|
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pogʻonalarida koʻtarilishi, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishning shaffof mexanizmlarini joriy etish hamda ularning aniq vazifalarini belgilash. |
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini xorijiy ekspertlarning tavsiyalari va keng jamoatchilik fikri asosida takomillashtirish hamda uni amalga oshirish boʻyicha �onunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari paketini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-sentabr |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi |
|
2. |
Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini qabul qilish. |
Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash. |
2021-yil 1-sentabr |
Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
3. |
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritilishini yoʻlga qoʻyish. |
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini va u bilan bogʻliq cheklovlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2021-yil 1-oktabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
4. |
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish. |
Har yili yil yakuni boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni eʼlon qilish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi |
|
5. |
Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini yaratish. |
Mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali integratsiyalashgan Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini ishga tushirish. |
2022-yil 1-yanvar |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
6. |
Davlat xizmatchilari, shu jumladan davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish. |
Quyidagilarni nazarda tutuv�i “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: deklaratsiya topshirish talab etiladigan shaxslar doirasi; daromadlar va mol-mulkni majburiy deklaratsiya qilish tizimining har bir bosqichini joriy etish mexanizmlari; deklaratsiyalarni monitoring qilish va natijalarini eʼlon qilib borish tartibi; deklaratsiyani taqdim etishdan bosh tortganlik va qasddan notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritganlik uchun javobgarlik belgilash. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Daromad va mol-mulk deklaratsiyalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritishni yoʻlga qoʻyish. |
Daromad va mol-mulk deklaratsiyalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni qayta ishlash va tekshirishning elektron axborot tizimini yaratish. |
2021-yil 1-dekabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
Ushbu axborot tizimini soliq, bojxona, davlat kadastri va boshqa tegishli organlarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish. |
2022-yil yakuniga qadar | |||
|
8. |
“Korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish. |
Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning yangilangan tartibi — ilmiy va mustaqil ekspertizadan oʻtkazishni joriy etish, davlat organlari va tashkilotlarining masʼulligini oshirish, korrupsiyaga qarshi ekspertiza boʻyicha ish rejalari va aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjati loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-sentabr |
Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura |
|
9. |
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat organlari tomonidan funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va aniqlangan xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha samarali choralarni belgilash. |
Davlat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil 1-dekabr |
Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura |
|
10. |
Vazirlik va idoralar tarkibidagi nazorat organlari (inspeksiyalar) faoliyatini takomillashtirish. |
Barcha inspeksiyalarning vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmalarini qayta koʻrib chiqib, ularni takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Davlat moliyaviy nazorat institutlarini takomillashtirish. |
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida davlat moliyaviy nazorat institutlarini maqbullashtirib, ularning samarali modelini joriy etish va ushbu sohada parlament nazoratini kengaytirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2021-yil 1-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi |
|
12. |
Qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish tizimini takomillashtirish. |
Davlat moliyaviy nazorati departamenti tarkibida Qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boʻlinmasini tashkil etish, shuningdek, davlat nazorat-taftish idoralari, operativ-qidiruv faoliyati subyektlari va tergov-surishtiruv idoralari soʻroviga muvofiq, qo�unchilikda belgilangan asoslarda oʻtkaziladigan nazorat oʻlchovi ushbu boʻlinma tomonidan bepul amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish. |
2021-yil 1-oktabr |
Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
13. |
Davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy natijadorlikka erishish va davlat mulkidan samarali foydalanish ustidan taʼsirchan nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy natijadorlik va davlat mulkidan foydalanish holati yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berib borish amaliyotini joriy etish. |
har yil yakuni boʻyicha |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
14. |
Davlat xizmatida suiisteʼmolchiliklarning oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish. |
Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash, xoʻjalik ishlari, moliya-iqtisod boʻlinmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini muayyan muddatda rotatsiya qilish hamda suiisteʼmolchiliklarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha mexanizmlarni joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda rotatsiya qilingan xodimlarning koʻchib oʻtish va uy-joy olish (ijaraga olish) bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash mexanizmlarini nazarda tutish. |
2021-yil 1-sentabr |
Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
15. |
Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari mobaynida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish. |
Respublika hududlariga yuboriladigan davlat organ va tashkilotlari xodimlarining xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni tanqidiy tahlil qilish hamda belgilangan meʼyorlarni haqiqiy xarajatlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-oktabr |
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
|
16. |
