1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga Vatanga sadoqatli, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, jismonan sog‘lom va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari;
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar;
o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun vazirliklar tomonidan qabul komissiyalarini va yo‘nalishlar bo‘yicha kichik komissiyalarni tashkil etish tartibi;
o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar mudofaa ishlari bo‘limlariga topshiradigan hujjatlar, mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadigan hujjatlar ro‘yxati;
o‘qishga qabul qilishda harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi hamda saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati;
kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish asoslari va ularni qayta tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-dekabr,
775-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlarni (keyingi o‘rinlarda — nomzodlar) O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — OHTM) o‘qishga saralab olish va qabul qilish hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom:
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibiga;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish hamda mazkur universitet kursantlari (talabalari) va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
nomzodlar — OHTMga o‘qishga kirish uchun saralab olish tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (oliy ma’lumotga ega shaxslar bundan mustasno), muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchi yoki ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega bo‘lmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi;
harbiy-professional yo‘naltirish — yoshlarning shaxsiy qiziqishlariga, qobiliyatlariga muvofiq va turli mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy kadrlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda, harbiy kasbni ongli-asosli tanlashiga ko‘maklashish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan faoliyat;
dastlabki saralab olish — OHTMga o‘qishga kirishga qaror qilgan nomzodlarning tegishli ma’lumotlarini, ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni to‘plash hamda o‘rganish;
qabul komissiyasi — OHTMga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan, nomzodlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida har yili tuziladigan komissiya;
test sinovlari — OHTMning ta’lim yo‘nalishlari o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, nomzodlarning umumta’lim o‘quv dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Bilimni baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladigan tadbir.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
3. Kursantlarga o‘qishini bir vazirlik va idoralar OHTMdan boshqa vazirlik va idoralar OHTMga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. Kursantlar o‘qishini bitta vazirlik va idoraga bo‘ysunuvchi OHTMdan ushbu vazirlik va idora tasarrufidagi boshqa OHTMga ko‘chirish tartibi mazkur vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilanadi.
4. OHTMga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi.
2-bob. Nomzodlarni OHTMga saralab olish va qabul qilish tartibi
1-§. Qabul komissiya faoliyatini tashkil qilish, OHTMga o‘qishga kirish uchun hujjatlar topshirish
5. OHTMda o‘qishga saralab olish va qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul vazirliklar) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari kompleksiga asosan amalga oshiriladi.
6. OHTM kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
harbiy-professional yo‘naltirish;
dastlabki saralab olish;
test sinovlari.
7. Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
8. OHTMga tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida qabul qilinadi.
Nomzodlar uch til — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tilidan birini shaxsan tanlagan holda test sinovlari topshiradilar.
9. OHTMga o‘qishga kirish uchun nomzodlar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
10. OHTMga o‘qishga kirishdan oldin (dastlabki saralab olish davrida) nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ota-onalar) mazkur muassasalar rahbariyati tomonidan ular o‘qishni tamomlagandan so‘ng tuzilgan kontraktda ko‘rsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) o‘tashdan bosh tortgan, kontrakt shartlarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan, shuningdek, bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan hollarda, harbiy xizmatchini o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini qoplab berishi (moddiy javobgarlik) to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
11. OHTMga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun mas’ul vazirliklar tomonidan OHTM qabul komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — qabul komissiyasi) tashkil etiladi.
12. Qabul komissiyasiga OHTMning boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga mas’ul vazirliklarning tegishli tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari kiritiladi.
Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi mas’ul vazirliklarning ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.
Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qabul yilining 10-martidan 1-sentabriga qadar amalga oshiradi.
13. Qabul komissiyasi raisi:
qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Qabul komissiyasi raisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun o‘z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi.
14. Qabul yilining 20-martigacha qabul komissiyasi tarkibida quyidagi yo‘nalishlar kesimida kichik komissiyalar tuziladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;
individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha kichik komissiya.
15. OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlariga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining (keyingi o‘rinlarda — Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti) “Psixologiya (harbiy psixologiya)” ta’lim yo‘nalishi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti (keyingi o‘rinlarda — Harbiy aloqa instituti) hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutiga (keyingi o‘rinlarda — Harbiy tibbiyot instituti) o‘qishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha psixologiya, pedagogika va muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi bosqichini, oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichi va tibbiy-profilaktika fakultetlarining to‘rtinchi bosqichini tamomlagan talabalar (keyingi o‘rinlarda — talabalar) tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari nomiga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga ikki kun muddatda yuboriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
16. OHTMga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 31-martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
17. OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;
ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
(17-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumot.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.
18. OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar — harbiy xizmatchilar tomonidan o‘z xizmat o‘tash joyidagi kadr (saf) bo‘linmasiga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
OHTMga o‘qishga kirishga tavsiyanomalar (muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy bo‘linmaning umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — tegishli mas’ul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qismning (muassasaning) attestatsiya komissiyasi yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma);
tegishli mas’ul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qism (muassasa) tomonidan berilgan tavsiyanoma.
19. Mazkur Nizom 15-bandining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasalari joylashgan hududdagi mudofaa ishlari bo‘limlariga ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tegishli bosqichda o‘qiyotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
191. Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti bakalavriat bosqichining “Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi (chegara qo‘shinlari)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining ichki idoraviy hujjatlariga muvofiq saralab olinadi.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
2-§. Harbiy-professional yo‘naltirish
20. Ofitser kasbining mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlash ko‘nikmasini shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam berish harbiy-professional yo‘naltirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
21. Quyidagilar harbiy-professional yo‘naltirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ofitserlar xizmatining ijtimoiy mazmuni va o‘ziga xosligini ochib berish, shu asosda yoshlarning ofitser — Vatan himoyachisi kasbining yuksak mas’uliyatini to‘g‘ri tushunishi va anglashiga erishish;
OHTMga kirishga qaror qilgan fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilarga ularning iste’dodi, qobiliyatlarini va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda harbiy mutaxassislikni tanlashda yordam berish;
OHTMga kiruvchi nomzodlarning ma’naviy va axloqiy fazilatlariga, psixologik xususiyatlariga, umumjismoniy va umumta’lim tayyorgarlik darajasiga, sog‘lig‘iga qo‘yiladigan talablarni tushuntirish;
OHTMga o‘qishga kirishga eng iqtidorli, har tomonlama barkamol, tayyorgarlik ko‘rgan va Vatanga sadoqatli yoshlarni jalb etish.
22. Harbiy-professional yo‘naltirish OHTMga o‘qishga kirgunga qadar yil davomida o‘tkaziladi va ushbu bosqichda:
o‘quvchi yoshlarning faxriylar, mas’ul vazirliklarning hududiy organlari, harbiy qism (muassasa) hamda OHTMning vakillari bilan uchrashuvlari va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Bunda ularga ofitser kasbi, OHTMga tayyorgarlik ko‘rish va kirish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar beriladi;
mas’ul vazirliklarning hududiy organlari, mudofaa ishlari bo‘limlari va harbiy qismlarda (muassasalarda) OHTMga qabul qilish tartibi, o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi axborot-ma’lumotlar burchaklari tashkil etiladi.
23. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash harbiy-professional yo‘naltirishning asosi hisoblanadi. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doirasida ma’ruzalar o‘qiladi, suhbatlar o‘tkaziladi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi va davlat muzeylariga, harbiy qismlarga (muassasalarga), OHTMga ekskursiyalar uyushtiriladi hamda yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etish va rivojlantirish tarixi hamda OHTM bilan tanishtirishni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
24. Nomzodlarda harbiy xizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitser kasbi to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish ishlari tegishli ta’lim muassasalari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlarini faol jalb etgan holda mas’ul vazirliklar tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
25. Yoshlarni harbiy-professional yo‘naltirish doirasida ularga kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, harbiy kasbni tanlashda bevosita yordam ko‘rsatiladi.
Kasbga doir maslahatlar ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari tomonidan beriladi, tayyorlash jarayonida nomzodlarning shaxsiy fazilatlariga, qobiliyatlariga va OHTMda o‘qishga ma’naviy-psixologik tayyorgarlik darajasi baholanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Maslahatlar berish jarayonida nomzodlarning xohish-istaklari va qobiliyatlari chuqur o‘rganiladi, ularning OHTMga kiruvchi shaxslarga qo‘yiladigan talablarga moslik darajasi aniqlanadi.
