birlamchi va ekinboplik hujjatlari (attestati, muvofiqlik sertifikati yoki tahlil natijasi va olingan yuk xati) bilan ekilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini va ushbu hujjatlar boʻyicha ekilgan navning aprobatsiya rejasi bilan mosligini oʻrganadi;
b) aprobatsiya rejasi bilan oʻrganilgan hujjatlar boʻyicha ekish yoki xatosiga ekish uchun foydalanilgan urugʻlikning navi, avlodi yoki navdorlik orasida farq aniqlanganda, ushbu urugʻlik ekilgan maydonni aprobatsiya rejasidan chiqaradi;
v) zarur hollarda, urugʻlik yetishtiruvchi subyekt rahbarining roziligi bilan uning ishchilarini aprobatsiya oʻtkazish ishlariga jalb qilishi mumkin;
g) aprobatsiya qilinayotgan navning original, elita va keyingi avlodlari ekilgan maydonlarda nav tozaligini aniqlaydi;
d) urugʻlik maydonlarni guruhlarga ajratadi, kutilayotgan yalpi hosil hajmini, shundan olinishi kutilayotgan urugʻlik don hamda paxta xom ashyosi va chigit miqdorini aniqlaydi;
e) aprobatsiya oʻtkazishda qatnashayotgan urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning ishchi va xodimlariga har bir urugʻlik maydon uchun tegishli maʼlumotlar yozilgan taxtachalar oʻrnatilishi haqida koʻrsatma beradi;
yo) aprobatsiya natijalarini dala jurnaliga (2, 5-ilovalar) qayd etib boradi;
har bir maydondan olingan maʼlumotlar asosida hudud uchun har bir nav, avlod va navdorlik haqida aprobatsiya dalolatnomasini (3, 6, 7, 8-ilovalar) maʼlumotlar bilan toʻldiradi, imzolaydi hamda tuman boʻyicha umumlashtiradi;
j) urugʻliklarni nav va avlodlar boʻyicha jamgʻarish, hujjatlashtirish va qabul qilish maskaniga topshirishda yuzaga keladigan nizoli holatlarda ishtirok etadi;
z) elita urugʻchilik xoʻjaliklarida xoʻjalik rahbari bilan birgalikda (urugʻliklarni koʻpaytirish koʻchatzorlarida) navlarning navdorligini dala koʻriklari asosida belgilangan tartibda metodik qoʻllanmaga muvofiq oilalar boʻyicha alohida-alohida aniqlaydi;
i) aprobatsiya jarayonida urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarda bitta gʻoʻza navning ikkita avlodi ekilgan holat uchraganda, ekilgan har bir avlodning navdorlik koʻrsatkichlari tegishli avlod talabiga javob bersa ham ustama mablagʻ toʻlanishinida farqlar mavjudligini inobatga olib, eng pastki bitta avlodga rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.
Tuman boʻyicha oʻtkazilgan aprobatsiya maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan dalolatnomani uch nusxada tuzilishi va uning nusxalarini tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga, Markazning hududiy boshqarmalariga hamda urugʻlik tayyorlovchi subyektlarga topshirilishini tashkil qiladi.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tegishli urugʻlik tayyorlovchi subyektlar va inspeksiyaning viloyat boshqarmasi yoki tuman boʻlimining mutaxassislari aprobatsiya toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar asosida aprobatsiya natijalari haqida hisobot tuzadilar va aprobatsiya yakunlangandan soʻng uch kundan kechiktirmay hisobotni viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga, Markazga va urugʻlik tayyorlovchi subyektlarga topshiradi.
3-bob. Urugʻlik gʻoʻza maydonlarini aprobatsiya qilishning umumiy shartlari
10. Aprobatsiya kelgusi yil gʻoʻza ekiladigan maydonlarni genetik sof, sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan urugʻlik chigit bilan taʼminlash maqsadida urugʻlik gʻoʻza maydonlarida har yili avgust oyidan boshlab oʻtkaziladi.
11. Aprobatsiya qilish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari (keyingi oʻrinlarda — elita xoʻjaliklari) hamda tender tanlovidan oʻtgan urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning elita, birinchi, ikkinchi va uchinchi avlodli serhosil gʻoʻza maydonlari tanlab olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti O'z DSt 663:2017 talablari boʻyicha urugʻlik chigitning nav tozaligi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
elita — 100 foiz;
birinchi avlodi — 99 foiz;
ikkinchi avlodi — 98 foiz;
uchinchi avlodi — 96 foiz.
12. Urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish uchun kamhosil, suvdan qolgan, gommoz, vertitsillyoz hamda fuzarioz vilt va boshqa kasalliklar bilan belgilangan meʼyorlardan ortiq darajada zararlangan, shuningdek, nav tozaligi O'z DSt 642 talablariga javob bermaydigan, ikki yoki undan ortiq seleksion nav ekilgan urugʻlik gʻoʻza maydonlari aprobatsiya davrida urugʻlik tayyorlashga yaroqsiz deb topiladi va urugʻlik tayyorlashdan chiqariladi.
13. Aprobatsiya natijalariga koʻra gʻoʻza navining sofligi, kutilayotgan umumiy paxta xom ashyosi hajmi, shu jumladan, urugʻlik paxta xom ashyosi va undan olinadigan urugʻlik chigitning hajmi aniqlanadi. Shuningdek, gʻoʻzaning kasalliklar bilan qay darajada zararlanganligiga qarab urugʻlik uchun ekilgan dala guruhlarga ajratiladi.
14. Rayonlashtirilgan va yangi navlarning birlamchi urugʻlik materiallari yetishtiruvchi elita xoʻjaliklarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan metodik qoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — metodik qoʻllanma) asosida har bir oila boʻyicha alohida-alohida tahlil qilingan holda tanlab olinadi.
15. Quyidagi urugʻlik gʻoʻza maydonlarida aprobatsiya oʻtkaziladi:
a) rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarining elita, birinchi, ikkinchi va uchinchi avlodli urugʻlik chigitga boʻlgan talabni qondirish uchun zarur boʻlgan miqdordagi maydonlarda;
b) yangi navlarning elita va keyingi avlodlari ekilgan maydonlardagi istiqbolli navlarning chigitini koʻpaytirish va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun zarur boʻladigan miqdordagi maydonlarda;
v) gʻoʻza navining elita, birinchi, ikkinchi va uchinchi avlodli urugʻlik chigitini kerakli miqdorda tayyorlash imkoniyati boʻlmay qolgan hollarda, istisno tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining ruxsati bilan rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarining toʻrtinchi avlodi ekilgan maydonlarda;
Urugʻchilik subyektlari tomonidan rejadagi urugʻlik paxta xom ashyosi terib olingunga qadar urugʻlik gʻoʻza maydonlarini defoliatsiya qilish taqiqlanadi.
Aprobatsiya ishlarini tashkil etish tartibi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi aprobatsiya oʻtkazish ishlari boshlangunga qadar quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
a) paxtachilikni rivojlantirish boʻyicha davlat siyosati, paxta tolasiga boʻlgan ichki bozor talabi hamda paxtachilikni istiqbolda rivojlantirishni hisobga olgan holda gʻoʻza navlarini keyingi yilga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritish va ularni navlar boʻyicha joylashtirish rejasini ishlab chiqadi;
b) dastlabki navlarni joylashtirish asosida hudud boʻyicha gʻoʻza aprobatsiyasini oʻtkazish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga hamda Markazning hududiy boshqarmalariga ekilgan gʻoʻza navi, avlodi, maydoni va aprobatsiya oʻtkazish muddatlari boʻyicha maʼlumot beriladi.
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda gʻoʻza aprobatsiyasini oʻtkazish uchun masʼul tashkilotlar, rahbarlar, mutaxassislar hamda nav orginatorlari — seleksioner olimlar roʻyxatini tasdiqlab aprobatsiya ishlariga jalb etadi.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, Markazning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda:
urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar boʻyicha ekilgan gʻoʻza maydoni, navi, avlodi va aprobatsiya oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan holda aprobatsiya oʻtkazish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda gʻoʻza aprobatsiyasini oʻtkazish rejasini paxta tozalash korxonalariga, paxta-toʻqimachilik klasterlariga, urugʻchilik klasterlariga (keyingi oʻrinlarda — urugʻlik tayyorlovchi subyektlar) hamda urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarga yetkazadi.
Gʻoʻzaning navdorligini aniqlash tartibi
18. Aprobatsiyadan oʻtkazuvchi komissiya tomonidan urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarda har bir nav va avlodda konturlar boʻyicha gʻoʻzaning navdorligi (keyingi oʻrinlarda — navdorlik) aniqlanadi.
Aprobatsiya jarayonida navga hosilini aniqlashga toʻsqinlik qiluvchi oʻsish sharoitlarining kuchli taʼsiri oldini olish maqsadida urugʻlik maydonlarda chilpish (chekanka) ishlari oʻsimlikning biologik rivojlanishidan kelib chiqib oʻtkaziladi.
19. Navdorlikni aniqlash uchun dalaning bir xil rivojlangan joyidan bir-biridan kamida 20 m masofa uzoqlikda joylashgan, gʻoʻzalar rivoji bir xil boʻlgan ikki qator tanlab olinadi. Har qaysi qatordan 100 tupdan yaxshi rivojlangan gʻoʻza oʻsimligi koʻrib chiqiladi. Bunda kasallangan hamda ayri shox (razvilka) gʻoʻzalar hisobga olinmaydi.
20. Hisobga olingan oʻsimliklar yaxshilab koʻrib chiqilib, aprobatsiya oʻtkazilayotgan navning tipik, notipik va hosilsiz oʻsimliklar foizi har bir qator boʻyicha alohida tahlil qilinadi. Ikki qatordan olingan natijalarning oʻrtacha arifmetik qiymati aniqlanayotgan dalaning nav tozaligini belgilaydi.
21. Gʻoʻzaning navdorligini, aralashmalar tarkibini va koʻsaksiz (mevasiz) oʻsimliklarni aniqlash quyidagi asosiy morfologik belgilari asosida aniqlanadi:
a) gʻoʻza bargining katta-kichikligi, shakli, rangi, yuzasining tekisligi yoki toʻlqinsimonligi;
b) bosh poyaning shakli, rangi, tuklilik darajasi;
v) hosil shoxining tipi va oʻsimlik tupining shakli;
Ingichka tolali gʻoʻza navlarida yuqorida koʻrsatib oʻtilgan belgilardan tashqari gultojibargining rangi va undagi dogʻlarning boʻlishi ham hisobga olinadi.
22. Navdorlikni aniqlashda gʻoʻzaning oʻsish sharoiti va bu sharoitning aprobatsiya qilinayotgan navning morfologik belgilariga qanday taʼsir koʻrsatganligi hisobga olinishi zarur. Asosiy morfologik belgilari bilan navga berilgan tavsifnomadan keskin farq qiladigan oʻsimliklar, shuningdek, duragay va mevasiz oʻsimliklar navga xos boʻlmagan oʻsimliklar qatoriga kiritiladi.
23. Aniqlangan navdorlik darajasining toʻgʻriligini tekshirib koʻrish uchun ikki joydan belgilab olingan qatordagi oʻsimliklarning navdorlik foizlari bir-biri bilan solishtiriladi.
24. Har bir joʻyakdagi birinchi oʻsimlikka “1” raqami yozilgan, yuzinchi oʻsimlikka esa “100” raqami yozilgan yorliq osib quyiladi.
Asosiy morfologik belgilari nav tavsifnomasiga toʻgʻri kelmagan oʻsimliklar tegishli sanoqdagi tartib raqami yozilgan yorliq bilan belgilanadi va umumiy namunadagi oʻsimlikka nisbatan foiz hisobida ularning umumiy ulushi aniqlanadi.
25. Namunalardagi navdorlikning toʻgʻri aniqlanganligini ikkita kuzatuv oʻrtasidagi farqdan ajratish mumkin.
Bunda har bir namunaning ikkita kuzatuvdagi nav tozaligi orasida yoʻl qoʻyiladigan tafovutlar cheklovi quyidagicha boʻlishi zarur:
nav tozaligi 95 — 100 foiz boʻlganda — 1 foiz;
nav tozaligi 90 — 94 foiz boʻlganda — 2 foiz;
nav tozaligi 90 foizdan past boʻlganda — 4 foiz.
26. Nav tozaligining ikki kuzatuvdagi tafovuti belgilangan cheklovlardan yuqori boʻlganda, uchinchi joʻyak tanlab olinishi va tahlil oʻtkazilishi kerak.
Ikkita yoki uchta kuzatuvning oʻrtacha arifmetik qiymati ushbu daladagi nav tozaligini belgilaydi.
27. Har bir nav va avlod boʻyicha navdorlik koʻrsatkichi yaxlit son holatiga keltiriladi.
Gʻoʻzaning vilt, gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlanganlik darajasini aniqlash tartibi
28. Barcha aprobatsiya qilinayotgan gʻoʻza maydonlarida (kam hosil, chanqatib qoʻyilgan, navdorligi standart talabidan past boʻlgan va urugʻlik tayyorlashga yaroqsiz deb topilgan maydonlardan tashqari) oʻsimliklarning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan zararlanganlik darajasi aniqlanadi.
29. Oʻsimliklarning qaysi organi (yoki qismi) gommoz bilan zararlanganligidan qatʼi nazar umumiy zararlanish hisobida hamda meva elementlarining (koʻsak, gul-meva yonligi, koʻsak bandi) zararlanganligi esa alohida foiz hisobida aniqlanadi.
30. Gʻoʻzaning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan zararlanish darajasi quyidagi usulda aniqlanadi:
a) elita va birinchi avlodli urugʻlik ekilgan gʻoʻza maydonlarining vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan zararlanish darajasi shaxmat usulida namunalar olish yoʻli bilan. Buning uchun bir gektardagi maydondan har birida 10 ta oʻsimlikdan iborat 10 ta namuna olinadi;
b) ikkinchi va undan keyingi avlodlar ekilgan gʻoʻza maydonlarining har bir gektaridan 10 ta oʻsimlikdan iborat bitta namuna olinadi.
31. Gʻoʻzaning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlanish darajasi namunadagi hamma oʻsimliklarda oʻrganish orqali aniqlanadi.
Meva elementlarining gommoz bilan zararlanish darajasi har qaysi namunadagi oxirgi ikki tup oʻsimlikdagi sogʻlom va zararlangan meva elementlarini (koʻsaklar, meva-gul yonligi va meva bandi) sanab chiqish yoʻli bilan aniqlanadi.
Agar fermer xoʻjaligida gʻoʻza bir-biridan alohida ajratilgan bir necha konturda ekilgan boʻlsa, bunday hollarda har qaysi kontur uchun zararlanish darajasi alohida-alohida aniqlanadi.
32. Gʻoʻzaning vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz kasalliklari bilan qay darajada zararlanganligiga qarab aprobatsiya oʻtkaziladigan dalalar ikki guruhga boʻlinadi:
a) birinchi guruhga vertitsellyoz yoki fuzarioz vilt hamda gommoz bilan 5 foizgacha zararlangan gʻoʻza dalalari kiritiladi. Ushbu guruhga fuzarioz vilt va hosil elementlari gommoz bilan zararlangan gʻoʻza dalalari kiritilmaydi;
b) ikkinchi guruhga vertitsellyoz vilt bilan 5 foizdan 15 foizgacha, fuzarioz vilt bilan 3 foizgacha, gommoz bilan 5 — 10 foizgacha va meva elementlari 1 foizgacha zararlangan gʻoʻza dalalari kiritiladi.
Kutilayotgan hosildorlikni bashorat qilish tartibi
33. Urugʻlik maydonlarda kutilayotgan hosildorlik aprobatsiya jarayonida namunalardan soʻnggi ikki oʻsimlikdagi koʻsaklar sonining har bir maydon uchun alohida-alohida oʻrtacha arifmetik koʻrsatkichi olinib, uni ikkiga boʻlish orqali bir tup oʻsimlikdagi koʻsaklar soni aniqlanadi.
Har bir maydondagi bir tup oʻsimlikdan kutilayotgan paxta ushbu maydondagi koʻchat soniga koʻpaytirilib bir gektardan kutilayotgan yalpi hosildorlik aniqlanadi.
34. Urugʻlik gʻoʻza maydonlarida koʻchat qalinligi gʻoʻza aprobatsiyasi bilan bir vaqtda aniqlanishi uchun aprobatsiya namunalari olinganda elita va birinchi avlodli maydonlardan har 10 ta namunada ikkita va keyingi avlodli maydonlardan har namuna olingan joydan bittadan, qator orasi 60 sm boʻlgan maydondan 16,6 metrdagi, qator orasi 76 sm boʻlgan maydondan 13,1 metrdagi, qator orasi 90 sm boʻlgan maydondan 11,1 metrdagi koʻchatlar sanaladi va maydondagi oʻrtacha koʻchat qalinligi sanalgan koʻchatlar arifmetik raqamini 1 000 soniga koʻpaytirilib aniqlanadi. Masalan, oʻrtacha 80 tup x 1 000 = 80 000 tup.
Aprobatsiya jarayonida prognoz qilingan yalpi hosilning 40 — 45 foizi urugʻlik paxta xom ashyosini tashkil etadi.
Misol uchun: An-Bayavut-2 navining birinchi avlodi ekilgan 8 gektar maydondan olingan 80 dona namunadagi 2 ta oʻsimlikdagi oʻrtacha koʻsaklar soni 22 donani, koʻchat qalinligi esa 80 ming tupni tashkil etgan holda bir tupdagi koʻsak soni 22 : 2 = 11 dona, koʻsakning oʻrtacha vazni 4,0 gramm boʻlganda bir tupdagi hosil miqdori 11,0 x 4,0 = 44,0 grammni tashkil etadi.
Bir gektardagi yalpi hosilni aniqlash uchun koʻchat qalinligi bir tupdan kutilayotgan hosilga koʻpaytiriladi.
80 000 x 44 gramm = 3 520 000 gramm yoki 3 520 kg, yoki 35,2 sentner.
Urugʻlik paxta hajmini aniqlash uchun kutilayotgan yalpi hosilning 40 — 45 foizi olinadi.
Masalan:
35,2 s/ga x 40:100 = 14,0 s/ga
35,2 s/ga x 45:100 = 15,8 s/ga.
Navdorlikni aniqlash bilan bir paytda zararkunandalar bilan zararlanish darajasini aniqlash uchun bir-biridan kamida 20 m masofada joylashgan ikki qator tanlab olinadi. Har qaysi qatordan 100 tup oʻsimlik sanab chiqiladi va ayri shox (razvilka) oʻsimliklar soni foiz hisobida aniqlanib, bashorat qilingan umumiy hosildorlik koʻrsatkichidan ayri shox oʻsimliklar miqdori ayrilgan holda urugʻlik paxta hosili bashorat qilinadi.
Aprobatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi
35. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tegishli urugʻlik tayyorlovchi subyektlar va Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi yoki tuman boʻlimi mutaxassislari dala aprobatsiyasi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar asosida aprobatsiya natijalari haqida hisobot tuzadi va aprobatsiya yakunlangandan soʻng uch kundan kechiktirmay hisobotni viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga, Markazga va urugʻlik tayyorlovchi subyektlarga topshiradi.
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, Agroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari mutaxassislari Markazning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda:
a) gʻoʻza aprobatsiyasi natijalariga koʻra urugʻlik chigit tayyorlashning dastlabki rejasiga muvofiq ravishda urugʻlik tayyorlovchi subyektlar boʻyicha urugʻlik paxta va chigit tayyorlash rejasini gʻoʻza navi va avlodlari boʻyicha tayyorlaydi;
b) gʻoʻza aprobatsiyasi natijalari toʻgʻrisida belgilangan shaklda (4-ilova) hisobot tayyorlaydi va bu hisobotni Markazga yuboradi.
37. Markaz urugʻlik paxta xom ashyosi va urugʻlik chigit tayyorlash rejasini aniqlaydi hamda har yili 1-sentabrdan kechiktirmay ushbu rejani gʻoʻza navi hamda avlodlari boʻyicha belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga va Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga yetkazadi.
Ushbu reja asosida ular har bir tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga, urugʻlik tayyorlovchi subyektlarga va paxta qabul maskanlariga urugʻlik paxta tayyorlash rejasini yetkazadi.
38. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari aprobatsiya oʻtkazuvchi komissiya bilan birgalikda aniqlangan urugʻlik paxta tayyorlash rejasini urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarga yetkazadi.
Urugʻlik paxta xom ashyosini terib olish va paxta qabul qilish maskanlariga topshirish tartibi
39. Elita va avlodli urugʻlik paxta xom ashyosi qoʻlda teriladi. Bunda:
a) urugʻlik paxta xom ashyosi qoʻlda bir marta teriladi, birinchi terimni har bir tup gʻoʻzada oʻrta hisobda 8 — 10 ta yetilgan koʻsak toʻliq pishib ochilganda boshlash kerak. Pishib yetilmagan va toʻliq ochilmagan koʻsaklardagi urugʻlik paxtani terish man etiladi;
b) vertitsillyoz vilt yoki fuzarioz vilt hamda gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlanmagan oʻsimliklarda pishib yetilgan, sogʻlom koʻsaklarda toʻliq ochilgan paxta urugʻlik gʻoʻza maydonlarining dala guruhlari boʻyicha alohida terib olinadi va paxta qabul qilish maskanlariga urugʻlik paxta xom ashyosi sifatida topshiriladi;
v) urugʻlik paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishga kirishishdan oldin vertitsillyoz vilt yoki fuzarioz vilt hamda gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlangan oʻsimliklar hosili albatta alohida yigʻib-terib olinishi hamda paxta qabul qilish maskaniga texnik paxta sifatida topshirilishi shart;
g) urugʻlik paxtaning namligi davlat standarti talablaridan ortiq boʻlsa, oftobda quritgan holda belgilangan miqdordagi namlik bilan paxta qabul qilish maskaniga topshirilishi kerak;
d) yuqori sifatli urugʻlik tayyorlash uchun urugʻlik paxta xom ashyosi imkoni qadar erta muddatda, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 10-oktabrdan kechiktirmay, qolgan barcha viloyatlarda 1-oktabrgacha yigʻib-terib olinishi va paxta qabul qilish maskaniga topshirilishi zarur;
e) urugʻlik paxta xom ashyosini terish va tayyorlash muddatlari har qaysi hudud va urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar boʻyicha tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan belgilanadi.
4-bob. Urugʻlikka ekilgan boshoqli don maydonlarini aprobatsiya qilish tartibi
40. Urugʻlikka ekilgan boshoqli don maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish, oʻsimlik sut, mum pishish va pishish fazalarida oʻtkaziladi.
41. Boshoqli don ekinlarining urugʻligini yetishtiruvchi subyektlarning har bir konturidan aprobatsiya komissiyasi tomonidan bogʻlam (namuna) olinib, tahlil oʻtkaziladi va tahlil natijalariga koʻra tegishli aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Boshoqli don ekinlarining urugʻligini yetishtiruvchi har bir subyektning urugʻlik maydonidan diagonaliga yurilib, har bir nuqtadan 10 tadan kam boʻlmagan poyalar olinadi. Bunda umumiy poyalar soni 1 500 donadan kam boʻlmagan bogʻlam tayyorlanadi.
42. Boshoqli don ekinlarining urugʻligini koʻpaytirish koʻchatzori, orginal va elita urugʻlik maydonlari aprobatsiya qilinayotganda urugʻlik maydonlarning har ikki diagonalidan bittadan ikkita bogʻlam olinadi va alohida tahlil qilinadi.
Boshoqli don ekinlarining keyingi avlodli urugʻlik maydonlarida katta diagonaldan bitta bogʻlam olinadi va tahlil qilinadi.
43. Bogʻlamlarning har biriga namuna olingan urugʻlik maydonning oʻzida ikkitadan yorliq yozib bogʻlanadi. Yorliqlarning biri bogʻlamning ichki tomoniga va ikkinchisi esa bogʻlamning tashqi tomoniga bogʻlab qoʻyiladi hamda ushbu bogʻlam ikki kun ichida toʻliq tahlil qilinadi.
44. Bogʻlamlardagi yorliqqa urugʻlik yetishtiruvchi subyekt nomi, kontur raqami, rahbarning familiyasi, ekin maydoni, ekin turi, avlodi, oʻtmishdosh ekin, begona oʻt bilan ifloslanish darajasi, maydonning oʻrtacha hosildorligi, namuna olingan sana, nav tozaligi, aprobatsiya dalolatnomasining raqami, sanasi yoziladi va imzo qoʻyiladi.
Tahlil natijalariga asosan kuzgi va bahorgi bugʻdoy, arpa, suli hamda tritikale ekinlarining urugʻlik maydonlaridan olingan namunalar quyidagi fraksiyalarga ajratiladi:
1-fraksiya — aprobatsiya qilinayotgan navning yaxshi rivojlangan sogʻlom poyalari;
2-fraksiya — aprobatsiya qilinayotgan navga aralashgan boshqa nav va tur poyalari;
3-fraksiya — ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimlik poyalari (kuzgi bugʻdoyda javdar, arpa, bahorgi bugʻdoyda arpa, arpada bugʻdoy, suli, sulida arpa);
4-fraksiya — ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlarning poyalari (bugʻdoyda moxobel, tatar marjumagi, mishatnik, tuxmak, sineglazka, arpa va sulida qorakoʻza, qilsimon suli, arpada tuxmak, yovvoyi turp, tariqda koʻk it-qoʻnoq, gʻumay);
5-fraksiya — begona oʻtlarning poyalari (kakra, ambroziya va zarpechakning barcha turlari, yovvoyi kungaboqar, burgan);
6-fraksiya — eng xavfli begona oʻtlarning poyalari (gʻumay, tuxmak, piyozoʻt, pechak, bugʻdoyiq, boʻztikan, baqajoʻxori, qorakoʻzalar);
7-fraksiya — zaharli begona oʻtlarning poyalari (kampirchopon va tuyaqorin);
8-fraksiya — asosiy ekinning kasallangan va zararlangan poyalari (chang qorakuya, qattiq qorakuya);
9-fraksiya — asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari.
45. Boshoqli don ekinlarining namuna uchun olingan har bir bogʻlamida boshqa navlar va ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimliklarning aralashmasi 3 foizdan, ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlarning aralashmasi 2 foizdan yuqori boʻlmasligi kerak.
46. Agar boshoqli don ekinlaridan namuna uchun olingan bogʻlamlarda karantindagi xavfli zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona oʻtlar aniqlansa, bunday urugʻlik maydonlarida yetishtirilgan urugʻliklardan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
47. Boshoqli don ekinlarining navdorlik koʻrsatkichi asosiy navning mahsuldor poyalar sonining (1-fraksiya) aprobatsiya qilinayotgan bogʻlamdagi umumiy rivojlangan poyalar soniga (1 va 2-fraksiyalar yigʻindisiga) nisbati boʻyicha aniqlanadi.
48. Boshoqli don ekinlari maydonlarining qorakuya bilan zararlanish darajasi qorakuyaning har bir turi boʻyicha alohida kasallangan poyalar sonining (3-fraksiya) umumiy rivojlangan hamda zararlangan barcha poyalar soniga (1, 2 va 3-fraksiyalar yigʻindisiga) nisbati boʻyicha aniqlanadi.
49. Boshoqli don ekinlari maydonlarining ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar bilan ifloslanish darajasi begona oʻtlar poyalari (4-fraksiya) sonining umumiy rivojlangan poyalar soni hamda ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar poyalari soniga (1, 2 va 4-fraksiyalar yigʻindisiga) nisbati boʻyicha aniqlanadi.
Boshoqli don ekinlari maydonlarining ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimliklar bilan ifloslanish darajasi ham shunday tartibda aniqlanadi.
50. 6, 7, 8 va 9-fraksiyalardagi poyalar soni dona hisobida yozib qoʻyiladi.
51. Aprobatsiya natijalari asosida boshoqli don ekinlarining har bir urugʻlik maydoni uchun alohida aprobatsiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
52. Boshoqli don ekinlarining original va elita urugʻlik maydonlari uchun ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
53. Boshoqli don ekinlarining birinchi va keyingi avlodlari ekilgan urugʻlik maydonlari uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
54. Boshoqli don ekinlarining urugʻlik maydonlari aprobatsiya natijalariga koʻra urugʻlik uchun “yaroqsiz” deb topilganda ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
55. Aprobatsiya dalolatnomalari toʻrt nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi urugʻlik yetishtiruvchi subyektga, ikkinchi nusxasi Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga, uchinchi nusxasi tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga, toʻrtinchi nusxasi urugʻlik tayyorlovchi subyektga beriladi.
56. Agar aprobatsiya natijasiga koʻra boshoqli don ekinlarining original va elita urugʻlik maydonlari navdorligi yoki boshqa koʻrsatkichlari nav tavsifnomasidagi koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmasa, navdorlik koʻrsatkichlari muvofiq keladigan keyingi avlod sifatida baholanadi. Agar navdorlik koʻrsatkichlari 1-jadvalda koʻrsatilgan koʻrsatkichlardan ham past boʻlsa, ekin maydoni urugʻlik uchun “yaroqsiz” deb topiladi.
57. Bugʻdoy, arpa va suli ekinlarining urugʻlik maydonlarda nav tozaligi 99,7 foiz, chang qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,3 foiz va qattiq qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,1 foizdan yuqori boʻlmasligi lozim.
Aprobatsiya bogʻlamini tahlil qilish tartibi
58. Aprobatsiya bogʻlami quyidagicha tahlil qilinadi.
Misol uchun “Krasnodarskaya-99” yumshoq bugʻdoy navidan olingan aprobatsiya bogʻlami tahlil qilinganda quyidagilar aniqlangan:
navning asosiy poyalari soni — 1 070 dona;
boshqa tur va navga mansub poyalari soni — 29 ta, jumladan, Eritrospermum — 5 ta, Ferrugineum — 6 ta, Grekum — 9 ta, qattiq bugʻdoy — 9 ta;
qorakuya bilan kasallangan poyalar soni — 12 ta, jumladan, chang qorakuya — 4 ta, qattiq qorakuya — 8 ta;
ajratib olinishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimliklar poyalari soni — 8 ta, jumladan, arpa poyalari — 8 ta;
ajratib olinishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar soni — 3 ta;
bugʻdoyning rivojlanmagan poyalari soni — 40 ta;
Ushbu maʼlumotlar asosida urugʻlik ekin maydoni aniqlanadi.
Nav tozaligi quyidagicha aniqlanadi:
Izoh. 1 070 — navning asosiy poyalari soni, 100 — foiz, 29 — boshqa tur va navlarga mansub poyalar soni.
Bugʻdoy navining ajratib olinishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimliklar bilan ifloslanish darajasi quyidagicha aniqlanadi:
Izoh. 8 — madaniy oʻsimliklar poyasi soni, 100 — foiz, 1 070 — navning asosiy poyalari soni, 29 — boshqa tur va navlarga mansub poyalar soni, 8 — ajratib olinishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimliklar poyalari soni.
Boshoqli don ekinlarining urugʻlik maydonlarining chang qorakuya bilan zararlanish darajasi quyidagicha aniqlanadi:
Izoh. 4 — qorakuya bilan zararlangan poyalar soni, 100 — foiz, 1 070 — navning asosiy poyalari soni, 29 — boshqa tur va navlarga mansub poyalar soni.
Boshoqli don ekinlari urugʻlik maydonlarining qattiq qorakuya bilan zararlanish darajasi ham xuddi shunday aniqlanadi.
Aprobatsiya natijalari asosida har bir maydon uchun alohida aprobatsiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Boshoqli don ekinlarining original va elita urugʻlik maydonlari uchun mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Boshoqli don ekinlarining birinchi va keyingi avlod urugʻligi ekilgan maydonlar uchun mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Boshoqli don ekinlari maydonlari aprobatsiya natijalariga asosan urugʻlik uchun “yaroqsiz” deb topilganda, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Agar aprobatsiya tahlili natijasiga koʻra original va elita urugʻlik maydonlarining navdorligi 1-jadvalda belgilangan navdorlik koʻrsatkichidan past boʻlsa, mos ravishda keyingi avlod sifatida baholanadi.
59. Boshoqli don ekinlarining nav tozaligi meʼyorlari
1-jadval
Ekin turi
Nav tozaligi, foizda
Original
Elita
RY
RYt
Yumshoq bugʻdoy, suli, arpa
99,7
99,7
98,0
95,0
Qattiq bugʻdoy
99,7
99,7
98,0
95,0
Sholi
99,8
99,5
98,0
97,0
Tritikale
99,5
99,2
98,0
95,0
Tariq
99,8
99,8
99,5
98,0
Loviya, mosh, noʻxat
99,8
99,8
98,0
95,0
60. Boshoqli don ekinlari urugʻligini yetishtiruvchi xoʻjaliklar boʻyicha aprobatsiya dalolatnomalarining raqamlari tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadi.
61. Chang va qattiq qorakuya bilan zararlangan original va elita urugʻlik maydonlaridan urugʻlik tayyorlash qatʼiyan taqiqlanadi.
62. Boshoqli don ekinlari urugʻligi maydonlari quyidagi hollarda urugʻlik uchun yaroqsiz deb topiladi:
nav tozaligi 95 foizdan past boʻlganda;
chang qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,3 foiz va qattiq qorakuya bilan zararlanish darajasi 0,1 foizdan yuqori boʻlganda;
ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar poyalari bilan ifloslanish darajasi 2 foizdan yuqori boʻlganda;
ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimlik turlari bilan ifloslanish darajasi 3 foizdan yuqori boʻlganda.
5-bob. Urugʻlikka ekilgan sabzavot, kartoshka va poliz maydonlarini aprobatsiya qilish tartibi
63. Urugʻlik uchun ekilgan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarining navdorlik belgilarini aniqlash dala aprobatsiyasi usulida olib boriladi.
Bunda ikki yillik ekinlar va rediskaning navdorligini baholash uchun qoʻshimcha ravishda navdorlik koʻrsatkichi tekshiriladi.
64. Markaz hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik maydonlariga baho berish rejasi, aprobatsiyani oʻtkazish, navdorlikni tekshirish muddatlari va aprobatorlarning roʻyxatlari tasdiqlash uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi.
65. Aprobatsiyani oʻtkazish Markaz hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga yuklanadi.
66. Elita urugʻlik maydonlarida aprobatsiya va ekinlarni gullashdan oldingi kuzatuv ishlari elita urugʻlarini yetishtirishga masʼul boʻlgan mutaxassis bilan birga joylarda tashkil etilgan aprobatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
67. Urugʻlik ekin maydonlarida aprobatsiya va gullashdan oldingi kuzatuv ishlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus oʻquv kurslarini tamomlagan agronomlar tomonidan oʻtkaziladi.
Nav originatorlariga hamda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida maʼlum ekin turi boʻyicha mutaxassis boʻlgan xodimlarga aprobatsiya oʻtkazish huquqi beriladi.
Aprobatsiya kurslarini oʻtkazish va maxsus qoʻllanma bilan taʼminlash Markaz hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Aprobatsiya komissiyasi ekinlarni baholashga kirishishi bilan barcha ekinlarda belgilangan muddatda aprobatsiya va kuzatuv ishlarini olib borish uchun oʻzining yoʻnalishlar boʻyicha kalendar ish rejasini tuzadi.
Yoʻnalishlar boʻyicha kalendar ish rejasining bir nusxasi bosh aprobatorga, ikkinchi nusxasi Markazga hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga taqdim etiladi.
68. Aprobatsiya va kuzatuv ishlari agronom aprobator tomonidan urugʻlik yetishtiruvchi subyektning urugʻchilik uchun masʼul boʻlgan xodimi ishtirokida olib boriladi.
Urugʻlik yetishtiruvchi subyekt agronom aprobatorga urugʻchilikka tegishli zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etadi.
Markaz hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari agronom aprobatorlarni aprobatsiya, navlarni tekshirish, nav tanlash (kuzgi, bahorgi) va urugʻchilikka tegishli boshqa dalolatnomalar hamda bosma ish qogʻozi (blankasi) bilan taʼminlaydi.
Aprobatsiya va navlarni tekshirish boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar urugʻlik yetishtiruvchi subyektning urugʻchilik uchun masʼul boʻlgan xodimi va aprobatsiya komissiyasi tomonidan imzolanadi.
69. Ushbu Nizomga koʻra agronom aprobator urugʻlik maydonlarda nav tekshirish ishlarini oʻtkazishga hamda natijalari toʻgʻrisida 3 nusxada dalolatnoma tuzishga masʼul hisoblanadi.
Dalolatnomaning ikki nusxasi urugʻlik yetishtiruvchi subyektda, uchinchi nusxasi Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarida saqlanadi.
70. Agronom aprobator urugʻlik yetishtiruvchi subyektga urugʻlik olinadigan oʻsimlik va meva namunalarining, qishda saqlanadigan va bahorda ekiladigan ildizmeva namunalarining har bir naviga xos boʻlgan nusxalarini koʻrsatadi.
