1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
BUYRUg‘I
MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1458-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3555, 25.09.2024-y.) asosan 2024-yil 28-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 6-bandiga asosan buyuraman:
1. Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq kuchga kirgan sanadan e’tiboran O‘zDSt 5.7:2003 “O‘zSMT. Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi bosh direktori R. BO‘RIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-fevral,
59-son
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi bosh direktoriing 2005-yil 25-fevraldagi 59-son buyrug‘i bilan “TASDIQLANGAN”
Mahsulotlarni sertifikatlash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida (bundan buyon matnda O‘z SMT deb yuritiladi) respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazishning umumiy talablarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mahsulotlarni, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni sertifikatlash mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Mahsulotlarni sertifikatlashni tashkil qilish va o‘tkazish ishlari belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari (keyinchalik matn bo‘ylab SO) tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, shuningdek, muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan tovarning nomini haqiqatda olib kelingan tovarning nomi bilan tekshiradi.
3. Sertifikatlashning alohida chizmalari mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha tegishli qoidalarida va mahsulotlarga talablarni o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi. Bunda tekshirishlar hajmiga qarab sertifikatlashtirish chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bog‘liq holda aniqlanadi. O‘z SMTda qo‘llaniladigan, sertifikatlashning tavsiya etiladigan chizmalari ushbu Qoidalarning 1-ilovasida* keltirilgan.
Har bir muayyan holatda SO arizachining taklifini, yetkazib beriladigan mahsulot hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligini, shuningdek mazkur mahsulotning iste’molchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.
Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasida sertifikatlashtirish ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan chizmalar bo‘yicha bajariladi.
4. Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim bo‘lgan xususiyatlar (ko‘rsatkichlar) ro‘yxati, tekshirish va sinash usullari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga me’yoriy hujjatlar (keyinchalik matn bo‘ylab MH)da belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiqlanadi.
MHda sertifikatlashtirish sinovlari to‘g‘risida bo‘lim keltirilmagan yoki davlatlararo standartlarni qo‘llanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda SO me’yoriy hujjatda yoki xalqaro standartlarda ko‘rsatilgan tavsiflar majmuidan birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha talablarni belgilovchi ko‘rsatkichlarni tanlaydi.
5. Sertifikatlashtirishda, muayyan mahsulot uchun MHdan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan MH larga ham amal qilish lozim.
6. Mahsulot sinovlarini o‘tkazishda, takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, akkreditatlangan sinov laboratoriyalari (keyinchalik matn bo‘ylab — ASL) boshqa ASL da o‘tkazilgan sinov natijalarini o‘zaro tan olishlari lozim.
7. Sertifikatlashtirish ishlariga haq to‘lash, arizachi tomonidan muvofiqlikni baholash ishlari natijalaridan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish ishlari to‘lov oldindan amalga oshirilgandan so‘ng bajariladi.
II Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi
8. O‘z SMTda mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) SO ga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‘rib chiqish;
b) taqdim etilgan mahsulot MH va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
b1) intellektual mulk obyektlariga (tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik ko‘rsatkichlar va sanoat namunalari) (bundan buyon matnda IMO deb yuritiladi) bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan “b1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
v) ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;
g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash (6 va 9-chizmalardan tashqari);
d) namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);
e) namunalarni ASL da sinovdan o‘tkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);
j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash (sertifikatlashning 3, 4 va 5-chizmalari uchun);
z) sifat tizimini baholash (5 va 6-chizmalari uchun);
k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;
l) muvofiqlik sertifikatini O‘zR SMT Davlat reyestrida ro‘yxatga olish.
9. Taqdim etilgan mahsulot uchun MHda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‘lganda, SO sanitariya-epidemiologiya va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya nazorati yoki ekologik ekspertizadan o‘tkazish zarurligini aniqlaydi.
Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtning o‘zida o‘tkazilishi mumkin va arizachiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlarni taqdim etilishi bilan tugallanishi lozim.
SO, tadbirkorlik subyektlarining yozma arizasiga muvofiq, sertifikatlashtirishni o‘tkazishda davlat sanitariya nazorati idoralaridan, davlat veterinariya nazorati idoralaridan va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat idoralaridan, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat idoralaridan barcha zarur xulosalarni olishga oid agentlik xizmatlarini ko‘rsatishga haqlidir. Bunda namunalarni to‘g‘ri tanlab olinganligi va ularni tegishli davlat idoralariga taqdim etilishida javobgarlik SO ga yuklatiladi.
