1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3374]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-iyun,
200-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 23-iyundagi 200-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari deb yuritiladi) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida Ichki ishlar vazirligi orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat;
harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (jismoniy imkoniyatlarni baholash, intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik oʻrganish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim boʻlgan boshqa sifatlar);
nomzod — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish haqidagi arizasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
2. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi.
3. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) nomzodni dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish);
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
v) psixologik oʻrganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
g) yakuniy suhbat;
d) tibbiy koʻrik;
e) maxsus tekshiruv.
4. Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, soʻnggi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining gʻolibi boʻlgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida saralashning faqatgina psixologik oʻrganish, tibbiy koʻrik va maxsus tekshiruv bosqichlaridan oʻtadilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan yosh guruhlaridan kelib chiqib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan (1, 2 va 3-oʻrin gʻoliblari) fuqarolar bir yil mobaynida saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich boʻyicha maksimal ball beriladi.
2-bob. Nomzodlarga qoʻyiladigan umumiy talablar
6. Saralashda Oʻzbekiston Respublikasining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan shaxslar;
muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan qirq yoshgacha boʻlgan shaxslar;
rezervdagi va zaxiradagi qirq yoshgacha boʻlgan ofitserlar.
Bunda, erkak jinsidagi nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtagan yoxud oliy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida oʻqishni tugatgan boʻlishi, shuningdek harbiy roʻyxatda turgan boʻlishi kerak.
7. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
erkak jinsidagi nomzodning boʻyi — 170 santimetrdan past boʻlmasligi kerak;
ayol jinsidagi nomzodning boʻyi — 165 santimetrdan past boʻlmasligi kerak.
Ushbu bandda belgilangan talablar mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 1-avgustdagi 412-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3374-1, 07.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 10/22/3374-1/0597-son)
3-bob. Saralash tadbirlarini tashkil etish
9. Nomzodni saralash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalarining Qorovul qoʻshinlari, Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondonlari va Harbiy tuzilmalarning faoliyatini taʼminlash bazasi boshligʻining buyrugʻi bilan tegishli harbiy tuzilmalarda mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tarkibda doimiy faoliyat yuritadigan saralash komissiyalari (bundan buyon matnda saralash komissiyalari deb yuritiladi) tashkil etiladi.
10. Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalaridagi mavjud boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda saralash komissiyalari raislari tomonidan nomzodlar uchun qabul kunlari belgilanadi (masalan, haftaning muayyan kunlari yoki oyning muayyan sanalari).
11. Nomzodlarni Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga jalb qilish maqsadida kadr organlari tomonidan saralash oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin ichki ishlar organlarining rasmiy nashrlarida, ichki ishlar organlarining rasmiy veb-saytida boʻsh lavozimlar boʻyicha maʼlumotlar, saralash oʻtkazish joyi va kunlari, shuningdek xizmatga qabul qilish tartibi va belgilangan imtiyozlar toʻgʻrisidagi eʼlonlar joylashtiriladi.
12. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida harbiy qismlar hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan axborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.
13. Saralash tadbirlari davomida faxriylar kengashi aʼzolari, jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.
Bunda, jamoatchilik vakillari saralash tadbirlarini oʻtkazish jarayoni va uning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda saralashning tegishli komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va oʻz taklif hamda eʼtirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillarining murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
14. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yashash joyi yoki turgan joyidagi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, arizada nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari koʻrsatilishi lozim.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3690, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)
Saralash tadbirlari boshlanganidan keyin murojaat qilgan nomzodlar ushbu saralashda emas, balki keyingi saralashda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
15. Nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan boʻlsa, arizada kontrakt boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilish sababini koʻrsatishi lozim.
16. Navbatdagi saralash tadbirlari boshlanishidan oʻn kun oldin Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari tomonidan saralashda qatnashish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarga saralash tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida xabar beriladi.
17. Saralash komissiyasining navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlarni dastlabki oʻrganish ishlari amalga oshiriladi.