Shu bilan birga, agronom aprobator urugʻlik yetishtiruvchi subyektning urugʻchilikka masʼul boʻlgan xodimiga urugʻchilik hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va qoidalari boʻyicha tushuntirish beradi.
Agronom aprobator tomonidan koʻrsatilgan aprobatsiya va nav tekshirish dalolatnomalaridagi koʻrsatmalar urugʻlik yetishtiruvchi subyekt tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
71. Agar urugʻlik yetishtiruvchi subyektning aprobatsiya oʻtkaziladigan urugʻlik maydonlari bir necha paykallarda joylashgan boʻlib, bir xil kategoriyali urugʻliklar ekilgan boʻlsa, olingan namunalarning navdorlik foizi umumlashtirib oʻrtacha foiz olinadi. Masalan:
birinchi uchastka — maydoni 5 gektar, navdorligi 98 % x 5 = 490;
ikkinchi uchastka — maydoni 3 gektar, navdorligi 97 % x 3 = 291;
uchinchi uchastka — maydoni 2 gektar, navdorligi 99 % x 2 = 198.
Umumiy chiqqan son (979) umumiy maydonga boʻlinib (980:10), urugʻlik uchun ekilgan ekin navining navdorlik koʻrsatkichi (97,8 %) aniqlanadi.
72. Agar aprobator urugʻlik yetishtiruvchi subyektning urugʻlik ekin maydonlarida urugʻchilik qoidalari buzilganligini aniqlasa, uni bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatma beradi va bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga xabar beradi.
73. Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning urugʻlik maydonlarida karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar aniqlansa, ularni mexanik va kimyoviy vositalar yordamida bartaraf etish ishlari amalga oshiriladi. Aprobatsiya vaqtida karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar mavjud boʻlgan urugʻlik maydonlari dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilib, aprobatsiya dalolatnomalariga tikib qoʻyiladi.
74. Agronom aprobator barcha urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar boʻyicha urugʻlik ekin maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish davridagi yozma maʼlumotlarni xronologik tartib bilan olib boradi hamda dalolatnomalar berish muddatini belgilab qoʻyadi.
75. Agroinspeksiya xodimi agronom aprobator olib borgan ishlarni joylarda har bir ekin navi va turi boʻyicha tanlab aprobatsiya dalolatnomalarini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni tuzatadi va hujjatlarni tasdiqlaydi.
Agar agronom aprobator urugʻlik ekin maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish paytida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, tuzilgan dalolatnomalar yaroqsizga chiqarilishi va u aprobatsiya oʻtkazishdan chetlatilishi hamda takroriy aprobatsiya oʻtkazish vazifasi boshqa aprobatorga yuklatilishi mumkin.
Agroinspeksiya xodimi bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga xabar berishi zarur.
76. Tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan tuzilgan aprobatsiya dalolatnomalari umumlashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tashkil qilingan hududiy aprobatsiya komissiyalariga topshiriladi.
77. Markaz hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari bosh aprobatorlar bilan birgalikda aprobatsiya boʻyicha yakuniy hisobotni tayyorlaydi.
Navni tozalash va urugʻlik tanlash tartibi
78. Navni begona nav aralashmasidan va zararlangan oʻsimliklardan tozalash ishlari bir yillik, ikki yillik va koʻp yillik urugʻlik ekinlarning butun oʻsuv davrida (aprobatsiyaga qadar va aprobatsiyadan keyin ham) olib boriladi.
79. Bir yillik sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarida nav tanlash ishlari aprobatsiyadan soʻng meva va oʻsimliklarni yigʻish, qayta ishlash va urugʻlarni yanchish paytida oʻtkaziladi. Ikki yillik ekinlarda nav tanlash ishlari aprobatsiyadan soʻng yigʻish va qishga saqlashga qoʻyish, rediska uchun ildizmevalarni koʻchirib ekish paytida amalga oshiriladi.
80. Kelgusida navlarning navdorlik xususiyatlarini yaxshilab borish maqsadida bahorgi ekishdan avval kasallik va sovuqdan zararlangan ikki yillik ekinlarning yaroqsizlarini ajratib tashlash uchun bahorgi tanlash ishlari oʻtkaziladi.
81. Barcha ekin navlarida tozalash ishlarini olib borish (aprobatsiyadan ilgari yoki keyin) va onalik urugʻliklarini tanlash paytida dalolatnomalar tuziladi va dalolatnomalarda navni tozalash vaqti, tanlash, oʻsimliklar holati, yulingan begona navlar miqdori koʻrsatiladi.
82. Agar bir yillik ekinlarda nav tozalash ishlari va ikki yillik ekinlarda onalik urugʻliklarini kuzgi tanlash ishlari oʻtkazilmagan boʻlsa, aprobatsiyada aniqlangan navdorlik koʻrsatkichi bir kategoriyaga pasaytiriladi. Bunday paytda nazoratchi aprobatsiya dalolatnomasiga tegishli tuzatish kiritadi.
Urugʻlik bilan beriladigan guvohnomaga “Nav tozalash ishlari olib borilmaganligi uchun navdorlik koʻrsatkichi bir kategoriyaga pasaytirildi” degan soʻz yozib qoʻyiladi.
Rediska, piyoz, pasternak, petrushka, selderey ekinlarida koʻchirib olish asosida yetishtirilgan urugʻliklar bir reproduksiya va bir kategoriyaga mansub navdor urugʻliklardan foydalangan holda tayyorlangan boʻlsa, ushbu ekinlarda aprobatsiya paytida aniqlangan navdorlik koʻrsatkichlari pasaytirilmaydi.
Urugʻlikka ekilgan maydonlarini gullashdan oldingi kuzatish tartibi
83. Karam, ildizmevalilar, piyoz va boshqa qolgan ikki yillik ekinlar va rediskada gullashdan oldin kuzatish ishlarini olib borish uchun quyidagilarni aniqlash nazarda tutiladi:
a) navlararo masofaning saqlanishi;
b) agrotexnik tadbirlarning bajarilishi (ekish muddati va sxemasi, begona oʻtlarga qarshi kurash va boshqalar);
v) haqiqiy maydon va urugʻlikning holati;
g) urugʻlik ekin maydoni atrofida ushbu ekin bilan changlanishi mumkin boʻlgan bitta oilaga mansub oʻsimliklar, begona oʻtlar boʻlmasligiga eʼtibor qaratish;
d) urugʻliklarning zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar bilan zararlanish darajasi.
Agar urugʻlik maydonning holati talab darajasida boʻlmasa, urugʻlik yaroqsizga chiqariladi.
Urugʻlikka ekilgan maydonlarda ihota oraliq masofa
84. Bir-biri bilan oson changlanuvchi nav va oʻsimliklar oʻzaro changlanib qolmasligi uchun ularning ihota oraliq masofasi 9-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Qovoq va poliz ekinlarining har xil botanik turlari boʻyicha ihota oraliq masofasi ochiq maydonda 50 metr va yopiq maydonda 20 metr boʻladi.
Ekin navining elita bilan birinchi avlodi ekilgan maydonlar orasida ixota oraliq masofasi saqlanmaydi.
85. Navlararo ihota oraliq masofasi saqlanmasa, ekin navlarining aprobatsiyada aniqlangan navdorlik koʻrsatkichi bir kategoriyaga pasaytiriladi. Bunday paytda nazoratchi aprobatsiya dalolatnomasiga tegishli tuzatish kiritadi.
Urugʻlik bilan beriladigan guvohnomaga “Ihota oraliq masofasi saqlanmaganligi uchun navdorlik koʻrsatkichi bir kategoriyaga pasaytirildi” degan soʻz yozib qoʻyiladi.
Aprobatsiya oʻtkazish usuli
86. Aprobatsiyaga kirishishdan avval ekilgan ekin navlari urugʻliklarining sifatini tavsiflaydigan (attestat yoki urugʻlik guvohnomasi va nav tozalash dalolatnomasi) hujjatlar tekshiriladi.
Aprobatsiya paytida nav tozalash ishlari oʻtkazilganligi, navlararo ihota oraliq masofaciga rioya qilinganligi, haqiqiy urugʻlik maydoni va kutilayotgan hosil aniqlanadi hamda olib borilgan barcha agrotexnik tadbirlarning bajarilishiga va urugʻlik maydon holatiga baho beriladi. Agar urugʻlik maydon “yomon” baho olsa, yaroqsizga chiqariladi.
Ekinlar navlarining navdorlik koʻrsatkichi ushbu aprobatsiya usuli orqali aniqlanadi, onalik urugʻlik oʻsimliklarini tanlash va saqlash omborxonalarini tayyorlash boʻyicha yoʻl-yoʻriq beriladi.
87. Aprobatsiya quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
a) oq bosh karam, gul karam, brokkoli — karam boshlari toʻliq oʻray boshlaganda (koʻz bilan koʻrib, qoʻl bilan ushlab koʻriladi);
b) lavlagi, sabzi, sholgʻom, turp, rediska, petrushka, selderey — toʻliq texnik pishgan davrda;
v) piyoz va sarimsoq — toʻliq yetilib, piyoz ustidagi qobiqlari quriganda;
g) bodring — yoppasiga mevalari yetilib, qisman urugʻliklar paydo boʻlganda;
d) pomidor, baqlajon, shirin va achchiq qalampir — mevalari 50 foiz pishib yetilganda;
e) tarvuz, qovun, qovoq — meva etlari va urugʻlari toʻliq biologik pishib yetilganda;
j) qovoqcha, patisson — texnik pishgan va urugʻlik mevalari paydo boʻlganda;
z) ukrop — texnik pishgan va markaziy urugʻ bandlarida urugʻlar yetilganda.
88. Aprobatsiya paytida olingan oʻsimlik namunalari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga ekin naviga xos boʻlgan belgilarga ega va sogʻlom rivojlangan oʻsimliklar kiradi. Birinchi guruhga ildizmevalilar, bosh karamlari yorilgan hamda kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlangan, lekin asosiy nav belgilari saqlangan oʻsimliklar ham kiradi.
Ikkinchi guruhga ekin naviga xos boʻlgan asosiy belgilarni yoʻqotgan, shu jumladan, aynigan, yorilgan, gullab ketgan, kasalliklar va zararkunandalar bilan kuchli zararlangan hamda yetilmagan (asosiy nav belgilarini ajratish qiyin boʻlgan mayda oʻsimlik mevalari) oʻsimlik va mevalar kiradi.
Ekin navining navdorlik koʻrsatkichini aniqlashda faqat birinchi guruhga kirgan oʻsimliklar inobatga olinadi. Shunga qarab oʻsimliklarning navdorlik koʻrsatkichi va begona navlar aralashmasi aniqlanadi.
Bunda ikkinchi guruhga kirgan oʻsimliklarning umumiy soni va foizi ham koʻrsatiladi.
89. Aprobatsiya qilish uchun namuna olish va oʻsimliklar soni ushbu nizomga 10-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi
90. Ekin navining belgilari quyidagi tartibda tahlil qilinadi:
a) osh lavlagi, sholgʻom, turp, piyoz va boshqa ildizmevalilar yerdan sugʻurib olinib, joylarda guruhlarga ajratiladi;
b) karam, pomidor, bodring, qalampir, baqlajon, poliz mahsulotlari, qovoqcha, patisson, shovul, shvit, shpinat, salat va boshqa koʻkat ekinlar yerda turgan paytda tahlil qilinadi.
Tekshirishga tegishli boʻlgan ekin navlari namunalarining soni butun maydonda baravar taqsimlanishi kerak.
Agronom aprobator namunalarni dalada bir-biridan oraliq masofalari baravar boʻlgan holda pogʻonalab diagonal boʻylab aprobatsiyadan oʻtkazadi.
91. Birinchi guruhga tegishli oʻsimliklarning aprobatsiya natijalarida koʻrsatkichlar umumiy son va foiz hisobida keltiriladi hamda ekin navining navdorlik koʻrsatkichi va begona navlar aralashmasi koʻrsatiladi.
92. Tarvuz va qovun navlarining navdorlik koʻrsatkichlarini aniqlashda har 10 ta mevadan bittasi kesib koʻriladi hamda meva eti, rangi va urugʻlari tahlil qilinadi.
Osh lavlagi navlarining navdorlik koʻrsatkichlarini aniqlashda har bir olingan namunaning 50 foiz ildizmevalari kesib koʻriladi hamda halqa va ranglari nazardan oʻtkaziladi.
Urugʻlik maydonlarda kasallik, zararkunandalar va begona oʻtlarning foizlarini hisoblash tartibi
93. Urugʻlik uchun ekilgan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarining zararkunandalar, kasallik va begona oʻtlar bilan zararlanganligini aniqlash va tavsiflash urugʻlik aprobatsiyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Oʻsimliklarning zararlanganligi haqidagi maʼlumotlar va ularga qarshi kurashish haqidagi chora-tadbirlar dalolatnomalarda koʻrsatiladi. Ekinlarning zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanishi foiz hisobida yoziladi.
94. Urugʻ va urugʻliklarni yigʻishdan ilgari aprobatsiya, navdor ekinlarni gullashdan oldingi kuzatish ishlari, hosilni yigʻishdan ilgari tekshirish vaqtida aniqlangan kasallik va zararkunandalar uch guruhga boʻlinadi:
Birinchi guruhga urugʻlik bilan oʻtadigan karantindagi zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar kiradi.
Bunday zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar aniqlanganda, zudlik bilan Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki viloyat boshqarmasiga va Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boʻlimlariga xabar beriladi hamda zararlangan oʻsimliklardan olingan namunalar karantin laboratoriyasiga yuboriladi.
Ikkinchi guruhga urugʻlik bilan oʻtadigan oʻsimlik kasalliklari kiradi. Jumladan:
karamda tomir bakteriozi bilan zararlanish darajasi koʻpi bilan 3 — 10 foiz boʻlsa, alʼternarioz bilan 10 — 30 foiz, fomoz bilan 30 — 15 foiz, soxta un shudring kasalliklari bilan 10 — 15 foiz;
sabzida fomoz bilan 5 — 10 foiz, alʼternarioz bilan 5 — 10 foiz, bakterioz bilan 10 — 15 foiz;
lavlagida soxta un shudring bilan 5 — 15 foiz;
pomidorda rak bakteriyasi bilan 5 — 10 foiz, bakterial dogʻlanish bilan 10 — 15 foiz, virus kasalliklari bilan 5 — 10 foiz;
baqlajonda meva chirish bilan 5 — 10 foiz;
bodring va qovunda bakterioz bilan 5 — 10 foiz zararlanish darajasi kuzatilsa, ikkinchi guruhga oʻtkaziladi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi kasalliklar bilan zararlanish darajasi yuqorida keltirilgan koʻrsatkichlardan koʻp boʻlsa, elita va avlodli urugʻlik maydonlari yaroqsizga chiqariladi.
Uchinchi guruhga kiruvchi kasalliklar bilan zararlangan urugʻlik maydonlari yaroqsizga chiqarilmaydi, lekin nav tozalash ishlari sifatli olib boriladi va zararlanish foizlari belgilanadi. Bunday maydonlardan tayyorlangan urugʻlarga kimyoviy va termik ishlov berilib, soʻng ekiladi.
Bu guruhga quyidagi kasalliklar kiradi:
a) ochiq dalada: karamda — fuzarioz, kila;
lavlagida — fomoz;
piyozda — soxta un shudring, olachipor, boʻgʻin chirish;
qovoqda — olachipor, soʻlish.
b) issiqxonalarda: bodringda un shudring, soxta un shudring, oq gʻuborli chirish, soʻlish; pomidor barglari qoʻngʻir dogʻlanishi, fitoftoroz, oq va kulrang chirish, soʻlish.
Urugʻlikka ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini navdorlik sifat koʻrsatkichlari boʻyicha urugʻlik hisobidan chiqarish tartibi.
95. Quyidagi sabablarga koʻra ekin navlari va urugʻliklar navdorlikdan chiqariladi:
a) ekin navlarining navdorlik sifati qabul qilingan standart talablaridan (O'z Dst 2823-2014) past boʻlsa;
b) aprobatsiya paytida urugʻlik maydonlar holati “yomon” baho olsa;
v) kasalliklar urugʻ orqali oʻtishi mumkin boʻlgan urugʻlik maydonlari;
g) agronom aprobator talabi boʻyicha bir yillik ekinlarda nav tozalash yoki ikki yillik ekinlarda kuzgi tanlash ishlari oʻtkazilmagan boʻlsa;
d) ekilgan ekin navlarining navdorligi toʻgʻrisida hujjatlari boʻlmasa.
Agar ekin navlari yoki urugʻliklar navdorlikdan chiqarilsa, agronom aprobator darhol Markaz hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki viloyatlar boshqarmalariga xabar berishi kerak.
Aprobatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi
96. Urugʻlik maydonlarda oʻtkazilgan nav tozalash ishlari nav tozalash dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi (15-ilova). Urugʻlik ekinlarni navdorlik sifatlarini tasdiqlovchi asosiy hujjat aprobatsiya dalolatnomasi hisoblanadi (14-ilova). Aprobatsiya dalolatnomasiga aprobator daftari ilova qilinadi (13-ilova).
97. Ikki yillik ekinlarda onalik urugʻlik oʻsimliklarini kuzgi va bahorgi tanlash ishlari ikkita shakldagi dalolatnoma hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi (14 va 15-ilova).
Ekin navlarining elita urugʻliklari uchun attestat (16-ilova) va avlodli urugʻliklar uchun urugʻ guvohnomasi beriladi (17-ilova).
Yopiq usulda urugʻlikka ekilgan sabzavot ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi
98. Yopiq usulda urugʻlikka ekilgan sabzavot ekinlari navlarida nav tozalash, aprobatsiya, gullash oldidan kuzatish hujjatlarini rasmiylashtirish ushbu Nizomning 83, 87, 89, 90, 91, 93, 94, 96, 101, 102-bandlariga va 10, 11, 16, 17, 18, 19-ilovalarga muvofiq olib boriladi.
99. Urugʻlikka ekilgan duragay maydonlarda, ota-onalik shakllarida aprobatsiya oʻtkazish, gullash oldidan kuzatish ishlarini olib borish nav originatorlari, seleksioner olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining mutaxassislari va Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari mutaxassislari ishtirokida olib boriladi.
100. Urugʻlik maydonlarda begona nav aralashmalari va kasallik bilan zararlangan oʻsimliklar kuzatilganda nav tozalash ishlari doimiy ravishda aprobatsiya davrigacha va undan keyin ham olib boriladi.
Bodringning duragay urugʻini yetishtirishda ota-onalik shakllarida 3-4-marta nav tozalash ishlari oʻtkaziladi.