10. SO arizachining talabiga muvofiq, quyidagi axborotlarni tayyorlashi va taqdim etishi lozim:
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxati yoki bu ro‘yxatdan ko‘chirma;
SO ning akkreditatsiya doirasi bo‘yicha mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari;
sertifikatlashtirish xizmatlari bo‘yicha xizmatlariga haq to‘lash preyskuranti (tariflari);
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomasi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
11. Mahsulotni O‘z SMTda sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun arizachi mazkur Qoidalarning 2-ilovasida* keltirilgan shaklda arizani tegishli SO ga yuboradi.
Arizachi mahsulotni sertifikatlashtirish organi va sertifikatlash qoidalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan taqdirda, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha Milliy idora (keyinchalik matn bo‘ylab — SMI) dan yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
12. Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);
mahsulot yorlig‘idan namuna yoki mahsulot to‘g‘risida ma’lumot;
mahsulotda qo‘llanilgan IMOga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasi nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);
(12-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura);
amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari, MHda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza);
olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi (mahsulotlarni 7A chizmasi asosida sertifikatlashtirilganda).
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasini va muvofiqlik sertifikatini olishga ariza bergan bo‘lsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya xulosasining nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin beriladi.
13. Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, chetdan keltirilgan mahsulotga respublikada MH mavjud bo‘lmagan taqdirda, sifat ko‘rsatkichlari va xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlash sinovlari o‘xshash turdagi mahsulotga bo‘lgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Arizachi tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotga zarur bo‘lgan MH yoki xavfsizlik bo‘yicha texnik tavsiflar taqdim etilmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlash o‘xshash turdagi mahsulot hujjatlari bo‘yicha yoki identifikatsiya qilish orqali sanitariya-epidemiologiya xulosasi asosida amalga oshiriladi.
MHga ega bo‘lmagan, sanitariya-epidemiologiya xulosasi talab etilmaydigan, shuningdek, sinovlarni amalga oshirish uchun ASL mavjud bo‘lmagan taqdirda mahsulotlarni sertifikatlash identifikatsiya yo‘li bilan o‘tkaziladi.
14. Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga MH nusxasi;
mahsulot yorlig‘ining namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);
mahsulotda qo‘llanilgan IMOga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasi nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);
(14-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkaziladigan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va MH da belgilangan boshqa talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza).
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikatni olishga ariza taqdim etgan bo‘lsa, bunday holda sinov bayonnomalari bilan sanitariya-epidemiologiya xulosasi nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng beriladi.
15. Arizada ko‘rsatilgan mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilgan paytda akkreditlangan SO mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza SMIga yoki uning hududiy organiga sertifikatlash ishlarini tashkil etish va sertifikatlash sinovlari o‘tkaziladigan ASLni aniqlashi uchun yuboriladi.
16. Arizada keltirilgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun bir nechta SO mavjud bo‘lsa, arizachi o‘zining xohishiga ko‘ra ularning bittasiga murojaat qilishi mumkin.
17. Ariza berilgandan so‘ng SO uni ko‘rib chiqib, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va arizani olgandan keyin ikki kundan kechiktirmay, arizachiga mahsulotlarni sertifikatlashning belgilangan tartibiga asoslanadigan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlari, shu jumladan sertifikatlashtirish chizmasi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun MH, sinovlarni o‘tkazadigan ASL ko‘rsatilgan qarorni ma’lum qiladi. Qarorning tavsiya etilgan shakli mazkur Qoidalarning 3- ilovasida* keltirilgan.
Sertifikatlashtiriladigan mahsulotning MHda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik normalar va talablar mavjud bo‘lsa, qarorda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani olish zarurligi ham ko‘rsatiladi.
171. SO tomonidan respublikada ishlab chiqariladigan hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish mazkur Qoidalarning 8-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilganda mahsulotda qo‘llanilgan IMOga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi tegishli obyekt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki undan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasi nusxasi taqdim etilsa, bunday mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish amalga oshirilmaydi.
172. SO tomonidan mahsulotda IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani ko‘rib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish SO tomonidan ikki ish kunida amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qo‘llanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dagi mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
b) o‘rganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qo‘llanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.