26. Harbiy xizmatchilarni OHTMga o‘qishga kirishga tayyorlash mas’ul vazirliklar hududiy organlarining boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) rahbarligida o‘tkaziladi.
27. Mas’ul vazirliklar joylarda harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishini, OHTMning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilab turilishini nazorat qiladi hamda tegishli OHTMdagi ta’lim jarayoni, ularga kirish shartlari haqida ma’lumot berish maqsadida nashr etilgan bukletlar va plakatlar hududiy organlar hamda harbiy qismlarga (muassasalarga) yetkazilishini tashkil etadi.
28. OHTMga harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
OHTMdagi hayot, turmush va o‘qishning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida plakat, buklet, film va videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini tayyorlash hamda mas’ul vazirliklarning hududiy organlari va harbiy qismlarga (muassasalarga) tarqatish;
respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida OHTM vakillarining chiqishlarini tashkil etish, OHTM to‘g‘risidagi filmlarni namoyish etish, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazish;
harbiy stajirovkalar, ishlab chiqarish amaliyotlari, ta’tillar davrida OHTMdagi doimiy va o‘zgarib turuvchi tarkibning harbiy xizmatchilar va fuqaro yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini o‘tkazish.
29. Harbiy qismlarga (muassasalarga) harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
ma’naviyat va ma’rifat markazlari, madaniyat markazlarida OHTMdagi hayot, OHTMga qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarida (qo‘shin turlarida) ofitserlar tarkibining harbiy xizmati xususiyati va o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali, o‘quv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi ta’lim jarayoni to‘g‘risidagi filmlarni namoyish qilish, shuningdek, faxriylar va OHTMning vakillari bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish;
harbiy xizmatchilar bilan ofitser kasbi to‘g‘risida yakka tartibda tushuntirish suhbatlari o‘tkazish;
harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha ishlar samaradorligini muntazam tahlil qilish;
30. Mas’ul vazirliklarning hududiy organlari hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari zimmasiga harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
fuqaro yoshlar orasidan OHTMga nomzodlarni saralab olish ishlarini tashkil etish, ularni ofitserlar tarkibiga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish;
joylardagi ta’lim muassasalarining a’lochi bitiruvchilari bilan yig‘inlar, shuningdek, maqsadli targ‘ibot ishlarini tashkil etish;
OHTMda o‘qish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni fuqaro yoshlarga yetkazish;
hokimliklar va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida ta’lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalari o‘qituvchilari bilan harbiy-professional yo‘naltirish masalalari bo‘yicha har yilgi o‘quv-metodik yig‘inlar o‘tkazish;
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni olib borishda ta’lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlariga yordam berish, ta’lim muassasalarini ofitserlik kasblariga bag‘ishlangan stendlar bilan jihozlash;
(30-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
mas’ul vazirliklarning hududiy organlarida OHTMdagi hayotni aks ettiruvchi ko‘rgazma materiallarini, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarida (qo‘shin turlarida) ofitserlar tarkibida harbiy xizmatni o‘tashning xususiyati va o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi o‘quv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida (tashkilotlarida) fuqaro yoshlarni harbiy-professional yo‘naltirish tadbirlarida mudofaa ishlari bo‘limlari vakillarining bevosita ishtirokini ta’minlash;
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari, jamoat tashkilotlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha mustahkam o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
fuqaro yoshlarning ma’naviyat va ma’rifat markazlariga, joylardagi tarixiy, harbiy-vatanparvarlik muzeylariga va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Davlat muzeyiga, harbiy qismlar va muassasalarga tashrifini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi hayot to‘g‘risidagi filmlarni namoyish qilish;
harbiy mutaxassislikni ongli ravishda tanlashda yoshlarga yordam berish.
31. Respublikaning psixologiya, pedagogika va muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari hamda oliy tibbiy ta’lim muassasalari rektorlariga harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
talabalar orasidan OHTMga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafli ekanligini targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-maslahat burchaklari tashkil etish va harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatning shartlari va o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqot materiallarini joylashtirish;
muntazam ravishda OHTMga ekskursiyalar uyushtirish, OHTM kursantlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida davra suhbatlari, tanlovlar tashkil etish, ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
3-§. Dastlabki saralab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish
32. Sog‘lig‘i, umumjismoniy tayyorgarligi va individual psixologik xususiyatlariga muvofiq harbiy ixtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, g‘oyaviy-ma’naviy barqaror, mustahkam intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan nomzodlarni aniqlash dastlabki saralab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
33. Quyidagilar dastlabki saralab olishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodlarga tegishli hujjatlarni va ularni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
nomzodlar to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashining sabablarini, asoslarini aniqlash;
nomzodlarning sog‘lig‘ini va umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini har tomonlama, xolisona baholash;
OHTMga kiruvchi nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
34. Dastlabki saralab olish:
fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — yashash joyidagi (oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududdagi) mudofaa ishlari bo‘limlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlarida;
harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni o‘tash joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda) va mas’ul vazirliklarning hududiy organlarida o‘tkaziladi.
35. Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik o‘rganish;
umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Saralab olish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida individual-psixologik o‘rganish va umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash jarayonlari videoyozuvga tushiriladi.
36. Dastlabki saralab olish tadbirlari quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
a) birinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — mudofaa ishlari bo‘limlarida, harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni o‘tash joyida 1-fevraldan 31-martga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
(36-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish (talabalar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, harbiy xizmatchilar bundan mustasno);
(36-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
b) ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 1-apreldan 20-maygacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
(36-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutiga kirish istagini bildirgan nomzodlar bilan uchuvchilar tarkibining o‘ziga xos talablaridan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha ravishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasi bo‘yicha mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq tekshirish o‘tkaziladi.
(36-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Dastlabki saralab olish tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlar soni cheklanmaydi.
37. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalarni tahlil qilish, nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini baholash usuli bilan o‘tkaziladi.
Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini aniqlashda:
nomzodlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va axloqqa nisbatan murosasizlik zarurligini anglash;
burchni his etish, qat’iyatlilik, ishchanlik, mehnatsevarlik va to‘g‘rilik;
nomzodlar tomonidan xizmat (mehnat) faoliyatida, o‘qishda va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikda erishilgan natijalar hisobga olinadi.
(37-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Bundan tashqari, ofitser bo‘lish xohishining ongli qabul qilinganligi, asoslanganligiga va buning uchun zarur fazilatlar mavjudligiga asosiy e’tibor beriladi.
38. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki saralab olish tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31-martgacha (shu kuni ham)) amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
39. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashning sabablari, asoslarini aniqlash, ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish va xorijiy tilni egallaganlik darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
Suhbat davomida OHTMga kiruvchilarga qo‘yiladigan talablar, beriladigan imtiyozlar va boshqa masalalar nomzodlarga yetkaziladi. Nomzodlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang:Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
391. OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘lgan nomzodlarning yagona bazasi har yil 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilimni baholash agentligining maxsus axborot tizimiga kiritiladi.
(391-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
40. Tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar nomzod o‘qishga qabul qilingandan so‘ng rasmiylashtiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
41. Yakka tartibdagi suhbat:
fuqaro yoshlar (talabalar) bilan — mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari;
harbiy xizmatchilar bilan — mas’ul vazirliklarning hududiy organlari boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) tomonidan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi to‘ldiriladi.
42. Nomzodlarning birlamchi tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi.
Birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nomzodlarning OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
43. Individual-psixologik o‘rganish qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 1-apreldan 20-maygacha (shu kuni ham) qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan nomzodlarni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan tegishli mutaxassis-psixologlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
44. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
OHTMga kirish uchun tavsiya etiladi;
OHTMga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha OHTMga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
45. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-maygacha (shu kuni ham) o‘tkaziladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan o‘tmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
46. Nomzodlarning yakuniy tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi.
Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nomzodning OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
47. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ro‘yxatlari mazkur Nizomga 9a-ilovaga muvofiq shaklda mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 1-iyunga qadar OHTM qabul komissiyasiga yuboriladi.