Birinchi nav tozalash ishlari bodring oʻsimligi 5-6 ta chinbarg chiqargan paytda va undan keyin ham doimiy ravishda olib boriladi. Bunda navga xos boʻlmagan belgilar kuzatilgan, kasallik bilan zararlangan va rivojlanishdan orqada qolgan oʻsimliklar yulib tashlanadi.
Urugʻlik maydonlarda nav tozalash ishlari oʻtkazilgandan keyin “duragay urugʻni yetishtirishda ekinlarni tekshirish dalolatnomasi” tuziladi (18-ilova).
101. Sabzavot, kartoshka ekinlari navlarini va duragaylarini issiqxonalarda yetishtirish paytida quyidagi navlararo ihota oraliq masofasi belgilanadi:
a) issiqxonalarda bodring urugʻi yetishtirishda ihota oraliqlari, oʻzaro issiqxonalar oraligʻi va ochiq yerdagi ekinlar uchun issiqxonalar tuynuklarida sim toʻrlar boʻlmasa, oraliq masofasi 500 metr etib belgilanadi. Agar issiqxona tuynuklarida sim toʻrlar (asalari kirishidan saqlash uchun) boʻlsa, oraliq ihota 50 metr belgilanadi;
b) pomidor, shirin qalampir, baqlajonning oʻzaro navlari uchun oraliq kamida 10 metr boʻladi yoki issiqxona ichida har xil navlar ekilsa, nav oralari plyonkalar bilan ajratiladi.
102. Sabzavot ekinlarida aprobatsiya quyidagi davrlarda oʻtkaziladi:
a) bodringda — oʻsimliklar yoppasiga meva tukkan vaqtda va ayrim urugʻliklar paydo boʻlgan vaqtda;
b) pomidor, shirin qalampir, baqlajon oʻsimliklarida 90 foiz mevalar yetilib pishgan vaqtda.
103. Ekin navining navdorlik koʻrsatkichlari oʻsimliklardan namunalar olish yoʻli bilan tahlil qilinadi.
Issiqxonalarda aprobatsiya oʻtkazish uchun oʻsimliklardan issiqxonaga diagonal boʻylab va pogʻonalab namunalar olinadi.
Bodring, pomidor, shirin qalampir, baqlajon ekinlari yetishtiriladigan har 1 000 kv.metr issiqxonadan 200 ta (4 namuna 50 ta oʻsimlikdan), bundan katta maydonlarda har bir 200 kv.metrdan uchun 20 tadan oʻsimlik namunasi olinadi.
Ekinning duragay urugʻini yetishtirishda ota-onalik shakllari alohida aprobatsiya qilinadi.
Aprobatsiya dalolatnomasini rasmiylashtirish paytida ekinning duragay urugʻini yetishtirish usuli qayd qilinadi (asalari bilan changlash, qoʻlda changlash, kastratsiya yoki kastratsiyasiz).
104. Ushbu Nizomning 103-bandida koʻrsatilgan holatlarda issiqxonalardagi urugʻlik maydonlari yaroqsizga chiqariladi.
Bundan tashqari, aprobatsiya paytida ekinlarda kasalliklar miqdori quyidagi koʻrsatkichlardan oshib ketsa, yaroqsizga chiqariladi:
106. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari (tuman boʻlimlari) mutaxassislari quyidagilarni:
(106-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
a) urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarda navlarning navdorligi va kasalliklar bilan zararlanganligini aniqlash uchun namunalarning toʻgʻri olinganligini, shuningdek, aprobatsiya oʻtkazuvchilar yoʻriqnomalar hamda aprobatsiya dalolatnomalari, dala daftarlari va tegishli formalar bilan taʼminlaganligini hamda ushbu hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishini;
b) aprobatsiyani oʻtkazish vaqtida sodir boʻladigan barcha munozarali masalalar hal qilinishini;
v) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlik maydonlarida nav tozaligi toʻgʻri aniqlanganligini, urugʻlik maydonlar dala guruhlari boʻyicha ajratilganligini, kamhosil va kasalliklar bilan zararlangan maydonlar yaroqsiz deb topilganligini, hosildorlik, kutilayotgan urugʻliklar hajmi toʻgʻri aniqlanganligini;
g) har qaysi hudud boʻyicha dala jurnalida yozuvlar va aprobatsiya dalolatnomalari toʻgʻri rasmiylashtirilganligini;
d) tuman boʻyicha oʻtkazilgan aprobatsiya maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan dalolatnoma uch nusxada tuzilishini va uning nusxalari tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga, Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga hamda urugʻlik tayyorlovchi subyektlarga topshirilganligini;
e) urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning urugʻlik uchun yetishtirilgan hosilini terib olishga, navi, avlodi, dala guruhlari boʻyicha alohida topshirishga tayyorligini, shuningdek, ularning urugʻlik topshirish uchun tegishli yuk xati (qizil yoʻlli shakl № ZX-1) bilan toʻla taʼminlanganligini;
j) urugʻlik tayyorlash korxonalarida urugʻliklar navi, avlodi, dala guruhlari va tegishli sifat koʻrsatkichlari boʻyicha alohida qabul qilib olinishini, shuningdek, saqlashga zarur mexanizm (texnikalar)ning mavjudligi va maydonchalar tayyorlanganligini nazorat qiladi.
z) qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida aprobatsiya toʻgʻri oʻtkazilishi, urugʻliklarni oʻrish-yigʻish, tashish, jamgʻarish hamda hujjatlashtirish ishlarida yoʻl qoʻyiladigan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha ogohlantirish beradi.
107. Aprobatsiya komissiyalarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
108. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish
SXEMASI
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Urugʻlik gʻoʻza maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish
DALA JURNALI
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
APROBATSIYA DALOLATNOMASI
1. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi _____________________________
2. Fermer xoʻjaligi nomi _____________________________________
3. Paxta tozalash korxonasi ___________________________________
4. Paxta qabul qilish maskani __________________________________
7. Urugʻlik chigitning kelib chiqishi, muvofiqlik sertifikati raqami va sanasi ___________________________________________________________
8. Aprobatsiya yakuniga koʻra navdorligi va avlodi __________________
Aprobatsiya oʻtkazilgan maydon, ga
Kam hosilli gʻoʻzalar, ga
Shundan yaroqsizi
jami yaroqsiz deb topilgan maydon, ga
Urugʻlik paxta tayyorlash uchun ajratilgan maydon
navdorligi, %
Shu jumladan
Urugʻlik yetishtiruvchi subyekt tomonidan belgilangan urugʻlik paxtani oʻz vaqtida alohida terish va aprobatsiya natijalariga muvofiq topshirish uchun masʼul shaxslar
Paxta terish usuli
Izoh
kuchli zararlanganlari (biror dala guruhiga kiritilmagan), ga
Urugʻlik yetishtiruvchi subyektrahbari quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi agronomi aprobatsiya xulosasi:
1. Aprobatsiya maʼlumotlari asosida urugʻlik paxtani aprobatsiya natijalariga muvofiq alohida navlar, avlodlar, dala guruhlari boʻyicha terish, tashish va paxta tayyorlash maskaniga (paxta tozalash korxonasiga) topshirish;
2. Paxta tayyorlash maskaniga (paxta tozalash korxonasiga) topshirilgan urugʻlik paxtani paxta korxonasidan olinadigan 1-SX-shakl 1 boʻyicha yoʻl-yukxati bilan hujjatlashtirish;
“Agrokimyohimoya” tuman filiali mutaxassisining xulosasi: __________________________________________________________________
(F.I.O.) (imzo)
M.Oʻ.
3. Gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlangan koʻsaklardan terilgan paxtani alohida joyga toʻplash (urugʻlik paxta uchun foydalanilayotgan maydonchaga emas) va paxta tayyorlash maskaniga texnik paxta sifatida alohida tur qilib topshirish;
tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi xulosasi: __________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(F.I.O.) (imzo)
M.Oʻ.
Suvga chanqab ketgan va kam hosilli dalalardan, shuningdek, vilt, gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlangan gʻoʻzalar hamda koʻsaklardan terib olingan paxtani urugʻlik uchun terilgan paxtadan alohida topshirish. Urugʻlik paxtaning bir qisminikasallangan paxta bilan qoʻshib topshirishga yoʻl qoʻymaslik.
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning vakili xulosasi: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
(F.I.O.) (imzo)
M.Oʻ.
Aprobatsiya dalolatnomasining bir nusxasini oldim:__________________________________________________
Paxta tayyorlash maskani (korxonasi)______________
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi _____________
APROBATSIYA OʻTKAZILGAN EKINLAR BOʻYICHA UMUMIY MAʼLUMOTLAR
Ekilgan chigitning miqdori, tn
Qolgan chigitning saqlanish holati
Urugʻlik qayerdan olingan (paxta zavodi, paxta tayyorlash punkti)
Urugʻlik olingan kun, oy, yil va yukxati raqami
Partiya nomeri
Sertifikat boʻyicha navdorligi, raqami va sanasi
Izoh
jami olingan
ekishga sarf qilingan
qoldiq
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
APROBATSIYA TAHLILI NATIJALARI BOʻYICHA DALA JURNALI
Urugʻlik yetishtiruvchi subyekt nomi
Ekin maydoni
Navi
Avlodi
Aprobatsiya oʻtkazilgan sana
Aprobator xulosasi
Aprobatsiya bogʻlamini olganligi toʻgʻrisida urugʻlik yetishtiruvchi subyekt vakilining imzosi
1
2
3
4
5
6
7
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
____-SONLI APROBATSIYA DALOLATNOMASI
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Sabzavot, poliz ekinlari urugʻliklarining navdor urugʻ va urugʻliklar orasidagi ihota oraliq masofasi
Ekin turlari
Ihota oraliqlari, m
ochiq maydonlarda
yopiq maydonlar
Tarvuz, qovun, qovoq, bodring
1000
500
Baqlajon, shirin qalampir
300
100
Pomidor
100
50
Chetdan changlanuvchi boshqa ekinlar (karam, sholgʻom, turp, piyoz, sabzi, osh lavlagi, rediska va boshqalar)
2000
600
Izoh: a) xoʻraki tarvuz bilan xashaki tarvuz ekinlari ihota oraliqlari, shirin qalampir bilan achchiq qalampir ekinlari oraliqlari ochiq yerda 2000 m, yopiq yerda 1000 m;
b) osh lavlagi bilan qand va xashaki lavlagilar ihota oraliqlari ochiq yerda 10000 m, yopiq yerda 5000 m belgilangan.
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Aprobatsiya qilish uchun olinadigan namuna va oʻsimliklar soni
Aprobatsiya maydoni
Tahlilga tegishli umumiy oʻsimliklar soni
Har bir namuna uchun olinadigan oʻsimliklar soni
noʻxot, loviya
tarvuz, qovun
boshqa sabzavot ekinlari va xashaki ildizmevalilar
5 gektargacha
300
200
500
50
5,1 dan 10 gektargacha
400
300
700
50
10,1 dan 20 gektargacha
500
400
1000
50
Eslatma: maydon 20 ga dan oshiq boʻlgan har 10 ga maydondan qoʻshimcha 50 tadan oʻsimlik namunasi olinadi.
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Sabzavot va poliz ekinlari urugʻlarining nav sifatlari
Ekin turi
Nav tozaligi toifalar boʻyicha, foiz (kamida)
III toifa urugʻlari
(koʻpi bilan)
I
II
III
Tarvuz
99
98
90
1
Baqlajon
98
97
92
1
Qovun
99
97
92
3
Qovoqcha,patisson
95
93
85
1
Oqbosh karam
98
97
85
3
Gulkaram
98
95
85
3
Kashnich
98
96
80
2
Salat
99
98
95
1
Piyoz
98
95
85
2
Porrey piyoz
99
97
90
5
Sabzi
98
96
85
2
Bodring
98
96
90
2
Qalampir
99
97
96
1
Petrushka
97
95
80
1
Rediska
98
95
85
2
Turp
97
95
90
2
Sholgʻom
98
95
90
2
Osh lavlagi
98
95
90
2
Selderey
97
95
85
1
Pomidor
99
98
97
1
Oshqovoq
95
93
85
3
Ukrop
98
96
80
2
Shovul
97
95
85
2
Ismaloq
97
95
85
2
Anis
98
96
80
2
Arpabodiyon
98
96
80
2
Rayhon
90
85
80
10
Sabzavot loviyasi
99,8
99
97
3
Sarimsoq
99
98
95
4
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Sabzavot va poliz ekinlari urugʻlarining sifat koʻrsatkichlari
Ekin turi
Urugʻchilik maqsadida, foiz
Tovar mahsulot maqsadida, foiz
Unuvchanligi, kamida
Tozaligi, kamida
Begona ekin va oʻt urugʻlari, koʻpi bilan
Unuvchanligi, kamida
Tozaligi, kamida
Begona ekin urugʻlari, koʻpi bilan
1
2
3
4
5
6
7
Tarvuz
92
99
0,1
80
96
0,4
Baqlajon
75
98
0,2
60
95
0,5
Qovun
90
99
0,1
75
97
0,2
Qovoqcha va patisson
95
99
0,1
80
95
0,2
Karam
85
98
60
95
1,0
Piyoz
80
99
0,2
50
95
0,5
Sabzi
70
95
0,5
45
90
1,0
Bodring
90
99
0,1
70
96
0,2
Qalampir
80
98
0,2
60
95
0,5
Petrushka
70
96
0,5
45
92
1,0
Rediska
85
96
0,2
65
92
1,0
Turp
85
96
0,2
65
92
1,0
Sholgʻom
95
98
0,2
80
95
1,0
Salat
80
95
0,2
65
90
0,5
Osh lavlagi
80
95
0,5
60
94
1,0
Pomidor
85
98
0,2
65
96
0,5
Oshqovoq
95
99
0,2
80
96
0,4
Ukrop
60
95
0,5
40
85
1,0
Shovul
80
95
0,2
60
90
0,5
Koriandr (kashnich)
70
90
0,2
60
85
0,5
Selderey
75
98
0,5
50
93
1,0
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
URUGʻCHILIK MAYDONIDAGI EKINLARNING NAV TOZALASH DALOLATNOMASI
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga 4-ILOVA
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aprobatsiya — oʻsimliklarning genetik (nav) jihatdan sofligini, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligini, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun moʻljallangan urugʻliklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada oʻtkaziladigan tekshirish;
duragay urugʻliklar — irsiyati har xil navlar, turlar va turkumdoshlarni chatishtirishdan olingan urugʻliklar;
original urugʻliklar — nav muallifi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan va keyinchalik koʻpaytirish uchun moʻljallangan urugʻliklar;
reproduksion urugʻliklar — elita urugʻliklardan olinadigan keyingi avlod urugʻliklari;
urugʻliklar — ekish uchun foydalaniladigan urugʻlar, mevalar, oʻsimlikning vegetativ yoʻl bilan koʻpaytiriladigan qismlari;
urugʻliklarning genetik (nav) sifati — muayyan nav urugʻligining genetik jihatdan sofligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui;
urugʻliklarning ekinboplik sifati — urugʻliklarning ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui;
urugʻliklar toʻdasi — kelib chiqishi va sifati boʻyicha bir xil boʻlgan urugʻliklarning muayyan miqdori;
elita urugʻliklar — original urugʻliklarni izchil koʻpaytirish yoʻli bilan olingan urugʻliklar.
3. Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Urugʻlik donni qabul qilish va joylashtirish tartibi Urugʻlik donni qabul qilishga tayyorgarlik koʻrish
4. Nav va duragay urugʻlik don olinishi boshlanguniga qadar don korxonasi, gʻallachilik klasteri yoki urugʻchilik klasteri (keyingi oʻrinlarda — urugʻlik tayyorlovchi tashkilot) urugʻlik donni qabul qilish maskanlarida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
a) topshirilishi kutilayotgan toʻdalarning alohida urugʻlik don saqlash omborlari boʻyicha quyidagilarga binoan tayyorlov rejalarini inobatga olgan holda joylashtirish rejasini ishlab chiqish (urugʻlik tayyorlovchi tashkilot rahbari tasdiqlaydi), jumladan:
ekinlar;
navlar (duragaylar);
avlodlar;
nav tozaligi toifalari;
urugʻlik don standartlari;
namlik holati (ozuqabop ekinlarning oʻxshash doni uchun);
aralashmalar, shu jumladan, qiyin ajratiladigan aralashmalar (ozuqabop don uchun ifloslanganligi holati boʻyicha);
b) urugʻlik donni joylashtirish hamda navli va duragay urugʻlik don bilan bogʻliq jarayonlarni rasmiylashtirish uchun kerakli miqdorda qoplar, yorliqlar, plombalar, nav hujjatlari blankalari miqdorini tayyorlab qoʻyish;
v) tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimidan barcha urugʻchilik xoʻjaliklari yoki boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar) boʻyicha belgilangan tartibga qatʼiy muvofiq holda rasmiylashtirilgan navli ekin maydonlari aprobatsiyasi dalolatnomalari tuzilganligini aniqlash.
g) ishlab chiqarish-texnologik laboratoriyasining zarur oʻlchov vositalari, sinov uskunalari, reaktivlar va boshqa vositalar bilan taʼminlanganligi, laboratoriya uskunalarini metrologik koʻrikdan oʻtkazish.
5. Navli va duragay urugʻlik donni qabul qilish va joylashtirish uchun ajratilgan omborlar oʻz vaqtida taʼmirlangan, dezinfeksiyalangan boʻlishi va barcha texnik talablarni qanoatlantirishi, jumladan, quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
omborlarning tomlari, devorlari, pastki qismi (pol) eshiklari taʼmirlangan;
quruq, sizot suvlardan yaxshi himoyalangan pol va devorlar, tosh va gʻishtdan qurilgan omborlar suvalgan, yogʻochdan qurilgan omborlar mustahkam, yoriqsiz, barcha ombor devorlari oqlangan;
ichki tomondan metall turlar — shisha tutgichlar bilan toʻsilgan oyna solingan derazalar, elektr lampalarda turli himoya qalpoqlari boʻlishi lozim.
6. Urugʻlik don omborlari tevaragidagi hudud asfaltlangan, tozalangan va zararkunandalarga qarshi dezinfeksiyalangan boʻlishi lozim.
Urugʻlik donni qabul qilish tartibi
7. Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari davlat reyestriga kiritilgan boshoqli don urugʻliklari nav va avlodlari boʻyicha urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning gʻalla qabul qilish maskani yoki qayta ishlash korxonasiga belgilangan shakldagi birlamchi hujjatlar bilan birgalikda topshiriladi.
