Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “VAZIRLIKLAR, DAVLAT QOʻMITALARI VA IDORALARINING UMUMIY-MAJBURIY TUSDAGI NORMATIV HUJJATLARINING HUQUQIY EKSPERTIZASI VA ULARNI DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 1993 YIL 17 IYuNDAGI 294-SON QARORIGA QOʻShIMcha KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi uchun yigʻim toʻlanishi budjetdan qoʻshimcha mablagʻ ajratilishiga olib kelishini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son
qarori quyidagi tahrirdagi 3-band bilan toʻldirilsin.
“3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinadilar”.