OHTM qabul komissiyalariga taqdim etilayotgan ro‘yxatlarning to‘g‘ri, aniq va haqqoniyligiga javobgarlik masalasi shaxsan mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari hamda harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) zimmasiga yuklanadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
471. Dastlabki saralab olish tadbirlarining barchasida ishtirok etmasdan muddatli harbiy xizmat muddati tugaganligi sababli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan nomzodlarning yig‘majildlari ushbu harbiy xizmatchilar harbiy qism (muassasa) ro‘yxatidan chiqarilgan kuni ularning yashash (harbiy hisobga qo‘yish) joyidagi mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘iga yuboriladi.
Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i nomzod tanlagan OHTM qabul komissiyasi kotibi bilan ushbu nomzodlarni ishtirok etmagan dastlabki saralab olish tadbirlarida qatnashishini ta’minlaydi.
(471-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
48. Saralab olish tadbirlari natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlarning shikoyatlari qabul komissiyasi raisining buyrug‘i bilan kichik komissiyalar ishida qatnashmagan besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda shakllantiriladigan apellyatsiya komissiyasida ko‘rib chiqiladi.
Shikoyatlar apellyatsiya komissiyasiga natijalar e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatlarni ular tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida, murojaat qilgan nomzodlar xohishiga ko‘ra — ularning ishtirokida ko‘rib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda hujjatlarni to‘plash va o‘rganish, yakka tartibda suhbatlashish, individual-psixologik o‘rganish va umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash tadbirlarining to‘g‘ri o‘tkazilganligi, javoblarning xolis tekshirilganligi va to‘g‘ri baholanganligi o‘rganiladi hamda uning natijasi bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
natijalarni o‘zgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Tegishli qaror darhol nomzodlarga yetkaziladi.
Apellyatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnomada rasmiylashtiriladi.
Apellyatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
49. Birlamchi yoki yakuniy tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha chiqarilgan xulosadan norozi bo‘lgan nomzodlar sudga shikoyat qilishi mumkin.
4-§. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va OHTMga o‘qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarga test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ajratilgan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvota asosida OHTMga kursantlarning umumiy qabul soni doirasida o‘qishga kirish huquqiga ega;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda yarador bo‘lishi natijasida nogiron bo‘lib qolgan, kontuziya, shikast olgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari OHTMga tanlovsiz qabul qilinadilar.
52. “Ilg‘or serjant” nominatsiyasida respublika turining g‘oliblari bo‘lgan serjantlar OHTMga test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining serjantlar tarkibi lavozimlarida 5 yil benuqson xizmat qilgan serjantlarga ijobiy tavsifnomalar, qo‘mondonlik, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yutuqlari mavjud bo‘lgan taqdirda, OHTMga o‘qishga qabul qilishda to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq:
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga OHTMga o‘qishga kirishda Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi;
(53-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha OHTMga test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi beriladi.
531. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga OHTMga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
(531-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
532. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OHTMga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
(531-532-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
533. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-son qaroriga muvofiq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda faollik ko‘rsatgan, natijalari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan volontyorlarga O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri tavsiyanomasiga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirishda o‘zlari to‘plagan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
(533-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 181-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/181/0382-son)
54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3-o‘rinlarni egallagan shaxslar uch yil muddat davomida amal qiluvchi ixtisoslik fani bo‘yicha sertifikat asosida OHTMga test sinovlarida imtiyoz sifatida maksimal ball to‘plagan hisoblanadi.
Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan OHTMga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga muvofiq OHTMga kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha qabul kvotalari ajratiladi.
56. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari OHTMga belgilangan qabul kvotasidan tashqari test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq:
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
561. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq:
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasi OHTMga Bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.
(561-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quvchilari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan tegishli yo‘nalish bo‘yicha va belgilangan qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
58. Nomzodlar bir vaqtning o‘zida ushbu Nizomning 50 — 57-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarning ikki va undan ko‘piga ega bo‘lgan hollarda, eng yuqori natija beruvchi imtiyoz qo‘llaniladi.
59. OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘lgan nomzodlarning yagona bazasi har yil 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilimni baholash agentligining maxsus axborot tizimiga kiritiladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
60. Chet tilini bilish bo‘yicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat taqdim etganlarga chet tili fanidan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball qo‘yiladi hamda ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.
61. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda kirish test sinovlarida ushbu umumta’lim fanidan belgilangan maksimal ballga mutanosib ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi topshirmaydi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
62. Nomzodlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
5-§. Test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
63. OHTMga test sinovlari o‘tkazish mazkur Nizomning 64 — 71-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi asosida o‘tkaziladi.
64. OHTMda test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda, har yili iyul-avgust oylarida nomzodlar tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.
65. Qabul komissiyasi OHTMga o‘qishga kirish uchun murojaat qilgan va dastlabki saralab olish bosqichida natijasi ijobiy baholangan, saralab olishda ishtirok etuvchi nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni qabul yilining 5-iyuniga qadar (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus dasturiga kiritadi, nomzodlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishlarini hamda test sinovlarida qatnashishlarini ta’minlaydi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
66. Nomzodlarga OHTMga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
67. Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi to‘lov undiriladi.
68. Bilimni baholash agentligi test sinovlari to‘liq yakunlangan kunning ertasiga OHTMga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlar natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi, o‘z navbatida, qabul komissiyasi OHTMga saralab olish tadbirlarini o‘tkazadi, o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni ikki kun muddatda Bilimni baholash agentligiga taqdim etadi.
(68-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
OHTMga o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etmaydi.
OHTMga o‘qishga tavsiya etilmagan nomzodlar respublika oliy ta’lim muassasalariga tanlangan yo‘nalishlar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tanlovda ishtirok etadilar.
69. Test sinovlari topshiriqlari umumta’lim fanlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi.
70. OHTMning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari mas’ul vazirliklar tomonidan Bilimni baholash agentligi bilan birgalikda belgilanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlariga test sinovlari bo‘lib o‘tishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
71. O‘qishni Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” ta’lim yo‘nalishi, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida davom ettirish istagini bildirgan talabalar tegishli ravishda ta’lim yo‘nalishidagi 5 ta fandan iborat majmua bo‘yicha test sinovini topshiradi. Fanlar majmuasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot instituti tomonidan har yil fevral oyi yakuniga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan fanlar majmuasi va fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari test topshiriqlarini shakllantirish uchun Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Test topshiriqlari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot instituti tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan Bilimni baholash agentligida tuziladi va ekspertizadan o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari kitobidagi har bir fan 20 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 100 ta savolga 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
6-§. OHTMga qabul qilish tartibi
72. OHTMga nomzodlar o‘quv yili uchun OHTMni butlash rejasiga qat’iy rioya qilgan holda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar uchun OHTMga belgilangan qabul kvotadan tashqari o‘qishga kirish huquqi beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang:Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
73. Nomzodlar OHTMga Bilimni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari asosida o‘qishga qabul qilinadi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
74. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda, OHTM qabul komissiyasi ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha saralab olishning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
75. OHTM qabul komissiyasi test sinovlari natijalari e’lon qilingandan keyin besh kunlik muddatda nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
76. OHTMga o‘qishga qabul qilish jarayonida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning (talabalar bundan mustasno) to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadilar.
Test sinovlari natijalariga ko‘ra Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” ta’lim yo‘nalishi, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan talaba nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan hollarda ular orasida birinchi ikki fandan test natijalari yuqori bo‘lgan talaba nomzod qabul qilinadi, shunda ham ballar teng bo‘lib qolgan taqdirda, oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilim darajasi yuqori bo‘lgan talaba nomzod o‘qishga qabul qilinadi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
77. OHTM qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni OHTMga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan materiallar nomzodlarni OHTMga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran OHTM kadrlar bo‘limlari tomonidan 5 kun ichida tegishli idoralarga yuboriladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
78. OHTM tomonidan o‘qishga qabul qilingan nomzodlar hamda ularning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlarini chaqirtirish bo‘yicha tegishli mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlarga (muassasalarga) so‘rovnoma yuboriladi.
OHTMning so‘rovnomasiga asosan o‘qishga qabul qilingan nomzodlar hamda ularning shaxsiy hujjatlarining yig‘majildlari mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan tegishli OHTMga yuboriladi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
79. Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar tegishli OHTMda saqlanadi.