Birlamchi hujjatlarga urugʻlik maydonida oʻtkazilgan aprobatsiya dalolatnomasi va urugʻlik yetishtirish uchun tuzilgan shartnoma kiradi.
8. Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlarga topshirilgan aprobatsiya dalolatnomalari boʻyicha urugʻlik donning avlodi, navi va nav sofligi amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabiga javob beruvchi birlamchi hujjatlar, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Agroinspeksiya) hamda tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi hodimi, urugʻlik yetishtiruvchi subyekt rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
9. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilot topshirgan urugʻlik don toʻdalari boʻyicha Agroinspeksiya huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) xodimlari tomonidan urugʻlikning yashovchanligi aniqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
10. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotda qabul qilingan urugʻlikdon toʻdalari qayta ishlangandan keyin amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosida oʻrtacha namunalar qabul qilib olinadi va Markazning hamda urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning sinov laboratoriyalariga topshiriladi.
11. Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlardan navli urugʻlik donlarni aprobatsiya hujjatlarisiz qabul qilish va yashovchanlik tahlillarining natijalarisiz joylashtirish qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Qabul qilinayotgan urugʻlik don sifati (namligi, yashovchanligi, unuvchanligi) borasida amaldagi O'z DSt 2823 standartiga mos kelmaganda bunday urugʻlik toʻdalari alohida joylashtiriladi. Ushbu urugʻlik donlardan masʼul laboratoriya xodimlari tomonidan yashovchanlik, unuvchanligini takroriy aniqlash uchun Markazga namuna tanlab olinadi va joʻnatiladi.
13. Nav hujjatlari urugʻlik yetishtiruvchi subyektning rahbari yoki uning oʻrinbosari, moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
14. Bir xil urugʻlik don toʻdalariga birinchi avtomashina (vagon va boshqalar) bilan urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga yetkaziladigan urugʻlikning nav hujjatlari topshirilishi kerak.
Shu toʻdadagi urugʻlik donga ega boʻlgan keyingi mashinalarning yukxatlari tegishli nav hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
15. Urugʻlik don uchun nav hujjati boʻlmaganda, u toʻliq toʻlgʻazilmaganida va hujjatda koʻrsatilgan urugʻlik don sifati toʻgʻri kelmaganda ushbu toʻda oddiy (tovar) don sifatida qabul qilinadi.
16. Urugʻlik don hujjatlarsiz yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan keltirilgan har bir holat boʻyicha korxona rahbari, laboratoriya xodimi, Agroinspeksiyaning hamda urugʻlik yetishtiruvchi subyektning mutaxascisi va urugʻlik don topshiruvchi ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
17. Urugʻlik don qabul qilinayotganda urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasiga keltirilgan urugʻlik donga berilgan nav hujjatidagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomalariga mos kelish-kelmasligini korxonaning masʼul xodimi tekshirishi lozim.
Laborant urugʻlikdon topshiruvchi ishtirokida amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan urugʻlik dondan namunalarni tanlab oladi va ularning bir xilligini, rangi, hidini aniqlash uchun urugʻlik donlarni koʻzdan kechiradi, keltirilgan urugʻlik donning tashqi alomatlari (shakli, tipi, rangi) nav toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan nav nomiga muvofiqligini tekshiradi, sertifikat (shahodatnoma yoki guvohnoma)ning teskari tomonida koʻrsatilgan bandiga aslida keltirilgan urugʻlik don sifatining muvofiqligini aniqlash uchun urugʻlik donning namligi va begona don hamda zararkunandalar bilan zararlanganligini, qiyin ajraluvchi, zararli aralashmalar va karantin begona oʻt urugʻlarining bor-yoʻqligini aniqlaydi.
18. Navli urugʻlik don sifati aniqlanganidan keyinurugʻlik tayyorlovchi tashkilot xodimi topshiruvchi yukxatining birinchi nusxasi orqa tomoniga belgilangan shakldagi shtamp qoʻyadi, jurnalga sana, tahlillar, qaydlov yozuvi tartib raqami, urugʻlik donni joylashtirish joyi, tahlil natijalari va boshqa koʻrsatkichlar koʻrsatiladi. Bundan tashqari, topshiruvchi tomonidan yukxatiga yirik shrift bilan “Navli (duragay) urugʻlik don” degan shtamp qoʻyiladi.
19. Agar bitta don topshiruvchi kun davomida navdorlik sifat koʻrsatkichlari jihatidan bir xil navli, avlodli va toifali, urugʻlik donni bir necha marotaba topshirsa, navli urugʻlik don tahlili va ularni qabul qilishni rasmiylashtirish kunlik oʻrtacha namunalar boʻyicha amalga oshiriladi.
20. Qabul qilish paytida topshiruvchidan olinadigan urugʻlik don navi va ekin toʻgʻrisidagi hujjatlar urugʻlik tayyorlovchi tashkilot buxgalteriyasining hisob-kitob boʻlimida hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda saqlanadi.
21. Urugʻlik don topshiruvchi tomonidan urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasining urugʻlik donning sinfi tahlil natijalariga eʼtiroz boʻlgan taqdirda, urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasi takroriy namuna oladi va uning tahlillarini oʻtkazadi.
22. Don topshiruvchi tomonidan tahlil natijalariga eʼtiroz bildirish toʻgʻrisidagi takroran ariza berilganda urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasi urugʻlik topshiruvchi ishtirokida bahsli namunani soʻrgichlab, muhrlaydi va laboratoriya boshligʻi, don topshiruvchi va Agroinspeksiya hamda urugʻlik yetishtiruvchi subyekt vakili tomonidan dalolatnoma tuzilib, Markazning markaziy sinov laboratoriyasiga joʻnatiladi. Markazning markaziy laboratoriyasidan olingan tahlil natijalariga koʻra qayta hisob-kitob qilinadi.
23. Nav hujjatlari bilan birga unuvchanligi koʻrsatilmasdan topshirilgan, tozaligi boʻyicha yoki tozaligi va navdorligi jihatidan sinfsiz navli urugʻlik donni qabul qilishda joylashtirishdan avval toʻliq tahlil va donli ekinlar uchun amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning II sinfi doirasida ajraluvchi aralashmalarni aniqlash boʻyicha nazorat tahlili oʻtkaziladi. Bunday urugʻlarni qabul qilish Markaz va urugʻlik yetishtiruvchi subyekttomonidan urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga topshirilish vaqtida aniqlanuvchi yashovchanlik koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Urugʻlik donni joylashtirish tartibi
24. Urugʻlik don urugʻlari shikastlanish va boshqa ekinlar, nav va avlodlar bilan aralashib ifloslanishdan toʻla saqlanishini taʼminlovchi maxsus ajratilgan don omborlariga joylashtirilishi va saqlanishi lozim.
25. Urugʻlik don urugʻlarining sifati aniqlanganidan keyin urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasi xodimi ularni tegishli omborga dislokatsiyaga muvofiq joylashtirish uchun koʻrsatma beradi. Nav toʻgʻrisidagi hujjatda unuvchanlik koʻrsatkichlari boʻlmagan taqdirda, urugʻlik don alohida joylashtiriladi va uning unuvchanligini aniqlash uchun Markazga taqdim etish uchun ushbu toʻdadan oʻrtacha namuna tanlab olinadi.
26. Ombor mudiri keltirilgan urugʻlik donning nav (duragay) nomini, (avlodini), nav tozaligi va boshqa sifat koʻrsatkichlarini dala aprobatsiya dalolatnomasiga asosan, urugʻlik donni topshirish rejasi boʻyicha qabul qiladi.
27. Original urugʻlar yetishtiriladigan maydonlardagi urugʻliklar navlarning mexanik aralashishining oldini olish maqsadida alohida kombaynlarda oʻriladi va ushbu urugʻlik don toʻdalari qoplangan holda saqlanadi.
28. Chang qorakuya kasalligi guvalakchasi bilan 1 foizdan 2 foizgacha va undan yuqori darajada zararlangan ekin maydonlaridan olingan (aprobatsiya dalolatnomalari boʻyicha) urugʻlik donlar zararlanmagan va ifloslanmagan urugʻlik donlardan alohida joylashtirilishi shart.
29. Barcha don ekinlarining birinchi va keyingi avlodlari urugʻlik donlarni qabul qilish jarayonida turli urugʻlik yetishtiruvchi subyektlardan tayyorlangan bitta va aynan shu ekinning, bitta va aynan shu avlodning, bitta va aynan shu toifaning, bitta va aynan shu sinf, namligi, ifloslanganligi va zararlanganligi boʻyicha aynan bir xil kichik toʻdalarni birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Kichik toʻdalar yirik toʻdalarga birlashtirilganda, birlashtirilgan toʻdalarning nav tozaligi eng past koʻrsatkich boʻyicha koʻrsatiladi, urugʻlik donning sifat koʻrsatkichlari esa birlashtirilgan toʻdalardan tanlab olingan namunalar tahlili maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatiladi.
30. Sifati oʻrtacha urugʻlik don olish uchun nav tozaligi turli sinf yoki toifali turli toʻdalarni birlashtirish, shuningdek, har xil xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan barcha donlarning original, elita va birinchi avlod urugʻliklarining kichik toʻdalari boʻlsa hamki birlashtirish qatʼiyan taqiqlanadi.
31. Kichik toʻdalarni birlashtirish va birlashtirishgan toʻdalarni rasmiylashtirish korxona komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Agroinspeksiya va urugʻlik yetishtiruvchi subyekt vakili ushbu komissiya tarkibiga kiritiladi.
32. Boshoqli don urugʻlarini sotuvchi viloyatlardan sotib oluvchi viloyatlarga temir yoʻl orqali yoki avtotransport bilan tashib keltiriladigan urugʻlik don toʻdalarini aynan shu navdagi mahalliy urugʻlik don bilan aralashtirish, shuningdek, yangi hosil urugʻlik donini oʻtgan yillar urugʻlik doni bilan aralashtirish taqiqlanadi.
33. Aralashtirib yuborish yoki ifloslantirishdan kafolatlash maqsadida bir turdagi ekinning ikki avlodli urugʻlik donini, bir-biridan qiyin ajratiluvchi, masalan, javdar va bugʻdoy, bugʻdoy va arpa singari ekinlar urugʻlik donini bir-biriga yaqin joylashtirish taqiqlanadi.
34. Urugʻlik don omborlarida navli urugʻlik donning bir necha toʻdalari joylashtirilganda gʻalla ajratkichlardan foydalanish mumkin. Bunda gʻalla ajratkichlar bilan ajratilgan urugʻlik don toʻdalari kengligi 1,0 metrdan kam boʻlmagan yoʻlaklar bilan bir-biridan ajratilishi va toʻdalar atrofi mazkur urugʻlik dondan qoplangan toʻsiqlar yoki maxsus toʻsiqlar yordamida himoyalanishi kerak.
35. Navli va duragay urugʻlik donlarni aralashtirib yuborish va ifloslantirishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
36. Tozaligi jihatidan qayta ishlanishi kerak boʻlgan reproduksiyali urugʻlik donlar unuvchanlik sifatlarini taʼminlovchi tadbirlarga rioya etish sharti bilan qabul qilinadi va uyum holatda saqlanadi.
37. Omborlardagi urugʻlik don qoplanganyoki uyum holida saqlash davrida har bir toʻdaga yorliq oʻrnatib qoʻyiladi.
38. Qoplarda qabul qilingan urugʻlik donni joylashtirishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:
omborning pastki qismi (pol) asfaltlangan, betonlangan omborlarda qoplarni joylashtirish poldan kamida 15 santimetr baland boʻlgan tagliklarda amalga oshiriladi;
shtabellar oʻrtasidagi yoʻlaklar, shuningdek, shtabellar va devorlar oʻrtasidagi yoʻlaklar kamida 0,7 metr, shtabellar oraligʻi 1,5 metr, yuklagichlar oʻtishi uchun shtabellar oʻrtasidagi oraliq 2,5 metr boʻlishi lozim.
shtabelning uzunligi toʻda va ombor maydoni oʻlchamlari bilan belgilanadi.
39. Urugʻlik donni saqlashda shtabel balandligi qoplar qator soni 2-ilovada belgilangan jadvalda koʻrsatilganidan oshmaydigan balandlikda joylashtiriladi.
40. Urugʻlik don quruq holatda uyum tarzida saqlanganda ekin turidan qatʼi nazar, uyumning barcha qatlamlaridagi urugʻlik don holati va sifati ustidan nazoratni taʼminlash sharti bilan tez-tez shamollatib turish uskunalari bilan jihozlangan omborlarning toʻliq toʻldirilmasligiga yoʻl qoʻyiladi (devordan — 2,5 metr, markazida — 5 metrgacha).
41. Urugʻlik donni qayta ishlash jarayonida uning shikastlanishini oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
urugʻlik donning transportyordan uyumga tushishi pastligini maksimal kamaytirish. Urugʻlik donlar bir tekis tushishi uchun brezentdan tayyorlangan moslashuvchan yengsak, qopcha va boshqalarni qoʻllash;
don transportyorlari lentasi harakat tezligini 1,5 — 1,75 metr/sekundgacha, oʻzi uzatgichning skrepkali shoxobchasi tezligini esa 0,8 — 1,2 metr/sekundgacha pasaytirish, transportlarda ular ramasining uzunligiga qarab urugʻlik don lentadan toʻkilishini bartaraf etuvchi gʻovlar oʻrnatish.
42. Don urugʻligi harakatlanuvchi noriyalar (maxsus don uzatgich)da maxsus plastmassadan ishlangan yoki chetlari qaytarilgan kovshlar oʻrnatilishi lozim.
3-bob. Urugʻlik donlarni ekishga tayyorlash va saqlash tartibi.
43. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga qabul qilingan namligi va tozaligi boʻyicha sinfsiz urugʻlik don toʻdalari (keyingi oʻrinlarda — urugʻlik material) tinim davri (kamida ikki oy) oʻtgandan keyin sara urugʻlik olish maqsadida qayta ishlanadi.
44. Urugʻlik materialga ishlov berish va uni saqlashda asosiy texnologik usullar hamda jarayonlarning quyidagi galma-galligini nazarda tutish tavsiya etiladi:
transport yukini tushirish;
birlamchi tozalash;
urugʻlik materiallarni quritish, joylashtirish ularni ekish mavsumigacha saqlash maqsadida tez-tez shamollatib turish;
don quritgichlarda yoki tez-tez shamollatib turish (atmosfera havosini ilitish va ilitmasdan), quritish, urugʻlik materialni 1-sinf urugʻlik don standartlar meʼyorlariga yoki hech boʻlmaganda ajratib boʻlmas begona oʻtlar boʻlganda 2-sinf meʼyorlarigacha (tozaligi jihatidan) aralashmalardan tozalash;
urugʻlik material urugʻlik sexda qayta ishlangandan keyin don zararkunandalariga qarshi kimyoviy ishlov berish;
urugʻlik materialni eng past ijobiy haroratda sovitilgan holatda saqlash.
Urugʻlik donlarni qabul qilish va tozalash tartibi
45. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan urugʻlik materiallarni qabul qiladi.
46. Urugʻlik don standartining (O'z DSt 2823) talablariga javob beruvchi navli urugʻlik don konditsiyali sanaladi.
47. Urugʻlik don texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga mos kelmaydigan rayonlashtirilgan va istiqbolli urugʻlik donlar konditsiyasiz (namlik va ifloslik boʻyicha chegirilmagan vaznli) urugʻlik don hisoblanadi.
48. Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan konditsiyali (namlik va iflosligi boʻyicha chegirmadan qolgan sof vazn) urugʻlik don uchun urugʻlik tayyorlovchi tashkilot shartnomaga asosan amaldagi narxlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.
49. Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlardan urugʻlik material xarid qilish jarayonida urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlarning laboratoriyalari urugʻlik materialdan urugʻ chiqish hisob-kitobini aniqlaydi va kondinsion urugʻlikning fizik ogʻirligi boʻyicha urugʻlik chiqish hisob-kitobi asosida oldindan tovar preyskurant narxlari boʻyicha toʻlovni amalga oshiradi.
50. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan urugʻlik donni tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash ishlari amalga oshirilgandan keyin Markaz tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga koʻra tegishli sifat koʻrsatkichlariga asosan nav ustamalarini belgilangan tartibga muvofiq urugʻlik don yetishtiruvchi subyektlar bilan yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Nav ustamalari urugʻlik avlodlari boʻyicha urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
51. Boshoqli don urugʻlarini ekish meʼyorlarini belgilashda asosan 1 000 dona don urugʻining ogʻirligi hisobga olinadi. Urugʻlik chiqishi ustidan oraliq nazorat qilish maqsadida urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga choʻzinchoq yacheykalari boʻlgan elaklar komplekti orqali elash yoʻli bilan konditsiyali (namlik va iflosligi boʻyicha chegirmadan qolgan sof vazn) urugʻlik don va ikkilamchi darajali mahsulotlar (chiqindisini) aniqlaydi, bunda oxirgi elakning yacheykalari oʻlchami 2,2 x 20 millimetr boʻlishi lozim. Nazorat namunalari Markaz va urugʻlik don tayyorlovchi tashkilot mutaxassislari tomonidan maxsus komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
52. Konditsiyali urugʻlik chiqishini aniqlashda yoʻl qoʻyilsa boʻladigan chetga ogʻish laboratoriyalarda 3 foizni tashkil etadi.
53. Urugʻlik don yetishtiruvchi subyektlar tomonidan topshirilgan urugʻlik don mahsulotlarini xarid qilishda urugʻlik tayyorlash tashkilotlari laboratoriyasi tomonidan urugʻlik mahsulotdan konditsion urugʻlik va ikkinchi darajali mahsulot, yaʼni don chiqindisining (1 000 dona urugʻlik donning ogʻirligi va namligini hisobga olgan holda) chiqish foizi aniqlanadi.
54. Urugʻlik materialga qayta ishlov berilgandan olingan konditsion urugʻlik ekish uchun va ikkinchi darajali mahsulotlar ozuqa uchun ishlatiladi. (Bu jarayonda tegishli tashkilot mutaxassislari ishtirokida nazorat namunalari olinadi va laboratoriya tahlillari asosida aniqlanadi).
55. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar tayyorlov boʻyicha hisobotlarda urugʻlik materialning hajmini, “PK-10A” ixtisoslashgan qabul qilish kvitansiyalarida “kirim turi” satrida “urugʻlik material”, shu jumladan, urugʻlik don va ikkinchi darajali mahsulotlar ham koʻrsatiladi (hisob-kitob chiqishiga qarab). Ekish uchun tayyorlangan urugʻlik donning yakuniy hajmlari urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan tozalash va ishlov berish tugallanganidan keyin belgilanadi, har bir xoʻjalik boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi tuziladi va 1-don shakldagi hisobot statistika idoralariga taqdim etiladi.