(171 va 172-bandlar O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
18. Mahsulotga (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etilgan paytdan boshlab (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani) uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1458-5, 05.02.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)
19. Sertifikatlashtirishda MHning barcha talablarini tekshirish zarurligini SO har bir muayyan holda, o‘zidagi qo‘shimcha hujjatlarni (sifat tizimiga yoki ishlab chiqarishga sertifikat, vakolatli tashkilotlarda o‘tkazilgan sinov bayonnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza, yetkazib beruvchining texnik hujjatlari va boshqalar)ni hisobga olib aniqlaydi.
Bunda, sanitariya-epidemiologiya xulosalarini SO ga taqdim etishda, unga davlat sanitariya nazorati idorasida bajarilgan sinov bayonnomalari bilan birga berilishi lozim.
Agar qo‘shimcha hujjatlarda ASL da muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarning natijalari mavjud bo‘lsa, u holda SO bu natijalardan qo‘shimcha sinovlarsiz muvofiqlikni baholashda foydalanishi mumkin. Bunda sinovlarning o‘tkazilgan vaqti hisobga olinib, ushbu muddat mahsulot MH bo‘yicha yaroqlilik muddatidan oshmasligi kerak.
20. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishda SO arizachining takliflarini inobatga olgan xolda sertifikatlashtiriladigan mahsulot tavsiflari ro‘yxatini va ularni aniqlash usullarini belgilaydi. Agar SO tomonidan sinovlar uchun tanlangan tavsiflar ro‘yxati mahsulotga tegishli bo‘lgan MH talablaridan farq qilsa, u holda ariza bo‘yicha qarorda ushbu ko‘rsatilishi.
21. Sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar ASLda o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish paytida tegishli ASL mavjud bo‘lmagan taqdirda, SMI sertifikatlashtirish organining murojaatiga asosan, sinov natijalarining obyektivligining ta’minlovchi sinovlarni o‘tkazish joyini va sharoitlarini aniqlaydi.
Mahsulotning muayyan turini sertifikatlash maqsadida sinov bayonnnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
22. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish ariza berilgandan ikki kundan kechiktirilmagan muddatda SO tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
23. Namunalarning miqdori, tanlab olish, identifikatsiya qilish va saqlash tartibi majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotning MHda, shu jumladan sinash metodlarida belgilanadi.
24. Respublikaga chetdan keltiriladigan mahsulot to‘pidan sertifikatlash uchun tanlab olinadigan namunalar sonini sinash usullari belgilangan MHga muvofiq sinovlarni o‘tkazishni hisobga olgan holda SO aniqlaydi. Bunda akkreditlangan organlar va laboratoriyalar SMI tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotlardan namuna olishning cheklangan normalariga rioya qilishi zarur.
25. Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulot namunalarini tanlab olishda identifikatsiya qilish amali, mahsulotni sertifikatlash qoidalariga muvofiq, ushbu Qoidalarning 5-ilovasiga* muvofiq namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Agar identifikatsiya natijalariga ko‘ra arizachi tomonidan taqdim etilgan namunalar MH talablariga nomuvofiq yoki sertifikatlashtiriladigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi ma’lum bo‘lsa, namunalar tanlab olinmaydi va arizachiga asoslangan rad javobi beriladi.
26. Ishlab chiqariladigan mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish dalolatnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bittasi arizachiga beriladi.
Bojxonada saqlanayotgan import tovarlarni sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab olish SO tomonidan, bojxona organining mansabdor shaxsi va tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda SO vakili tomonidan namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish to‘g‘risidagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ikkinchi nusxasini bojxona idorasiga taqdim etiladi.
27. Arizachi o‘zining xohishiga ko‘ra sertifikatlanadigan mahsulotning texnik tavsiflarini taqdim etishi mumkin.
Arizachi, shuningdek SO ga mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini yoki O‘zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimidan akkreditlangan yoki tan olingan mahalliy yoki xorijdagi sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar to‘g‘risidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
28. Arizachi yoki uning vakili iltimosiga ko‘ra, ASL da sinovlarni o‘tkazish sharoitlari bilan tanishish imkoniyati berilishi lozim. Arizachi mahsulotini sinashda ishtirok etish huquqiga ega. Bunda ASLda maxfiylikni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilgan bo‘lishi zarur.