3-bob. Kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi
1-§. Kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish
80. Kursant OHTMdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan);
b) belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmaganligi (akademik qarzdorligi) sababli;
v) intizomsizligi sababli (shu jumladan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganligi yoki maxsus talablarga javob bermaganligi, sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan);
(80-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
g) o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli o‘qishni davom ettirish imkoni yo‘qligi sababli;
d) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
e) o‘z xohishiga ko‘ra.
81. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kursantlar harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda tahsil olishga yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi xulosasiga asosan OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladilar.
Harbiy-tibbiy komissiya xulosalariga asosan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” ta’lim yo‘nalishi, Harbiy tibbiyot instituti va Harbiy aloqa institutida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantlar OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqariladilar va dastlab o‘qishga kirgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni davom ettirish uchun yuboriladilar.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
82. Harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi OHTMga kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantning bo‘linma komandiri o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni OHTM boshlig‘iga taqdim etadi.
83. Bir yoki bir nechta fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan (yakuniy nazoratga qo‘yilmagan) va akademik qarzdorligini belgilangan muddatlarda bartaraf etmagan, bir yoki bir nechta fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatsiz topshirgan kursantlar fanlarni o‘zlashtirmaganligi sababli OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladilar.
84. Topshirilgan yakuniy nazoratlar natijalari, o‘quv semestri yoki yili yakunlari bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirmagan deb topilgan kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirishga doir rasmiylashtirilgan taqdimnoma bo‘linma komandiri tomonidan uch kun muddatda OHTM o‘quv bo‘limi bilan muvofiqlashtirilgan holda OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Kursantni akademik qarzdorligi uchun OHTMda o‘qishdan chetlashtirish masalasi besh kun muddat ichida OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida chetlashtirishga doir taqdim etilgan materiallar, fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat qaydnomalariga asoslangan tarzda, fanlarni o‘zlashtirmagan kursant ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni fanlarni o‘zlashtirmaganligi uchun OHTMda o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan qaror qabul qilingan taqdirda, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ushbu qaror va OHTM Ilmiy kengashining bayonnomasidan ko‘chirma, fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat qaydnomalari va shu kabi boshqa materiallar bir kun ichida mas’ul vazirliklar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
85. Kontrakt shartlarini bajarmagan, harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etmagan, harbiy intizomni tizimli ravishda qo‘pol buzib kelgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kursantlar intizomsizligi tufayli OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladilar.
(85-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Agar kursantga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmasdan, oldin jinoiy ish to‘xtatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgan bo‘lsa, uni OHTMdan chetlashtirish yoki OHTMda qoldirish to‘g‘risidagi qaror OHTM Ilmiy kengashining qarorini hisobga olgan holda OHTM boshlig‘i tomonidan qabul qilinadi.
Mazkur qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, tergov yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda qabul qilinadi.
86. O‘quv bo‘linmasi komandiri OHTM boshlig‘iga kursant sodir etgan nojo‘ya xatti-harakatlar, tartibbuzarliklar haqida qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha bir kun ichida bildiruv beradi.
OHTM boshlig‘i o‘quv bo‘linmasi komandirining bildiruvini olishi bilan ushbu holat yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilishini tashkil etadi. Xizmat surishtiruvini o‘tkazish vazifasi OHTMning tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxslaridan biriga topshiriladi. Xizmat surishtiruvining natijalari uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida xizmat surishtiruvi materiallariga asoslangan holda, kursant ishtirokida besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishga qaror qilingan bo‘lsa, OHTM Ilmiy kengashi yig‘ilishining bayonnomasidan ko‘chirma va xizmat surishtiruvi materiallarining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
87. Kursantlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan asosli sabablar (oilaviy sharoitlariga ko‘ra, ya’ni yaqin qarindoshlarining og‘ir kasallikka chalinganligi, oilasi tabiiy ofatga duchor bo‘lganligi, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotganligi yoki tegishli idoralar tomonidan tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirilmaganligi yoki mazkur huquqdan mahrum qilinganligi va boshqalar) tufayli o‘qishni davom ettirishning imkoni yo‘qligi bois OHTMdan o‘qishdan chetlashtiriladi.
(87-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Vaziyatni tasdiqlovchi materiallar olingandan so‘ng bir kun ichida o‘quv bo‘linmasi komandiri kursantni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli o‘qishni davom ettirishning imkoni yo‘qligi bois OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida o‘qishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan ko‘chirma va kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
88. Sud qaroriga ko‘ra OHTMga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan dastlabki saralab olish va test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan kursant kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi sababli OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladi.
89. Kursantga nisbatan kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi bo‘yicha sud qarori kelib tushganda, o‘quv bo‘linmasi komandiri qonuniy kuchga kirgan sud qarori va kursantni tavsiflovchi hujjatlarni uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
Kursantni sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi uchun OHTMda o‘qishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida kursant ishtirokida besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan ko‘chirma va qonuniy kuchga kirgan sud qarorining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
90. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra OHTMda o‘qishni davom ettirishni xohlamagan kursantlar o‘z xohishiga ko‘ra OHTMdan o‘qishdan chetlashtiriladilar.
OHTMda o‘qishni davom ettirishni xohlamagan kursant sabablarini ko‘rsatgan holda, o‘z xohishiga ko‘ra uni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishni so‘rab, OHTM boshlig‘iga qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha bildiruv beradi. Kursant tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risida bildirgi yozilgandan so‘ng o‘quv bo‘linmasi komandiri bir kun ichida kursantni o‘z xohishiga ko‘ra OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida o‘qishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan ko‘chirma va kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
91. OHTM kursantlarini o‘qishdan chetlashtirish mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
quyi bosqichlarda — OHTM boshlig‘ining buyrug‘i bilan tegishli vazirlik rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosari bilan kelishilgan holda;
bitiruv bosqichida — tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining buyrug‘i bilan.
92. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan, o‘qishning ikkinchi yili boshlanmasdan OHTMdan chetlashtirilgan, o‘qishdan chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va bo‘shash huquqiga ega bo‘lmagan kursantlar muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun harbiy qismlarga jo‘natiladi. Chaqiruv yoshiga yetmagan shaxslar harbiy hisobga qo‘yish uchun yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi.
Chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va bo‘shash huquqiga ega bo‘lmagan kursant OHTM kursantlari ro‘yxatidan chetlashtirish to‘g‘risida OHTM boshlig‘ining buyrug‘i chiqarilgandan keyin uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining tegishli farmoyishiga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun harbiy qismga yuboriladi.
93. OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan kursantlar (intizomsizligi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatning oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub lavozimlarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashlari mumkin.
OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan, o‘z xizmatini davom ettirish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar (intizomsizligi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat o‘tash uchun yuborilishlari mumkin.
94. Kursant o‘qishdan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan kursantlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari bir kun ichida harbiy hisobda turish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yo‘llangan harbiy qismga jo‘natiladi.
95. OHTMdan chetlashtirilgan kursantlarni haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga asosan ko‘rib chiqiladi.
96. Bitiruv bosqichida tahsil olayotgan kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirish tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida o‘rganib chiqiladi:
kursantni OHTMdan chetlashtirish bo‘yicha OHTM boshlig‘ining tavsiyanomasi;
OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan OHTM Ilmiy kengashining qarori;
OHTM Ilmiy kengashi yig‘ilishining bayonnomasidan ko‘chirma. Bayonnomada OHTMda o‘qishdan chetlatilayotgan kursantning to‘liq biografik ma’lumoti (tug‘ilgan joyi va sanasi, millati, oilaviy ahvoli, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan joyi, muddatli harbiy xizmatni o‘tagani va unga harbiy qism komandirining tavsiyanomasi berilgan yoki berilmagani haqida ma’lumot, qaysi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotganligi, ota-onasining yashash manzillari, ularning qayerda va kim bo‘lib ishlashi to‘g‘risida ma’lumot), kursantni o‘qishdan chetlatish uchun asos bo‘layotgan holatlar ko‘rsatiladi;
kursantni o‘qishdan chetlatish uchun asos bo‘layotgan holatlar bo‘yicha boshqa hujjatlar nusxalari (kursantlar vzvodi komandirining batalyon komandiri va OHTM boshlig‘ining o‘quv ishlari (o‘quv va ilmiy ishlar) bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tavsiya qilingan bildirgisi, kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma, akademik qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, xizmat tavsifnomasi, xizmat varaqasidan ko‘chirma, kursantning o‘qishni xohlamasligi to‘g‘risida yozgan bildiruvi (o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilayotgan hollarda), xizmat surishtiruvi materiallari, sud hukmi va qarorlaridan nusxa va boshqalar).