56. Ixtisoslashtirilgan “PK-10A” qabul qilish kvitansiyasida urugʻlik material, shu jumladan, urugʻlikning, ikkinchi darajali mahsulotlar aks ettiriladi va ular urugʻlik tayyorlash tashkilotlarining statistika hisobotida ham aks ettiriladi.
57. Don xarid qilish toʻgʻrisidagi 1-don shakl hisobotda urugʻlik don miqdori 1, 2, 3-ustunlar boʻylab 22 — 26-satrlarda aks ettiriladi (ikkinchi darajali mahsulotlarsiz).
58. Donni qabul qilib olgan urugʻlik tayyorlash korxonalari urugʻlik don topshiruvchi bilan konditsion urugʻ va uning ikkinchi darajali mahsuloti (chiqindisi) uchun toʻlovlarni amaldagi normativ hujjatlar asosida oʻzaro hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiradi. Bunda urugʻlikni tozalash, saralash uchun ketgan xarajatlar hisobga olinadi”.
59. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar tayyorlangan urugʻliklarni standart ogʻirlikda qadoqlangan holda fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga yetkazib beradi.
60. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga topshirilgan urugʻlik material organik va mineral aralashmalardan birlamchi tozalanadi (somon, boshoqlar, oʻsimlik poyasi qoldiqlari, kesakchalar va boshqalardan). Namligi yuqori boʻlgan va ifloslangan urugʻlik material birinchi navbatda tozalanadi.
61. Urugʻlik materialni aralashmalardan tozalash turli konstruksiyali urugʻlik tozalash mashinalarida (separatorlarda, pnevmo nav ajratuvchi stollarda, triyerlarda va koʻchma urugʻlik tozalash mashinalarida) amalga oshiriladi.
62. Urugʻlik materialni tozalash odatda transport mexanizmlari, tozalash mashinalari va urugʻlik don saqlash hajmlari mavjud maxsus urugʻlik tozalash sexlarida amalga oshiriladi. Tozalangan urugʻlik saqlanayotgan omborda urugʻlik materialni tozalash tavsiya etilmaydi.
63. Urugʻlik materialni tozalashda don tozalash mashinalarini O'z DSt 2823 urugʻlik don standartining talablariga javob beruvchi va urugʻlik don shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydigan darajada ishlatish lozim.
64. Tozalashni oʻtkazish tartibi, urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning tozalash mashinalari ish rejimini tashkilot bosh muhandisi belgilaydi, bu ishni sex boshligʻi (ombor mudiri) va smena masteri amalga oshiradi.
65. Urugʻlik materialni tozalash sifatiga qarab, galma-gal amalga oshiriladi. Quyidagi urugʻlik don toʻdalari:
namligi va ifloslanganligi yuqori boʻlganlari;
zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanganlari;
urugʻlikka xos boʻlmagan hid tarqatuvchi aralashmalar bilan ifloslanganlari;
urugʻlik tozalash mashinalarida birinchi navbatda tozalanishi kerak.
66. Navlarning mexanik aralashishining oldini olish maqsadida bir navli, ammo turli avlodga yoki nav tozaligining turli toifalariga mansub urugʻlik materialning bir necha toʻdalariga ishlov berish oldidan avval tozalanayotgan navning tovar donga qabul qilingan toʻdasidan 10 tonna atrofida bir marta tozalangandan soʻng shneklar, quvurlar, liniya va noriyalar tozalanganligi toʻgʻrisida Agroinspeksiya hamda urugʻlik tayyorlovchi tashkilot mutaxassislari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va jurnalga qayd qilinadi. Shundan keyin yuqori avlodli, keyin esa past avlodli urugʻliklarga ishlov beriladi.
67. Ayniqsa boshqa ekin yoki boshqa nav va avlod urugʻlik materialga ishlov berishga oʻtilganida texnologik liniya uskunalari yaxshilab tozalanadi. Qabul qilish bunkerlari, noriyalar, transporterlar, elaklar va triyerli silindrlar tozalanishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shundan keyin mashinalar va transport mexanizmlari yakuniy tekshirilishi oʻtkaziladi va ishga tushiriladi. Yangi toʻda urugʻlik materialga ishlov berish oldingi ekin urugʻlaridan toʻliq tozalangandan keyingina oʻtkaziladi.
68. Urugʻlik tozalovchi mashinalarning samarali ishlashiga rioya etilishi lozim va urugʻlik materialni tozalash rejimiga smena masteri yoki bosh texnolog ruxsatisiz oʻzgartirish kiritish mumkin emas.
69. Urugʻlik tayyorlash sexining boshligʻi, bosh muhandis va agronom urugʻlik materialni tozalash jarayoni toʻgʻri olib borilishi va urugʻlik don tozalash mashinalari ishlashi uchun javobgarlikni zimmalariga oladi.
70. Urugʻlik materialni tozalash ekin turi va holatini inobatga olgan holda oldindan tanlab olingan elaklar bilan butlangan urugʻlik tozalash mashinalarida oʻtkaziladi.
Urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, texnologik uskunalar, urugʻ saralagichlar majburiy tartibda davlat roʻyxati va texnik koʻrikdan oʻtkazilib, ularga texnik guvohnoma berilganidan soʻng urugʻlik tayyorlash korxonalariga foydalanishga ruxsat etiladi.
Urugʻlik donlarini shamollatib turish
71. Navli urugʻlik donlari shamollatib turishdan oldin uskunalar va ularga xizmat koʻrsatuvchi transport mexanizmlari don qoldiqlari, changlardan yaxshilab tozalanadi.
72. Hosil yigʻishtirilgandan keyingi tinim davri jarayonlari kechishini jadallashtirish maqsadida kuz mavsumida urugʻlik donni shamollatib turishda uning namligi imkoniyat darajasida pasayishiga erishish lozim.
73. Urugʻlik don havo harorati 15 °C va undan yuqori darajada boʻlganda shamollatiladi.
Urugʻlik donni zararsizlantirish
74. Urugʻlik uchun qabul qilinayotgan urugʻlik don zararkunandalar bilan zararlanmagan boʻlishi lozim. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlarda saqlanayotgan don zaxiralari zararkunandalar bilan zararlanganligi aniqlangan urugʻlik don toʻdalari oʻz vaqtida zararsizlantirilishi lozim.
75. Zararlangan urugʻlik don turgan ombor, unga boruvchi barcha yoʻlaklar, urugʻlik tozalash mashinalari, transport mexanizmlari, ombor jihozlari va urugʻlik donga ishlov berish oʻtkazilgan hududlar tozalanadi va zararkunandalarga qarshi dezinfeksiyalanadi.
76. Barcha ekinlarning urugʻliklarini zararsizlantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan preparatlardan foydalaniladi.
77. Kimyoviy zararsizlantirish boʻyicha ishlarni maxsus malaka oshirish oʻqishlarida oʻqitilgan mutaxassislar, Agroinspeksiya qoshidagi “Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” davlat unitar korxonasi amalga oshiradi.
78. Urugʻlik don zararsizlantirayotganda ishlov berishdan kamida 10 — 15 kun avval va ishlov berish yakunlangandan 10 — 15 kundan keyin urugʻlik donning ekish sifat koʻrsatkichlari boʻyicha laboratoriya tahlillari oʻtkazilishi lozim. Tahlil uchun ikkita namuna tanlab olinadi, ulardan biri Markazga hamda urugʻchilik klasteriga joʻnatiladi, ikkinchisi esa tahlil natijalari olinguniga qadar urugʻlik tayyorlovchi tashkilotda turadi. “Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” davlat unitar korxonasining talabiga koʻra urugʻlik donning unuvchanligini aniqlash uchun namuna tanlab olish uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi. Bu holda uchinchi namuna tanlab olinadi, u ekspeditsiyada saqlanadi. Zarur boʻlgan taqdirda ikkinchi va uchinchi namuna xolisona arbitraj tahlil qilish uchun Markaz va urugʻlik yetishtiruvchi subyektga topshiriladi.
79. Matodan tikilgan yoki polipropilen qoplarga qoplangan urugʻlikni fumigatsiya (omborxonani zararkunandalardan kimyoviy dorilash) yoʻli bilan zararsizlantirish qoplarni boʻshatmasdan amalga oshiriladi. Kraft (maxsus qogʻoz qop) qoplarga qoplangan urugʻliklar ularni albatta boʻshatish tariqasida oʻtkaziladi, shundan keyin zararlanmagan qopga qayta qoplanadi yoki zararlanmagan omborga joylashtiriladi.
Saqlash paytida urugʻlik holati va sifati ustidan nazorat qilish
80. Urugʻliklar urugʻlik don tayyorlovchi tashkilotga tushgan paytda ularning sifatini saqlab qolish maqsadida urugʻliklar va atrof muhit havosi harorati va namligi, don sifatining organoleptik koʻrsatkichlari (hidi, rangi), zararlanganligi va unuvchanligi ustidan Markaz masʼul xodimi muntazam kuzatuv oʻrnatishi zarur.
81. Nazorat har bir alohida toʻda yoki hajm (shtabel, silos, ombor va h.k.) boʻyicha yuritiladi.
82. Katta toʻdalar uyumining ustki sathi (omborlarda) shartli tarzda seksiyalarga ajratiladi (har biri 50 kv, metrdan oshmaydi), ularning har biri ustidan mustaqil kuzatuv oʻtkaziladi.
83. Uyum balandligi 1,5 metrdan yuqori boʻlgan omborlarda urugʻlik don harorati kamida uch nuqtadagi termoshtanga bilan aniqlanadi. Jumladan, ustki yuzadan 30 — 50 santimetr chuqurlikda, uyum oʻrtasida va polda aniqlanadi.
Uyum balandligi 1,5 metrdan oshmaganda urugʻlik don harorati uyumning ikki ustki va pastki qatlamlarida aniqlanadi. Har bir urugʻlik don haroratini aniqlashdan keyin termoshtangalar seksiya doirasida shaxmat tartibiga rioya etilgan holda bir-biridan 2 metr masofada qayta oʻrnatiladi.
84. Silos turidagi sigʻimlarda haroratni aniqlash masofadan turib nazorat qilishga moʻljallangan uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Urugʻlik donni ushbu uskunalarsiz silos turidagi sigʻimlarga joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
85. Urugʻlik donlarning haroratini aniqlash muddatlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
86. Haroratni aniqlash davriyligi urugʻlik don uyumining alohida qatlamlarida aniqlangan eng yuqori haroratga bogʻliq holda belgilanadi.
87. Namligi boʻyicha sinflanmagan urugʻlik ustidan harorat borasida urugʻlik tayyorlovchi tashkilot masʼul xodimi tomonidan maxsus kuzatish olib borish talab etiladi. Urugʻlik don harorati va namlikning oshganligi aniqlangan hollarda (tashqi havo haroratining oshishi bilan bogʻliq boʻlmagan) ularni zudlik bilan sovitish yoki quritish lozim.
88. Bahorda urugʻlik don harorati kuzatilganda, ayniqsa, omborning janubiy devoriga tutash uyum yuqori qatlamida harorat oshishiga eʼtibor qaratish kerak. Urugʻliklar harorati tashqi havo harorati oshishi bilan bogʻliq boʻlmagan holda tez koʻtarilganda eng avvalo tez-tez shamollatib turish vositalarini qoʻllab, ular sovitilishi borasida chora-tadbirlarni zudlik bilan koʻrish lozim. Bunday urugʻlik don holati ustidan nazorat har kuni oʻtkaziladi.
89. Har bir ombordagi haroratni aniqlash uchun simobli yoki spirtli devor termometri boʻlishi lozim. Tashqaridagi termometr toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlaridan albatta himoyalangan boʻlishi zarur. Tashqi havoni, shuningdek, ombor ichkarisidagi nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrlar boʻlishi zarur.
90. Omborlarda uyum holda va silos tipidagi hajmlarda saqlanayotgan urugʻlik donning namligi holati ustidan nazorat urugʻlik tayyorlovchi tashkilot tomonidan oyda kamida ikki marta, shuningdek, har bir joy oʻzgartirish va ishlov berishdan keyin namunalar va tahlillar olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
91. Namlikni aniqlash har bir toʻda uyumining yuqori qatlamidan uch metr chuqurlikdan olingan namunalarga qarab oʻtkaziladi.
92. Saqlanayotgan urugʻlik don zaxiralarini zararkunandalardan zararlanganligini tekshirishda organopletik koʻrsatkichlarni urugʻlik don harorati va namligini aniqlash muddatlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻtkaziladi.
93. Unuvchanlikni aniqlash yoki urugʻlik don sifatini toʻla tahlilini oʻtkazish har bir saqlashga yoki joʻnatishga tayyorlangan toʻdasida urugʻlik don “Muvofiqlik sertifikati” amal qilish muddati tugashi bilan yoki urugʻlik don (Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan) sugʻurta fondi sifatida uzoq saqlashga joylashtirilganda Markaz tomonidan namunalar tanlab olinadi va oʻtkaziladi.
94. Saqlanayotgan urugʻlik donning unuvchanligi Markazda ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Bundan tashqari, urugʻliklar urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasida ularning unuvchanligi tekshirilishidan qatʼi nazar, Markazning markaziy laboratoriyasida tahlillardan oʻtkaziladi, ulardan har biriga berib yuborishga yoki yuklab joʻnatishga tayyorlangan urugʻlik donga “Muvofiqlik sertifikati” olinishi lozim.
95. Urugʻlik donlarning unuvchanligi pasayishi aniqlangan taqdirda sabablarni shoshilinch aniqlash va urugʻlik donning kechiktirmay sovitilishi yoki quritilishi, shuningdek, ularning birinchi navbatda sotilishi borasida chora-tadbirlar koʻrish lozim. Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq boshoqli va yogʻli ekinlar uchun unuvchanlikka nisbatan urugʻlik donning konditsiyaliligi toʻgʻrisida guvohnoma (namlik va iflosligi chegirilgan holda rasmiylashtirilgan hujjat) yoki muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati toʻrt oy etib belgilangan. Biroq, ekishga berish yoki yuklashdan oldin ekin hujjatining amaldagi muddati hali oʻtib ketmagan yoki borish yoʻlida oʻtishi mumkin boʻlgan u yoki bu urugʻlik toʻda hujjatda koʻrsatilgan unuvchanlik saqlanganiga ishonch hosil boʻlmasa, bunday holda ana shu toʻda Markaz va urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasida muddatidan oldin tekshirilishi lozim.
96. Matoli qoplarda saqlanayotgan urugʻliklarning holati ustidan nazorat qilish uchun har 15 kunda urugʻlik don harorati 10°C dan yuqori boʻlganda va 30 kunda urugʻlik don harorati 10°C dan past boʻlganda qoplardan namuna olinadi va urugʻlik tayyorlovchi tashkilot laboratoriyasida urugʻlik donning rangi, hidi, namligi va don zararkunandalaridan zararlanganligi tekshiriladi.
97. Urugʻlik don holati ustidan nazorat oʻtkazilayotganda barcha kuzatuvlar uyum yuqorisida quyilgan traplardan olib boriladi.
98. Zararlangan toʻdalarni koʻzdan kechirgandan keyin tekshiruvchi oʻz kiyimi va poyabzalini yaxshilab tozalashi shart.
99. Urugʻlik don harorati, zararkunandalar bilan zararlanganligini, hidi va rangi koʻrsatkichlarini laboratoriya xodimlari shtabellar, seksiyalar boʻyicha xronologik tartibda va qatlamlar boʻyicha alohida-alohida belgilangan shakldagi kuzatuvlar jurnaliga kiritadi.
100. Urugʻlik don har bir toʻdaisiga laboratoriya xodimlari belgilangan shaklda shtabel yorliqlari yozib qoʻyadi, ularda urugʻlikning navining nomi, avlodi, toifasi, nav tozaligi foizi, sinfi va boshqa koʻrsatkichlar koʻrsatiladi. Shtabel yorliqlari ombor mudiriga topshiriladi, ombor mudiri ularni omborda saqlanayotgan urugʻlik don toʻdasi yoniga osib qoʻyadi.
101. Urugʻlik don harorati koʻrsatkichlari shtabel yorliqlariga ombor mudirlari va ularning yordamchilari tomonidan belgilangan muddatdagi har bir tekshiruvdan keyin muntazam ravishda yozib boriladi. Bu koʻrsatkichlar shtabel yorliqlariga umumiyligicha alohida qatlamlarning past va yuqori haroratini koʻrsatgan holda alohida toʻdalar boʻyicha (seksiyalarga ajratmasdan) yozib boriladi.
102. Urugʻlik don ustidan nazorat olib boriladigan qolgan barcha sifat koʻrsatkichlarini (namligi, zararlanganligi, rangi, hidi) shtabellarga laboratoriya xodimi yozib boradi.
Urugʻlik donni dorilash va qadoqlash tartibi
103. Boshoqli don urugʻlari ekishga tayyorlashdan oldin kimyoviy preparatlar bilan dorilanadi.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan tavsiya etilgan urugʻ dorilagichlardan foydalaniladi;
dorilanayotgan urugʻlik toʻdalari tozalangan, saralangan, ekish sifat koʻrsatkichlari amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabi darajasida boʻlishi kerak;
boshoqli don urugʻlarini purkab dorilash moslamalari yaxshi va bir tekisda ishlashi taʼminlanishi kerak.
104. Boshoqli don urugʻlarini dorilash jarayonida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari tomonidan kimyoviy preparatlarning turidan kelib chiqqan holda belgilangan meʼyorda suspenziya tayyorlanishi kerak dorilash sifati doimiy nazorat qilinadi.
Bunda ruxsat etilgan kimyoviy preparatlarning tavsiyalardan kelib chiqqan holda preparatlarning sarfi meʼyorlarda belgilanishi va ishchi aralashma suspenziyasining talab darajasida tayyorlanishi hamda urugʻlikning sifatli dorilanishi uchun Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan biriktirilgan mutaxassislar masʼul hisoblanadi.
105. Dorilangan boshoqli don urugʻlari qoplangandan keyin 7 — 10 kun muddatda omborlarda saqlanishi shart.
Dorilangan boshoqli don urugʻlari qadoqlanayotgan qoplar kimyoviy vositalar oʻtkazmaydigan mustahkam sifatli materiallardan tayyorlanishi, ortish va tushirish, paytida chidamli boʻlishi hamda qoplar ogʻzini tikish ishlarini mexanik ravishda amalga oshirish talab etiladi. Dorilangan urugʻlik don qoplariga “Zaharli modda bilan dorilangan” ogohlantiruvchi soʻzlari qizil rangda aniq aks ettirilgan holda yozilishi shart.