18. Nomzod dastlabki oʻrganish vaqtida saralash komissiyasiga oʻzini tanishtiradi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni komissiya kotibiga koʻrsatadi.
19. Saralash komissiyasi kotibi saralash uchun hozir boʻlgan nomzod haqidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish va dastlabki oʻrganish natijasini qayd etish jurnaliga kiritadi.
20. Nomzod mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida saralash komissiyasining tegishli aʼzosi tomonidan uning boʻyi oʻlchanadi. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga saralashning keyingi bosqichida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
21. Dastlabki oʻrganish davomida saralash komissiyasining suhbat oʻtkazilishiga masʼul boʻlgan aʼzosi (aʼzolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagi bor yoki yoʻqligi aniqlanishi lozim.
22. Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, shu kunning oʻzida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Bunda, nomzodning boʻyi talabga javob berganda hamda nomzod kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan hollarda saralash komissiyasi tomonidan nomzodni keyingi bosqichga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
23. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha xizmatga nomzodlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
24. Saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichiga oʻtkaziladi.
25. Jismoniy tayyorgarlik sinovi nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
26. Kadr organi boshligʻi dastlabki oʻrganish natijalari eʼlon qilingan kuni jismoniy tayyorgarlik sinovi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida nomzodlarni xabardor qiladi.
27. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Bunda, nomzodga har bir mashqni bajarganlik uchun ball beriladi. Umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 30 ballni tashkil etadi.
28. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
29. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
30. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida saralash komissiya aʼzolari tomonidan baholanadi.
31. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Qaydnoma saralash komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sinovda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya kotibiga topshiriladi.
32. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan jami toʻplangan balli 15 balldan past boʻlgan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.
Saralashning yakuniy natijalarini hisoblashda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan toʻplangan ballar yakuniy suhbat davomida toʻplangan ballar bilan birgalikda qoʻshib hisoblanadi.
33. Qoniqarsiz baholangan nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-bob. Nomzodlarni psixologik oʻrganish
34. Jismoniy tayyorgarlik darajasi qoniqarli baholangan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psixologik oʻrganish oʻtkaziladi.
35. Nomzodlarni psixologik oʻrganish mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq psixologik oʻrganish metodikasi asosida test shaklida amalga oshiriladi.
36. Saralash komissiyasi aʼzosi boʻlgan psixolog psixologik test savollari va ularning javoblari saqlanishi hamda oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
37. Test sinovining natijalari boʻyicha saralash komissiyasining psixologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan shu kunning oʻzida psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda komissiya kotibiga topshiriladi.
Psixologik oʻrganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinishi lozim.
38. Saralash komissiyasi tomonidan psixologik oʻrganish natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga muvofiqligi haqida;
nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga nomuvofiqligi haqida.
39. Psixologik oʻrganish natijalari qoniqarsiz boʻlgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
40. Psixologik tadbirlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda harbiy-kasbiy saralash kartasi toʻldiriladi. Harbiy-kasbiy saralash kartasi komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
7-bob. Yakuniy suhbat oʻtkazish
41. Yakuniy suhbatga saralashning dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi va psixologik oʻrganish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar kiritiladi.
Yakuniy suhbat saralash komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq yakuniy suhbatni oʻtkazish metodikasi asosida oʻtkaziladi.
42. Jamoatchilik vakillari saralash tadbirlarini real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishlari uchun yakuniy suhbat videokuzatuv (onlayn translyatsiya) ostida oʻtkaziladi.
43. Yakuniy suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar yakuniy suhbatni natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy suhbat tadbirlarida toʻplagan ballari umumlashtirilib, natijalari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda Saralash natijalari boʻyicha qaydnoma (bundan buyon matnda qaydnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Umumlashtirilgandagi maksimal ball — 60 ballni tashkil etadi.
45. Qaydnoma saralash komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
Qaydnomaning koʻchirma nusxasi nomzodlar va boshqa fuqarolar koʻrishi uchun qulay boʻlgan joyda (axborot stendlari yoki ichki ishlar organlarining xizmat binolari devorlarida) ilib qoʻyiladi.