Yoʻl qurilishi va ekspluatatsiyasi sohasiga shaffoflik standartlarini joriy qilish. |
Avtomobil yoʻllari sohasiga tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan “SNAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasini ishga tushirish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Loyihada platformada avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash obyektlarining interaktiv onlayn-xaritasini ishlab chiqish hamda unda keyingi yilda quriladigan va taʼmirlanadigan yoʻl uchastkalarini aniqlash va ularni xaritaga joylash hamda buni jamoatchilikka taqdim etish amaliyotini nazarda tutish. |
2022-yil 1-yanvar |
Adliya vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
17. |
Davlat budjeti hamda shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. |
Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning yakuniy texnik-iqtisodiy asosini va boshqa loyiha hujjatlarini ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar sifatida belgilash. |
2021-yil 1-dekabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
18. |
Banklarda jismoniy shaxslarga kredit ajratishda mijozni identifikatsiya qilishning zamonaviy tizimini joriy etish. |
Davlat personallashtirish markazi bilan integratsiya qilgan holda bank tizimida jismoniy shaxslarga kredit ajratilishida mijozning biometrik belgilari (barmoq izi yoki yuzdan)ni tekshirish orqali identifikatsiya qilish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish. |
2021-yil 1-sentabr |
Markaziy bank, Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
II. Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish | ||||
|
19. |
Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solishning huquqiy asoslarini shakllantirish. |
“Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun, shuningdek, davlat xaridlari, soliq imtiyozlari, yer ajratish, davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikni oʻrnatishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil 1-yanvar |
Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Bosh prokuratura |
|
20. |
Davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish. |
Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi bilan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalining maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash orqali manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq xavflarni aniqlash imkonini beruvchi elektron tizimni joriy qilish. |
2022-yil 1-yanvar |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
21. |
Davlat xaridlari sohasida ochiqlikni taʼminlash. |
Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali maʼlumotlari asosida davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari jarayonlari monitoringini yuritish va uning natijalari boʻyicha har oylik maʼlumotlarni keyingi oyning 15 sanasiga qadar rasmiy veb-saytda ochiq eʼlon qilib borish. |
belgilangan muddatda |
Moliya vazirligi |
|
Eʼlon qilib boradigan har oylik maʼlumotlarni batafsil oʻrgangan holda keyingi oyning 30 sanasiga qadar manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiya alomatlari mavjudligi toʻgʻrisida xulosani veb-saytlarda eʼlon qilib borish. |
belgilangan muddatda |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi | ||
|
22. |
Oxirgi benefitsiarga oid maʼlumotlarni olish tartibini takomillashtirish. |
Benefitsiarlar reyestrini yuritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-noyabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Markaziy bank |
|
23. |
Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida shikoyatlarni elektron shaklda taqdim qilish imkoniyatini yaratish. |
Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida murojaatlarni elektron shaklda taqdim qilish imkonini beruvchi sahifa yaratish va shikoyatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga yuborish mexanizmlarini joriy etish. |
2022-yil 1-yanvar |
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
24. |
Davlat xaridlari amalga oshiriladigan maxsus axborot portalida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq boʻlgan xavflarni oldini olish tizimini takomillashtirish. |
Davlat xaridlari amalga oshiriladigan maxsus axborot portalida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq boʻlgan xavflarning oldini olish boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritish: qatnashchining davlat xaridlaridagi ishtiroki tarixi (mahsulot, xizmat yetkazib beruvchining ilgari ishtirok etgan tanlovlari, bajargan ishlari); qatnashchining benefitsiarlari haqidagi maʼlumotlar; buyurtmachi va ishtirokchi oʻrtasidagi ehtimoliy bogʻliqliklar (qarindoshlik, birga taʼlim olganlik, mehnat faoliyati yoki biznes aloqalari va boshqalar haqidagi maʼlumotlar). Avtomatlashtirilgan tizim orqali manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan hollarda avtomatik ravishda davlat xaridi jarayonida bitimga daʼvogarning ishtirokini cheklash yuzasidan takliflar tayyorlash. |
2021-yil 1-dekabr |
Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
25. |
Qonunchilikka davlat xizmatiga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urugʻchilik va boshqa suiisteʼmolchiliklarning oldini olishga qaratilgan normalarni kiritish. |
Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-dekabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi |
|
III. Korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish | ||||
|
26. |
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari samarali faoliyatini tashkil etish. |
Barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish. |
2021-yil 1-oktabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
27. |
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va uni Milliy kengash tomonidan tasdiqlash. |
2021-yil 1-dekabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
28. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilgan va (yoki) qonuniy talablarini bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2022-yil 1-fevral |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
29. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy tadqiqotlar, i�timoiy soʻrovlar oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida olimlar, ilmiy-akademik doira vakillaridan iborat Ekspertlar guruhining faoliyatini tashkil qilish. |
2021-yil 1-oktabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi |
|
30. |
Korrupsiyaning oldini olish va uning fuqarolik-huquqiy oqibatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq har qanday holatlar aniqlanganda, shartnoma, buyruq va boshqa hujjat amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish yoki uni haqiqiy emas deb topish boʻyicha sudga daʼvo kiritish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjati loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura |
|
IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish | ||||
|
31. |
Korrupsiyaga qarshi qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ayrim normalarini implementatsiya qilish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritish: Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq roʻyxatini belgilash; korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha kuchaytirish; daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik oʻrnatish; korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni oʻtashda yengillashtiruvchi normalarni qoʻllashga cheklov belgilash. |
2021-yil 1-oktabr |
Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
|
32. |
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tarmogʻining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Toʻrtinchi raund natijalari boʻyicha Oʻzbekistonga berilgan tavsiyalarni tahlil qilib, ularni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
Masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan rejaning amalga oshirilishini har chorakda monitoring qilish. IHTTning Istanbul harakatlar rejasi yalpi majlisida Oʻzbekiston vakillarining hisobotlar bilan ishtirok etishini taʼminlash. 2021-2022-yillarda beshinchi raund monitoringi amalga oshirilishi boʻyicha amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish. |
2021-2022-yillar davomida | |||
|
33. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish. |
Yevropa Ittifoqi doirasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlatlar guruhi (GRECO), Korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xalqaro assotsiatsiyasi (IAASA) tashkilotlariga aʼzolik masalalarini koʻrib chiqish, shuningdek, xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish choralarini koʻrish. |
2021-yil 1-avgust |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
V. Davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish | ||||
|
34. |
Korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini aholi va davlat xizmatchilari ongiga singdirish. |
Davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan aholi va davlat xizmatchilari oʻrtasida: k�rrupsiyaga qarshi kurashish asoslari va bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilovchi normativ-huquqiy asoslar bilan tanishtirish ishlarini olib borish; korrupsiyaning jamiyat va davlat uchun ijtimoiy xavfli xususiyatlari va oqibatlarini keng targʻib qilish; davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish boʻyicha kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish. |
Doimiy |
Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura |
|
35. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tahlil va ilmiy izlanishlar sifati va natijadorligini tubdan oshirish. |
Xorijiy va milliy hamkorlar koʻmagida va nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilgan holda Toshkent davlat yuridik universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish muammolarini tadqiq qilish boʻyicha markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritish. |
2021-yil 1-oktabr |
Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura |
|
36. |
Korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha koʻrilgan sud ishlari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash. |
“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi doirasida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar haqidagi statistik maʼlumotlar hamda hukm qonuniy kuchga kirgan jinoyat ishlarining sohalar va hududlar kesimidagi elektron bazasini shakllantirish. |
2021-yil 1-sentabr |
Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura |
|
37. |
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida keng koʻlamli Antikorrupsiya haftaligini oʻtkazish. |
Media-reja ishlab chiqish va uning samarali amalga oshirilishini tashkil etish. |
har yili noyabr-dekabr oylarida |
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi |
|
38. |
Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini doimiy oshirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallari negizida “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va odob-axloq qoidalari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarda muntazam ravishda oʻqitish tizimini joriy etish. |
2022-yil 1-yanvar |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi |
|
39. |
Fuqarolar tomonidan korrupsiya holatlari haqida tezkor xabar berish imkoniyatini kengaytirish. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida fuqarolarning korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan “Call-markaz” ishga tushirish. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi |
|
40. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka tizimli ravishda yetkazib borish. |
Har oy oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladigan “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” onlayn jurnalini taʼsis etish. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi |
|
41. |
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasidagi ishlarni jamoatchilikka yetkazib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli formatlardagi eshittirish, koʻrsatuv, maqolalar va boshqa axborot materiallarini eʼlon qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya |
|
42. |
Aholini “Ochiq budjet” va “E-anticor.uz” platformalari bilan tanishtirishga qaratilgan keng koʻlamli targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. |
Tele va radiokanallarda turli formatlardagi ijtimoiy roliklar va eshittirishlarni tayyorlash va namoyish etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2021-yil 1-sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Milliy teleradiokompaniya |
|
43. |
Taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʻyicha tizimli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish. |
Yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash. |
2021-yil 1-avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura |
|
44. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining OAV bilan samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga oid xabarlarni koʻrib chiqish va jamoatchilikka maʼlumot berish tartibi va muddatlarini aniq belgilash. |
2021-yil 1-avgust |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
31. |
A.E. Burxanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori |
”. |