Qoplangan urugʻlik don GOST 14192 boʻyicha belgilanadi, har bir qop ustiga yorliq yopishtiriladi (tikiladi).
Yorliqlar toʻrtburchak shaklida, oʻlchamlari kamida 110 x 70 mm va avlodlar boʻyicha quyidagi rangda boʻlishi kerak:
orginal urugʻlar (OU) — sariq;
elita urugʻlar (EU) — oq;
reproduksion urugʻlar (RU1 yoki RU-2) — qizil
reproduksion urugʻlar (RUT) — koʻk.
Urugʻlik don toʻdalari dorilanib tayyorlangandan soʻng qoʻshimcha ravishda ishlov berishni (tozalash, saralash, kalibrlash va boshqa texnikalar) amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sexlarda tayyorlangan urugʻlik don toʻdalarining tozaligi sifat koʻrsatkichi elash yoʻli bilan aniqlanadi.
Bunda oxirgi elakning yacheykalari oʻlchami 2,2 x 20 millimetr boʻlishi lozim. Nazorat namunalari Agroinspeksiya, Markaz va urugʻlik don tayyorlovchi tashkilot mutaxassislari bilan birgalikda maxsus komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
Tayyorlangan urugʻlik boshoqli don toʻdasi sifat koʻrsatkichlari, yaʼni urugʻ tozaligi, boshqa oʻsimlik va begona oʻt urugʻlari aralashmalari belgilangan avlod talablariga javob bermagan yoki nomuvofiq deb topilgan taqdirda, tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat komissiya nazorati ostida urugʻlik boshoqli don toʻdasi qayta tozalanadi va saralanadi.
106. Kimyoviy preparatni qabul qilish, saqlash va undan foydalanish ishlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Urugʻlik donni yuklab joʻnatish va rasmiylashtirish
107. Urugʻlik don temir yoʻl orqali joʻnatilganda uning sifati toʻgʻrisidagi hujjatlar uch nusxada yozib beriladi, ulardan bir nusxasi temir yoʻl hujjatiga tirkaladi, bu haqida hujjat raqami, sanasi va uni bergan korxona nomi koʻrsatilgan holda belgi qoʻyiladi. Ikkinchi nusxasi yuklangan urugʻlik donga berilgan yoʻl varagʻiga qoʻshib qoʻyiladi, uchinchisi esa Markaz laboratoriyasining yigʻma jildida qoladi.
Navli urugʻlarning har bir toʻdasiini yuklab joʻnatishda Markaz tomonidan quyidagi hujjatlar:
urugʻlikka attestat — barcha oʻsimliklarning original va elita urugʻiga, shuningdek, makkajoʻxorining oʻzidan-oʻzi changlangan liniyalari urugʻiga;
urugʻlikka guvohnoma — qolgan barcha reproduksiyalar urugʻiga;
108. Navli va duragay urugʻlik don yuklab joʻnatilishida ishlatiladigan vagonlar butunlay soz, yaxshilab tozalangan va zararsizlantirilgan boʻlishi lozim. Korxonalar navli va duragay urugʻlik don temir yoʻl transporti orqali yuklab joʻnatilganda va temir yoʻldan avtotransportga tushirib yuklaganda navlari va sifati har xil boʻlgan urugʻliklarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
109. Urugʻlik don avtotransport bilan bir joydan ikkinchi joyga tashilganda olinayotgan yoki berib yuborilayotgan urugʻliklarning har bir toʻdasi tovar-transport yukxati, shuningdek, urugʻlik don sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati bilan kuzatib borilishi lozim. Muvofiqlik sertifikatining asl nuxasi laboratoriya yigʻma jildida qoladi, uning nusxasi esa urugʻlik don oluvchiga beriladi.
110. Urugʻlik don temir yoʻl orqali olib kelinganda oluvchi — tashkilot zudlik bilan Markaz vakilini chaqiradi, u urugʻlik don sifatini keyingi aniqlashlar uchun namunalar, shuningdek, qoʻshimcha tahlil talab etiladigan holatlar uchun namunalar oladi.
111. Markaz vakili tomonidan oʻrtacha namunalar olinishi urugʻlik don yetib kelganidan besh kundan kechiktirmasdan amalga oshirilishi va har biri uch nusxada tuziladigan belgilangan shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
112. Oʻrtacha namunalar dalolatnomaning bir nusxasi bilan birga u olingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmasdan olingan urugʻlik donning sifatini tekshirish uchun Markaz va urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning sinov laboratoriyasiga va mintaqalararo akkreditatsiyalangan (sertifikat berish huquqiga ega boʻlgan tashkilot) sinov laboratoriyalariga yuboriladi.
113. Urugʻliklar eksport-import qilinganda urugʻlik sifat koʻrsatkichlarida noaniqlik holati kuzatilganda qoʻshimcha tahlil uchun namunalar tanlab olish va rasmiylashtirish “Qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklari sifatni arbitraj (noaniqliklar paydo boʻlganda oʻtkaziladigan tahlillar) aniqlash qoidalari” texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq oʻtkazilishi lozim. Qoʻshimcha tahlil natijalari urugʻlik don oluvchi va joʻnatuvchiga yuborilishi lozim.
Qoplangan urugʻlik don tashish uchun turli xildagi usti yopiq, tegishli qoidalarga javob beruvchi temir yoʻl va transport vositalaridan foydalanildi. Agar urugʻlik don ochiq transport vositalarida tashilsa, qoplarning usti brezent bilan yopilishi kerak.
Dorilangan urugʻlik don toʻdalarini uyulgan (toʻkilgan) holda tashish va ochiq maydonchalarda saqlash man etiladi.
Urugʻlik tayyorlovchi subyektlardan ekish uchun olingan urugʻlik donning sifatli saqlanishiga va ekilishiga xoʻjaliklarning rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Urugʻlik don toʻdalarini realizatsiya qilishga ularning genetik (nav) va ekinboplik sifatlari koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.
Quyidagi holatlarda urugʻlik don toʻdalaridan ekish va realizatsiya qilishda foydalanish taqiqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilmagan boshoqli don ekinlari navlari va duragaylarining urugʻliklari;
oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlangan urugʻliklar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelmaydigan urugʻliklar.
Ob-havo noqulay kelgan yillarda yangi va istiqbolli navlarning urugʻliklariga boʻlgan talabdan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining yoki uning vakolatli organining ruxsati bilan urugʻliklar realizatsiya qilinishi mumkin.
Muomalaga kiritilayotgan urugʻliklar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq tamgʻalangan va qadoqlangan boʻlishi kerak.
4-bob. Yakunlovchi qoida
114. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Urugʻlik donni qabul qilish, joylashtirish, saqlash, qayta ishlash va ekish uchun tarqatish
SXEMASI
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Urugʻlik donni saqlashda shtabel balandligi
Ekin turlari
Urugʻlik don harorati
+ 10°C gacha
+ 10°C dan yuqori
shtabel balandligi (qoplar qatori soni)
Bugʻdoy, javdar, arpa
8
8
Sholi, kungaboqar
8
6
Suli, soya, raps
6
4
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Urugʻlik donlarning haroratini aniqlash muddatlari
Urugʻlikning namlik boʻyicha holati
Yanchib olingan urugʻlik donni shohobchalarda saqlash paytdan 3 oy davomida
Urugʻlik don uyumi harorati
O °C va undan past
0° C dan +10 °C gacha
+10 °C dan yuqori
Quruq
3 kunda 1-marta
15 kunda 1-marta
15 kunda 1-marta
10 kunda 1-marta
Quruqligi oʻrtacha
2 kunda 1-marta
10 kunda 1-marta
10 kunda 1-marta
5 kunda 1-marta
Nam
har kuni 7 kunda
7 kunda 1-marta
5 kunda 1-marta
har kuni 1-marta
Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Saqlanayotgan urugʻlik don zaxiralarini zararkunandalardan zararlanganligini tekshirishda organopletik koʻrsatkichlarni urugʻlik don harorati va namligini aniqlash muddatlari
Urugʻlik don namligi (%)
Urugʻlik don harorati
+5 °C dan past
+5 dan 10 °C gacha
+10 °C dan yuqori
15 foizgacha
20 kunda 1-marta
15 kunda 1-marta
10 kunda 1-marta
15 foizdan yuqori
15 kunda 1-marta
10 kunda 1-marta
5 kunda 1-marta
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga 5-ILOVA
Urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urugʻlik chigit tayyorlash va saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki ishlash, urugʻlik chigitni tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki ishlash, urugʻlik chigitni tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
kam tukli urugʻlik chigit — tukliligi urugʻlik chigitning dastlabki massasidan 2,5 foizdan koʻp boʻlmagan urugʻlik chigit;
kapsulalangan urugʻlik chigit — unuvchanlikni oshirish va har xil kasalliklardan saqlash maqsadida chigit usti suvda eriydigan yupqa biologik aktiv polimer qobiq bilan qoplangan urugʻlik chigit;
paxta gʻarami — seleksion navi, avlodi va sanoat navi, tipi, sinfi bir xil boʻlgan paxtani qabul qilish maskanlarida maxsus saqlash maydonchalarida gʻaramlash;
reproduksion urugʻliklar — elita urugʻliklardan olinadigan keyingi avlod urugʻliklar;
tabiiy tuksiz urugʻlik chigit — ingichka tolali urugʻlik paxtalarni gʻoʻlali jinlash jarayonida olingan urugʻlik chigit;
tuksiz urugʻlik chigit — tukli urugʻlik chigitlarni aniq ekish apparatlarida ekish maqsadida mexanik yoki kimyoviy (konsentrlangan kislotali eritmalar yordamida) usullarda tayyorlangan urugʻlik chigit;
urugʻlik paxta — har bir paxta tupining uchinchi hosil shoxidan 7-8-hosil shoxlarigacha pishib ochilgan koʻsaklardan qoʻl bilan terilgan, maxsus mashinalar bilan terilganda esa 60 — 65 foiz koʻsaklar ochilgan urugʻlik daladan terilgan va ekish uchun chigit olishga moʻljallangan paxta xom ashyosi;
urugʻlik chigit — urugʻlik paxtani dastlabki ishlash natijasida olingan, ekish uchun moʻljallangan chigit;
urugʻlik toʻdasi — bir turdagi (muayyan ekin, nav, reproduksiya, toifa, genetik (nav) tozalikdagi, muayyan yil hosilidan olingan) kelib chiqishi bir hujjat bilan tasdiqlangan maxsus jamlangan urugʻlikning bir xil mikdori;
2-bob. Urugʻlik paxtani qabul qilish va saqlash. Urugʻlik paxta xom ashyosining sifatiga qoʻyiladigan texnik talablar
4. Urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilib olish va jamlash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
5. Urugʻlik paxtani iflosligining (iflos aralashmalarning massaviy nisbati), namligi (namlikning massaviy nisbati) va chigitning mexanik shikastlanganligi boʻyicha koʻrsatkichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan belgilanadi va 2 ta sinfga boʻlinadi.
6. Urugʻlik paxta avlodiga qarab: original, elita, 1, 2, 3-reproduksiyalarga boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining ruxsati bilan urugʻ yetishmaydigan navlarning birinchi terim I-sanoat naviga tegishli texnik paxta xom ashyosining R4 avlodidan urugʻlik chigit tayyorlash va undan ekishda foydalanish mumkin.
7. Urugʻlik paxta 1-sinfining namlik, ifloslik va mexanik shikastlanganlik meʼyorlari oshib ketsa, ushbu paxta 2-sinfga oʻtkaziladi, 2-sinf meʼyorlaridan oshib ketsa, urugʻlik paxta urugʻlik fondidan chiqariladi va toʻda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan texnik paxtaga oʻtkaziladi.
8. Paxta qabul qiluvchi paxta tozalash korxonalari, paxta-toʻqimachilik klasterlari, urugʻchilik klasterlari (keyingi oʻrinlarda urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar) paxta terish mavsumi boshlangunga qadar urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilib olish hamda saqlashga alohida tayyorgarlik koʻradi.
Ushbu maqsadda tegishli omborxona va ayvonlar oʻtgan yillardan qolgan paxta va chigit qoldiqlaridan tozalanishi hamda zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilishi shart.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) urugʻlik paxta maydonlarida oʻtkazilgan aprobatsiya natijalariga muvofiq urugʻlik paxta xom ashyosining seleksion navi, sinfi va avlodlari boʻyicha tayyorlanadigan urugʻlik paxta xom ashyosi hajmini belgilaydi;
har yili 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga, urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlaydi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
10. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish va toʻdalarga jamlash urugʻlik tayyorlash miqdoriga asosan tasdiqlangan joylashtirish sxemasiga hamda aprobatsiya dalolatnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Urugʻlik paxtani qabul kilishda 1-SX (paxta) shakl yukxatidagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomasiga toʻgʻri kelishi shart. Yukxati boʻlmasa yoki undagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomasiga toʻgʻri kelmasa, urugʻlik paxta maydonlarini aprobatsiya qilgan tashkilot vakili tomonidan urugʻlik hujjatlari aniqlangunga qadar qabul qilinmaydi. Tegishli hujjatlar aniqlanmagan taqdirda, urugʻlik paxta xom ashyosi tovar (texnik) paxtaga qabul qilinadi.
12. Qabul qilingan urugʻlik paxta gʻaramlarining toʻdalari aralashib ketishining oldini olish maqsadida boshqa maskanlardan keltirilgan urugʻlik paxtalarning nav, avlod va sinfi bir xil boʻlgan taqdirda ham bir toʻdaga qoʻshib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Urugʻlik paxtani qabul qilishda xom terilgan, suvdan qolgan va kasallikka uchragan (aprobatsiya natijalariga zid boʻlgan) paxtani qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Xoʻjaliklardan qabul qilib olingan urugʻlik paxtalar konditsion massasiga koʻra bitta toʻdaga 250 — 300 tonnadan oshmagan holda qabul qilinib, quyidagi belgilari, jumladan, seleksion navi, avlodi, nav tozaligi, dala guruhi, sanoat navi, kelib chiqishi va sinfiga qarab asosiy hamda zaxiraga ajratilib, alohida-alohida toʻdalarga jamlanadi.
15. Bir xil urugʻlik material olish uchun sentabr oyida terilgan urugʻlik paxta toʻdasi oktabr oyida terilgan urugʻlik paxtadan alohida toʻdalarga jamlanadi.
16. Sentabr oyida terilgan urugʻlik paxtani bitta toʻdaga jamlash davomiyligi 10 — 15 kundan oshmasligi hamda urugʻlik paxtaning ikkita avlodi, har xil sinflari, shuningdek, asosiy va zaxira fondlarini bitta saqlash maydonchasida jamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Aprobatsiya dalolatnomasi asosida qishloq xoʻjalik zararkurandalari va kasalliklari bilan zararlangan urugʻlik paxta alohida maydonchalarda jamlanadi.
18. Urugʻlik paxtalarni jamgʻarishi tugallanmagan toʻdalarni tashish va qayta ishlashga ruxsat etilmaydi.
19. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilot tomonidan qabul qilinayotgan urugʻlik paxtaning har bir toʻdasini jamlash bilan bir paytda tayyorlov maskani laboranti har kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida namuna tanlab oladi.
Namuna olingandan soʻng Markazning qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining ekinboplik sifat koʻrsatkichlarini sinovdan oʻtkazish va nav sofligini aniqlash laboratoriyasiga bir kilogramm paxta chigiti uning mexanik shikastlanganlik darajasini aniqlash uchun yuboriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
20. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilot tomonidan original, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlarni yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan aniqlangan urugʻlik yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlaridan urugʻlik paxta qabul qilinadi.
21. Urugʻlik paxta saqlanayotgan har bir ombor yoki gʻaramga paxtaning 8-XL shaklli pasportidan koʻchirma yopishtirib qoʻyiladi. Unda toʻda raqami va vazni, seleksion va sanoat navi, sinfi, avlodi, nav tozaligi, aprobatsiya oʻtkazilgandan keyin aniqlangan dala guruhi, omborxona yoki bund (gʻaram) raqami, qabul qiluvchining familiyasi koʻrsatiladi.
22. Paxtaning rayonlashtirilgan, istiqbolli va yangi seleksion navlarining elita urugʻlik paxtalari yangi qanor-qoplarga solinib, qoplarning ichki va tashqi qismiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari boʻyicha etiketka (yorliq) qoʻyilgan holda quruq, toza va shamollatish tizimi mavjud usti yopiq omborlarda saqlanadi. Qoplar maxsus tagliklar ustiga taxlab koʻyilib, gʻaramning oʻrta qismi ochiq qoldiriladi.
Urugʻlik paxtaning birlamchi materiallari masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarida normativ-huquqiy hujjatlar talablari boʻyicha saqlanadi.
23. Urugʻlik paxtaning birinchi va keyingi avlodli har bir jamlangan toʻdalari boshqa toʻdalardan alohida ajratilib, maydonchalarda gʻaramlanadi hamda yangi brezent bilan yopilib, arqonlari mahkam tortilib, namlanishga va urugʻlik materialning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan sharoitda saqlanadi.
24. Gʻaram koʻtarilgandan keyin qoʻlda yoki mexanizm yordamida uning uzunasi boʻylab besh kun muddat ichida tunnel qaziladi, tunnelning balandligi 1,8 — 2,0 metr, eni 0,8 — 1,0 metr boʻlishi talab etiladi.
25. Tunnel qazish, tarashlash va qirqishdan chiqqan urugʻlik paxta paxta tozalash korxonalarining urugʻchi agronomi, tovarshunos, Markazning hududiy laboratoriyasi mudiri ishtirokida tuzilgan dalolatnoma asosida ushbu navning tegishli sinfiga mansub texnik paxta gʻaramiga oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
26. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning masʼul xodimlari tomonidan urugʻlik paxta gʻaramlarining saqlanishi, tashqi koʻrinishi kuzatib boriladi va harorati har besh kunda bir marta oʻlchanadi va natijasi boʻyicha maxsus daftarlarga qayd qilib boriladi. Bunda:
gʻaramlardagi harorat 8 joydan (4 tasi burchaklar tomondan, 4 tasi esa yon, old va orqa tomonlardan) 4 metr chuqurliqda oʻlchanadi. Omborlarda saqlangan paxta bundlari (gʻaram) esa eshik tomonidan bitta joyda, tepa qismidan 4 — 6 joydan oʻlchanadi va harorat oʻlchagich gʻaram ichida kamida 30 daqiqa turishi kerak;
urugʻlik paxtaning 3-4 metr chuqurligidagi harorati 30°C dan yuqori boʻlsa, u holda havoni tezda soʻrish choralarini koʻrilishi lozim.