O‘rganish natijasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining kursantni OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i loyihasi tayyorlanadi va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining kursantni OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i imzolangandan so‘ng uning ko‘chirmasi ijro etish uchun uch kun ichida OHTMga, harbiy hisobga qo‘yish uchun tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga (bo‘limiga) yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yo‘llangan harbiy qismga yuboriladi.
97. OHTM boshlig‘i tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining kursantni OHTM ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan uch kun ichida ushbu kursant bilan tuzilgan shartnomani bekor qiladi, harbiy xizmatchini (harbiy xizmatga majbur shaxsni) ta’minotning barcha turlaridan ozod qiladi, OHTM shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqaradi va xizmatini davom ettirish uchun tayinlangan harbiy qismga (harbiy hisobga qo‘yish uchun turar joyidagi mudofaa ishlari bo‘limiga) yuboradi. Shuningdek, OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi bilan birga akademik ma’lumotnoma va OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasining ko‘chirmalari ham yo‘llanadi.
2-§. Kursantlar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash
98. Kursantlar o‘qishini qayta tiklashga mazkur Nizomning 80-bandi “a”, “b” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan asoslar (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, fanlarni o‘zlashtira olmaganliklari va o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli o‘qishni davom ettirish imkoni yo‘qligi tufayli) bilan o‘qishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlarga ruxsat beriladi.
OHTM kursantlarini o‘qishga qayta tiklash mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichning ikkinchi semestri va undan yuqori bosqichlarda tahsil olish davomida OHTMda o‘qishdan chetlashtirilgan shaxslar (intizomsizligi, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli va o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlardan tashqari) o‘zlari tahsil olgan OHTMga tegishli o‘quv semestri boshlangunga qadar ro‘yxatdan chiqarilgandan so‘ng olti oydan kam bo‘lmagan va uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan muddat ichida harbiy qism komandirining tavsiyasiga ko‘ra qo‘shinlar safida benuqson xizmat o‘taganlik sharti bilan (harbiy hisobga kiritilgan joydagi mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlarida vijdonan mehnat qilganlik sharti bilan), shaxsan yozgan ariza (bildirgi)siga asosan o‘qishga qayta tiklanishi mumkin.
99. Birinchi bosqichning birinchi semestrida tahsil olish davomida (birinchi semestr yakuni bo‘yicha imtihon sessiyasini to‘liq topshirmagan holda) OHTMda o‘qishdan chetlashtirilgan kursantlar o‘qishga qayta tiklanmaydi. Ular o‘qishga faqat umumiy qoidalarga asosan qabul qilinishi mumkin.
100. Kursantlar o‘qishini qayta tiklash kursantlar safidan chetlashtirilganiga olti oydan uch yilgacha bo‘lgan muddatda, tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
101. Quyidagi holatlar kursantning qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi)siga rad javobi berish uchun asos bo‘ladi:
kursantning intizomsizligi, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli yoki o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganda;
kursant birinchi bosqichning birinchi semestrida (birinchi semestr tugallanmagan holatda) o‘qishdan chetlashtirilganda;
o‘qishdan chetlashtirilgan kursant ro‘yxatdan chiqarilgan sanadan o‘qishga qayta tiklash so‘ralayotgan tegishli o‘quv semestri boshlangunga qadar olti oydan kam yoki uch yildan ortiq muddat o‘tgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga OHTM kursanti lavozimida harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha belgilangan yosh chegarasidan o‘tgan bo‘lsa;
ariza beruvchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda;
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
Harbiy xizmatchi (fuqaro)ning o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha ariza (bildirgi)siga rad javobi berilgan taqdirda, uni ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatda ariza (bildirgi)da ko‘rsatilgan manzilga ariza (bildirgi)ni ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan javob xati yo‘llanadi.
102. OHTM kursantlarining o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha arizalar (bildirgilar)ni topshirish va ko‘rib chiqish yilda bir marotaba 1-iyuldan 20-iyulga qadar amalga oshiriladi.
Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan taqdim qilingan qayta tiklash bo‘yicha hujjatlar to‘plami va ariza (bildirgi)lar OHTM boshlig‘i, tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqilib, har yili 20-iyuldan 10-avgustga qadar qaror qabul qilinadi.
103. O‘qishini qayta tiklash istagini bildirgan fuqaro yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limi orqali belgilangan muddatda mazkur Nizomga 13-ilovada qayd etilgan hujjatlarni rasmiylashtirib, OHTMga taqdim etishi lozim.
104. Kursantlar o‘qishini qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi)lar ariza beruvchilar taqdim etgan hujjatlar bilan birga OHTM ilmiy kengashining muhokamasiga kengash kotibi tomonidan taqdim etiladi. OHTMdan o‘qishdan chetlashtirilgan shaxslarni o‘qishga tiklash masalasi taqdim etilgan hujjatlar asosida OHTM Ilmiy kengashi yig‘ilishida, ariza beruvchilar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
OHTM Ilmiy kengashining bayonnomasidan ko‘chirma va o‘qishga tiklash uchun tayyorlangan hujjatlar nusxasi tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organiga yuboriladi. O‘qishga tiklashga doir hujjatlar tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organi tomonidan o‘rganib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarining kursantni o‘qishga tiklash va OHTM kursantlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i loyihasi tayyorlanadi hamda qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari kursantni o‘qishga tiklash va OHTM kursantlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyruqni imzolagandan so‘ng uning ko‘chirmalari ijro etish uchun OHTMga hamda o‘qishga tiklangan shaxsga yozma ko‘rsatma rasmiylashtirib berish va uning shaxsiy hujjatlari yig‘majildini OHTMga yo‘llashi uchun harbiy xizmatchi (fuqaro)ni o‘qishga tiklash yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlab, yo‘llagan birlashma, qo‘shilma, qism, mudofaa ishlari boshqarmasi yoki bo‘limiga yuboriladi.
105. Kursantni o‘qishga tiklash va OHTM kursantlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyruqqa asosan OHTM boshlig‘i kursant bilan u OHTMga kelgan kuni OHTMda ta’lim olish muddatiga, o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda majburiy ravishda besh yil harbiy xizmat (xizmat) o‘tash sharti bilan kontrakt tuzadi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
106. Kursantlarni qayta tiklash jarayonida shaxsiy hujjatlar yig‘majildidagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilganligi yoxud hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlanmaganligi aniqlangan hollarda, OHTM boshliqlari mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
107. OHTMga qayta tiklangan kursantlarning shaxsiy yig‘majildiga tegishli buyruqdan ko‘chirma, ariza va akademik ma’lumotnoma tikib qo‘yiladi.
108. Kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik tegishliligi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘limi va OHTMga yuklanadi.
109. OHTM kursantlari o‘qishini tiklashiga asos bo‘lgan barcha hujjatlar vakolat doirasi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarda yoki OHTMda uch yil davomida saqlanadi.
110. Kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorlardan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda OHTM, tegishli vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
111. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini OHTMga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
112. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli o‘qishni davom ettirish imkoni yo‘qligi sababli va o‘z xohishiga ko‘ra OHTMdan chetlashtirilgan kursantlar o‘z xohishiga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash tartibiga asosan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
113. Ushbu Nizomni qo‘llash jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
114. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish tadbirlari kompleksini bosqichma-bosqich amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. O‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) topshirish va qabul komissiyalarini tashkil etish
1-bosqich
Nomzodlar
Mudofaa ishlari bo‘limlari (harbiy qism, muassasalar)ga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ariza (bildirgilar) topshiradi.
1-fevraldan 31-martgacha
2-bosqich
Vazirliklar
Oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalarini tashkil etadi.