46. Harbiy tuzilmalardagi mavjud boʻsh lavozimlar sonini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy suhbatning umumlashtirilgan natijalariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar xizmatga qabul qilinadi.
47. Agar ikki yoki bir nechta nomzodlarning umumiy toʻplagan ballari teng boʻlib qolsa, ularning psixologik oʻrganish tadbirida qayd etgan natijasi inobatga olingan holda eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzod tanlab olinadi.
48. Saralash tadbirlari boshlanishidan oldin dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik oʻrganish hamda yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmasining boshligʻi buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
49. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar saralashning tegishli bosqichi boʻyicha natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida taqdim etilishi mumkin.
50. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
51. Saralash tadbirlari davomida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar (dastlabki oʻrganish varaqalari, qaydnomalar va komissiya bayonnomalarining nusxalari) nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga biriktirib qoʻyiladi.
8-bob. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi
52. Yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar sogʻligʻining holatiga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
53. Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar harbiy tuzilmalar kadr organlari tomonidan beriladi.
54. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
55. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
9-bob. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish
56. Dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik oʻrganish va yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda tibbiy koʻrikdan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar maxsus tekshiruvdan oʻtkaziladi, shuningdek, davlat siri hisoblanadigan maʼlumotlar bilan ishlaydigan lavozimlarga qabul qilinadigan nomzodlarga maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi, bundan maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga ega boʻlgan nomzodlar mustasno.
Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
57. Maxsus tekshiruv natijalariga koʻra, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
58. Kadr organlari tomonidan harbiy xizmatga yaroqli hamda maxsus tekshiruv xulosasiga koʻra harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq deb topilgan nomzodga shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi.
10-bob. Yakuniy qoida
59. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari (Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini taʼminlash bazasi) dastlabki oʻrganish komissiyasining
TARKIBI
Komissiya raisi:
Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (Baza boshligʻining birinchi oʻrinbosari).
Komissiya aʼzolari:
Kadrlar boʻlimi boshligʻi;
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy xizmatchisi;
Tibbiyot boʻlimi harbiy xizmatchisi;
Mutaxassis-psixolog;
Tegishli sohaviy xizmat harbiy xizmatchilari.
Komissiya kotibi:
Kadrlar boʻlimi (boʻlinmasi) harbiy xizmatchisi.
Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari (Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini taʼminlash bazasi) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash komissiyasining
TARKIBI
Komissiya raisi:
Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (Baza boshligʻining birinchi oʻrinbosari).
Komissiya aʼzolari:
Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha masʼul harbiy xizmatchi;
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy xizmatchisi;
Tibbiyot boʻlimi harbiy xizmatchisi.
Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari (Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini taʼminlash bazasi) psixologik oʻrganish komissiyasining
TARKIBI
Komissiya raisi:
Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (Baza boshligʻining birinchi oʻrinbosari).
Komissiya aʼzolari:
Mutaxassis-psixolog;
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi;
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy xizmatchisi;
Tibbiyot boʻlimi harbiy xizmatchisi.
Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari (Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini taʼminlash bazasi) yakuniy suhbat komissiyasining
TARKIBI
Komissiya raisi:
Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (Baza boshligʻining birinchi oʻrinbosari).
Komissiya raisi oʻrinbosari:
Kadrlar boʻlimi boshligʻi (Baza boshligʻining oʻrinbosari).
Komissiya aʼzolari:
Qoʻshin qoʻmondonligi (Baza) boshqarma, boʻlim, boʻlinma, va xizmat (sex) boshliqlari (harbiy xizmatchilari);
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy xizmatchisi;
Qoʻmondonlik (Baza) yuridik taʼminlash guruhi harbiy xizmatchisi;
1. Komissiyalar tarkibiga kelishuv asosida faxriylar kengashi aʼzolari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda boshqa mansabdor shaxslar yoki mutaxassislar ham kiritilishi mumkin.