27. Urugʻlik paxtaning elita avlodi va yangi seleksion navlarining birinchi avlodi urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga tayyorlov maskanidan qoplarda va avlodli urugʻlik paxtalar jamlangan toʻdasi boʻyicha alohida-alohida 1-TXL shakl tovar-transport yukxatida “urugʻlik paxta” belgisi qoʻyilib, usti mato yoki brezent bilan yopilgan holda yuboriladi.
28. Har bir joʻnatiladigan paxta toʻdasi birligiga tayyorlov maskanining buxgalteriyasi tomonidan 13-XL shakli oʻlchovnomasi asosida 1-TXL tovar-transport yukxati 3 nusxada yoziladi. Uning bir nusxasi paxtani joʻnatuvchi maskanda qoladi, bittasi paxtani qabul qilib oluvchi urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga, bir nusxasi esa transport tashkilotiga yuboriladi. Bu yukxatlari aniq hisob-kitob blankalari hisoblanadi va yuk joʻnatuvchi tomonidan maxsus muhrlangan, tikilgan jurnallarga qayd qilib boriladi.
29. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotga kelgan urugʻlik paxtaning hisobiy va konditsion vazni uni tayyorlov maskanidan joʻnatish paytidagi ifloslik va namlik boʻyicha laboratoriya tahlillari asosida hisoblab chiqiladi.
30. Joʻnatish yoki qabul qilish joyida urugʻlik paxtaning sanoat navi, sinfi, namligi, iflosligi boʻyicha aniqlangan sifati har ikki tomon uchun majburiy hisoblanadi.
3-bob. Urugʻlik paxtani dastlabki ishlash, tayyorlash va dorilash Urugʻlik paxtani dastlabki ishlash
31. Urugʻlik paxta gʻaramlarda 1,5 — 2 oy davomida sifatli qilib saqlanib, paxta xom ashyosidagi chigitlar toʻliq fiziologik yetilganidan soʻng urugʻlik chigit tayyorlash sexlarida qayta ishlashga ruxsat etiladi.
32. Urugʻlik paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlariga paxtani uzatish, quritish, mayda va yirik iflosliklardan tozalash, jinlash, chigitni linterlash, qoplash va vaqtincha saqlash joylariga tashish kiradi.
33. Urugʻlik paxta gʻaramlarini dastlabki ishlashda olinadigan urugʻlik chigitlarning sifat koʻrsatkilari davlat andozalari talablari asosida tayyorlash maqsadida korxonaning barcha texnologik liniyalari rostlanib, yumshoq rejimda amalga oshiriladi.
34. Har bir urugʻlik paxta toʻdasini dastlabki ishlab chiqarishdan oldin gʻaramdan kutiladigan mahsulotlarning koʻrsatkichlari aks ettirilgan 28-XL topshiriqnomasi urugʻlik paxta tayyorlangan maskanining moddiy javobgar shaxsi va urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi tomonidan tuzilib, tasdiqlangandan keyin ishlab chiqarishga beriladi.
35. Uzun tolali urugʻlik paxtalar valikli jinlarda tozalanadi va jinlangan urugʻlik chigitlar bir marta linterlanadi.
36. 28-XL topshiriqnomasi 5 nusxada urugʻlik paxta tayyorlangan maskanning moddiy javobgar shaxsi, urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi, bosh buxgalteri, bosh muhandisi, xom ashyo va tayyor mahsulot hamda texnik nazorat boʻlimi boshliqlari tomonidan imzolanadi.
37. Har bir urugʻlik paxta gʻaramini dastlabki ishlashdan oldin asosiy va yordamchi uskunalarning texnologik parametrlari rostlanib, seleksion navlarning mexanik aralashuvining oldini olish maqsadida barcha uskunalar va agregatlar qoldiq mahsulotlardan tozalanadi hamda 10 daqiqa davomida olingan urugʻlik chigit urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning masʼul mutaxassislari, urugʻlik chigit tovarshunosi va texnik chigit tovarshunosi ishtirokida dalolatnoma tuzilib, texnik chigitga oʻtkaziladi.
38. Urugʻlik paxtaning seleksion navini dastlabki ishlash ketma-ketligi uchinchi, ikkinchi, birinchi va elita avlodi boʻyicha amalga oshiriladi hamda yuqori avlodli urugʻlik toʻdasini ishlashga oʻtilsa, dastlabki 10 daqiqa davomida olingan urugʻlik chigit dalolatnoma asosida oldingi tugatilgan avlodning urugʻlik chigit toʻdasiga qoʻshilishiga ruxsat etiladi.
39. Paxtani ishlab chiqarishdan keyin chiqadigan mahsulotlar xom ashyo va tayyor mahsulot boʻlimining tovarshunosi tomonidan qabul qilinadi va paxta tolasi, momiq, tarkibida kalta momiq, ulyuk boʻlgan chiqitlar va boshqa ajratmalar har bir qayta ishlangan paxta toʻdasi boʻyicha alohida tortib olinadi.
40. Paxta gʻaramlarini dastlabki ishlashdan olingan mahsulotlar 28-XL topshiriqnomasida belgilangan reja meʼyorlaridan kam boʻlib, ishlab chiqarish kuyindilari esa nav meʼyorlaridan koʻp yoki aksincha boʻlsa, tayyorlov maskanining qabul qiluvchisi shu ogʻishlarga yozma ravishda tushuntirish berishi kerak. Tushuntirish xati 28-XL topshiriqnomasidagi ishlab chiqarish topshiriqnomasiga ilova qilinadi.
41. Urugʻlik tayyorlovchi korxonalarda urugʻlik chigit tayyorlash ishlari texnologik uskunalar oʻrnatilgan ixtisoslashtirilgan sexlarda amalga oshiriladi. Urugʻlik chigit ikki koʻrinishda, yaʼni tukli va tuksizlantirilgan holda tayyorlanadi. Mexanik tuksizlantirish oʻz navbatida bir yoki ikki bosqichda tuksizlantirish texnologiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
42. Urugʻlik chigitni tayyorlash texnologiyasi “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan reglament asosida olib borilib, urugʻlik chigitning sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi shart.
43. Tuksiz va kam tukli urugʻlik chigit belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalarga mos kelishi kerak. Tuksiz va kam tukli chigit urugʻlik tayyorlash sexiga yuborilgan tukli urugʻlik chigitlarning mexanik shikastlanganligi 4,0 foizdan koʻp boʻlmasligi kerak.
44. Urugʻlik chigit tayyorlash sexidagi asosiy va yordamchi texnologik uskunalarni rostlash ishlari bajarilgandan soʻng texnik chigit qoldiqlaridan tozalanib, bir seleksiya navidan boshqa seleksiya navini tayyorlashga oʻtganda urugʻlik chigit tayyorlash sexining asosiy va yordamchi texnologik uskunalarini tozalash ishlari oʻtkaziladi.
Tozalash ishlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida urugʻlik chigit tayyorlash sexining masʼul xodimlari, Markazning hududiy boshqarmalari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
45. Tozalash, saralash jarayonida 1 000 dona chigit massasining ortishi kamida 2 gramm boʻlishi lozim. Tozalash-saralash jarayonidan chiqadigan texnik chigit fraksiyasining miqdori yuqoridagi talab bajarilgan holatda rostlanadi.
Urugʻlik chigitni dorilash
46. Urugʻlik chigitni dorilashda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, davlat kimyo komissiyasining sinovidan oʻtgan va ishlatish boʻyicha qoʻllanma texnologiyasi ishlab chiqilgan urugʻ dorilagichlardan foydalaniladi. Dorilanayotgan urugʻlik toʻdalari tozalangan, saralangan, ekish sifat koʻrsatkichlari amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabi darajasida boʻlishi kerak.
47. Urugʻlik chigitni purkab dorilash moslamalari yaxshi va bir tekisda ishlashi taʼminlanishi kerak.
48. Urugʻlik chigitlarni dorilash jarayonida sifatli suzpenziya tayyorlash, urugʻlarning sifatli dorilanishini nazorat qilishni taʼminlash va har bir urugʻ dorilagichlarning belgilangan meʼyorlarda ishlatilishini taʼminlash maqsadida dorilash jarayonida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boʻlinmalari mutaxassislari ishtirok etishi kerak.
49. Dorilangan urugʻlik chigitlar qoplangandan keyin ekinboplik sifat koʻrsatkichlari aniqlanmagunga qadar omborlarda saqlanishi shart.
50. Kimyoviy preparatni qabul qilish, saqlash va undan foydalanish ishlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
51. Urugʻlik chigitlarning dorilanish sifati tayyorlangan namuna etalonlariga mos kelishi kerak.
52. Urugʻlik chigit tayyorlash sexining hamma uskunalari bir meʼyorda ishlayotgan holatlarda chigit uzatish boʻyicha ish unumdorligi va suspenziya sarfi har smenada kamida 3-martadan biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan oʻlchanib turiladi.
53. Tuksizlantirilgan urugʻlik chigitning ekish uchun moʻljallangan fraksiyasining oʻlchamlari boʻyicha bir tekisliligi 94 foizdan kam boʻlmasligi, toʻkilgan dorilash aralashmasining mavjudligi esa 0,5 foizdan oshmasligi kerak.
54. Kapsulalangan urugʻlik chigitlarni tayyorlash jarayoni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabi asosida tayyorlanadi.
55. Dorilangan urugʻlik chigitlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar boʻyicha uch qatlamli qogʻoz qoplarga qadoqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar tavsiyasida belgilangan miqdorda qadoklash yoki umumiy vaznini 30 kg dan oshirmasdan qopga solish, har bir qopning ogʻzi zich qilib berkitilgan boʻlishi kerak.
56. Qoplangan urugʻlik chigit texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan har bir qop ustiga tashkilot nomi, mahsulotning nomi, hosil yili, toʻda tartib raqami, seleksiya navi, avlodi, unuvchanligi qayd etilgan yorliq yopishtiriladi.
Yorliqlar toʻrtburchak shaklida, oʻlchamlari kamida 110 x 70 mm va avlodlar boʻyicha quyidagi rangga ega boʻlishi kerak:
elita urugʻlar — sariq;
reproduksion urugʻlar (R-1) — qizil
reproduksion urugʻlar (R-2) — koʻk
reproduksion urugʻlar (R-3) — yashil
Agar tashqi bozorga eksport qilinadigan boʻlsa, “Uzbek seeds” milliy brendi ostida amalga oshiriladi.
57. Tuksizlantirilgan chigitlar uchun yorliqda qoʻshimcha ravishda tuksizlantirish usuli koʻrsatiladi.
Dorilangan, tuksizlantirilgan va kapsullangan urugʻlik chigit qoplarining yorliqlarida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
korxona nomi;
mahsulotning nomi;
hosil yili;
toʻda tartib rakami;
seleksiya navi;
avlodi;
unuvchanligi %;
kimyoviy preparat nomi;
vazni;
ushbu standartning belgilanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqariladigan boʻlsa, “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” soʻzi.
Dorilangan chigit qoplarga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan “Zaharli modda bilan dorilangan” soʻzlari yoziladi.
58. Saralashdan ajratilgan tukli texnik chigitlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha yogʻ-moy ishlab chiqarish korxonalariga topshiriladi.
59. Urugʻlik chigitlarda begona aralashmalar, begona oʻt urugʻi, tirik zararkunanda va ularning lichinkalari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tarkibida kuygan chigit mavjud urugʻlik chigitni ekishga ruxsat etilmaydi.
Urugʻlik chigit toʻdalarini saqlash
60. Urugʻlik chigitlarni qabul qilish va saqlash uchun ajratilgan omborlar zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilgan, chigit qoldiqlaridan tozalangan, tom va devorlari sozlangan, eshiklari zich yopiladigan va pollari asfaltlangan, shamollatish tizimi mavjud boʻlishi hamda barcha texnik talablarga javob berishi lozim.
61. Tozalangan urugʻlik chigitning ikkinchi va uchinchi avlodlari vaqtinchalik dorilangunga qadar toʻdalarda uyulib, atrofiga shu chigitdan qoplanib toʻsiq yasalgan holda uzunligi 20 metrdan oshmagan va devordan 1 metr masofa qoldirib saqlanadi.
62. Tuksizlantirilgan va kam tukli urugʻlik chigitlarni joylash va markalash, qabul qilish, saqlash, joʻnatish va sifat koʻrsatkichlarini nazorat qilish usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar boʻyicha olib boriladi.
63. Urugʻlik chigitlar toʻdalarda alohida-alohida qilib yogʻoch tagliklar ustida tahlanib saqlanadi. Tahlangan shtabellarning metrdagi oʻlchamlari quyidagilardan oshmasligi kerak:
Nomlanishi
Uzunligi, metr
Eni, metr
Balandligi, metr
Tukli chigitlar uchun
20
15
3
Tuksizlantirilgan chigitlar uchun
18
12
3
Kam tukli chigitlar uchun
18
12
3
64. Shtabellar orasidagi masofa hamda shtabellar va xona devorlari orasidagi masofa 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
65. Har bir urugʻlik chigit toʻdasiga pasport osiladi, unda:
urugʻlik tayyorlovchi tashkilot nomi;
mahsulotning nomi;
toʻda tartib raqami;
seleksiya navi;
avlodi;
unuvchanligi;
dala guruhi;
toʻdaning haqiqiy va konditsion massasi, kg;
hosil yili koʻrsatiladi.
66. Omborlarda urugʻlik chigitlardan tashqari jihoz va boshqa mahsulotlar saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
67. Yildan-yilga saqlashga qoldirilgan urugʻlik chigitlarning zararkunanda bilan zararlanishi hamda ekinboplik sifat koʻrsatkichlari buzilmasligi maqsadida vakolatli idoralarning tavsiyasiga asosan kimyoviy qarshi kurash ishlari olib borilishi shart.
68. Dorilangan yaroqsiz urugʻlik chigitlar (dorilangan va kapsulalangan urugʻliklar) belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
69. Dorilangan va kapsulalangan urugʻlik chigitlarni oziq-ovqat mahsulotlari uchun ishlatishga va hayvonlarga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
70. Saqlanayotgan urugʻlik chigitlarning sifati urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning murojaatiga koʻra Markazning hududiy laboratoriyalarida har ikki oyda tekshiriladi. Namuna olish usullari va tahlil qilish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha olib boriladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
71. Urugʻlik tayyorlovchi tashkilotning arizasiga asosan Markaz tomonidan urugʻlik chigit toʻdalari identifikatsiya qilinib, olingan namunalarga sinov natijalari boʻyicha muvofiklik sertifikati beriladi va sertifikatning amal qilish muddati ikki oyni tashkil etadi. Muddat oʻtgandan soʻng chigitning sifati qayta laboratoriya tahlillaridan oʻtkaziladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
72. Korxonalardan sertifikatlanmagan urugʻlik chigitlarni isteʼmolchiga sotish yoki berib yuborish taqiqlanadi.
Urugʻlik chigit toʻdalari dorilanib tayyorlangandan soʻng qoʻshimcha ravishda ishlov berishni (tozalash, saralash, kalibrlash va boshqa texnikalar) amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Urugʻlik chigitni hisobga olish va xoʻjaliklarga tarqatish
73. Urugʻlik chigitning hisob-kitobi urugʻlik tayyorlash sexi buxgalteri tomonidan 47-XL shakldagi “Urugʻlik chigitning omborxona hisob-kitobi” boʻyicha haqiqiy vazniga qarab olib boriladi. Daftarning sahifalari raqamlanib tikilgan, surguch muhr bilan mustahkamlangan boʻladi. Olib kelingan urugʻlik chigitning har bir toʻdasiga daftarning bitta sahifasi ajratiladi.
74. Keltirilgan urugʻlik chigitni hisobga olish uchun joʻnatuvchining yukxati qoʻshilgan 49-XL shakldagi urugʻlik chigit sertifikatining dublikati asos boʻladi.
75. Urugʻlik chigitni xoʻjaliklarga berish tayyorlov maskani tomonidan paxtaning rayonlashgan seleksiya navlarini joylashtirish rejasiga qatʼiy amal qilingan holda urugʻlik tayyorlovchi tashkilot tomonidan miqdori va sifati koʻrsatib yozib berilgan reja asosida amalga oshiriladi.
76. Joʻnatilayotgan urugʻlik chigitning har bir toʻdasiga 1-TXL tovar-transport yukxati 3 nusxada yoziladi. Birinchi nusxasi urugʻlik chigitni olish uchun berilgan ishonch qogʻozi bilan birgalikda buxgalteriyaga topshiriladi va u chigitni omborxonadan chiqim qilish uchun asos hisoblanadi. Ikkinchi nusxasi xoʻjalikka joʻnatilgan chigitning kuzatuv hujjati hisoblanadi. Uchinchi nusxasi chigitni tayyorlov maskanidan olib chiqib ketish uchun ruxsatnoma hisoblanadi.
77. Ushbu yukxatlari aniq hisob-kitob blankalari hisoblanadi va yuk joʻnatuvchi tomonidan maxsus muhrlangan, shnurlangan, imzolangan jurnallarga qayd qilib boriladi.
Urugʻlik chigit toʻdalaridan ekish uchun foydalanish va ushbu urugʻliklarni ekish uchun quyidagilarni realizatsiya qilish taqiqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilmagan gʻoʻza navlari va duragaylarining urugʻliklari;
oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlangan urugʻliklar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelmaydigan urugʻlik.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
78. Urugʻlik paxta va urugʻlik chigitni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, tayyorlash, qadoqlash, tashish va tarqatish jarayonlarida amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari boʻyicha urugʻliklarning sifati buzilishiga sababchi boʻlgan masʼullar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
79. Urugʻlik paxtalarni dastlabki ishlash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida olib boriladi.
80. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urugʻlik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urugʻlik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qaroriga 6-ILOVA
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻrgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-banddagi “ilovada” soʻzi “1-ilovada” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 16-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan ustamalarni toʻlash boʻyicha urugʻlik chigit tayyorlovchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuziladi.
Ustamalarning hisobi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan hisobot shakllari asosida hisoblanadi va toʻlanadi”;
3. Ilovaning ilova belgisidagi “ilova” soʻzi “1-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
“Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
________tumanidagi ________ MCHJda 20___ yil paxta hosilidan tayyorlangan urugʻlik chigit uchun urugʻchilikda ishtirok etgan barcha subyektlarga toʻlanadigan ustama haqlari toʻgʻrisida