29. Namunalarning sinovi sifati va natijalarning haqqoniyligiga, shuningdek, sinov bayonnomalarining saqlanishiga sinovlarni amalga oshirgan ASL mas’ul hisoblanadi. Sinov bayonnomalari sinovlarni bajarish bo‘yicha vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
30. Sinov bayonnomalari arizachiga va SO ga taqdim etiladi. Agar mahsulotning sinovlari alohida parametrlar bo‘yicha turli ASL da o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi bo‘yicha sinov natijalarining ijobiyligi, barcha ijobiy bayonnomalarning mavjudligi hisoblanadi.
31. Sinovlarning salbiy natijalari, shuningdek hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, SO arizachiga qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etganligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Agar chetdan keltirilgan mahsulotning sifat va xavfsizlik talablari tasdiqlanmagan taqdirda SO rasmiy ravishda murojaatchiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga ushbu tovarni nomuvofiq ekanligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
32. Sinash davrida butunlay yoki qisman buzilgan, shuningdek sinash davrida buzilmagan mahsulot bo‘yicha hisobdan chiqarilganligi (qaytarib berilganligi) to‘g‘risidagi dalolatnoma murojaatchi (yoki uning vakili) ishtirokida ushbu Qoidalarning 6-ilovasiga* muvofiq tuziladi.
33. Sertifikatlashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash SO tomonidan ishlab chiqilgan va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarida belgilanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
O‘rganish natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib berishda foydalaniladigan dalolatnoma tuziladi.
34. Ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish muddati namunalar tanlab olingan paytdan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak.
35. Ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi.
36. SO sinov bayonnoma(lari), ishlab chiqarish sharoitlarini baholash va arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan keyin, muvofiqlik sertifikatini beradi yoki berishni rad etadi.
Sertifikatlashtirish jarayonini o‘tkazishning umumiy muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
361. Muvofiqlik sertifikati blanki raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, javobgarligi belgilangan hujjat hisoblanadi. Muvofiqlik sertifikati blanki ushbu Qoidalarning 7-ilovasiga* muvofiq tayyorlanadi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan beriladi.
(361-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
37. Sertifikat davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati O‘z SMT Davlat reyestrida ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxat raqami mavjud bo‘lgandagina sertifikat haqiqiy hisoblanadi.
39. Muvofiqlik sertifikati:
chetdan keltirilgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik muddatiga;
bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan keltirilgan mahsulotga — bir kalendar yilidan oshmagan muddatga;
seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulotga esa — 3 yil muddatga beriladi.
Muvofiqlik sertifikati bir xil nomdagi yoki o‘xshash mahsulotlar guruhiga beriladi va uning amal qilishi haqiqatda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mahsulotlarning miqdoriga taalluqli bo‘ladi, lekin muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p emas (bunda, bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida — mahsulotning modeli, turi, artikuli va (yoki) boshqa identifikatsiya belgilarini ko‘rsatgan xolda shartnoma bo‘yicha chetdan keltirilgan mahsulotning hajmi (soni)ga).
40. Bahsli masalalarni hal etish, shuningdek Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan SO faoliyatini inspeksiya nazorati maqsadlari uchun namunalarni tanlab olish dalolatnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sinov bayonnomalarining nusxalari, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida, yoki kamida bir yil davomida saqlanishi lozim. Sinov bayonnomalarning nusxalarini saqlash tartibi va muddatlari mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalarida va SO hamda sinov laboratoriyalarining hujjatlarida belgilanadi. Belgilangan saqlash muddatlari tugagan hujjatlar arxivga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
41. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida, belgilangan sertifikatlashtirish chizmasini hisobga olgan holda, arizachiga muvofiqlik sertifikatini qo‘llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida bitim tuziladi. Mazkur bitimda sertifikatlashtirilgan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash usuli va inspeksiya nazoratining shartlari kelishib olingan bo‘lishi kerak.
42. Sertifikatlangan, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot (qadoq, idish va yuk jo‘natuv hujjatlari) tayyorlovchi-tashkilotning mas’ulligi ostida muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanadi.