2. Saralash komissiyasining navbatdagi yigʻilishida uzrli sabablarga koʻra, (xizmat safarida, davolanishda, oʻqishda va malaka oshirishda boʻlganda) qatnasha olmaydigan komissiya aʼzosining oʻrniga komissiya raisining ruxsati bilan uning oʻrinbosarlaridan biri yoki masʼul harbiy xizmatchi (xodim) taklif etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
_______________________________________ga(Harbiy tuzilma nomi, rahbarning unvoni va F.I.O.) _______________________________________ga (nomzodning yashash joyi) yashovchi _______________________________dan (nomzodning F.I.O.)
ARIZA
Sizdan Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari (Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini taʼminlash bazasi)ning oddiy askar (ofitser)lar tarkibi lavozimlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan nomzodlar saralashida ishtirok etishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Sinovlarni ______________________ tilida topshiraman.
(oʻzbek, rus, qoraqalpoq)
Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan hududda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.
Pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari _________________________.
(seriyasi va raqami)
________________________________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Nomzodlarni roʻyxatga olish va dastlabki oʻrganish natijasini qayd etish
JURNALI
T/r
Sana
F.I.O.
Tugʻilgan yili, oyi va kuni
Maʼlumoti va mutaxassisligi
Telefon raqami
Dastlabki oʻrganish natijasi
Nomzodning imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
2.
3.
...
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi
1. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod saralash komissiyasining masʼul aʼzolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini koʻrsatishi lozim.
2. Nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari saralash komissiya aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
4. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
5. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:
a) erkak jinsiga mansub nomzodlar:
1-guruh: 28 yoshgacha boʻlganlar;
2-guruh: 29 yoshdan 33 yoshgacha boʻlganlar;
3-guruh: 34 yoshdan 38 yoshgacha boʻlganlar;
4-guruh: 39 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar;
b) ayol jinsiga mansub nomzodlar:
1-guruh: 25 yoshgacha boʻlganlar;
2-guruh: 26 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar;
3-guruh: 31 yoshdan 35 yoshgacha boʻlganlar;
4-guruh: 36 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar.
6. Quyidagilar erkak jinsiga mansub nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatishga oid mashq — toʻsinda (turnikda) tortilish;
chidamlilikka oid mashq — 3000 metrga yugurish.
7. Quyidagilar ayol jinsiga mansub nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatishga oid mashq — kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
chidamlilikka oid mashq — 1000 metrga yugurish.
Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
birinchi navbatda — tezlikka oid mashqlar, ikkinchi navbatda — kuch ishlatishga oid mashqlar, uchinchi navbatda — chidamlilikka oid mashqlar.
8. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
9. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Startga” komandasi boʻyicha start olish chizigʻiga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi boʻyicha tananing ogʻirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
11. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
12. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
13. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha ball qoʻyilmaydi.
14. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari
1. Erkak jinsiga mansub nomzodlar uchun:
Mashqning nomlanishi
Oʻlchov birligi
Yosh guruhi
Baholash mezonlari
Aʼlo
Asosiy ball
Yaxshi
Asosiy ball
Qoniqarli
Asosiy ball
100 metrga yugurish
soniya
1
14,0
10
14,4
7
15,2
5
2
14,2
10
14,6
7
15,4
5
3
14,8
10
15,4
7
16,0
5
4
15,4
10
16,0
7
16,6
5
Toʻsinda (turnikda) tortilish
marotaba
1
14
10
12
7
10
5
2
13
10
11
7
9
5
3
10
10
8
7
6
5
4
8
10
6
7
4
5
3000 metrga yugurish
daqiqa, soniya
1
12,40
10
13,00
7
13,35
5
2
12,50
10
13,10
7
13,45
5
3
14,20
10
14,50
7
15,30
5
4
15,00
10
15,50
7
16,40
5
2. Ayol jinsiga mansub nomzodlar uchun:
Mashqning nomlanishi
Oʻlchov birligi
Yosh guruhi
Baholash mezonlari
Aʼlo
Asosiy ball
Yaxshi
Asosiy ball
Qoniqarli
Asosiy ball
100 metrga yugurish
soniya
1
16,8
10
17,4
7
18,0
5
2
17,4
10
18,0
7
18,6
5
3
18,0
10
18,6
7
19,2
5
4
18,6
10
19,6
7
20,6
5
Kuch ishlatish mashqlari kompleksi
marta
1
32
10
29
7
26
5
2
30
10
27
7
24
5
3
28
10
25
7
22
5
4
25
10
22
7
19
5
1000 metrga yugurish
daqiqa, soniya
1
4,25
10
4,40
7
5,00
5
2
4,35
10
4,50
7
5,20
5
3
4,50
10
5,05
7
5,40
5
4
5,10
10
5,30
7
6,00
5
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20__ yil “____” ____________
1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r
Nomzodning F.I.O.