10-martgacha
Qabul komissiyasi
Qabul komissiyasi tarkibida kichik komissiyalar tuzadi.
20-martgacha
II. Harbiy-professional yo‘naltirish
3-bosqich
Vazirliklar
Nomzodlarda harbiy xizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitserlik kasbi haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish maqsadida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) rahbarlarini faol jalb etgan holda, oliy harbiy ta’lim muassasalari va hududiy organlarning, harbiy-akademik litseylar va umumta’lim maktablari bilan o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yadi.
Doimiy
(bitiruvchilar bilan sentabr — yanvar)
Hududiy organlar
CHQBT rahbarlari bilan (har yilgi) o‘quv-metodik yig‘inlar o‘tkazadi.
Doimiy
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari va o‘qituvchilari
Yoshlarning harbiy qism, OHTM vakillari, faxriylar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvini tashkil etadi.
Doimiy
Joylardagi ta’lim muassasalarining a’lochi bitiruvchilari bilan uchrashuv, mashq yig‘inlari, shuningdek, maqsadli targ‘ibot ishlarini tashkil etadi.
sentabr-oktabr
Psixologiya va pedagogika, muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va oliy tibbiy ta’lim muassasalari rektorlari
Talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” ta’lim yo‘nalishi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutiga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafliligini targ‘ib etishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
sentabr — yanvar
III. Dastlabki saralab olish
4-bosqich
Mudofaa ishlari bo‘limlari, harbiy qism
(muassasalar)
Nomzodning hujjatlarini to‘playdi va o‘rganadi.
Nomzod bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazadi.
Birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
1-fevral — 31-mart
Qabul komissiyasi
Individual-psixologik o‘rganish o‘tkazadi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaydi.
Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
1-apreldan 20-maygacha
Mudofaa ishlari boshqarmalari, harbiy qism
(muassasalar)
Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ro‘yxatlarini OHTM qabul komissiyasiga yuboradi.
1-iyungacha
Qabul komissiyasi
Nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni Bilimni baholash agentligining maxsus dasturiga kiritadi.
5-iyungacha
IV. Test sinovlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish
5-bosqich
Bilimni baholash agentligi
Test sinovlarini tashkil etadi.
iyul-avgust
Test sinovi natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Test sinovlari to‘liq yakunlangan kunning ertasiga
6-bosqich
Qabul komissiyasi
O‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni Bilimni baholash agentligiga taqdim etadi.
Ikki kunlik muddatda
Test sinovlari natijalarini e’lon qiladi.
Test sinovlari natijalari taqdim etilgandan so‘ng 2 kun muddatda
Tegishli bayonnomalarni rasmiylashtiradi.
Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng 1 kun muddatda
OHTMga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtiradi.
Bayonnoma tasdiqlangandan so‘ng 2 kunmuddatda
Tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tegishli idoralarga yuboradi.
Buyruq qabul qilingandan so‘ng 5 kun muddatda
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
o‘qishga qabul qilinsam, o‘qishni tugatganimdan so‘ng tuzilgan kontraktda ko‘rsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) o‘tashdan bosh tortsam, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligim, sodir etgan jinoyatim uchun sudlanganligim sababli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilsam yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsam, o‘qish davrida menga sarflangan budjet mablag‘larini qoplash bo‘yicha to‘liq moddiy javobgarligim, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, O‘zbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishimni ko‘chirishim yoxud o‘z xohishim bilan o‘qishdan ketishim to‘g‘risida ogohlantirildim.
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ga o‘qishga
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi)
kirishga nomzodning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), farzandimiz
o‘qishga qabul qilinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng u bilan tuzilgan kontraktda ko‘rsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) o‘tashdan bosh tortsa, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilsa yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsa, o‘qish davrida unga sarflangan budjet mablag‘larini qoplash bo‘yicha to‘liq moddiy javobgarligimiz, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, O‘zbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirishi yoxud o‘z xohishi bilan o‘qishdan ketishi to‘g‘risida ogohlantirildik.
______________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
______________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20____ yil “____” ____________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
yashovchi ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Meni, o‘z xohishimga ko‘ra ________________________________________________________________________________________________________________________________________ga
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi va mutaxassisligi)
o‘qishga kirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishingizni so‘rayman.
Test sinovlarini ____________________ tilida ___________________ alifbosida topshiraman.
Chet tili bo‘yicha test sinovlarini (imtihonni) ____________ tilida topshiraman.
Xizmat zaruratiga ko‘ra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat bo‘yicha menga ma’lum bo‘lgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va xizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.
O‘qishga qabul qilinsam, biroq O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, o‘qishimni O‘zbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga yoki o‘z xohishim bilan o‘qishdan ketishga roziman.
______________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “_____” _____________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tug‘ilgan yili, sanasi va joyi, harbiy xizmatga chaqirilgan yili va sanasi)
Sizdan o‘z xohishimga ko‘ra meni ____________________________________________________________________________________________________________________________________________ga
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi va mutaxassisligi)
o‘qishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qo‘mondonlikka tavsiya etishingizni so‘rayman.
Test sinovlarini _____________________ tilida ___________________ alifbosida topshiraman.
Chet tili bo‘yicha test sinovlarini (imtihonni) ____________ tilida topshiraman.
Xizmat zaruratiga ko‘ra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat bo‘yicha menga ma’lum bo‘lgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va xizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.
O‘qishga qabul qilinsam, biroq O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, o‘z xohishim bilan o‘qishdan ketishga roziman.
______________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “_____” _____________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Meni, o‘z xohishimga ko‘ra _________________________________________________________________________________________________________________________________________ga
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi va mutaxassisligi)
o‘qishga kirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishingizni so‘rayman.
Test sinovlarini ______________________ tilida __________________ alifbosida topshiraman.
Chet tili bo‘yicha test sinovlarini (imtihonni) _______________ tilida topshiraman.
Xizmat zaruratiga ko‘ra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat bo‘yicha menga ma’lum bo‘lgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va xizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.
O‘qishga qabul qilinsam, biroq O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl bo‘yicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, o‘z xohishim bilan o‘qishdan ketishga roziman.
______________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “_____” ____________
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini baholash
METODIKASI
(6-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini tekshirish mazkur Metodikada belgilangan tartibda kichik komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
2. Qabul yilining 20-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutining kichik qabul komissiyasi tomonidan ingliz va rus tili fanlari bo‘yicha savollar shakllantiriladi hamda kichik qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Savollarni shakllantirishda umumta’lim dasturlaridan foydalaniladi.
3. Savollar to‘plami muhrlangan holda, kichik qabul komissiyasi raisining seyfida saqlanadi. Kichik qabul komissiyasi raisi savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha kichik qabul komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
nomzodlarning tilni bilish darajasini aniqlash xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash;
saralab olish ishlarini o‘tkazish uchun bino va xonalarni tayyorlash, barcha zarur sharoitlarni yaratish;
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, ularga saralab olish ishlari natijalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish.
2-bob. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash
5. Nomzodning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun nomzod belgilangan xonaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
Xonaga lug‘at, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
6. Saralab olish jarayonida nomzodlarning auditoriyadan chiqishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, o‘zboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlashni o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va saralab olishdan chetlashtiriladi.
7. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda kuzatuv ostida xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
3-bob. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash va baholash
8. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash va baholash kichik komissiya a’zolari tomonidan kollegiallik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
9. Nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha:
“5” (a’lo) (86 — 100%) — nomzod tegishli berilgan mavzuni to‘liq og‘zaki yoki yozma tarzda batafsil yoritib bersa, ularni mantiqan to‘g‘ri bayon etsa, aniq mustaqil xulosa qila olsa va to‘g‘riligini asoslay olsa, farazlarni qo‘llay bilishi, o‘qituvchi tomonidan tilni bilish darajasini aniqlash uchun berilgan qo‘shimcha savollarga javob bersa, shuningdek, bilimini amalda qo‘llay olishini namoyish qilsa, ijodiy fikrlab, mustaqil mushohada yurita olishini hisobga olib, tilni bilish darajasi yuqori deb topilganda;
“4” (yaxshi) (71 — 85 %) — nomzod tegishli mavzu bo‘yicha materiallarni puxta bilib, o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berishda sezilarli noaniqliklarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olsa, o‘qituvchi tomonidan berilgan qo‘shimcha savollarga qisman to‘g‘ri javob bersa, yozma ishlarida kam xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan deb topilganda;
“3” (qoniqarli) (55 — 70%) — nomzod asosiy materialni to‘la o‘zlashtirib, tafsilotlarini yoritib berishda qiyinchiliklarga duch kelsa, javoblarida qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, o‘qituvchi tomonidan unga yordamchi (esga soluvchi) savollar berilishi zarur bo‘lsa, olgan bilimni amalda qo‘llay bilsada, mustaqil yozma va og‘zaki nutqda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan deb topilganda;
“2” (qoniqarsiz) (0 — 54%) — berilgan materiallar tafsilotini to‘liq o‘zlashtirmagan va tasavvurga ega bo‘lmagan, ifodalay olmagan, yozma va og‘zaki nutqda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ygan deb topilgan nomzod saralash bosqichidan o‘tkazilmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalari bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
11. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan berilgan to‘g‘ri javoblar soni va ular uchun qo‘yilgan baholar aks ettiriladi.
12. Qaydnoma kichik qabul komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
13. Ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar ularga nisbatan qo‘yilgan bahoni asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
Ofitser kasbini tanlashining sabablari va asoslari:_____________________________________________
Nomzodning ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish darajasi: ________________________________________
Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi: ______________________________________________
Nomzod haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: _______________________________________________________
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida batafsil tushuntirildi.
Yakka tartibdagi suhbat o‘tkazgan shaxs:
______________________________________
(lavozimi)
______________________________________
______________________
______________________
(harbiy unvoni)
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “____” _____________
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
Individual-psixologik o‘rganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi o‘qishning o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda, qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba tegishli mas’ul vazirliklarning ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bo‘linmalari tomonidan qayta ishlab chiqilib, tegishli mas’ul vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisiga yuboriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarning oshkor etilmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi, shuningdek, har bir tayyorlangan testlarni yechganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
5. Individual-psixologik o‘rganish yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik o‘rganish guruh bo‘lib o‘tkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur.
7. Individual-psixologik o‘rganish davomida nomzodlarga bir nechta psixologik testlar beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi:
aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turg‘unligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodlarning sog‘lig‘i surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar o‘rganishga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va ularga keyingi individual-psixologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi.
10. Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun nomzodlar shaxsan javobgar hisoblanadi.
11. Psixologik test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
12. Psixologik test o‘tkazish vaqtida o‘rganish o‘tkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng nomzodlar javoblar blanklarini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berishi zarur.
14. Testlarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda ularga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
15. Testlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodlarning takroran test sinovlaridan o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan to‘plangan ballar va individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha xulosa aks ettiriladi.
18. Qaydnoma individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
19. Individual-psixologik o‘rganish natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar ularga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:
fuqaro yoshlar (talabalar) sport kiyimida;
harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
100 metrga yugurish;
turnikda tortilish;
3000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlarga “qoniqarsiz” bahosi qo‘yiladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
7. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi.
8. 100 metrga yugurish mashqini fuqaro yoshlar (talabalar) — 15,4 soniya ichida va harbiy xizmatchilar — 15,2 soniya ichida bajargan taqdirda, nomzodlar ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
9. Ushbu mashq o‘yingohning yugurish yo‘lagi yoki qattiq qoplamaga ega tekis (standart) maydonda yuqori start holatidan bajariladi. Start olish tartibini o‘zlashtirish uchun dastlabki “Startga” va “Diqqat” komandalari hamda “Olg‘a” komandasi beriladi. “Startga” komandasi berilganda, start olish chizig‘iga kelib, kuchli oyoq start olish chizig‘i yaqiniga qo‘yilib, ikkinchi oyoq yarim qadam ortda qoldiriladi. “Diqqat” komandasi berilganda, tana vazni oldinda turgan oyoqqa o‘tkazilib, gavda va bosh oldinga egiladi, qo‘l tirsaklari esa bukiladi. “Olg‘a” komandasi berilganda, yugurish amalga oshiriladi.
10. Turnikda tortilish mashqini bajarishda, qo‘l kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qo‘llar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq to‘g‘ri tushirilgan, uchi to‘liq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatdan bajariladi. Qo‘llar bukilib, tana yuqoriga ko‘tarilar ekan, jag‘ turnik ustiga to‘liq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qo‘llar yana to‘liq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib, dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45o gacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qo‘lda osilib olish amallari man etiladi.
Turnikda fuqaro yoshlar (talabalar) — kamida 7 marotaba va harbiy xizmatchilar — kamida 10 marotaba tortilganda, nomzodlar ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarida, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
12. 3000 metrga yugurish mashqini fuqaro yoshlar (talabalar) — 14,30 daqiqagacha va harbiy xizmatchilar — 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda, ushbu nomzodlar ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
13. Ushbu mashq har qanday ochiq tabiatda, umumiy start olgan tarzda bajariladi. Start olish va finish marralari aynan bir joyda yoki alohida jihozlanadi. Yugurish davomida mashq ishtirokchilari bir-biriga xalal bermasligi lozim. Yugurish amalidan yurish amaliga o‘tgan yoki distansiyadan chetga chiqqan ishtirokchi mashqni bajara olmadi, deb hisoblanadi.
14. Nomzodlar belgilangan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash talablarining barchasini muvaffaqiyatli topshira olgan taqdirda, jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarning natijalari bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 9a-ILOVA
_________________________ga _________________ viloyati MIBdan dastlabki saralab olish
Yashash joyidagi tuman (shahar) IIBdan ma’lumotnoma
Sog‘lig‘i holati bo‘yicha ma’lumotnoma
Nomzod haqida qo‘shimcha ma’lumotlar
(telefon raqami (oilasidan yana bir kishining raqami), OHTMga o‘qishga kirish uchun imtiyoz va boshqalar)
Test sinovlarini qaysi hududdan va qaysi tilda topshiradi
1.
ISMOILOV
Akramjon Alijon o‘g‘li,
26.08.2000-yil, o‘zbek.
Pasport (ID-karta) raqami: AD 0000000,
Shaxsiy raqam (JSHSHIR): 00000000000000
O‘rta maxsus,
2019-yilda Farg‘ona soliq kollejini tamomlagan
Profilaktik hisobda turmaydi
Yaroqli
Tel: ___________
Tel: ___________
Tavsiyanoma raqami
QK-000001,
ingliz tilidan “V1” sertifikati mavjud
AV-0000000
Farg‘ona viloyatida,
o‘zbek tilida
2.
PO‘LATOV
Sherali Anvar o‘g‘li,
28.03.2000-yil, tojik.
Pasport (ID-karta) raqami: AS 0000000,
Shaxsiy raqam (JSHSHIR): 00000000000000
O‘rta, 2022-yilda Urgut tumanidagi
25-sonli umumta’lim maktabini tamomlagan
Profilaktik hisobda turmaydi
Yaroqli
Tel: ___________
Tel: ___________
Tavsiyanoma raqami
QK-000001,
ingliz tilidan “V1” sertifikati mavjud
AV-0000000
Samarqand viloyatida,
rus tilida
...
Izoh.
1. Ro‘yxatdagi barcha ma’lumotlar tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan bo‘lishi shart (pasport (ID-karta), sertifikat, ma’lumotnoma va boshqalar).
2. Nomzodlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar ustunida nomzod to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar kiritilishi shart:
telefon raqami;
OHTMga o‘qishga kirish uchun imtiyoz raqami, chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat raqami (mavjud bo‘lsa);
noto‘liq oilada o‘sgan nomzodlar (ota-onasi vafot etgan bo‘lsa, o‘lim sabablari ko‘rsatilishi shart).
3. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan harbiy okrug (birlashma)lar kadrlar bo‘limlari, harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari, shuningdek, viloyat MIB boshliqlari javobgar hisoblanadi.
4. OHTM qabul komissiyasiga nomzodning pasport (ID-karta) va imtiyoz nusxasi hamda tibbiy ma’lumotnomaning asl nusxasi ro‘yxat bilan birga yuborilishi shart.
___________ VILOYATI MUDOFAA ISHLARI BOSHQARMASI BOSHLIG‘I
_______________
_______________
(harbiy unvoni)
(F.I.O.)