43. Sertifikatlashtirilgan mahsulotning bir qismi, muvofiqlik sertifikatining nusxasi asosida, tayyorlovchi-tashkilot tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-5, 05.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)
Sertifikat aslining egasi tomonidan berilgan nusxalar mahsulotga qo‘shib jo‘natiladigan hujjatga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Har bir nusxada uning qayd etilgan raqami, realizatsiya qilinadigan mahsulotning miqdori ko‘rsatiladi.
44. Muvofiqlik sertifikati amalda bo‘lgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot sertifikatlashtirilgan deb hisoblanadi va qayta sertifikatlashtirilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilganligini tasdiqlovchi asos sifatida muvofiqlik belgisi va mahsulotga qo‘shib yuboriladigan va ekspluatatsiya hujjatlardagi ishlab chiqarish sanasi xizmat qiladi.
45. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin, arizachi ishlab chiqarilayotgan mahsulotini qayta sertifikatlashtirish maqsadida SO ga ariza berish huquqiga ega. Bunda SO inspeksiya nazoratining natijalarini hisobga olib, sertifikatlashtirish chizmasini o‘zgartirishi mumkin.
46. Mahsulot konstruksiyasiga (tarkibiga) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga mahsulotning tavsiflariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan o‘zgartirishlar rejalashtirilganda tayyorlovchi-tashkilot bu to‘g‘risida to‘g‘irlovchi amallarni o‘tkazish zaruriyati yuzasidan qaror qabul qilish uchun SO ni xabardor qilishi lozim.
47. Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini bergan SO bir yilda kamida bir marotaba mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazadi. Inspeksiya nazoratida sertifikatlashtirishning chizmasiga qarab, mahsulotning sinovi va/yoki ishlab chiqarish sharoitlarini baholash amalga oshiriladi.
48. Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi va muvofiqlik belgisini qo‘llash tasdiqlanishi, to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
49. Sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan o‘tkaziladigan inspeksiya nazoratining hajmi, inspeksiya nazoratini o‘tkazish qoidalarida belgilanadi.
50. SO sertifikatning amal qilishini to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi va muvofiqlik belgisining arizachi tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida tayyorlovchini va SMIni xabardor qilishi shart.
SMI tegishli davlat boshqaruv idoralariga va ommaviy axborot vositalariga bekor qilingan sertifikatlar to‘g‘risida ma’lumot berish zarurligini aniqlaydi.
II1. Majburiy sertifikatlashtiriladigan tovarlarni muvofiqlik sertifikatisiz muomalaga chiqarish
501. O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilgan bojxona rasmiylashtiruviga muvofiqlik sertifikatisiz ruxsat etilgan tovarlar:
tabiiy ofatlar, harbiy mojarolar, texnogen falokatlar va h.k. larda yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tovarlar;
respublikada qurilish va boshqa pudrat ishlarini amalga oshirish uchun xorijiy xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan respublikaga chetdan keltirilgan ozuqaviy va boshqa tovarlar;
mamlakat hududida bojxona va boshqa imtiyozlarga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalari va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi xorijiy davlatlar vakolatxonalarining rasmiy (xizmat yuzasidan) foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;
O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlar va korxonalarining normal ish olib borishi uchun zarur bo‘lgan material-texnik ta’minot jihozlari, asbob-uskunalar, yoqilg‘i va mazkur korxonalar tomonidan ijaraga olingan, xalqaro miqyosda yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari;
bojxona organiga deklarant tomonidan shartnoma (kontrakt) nusxasi va sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish zaruriyati mavjudligi haqidagi xati taqdim etilgan holda sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tanlanma va namunalar (miqdorini hisobga olgan holda, vazni, hajmi va boshqalar);
ekspluatatsiya qilish joyida sinov natijalariga ko‘ra SO tomonidan beriladigan sertifikat, shuningdek, tovarni olib kelgan shaxs tomonidan texnologik uskunalar to‘liq yig‘ilib, sozlanganidan va sinovdan o‘tkazilganidan so‘ng sertifikatlashtirishdan o‘tkazish bo‘yicha majburiyat olgan shaxs, hamda SO tomonidan shu turdagi texnologik uskunalarni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish bo‘yicha taqdim etgan xatiga asosan texnologik uskunalarning tarkibiy qismlari;
jismoniy shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga chetdan olib kelingan notijorat maqsadlar uchun mo‘ljallangan tovarlar (transport vositalaridan tashqari).