Mashqlarning nomi va baholash
Umumiy ball
Yosh guruhi
Toʻsinda (turnikda) tortilish
100 metrga yugurish
3000 (1000) metrga yugurish
natija
ball
natija
ball
natija
ball
1.
2.
3.
4.
5.
...
2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Mashqlarning nomi va baholash
Umumiy ball
Yosh guruhi
kuch ishlatish mashqlari kompleksi
100 metrga yugurish
1000 metrga yugurish
natija
ball
natija
ball
natija
ball
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
...
Komissiya aʼzolari:
__________________________
(imzo)
_______________________
(F.I.O.)
__________________________
(imzo)
_______________________
(F.I.O.)
__________________________
(imzo)
_______________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Psixologik oʻrganish metodikasi
1. Nomzodlarni psixologik oʻrganish psixologik test (bundan buyon matnda test deb yuritiladi) sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Testlar, ularning javoblari va javoblar blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Psixologik taʼminlash boʻlinmasi tomonidan ishlab chiqiladi.
3. Psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh tarkibida oʻtkazilishi mumkin.
4. Psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
5. Testlar nomzodlarning quyidagi psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyati;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi.
6. Test boshlangunga qadar nomzodlar sogʻligʻining holati surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar shu kuni test sinoviga qoʻyilmaydi. Bunday hollarda nomzodga boshqa kuni qayta test sinovidan oʻtish uchun ruxsat berilishi lozim.
7. Psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat boʻlgan test asosida vazifalar beriladi.
Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish) nomzodlarga 40 ta topshiriqdan iborat boʻlgan 3 ta vazifa, ikkinchi qismda esa, (psixoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganish) 141 ta savoldan, shuningdek javoblarning samimiy yoki nosamimiyligini aniqlash yoʻnalishi boʻyicha beriladigan 15 ta savoldan iborat 1 ta vazifa beriladi.
8. Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa, shuningdek har bir vazifani oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 5 daqiqadan — umumiy 1 soat 50 daqiqa vaqt beriladi.
9. Savollarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, javob variantlari berilishi yoki berilmasligi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
10. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, bundan nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar mustasno.
11. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida sinovlar oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar hamda komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
12. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 2 kun ichida mazkur metodikaning 1-ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida komissiya aʼzolari tomonidan hisoblab chiqiladi.
13. Test sinovining natijalari boʻyicha, u oʻtkazilgan kundan boshlab 2 kun ichida komissiyaning psixologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan mazkur metodikaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi.
14. Psixologik oʻrganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinishi lozim.
Intellektual rivojlanganlik darajasi boʻyicha natija
Psixoemotsional barqarorlik darajasi boʻyicha natija
Yakuniy xulosa
1-vazifa
2-vazifa
3-vazifa
4-vazifa
Asab-ruhiy turgʻunlik shkalasi
Kommunikativ qobiliyatlar shkalasi
Tashkilotchilik qobiliyatlari shkalasi
Samimiylik shkalasi
1.
2.
3.
4.
...