20__ yil “___” ___________ M. O‘.
(9a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 10-ILOVA
(nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida)
_________________________________________________________________________qabul komissiyasi
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi)
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalariga asosan qaror qiladi:
____________________mutaxassisligi bo‘yicha tanlov natijalari*:
T/r
Nomzodning F.I.O.
Nomzodning maxsus kodi
Test sinovlarida to‘plagan bali
Imtiyoz
Umumiy ball
O‘qishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida qayd yozuvi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
...
Qabul komissiyasi a’zolari
_______________________________________________
(unvoni, F.I.O.)
_______________________________________________
(unvoni, F.I.O.)
Qabul komissiyasi mas’ul kotibi:
_______________________________________________
(unvoni, F.I.O.)
Izoh. Mazkur bayonnomada tegishli mutaxassislik bo‘yicha alohida tanlov o‘tkaziladigan oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan saralab olish natijalari har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 11-ILOVA
Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini o‘qishdan chetlashtirish
TARTIBI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasasining bo‘linma komandiri
1. Harbiy-tibbiy komissiyaning kursant sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra OHTMda tahsil olishga yaroqsiz deb topgan xulosasiga asosan OHTMda o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.
2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun OHTM boshlig‘iga taqdim etish.
Xulosani olgandan boshlab besh kunda
1. Fanlarni o‘zlashtirmagan deb topilgan kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirishga doir taqdimnomani rasmiylashtirish.
2. Taqdimnomani OHTM o‘quv bo‘limi bilan muvofiqlashtirilgan holda, Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.
Fanlarni o‘zlashtirmagan deb topilgan kundan boshlab uch kunda
1. Nojo‘ya xatti-harakatlar, tartibbuzarliklar sodir etgan kursant haqida OHTM boshlig‘iga xizmat surishtiruvi tayinlash yuzasidan bildiruv berish.
Bir kunda
2. Xizmat surishtiruvining natijalarini Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.
Xizmat surishtiruvi xulosasini olgan kundan boshlab uch kunda
1. O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan asosli sabablar tufayli o‘qishni davom ettirishning imkoni yo‘qligi bois kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan taqdimnoma rasmiylashtirish.
2. Taqdimnomani vaziyatni tasdiqlovchi materiallar bilan ko‘rib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.
Bir kunda
1. Sud qaroriga ko‘ra OHTMga o‘qishga kirish bilan bog‘liq hujjatlar talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.
2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.
Uch kunda
1. O‘z xohishiga ko‘ra OHTMda o‘qishni davom ettirishni xohlamagan kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.
2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.
Bir kunda
2-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi
1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan murojaatni chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida ko‘rib chiqish.
Besh kunda
2. Qarorni bayonnoma bilan rasmiylashtirish.
Bir kunda
3-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasasi
boshlig‘i
1. OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasini tasdiqlash.
2. OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasidan ko‘chirma va o‘qishdan chetlashtirish uchun tayyorlangan hujjatlarni vazirliklar va idoralar markaziy apparatiga taqdim etish.
Bir kunda
4-bosqich
Vazirliklar markaziy apparatining oliy harbiy ta’lim muassasasi bilan ishlash bo‘linmasi
Quyi bosqichdagi kursantlarga nisbatan:
O‘qishdan chetlashtirishga doir hujjatlarni o‘rganib chiqish va OHTM boshlig‘iga mazkur masalani kelishilganligi to‘g‘risida ko‘rsatma yuborish.
Uch kunda
Bitiruvchi bosqichdagi kursantlarga nisbatan:
1. O‘qishdan chetlashtirishga doir hujjatlarni o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra kursantni o‘qishdan chetlashtirishga doir hujjatlar asosli deb topilganda, vazirliklar va idoralar rahbarining ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarining buyrug‘i loyihasini tayyorlash va rasmiylashtirish.
Besh kunda
2. Vazirliklar va idoralar rahbarining ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarining kursantni o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘ini ijro qilish uchun OHTM boshlig‘iga yuborish.
Bir kunda
5-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasasi boshliqlari
1. Kursantni o‘qishdan chetlashtirish, u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish, OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarish va harbiy hisobga turish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yo‘llangan harbiy qismga jo‘natish to‘g‘risida buyruq chiqarish.
Uch kunda
2. OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yig‘majildini (shaxsiy hujjatlar, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma, OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasidan ko‘chirma va boshqa hujjatlar nusxasi tikib qo‘yilgan holda) harbiy hisobga turish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yo‘llangan harbiy qismga jo‘natish.
Bir kunda
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 12-ILOVA
Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini qayta tiklash
TARTIBI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasalaridan chetlashtirilgan kursantlar
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasalariga ariza (bildirgi) bilan murojaat qilish.
Chetlashtirilganligiga bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatda har yili1-iyuldan 20-iyulgacha
2-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasalari Ilmiy kengashi
1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan murojaatni ariza beruvchi ishtirokida ko‘rib chiqish.
2. Qarorni bayonnoma bilan rasmiylashtirish.
20-iyuldan 25-iyulgacha
3-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasalari
Ilmiy kengashning bayonnomasidan ko‘chirma va o‘qishga tiklash uchun tayyorlangan hujjatlar nusxasini vazirliklar markaziy apparatiga taqdim etish.
26-iyuldan 30-iyulgacha
4-bosqich
Vazirliklar markaziy apparatining oliy harbiy ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘linmasi
1. O‘qishga tiklashga doir hujjatlarni o‘rganib chiqish
2. Kursantni o‘qishga tiklash va oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlash.
1-avgustdan 5-avgustgacha
5-bosqich
Oliy harbiy ta’lim muassasalari boshlig‘i, vazirliklar rahbarining ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari
Kursantni o‘qishga tiklash va oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qilish.
10-avgustgacha
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 13-ILOVA
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishni qayta tiklash uchun taqdim etiladigan hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘qishni qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi) (arizada o‘qishini qayta tiklashni istagan OHTM va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli, o‘qigan OHTM va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘qishini qayta tiklash sabablari, qayta tiklash qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi).
2. Ro‘yxatga olgan mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining tavsiyanomasi.
3. O‘qishdan chetlashtirilgan vaqtida OHTM tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma.
4. Xizmat (ish) joyidan tavsifnoma.
5. Yashash joyidagi ichki ishlar bo‘limidan ma’lumotnoma.
6. Mudofaa ishlari bo‘limidan belgilangan shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma (42-shakl).
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
7. Yashash joyidagi nazorat organlari bilan o‘qishdan chetlatilgan kursantning o‘qishga tiklash bo‘yicha kelishilganligi haqida mudofaa ishlari bo‘limidan ma’lumotnoma.
8. Harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda o‘qishga yaroqlilik darajasi haqida ekspert hujjatlari.
9. Yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limida harbiy hisobda turganligi haqida qayd qilingan harbiy guvohnomasining nusxasi.
10. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning doimiy ro‘yxatda turish manzili ko‘rsatilgan holdagi nusxasi (OHTM tomonidan ariza beruvchining o‘qishini tiklash masalasi ijobiy hal qilinganda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi OHTMga saqlash uchun topshiriladi).
11. O‘qishdan chetlashtirilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (ariza beruvchi harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan belgilangan tartib va muddatda tegishli OHTMga jo‘natiladi).
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining
I. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘yicha
1.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti
2.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti
3.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti
4.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti
5.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti
II. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘yicha
6.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
III. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘yicha
7.
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi
IV. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘yicha
8.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “harbiy ta’lim fakultetlari” so‘zlaridan keyin “harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda” so‘zlari “bir yil, 2-kursda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“, tibbiy ko‘rik esa II-semestrda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“VI-semestrlarda” so‘zlari “IV-semestrlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidan “harbiy ta’lim muassasalariga va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 15-yanvardagi 6-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 16-iyundagi 209-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2017-yil 26-maydagi 320-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorining 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi 18-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 71-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning 34-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 11-martdagi 210-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarorining 2-bandi va qarorga 3-ilova.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi 529-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 5-iyuldagi 562-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 6-dekabrdagi 973-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-avgustdagi 470-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarorining 2-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-avgust 500-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.