Tijorat maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan chetdan keltirilgan bir xildagi (bir turdagi) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi, tovarlarning bojxona qiymatidan qat’iy nazar muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
III. Sertifikatlashtirish chizmalarini qo‘llanilishi
51. 1-chizma mahsulot turini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni majburiy ko‘rsatkichlari birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha ASL da sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma mahsulotga aniq MH mavjud bo‘lmagan taqdirda ham qo‘llaniladi.
52. 2- chizma mahsulot turini sertifikatlashda qo‘llaniladi va mahsulotni majburiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ASL da sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma savdo nuqtalaridan (iste’molchidan) olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan o‘tkazishni nazarda tutadi.
53. 3-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni ASL da sinashni va ishlab chiqarishni baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada korxonada mahsulotlarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan o‘tkazishni nazarda tutadi.
54. 4-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni ASL da sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni nazarda tutadi.
Mazkur chizmada, savdo nuqtasidan (iste’molchidan) yoki ishlab chiqarishdan olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni, inspeksiya nazoratini o‘tkazish nazarda tutilgan.
55. 5-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni ASL da sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni yoki sifat tizimini baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada mahsulotni sinovlardan o‘tkazish va ishlab chiqarishni tekshirish (yoki sifat tizimini baholash) yo‘li bilan inspeksiya nazoratini o‘tkazish nazarda tutilgan.
56. 6-chizma sifat tizimini sertifikatlishtirishda qo‘llaniladi va uni baholashni hamda keyinchalik inspeksiya nazoratini o‘tkazishni nazarda tutadi.
57. 7-chizma mahsulot to‘pining sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni sinashni nazarda tutadi.
571. 7A-chizma bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni ASLda majburiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha sinashni nazarda tutadi.
58. 8-chizma har bir mahsulotni (buyum) sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi.
59. 9-chizma mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiya qilishni nazarda tutadi.
60. 3; 4; 5; 7; 7A, 8; 9 chizmalar bo‘yicha sertifikatlashtirilgan mahsulotlar muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishi mumkin.
IV. Axborot ta’minoti
61. SO rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, to‘xtatilgan sertifikatlarni, shuningdek sertifikat berish rad etilgan holatlarini hisobini olib boradi va ular to‘g‘risidagi va sertifikatlishtirish faoliyati to‘g‘risidagi axborotni belgilangan tartibda SMIga taqdim etadi. Ular manfaatdor tashkilotlarni o‘z faoliyati va rasmiylashtirilgan sertifikatlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
62. SMI mahsulotlarni sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha quyidagi axborotni chop etadi:
sertifikat berilgan (tan olingan) mahsulotlar va ularning sertifikatlashtirilgan tafsilotlari ro‘yxati;
SO, ASL va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar ro‘yxati;
bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimining qayd etilgan ro‘yxati.
VI. Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish
70. Manfaatdor tomonlar sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Apellyatsiya kengashiga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
71. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Apellyatsiya kengashi sertifikatlashtirish organining va sinov laboratoriyalari (markazlari) ning qarorlariga nisbatan noroziliklarni ko‘rib chiqadi. Apellyatsiyalar O‘z SMT protseduralarida belgilangan tartibga muvofiq ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
72. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Apellyatsiya kengashining qarori bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat etilishi mumkin.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
VII. Yakuniy qoidalar
73. SO rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, to‘xtatilgan muvofiqlik sertifikatlarini, shuningdek sertifikat berish rad etilgan holatlarini hisobini olib boradi, shuningdek, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
74. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi zarur hollarda SO lardan sertifikatlashtirish materiallarini (hujjatlar) so‘rab olishi mumkin.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
75. Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga, sertifikatlashtirish muddatlari va qoidalarining buzilishiga javobgarlik SO zimmasiga yuklatiladi.
76. Ushbu Qoidalar talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Respublikada ishlab chiqarilayotgan hamda chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Arizachi
SOga mahsulotni sertifikatlash maqsadida ariza beriladi
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
SO
Mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani ko‘rib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligi o‘rganiladi va tekshiriladi.
Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qo‘llanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”da mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida
3-bosqich
SO
o‘rganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qo‘llanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1458-6, 15.05.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 86-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son)