Komissiya aʼzolari:
______________________
______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
______________________
______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
______________________
______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Rasm uchun joy
M.Oʻ. (kadr organi muhri)
Harbiy-kasbiy saralash KARTASI
Nomzod ____________________________________________________________________________ (harbiy unvoni, F.I.O)
Harbiy hisobdagi joyi _______________________________________________________________ (mudofaa ishlari boʻlimining nomi)
Harbiy xizmat oʻtagan _________________________________________________________________ (qayerda, qachon va qaysi lavozimda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan)
Harbiy-kasbiy saralash natijalari
Psixologik oʻrganish natijasi__________________________________________________________ Psixologik oʻrganish xulosasi__________________________________________________________ (xulosa)
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijasi:
100 metrga yugurish
________________________________(koʻrsatkich va bahosi)
Turnikda tortilish (kuch ishlatish mashqlari kompleksi)
________________________________(koʻrsatkich va bahosi)
3000 (1000) metrga yugurish
________________________________(koʻrsatkich va bahosi)
Jismoniy tayyorgarlik darajasining umumiy bahosi
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha 20__ yil “___”_________gi ___-son, psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha 20__ yil “___”_________gi ___-son qaydnomalar
Komissiya raisi _____________________________________________________________________ (imzo va F.I.O.)
Komissiyakotibi ____________________________________________________________________ (imzo va F.I.O.)
M.Oʻ. (gerbli)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Yakuniy suhbatni oʻtkazish metodikasi
1. Yakuniy suhbat nomzodlarning aqliy salohiyati, xizmat oʻtashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek harbiy xizmatchi uchun zarur boʻlgan boshqa maʼnaviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlarga egaligini aniqlash maqsadida huquqshunoslik va tarbiya fanlari boʻyicha hamda harbiy xizmatga oid umumiy bilimlarini baholash orqali ogʻzaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.
2. Yakuniy suhbat saralash komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
3. Yakuniy suhbat savollari bazasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy tuzilmalari boshqaruv apparati tomonidan tegishli sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi va vazirlikning rasmiy veb-saytiga muntazam ravishda joylashtirib boriladi.
Bunda, nomzodlarga Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilmagan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Yakuniy suhbat oʻtkazilishidan bir soat oldin saralash komissiyasi aʼzolari ishtirokida kompyuterda maxsus dasturdan foydalangan holda savollar bazasidan har bir fandan 1 tadan — jami 3 ta savol koʻrsatilgan biletlar shakllantiriladi. Biletlarda savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Nomzodlar yakuniy suhbat oʻtkaziladigan xonaga biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini yoxud xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda kiritiladi.
6. Nomzodlarga yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha asosiy tushunchalar va zarur maʼlumotlar tanlov tadbiri boshlanishidan oldin saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan beriladi.
7. Nomzodlar biletni ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va undagi savollarga ixtiyoriy ketma-ketlikda javob beradi.
Har bir biletda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha savollar kiritiladi:
birinchi savol — huquqshunoslik fani;
ikkinchi savol — tarbiya fani;
uchinchi savol — harbiy xizmatga oid umumiy bilimlarini aniqlashga qaratilgan savol.
8. Nomzodlarga savollarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Agarda nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishiga ruxsat etiladi.
9. Nomzodlarning biletga tayyorgarlik koʻrishlari uchun yakuniy suhbat oʻtkazish xonasiga tutash boʻlgan alohida auditoriya ajratiladi. Unga 5 nafargacha nomzodlar kiritilib, biletlarga tayyorgarlik koʻrish jarayoni Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nazorat qilinadi.
10. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab, quyidagi mezonlar asosida har bir savol boʻyicha “10” ballik tizimda baholanadi:
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 8 — 10 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 5 — 7 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3-4 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 1-2 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — ball qoʻyilmaydi.
11. Nomzodlarga qoʻyilgan ballar umumlashtiriladi. Bunda, yakuniy suhbat davomida toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 30 ballni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
___________________________
__________________________
(Saralash komissiyasi raisining
unvoni, F.I.O. va imzosi)
20___ yil “_____” __________.
20__ yil “___” __________
Toshkent shahri
Saralash natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
Komissiya raisi:
__________________________________________________________________(saralash komissiyasi raisining F.I.O. va unvoni)
Komissiya aʼzolari:_________________________________________________________(saralash komissiyasi aʼzolari)